Uploaded by Abdukarim Yusupov

6-MAVZU

advertisement
6-Mavzu.Taminot zanjirini rejalashtirish va loyihalash asoslari
Reja
1. Strategiya, strategik rejalashtirish tushunchalari, ularning mohiyati va ishlab
chiqish asoslari.
2.Pognoz, prognozlash tushunchalari, ularning mohiyati va ishlab chiqish asoslari.
3. Ta'minot zanjirida strategik qarorlar va ularning turlari.
4. TZMda strategiya, strategik rejalashtirish va prognozlashning mohiyati va
ahamiyati
Strategiya, strategik rejalashtirish tushunchalari, ularning mohiyati va
ishlab chiqish asoslari.
“Strategiya” atamasi grekcha strategos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “general
san'ati” degan ma'noni anglatadi. Bu atamaning harbiy sohadan kirib kelganligi
ajablanarli hol emas. Aynan strategos Aleksandr Makedonskiyga butun dunyoni
zabt etish imkoniyatini bergan edi. Demak, bu atama harbiy soxadan kirib kelgan.
O‘zbek tilining izoxli lug‘atida strategiya atamasi quyidagi ma'nolarda talqin
qilingan:
 yirik xarbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san'ati;
 ijtimoiy siyosiy kurashga raxbarlik qilish san'ati va ilmi.
Harbiy soxada xozir ham bu atama yuqori qo‘mondonlik tomonidan harbiy
operatsiyalarni rejalashtirish san'ati ma'nosida ishlatiladi.
Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. Strategiya bu
qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar rejasidir.
Demak, strategiya va reja bir birini to‘ldiruvchi, biri ikkinchisining zarurligini
taqozo etuvchi tushunchalardir.
Strategiya biznes faoliyatni uzoq vaqt muvafaqqiyatli davom ettirishni
ta'minlashga qaratilgan boshqaruv harakatlarining tarkibiy qismlar bo‘yicha
rejalari majmuini ifodalaydi.Strategiyani ishlab chiqish yoki tanlash uchun keng
ko‘lamli tadqiqotlarni o‘tkazish, aniq, to‘g‘ri va to‘liq ma'lumotlarga ega bo‘lish
talab qilinadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida to‘plangan axborotlar va o‘tgan
davrning statistik ma'lumotlari strategik rejani ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Kuchli raqobat muhiti shakllangan bugungi biznes olamida, korxonaning
yashovchanligi va faoliyati samarasini ta'minlash uchun doimiy ravishda katta
hajmdagi axborotlarni yig‘ib, tahlil qilib borishi kerak.
Iqtisodiyotning tez sur'atlar bilan rivojlanishi, raqobatning keskin
kuchayishi, tashqi muhitning faollashishi kabi omillar o‘tgan asrning 50-yillaridan
boshlab yirik kompaniya va firmalarni uzoq muddatli rejalashtirishga o‘tishga
majbur qildi. Dastlab uzoq muddatli rejalashtirish yirik va o‘rta darajadagi
firmalarda qo‘llanildi.60-yillardan boshlab strategik rejalashtirish nazariyasi
rivojlana boshladi. Strategik reja – bu korxona oldidagi uzoq muddatga
mo‘ljallangan, shu jumladan biznesning yangi imkoniyatlarini o‘zlashtirishga
yunaltirilgan vazifalar majmui bo‘lib, u joriy va yillik rejalar uchun asos, mo‘ljal
bo‘lib xizmat qiladi.
Strategik reja besh yil, o‘n yil va undan ko‘prok muddatga tuziladi.
Strategik reja korxona uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:maqsadni aniq
belgilash va uni ifodalash; tashqi muxitga moslashish; samarali boshqarish tizimi
va uning tarkibiy strukturasini yaratish; tarkibiy strukturadagi barcha bo‘g‘inlar
faoliyatini muvofiqlashtirish; korxona barcha resurslari, ya'ni ishchi kuchi, moliya,
aylanma va asosiy aktivlarning optimal taqsimotini ta'minlash.
