Загрузил nashrixru

bmi

реклама
II BOB BADIIY MATNDA FRAZEOLOGIK VA IDIOMATIK
BIRLIKLARNING QO’LLANILISHI (SAID AHMAD ASARLARI
TALQINIDA)
2.1 Said Ahmad asarlarida uchraydigan frazeologik va idiomatik birliklarning
komponent tahlili.
XX asrda tilshunoslik sohasida adabiy va badiiy matn tahlilini amalga oshirishda
yangicha metodlar kirib keldi. Hozirgi tilshunoslikning metodologik izlanish yo’llari
turlicha bolib, shartli ravishda ikkita katta guruhga bo’lib olamiz.
- Umumiy metodlar;
- Maxsus struktural metodlar kabi
Demak, umumiy metodlar tarkibiga distributiv tahlil metodi, transformatsiya tahlil
metodi, bevosita tarkiblovchi metod turlarini kiritsak, maxsus sturktural metodlarga
komponent tahlil metodi, lingvostatistik tahlil metodlarini kiritamiz. Ushbu metodlar
to’g’risida tilshunos olim O.N.Shomatov atroflicha tushuncha berib o’tgan.
Lingvostatistik metodning dolzarbligi quyidagilardan kelib chiqadi:
a) Til tizimi diskret birliklar majmuasi bo’lgan holda miqdoriy xarakterga ega.
b) Yuqoridagi xarakter bir sathdagi birliklarning boshqa sathdagi birliklardan
farqlovchi sifatli o’ziga xoslikni ta’minlaydi.
c) Ehtimolli tabiatiga ega. Bunga binoan so’zlarni yaratish uchun kerak
bo’ladigan fonema va morfemalar qo’shilmalarining cheklangan qismi
qo’llaniladi. Bu metodni tadbiq etish quyidagi tamoyillarga tayanadi. A) til
birliklarining ko’pligi B) ularning nutqda takrorlanishi C) til birliklarning
tanlovga moyilligi tanlovchanlik. Bu metod eng mahsuldor ravishda chastotali
lug’atlar tuzilishida o’zini oqlab kelmoqda.
Komponent tahlil bo’yicha turli qarashlar ham mavjud.
Komponent tahlil metodi bu metod strukturaviy semasiologiya sohasiga xizmat
qiladi. Buning maqsadi ikki tomonli til birliklarini aniqlashdirki, birinchidan,
ularning mazmunidagi eng kichik birliklarni ajratish, ikkinchidan, ulararo qonuniy
aloqa va munosabatlarni topish. Bu semantik eng kichik birlik chex olimi
V.Skalichkaga asosan “sema” deb nom berilgan1.
Komponent tahlil metodi haqida Farg’ona davlat universiteti 1-bosqich magistranti
N.Qodirova ham “ Komponеnt tahlil va uning talqinlariga doir izlanishlar” deb
nomlangan maqolasida ham fikr yuritib ketgan.
Komponent tahlil metodi til birliklarini paradigmatik birlik sifatida,
paradigmatik munosabatda, aloqada oladi, paradigmatik qatorda o‘rganadi. Ushbu
metodning o‘ziga xos xususiyati shundaki, asosan, so‘zga-so‘z ma’nosiga nisbatan
qo‘llaniladi, so‘z ma’nosini mukammal tahlil qilishda, uni tarkibiy qismlarga
– komponentlarga ajratishda keng foydalaniladi.
Demak, komponent
tahlil metodi so‘zning mazmun jihati bo‘lgan ma’noni (sememani) muayyan
semantik sistema sifatida tekshirishda, ayni sistemani tashkil qiluvchi tarkibiy
qismlarni, ma’noviy bo‘laklarni, ya’ni semalarni aniqlashda, ularning
semantik sistemadagi –sememadagi mohiyatiga, o‘rniga, ahamiyatiga,
imkoniyatiga, o‘ziga xosliklariga alohida e’tibor beradi, ularni aniqlaydi,
qo‘llanish doirasini belgilaydi”2.
Yuqoridagi nazariy bilimlarga tayangan holda biz Said Ahmad asarlarida
uchraydigan frazeologik va idiomatik birliklarni komponent tahlil metodi orqali
tadqiq qilishni lozim topdik. Biz Said Ahmad asarlaridagi frazema va idiomalarni
leksikologik komponentli hamda morfologik tarkibiy jihatdan komponent tahlil
qildik. Maʼlumki, frаzeоlоgik birliklаrning tаrkibiy shаkllаnishi tilning grаmmаtik
O.N.Shomatov “Filologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari” Toshkent - 2009
https://bestpublication.org/index.php/ozf/article/view/10681/10651||N.QodirovaFarDU1-kurs magistranti
KOMPONЕNT TAHLIL VA UNING TALQINLARIGA DOIR/O’zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy
tadqiqotlar jurnali/20.04.2024./19-son
1
2
qurilishi vа sоʻz-kоmpоnentlаrining distributiv аlоqаlаri ulаrning оʻzаrо
bоgʻlаnish qоnuniyаtlаrigа аsоslаnаdi3. Xolbuki, “Said Ahmad” asarlaridа
uchrаydigаn frаzeоlоgizmlаrning tаrkibiy kоmpоnentlаri frаzeоlоgik mаʼnо
ifоdаlаshdа muhim аhаmiyаt kasb etadi. Said Ahmad asarlarida uchraydigan
frazeologik birliklar xalq tiliga juda yaqin bo’lib, frazemalardagi dominant
komponentlar o’zbek mentalitetiga xosligi, xalqchilligi bilan ustuvor ahamiyatga
ega.
