Uploaded by Abdurasul Mavlonov

Abbos 1

advertisement
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB O'ZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN O'SIMLIKLAR..
1.1 O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar ………………………………
1.2 O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”……………………………..
II BOB ENDEMIK O'SIMLIKLAR VA ULARGA TARIF…………………
2.1 Endemiklar o'simliklar………………………………………………………..
2.2 Endemik o’simliklar olami haqida umumiy tushuncha………………………
Xulosa…………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...
2
KIRISH
Yopiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida
hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar mevasi
(partenokarp meva) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. Mevalarning
shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tugunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos,
olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha
tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar)
murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida
shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi.1
Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki
yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism
(mezokarp) — meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq)
mevalar bor. Hoʻl mevalar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli
(olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda
ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq meva tuzilishiga qarab bir nechtaga
boʻlinadi: yongʻoq mevalar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon
yongʻogʻi va boshqalar); pista mevalar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va
boshqalar); doncha mevalar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy.
Sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali mevalar — urugʻida qanotchasimon parda
boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda). Ochiladigan mevalar,
odatda, koʻp urugʻli boʻlib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha
xilga ajratiladi. Bargak meva — sallagul, isparak, tasmachoʻp; qoʻzok meva —
turp, sholgʻom, indov; qoʻzoqcha meva — oʻsma, jagʻ-jagʻ, qatron; koʻsak meva
— gʻoʻza, koʻknor, lolaqizgʻaldoq oʻsimliklarida uchraydi. Boʻlinadigan mevalar
ikki va koʻp xonali tugunchadan hosil boʻlib, pishganda ayrim mevachalarga
ajraladi (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va boshqalarning
mevalari). Meva tiplarini sistemaga soluvchi har xil tasniflar taklif qilingan, lekin
1
Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I, Razdorskiy V.F,Uranova.A "Botanika" II tom,
O‘simliklar sistemati-kasi", Toshkent 1963g
3
ularning hammasini ham mukammal deb boʻlmaydi. Arman olimi A. L. Taxtajyan
mevani tutashmagan mevabarglardan hosil boʻlgan apokarp meva va tutashgan
meva barglardan tuzilgan senokarp mevaga ajratadi. Senokarp mevani sinkarp,
parakarp valizikarpga ajratdi. Apokarp meva eng soddasi hisoblanadi. Mevaning
biologik ahamiyati urugʻlarni himoyalash va tarqatishdir. Meva urugʻlarni pishib
yetilmasdan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga yem boʻlishdan saqlaydi.
Meva shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. Meva qimmatbaho
oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar)ga boy. Koʻp oʻsimliklarning
mevalarini odam va hayvonlar isteʼmol qiladi, ulardan dori va boʻyoqlar
tayyorlanadi. Begona va zaharli oʻsimliklarning mevasi xoʻjalikka zarar yetkazadi.
4
I BOB O'ZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN O'SIMLIKLAR
1.1 O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi
o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy
muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday
turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini
tashkil etadi.
Respublika
qo‘riqxonalarida
muhofaza
qilinayotgan
o‘simliklarning
umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining
tabbiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va
sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar
keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga
kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib
ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola,
sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek
qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy
burchimizdir.
O‘zbekiston musaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar
dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda
“Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21
sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”,
2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va
muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida Qizil
kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining
kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan.
Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat
5
muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga
ko‘maklashishdan iborat edi.
Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish
xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika
mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida
olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha
kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi
holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob
o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi.
Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi
o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni
keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi
kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz
florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini
ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil
kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi
nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro
uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyoblik darajasiga ko‘ra
4 ta maqom (status) beriladi.
1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolib ketganligi ehtimoldan yiroq emas. Bir necha yillar
davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yig‘ib olish qiyin bo‘lgan ayrim
joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud bo‘lgan turlar.
2. Yo‘qolib ketish arafasida turgan. Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab
qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.
3. Kamyob. Maʼlum kichik maydonlardagina o‘ziga xos sharoitlarda saqlab
qolingan, ammo tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab
etuvchi turlar.
4.Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari maʼlum vaqt
ichida tabbiy sabablarga ko‘ra yoki inson omili taʼsiri ostida kamayib ketayotgan
6
turlar. Ayni vaqtda, bunday o‘simliklarni har tomonlama nazoratga olish talab
etiladi.
Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda
jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish,
yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni
terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi.
O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik
ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat
qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrabavaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.
7
1.2 O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”
Respublikamiz qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning
umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, kishilar xo‘jalik faoliyati olib
boradigan hududlarda ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib
ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho dorivor
o‘simliklar – yetmak, bozulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabilar keyingi yillarda
keskin kamayib ketdi. Buxoro otostegiyasi, yirik gulli ostrovskiya, Minkvits
teziumi kabi bir qator relikt turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.
Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik
turlarining kamayib ketishiga eng asosiy sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunga kelib
yirik shaharlar va qishloqlarimiz atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga
o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Bu borada yuzaga kelayotgan muammolarning qay darajada jiddiylashib
borayotganligini O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning yangi nashrlarida
ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, “Qizil kitob” O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining olimlari tomonidan nashrga tayyorlanadi. Mazkur kitobning
avvalgi nashri chop etilganidan beri oradan o‘tgan 10 yil ichida O‘zbekistonning
o‘simlik dunyosi tarkibida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi, ayniqsa, uning noyob
turlari bo‘yicha holat qanday?
“Qizil kitob”ning 1984-yilgi ilk marta chop etilgan nashriga O‘zbekiston
florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning
taqdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmoqda.
O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlar tuplarining
soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda
olib borilgan izlanishlar anzur va Suvorov piyozlari ma’lum darajada
ko‘payganligini ko‘rsatadi. Milliy floramizning eng kamyob o‘simliklardan
sanalgan Minkvits teziumi tuplarining soni 17 tadan 100 dan ortiq
tuplargacha ortganligi bir necha yillar davomida olib borilgan dala kuzatuvlari
orqali aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining tarqalish maydonlari
keskin qisqarib, tabiiy populyatsiyalarining holati salbiy tomonga o‘zgargan.
8
Omonqora, Piskom piyozi, Margarita marmaragi, tiyonshon marmaragi kabilar
shular jumlasidandir.
4-1 Viktor omonqorasi
4-2 Margarita marmaragi
(Ungernia victoris Vved. ex Artjuschenko)
(Salvia margaritae Botsch.)
Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana
138 turdagi o‘simlikni “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. 1998-yil
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan
o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga
mansub 313 turdagi o‘simlik o‘rin oldi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Fanlar
akademiyasi
Botanika
instituti
ilmiy
xodimlarining keyingi yillar mobaynida viloyatlar kesimida olib borgan ilmiytadqiqot ishlarining samarasi o‘laroq, “Qizil kitob”ning avvalgi (2009) nashridagi
ma’lumotlar yangilandi, ya’ni, “Qizil kitob”ning yangi nashriga ayrim jiddiy
o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, O‘zbekistonda kam uchrashi, tarqalish
hududlari, ya’ni tarqalish maydonlari, asosan boshqa mamlakatlar (Rossiya,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqalar)ga to‘g‘ri kelganligi sababli,
botqoq toshyorari, kechki lloydiya, Martius qilicho‘ti, Oltoy trolliusi,
yumaloqbargli parpi, Tojikiston yetmagi va boshqa bir qancha turlar “Qizil
kitob”dan chiqarish lozimligi borasidagi ilmiy tavsiyalar tayyorlandi. Ulug‘bek
skabiozasi, Olga sorbariyasi, Oloy nataliyellasi ham “Qizil kitob”dagi turlar
ro‘yxatidan chiqarildi, sababi, hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning
areallari O‘zbekiston hududiga tegishli emasligi aniqlandi.
