O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNОLOGIYALAR” FAKULTETI _________________________ KAFEDRASI “UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO” FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: ________________________________________________________ ________________________________________________________________. Bajardi: _______________________ Guruh :________________________ Qabul qildi: ______________ Olmaliq 2024-yil Mavzu:Davriy sistemaning 1 b guruh elementlari Reja: 1. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining tabiatda tarqalishi 2. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining olinishi 3. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining fizik va kimyoviy xossalari 4. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining birikmalari 5.Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining ishlatilishi 6.Bu guruh elementlarining ahamiyati 7.Bu guruh elementlarining iqtisodiy jihatdan samaradorligi 8.Xulosa 9. Foydalanilgan adabiyotlar Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining tabiatda tarqalishi Mis guruhchasi elementlariga mis, kumush va oltin elementlari kiradi. Tabiatda tarqalishi.Mis asosan tabiatda birikmalar holida uchraydi. Uning eng muhim rudalari: xalkozin (mis yaltirogʼi) Cu2S, xalkopirit (mis kolchedani) CuFeS2, malaxit Cu2(OH)2CO3.Kumush va oltin mis guruhchasiga kirgan asl metallar qatoriga kiradi. Tabiatda Ag kam, Au esa koʼproq erkin holda uchraydi, ularning birikmalari juda oz (ayniqsa oltin). Oltin AuTe2 kalaverit minerali tarkibida, shuningdek rux, qoʼrgʼoshin kabi metallarning rudalari tarkibida uchraydi [1; 214bet]. Mis elementi tabiatda ikki xil izotop holida uchraydi: 29Cu (69,1%) va 29Cu (30,9%). 29Cu radioaktiv izotopining yarim yemirilish davri 12,8 soat.Birikma holdagi Cu20 kuprit va CuO -tenerit minerali maʼlum [2; 345-bet]. Rangli metallar ishlab chiqarish uchun xozirda asosiy manbaa bo'lib sulfidli minerallar: misli, mis-molibdenli, mis-piritli, qurg'oshin-ruxli polimetall ma'danlar hisoblanadi. Keyingi yillarda tarkibida misning miqdori ko'p bo'lgan konlar topilgan, biroq qazib olinayotgan va qayta ishlanayotgan ma'danlarda misning miqdori borgan sari kamayib bormoqda. Mis tabiatda erkin holda uchraydigan metallarning biri bo'lib, bunday metalli konlar juda kam bo'lgani sababli misni olish manbai sifatida o'zining ahamiyatini yo'qotgan.Xozirda misning asosiy qismi turli elementlar bilan birikmalarni saqlovchi ma'danlardan olinadi. Mis va mis - porfirli ma'danlar oson boyitiluvchi ma'danlar turiga kiradi. Qo'llaniladigan sxema va texnologik tartiblar qayta ishlanayotgan ma'danning turiga, mis minerallarining tarkibiga, ularning hoʼlligi va shlamlanishga moyilligiga, birlamchi shlamlarning va eruvchi tuzlarning mavjudligiga, shuningdek, aralashgan jinslarning xarakteriga bog'liq. Mis-porfirli rudalarini boyitishning asosiy usuli flotatsiya hisoblanadi.Bu usulning muvafaqqiyatli qo'llanishini ko'pchilik mis minerallarining yaxshi flotatsiyalanishi bilan bog'liq Hozirgacha ochilgan misli rudalar konlari endogen, yoki ekzogen konlar turiga kiradi. Ularning orasida magmatik, metasomatik va gidrotermalga bo'linuvchi endogen konlar ko'proq uchraydi. Ularning orasida gidrotermal konlar ko'proq ahamiyatga ega. Texnologik tadqiqotlarning maqsadi mis va temir sulfidli minerallarni birlamchi mis porfir rudasidan mis qoldiqlarini olish uchun kollektiv konsentratga ajratish imkoniyatlari aniqlangan. Texnologik namuna sifatida Sari-Choʼqqi konidan olingan birlamchi mis-porfirli ma'danlarning namunasi ishlatilgan. Taqdim etilgan mahsulot bosqichma-bosqich maydalash, saralash, aralashtirish, shundan so'ng, rudaning moddiy tarkibini o'rganilgan va texnologik tadqiqotlar o'tkazish uchun namunalarga ajratilgan [3; ] Misni Zn, Sn, Pb, Fe, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalari kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratilgan. Latun Cu bilan Zn ni qotishmasi boʻlib , uning mexanik va texnologik xossalari yuqori boʼladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% gacha boʼlgan Cu bilan Sn ni qotishmasiga bronza deyiladi [4; 76-77bet] Hozirgi vaqtda g'ayrioddiy fiziologik va dorivor moddalarni olish uchun xossalari paramagnitik o'z ichiga olgan koordinatsion birikmalar keng qo'llanilmoqda. Bular turli organik ligandlar bilan bog'langan mis (II) ionlari. Mis koordinatsion birikmalarning biologik va katalitik xususiyatlarini sintez qilish va o'rganish ba'zi azot va oltingugurtni o'z ichiga olgan organik ligandlar bilan - dolzarb muammo.Mis (II) ning N-atsetiltikarbamid (L) bilan yangi koordinatsion birikmalari: [CuL(H2O)2]SO4 (I), [CuL2]SO4•2H2O (II), [CuL2(H2O))Br]Br (III), [CuL(H2O)2]Br2 (IV), [CuL2(H2O)SCN]SCN (V). [5; 1-bet] Mahalliy shaklda topilgan. Kumush saqlovchi 60 dan ortiq minerallar maʼlum boʼlgan, ular orasida argentit Ag2S, serargirit AgCl, pirargirit Ag3[SbS3] va proustit Ag3[AsS3], kumush galogenidlari, antimonidlar va arsenidlar bor. Kumush konlari tegishli kumush rudalariga (kumush miqdori 50% dan yuqori) va rangli va ogʻir metallarning murakkab