Загрузил Begzod Aripov

1. Avtomobil transportida yuk tashishning o'ziga xos xususiyatlari

Реклама
Mavzu: Avtomobil transportida yuk tashishning o'ziga xos xususiyatlari
Reja.
Kirish.
1. Yuk va taralar to‘g‘risida ma’lumot.
2. Avtotransport korxonalarining yuk tashish hajmi va yuk oboroti.
3. Yuk oqimlari.
4. Avtomobillarda passajirlar va yuk tashish tasnifi.
5. Tashishni tashkil etish tamoyillari.
6. Yuklarni tashish bilan birgalikda amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Kirish
Yuk tashishni tashkil etish deyilganda yuklarni belgilangan joyga o‘z vaqtida
va urintirmagan xolda minimal pul va moddiy harajat bilan yetkazib berish bilan
bog‘liq transport operatsiyalari tizimi tushuniladi.
Avtomobil
transportida yuk
tashish va uni
rejalashtirish
asoslari
quyidagilardan iborat:
- xalq xujaligi rejasi asosida joriy (yil, chorak, oy) va operativ (kun, smena)
yuk tashish rejalari tuzish;
- mijozlar (yuk igalari) va avtomobil transporti korxonasi o‘rtasida
shartnomalar tuzish;
- transport vositasining joylardagi ishini tashkil etish va uni boshqarish;
- bajariladigan ishlarni nazorat qilish, xisoblab borish va taxlil etish.
Yuk tashish obektlariga kon qazish va ishlov berish sanoatlari, qurilish, savdo
va boshqa tashkilotlarning maxsulotlari hamda uy ruzg‘or buyumlari kiradi. Egasiga
yetkazib berish maqsadida qabul qilinib, tashlayotgan predmetlar yuk deb ataladi.
Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan iborat bo‘lishi mumkin. Tashilgan barcha
yuklar tonnada ifodalanuvchi og‘irlik o‘lchamida bo‘lishi shart. Boshqa o‘lchamlar
(litr, dona, ko‘b metr) tonnaga o‘tkaziladi. Aksariyat yuklar tarasiz tashiladi va
ularni tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, yukning tara bilan og‘irligi brutto, taraning
o‘z og‘irligi tara deb ataladi.
Turlariga kura; sanoat, qishloq xo‘jalik, savdo va kommunal xo‘jalik yuklari
bo‘lishi mumkin.
Ortish-tushirish ishlariga ko‘ra yuklar: donali, uyub tashiluvchi va quyuluvchi
yuklarga bo‘linadi.
1. Yuk va taralar to‘g‘risida ma’lumot.
Og‘irligiga ko‘ra yuklar meyoriy og‘irlikdagi va og‘ir massali yuklarga
bo‘linadi. Tarali va donali yuklarning joiz meyoriy og‘irligi-250kg, dumalatiladigan
yuklar uchun-400kg ko‘rsatilgan miqdordan og‘ir yuo‘lgan yuklar og‘ir massali
yuklar qatoriga kiritiladi. Agar yuk og‘irligi 4-5 tonnadan ortiq bo‘lsa, uni tashish
uchun maxsus transport vositasi talab qilinadi.
O‘lchamlarga ko‘ra yuklar: gabaritdagi, ya’ni avtomobilning standart
kuzovida tashilishi mumkin bo‘lgan yuklar va nogabarit yuklarga bo‘linadi.
Nogabarit yuklarga balandligi 2,5 m, eni 2,0 m va o‘zinligi 3,5 m (o‘zin o‘lchovli
yuklardan tashqari)da ortiq o‘lchamli yuklar kiradi. O‘zin o‘lchamli yuklarga
o‘zinligi kuzov o‘zinligiga qushimcha uning uchdan bir qismi va undan ham o‘zin
yuklar kiradi.
Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN) ruxsatiga binoan
va qizil chiroq (belgi) o‘rnatilgan xolda tashilishi mumkin.
