Uploaded by Jasur Baxtiyarov

oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish

advertisement
KURS ISHI
Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda
mehnatni tashkil etish ”
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….
I-BOB OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI
TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI…...............
1.1.
Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati,
mazmuni va nazariy asoslari...........................................................
1.2.
Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni
samaradorligini baholash usullari ……...………..........................
IIBOB
OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL
ETISH HOLATI TAHLILI.........................................................
2.1.
Tadbirkorlik
bilan
shug‘ullanadigan
oilalarda
mulkiy
munosabatlar va daromadlarning shakllanishi..............................
2.2.
Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni
mexanizmini takomillashtirish yo‘llari
rag‘batlantirish
XULOSA.......................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................................
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida
O‘zbekiston
Respublikasida
amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning pirovard natijasi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bu
farovonlikka erishish yo‘llaridan biri oilada tadbirkorligi va oila biznesini yo‘lga
qo‘yish bilan chambarchas bog‘liq. Chunki oilada tadbirkorlikning rivojlanishi,
uning ommaviy tus olishi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, ya’ni oilalar
farovonligini ta’minlash va ish bilan bandlik masalalarini hal qilish imkoniyatini
yaratadi. Shu bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish Respublika hukumatining doimo
diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:
“Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim
yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur”1. Oilaviy biznesni rivojlantirish, mamlakatimiz
uchun hayotiy zaruratga aylanmoqda. Shu sababli, oilalarning muhim daromad
manbai va tadbirkorlikni rivojlantirishda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida ushbu dolzarb vazifani hal
qilish borasida salmoqli, ijobiy natijalarga erishildi. Ammo, hozirgi kunda ham
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini
takomillashtirish, ular faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va shu asosda
oilalar farovonligini oshirish masalalari o‘z yechimini kutayotgan
muammolardandir.
Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida ishlab chiqararilgan mahsulot
yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning raqobatbardoshliligiga erishishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri – tashkil etish, normalash va shular asosida ishlab chiqarish
samaradorligini va mehnat unumdorligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu tufayli oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni tashkil etish bo‘yicha
o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib, ularning samaradorligini oshirish uchun
ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish alohida ahamiyatga egadir. Oilaviy
biznes sohasida hal qilinishini kutayotgan muammolarning mavjudligi mehnatni
ilmiy jihatdan tashkil etish asoslari va yo‘nalishlarini nazariy va amaliy jihatdan
tadqiq qilishning zarurligi kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so‘zi” gazetasi,2014 yil 18 yanvar,
№13.
1
4
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi
sakkizta paragrafdan iborat uchta bob, hulosa va takliflar, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining birinchi bobida “oila xo‘jaligi”, ”uy xo‘jaligi”, “oilaviy
tadbirkorlik” tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yangicha bozor
talablaridan kelib chiqqan holda tadqiq qilindi va oilaviy biznes rivojlanishida
mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari aniqlandi hamda
oilaviy biznes sohasida mehnatni tashkil qilishga ilmiy yondashuvlar asosida
xizmat bahosi va qo‘l mehnatini kamaytirish yo‘nalishlari tadqiq etildi..
Kurs ishining ikkinchi bobida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda
mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi, oilaviy biznes sohasida ish
bilan bandlik muammolari va yangi ish o‘rinlarini ochishning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlanishi tahlil qilindi va xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari aniqlandi.
Kurs ishining yakuniy qismida xulosalar va tavsiyalar bayon etilgan.
5
I-BOB. OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI
TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va
nazariy asoslari
Oilaviy biznesning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochish, mohiyatini to‘liq
tushunish uchun oila, uy xo‘jaligi, oila xo‘jaligi kabi tushunchalarning mazmunini
tadqiq qilishni taqqozo qiladi.
Oila – jamiyatning, ijtimoiy–iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va
iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida, bozor munosabatlari sharoitida
o‘zining yangicha talqini va ta’rifini talab etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda “uy
xo‘jaligi”ga nisbatan turlicha qarashlar shakllanib kelgan. Dastlabki uy xo‘jaliklari
taraqqiyoti davomida A.Smit va uning izdoshlaridan biri bo‘lgan J.B.Sey
mulohazalari diqqatga sazovordir. A.Smit omillarning sifat jihatlariga, ularning
ishlatilishiga ahamiyat beradi, pirovard natijada uy xo‘jaliklarining daromadi va
iste’mol imkoniyatlarini shakllantiradi. J.B.Sey mulohazalarida boylikni
taqsimlash nazariyasi muomala va ishlab chiqarish nazariyasi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Moddiy boyliklar alohida sub’ektlar orasida emas, balki alohida sinflar
o‘rtasida aylanadi. Boshqa tomondan esa, unda kapitalistni taqdirlash tadbirkorni
taqdirlashdan ajratib ko‘rsatilgan. F.Engels, “Oila, xususiy mulk va davlatning
kelib chiqishi” nomli asarida o‘z davridagi etnografik adabiyotlardan foydalanib,
oila va ayollarning ahvoli, tarixiy o‘zgarishlarini boshidan kechirgani, bu
o‘zgarishlar o‘z navbatida ishlab chiqarish usulining rivoji, ayniqsa, mulkchilik
shakllari bilan belgilanganligini ko‘rsatishga harakat qiladi. U oila rivojini ibtidoiy
jamoadan to X1X asrning oxirgi choragigacha iqtisodning rivojlanishi asnosida
bayon qiladi. Engelsning maqsadi tarixiy taraqqiyot “patriarxal oila”ga va “ayol
jinsining olamshumul–tarixiy mag‘lubiyatiga”2, ya’ni ayollarni kamsitish va
ekspluatatsiya qilishni kuchaytirishga olib kelishini isbotlash edi. Uning davridagi
o‘rta sinfga mansub bo‘lgan monogam oilada er ishlab pul topar edi, xotin esa uy
ishlari bilan band edi yoki bo‘lmasa oilaning ijtimoiy mavqeiga bog‘liq ravishda
uyda o‘tirardi. Shu munosabat bilan Engels ta’kidlaydiki, ayollar erkaklarga
iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib qolishdi va demak, ularning ixtiyori o‘zida
bo‘lmagan odamlarga aylandi.
A.Chayanovning “Krestyan xo‘jaliklarini tashkil etish” nomli asarida oilaviy
xo‘jaliklar tuzilishi, ularning turli darajadagi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati
va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar chuqur tahlil etilgan. Uning fikricha,
xo‘jalik yurituvchi oilalarning eng muhim jihati shundaki, ular hech qanday
2
F.Engels. Proisxojdeniye semi, chastnoy sobstvennosti i gosudarstva. – K.Marks i F.Engels. T.21. –C. 23-178.
6
yollanma mehnatga asoslanmasdan oilalarning o‘z kuchiga tayanib xo‘jalik
yuritishidir; ular ham iste’molchi xo‘jalikdir, chunki ular o‘z oldiga daromad olish
emas, balki oilaning moddiy ehtiyojini qondirishni maqsad qilib qo‘yadi.3
Noklassik yo‘nalish doirasida 1992 yil Nobel mukofoti laureati G.
Bekkerning ishlari katta qiziqish uyg‘otadi. Uning asarlarida oilada mehnat
taqsimoti oila xo‘jaligining ishlab chiqarish vazifalari, oila daromadlarining
taqsimlanishini gender nuqtai nazaridan tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oila bozordagi tovar va xizmatlarni faqat iste’mol qiluvchi emas, balki ishlab
chiqaruvchi sifatida namoyon etadigan “Yangi uy xo‘jaligi nazariyasi” (G. Bekker,
Dj. Minser, K. Lankaster) 60 – yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi.
Bugungi kunga kelib, bozor munosabatlarining shiddat bilan rivojlanishi bu
muammoga yangidan yondashishni talab etmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yetishtirishda, kasanachilikda va aholiga turli xil xizmatlar ko‘rsatishda oilaviy
xo‘jaliklar faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ular bugungi kunda nafaqat
iste’molchi, balki tovar xo‘jaligiga aylanib bormoqda. Shu bois, hozirgi paytda,
oila xo‘jaligining iqtisodiy muammosiga katta e’tibor berilmoqda va bu soha
iqtisodiy nazariya faniga kiritilib, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti
sifatida qaralmoqda4.
Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaligini tadqiq qilish bir necha
yo‘nalishlar
bo‘yicha
olib
borilmoqda.
Masalan,
sotsial-demagrafik
(aholishunoslik) muammolarni o‘rganishda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat choratadbirlarining aniq va umumiy strategiyasini ishlab chiqishda, mehnat bozorining
shakllanishida, aholi daromadlari va turmush darajasini tadqiq etishda, iste’mol
tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqishda, hamda ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy
muammolarni yechishda qaralmoqda.
Fikrimizcha, bugungi kunda “oilaviy biznes” tushunchasiga nazariy
qarashlarni shakllantirish uchun albatta “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi”
tushunchalarining ta’riflarini qarab chiqmoq lozimdir. Chunki, “oila xo‘jaligi”, “uy
xo‘jaligi” va “oilaviy biznes” tushunchalari (kategoriyalari) to‘g‘risidagi
dunyoqarash g‘arb iqtisodiy qarashlari ta’siri ostida va boshqa tomondan
iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi va tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda,
iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida shakllanmoqda. Ushbu
tushunchalar bir-biridan farqlanishi bilan, ularning har uchalasi ham oilalar
faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Biroq, bu iqtisodiy
N.Zvereva. A.V.Chayanov o razmere semi i krestyanskogo domoxozyaystva //Vestnik statistiki. – 1991. - №7. –
S.47.
4
A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayev. Iktisodiyot nazariyasi. Darslik, T.:Mexnat, 1995 137-147 b., Shodmonov Sh.,
Jurayev T.Iktisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. T.:2000. 84-87b, Rasulov M. Bozor iktisodiyoti asoslari.
Darslik. T.:O'zbekiston, 1999. 58-71b, Shishkin A.F.Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik.- M.:Gumanitarniy
izdatelskiy sentr VLADOS, 1996,- T.2.-34-54 b Lvov I.V. Semya v ekonomicheskoy teorii // Semya v Rossii. - M.;
2002. - N 1. - S.124-131.
3
7
tushunchalarni har birining xususiyatini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan moxiyati hozirgacha to‘laligicha yoritilgan emas. Bu tushunchalarga
nisbatan turlicha qarashlar mavjud.
Oila to‘g‘risida A.O‘lmasovning “Oila iqtisodi” nomli risolasida “Oila kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini
birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua, ya’ni
mikroijtimoiy tuzilmadir”5, deb ta’riflanadi. Oila to‘g‘risida boshqa fikrlar ham
bor. Masalan, “Iqtisodiy nazariya” bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan
darslikda “Oila - shaxs, oila va butun jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy
ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish uchun bir-biri bilan
qarindosh urug‘chilik aloqalari asosida tashkil topgan kishilarning kichik guruhi” 6
deyilgan. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila xo‘jaligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti hisoblanadi.
