OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AVTOMOBIL TRANSPORTI MUXANDISLIGI FAKULTETI “AVTOMOBIL VA AVTOMOBIL XOʼJALIGI ” KAFEDRASI MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI BAJARDI __601-18 GURUH TALABASI QODIROV ODILJON__________ KORXONADAN RAHBAR____ SOTIBOL DIYEV M_________ (f.i.sh.; korxona muhri) UNIVERSITETDAN RAHBAR____________ TOSHKENT-2022 2 BOLIYEV M___ Mundarija. Kirish……………………………………………………………………………4 1.Qashqadaryo avto yo’llari qurilish tarixi va uning ahamiyati………………….6 2 Qashqadaryo avto yo’llar qurilishningsovet davridagi ahvoli va uning hususiyatlari …………………………………………………………………….11 3. Qashqadaryoda avto yo’l qurilishining rivojlantirlishi va uning ahamiyati.....17 Xulosa……………………………………………………………………….…..21 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………..………….…. 23 3 KIRISH. Go’zal navqiron olis qadimiyat, moziy hamisha, bizga bugungi ishlarimizni sarhisob qilishda ota-bobolarimiz bosib o’tgan ulug’ yo’lni cho’qqilardan turib baholashda bugungi ulkan rejalarimizni tuzishda muhim ahamiyat kasb etaveradi. Bugungi mustaqil davlat bo’lib o’z istiqloliga erishgan o’zbek xalqi o’zining necha yillik tarixiga ega bo’lgan eng qadimiy xalqdir. Qadimda o’zbek xalqining iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida muhim rol o’ynagan sohalardan biri karvon yo’llari hisoblanadi. Yaqin o’tmishimizda esa Qashqadaryo taraqqiyotida muhim tub burilishli o’zgarishlar keltira olgan soha bu avtomobillar yo’llari bo’lib qoldi. Yo’llar xalqlarimiz hayotida xullas hamma-hamma sohalarda tub burilishli o’zgarishlarning bo’lishlarida muhim rol o’ynab keldi. Har bir xalqning o’lkaning shu xalqni o’rab turgan tabiiy muhitga bog’liq ravishda shakllanishi kechmish hayotining taraqqiyoti uni o’rab turgan tabiiy muhitga bog’liqligi aniq. O’lkamizning xalqi dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, pillachilik va boshqa sohalarining eng mashhur ustalari hisoblanishadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek “biz o’z oldimizga qo’yilgan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o’sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimiz bugungi kun nuqtai nazardan xolisona baho berishimiz tabiiydir”1. Qashqadaryo hududi iqlimining keskin kontinental bo’lishi xalqimizni yo’l qurilishi o’rtasi sifatida ma’lum va mashhur bo’lishiga ham sabab bo’lgan. Qashqadaryo 1920 yilga qadar Buxoro amirligi tarkibida 1924 yilning 1noyabrdan Qashqadaryo viloyati tashkil topgan. 1927 yildan Qashqadaryo viloyati okrug sifatida Buxoro viloyati tarkibiga kirdi. 1943 yil 22-yanvardan alohida viloyat sifatida ta’kidlandi. 1960 yil 25- yanvardan Qashqadaryo hududi islohotida 4 kichik Surxondaryo viloyatiga birlashtirildi. 1964 yil 7-fevraldan Qashqadaryo o’zining avvalgi hududlari asosida alohida viloyat bo’lib qoldi. Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,4 ming kv.m bo’lib hududining kattaligi bo’yicha O’zbekistonda Qoraqalpog’iston avtonom Respublikasi (164,9 ming kv.km) Navoiy (110,8 ming kv.km) Buxoro (39,4 ming kv.km) viloyatlardan keyingi 4 o’rinda turadi. O’zbekiston Respublikasi maydonining atigi 7% ni egallagan holda Qashqadaryo viloyati maydoniga ko’ra Albaniya (28,7 ming kv.km), Armaniston (29,8 ming kv.km) Qrim (26,0 ming kv.km) Bel’giya (30,5 ming kv.km) Niderlandiya (32,4 ming kv.km) kabi Yevropa davlatlari yer maydonlari bilan tenglashadi. Qashqadaryo viloyati 795 kilometr uzunligidagi chegaraga ega shundan, 405 kilometrlari tog’lar 390 kilometr tekisliklar orqali shimoldan janubga 195 kilometr masofaga cho’zilgan. Shimolda Qashqadaryo viloyatining Samarqand viloyati bilan chegarasi Zarafshon chizmasining Chaqilkalon Karvontepa Ziyovuddin – zida buloq tog’lari va ular orasidagi Jon va Qarnob cho’lining to’lqinsimon tekisliklari orqali o’tadi. Sharqda Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyati bilan Hisor tizmasi orqali chegaradosh. Sharqda shuningdek Surxondaryo viloyati bilan ham chegaradosh bo’lib Sarhad chizig’i Respublikasining eng baland tog’i Hisor tizilmasining qirrasi uning tarmoqlari Chaqchor va Boysun tog’i Suvayirig’ichi, so’ngra janubiy – g’arbda. Shurob botig’i, suvsi tog’ va Kuhi ptanchning qirrasi bo’ylab o’tadi. Qashqadaryo viloyati Turkmaniston Respublikasi bilan eng uzun chegaraga ega Kuxitangning g’arbdagi davomi bo’lgan Dehqonobod past tog’lari janubda Nishon adirlari Saksondara Olovuddin to’g va Qarshi qiya tekisligi Sandiqli qum cho’li Qashqadaryo va X.Chorjev viloyatlari Sarhadlarini bir-biri bilan tutashtiradi. Qarshi dashtining Dengiz ko’li, Jarqoq, Setalan tepa qirlari va Qarnob cho’li kabi g’arbdagi yerlari. Buxoro va so’ng Navoiy viloyatlariga kirib boradi. Qashqadryo viloyati xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri transport bo’lib u yuk va yo’lovchilarni tashishning yagona vositasidir. Transport viloyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. 