9
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Keller astragali, Olatog‘
za’faroni, Olьga soxta klausiyasi, Severtsov mug‘ultog‘i, Lipskaya chandiri singari
turlarning o‘sish maydonlarini kengayganligi aniqlanib, mavjud tabiiy va
antropogen omillar yig‘indisi ularning yo‘qolib ketish xavf emasligi tadqiqotlar
davomida o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga asoslangan holda, mazkur turlar “Qizil
kitob”dan chiqarildi. Maqomi 0 ga tenglashtirilgan, ya’ni yo‘qolib ketgan deb
hisoblanuvchi turlar soni 19 tadan 10 taga qisqardi. Shuningdek, 15 ta noyob va
mamlakatimiz florasi uchun endemik turlar ham “Qizil kitob”ga kiritildi.
Qiziqarlisi shundan iboratki, ular orasida so‘nggi bir necha yilda O‘zbekistonlik
olimlar tomonidan kashf etilgan va hozirgacha dunyo botanika fani uchun
noma’lum bo‘lgan turlar ham bor. “Qizil kitob”ning avvalgi nashri bilan yaqin
kunlarda chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi nashrini taqqoslaydigan bo‘lsak,
endilikda 157 ta turlarning kamyoblik maqomi o‘zgardi. Shuningdek, avvalgi nashr
chop etilganidan beri xalqaro botanika nomenklaturaga kiritilgan ko‘p sonli
o‘zgarishlar tufayli, shu jumladan, DNK-tahlillash usulidan keng foydalanilishi
munosabati bilan uzoq vaqt davomida maxsus adabiyotlarda qo‘llanilib kelingan
ko‘plab taksonomik birliklar (turlar, turkumlar, oilalar)ning ilmiy nomlari ham
o‘zgardi.
“Qizil kitob”ning yangi nashriga antropogen omillar ta’siri ostida qolgan va
tobora kamayib borayotgan bir nechta tur ham kiritilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur
turlar “Qizil kitob”ning avvalgi nashrida qayd etilmagan. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari tomonidan
Tojik kovragi tabiiy populyatsiyalarining hozirgi holati, tabiiy zahiralari va
tarqalish hududlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o‘simlik
populyatsiyalari sonining keskin qisqarib ketganligi, o‘z navbatida, o‘simlik
zahirasi hajmining kamayib ketganligi aniqlandi. Bunga asosiy sabab, tabiatdan
foydalanuvchilar tomonidan o‘simlik xomashyosi (shirasi) nazoratsiz, rejasiz va
noto‘g‘ri (o‘simlik ildizi o‘zak qismini to‘liq kesib tashlash orqali – bunda
o‘simlikning to‘liq nobud bo‘lishiga olib keladi) yig‘ib olinayotganligidir. Boisi
shuki, o‘simlikdan farmatsevtikada qon to‘xtatuvchi boylam sifatida foydalaniladi.
10
Xalq tabobatiga bag‘ishlangan qator ilmiy manbalarda bu shira amenoreya
kasalligini davolashda kataral mahsulot sifatida tavsiya etilgan. Ko‘pchilik Sharq
davlatlarida xalq tabobatida bu o‘simlik ildizidan olinadigan shirasi quruq yo‘tal,
meteorizm va tomir tortishish kasalliklarida foydalaniladi. Ateroskleroz, katarakta,
asab va ruhiy buzilishlarning rivojlanishini tormozlovchi vosita sifatida yuqorida
darajada qadrlanadi. Bundan tashqari, o‘simlik kuchli antigelьmint xususiyatiga
ega. Qandolatchilikda xushbo‘y hid beruvchi sifatida foydalaniladi. Biroq,
bularning barchasi qat’iy tavsiyalar asosida va dori vositalarini tayyorlash
retsentlariga jiddiy rioya qilingani taqdiridagina ijobiy ta’sir ahamiyatiga ega
bo‘lishini unutmaslik lozim.
Respublikamizning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xududlaridagi yuqori
adir va quyi tog‘ mintaqalarida joylashgan tabiiy zaxiralaridan, ya’ni) bunday
nooqilona foydalanish natijasida ilgari xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan maydonlar
butkul yaroqsiz holatga kelib, mazkur turni O‘zbekiston Respublikasi “Qizil
kitobi”ning navbatdagi nashriga 3-maqom bilan tavsiya etilishiga asos bo‘ldi.
Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov)
Endilikda, tojik kovragi tabiiy populyatsiyalarini saqlab qolish va qayta
tiklash uchun:
- o‘simlik tabiiy populyatsiyalaridan uning shirasini yig‘ib olishga yo‘l qo‘ymaslik
(bu o‘simlik populyatsiyalarining qayta tiklanishiga zamin yaratadi);
11
- o‘simlikni keng masshtabli sun’iy plantatsiyalarini tashkil etish;
- sun’iy plantatsiyalarni tashkil etishda o‘simlik tabiiy populyatsiyalaridan
foydalanish, ya’ni populyatsiyalarga zarar yetkazmagan holda o‘simlik urug‘larini
yig‘ib olish;
- o‘simlikni tabiiy populyatsiyalaridan foydalanishda qat’iy nazoratga yo‘lga
qo‘yish;
- o‘z navbatida, tegishli tashkilotlar tomonidan tabiiy populyatsiyalarni muhofaza
qilishni qat’iy chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish zarur.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, O’zR FA Botanika instituti tomonidan
dorivor va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy zahiralarini
o‘rganishga
qaratilgan
maxsus
tadqiqotlar
natijalariga
ko‘ra,
tabiatdan
foydalanuvchilar tomonidan o‘simlik xomashyosi rejasiz va nazoratsiz yig‘ib
olinishi natijasida sassiq kovrak (Ferula foetida L.), qizilmiya (Glycyrrhiza glabra
L.), Samarqand o‘lmaso‘ti (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.)
kabilarning ham tabiiy populyatsiyalarining keskin qisqarib ketganligi va zahiralari
deyarli qolmaganligi aniqlandi. Bu esa mazkur o‘simliklarning ham tojik kovragi
qatorida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashriga tavsiya
etilishiga sabab bo‘lmoqda.
12
II BOB ENDEMIK O'SIMLIKLAR VA ULARGA TARIF
2.1 Endemiklar o'simliklar
Endemiklar, endemlar (yun. — mahalliy) — tarqalishi nisbatan kichik
geografik hudud bilan cheklangan hayvonlar va oʻsimliklar oilalari, urugʻlari,
turlari yoki boshqa taksonlari. Endemiklar — biron flora yoki faunaning oʻziga xos
tarkibiy qismi. Endemizmning rivojlanishi geografik chegaralanish, iqlim va edafik
(tuproq) sharoitlari, biologik omillar (parazitlik, konkurensiya va boshqalar) bilan
bogʻliq. Tur endemizmi juda cheklangan boʻlishi mumkin. Endemiklar koʻproq
okean, orollar, togʻli hududlar va koʻllarda uchraydk. Mas, Avliyo Yelena o.
florasining 85% chasi, Kavkaz florasining 20% ga yaqini, Baykal koʻli faunasi va
florasining 75% ga yaqin turi endemiklardan iborat. Shakllanish muddatiga binoan,
endemiklar paleoendemiklar va neoendemiklarga ajratiladi2.