Ushbu ta’riflarda, oilaning tarkibi va aloqadorlik belgilari o‘z ifodasini topgan
bo‘lib, oilaga asosan iste’mol qiluvchi sub’ekt sifatida qaraladi. Biroq, bizga
ma’lumki, xozirgi davrda oila faqat iste’mol qiluvchi sub’ekt emas, balki mustaqil
xo‘jalik yurituvchi, hamda iqtisodiyotning ajralmas sub’ektiga aylanib bormoqda.
Shu jihatlarini hisobga olsak, ushbu ta’rifda oilaning ijtimoiy – iqtisodiy funksiyasi
to‘la yoritilmagan.
Umumiy holda, oilaga, nikohga asoslangan yoki kishilarning qonqarindoshlik asosida birikishi va umumiy tirikchilik yuritishda bir-biriga
mas’uliyatli kishilar guruhi, deb tushunish mumkin. Biroq, statistik ma’lumotlarni
olish uchun bu umumiy tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Bu holda, ayrim
belgilarni ko‘rsatib o‘tish lozim.
Bir oilani boshqasidan farqlash va individni uning tarkibiga qo‘shish yoki
qo‘shmaslik imkoniyatini beruvchi ayrim belgilarni kiritamiz. Odatda bunday
belgilarga qarindoshlik yoki shu harakterdagi kishilar, hamda birgalikda yashovchi
yoki birgalikda xo‘jalik yurituvchi kishilarning aloqadorlik belgilari xizmat qiladi.
Aholini ro‘yxatga olishda, qarindoshlik yoki quda-andachilik, birga yashovchi va
umumiy oila byudjetiga ega bo‘lishi kabi belgilariga qarab aniqlanadi.
Fikrimizcha, oila tushunchasini bunday talqin etish uy xo‘jaligi tushunchasiga
yaqinlashtiradi, aniqroq aytganda, umumiy byudjet va birikish asosida vositalarni
sarf (harajat) etish kabi belgilarining borligi muhim belgi hisoblanadi. Shuning
uchun ham, oila, nazariy jihatdan o‘ziga aloqador hisoblovchi barcha kishilarni
ularning xohishi asosan o‘zida biriktirishi mumkin.
A.O‘lmasov Oila iqtisodi. Toshkent - “Mehnat” – 1998 y.
Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik dlya studentov VUZ, obuchayushixsya po ekonomicheskim spesialnostyam.T.: Shark,1999.-188 bet
5
6
8
Bozor munosabatlari sharoitida, oilaga iqtisodiy sub’ekt sifatida qarash
maqsadga muvofiq. Agar shunga asoslanadigan bo‘lsak unga “oila xo‘jaligi” yoki
“uy xo‘jaligi” sifatida qarash lozim bo‘ladi.
Respublikamizning ba’zi iqtisodchi olimlari “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi”
tushunchalarini o‘ziga xos tarzda izohlaydilar. So‘ngi yillarda bu borada
M.K.Pardayev, Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev, D.Karimova, G.M.
Shodiyeva va A.Vahobovlarning adabiyotlarida aniq fikrlar aytilgan. Ularni
umumlashtirgan holda o‘zimizning qarashlarimizni keltiramiz.
SH.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayevlarning ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklari
– iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy
birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy
xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish ommillarini yetkazib beruvchilar
hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy
ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi7. D. Karimovaning fikricha, uy xo‘jaligi
deganda, daromadlari va mulkini to‘liq yoki qisman bir joyga to‘playdigan ma’lum
mahsulot va xizmatni, asosan yashash uchun uy xizmati va oziq-ovqat
mahsulotlarini birga iste’mol qiladigan bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi
tushuniladi8.
A.Vaxobov, R.Saidovlar fikricha, “iqtisodiyotning o‘z tarkibida ko‘pchilikni
birlashtiruvchi hamda iste’molchilari, shuningdek, daromadlari va harajatlari
umumiy bo‘lgan va birgalikda istiqomat qiluvchi kishilar guruxini tashkil etuvchi
xonadonlari asosan oilaga tayanadi, biroq oilasiz xonadonlar ham bo‘ladi, oilaviy
xonadonlarda esa, o‘zga iste’molchilar ham birlashishi mumkin”9, deyiladi.
Ba’zi bir manbalarda uy xo‘jaligi tushunchasi quyidagicha talqin etiladi: “uy
xo‘jaligi” (domoxozyaystvo, household) - iqtisodiy faoliyatning asosiy sub’ekti
sifatida, qayerda inson doimiy yashar ekan, o‘sha joydagi iqtisodiy ob’ektlarni va
jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Uy xo‘jaligini - uy xo‘jaligi boshlig‘i
boshqaradi. Uy xo‘jaligi – ma’lum bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi. Uy
xo‘jaligi iqtisodiy jabhalarning iste’mol bilan bog‘liq muammolarni va uy – joy
siyosatini tahlil qilishda statistik ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi”10 .
Keltirilgan nazariy tahlillardan kelib chiqqan holda, uy xo‘jaligidan farqli
o‘laroq, “oila xo‘jaligi“ga quyidagicha ta’rif berishni maqsadga muvofiq, deb
topdik.
Oila xo‘jaligi deb, faqat er-xotin va tug‘ishganlik asosida birga
yashovchi kishilar, ya’ni oila a’zolari mehnatidan foydalangan holda, ma’lum
Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev «Iqtisodiyot nazariyasi» T- «Moliya»-2002 y, 103 b
Karimova D. Sektor «Domashnie xozyaystvo» v sisteme natsionalnix schyotov // Ekonomika i statistika. - № 2. –
1997. –S. 66.
9
Vaxobov A, Saidov.R. Respublika xonadonlarining investitsiyaviy resurslari.// Bozor, pul va kredit. 10 oktyabr
2005. - 54 - B.
10
Surinov A.Ye. Doxodi naseleniya. Opit kolichestvennix izmereniy. M.: «finansi i statistika» -2000. –S.125.
7
8
9
darajada qonuniy yo‘l bilan daromad olish maqsadida oila mulki asosida xo‘jalik
yurituvchi mikroiqtisodiy sub’ektga aytiladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, oila
xo‘jaligida barcha mulk bevosita oila a’zolariga qarashli bo‘lib, unda mehnat
qiluvchilar va mehnat natijasidan bahramand bo‘luvchilar ham shu oilaga mansub
kishilar bo‘lib hisoblanadi. Amaldagi tartib bo‘yicha oila xo‘jaligida yollanma
mehnatdan foydalanilmaydi. Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligida ham vaqtincha
yollanma mehnatdan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki ayrim mavsumiy
ishlarda oila a’zolarining mehnati yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Demak, bizning fikrimizcha, mehnatni tashkil qilish nuqtai nazaridan olib
qaraydigan bo‘lsak, «uy xo‘jaligi» va «oila xo‘jaligi» tushunchalari bir-biridan farq
qiladi.
Yuqoridagi tariflarni e’tirof etgan holda, biznes faoliyati “oila” da emas,
balki “oila xo‘jaligi” da amalga oshishini hisobga olsak, oilaviy bizneska
quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: Oilaviy biznes deganda, jismoniy
yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan
oila a’zolarining mehnatiga va mulkiga tayanib, qonuniy asosda daromad olishga
mo‘ljallangan biznes faoliyati tushuniladi. Haqiqatdan ham ushbu ta’rifda, oila
xo‘jaligining daromad olish manbai ya’ni mulki, faoliyati va unga aloqador
shaxslar o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga oilaviy biznesning qishloqda dehqon
xo‘jaligi sifatida namoyon bo‘lishi ham nazarda tutiladi.
Ushbu ta’rifga tayanilgan holda xizmat sohasidagi oilaviy bizneska ham
ta’rif berish mumkin. Xizmat sohasida oilaviy biznes deganda, jismoniy yoki
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan oila
a’zolarining mehnati va mulkiga tayanib, xizmat ko‘rsatish natijasida qonuniy
daromad olishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Xizmat sohalarida oilaviy biznesning qaror topishi mamlakatimizda juda
ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiladi. Eng avvalo, u bozor
iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy
mulkdorlar sinfini barpo qiladi. Ikkinchidan, mamlakatimizning bozorini iste’mol
tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Uchinchidan, ish
bilan band bo‘lmagan aholi sonini qisqartiradi va uning faol qismini ishlab
chiqarishga jalb etish imkonini beradi. To‘rtinchidan, esa eng muhim bo‘lgan
muammoni, ya’ni oila daromadlarini oshirishda asosiy manbaga aylanadi. Shu
tufayli oilaviy biznesni hozirgi zamon darajasida rivojlantirish, yuksak saviyada
raqobatbardosh mahsulotlar (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish holatiga keltirishga
erishish lozim. Bu esa odamlardan, butun ommadan doimiy izlanuvchanlikni,
tashabbuskorlikni, yangi ixtirolar kashf etishni talab qiladi. Bu ham
mamlakatimizda ortiqcha sarmoya talab qilmaydigan ommillarning, ayniqsa inson
omilining ishga tushishi uchun asos bo‘ladi.
10
Oila xo‘jaliklarining turli hayotiy faoliyatlarini tahlil qilishda oila xo‘jaligi
tarkibi, oiladan tashqarida yashovchilar, oila xo‘jaligi harajatlari va daromadlari
to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotlardan foydalanishni ham talab etadi. Zamonaviy
oila rivojlanishining muhimligi va oila strukturasining ko‘p qirralari bugungi kun
talab darajasida o‘rganilmasdan qolmoqda, bunga adekvat, haqiqiy va zaruriy
ma’lumotlarning yetarli darajada emasligini sabab qilib ko‘rsatish ham mumkin.
Bu esa o‘z navbatida oilalarning ilmiy va amaliy tadqiqotini yanada rivojlantirishni
talab qiladi.
Oila xo‘jaligi daromadlari tarkibida asosiy qismni mehnatga haq to‘lash (ish
haqi) va bozor daromadlari (mulk, biznes va turli xil xizmat ko‘rsatishdan tushgan
daromadlar) tashkil qiladi. Shu bois, oila daromadlarini tadqiq etishning ayrim
usullarini ko‘rib chiqamiz.
Oila xo‘jaligi daromadlarini aniqlashning iqtisodiy usullaridan biri ma’lum
son – miqdordagi oilalarni (masalan 25, 50, 100, 250 va hokazo) tanlab olib,
kuzatiladi. Kuzatuv jarayonida shu oilalarda istiqomat qiluvchi oila a’zolari soni,
ularning toifasi, yoshi, turli yo‘llar bilan topilgan daromadlar, oila tomonidan oziqovqat mollariga, boshqa mahsulotlarga, uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy xizmat
sohalariga, jamg‘armalarga va har xil to‘lovlarga sarf qilinadigan harajatlar
aniqlanadi va tahlil qilinadi. Shu usulda daromad bilan harajat o‘rtasidagi
mutanosiblik o‘rganiladi, oilaning turmush darajasi qanday holatda ekanligiga
baho beriladi.
Barcha oilalarda moddiy farovonlikni ta’minlash masalasi kun tartibida
turgan muhim muammolardan biridir. Ammo bu muammoni birdaniga hal qilib
bo‘lmaydi. Buning uchun har bir oila a’zosi o‘ta biznes va aql bilan ish tutishi
lozim. Yurtboshimizning “...bu vazifalarning negizida, amalga oshirishimiz lozim
bo‘lgan bu g‘oyalarning poydevorida bitta narsa turibdi: u ham bo‘lsa,
xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishdir. Bunga, avvalo, barcha jabhalarda
boshlangan erkinlashtirish siyosatlarini amalga oshirish evaziga erishimiz mumkin.