Strategik reja odatda korxona rahbariyati tomonidan konsalting tashkiloti
mutaxassislarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi. Strategik rejalashtirish jarayoni
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1). Korxona maqsadi va vazifalarini aniqlash. Bu bosqich strategik rejalashtirish
jarayonining eng dastlabki va mas'uliyatli bosqichi bo‘lib, rejalashtirishning
quyidagi barcha bo‘limlari uchun mo‘ljal vazifasini o‘taydi. Tanlangan maqsad
quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim: aniq o‘lchovga ega bo‘lishi; davr
(vaqt)ning aniq ko‘rsatilishi; amalga oshirishning realligi; ustuvorlikka ega
bo‘lishi.
2). Tashqi va ichki muhit omillarini inobatga olish va tahlil qilish. Iqtisodiy
omillarni tahlil qilishda inflyasiya sur'ati, soliq stavkasi, xalqaro to‘lov balansiga
e'tibor beriladi. Texnologik omillarni tahlil qilish ishlab chiqarishdagi
texnologiyaning holatini, uning zamon talabiga javob bera olishini o‘z ichiga oladi.
Raqobat omillarini tahlil qilish raqobatchi korxonalar xatti-xarakatini kuzatish
imkonini beradi. Raqobatchi bozorga nimani taklif qilayapti? Raqobatchi nima
qilayapti va nima qilishi mumkin? degan savollarga javob topish orqali uning
imkoniyatlarini baholaydi.
3). Korxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomnlarini tahlil qilish. Ayniqsa,
ishlab chiqarishning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish bozor
o‘zgarishlariga tezroq moslashishga va raqobat kurashiga tayyor turishiga ijobiy
yordam beradi. Bunday tahlil jarayonida quyidagi savollarga javob olinadi:
Tovar va xizmatlarni raqobatchilarga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish
va iste'molchilarga arzonroq taklif qilish mumkinmi?
Korxonaning tovarni modifikasiyalash va yangi tovarni ishlab chiqarish yoki yangi
xizmat turlarini taklif qilish imkoniyatlari bormi?
Yangi yoki modifikasiyalangan tovarni ishlab chiqarish uchun yangi xom-ashyoni
jalb qilish imkoniyatlari mavjudmi?
Xom-ashyoni yetkazib beruvchilarni tanlash imkoni bormi?
Jixoz va uskunalarning holati qanday, ular zamonaviymi, ularga xizmat ko‘rsatish
darajasi qanday?
Talab kamligi tufayli to‘planib qolgan tayyor mahsulot zahirasini kamaytirish
uchun qanday ishlar rejalashtirilgan?
Moddiy resurslarning kirimi, ishlab chiqarish jarayonidagi harakati va tayyor
mahsulotning chiqib ketishini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi tizim mavjudmi,
ya'ni logistik tizim mavjudmi?
Raqobatchi korxonalar kira olmaydigan bozorlarga kirish imkoniyati bormi?
Mahsulot (tovar) sifatini nazorat qilishning samarali usuliga egami?
4).Alternativ (muqobil) variantlarni tahlil qilish, strategiyani tanlash va uni amalga
oshirishni rejalashtirish. Bu bosqichda muqobil strategiyalar aniqlanadi, muqobil
strategiya qiyomiga yetkaziladi, qiyomiga yetkazilgan strategiyaga baho beriladi.
Strategik rejalashtirish strategik rejani ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Strategik rejalashtirish boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladigan
maxsus vosita(instrument) hisoblanadi. Uning yordamida biznesning yangi
imkoniyatlari aniqlanib,
korxona kelajakda erishishi kutilayotgan natijalarni
ta'minlovchi yangilik va o‘zgartirishlar joriy qilinadi. Strategik rejalashtirish
jarayoni to‘rt xil asosiy boshqaruv qarorlaridan tarkib topadi: strategik resurslarni
taqsimlash, ishlab chiqarish faoliyati va boshqaruv jarayonlarini tashqi muhit
o‘zgarishlariga
moslashtirish,
funksiyalarni
ichki
muvofiqlashtirish(koordinasiyalash)
va strategik oldindan ko‘ra olishni
tashkillashtirish.
Strategik resurslarni taqsimlash deganda, korxonaning uzoq vaqt davomida
muvafaqqiyatli ishlashini va bozordagi raqobat pozisiyasining mustahkamligini
ta'minlovchi uning muhim faoliyat yo‘nalishlarini, ustuvorlik asosida strategik
korporativ resurslar bilan ta'minlash tushuniladi.
Tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashtirish deganda, korxonaning tashqi
muhit bilan munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan barcha strategik harakatlar
tushuniladi. Korxona faoliyatini tashqi muhitning ijobiy imkoniyatlari va xavf
xatarlariga moslashtirish lozim. Bu imkoniyatlar va xavf xatarni aniqlash strategik
rejalashtirish jarayonining muhim elementi hisoblanadi.
Ichki muvofiqlashtirish(koordinasiyalash) korxonaning kuchli tomonlarini
tashqi muhit imkoniyatlari bilan umumlashtirish maqsadida uning kuchli va zaif
tomonlarini aniqlashning strategiyasini o‘z ichiga oladi.
Strategik oldindan ko‘ra olishni tashkillashtirish, korxonani strtategik
boshqarish bo‘yicha menejerlari tomonidan oldin orttirilgan tajriba asosida ular
ongini izchil rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu faoliyat menejerlarning strategik
fikrlashini va strategik boshqaruv sohasidagi malakasini rivojlantirishga
yo‘naltiriladi.
Strategik rejalashtirishning mazmun-mohiyati korxona faoliyatining asosiy
yo‘nalishlarini va rejalashtirilayotgan davr uchun har bir yo‘nalishning asosiy
ko‘rsatkichlarini aniqlash va ifodalashda namoyon bo‘ladi. Faoliyatning
aniqlangan va ifodalangan asosiy yo‘nalishlari korxonaning missiyasini tashkil
qilsa, yo‘nalishlarning rejalashtirilayotgan davrdagi asosiy ko‘rsatkichlari uning
maqsadini aniqlaydi. Demak missiya korxona faoliyatining istiqboldagi umumiy
konturini belgilab beradi. Maqsad esa aniq bir biznes sohasi bo‘yicha faoliyat
natijalarini aniqlab beradi. Strategik reja shunday ishlab chiqilishi kerakki, u uzoq
davr oralig‘ida o‘z yaxlitligini saqlashi lozim. Shu bilan birgalikda u yetarli
darajada moslashuvchan bo‘lishi va lozim hollarda takomillashtirilishi ham
mumkin. Strategik rejani korxona faoliyatining uzoq muddatga mo‘ljallangan
dasturi sifatida ham qarash mumkin. Lekin bu holda muhitning doimiy ravishda
o‘zgarib turishi rejani vaqti-vaqti bilan korrektirovka qilib turishni talab qiladi.
Strategik rejalashtirish korxonaning kelgusidagi faoliyatini tashkil qilishda
katta afzalliklar yaratadi. Bunday afzalliklarga: tashqi muhitning kelgusida ro‘y
berishi mumkin bo‘lgan ijobiy imkoniyatlaridan foydalanishga korxonani
tayyorlash; duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va xavflarni har tomonlama
tahlil qilish asosida ularni bartaraf qilish yoki chetlab o‘tish chora tadbirlarini
ishlab chiqish; korxona maqsadlariga erishish bo‘yicha qilinadigan sayi
harakatlarni koordinasiyalashni yaxshilash; korxona menejerlarining uzoqni ko‘ra
olish va strategik fikrlash qobiliyatining rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
korxonani samarali boshqarish uchun axborotlar bazasini shakllantirish; korxona
resurslarini yanada asosli va rasional taqsimlash va ularni avvalo biznesning
ustivor sohalariga yo‘llash kabilar kiradi.