Paleoendemiklar — yoʻqolib borayotgan relikt turlardan iborat. Ularga
Gʻarbiy va Markaziy Xitoyda oʻsadigan metasekvoyya va ginkgo; Kaliforniya
sekvoyyasi, Avstraliya va Tasmaniyadagi oʻrdakburun; Hind okeani Komor o.
yaqinida tarqalgan latimeriya kiradi3
Neoendemiklar — yaqinda chegaralangan hududlarda paydo boʻlgan,
progressiv yosh turlar yoki formalar. Ularga Qrim florasi va faunasi, Britaniya
orollari faunasidagi bir qancha turlar kiradi (Kosmopolitlar bilan solishtiring)4
O'simliklar, boshqa tirik mavjudotlar singari, juda kuchli tirik qolish
instinktiga ega bo'lib, ularni iloji boricha yuzlab va minglab yillar davomida yuzaga
keladigan o'zgarishlarga moslashishga olib keladi. Odamlar, o'z navbatida, biz ham
narsalarni yorliqlashlari kerak, chunki bu ularni yaxshiroq tushunishga yordam
beradi. Shuning uchun ham botanikada uzoq vaqt davomida bitta joyda
yashaydigan o'simliklarning o'ziga xos turlariga ishora qiluvchi ba'zi so'zlar
mavjud.
2
Биологический энциклопедический словарь / Гл. ред. М. С. Гиляров; Редкол.: А. А. Бабаев, Г. Г. Винберг, Г. А. Заварзин и др. —
2-е изд., исправл. — М.: Сов. Энциклопедия, 1986.
3
↑ „Красная книга Сочи“ (deadlink). 4-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-dekabr 2018-yil.
Эндемизм // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—
1907.
4
13
Eng muhimlaridan biri bu endemizm yoki aniqroq bo'lishi, o'simlik
endemizmi. Ushbu atama biz bilan daraxtlar, butalar, ... qisqasi, ular ichida davom
etadigan ma'lum bir hududga juda yaxshi moslashishga muvaffaq bo'lgan
o'simliklar haqida gapiradi. Ammo bugungi kunda ular yo'q bo'lib ketishga eng
zaifdir.
Endemizm bu faqat dunyoning aniq bir qismida yashovchi hayvon yoki
o'simlik:
masalan Dracaena
drako Macaronesia
endemizmi Feniks
kanariensisi bu Kanariya orollariga xos bo'lgan palma daraxti va boshqalar.
Umuman olganda, endemizm tushunchasi turlarga taalluqlidir, garchi u subspecies,
genera va hatto butun oilalar uchun ishlatilishi mumkin. Bu o'rganilayotgan har bir
hayvon yoki o'simlikning kelib chiqishiga, shuningdek boshqa yaqin joylarda
topilganiga, yaxshi moslashishga erishish uchun ma'lum o'zgarishlarga olib kelishi
mumkin bo'lgan narsaga bog'liq bo'ladi.
Nima uchun endemizmlar mavjud? Bularning kelib chiqishi nimada?
Bu savolga javob berish uchun geologiya olamiga borishimiz kerak. Yer sayyorasi
tirik sayyoradir, doimo o'zgarib turadi. Yana nima, Bu ulkan jumboq, deb
aytishimiz
mumkin,
bir-biri
bilan
to'qnashgan
qismlar
tog'larni
shakllantiradi yoki boshqalarning ostiga tushib dengizlarni kengaytiradi..
Ushbu qismlar tektonik plitalar nomi bilan mashhur. Ushbu harakatlar, men
aytganimdek, vaqt o'tishi bilan juda sekin sodir bo'ladi. Bu juda sekin, tirik
mavjudotlar ko'pincha minglab yillar davomida turli sohalarga moslasha olishadi,
agar meteoritdan keyin sodir bo'lganidek, hayotni noldan boshlashga majbur
qiladigan ba'zi bir halokatli tabiiy hodisa ro'y berishi aniq bo'lmasa. o'simlik va
hayvon turlari, ular orasida Yer ma'lum bo'lgan eng katta sudralib yuruvchilar bor
edi: dinozavrlar. Bunday hodisadan so'ng Yerning iqlimi keskin o'zgaradi. U
iliqroq yoki sovuqroq bo'lishi mumkin, hatto ba'zi paytlarda uni namroq yoki
quruqroq qilishi mumkin. Y har bir burchak, har bir landshaft, har bir tog 'yoki ko'l
va boshqalar o'zini o'zi yaratadi biom yoki bioklimatik landshaft, unda ba'zi bir
o'simliklar va hayvonlar o'sha sharoitlarga moslashgan holda yashaydilar, ammo
endi yo'q bo'lib ketish xavfi katta. Shuning uchun endemizmlarning kelib chiqishini
14
bilish qiyin. Ammo biz uni topmoqchi bo'lsak, o'simliklarning DNKlarini tahlil
qilib, ularning ajdodlarini o'rganishimiz kerak edi. Bundan tashqari, toshbo'ron
qilingan qoldiqlarni topishga yordam beradi, chunki siz ulardan o'sha paytda Yerda
mavjud bo'lgan iqlim haqida ko'p narsalarni bilib olishingiz mumkin. Bu botaniklar
va paleobotaniklar uchun ishdir.
Biz o'simliklar va bog'dorchilik muxlislari sifatida, biz endemizm uzoq
vaqt davomida bir joyda bo'lgan tur ekanligini saqlab qolamizva bu
sayyorada boshqa joyda topilmasligi.
15
2.2 Endemik o’simliklar olami haqida umumiy tushuncha
O`simliklar olami anorganik moddalardan organik moddalarni hosil
qiluvchi, qayta tiklash mumkin bo`lgan tabiatning mo`jizaviy organizmi
bo`lib, modda almashinuvida boshlang`ich bo`g`im hisoblanadi. Inson uchun
kerakli bo`lgan moddiy boylik, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg`i-energiya
hamda qurilish
materiallari asosan
o`simlik mahsulotlaridir.
Ular
asosan
fotosintez jarayonida hosil bo`ladi. Shuning uchun o`simliklarni insonlarni turli
ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy tabiiy resurslar sifatida ta’riflaymiz.
Hozirgi vaqtda Yerning biosferasida 20 mingdan ortiq zamburug`lar, 23
ming yo`sinlar, 9 ming paporotniklar, 640 ochiq urug`li va 200 mingdan ortiq yopiq
urug`li o`simlik turlari uchraydi. O`simlik turlarining tarqalishi bo`yicha golarktik
hududlaridan turlar soni kamroqdir, lekin palearktik va neotropik viloyatlar
hududlarida o`simlik turlarining xilma-xilligi va soninig boyligi kuzatiladi.
Yer yuzida hosil bo`ladigan biologik massaning asosini fitomassa tashkil
qilib, u hayvonlar hosil qiladigan ikkilamchi massadan o`simliklar hosil
qiladigan ikkilamchi massadan o`simliklar hosil qiladigan biomassa 70-100
marta ko`pdir. Yer yuzidagi hosil bo`ldigan biomassaning umumiy miqdori
3·1012 - 1·1013 tga teng, shundan tuproq organizmlarining o`g`irligi 109 t ga ga teng
bo`lsa, o`simliklar hosil qiladigan biomassaning miqdori 1,5-5,510 t ga tengdir.
O`simliklar quyoshdan keladigan energiyadan (yiliga 5x10 20 kkal) to`la
foydalanadi va fotosintez jarayonida turli miqdorda organik moddalar hosil
qiladi. Quyosh energiyasidan foydalanish hiisobiga quruqlikda yiliga 3,1x1010 –
5,8x1010 t va dengizlarda 2,7 x 1010 organik moddalar hosil bo`ladi. Shu
jumladann o`rmonlarda hosil bo`ladigan organik moddalarning miqdori 2,04 x
1010 t teng; o`t o`simliklar 0,38x1010t, cho`l o`simliklari esa 0,56x1010 t
organik modda hosil qiladi.