Nafaqat davlatning, balki har qaysi oila, har qaysi odamning daromadini ko‘tarish,
turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha ko‘p ishlarni qilishimiz darkor” 11 degan
ko‘rsatmasidan kelib chiqadiki, oilalardagi muammolarni hal qilish, hamda
oilalarni tadqiq qilish zaruratining mavjudligini va uning qo‘llamini oshirishning
muhimligini yana bir bor ko‘rsatib berdilar. Zero, oila xo‘jaliklarining iqtisodiy
imkoniyati ma’lum darajada cheklangan. Undan faqat samarali foydalangan
taqdirdagina ko‘zlangan maqsadga, ya’ni oila farovonligiga erishish mumkin. Bu
farovonlikka erishish uchun esa, har bir oilada biznesni yo‘lga qo‘yish, xizmat
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi nutqi.
2004 yil 29 aprel, Toshkent shahri.
11
11
sohasida oilaviy biznesning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va uni rivojlantirishning
ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatini o‘rganishni taqozo etadi.
1.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni
samaradorligini baholash usullari
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini qurish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, u iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarni, shu jumladan, mehnat sohasidagi jarayonlarni ham o‘rganishni taqazo
etadi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim kategoriyalari bo‘lgan, mulkchilik
shakllarining xilma-xilligi asosida amalga oshiriladigan erkin tadbirkorlik, tovar va
xizmatlar, talab hamda taklifni o‘zaro bog‘liqligi, resurslar cheklangan sharoitda
tovar va xizmatlar qiymatini aniqlashdagi o‘ta foydalilik, mehnat narxi va
boshqalar ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zamonlaridagi mehnat iqtisodiyotiga asos
qilib olingan nazariy qoidalarni qayta idrok etishni taqazo etmoqda12.
Mehnat faoliyati jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari
tufayli yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tashkil etishning zamonaviy
nazariyasini makro va mikrodarajada tadqiq etish bir tomondan respublikamizda
mulkchilik munosabatlarining rivojlanishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fan-texnika
taraqqiyotining mehnat samaradorligini oshirishdagi va odamlarning yashash
sharoitini yaxshilaydigan barcha vositalarni rivojlanib borayotganligidir.
Har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy asosini yaratuvchi kuch bu –
mehnatdir.
Mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak
bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlar (buyumlar, tovar xizmat, fan,
madaniyat, san’at asarlari va hokazolar) ni ishlab chiqish bo‘yicha ongli, maqsadli
va legitm (taqiqlanmagan) faoliyatdir13. Shu tufayli mehnatning harakterini
o‘rganish hamisha dolzarb bo‘lib kelgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni harakterini tadqiq qilish faqatgina
nazariy jihatdan emas, amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Har bir
sohada ish bilan band bo‘lgan xodimlar mehnatining harakterini o‘rganmasdan shu
sohaning iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida tutgan o‘rnini, davlatimizning ichki
yalpi mahsulotiga va yalpi milliy mahsulotiga qo‘shgan hissasini aniqlash
murakkab. Qaysiki, bu ko‘rsatkichlar shu davlatning qudratini, aholining ijtimoiy
12
13
Abduraxmonov.Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot), darslik, T.: “Mehnat”, 2009-B. 6.
O‘sha yerda. -B.45.
12
ahvolini, iqtisodiy o‘sish darajasini, boshqa davlatlar o‘rtasida tutgan o‘rnini
ifodalovchi ko‘rsatkichlardir.
Masalaning muhimligi shu muammolarning bir qancha nazariy jihatlarini
hozirgi davr nuqtai-nazaridan o‘rganish va talqin qilishni talab qiladi. Bular
jumlasiga, ko‘p mulkchilik sharoitida Oilaviy biznes sohasidagi mehnatning
harakterini (uning unumli yoki unumsizligini), uning qaysi sohaga mansubligini
(ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish), mahsulot natijasini qanday baholashni
(mehnat unumdorligi, mehnat sig‘imi, mehnat samaradorligi, ish haqi jamg‘armasi
darajasi, mehnat haqining mehnat naiijalaridagi hissasi) aniqlash kabi muammolar
kiradi. Bu muammolarning hal qilinishi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki,
bular mavjud mehnat salohiyatining qancha qismini shu sohada jalb qilish
zarurligini, ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini, turli xil mulkchilikka
asoslangan mazkur sohaning jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatiga qanday
hissa qo‘shayotganligini aniqlashda nazariy asos bo‘lib hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy nisbatlar holati bozor
konyunkturasini ifodalaydi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanib borishi erkin
tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Raqobatchilik esa har bir
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati samaradorligi oshishini talab etadi.
Mehnatning harakteri xuddi shu jarayonlarga bog‘liq ravishda davlatning
ustqurmaviy elementlariga muvofiq holda shakllanadi. Bunda davlatning
ustqurmaviy elementlari sifatida mehnat sohasidagi siyosat, huquqiy va normativ
tizim tushuniladi.
Bizning fikrimizcha, unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi tushunchalarga
munosabat bildirib, nazariy tahlillarga tayangan holda, mehnat unumsiz bo‘la
olmaydi degan xulosaga keldik. Har qanday mehnat odamlarning ehtiyojini
qondirish, odamlarning ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlarni, foydali narsalarni
ishlab chiqarishdir. U unumli, moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin, lekin bunda
ular ne’mat bo‘lmasdan qolmaydi.
Unumli mehnatga mehnatkash nuqtai nazaridan ham yondashish lozim. Agar
mehnatkash sarf qilgan mehnati evaziga oladigan mehnat haqi bilan o‘zining va
oilasining yashashini ta’min qilsa, ish kuchini takror ishlab chiqara olsa, bu mehnat
ish kuchi, mehnatkash uchun unumlidar. Mehnatkash u moddiy ne’mat ishlab
chiqarayaptimi, yo chiqarmayaptimi yoki xizmat sohasi bilan bandmi, uni
qiziqtirmaydi. Uni qiziqtirgan narsa o‘z mehnati uchun (unumli yoki unimsizmi
qatiy nazar) oladigan mehnat haqidir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, umuman mehnatning harakterini
tadqiq qilishda bozor iqtisodiyoti sharoitida, unga asosan mulk egasi, sohibkor
nuqtai nazaridan yondashish lozim. Ammo har qanday sohibkor o‘zi yashab turgan
13
davlatning ichida, shu jamiyatning a’zosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan uning
mehnatiga faqat o‘zining iqtisodiy manfaatidan kelib chiqmasdan, balki jamiyat
manfaatini ham hisobga olish lozim. Jamiyatning a’zosi sifatida har bir
mehnatkashning ham o‘z manfaati bor. Shu tufayli mehnatning harakteri tadqiq
qilinganda uning manfaati ham chetda qolib ketmasligi lozim. Demak bozor
iqtisodiyoti sharoitida mehnatning natijasini baholashda sotsiolizmdagidek faqat
jamiyat nuqtai nazaridan qaralmasdan, balki mulk egasi, sohibkor, jamiyat va
mehnatkash manfaatlarining mushtarakligini ta’minlash nuqtai nazaridan qarsh
lozim.
Mehnatning harakteri mehnat qanday namoyon bo‘lishini, uning jihatlari,
belgilari, alohida xossalari va xususiyatlari qandayligini ko‘rsatadi. U xodimning
ishlab chiqarish vositalari bilan birlashishiga bog‘liq bo‘lib, mehnatning ijtimoiy
tabiyatini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan bugungi kunda ishlab
chiqarish munosabatlari takomillashayotgani, boshqaruv iqtisodiy usullarining
amal qilish sohasi kegayib borayotgani, samaradorlik va sifatiga, xodimlarning
haqiqiy moddiy va ma’naviy manfaatdorligiga, ularning chinakkam xo‘jayinlarga
aylanishiga yo‘naltiruvchi xo‘jalik yuritishning yangi shakllari yaratilayotgani
tufayli mehnat tabiatida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayni paytning o‘zida mazkur
mehnat mazmuni va funksiyalaridagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, bir
qolibdagi, zerikarli, malakasiz, og‘ir qo‘l mehnati mavjudligi, uning zararli
sharoitlari hali uzoq vaqt davomida mehnatkashlar ancha qismining ijodiy
qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxsning uyg‘un rivojlanishiga,
mehnatga ongli va ijodiy munosabatni tarbiyalashga xalaqit beradi.
Oila xo‘jaligining funksiyalari ko‘p qirralidir. Chunki u jamiyatning hamma asosiy
jixatlari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Oila funksiyalari sistemasini quyidagi uch
bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir14:
Birinchi bosqichda, oilaning moddiy bazasi yuzaga keltiriladi, ya’ni oila
byudjetining yaratilishi, uning foydalanilishi va uy xo‘jaligining yuritilishi.
Ikkinchi bosqichda, oilada farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasi amalga
oshiriladi hamda rekresiyali funksiya bajariladi. Har holda “inson kapitali” ni
ishlab chiqarish uchun: moddiy zahiralar, tovar va xizmatlar bo‘lishi shart.
Uchinchi bosqichda, realizatsiya masalalari yechiladi, ya’ni bozor
xo‘jaligida oila a’zolarining aloxida yakka holatda qatnashuvi: oilaviy biznesni
uyushtirish, uy xo‘jaligini yuritish, daromadlarni yuzaga keltirish va ularning
taqsimotini amalga oshirish ta’minlanadi. Shu bilan birga oila xo‘jaligining “inson
kapitali”15 ni qaror toptirishdagi vazifalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
14
15
Karimova D. Domoxozyastv O'zbekistana. //Ekonomicheskiy vestnik O'zbekistana. 7/1999 y. 17-22-B.
“Ekonomicheskaya teoriya” (uchebnik), Toshkent, “Sharq”, 1999. – bet
14
Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligi farovonligi muammosi ko‘p jixatdan
funksional tahlilni talab etadi, shu jihatdan oila xo‘jaligi funksiyalarini, uning
farovonligini ta’minlovchi omillar sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak,
oila xo‘jaligi funksiyalari quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan tarkib topmoqda:
 yosh avlodni tarbiyalash va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish;
 oilaning iste’mol talabini qondirish;
 oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritish;
 oila jamg‘armasi hisobidan investitsion imkoniyatlarni vujudga keltirish,
mulkiy daromadlardan samarali foydalanish;
 davlat bilan «ichki» iqtisodiy aloqalar (soliqlarni to‘lash, transfert
to‘lovlardan foydalanish), chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar, xususan, turli xil
pul o‘tkazmalar va mehnat shartnomalari tuzish va boshqalar.
Bulardan shunday xulosa qilish mumkinki, oila xo‘jaligi funksiyalari o‘zaro
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning hammasi ham ma’lum darajada daromadlarni
va harajatlarni ko‘zda tutadi.
Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaliklarining xayotiy faoliyati nuqtai
nazaridan ko‘rinishi, oilalarning yangi imkoniyatlari va ehtiyojlari, rivojlanish
shart-sharoitini vujudga keltirish va uning iqtisodiy funksiyasini amalga oshirish,
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, ijtimoiy himoyani ta’min etish va sifatli
turmush tarzini ta’minlash bilan vujudga keladi. Zamonaviy oila va unga
asoslangan oilaviy tadbirkorlik shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa
ehtiyojlarini shu jumladan, oilaning o‘zini va jamiyatni ham bir butunlikda
qondirishni amalga oshiradi.
1.
1.1- rasm. Oila xo‘jaligining bozor tizimidagi o‘rni16
Bu yerda, S - iste’mol uchun oila xo‘jaligining harajatlari;
S - oila xo‘jaligi jamg‘armasi;
I - investitsiyalar;
G - davlat harajatlari;
16
Muallif tomonidan tuzilgan.
15
Te – egri soliqlar;
Td – to‘g‘ri soliklar;
Y- daromadlar;
V – transfertlar.
Bugungi kunda oilalarning har tomonlama rivojlanishida o‘ziga xos
murakkab jarayonlar vujudga kelmoqda: oilalarning daromadlar bo‘yicha
tabaqalanishi, uni barqarorligining o‘zgarishi, kam bolali oilalarning paydo
bo‘lishi, oiladan tashqari yashovchilar va x.k. Bu to‘g‘rida mashhur sotsiolog olim
A.Golov shunday ta’kidlaydi: “mavjud oilalar bozor iqtisodiyotining ijobiy qonun
qoidalariga moslashishda shubhasiz qiyinchiliklarga uchramoqda” 17. Bu
jarayonlarning barchasi oilalarni chuqur ilmiy tahlil qilishni va jamiyatning ushbu
tendensiyalarga munosabatini talab etadi.
Oila xo‘jaligi, ta’kidlanganidek, bozor munosabatlarining eng asosiy
ishtirokchilaridan hisoblanadi. Ular iqtisodiyotni ishlab chiqarish omillari bilan
ta’minlaydi, ularni resurslar bozoriga yetkazib berib moddiy daromad oladi va oila
a’zolarining ehtiyojini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar iste’moli uchun
harajatlarni amalga oshiradi. Oila xo‘jaligi iqtisodiy munosabatlarning eng
muxim ishtirokchisi sifatida, davlat va firmalar bilan iqtisodiy aloqadorligi 1.1rasm asosida tasvirlangan.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, ularning bozor tizimidagi harakatlari turlicha
va ular bir-birini to‘ldirib boradi. Quyidagi jadval orqali ularning vazifalarini ham
ko‘rish mumkin (1.1-jadval).
Oila xo‘jaligi iqtisodiyotning doiraviy aylanishi natijasida davlat, firmalar va
moliyaviy institutlar bilan bozor munosabatlarini olib boradi. Oila xo‘jaligi tovar
va xizmatlarni iste’mol qiluvchi sifatida emas, balki ular iqtisodiyotning ko‘plab
sohalari bilan birgalikda xo‘jalik faoliyatini yuritadi. Oila daromadini ko‘paytirish
va ekspertlarning baholashi bo‘yicha oila xo‘jaligi tovarlar ishlab chiqarish va
xizmatlar bajarish jarayonida iqtisodiyotning 14 soxasi bilan aloqadordir. Ularning
asosiysi: qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy xo‘jaligi,
transport, madaniyat, san’at va boshqalar.
1.1 - jadval
Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari
Davlat
Firmalar
Moliyaviy
institutlar
Oila xo‘jaligi
A.Golova. Ekonomicheskiye i sotsialnie peremeni: monitoring obshestvennogo mneniya //Informatsionniy
byulleten. -1997. - № 3. - S.33
17
16
Iqtisodiyotni
tartiblashtirish
Iqtisodiy
fao-liyat
qoidalarini
belgilaydi va sharoitlarni yaratadi
Soliq va boshqa
usullar bilan daromadni qayta taqsimlashga qatnashadi. Bozor ishtirokchisi
sifatida
iqtisodiy
faoliyat
ko‘rsatadi
Ishlab
chiqarish Aholiga
moliyaomillari
va kredit
xizmat
xizmatlarni
sotib turlarini o‘rsatadi
oladi
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi hamda ular-ni
sotadi
Resurslarga
mulkiy egalik
qiladi
va
ularni
foydalanish
uchun sotadi
Xususiy
tadbir- Tovar
va
korlik
faoliyatini xizmatlar
qo‘llab-quvvatlaydi sotib oladi
va
moliyaviy
ko‘mak beradi
Oilaviy biznes sohasida xizmatlarni yaratadigan mehnat jarayoni va ularni
iste’mol qilish jarayoni bir butun bo‘lib qo‘shilgan bo‘ladi. Xizmatlar faoliyat
shaklida mavjud bo‘ladi, ularni yig‘ib bo‘lmaydi.
Aholiga oilaviy biznes sohasini rivojlantirish texnik taraqqiyot, ya’ni
texnologiya jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga tayanadi. Bu
sohada texnologik operatsiyalarni mashina va apparatlar yordamida
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi
hamda odamlar mehnatini yengillashtiradi.
Ob’ektiv iqtisodiy qonun hisoblangan mehnat unumdorligining uzluksiz
oshib borishi Oilaviy biznes sohasida xizmat ko‘rsatish natijalarini son va sifat
jihatdan samaradorligini oshib borishi uchun zamin yaratadi. Shunday ekan,
Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteri o‘rganilganda, albatta, uning
natijasini baholash samaradorligini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.
Oilaviy biznes sohasida mehnat natijasini baholash yakuniy natijalarga
bog‘liq ravishda uning samaradorligi bilan foydalilik darajasini ifodalovchi
ko‘rsatkichlarni qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir.
Mazkur sohada mehnat natijalari mehnat faoliyatinig samaradorligi bilan
chambar-chas bog‘liq bo‘lib, uni oshirish hozirgi vaqtda eng muhim iqtisodiy
vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini
17
aniqlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlarini va
mehnat natijalarini baholash samaradorligini ta’minlash masalalarini hal etishdagi
strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Oilaviy biznes sohasida mehnat sig‘imini kamaytirish va foydalanish
darajasini oshirish yuzasidan doimiy ravishda olib boriladigan ishlar jarayoni
mehnatni samaralashtirish jarayoni deyiladi. Samaradorlashtirish mehnat
faoliyatinig u yoki bu sohasida yuqoriroq natijalarga erishish va ushbu
natijalarning birligini sarflarni qisqartirish maqsadlarida eng yaxshi yechimlarni
izlashdir.
Oilaviy biznes sohasida mehnat sarflari tarkibiga qarab, texnologik mehnat
sig‘imi va xizmat ko‘rsatish mehnat sig‘imini kamaytirish yo‘nalishlarini tadqiq
etish mehnat samaradorligini oshirish omillari va rezervlarini aniqlash
imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu esa oilaviy biznes texnologik jarayonlarini
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish borasidagi vazifalarini hal etishda
konstuksiyalar, olimlar, ixtirochilar va oilaviy biznes xizmatchilarini ijodiy
tashbbuskorligini ta’minlash va rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Alohida
e’tibor mehnatning harakteri va uning samaradorligini oshirishda yanada
mukammallashtirilgan oilaviy biznesni mashina, apparat va boshqa
texnologiyalarni yaratishga ko‘maklashuvchi, loyhalash sohasidagi nazariy
ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni qo‘llab-quvvtlashga qaratilmog‘i kerak.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mehnatnig
harakterini tubdan o‘zgartirdi. Ular o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni
kamaytirdi. Mulkchilik munosabatlarining rivojlanib borishi mehnat natijalariga
bo‘lgan qiziqishlarni tobora oshirishi uchun shart-sharoit yaratadi. Bu esa mehnat
natijalariga qarab to‘g‘ri rag‘batlantirishin taqazo etadi. Mehnat qachon to‘g‘ri
rag‘batlantirsagina unga bo‘lgan munosabat ijobiy amalga oshiriladi. Iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy barqarorlik ham mehnatning to‘g‘ri rag‘batlantirilishiga
bevosita bog‘liq.
Mehnat bunday sharoitda ijtimoiy harakterga va u oddiy mehnatdan
murakkab shakliga qarab o‘zgarish tendesiyasiga ega bo‘ladi.
Mehnatning iqtisodiy harakterga ega bo‘lishi, uning to‘g‘ri rag‘batlantirilishi
asosida kishilarning manfaatdorligi va kasbiy harakatchanligi o‘sishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida jamiyatning har bir mehnatiga layoqatli a’zosini ishlashga,
mehnat qilishga da’vat etadi.
Oilaviy biznes sohasida xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishni
ta’minlash uchun uni tashkil etishga qo‘yiladigan ayrim talablarga rioya qilish
zarur. Eng avvlo, mukofotlash ko‘rsatkichlari muayyan bo‘limdagi, korxonadagi
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish vazifalariga mos bo‘lishi hamda ushbu
jamoa yoki xodimning mehnat sohasidagi kuch – g‘ayratiga real bog‘liq bo‘lishi
18
kerak. Masalan, oilaviy biznes bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilish
ko‘rsatkichini mukofotlash tizimiga kiritgan vaqtda uni bajarilishi uchun, eng
avvalo, korxonaning rahbari, shuningdek mazkur xizmatlar bo‘yicha ma’sul shaxs
javob berishini hisobga olish kerak. Binobarin ushbu ko‘rsatkichni aynan mana shu
xodimlarni mukofotlash paytida nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.
II- BOB. OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH
HOLATI TAHLILI
2.1. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va
daromadlarning shakllanishi
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oilalar o‘z mulki, ishlab chiqarish va
oilaviy biznes vositalari hisobidan daromadlarini ko‘paytirish maqsadida faol
foydalanishga intilishi hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Biroq, oila xo‘jaligi
ixtiyoridagi mavjud mulkdan daromad olish maqsadida foydalanish hamisha ham
muvaffaqiyatli kechavermaydi.
Oilalar iqtisodiy axvoli, bandlik va oila daromadi ko‘p jihatdan umumiy
makroiqtisodiy muhitga ham bog‘lik deb o‘ylaymiz. Chunki islohotlar davomida
respublikamizdagi makroiqtisodiy vaziyatning dinamik o‘zgarib borishi,
oilalarning tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi shart-sharoitlarini ham o‘zgartirib
bormoqda.
O‘zbekistonda oila xo‘jaliklarida mavjud mulklarning umumiy qiymati
bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha taxminan 38,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil
etmoqda. Bu mulklar tarkibida oila xo‘jaliklarining shaxsiy uy-joylari salmoqli
o‘rin egallaydi. Respublikamizda deyarli barcha oilalar shaxsiy uy-joylariga ega.
Biroq, ularning oilaviy biznes va ishlab chiqarish vositalari shaklidagi mulklari
o‘ta kichik (2.1-jadval). Hozirgi iqtisodiy vaziyat asosiy e’tiborni mulkni
tadbirkorlikka invistitsiyalashga qaratishni talab etmoqda.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oila xo‘jaliklari asosan
daromad keltirmaydigan mulklar bilan ta’minlanishi yuqori bo‘lgan. Daromad
keltiradigan mulklardan biri shaxsiy tomorqa. Bu mulk turi 83,2 % aholida
19
mavjud. Yirik shohli mollar aholining 47,7 %da bor xolos. Yuk va yengil
avtomashinalar kuzatilgan oilalarning 9,0 %dagina mavjud. Ko‘rinib turibdiki,
oilalar mulkining asosiy qismini daromad keltirmaydigan mulklar tashkil etadi.