Tashishdagi xavfsizlik darajasiga ko‘ra yuklar MDX davlatlarida 7 guruxga
bo‘linadi:
1-gurux – xavfliligi kam (qum, shag‘al, tuproq, g‘isht va h.k.);
2-gurux – tez alangalanuvchi yuklar (benzin, atseton, kinoplyonka va h.k.);
3-gurux – issiq va chang chiqaruvchi (sement, asfalt, oxak va h.k.);
4-gurux – kuydiruvchi (kislota va ishqorlar);
5-gurux – balonda tashiluvchi siqilgan va suyultiruvchi gazlar;
6-gurux – nogabarit (o‘lchamiga ko‘ra xavfli yuklar);
7-gurux – portlavchi, zaxarli va radioktiv moddalar.
Ortish va tushirish, tashish va saqlash operatsiyalarida yuklar bo‘zilishining
oldini olish uchun taralardan foydalaniladi. Taralar mustaxkam, ko‘p marotaba
foydalanishga muljallangan va iloji boricha, arzon materiallardan yasalgan bo‘lishi
zarur.
Tara individual va umumiy bo‘lishi mumkin. Individual qilib yasalgan taralar
bir turdagi buyumlarnigina tashishda ishlatiladi, umumiy taralar transportda juda
kam ishlatiladi.
Taralar quyidagicha ajratiladi:
- qattiqlik darajasiga ko‘ra: a) ma’lum shaklli qattiq (yashik, bochka va h.k.);
b) yumshoq (qoplar), o‘z shaklini yuk tuldirilgandan so‘ng oladi; v) o‘rtacha
qattiqlikdagi;
- materialiga ko‘ra: yog‘ochdan yasalgan; shishali, sopol (kiramika), qog‘ozkartonli, tuqima korzina.
Yashik,
qoplar
(matoli,
qog‘oz
qop),
bitumlashtirilgan
yoki
bitumlashtirilmagan, polietelen (mineral o‘g‘itlar uchun), metal va yog‘ochli bochka
va boshqa taralar ko‘proq ishlatiladi.
Odatda, tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida yuklarning butligini
saqlash maqsadida taralar markirovkalanadi. Markirovkalash 4 xil bo‘ladi:
tovar markirovkasi – ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk turi va uning
og‘irligi ko‘rsatiladi;
yuk markirovkasi – junatilish va qabul qilinish joyi (punkti), yuk jo‘natuvchi
va qabul etuvchilar ko‘rsatiladi;
transport markirovkasi –to‘ldirilgan tovar hujjati nomeri (tartibi) va joylar
soni ko‘rsatiladi;
maxsus markirovka – yukning ayrim xususiyatlari ko‘rsatiladi: “surilmasin”,
“ustki qismi”, “ixtiyot bo‘ling-sinadi” yoki fujer rasmi, “nurdan saqlaning” va h.k.
Markirovkada ko‘rsatilgan talablarni bajarish tashuvchilar, ortish va tushirish
operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va boshqa shaxslar uchun
majburiydir.
Taralar konteyner va tagliklar ko‘rinishida bo‘ladi.
Konteyner – bu ko‘p marotaba ishlatuvchi tara bo‘lib, ular transport
vositalaridagi orti-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi.
2. Avtotransport korxonalarining yuk tashish hajmi va yuk oboroti.
Har qanday avtotransport korxonasining yuk tashish hajmi – bu tashishga
mo‘ljallangan yoki ma’lum davr ichida tashilgan, tonnalarda o‘lchanuvchi yuk
miqdoridir.
Avtotransport korxonasining yuk oboroti deyilganda ma’lum davr ichida
tashilgan yuk miqdorining tashish masofasiga ko‘paytmasi tushiniladi va u tonna –
km da o‘lchanadi.
Yuk tashish hajmi va yuk oboroti bajarilish vaqtiga ko‘ra bir sutkali, bir oyli,
bir chorakli, yarim yilli va bir yilli bo‘lishi mumkin.
Bir yilli yuk tashish hajmi va yuk oboroti odatda notekis bo‘lib, unga ba’zi
yuklar tashilishining mavsumiyligi, oylar bo‘yicha kalendar va ish kunlari soni, yo‘liqlim sharoitlari va boshqalar ta’sir etadi.
Bir yilli yuk oboroti (tashish hajmi) notekislikning O‘zbekiston sharoitida
oxirgi yillardagi choraklar bo‘yicha bo‘linishi quyidagicha: I chorak-23....23,5 %,
II-chorak 24....24,5 %, III-26....27 % va IV-25….25,5 % ni tashkil qilayotir.
