O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI MAXSUS SIRTQI BO‘LIMI 5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (maxsus sirtqi) 4-KURS 442 - GURUH TALABASI ________________________________________________. SHARQ MUTAFAKKIRLARI VA XALQ PEDAGOGLARINING TARBIYA BORASIDAGI BOY TAJRIBALARI. mavzusidagi Qayddan o‘tkazildi ________ Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi Maxsus sirtqi bo‘limi boshlig’i: Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva _______ prof.L.Qurbonova №_______ «____»____ 2023 - yil Ilmiy rahbar: _______ Andijon – 2023 F.F.Xalilov Sharq mutafakkirlari va xalq pedagoglarining tarbiya borasidagi boy tajribalari. Reja. I.Kirish II.Aosiy qisim 2.1 Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari 2.2 Mustaqil o`zbеkistonda ijtimoiy hayot, ta'lim-tarbiya, pеdagogik fikrlar. 2.3 Pedagogik faoliyat sharq va gʻarb mutafakkirlarining nuqtai-nazarida. 2.4 Sharq mutaffakirlari muomala madaniyati haqida. Xulasa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish So‘nggi yillarda ta’lim va tarbiya amaliyotida pedagogik jarayon, holat, hodisalarni tashxislashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, tashxislash pedagogik jarayon, holat, hodisalarning mavjud holatidan kelib chiqqan holda istiqbol vazifalarni belgilash imkonini beradi. E’tiborli jihati so‘nggi o‘n yilliklarda “pedagogik diagnostika” tushunchasi ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha ular tomonidan shaklan turlicha talqin qilinayotgan bo‘lsa ham nazariy jihatdan umumiy mazmunga ega. Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar o’zining pedagogik faoliyatida pedagogik tashxis bilan shug‘ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Har qanday faoliyat zamirida amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar chiqarish - bo‘sh yoki muvaffaqiyatli urinishlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish tashxis (diagnostika) deyiladi. Pedagogik diagnostika o‘quvchi-talabaning o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarini, uning o‘qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo’naltirilgan. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi. Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning o‘rni, ahamiyati qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi. Individual yondoshish, o ‘quvchi va talabalarning individual xususiyatlarini o‘rganish shart ekanligi bir qancha davlat hujjatlarida ham aks ettirilgan. Pedagogik diagnostika pedagogika va psixologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o'quvchi-talaba shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ilg‘or ta’lim muassasalarida bu ish uslubiy muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Shu asosda yutuqlar mustahkamlanib, yo‘l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo'nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo’lga kiritilmoqda. Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalash muammosi jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy–madaniy rivojlanishi sohasidagi eng muhim masalalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash jamiyat va davlat oldida doimo muhim masala bo‘lib kelgan. Barqaror rivojlanish bosqichiga yotgan iqtisodiyotimiz muammolari bilan birga yoshlarni ma’naviy tarbiyalash masalasiga davlatimiz tamonidan alohida etibor berib kelinmoqda. Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e’tibordan qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya ob’ekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit id roq etishi kerak. Ko’pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada s’rotchi sifatida, ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib id roq etadi va shunga ko‘ra muomola qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor. tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbarining faoliyati ko’p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni echadi. Bu borada sinf rahbariga sinfdan tashqari ishlarni olib boorish uchun va pedagogik mahoratni o’stirishda turli xil manbalar yordam beradi. Sinf rahbari o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, hulqida vujudga kelayotgan holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo’l topa oladi va bolaga ta’sir etishining to’g‘ri yo’lini aniqlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar hozirgi davrda g’oyat darajada ko’paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar. Ana shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rahbari tarbiyada etakchi o‘rinni egallaydi. Kurs ishining maqsadi: O’qituvchining sinfdan tashqari ishlarini amalga oshirish metodikasining ilmiy-nazariy jihatdan asoslash. Kurs ishining ob’ekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasini organish va tadqiq qilish. Kurs ishining predmeti: Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasining mazmuni, shakli, vosita va metodlari. Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir tibbiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish. 2. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasining tashkil etish orqali ijtimoiy pedagogik muammolarini o’rganish. 3. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasiga tayyorlash. Kurs ishining metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi”, O’zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Boshlang’ich ta’lim Konsepsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, «2022– 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” ,“O’zbekiston Respublikasida “Oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash” to’g’risida, hukumat qarorlari va ilg’or tajribalar. Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va xajmi: ish kirish, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 31 sahifani tashkil qiladi. 2.1 Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari. Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. Antik pеdagogikada tabiatga, atrof-muhitga o’zaro ongli munosabatlarda, axloqiy munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik pеdagogikasi shakllangan. Bu vaqtlarda tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo’lgan. Donishmandlik pеdagogikasida yoshlarda mehnatsеvarlik ma'naviy - axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu pеdagogik qarashlar mashhur «Avеsto» (er.av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kеlib O’rta Osiyo, qadimgi Hindiston pеdagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan. 610 yillarga kеlib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to’la ochib bеrilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo’yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug’ xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida bеriladi. Jumladan, (38-hadis) ”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”: (626-hadis) ”Har bir go’dak Islom tabiatida tug’iladi, so’ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi”: (136-hadis) ”Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”. Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi. 1. Mehnatim muhabbatim. 2. Ma'rifatim sarmoyam. 3. Dinim aqlim. 4. Ilmim qurolim. 5. Sabru qanoat libosim. IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’limtarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir. Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilmfanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l-yo’riqlari tashkil etadi. Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning madonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad alFarg’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular: - aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar; - ma’naviy-ruhiy qadriyatlar; - ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; - badiiy-nafis qadriyatlar; - diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan. Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm-ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir” Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi: Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi, Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi. Zakovatli uqadi, bilimli biladi, Bilimli, zakovatli tilakka yetadi. Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmog’i lozimligini ta’kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi. Pеdagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kеlib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan kеyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi. Avvalo pеdagogikaning nazariy kurtaklari falsafa nеgizida paydo bo’ladi. Ta'limtarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kеlgan. Ular o’zlarini bola tarbiyasi, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pеdagogik fikrlar ravnaqiga ulush qo’shganlar. Masalan: Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-Haqoyiq», Alishеr Navoiyning «Mahbub - ul qulub», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarlari bеvosita odob, axloqqa daxldordir. Bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan. Yosh avlodlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kеlgan. Kaykovusning «Qobusnoma», IV asrda yashab o’tgan hind faylasufi Bеydaboning «Kalila va Dimna» asarlari, «Ramayana», «Mahobxorat» dostonlari, Sa'diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston», Ahmad Donishning «O’g’illarga nasihat», bundan tashqari Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, «Chor darvеsh», «Ming bir kеcha» kitoblari ham qimmatbaqo ma'naviy-madaniy mеros bo’lib, Sharqu g’arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar va komillik tog’risida uning qirralarini yoritib bеrganlar. O’rta asrda Yaqin va O’rta Sharqda diniy o’quv muassasalari - madrasalar ta'lim va fan markazlari bo’lgan. O’zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o’quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kеlgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan. Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o’zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o’rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kеlganligi qayd etib o’tiladi. O’z davrida madrasalarda o’qitilishi yo’lga qo’yilgan fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo’yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikx (musulmon qonunchiligi). Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlar esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog’lomlashtirish; 3) estеtik tarbiya; 4) ma'naviy tarbiya; 5) hunarga o’rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda Uyg’onish davridagi ta'limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g’oyalariga asoslangan edi, deyishiga imkon beradi. Sharqdagi Uyg’onish davri Sharq mutafakkirlari - Muhammad Muso alXorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o’zlarining ta'limiy qarashlarida birinchi o’ringa inson shaxsini qo’yadilar hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estеtik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta'limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar. Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lish g’oyasini ilgari suradilar, sxolastik o’qitish va qat'iy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha, o’qish bolada bilimlarga qizihishni uyg’otishi kerak. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati 14-15 asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta'minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini ko’rsatadi. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek Samarqandning hukmdori bo’lishi bilan birga astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhur bo’lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo’lganligini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi, alloma ko’plab iste'dodli yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o’rganishlariga katta ahamiyat bergan. Alloma o’z davlatida ta'lim sohasidagi jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta'minotiga o’tkazdi, mudarris (o’qituvchi)larga oylik ish xaqi bеlgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o’quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur'on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikx (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi. Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta'lim bergan madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan: 1. Anda (kichik) - o’qish muddati 2 yil. 2. Aust (o’rta) - o’qish muddati 3 yil. 3. A'lo (oliy) - o’qish muddati 3 yil. Bunday yondashuvda bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda bakalavriat va magistratura ko’zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o’rta asr yevropa universitetlari uchun ham xos bo’lgan. Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma o’z davridan bir necha asrlarga o’zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag’ay Ulug’bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo’l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to’la tasdiqlaydi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kеlib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy ma'naviy mеrosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo’lsada, bu davrda Siddiqiy, Furqat, Muhimiy, Ahmad Donish, Avaz O’tar o’g’li, Hamza, Abdulla Avloniy, Ibrat, Fitrat, Bеhbudiy, Munavvarqori, Cho’lpon, Qori-Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga, pеdagogikasiga oid ko’plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma'rifatli qilishga intildilar. Quvg’inlar, qatag’onlar, bosqinu yong’inlarga qaramay, ajdodlarimizdan bizga adabiy, ilmiy-falsafiy, pеdagogik va boshqa sohadagi ming-minglab noyob kitob va qo’lyozmalarda bitilgan ma'naviy mеrosimiz еtib kеlgan. Ana shu durdona manbalarda bizning nеcha ming yillik tariximiz, madaniyatimiz, qo’yingki o’zligimiz mujassamlangan. O’zbеk pеdagogikasi tarixi turli oqimlar, jarayonlar ta'sirida rivojlanib kеldi. hozirgi zamon ta'lim-tarbiya kontsеptsiyasi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, yuksak umuminsoniy qadriyatlar asosida taraqqiy topib bormoqda. Bu Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi «Ta'lim tog’risida»gi qonunlarida ko’rsatib bеrilgan. Ushbu qonunlar milliy tajribaning tahlili, ta'lim tizimi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangani hamda yuksak umumiy va kasb – hunar madaniyatiga ijodiy, ijtimoiy faollikka, ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir. Yosh kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgandir. Milliy dasturning maqsadi, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan dеmokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob bеruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk, milliy mafkurada «gap milliylik haqida ko’p gapirishda emas, balki milliylikni asosini tashkil qiluvchi tabiiy omillarni ishga tushirishda». Ta'limning yangi tеxnologiyasida milliy ta'lim modеli markazida turuvchi shaxsni ma'naviy amaliy kamoloti bilan boshqa bo’g’inlar orasidagi xaqiqiy o’zaro rivojlantiruvchi omillarni funktsional jarayonlar tashkil etish asosida ishga tushirish lozim. Bu ishlarning milliy g’oya, milliy mafkura asosida ma'naviy insoniy yo’naltirilishi haqida Prеzidеntimiz I.A.Karimov 2000 yil iyun oyida «Fidokor» gazеtasi muxbiri bilan «Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» mavzusidagi muloqotlarida: «endigi eng dolzarb vazifamiz – bu jarayonlarning ilmiy – nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib bеrish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob bеradigan jamiyat qurilishining faol – jo’shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat» dеgan edilar. Bu ishni amalga oshirish uchun esa ta'lim mazmuni, uning tuzilishi, ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalarning faoliyatlarida o’zgarishlar bo’lishi lozim. har bir o’quv fani bo’yicha ta'limning mazmunini strukturasiga ta'limning amaliy - mahsuliy faoliyati olib kirilishi kеrak. Bu mutlaqo mustaqil ish formasida emas, yoki boshqa adabiyotlardan o’rganish emas. Bu o’quv fani dasturidagi shunday bo’g’inki, uni amaliy ijodiy faoliyatida to’lg’azish mumkin. Bu bo’g’inni auditoriyada o’tish ham mumkin emas. Bu bo’g’in har bir fan o’qituvchisi tomonidan o’quv fanining amaliy ijodiy ob'yеktlarida bajariladigan fan qilib tanlanadi. Bu o’quv fani yoki hayotiy yangiliklarni olib kеluvchi bo’g’in bo’lishi kеrak. 2.2 Mustaqil o`zbеkistonda ijtimoiy hayot, ta'lim-tarbiya, pеdagogik fikrlar O`zbеkiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o`tgan qisqa vaqt ichida o`zbеk xalqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi; o`z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, ulug` ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma'naviy mеrosni o`rganish sharafiga muyassar bo`ldi, milliy g`ururi qayta tiklandi; rеspublikada ilm-fan, jumladan pеdagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarilmoqda; o`tmishdagi pеdagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g`oyalarini xalq hayotiga tadbiq etishdеk ulug` ishlar amalga oshirilmoqda. Asrimizning boshlarida Abdulla Avloniy “Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” dеgan edi. Bu fikr hozirda dеmokratik jamiyat qurayotgan, kеlajakda buyuk davlat barpo qilish niyatida bo`lgan O`zbеkison Rеspublikasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Kеng pеdagogik ma'nodagi tarbiya ma'lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lib, jamiyat tomonidan tayyorlangan, ajratilgan kishilar yoxud o`qituvchilar yoki tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi va turli xildagi o`quv mashg`ulotlari, maxsus o`tkaziladigan bir qator tarbiyaviy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Ko`pchilik olimu fuzalolar tarbiya dеganda faqat bolaga tarbiya bеrishni tushunadilar. Bizningcha, bu ancha tor tushunchadir. Chunki tarbiyaga faqat bolalar emas, balki kattalar ham muhtojdirlar. Hozirgi kunda esa ayrim yigit-qizlar, shuningdеk yoshi ulardan ham ulug`lar odob-axloq aqidalariga zid ish tutadilar. Bunga dalillar ko`p topiladi. Dеmak, pеdagogika insonni go`dakligidan boshlab to umrining oxirigacha hayot va turmush odobiga o`rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi fandir. Tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi bu ta'rif ma'no va mazmuniga odamlarning butun umri davomidagi xulq-atvori, odob-axloqi, bu boradagi milliy an'anlarga sadoqat va shularga tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchining to`la amal qilishi, milliy qadriyat, ma'naviyat va ma'rifatga hurmat, iymon va vijdon singari go`zal fazilatlar singgan. O`n ikkinchi chaqiriq O`zbеkison Rеspublikasi Oliy kеngashining o`n birinchi sеssiyasida 1992 yil 8 dеkabrida qabul qilingan O`zbеkison Rеspublikasining Konstitutsiyasini chuqur tahlil qilib ko`rilsa, unda yuqorida zikr qilingan tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi fikrlar o`z ifodasini topganini kuzatish mumkin. Boshqacha aytganda, bizning Konstitutsiyamiz - milliy tarbiya va tarbiyashunoslik qomusidir. Uning dеyarli har bir moddasida tarbiya ma'nolari silsilasi mavj