Har qanday frazeologik birikmaning semantik strukturasi o‘ziga xos
mikrosistema bo‘lib, uni tashkil etuvchi elementlar bir-biri bilan chambarchas
aloqada va shu bilan birga bir-biriga bog‘liq bo‘lishlari bilan xarakterlanadi. A. D.
Rayxshteyn frazeologik birikmalarning o‘ziga xosligi semalarning birikuvi
xususiyatida ekanligini ta’kidlaydi. Semalar nafaqat frazeologik birikmalar
semantikasini hosil qiluvchi birlik sifatida, balki ularni bir-biriga bog‘lovchi qism
sifatida muhim o‘rin tutadi4. Biz inson xarakterini ifodalovchi frazeologik
birikmalarning semantik xususiyatlarini tadqiq qilishda yuqoridagi olimlarning
qarashlariga suyandik. Inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birikmalar otli,
fe’lli yoki sifat asosli bo‘lishiga ko‘ra ularning ma’nosi turlicha bo‘lishini
ta’kidlash joiz. Said Ahmad asarlarida uchraydigan frazemalar otli va sifat asosli
frazeologik birikmalar mavjudligi aniqlandi. Bunday frazeologik birikmalarning
lug‘atlarda berilgan sinonimlari ularning semantik jihatdan turli xil ekanligi
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sifat asosli frazeologik birikmalar odatda belgi
Рашидова У.М. Ўзбек тилидаги соматик ибораларнинг семантик-прагматик таҳлили. Филол. фан. бўйича
фалсафа доктори (PhD)… дисс. – Самарқанд, 2018.-Б. 48.
4
Patxiddin NISHONOV
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Toshkent, O‘zbekiston
Munisa PRIMOVA
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Toshkent tibbiyot akademiyasi
Toshkent, O‘zbekiston. International scientific-methodological electronic journal
“Foreign Languages in Uzbekistan”, 2023, No. 1 (48), 76-91.
https://journal.fledu.uz
ISSN: 2181-8215 (online) 87-bet
3
to‘g‘risidagi nisbatan oddiy ma’lumotni ifodalasa, otli birikmalar, ko’pncha
murakkab ma’noni ifodalab kelgan.
Said Ahmad asarlarida uchraydigan frazeologik birliklarni dastlab leksikologik
jihatdan tahlilga tortdik. Asarlarda keltirilgan frazeologizmlarning komponent
takibiga ko’ra somatizm, zoonim va hokazo kabi tasniflashni lozim topdik:
1 Somatik komponentli frazeologizmlar. Tilshunоslikdа insоn tаnа аʼzоlаri
nоmlаrigа nisbаtаn ishlаtilаdigаn sоmаtizm аtаmаsini ilk bоr estоn tili
frаzeоlоgizmlаridа qоʻllаgаn F.Vаkk оʻz dissertаtsiyаsidа sоmаtizmlаr
frаzeоlоgizmlаrning qаdimgi kоʻrinishlаri qаtоrigа kirishini vа estоn tili
frаzeоlоgik fоndining аnchаginа qismini tаshkil etishini tаʼkidlаgаn.
Tilshunоslikdа frаzeоlоgik birliklаrni, xususаn, sоmаtik frаzemаlаrning semаntik
mаydоndаgi struktur-semаntik vа kоmmunikаtiv-prаgmаtik jihаtdаn vоqelаnishini
kоʻrsаtish tendensiyаsi ustuvоrdir. Insоn tаnа аʼzоlаri nоmlаri bilаn bоgʻliq
sоmаtik frаzeоlоgizmlаrni аlоhidа leksik-semаntik guruh sifаtidа
semаntikprаgmаtik vа stilistik koʼlamdа tаdqiq etishni hаm аnа shu yоʻnаlishdа
аmаlgа оshirish zаrur5
АHMEDОV HАKIM YАRАSHEVICH “АLPОMISH” DОSTОNIDА FRАZEОLОGIZMLАRNING TEMАTIK VА
MIFОLОGIK STRUKTURАSI. Termiz-2023
5
Скачать