Yuk
oborotining
notekislik
darajasi
notekislik
koeffitsiyenti
bilan
xarakterlanib, u maksimal yuk oborotining o‘rtacha yuk oboroti qiymatiga nisbati
bilan aniqlanadi, ya’ni
Rmax
η = ------Po‘rt
Yuk tashish hajmi va yuk oboroti quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- tashiluvchi yuk tarkibi yoki nomenklaturasi (don, paxta, qand lavlagi,
qurilish materiallari, mashina va jihozlar, neft mahsulotlari va boshqalar);
- yuk miqdoriga ko‘ra: katta miqdordagi, ya’ni tashish yo‘nalishida ko‘p
miqdorda bir xil turdagi yuklar; to‘p-to‘p (partion), ya’ni bir xil turdagi yuklar
miqdori nisbatan kam bo‘lgan, yuk oboroti, yuk jo‘natuvchilar (qabul etuvchilar)
o‘zgaruvchan; mayda partiyali yoki yig‘ib tashiluvchilar va qabul etuvchilar
o‘zgaruvchan. Mayda partiyali yuklarga misol qilib savdo va ovqatlanish
korxonalari yuklarini, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari (kimyoviy
tozalash, kir yuvish punktlari va h.k.) yuklarini tashishni ko‘rsatish mumkin;
- tashish vaqtini o‘zlashtirish bo‘yicha: doimiy, ya’ni yil oylari ichida
o‘zgarmas; vaqtinchalik – ma’lum davrda tashilgandan so‘ng, tashilishi
qaytarilmaydigan yuklar; mavsumiy – yilning ma’lum faslida, qisqa vaqt ichida ko‘p
miqdordagi yuklarni tashish (don tashish, paxta xom ashyosi, qand lavlagi,
kartoshka, sabzavot, ho‘l meva va shu kabilar. Ular yig‘im-terim va tayyorlov
vaqtlaridagina tashiladi).
Xulosa qilib aytganda, yuk tashish hajmi va yuk oboroti xizmat etiluvchi
ishlab chiqarish obektlari, ularning quvvati va aholining yuk tashishga bo‘lgan
talabini o‘rganish orqali aniqlanadi.
3. Yuk oqimlari.
Biron iqtisodiy xududdagi yuk tashish hajmi va yuk oborotini yuk hosil
etuvchi va qabul qiluvchi asosiy punktlar joylashuvi, ular o‘rtasidagi ishlab chiqarish
(xo‘jalik-iqtisodiy) aloqalari bo‘yicha aniqlash uchun belgilangan yuk oqimi
sxemasi, ya’ni ma’lum vaqt ichida tashiluvchi yuk massasi, ular yo‘nalishlaridan
foydalanish zarur bo‘ladi.
Buning uchun yuk jo‘natish va qabul etish punktlari o‘rtasidagi eng yaqin
asosiy yo‘nalishlarni olib, yuk tashish turi va hajmini o‘rganiladi. Bunda katta
massali yuklarni alohida guruhlash, yuk avtomobillari harakati taqiqlangan ko‘cha
(yo‘nalish)larni hisobga olish, yuk jo‘natish va qabul etish oralig‘ini aniqlash,
transport shoxobchalari sxemasini belgilash zarur.
Yuk oqimlari bir tomonlama va ikki tomonlama (qarama-qarshi yo‘nalishda)
bo‘lishi mumkin. Yuk oqimi ikki tomonlama bo‘lganda yuk massasi ko‘p bo‘lgan
yo‘nalish asosiy (to‘g‘ri) va kam yuk massali yo‘nalish esa teskari yo‘nalish deb
yuritiladi.
To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlar o‘rtasidagi farq, ya’ni massasi katta bo‘lgan
yuk oqimi miqdorini kam yuk oqimiga nisbati notekislik koeffitsiyenti bilan
baholanadi. To‘g‘ri va qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha yuk oqimi notekisligi
natijasida tashish notekisligi vujudga keladi. Bunday hollarda transport vositalari
bosib o‘tgan ma’lum masofa yuksiz qatnovga to‘g‘ri keladi va natijada tashish
tannarxi nisbatan qimmatlashadi.