5 Qaysi joy transport bora oladigan bo’lsa u yerga avtomobil yo’li borgan bo’lsa u joy albatta obod bo’lgan. Aholining yangi – yangi imkoniyatlari oshgan. Yangi go’zal obod go’shalar aholi yashash punktlari obodonchilik, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Hayot tarzi iqlimi sharoiti o’zgarishiga sabab bo’lgan. Qashqadryoning ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida muhim rol o’ynagan. Temir yo’l va avtomobil yo’llar o’zining uzoq moziy tarixiga ega. Qashqadaryo viloyatidan avtomobil yo’llari orqali paxta tolasi, pilla Qorakuli teri, o’simlik moyi va g’alla, tabiiy gaz, kondensar, neft , oltingurgut, marmar va boshqa mahsulotlarni olib ketilsa, mineral o’g’itlar har xil mashinalar va ularning ehtiyot qismlari, qurilishi materiallari va boshqa yuklar o’lka boshqa yurtlardan tashib keltiriladi. Bugungi kunda 4,5 ming.kmdan ko’proq avtomobil yo’llari viloyatda eksplutatsiya qilinmoqda. Yana yangi-yangi tosh va asfalt yo’llari tog’li joylarda bunyod etilmoqda. 1. Qashqadaryo avto yo’llari qurilish tarixi va uning ahamiyati. Bugungi kunda mustaqil davlat bo’lib o’z istiqloliga erishgan o’zbek xalqi o’zining necha yillik tarixiga ega bo’lgan eng qadimiy xalqdir. Qadimda o’zbek xalqining iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy ma’naviy hayotida muhim rol o’ynagan sohalaridan biri karvon yo’llari hisoblanadi. Uch ming yil davomida mamlakatimiz xalqlariga xizmat qilgan ipak yo’li muhim ahamiyat kasb etgan karvon yo’li bo’lib u to XXI asrgacha o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Bu yil bobokalonlarimiz makon tutib o’z aqlini tanib urug’chilikdan qabilalikka, qabilachilikdan davlatga va o’zga yurtlarga ko’z olaytira boshlashgan zamonlardan boshlandi. Bu yo’l insonning ovchilikni, dehqonchilikni, hunarmandchilikni o’zlashtirgan davrlardan boshlangan. Inson faoliyatining to’rt manzarasi chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik jangchilik orasidan beshinchi toifa savdo aholini ajratib chiqardi. Bu toifa ishlagan mahsulotlarni, mollarni o’ziga kerakli narsalar bilan almashtiruvchi toifa edi. O’zida yo’q narsalarni topishi uchun o’zida bor narsalarni almashtirish bilan shug’ullanuvchi kishilar vujudga keldi. 6 Urug’lar, qabilalar, jamoalar, qishloqlar, ovullar, shaharlar o’rtasidagi savdo munosabatlari shakllandi. Savdo shaharlari, ovullari, qishloqlari paydo bo’ldi. Savdo yo’llari qo’shila boshladi. Bu yo’llar bobokanonlarimizning bir davri bosqichdan keyingi davriy bosqichga, eski iqtisodiy imkoniyatdan yangisiga, madaniyatdan – madaniyatga - tashrifga o’tgan va yangicha uslubiy saviyadan- saviyaga amaliy tashrifdan yo’llar bilan kamol topa boshlagan davrdan boshlandi. Karvon yo’llari turli zamonlarda yashagan yurtdoshlarimizning tarixiy bir kitobi bo’lib uning sahifalarida xalqimiz tarixi, madaniyatlar tarixi, savdo, ilmiy fandagi tajribalar tarixi, o’zaro hamkorlik, do’stlik, birodarlik, qadriyatlar tarixi hamma-hammasi zarhal harflar bilan yozib qoldirilgan. Eron ahamoniylari Iskandar (A.Makedonskiy) arab istilochilari Chingizxon, A.Temur, rus bosqinchi lashkarlari – askarlari hamma-hammasi ana shu karvon yo’llaridan yurdilar. “ Oltin ko’priklar” deb atovchi bu yo’llar minglab yillar davomida vujudga keltirildi. Yuzlab o’lkalar mamlakatlarning karvon yo’llari birbirlari bilan tutashtirildi. Yo’llarga toshlar yotqizildi, ko’priklar bunyod etildi. Yo’llar alohida qatlami zich yashaydigan joylardan daryo, anhor, kanallardan, dengiz sohillaridan, mamlakatlarning ichki-tashqi savdosini rivojlantirishi qulayliklariga ega bo’lgan go’zal joylardan o’tkazildi. Eng katta qadimiy tumanlar, shaharlar, aholi istiqomat qiladigan qishloqlar, ovullar qad ko’tardi. Movarounnahr deb ataluvchi Amu va Sirdaryo oralig’idagi markaziy Osiyo yerlari miloddan avvalgi ikki minginchi yillarda iqtisodiy madaniy ijtimoiy – siyosiy jihatdan anchagina yaxshi rivojlangan bo’lgan. Bu sarhadlarda Xorazmiylar, So’g’diylar, Baqteriyalar Parfiyonlar va hokazo davlat mavjud bo’lgan. Bu hududlarda qavmlarimizdan massagetlar shaklar, daklar va hokazolar yashaganlar. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Eron ahamoniylari bu hududlarini o’z tasarruflariga olganlar. Bu davrda Ipak yo’lining ikki tarmog’i bo’lib. Bu yo’lning biridan Janubiy Eron Shimoliy Hindiston, Qobul, Balx orqali Badaxshonga Sharqiy Turkiston, Xitoy, Yaponiyaga borilgan. Yo’lning ikkinchisidan qadimgi Miliya, Bobul Balx 7 orqali Amudaryodan o’tib Termiz, Buxoro, Nasaf, Kesh, Maroqand, Shah bilan Yettisuv O’tror, Oltioy, Xitoy va Yaponiyaga borganlar. Ipak yo’lining yana bir kichik tarmog’i Maridan boshlanib Nasaf Kesh, Maroqand, Shash, Farg’ona vodiysi. O’sh, O’trar, Xitoy orqali Yapon dengiziga chiqib borgan. Bu yo’llarning ko’pi Duvan xuanda kesishgan. Eng qadimiy Ipak yo’li Xitoyning ko’hna poytaxti Chan’an shahridan boshlanib Venetsiyaga borib yetgan. Xullas, bu yo’lar Italiya, Ispaniya va O’rta dengiz atrofidagi turli mamlakatlar sarhadlaridan boshlanib, Tir, Damashq, Olatuli, Bog’dod orqali Markaziy Osiyodan Xitoy, Yaponiyaga yetib borgan ekan. Uning uzinligi 12000 ming kilometrdan ziyod. Arxeologik topilmalar tarixiy manbalar ustida olib borilgan uzoq izlanishlardan so’ng olimlar kashfiyot darajasidagi yangi xulosaga kelganlar. Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyodan o’tgan uchinchi tarmog’i ham bo’lgan. Bu tarmoq Samarqanddan boshlanib, cho’llar orqali Xorazmga, Orol dengizi bo’ylariga Itil (Volga) daryosi va nihoyat Kavkaz tizma tog’lari dovonlaridan o’tib Vizantiya, O’rta dengiz, G’arbiy Ovropa, Shimoliy Afrikagacha borgan. Bu o’lkan qadam, ammo yosh yo’llardan ancha oldin bashariyatning tarixida boshqa karvon yo’llari ham mavjud bo’lgan. Bular Afrika qit’asini kesib o’tgan tuz yo’li rus va Skandinaviya mamlakatlarini bog’lab turgan “kelgindi” yunonlar yo’li, Shimoliy va Janubiy Amerikani bir –biri bilan bog’lovchi karvon yo’llar, keyinchalik okeanlar bilan okeanlarni, dengizlar bilan dengizlarni, daryolar bilan daryolarni tutashtiruvchi kema yo’llari ham mavjud bo’lgan. 1877 yil nemis muxarrixi Rixtxofen o’zining “Xitoy” nomli asarida Movarounnahr va Sharq mamlakatlari sarhadlarini kesib o’tgan qadimiy karvon yo’llari birinchi bo’lib “ Ipak yo’li” deb atadi. Ipak yo’llaridan esa tuya, ot, xachir, qo’tos, eshak va boshqa ulovlarda eng avvalo Xitoy va Movarounnahrni jahon olamini hayratga soladigan eng qimmatbaho, nodir ipak matolari G’arb mamlakatlariga olib borilgan. Shu bois mashhur nemis olimi Ferdend Ritxofinning bu yo’lga “Ipak yo’li” deb nom berishi ham bejiz bo’lmasa kerakda. Dunyo bozorining ko’pdan-ko’p rivojiga sabab bo’lgan bu yo’llar Sharq va G’arbning 8 ijtimoiy –iqtisodiy va madaniy hayotida “Oltin ko’prik” bo’lib xizmat qilgan. Karvonlar shaharlardan -shaharlarga yurtlardan-yurtlarga, ovullardan-ovullarga faqat tovar olib bormasdan, tibbiyot, san’at, tarbiya sohasidagi yangiliklarni ham olib borganlar. Savdogarlar chorva mollari bilan ham savdo qilganlar. Turkiylar tilla va kumush tangalarni ishlab chiqarganlar. Ular yetti xil metall rudalarini kavlab olishni ham bilishgan. Bular oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin, qalay, temir, rux bo’lgan. Bularning bir qismlaridan qozonlar tayyorlashgan. Bu qozonlar eni 2,2 metr, og’irligi esa ikki tonnagacha bo’lgan. Tovarlar Markaziy Osiyodan boshqa mamlakatlarga olib borib sotilgan. Madaniy manfaatdan iqtisodiy manfaatni ustun zolim bosqinchi qonxo’r, ochko’z mamlakatlarning qo’ygan turli podsholarni Movarounnahrning ser unum tuprog’i, oltinlariyu, juni, qarokul terisi, ipagi, paxtasi, shirin sharbat qovuni, tarvuzlari-yu, mevalari, sabzavotlari, ko’zni qamashtiruvchi zar buyumlari hokazolari qiziqtirgan. Bu boyliklarga ega bo’lish uchun Eron ahamoniylari, Iskandar, arab mo’g’ul, rus bosqinchilarni o’lkaga navbatma-navbat, qayta-qayta bosqin uyushtiraverganlar. Ipak yo’li esa ularning bu o’lkaga bosqinlarida strategik yo’l bo’lib qolaverdi. Markaziy Osiyoning behisob boyliklarini bosqinchilar o’z vatanlariga tashib ketaverishgan. Rus olimi Lyutavskiyning ta’kidlashicha, Iskandarga Movarounnahrdan o’z yurti Aleksandriya shahriga bir karvon boylikni yuklash uchun 1000 juft qo’tos va 3000 tuya kerak bo’lgan. Uning talonchilik bilan birgina Sug’diyona ibodatxonasidan olgan tillolari va qimmatbaho mo’ynali buyumlari 50000 tadan tillo o’ljani tashkil qilgan. Bunday behisob o’lkani Eron ahamoniylari, arab, mo’g’ul, rus istilochilari ham uzluksiz, ketma-ket tashib ketaverishgan. Markaziy Osiyoda tijoratchilarni tayyorlash uchun keksa savdogarlar yoshlar bilan uch yillik shartnoma tuzib bu hunarga o’rgatishgan. Shogird savdogarlar maxsus komissiyaning imtihonlaridan o’tganidan keyingina ularni mustaqil ishlashga jalb qilingan. Imtihondan o’tmasalar, mustaqil ishga yuborilmagan, ularning ustozlari esa ustozlikdan mahrum qilingan. Movarounnahrliklar qadim9 qadimdan savdo, tijorat san’atini, madaniyatini egallab olganlar. Buni Xitoy muzeylarida saqlayotgan kumush idishlariga bitilgan. So’g’d tilidagi yozuvlardan Yaponiyada Sesain hoqonlik qilgan davrdagi ibodatxona xazinasida saqlanib kelinayotgan tillo kosalardagi, idishlardagi yozuv va suratlardan, Hindiston, Eron, Rus muzeylarida saqlanayotgan So’g’dning qadim qimmatbaho idishlari buyumlaridan ham bilish mumkin. Bu Sharq bilan g’arb mamlakatlarining O’rta Osiyo mamlakatlari orqali savdo bozor aloqalari qilganliklaridan guvohlik beradi. Bu mamlakatlar karvonlari uchun O’rta Osiyo shaharlari savdo sotiq va mol almashuvi bozori bo’lgan. O’sha davrda Sharqiy Ovropa va Sibirning mo’ynasi, asali, baliq yog’i, Xitoyning ipak gazlamalari, temiri, chinni, kumush, qimmatbaho nifrat va boshqa toshlari. Markaziy Osiyoning guruchi, quruq, mevalari, qurol –aslahalari, to’qimachilik buyumlari, ot anjomlari, Hindistonning qimmatbaho toshlari dorivorlari, bo’yoqlari, fel suyaklaridan yasalgan. Yasalgan har xil sovg’alar, Osiyo va Eronning hunarmandchilik buyumlari, qurol – aslahalari keng almashinuvi tovarlari bo’lgan. Karvon yo’llarining asosiy tuya, ot qutos, xachir, eshak, xo’kiz va boshqa ish hayvonlari bo’lganligi tufayli uzoq masofalarga boriladigan bu qatnov vositasida bir-ikki yil hatto undan