Ammo strategik rejani ishlab chiqish va korxona faoliyatida uni joriy qilish
ma'lum bir xarajatlarni talab qiladi. Asosan shu sabab tufayli korxonalarda ushbu
faoliyat turi yaxshi rivojlanmagan. Strategik rejalashtirish xarajatlariga rejalarni
ishlab chiqish uchun olib boriladigan tadqiqotlarga va strategik rejalashtirish
bo‘limini tashkil qilishga qilinadigan xarajatlar, hamda ushbu soha xodimlarining
mehnat haqi xarajatlari kiradi. Yirik korxonalar tarkibiy tuzilmasida maxsus
strategik rejalashtirish bo‘limining mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxonada bunday bo‘limning mavjudligi strategik rejani ishlab chiqish va joriy
qilishni yengillashtiradi. Yirik bo‘lmagan korxonalarda rejalashtirishni keng
ko‘lamda tashkil qilish murakkab ish hisoblanadi. Chunki ular katta xarajatlarni
ko‘tara olmaydilar va ularning tashqi muhiti ancha tajovuzkor(agressiv) bo‘lish
bilan birga korxona tomonidan nazorat qilish qiyin jarayon hisoblanadi. Shu
sababli ularning faoliyatida ham strategik rejalashtirish va boshqarishni joriy qilish
xuddi yirik korxonalardagidek muhim vazifa hisoblanadi. Yirik bo‘lmagan
korxoalar faoliyatida bu vazifani hal qilish uchun strategik rejalashtirish va
boshqarish
bo‘yicha
ixtisoslashgan
professional
tashkilot(konsalting
kompaniyasi)ning xizmatidan foydalanish mumkin.
Korxona strategik rejasi deganda, uning turli tashkiliy tuzilmalaridagi turli
menejerlar tomonidan ishlab chiqilgan va shakllantirilgan missiya, maqsadlar va
ularga erishish strategiyalari to‘plami tushiniladi.
Strategik rejalashtirish
jarayonining asosiy elementlariga: korxona missiyasi va maqsadlarini
shakllantirish va ifodalash, tashqi muhit xavf-xatari va yangi imkoniyatlarni
aniqlash, korxonaning raqiblarga nisbatan kuchli va zaif tomonlarini baholash,
strategik qarorlarni tahlil qilish va maqbul strategiyani tanlash, strategiyani amalga
oshirishning umumiy rejasini ishlab chiqish, hamda amalga oshgan strategiya
natijasini baholash kiradi.
Missiyani shakllantirish va ifodalash. Missiya korxona hayot faoliyatining
sabab-oqibati va natijalarini ifodalovchi umumiy maqsad hisoblanadi. Missiya
korxona biznesini aniqlab beradi. Unda korxona barcha tashkiliy tuzilmalari va
bo‘g‘inlarining maqsadlari, harakat yo‘nalishlari va mo‘ljallari o‘z ifodasini
topadi.
Missiya korxonaning
xo‘jalik faoliyati boshlanmasdan oldin
shakllantiriladi va u korxonaning faoliyat yo‘nalishi o‘zgargan holdagina
o‘zgartiriladi. Missiyada tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatishning korxonada mavjud
yoki joriy qilinishi rejalashtirilayotgan
texnologiyalarni hisobga olgan holda bosh maqsad va biznes faoliyat aniqlanadi.
Missiyada shuningdek yana tashqi muhit xatarlari va imkoniyatlarini tahlil qilish
natijasida aniqlangan korxona faoliyatining prinsiplpri keltiriladi. Barcha xodimlar
korxona maqsadlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonida ushbu
prinsiplarga tayanadilar.
Pognoz, prognozlash tushunchalari, ularning mohiyati va ishlab chiqish
asoslari.
Kelajakni oldindan ko‘rmasdan, uning rivojlanish yo‘nalishlarini
belgilamasdan, jamiyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Keyingi yillarda prognozlash
makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning va xalq xo‘jaligi faoliyatini samarali
tashkil qilishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Prognozlash o‘tgan va hozirgi
davrning rivojlanish qonuniyatlari, tendensiyalariga asosan kelajakni oldindan
ilmiy bilish va istiqboldagi maqsad va vazifalarni aniqlash vositasidir. Prognozlash
mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishning asosini tashkil qiladi. Prognozlash
va rejalashtirish tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Prognozlash natijasida
olingan ma'lumotlar ehtimoliy xarakterda bo‘lsa, reja ma'lumotlari aniq qarorlar
ko‘rinishida bo‘ladi. Shu sababli ham prognoz ma'lumotlari direktiv hujjatlar
ko‘rinishida rasmiylashtirilmaydi. Rejalar esa direktiv organlar tomonidan qabul
qilinib, tasdiqlanadi va ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ishlab
chiqarishni, umuman iqtisodiyotni makro va mikro darajada boshqarish maqbul
qarorlarni tanlashni va ularning ijrosini ta'minlashni taqazo qiladi. Chunki
asoslanmagan qarorlarni qabul qilish va ularni ijrosi misli ko‘rilmagan zararlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli keyingi yillarda boshqaruvda prognozlash
ko‘lamini kengaytirish, uning usul va uslubiyatini takomillashtirishga katta e'tibor
qaratilmoqda. Biznes jarayonni prognozlashda uning aniqlik va ishonchlilik
darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, biznesni boshqarish va rivojlantirish ham
shunchalik samarali kechadi.
