DISPERS SISTEMALAR. KOLLOID DISPERS SISTEMALARNI OLINISHI VA HOSSALARI. KOLLOID DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGI Ma`ruzaning maqsadlari Odam organizmidagi ko`pchilik biologik muhitlar kolloid sistema holatida bo`ladi. Kolloid sistemalarga hos bo`lgan barcha hususiyatlar, hossalar biologik muhitlarga ham hos. Shuning uchun kolloid sistemalarning tuzilishi, turlari, ularni hosil qilish va tozalash usullari, barqarorligi va shu barqarorlikni oshirish yo`llari o`rganiladi. Ko`riladigan masalalar dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari dispers sistemalarning turlanishi kolloid dispers sistemalar (zollar) kolloid dispers sistemalarning olinishi va tozalash usullari kolloid sistemalarning molekularkinetik, optik hossalari kolloid zarrachalarning tuzilishi Ko`riladigan masalalar kolloid sistemalarning elektrokinetik hossalari (elektroforez va elektroosmos) kolloid sistemalarni turg`unligini ta`minlovchi omillar koagullanish va uni chaqiruvchi sabablar koagullanish bo`sag`asi, Shultse-Gardi qoidasi kolloidlarni himoyalash kolloid sirt faol moddalar kolloid sistemalarning organizmdagi ahamiyati Dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari Bir moddaning ikkinchi modda tarkibida teng taqsimlangan holatiga dispers sistema deyiladi. Taqsimlangan modda - dispers faza, taqsimlangan moddani tutgan modda - dispers muhit deyiladi. Dispers sistemalarning fizikaviy va kimyoviy hossalarini o`rganuvchi fan - kolloid kimyo deyiladi. Dispers sistemalarning turlanishi Dispers fazaning disperslanish darajasi bo`yicha: Molekular-ion dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 1 nm yoki 10-9 m gacha (elektrolit va noelektrolitlar eritmalari) Kolloid dispers sistemalar (zollar) zarrachalar kattaligi 1-100 nm yoki 10-9 - 10-7 m o`rtasida (qon, plazma, oqsil eritmasi va b.) Dag`al dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 100 dan yoki 10-7 dan katta (suspenziya, emulsiya, kukun, ko`pik va b.) Dispers sistemalarning turlanishi Faza va muhit agregat holati bo`yicha: Gaz-gazda - eritma Gaz-suyuqlikda - ko`pik Gaz-qattiq moddada - qattiq ko`pik (pemza, g`isht) Suyuqlik-gazda - aerozol (tuman) Suyuqlik-syuqlikda - emulsiya Suyuqlik-qattiq moddada -gel Qattiq modda-gazda - aerozol (chang, kukun) Qattiq modda-syuqlikda - suspenziya, zol Qattiq modda-qattiq moddada - qotishma Dispers sistemalarning turlanishi Dispers faza va dispers muhit ta`sirlashishi bo`yicha: Liofil - oqsil, krahmal, agar-agar Liofob - metallar (oltin, kumush), temir sulfid, kumush hlorid zollari Dispers muhit (erituvchi) tabiati bo`yicha: Gidrozollar (suv), benzozollar (benzol), alkozollar (spirt), eterozollar (efir) Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari Dispersion usullar: Mehanik (kolloid tegirmonda, havonchada yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalash) usuli Ultratovush yordamida yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalashusuli Peptizatsiyalash (kimyoviy usul) - yangi tayorlangan cho`kmani elektrolit (peptizator) yordamida geldan yana zolga o`tkazish usuli Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari Kondensatsiya (zarrachalarni yiriklashtirish) usullari: Kimyoviy reaksiyalar asosida: Oksidlanish-qaytarilish, gidroliz, almashinish va boshqalar; Erituvchini almashtirish usuli - bunda bir erituvchida molekula holida bo`lgan erigan modda zarrachalari, boshqa erituvchida kolloid zarracha holatigacha yiriklashadi. Kolloid dispers sistemalarni tozalash usullari 1. Dializ - kolloid eritmani tayorlashda ortiqcha olingan elektrolit ionlarini yarim o`tkazgich membrana orqali toza erituvchi tomonga o`tish qobiliyatiga asoslangan tozalash usuli. 