2.1-jadval
Kuzatilgan oila xo‘jaliklarining mulkiy ta’minlanganlik darajasi
Mulk turlarini ifodalovchi
Oila xo‘jaliklari
Ta’minlanganik
ko‘rsatkichlar
soni, ta
darajasi, % da
Uy – joy yoki kvartira
1095
97,6
Tomorqa uchastkasi
934
83,2
Yirik shoxli qoramol
536
47,7
Yuk va yengil avtomobillar
101
9,0
Manba: 2013 yilda Samarkand viloyati statistika Bosh boshqarmasi tomonidan
kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida tuzildi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, oila mulki tarkibida ulushi eng baland (97,6 %)
bo‘lgan uy-joy resurslaridan kam foydalanilmoqda. Buning asosiy sabablaridan
biri biznes uchun moslashmagan uy-joylardan foydalanish imkoniyatlari uncha
ko‘p emas. Shahardagi kvartiralardan faqat ijaraga berish yoki savdo nuqtalarini
ochish mumkin xolos. Oila mulkining qolgan qismidan faqat daromad olish
mumkin bo‘lgan mulk turlaridan, ya’ni transport vositalari bilan aholiga xizmat
ko‘rsatishda keng foydalanilmoqda. Shuningdek, uyda boqiladigan paranda va
chorva mollariga jalb qilingan mablag‘lar ham oilalarga pul daromadi keltiryapti.
Ma’lumotlardan (2.1-jadval) ko‘rinib turibdiki, oilalarga daromad
keltirmaydigan mulklarga eng avvalo uning kuchmas mulki (uy-joy va boshqa
inshootlar) to‘g‘ri kelmoqda. Agar u oila ehtiyojidan ortiqcha bo‘lmasa, albatta,
uni ijaraga berib bulmaydi. Faqat oila a’zolarining foydalanishi esa, oilaga
daromad keltirmaydi. Bu kabi oilaviy biznes vositalariga televizor, sovutkichlar va
boshqa maishiy texnika buyumlari kiradi. Chunki bular oila uchun daromad
manbai sifatida ishlatilmaydi.
20
2.2- jadval
2013 yilda Samarkand viloyatda oila xo‘jaliklarining uzoq muddatli oilaviy
biznes vositalari bilan ta’minlanganligi
Vositalar nomi
Oila xo‘jaligi soni
% da
Muzlatkichlar
491
43,8
kir yuvish mashinalari
240
21,4
Changyutgich
54
4,8
Radioaloqalar
52
20,7
rangli televizor
517
96,1
Magnitofon
253
22,6
videomagnitofon
109
9,7
video kamera
7
0,6
Fotoapparat
47
4,2
Velosiped
127
15,3
sputnikli antena
11
2,0
tikish mashinasi
465
41,4
shaxsiy kompyuter
822
73,2
Manba: 2013 yilda Samarkand viloyat statistika boshqarmasi tomonidan
kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Og‘zaki so‘rovlarga ko‘ra, oiladagi mulkidan daromad olishga uringan
oilalarning aksariyati o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli deb hisoblashadi. Bundan
tashqari, o‘z mulkini kapitalga aylantirishni istagan oilalarning 50 foizi buning
uchun mablag‘ga muhtoj emasligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, ko‘pgina oilalar
o‘z mulkidan haligacha to‘g‘ri foydalanishmayapti. Bu qulay makroiqtisodiy muhit
oilalarga o‘z mulklaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish imkonini bermayapti.
So‘ralgan oilalar ichida oila resurslari bazasida oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish
istagida bo‘lganlar buni amalga oshirganlarga qaraganda ikki baravar ko‘pni
tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik
qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Chunki oilalarning
ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini ma’lum
qilishadi. Bunga dalil sifatida aytish mumkinki, hozirgi sharoitda tadbirkorlik
faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan oila kamida 1,5-2,0 mln. so‘m mablag‘ jalb
kilishi kerak bo‘ladi. Jamg‘arma shaklidagi bunday mablag‘ga so‘ralgan
oilalarning 60-70 foizi ega xolos, 30-40 foiz oilalar esa umuman jamg‘armalarga
21
ega emas. Demak, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda mikrokredit
uyushmalarining rolini oshirish talab etiladi.
Ushbu me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, har bir imtiyozli kredit turlari alohida alohida maqsadlar uchun va alohida shartlar asosida ajratiladi. Xususan, oilaviy
tadbirkorlik sub’ekti imtiyozli kredit (mikrokredit) olish uchun oilaning kamida
bitta a’zosi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy
baddallarni o‘tkazib borayotgan bo‘lishi lozim.
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan kreditlar eng kam ish haqining 150
baravarigacha bo‘lgan miqdorda quyidagi:
 chorva mollari, parranda, yem va hashak, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar,
ko‘chatlar sotib olishga;
 qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun issiqxonalar qurish va
jixozlashga;
 xunarmandchilik faoliyati, xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy
san’ati buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kichik
uskunalar, asboblar, xom ashyo materiallari, yarim tayor mahsulotlar sotib olishga;
 xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholiga Oilaviy
biznes lar ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadlarga beriladi.
Oilaviy tadbirkorlikka mikrokreditlar 2 yilgacha muddatga qaytarish
muddatini uzaytirish xuquqisiz, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolat xatlari
yoki mulkini garovga qo‘yish sharti bilan berilyapti.
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan mikrokreditning 50 foizi chorva mollari,
paranda, omixta yem, urug‘lik va ko‘chat, uskuna va materiallarni jismoniy
shaxslardan sotib olish uchun naqd pulda ham berilishi mumkin. Mikrokreditning
nakd pulda berilgan qismi naqd pulda qaytarilishi lozim. Mikrokreditni
qaytarishning imtiyozli davri 6 oyni tashkil etadi.
Mikrokredit uyushmalarining qisqa muddatli tajribasining ko‘rsatishicha,
kredit uyushmasi a’zolari muayan jamg‘armaga ega bo‘lgan va uni qonuniy yo‘l
bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ishlatmoqchi bo‘lgan oilalardir. Ammo
ayrim oilalar a’zolik badalini to‘lashga mablag‘i yo‘qligi sabab kredit
uyushmalariga a’zo bo‘lmayaptilar.
Mikromoliyalashtirish rivojlanayotgan davlatlarda juda ommalashgan.
Bunda kam ta’minlangan oilalarni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash asosiy o‘rin
tutadi. Bu unsurlardan mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab turlicha
qo‘llash mumkin.
Bu
borada
rivojlangan
davlatlar
tajribasining
ko‘rsatishicha,
mikromoliyalashtirish aholining kam ta’minlangan qismiga va yakka tartibdagi
tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish instrumenti sifatida qo‘llanilgan.
22
Hozirgi kunda ham mikromoliyalashtirish ko‘p mamlakatlarda quyidagi instrument
sifatida foydalaniladi:
- kam ta’minlangan oilalarni qo‘llash;
- ommaviy moliya manbaalarga murojaat qilishga imkoniyati yo‘q bo‘lgan
mikrokorxonalarga moliya - kredit xizmatlari ko‘rsatish;
- kichik biznesni qo‘llab - quvvatlash.
Shu bilan birga, oila aktivlaridan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun
boshlang‘ich kapital sifatida foydalanishga xalaqit berayotgan asosiy sabablardan
biri, mamlakatda bozor munosabatlari va institutlarining yetarlicha
rivojlanmaganligidir. Bu ayniqsa quyidagilarda ko‘proq namoyon bo‘ladi:
Ko‘chmas mulk bozori, shu jumladan, uy-joy bozori (qishloqda)
rivojlanmaganligidir. Bu bo‘yicha tuzilgan bitimlarning soni kamligi va ko‘chmas
mulk bahosining pastligi bilan harakterlanadi. Qishloqda uy - joyning bozor garov
qiymati shaharga nisbatan pastligi undan garov sifatida foydalanish imkoniyatini
cheklaydi. Shuningdek, xizmatlar bozorining rivojlanishida ham tafovutlar
uchraydi. Bunda savdo, naqd pul almashinuvi, keng tarqalgan ruxsatnoma va
litsenziyalar tizimi tufayli bu biznesga kirish yo‘lida katta to‘siqlar mavjud. Tijorat
banklari uchun mikrokreditlarga oilaviy biznes qiymati yuqoriligi, bundan
kreditlarni banklarga taluqli bo‘lmagan moliya institutlari tomonidan berish
tizimining rivojlanmaganligi, boshlovchi tadbirkorlar tomonidan ularni
qaytarmaslik xavfi balandligi tufayli kapital, ayniqsa mikrokreditlash soxasida
bozori kuchli emas. Bundan tashqari, qonunlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining
ko‘plab aktivlarini va mulkga doir xuquqlarining yetarli darajada himoyasini va
kafolatini ta’minlamaydi, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatiga ma’muriy aralashuvi
esa uni bu faoliyatni butunlay to‘xtatish va bor-yo‘g‘idan ajratish xavfini oshiradi.
Bizning fikrimizcha, oila - moliya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga
oshirish zarur:
 oila xo‘jaliklarining resurslarini ularning o‘z tadbirkorlik faoliyatlariga
jalb etishni kuchaytirishga yunaltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga kredit
tizimini rivojlantirish;
 oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratish
maqsadida tadbirkorlik va mulkchilik xuquqlariga oid to‘plamlar yaratish hamda,
garovga qo‘yilgan mulk yoki oila aktivlarini sotib olish xuquqiga qattiy amal
qilishni ta’minlash;
 yosh oilalarning kreditlar olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga
ko‘maklashish zarur. Bu esa oilaning mulkiy ta’minlanganlik darajasini oshirishga
xizmat qiladi.
23
Bunday chora-tadbirlarning amalda qo‘llanilishi, oilada tadbirkorlik
faoliyatidan olingan daromadlar ulushini oshirish, turmush darajasi va ijtimoiy
maqomini o‘zgartirish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Hozirgi davrning yana bir muhim belgisi – bu tadbirkorlik daromadining
oila yalpi daromadidagi hissasining uzluksiz oshib borishidir. “Aholining
daromadlari oshibgina qolmay ularning manbalari ham o‘zgarmoqda. Barcha
daromadlarning qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushmoqda”18.
Kelajakda har bir oila ehtiyojining kamida 50 foizini aynan shu faoliyat hisobiga
qoplanishiga erishish lozim bo‘ladi. Bu bizning bosh g‘oyamizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining
majlisida (2012 yil 7 fevral) so‘zlagan nutqida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
asosan 3 muhim vazifani bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi alohida qayd
qilindi.
Birinchidan, yaqin 5-10 yilda ularning mamlakat YAIM dagi ulushi 55-60 %
ga ko‘tarilishi lozim;
Ikkinchidan, ular aholi daromadlarining asosiy manbaiga aylanishlari kerak;
Uchinchidan, ular kichik va o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishi,
mamlakatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy kuch
ekanligini esdan chiqarish kerak emas.