Prognoz deganda o‘rganilayotgan ob'ektninig kelgusi davrdagi holati va
unga erishishning yo‘llari hamda muddatlari to‘g‘risida ilmiy asoslangan fikrmulohazalar tushiniladi. Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozlash deyiladi.
Prognozlash deganda vaziyatning rivojlanish dinamikasini mavjud axborotlarga
asoslangan holda, kelgusi davr uchun faraz qilish deb tushunish ham mumkin.
Shuningdek hodisa va jarayonlarning kelgusida rivojlanish yo‘llari va natijalarini
ilmiy asosda
aniqlash prognozlashning ob'ekti hisoblanadi. Prognozlash
muammosini ikki yo‘nalishga ajratib o‘rganish tavsiya qilinadi: 1) nazariy-bilish
yo‘nalishi, bunda kelgusi davrda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yoki istalayotgan
istiqbol, holat va muammoning yechimi o‘rganiladi va ifodalanadi; 2) boshqaruv
yo‘nalishi, bunda kelgusi davr to‘g‘risidagi axborotlardan foydalangan holda
boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Ma'lum bir aniq prognozni ishlab chiqish
deganda, kelgusi davrga taaluqli bo‘lgan iqtisodiy asoslangan
qarorni izlab topish tushiniladi.
to‘g‘ri va real
Prognozlashning xususiyatlari uning metodlarida namoyon bo‘ladi. Ba'zi bir
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirib bo‘lmaganligi sababli, prognozlash
alohida mustaqil fan va faoliyat turi sifatida shakllandi va rivojlanmoqda. Masalan
demografik jarayonlar, aholining ist'emol tovarlariga bo‘lgan joriy talabi va
boshqalar prognozlash ob'ektlari hisoblanadi.
Prognozash quyidagi belgilarga ko‘ra guruhlarga ajratiladi:
prognozlash ko‘lamiga ko‘ra:
 makroiqtisodiy,
 tarmoqlararo,
 tarmoqlar bo‘yicha va hududiy;
vaqtga ko‘ra:





operativ(tezkor, bir oygacha),
qisqa muddatli(bir oydan bir yilgacha),
o‘rta muddatli(bir yildan besh yilgacha),
uzoq muddatli(besh yildan yigirma yilgacha),
strategik(yigirma yildan ortiq);
prognozlanayotgan ob'ektning tavsifiga ko‘ra: .




iqtisodiy,
ilmiy-texnik,
demografik,
ijtimoiy rivojlanishni va tabiiy resurslarni.
Ta’minot zanjirida strategik qarorlar va ularning turlari
Boshqaruv qarorlari ko‘lamiga ko‘ra strategik, taktik va operativ qarorlarga
bo‘linadi. Strategik qarorlar rivojlanishning umumiy yo‘nalishlarini aks ettirib,
vaqt nuqtai nazaridan ancha uzoq muddatga mo‘ljallanadi. Bu qarorlarning ijrosi
juda katta mablag‘larni talab qilishi mumkin va tavakkalchilik darajasi ham yuqori
bo‘ladi. Taktik qarorlar o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda strategik
qarorlar taktik qarorlar ko‘rinishida detallashtiriladi (aniqlashtiriladi,
maydalashtiriladi). Bu qarorlarning ijrosi nisbatan oz mablag‘ni talab qiladi va
tavkkalchilik darajasi past bo‘ladi. Operativ (tezkor) qarorlar ancha yaqin
kelajakka mo‘ljallangan bo‘lib, bunda yuqori pog‘onada turuvchi strategiyalar vaqt
va boshqa parametrlar bo‘yicha yanada detalashtiriladi. Bu qarorlarning ijrosi
to‘liq ta'minlanadi va tavakkalchilik deyarli bo‘lmaydi.