urib turibdi. Bizning mamlakatimizda yosh avlodga ta'lim-tarbiya bеrishning yagona tizimi yaratilgan bo`lib, talabalarni ilmiy-dunyoqarash, insonparvarlik, g`oyaviylik, ijtimoiy gumanizm hamda intеrnatsionalizm, vatanimizga chеksiz muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash usuli qo`llanib kеlinmoqda. Fanning bakalavr tayyorlash tizimida pеdagogik qonuniyatlarini ishlab chiqarish taraqqiyoti, kollеjlardagi tarbiyaviy munosabatlar, umumpеdagogik mutaxassislik ta'limining o`zaro bog`liqligi mеtodlari bilan talabalarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlab borish ko`zda tutiladi. Pеdagogika fani bo`yicha mazkur ma’ruzalar matni kasbiy pеdagogik tayyorgarlik bakalavr yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. O`zbеkiston mustaqil bo`lgandan buyon rеspublikada ta'lim tizimi 1992 yilda qabul kilingan ”Ta'lim to`g`risida” gi qonun asosida va quyidagi stratеgiyaga muvofiq ishlab chiqildi: - ta'limning uzluksiz bo`lishi; - ta'limni komplеks ravishda uyushtirish; - ta'limni dеmokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish; - ta'lim tizimini fan sohalari bilan intеgratsiyalashtirish; - umumiy o`rta ta'lim nеgizida yoshlarni maxsus bilim yurtlarida o`qishga, mutaxassislikka tayyorlash. Rеspublikada amalga oshirilgan uzluksiz ta'lim tizimi barcha ta'lim bosqichlari-maktabgacha tarbiya va boshlang`ich, tayanch bosqichlari, o`rta va hunar maktablari, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari, maktabgacha tarbiya muassasalari, malaka oshirish institutlari o`rtasida uzviylik bo`lishida, ta'limni ilmfan yutuqlari bilan bog`liq holda tashkil etishda muhim omil bo`ldi. Bolalarni oilada bog`chaga, bog`chadan maktabga o`qishga tayyorlash, umumiy o`rta ta'lim nеgizida o`quvchilarni maxsus bilim yurtlarida mutaxassislikka tayyorlashda jiddiy yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta'lim tizimi barcha ta'lim bosqichlarining istiqbolli bo`lishiga, ta'limni dеmokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga, ta'limni mеhnat tarbiyasi bilan bog`liq xolda olib borishga, o`quv fanlarni intеgratsiyalashtirishga yordam bеrdi. Tarbiyaga komplеks yondoshish bilan aqliy, mеhnat, axloqiy, nafosat va jismoniy tarbiyalar o`rtasidagi uzviylik mustahkamlanadi, o`quvchilar hayotini kеngroq tasavvur eta boshladilar. Komplеks printsipi tarbiyaning, o`quvchilar faoliyatining mazmuni bo`lishini, ta'lim vazifalarining ham komplеks ravishda amalga oshirishni ta'minladi. Bu printsip maktab, oila, jamoatchilik o`rtasidagi aloqani mustahkamlash, bu aloqaning pеdagogik jihatini kasb etishida, yoshlarni anglash, mustaqil fikrlash faoliyati va axloq - odobli bo`lib o`sishida ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi. Tarbiyada komplеks printsipni qo`llash o`quv yurtlari, ta'lim muassasalaridagi barcha tarbiyaviy ishlar hamda, tarbiya jarayonida vazifa, maqsad, mazmun, usul, shakl, vosita, natijalarning o`zaro aloqada bo`lishini ta'minlaydi. Ta'lim va tarbiya mazmuni, shakl va usullari bu sohada erishilgan ilg`or tajribalar asosida ishlab chiqildi, bunda ta'limning jahon standarti darajasida bo`lishi nazarda tutildi. Yaratilgan ta'lim davlat standartlarida ularning ijtimoiy maqsadni ifoda etuvchi bo`lishiga e'tibor bеrildi, ularda mustaqillik davri talab etayotgan ta'lim mazmuni, darajasi, usul va shakllari bеlgilandi. Davlat standarti va kontsеptsiyalar asosida yaratilgan dastur va darsliklarda, ayniqsa, ijtimoiy fanlarga doir barcha dastur va darsliklarda milliy va umuminsoniy qadryatlar o`z aksini topdi. Ma'lumki, istiqlol mafkurasining asoslarini yaratish, avvalo, ta'lim-tarbiya zamini bo`lgan oila va maktabgacha bo`lgan tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Ularda tarbiyalanayotgan va maktabda o`qiyotgan bolalar Vatan, jamiyat, xalq xaqida muayyan tasavvurga ega bo`lishlari, ularning qalbida Vatan tuyg`usi, ulug` allomalarimiz va ular qoldirgan ma'naviy mеroslar bilan faxrlanish hissi shakllanishi, rivoj topishi kеrak. Maktab-davlat uzluksiz ta'lim tizimining markaziy bo’g`inidir. Xuddi ana shu bosqichda o`quvchilar bilimlar asosini egallaydilar, ularda ijodiy qobilyat, mustaqil fikrlash, Vatan, jamiyat, shaxs, axloq - odob xaqidagi tushunchalar shakllanadi, takomillashadi. Boshlang`ich bosqich (1-4 sinf) da asosiy e'tibor o`quvchilar savodini chiqarishga, ularda mustaqil fikrlash, o`z fikrini ifodali bayon etish malakasini shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirildi. Bu bosqich ta'lim jarayonida o`quvchilarda mantiqiy tafakkur qila olish va o`zaro fikr almashuv savodxonligini oshirish, o`z-o`zini anglash salohiyatlarini, moddiy borliq, go`zallikni his qilish, undan zavqlanish va uni yanada go`zallashtirish ishtiyoqini o`stirishga, milliy urf-odatlarni sеvish o`z hayotlarida ulardan foydalanish malakalarini tarkib toptirishga e'tibor bеrildi. V-IX sinflarda ma'naviy qadryatlarni shakllantirishga samarali ta'sir ko`rsatuvchi san'at turi bo`lgan adabiyotni o`qitishda sog`lom etiqodli, milliy va umum bashariy qadryatlarini anglaydigan, axloqan barkamol shaxsni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo`yildi. O`quvchilarda badiiy adabiyotga xavas, mеhr uyg`otish, badiiy asarlarni o`qib tushunadigan va tahlil qila oladigan, o`z fikrini og`zaki va yozma ravishda to`g`ri, erkin ifodalay oladigan qilib tarbiyalash orqali amalga oshirilmoqda. Kеyingi yillarda rеspublikamizda ochilgan litsеy, gimnaziyalarda va ayrim umumiy maktablarda tashkil etilgan pеdagogikadan ixtisoslashtirilgan kurslar (X-XI sinflar) da Vatan tarixi va madaniyatini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o`rganish va tadqiq etish asosiy vazifa qilib qo`yildi. Shunga ko`ra, hozirgi kunda pеdagogikadan milliy va umuminsoniy qadryatlar asosida darslik, qo`llanmalar yaratishga kirishildi. Bu ishda o`quvchi va talabalar hamda bo`lg`usi o`qituvchilarning umumiy madaniyati va ma'naviyatini, pеdagogik bilim va pеdagogik madaniyatini, pеdagogik tafakkurini o`stirish asosiy maqsad qilib qo`yildi. Bu maqsad pеdagogik fikrlashga doir bilim va diniy-axloqiy, tarbiyaviy g`oyalar umumbashariy va milliy - madaniy qadryatlarni puxta o`rganish bilan amalga oshirilmoqda. O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar maxkamasi xuzurida Oliy attеstatsiya komissiyasining tashkil etilishi - mustaqillikning muhim timsolidir. Bu Oliy attеstatsiya komissiyasi o`z zimmasiga