Bizga ma’lumki,o`simliklarning 500 minnggacha turlari mavjud. Shulardan
40 mimg turi yo`qolish xavfi ostida. Sobiq Ittifoq hududlarida o`simliklarning
17520 turi o`sgan. Ularni 1676 turkum v 160 oilaga biriktirilgan. Ilmiy
ma’lumotlarga ko`ra, qutb va tundra hududlarida gulli o`simliklarning 189-507
16
ga yaqin turiuchraydi. Rossiyaning Yevropa va G`arbiy Sibir hudularida
uchraydigan o`cimliklarning turlar soni 1061-1347ta atrofida. Sharqiy Sibir,
uzoq Sharq va kam o`rmonli o`tloqzorlarda 640-1185 ga yaqin o`simlik
turlaritopilgan. Janubiy tog`li tumanlarda o`simliklarning 1774-2935 turi,
Volga bo`ylarida 1418 turi, Irtish vohasida 1600 turi uchrashi aniqlangan.
Eron-Turon tekisliklarida
704-1647
ga yaqin,
Pomir-Oloy
tog`li
tumanlarida esa 3460 dan ortiq, Qizilqum cholida esa hammasi bo`lib 940
ga yaqin tur o`simlik turlari topilgan.
Hozirgi kun ma’lumotlariga ko`ra, O`rta Osiyo hududida 11-12 ming gulli
o`simliklar turi, 3,4-4000 atrofida zamburug`lar, 3,8-4000 atrofida suvotlar va 400
dan ortiq yo`sinlarning turlari tarqalgan. O`zbekistonda 4200 ta yuksak
o`simliklarning turi tarqalgan. O`rta Osiyo bo`yicha quyi va yuksak
o`simliklarning umumiy turlar soni 20000 ni tashkil etadi.
Yer yuzida flora turiga eng boy hudud bu tropik mintaqa hisoblanadi.
U
yerlarda
gulli
o`simliklarning
120
mingdan
ortiqroqdir.
Amazonka tekisliklarida 50 mingdar ortiq, Shimoliy Amerikada 17000,
Yevropada 12000 turlar aniqlangan. Malayziya florasi ham turlarga juda boy joy
bo’lib,u yerda 40000 ga yaqin o`simlik turi uchraydi. Hindixitoyda 25000 tur,
Yangi Zellandiyada 19 ming o`simlik turi uchraydi.
Afrika qit’asi ham o`ziga xos flora turlariga ega bo`lib, Gvineya-Kongo
florasida 8000-20000 gacha gulli o`simliklar turi bo`lib, ularning 80 %i endemik
(mahalliy)dir. Zambiyada 850 tur bo`lib,uning 54%i endemik. Sudan yerlarida
2750 tur uchrasa, Kap viloyatida 7000 dan ortiq tur uchraydi. Ularning ½ qismi
endemiklarga to`g`ri keladi.
Sharqiy Madagaskarda
6100
tur
gulli
o`simliklar osadi. Ularning 17,7%i endemiklarga to`g`ri keladi. Sahroi Kabirda
1620 dan ortiq tur o`simlik o`sishi aniqlangan. AQSh da 22 ming, Hindistonda
40 ming tur o`simliklar uchrashi aniqlangan.
Tabiatda uchraydigan o`simliklarning 2500 dan ortiq turi insonlar tomonida
foydalaniladi. Ularning ko`pchiligi madaniylashtirilgan. Bularga bug`doy, arpa,
sholi,
jo`xori,
olma,
uzum,
nok,
piyoz,
17
sabzi
va
boshqalar
kiradi.
Insonlar tomonidan foydalaniladigan madaniy o`simliklarning umumiy soni 2,5
ming yoki, Yer yuzidagi o`simliklarning 10 % ni tashkil etadi. Inson hayoti uchun
oziq-ovqat manbaini
hosil qilishda
20
ta
o`simlik
turi
va
ularning
yuzlab navlari qatnashadi. Ularga bug`doy, sholi, no`xat, qovun, tariq, paxta,
uzum, kartoshka, olma va boshqalar kiradi, Yer yuzidagi 6,5 mlrd. aholini oziqovqat bilan ta’minlash uchun har yili 1,2-1,2 mlrd tonna g`alla kerak. Insonning
och qolmasligi uchun esa har bir odam hisobiga 0,6 ga yerga ekin ekib hosil
olish kerak.
Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari haqida umumiy tushuncha
O’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiy shakl
deyiladi.
Gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik
va ko’p yillik o’tlarga bo’linadi.
Daraxtlar - tanasi yog’ochlashgan, asosan bitta yo’g’on tanasi, baquvvat
ildizi va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklardir. Daraxtlar
bo’yiga qarab uch guruxga
1.
35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag’ay).
2.
25-35m (qayrag’och, yong’oq, oq qayin, tol, qatrong’i).
3.
25 m gacha (zarang, chetan, shotut va boshqalar) bo’linadi.
Mevali daraxtlar ham shakliga ko’ra uch guruxga
1.
Shox-shabbasi ko’p baland bo’lib o’sadigan nok, gilos, yong’oq,
olmaning ayrim navlari.
2.
Tanasi ko’rimsiz, ildiz bachkilaridan ham ko’payadigan bo’yi past
(shaftoli , olmaning pakana xillari, olcha va olxo’rining ayrim turlari va
b).
3.
Birinchi va ikkinchi gurux oralig’idagi o’rta bo’yli daraxtlar (olma va
o’rikning ko’pchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari) ga
bo’linadi.
Bular guli, mevasi, to’pguli, poyasining eni bo’yi, shox-shabbasi va barglari
bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o’rik, yong’oq va shaftolining shox18
shabbasi yoyiq, qarag’ay va terakniki g’uj va tik, sada qayrag’ochniki sharsimon
bo’ladi.
Daraxtlar oz yoki ko’p yil yashashiga ko’ra turli xil bo’ladi. Masalan,
Afrikada o’sadigan baobob daraxti 4000-5000 yil, archa, savr 1000 yil, sohta
kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o’rik va yong’oq 70-100 yil yashashi mumkin.
Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq
qiladi. Masalan, bir turga mansub bo’lgan va tog’larning shimoliy yonbag’rlarida
o’sadigan
daraxtlar
janubiy
shabbasining ko’pligi, kengligi
yonbag’rlarida
o’sadigan
daraxtlardanshox-
va balandligi bilan farq qiladi. Tog’larning o’rta
qismida archa bo’ydor bo’lib o’ssa, eng balandlardagisi esa yerdan 0,5-1 m
ko’tariladi., xolos. Bu hol o’simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va
qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.
Daraxtlar orasida saksovulga o’xshagan nihoyatda mayday bargli yoki
bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho’llarda, qumlarda o’sadigan ajoyib turlar
ham bor.
Archa – bo’yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil daraxtdir. Tog’larning
3500 - 4500 m balandlikdagi yonbag’irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida
archaning yer bag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archaning
barglari juda mayday, yashil rangli, tangasimon.