Yuk oqimi tarkibiga har xil yuklar kirishi mumkin. Bunday tarkib ko‘p omillar
bilan bog‘liqdir. Yuk oqimi tuzilishining uch turini ajratish mumkin: tarmoqli,
guruhli va turdosh.
Tarmoqli tuzilish xalq xo‘jaligining ma’lum tarmog‘idagi yuklarni tashish
bilan bog‘liqdir: tog‘-ruda sanoati, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, savdo va shu
kabilar.
Guruhli tuzilish umum foydalaniladigan va ma’lum guruhga mansub yuklarni
tashish bilan bog‘liq qurilish yuklari, qattiq va suyuq yonilg‘i, oziq-ovqat tovarlari.
Turdosh tuzilish muayyan turdagi yuklarnigina tashish bilan bog‘liq.
Tashish notekisligini birmuncha kamaytirish yoki yo‘qotish uchun
rejalashtirishni takomillashtirish, oqilona joylashtirilgan omborlarda zaxiralar
jamlash, tez buziluvchi mahsulotlarga joylarda o‘z vaqtida ishlov berish, transport
vositalaridan yilning zarur mavsumlarida jadalroq foydalanish kabi tadbirlarni
amalga oshirish lozim.
Yuk oqimi tuzilishini epyura tarzda tasvirlash mumkin. Epyura bu masshtabda
bir qator eni har xil tasmalar chizish bo‘lib, unda tashiladigan yuklar miqdori
ifodalanadi.
Epyura tuzish uchun gorizontal o‘q bo‘ylab (km da o‘lchanuvchi) tashish
punktlari orasidagi masofa masshtabda qo‘yib chiqiladi, vertikal o‘q bo‘yicha yuk
miqdori (tonnada) qo‘yilib, tasmalar chiziladi. Qarama-qarshi yo‘nalishlardagi
tashishlar chiziqning ikkinchi tomoniga o‘ng qo‘l qoidasiga binoan joylashtiriladi.
4. Avtomobillarda passajirlar va yuk tashish tasnifi.
Avtomobil transportida tashishni tashkil etish murakkab jarayon bo‘lib, u yuk
yoki passajirlarni bir yerdan ikkinchi joyga ko‘chirishda umum tashish texnologiyasi
bilan bog‘liq izchil jarayon va operatsiyalar majmuidan iboratdir.
Avtomobillarda passajirlar tashish qanday hududda bajarilishi, vazifasi va
tashkil etish shakliga ko‘ra tasniflanadi.
Qanday hududda bajarilishiga ko‘ra: shaharlarda, shahar atrofida, qishloq
hududlari ichida, shahar va viloyatlararo va xalqaro tashishlarga ajratiladi.
Vazifasiga ko‘ra: doimiy marshrutlarda, ekskursion, turistik, xizmatyuzasidan
passajirlar tashishlarga bo‘linadi.
Tashkil etish shakliga ko‘ra: marshrutlardagi, buyurtmali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
va aralash tashishlarga bo‘linadi.
Shaharlardagi passajirlarni avtobuslarda tashish shahar va shahar turidagi
posyolkalar ichida bajariladi. Shaharlarda passajirlar tashuvchi barcha turdagi
transportlar (tramvay, trolleybus, metro) ichida avtobuslarda passajirlar tashish
nisbiy o‘rni 60 foizdan ortiq bo‘lib, bu ko‘rsatkich yildan-yilga o‘sib bormoqda.
Yengil taksi avtomobillari bilan shahar ichi va atrofidagi tumanlarning barcha
xududlarida passajirlar tashiladi. Yirik shaharlarda yengil taksi avtomobillari tunukun uzluksiz ishlaydi. Ba’zi hollarda taksi avtomobillarida oldindan belgilangan
buyurtma asosida ham passajirlarga xizmat ko‘rsatish mumkin.
Shaharlardagi passajirlarni tashishdagi eng dolzarb muammo – “pik”
soatlardagi tashish jarayonlarini takomillashtirishdir.
Shahar va shahar atrofidagi tashishlarning o‘ziga xos tomonlaridan chna biri
hafta kunlari va yil oylari (mavsum, fasl) ichida tashish hajmlarining katta
o‘zgarishidir. Tashish hajmining sezilarli darajada o‘sishi dam olish kuni oldida,
ayniqsa yoz oylarida ko‘zga tashlanadi.
