Uploaded by Jamoliddin Polvonov

dars ishlanma Siddiqov Farruxjon

advertisement
FARG’ONA VILOYATI
BESHARIQ TUMANI
30-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
OLIY TOIFALI BIOLOGIYA FANI
O’QITUVCHISI
SIDDIQOV FARRUXJONNING
“VITAMINLAR” MAVZUSIDAGI
1
USHBU DARS ISHLANMASI MAVZU BO’YICHA METODIK
TAFSIYALAR HISOBLANADI.
MAVZU DAVOMIDA O’RGANILADIGAN BILIM MALAKALRINI
KUNDALIK TURMUSHDA QO’LLASH MUMKUN.
MUALLIFDAN
2
MAVZU:VITAMINLAR
Darsning maqsadi:
1. Darsning ta’limiy maqsadi: Oquvchilarga vitaminlar, ularning turlari,
vazifalari, meva va sabzavotlarda uchraydigan vitaminlar,ularning yetishmasligi
oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar haqida tushuncha berish.
2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Darsdan olgan bilimlarini kundalik hayotga
qo’llay bilish malakasiga erishish,ekologik va gigiyenik ta’lim-tarbiya berish.
3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ovqat tarkibidagi vitaminlarning miqdori,
odam organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish orqali salomatlik
haqidagi bilim va malakalarini yanada rivojlantirish.
4. shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1,
Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Fk-1, Fk-3
Dars turi: Nazariy, yangi bilimlarini o’zlashtirish darsi.
Darsning uslubi: Guruhlarda ishlash, KVN darsi, BBB texnologiyasi, “Matbuot
anjumani” metodi
Darsning jihozi: Turli xil meva va sabzavotlarning asli, rasmlari, garuhlar uchun
topshiriqlar,darslik, vitamin dori preparatlari : pikovit, duovit va h.o.
Dars jarayonini tashkil etish
I. Tashkiliy qism ( 2 daqiqa )
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa )
III. Yangi mavzuni tushuntirish ( 20 daqiqa )
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash ( 13 daqiqa )
V. O’quvchilarni baholash ( 3 daqiqa )
VI. Uyga vazifa berish ( 2 daqiqa )
3
Darsning shiori: Sog’ tanda sog’lom aql. Sog’liging – boyliging
Tashkiliy qism :
a)Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;
b) Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish, oquvchilar mevalar rasmi tushirilgan
varaqchalarni olib 4 guruhga bo’linadilar
1-guruh - Olma
2-guruh - O‘rik
3-guruh – Shaftoli
4-guruh - Uzum
Oqituvchining kirish so’zi : Vitaminlar biologik aktiv moddalar bo’lib,
organizmda moddalar almashinuvida muhim ro’l o’ynaydi. Rus olimi N.I. Lunin
1880-yil himoya qilgan do’ktorlik disertatsiyasida vitaminlar organizm uchun
muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. U ovqat tarkibida oqsillar,
yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi,
bularsiz organizm yashashi mumkin emas, degan xulosaga keldi. Bu noma’lum
muhim moddalar 1912-yilda K. Funk tomonidan Vitaminlar deb nomlandi. Vita –
hayot degan ma’noni bildiradi.
4
UZUM
SHAFTOLI
O’RIK
OLMA
5
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, har biri odam organizmida muhim
fiziologik vazifani bajaradi. Shunday ekan bugungi darsimiz vitaminlarda
bag’ishlangan KVN darsi
Oqutuvchi guruhlar uchun topshiriqlarni e’lon qiladi.
1- topshiriq guruhga nom tanlash va uni asoslab berish
1-guruh - Olma- ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Xushbo‘y, shirin
va nordon olmalar, yurakni quvvatli qiladi. Xalq tabobatida surinkali bod, tovush
6
bo‘g ‘ilishi, kamqonlik, oshqozon – ichak yo‘lining yallig ‘lanishi kabi kasalliklar
davolangan .
