Uploaded by damirabayev2004

9 m

advertisement
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Samarqand filiali
Mavzu: O'zbekistonda bank tizimi, markaziy va tijorat banklarni isloh
qilishning ahamiyati.
Bajardi:Mamasoliyev Javohir
Tekshirdi:A.SAMAD
Reja:

Banklar tizimlari

Tijorat va Xususiy banklar rivojlanish bosqichlari.

Markaziy bank va uning funksiyalari. O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari
Bank so’zi italyancha «banka» so’zidan olingan
bo’lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi,
chunki o’rta asrlarda italiyalik puldorlar
hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga
qo’yib xisob-kitob qilganlar.
Bank — bu aholi va tashkilotlardan pul mablag'larini qabul
qilish, ularni saqlash va himoya qilishni ta'minlash,
shuningdek kreditlar va boshqa moliyaviy xizmatlarni taqdim
etish bilan shug'ullanadigan moliyaviy muassasa. Banklar
moliya bozorining asosiy ishtirokchilari bo'lib, ularning faoliyati
mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Banklarning bir nechta turlari mavjud bo'lib, ularni faoliyati va funksionalligi
bo'yicha tasniflash mumkin:

Chakana banklar — bu jismoniy shaxslar va kichik biznesga bevosita xizmat
ko'rsatadigan banklar

Tijorat banklari — bu korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatadigan
va yirik kredit operatsiyalarini amalga oshiradigan banklar
Banklar mulkchilik shaklida ham farq qilishi mumkin:

Davlat banklari — bu butunlay davlatga tegishli banklar

Xususiy banklar — bu jismoniy shaxslar yoki kompaniyalarga tegishli banklar

Aralash banklar — bu xususiy va davlat kapitali birlashtirilgan banklar
Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb
qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va
uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga
oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga
(jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi
vositachilardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki markazlashgan nazorat tizimini
ifodalaydi. Belgilangan vazifalarni bajarish uchun Markaziy
bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida ishlaydigan
tegishli xizmatlar va muassasalarni tashkil etadi .
Markaziy bankning tuzilmasi va boshqaruv organlari “Markaziy bank
to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilanadi. Markaziy bankning oliy organi
Markaziy bank Boshqaruvi hisoblanadi. Boshqaruv 11 a'zodan iborat
bo'lib, unga bir vaqtning o'zida Markaziy bank raisi bo'lgan rais boshchilik
qiladi. Markaziy bank boshqaruviga pul-kredit siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini belgilash va tartibga solish va bank tizimini rivojlantirish
bo‘yicha katta vakolatlar berilgan
Download