Archa juda sekin o’sadi. Urug’idan unib chiqqan archaning katta daraxt
bo’lib yetishishi uchun 100-yildan ortiq vaqt kerak. Archa 1000 yil va undan ham
ortiqroq yashaydi. Archa ikki uyli o’simlik. Bahor oylarida ayrim archa tuirlarining
yosh novdalarida mayday qubbachalar hosil bo’lib, ularda juda ko’p miqdorda
chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deyiladi. Shu vaqtda
archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil
bo’ladi.Bu qubbalarga urug’chi qubbalar deyiladi.Urug’kurtakdagi arxegoniy
ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Unda esa urug’kurtak joylashadi.Changchi
qubbalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan chang boshqa tupga yetilgan
urug’chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Archaning urug’chi
qubbachasi xalq orasida qubbameva yoki archa mevasi deb nomlash odat bo’lib
19
qolgan.Archaningurug’chi qubbalari urug’langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi
yilda pishadi. O’rta osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o’sadi, bulardan 3 tasi
(Zarafshon archasi, Turkiston archasi va saur archa). U O’zbekiston tog’larida
katta-kichik archazorlar hosil qiladi. Bundan tashqari, shahar ko’chalarida,
maydonlarida, hiyobonlarda va istirohat bog’larida manzarali daraxt sifatida Virgin
archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika. Manzarali o’simliklar
qatorida archadoshlar oilasiga mansub daraxtlardan yana biri Sharq sauri ekiladi.
U tana va bargining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi, lekin yosh novdalarining
o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi
bilan archalardan farq qiladi.
Qarag’ay - (Pinus silvestris L.) Qarag’aydoshlar oilasidan, bo`yi 20—30 m ga
yetadigan bir uyli, doim yashil daraxt. Tanasi to`g`ri, tik o`sadi, shoxlari gorizontal
joylashgan. Tanasi qalin, to`q qo`ng`ir rangli po`stloq bilan qoplangan. Yosh
novdalari sarg`ish rangli. Nina barglari qalin, uzun (8—15sm), to`q yashil rangli,
qattiq bo`ladi. Qrim qarag`ayining mevasi (qubbasi) ikkinchi yili pishadi.
Qubbasining uzunligi 6—10 sm, eni 4—5 sm, qo`ng`ir jigar rangda. Urug`i
mayda, uzunligi 5—6 mm, ko`ng`ir, qanotchalari bor. Bu o`simlik yovvoyi holda
Qrimning Yalta tog`larida, G`arbiy Zakavkazda va Kipr orollarida o`sadi. Qarag`ay
O`zbekistonning bir necha shaxar va qishloqlarida uzoq, yillardan beri madaniy
o`simlik sifatida o`stirib kelinmoqda.Yer yuzida karag`ayning 100 ga yaqin turi
bo`lib, shundan MDH da 64 turi, O`zbekistonda esa 4 turi madaniy o`simlik sifatida
ekib o`stiriladi. Qarag`ay xar xil tuproqda xam yaxshi o`sa beradi. U yorug`ni,
ochiq yerni yoqtiradi. Faqat O`zbekiston sharoitida yoshlik davrida yoz oylarida
sug`orib turish kerak. Yosh nixollarini ko`chirib o`tkazishda albatta tuprog`i bilan
olish kerak.
Soxtakashtan - (Aesculus hippocastanum L.) Soxtakashtandoshlar oilasidan,
bo`yi 15 m ga yetadigan qalin shoxli daraxtdir. Bargi lentasimon murakkab,
uzunligi 15—20 sm. Bargchalari soni 5—9 ta bo`lib, tuxumsimon, chetlari o`tkir
tishli, ustki qismi tuksiz, ostki tomonida esa faqat barg tomirlari bo`ylab tuklar
joylashgan. O`zbekistonda aprel-may oylarida gullaydi. Gullari yirik, cho`ziq tik
20
turuvchi uzunligi 20—30 sm ga yetadigan shingilsimon-tupgullarga joylashgan.
Tojbarglari oq yoki och yoki och pushti rangda, pastki qismida sariq, keyinchalik
esa pushti rangga aylanuvchi dog`lari bor. Mevasi avgust-sentyabr oylarida
pishadi. Mevasining sirti o`tkir uchli tikanchalar bilan qoplangan. Ko`pincha 1
yoki 2—3 urug`li. Kashtanning vatani Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikadir.
Soxtakashtan Toshkentga 1883 yili keltirilgan. O`sha yillari Samarqandga ham
keltirib utqazilgan. Kashtanning 25 turi bo`lib, shundan 13 turi MDH da
iqlimlashtirilgan. Shundan bir turi soxtakashtan O`zbekistonda uzoq yillardan beri
o`stirib kelinadi. Soxtakashtan kurg`oqchilikka chidamli, tabiiy sharoitda 400—
500, madaniy xolda esa 300 va undan xam, ko`p yil yashaydi.
Chinor – (Platanus). Chinordoshlar oilasiga mansub faqat bittagina
chinor Platanus turkumidan iborat. Daraxti va shox-shabbasi tarvaqaylagan
bo’ladi, Chinor torkumining ayrim turlari o’rta dengizning sharqiy qirg’oqlaridan
tortib to Himalay tog’larigacha tarqalgan.Bu turlardan biri - Sharq chinori Platanus
orientalior O’rta Osiyoda Hisortizma tog’larida yovvoyi holda uchrab, daryo
vodiylarida katta maydonlarni egallagan chinorzorlar vujudga keltirganChinor juda
baland bo’lib o’sadi va uzoq yashaydi. Egey dengizidagi Kos orolida 2500
yoshga kirgan chinor bor. Chinor chiroyli daraxt bo’lganligi uchun uni
ko’kalamzorlashtirish uchun o’stiriladi. Yog’ochi qattiq va chiroyli gulli
bo’lganidan mebel va har xil mayda buyumlar uchun ishlatiladi.
Buta va yarim butali o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlari.
Butalar - poyasi yog’ochlashgan , bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki
bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik.
Buta- tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning o’sib chiqishi hamda past
bo’lishi bilan farq qilinadigan o’simliklarning hayotiy shakli. Bo’yi yarim m dan
past bo’lgan, shoxlari yog’ochlashgan kalta o’simliklar butacha deyiladi.
Bularga, ayniqsa, tog’lar yonbag’rida keng tarqalgan irg’ay, singirtak,
na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, ma’daniy o’simliklardan anor, limon, qoraqat,
ligustrum,nastarin kabi o’simliklarni misol qilib keltirish mumkin.
21
Anor – Anordoshlar oilasiga faqat bitta anor turkumi Runika kiradi. Bu
turkum ikki turga bo’linadi. Ularning P.granatum degan turi O’rta Osiyoda –
Pomir-Oloy to’glarida (Hisor tizma to’larida va panj daryosi bo’ylab Darvoz
tog’larida) yovvoyi holda o’sadi. Anor qurg’oqchilikka chidamli o’simlik
bo’lganidan, asosan, tog’larning mayda tuproqli tosh - shag’alli yon bag’irlarida
nurab tushgan joylarda va qoyalar tagida o’sadi.
Anor sershox buta o’simlik. Barglarining cheti tekis bo’lib, ular navbat bilan
joylashgan. Bu barglarda efir moyli bezlar bo’lmaydi. Gullari yirik ikki jinsli
bo’lib, novdalarning qo’ltig’i va uchida yakka – yakka yoki dastalarga to’planib
turadi, rangi qizil. Gullarida 5 dan 8 tagacha tojibarg va ko’p changchilar bo’ladi.
Anorning guli ikki jinsli, zigomorf gulining shakli ikki xil bo’ladi. Biri ko’zacha
shaklli, uzun urug’chisi bo’lib, ular meva tugadi, ikkinchilari qo’ng’iroq shaklli
qisqa urug’chisi bo’lib, meva tugmaydi. Tugunchalari ostki, birin - ketin
joylashgan ikki qator mevachi barglardan tuzilgan.
Mevasi – sohta rezavor meva. Bu meva etdor meva qatidan va ko’pgina
urug’dan iborat bo’lib, urug’lar sirti sersuv va etdor po’st bilan qoplangan. Anor
asosan manzarali daraxt sifatida o’stiriladi. Anorda limon kislota va “S” vitamini
ko’p bo’ladi. Ildiz po’stlog’i va meva po’stida oshlovchi moddalari hamda
meditsinada ishlatiladigan alkaloidlar bor. Shoxining va mevasining po’stidan qora
rangli bo’yoq tayyorlanadi. Yog’ochlik qismi sarg’ish rangli zich va qattiq bo’lib,
undan har xil mayda buyumlar yasaladi.