Sanoatda olmadan murabbo, djem, kompot, sharbatlar tayyorlanadi. Uy
sharoitida olmadan, yoki dejimidan tayyorlan piroklar juda mazali va to‘yimli
bo‘lib ishtahani ochadi. Olmani o‘zidan tayyorlangan pirok gijjalarda va
dizenteriyada foyda qiladi. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur
maddalar, temir moddasi bor.
2-guruh - O‘rik – Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Sanoatda ham oilada ham
undan djem, sharbat, murabbo, kampot tayyorlanadi.O‘riklar asosan quritiladi Xalq
tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy ichish
tavsiya qilinadi. Ivitilgan turshak isitmalarga foyda qiladi va qabiziyat oldi
olinadi.O‘rik mevasi tarkibida qandlar, pektin moddalar, organik kislotalar,
karotin,
C,
PP
vitaminlari
bor.
3-guruh – Shaftoli - pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, ovqatga ishtaha
tugdirish xusisiyati bor. Shaftolini ovqatning ustiga eyish yaramaydi, ovqatni ham
buzadi o‘zi ham buziladi. Shuning uchun ovqatdan ilgari eyish zarur. Uning yog‘i
bosh yarmining og‘rishida, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida
foyda qiladi. Shaftoli mevasi tajribada 15 % gacha qand, эfir moyi, pektin,
karatinoidlar, organik kislotalar (olma, uzum, hin va limon) C,B vitaminlari, kaliy
magniy
va
organizm
uchun
zarur
bo‘lgan
foydali
moddalari
bor.
4-guruh - Uzum - tokdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik chirmashib o‘sadigan
o‘simlik. Uzilgandan keyin ikki yoki uch kun saqlangan uzum o‘sha kuni
uzulganidan yaxshidir.Yangi uzulgan uzum (ichni) dam qiladi. Asrab osib
qo‘yilgan yaxshi oziqli bo‘lib badanni quvvatli qiladi. Mayiz jigar va me’daning
do‘stidir. Uzum va mayiz birgalikda ichak og‘riqlariga, yaxshi mayiz эsa buyrak
va qovuqqa foyda qiladi.
Mevasi tarkibida 30% gacha, oqsil, pektin, B1, B2, B6, B, C, P, PP
vitaminlari, karotin va mineral tuzlar bor. Tok barglarida ham organik kislotalar, C,
7
P vitaminlari va 2% gacha qand bor.Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq,
me’da, yurak, ichak-jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi. Ilmiy
medisinada uzumdan kamqonlik, surunkali bronxit kabi kasalliklarni davolashda
ishlatiladi.
2- topshiriq Uy vazifasi deb nomladik ”Moddalar va energiya almashinuvi”
mavzusi yuzasidan topshiriqlar berish.
1-guruh - Olma - Organizmda oqsillar almashinuvi haqida ma’lumot berish.
2-guruh - O‘rik -Organizmda uglevodlar almashinuvi haqida ma’lumot berish
3-guruh – Shaftoli Organizmda suv va mineral tuzlar almashinuvi haqida
ma’lumot berish
4-guruh - Uzum- Assimiliyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari va organizmda
yog’lar almashinuvi haqida ma’lumot berish
3- topshiriq BBB jadvalini toldirish. Oquvshilarga yangi mavzuni
o’rganishdan oldin savollar beriladi. O`quvchilar guruhda maslahatlashib bilgan
savollarini yoniga bilaman ustuniga belgi qo`yib chiqadilar.Bilmaydiganlarini
to`g’risiga bilmoqchiman ustuniga belgi qo`yadilar.
8
Savollar
Bilaman
1.Vitamin so’zining ma’nosi
2.Vitaminlarning qancha turi bor.
3. Avitaminoz –
4. Gipovitaminoz5. Gipervitaminoz6. Yog’da eruvchi vitaminlar
7. Suvda eruvchi vitaminlar
8. Organizmning
sutkalik ehtiyoji.
vitaminlarga
bo’lgan
9. A vitamini ahamiyati
10 A vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
11. D vitamini ahamiyati
12. D vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
13. C vitamin ahamiyati
14. C vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
15. B guruh vitaminlari ahamiyati
16. B guruh vitaminlari qaysi mahsulotlarda
ushraydi
17. PP vitamin ahamiyati
18.PP vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
9
Bilmoq
chiman
Bilib
oldim
O’qituvchi jadvalni yig’ib olib jadvaldagi ba’zi savollarga javob beradi
Avitaminoz – odam organizmida biron vitaminning mutloqa yo’qolishi.