polimetall rudalariga (kumush miqdori 10-15% gacha) boʻlingan. Murakkab konlar kumush ishlab chiqarishning 80% ni ta'minlaydi. Bunday rudalarning asosiy konlari Meksika, Kanada, Avstraliya, Peru, AQSH, Boliviya va Yaponiyada jamlangan [6]. Kumush tabiatda ikkita barqaror izotop 107Ag va 109Ag aralashmasi sifatida uchraydi. Radioaktiv izotoplardan 110Ag amaliy ahamiyatga ega. Kumushning yer qobigʻida (klark) oʻrtacha miqdori ogʻirligi boʻyicha 7•10—6% ni tashkil qilmoqda [7]. Nodir metall tabiatda tug‘ma holda uchraydi.Tellur bilan birikmasi bor. AuAgTe4 — silvanit deyiladi. Klaverit tarkibi Au2Te dan iborat [2;] Olinishi. Tarkibida misli rudalar floatatsiya usulida boyitib kelinmoqda. Hosil boʻlgan konsentrat kislorod atmosferasida kuydirilib, temir oksidlari va keraksiz jinslar shlak holida ajratib olinmoqda. Tarkibida mis koʻp boʼlgan aralashma kislorodli atmosferada qaytadan suyuqlantirilib, natijada mis rudasining oksidlangan qismi bilan oksidlanmagan qismi reaksiyaga kirishib, xomaki mis qaytariladi, soʼng rafmatsiya qilinib, elektroliz natijasida mis metalli ajratib olinmoqda: 2Cu2O+Cu2S=6Cu+SO2 Mis gidrometallurgiya usulida ham olinmoqda. Bu usulda tarkibida mis boʼlgan ruda qaynoq sulfat kislota yoki ammiakli aralashma bilan ishlanib, natijada ruda tarkibidagi mis CuSO4 yoki [Cu(NH3)4]SO4 holida eritmaga oʻtadi. Eritmaga temir taʼsir ettirib yoki uni elektroliz qilib, erkin holda mis metalli ajratib olinmoqda [8; 342-343bet]. Mis yuqori issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi kabi muhim xususiyatlari misni keng tarqalgan ishlatiladigan elementlarga aylantirgan. Mis dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan metallar orasida ikkinchi o'rinda turmoqda. Qadim zamonlardan beri odamlarga naf keltirgan misga bo‘lgan talab iqtisodiy va texnologik taraqqiyot tufayli asta-sekin o‘sib bormoqda. Mis rudasining asosiy qismi ochiq usulda qazib olinadi. Rudadagi mis miqdori 0,4 dan 1,0% gacha [9; 1-bet]. Pirometallurgiya usuli sulfidli rudalardan mis olishdan iborat, masalan, xalkopirit CuFeS2. Xalkopirit xomashyosida 0,5-2,0% Cu aniqlangan. Dastlabki flotatsion konsentratsiyasidan so’ng, kontsentrat 1400°C haroratda oksidlanib qizdirliladi: 2CuFeS2 + 4O2 → 3SO2 + 2FeO + Cu2S Mis sulfidi qisman oksidlanib, so’ngra metall (pufakchali) misga aylanadi: 2Cu2S + 3O2 → 2SO2 + 2Cu2O Cu2S + 2Cu2O → SO2 + 6Cu Natijada paydo bo’lgan metall (pufakchali) mis tarkibida 90,95% metall bor va u elektrolit sifatida mis sulfatning kislotali eritmasidan foydalangan holda keyingi elektrolitik tozalashga uchraydi. Katodda hosil bo’lgan elektrolitik mis yuqori tozaligi 99,99% gacha boʼladi, elektr jihozlari va qotishmalar ishlab chiqarishda ishlatilmoqda. Mis oksidining vodorod bilan ekzotermik qaytarilish reaktsiyasi jarayonida, sof misni olish mumkin: CuO + H2 → H2O + Cu Gidrometallurgiya usuli mis minerallarini suyultirilgan sulfat kislotasida yoki ammiak eritmasida eritishdan iborat; hosil bo’lgan eritmalardan mis metall temir bilan qaytariladi: CuSO4 + Fe → Cu + FeSO4 Elektroliz usuli. Mis sulfat eritmasining elektrolizi: 2CuSO4 + 2H2O → O2 + 2H2SO4 + 2Cu [10]. Kumush rudasi, asosan, qoʼrgʼoshin rudalari bilan aralashgan. Shuning uchun tarkibida kumush boʼlgan rudalar suyuqlantirilib, usti ochiq vannalarda kislorod taʼsirida oksidlanib, natijada, qoʻrgʻoshin PbO holida suyuqlantirilgan aralashma yuzasiga qalqib chiqadi, kumush esa oksidlanmay metall holida choʼkmaga tushadi. Bundan tashqari, suyuqlantirilgan rudalarga rux taʼsir ettiriladi, natijada kumush choʼkmaga tushadi, distillatsiya yordamida kumush ajratib olinmoqda. Sulfidli rudalardan kumush ajratib olishda, suyuqlantirilgan massaga natriy sianid taʼsir ettirib, hosil boʻlgan kumushning kompleks birikmasi rux bilan qaytarilib metall ajratib olinadi: Ag2S+4NaCN=2Na[Ah(CN)2]+Na2S 2Na[Ag(CN)2]+Zn=2Ag+Na2[Zn(CN)4] Oltin, asosan, quyidagi usullar bilan olinadi: 1.Tarkibida oltin boʼlgan qum bir necha bosqichda yuviladi. Natijada solishtirma massasi kam boʼlgan qum yuvilib ketadi va oltin choʼkmada qoladi. 2. Oltinli ruda suyuqlantirilib, simob bilan aralashtiriladi. Simob oʼzida faqat oltinni eritib, amalgama hosil qiladi. Amalgama termik parchalanib, sof holdagi oltin ajratib olinadi. 3. Tarkibida oltin boʻlgan rudalar boyitiladi. Hosil boʻlgan konsentrat KCN yoki NaCN eritmasi bilan ishlanadi. Oltin kompleks birikmaga aylanadi. Unga rux taʼsir ettirib, oltin rafmatsiya qilinib, metall holida ajratib olinadi: 4Au+8NaCN+O2+2H2O=4Na[Au(CN2)]+4NaOH 2Na[Au(CN)2]+Zn=Na2[Zn(CN)4]+2Au [8; 343-bet]. Fizik xossalari. Mis – zichligi 92 g/sm3, suyuqlanish harorati 1083°C. Mis issiqlik va elektr tokini juda yaxshi oʼtkazadi, quruq havoda qorayadi. Kumush – yumshoq, yaxshi choʼziluvchi, toza kumush oq tusli yaltiroq metall boʼlib, uning zichligi 10,5 g/sm3 ga, suyuqlanish harorati 960,5°C ga teng. Elektr va issiqlik oʼtkazuvchanlik jihatidan kumush barcha metallardan ustun turadi. Kumush odatdagi haroratda ham, qizdirilganda ham oksidlanmaydi, faqat ozon ta‘sirida oksidlanadi.Oltin – sariq tusli, yaltiroq va yumshoq metalldir. U nihoyatda choʼziladi va yassilanadi. Oltinning