Загрузил Begzod Aripov

3. Transport vositalari tasnifi

Реклама
Mavzu: Transport vositalari tasnifi
Reja.
Kirish
1. Transport vositalari va uning tasnifi.
2. Avtomobillar o‘lchami va massa ko‘rsatkichlarining joiz
chegaralari.
3. Avtomabil yo'llarini transport foydalanish ko'rsatkichini baholash
uslubi
Kirish.
Bizning mustaqil O‘zbekistonimizda transport alohida muhim ahamiyatga
ega. Chunki transport mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining muhim tarkibiy
qismidir.
Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk
va passajirlarni tashish muntazamligidir.
Kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) yo‘nalishi
bakalavrlarini tayyorlashda fanning maqsadi xalq xo‘jaligi sohalari va kishilarning
ishlab chiqarishlari bilan bog‘liq moddiy buyumlarni zarur joylarga belgilangan
vaqtda va sifatli darajada yetkazib berish hamda aholining passajir transportiga
bo‘lgan ehtiyojini muntazam qondirishni tashkil etish. Transport vositalaridan
samarali foydalanish va ularni to‘g‘ri tanla kunikmalarini o‘rgatishdan iboratdir.
1. Transport vositalari va uning tasnifi.
Transport vositasi deyilganda yuk va passajirlarni tashishga mo‘ljallangan
ishlab chiqarish jihozi tushuniladi. Avtomobil transporti vositalari ikki guruhga
bo‘linadi:
a) o‘ziyurar, ya’ni harakatlantiruvchi dvigateli bor avtomobillar va tyagachlar;
b) o‘ziyurmas, ya’ni avtomobillar va tyagachlar ulanmasida ishlovchi tirkama
(pritsep) va yarim tirkamalar.
Avtomobil transporti vositalarining aniq aroitda samarali foydalanishini
belgilovchi bir qancha ekspluatatsion xususiyatlari mavjud.
Avtomobillarning asosiy ekspluatatsion xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
dinamikligi, yonilg‘i tejamkorligi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi, o‘tag‘onligi,
harakatlanish ravonligi, sig‘dira olishligi, mustahkamligi, chidamligi, texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlashga mosligi, ortish-tushirish ishlarini bajarishga mosligi.
Avtomobilning dinamikligi deyilganda uning ma’lum yo‘l sharoitlarida yuk
va passajirlar bilan birgalikda iloji boricha maksimal o‘rtacha telik bilan harakatlana
olishi tushuniladi.
Avtomobilning yonilg‘i tejamkorligi deyilganda, uning harakatlanishi uchun
yoqilayotgan yonilg‘i quvvatidan oqilona foydalanish tushuniladi.
Avtomobilning boshqaruvchanligi - bu uning boshqariluvchi g‘ildiraklari
holatiga ko‘ra harakat yo‘nalishini o‘zgartira olish xususiyati.
Avtomobilning turg‘unligi deyilganda uning sirg‘anib ketish, sirpanish va
ag‘darilishga qarshi tura olishi tushuniladi.
Avtomobilning o‘tag‘onligi uning og‘ir yo‘l sharoitlari va yo‘ldan tashqarida
(qorli yoki qumli qo‘riqlarda, balchiq joylarda) harakatlana olish hususiyatidir.
Avtomobilning harakatlanish ravonligi deyilganda uning notekis yo‘llarda
katta tezlik bilan harakatlanishida kuzovi (saloni)ning tebranmasligi tushuniladi.
Avtomobilning sig‘dira olish xususiyati undagi bir vaqtda tashiladigan yuklar
miqdori yoki passajirlar soni tushuniladi.
Avtomobilning mustahkamlik xususiyati uning tuzatish uchun zarur bo‘lgan
vaqt talab etuvchi sinishlar va buzilishlarsiz ishlash hususiyatidir.
Avtomobilning chidamliligi bu uning tuzatish uchun ekspluatatsiyadan
to‘xtatishni talab etuvchi qismlarining jadal eskirishsiz ishlash xususiyatidir.
Avtomobilning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga mosligi uning
konstruksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday ishlarni yengil va osonlik bilan hamda
qisqa vaqtda bajarilishdan iboratdir.
Avtomobilning yuk ortish-tushirish (yoki passajirlarni olish va tushirish)ga
mosligi deyilganda, bunday operatsiyalarni bajarishga kam mehnat va vaqt sarfi
tushuniladi.
Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini nazariy jihatdan tahlil etishdan
pirovard maqsad transport vositalarining ish unumini oshirish va tashish tannarxini
arzonlashtirish bo‘lib, ular birgalikda avtomobillarda yuk va passajirlar tashish
fanining
asosi
hisoblanadi. Bunday maqsadga erishish
uchun
quyidagi
masalalarning samarali yechimlariga erishish lozim:
-avtomobilning texnik harakat tezligini oshirish;
-yonilg‘i solishtirma sarfini kamaytirish;
-avtomobil transporti harakat xavfsiligini ta’minlash;
-avtomobil haydovchisi va passajirlar uchun eng qulay shart-sharoitni
ta’minlash.
Transport vositalari bajaradigan vazifalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: yuk
avtomobillari, passajir avtomobillari va maxsus avtomobillar.
Barcha avtomobillar, o‘z navbatida yuk yoki passajirlar tashuvchi transport
avtomobillariga va transport avtomobillari bo‘lmagan maxsus avtomobillarga
bo‘linadi. Maxsus avtomobillarga o‘t o‘chiruvchi, kommunal xizmat (suv sepuvchi,
supuruvchi, axlat va boshqa chiqindilar tashuvchi va h.k.) etuvchi, avtokranlar,
sanitariya avtomobillari, tibbiy tez yordam avtomobillari, texnik yordam va ustiga
ustaxona o‘rnatilgan, sport avtomobillari va shu kabilar kiradi.
Transport avtomobil va avtopoyezdlari o‘z navbatida yuk va passajir
tashuvchi xillarga bo‘linadi. Passajir avtomobillar avtobus va yengil avtomobillarga
bo‘linadi. Yuk tashuvchi, avtobus va yengil avtomobillar o‘z konstruktiv
sxemalariga binoan yana bo‘linadilar. Yuk avtomobillari o‘z navbatida bir bo‘g‘inli
avtomobillarga va ikki va undan ortiq bo‘g‘inli avtopoyezdlarga bo‘linadi.
Avtopoyezdlar avtomobil-tyagach tirkama yoki egarli yarim tirkamali bo‘lishlari
mumkin.
Yuk avtomobillarini tasniflashning asosiy yo‘nalishlaridan biri ularni
o‘lchamlariga ko‘ra gradatsiyalashdir. Yuk avtomobillari uchun bunday o‘lchamlar
qatoriga, eng avvalo, yuk ko‘taruvchanlik yoki ular massa og‘irligini kiritish
mumkin. Transport iste’molchilari va transport xodimlari uchun avtomobillarning
yuk ko‘taruvchanligi ko‘proq ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkich avtomobillarning
tashuvchanlik xususiyatini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda bizda va MDHga a’zo boshqa
davlatlarda yuk ko‘taruvchanligiga ko‘ra yuk avtomobillari besh guruhga bo‘linadi.
Yuk ko‘taruvchanligi 0,5 t gacha bo‘lgan juda kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar
(yengil avtomobil shassisida yaratilgan); yuk ko‘taruvchanligi 0,5 t dan 2,0 t gacha
bo‘lgan kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar; 2,0 t dan 5,0 t gacha o‘rtacha yuk
ko‘taruvchi avtomobillar; yuk ko‘taruvchanligi 5,0 t va undan katta; bir o‘qqa 100
kN (10 tk) va juft o‘qlarga esa 180 kN (18 tk) dan ortiq yuk tashuvchi avtomobillar
kiradi.
Avtobuslar gabarit o‘lchamlari va standart talabiga ko‘ra beshta sinfga
bo‘linadi. Avtobuslarni ekspluatatsiya qiluvchilar nuqtai naaricha asosiy o‘lcham
mezoni avtobus salonining sig‘diruvchanligi, ya’ni uning nechta passajir sig‘dira
olish ko‘rsatkichidir.
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra avtobuslar quyidagi turlarga bo‘linadi: shahar
ichi, shahar atrofi, shaharlararo, sayohat maqsadida foydalaniladigan, qisqa
masofaga (qishloq tumanlari o‘rtasida) qatnovchi maktab o‘quvchilari uchun,
ekskursion va vaifasi umumiy bo‘lgan avtobuslar.
