Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi» « GOSPITAL TERAPIYA V - kurs JIGAR SIRROZI Jigar (me’yorida) JIGAR KESIMDA JIGAR TO’QIMASI NEKROZ O’CHOQLARI JIGAR SIRROZI - surunkali progressirlanuvchi kasallik bo'lib jigar parenhima va stromasini zararlab jigar hujayralari distrofiyasi jigar to'qimasi tugunli regenerasiyasi, biriktiruvchi to'qima o'sishi, jigar bo'lakli strukturasining va qon tomir tizimi diffuz o'zgarishi, jigar va taloq retikuloendotelial elementlarning giperplaziyasi, gipersplenizm va jigar funksional buzilishlari bilan kechadigan kasallikdir. Kasallik ko'proq o'rta va qarilik yoshidagi erkaklarda uchraydi. ETIOLOGIYASI sirroz virusli gepatitdan keyin rivojlanishi mumkin; modda almashinuvi buzilganda (qandli diabet, tireotoksikoz) surunkali alkogolizmda; holestaz natijasida o’t yullarining uzoq vaqt siqilishi va tiqilib qolishi; toksik yoki toksiko-allergik gepatitlar oqibatida; konstitusional-oilaviy moyillik; jigarni ba’zi moddalar bilan surunkali infiltrasiyasi (gemohromatoz, gepatoserebral distrofiya); surunkali infeksiyalar fonida, ba’zan - parazitar invaziyalar. JIGAR SIRROZI JIGAR SIRROZI JIGAR SIRROZINING TASNIFI I.1956 y. Gavanada qabul qilingan (Kuba) Klinikasiga ko'ra: a. portal b. postnekrotik v. biliar g. aralash 2. Kompensasiyalanganligiga ko'ra: a. kompensasiyalangan b. dekompensasiyalangan Faolligiga ko'ra: a. nofaol faza b. faol faza Bu ishchi tasnif bo'lib, sirrozning turini klinikasi asosida aniqlash mumkin II 1978 y. Akapulkada qabul qilingan (Meksika) Morfologiyasiga ko'ra: a. mayda tugunli (mikronodulyar) shakli b. yirik tugunli (makronodulyar) shakli v. aralash shakli g. biliar shakli 2. Kompensasiyalanganligiga ko'ra: a. kompensasiyalangan b. dekompensasiyalangan 3.Faolligiga ko'ra: a. nofaol faza b. faol faza Sirrozning turini faqat jigar biopsiyasi asosida aniqlash mumkin III 1995 y. Los Anjelesda qabul qilingan (AQSh) Morfologiyasiga ko'ra : a. surunkali gepatit b. portal traktda fibroz bo'lishi v. jigar bo'lakchasining periportal zonasida fibroz bo'lishi g. jigar bo'lakchasining hamma qismida d. jigar sirroz 2. Kompensasiyalanganligiga ko'ra : a. kompensasiyalangan b. dekompensasiyalangan 3. Faolligiga ko'ra: a. nofaol faza b. faol faza Bu tasnifga ko'ra surunkali gepatit va jigar sirrozi bir hil kasallik. 5 bosqichi aniqlanadi. Bu bosqichlar faqat punksiyali biopsiya yordamida aniqlanishi mumkin. SIMPTOMLARI anoreksiya ko'ngil aynishi qayt qilish diareya holsizlik isitmalash sariqlik amenoreya KASALLIK BELGILARI : o'rgimchaksimon teleangiektaziyalar kaft eritemasi quloq oldi va ko'z yosh bezlarining kattalashishi tirnoqlarning o'zgarishi (Myurke chiziqlari, terri tirnoqlari) «nog'ora cho'plari» ko'rinishida barmoqlarning o'zgarishi ginekomastiya gepatosplenomegaliya assit oshqozon ichak tizimi varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi jigar ensefalopatiyasi LABORATOR BELGILARI : anemiya (qon ketishi natijasida mikrositar, folat defisiti bilan bog'liq makrositar) pansitopeniya (gipersplenizm), giponatriemiya gipokaliemiya bilan bog'liq alkaloz glyukoza metabolizmining buzilishi gipoalbuminemiya. HBsAg, anti-HBc, anti-HBs, S va D gepatitlarga antitela DAVOLASH qichishishni bartaraf etish uchun holestiramin 4 g ichishga ovqatdan keyin vitamin K 10 mg mushak orasiga kuniga 