10
Gipovitaminoz- odam organizmida biron vitaminning miqdorini kamayib ketishi.
Gipervitaminoz - odam organizmida biron vitaminning me’yoridan ortib ketishi.
Vitaminlar yog’da va suvda eruvchilarda bo’ladi.
Yog’da eruvchi vitaminlar - A va B vitaminlari.
Suvda eruvchi vitaminlar – B gruppa, K, C, PP vitaminlari. Organizmning
vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji haqidagi jadval bilan tanishtiradi.
Yangi mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriq beradi.
4- topshiriq Vitaminlar bilan tanishish “Matbuot anjumani” metodidan
foydalanamiz. Bunda faol o’quvchilardan 5 tasi “Shifokorlar” rolini o’ynab
beradilar o’quvchilar vitaminllar to’g’risida to’plagan ma’lumotlarini
do’stlariga so’zlab berishadi.
VITAMIN C YOKI ASKORBIN KISLOTA
Vitamin C vazifasi
11
Vitamin C — allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini
baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, birlashtiruvchi
to‘qimalarning holatini yaxshilaydi. Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar
almashinuvida, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zlashtirilishida, bu to‘qimalarning
normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan
birga terining silliqligini ta’minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi. Undan
tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida ishtirok etadi va ayrim
gormonlarning ishlab chiqarilishida ham ishtirok etadi. C vitamini virus va
bakterial infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. C vitamini terida
pigmentning to‘g‘ri taqsimlanishida ko‘maklashadi.
C vitamini yetishmasa…
Uning yetishmovchiligi terini rangsiz qilib, inson tez charchaydigan bo‘lib
qoladi. Organizmda C vitamin yetishmasa, tog‘ay va suyak to‘qimalari tuzilishi
buziladi, lavsha (singa) kasalligi ro‘y beradi. Organizmda askorbin kislota hosil
bo‘lmaydi va to‘planmaydi.
Askorbin kislotasining tabiiy manbalari
Vitamin C organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi.
Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha
sitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va
baqlajonda ko‘p bo‘ladi. C vitamini barcha mevalarda va yam-yashil ko‘katlarda
mavjuddir. Shipovnik, qora smorodina, oblepixa, shirin bulg‘or qalampiri, ukrop,
petrushka, gulkaram va karamda, apelsin, qulupnay, olmalar, gilos, shavel, shpinat,
kartoshka va boshqa mahsulotlarda mavjuddir. Uning miqdori ayniqsa, petrushka,
na’matak, oblepixa, qora smorodinalarda ko‘pdir.
Ushbu vitamindagi insonning kunlik ehtiyoji 60-100 mg.ni tashkil qiladi.
VITAMIN A YOKI RETINOL
Vitamin A (Retinol) 1909 yilda ochilgan va 1933 yilda sintezlangan. Ikki xil
formada bo‘ladi: retinol va karotin.
Vitamin A (retinol) — ushbu vitamin o‘sish jarayoni hamda ko‘zlarga o‘z ijobiy ta’sirini
o‘tkazadi. Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. O‘simlik to‘qimalarida A
provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi.
Ko‘rish pigmentlari hosil bo‘lishida qatnashib, organizmning normal o‘sishini, ko‘zning
turli darajadagi yorug‘likka moslashishini ta’minlaydi.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, A vitamini uzoq vaqt davomidagi yorug‘lik nuri, kislorod
yoki yuqori harorat ostida nobud bo‘ladi. Sifatsiz yog‘lar ham vitamin Ani nobud
qiladilar.
