Загрузил nigoramuxiddinova0597

III Ba+2, Ca+2, Sr+2 analitik guruh

реклама
+2
+2
+2
Ba , Ca , Sr analitik guruh
III
kationlari
O’qituvchi: Muhiddinova Nigora
Ishdan
maqsad:
Uchinchi analitik guruh kationlari xususiy
reaksiyalarini
laboratoriya
tajribalari
bajarish asosida o’rganish va nazorat
uchun berilgan kationlar aralashmasini
analiz qilish.
Kerakli reaktivlar: distillangan
suv, BaCl2, Na2CO3, K2Cr2O7,
Sr(NO3)2 (NH4)2C2O4, CaSO4.2H2O, CaCl2, K4[Fe(CN)6], K2CrO4,
NH4Cl, CH3COOH, H2SO4.
Kerakli idish va jihozlar: kolba, probirkalar, shtativ, gaz gorelkasi,
pipetka, stakan, sentrafuga, menzurka, temir qoshiq, aralashtirgich,
distirlangan suv, vaakum hosil qilish uskunasi, oqava suv, shisha
tayoqcha. Spirt lampa, nixrom yoki platina sim.
Uchinchi analitik guruh kationlari xususiy reaksiyalari.
3-analitik guruh katonlarini Ba2+ , Sr2+ va Сa2+ ionlari tashkil
qilib, ular uchun
bo’lib hisoblanadi. Bu guruh kationlari sulfat kislota va
ishqor erimalarida erimaydi. Ularning suvdagi eruvchanligi ionlar
yozilgan qatorga mos ravishda ortadi, ya’ni CaSO4 ning
eruvchanligi nisbatan yuqori bo’lib, Ca2+ ionlari sulfat ionlari
ta’sirida to’liq cho’kmaga tushmaydi. Biroq eritmaga etil spirti
qo’shilganda kalsiy ionlarini to’liq cho’kmaga tushishi kuzatiladi.
Bariy kationing xususiy reaksiyalari.
3.1.1. Sulfat kislota va sulfatlar bilan bariy kationi oq, kislotalarda va
ishqorlarda erimaydigan cho’kma hosil qiladi:
Ba2  Н2SO4  BaSO4  2H.
BaSO4 cho’kmasidan Вa2 ionlarini eritmaga o’tkazish uchun uni ВaСO3 ga
aylantirib undan so’ng kislotada eritish kerak:
BaSO4  Na2CO3  BaCO3  Na2SO4
BaCO3  2CH3COOH  Ba(CH3COO)2  H2O  CO2.
Тajribaning bajarilishi: 2-3 tomchi bariy tuzi eritmasiga 3-4 tomchi sulfat
kislotaning 2n eritmasi tomizing. Hosil bo’lgan cho’kmani 3 qismga bo’lib,
nitrat, xlorid va sirka kislotalarda eruvchanligini tekshirib ko’ring.
Kaliy dixromati (xromati) bariy kationi bilan sariq rangli cho’kma hosil
qiladi: Ba2  K2CrO4  BaCrO4  2K
Ba2  K2Cr 2O7  2H2O  2BaCrO 4  K2CrO4  2H.
Agar mazkur reaksiyalar kislota ishtirokida o’tkazilsa. stronsiy va kalsiy
kationlari Вa2 ni topishda halaqit bermaydi , chunki bunda hosil
bo’lgan stronsiy va kalsiy dixromatlari sirka kislota eritmasida yaxshi
eriydi.
Тajribaning bajarilishi: Ba2 tuzi eritmasiga 4-5 tomchidan
K2CrO4 va natriy atsetat eritmalari qo’shing. Sariq kristall cho’kma hosil
bo’lishi kuzatiladi
Alangani bo’yash:
Bariyning
uchuvchan tuzlari
rangsiz
alangani
sarg’ish
yashil
rangga bo’yaydi.
Тajribaning
bajarilishi: Faqat
kaliy tuzi o’rniga
bariy tuzi olinadi.