Shaharda qatnovchi avtobuslar konstruksiyasi, iloji boricha, passajirlarning
o‘tirib va turib ketishiga, ularning to‘xtash joylarida tez chiqi va tushishiga, tez-tez
to‘xtab, katta tezlanish bilan harakatlanishga moslangan bo‘lishi lozim.
Barcha yengil avtomobillar o‘z o‘lchamlariga ko‘ra to‘rt sinfga bo‘linadi.
Umum foydalanish avtomobil transporti sohasida xizmat ko‘rsatuvchi yengil
avtomobillar, taksi sifatida foydalaniladigan hamda korxona va tashkilotlarga
xizmat ko‘rsatadigan avtomobillarga, shuningdek, shaxsiy mulk egalarining yengil
avtomobillariga bo‘linadi.
2. Avtomobillar o‘lchami va massa ko‘rsatkichlarining joiz chegaralari.
Umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlatuvchi barcha avtomobil va
avtopoyezdlar, ularning o‘lcham va massalarini cheklovchi talablarga javob berishi
lozim. Bunday talablar barcha davlatlarda tegishli qonunlar asosida belgilanadi.
Egar tyagachli va bitta yarim tirkamali avtopoyezdlarning uzunligi 20 m dan,
ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdlarniki esa 24 m dan oshmasligi lozim.
Avtobuslar o‘qlaridan yo‘l qoplamasiga tushuvchi kuch ular sig‘imidan to‘la
foydalanilganda “A” guruhdagi yo‘llar uchun 115 kN (11,5 tk) dan va “B” guruhdagi
yo‘llar uchun 70 kN (7 tk) dan oshmasligi zarur. Samosval-avtomobillar uchun ham
“B” guruhdagi yo‘llarga tushuvchi og‘irlik kuchi 65 kN (6,5 tk) oshmasligi kerak.
Reglament loyihasiga binoan yakka o‘qdan tushuvchi massa og‘irligi 115 kN (11,5
tk), qo‘shaloq o‘qdan esa 180 kN (18 tk) qilib belgilangan. Avtopoyezdlar umumiy
massasi 40 t, yakka ishlovchi ikki o‘qli avtomobil uchun 180 kN (18 tk) va uch o‘qli
avtomobil uchun 250 kN (25 tk)gacha belgilangan va hokazo.
3. Avtomabil yo'llarini transport foydalanish ko'rsatkichini baholash uslubi
Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan muhandislik
inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga
mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga
ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik sanoat markazlari,
muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bogʻlovchi yoʻllar,
mahalliy yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari kiradi. Avtomobil
yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi
koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi; qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar
va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq koʻtarmasi, asos va
qoplamalardan iborat. Asos (oʻrta qatlam) qum, shagʻal, tosh, shlak va shahrik.
materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama
xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagʻal sochilgan past navli
qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shagʻal yoki may-dalangan tosh yotqizilgan
qoplamalar; v) maydalangan tosh va shagʻalga qoramoy aralashtirilgan yengil
qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yoʻllarning
ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator boʻlib yurishiga imkon beradi.
Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 – 2,5 m boʻladi.
Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yoʻlning oʻrtasi ma’lum kenglikda
koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar,
koʻpriklar, tayanch devorlar, himoya yoʻlaklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida
suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari boʻladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash
uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini
boshqarish qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati
koʻrsatuvchi stansiyalar, yonilgʻi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon
standartlari boʻyicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi
ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori
(I) toifadagi avtomobil yoʻlida har ikkala yoʻnalishda oʻrtacha sutkalik harakat
jadalligi 7000 dan koʻproq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past
toifadagi yoʻlda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy
tezlik 60 km/so-atga moʻljallanadi. Xalq xoʻjaligida avtomagistrallarning ahamiyati
katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq
qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli
uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741,
Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida
Oʻzbekistonda 27 ming km yoʻl boʻlib, asosan ot-arava, karvon va yoʻlovchilarga
moʻljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shagʻal yotqizilgan edi. 1920-yilga qadar
yoʻl ishlari bilan munta-zam shugʻullanadigan davlat tashkiloti boʻlmagan. 1922-yil
noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil iyunda viloyat yoʻl
boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yoʻl qurilishi va ulardan
foydalanishga oid masalalar bilan shugʻullangan. 1932-yildan yoʻl qurilishida bitum
va shagʻal aralashmasi keng qoʻllanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi
boʻlib uz. 62 km boʻlgan qora qoplamali Buxoro – Gʻijduvon – Qiziltepa yoʻli,
soʻngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qoʻqon – Shoʻrsuv
