Uploaded by Sanjar Voxidov

Reja Sulfat kislota va uning xossalari,ahamiyati

advertisement
Mavzu: Sulfat kislota olish turlari va sulfat kislotaning
kimyo sanoatidagi ahamiyati.
Reja:
1. Sulfat kislota va uning xossalari,ahamiyati.
2. Sulfat kislotasini ishlab chiqarish:
Sulfat kislota (H2SO4) kimyo sanoatini ko`p tonnalik asosiy mahsulotlaridan
biridir. MDH da yiliga 26 mln. tonnaga, dunyo miqyosida 150 mln. tonnaga
yaqin sulfat kislota ishlab chiqariladi. U kuchli kislotalar qatoriga kiradi va
shu bilan birga eng arzonlardan biridir. Sanoatda bir necha nav sulfat kislota
chiqariladi. va ular o`zaro konsentrasiyasi va aralashmalari bilan bir-biridan
farqlanadi. Asosiy qismi texnik kontakt kislota (sulfat kislotaning miqdori
92,5%), aralashmalarini miqdori kam bo`lgan akqumulyator kislotasi (9294%), oleum (SO3-24%) va minora usulda olingan kislota. Sulfat kislota xalq
xo`jaligining hamma tarmoslarida keng sollaniladi va uning ishlab chiqarish
miqdori uzluksiz ortib bormokda. Sulfat kislota mineral o`g`itlar - superfosfat
va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda aynissa ko`p ishlatiladi. Masalan,suvsiz
bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota
sarflanadi. Umumiy ishlab chiqariladigan hamma sulfat kislotaning yarmi
mineral o`g`itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg`ilarni qayta
ishlash, ya`ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to`yinmagan
uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko`p miqdorda sulfat
kislota ishlatiladi. Sulfat kislota ko`pgina organikm sintezlarda keng
qo`llaniladi. Masalan,organik birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar,
turli bo`yoqlar olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota nitrolash reaksiyasi
bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va nitrogliserin olishda suvni tortib oluvchi
birikma sifatida ishlatiladi. Sulfat kislota suv bilan shiddatli birikadi. U
organik birikmalarni parchalaydi. Suvsiz sulfat kislota (monogidrid) sulfat
kislota - og`ir, moysimon qaynaydigan suyuqlik, suv bilan har qanday nisbatan
aralashadi va bunda ko`p miqdorda issiqlik chiqadi. Konsentrlangan sulfat
kislotaning 0 0 S.dagi solishtirma og`irligi 1,85 g/sm 3 ga teng, 304 0 S.da
qaynaydi va +10 0 S da muzlaydi. Sulfat kislota moysimon bo`lgani uchun u
ba`zan kuporos moyi deb ham ataladi. Bu nom temir ko`porosi qattiq
qizdirilib, sulfat kislota hosil qilingan vaqtdan beri saqlanib kelmoqda. Sulfat
kislota dastlab XVIII asrlarda olina boshlangan (oldingi sahifalarga qarang).
U vaqtda temir ko`porosini termik qayta ishlab sulfat kislota olinar edi.
Hozirgi vaqtda sulfat kislota, asosan ikki usulda: nitroza va kontakt usullari
bilan olinadi. Nitroza usuli 200 yildan ko`proq vaqtdan beri ma`lum bo`lib,
kontakt usuli esa XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sanoat
tomonidan o`zlashtirildi va nitroza usulini siqib chiqarmoqda. Ikkala usulda
ham avval oltingugurtdan yoki oltingugurtli birikmalardan sulfid angidrid
olinadi, so`ngra bu gaz sulfat kislotasiga aylantiriladi. Buning uchun sulfid
angidridni kislorod ishtirokida oksidlab, sulfat angidridga o`tkaziladi. Bu
jarayonni tezlashtirish maqsadida katalizatorlardan foydalaniladi. Katalizator
sifatida azot oksidlari (sulfat kislotadagi eritmasi) ishlatilsa nitroza usuli,
qattiq katalizatorlar ishlatilsa kontakt usuli ( V2O5 bilan kontakti) hisoblanadi.