solishtirma ogʼirligi 19,3 g/sm ga teng; suyuqlanish harorati 1063°C, qaynash harorati 2700°C. Oltin elektr tokini yaxshi oʼtkazadi, ammo bu xossa boʼyicha mis va kumushdan keyin turadi. Oltin juda bolgʼalanuvchan va plastik metalldir [1; 214-bet]. Kimyoviy xossalari. Mis suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin u atmosferaning kislorodi bilan reaksiyaga kirishadi va qora-jigarrang oksid qatlami bilan qoplanib, metallning pastki qatlamlariga korroziyadan himoya qiladi: 2Cu + O2 → 2CuO Mis suyultirilgan kislotalarda erimaydi. Shuningdek, u ammiakda suvli eritmada va kaliy siyanidda eriydi. U atmosfera havosi va dengiz suvi ta'siriga qarshi tura oladi. Biroq, uning uzoq vaqt ta'sir qilish natijasida yupqa yashil himoya qatlami (patina) hosil bo'ladi.Oldingi qatlam mis karbonat va sulfat aralashmasi bo'lib, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali kabi eski binolarda yoki haykallarda kuzatilgan. Mis kislorod bilan qizil ranggacha qizdirilganda reaksiyaga kirishib kubik oksidi (CuO) hosil qiladi. Shuningdek, u oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib, mis sulfidini hosil qiladi, shuning uchun ba'zi oltingugurt birikmalariga ta'sir qilganda xiralashadi.Mis (I)oksid olov sinovida ko'k olov bilan yonadi, mis (II) oksidi esa yashil olovni chiqaradi [11]. Oddiy sharoitda mis oksidlanmaydi. Lekin nam havoda, CO2 ishtirokida yuzasi koʼkarib qoladi: 2Cu+H2O+CO2+O2=(CuOH)2CO3 Yuqori haroratda NO misni Cu2O ga, NO2 bo‘lsa CuO ga oksidlaydi: 4Cu + 2NO = 2Cu2O + N2 4Cu + 2NO2 = 4CuO + N2 Mis qizdirilganda kislorod taʼsirida oksidlanib, Cu2O,CuO tarkibli birikmalar hosil qiladi, galogenlar, oltingugurt va selen bilan reaksiyaga kirishadi. Mis HNO3 va H2SO4 kislotada eriydi: Cu+2H2SO4=CuSO4+SO2+2H2O [8; 343-bet]. Mis “shoh arog’ida” xlorid va nitrat kislota 1:3 nisbatda bo’lganida eriydi. 3Cu + 2HNO3 + 6HCl = 3CuCl2 + 2NO↑ + 4H2O Konsentrlangan galogenli kuslotalarni Cu0 dan Cu+1ga o’tkazib vodorodni siqib chiqaradi. 2Cu0 + 4HBr = 2H[CuBr2] + H2↑ 2Cu0+ 4HCl = 2H[CuCl2] + H2↑ Xomaki mis xona haroratida atmosfera kislorodi bilan oksidlanadi va CO2, SO2 va H2O bug’lari ishtirokida u asosiy karbonatlar yoki sulfatlardan iborat yashil rangli plyonka bilan qoplanadi. 2Cu + O2 + H2O + CO2 = (CuOH)2CO3 2Cu + 3O2 + 2H2O + 2SO2 = 2 (CuOH)2SO4 4CuI + Li[AlH4] = 4CuH + LiI + AlI3 Mis yodidni lityum alyuminiy gidrid bilan ta’sirlashtirib mis gidridini olish mumkin. Misning boshqa elementlar bilan birikishi: 2As + 3Cu = Cu3As2 2Cu + S = Cu2S 2Cu + Se = Cu2Se N2O + 2Cu = N2 + Cu2O 2NO + 4Cu = N2 + 2Cu2O N2O3 + 3Cu = N2 + 3CuO 2NO2 + 4Cu = N2 + 4CuO N2O5 + 5Cu = 5CuO + N2 2NF3 + Cu = N2F4 + CuF2 2H2SeO4 (kons.) + Cu = CuSeO4 + SeO2 + 2H2O 2Cu + H2O + CO2 + O2 = Cu2CO3(OH)2↓ 2Cu + 4CH3COOH (kons.) + O2 = [Cu2(H2O)2(CH3COO)4] Cu (kukun) + Br2 = CuBr2 Cu (kukun) + S (kukun) = CuS 2Cu (suspenziya) + 4HBr = 2H[CuBr2] + H2 Cu + 2N2O4 = Cu(NO3)2 + 2NO 2Cu + 4KCN (kons.) + 2H2O = 2K[Cu(CN)2] + 2KOH + H2↑ 6Cu + 12HCl (kons.) + KClO3 = 6H[CuCl2] + KCl + 3H2O Hg2(NO3)2 + Cu = 2Hg↓ + Cu(NO3) [12; 11-14]. Suyultirilgan sulfat kislota bilan atmosfera kislorodi ishtirokida qizdirilganda: 2Cu + 2H2SO4 + O2 → 2H2O + 2CuSO4 Konsentrlangan nitrat kislota bilan: Cu + 4HNO3 → 2H2O + 2NO2 + Cu(NO3)2 Suyultirilgan nitrat kislota bilan: 3Cu + 8HNO3 → 4H2O + 2NO + 3Cu(NO3)2 Konsentrlangan issiq xlorid kislota bilan: 2HCl + 2Cu→ H2 + 2CuCl [10]. Sof kumush xona haroratida havoda barqaror, lekin faqat havo toza bo'lsa, agar havoda kamida kichik foiz vodorod sulfidi yoki boshqa uchuvchi oltingugurt birikmalari bo'lsa, kumush qorayadi. 4Ag + O2 + 2H2S = 2Ag2S + 2H2O 170°C gacha qizdirilganda uning yuzasi Ag2O plyonkasi bilan qoplanadi. Namlik ishtirokida ozon kumushni yuqori oksidi AgO yoki Ag2O3 ga oksidlaydi. Kumush konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarda eriydi: 3Ag + 4HNO3 (30%) = 3AgNO3 + NO + 2H2O. 2Ag + 2H2SO4 (kon) = Ag2SO4 + SO2 + 2H2O. AgCl himoya plyonkasi hosil bo'lganligi sababli kumush akva regiada erimaydi. Oddiy haroratlarda oksidlovchi moddalar bo'lmasa, HCl, HBr, HI ham metall yuzasida yomon eriydigan galoidlarning himoya plyonkasi hosil bo'lishi sababli u bilan o'zaro ta'sir qilmaydi. Ag temir xloridda eriydi: Ag + FeCl3 = AgCl + FeCl2 U simobda ham oson eriydi va amalgama (simob va kumushning suyuq qotishmasi) hosil qiladi. Erkin galogenlar Ag ni galogenidlarga oson oksidlaydi: 2Ag + I2 = 2AgI Biroq, bu reaktsiya yorug'likda teskari bo'ladi va kumush galogenidlari (ftoriddan tashqari) asta-sekin parchalanadi. Kumush tuzlari eritmalariga ishqor qo'shilsa, Ag2O oksidi cho'kadi, chunki AgOH gidroksid beqaror bo'lib, oksid va suvga parchalanadi: 2AgNO3 + 2NaOH = Ag2O + 2NaNO3 + H2O Qizdirilganda Ag2O oksidi oddiy moddalarga parchalanadi: 2Ag2O = 4Ag + O2 Ag2O xona haroratida vodorod periks bilan reaksiyaga kirishadi: Ag2O + H2O2 = 2Ag + H2O + O2. Kumush vodorod, azot va uglerod bilan bevosita ta'sir o'tkazmaydi. Fosfor unga faqat qizil issiqlik haroratida fosfidlar hosil bo'lganda ta'sir qiladi. Oltingugurt bilan qizdirilganda Ag osonlikcha Ag2S sulfid hosil qiladi [13] Oltin