2 Stronsiy kationi xususiy reksiyalari.
3.2.1 Gipsli suv, ya’ni CaSO4 ning
to’yingan eritmasi stronsiy ionlari mineral
kislotalarda erimaydigan oq cho’kma hosil
qiladi Bu usul bilan stronsiyni aniqlashga
Ba2 ionlari halaqit beradi. Cho’kma hosil
bo’lishi uchun eritmani biroz isitib so’ngra
sovutish kerak.
Тajribaning bajarilishi: Probirkaga 4 tomchi
stronsiy eritmasidan olib unga 5-6 tomchi
gipsli suv qo’shing va suv hammomida
isitiladi. Eritma sovitilganda 10 –15
daqiqadan so’ng oq kristall SrSO4 cho’kma
hosil bo’ladi.
3.2.2. Ammoniy oksalati (NH4)2C2O4 stronsiy kationi bilan oq cho’kma
hosil qiladi:
Sr2  (NH4)2C2O4  SrC2O4   2NH4
3.2.3. Alangani bo’yash. Rangsiz platina yoki nixrom simga yuqtirilgan
stronsiyning uchuvchan tuzlari tutilsa. Alanga qirmizi qizil rangga
bo’yaladi.
Тajribaning bajarilishi: 1.2.3. tajribaga qaralsin.
3.3. Kalsiy kationi xususiy reaksiyalari.
3.3.1 Ammoniy oksalati kalsiy ionlari bilan oq kristall cho’kma hosil qiladi. Cho’kma
sirka kislata ta’sirida erimaydi: Ca2  (NH4)2C2O4  CaC2O4   2NH4
Тajribaning bajarilishi: Uchta probirkaning biriga bariy xloridi, ikinchisiga stronsiy
xloridi va uchinchisiga kalsiy xloridi eritmalaridan 3-4 tomchidan tomizib har biriga 34 tomchidan (NH4)2C2O4 eritmasi qo’shing. Oq cho’kma hosil bo’lishi kuzatilgandan
so’ng har bir probirkaga 6 tomchidan sirka kislota qo’shing.
Qaysi probirkadagi cho’kma ko’proq eruvchanligini qayd qilib natijani kalsiy stronsiy
va bariy oksalatlari eruvchanlik ko’paytmalariga taqqoslang. So’ngra aynan shu
tajribani sirka kislota o’rniga xlorid kislotaning 2n eritmasidan olib takrorlang.
Kuzatilgan o’zgarishlarni qayd eting.
3.3.2. Kaliy geksatsionoferrati K4[Fe(CN)6] kalsiy ioni bilan ammoniy tuzlari ishtirokida
oq ammoniy kalsiy geksatsenoferrati cho’kmasini hosil qiladi. Bu cho’kma sirka kislota
ta’sirida eriydi:
Ca2  2NH4  K4[Fe (CN)6]  Ca(NH4)2[Fe(CN)6]  4K
Ushbu reaksiyani kalsiy kationini bo’lib-bo’lib analiz qilishda va uni Ba2 va Sr2 ionlardan
ajratishda ishlatish mumkin.
Тajribaning bajarilishi: 2 tomchi kalsiy xlorid eritmasiga 2 tomchi ammoniy xloridi qo’shib
qaynab turgan suv hammomida isiting. Isitilgan eritmaga oq cho’kma hosil bo’lgunga qadar
K4[Fe(CN)6] eritmasi tomizing.
3.3.3.Mikrokristalloskopik reaksiya Ca2 ionlarining sulfat kislota eritmasi
ta’siri natijasida CaSO4..2H2O kristallogidrati cho’kmasi hosil bo’ladi:
CaCl2  H2SO4  2H2O  CaSO4 . 2H2O  2HCI
Тajribaning bajarilishi: Тajriba shishasiga bir tomchi kalsiy xloridi eritmasi
tomizib, unga bir tomchi H2SO4 eritmasi tomizing. Agar shisha extiyotlik
bilan gaz alangasida qizdirilib eritma bug’latilsa. Tomchi atrofida igna
shaklli kristallar paydo bo’lishi kuzatiladi. Kristallarni mikroskop
yordamida kuzating.