Nitroza usulida oksidlanish, asosan, suyuq muhitda va to`ldirgichli
minerallarda olib boriladi. SHuning uchun ko`pincha bu usul minorali usul
deb yuritiladi. Bunday usul bilan suyultirilgan 70-77%.li, hamda turli
qo`shimchalar aralashgan sulfat kislota olinadi, u asosan mineral o`g`itlar
ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kontakt usulda sulfat kislota olishda qattiq
katalizatorlar ishlatiladi, hozir bunday usulda sulfat kislota ishlab chiqarish
ancha takomillashgan bo`lib, olinayotgan kislota juda toza va konsentrasiyasi
yuqori bo`ladi. Kontakt usulida ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning
tannarxi nitroza usulidagiga qaraganda bir oz qimmat bo`lishiga qaramasdan,
hozir MDH da ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning 70% i kontakt usuli
bilan olinadi. Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xom-ashyo tug`ma (yombi)
oltingugurt, metall kolchedanlari, rangli metallurgiyani chiqindi gazlari,
vodorod sulfid tutgan gazlar, neft, toshko`mir tarkibidagi oltingugurtli
birikmalar, sulfat kislota tuzlari (sulfatlar) bo`lishi mumkin. Bulardan sulfid
angidrid olish uchun eng yaxshi xom-ashyo oltingugurt bo`lib, u tarkibida
oltingugurt bo`lgan minerallarni termik qayta ishlash natijasida ( +113 0 S da
suyuqlanadigan modda bo`lgani uchun u tezda suyuqlanib mineraldan ajralib
chiqadi) hosil bo`ladi. Oltingugurtni qazib olishning samarali usuli oltingugurt
konlariga o`ta qizdirilgan suv yuborib, oltingugurtni eritishga asoslangan.
Quduqqa o`ta qizdirilgan (165-170 0 S) suv bug`i va havo aralashmasi
yuborish, hamda suyuqlangan oltingugurtni er yuzasiga chiqarish uchun uchta
nay joylashtiriladi. Ma`dandagi oltingugurtni miqdori bo`yicha ular boy (25%
dan ko`proq), o`rtacha (10-25%) va kambag`al (5-10%) larga bo`linadi.
Ularga zararli bo`lgan aralashmalar - gips, bitum, mqshg`yak, selen aralashgan
bo`ladi. SHuning uchun qazib chiqarilgan oltingugurt boyitish fabrikalarida
ishlanib tozalanadi. Dunyodagi oltingugurtning eng ko`p qismi, vulqonli
oltingugurtdir (CHili, YAponiya, Filipin), tug`ma (yombi) oltingugurti bor
bo`lgan mamlakatlar - AQSH, Kanada, Polsha, Meksika, Iroq hisoblanadi.
Oltingugurt havoda oson yonib oksidlar hosil qiladi: S+O2( SO2. Bu gazning
tarkibida 10-15% chang, 6-11% kislorod va 79% azotdan iborat. Reaksiyaga
kirishadigan moddalar ikki xil fazada bo`lgani uchun reagentlarning kontakt
yuzasini oshirish maqsadida suyultirilgan oltingugurt issiqxona ichida
changlatiladi va kontakt vaqtini oshirish uchun bo`sh issiqxona ichiga to`siqlar
o`rnatilib aralashmani reaksion yo`li o`zaytiriladi. Sulfid angidridi juda yuqori
haroratda (140 0 S) issiqxona ichidan chiqariladi va keyingi bosqich gazini
SO2 ga aylantiriladigan kontakt qurilmaiga kirmasidan oldin tiklovchi qozonlariga yuborilib, uning issiqligidan foydalaniladi. Bu usul bilan olingan
oltingugurt (IV)- oksid gazi ancha toza bo`lgani uchun uni tozalashni hojati
yo`q. Respublikamizda yombi oltingugurt manbalari kam bo`lgani uchun
sulfat kislota ishlab chiqarishda sof oltingugurt juda kam ishlatiladi. SHuning
uchun undan, asosan, rezina, sun`iy tolalar, gugurt, tutunli porox (rangli
raketa), dorivor moddalar va boshqa mahsulotlar olishda va qishloq xo`jalik
zararkunandalariga qarshi kurishishda foydalaniladi. Oltingugurtni manbalari
sifatida tabiiy gazlarni olsak, ularda oltingugurt vodorod sulfid ko`rinishida
mavjud. Mamlakatimizda yoqilg`ining bu turi etarli zahira miqdoriga ega.