suv, kislotalar, kislorod, nitrat kislota, sulfat kislota ta’sirida oksidlanmaydi. Oltin galogenlar bilan odatdagi sharoitda juda oz ta’sirlashadi, lekin ftor bilan 300—400°C ta’sirlashadi. Xlorning suvdagi eritmasi uni oson oksidlaydi: 2Au+3Cl2=2AuCl3 Bu reaksiya xlor ioni ishtirokida tezlashadi. Bunda suvda eruvchan H[AuCl4] kompleksi hosil bo‘ladi.Oltin sianid ionlari ishtirokida tez oksidlanadi: 4Au + 02 + 8KCN + 2H20 = 4K [Au(CN)2] + 4KOH Oltin zar suvida eriydi: Au+3HCl + HNO3 = AuCl3 + NO + 2H20 [2; 353-bet]. Misning birikmalari. Mis kimyoviy jihatdan passiv, u kuchlanishlar qatorida vodoroddan keyin joylashgan. Suyultirilgan kislotalardan vodorodni siqib chiqara olmaydi. Kontsentrlangan kislotalar bilan ta'sirlashganda +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Birikmalarida I va II valеntli bo`ladi. Ikki valеntli birikmalari ko`proq tarqalgan. Mis (I) ni ko`pgina suvda erimaydigan tuzlari ammiakda eriydi, bunda rangsiz komplеks kation [Cu(NH3)2]+ hosil bo`ladi. Bundan tashqari mis (I) ni suvda erimaydigan galloid tuzlari galoid kislotalar va ularning ishqoriy mеtallar bilan hosil qilgan tuzlarini kontsеntrlangan eritmalarida eriydi. Bunga sabab mis (I) ni komplеks tuzlar va kislotalar hosil qilishidir. Masalan, H[CuCl2] ni binafsha-kul rang ignasimon kristallari eritmadan ajratib olingan. Mis (I) sianidi suvda yomon eriydi, ammo ishqoriy mеtallar sianidlari eritmalarida yaxshi eriydi, sababi bunda misni sianidli komplеks anioni hosil bo`ladi. Bu anion [Cu(CN)2] formulali bo`lib, u suvda eruvchan, rangsiz eritma hosil qiladi. Mis (I) uchun katta koordinatsion sonli – Me2[Cu(CN)3] ва Me3[Cu(CN)4] tipidagi birikmalar ham xos. Mis (I) rodanidlar bilan ta'sirlashganda oltingugurt orqali birikib komplеks anionlar hosil qiladi. Uning ishqoriy mеtallar bilan hosil qilgan.Cs[Cu(SCN)2] ва Na3[Cu(SCN)4] •4H2O komplеks birikmalari ma'lum. Natriyli tuzning o`ziga xosligi shundaki, unga filtr qog`oz tushirilganda, qog`oz bo`kadi, kеyinchalik qizdirganda esa shaffof eritma hosil bo`lib, sovitilganda gеlga aylanadi. Mis (I) atsеtonitril bilan ham komplеks birikmalar hosil qiladi. Bunday komplеkslar olish uchun misni mos tuzining CH3CN dagi eritmasiga mis kukuni ta'sir qildiriladi. Olinadigan komplеkslarning tarkibi anion tabiatiga bog`liq bo`ladi. Eng barqarori pеrxlorat bo`lib, u 175°Сda suyuqlanadi, 205°С da parchalanadi (portlash bilan). Bu komplеkslarning barchasi suv ta'sirida parchalanadi. Ikki valеntli mis komplеks birikmalar hosil qiladi. Ishqoriy mеtallar tuzlari bilan bilan Cu2+komplеks birikmalar bеrib, o`zi komplеks anion tarkibida bo`ladi (masalan, [CuCl4]2- .Ammo ularning ko`pchiligi bеqaror bo`lib, eritmalarda tarkibiy qismlarga parchalanadi. Kuchli ishqorlarni kontsеntrlangan eritmalarida mis (II) gidroksid ko`k kupritlar hosilqiladi (NaHCuO2, Na2CuO2).Ammo ular juda bеqaror bo`lib, eritma suyultirilganda Cu(OH)2 holida cho`kmaga tushadi. Qattiq xolatda ayrim ishqoriy va ishqoriy yеr mеtallari kupritlari olingan. Kristallizatsion suv miqdoriga qaraganda ular komplеks tuzilishga ega. Masalan, natriyni ko`k kupritiga Na2[Cu(OH)4] formula mos kеlsa, bariyni ochiq-ko`k kupriti – Ba2[Cu(OH)6] formulaga javob bеradi. Ammiak bilan bir qator komplеks birikmalar hosil qiladi. Uning ko`k rangli komplеks kationi [Cu(NH3)4]2+ barqaror hisoblanadi. U mis tuzlariga ammiak eritmasi qo`shilishidan hosilbo`ladi: CuSO4+NH4OH=[Cu(NH3)4]SO4+4H2O [14; 31-32bet]. Mis (I) oksidi Cu2O— qizil kristall modda. Amfoter oksid, lekin natriy gidroksidda qiyin eriydi. Galogenovodorodlarda ham qiyin eriydi. Suyultirilgan eritmalarda rangsiz eritmalar hosil bo‘ladi. Agar kislota tarkibida suv ko‘p bo‘lsa oq cho'kma hosil bo‘ladi: Cu2O + 4HCl = 2H[CuCl2] + H2O Cu2O + 2HCl = 2CuCl+ H2O Mis (I) oksidi ammiakda ham oson eriydi. Bunda ammiakli komplekslar hosil bo‘ladi: Cu2O + 4NH4OH = 2[Cu(NH3)2]OH + 3H2O Mis (I) gidroksid (sariq rangli) beqaror, u parchalanib qizil rangli mis (I) oksid hosil qiladi: 2CuOH = Cu2O + H2O Galogenlar bilan CuCl, CuF hosil qiladi. Bu birikma yuqori konsentratsiyali kislotalarda eriydi: CuCl + HCl = H[CuCl2] Mis (I) uchun [Cu(NH3)2]+ turdagi ammiakatlar xos. Shu tufayli ko‘p mis (I) birikmalari ammiak eritmasida yaxshi eriydi. Сu (II) xlorid qizdirilgan Cu metali bilan ta’sir etganda CuCl hosil bo‘lishi kuzatilgan: CuCl2+Cu=2CuCl Agar mis(II) sulfatiga kaliy yodid ta ’sir ettirilsa, mis (I) yodid olinadi: 2KI+ 2CuSO4 + 2KI = 2K2SO4+ I2 + 2CuI CuI— oq cho‘kma Cu2S ni mis olishda ishlatiladi. Mis (II) oksid, qora rangli amorf modda. Gazlari adsorbsiya qila oladi. Mis (II) oksidi misning kislorod bilan ta’siridan olinadi: 2Cu + O2 = 2CuO Yuqori haroratda u parchalanib mis(I) oksidini hosil qiladi: 4CuO = 2Cu2O + O2 Mis (II) oksidni vodorod bilan qaytarilsa misga aylanadi: H2 + CuO = Cu + H2O CuO konsentrlangan ishqorlarda eriydi, lekin kislotalarda ham oson eriydi: CuO + 2NaOH = Na2CuO2 + H2O CuO + 2HCl = CuCl2 + H2O Mis (II) oksidini quyidagi usullarda ham olish mumkin: CuCO3 = CuO + CO2 Cu(OH)2= CuO + H2O Mis(II) gidroksid ammiak eritmasida oson erib ammiakatlar hosil qiladi: Cu(OH)2+ 4NH4OH = [Cu(NH3)4](OH)2 + 4H2O Bu reaksiyada ko‘k rangli tetraaminmis(II) gidroksid olish mumkin. Mis (II) gidroksidi mis sulfatga ishqorlar ta ’sir ettirib olinadi: CuSO4 + 2NaOH = Cu(OH)2 ↓ + Na2SO4 Misning (II) birikmalari ko‘pdan ko‘p kompleks birikmalar hosil qiladi: CuCl2 + 4NH3 = [Cu(NH3)4]Cl2 Agar yangi olingan Cu(OH)2 ga kosentrlangan ishqorlar qo‘shilsa ko‘k rangli gidroksokupratlar hosil bo‘ladi: Cu(OH)2+2NaOH = Na2[Cu(OH)4] Hosil bo‘lgan gidroksokupratlar oson parchalanadi va beqarordir. Mis (II) galogenidlari kislotalar eritmalarida galogen kupratlar hosil qiladi: CuCl2 + HCl = H[CuCl3] CuCl2 + 2HCl=H2[CuCl4] Mis(II)ning sianidlari va rodanidlari beqaror, lekin sianidli komplekslar ancha barqaror hisoblanadi: CuSO4+ 2KCN = Cu(CN)2 ↓+ K2SO4 2Cu(CN)2 = 2CuCN + (CN)2 Cu(CN)2 + 2KCN = K[Cu(CN)4] [15]. Xalkozin - Cu2S.Xalkozinning kimyoviy tarkibida Cu 79,9 %, S 20,1 %. Ko‘pincha kumushda ba’zan Fe, Co, Ni, As, Au aralashmalari bo‘ladi. Xalkozinning rangi qo‘rg‘oshindek kulrangdir. Xalkozin qisman egiluvchandir. U elektrni yaxshi o‘tkazadi. HNO3 dagi eritmasi yashil rangga kiradi. Xalkozinning mis minerallari ko‘pincha bornit bilan bir assotsiatsiyada topilishi ham xarakterlidir. U dahandam alangasida eriydi, alangani havorang tusga kiritadi. Ko‘mir ustida soda bilan qizdirib, sof mis sharchasi olinadi. Xalkozin kislotalarda, ayniqsa, HNO3 da oson eriydi va olningugurt ajralib chiqadi. Misli eritmalardan tarkibida organik qoldiqlari bo‘lgan jinslar orasida organik qoldiqning asosan yog‘ochlarning hamma tuzilish detallarini saqlagani holda psevdomorfoz shaklida hosil bo‘lgan xalkozin ham ma’lum. Xalkozin kislorodli nurash zonasida turg‘un emas, parchalanibkuprit (Cu2O) malaxit, azurit kabi misning boshqa kislorodli birikmalarigaaylanadi. To‘liq oksidlanish sodir bo‘lmagan hollarda quyidagi reaksiya bo‘yicha xalkozin hisobiga sof tug‘ma mis paydo bo‘ladi: Cu2S+2O2=CuSO4+Cu Xalkopirit – CuFeS2. Kimyoviy tarkibi: Cu 34,57%, Fe 30,54%, S 34,9%. Ba’zan juda oz miqdorda Ag, Au va boshqalar aralashmasi bo‘ladi. Xalkopiritning rangi jez – sariq, to‘q sariq yoki olabula bo‘lib tovlanadi.Mis asosan Olmaliq shahridagi Qolmoqir konida xalkopirit va xalkozin minerallari tarkibida uchraydi. Xalkopirit dahandam alangasida charsillab, yorilib-yorilib ketadi va erib magnit tortadigan sharchaga aylanadi. Soda bilan qo‘shib ko‘mir ustida qizdirilganda undan sof mis sharchasi ajraladi. Yopiq naychada oltingugurt uchib chiqadi. HNO3 da asta-sekin parchalanib oltingugurt ajraladi. Bornit – Cu5FeS4. Bu harorat pasayishi bilan parchalanib ketadi. Bornitning kimyoviy tarkibi turg‘un emas. Cu5FeS4 kimyoviy formulasiga muvofiq nazariy jihatdan u quyidagicha bo‘lishi kerak: Cu - 63,3%, Fe -11,2%, S - 25,5. Bornitning rangi to‘q mis-qizil, olabula (ko‘pincha zangor) bo‘lib tovlanib turadi. Bornit elekrt o‘tkazish xususiyatiga ega. Kuprit-Cu2O. Kimyoviy tarkibi Cu 88,8%. ko‘pincha mexanik aralashmalar sifatida sof tug‘ma mis borligi, yashirin kristallangan xillari tarkibida esa Fe2O3 va H2O borligi aniqlangan. Kupritning rangi qizil, qo‘rg‘oshin - kulranglari mayin. U, asosan, ma’lum sabablarga ko‘ra (jumladan, eroziya bazisining pasayishi natijasida) grunt suvlari sathi pasayib, avval paydo bo‘lgan xalkozinga boy zona oksidlanish doirasiga tushib qolgan paytlardagina kuprit ko‘p tarqaladi. Xalkozinning oksidlanish jarayoni ajralib chiqqan sulfat kislotaning suvda erishi natijasida quyidagi reaksiya bo‘yicha ro‘y beradi: Cu2S+2O2+H2O →Cu2O+H2SO4 Bu reaksiya uchun kislorod yetishmagan holda Cu2O o‘rnida yoki u bilan birga sof toza mis yuzaga kelishi mumkin [16;102-106]. Kumush oksidi (I) jigarrang cho'kma shaklida eriydigan kumush tuzlarida ishqorlar bilan ta'sir qilish orqali olinadi: 2AgNO3+2NaOH=Ag2O+2NaNO3+H2O Kumush oksidi (I) asosiy xususiyatlarni namoyon qiladi va kislotalar bilan o'zaro ta'sir qiladi: Ag2O+2HNO3=2AgNO3+H2O Kumush oksidi HF da eriydi va eruvchan tuz AgF ni hosil qiladi: Ag2O + 2HF = 2AgF + H2O AgF ni Ag2CO3 ga HF ta ’sir etib ham olish mumkin: Ag2CO3 + 2HF = 2AgF + H2O + CO2 Kumush oksidi cho'kmasi (I) ammiakning suvli eritmasida oson eriydi va "kumush oksidining ammiak eritmasi" deb ataladigan diammin kumush gidroksidi (I) rangsiz eritmasini hosil qiladi: Ag2O+4NH3+H2O=2[Ag(NH3)2]OH Ushbu eritma organik kimyoda aldegid guruhini sifat jihatidan aniqlash uchun ishlatiladi ("kumush oyna" reaktsiyasi): 2[Ag(NH3)2]OH+CH3CHO=2Ag+CH3COONH4+3NH3+H2O Qizdirilganda kumush nitrat parchalanadi: 2AgNO3=2Ag+2NO2+O2 Lyapis o'zining kuydiruvchi va dezinfektsiyalovchi ta'siri tufayli tibbiyotda qo'llaniladi.Erimaydigan kumush galogenidlari, uning oksidi kabi, eruvchan komplekslar hosil bo'lishi sababli ammiak yoki siyanidlar ta'sirida eritmaga o'tishi mumkin: AgCl+2NH3=[Ag(NH3)2]Cl AgI+2KCN=K[Ag(CN)2]+KI [17]. Antimonid AuSb2 va oltin fosfidi Au2P3 bilvosita usul bilan olinadi.Standart potentsiallar qatorida oltin vodorodning o'ng tomonida joylashgan, shuning uchun u oksidlanmaydigan kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Issiq selen kislotasida eriydi: 2Au + 6H2SeO4 = Au2(SeO4)3 + 3H2SeO3 + 3H2O, Oltin kukuni ksenon diflorid bilan