3 mahal (keyinchalik oyiga 1 marta). vitamin D 100 000 ed mushak orasiga har 4 hafta, plyus 1 g kalsiy ichishga osteoporozda vitamin A 25 000-50 000 ed har kuni 100 000 ed mushak orasiga har oyda, va sink 220 mg ichishga vitamin E 10 mg dozada mushak orasiga yoki ichishga har kuni. kortikosteroidlar, D-penisillamin, azatioprin ursodezoksiholat kislota kuniga 12-15 mg/kg ichishga jigar transplantasiyasi — kasallik terminal bosqichida JIGAR ETISHMOVCHILIGI Jigar parenhimasi o'tkir yoki surunkali zararlanishi natijasida jigarning bir yoki bir necha funksiyasi buzilishi bilan harakterlanuvchi simptomokompleks ETIOLOGIYASI viruslar infeksion kasalliklar dori vositalari jigar kasalliklari alkogol isteъmol qilish sanoat toksinlari, mikotoksinlar, aflotoksinlar tasiri yurak etishmovchiligi endogen toksik gepatozlar PATOGENEZ jigar etishmovchiligi gepatositlarning distrofiyasi va tarqalgan nekrobiozi, hamda fibroz va portokaval anastomozlar rivojlanishi bilan tushuntiriladi. bu anastomozlar orqali qonning salmoqli qismi jigarni chetlab o'tgan holda darvoza venalaridan kavak venalarga, keyin arterial tizimga tushadi. bu holat jigarning ichakdan so'rilgan zararli moddalarni dezintoksikasiyalashdagi ishtirokini yanada kamaytiradi. KLINIK KO'RINISHI distrofiya va atrofiya sindromi, nevrit rivojlanishi, anemiya; isitma sindromi – tana haroratinining 380 C, hatto 400C gacha ko'tarilishi, leykositar formulaning chapga siljishi, septik holat, bakteriemiya, jumladan haqiqiy ichak bakteriemiyasi sariqlik sindromi – sariqlik avj olishi bilan kechuvchi massiv nekroz KLINIK KO'RINISHI (davomi) endokrin buzilishlar sindromi – urg'donlar atrofiyasi, bepushtlik, ginekomastiya, soch to'kilishi, sut bezlari va bachadon atrofiyasi, teleangiektaziyalar paydo bo'lishi va tezlik bilan kattalashishi, palьmar eritema, «oq tirnoqlar fenomeni» gemodinamika buzilishi sindromi– diffuz vazodilatasiya, shish-assitik sindrom mahsus jigar hidi aniqlanishi gemorragik diatez JIGAR ETISHMOVCHILIGI BOSQICHLARI Prekomatoz – bemor shahsiyatining o'zgarishi, qo'zg'alish, agressivlik. Jigar kichiklashishi avj oladi, albumin, aminotransferazalar faolligi, gammaglobulinlar miqdori kamayadi. Sariqlik, gemorragiyalar ko'payib boradi, jigar hidi. Koma bosqichi – uyquchanlik, bo'shashish, tana harorati ko'tariladi, ad pasayishi, gemorragik sindrom, tahikardiya leykositoz, patologik reflekslar, mushaklar rigidligi. TASHHISLASH anamnez klinik ko'rinishi biohimik analizlar ensefalografik o'zgarishlarga asoslanadi DAVOLASH Davolashning samaradorligi past. Og'ir jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlar har soatda shifokor nazoratiga muhtojlar Parhez – oqsil miqdorini keskin kamaytirish, oqsil miqdorining keskin kamaytirish kuniga 30-40 g/sut gacha, yog'larni 60 g gacha va uglevodlarni kuniga 200 g gacha cheklash, polivitaminlar, sut-qatiq mahsulotlari. DAVOLASH(davomi) intoksikasiya bilan kurashish gemostatiklar diuretikdar ensefalopatiyada preparatы, ammiak metabolizmini kchaytiruvchi vositalar davolashning ekstrakorporal usullari: plazmaferez, gemodializ, gemo- va limfosorbsiya, qonning perfuziya giperbarik oksigenasiya seanslari laktulozani qo'llagan holda tozalovchi huqna qo'yish tuzli surgi dorilar laktuloza elektrolitli komada qonning elektrolitli tarkibini meyoriga keltirish