ham ko’proq vaqt sarflab yo’llarda yurganlar. Katta shaharlarda karvonlar bir hafta, ayrimlarda 10 kun dam olishgan, savdo – sotiq qilishgan. Go’zal qadimiyatdagi bu yo’llardan yurish xatardan holi emas edi. Yo’lovchilar har doim katta qaroqchilari to’dalariga duch kelaverishgan. Ularga oziq-ovqat, don, yem-xashak, yetishmasligi, tog’ dovonlaridan yurish qiyinchiliklari, jazirama, issiqlar, qishning qattiq sovuqlari azob bergan. Savdogarlar azim daryo, tez oqar suv, Amu, Sir, Qashqa – Zarafshon daryolaridan o’tish muammolariga duch kelganlar. Savdogarlar daryolarning ma’lum bir joylardagi kechuv joylari orqaligina ulardan o’tganlar. Buxoro savdo karvonlariga bu anchagina qulayliklar keltirar edi. A. Vamberining ko’rsatilishicha XIX asrning 40-50 yillarida Buxoro amirligidan Rossiyaga 1096380 funt sterling1 puli miqdoridan tovarlar olib ketilgan va shu asrning 40 -50 yillaridan Buxoro amirligidan Rossiyaga 783785 funt sterling puli miqdorida 10 tovarlar olib ketilgan va olib kelingan. 1850-1852 yillarda Rossiya Buxoro amirligi o’rtasida olib ketilgan va keltirilgan tovarlar million sumga yetgan. Rossiya bilan O’rta Osiyo savdosining asosiy qismini Buxoro amirligi shaharlari bilan olib borilgan savdo tashkil qilingan. Savdo-sotiqni rivojlanishi esa ichki savdoga, iqtisodiyot, rivojiga ta’sir qilgan. Bu hol karvon yo’llarining yanada rivojlantirishda, karvon saroylarning ko’plab qurilishda muhim ahamiyat kasb etgan. Buxoro amirligining yirik shaharlari Rossiya, Afg’oniston, Hindiston, Pokiston, Eron, Qozog’iston, Sibir kabi o’lkalar xalqlarning savdo – sotiq aloqalarida oltin ko’prik rolini o’ynagan. Olimlar XVII va XVIII asrlarda bug’ mashinalari yaratish va uni takomillashtirish sohasida katta ishlarni amalga oshirdi. Bug’ mashinalari fabrika, zavod va korxonalarining ishga tushurishda paraxodlar, paravozlarni harakatga keltirishda muhim ahamiyat kasb etdi2. Kapitalizm vujudga keltirgan ilmiy texnika taraqqiyoti insoniyatning tabiati bo’lib olishida va uning qonunlardan ishlab chiqarishda foydalaniladi. Foydalanishda sifat jihatidan yirik sakrash bo’ldi. U ishlab chiqarishning texnikaviy asosini tubdan qayta ko’rishga katta yo’l ochib berdi. Kapitalizm davrida bu mashinalarning ko’plab ishlab chiqilish paravozlarni, temir yo’l qurilishini avj oldirdi. Paravozlar, paraxodlar tuya karvonlarning, aravalarning o’rnini egalladi. Insonning mehnati yengillashdi. Vaqtdan samarali foydalanishning keng imkoniyatlari vujudga keldi. Tuya, ot, xachir, xo’kizdan qatnov vositasi sifatida foydalanishning o’rnini asosan istiqboli texnika, poyezdlar “Po’lat tulpor” lar egalladi. Poyezdning yaratilishi, temir yo’larning kirishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Malakasiz mehnatini o’rniga malakali mehnat jismoniy mehnatning o’rniga aqlli mehnat egallashi bu borada muhim rol o’ynadi. 2.Qashqadaryo avto yo’llar qurilishning sovet davridagi ahvoli va uning xususiyatlari. 1917 yilning 1-noyabrida Rossiyada Oktabr to’ntarilishi amalga oshirildi. Sovet hokimiyati shundan so’ng Rossiyaning barcha o’lkalarida hokimiyat 11 sovetlarning qo’liga o’tdi. 1920 yilning 2-sessiyasiga Buxoro amirligi ham ag’darilib bu yerda ham sovet hukumati o’rnatildi. 1920-1930 yillarda sovetlarga qarshi buyuk istiqlolchilik harakati davom etdi. Bu davrda sovetlarning qatag’onlik siyosati ham avj oldirildi. Mamlakatning hamma joylarida jamoalashtirish quloqlarga qarshi kurash siyosatlari avj oldirildi. Ana shunday bir davrda Qashqadaryo transportni rivojlantirishga ayniqsa avtomobil transporti uning uchun kerakli yo’llarni qo’riqlash sovetlarning imkoniyatlarini yetmas edi. Buning uchun avvalo katta mashaqqatli harakatlar kerak bo’lgani hamda malakali ishchi kuchi, transport yetishmas edi. 1914-1916 yillarda Kogon –Qarshi – Kitob; Kogon –Qarshi – Termiz temir yo’li qurilib ishga tushirildi. Ana shu temir yo’l yonidan avtomobil, arava va ulovlar uchun yo’llar qurilishi lozim edi. Bu yo’llar o’sha davrlarda tosh yo’llar deb atalar edi. Bu tosh yo’llarini qurish uchun katta hajmdagi tuproq ishlarini bajarilishi lozim edi. Bu ishga faqatgina qo’l kuchi bilan, aravalarda tuproq va qum – toshni tashish yo’li bilan bajarilishi lozim edi. Qo’l kuchi bilan bajariladigan lozim mehnat juda og’ir mashaqqatli mehnat edi. Yo’llarga tuproq ishlarini bajarishda buldozerlarning ekskovatorlarning yo’qligi ijtimoiy ish juda sekinlik bilan bajarilar edi. Shunga qaramasdan 19151920 yillarda temir yo’lni atrofidagi tosh yo’llarning bir qismi bunyod etildi. Qashqadaryoning Tanxoz daryosidan, qum – toshlar olindi. Ammo ularni tashib borish nihoyatda qiyin edi. Shu sababli bu yo’llarning asosiy bir qismiga tosh va qum yetishmasdi. Qumning ustiga temir yo’l atrofida mavjud bo’lgan esiki yo’llardan ham foydalanildi. Ularning asosiy qismlari qaytadan ta’mirlanib, yangi yo’llarga qo’shib yuborildi. Temir yo’l qurilishi berilgan avtomobillar esa faqatgina ishchi va xizmatchilarni bu yo’llardan tashishga xizmat qilar edi. Yo’l qurilishi ishlarida faqatgina arava va ishchilarning zambil, ko’p hollarda yelkalarida ko’tarib tuproq tashishdan foydalanildi, ketmon, belkuraklardan yer tekislash yo’li qurilishda shulardan foydalanildi. Bu davrdan boshlab viloyatning tumanlariga boriladigan yo’llarni asfaltlash ishlari amalga oshirila boshlandi. 