Alangani bo’yash.
Barcha tajribalarni bajargandan so’ng har bir III analitik guruh kationi uchun
xususiy reaksiyalar jadvali tuzing.
Uchinchi guruh kationlari aralashmasi analizi
Sirka kislota muhitida K2CrO4 faqat bariy kationi bilan sariq rangli cho’kma
hosil bo’ladi. Shu sababli bariy kationini stronsiy va Ca2 kationidan ajratish va
ularni halaqit bermasligi uchun nazorat uchun berilgan eritmaga natriy atsetati
qo’shing. Bu eritmaga kaliy dixromati qo’shilsa. Ba2 ionlari BaCrO4 sifatida
cho’kmaga tushib, eritmada Sr2 va Ca2 ionlari qoladi . Cho’kmani eritmadan
sentrafuga usulida ajratib, sentrofugtaning bir tomchisiga gipsli suv qo’shing va 7
–10 daqiqa isitiladi Agar bir oz vaqtdan so’ng oq cho’kma hosil bo’lsa, bu
stronsiy ioni borligidan darak beradi. Aralashmada Sr2 ioni bor bo’lsa,
sentrofugatning (gipsli suv qo’shilgan ) qismiga natriy karbonat eritmasi
qo’shilganda hosil bo’lgan cho’kma ajratilib, 2 marta distillangan suv bilan
yuviladi va sirka kislotada eritiladi. Hosil bo’lgan eritmaga ammoniy sulfat
qo’shilsa, stronsiy ionilari SrSO4 sifatida cho’kmaga tushib , eritmada esa qisman
Ca2 ionlari qoladi.
Analizni bajarilishi:
1.Ba2+ kationini topish va uni eritmadan ajratish
Probirkaga 3 tomchidan tekshiriluvchi eritma, natriy atsetati va kaliy dixromati eritmalaridan tomizing. Sariq rangli
cho’kma hosil bo’lishi Ba2 ionining mavjudligini ko’rsatadi. Ba2 ionini ajratish uchun eritmadan 5–6 tomchi olib,
shunchadan sirka kislota va kaliy dixromati eritmalari qo’shib aralashtiring va 2-3 daqiqadan so’ng filtirlanadi.
2. Stronsiy kationini aniqlash
Dastlab Ba2 ionining to’liq cho’kmaga tushganligi tekshirib ko’ring. Buning uchun filtratga (yoki sentrifugatga)
K2Cr2O7 eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Agar eritmada Ba2 ionlari bo’lmasa, sariq cho’kma hosil bo’lmasiligi
kerak. Probirkada tarkibida bariy kationi bo’lmagan eritmadan (filtratdan) 2-3 tomchi olib, unga 2-3 tomchi gipsli
suv qo’shing va 15 daqiqa harorati 700C li suv hammomida istiladi. Oq cho’kma hosil bo’lishi Sr2 ioni borligidan
dalolat beradi. Stronsiyni alangani bo’yash reaksiyasi (3.2.3) yordamida ham aniqlash mumkin. 3. Kalsiy kationini
aniqlash.
Ba2 kationi ajratib olingan 4-5 tomchi eritmaga shuncha natriy karbonati eritmasi qo’shib
aralashtiring.Hosil bo’lgan stronsiy va kalsiy karbonatlari cho’kmasi filtrlash yoki sentrofuga usulida ajratiladi va
distillangan suv bilan yuviladi.Cho’kma sirka kislotaning 2 n eritmasida eritiladi va 8-10 tomchi ammoniy sulfat
eritmasi qo’shing.Bunda stronsiy kationlari SrSO4 sifatida to’liq cho’kmaga tushib Ca2 ionlarining bir qismi
eritmada qoladi. Eritma cho’kmadan ajratib olinib, 2 qismga bo’linadi: birinchi qismga ammoniy oksalati, ikkinchi
qismiga atseton yoki etil spirti qo’shing. Har ikki holatda ham cho’kma hosil bo’lishi Ca2 kationining mavjudligiga
dalil bo’lib hisoblanadi.
Скачать