Strategik qarorlarning bir nechta turi mavjud. Ularga missiya, korporativ
strategiya, biznes strategiya va funksional strategiyalar kiradi. Strategik
qarorlarning turkumlanishi 21-rasmda tasvirlangan. Korxonaning umumiy
maqsadlar to‘g‘risidagi bayonoti yoki umumiy qarori, uning missiyasini tashkil
qiladi. Korxona missiyasini amalga oshishini ta'minlovchi qarorlar uning
korporativ strategiyasini tashkil qiladi.
Missiya va korporativ strategiyani bajarish maqsadida biznesning har bir
sohasi bo‘yicha ishlab chiqilgan qarorlar to‘plami korxonaning biznes
strategiyasini tashkil qiladi.
Funksional strategiya – bu strategiyalar ierarxiyasi (pog‘onasi)da eng quyida
turuvchi va o‘zidan yuqorida turuvchi strategiyalarning ijrosini ta'minlovchi
funksiya va vazifalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlardir. Logistik operatsiya va
funksiyalar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar ham funksional strategiyalar
tarkibiga kiradi.
Korxona uchun
Missiya
Korporativ strategiya
Biznes sohalari uchun
Biznes strategiya I
Biznes strategiya II
…
Biznes strategiya N
Функционал
стратегия I
Функционал
стратегия II
…
Функционал
стратегия M
Funksiyalar va logistik operatsiyalar uchun
Логистик
стратегия I
Логистик
стратегия II
…
Логистик
стратегия M
21-rasm. Strategik qarorlar turlari.
Umuman strategiya deganda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga
oshirishga qaratilgan harakatlar rejasi tushiniladi. Demak, strategiya va reja bir
birini to‘ldiruvchi, biri ikkinchisining zarurligini taqozo qiluvchi tushunchalar
ekan.
Rejalashtirish – bu turli shart sharoitlar va holatlarni baholagan holda,
maqsad, vosita va harakatlar to‘g‘risida qaror qabul qilish tizimidir. Rejalashtirish
jarayoni quyidagi to‘rt bosqichdan iborat:
 bosh maqsadini aniqlash;
 rivojlanishining har bir bosqichi uchun maqsadini aniqlashtirish va
detallashtirish;
 maqsadlarga erishishning iqtisodiy, texnik, texnologik va boshqa vositalari,
hamda yo‘llarini aniqlash;
 maqsadga erishishni nazorat qilish.
Rejalashtirishni bir nechta mezonlar ko‘ra guruxlarga ajratish mumkin:
qamrab olish darajasi ko‘ra:
 umumiy rejalashtirish, faoliyatning barcha sohalarini o‘z ichiga oladi;
 xususiy rejalashtirish, faoliyatning ma'lum bir sohalari bo‘yicha
rejalashtiradi;
rejalashtirish mazmuni ko‘ra:
 strategik rejalashtirish, yangi imkoniyatlarni izlab topishni o‘z ichiga oladi;
 taktik rejalashtirish, operativ rejalashtirsh imkoniyatlarini tezkor amalga
oshirish.
rejalashtirish predmeti ko‘ra:
 maqsadli rejalashtirish, maqsadlarni aniqlash;
 vositalarni rejalashtirish, moddiy resurslar, mehnat resurslari, jihozlar,
moliya va axborotlarni rejalashtirish;
 harakatlarni rejalashtirish, marketing va boshqalarni rejalashtirish.
faoliyat sohalari ko‘ra




ishlab chiqarishni rejalashtirish;
sotishni rejalashtirish;
moliyaviy rejalashtirish;
personalni rejalashtirish.
vaqtga ko‘ra:
 qisqa muddatli, yarim yillik, kvartal, oylik, haftalik rejalashtirish;
 o‘rta muddatli, bir yildan besh yilgacha, uzoq muddatli, besh yil va undan
ortiq.
rejaning o‘zgarish ehtimoliga ko‘ra:
 qat'iy rejalashtirish;
 o‘zgaruvchan ( moslashuvchi) rejalashtirish.
Tanlangan strategiyani amalga oshirish maqsadida rejalar, dasturlar ishlab
chiqiladi, ular asoslanadi, moliyaviy ta'minot masalalari hal qilinadi, xullas
strategiyaning ijrosi ta'minlanishi kerak. Starategiyani amalga oshirish uchun 22rasmda keltirilgan rejalar tizimini ishlab chiqish talab qilinadi.