2. Elektrodializ - elektr maydoni ta`sirida elektrolit ionlari harakati ortishi hisobiga dializni tezlashtirish. 3. Ultrafiltrlash - g`ovaklari juda mayda bo`lgan maxsus ultrafiltr yordamida dispers fazani dispers muhitdan ajratib, yuvib, yana kolloid holatiga o`tkazish. Dializator shemasi Zol H2O Elektrodializator shemasi H2O H2O - + Zol Kolloid zarrachalarning tuzilishi Kondensatsiya usuli bilan olingan kumush hlorid zolining tuzilishi: AgNO3 + KCl = AgCl + KNO3 ortiqcha elektrolit zol mAgCl nAg+ (n-x) NO3- x+ xNO3Yadro Qarshi ionlar Ads-n qavat PBI Granula Mitsella Dif.qav . Kolloid zarrachalarning tuzilishi Kondensatsiya usuli bilan olingan berlin laszuri zolining tuzilishi: 4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12KCl ortiqcha elektrolit zol mFe4[Fe(CN)6]3 n [Fe(CN)6]4- 4(n-x) K+ 4x- xK+ Yadro Qarshi ionlar PBI Ads-n qavat Granula Mitsella Dif.qav . Kolloid zarrachalarning tuzilishi Musbat berlin lazur zoli mFe4[Fe(CN)6]3 n Fe3+ 3(n-x) Cl- 3x+ 3xCl- Peptizatsiya yo`li bilan olingan temir gidroksid zoli mFe(OH)3 n Fe3+ 3(n-x) Cl- 3x+ 3xCl- Gidroliz yo`li bilan olingan temir gidroksid zoli: FeCl3 + 3H2O = Fe(OH)3 + 3HCl Fe(OH)3 + HCl = FeOCl + H2O mFe(OH)3 n FeO+ (n-x) Cl- x+ xCl- Kolloid sistemalarning molekular-kinetik hossalari - turg`unligini ta`minlovchi omillar sifatida 1. Broun harakati - dispers faza zarrachalarining erituvchining molekulalari ta`siridagi uzluksiz va betartib harakati 2. Diffuziya - harorat ta`siri, hamda broun harakati tufayli eritmada kolloid zarrachalarning teng taqsimlanishi 3. Osmotik bosim - kolloid eritma zarrachalari yirik va konsentratsiyasi kichik bo`lishiga qaramay, osmotik bosim kolloid eritmalarda ham kuzatiladi Kolloid sistemalarning faqat o`ziga hos bo`lgan hossalari 1. Optik hossasi - nurni sindirishi (Faradey-Tindal konusi) Zol Yorug`lik manbayi * Linzalar Kolloid sistemalarning faqat o`ziga hos bo`lgan hossalari 2. Koagullanish - kolloid zarrachalarning bir-biriga tortishib, birlashib, yirik agregatlar hosil qilishi: a) yashirin koagullanish - ko`z bilan kuzatish imkoniyati bo`lmagan bosqichi b) aniq koagullanish - eritmada ko`zga ko`rinarli darajada o`zgarishlar (loyqalanish, rang o`zgarishi, cho`kma tushishi) sodir bo`lishi. Cho`kma tishish jarayoni sedimentatsiya deyiladi. 3. Kolloid zarrachalarni elektron mikroskopda ko`rinishi Koagullanishga olib keluvchi sabablar va koagullanish bo`sag`asi 1. Mehanik ta`sir 2. Haroratni keskin o`zgarishi 3. Nur ta`siri 4. Elektrolitlar va noelektrolitlar ta`siri 5. Uzoq vaqt dializ qilish Ma`lum vaqt o`tishi bilan 1 litr zolni aniq koagullanishga olib keluvchi elektrolitning millimoldagi eng kichik miqdori koagullanish bo`sag`asi deyiladi. Koagullanish. Shultse-Gardi qoidasi Shultse-Gardi qoidasi: Zollar koagullanishi, granulaning zaryadiga qarama-qarshi zaryadli, ionlar ta`sirida yuz beradi. Koagullovchi ionning zaryadi qanchalik katta bo`lsa, uning koagullash qobiliyati shuncha yuqori bo`ladi va koagullanish bo`sag`asi pastroq bo`ladi. Elektrilitlarning koagullovchi ta`sirini ortib borishi KCl < K2SO4 < K3[Fe(CN)6] < K4[Fe(CN)6]