Namatak (Ilovada 1-rasm) - Ranodoshlar oilasi na’matak turkumiga
mansub oddiy na’matak o’sadi. U tog’ va to’qaylarda o’sadi. Uning bo’yi 3-4 m
ga yetadigan, poyasi ko’p, tikanli sershox buta. Barglari murakkab toq patsimon,
5-9 sm yaproqchali. Iyun – iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan
och pushti, gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko’p changchi va urug’chilari
bor.
Na’matak sohta mevasi to’q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 23 sm, ichida juda ko’p qattiq urug’lari bor. Meva tarkibida inson salomatligi uchun
zarur moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar
22
bo’ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligining oldini olish va davolashda
ishlatiladi. O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi.
Na’matak ma’daniy atirgullarning yovvoyi turi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin, o’zbekistonda 340 dan ortiq navi
ekiladi.
Chala butalar - yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida
qishlaydigan o’simliklardir. Cho’llarda keng tarqalgan yem-xashak
o’simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular
jumlasidandir.
Chala butalar – tanasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan yuqori
qismlari qishda qurib qoladigan ko’p yillik o’simliklar. Anashu xususiyati bilan
buta va butachalardan farq qiladi. Chala butalar ariq o’lkalarida o’sishga ko’proq
moslashgan. Masalan teresken, cho’l va adirlarda o’suvchi shuvoqning ba’zi
turlari, sho’ra va b. bo’yi o’rtacha 80 sm, ba’zan 150-200 sm . Chala butalar ko’p
yillik o’tlardan kurtak chiqaradigan shoxlarning yer ustidan bir necha sm yuqorida
o’rnashganligi bilan farqlanadi.
Shuvoq (ilovada 2-rasm)– turkumiga mansub o’simliklar chorvachilikda
o’ziga xos o’rinni egallaydi. O’zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular
bir yillik hamda ko’p yillik o’tlar va yarim butalardir. Oq shuvoq turon shuvog’I
(qora juvshan), juvshan, shuvoq kabi turlari O’zbekistonda keng tarqalgan.
Yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda “yozgi tinim” davri boshlanadi.
Kuz kelgach, shuvoqlar yana o’sa boshlaydi. Sentyabrning ikkinchi yarmida
gullaydi.
Shuvoq
savatchalari
ro’vak
xilidagi
to’pgulga
o’rnashgan.
Savatchalarning har birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo’ladi.
Mevasi oktabrning oxiri yoki noyabrning boshida pishadi va to’kiladi. Cho’l
o’tloqlaridagi shuvoqlar qorako’l quylari va tuyalarning kuzgi hamda qishki asosiy
ozig’idir. Shuvoqlarni o’rib qish uchun xashak g’amlanadi.
Shuvoqlar bebaho shifobaxsh o’simlikhamdir. Bunga misol qilib, ermon
shuvog’ini ko’rsatsa bo’ladi. Uning bargi, poyasi va to’pgulidan tayyorlangan
dorilar ilmiy tabobatda kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
23
Izen – (Kochia) – Sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim butalardan
iborat turkum. Gullari ko’kimtir, ko’rimsiz, Barglari uzun tekis, qirrali. 80 turi
ma’lum. O’zbekistonda 4 turi bo’lib, ular toshloq, qumloq, gil tuproq, sho’rxok va
taqir yerlarda o’sadi. Asosan yerbag’irlab o’suvchi yarim buta izen deb ataladi. U
sifatli ozuqa bop o’simlik sifatida o’tloqlarning xosildorligini oshirish uchun
ekiladi.
Bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’simliklar.
Bir yillik o’tlar nihoyatda xilma-xil bo’lib, ular bir yil ichida o’sadi, gullaydi
va meva (urug’) tugib, o’z hayotini tugatadi.
O’zbekistonda uchraydigan o’simliklarning yarmidan ko’prog’ini bir yillik
o’simliklar tashkil qiladi. Ularga oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzzum,
baliqko’z va boshqalar kiradi.
Qishloq xo’jaligida o’stirilayotgan madaniy o’siliklarning juda ko’pchiligi
bir yillik o’simliklardir. Bularga g’oza, bug’doy, arpa, zig’ir, yeryong’oq, mosh,
no’xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir
yillik o’tlar orasiga juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan
momaqaldirmoq, qo’ytikan kabilarni, bo’yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham
oshadigan kanakunjut, makkajo’xori va kanopga o’xshash o’simliklarni ham
ko’plab uchratish mumkin.
G’o’za (ilovada 3-rasm) – Respublikamizda ekiladigan, gulxayridoshlarga
mansub o’simliklar orasida g’o’za asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonda go’za
turkumiga mansub asosan 3 tur o’sadi. Bularning hammasi ham madaniy o’simlik
sifatida o’stiriladi.
1.
Jaydari g’o’za - ko’saklari mayda. Tolasi mallarang, qisqa va
dag’al. Vatani Afrika, O’rta Osiyo eramizdan oldingi davrlardan boshlab to 1925yilgacha ekilgan. Hozirgi vaqtda uni faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin.
2.
Meksika go’zasi yoki oddiy g’o’za. Ostki gulkosachabarglari 3
ta. Gullari yirik, gultojbarglari och sariq, tubi qizil, dog’siz. Ko’saklari yirik, 4-5
chanoqli, yaxshi ochiladi, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qo’ng’ir rangda. Vatani
Markaziy Amerika. 1925-yildan beri O’zbekiston dehqonchiligida asosiy o’rinni
24
egallab kelmoqda. Hozir O’zbekistonda shu tur asosida yetishtirilgan ko’plab
navlar ekiladi.
3.
Misr g’o’zasi yoki Barbadoss g’o’zasi. Ostki gulkosachabarglari
ham 3 ta. Gullari yirik, gultojibarglari sapsariq-limon rangida, tubida qizil dog’bor.
Ko’saklari yirik, 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o’xshash
mayin, och sariq. Vatani Janubiy amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya).
O’zbekistonda Buxoro, Navoiy, qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida
ekiladi. Hamma “ingichka tolali g’o’za navlari” va “ Misr g’o’zasi” shu turga
taalluqlidir.
Respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o’rniga ko’ra gulxayridoshlar oilasi
vakillari orasida g’o’za alohida o’rinda turadi. Seleksioner olimlarimiz tomonidan
g’o’zaning serhosil, tezpishar, tolasi uzun va pishiq, qurg’oqchilikka, tuzga hamda
kasallikka chidamli ajoyib navlari yetishtirilgan. Bu navlardan yil sayin mo’l hosil
olinmoqda. Paxta xomashyosidan xalq – xo’jaligining turli sohalarida foydalanib
kelinmoqda. O’zbekistonda paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda o’zining salmoqli
o’rniga ega.
Jag’-jag’(ilovada 4-rasm)- Karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik
o’t. Jag’-jag’ni bo’yi 10-30 sm. Ildiz bo’g’zida joylashgan barglari qisqa bandli,
patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari oyada shingil to’pgul hosil
qiladi. Gulkosacha barglari gulkosacha barglaridan 1,5 marta uzun. Changchilari 6
ta. Urug’chisi bitta.
Oddiy jag’-jag’ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva
(qo’zoqcha) hosil qiladi. Yaxshi o’sgan har bir tup o’simlikdan 70000 ga yaqin
urug’ yetishadi.
O’zbekistonda jag’-jag’ turkumiga oid faqat bitta tur- oddiy jag’-jag’ o’sadi.