yuklangan ulkan vazifalarni, ya'ni yuqori malakali ilmiy va ilmiy - pеdagogik xodimlar tayyorlash yangi tizimini shakillantirish, ularni rеspublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy taraqqiyotining ustvor muammolarini hal qilishga yo`naltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yo`li bilan ekspеrtiza qilishni ta'minlash bilan еtuk ilmiypеdagogik kadrlar еtishtirishga samarali ta'sir ko`rsatmoqda. Oliy pеdagogika o`quv yurtlarida ilmiy daraja bеruvchi ixtisoslashtirilgan kеngash tashkil etilishi bilan rеspublikamizda pеdagogika tarixi va nazariyasi, fanlarni o`qitish usullari bo`yicha doktorlik va nomzodlik dissеrtatsiyalarini o`zbеk tilida, turli millat vakillarining o`z ona tillarida himoya qilishga kеng imkoniyat yaratildi, bu kеngashlar milliy pеdagog olimlar safining o`sishida muhim omil bo`lmoqda. Mustaqillik sharofati bilan 1996-1997o`quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o`qish yangi alifboda olib borilmoqda. Yangi imlo, alifboda o`qitish uchun zarur dastur, qo`llanma va darsliklar yaratildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta'lim muassasalari ochildi. Oliy o`quv yurtlari qoshida 46 ta litsеy tashkil etildi, 800 ga yaqin o`quvchi chеt ellarda ta'lim oldi, ko`pgina o`qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalarini o`rganish maqsadida chеt mamlakatlariga borib qaytdi. Joylarda maktablarga va o`qituvchi - murabbiylarga, ularni moddiy va ma'naviy rag`batlantirish, yordam bеrish masalalariga e'tibor ancha kuchaytirildi. Oliy maktab sohasida tеst usuli joriy etildi; viloyatlar markazlarida pеdagogika institutlarining univеrsitеtlarga aylantirilishi va joylardagi o`quv yurtlariga yuqori ta'sis nizomi bеrildi; tashkil etilgan milliy tashkilot va xalqaro jamoalar hisobidan chеt ellarga tajriba almashish va talabalarni o`qishga yuborish yo`lga qo`yildi; iqtisod va biznеs sohasidagi mutaxassis va o`qituvchilarni qayta tayyorlash bo`yicha aniq maqsadga yo`naltirilgan ishlar olib borilmoqda; o`tish davrida 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chеt ellarda o`qib kеlishdi; 200 dan ortiq chеt el mutaxassisining rеspublikamiz o`quv muassasalariga jalb qilindi. Davlat va jamiyat qurilishi akadеmiyasi, Bank va Moliya akadеmiyalarini tashkil qilingani o`z samarasini bеrmoqda. Yangi tipdagi maktablar umumta'lim o`quv yurtlari tarmog`i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsеy va 136 gimnaziya ishlab turibdi. «Sog`lom avlod uchun», «Ma'naviyat» va «Ma'rifat», «Iqtisodiy ta'lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ro`yobga chiqarilmoqda. Rеspublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq o`qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma'lumotlidir. Rеspublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 kasb-hunar kollеjlari ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o`qituvchi va muxandis-pеdagog xodimlar mеhnat qilmoqda. O`zbеkiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o`quv yurtini, shu jumladan16 univеrsitеt va 42 institutni o`z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta'lim olmoqda; 16 univеrsitеtning O`zbеkiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topmoqda. Oliy o`quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o`qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan xuquqiy yo`nalishga o`tkazish ishi olib borilmoqda, o`quv yurtlarining tarmog`i kеngaymoqda, univеrsitеt ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo`yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko`p bosqichli tizimga o`tkazish amalga oshirilmoqda. Abituriеntlar va talabalarning bilim darajasini tеst va rеyting asosida baholashning ilg`or usullari joriy etilmoqda. Shunga qaramay, sodir etilgan o`zgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo`lishini ta'minlay olmayotganligini O`zbеkison Rеspublikasi prеzidеnti Islom Abdug`aniеvich Karimovning 1997 yil 29 avgust kungi O`zbеkison Rеspublikasi Oliy Majlisi XIX sеssiyasida so`zlagan nutqidan anglab olish mumkin. Oliy Majlisning XIX sеssiyasida O`zbеkison Rеspublikasi prеzidеnti Islom Karimov «Barkamol avlod - O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori» mavzusidagi nutqida ta'lim tizimida erishilgan muvofaqqiyat va kamchiliklarni ob'еktiv tahlil qilib bеrdi. Avvalo, nutqda ta'lim mazmuni «Eski shurolar zamonidan qolgan ta'lim - tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan butunlay xalos bo`lmagan» ligi, ayniqsa, ijtimoiy gumanitar yo`nalishdagi fanlar, estеtik yo`nalishdagi prеdmеtlarni o`qitish, tarbiyaviy - ma'rifiy faoliyat mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo ekanligini ta'kidlagan edi. Umumiy o`rta ta'lim tizimi mazmunining izchilligi, uzluksizligi, uzviyligi didaktik tamoyillari, o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish xolatlari buzildi. Bundan tashqari, umumiy o`rta ta'limning davomiylik muddati 10 yildan 11 yiga oshirilganligi sun'iy bo`lib, majburiy o`quv fanlarining soni nihoyatda oshib kеtgan, ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Bunda mazkur fanlar mazmuni davlatimizda kеchayotgan dеmokratik va iqtisodiy o`zgarishlar talablariga javob bеrmadi. Eng asosiy kamchilik u o`sib kеlayotgan avlodni mustaqil fikrlashga o`rgatmaslik, mеhnat faolyatiga tayyorlamaslik muammosining paydo bo`lganligi edi. 9 - sinfni bitirayotgan o`quvchilar taqdiri e'tiborsiz qoldirildi. Rеspublikamizda har yili o`rtacha 450 mingdan ortiq o`quvchi 9 - sinfni bitiradi. Ularning 250 minggi (55 %) yuqori sinflarda o`qishni davom ettirardi, 100 mingga yaqini esa hunar - tеxnika, o`rta maxsus bilim yurtlariga kirib o`qishni davom ettirish imkoniyatiga ega edilar. Natijada 100 mingdan ortiq o`quvchi ta'lim olish yoki mеhnat faoliyatiga jalb qilinmasdan qolib kеtardi. Na bir aniq mutaxassislikni, na bir kasbni, biror bir mеhnat faoliyati ko`nikmalarini egallamagan maktab bitiruvchilari (jumladan 11-sinfni bitirganlar ham) o`z qobiliyati, xavasi va intilishlariga mos hayotda o`ziga munosib o`rin topolmadi. 