12 Avtomobil yo’llarini asfaltlashtirishda Qashqadaryo avtoyo’li jamoalari a’zolarining mehnatlari tahsinga sazovordir. 1943 yilda Qashqadryo viloyati tashkil topganda uning alohida bo’limi sifatida avto yo’llar idorasi ham tashkil topgan edi. Ammo bu jamoa ham har tomonlama zaif edi. Faqatgina 1950 yillardan boshlab bu korxona anchagina o’zining qaddini rostladi xolos. Asfaltlash ishlari birinchi marotaba 1954 yildan boshlandi. Qashqadaryoda birinchi asfalt yo’llari Qarshi –G’uzor oralig’ida 53 km lik yo’lni birinchi boshladi. Ish loyihaga qarab yo’llarning o’rnini tekislash, unga tuproq yotqizib tekislab ishlaridan iborat edi.Tekislab chiqish tuproq yo’lning ustiga og’ir g’ildirakli yo’lni bosish moslamalaridan qotirib chiqishdan iborat edi. Qarshi –G’uzor yo’li temir yo’l atrofida eski tosh yo’l o’rnida qurildi. Bu yo’lni asfaltlash sifatida bitumga (ne’ftning chiqiti) qum-shag’al aralashtirilib qorildi va asfalt hosil qilindi. Bu qorishma yo’llarning ustini betonlashtirib yo’l qurishga nisbatan juda ham arzon va qulay edi. Buning ustiga bu qorishmadan tekis ravon mustaqil har qanday og’ir yuk tashiydigan transport ham harakatlana olinishi mumkin edi. Hattoki bu yo’llardan foydalanish ham tanklarning harakatlanishi ham mumkin edi. Bu yo’llar yaxshi 4-5 marotaba tekislanib 3-5 martadan tuproq yotqizib shibbollanib, tuprog’i zichlashtirilsa trakt yo’li ufanasiga yo’l bo’la olishi mumkin. Buning uchun bu yo’llarning ustidan ming tonnalik shibolovchi, tuproq zichlamasligi mashinalarini yurgizishi lozim. Ana shundagina ravon, kengligi chometrigacha keladigan yo’llar bunyod etilsa bu yo’llardan foydalanishi mumkin. Ana shunday yo’llar orasiga Toshkent –Samarqand, Shaxrisabz- Termiz, Toshkent- Samarqand- Qarshi – Termiz, Buxoro- Qarshi –G’uzor- Termiz avto yo’llarini kiritish mumkin. Bunday keng qamrovli hamda foydalanishi mumkin bo’lgan yo’llar guruhiga Qarshi – Do’stlik; Qarshi – Samarqand, Qarshi MuborakBuxoro trakt yo’llarini kiritishimiz mumkin. 13 Qashqadryo avtoyo’l ish boshlanganda uning ixtiyorida 350 km yo’l bor edi xolos. Qolgan yo’llarning hammasi tumanliklarga mavjud bo’lgan DEU – (yo’lni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi)ga qarar edi. Ana shunday qilib kela boshladi. Qashqadaryo birinchi asfalt yo’lini qurish ishi amalga oshirilishga muhim hissa qo’shgan kishi. D. Muharramov edi. Bu kishi Qarshi – G’uzor 453 kmlik asfalt yo’lini qurishning faollaridan biri edi. Rahmat Berdiyev, Hamid Ilya Mixailovich ko’p yillar bu yilni ko’rgan bosh mutaxassislardan edi. Prorab Rajabov o’rin Yakkabog’ asfalt yo’llarini ko’rdi. 1960 yilda Qashqadaryo – Surxondaryo viloyatiga qurilishi munosabati bilan 1964 yilda viloyat avto yo’li boshqarmasi tugatildi. 1964 yilda Qashqadaryo viloyatiga alohida viloyat bo’lib ajralib chiqdi. So’ng esa viloyat avto yo’li korxonasi yana viloyat avto yo’li korxonasi yana qayta bor tashkil topdi. 1950 -1960 yillarda Qashqadaryo avtoyo’lida ishlash uchun Rajabov O’rin, d.Muharramov, A.D.Niguvova va boshqa ko’plab kadrlar kelishdilar. Haqiqatda hamma narsani bunyodkorlik ishlarining hamma – hammasini faqatgina kadrlar hal qilar edi. D. Muharramov, DEU – 3 –da oldin bosh muhandis keyinchalik boshliq bo’lib ishlaydi bu davrda viloyatning (DEU) yo’lini trantaksiya qilish bosh korxona Toshkentga markazga qaror qildi. Toshkentga markazga yo’l ekspulutatsiya qilish maxsus trakti boshqarmasi mavjud edi. Butreot trakt avtoyo’llari eksplutatsiya qiladigan katta davlat ixtiyorida bo’lgan atrossa yo’llariga xizmat qilar edi. Trakt avtoshasse yo’llarini eksplutatsiya qilish boshqarmasiga Beknazarov Karim va boshqalar. Bu davrda tuyasi, ot, yilqisi bor odamlar bir yilda 6 pud yo’l ishlariga bepul ishlab berishganlar. Bu ularning yo’llaridan foydalanishga qo’shadigan ulushlari edi. 1958 yildan boshlab Qarshi – Koson, Qarshi - Beshkent, Shaxrisabz- Chorshanbi- Miroqi, Kitob-Plandara, Muborak – Koson yo’llari boshlandi. Bu joylarda mavjud bo’lgan yo’llarning toprog’i ko’tarilib qaytadan keng asfalt yo’llar qurilishi amalga oshirildi. 14 Yo’llar uchun kerakli qum –toshlar G’uzor Karmgan tashib keltirilib asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Texnikadan yo’l qurilishdan keng foydalanish yo’lga qo’yildi. 1960 yillardan 1970 yillargacha bo’lgan davrda 200 dan ko’proq greydrr buldozer, skreyperlar, kranlar va boshqa texnikalar beriladi. 