– Andijon – Kuyganyor va boshqa yoʻllar qurildi.1929-yilda Respublika XKS
huzurida yoʻllar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930-yilda
"Oʻzyoʻlqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941-yil gacha uz. 708 km
boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti, hashar yoʻli bilan Toʻytepa – Angren, Samarqand
– Jizzax – Navoiy, Fargʻona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yoʻllar
qurildi. 1953-yil Oʻzbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda OʻzSSR MS
huzuridagi yoʻllar bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Avtomobil transporti va
tosh yoʻllar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli,
1957-yil Toshkent – Qoʻqon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli
foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957-yil respublika avtomobil yoʻllari
tarmoqlari roʻyxati oʻtkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent
avtomobil halqa yoʻli, Samarqand halqa yoʻlining 1-navbati, Nurota – Boymurot –
Oqtov, Qoʻqon ay-lanma yoʻllari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yoʻl
qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qoʻllash kengaydi, yoʻl qurish
industriyasining asfalt-beton, 134koʻpriklar qurish uchun yigʻma temir-beton
konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2yarmidan xalq xoʻjaligida yuklarning 90% dan koʻprogʻi avtomobil transportida
tashildi.Sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro
andozalar ta-lablariga toʻliq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan
keyin Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi
transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yoʻllarini zamonaviy asosda
rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Koʻshni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni
ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yoʻllarini bar-po etish, mavjud
avtomobil yoʻllarini xalqaro andozalarga moslash. yoʻllarni saqlash va ta’mirlash,
yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan
bogʻlaydigan yoʻllar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda
"Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
1993-yil fevralda Oʻzbekiston avtomobil yoʻllarini qurish va undan foydalanish
davlat-aksiyadorlik konserni ("Oʻzavtoyoʻl") ish boshladi (1969 – 1993-yillarda
vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil
yoʻllari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 512 yoʻllarni
asrash va ulardan foydalanish boʻlimlari, "Oʻzyoʻlloyiha" yoʻl va inshootlar qurish,
qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, koʻprik temir-be-ton qurilmalari
zavodi va boshqa korxonalar bor.Oʻzbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish
imkoniyatini beruvchi Andijon – Oʻsh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yoʻlini
ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning oʻzida Fargʻona vodiysi
bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bogʻlaydigan yirik
Avtomobil yoʻli hamda Qoʻngʻirot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib
borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq boʻlgan Andijon–Toshkent–
Nukus–Qoʻngʻirot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika
rivojlangan yoʻl xoʻjaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro,
respublika, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga ega.
Mamlakatdagi avto-mobil yoʻllarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy
foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km
xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga
ega boʻlgan yoʻldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xoʻjaliklari,
xoʻjalik tashkilotlari)ga qarashli yoʻllar ham mavjud.Oʻzbekistonda umumiy
foydalanuvdagi jami yoʻllarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan
se-ment-beton qoplamali yoʻllar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yoʻllar
49,6% (21819 km), qora shagʻalli va qora qoplamali yoʻllar 40,6% (17796 km)ni
tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yoʻlga
kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov.
Adabiyotlar
1.
Xo‘jayev
B.A.
Avtomobillarda
yuk
va
passajirlar
tashish
asoslari.T.:«O‘zbekiston»,
2002. -240 b.
2. Xodjayev B.A. Avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1991. -400s.
3. Xodjayev B.A. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1984.
4. Xo‘jayev B.A. Avtomobil transporti iqtisodiyoti. T.: «O‘qituvchi», 1992.
5. Xodosh M.S. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. M.:«Transport»,1986208s.
6. L. L. Afanasev, N. B. Ostrovskiy, S. M. Sukerberg “Yedinaya transportnaya
sistema i avtomobilniye perevozki”. M. “Transport”, 1984 g.
7. E. Karimov “Avtomobillarda yuk tashish va uni tashkil qilish” T.: Sharq, 2002
y.
8. A. I. Paliy, Z. V. Polovinshikova “Avtomobilniye perevozki” (zadachnik), M.
“Transport” 1982 y.
9. N. Arifjanova, M. Yoqubov “Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish
asoslari” fanidan masalalar to‘plami, TAYI 2006 y.
Скачать