Tashish hajmiga ko‘ra yuk tashishni tashkil etishning quyidagi tamoyillari
bo‘lishi mumkin: bir turli juda ko‘p hajmdagi yuklarni tashish; bir turdagi yuklarni
nisbiy ko‘p miqdorda tashish; kam miqdorli yoki yuklarni yig‘ib tashish.
Bir turdagi juda katta hajmda yuklarni tashishda bir turdagi yuklarni ko‘p
miqdorda tashish tushiniladi. Bunday tashishlar yuk oqimining tuzilishi, miqdori va
yo‘nalishining barqarorligi bilan xarakterlidir. Bunday tashishlarda, iloji boricha, bir
turdagi va ish unumi yuqori transport vositalarini ishlatish maqsadga muvofiq.
Bir turdagi yuklarni nisbiy ko‘p miqdorda tashishda har xil turli va modelli
yuk tashish transport vositalaridan foydalaniladi. Bunday tashishlar ortish-tushirish
joylarining tez-tez o‘zgarib turishi hamda yuk oqimlarining o‘zgaruvchanligi bilan
xarakterlidir.
Kam miqdorli yuklarni tashishda jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilarning
mayda hajmdagi yuklari tashiladi hamda aholining maishiy ehtiyojlari qondiriladi.
Bunday tashishlar transport vositalarida bir paytning o‘zida bir necha xil yuklar
tashilishi, ba’zida esa ularni ortish-tushirish joylari har xil joydaligi bilan
xarakterlidir.
Tashish hududiy belgisiga ko‘ra: yuk tashishlar passajirlar tashishdagicha
shahar, shahar atrofi, shaharlar (viloyatlar)aro, tumanlararo, tumanlar ichi
tashishlarga bo‘linadi.
5. Tashishni tashkil etish tamoyillari.
Tashishni tashkil etishda uning bir maromdaligi va o‘z vaqtida bajarilishiga
hamda yuklarning miqdori va sifatli saqlanishiga, texnika, materiallar va pul
harajatlari eng kam bo‘lishiga, yuqori darajali tejamkorlik va tannarxi eng arzon
bo‘lishiga e’tiborni jalb etish lozim. Belgilangan miqdordagi tashish hajmini
bajarish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari va boshqa har xil qurilmalar soni
minimal miqdorda va ular unumdorligi maksimal bo‘lishini ta’minlash kerak.
Yuk tashishni oqilona tashkil etish uchun o‘z vaqtida ishlab chiqilgan va vaqti
belgilangan reja zarur. Bunday rejani ishlab chiqishga aloqador mijozlar keng jalb
etilishi zarur. Bunda transport vositalarining liniyadagi ishi meyorli bo‘lishiga
hamda ortish-tushirish operatsiyalari o‘z vaqtida bajarilishiga erishish lozim.
Avtotransport saroyi va mijozlarlarning o‘zaro munosabatlari belgilangan
topshiriqni bajarishda o‘zaro manfaatdorlik asosida bo‘lishini ta’minlash, uni
amalga oshirishda esa muayyan shartnoma va ayrim kelishuvlarga tayanish kerak.
Tashishlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun mijozlar va avtotransport saroylari
barobar javobgardirlar.
Avtotransport korxonasi va mijozlarning o‘zaro munosabatlarini shartnoma
orqali tartibga solinadi. Shartnomada ular aloqalari, tashish qatnashchilari,
moliyaviy tartibni mustahkamlash kabilar belgilanadi. Tashishga taalluqli
shartnoma ish hujjatlarining asosi sifatida joriy (yillik), chorak va tezkor (smenasutkali) rejalar tuzishni ko‘rsatish mumkin.
Shartnoma yozma tarzda umumiy shaklda yoki bir marotabali talabnoma
(buyurtma) shaklida bo‘lishi mumkin. Talabnoma rejada belgilanmagan mijozga
xizmat qilishda ishlailadi va uning kuchi shartnomaga tenglashtiriladi.
Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) shartnoma tuzishda vakolatli tashkilot va uning mas’ul shaxsi;
b) tashish miqdori va yuk turlariga ko‘ra tashish xarakteri ko‘rsatilgan
shartnoma predmeti;
v) tashishni bajarish sharti. Bunda tashish vaqti belgilangan reja, yukni berish
tartibi, tashish masofasi, ortish-tushirish operatsiyalari bajaruvchi vositalar va
ularning ishlash tartibi, ekspeditsiya ishlari, talabnoma berish vaqti va uni
rasmiylashtirish tartibi va h.k. bo‘ladi;
g) kelishilayotgan tomonlar javobgarligi;
d) bajarilgan ishga hisob-kitob qilish muddati va uni bajarish tartibi,
shartnomaga ko‘ra da’voni ko‘rib chiqish tartibi, tomonlar manzili, bankdagi hisobkitob raqami, jarimalar va h.k.
6. Yuklarni tashish bilan birgalikda amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Yuklarni tashishda ularni jo‘natuvchidan qabul qilish va egalariga topshirish
operatsiyalari bajariladi.
Tashishga talabnoma. Tashishga bo‘lgan zarurat maxsus hujjat, ya’ni yuklarni
qabul qilish va topshirish talabnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Tashish
shartnomasiga qo‘shimcha yuk tashishning oylik rejasini tuzish avtotransport
korxonalari va mijozlar uchun majburiydir. Tashishdan oldin (1-2 kun) mijozlar
belgilangan shaklda talabnoma berishlari lozim. Bunday talabnoma tezkor
rejalashtirish hujjati hisoblanadi.
Yuklarni tashishga qabul etish. Avtotransportda markazlashtirilgan usulda
yuk tashishda belgilangan shartnomaga asosan yukni avtomobil haydovchisi,
markazlashtirilmagan tashish usulida esa mijozning vakili (ekspeditor) qabul qilib
oladi.
Tashiladigan yuklarni yuk jo‘natuvchilar oldindan topshirishga tayyorlab
qo‘yishlari zarur. Masalan, upakovkada tashiluvchi yuklar, yuk turiga mos
buzilmagan taraga joylashtiriladi. Tortilishi lozim yuklar og‘irligini tortish orqali,
joylarisanaladigan yuklar joylari soni va h.k.
Yuk bahosi. Buzilganlikda yoki yo‘qotilganlikda moddiy javobgarlik
miqdorini aniqlash uchun jo‘natiluvchi ba’zi yuklar (pul birligiga) baholanadi.
Bunda belgilangan baho tovar narxidan (hujjatda ko‘rsatilgan) ortiq bo‘lmasligi
zarur. Bahosi kam bo‘lgan yuklarga (qum, shag‘al, maydalangan tosh, tuproq va
h.k.) baho belgilash odatda tatbiq etilmaydi.
Yukni topshirish. Tashilgan yuk egasiga joylarda topshirilishi zarur. Bunda
yuk rasmiylashtirilgan tovar-transport hujjatida ko‘rsatilgan manzilga keltiriladi.
Kimning manziliga yuk jo‘natilgan bo‘lsa, o‘sha tashkilot yukni qabul etishdan bosh
torta olmaydi. Ba’zi hollarda jo‘natuvchini ogohlantirib, yukni boshqa manzilga
jo‘natish ham mumkin.
Adabiyotlar
1. Xo‘jayev
B.A.
Avtomobillarda
yuk
va
passajirlar
tashish
asoslari.T.:«O‘zbekiston», 2002. -240 b.
2. Xodjayev B.A. Avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1991. -400s.
3. Xodjayev B.A. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1984.
4. Xo‘jayev B.A. Avtomobil transporti iqtisodiyoti. T.: «O‘qituvchi», 1992.
5. Xodosh M.S. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. M.:«Transport»,1986208s.
6. L. L. Afanasev, N. B. Ostrovskiy, S. M. Sukerberg “Yedinaya transportnaya
sistema i avtomobilniye perevozki”. M. “Transport”, 1984 g.
7. E. Karimov “Avtomobillarda yuk tashish va uni tashkil qilish” T.: Sharq, 2002
y.
8. N. Arifjanova, M. Yoqubov “Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish
asoslari” fanidan masalalar to‘plami, TAYI 2006 y.
Скачать