Faoliyatning
asosiy
maqsadlari
Korxonaning strategik rejalari
Diversifikatsiya reja (ko’p tarmoqli
ishlab chiqarish)
Tugatish rejasi
Marketing bo’yicha rejasi
Taktik rejalar
Dasturlar, loyihalar
Ilmiy izlanish rejasi
Moliyaviy reja
Ishlab chiqarish rejasi
Logistik reja
Biznes reja
22-rasm. Strategiyani amalga oshirishning rejalar tizimi.
Logistikada strategiya, strategik rejalashtirish va prognozlashning mohiyati
va ahamiyati
Tashqi muhitdagi nobarqarorlik, noaniqlikning o‘sishi bilan korxonalar
faoliyatida
strategik boshqaruvga bo‘lgan ehtiyoj ham o‘sadi. Strategik
boshqaruv-bu natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvdir. Zamonaviy bozorda yashab
qolish va barqaror rivojlanish uchun, korxona boshqaruvi tashqi muhitning noaniq
holatlari, undagi nobarqarorlik va ayovsiz raqobatni hisobga olgan holda, kerak
bo‘lganda tajavuzkor, kerak bo‘lganda tezkorlik xulq-atvorini namoyon qila olishi
strategik boshqaruvning aksiomasidir. Shunday holdagina korxona talabning
o‘zgaruvchanligi va bozorning oldindan bilib bo‘lmaydigan turli holatlariga
moslasha oladi. Umuman strategiya belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lidagi
prinsipial harakatlarni ifodalaydi.
Logistik strategiya korxona korporativ strategiyasida belgilangan
maqsadlarga erishish uchun, korxona resurslari harakatini, ular taqsimoti va
nazoratini oqilona tashkil qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha sa'yi
harakatlarning umumlashgan modelini o‘zida namoyon qiladi.
Logistik strategiyani ishlab chiqishdan oldin logistik faoliyatni prognozlash
va rejalashtirish kerak. Logistik faoliyatni prognozlash deganda, logistik jarayonlar
(funksiyalar, operatsiyalar)ning uzoq yoki yaqin kelajakda ro‘y berish ehtimolini
kuzatishlar va nazariy asoslarga binoan aniqlash tushiniladi. Bunda logistik
operatsiyalar va funksiyalarning mazmun-mohiyati, shaklu-shamoyili, hajmi
hamda ushbu opersiya va funksiyalarni bajaruvchi jihoz uskunalarning bo‘lg‘usi
loyihalari ma'lum bir ehtimoliy aniqlikda ifodalanadi. Logistik faoliyatni
prognozlash-bu logistikaga oid prognoz ma'lumotlarni shakllantirish demakdir.
Prognozlash jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Prognoz ob'ektini aniqlash;
2. Prognozlash davrini aniqlash (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar);
3. Prognozlash modelini tanlash;
4. Prognozlash uchun kerak bo‘ladigan ma'lumotlarni to‘plash;
5. Prognozlash modelining adekvatligi(mazkur holat uchun mosligi)ni
asoslash;
6. Prognozni ishlab chiqish;
7. Prognoz natijalarini tahlil qilish va baholash.
Logistik jarayonlarni prognozlashda mantiqiy-iqtisodiy va iqtisodiymatematik usullar ishlatiladi. Bu usullarga asosan logistik voqelik yoki hodisaning
bo‘lajak ehtimoliy holati va rivojlanishi belgilangan davrlar bo‘yicha aniqlanadi.
Bu yerda logistik voqelik yoki hodisa deganda, moddiy resurslarni ularning
manbaidan ist'emolchigacha yetkazib berish jarayonida bajariladigan barcha
kelajakka taaluqli bo‘lgan logistik operatsiya va funksiyalar majmui tushiniladi.
Ularning hajmi qiymat va natural o‘lchovlarda aniqlanadi.
Mantiqiy-iqtisodiy usulga asosan ishlab chiqilgan prognoz, logistik
jarayonning o‘tgan va hozirgi davrdagi rivojlanish tendensiyasini har tomonlama
tahlil qilish asosida ifodalangan mantiqiy mulohaza va baho shaklida bo‘ladi.