qizdirilganda oltin galogenidlari hosil bo'ladi: 2Au + 3XeF2 = 2AuF3 + 3Xe Faqat AuCl3 va AuBr3 suvda eriydi. Oltin monogalidlari AuCl, AuBr va AuI mos keladigan yuqori galogenidlarni vakuumda qizdirish natijasida hosil bo'ladi. Qizdirilganda ular parchalanadi: 2AuCl = 2Au + Cl2 yoki nomutanosib: 3AuBr = AuBr3 + 2Au. Oltin birikmalari beqaror va suvli eritmalarda gidrolizlanadi, metallga oson qaytariladi. Qizdirilganda Au(OH)3 osongina suvsizlanib, oltin (III) oksidini hosil qiladi: 2Au(OH)3 = Au2O3 + 3H2O Oltin (III) gidroksid kislotalar va ishqorlar eritmalari bilan reaksiyaga kirishadi.Amfoter xususiyatga ega: Au(OH)3 + 3HCl=AuCl3+ 3H2O Au(OH)3+NaOH=Na[Au(OH)4] Oltinning boshqa kislorodli birikmalari beqaror va osongina portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Oltinni uning tuzlarining suyultirilgan eritmalaridan olishda, shuningdek oltinni suvga elektr bilan purkashda oltinning barqaror kolloid eritmasi hosil bo'ladi: 2AuCl3 + 3SnCl2 = 3SnCl4 + 2Au Oltinning kolloid eritmalarining rangi oltin zarrachalarining tarqalish darajasiga va ularning konsentratsiyasining intensivligiga bog'liq. Eritmadagi oltin zarralari doimo manfiy zaryadlangan. AuCl3 ni suv bilan ta’siridan kompleks anion hosil bo'lishi ma’lum: H2O + AuCl3 = H2[OAuCl3] [18]. Oltinning hamma birikmalari termik beqaror. Au20 , Au2S erimaydigan birikmalar Au+3 birikmalari ancha barqàror. Oltinning xlor bilan reaksiyasi 150—300°C oralig‘ida ketadi. Pastroq haroratda (150°C) AuCl3, yuqori haroratda (300°C) AuCl hosil bo‘lishi kuzatilgan. AuCl och sariq rangli kukun modda oson parchalanadi: 2AuCl -> 2Au + Cl2 AuCl + KC1 = K[AuC12] Kaliy dibromoauratga kuchli ishqorlar ta’sir etganda oltin (I) gidroksidi hosil bo‘ladi: 2K[Au(Br)2]+ 2KOH = 2AuOH4 + 4KBr AuOH beqaror birikma, u oson parchalanadi: 2AuOH = Au20 + H20 Au20 qizdirilsa parchalanadi: 2Au20 = 4Au + 02 Unga vodorod ta ’sir ettirilsa, oltin hosil bo‘ladi: H2 + Au2O = H20 + 2Au Au20 disproporsialanish reaksiyasiga uchraydi: 2Au20 + Au20 = Au203 + 4Au. AuBr, AuJ, Au2S — qora modda. AuCN — jigar rang modda [2; 354bet]. Sianidlarning suvli eritmalarida kislorod kirishi bilan oltin juda kuchli disiyanoauratlar hosil bo'lishi bilan eriydi: 4Au + 8NaCN + 2H2O + O2 = 4Na[Au(CN)2] + 4NaOH; bu reaksiya rudalardan oltin olishning eng muhim sanoat usuli siyanidlash asosida yotadi. Ular oltinga ta'sir qiladi va gidroksidi metall nitratlari aralashmasida eriydi: 2Au + 2NaOH + 3NaNO3 = 2Na[AuO2] + 2Na2O, natriy yoki bariy peroksidlari: 2Au + 3BaO2 = Ba[AuO2]2 + 3BaO, marganets, kobalt va nikelning yuqori xloridlarining suvli yoki efirli eritmalari: 3Au + 3MnCl4 = 2AuCl3 + 3MnCl2, tionilxlorid: 2Au + 4SOCl2 = 2AuCl3 + 2SO2 + S2Cl2, Oltinni yuqori darajada suyultirilgan eritmalardan qaytarganda, u cho‘kmaga tushmaydi, aksincha, kolloid eritmalar – gidrozollar hosil qiladi, ular binafsha-qizil, ko‘k, binafsha, jigarrang va hatto qora bo‘lishi mumkin. Demak, H[AuCl4] ning 0,0075 % li eritmasiga qaytaruvchi (masalan, xlorid kislota gidrazinning 0,005 % li eritmasi) qo’shilsa, shaffof ko’k oltin, agar uning 0,0025 % li eritmasiga 0,005% qo’shilsa, 0,0075 % li eritma hosil bo’ladi.Shunday qilib, dispersiya darajasiga qarab, oltinning rangi ko'kdan qizil rangga o'zgaradi [19]. Mis yuqori issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi tufayli juda afzal ko’riladigan element hisoblanadi. Shu sababli u elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish materiallarida tez-tez ishlatilmoqda. Bu elektr va internet tarmoqlarida eng ko’p afzal qilingan metallar qatoriga kiradi. So’nggi 10-20 yil ichida misga alternativ sifatida alyuminiy, plastmassa, optik tolali materiallar ishlatilgan; ammo, hech qanday material mis vazifasini to’liq bajarmagan. Shu sababli, u har bir sohada tobora ortib borayotgan elementdir. Metallurgiya sanoatining metali mis elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish sohasidagi korxonalarda muhim metall hisoblanadi. Uning birikmalaridan ba’zilari quyidagi sohalarda ishlatilmoqda: Mis arsenat - insektitsid kimyoviy moddalar, yog’ochni himoya qilish vositalari. Mis karbonat - bo’yoqlar, laklar, keramika buyumlari, pigment sifatida. Mis xlorid - fotografiyada katalizator, dezodorantlar, organik kimyoviy moddalar va neft mahsulotlarida. Mis oksidi - katalizator sifatida, keramika, rangli shisha, kimyoviy moddalar. Mis sulfat - (ishlatilish jihatidan eng muhim birikma) zararkunandalarga qarshi vositalar, parazitga qarshi, bo’yoq, teri va yog’ochdan tayyorlangan mahsulotlar Mis asetat - fungitsid, to’qimachilik bo’yoqlari katalizatori va ba’zi organik reaktsiyalarda. Mis, qotishmalar va birikmalar ishlatiladigan boshqa tarmoqlar va sohalarni quyidagicha sanab o’tish mumkin; elektr energiyasi, internet, telefon, telegraf kabellari va simlari, elektr motorlari, dinamolar, kalitlar, transport vositalaridagi elektr zanjirlari, samolyotlar va kemalardagi elektr va elektron tizimlar, tangalar, turli xil qoplamalar va bezaklar, to’qimachilik mahsulotlari, qurol-yarog’, zargarlik buyumlari, oshxona buyumlari, armatura, quvur va tom yopish materiallari, qozonxonalar, payvandlash