Bunday tabiiy nordon gazlar MDH, AQSh, Farangiston, Olmoniya, Yaqin
Sharqda va Venesuelada ham mavjud. Neftlarda esa 1% dan 5% gacha erigan
oltingugurt bo`lishi mumkin. Bular og`ir neftlar deb hisoblanadi va ular
AQSH, Kanada, MDH, Saudiya Arabistonida tarqalgan. Tabiiy gazlar va
neftlardan olingan oltingugurt tiklangan, qaytarilgan yoki regenerasiya
qilingan oltingugurt deb nomlanadi va juda katta tozalikka, kichik tannarxga
ega bo`ladi. Birinchi navbatda oltingugurt (VI) - oksidi yuqoridan sachratib
berilgan sulfat kislotasida eriydi, so`ngra kislota tarkibidagi suv bilan
ta`sirlashadi. n1 da oleum hosil bo`ladi. Rasm. Adsorbsiyalash jarayoning
prinsipial sxemasi. 1-gaz haydash qurilmasi; 2-issiqlik almashtirgichlar; 3kontakt qurilmasi. Eng yaxshi yutish qobiliyatiga ega bo`lgan sulfat kislotasini
konsentrasiyasi 98,3%. konsentrasiya undan pastroq yoki balandroq bo`lishi
yutish kamayadi va suv bilan to`qnashishi gaz fazada kislotali tuman hosil
bo`lishi bilan sodir bo`ladi. Kislotali tumanlardan tozalash ancha murakkab
ish olib uni amalga oshirish uchun ho`l elektrFiltrlar qo`llaniladi. Agar
shunday choralar amalga oshirilmasa, ular atmosferaga chiqib ketib, kislotali
yomg`irlarni hosil qiladi. Kislotali yomg`irlar esa sanoat jarayonlariga,
binolarga, odamlarga, o`simlik va hayvonlarga salbiy ta`sir etadi. Sulfat
kislotasini
kontakt
usulida
ishlash
katta
masshtabli,
uzluksiz,
mexanizasiyalashgan holda ishlab chiqariladi. Hozirda kontaktlash sexlarni
to`la almashtirishga o`tilayapti. Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va
oldindan hisoblash ancha mushqo`l ish va kimyogar texnologlardan jarayonni
har tomonlama yaxshi bilishini talab qiladi. Buni yorqin misoli sulfat kislota
ishlab chiqarishda quyida gaz hosil qilish va kontaktlashni moddiy balansini
va sarflash koeffisientlarini tuzishdir. ko`poros moyi, nitroza va kontakt
usullari, kontakt qurilmai, kislotali tuman, ishlab chiqarishning moddiy
balansi. Sulfat kislota (H2SO4) kimyo sanoatini ko`p tonnalik asosiy
mahsulotlaridan biridir. MDH da yiliga 26 mln. tonnaga, dunyo miqyosida
150 mln. tonnaga yaqin sulfat kislota ishlab chiqariladi. U kuchli kislotalar
qatoriga kiradi va shu bilan birga eng arzonlardan biridir. Sanoatda bir necha
nav sulfat kislota chiqariladi. va ular o`zaro konsentrasiyasi va aralashmalari
bilan bir-biridan farqlanadi. Asosiy qismi texnik kontakt kislota (sulfat
kislotaning
miqdori
92,5%),
aralashmalarini
miqdori
kam
bo`lgan
akqumulyator kislotasi (92-94%), oleum (SO3-24%) va minora usulda olingan
kislota. Sulfat kislota xalq xo`jaligining hamma tarmoslarida keng sollaniladi
va uning ishlab chiqarish miqdori uzluksiz ortib bormokda. Sulfat kislota
mineral o`g`itlar - superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda aynissa
ko`p ishlatiladi. Masalan,suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish
uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi. Umumiy ishlab chiqariladigan
hamma sulfat kislotaning yarmi mineral o`g`itlar ishlab chiqarish uchun
sarflanadi. Suyuq yoqilg`ilarni qayta ishlash, ya`ni kerosin, parafin, surkov
moylari hamda, to`yinmagan uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan
tozalashda ko`p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislota ko`pgina
organikm sintezlarda keng qo`llaniladi. Masalan,organik birikmalarni
sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar, turli bo`yoqlar olinadi. Bundan tashqari,
sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va
nitrogliserin olishda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi. Sulfat
kislota suv bilan shiddatli birikadi. U organik birikmalarni parchalaydi. Suvsiz
sulfat kislota (monogidrid) sulfat kislota - og`ir, moysimon qaynaydigan
suyuqlik, suv bilan har qanday nisbatan aralashadi va bunda ko`p miqdorda
issiqlik chiqadi. Konsentrlangan sulfat kislotaning 0 0 S.dagi solishtirma
og`irligi 1,85 g/sm 3 ga teng, 304 0 S.da qaynaydi va +10 0 S da muzlaydi.