Ushbu mulohaza va baholashlarda
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va
omillarning kutilayotgan o‘zgarishlari ham hisobga olinishi kerak. Bunday
omillarga narxlarning o‘zgarishi, aholi sonining o‘sishi, assorimentning o‘zgarishi,
yangi tovarlarning paydo bo‘lishi kabilar kiradi.
Logistik jarayonlarni prognozlashning iqtisodiy-matematik usullari
matematik statistika metodlariga asoslanadi. Bu usullardan iqtisodiy-matematik va
ekonomometrik modellar ko‘proq ishlatiladi. Bu modellar prognozlanayotgan
logistik jarayonning rivojlanish qonuniyatini o‘zaro bog‘liq miqdoriy
ko‘rsatkichlar tizimi shaklida ifodalaydi. Modellardagi bog‘liqlik bir yoki ko‘p
o‘lchovli regressiya tenglamalari shaklida bo‘lishi mumkin. Tenglamalardagi
ko‘rsatkichlarning bog‘liqlik darajasi va ishlab chiqilgan prognozning haqiqatga
yaqinlik darajasi korrelyasiya tahlili asosida baholanadi.
Logistik rejalashtirishning asosiy maslasi-bu kelajakda amalaga
oshiriladigan logistik faoliyatning asosiy paramerlarini belgilab beruvchi loyihani
ishlab chiqishdan iborat. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida logistik
tizimning maqsadiga erishiladi. Ishlab chiqarish korxonasi logistik tizimining rejasi
bevosita korxonaning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq tuziladi. Rejada
belgilangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish assortimenti va hajmiga asosan
moddiy resurslarga bo‘lgan jami talab miqdori resurslar tarkibi bo‘yicha
aniqlanadi. Moddiy resurslar sarfini rejalashtirishda normativ(meyor)lar usulidan
foydalaniladi. Ushbu usuldan foydalanilganda aniq bir tayyor mahsulot birligini
ishlab chiqarish uchun uning tarkibiga kiruvchi moddiy resur turining har biridan
rasional ist'emol normasi bo‘yicha kelajakning aniq bir davrida qancha miqdorda
moddiy resurs ishlatilishi hisobga olinadi.
Logistik rejalashtirish quyidagi funksional sohalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
1) Tayyor mahsulot taqsimoti yoki sotishni rejalashtirish. Bu yerda tayyor
mahsulotning shakli¬-shamoyili, o‘lchamlari, hajmi va boshqa
parametrlarini hisobga olgan holda taqsimot kanalini tanlash yoki
loyixalash, tashish, yuklash-tushirish va saqlashningning mos vositalarini
rejalashtirish masalalari hal qilinadi;
2) Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;
3) Moddiy resurslar xaridini rejalashtirish;
4) Moddiy resurslarni tashish va saqlashni rejalashtirish. Bu yerda moddiy
resurslarning o‘lchamlari, hajmi, ko‘rinishi va boshqa parametrlarini
hisobga olgan holda yetkazib berish logistik zanjirining elementlarini
tanlash yoki loyixalash, tashish, yuklash-tushirish va saqlashningning mos
vositalarini rejalashtirish masalalari hal qilinadi;
Rejalashtirish muddatiga ko‘ra logistik jarayonlarni rejalashtirish quyidagi turlarga
ajratiladi:
 Strategik rejalashtirish 10-20 yillik davrga mo‘ljallangan bo‘lib, faqat global
maqsadlar va strategiyalar ishlab chiqiladi;
 Uzoq muddatli rejalashtirish 5-10 yillik davrga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda
investisiyalar va ist'emolchilarga xizmat ko‘rsatish dasturlari rejalashtiriladi;
 O‘rta muddatli rejalar 5 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi va bunda
logistik jarayonning moliyaviy, iqtisodiy, texnik va texnologik tomonlari
rejalashtiriladi;
 Qisqa muddatli rejalar bir yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, unda
tayyor mahsulot va moddiy resurslarni ist'emolchiga yetkazib berish
bo‘yicha bajariladigan logistik operatsiya va funksiyalar hajmi, vaqti va
ularni ijro qiluvchilar rejalashtiriladi.

Download