Bizga ma’lumki, oilaviy va kichik tadbirkorlik faoliyatini yuritish aholi
bandligi va daromadlarini oshirishda muxim o‘rin tutmoqda. Ular hisobidan
mamlakatda 2013 yilda qo‘shimcha 1 mln.ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilib,
ularning qariyb uchdan ikki qismi qishloq joylarida ochildi. Yangi ish o‘rinlarining
65 foizga yaqini kichik biznes va oilaviy biznes tarmoqlari, 20 foizdan ortig‘i esa
kasanachilik sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.19 Ushbu yaratilgan yangi ish o‘rinlari
eng avvalo oilalar daromadini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda oila daromadlari tarkibida kichik biznes, oilaviy biznes va
kasanachilik hisobidan qilingan daromadlar hissasi ham mos ravishda oshib
bormoqda.
Agar, respublikamiz oilalarining tadbirkorlik va turli xil xizmatlar ko‘rsatish
hisobidan olgan daromadlariga e’tibor bersak u quyidagicha ekanligini ko‘rishimiz
mumkin.
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq
daromadlar oila daromadlari tarkibida yildan-yilga ko‘proq ulushga ega
bo‘lmoqda. Umum hisobda, bu manbalardan olinayotgan daromad ish haqidan
I.A.Karimov. Barqaror taraqiyotga erishish – ustuvor vazifa. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2012 yil 26 fevral
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh
maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2008 yil 9 fevral.
18
19
24
ko‘proq, bu esa bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi bilan izoxlanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlikdan tushgan daromadlarning
salmog‘ini oshirishga imkon beradi va o‘z navbatida, ijtimoiy to‘lovlarning
ulushini bir muncha pasayishiga olib keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
1996 yili tadbirkorlik daromadining oila daromadidagi ulushi 12,8 foiz bo‘lgan
bo‘lsa, 2012 yilda tadbirkorlik daromadi (mulk, oilaviy biznes va qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini sotish hisobiga olingan daromadlar qo‘shib hisoblaganda) 55,1
foizni tashkil etgan.
Daromadlar manbai xilma-xil bo‘lgan bozor munosabatlari sharoitida
oilaning jami daromadida ish haqining ham hissasi bor. Sotsiologik tadqiqot
natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda 2012 yilning oxirida o‘rtacha real oylik ish haqi
185 ming so‘mni yoki salkam 150 AQSH20 dollarini, 2013 yilda esa 210 AQSH21
dollari ekvivalentini tashkil etgan. Bu daromad turi ham kelajakda yanada o‘sishi
kutilmoqda. Bu borada, mamlakatimiz hukumati tomonidan 2013 yilga borib 2,5
barobarga oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Ish haqi miqdorining o‘sishi iste’mol tovarlari, ichki bozorlarning tovar va
xizmatlar bilan to‘ldirilishi va eng muhimi, inflyatsiya darajasi bilan uzviy
bog‘liqdir. Aksincha, narx – navoning ko‘tarilishi ish haqining har qanday
ko‘tarilishini yo‘qqa chiqaradi. Ish haqi hissasining pasayishining ikki jihati bor
bo‘lib, birinchidan, oila byudjetini boshqa daromadlar bilan to‘ldirishga va oilada
boqimandalik ruxi bilan yashayotgan ishchilarning bir qismini tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishga undasa, ikkinchidan esa, iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
yollangan ishchilarning yuqori samara bilan ishlashini rag‘batlantirmaydi. Bundan
tashqari, yuqori soliqqa tortishning mavjudligi tufayli xususiy tarmoqda aslida
to‘lanayotgan ish haqi ancha qismining yashirilishiga olib keladi.
Oila daromadlari tarkibida salmoqli o‘rin tutadigan manbalardan yana biri
bu tomorqa xo‘jaligidir. Tomorqa, bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa qishloq
oilasining muhim daromad manbai hisoblanadi va shu bilan oziq–ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu daromad turli oilalarda
har xil bo‘lishi turgan gap, chunki ular tomorqa bilan har xil darajada
shug‘ullanishadi. Shu maqsadda 2012 yilda o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra,
oila xo‘jaliklarining 83,8 foizi tomorqa yerlariga ega bo‘lib, o‘rtacha har bir oilaga
15,9 sothdan yer to‘g‘ri keladi. Ushbu tomorqa yeriga ega bo‘lgan oilalarning 6,7
foizida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilmaydi, 52,4 foizida natural istemol
ya’ni, o‘z ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirilsa, 40,2 foizi sotish maqsadlarida
Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon
turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir. / ”O‘zbekiston Ovozi”, 2010 yil 13 fevral, 2-B.
21
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh
maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2011 yil 9 fevral.
20
25
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiradi va 0,7 foizi boshqa maqsadlarda
tomorqa yeridan foydalanishmoqda. Shu davr oralig‘ida tomorqadan kelgan pul
daromadlari ulushi 33,2 % yoki 26710 so‘mni tashkil etadi. Oila xo‘jaliklarining
51,8 foizida yirik shohli qoramollar boqiladi. Umuman olganda aholining hamma
qatlamlari uchun tomorqaning ahamiyati katta va bu asosda dehqon
xo‘jaliklarining vujudga kelishi tomorqadan olinadigan daromadning yildan yilga
oshishiga, olib kelishiga izlanishlar davomida guvohi bo‘ldik.
Xizmat sohasi bilan shug‘ullanadigan oilalarda daromadlarining tashkil
topish manbaalarini tahlil qilish maqsadida Samarqand viloyatining turli
hududlaridan 135 ta xizmat ko‘rsatuvchi oilaning tanlanma kuzatuvi olib borildi.
Bular quyidagi xizmat sohalari bo‘yicha olib borildi: savdo xizmatlari (chakana
savdo, milliy oshxona va restoranlar); milliy hunarmandchilik va ta’mirlash
ustaxonalari; kompyuter va axborot texnologiyalari xizmatlari (internet kafe,
kichik bosmaxona va uyali aloqaga ulanish kabi xizmat turlari); transport
xizmatlari (yuk tashish va aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish); sartaroshxona
va go‘zallik salonlari (kelinlik liboslari va to‘y uskunalarini ijaraga berish va b.).
2.1-rasm. Xizmat sohalarida band bo‘lgan oilalar daromadining tarkibi, (foiz
hisobida)
Ushbu rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xizmat sohasida band
bo‘lgan oila xo‘jaliklarining pul daromadida 11,8 foizini mehnat haqi olish bilan
olinadgan daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda. Oila xo‘jaligining ijtimoiy to‘lovlar
hisobiga olgan daromadlari 3,9 foizga to‘g‘ri keladi. Oila xo‘jaligi daromadlarining
ancha qismini tadbirkorlik va turli xil xizmatlar hisobiga olgan daromadlari tashkil
26
etadi. Umuman oila xo‘jaligi daromadining 84,3 foizi shu yo‘l bilan olingan
daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, oilarning moddiy jihatdan
farovonligi ko‘p jihatdan tadbirkorlik va xizmatlar ko‘rsatish hisobiga olinadigan
daromadlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan uning ulushi yildan-yilga
o‘sib borishi lozim.
Oila xo‘jaligi harajatlarining tahlili ham bozor munosabatlari sharoitida
muhim ahamiyatga ega. Harajatlar ham daromadlar singari turlicha bo‘lib, ulardan
eng salmoqlisi oilaning iste’mol harajatlaridir. Bu harajatlar tarkibi yildan yilga
o‘zgarib bormoqda.
2.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni rag‘batlantirish
mexanizmini takomillashtirish yo‘llari
Mehnat unimdorligining rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda oilaviy
biznes sub’ektlari uch asosiy komponentlarga (omillarga) tayanishi lozim:
rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarida mehnatni rag‘batlantirish tajribasi;
respublikamizda mehnatni rag‘batlantirishning muayyan darajada shakllangan
tizimi; yollanma xodimning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va
ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari
hamda
mamlakatimizda
uning
transformatsiyalashuvining xususiyatlari va istiqbollarini belgilovchi ijtimoiymehnat munosabatlari rivojlanishining tahlili.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari quyidagi omillar
ta’sirida shakllanadi: ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, ish bilan
bandlik kafolatining mavjud emasligi, mehnat bozori shakllanishi va mehnat
faoliyatini yangicha ijtimoiy baholash va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimidagi deformatsiyalashuv jarayoni o‘ziga xos
xususiyatga egaligi ob’ektiv holatdir.
Barcha sub’ektlar singari oilaviy biznes sub’ektlarining mehnat jamoalarida
ijtimoiy tenglik tamoyili to‘liq cheklanadi. Mazkur tamoyil o‘rniga “teng mehnatga
teng haq to‘lash” tamoyiliga asoslangan maqbul munosabat amal qiladi. Bu
munosabatning maqbulligi ish beruvchi va yollanma ishchining roziligi bilan
belgilanadi va ko‘pincha boshqa tomonning roziligi asosida tomonlardan birining
tashabbuskorigi bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Ushbu munosabatlar ish haqi va
moddiy rag‘batlantirish tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Davlat bu munosabatlarni
qonuniy asosda minimal ish haqi miqdori orqali tartibga solib turadi. Yollanma
xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini ijtmoiy himoya qilish tamoyillari
qonunlar majmuasida aks etadi, ya’ni mehnat munosabatlari kontraktlar va mehnat
shartnomalari asosida tartibga solinadi, lekin uning bo‘limlari mazkur tamoyilning
27
talablarini aks ettirmaydi. Ijtimoiy himoyalash tamoyillari jamoa shartnomalari va
kasaba uyushmalari faoliyati orqali ta’minlanadi.
3.1-jadval
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida samarali mehnatni shakllanishining
asosiy omillari
Omillar
Davlat siyosati
Iqtisodiy
munosabatlar
Makroiqtisodiy
omillar
Iqtimoiy
munosabatlar
Huquqiy
munosabatlar
Ishlab chiqarish
munosabatlari
Mikroiqtisodiy
omillar
Moliyaviy
munosabatlar
Tashkiliy
munosabatlar
Psixologik
munosabatlar
Ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga oshirish
Ishlab chiqarish doirasidagi siyosat, mehnat resurslarini
tayyorlash, taqsimlash, mehnat kooperatsiyasi, mehnat
integratsiyasi, ishchi kuchini ichki va tashqi mehnat
bozorida manfaatlarini himoya qilish
Mulkning turli shakllari va unga xos iqtisodiy
munosabatlarni shakllanishi, mehnat bozorini shakllanishi,
iqtisodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish
Ijtimoiy munosabatlarning yangi shakllarini joriy etish,
ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, ijtimoiy
kafolat, yashash darajasi, uning sifatini va mehnat
faoliyatining darajasini ko‘tarish maqsadida ijtimoiy
ta’minot
Qonunlar va farmonlar hamda boshqa huquqiy-me’yoriy
hujjatlar (ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga
oshirishni ta’minlovchi)
Standartlar, mehnat jarayonidagi munosabatlar reglamenti,
huquq va ma’suliyat normalari, texnologik jarayonlarning
samarali shakllari
Ish haqi, soliqqa tortish, imtiyozlar, firma foydasida
ishtirok etish
Mehnat jamoalari va ularni boshqarish tizimining tashkiliytarkibiy shakllari (mehnat jamoalari va xodimlarni
ijtimoiylashtirish sharoitlarini ta’minlovchi)
Mehnatga ijtimoiy munosabatlarni
tabaqalashtirish
sharoitida va “hamkorlik”ning turli shakllarini amalga
oshirishda psixologik muvofiqlik andozalari
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yangicha
mehnat munosabatlarining amal qilishi samarali mehnatning ahamiyatli sabablarini
shakllanishining tashqi (makroiqtisodiy) va ichki (mikroiqtisodiy) omillarini
aniqlashni zarurat etadi (3.1-jadval).