A vitamini manbalari
12
Uning ozuqaviy manbalari bu — baliq va jonivorlarning jigari, sariyog‘, qaymoq,
pishloq, tuxum sarig‘i, baliq yog‘idir. O‘simlik mahsulotlarida uning provitamin
ko‘rinishi, ya’ni karotin ko‘rinishida mavjuddir. A provitamini (beta-karotin) mavjud
mahsulotlar odatda sabzi rang bo‘lib, qizil yoki sariq ham bo‘lishi mumkin. Demak bular,
sabzi, pomidor, qovoq, o‘rik, ryabina, oblepixa, na’matakdir. Bu mahsulotlar
organizmning A vitaminiga bo‘lgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa
o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari sabzi, pomidor, ko‘kat va sariq rangli
sabzavotlar, mevalar va reza mevalarda ham mavjud. Karotin yog‘da yaxshi eriydi,
shuning uchun bu mahsulotlarni yog‘, qaymoq yoki smetana bilan iste’mol qilgan
ma’qul.
A vitaminining foydalari





Ko‘rish organlari bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarni davolashda yordam beradi.
Uning boshqa nomi – Immunitet vitamini. Chunki u tananing infeksiyalarga qarshi
kurashish qobiliyatini orttiradi.
Teri va sochni go‘zal, sog‘lom holatda saqlaydi.
Bola bo‘yining o‘sishida yordam beradi, suyaklarni mustahkamlaydi, tish va tish
milklarini sog‘lomlashtiradi.
Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi.
A vitamini yetishmasa…
Immunitet tushib ketishi oqibatida tana o‘zining kurashish qobiyaliyatini yo‘qotib,
kasalliklarga ochiq bo‘ladi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi,
qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo bo‘ladi, terining yiringli
kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira bo‘lib, to‘kila boshlaydi, tirnoq mo‘rtlashib qoladi.
Yoruqqa qaray olmaslik, shabko‘rlik, kon’yunktivitga asosan A vitamin yetishmasligi
sabab bo‘ladi. Retinol yetishmasligi oqibatidako‘zlarning qizarib ketishi va achishishi
kuzatiladi. Mabodo shifokor A vitamini ichishni tavsiya qilsa, qancha miqdorda ichishni
ham yozib olishni unutmang, chunki me’yoridan ortiq ichib yuborish ham xavfli. Agar
yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilib tursangiz,
qo‘shimcha A vitamini ichishga hojat qolmaydi.
Avitaminoz A ning belgilari
Avitaminoz A ning belgilari: ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, qorong‘ida ko‘rmaslik,
ya’ni “shabko‘rlik kasalligi” vujudga keladi, qoplovchi to‘qimalar quriydi, ayniqsa,
ko‘zning shilimshiq pardasi qurib, ko‘z shox pardasining ko‘rishi-kseroftalmiya “grekcha
xeros — quriq, ophtalmos — ko‘z atamalaridan olingan” kasalligi kelib chiqadi, o‘sishni
to‘xtashi, og‘irlikni pasayishi va organizmni oriqlab ketishi kuzatiladi. Teri quruqligi
kasalligi oqibatida dermatit, bronxit kabi nafas yo‘llarining xastaliklari kelib chiqadi.
VITAMIN D
13
Vitamin D (Kalsiyferollar yoki raxitga qarshi faol moddalar) bo‘lib,
kimyoviy tabiati jihatidan sterinlar(xolesterin)ning hosilasidir, 1916 yilda
o‘rganilgan va 1931 yilda sun’iy hosil qilingan. Kalsiferollar ichida eng muhimlari
xolekalsiferol (Vitamin D3), ergokalsiyferol (Vitamin D2) hamda
digidroergokalsiferol (Vitamin D4) lardir.
Vitamin D (kalsiyferol) — organizmdagi kalsiy va fosforni muvozanatga
keltirib turadi. Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak
hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal o‘sishi va
suyaklanishi davrida ayniqsa zarur.
D vitaminning foydalari
Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy va fosfor moddalarining
organizmga so‘rilishiga yordam beradi. A va C vitaminlari bilan birgalikda qabul
qilinsa, shamollash kasalliklarida ham foydali. A vitaminining o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi.
Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi.
