Mavzu:Nikoh va oilaning xuquqiy va diniy asoslari Fan nomi:Falsafa Guruhi:10Sa-22 TJA Bajardi:Ahmadaliyev X Qabul qildi:Dots Islamova D Toshkent-2024 Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli sifatida Nikoh va oilaning diniy asoslari Oila va nikohning huquqiy jihatlari Axloq Xuquq Din Nikoh Nikoh –ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nikohning 3 ta jihati bor Diniy Xuquqiy Axloqiy Oilani Mustahkamlash Bo‘yicha Tavsiyalar Oila a’zolari o‘rtasida ochiq va samimiy muloqotni rivojlantirish. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash. Huquqiy va diniy bilimlarni oshirish orqali oila ichidagi nizolarning oldini olish. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarda professional yordamga murojaat qilish. Ushbu tavsiyalar oilani yanada kuchli va barqaror qilishga yordam beradi. Nikohning axloqiy tomonlari: ikki yosh orasida goh ochiq sevgi - muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirish hollari boʻlishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik oʻzgarmas shart hisoblanadi nikoh oʻz mohiyatiga koʻra axloqiy hodisa muhabbat bilan bogʻliq nikohda ehtiroslar axloqqa boʻysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi oʻrinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi Nikoh oilaning asosi: ezgu maqsadga yoʻnaltirilganligi yuksak mas'uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan koʻrinishi axloq bilan chegaralangan qoʻshiluv, birlashuv; bu birlashuvdan maqsadhayotda oʻzlaridan yaxshiroq, mukammalroq boʻlgan, oʻzlari erisholmagan orzularni roʻyobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. Bunday odamlar farzandlardir Nikoh Nikoh insonlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir. Nikoh ixtiyoriydir. U ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi bilan tuziladi. Nikohni qayd qilish bu yuridik aktdir. Nikoh oilaning huquqiy asosidir. Nikoh bir oilaga mansub kishilarning bir-birlari oldida, jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy mas'uliyatlarini belgilaydi. Nikohga kirayotgan har bir kimsa bundan buyon oʻz erkining boshqa bir erk bilan kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda mavjud boʻlishini anglab etmogʻi lozim. Nikoh oʻz mohiyatiga koʻra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa boʻysundiriladi. Islomda nikoh “Nikoh” soʻzi lugʻatda “qoʻshish”, “yaqinlik”, “bogʻlanish” ma'nolarini anglatadi. Nikohdan asosiy maqsad – zurriyot qoldirish va haromdan saqlanish, shuningdek, asosiy shartlardan biri kelinga kuyov tomonidan ma'lum bir hadya – mahr berilishidir. Islom dinida nikoh – bu Allohning amri, Paygʻambar sallollohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan guvohlar huzurida bogʻlanadigan muqaddas aloqa vositasidir. Diniy (sha'riy) nikohning shartlari • Iyjob va qabul (lafzlar abadiylikni ifoda etishi, kelin va kuyov bu lafzlarni eshitishi shart) • Valiy va 2 odil guvohning boʻlishi (aql, balogʻat, hur, musulmon yoki zimmiy) • Mahr (10 dirham yoki 30 gramm kumush) Haq taolo oʻzining paygʻambarlari orqali oila masalasiga alohida ahamiyat berib, uning mustahkam boʻlishi, undan koʻzlangan maqsad yuzaga chiqishi uchun har qaysi davrga muvofiq nizom va qonunlar joriy etgan. Alloh taolo Qur'oni Karimda uylanib, oila qurish paygʻambarlarning sunnati ekanligini ta'kidlab bunday deydi: “Darhaqiqat, sizdan ilgari ham (koʻp) paygʻambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz” (“Rad” surasi, 38-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir boʻlsa uylansin. Chunki oila koʻzni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir boʻlmasa, unga roʻza tutish lozimdir. Chunki roʻza shahvatni sindiruvchidir”. Buxoriy va Muslim Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Agar banda oila qursa, bas, dinining yarmini toʻldiribdi. Qolgan yarmini toʻldirish uchun Allohga taqvo qilsin”. Bayhaqiy rivoyat qilgan Islomda oilani mustahkamlashning asosiy shartlari: – oila a'zolarining bir-birini qadrlashi; – oila a'zolarining bir-birlariga ishonishi va himoyalashi; – yaqinlik, oʻzaro yordam va oʻy-fikrlarini oʻrtoqlashish; – mas'uliyatni his qilishlari (ota-onalarning oʻz burch va mas'uliyatlarini his etishi); – qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashib, ularni hal qilishlari; – oʻzligini ifoda eta olish va baxtli yashash uchun munosib muhit yarata olish; – sogʻlom moddiy va ma'naviy hayotga ega boʻlishlari. Rivoyat qilinishicha, sahobalar Rasululloh (s.a.v.)dan: “Zimmamizda xotinlarimizning qanday haqlari bor?” deb soʻrashganda, U zot (s.a.v.): “Eganingizda uni ham edirmogʻingiz, kiyganingizda