Sulfat kislota moysimon bo`lgani uchun u ba`zan kuporos moyi deb ham
ataladi. Bu nom temir ko`porosi qattiq qizdirilib, sulfat kislota hosil qilingan
vaqtdan beri saqlanib kelmoqda. Sulfat kislota dastlab XVIII asrlarda olina
boshlangan (oldingi sahifalarga qarang). U vaqtda temir ko`porosini termik
qayta ishlab sulfat kislota olinar edi. Hozirgi vaqtda sulfat kislota, asosan ikki
usulda: nitroza va kontakt usullari bilan olinadi. Nitroza usuli 200 yildan
ko`proq vaqtdan beri ma`lum bo`lib, kontakt usuli esa XIX asrning oxiri va
XX asrning boshlarida sanoat tomonidan o`zlashtirildi va nitroza usulini siqib
chiqarmoqda. Ikkala usulda ham avval oltingugurtdan yoki oltingugurtli
birikmalardan sulfid angidrid olinadi, so`ngra bu gaz sulfat kislotasiga
aylantiriladi. Buning uchun sulfid angidridni kislorod ishtirokida oksidlab,
sulfat angidridga o`tkaziladi. Bu jarayonni tezlashtirish maqsadida
katalizatorlardan foydalaniladi. Katalizator sifatida azot oksidlari (sulfat
kislotadagi eritmasi) ishlatilsa nitroza usuli, qattiq katalizatorlar ishlatilsa
kontakt usuli ( V2O5 bilan kontakti) hisoblanadi. Nitroza usulida oksidlanish,
asosan, suyuq muhitda va to`ldirgichli minerallarda olib boriladi. SHuning
uchun ko`pincha bu usul minorali usul deb yuritiladi. Bunday usul bilan
suyultirilgan 70-77%.li, hamda turli qo`shimchalar aralashgan sulfat kislota
olinadi, u asosan mineral o`g`itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
1. Yusupov V.G., Toshev M.T., Parpiyev N.A., Koordinatsiyey birikmalar
kimyosi, T., 1996;
2. Davronov M.D., Sulaymankulov K. Kompleksnie soyedineniya metallov s
nekotorimi organicheskimi osnovaniyami, T., 2000.
3. N.A.Parpiyev, X.R.Raximov, A.G.Muftaxov. “Anorganik kimyo nazariy
asoslari”. Toshkent. “О‘zbekiston”. 2000 y.
4. N.A.Parpiеv, A.G. Muftaхov, Х.R.Raхimov. Anorganik kimyo.
«O‘zbеkiston» 2003.
5. Yusupov V.G., Toshеv M.T., Parpiеv N.A. Koordanitsion birikmalar
kimyosi. Toshkеnt. ―Univеrsitеt‖ 1998 y.
6. Q.Axmerov, Ajalilov, R. Sayfuddinov,A.Akbarov,S.Turobjonov, Umumiy va
anorganik kimyo. Darslik- T O’zbekiston 2017.390b.
7. Q.M.Axmedov, S.Mturobjonov, S.Y,Saparov.Umumiy va anorganik kimyodan
labaratoriya mashg’ulotlari.O’quv qo’llanma- T.O’zbekiston 2019.248b
8. Q. Axmerov . A Jalilov R. Sayfuddinov . umumiy va noorganik kimyo. DarslikT O’zbekiston 2006. 471b
9. A.Eminov, Q.Axmerov,S .Turubjonov Umumiy noorganikdan labaratoriyada
mashg’ulotlari. O’quv qo’llanma- T. O’zbekiston 2007. 222b
10.N.A Parpiyov, H.R. Rahimov, A.V Muftaxov. Anorganik kimyo.Nazari
asoslari Darslik.- T. O’zbekistan2000.479b
11.Nanotexnologiya hamma uchun / Rybalkina M. - M., 2005. - 434 p.
12. Nanotexnologiyaga kirish / Kobayashi N. - Per. yapon tilidan - M.: BINOM.
Bilim laboratoriyasi, 2007. - 134 b.: kasal.
13. Nanotexnologiyaga kirish / Menshutina N.V. - Kaluga: Ilmiy adabiyotlar
nashriyoti Bochkareva N.F., 2006. - 132 p.
14.Kukun materialshunosligi / Andrievskiy R.A. - M.: Metallurgiya, 1991. - 205
b.
15. Ultradispers metall kukunlarini olish uchun levitatsiya usuli /Gen M.Ya.,
Miller A.V. Yuzaki. Fizika, kimyo, mexanika. - 1983. No 2., S. 150-154.
16.Troitskiy V.N. Plazma mikroto'lqinli razryadda o'ta nozik kukunlarni olish//
Mikroto'lqinli plazma generatorlari: fizika, texnologiya, qo'llash / Batenin
V.M. va boshqalar - M .: Energoatomizdat, 1988. - S. 175-221.
17. Ultratovushni materiallar kimyosiga qo'llash / Suslick K.S., Narx G.J. Yillik
sharh Materialshunoslik. - 1999. V.2., B. 295-326.
Download