Oddiy jag’-jag’ tarkibida “S” va “K” darmondorilari, olma limon kislotalari bor.
Erta ko’klamda to’pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag’-jag’dan ko’k chuchvara, ko’k
somsa tayyorlanadi. Uning yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon
ketishini to’xtatishda ishlatiladi.
25
Qora ituzum (Ilovada 5-rasm)– Ituzumdoshlarga mansub yovvoyi turlarning
ko’pchiligi begona o’tlardan iborat. Ular orasida hammaga tanish qora ituzum ham
bor. Qora ituzum ituzum turkumiga mansun bir yillik o’t. Uni paxtazorlard,
polizlarda va boshqa ekinzorlarda, tashlandiq yerlarda va hatto yo’l yoqasida ham
uchratish mumkin. Qora ituzumning bo’yi 25-5- sm. Poyasi sershox. Barglari
oddiy, oddiy uzunchoq tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlari uchidagi gajak
to’pgulda 3 tadan 10 tagacha gul joylashgan. Gulkosachasi va gultoji 5 bo’lakli.
Changchilari 5 ta. Urug’chisi 1 ta. Qora ituzum iyun oyi oxiridan to tupini sovuq
urguncha gullayveradi. Sharsimon rezavor mevasi avgustning oxirida qorayib
pishadi. Mevalari “S” darmondorilariga boy, undan xalq tabobatida foydalaniladi.
O’zbekistonda ituzum turkumiga oid 10 turdagi o’simliklar o’sadi.
Ikki yillik o’tlar – urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan,
barg hosil qiladigan, ildizi va barglari oziq moddalar to’playdigan o’simliklar.Ular
ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi,
sholg’om, karam va boshqalar kiradi.
Karam – Karamdoshlar oylasiga mansub o’simlik. Xashaki karam muhim
silosbop ekinlardan biridir va u to’yimliligi bo’yicha kungaboqardan qolishmaydi.
U krestdoshlar oilasiga mansub ikki yillik o’simlik hisoblanadi. Asosan ko’kat va
silos tayyorlash uchun ekiladi. Ko’katining 100kilogrammi 15,7 ozuqa birligiga
teng. Tarkibida 2,5 foiz oqsil, 8,8 foiz azotsiz ekstraktiv moddalar, S, B vitaminlari
va karotin bor. 1kg ko’katida 33 mg karotin bo’ladi. Xashaki karamning tarkibida
12-14 foiz quruq modda bo’ladi. Hosildorligi 500-1000s ga atrofida bo’iadi. Ildiz
yaxshi rivojlanmagan,poyasining yo’g’onligi 3-5 sm bo’ladi.Barglari mum g’ubor
bilan qoplangan,poya va barglari yashil, gohida binafsha rangli dog’lar bo’ladi,
ikkinchi yili barg qo’ltiqlaridan gullar o’sib chiqadi. To’pguli shingil, mevasi
chatnab ketmaydigan qo’zoq, urug’i mayda, 1000 ta urug’ning vazni 3-5 g keladi.
Urug’ini 5-6 C da unib chiqadi. Maysasi 5-7 C ga chidaydi. Xashaki karam
tuproqqa talabchan. U unumdor, suv bilan taminlangan, botqoqlanmagan, mexanik
tarkibi o’rtacha bo’lgan yerlarda yuqori hosil beradi. U o’gitga talapchan, shuning
uchun
yetishtirish
texnologiyasida
26
organik
va
mineral
o’g’itlar
qo’llanadi. Venetsiya davri birinchi yili 140-160 kun, ikkinchi yili 80-90-kunni
tashkil etadi.
Sabzi -ziradoshlar (soyabondoshlar) oilasiga mansub o’simlikdir.Xashki
sabzi soyabonguldoshlar oilasiga mansub bo’lib ikki yillik o’simlik hisoblanadi.
Urug’i ekilgan birinchi yili sershira ildizmeva va yon ildizlar hosil qiladi.Ikinchi
yili shu ildizmevadan qayta ekilganda undan ham gul hosil bo’lib,urug’ beradi.
Birinchi yili urug’ ekilgan tuproq betiga juda ham ensiz, nozik urug’ barglari
o’sibchiqadi. So’ngra haqiqiy barglar hosil bo’ladi.
Xashaki sabzining ildiz yon barglari ensiz ko’p bo’lakchalarga bo’lingan,
patsimon qirqilgan barg ko’rinishiga ega. Ikkinichi yili ham barglar hosil
qiladi.Ular ham patsimon, rangi yashil, ustkitomoni siliq, ostki tomoni esa mayda
tukchalarga bilan qoplangan bo’ladi.
Xashsaki sabzining ildizmevasi, shakli har xil bo’lishi mumkin.Ko’pchilik
navlarda
konussimon,
yuqoridan
uchiga
tomon
ingichkalashib
boradi,
ildizmevaning rangi och sariq, tio’q sariqva qizil bo’ladi.
Ikkinchi yili ildizmeva ekilgandan keyin, bir necha poya o’sib chiqadi.
Poyalarning bo’yi 1 metr va undan ham yuqori bo’lishi mumkin.Poyaning yon
shohlarida soyabonsimon to’pguli joylashgan.
To’pgul murakkab,unda bir necha mayda gullar bo’ladi. Gullarining rangi
oq, gohida binafsha rangda ham bo’lishi mumkin va uning gullari hashoratlar
yordamida changlanadi.
Mevasi qo’sh urug’li, yetilganida ikkibo’lakka ajraladi. Urug’lari
mayda,chiziqchasimon, tuxumsimon, uzunligi mm gacha bo’lib, qovurg’ali
ingichka tuklari bor,sariq jigari ranfgda bio’ladi. 1000 dona urug’ vazni tukchalari
tozalangan bo’lsa g keladi .
Lavlagi (ilovada 6-rasm) - Sho’radoshlarning keng tarqalgan vakillaridan
biridir. Oddiy lavlagi lavlagi turkumiga mansub ikki yillik o’simlik. U urug’dan
chiqqan birinchi yili uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy,
yo’g’onlashgan ildiz (Ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayday bargli
sershox, uchi to’pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. U may oyida gullaydi.
27
Gullari mayday. Gulqo’rg’oni oddiy, gulkosachasimon, changchilari 5 ta.
Urug’chisi 3 ta mevabargning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Lavlagining mevasi –
sentabrdan pishadi. Mevasi yong’oqcha. uzun bandli yirik barglar va oziq
moddalarga boy, yo’g’onlashgan
Ko’p yillik o’tlar - yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq
ostida qishlaydigan o’simliklar. Bularga beda, ajriq, g’umay, sachratqi, piskom
piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz,
shahsir, o’tloq sebargasi singari o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’tlar, ayniqsa,
tog’larda keng tarqalgan.
Lola (ilovada 7-rasm) – Loladoshlar (Liliaceas) oilasi vakillaridan biri lola
turkumiga mansub qizil loladir. U aprelning oxiri – mayning boshlarida adir va
tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarda ochiladiga yirik gulli o’simlik. Bo’yi 2045 sm. Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona , ustida to’q
binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg’ish-qizil , pastki qismi qora
dog’li. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Mevasi 3 chanoqqa bo’linib
ochiladigan ko’sakcha.