materiallari va boshqalar [11]. Misli qotishma va turli birikmalari 50 dan ortiq maxsulotlarni o`z ichiga oladi. Jami ishlab chiqarishda misning 40% turli mis qotishmalaridan foydalaniladi. Mis va ruxdan tayyorlangan latundan xar xil mislar, quvur, soatlar mеxanizmi va dеtallari tayyorlansa, mis va qalay qotishmalaridan tayyorlangan bronzadan esa turli podshipniklar, halqalar va yuqori quvvatli transportlarning dеtallari tayyorlanadi. Elеktrotеxnikada elеktr simlari tayyorlash uchun, mеtallurgiyada turli qotishmalar tayyorlash uchun va katalizator sifatida ishlatiladi; mis birikmalari qishloq xo`jaligi zararkurandalariga qarshi kurashda, minеral bo`yoqlar sanoatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Mis elеktr va issiqlik o`tkazuvchanligining yuqoriligi, elastikligi va korroziya bardoshligi uning qaysi sohalarda ishlatilishini bеlgilab bеradi. Qazib olinadigan misning taxminan 50%i elеktrotеxnika sanoati extiyojlari uchun ishlatiladi. Alyuminiyli mis bronzalaridan asosan yuqori zangdan saqlovchi xususiyatga ega bo`lgan aviatsiya dvigatеllarida, quvur va boshqa sohalarda qo`llaniladi. Shuningdеk, nikеl va ruxli mis aralashmasidan tayyorlangan mеlxlop qotishmasi uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda, tibbiyotda jarrohlik asboblarini yasashda kеng qo`llaniladi. Marganеts, nikеlli mis birikmalari – nikеlin va marganin kabi elеktr qarshiligi yuqori bo`lgan qotishmalar elеktrotеxnikada ishlatiladi.Qotishmalari tarkibida qalay, rux, alyuminiy, qo`rg`oshin, nikеl, marganеs, tеmir, fosfor, krеmniy va boshqa elеmеntlar bo`lgan mis asosidagi qotishmalardir. Mis qotishmalari latun, bronza va mis-nikеl qotishmalarga bo`linadi. Lеgirlovchi komponеntlariga ko`ra mis qotishmalari yuqori elеktr o`tkazuvchanlikka va issiqlik o`tkazuvchanlikka ega bo`lishi, plastik va mustaxkam, antifraksion va korroziya bardosh bo`lishi mumkin. Mis kеyingi paytlarda tarkibida oltini bor qotishma sifatida ham kеng qo`llanilmoqda. Unda mis 85%, rux 12%, qalay 2% va oltin 1% bo`lib, ko`pgina oltinli qotishmalar xalq xo`jaligining turli tarmoqarida ishlatilmoqda [14; 21-bet]. Hozirgi vaqtda mis qurilish, energiya ishlab chiqarish va uzatish, elektron mahsulotlar ishlab chiqarish, sanoat mashinalari va transport vositalari ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Mis simlari va sanitariyatesisat har kuni uylar va korxonalarda ishlatiladigan asboblar, isitish va sovutish tizimlari va telekommunikatsiya aloqalarining ajralmas qismidir. Mis avtomobillar va yuk mashinalarida ishlatiladigan motorlar, simlar, radiatorlar, ulagichlar, tormozlar va podshipniklarning muhim tarkibiy qismidir. O'rtacha avtomobil 1,5 kilometr (0,9 milya) mis simni o'z ichiga oladi va misning umumiy miqdori kichik avtomobillarda 20 kilogrammdan (44 funt) hashamatli va gibrid transport vositalarida 45 kilogrammgacha (99 funt) o'zgarib turadi [20]. Kumush o’tmishdan bugungacha qotishmalar bilan ishlatilgan ba’zi mahsulotlarni quyidagicha sanab o’tish mumkin: bosh bezaklari, toj, marjon, tasbih lenta va imamesi, qamchi, xanjar, qamish boshi, fez, toj, zanjirli soatlar, medallar, sirg’alar, uzuklar, bilaguzuklar, pirsinglar, pinalar, sovg’alar, bezak plitalari, turli xil bezaklar, optik oyna, fotosurat, suyak jarrohligi, kuyish davolash, shisha elim, qoshiq vilkalar pichoqlar, kosmik tizimlar, suvni tozalash jarayonlari, dorilar, pullar, turli xil qoplamalar, batareyalarda ishlatilmoqda [21]. Avtotransport vositalari yoqilg'iga bog'liq bo'lgani kabi kumushga ham bog'liq. The Silver Institute ma'lumotlariga ko'ra, har yili avtomobil ishlab chiqarishda 36 milliondan ortiq kumush ishlatilmoqda. Masalan, dvigatelni ishga tushirish, elektr o'rindiqlarini sozlash, elektr oynalarni ochish va elektr magistralini yopish kumush membranali kalit yordamida amalga oshirilmoqa. The Silver Institute ma'lumotlariga ko'ra, kumush kukuni kremniy gofretga solingan aralshmaga aylanadi. Yorug'lik kremniyga tushganda, elektronlar ozod bo'ladi va kumush - dunyodagi eng yaxshi o'tkazgich aylanib, foydalanish uchun elektr tokini olib yuradi yoki keyinchalik foydalanish uchun batareyalarda saqlaydi [22]. Hisob-kitoblarga ko'ra kumush ishlab chiqarishning 70% sanoat faoliyatida, qolgan 30% esa pul faoliyatida, yaxshi qismi esa zargarlikda ishlatiladi. Biroq, uning asosiy ishlatilishi fotografiya, kimyoviy, tibbiyot va elektron sanoatida uchraydi [23]. Bakterial plazmidlar va genlar tomonidan aniqlangan kumush birikmalariga qarshilik molekulyar genetika bilan aniqlangan. Salmonella plazmidi pMGH100 tomonidan berilgan kumush qarshilik uchta transkripsiya birligida to'qqiz genni o'z ichiga oladi. Sensor/responder (SilRS) ikki komponentli transkripsiyani tartibga solish tizimi periplazmik Ag(I)-bog'lovchi oqsil (SilE) va ikkita oqim nasosi (P tipidagi ATPaz (SilP) va uchta oqsilli kimyosmotik RND Ag) sintezini boshqaradi. I)/H+ almashinuv tizimi (SilCBA)). Xuddi shu genlar 19 ta qo'shimcha IncH nomuvofiqlik sinfining beshta plazmidida aniqlangan, ammo hozircha boshqa plazmidlarda aniqlanmagan. Mahalliy kasalxonadan olingan 70 ta tasodifiy ichak izolatsiyasi, kateterlardan