Yollanma xodimlarni oilaviy biznes sub’ektlarini boshqarishdagi hamkorligi
turli tashkiliy shakllarda ta’minlanishi mumkin. Konkret shakllaridan qat’iy nazar,
ularning maqsadi bitta – manfaatdorlik tuyg‘usini amalga oshirish orqali hamkor
tomonlarning bir-biriga ishonchini amalga oshirish va mazkur omil orqali mehnat
unimdorligini oshirish hisoblanadi.
28
Moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha to‘lovlar hajmi jonli mehnat samaradorligi
bilan belgilab beriladi, qaysiki yollanma xodimni sidqidildan mehnat qilishga, ish
beruvchini esa bajaruvchi xodim imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish uchun zarur
imkoniyat yaratishga undaydi. Bundagi qo‘shimcha harajatlar esa tezda o‘zini
qoplaydi va mulk egasi daromadining oshishi ijtimoiy hamkorlikni
mustahkamlashning asosi hisoblanadi.
Respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida yangicha ijtimoiy
mehnat munosabatlarining shakllanishi mehnat sharoitlari sifatiga talabni oshiradi
va moddiy talablar birinchi o‘ringa chiqadi. Bir vaqtning o‘zida yollanma xodim
uchun, ayniqsa, yoshi katta guruhlarda avvalgi mehnat faoliyatlari uchun
rag‘batlantirishga talab oshadi.
Hozirgi sharoitda mehnat faoliyatining asosiy motivatsion jarayonlarini
hisobga olgan holda, mehnatni rag‘batlantirishning samarali tizimini ishlab chiqish
uchun turli toifalarning talablarini tahlil etish asosida yollanma xodimning
mehnatga munosabat modelini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatmoqdaki, olimlar tomonidan amalda tadbiq etilgan mehnatga
munosabat motivatsion nazariyasi turli grafik modellardan iborat bo‘lib, unda
kuzatilayotgan omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va yo‘nalishni aniqlash
imkonini ta’minlagan.
Bizning fikrimizcha, oilaviy biznes sub’ektlarida mehnat jamoasi
motivatsiyasi bo‘yicha kompleks yondashuv va teran asoslangan tavsiyalar ishlab
chiqish uchun bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida mehnat faoliyati
motivatsiyasi sohasida davlatning ijtimoiy siyosat postulatlarini kiritish zarur.
Tegishli normativ-huquqiy manbalarga murojaat etish quyidagi o‘zaro
muvofiqlashgan xulosaga kelish imkonini beradi:
1. Hozirgi paytda real uzoq muddatli moliyalashtirilgan eng muhim
ehtiyojlar bilan aniqlanadigan yashash darajasi va sifatining o‘sishini belgilovchi
davlat dasturi mavjud emas;
2. Motivatsiya yashash darajasi va sifatining natijasi sifatida xo‘jalik
sub’ektlari funksiyasi hisoblanadi (bizning tadqiqotimizda oilaviy biznes
sub’ektlari misolida);
3. Davlat tomonidan samarali mehnatni shakllantirish bo‘yicha choratadbirlar va ko‘rsatmalarning amalga oshirilmasligi korxonalarda ijtimoiy-mehnat
munosabatlari jarayonida nafaqat yollanma ishchilarning motivatsiya darajasining
va mehnat natijalaridan manfaatdorligini pasayishiga, balki mehnatni
rag‘batlantirish vositalari, usullaridan foydalanishda primitiv (murakkab jarayonni
oddiy deb qarash) salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi.
Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni rag‘batlantirishning samarali tizimini
yaratish uchun turli darajadagi ehtiyojlarni tahlil qilish asosida yollanma ishchining
29
mehnat sohasidagi xulq-atvorining maqsadga muvofiq modelini ishlab chiqish
zarur.
Ilmiy tadqiqotlarda, mehnat xulq-atvori motivatsiyasi nazariyasining
shakllanishida turlicha chizma shakldagi modellardan foydalanilgan bo‘lib, bu
modellar tadqiq etilayotgan omillar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni va ularning
yo‘naltirilganligini aniqlash imkonini bergan. Turli nazariyalarning umumiy
xususiyatlari shundan iboratki, ularda biror bir iqtisodiy matematik model ishlab
chiqilmagan.
U quyidagilar bilan izohlanadi:
– boshqarish jihatidan tadqiqot ob’ektini uning elementlari o‘rtasidagi
aloqalarni tarkib va tavsif no‘qtai nazaridan yetarlicha tasavvur etish zarurdir;
– biz tadqiq etayotgan ob’ektning iqtisodiy matematik modelini, amaliy
jihatdan uning parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning yo‘qligi va
o‘zgaruvchanligi hamda ob’ekt sifat tarkibi shakllanishining murakkabligidir.
Shuning uchun, biz tadqiqotimizda boshqaruv qarorlarini asoslash va
muammoning mohiyatini tushunish uchun boshqaruv jihatidan grafik model qurish
bilan chegaralanamiz.
Motivatsiya nazariyasi sohasida g‘arb ilmiy fikrlari va Rossiya
(L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.F.Lomov) hamda vatanimiz olimlari
(Q.H.Abdurahmonov,
Sh.N.Zaynuddinov)
yetakchilikka
erishishdi.
L.S.Vigotskiy22 maktabining motivatsiya bo‘yicha tadqiqotlari shunga
asoslanadiki, inson psixikasida yuqori va past ehtiyojlarning parallel rivojlanishi
bilan belgilangan ikkita rivojlanish darajasi amal qiladi. L.S.Vigotskiyning
“Emotsiya haqida ta’limot” asarida motivatsiya holati nazariyasi uchun past va
yuqori ehtiyojlar ikki yo‘nalish bo‘yicha parallel va mustaqil rivojlanishi insonning
xulq-atvori va uning faoliyatini boshqaradi. Muvofiq ravishda mazkur
ehtiyojlarning qondirilishi ham parallel, shuning uchun bitta darajadagi
ehtiyojlarning boshqa mablag‘ hisobiga qondirilishi mumkin emas. Inson mehnat
faoliyati uchun bu ijodiy faoliyat va moddiy rag‘batlantirish orqali ehtiyojlarning
bir vaqtda qondirilishi ikki yoqlama harakter kasb etadi. Bir vaqtning o‘zida bizga
ma’lumki, muhim va samarali g‘oyalar L.Porter va E.Louler tomonidan ishlab
chiqilgan motivatsiyaning kompleks protsessual nazariyasida keltirilgan. PorterLouler modeliga muvofiq mehnat natijalari ishchi kuchini ishlatishi, uning
qobiliyati hamda o‘zining rolini anglashiga bog‘liqdir. Xodim mehnatidan
foydalanish darajasi, ishchi uchun rag‘batlantirish va uning ishonchlilik darajasini
ahamiyatliligini aniqlaydi, shu bilan birga mazkur daraja haqiqatdan ham to‘liq
ravishda konkret rag‘batlantirish darajasini yuzaga keltiradi. Mehnat natijadorligini
talab etilgan darajasiga erishish ishni bajarshdan qoniqish hissi, omilkorlik va o‘z22
Vigotskiy L.S. Sobraniye sochineniye: v 6 t. –M.: 1982-1984.
30
o‘zini hurmat qilish bilan bog‘liq ichki rag‘batlantirishni, shuningdek rahbarning
maqtoviga sazovor bo‘lish, moddiy rag‘batlantirish, xizmatga sodiqlik bilan
bog‘liq tashqi rag‘batlantirishni namoyon etadi.
Xususan, Porter va Louyerning muhim xulosalaridan biri shundaki, natijador
mehnat qoniqishga olib keladi. Shu paytgacha ko‘pchilik menejerlar buni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi holat deb o‘ylaydilar. Ular ilgarigi inson
munosabatlari nazariyasi ta’siri ostida bo‘ladilar, qaysiki qoniqish mehnat
jarayonida yuqori natijalarga erishishga olib keladi yoki boshqacha aytganda,
ko‘proq manfaatdor ishchilar ancha yaxshi mehnat qiladilar. Porter va Louyerlar
o‘z qarashlarida bunga qarshi, yaxshi bajarilgan ish hissi qoniqishga olib keladi,
natijadorlikni oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu L.S.Vigotskiyning bir
vaqtning o‘zida ijodiy faoliyat va mehnatni rag‘batlantirish orqali ehtiyojlarni
qondirishning ikki yoqlama harakteri haqida xulosalariga mos keladi.
Porter va Louyer nazariyasining ikkinchi muhim jihati ishchini qoniqish
darajasida
rag‘batlantirishning
haqqoniylik
hissi,
shuningdek
uning
rag‘batlantirilishi hisoblanadi. Bundan shuki, samarali mehnatni rag‘batlantirishda
nafaqat rag‘batlantirish tizimi, balki undan foydalanishni tashkil etish hamda
korxonalarning tashkiliy muhiti muhim rol o‘ynaydi.
Biz tomonimizdan taklif etilayotgan modelga muvofiq, respublikamizda
bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida ehtiyojlar asosida mehnatni xulqatvorini rag‘batlantirish modeli quyidagi asosiy jihatlarga asoslanadi:
1. Ishchining mehnat faoliyati motivatsiyasi uning turli vosita va
mehanizmlardan foydalanish bilan parallel rivojlanayotgan va qondirilayotgan
yuqori va boshlang‘ich ehtiyojlari orqali aniqlanadi;
2. Yuqori ehtiyoj ta’lim va tarbiya ta’siri ostida shahsni ijtimoiylashtirish
jarayonida shakllanadi, ular boshlang‘ich ehtiyojlarning davom etishi va
rivojlanishi bo‘lib hisoblanmaydi, ammo inson rivojlanishining sifat o‘zgarishlarini
aniqlaydi. Yuqori ehtiyojlar faoliyat shakliga qarab, yechim qabul qilishda shaxsiy
javobgarlik va murakkab ishlab chiqarish vazifalari bilan bog‘liq ijodiy mehnat
faoliyatida yuqori psixologik funksiyalar orqali qondiriladi;
3. Mehnatning natijadorligi ishchi kuchi sarfiga bog‘liq ravishda haqqoniy
rag‘batlantirishni baholash, “teng mehnatga teng haq” tamoyili orqali aniqlanadi;
4. Mehnatning natijadorligi ishchini o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini
anglash(ichki mukofatlash)da yuqori ehtiyojlarning qondirilishiga olib keladi.