kiydirmogʻingiz, yuziga urmaslik, yomon soʻzlar bilan haqorat qilmaslik, faqat xonadan chiqmagan holda oʻrinni boshqa qilib yotmoqlik”, dedilar. (Abu Dovud rivoyati) Qur'onda “erkak” soʻzining Islom ta'limotlarida ham, “ayol” soʻzining ham erkaklar va ayollar bir xilda, 24 martadan oʻrtasida teng huquqlilik zikr etilgani islomda oʻrnatilgan. barobar munosabatning yorqin ifodasidir. Huquqiy Nikoh Tushunchasi va Nikohning O‘rnatilishi Nikohning huquqiy tushunchasi: Huquqiy nikoh davlat tomonidan tan olingan Nikohni rasmiylashtirish shartlari: Har bir va huquqiy asosda mamlakatda nikohni rasmiylashtirilgan turmush qurishdir. Huquqiy nikoh oila rasmiylashtirishning o‘ziga xos qonuniy shartlari qurishning qonuniy shakli hisoblanadi va bu nikohda bo‘lib, O‘zbekistonda bu davlatning oila a’zolariga shartlar Oila kodeksi bilan bo‘lgan mas'uliyati tartibga solinadi. belgilanadi. Oilaviy sharoitlar va qarindoshlik munosabatlari bo‘yicha cheklovlar (masalan, yaqin qarindoshlarning nikohi taqiqlanadi). Nikohning huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respubliksining Konstitusiyasi – 14 bob 76-80 moddalar Oila kodeksi –1998 yil, 13modda Nikohning qonuniy tomonlari: nikohga kiruvchilarning oʻzaro roziligi nikoh yoshiga etganligi yigitlarga – 18 yosh , qizlarga - 18 yosh nikoh yoshlari qilib belgilangan Huquqiy Nikohda Er-Xotin Huquqlari Huquqiy nikohda er va xotin teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Bu huquqlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: O‘z mulkiga ega bo‘lish huquqi Farzandlar tarbiyasi va ta’limiga javobgarlik, O‘zaro yordam va qo‘llabquvvatlash majburiyati, Oilaviy qarorlarni birgalikda qabul qilish. Nikoh Shartnomasi va Uning Ishlashi Nikoh shartnomasi tushunchasi: Nikoh shartnomasi er-xotin o‘rtasida imzolangan huquqiy hujjat bo‘lib, unda mulkiy munosabatlar va majburiyatlar qayd etiladi. Ushbu shartnoma orqali er-xotin o‘zining moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarini boshqaradi. Shartnoma tuzish shartlari: Nikoh shartnomasi faqat nikoh tuzilganidan keyin yoki undan oldin tuzilishi mumkin. Er-xotinning mulkiy huquqlari: Shartnoma orqali er va xotin mulkni boshqarish tartibini, birgalikda to‘plangan mulkka bo‘lgan huquqlarini kelishib oladi. Nikoh shartnomasining afzalliklari: Oila ichidagi iqtisodiy nizolarning oldini olish, Aloxida mol-mulk huquqlarini mustahkamlash, Ajrashish holatlarida mulkni taqsimlash masalalarini yengillashtirish. Jamiyat va oila • Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bogʻliq. • Oilada jamiyatning tub mohiyati oʻz aksini topadi. Shu ma'noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a'zosi oila bagʻrida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni oʻzlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. • Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. • Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani oʻz himoyasiga oladi. Xulosa • Oila va nikohning diniy va huquqiy jihatlari oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda, er-xotin va farzandlar huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Diniy qadriyatlar oila a’zolari orasidagi hurmat va ma’suliyatni oshirsa, huquqiy asoslar ularning haq-huquqlarini ta’minlaydi. Ushbu jihatlar oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Muhokama Uchun Savollar Nikoh shartnomasi oilaviy nizolarni kamaytirishda qanchalik samarali? O‘zbekistonda nikoh va oila qonunchiligi oilaviy munosabatlarni qanday himoya qiladi? Oilani mustahkamlash uchun diniy va huquqiy jihatlarning qaysi biri ko‘proq ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz? Nikohning diniy va huquqiy jihatlari qanday farqlanadi va ularning o‘xshash tomonlari nimalardan iborat? Foydalanilgan Adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi – oila va nikohning huquqiy asoslarini belgilovchi asosiy hujjat. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – oila, nikoh va farzandlar huquqlarini himoya qilishga oid umumiy qoidalar. 3. Islomda oila va nikoh – Islom dini qoidalari asosida oila va nikoh tushunchasini yorituvchi asarlar. 4. "Oila psixologiyasi" – oila va nikohning psixologik asoslarini tushuntiruvchi kitoblar. 5. Mahalliy qonunchilikka oid sharhlar va ilmiy maqolalar – nikohning huquqiy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganish uchun. 6. Internet manbalari – mavzuga oid ishonchli va dolzarb ma’lumotlar (misol uchun, Norma.uz, Lex.uz kabi huquqiy portal saytlari). 7. Diniy kitoblar va manbalar – Qur’on, Injil va boshqa diniy adabiyotlarda nikoh va oila haqida berilgan ma’lumotlar.