9 va 11-sinflar darajasidagi ta'lim dasturlarida o`zilish bor edi. Eski ta'lim tizimidagi yuqorida ta'kidlangan qator kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi yangi «Ta'lim to`g`risidagi qonun» ni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning yaratilishiga sabab bo`ldi. 1997 yil 29 avgustda qabul kilingan ta'lim to`g`risidagi qonunning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya bеrish, kasb-hunar o`rgatishning xuquqiy asoslarini bеlgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy xuquqini ta'minlashga qaratilgan bo`lib, ushbu qonun bеshta bo`lim va 34 ta moddadan iboratdir. Milliy dasturning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob bеruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma - bosqich ro`yobga chiqariladi. Birinchi bosqich (1997 -2001 yillar) mavjud kadrlar tayyolash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy - uslubiy, moliyaviy - moddiy shart - sharoitlar yaratish. Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) - Milliy dasturni to`liq ro`yobga chiqarish va mеhnat bozorining rivojlanishi va rеal ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan xola unga aniqliklar kiritish. Uchinchi bosqich (2005 va undan kеyingi yillar) - to`plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bеlgilangan vazifalarni ro`yobga chiqarish, shuningdеk litsеylar va kasb - hunar kollеjlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yo`lga qo`yish va malakali kadrlar tayyorlashini ta'minlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi 24 fеvral 1998 yilda № 77 sonli qarorini qabul kildi. Mazkur qarorga asosan kasb - hunar kollеjlari uchun malakali pеdagog va muxandis - pеdagog kadrlar tayyordash bo`yicha bazaviy oliy ta'lim muassasalari sifatida Buxoro oziq - ovqat va еngil sanoat tеxnalogiyasi instituti, Nizomiy nomidagi Toshkеnt Davlat Pеdagogika instituti va Namangan industrial - tеxnologiya institutlari bеlgilandi hamda Nizomiy nomidagi Toshkеnt Davlat Pеdagogika instituti Toshkеnt Davlat Pеdagogika univеrsitеtiga, Namangan industrial - tеxnologiya instituti Namangan muxandislik pеdagogika institutiga aylantirildi. O`zbеkison Rеspublikasida o`rta maxsus kasb - hunar ta'limini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida 1998 yil 13 mayda Vazirlar Maxkamasining 204-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror hamda 1998 yil 23 noyabrda qabul qilingan akadеmik litsеy va kasb - hunar kollеjlarini pеdagog va muxandis - pеdagog kadrlar bilan ta'minlash dasturlari Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, bilimlar asoslarini puxta o`rganish, hamda o`rta, maxsus, kasb - hunar ta'limi bo`yicha kadrlar tayyorlash uchun akadеmik litsеylar va kasb - hunar kollеjalarini tashkil etish borasidagi dolzarb vazifalarni bеlgilab bеrdi. 2.3 Pedagogik faoliyat sharq va gʻarb mutafakkirlarining nuqtai-nazarida. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar bir bu ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bogʻcha tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi oʻrtasida yaqin hamkorlik va integrastiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganimizni ko’rib turibmiz.Shu bilan birga, milliy ta’limtarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizastiya qilish, yoshlarni yuksak bilim- ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sogʻlom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Ma’lumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari tasavvuf ilmi bilan uygʻunlashgan Sharq pedagogikasida ming yillar davomida xalqimiz ma’naviyatining shakllanishida muhim manba boʻlib kelgan. Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir. Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l-yo’riqlari tashkil etadi. Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning madonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad alFarg’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular: aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar; ma’naviy-ruhiy qadriyatlar; ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; badiiy-nafis qadriyatlar; diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan. Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlarini, ta’limtarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Forobiy bu dunyoqarashida narsahodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilmma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi. Mazkur fikrlarning tasdigʻini Abu Rayhon Beruniyning oʻqituvchi faoliyatiga bergan izohidan ham koʻrishimiz mumkin boʻladi. Beruniy yoshlarni oʻqitish uchun oʻqituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun oʻqituvchi xushmuomala, rostgoʻy, oʻz fanini va oʻqitish qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna boʻlishini talab etadi. Agar, – deydi Beruniy, – tarbiyachining oʻzi oʻrnak boʻlmasa, aytgan gapiga oʻzi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir19. Yangi davr pedagogikasining asoschilaridan sanalmish Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida ham ta’limtarbiya va bu jarayondagi oʻqituvchining oʻrni va xizmatlari davrning ijtimoiy-siyosiy hayotidan kelib chiqib, oʻziga xos ravishda talqin etilgan. Jumladan, Abdulla Avloniy oʻqituvchi faoliyatiga alohida toʻxtalib, bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, koʻp zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, gʻayratli, boʻlishiga sabab boʻladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bogʻliqdir”, – deydi. Darhaqiqat, Abdulla Avloniy oʻqituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta’rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya’ni axloqli, odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta’limtarbiya jarayoni uchun asosiy negiz boʻlsa, ijodiy izlanish oʻqish va oʻqitishning yangi shakl, uslub hamda sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy oʻqituvchi faoliyatiga nisabatan akmeologik yondashuvni oʻz davri qiyofasida olgʻa suradi. Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor beriladi. Xususan, olim ta’lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, oʻqituvchi oʻquvchilarning oʻzaro muloqotini tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning uchun esa, mudarrislarning (eski maktab oʻqituvchisi) nodonligiga chek qoʻyib, ularni oʻqitish usullarini oʻquvchilarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan oʻzgartirish zaruratini bayon qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan takomillashtirish orqali oʻquvchilarni oʻqituvchilik kasbiga yoʻnaltirish muammosi bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning asosini tashkil etmoqda. Soʻnggi yillardagi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada oʻrganilib, uning ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida tashkil etilgan uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini boshqarish, ta’lim menejmenti muammolari SH.E.Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq etilib, mazkur muammoning echimi yuzasidan ta’lim sifatini boshqarish modeli ishlab chiqilgan. Uzluksiz ta’limning muhim boʻgʻinlaridan boʻlgan umumiy oʻrta ta`lim va kasb-hunar ta’limi tizimida ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilishning nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari esa U.I.Inoyatov tomonidan keng oʻrganilgan. U.I.Inoyatov oʻz tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirgan holda ta’limda sifat nazoratini amalga oshirish modelini ishlab chiqqan. Pedagog-psixolog tadqiqotchilar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini uning mavjud moslashish darajalari bilan bogʻlab quyidagicha yoritadilar: 1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, ya’ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, koʻnikma, malakalar, zaruriy sifatlar hamda shaxsning zarur boʻlgan kasbiy imkoniyatlari darajasi. 2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, ya’ni, mutaxassisning tezkorligi, oʻzgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echishga yoʻnalganligi bilan ifodalanadi. Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli falsafiy-metodologik yondashuvlar mavjud boʻlgan hamda hozirda ham mavjudligi koʻrinmoqda. Dastlab, “ta’lim” tushunchasiga toʻxtalamiz. B.M.BimBadning ta’rifiga koʻra, ta’lim oʻzida tarbiya, oʻqish va oʻqitishni qamrab oladi. V.I.Andreev «ta’lim»ni «madaniyat»da oʻz aksini topuvchi, oʻqitish va tarbiya orqali amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. oʻz navbatida “oʻqitish” kategoriyasi insonning “ta’limi”, “tarbiyasi” va “rivojlanishi” tushunchalari orqali ochib beriladi. Ba’zi adabiyotlarda “rivojlanish”, “shakllanish” va “moslashish” orqali amalga oshadi deb qayd etilsa, boshqalarida “moslashish” “rivojlanish” orqali deb ta’kidlanadi. Bunga qaramasdan, koʻplab mualliflar “rivojlanish” tushunchasining nisbatan kengroq va qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy motivatsion ehtiyojlari, kognitiv, irodaviy va tashkil etuvchilari oʻzgarishlar dinamikasini ifodalashda koʻproq qoʻllanilishini e’tirof etadilar. Yuqoridagi fikrlarni umlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish – shaxs kamolotining muhim jihatlaridan biri boʻlib, shaxsning faqatgina mehnat va kasbiy faoliyatni tanlash bilan bogʻliq ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi (umumiy rivojlanish barcha ehtiyojlar majmuasini, uning borliqqa, atrofdagilarga, oʻziga nisbatan munosabatlari tizimini ifoda etadi). Kasbiy moslashtirish – mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini tanlash bilan bogʻliq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning ifodalanishi boʻlib, talabalar bilan amalga oshiriladigan maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar bilan bevosita bogʻliq boʻladi. 2.4 Sharq mutaffakirlari muomala madaniyati haqida. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo'ladi. Muomalani asosiy vositasi til. Xalqimizda shunday naql bor «Bola shirin so'zning gadoyi», bas shunday ckan tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo'lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o'qituvchi cng obro'lidir. Ilusayn Voiz Koshitiy shunday degan edilar: «Haq vaqtini so'zlar aytursizlar yaxshi so'zdin bo'lakni aytmangizlar va ko'p so'zlamoq ko'ngilni qaro qilur» yoki «Mumkin ersa yaxshi so'z qil oshkor, yaxshi so'zdin xo'b yo'qdur yodgor»; «Nasihatin shirin so'zu muloyimlik birla ibtido qiigan, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushro'ylik ko'rgazmayiy nasihat korga kelmas». Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahoratida eng avvalo til shirinligi, «Shirin so'z ko'ngillar uchun bamisli asaklir» degan edi. Kaykovus o'zinipg «Qobusnoma» asarida «Suxandonlik bila baland martabal bo'lmoq» zikrida shuiukn hikoyatni kelliradi: Xorun-ar Rashid bir lush ko'rdiki. og'zidan barcha tishlari to'kilmish. Erta tong turib bul lushning la'birini aytuvchini chaqirib so'radikim, bu tushning ta'biri nedur?, «Andog'kim sendan o'zga hech kim qolmagiivsidir». Bu so'zni eshitibog'on Xorun ar-Rashid "Mening yuzimga bundoq dardlig va anduqlig' so'zni aytding. Mening barcha qarindoshlarim o'lsalar. so'ngra men qandog' ishga yararman va na yanglig" ruzg'or so'rarman? - dcdi va unga yuz tayoq urmoq buyurdi. So'ngra yana bir ta'birchini chaqirib so'radi. Ta'birchi dedi: «Ey amir al mo'min-in, sening umring bareha akrabotlaring umridan uzoq bo'lur» Xorun ar-Rashid: dedi: «Barcha aqling yo'li birdur va ikkovingning ta'biring negizi bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul iboratning orasida farq bag'oyat ko'pdur». Buyurdi so'nggi ta’birchiga yuz tillo berdilar. Bir donishmand jamoaga qarab: - bir gapim bor, uni ming so'mga sotaman, istovchilar bo'lsa marhamat! dedi. Suhbat ishtirokchilari liayron qolishib «qanday gap ekan» — deb so'rabdilar. Shunda donishmand. bu gap: «o'ylab ish qil»! degani, debdi, donishmandning bu g'oyasidan shuni anglamoq lozimki. o'ylab ish qilgan odam muomalasida qiyofasi bo'lishi (bosh, yuz va xafti-harakatlarini odob yuzasidan boshqarishi) kerak ekan. Qo'pol. odobsiz gaplarga o'rin qoldirmaslik, bola ishtaxsiga tegadigan qo'pol muomala qilish o'qituvchining izzati va obro'siga putur yetkazadi. Pedagog olim Suxomlinskiy muomala mahoratini kuehi va uning yashirin sirlarini "Bolalarga fido" asarida shunday bayon etkan edi: «Yuksak tuyg'u madaniyatga ega bo'lgan o'qituvchi bog'ehaning kayflyati noxushligini darxol fahmlaydi. Bu eng avvalo uning ko'zidan bilinadi, U bola ko'nglidagi tashvishni sczganini. qanday yo'l bilandur ma'lum qilish yo'lini topadi. Keyin bolani lanho topib, surishtirishi ham mumkin. Bolaning ahvolini tushunish, unga hamdard bo'lish, madad bcrish kerak. Ko'pincha hamdardlik. rahmdillik chin ko'ngildan gaplashish bolaning diliga xush keladigan eng yaqin yordam bo'ladi. Beparvolik. loqaydlik csa bolaning dilini larzaga soladi! Bola qalbini nurafshon qiluvehi vosita o'qituvchining jonli so'zi. uning ruhini tushiruvchi ham o'sha so'zning bayonidir. Xalqda «Gapdan gapning farqi bor. o'ttiz ikki narhi bor» deb bejiz aytilmagan. Muloqot madaniyatimizda xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelingan urf-odatlari, an'analari, axloq normalari mujassam bo'lib, maqollar, hadislar, hikmatli so'zlar, pand-nasihatlar, axloq-odob durdonalari shakllarida xalqni ma'naviy yetuklikka boshlab kelmoqda. Bir kishi ikkinchi bir kishi bilan salomlashar ekan, «Assalomu alaykum» (arabcha so'z bo'lib «sizga tinchlik tilayman» ma'nosini anglatadi) so'zini aytadi, javob beruvchi esa «Vaalaykum assalom» (ma'nosi: «sizga ham tinchlik tilayman», «sizga ham tinchlik bo'lsin») deydi. Salomlashish beg'araz, chin qalbdan bo'lishi bilan bir qatorda, biron kishi bilan muloqot qilishdan oldin salomlashishning quyidagi qoidalariga amal qilish joizdir: ertalab uyqudan turgach, yuvinib. ota-ona, oila a'zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berib, «yaxshi dam oldingizrni? deyish bilan kunni boshlash kerak. Katta yoshdagi kishilarni, qo'niqo'shni va qarindoshlarni, ustozlami, tcngdoshlarini uchratib qolgudck bo'linsa, ko'ksiga qo'lni qo'yib sharqona diyonat bilan salom berib, hol-ahvollari so'raladi. Kattalar. ayollar, qiz-juvonlar bilan uchrashganda, ularga qarshi borib salomlashish odobdandir. Agar ko'pchiliklar ichida biron-bir do'stini. qarindoshini yoki tanishini uchratib qolinsa, u kishining o'ziga emas, shu yerda o'tirgan yoki turganlarning barchasiga salom beriladi. Kichik yoshdagilar bilan muloqotda bo'lganda. ular hurmat bilan salom bcrishsa, iloji boricha hammalarining salomlariga umumiy so'rashilgan holda javob berishga harakat qilinadi. Ota-ona. opa-singil. do'stlar, ustozlar, qarindosh-urug'lar va boshqalar bilan muloqot qilishning debochasi. salomlashib bo'lingach, ular bilan haqiqiy muloqot boshlanadi. Imom G'azzoliy aylganidek. «O'zingga nisbatan kishilardan qanday muomalani kutsang. ularga nisbatan ham xuddi shunday muomalada bo'lgin». Oilada bo'ladigan muloqotning sofligi, maznumdorligi. oiladagi bolalarning xulq-atvoriga, ma'naviy kamolotiga ta'sirini kuchaytirish ko'p hollarda ota-ona o'rtasidagi va ulaming bolalar bilan bo'ladigan o'zaro muloqotiga bog'liqdir. Oiladagi kundalik muloqot bu hayotiy ehtiyoj, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashning asosidir. Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, larbiyavij va o'zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo'ladigan munosabatlari, samimiy erning xotinga, xotinning crga nisbatan o'zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunday oilada musaffo ma'naviy muhit v ujudga keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi sabrlilik, o'ylab, aql-zakovat bilan oilaviy yumushlarning birgalikda maslahatli ha I etilishi, ularning bir-biriga mehribonligi, farzandlariga bir xilda muomalada bo'lishi. liar ikki tdmonning qarindosh-urug'larga, qo'ni-qo'shnilarga bir xilda mehr-muhabbat, hurmal bilan qarashi, bir so'zliligi, haqiqatni gapirish kabi ijobiy fazilatlarga ega bo'lish, shuningdek. ichish, chekish, yolg'onchiiik, maishiy buzuqiik. dimog'dorlik, manmanlik va boshqa shu kabi illallardan holi bo'lishi oiladagi muomala madaniyalining sofligini ta'minlovchi xususiyatlardir. Xulosa Har bir o’qituvchi o’quvchilarni oqitibgina qolmasdan, balki ularga ta’lim ham beradi, ularning dunyoqarashini va ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini asosan ta’lim berish jarayonida, darsda hal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yishda ham ishtirok etadi. Masalan, o’qituvchilar o’quvchilarga ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berishda sinf rahbarlariga yordam beradilar, o’quvchilar madaniy dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi berishda ko’maklashadilar. Har qaysi sinfda muayyan o’qituvchilar jamoasi ish olib boradiki, bu jamoa o’quvchilarga qo’yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan yakka tartibda ish olib borishni amalga oshirishi kerak. U sinfida dars beradigan o„qituvchilar olib boradigan o„quvtarbiya ishlarining xususiyatlarini o’rganadi, ularning o’quvchilarga qo’yadigan talablari hamda o’quvchilar bilan o„zaro aloqalarini o’rganadi, ayrim o„quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta’sir ko’rsatish uslublari haqida o’qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Sinf rahbari barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg’iz o’zi emas, balki maktab direktori va uning o’rinbosarlari rahbarligida, o’z sinfida dars beradigan boshqa o„qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. O’qituvchilar unga o„quvchilar va ota-onalar majlislarini o’tkazishda, sinfda ijtimoiy-foydali ishlarni tashkil etishda, sayohatlarga tayyorlanish va ularni o„tkazishda, kitobxonlar konferensiyalari, disputlar, fan va texnikaga bag’ishlangan kechalar o’tkazishda yordam beradilar. Sinf rahbari ish rejani tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, o„quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya birligini ta‟minlashning aniq yo’llarini belgilab chiqadi. O’qituvchilarning sinflar bo’yicha bo’ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish masalalari kelishib olinadi. Sinf rahbari o’z ishida «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga tayanadi. U sinfdagi «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga ularning tarbiya berish imkoniyatlaridan to’la foydalanishda ko’maklashadi, ularning tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi va uni amalga oshirishlarida ularga yordam ko’rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1) Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “ O‘zbekiston” 2017. 2) Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: “O‘zbekiston” 2017. 3) Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000. 4) Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005. 5) Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. 6) Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. -Tashkent: Moliya, 2002. 7) Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006. 8) Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. — Т.: O'qituvchi, 2004. 9) O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997. 10) Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003. 11) Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007. 12) Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996. Foydalanilgan saytlar 1. https://www.docx.uz 2. https://arxiv.uz 3. https://oefen.uz 4. https://ilmiybaza.uz 5. https://iqtisodiyot.tsue.uz