1958-1964 yillarda viloyat avtoyo’llarini korxona ishiga I.M.Kuzlim boshchilik qildi. Qarshi – Kasbi, Qarshi – Nishon, Qarshi – Buxoro, Qarshi – Nossosnaya stansiyalari N,N,1,2,3,4, Qarshi – Do’stlik, Qarshi – Sho’rtan rejalashtirilgan. Rejadagi avto yo’llarini qurilishi yuk tashish hajmini Qashqadaryo viloyatida deklizmarbobo ko’paytirish lozim edi. Bu avtoyo’llar 1965-1980 yillar davomida qurilgan edi. 1962 yildan 1965 yilgacha qurib tugatilgan edi. Qamashi – Chim Qarshi avtoshasse asfalt yo’llari qurilgan edi. Bu trast hisobida mexanizasiyalashtirilgan ko’chma korxona bu trest hozirda boshqarilgan edi. Qashqadaryo yo’l qurilishi sohasida anchagina ishlatilgan bo’lsa bu ishlarda shurolar davriga xos qilib yozishlar (bajarilmagan shularni bajarildi deb), ma’muriy buyruqbozlik, rahbarlar ko’pi ishlaydiganlar ozgina tashkil qiladigan davri edi bu zamonlar. Bularning hammasi sifatli, malakali ish o’rniga sifatsiz ishlarning amalga oshirishga, qisqa vaqtlarda yangi qurilajak yo’llar yaroqsiz yo’l. yo’l sohasida qarorlarni ko’rimsizligi ularning o’z joyiga qo’ymaganligi, mehnat intizomining bo’shashib ketishiga olib kelar edi. Yuqorida bayon qilinganlaridan ko’rib turibdiki, eski tuzumning qolgan yangi tuzumning vujurdga kelishiga sabab bo’ladi. Yo’lni ta’mirlash yangi yo;l uchun tuproq ishlari faqatgina qo’l kuchi mehnati bilan amalga oshiriladi. Ana shunday qilib qolgan Qarshi –Kitob temir yo’li atrofidagi yo’llar 19161920 yillarda qurildi. Yo’l qurilishi ishlarida mahalliy aholidan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanildi. 1935 yilning sentabr oyida Qashqadaryoda hammasi bo’lib 1750 km avtomobil, arava, ot ulovlar uchun mo’ljallangan yo’llar mavjud edi. 15 1939 yilning sentabrida ikkinchi jahon urushi boshlandi. Germaniya bilan SSSR o’rtasidagi urush 1941 yilning 22 –inyundan boshlandi. Ikkinchi jahon urushi 1945 yilning sentabr oyida tugallandi. Urush davrida har bir mamlakat hamma narsa g’alaba uchun, hamma narsa front uchun, degan ishlar kun tartibiga qo’yilgan. Moliyaviy harakatlarning hammasi g’alabani ta’minlashga qaratilgan edi. Shu sababdan ham yo’l qurish ishlari umuman urush yillarida amalga oshmadi. Urushdan keyin mamlakatning qurush sohasida ko’chirilishi avtomobil yo’llarini faqatgina 1950 yillarning boshfan boshlanishiga olib kelindi. 1950 yillarning boshdan boshlangan Toshkent –Samarqand- ShaxrisabzTermiz avtomobil yo’llari 1953 yil qurib tugatilishi foydalanishga tayyorligidir. 1954 yilda asfalt yotqizildi. 1959 yildan boshlab Chimqurg’on suv ombori qurilishi munosabati bilan Qamashi – Chimqurg’on avtomobil yo’li qurildi. Bu yo’l qurilishda Qashqadaryo avto yo’li quruvchilar ham katta jasorat ko’rsatib mehnat qildilar. 1957 yildan boshlab Qamashi – Chim, Qamashi – To’qboy, Chiroqchi- Ko’kdala, Chiroqchi – Payshanba, Chiroqchi – Kitob yo’llari qurildi. Bu davrda Qarshi shahridan tuman markazlariga boradigan yo’llar ham qayta ta’mirlandi. 1945 yildan boshlaydi. Ma’rifatga muhtojligiga xurofot va jaholat hayot kushandasi, manqurtlik- o’zligini va olamni unutish ekanligi tobora ko’proq ishonadi. Demak, bevosita ichki, bir da’vat va ilohiy quvvat bilan ma’naviy, yetuklikka, komillikka, intiladi. Bu istiqlolning yana bir mo’jizasi. Mustaqillikning asosiy qadriyatlaridan biri uning ijtimoiy ma’naviy, mohiyati bevosita omma fikrini uyg’otishda xalqni o’tmishi buguni va kelajagi xususida qayg’urish hissini ko’paytirishdan iborat. Aks holda tub islohotlarni umri qisqa taqdiri esa fojea bilan tugashi mumkin. Biz tarixning ayni burilish davrida yashamoqdamiz. Ana shu burilish nuqtasi o’zi tafakkurimizni tor dunyo qarashlarimizni har tomonlama chegaralab qo’ygan tushunchalarimizni, o’zlashtirishimizni, taqozo etmoqda. Uzoq yillar mobaynida bir qolipdagi hayotdan so’ng beixtiyor olis o’tmishni eslashga uni o’rganishga 16 o’zligimizni anglashda kuchli ehtiyoj tug’iladi. Ichki bir tabiiy kuch million – million kishilar qalbiga mudroq tuyg’ularini harakatga keltirib yubordi. Natijada odamlarning hayotga munosabati o’zgarib o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan zamin istiqbolini o’ylashga zarurat sezilmoqda. Butun borliqdan ma’naviy bisotidan judo qilingan xalq erkinligi tufayli katta tashnalik bilan o’z tarixini bilishga intila boshladi. Bu borada ming yillar davomida vujudga kelgan xalqimizning daholik qudratini, quvvat xafzasini tabri, nazmini qolaversa ma’naviy –ruhiy holatini belgilab beradigan xalq og’zaki ijodida shuro hukumati davri ongli ravishda yuz bergan munosabatigina eslatish joizdir. Sir emas sovet davrida asrlar mobaynida tildan – tilga ko’chib avlodlar davomiyligi va vorisligini saqlashda ostin halqa bo’lgan. 3. Qashqadaryoda avto yo’l qurilishining rivojlantirlishi va uning ahamiyati. Avtomobil qurilishi dasturiga asosan Qashqadaryo viloyatida 2007 yilda Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari hisobidan 266 km avtomobil yo’llarini qayta qurish, to’la ta’mirlash va o’rta ta’mirlash ishlari uchun 15,1 milyard so’m mablag’ rejalashtirilgan bo’lib, bu ish 100% ga bajarildi. Shundan 45 km xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini qayta qurishga 5.3 mlrd so’m mablag’ sarflandi va 45 km yo’l to’liq foydalanishga topshirildi. 15 km davlat ahamiyatiga avtomobil yo’llarini qayta qurish uchun 2.7 mlrd sumlik ish bajarilib, yo’l to’liq ishga tushurildi. 