Tashqi mukofatlash (moddiy va nomoddiy) boshlang‘ich sifatida qisman yuqori
ehtiyojlarni (masalan, o‘zini anglashga ehtiyojlar);
5. Mamlakatimizda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda bir vaqtning o‘zida
asosiy yollanma ishchilar massasi hayot darajasi va sifatining pasayishi tashqi,
asosan moddiy rag‘batlantirishning o‘sishiga, buning aksi ularoq ichki
31
rag‘batlantirish rolining pasayishiga, ya’ni yuqori darajadagi motivatsiyaga
asoslangan natijador mehnatni rag‘batlantirish ahamiyati pasayishiga olib keladi.
Hozirgi kunda respublikamizda oilaviy biznes sub’ektlarining ishchixodimlarlarini moddiy rag‘batlantirish amaliyotlarining tahlili mehnatga haq
to‘lash va rag‘batlantirish tizmini belgilab olishga imkon beradi:
1. Korxonalarda mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi qo‘yidagi
maqsadlarga erishishga qaratilishi lozim:
- ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun moddiy sharoitlarni yaratish
(mehnatga haq to‘lashning takror ishlab chiqarish funksiyasi);
- samarali mehnatni rag‘batlantirish (rag‘batlantiruvchi funksiya);
- korxonada samarali ish olib boruvchi ishchi-xodimlarni saqlash
(barqarorlashtirish funksiyasi).
Bugungi kunda ishchi va xizmatchilarning real ish haqi darajasi yashash
minimumi darajasiga muvofiq o‘rnatilishi zarur. Ishchi kuchi bahosining ish haqi
miqdoriga nisbatan kamayishi real ish haqi darajasining pasayishiga olib keladi.
Buning natijasi ularoq korxonada mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishni
pasayishiga olib keladi. Eng kam ish haqi miqdori fiziologik yashash minimumi
darajasidan kam bo‘lmasligi kerak. Shu sababli mehnatni rag‘batlantirish tizimini
shakllantirishda minimal ish haqini yashash minimumidan yuqori qilib belgilash
lozim. Aks holda hech qaysi rag‘batlantirish usullar mehnatga haq to‘lashning
rag‘batlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi funksiyalarini tiklamaydi.
3. Mehnatga haq to‘lash tizimini shakllantirishning asosi bo‘lib, korxona
tarif tizimi bo‘lishi kerak. Tarif setkasi diapazonini belgilashda korxonaning
iqtisodiy holati, mehnatning og‘irligi, korxonadagi va uning atrofidagi ijtimoiypsixologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillari hisobga olinishi lozim. Korxonada mehnat
haqi darajalari o‘rtasidagi farqni kamaytirishni boshqaruv personalining ish haqini
kamaytirish, ishchilarni oyligini saqlab turish lozim.
4. Yollanma ishchining moddiy rag‘batlantirish tuzilmasi ishchi kuchini
takror hosil bo‘lishini ta’minlovchi o‘zgarmas qismga, korxona faoliyatining,
uning bo‘limlari, aniq bir ishchi, faoliyati natijalariga bog‘liq bo‘ladigan
o‘zgaruvchan qismdan iborat bo‘lishi lozim. Har xil bo‘limlarda, bir xil faoliyat
olib boruvchi, bir xil og‘irlikdagi mehnat qiluvchi ishchilarning mehnat haqi
ularning malakalaridan kelib chiqqan holda teng bo‘lishi lozim. Bir kategoriyadagi
ishchilarning mehnat haqi keskin farq qilishi mumkin, shu o‘rinda ta’kidlash
lozimki, korxonada ishchilarning bilimi, malakasi farqlanishi uchun bir necha
asosiy stavkalar belgilanishi lozim.
Ish haqining o‘zgaruvchan qismi korxona faoliyatining umumiy natijalari va
har bir ishchining samaradorligini oshirish omilari va ishchining qo‘shgan
hissasidan kelib chiqib aniqlanadi. AQShda qo‘llanuluvchi Linkoln rag‘batlantirish
32
tizimi barcha ishchilarni qamrab olib, rag‘batlantirish miqdori korxona umumiy
daromadidan ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qismi va aniq
belgilangan dividentlar normasi (6% sof foydadan) ayirib tashlanib aniqlanadi,
ya’ni ish faoliyatining umumiy natijasiga bog‘liq bo‘lib, individual qo‘shgan hissa
ballarda belgilanib hisobga olinadi. Skeleton tizimi bo‘yicha mukofotlar o‘tgan
oyda erishilgan yutuqlardan kelib chiqib belgilanadi. Boshqaruvchilar ishchi
kuchiga harajatlar normasini oldindan belgilab olishadi. Samarali faoliyat va ish
haqi fondidan zahiralar ortib qolishi natijasida mukofotlar fondi tashkil topadi, bu
fondning 1:4 qismi kelajakdagi ish haqi fondida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan
taqchilliklarni qoplash uchun rezerv qilinadi, qolgan qismi esa boshqaruv bo‘limi
va ishchilar o‘rtasida 1:3 qismi qo‘shgan hissasi va asosiy ish haqiga binoan
hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan misollar oilaviy biznes sub’ektlarining umumiy faoliyatiga
ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo
bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va
mehnatga haq to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish
funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona
aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning
daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim
ahamiyatga ega.
Ijtimoiy dasturlarga ko‘ra o‘z ishchi-xodimlariga taqdim etiladigan ijtimoiy
imtiyozlar ham barqarorlashtiruvchi funksiyani bajaradi. Shuni ta’kidlash lozimki,
ushbu imtiyozlar faqatgina bajariladigan mehnatning hajmiga bog‘liqdir va ular
takror ishlab chiqaruvchi funksiyani bajaradi. Asosiy ish haqiga qo‘shimcha
sifatida imtiyozlar katta ahamiyatga ega. Ijimoiy imtiyozlar bir darajadagi barcha
ishchilarga bir xil belgilanadi. G‘arb davlatlarida egiluvchan imtiyozlar tizimi amal
qiladi, ishchilar o‘zlari belgilangan miqdorda imtiyozlarni tanlashi mumkin.
Umuman olganda egiluvchan ijtimoiy to‘lovlar dasturi ishchilarning korxona
faoliyatiga ko‘proq jalb etadi.
33
XULOSA
Kurs ishda quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1. “Oila”, «oilaviy tadbirkorlik” kategoriyalari bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
mustaqil tushunchalardir. Bunda oila faqat iste’molchi sifatida bir guruh uyushgan
kishilardan tarkib topgan ijtimoiy sub’ekt bo‘lsa, oilaviy tadbirkorlik iqtisodiy
jarayon bo‘lib, faqatgina oila negizida shakllanadi va rivojlanadi;
2. Oilaviy tadbirkorlik ham o‘ziga xos tadbirkorlik bo‘lib, oila mulkiga,
ishlab chiqarish vositalariga, oila a’zolarining mehnatiga va tadbirkorlik faoliyati
natijasida oladigan daromadiga egalik qilish huquqiga ega. Tadqiqotlar
ko‘rsatmoqdaki, kelajakda xo‘jalik yuritishning oilaviy tadbirkorlik shakli
iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ektiga aylanadi. Shunday ekan hozirgi
iqtisodiy muxit «Oilaviy tadbirkorlik faoliyati va uni qo‘llab–quvvatlash
to‘g‘risida» gi qonunni qabul qilishni taqozo etmoqda.
3. Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteriga ko‘ra, mehnat jarayonida
qo‘l mehnatini kamaytirish uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi
bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy
mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko‘proq qismini
qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o‘sib
borgan sari jonli mehnatning o‘sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va
xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi.
4. Oilaviy tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng
asosiysi moliyaviy omildir. so‘ralgan oilalarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli
moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O‘z biznesini boshlamoqchi
bo‘lgan oila uchun 1000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. Demak,
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish
talab etiladi.
5. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada
mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi
va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko‘maklashish
markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish
o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni
ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur.
6. Xizmat sohasi bilan band bo‘lgan oilalar daromadi tarkibida tadbirkorlik
daromadlari salmoqli o‘rin egalaydi. Kuzatilgan oilalarda pul daromadlarining jon
boshiga o‘rtacha taqsimlanishi eng kam daromadli sartaroshxona xizmatlari bilan
shug‘ullanuvchi va eng ko‘p daromadli savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari
bilan shug‘ullanuvchi oilalar daromadi o‘rtasidagi farq 2,2 martani tashkil
etmoqda. Ushbu tahlilda yana bitta muhim qonuniyat kuzatildi. Oila
daromadlarining ortib borishi bilan ulardagi aholining o‘rtacha soni kamayib
34
bormoqda. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oila xo‘jaligi a’zolari soni
qancha kamayib borsa, ularning o‘rtacha daromadlari shuncha ko‘p ekanligi
kuzatiladi. Shuningdek, pul daromadlarining tabaqalanishi qishloq bilan shahar
o‘rtasida nisbatan farq qiladi. Qishloq joyida aholining bir oilaga to‘g‘ri keladigan
soni 6,2 kishini tashkil qilsa, shaharda ushbu ko‘rsatkich 3,4 kishini tashkil qiladi.
7. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘sqinlik qilayotgan
omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Demak, oila daromadlarini
ko‘paytirishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun mikromoliyaviy institutlarning rolini ham oshirish talab
etiladi.
8. Oilaviy biznes sohasining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy
rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi
daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash
tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga
misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish
mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli
qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega.
9. Oilaviy biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish
muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini oilaviy biznes
sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga
keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining o‘sishi, oilaviy
biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning
modernizatsiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga
yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
1.1. O’zbekston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010
1.2. O’zbekston Respublikasining Mehnat kodeksi. – T.: “Iqtisodiyot huquq
dunyosi”, 2010.
1.3. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash
to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahrir). –T.: Adolat, 1998.
2. O’zbekston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari
2.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Barkamol avlod yili”
Davlat dasturi to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami,
2010 y., 5-son.
2.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2009 yildagi 1045-sonli
“Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Qarori.
“Xalq so’zi” gazetasi, 2009 yil 23 yanvar.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
3.1. I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: “O’zbekiston”, 2009.
3.2. I.A.Karimov. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.:
O’zbekiston, 2009.
3.3. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch.– T.: “Ma’naviyat”,
2008.
3.4. I.A.Karimov. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish
va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir. – T.: “O’zbekiston”,
2005.
4.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015-yilga mo‘ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi gazetasi, 2015 yil 19 yanvar, №13.
4. Darslik, o’quv qo’llanmalar va maqolalar to’plami
4.1. Abdurahmonov Q.X., Mehnat iqtisodiyoti. -T.: “Mehnat” – 2009. -511.
4.2. Abdurahmonov Q.X., V.Imomov. O‘zbekistonda mehnat potensialidan
samarali foydalanish va uni boshqarish –T.: “Akademiya”, 2008.
4.3. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. Darslik. –T.:
“Fan va texnologiya”, 2012.
4.4. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.:
Iqtisodiyot, 2012.
36
4.5. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. –
T.: “Iqtisodiyot”, 2013.
6. Internet saytlari
5.1. htpp: //www.prezident.uz – O’Zbekiston Respublikasi Prezidentining vebsayti.
5.2. htpp: //www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi vebsayti.
5.3. htpp: //www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” jurnalining vebsayti.
37
Download