va boshqa Ag ta'sir qiladigan joylardan va ichak bakteriyalarining umumiy genomlaridan 10 tasi tanib olinadigan sil genlariga ega. Markazda joylashgan olti gen Escherichia coli K-12 xromosomasida topiladi va ishlaydi, shuningdek, E. coli O157: H7 genomida uchraydi. Molekulyar epidemiologik vositalardan foydalanish klinik va klinik bo'lmagan manbalarda bunday qarshilik tizimlarining diapazoni va xilma-xilligini o'rnatadi. Kumush birikmalari klinikada patogenlar (bakteriyalar, viruslar va eukaryotik mikroorganizmlar) bilan kurashish va aholi salomatligi gigienasi uchun samarali mikroblarga qarshi vositalar sifatida keng qo'llaniladi. Kumush kationlari (Ag+) past konsentratsiyalarda mikrosiddir va kuyishlar, yaralar va yaralarni davolash uchun ishlatiladi. Ag mikrobial biofilm rivojlanishini kechiktirish uchun kateterlarni qoplash uchun ishlatiladi. Ag gigiena vositalarida, shu jumladan yuz kremlarida, "muqobil tibbiyot" sog'liqni saqlash qo'shimchalarida, sabzavotlarni yuvish uchun supermarket mahsulotlarida va suv filtrlash kartridjlarida qo'llaniladi. Ag odatda odamlar uchun salbiy ta'sir ko'rsatmaydi va argiriya (subepitelial kumush konlari natijasida terining qaytarilmas rangi o'zgarishi) kamdan-kam uchraydi va asosan kosmetik tashvishga soladi [24]. Oltin asrlar davomida eng ko'p terilgan qimmatbaho metallardan biri bo'lib qolmoqda. So'nggi o'n yilliklarda oltinni iste'mol qilish hajmi asta-sekin Osiyo mamlakatlari tomon siljidi. Ushbu mamlakatlar aholisi farovonligining o'sishi tufayli ularda oltinga bo'lgan iste'mol talabi ancha yuqori bo'lib qoladi. Oltin iste'molining to'rtta asosiy segmenti mavjud: zargarlik sanoati, xususiy investitsiyalar, Markaziy banklar talabi va sanoat maqsadlarida iste'mol qilish. Oltin narxi va iste'molchi kayfiyatini hisobga olgan holda, oltin iste'molining to'rtta segmenti nisbati sezilarli darajada o'zgarib bormoqda. Xulosa Zargarlik sanoati tarixan oltinning birinchi va eng yirik qo'llanilishi hisoblanadi. Bu dunyodagi oltinga bo'lgan talabning yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Dunyoning aksariyat mamlakatlari Hindistonning zargarlik sanoatini iste'mol qiladi - jami jahon talabining deyarli 1/4 qismi [25]. O'rtacha oltinning asosiy iste'molchisi - zargarlik sanoati qimmatbaho metalning global iste'molining 40% dan 60% gacha. Masalan, birgina 2016 yilning o‘zida ushbu sanoat dunyo bo‘yicha 1989,2 tonna “hosil” oldi – bu umumiy oltin iste’molining 46,7 foizini tashkil etadi.Ultrabinafsha infraqizil nurlanishni aks ettirish qobiliyati tufayli oltin aerokosmik sanoatda ham keng tarqaldi: u asosan reaktiv dvigatellar, yadro reaktorlari, raketalar, kosmik kemalar uchun issiqlik aks ettiruvchi qoplamalar uchun qismlarni ishlab chiqarish uchun talab qilinadi.Bundan tashqari, oltin qayta tiklanadigan energiya manbalariga faol ravishda "tanishtirish" davom etmoqda. Masalan, mashhurlik kasb etayotgan quyosh panellari ko‘pincha oltin nanozarrachalarni o‘z ichiga oladi: ular qurilmaga quyosh energiyasini ancha ko‘proq olish imkonini beradi.Noyob fizik va kimyoviy xossalari tufayli elektronika sanoati oltinga muhtoj. Birinchidan, bu qimmatbaho metall yuqori elektr va issiqlik o'tkazuvchanligiga ega. Ikkinchidan, oltin yuqori egiluvchanlik, egiluvchanlik va korroziyaga chidamlilik bilan ajralib turadi.Shuning uchun oltin elektron jihozlar tranzistorlar, kondansatörler, yarimo'tkazgichli qurilmalar, anakartlar, mikrosxemalar va boshqa ko'plab detallar massasining ajralmas qismidir [26]. Investorlar uchun oltin hisob-kitoblarni amalga oshirish, sotib olish va sotishda barqaror foyda olish, moliyaviy inqirozlar va bozor inqirozi davrida shaxsiy jamg'armalarni himoya qilish uchun ajoyib vositadir. Markaziy banklar oltin zahiralaridan davlatning moliyaviy-kredit siyosatini amalga oshirish hamda inqiroz va favqulodda vaziyatlarda barqaror mavqeini saqlab qolish uchun ishonchli zaxira sifatida foydalanadilar. Banklarning oltinni sotib olish va sotishdagi faolligi geosiyosiy risklar davrida va zaif pul-kredit siyosati davrida ko'proq namoyon bo'ladi [27]. Foydalanilgan adabiyotlar 1.I.T.Shamsiddinov, G.Q.Qodirova, Z.N.Mamadjonov, B.A.Maʼmurov.Oʼquv-uslubiy majmua. Umumiy va noorganik kimyo. Namangan 2020. 2.https://repository.tma.uz/xmlui/bitstream/handle/1/175/Anorganik% 20kimyo%20%28To%E2%80%98xtayev%20H.R.%29%20%202011%20%D1%83..pdf?sequence=1&isAllowed=y 3. https://cyberleninka.ru/article/n/sari-cho-qqi-konidagi-birlamchimis-porfirli-rudalar-namunasini-texnologik-o-rganish 4.https://elibrary.namdu.uz/30%20%D0%A2%D0%B5%D1%85%D0 %BD%D0%B8%D0%BA%D0%B0%20%D1%84%D0%B0%D0%B D%D0%BB%D0%B0%D1%80/Konstruksion%20materiallar%20texn ologiyasi.%20Mirboboyev%20V.A.pdf 5. https://cyberleninka.ru/article/n/koordinatsionnye-soedineniyamedi-ii-s-n-atsetiltiomocheviny 6. https://www.allmetals.ru/metals/silver/occurance/. 7. https://www.booksite.ru/fulltext/1/001/008/101/539.htm 8.http://library.pharmi.uz/books/darslik/Ahmerov%20Q.%20Umumiy %20va%20anorganik%20kimyo%202017.pdf 9.https://confrencea.org/index.php/confrenceas/article/view/244/245 10.https://cheminfo.uz/mis-haqida-malumot/