15,8 km xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini mukammal ta’mirlash uchun esa 4,0 mlrd so’m, 35 km xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo’llarini o’rta ta’minlash uchun 807 mln so’m mabag’ o’zlashtirildi. Davlat ahamiyatiga 80 km yo’llarni o’rta tamirlash va to’liq foydalanishga, topshirish ishlariga esa 1,3 mlrd so’m miqdorida mablag’ sarflandi, shuningdek, 2007 yilda viloyat va mahalliy ahamiyatdagi yo’llarni ta’mirlash ishlariga 920 mln so’m mablag’ sarflandi1.1 17 Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlar, armon va iztiroblarini o’zida mujassam etgan. Inson tabiatining gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatidan o’zini erkin his qilishiga tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni shakllantirishga, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilishi hodisalarining ko’p ko’rgan. Muhtaram Prezidentimiz Karimov. I. A.aytganlaridek: “O’zbek millati azaldan o’z fikri, zikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, moslashidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlarimizga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sohifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz”1. 2 Turkiston o’zining keyingi bir yarim yillik tarixidan bor -yo’g’i 376 yil hur mamlakat rugbasida bo’lgan. Boshqa paytlari bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Mustaqillik bu tinchlik sari qo’yilgan birinchi qadam “ Tinchlik” so’zining qudrati shundaki, u odamlarning o’zaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor- mezonga soladi. Turli kamsitishlar yoki ortiqcha ta’zim – tavozega chek qo’yadi. Istiqlol o’zaro hurmat, bir –birini tan olish bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ana shu umumiy me’zonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – insoniyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o’ylashdir. Istiqlol erkin dunyoqarashi erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini u taqozo etadigan to’siqlar va zo’ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon 18 taraqqiyotining ilg’or tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarining ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan umuminsoniy manfaatlariga xos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o’zaro hamjihatlik mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o’z qobig’ida qolib ketishi, milliy mahrudlik doirasidan chiqa olmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning ana shu hayotiy tajribasidan o’tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradi. Chunki, u doimiy ravishda rivojlanib, o’zo’zini boshqarib takomillashtirib, ong va tafakkurini o’stirib boradigan voqelikdir. Mustaqillik – tabiatdan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarining, intilishlar va qobiliyatlarining kuchayishini taqozo etadigan hodisa. Totalitar tuzum davrida mamlakat boshqaruv tuzumidan tortib alohida – alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga dahldor bo’lgan har qanday katta- kichik masalalarni hal etishni o’z zimmasiga olish uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo’lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning muruvvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnatingga yarasha oyligingdan o’lmaslikka yetadigan haqqingni olasan, tamom vasallom. Bu sobiq ittifoqqa qonun kuchiga kirgan davlat siyosati edi. Donishmandlar aytganidek, har qanday faollik tamoyillari harakatlar erkinligiga zamin yaratish, unga suyanishi kerak. Aks holda boqimandalik illatlari surunkali kasallikka aylanadi. Demak, har qanday hatti-harakat har qanday intilish o’z-o’zidan bunyodkorlik, yaratuvchilik ruhi bilan yo’g’rilgan bo’lishi darkor. Ana shunda erkinlik samarasiz faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi. Istiqlol tufayli “ Mustaqillik”, “Xurriyat” degan so’zlar butun jozibasi bilan bizga beqiyos qudratini, buyuk o’zgartiruvchilik mo’jizasini ko’rsata boshladi. U dunyoqarashlarimizni tubdan o’zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda. 19 Voqealar rivojini butun mohiyati bilan anglashni, dunyoga kengroq va teranroq nazar bilan qarashni bu ko’hna olamda sho’ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini boshqacha yashash mumkin ekanligini kommunistik tafakkurdan bo’lak hayot lazzatini, inson qadru-qimmatini himoya qiladigan g’oyalar ham mavjudligini ko’rsatib berdi. Zamon istiqlolning buyuk mohiyati, beqiyos qadriyati ana shunda mustamlakachilikning kishilik tarixidan anduh va kulfatlar yog’dirgan beqiyos fojeasi. Mustaqil firklashdek ulkan iqtidordan mahrum etishda mustaqillik ana shu insoni fojeaning achchiq mazmunini ochib berdi. Istiqlol bizga o’zligimizni anglatdi. O’zini anglash – olamni anglash, olamni tushunish – odamni tushunish-demakdirki, hayotning mazmunini idrok etishidir. Inson o’zining butun mohiyatini insonligini qanchalik chuqur tushunsa, yasash mazmun mohiyatini ham, shunchalik chuqur anglaydi. O’zligini anglagan kishi olamning butun rang-baragligi bilan birga hayot mazmunini, o’zining shunchaki tiriklik va mavjudlik belgisi emas, aksincha tabiatning betakror mo’jizasi ekanligini shu asosida inson qadru-qimmatini tobora teranroq anglaydi. 