Vitamin D manbalari
Manbalari bo‘lib baliq va baliq mahsulotlari, sariyog‘, tuxum sarig‘i
hisoblanadi. U baliq yog‘ida, ikrasida, tovuq tuxumlarida, kam miqdorda qaymoq
va smetanada mavjuddir. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai
hisoblanadi. Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari — xolesterol,
ergosterollar uchraydi, ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga
aylanishadi.
D vitamini yetishmasa…
14
Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Tishlar
yemirilishi va suyaklarni yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining
nomutanosib rivojlanishi.
Raxitning oldini olishning eng yaxshi yo‘li – kunduzi sayr qilish va tent ostida
quyosh vannasi qabul qilish.
Vitamin B1 yoki tiamin
(Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o‘rganilgan, uning nomi tiamin
grekcha “tion-oltingugurt” atamasidan olingan. Tiamin— ko‘pgina oziq-ovqat
mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobig‘i (kepagi)da
bo‘ladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega;
ovqat uglevodlarga serob bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish uchun tiamin ko‘proq talab
qilinadi. Tiamin bo‘lmasa, polinevrit kasalligi ro‘y beradi. Organizmda bu vitamin
bo‘lmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining og‘ir kasalligi — beri-beri paydo
bo‘ladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar bo‘shashishi,
jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Vitamin B1 vazifasi
Vitamin B1 (tiamin) organizmning oqsil va uglevodorod almashinuvini
muvozanatga keltiradi. Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘tadillashtiradi,
asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Ular odam
va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib, pirouzum kislotasini
dekarboksillanish reaksiyasining maxsus biokatalizatori vazifasini bajaradi, kuchli
zaharli modda-pirouzum kislotasini yo‘qotib, asab tizimining qo‘zg‘alishini
me’yorlashtiradi.
Tiamin gipo- va avitaminozi
Uning yetishmovchiligi eng avvalo nerv tizimi faoliyatining o‘zgarishiga
olib keladi, xotiraning susayishi, undan tashqari oshqozon-ichak va qon tomirlar
tizimining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligiga olib keladi. Avitaminoz B1 da beri-beri
kasalligi (polinevrit, periferik nerv tolalarining yallig‘lanishi) tufayli falajlik
kasalligi kuzatiladi. Shu bilan birga, suvning almashinuvini buzilishi, yurak-qon
tomirlari tizimi funksiyalarining buzilishi kuzatiladi. Vitamin B1 yiringli
infeksiyalarga qarshi immunitetni ishlab chiqaradi, u ayniqsa: husnbuzarlar, teri
qichishishi davolashda zarurdir. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p
shug‘ullanuvchilar bu vitaminni shifokor maslahatiga asoslanib, ko‘proq iste’mol
15
qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat
beradi.
B1 vitaminining tabiiy manbalari
Bu suvda eruvchi vitamin hisoblanib, shu sababli bunday mahsulotlar
qaynatib pishirilganda uning suvi ham ana shu vitaminga boy bo‘ladi. Ushbu
vitamin soda ta’siri ostida nobud bo‘ladi. Ushbu vitamindagi bir sutkalik talab 1-2
mg.ni tashkil etadi.
Ushbu vitamin qaysi mahsulotlarda mavjuddir: bular — dag‘al maydalangan
undan tayyorlangan nonlar, yormalar (grechka, suli, sok), no‘xat, soya, pivo
drojjilari, jigar, mol go‘shtidir. Uning tabiiy manba’lari achitqi, ayniqsa pivo
achitqisi, non achitqisi(xamirturush), don, yorma, non(ayniqsa, qora non),
sabzavotlardir.
VITAMIN PP YOKI NIKOTIN KISLOTASI
V i t a m i n PP (Nikotin kislotasi) 1911 yilda K.Funk tomonidan ajratib
olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi
aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini
davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo‘shganlar. Pellagra atamasi
italyancha pela agra — g‘adir — budir teri ma’nosini bildiradi, unda dermatit,
diareya ( ich ketish ), xattoki, demensiya (aqlning zaiflanish) kasalliklari kelib
chiqadi.