Qizil lola urug’idan va piyozboshidan ko’payadi. Keyingi paytda
odamlarning shavqatsiz ravishda yulishi va piyozboshlarining kovlab olinishi
natijasida uning soni juda kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u muhofaza qilinadi va
O’zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Uni yulish va piyozboshlarini kovlab
olish qat’iy man etiladi. Shu bilan bir qatorda qizil lolani madaniylashtirish ustida
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika ilmiy-ishlab chiqarish
markazida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
O’zbekistonda lolalarning 23 ta turi uchraydi. Ular bir-birlaridan gullarining
rangi , katta kichikligi, bargi piyozboshi va mevasining shakli va boshqa belgilari
bilan farq qiladi. Shuningdek loladoshlarga yovvoyi holda o’sadigan olg’i va
xolmonlar ham kiradi. Bularning hammasi O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga
kiritilgan.
Beda – Dukkaklilar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Eng ko’p
ekiladigani ko’k beda hisoblanadi. Beda qadimdan ekib kelingan, keng tarqalgan
28
ekindir. Ilk bor beda eramizdan 5 ming yil ilgari o’rta Osiyoda ekilgan. Bundan
ilgari beda Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya va Shimoliy Afrikada tarqalgan.
Hozir yer yuzida beda 30 mln gektar yerga ekiladi. O’zbekistonda 200 ming gektar
yerga ekiladi. Uning quyidagi navlari bor:
Aridnaya o’rtapishar, o’sish davri 110 kun, bahorda birinchi o’rimi 65 kunda
yetiladi, yaxshi pishmaydi. Ikkinchi yildan boshlab 5-6 yil davomida har yili ikki
o’rim olish mumkin. Lalmi yerlarda ko’kat hosili 164 s ga, pichan 54 s ga, urug’i
2.4 s ga yetishi mumkin. Ko’kat tarkibida 17,2 % oqsil 25,8 % to’qima bo’ladi.
Toshkent- 3192 seleksiya yo’li bilan yaratilgan. Tupi to’g’ri o’sadi, poyalari
o’rtacha balandlikka ega. O’rimdan keyin o’sib chiqadigan poyasi to’g’ri bo’ladi.
Barglari mayday, poyasi, bargi va dukkaklari tuk bilan qoplangan. Shingil o’rtacha
zich, uzunchoq yoki boshqa shaklda bo’ladi. Gullarining rangi oq pushti, boshqa
tusda bo’lishi ham mumkin. Dukkaklari o’rtacha yirik. Bu nav serhosil, ertapishar
qishga va qurg’oqchilikka chidamliligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bahorda erta
o’sadi, kuzda qishlashga kech kiradi.
Toshkent - 1 seleksiya yo’li bilanyaratilgan. Tupi to’g’ri o’sadi, balandligi
o’rtacha, o’rilgandan keyin o’sib chiqadigan poyasi yarim tik o’sadi. Barglari
yirik,poya , barg dukkaklari siyrak tukli, shingili zich bo’ladi. Gullari binafsha
rangda bo’ladi. Dukkaklari o’rtacha yiri, 3-4 marotaba buralgan. Urug’I o’rtacha.
Bu nav serhosil ertapishar, qishga chidamli. Bahorda erta o’sadi, kuzda qishlashga
kech kiradi.
Xiva jaydari navi – tupi yoyilib o’sadi, ko’p poyali, balandligi o’rtacha,
o’rilgandan keyin o’sib chiqadigan poyalari yer bag’irlab zich o’sadi, barglari
o’rtacha yirik bo’ladi. Shingillari zich, kalta slindirsimon va cho’zinchoq boshcha
shakliga ega. Gullari to’q binafsha rangda. Dukkaklari o’rtacha, qora rangda, 2-3
marotaba buralgan bo’ladi. Urug’i loviyasimon, och yashil-sariq rangda bo’ladi.
Bu kechpishar nav, bahorda kech o’sa boshlaydi va kuzda o’sishdan erta to’htaydi.
O’sish davrida o’rtacha 3 marotaba o’riladi. Bu nav qishga chidamli,
qurg’oqchilikka chidamsizdir.
29
O’tloq
sebargasi
(ilovada
8-rasm) – Burchoqdoshlarga
mansub
Respublikamizda keng tarqalgan o’simliklardan biri o’tloq sebargasidir.
O’tloq sebargasining bo’yi 25-50 sm keladigan ko’p yillik o’t. U asosan tog’
etaklarida, daryolar va ariqlarning bo’ylarida , qisman begona o’t sifatida
sug’oriladigan ekinlar orasida uchraydi. Barglari uzun bandli , uch yaproqchali.
Gullari mayday, 2-3,5 sm keladigan kallakcha shaklidagi to’pgulda joylashgan.
Dukkagi bir urug’li, tuxumsimon, uzunligi 1,5-2 mm. O’zbekistonda sebarga
turkuming 7 turi o’sadi. Bularning hammasi yuqori sifarli oziqbop va guli asalshiraga boy o’simliklar hisoblanadi.
Shunday qilib gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta,
yarim buta, ko’p yillik, ikki yillik va bir yillik o’tlardan tashkil topgan.
30
XULOSA
Amalga oshirilgandan so'ng, ularning vazifasi ularni tarqatish, ya'ni ularni
unib chiqishi uchun ularni ota-onalaridan uzoqlashtirishga aylanadi, chunki ular
bo'lmasa, ular unib chiqqanda ota-onalari bilan raqobatlashadilar va shuning uchun
tirik qolish ehtimoli kamayadi o'sha kurash orqali.
Agar biz botanika bilan gaplashsak, meva urug'langan va etuk tuxumdondir.
Urug'larni himoya qilish uchun uning devori qalinlashgan va u perikarp deb ataladi.
Ko'pincha gulning boshqa qismlari uning rivojlanishiga hissa qo'shadi, masalan,
kalxat yoki idish.
Angiospermlar, ya'ni gulli o'simliklar, bo'r davrida eng so'nggi paydo bo'lgan
(taxminan 130-140 million yil oldin), ammo ularning mevalari tufayli ular
gimnospermlarga qaraganda ancha muvaffaqiyatli bo'lishdi, chunki ikkinchisi ular
himoya qilmaydi. ularning urug'lari, shuning uchun ular oldinga borish uchun
kamroq imkoniyatga ega.
Ushbu nuqtada siz gimnospermlar, ya'ni qarag'aylar, sarvlar va oxir-oqibat
gullari bo'lmagan barcha o'simliklar meva beradimi yoki yo'qligini bilishni
xohlashingiz mumkin. Shuningdek, degan savolga javob yo'q, chunki mevaning
rivojlanishi uchun gul bo'lishi va unumdor tuxumdonga ega bo'lishi zarur.
Biroq, konus yoki konus kabi ba'zi tuzilmalar ko'pincha mevalar bilan
adashadi, lekin aslida ular bunday emas. Aslida, uning urug'lari, bu holda qarag'ay
yong'oqlari himoyalanmaydi.
Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki
yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism
(mezokarp) — meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq)
mevalar bor. Hoʻl mevalar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli
(olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda
ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq meva tuzilishiga qarab bir nechtaga
boʻlinadi: yongʻoq mevalar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon
yongʻogʻi va boshqalar); pista mevalar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va
boshqalar); doncha mevalar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy.
31
Sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali mevalar — urugʻida qanotchasimon parda
boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda).
32
ADA B I YO T L A R
1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom Vыsshaya shkola 1982.
2. Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I, Razdorskiy V.F,Uranova.A
"Botanika" II tom, O‘simliklar sistemati-kasi", Toshkent 1963g
3. Jebrak A.R. "Kurs botaniki", M. Med, izd. ,1949.
4. Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949.
5. Komilova F, Jongurazov F."Botanikadan
amaliy mashg‘ulotlar",Toshkent,"Mexnat"
1986.
6. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika.M.Iz-vo «Vыsshaya shkola" 1990
god.
7. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T. «O‘qituvchi» 1995 yil.
Internet saytlari
8.www.wekipedia.uz
9.www.ziyouz.com
10. www.arxiv.uz
33
Download