20 Xulosa. Inson o’zi yashagan joyda o’zining tarixini yaratadi. Tarix faqat buyuk hazrati insonlarning donishmandligi va qahramonligi emas, ojiz kimsalarning qo’rqoqligi ham nodonlarning surbetligi ham, ayyorlarning firibgarligi va soddalarning aldanishlari hamdir. Vatan tarixi har bir insonning, har bir qishloqning, tumanning, shaharning, viloyatning, korxonaning ham tarixidir. XX asrning bizga bergan ne’matlaridan biri bi O’zbekistonning milliy mustaqilligining, istiqlolining qo’lga kiritganligidir. O’zbekistonimizning ulkan sarhadlaridan biri Qashqadaryodan karvon va havo yo’llarining o’tkazilganligi bu o’lkaning milliy geografik, mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olingan holda qurildi, bunyod etildi. Qashqadaryodan o’tgan Buyuk Ipak yo’lini uchta katta davrga bo’lish mumkin. 1. Eramizdan oldingi ming yillikning davrida bunyod etilib, chorizmning bu o’lkaning mustamlakachilik siyosatini o’rnatganligi qadar davri. 2. Chorizmning, sho’rolarning mustamlakachilik davri va sho’rolarga qaramlik zamonalari. 3. Mustaqillik davrida Buyuk Ipak yo’lining muhim ahamiyat kasb etish davri. Buyuk Ipak yo’li Qashqadaryoda buyuk bobokalonimiz Amir Temur va temuriylar davrida yangi va taraqqiy qilish davrini o’z boshidan kechirdi. Bu ish mang’it amirlari davrida ham rivojlantirildi. Bu yerlarga Temir yo’l 1914-1914 yillarda kirib keldi. Avtomobil yo’llari bu yerda amalga oshirila boshlandi. 1990 yillar Buyuk Ipak yo’lining yana qayta tiklanishi va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Jahon temir yo’li, avtomobil yo’llari, tarixida yangi tipdagi avtomobil, poyezd yo’llari qum sahrolaridan o’tkazilishini tajribalardan yana bir marotaba qayta ko’rildi. 21 Chorizm, sho’rolar davrida Qashqadaryo ularning ulkan xom ashyo bazasini, yirik savdo-sotiq bozorga arzon ishchi mavjud bo’lgan makonga aylantirilgan edi. Istiqlol quyoshining balqiganligi, xalqimizning yelkasida uning oftobining tikkanligi ham rost bo’ldi. Istiqlol tufayli xalqimiz umrbod qullik kishanlarini uzib, rushnolikka chiqdi. Iqtisodimiz, madaniyatimiz siyosiy hayotimizda o’z qo’limiz bilan yaratuvchanlik, boshqaruvchilik, paydo bo’ldi. Ma’naviyatimizning nurli cho’qqilarga intilib borayotgan xalqimizning yorqin yo’li namoyon bo’ldi. Natijada yangi-yangi karvon yo’llari, ozoda, obod manzilgohlar quyosh yo’llarida borayotgan karvonlarimizning sarboni I.A.Karimovning buyukligi, donoligi rahnamoligi muhim istiqbolli ahamiyat kasb etishi davom etdi va davom etaveradi. Yaqin kelajakda qurilajak bunyod etilajak, G’uzor – Dehqonobod, BoysunQumqo’rg’on temir yo’li va avtomobil yo’llari bu yo’llarda elektrofikatsiyadan keng foydalanilishining amalga oshirilishi Buyuk Ipak yo’li bugungi kunda keng va shon – shuhrat, sharaf, ishiga aylanganligidan dalolatdir. Kelajak istiqbolimizning bugungi kunlarda ham Qashqadaryo Amir Temurdek buyuk zotni I.A.Karimovdek mamlakat Prezidentining yetishtirib bergan o’lka Buyuk Ipak yo’lining muhim chorrahalaridan biri bo’lib qolaveradi. Qashqadaryoliklar insoniyatning yagona ham Karimov. oilada oson I. A.aytganidek: bo’lmagan ammo “O’zbek xalqi, buyuk kelajak kutayotganligiga ishonchim komil”1. Xullas, Qashqadryo avtoyo’llari qurilishi tarixi va istiqlol tarixini o’rganish quyidagi taklif va mulohazalarni bayon etish imkonini berdi: - Qashqadryo avtoyo’llar qurilish tarixi vujudga kelish jarayonida qadimgi yo’llar tarixini o’rganib, unda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklardan to’g’ri xulosalar chiqarish: - Qashqadaryo avtoyo’llar qurilishi tarixining sovet davridagi ahvolini o’rganib, hozirgi davrdagi avtoyo’l qurilish tashkilotining takomillashtirish. 22 faoliyatini yanada - Istiqlol yo’llarida Qashqadaryo avtoyo’llari tuzilmalarida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni olib borilishi jarayonida nazoratni kuchaytirish. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1.James D.Halderman. AUTOMOTIVE TECHNOLOGY. Principles, Diagnosis, and Servise. FOURTH EDITION. Copyright © 2012,2009,2003,1999 Pearson Education, Inc., publishing as Pearson Education, 1 Lake Street, Upper Saddle River, New Jersey 07458. 2.Avtomobillar texnik ekspluatasiyasi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’Iim vazirligi avtotransport oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan. Prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent “VORISNASHRIYOT”, 2008. - 560 b. 3.Hamraqulov O., Magdiyev Sh. Avtomobillaming texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil. 4.Avtotransport vositalari servisi. Servis korxonalarini texnologik jihozlash. M.A.Ikromov va boshqalar. Toshkent: TAYI, “Rizayev X. XK” 2014. -160 b. 5.Ta’lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni 23.09.2020 y. № O’RQ-637. 6.Sidiqnazarov Q.M., Qodirshoev T., Magdiev SH.P. Avtomobillar servisi axborotnomasi. Toshken t.: “Voris-Nashriyot”, 2011. -496 b. 23