Vitamin PP vazifasi
Vitamin PP — teridagi suv almashinuviga javob beradi, qon tomirlarini
kengaytiradi. Nikotinamid, nikotin kislota (PP vitamin) hujayralarning nafas
olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda o‘simlik oqsillarining
16
hazm bo‘lishini tezlashtiradi, me’daning sekret va harakat faoliyatini
normallashtiradi, me’da osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini
yaxshilab,
jigar
ishini
barqarorlashtiradi.
Ushbu
vitamin
husnbuzarlarni, nevrozlarni davolashda qo‘llaniladi.
Nikotin kislota yetishmasa…
Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi ro‘y beradi.
Bundan tashqari aqliy o‘sishdan qolish, depressiya, ich ketishi, tez charchash,
uyqusizlik, qonda qand miqdori kamayi, kam quvvatlik kuzatiladi.
Vitamin PP manbalari
Nikotin kislota uy parrandasi, mol go‘shti, jigari, buyragida, achitqi, guruch
kepagi, bug‘doy murtagida ko‘p bo‘ladi. PP vitamini na’matak, zveroboy, shalfey,
bug‘doy kepagi, sabzi, qo‘ziqorin, brusnika va chernikalarda ham mavjuddir.
Sutkalik talabi kattalar uchun 20 mg atrofida, og‘ir mehnat qiluvchilarga 25
mg atrofida, bolalarga 6 oydan 1 yoshgacha — 6 mg; 1 yoshdan 1,5 yoshgacha —
9 mg; 1,5 yoshdan 2 yoshgacha — 10 mg; 3 yoshdan 4 yoshgacha — 12 mg; 5
yoshdan 6 yoshgacha — 13 mg; 7 yoshdan 10 yoshgacha — 15 mg; 11 yoshdan
13 yoshgacha — 19 mg; O‘spirin bolalar 14-17 yoshgacha — 21 mg; O‘spirin
qizlar 14-17 yoshgacha — 18 mg.
Darsni mustahkamlash: BBB jadvalini toldirishni davom ettirish . Endi
oquvchilar dars davomida bilib olgan savollarining to’g’risiga belgi qo’yib
chiqishadi.
Darsni yakunlash: baholash guruhlarning toplagan ballarini hisoblash, sardorlarga
so’z beriladi . guruhida qatnashgan o’quvshilarning bilimini baholab berishadi
Uyga vazifa : Mavzuni o’qib kelish, har bir o’quvchi biron bir meva va
sabzavotlarning ahamiyati, hosiyatlari haqida ma’lumotlar toplab kelish.
17
FOYDALANILAN ADABIYOTLAR
1.Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya) .:
Toshkent, 2015.
2. Glik B., Pasternak J. Molekulyar biotexnologiya.
Printsiplar va ilovalar. M.: Mir, 2002 Yil. 598 s.
3. Jimulev I. F. umumiy va molekulyar genetika: darslik. nafaqa.
Nashr. 2-chi, ISPR. va qo'shimcha Novosibirsk: SIBning nashriyoti. un-ta, 2003
yil. -479 s.
4. Rybchin V. N. genetik muhandislik asoslari: darslik. Universitetlar uchun.
Spb.: Spbstu nashriyoti, 1999. 522 s.
5. Hujayraning molekulyar biologiyasi / B. Alberts, D. Bray, J.
Lyuis, K. Roberts,J. Uotson. - qaniydi? M.: Mir, 1994 Yil.
6. Ris E, Sternberg M. molekulyar biologiyaga kirish (
hujayralardan atomlarga). M.: Mir, 2002 Yil.
7. Klag u, Kammings M. genetika asoslari. M.: Texnosfera, 2007.
8. Komov V. P., Shvedova V. N. Biokimyo: Darslik. - M.: Bustard, 2008 Yil.
638 s.
9. To‘raqulov Y.X. Bioximiya, -Т.: O‘zbekiston, 1996.
10. Valixanov M.N. Biokirayo. - T.: Universitet, 2008 Yil.
18
Download