O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYA HUZURIDAGI BOTIR ZOKIROV NOMIDAGI MILLIY ESTRADA SAN’ATI INSTITUTI KAFEDRASI “Estrada ijrochiligi pedagoglar tayyorlash” kafedrasida o‘tkazilgan ochiq darslar haqida 16-sonli Bayonnomasidan koʻchirma Katta oʻqituvchi: Ibragimov Bobir Fanning nomi: Musiqiy pedagogika va psixologiya Sana: 6-aprel 2023 yil, Toshkent shahri. Oʻtkazilgan joyi: Shayxontoxur tumani 3-sonli BMSM. Professor-o‘qituvchining me’yoriy hujjatlarining mavjudligi haqida ma’lumot (Jurnal, kalendar, mavzuli reja, namunaviy va ishchi fan dasturi, ma’ruza matni) – mavjud Mavzu: Musiqa psixologiyasining umumiy asoslar. “Estrada xonanadaligi” kafedrasi 3-kurs talabalari Oʻzbek guruhu Ochiq dars mavzusining o‘quv reja va dasturga muvofiqligi: muvofiq Ochiq dars rejasi: 1. Musiqa psixologiyasiga kirish. Asarning janri, muallifi haqida ma’lumot. 2. Musiqiy iste’dod va zakovat. 3. Musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri. 4. Musiqa psixologiyasi yoʻnalish va tarmoqlari. Ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar: O‘zDK B.Zokirov nomidagi MESI “Estrada ijrochiligi pedagoglar tayyorlash” kafedrasi professor - o‘qituvchilari Fazel Noxida, Dashkinova Iroda, Abdusattorova Sayyora, Ishaliyev Javoxir, Xidoyatullayeva Gulsara O‘zDK B.Zokirov nomidagi MESI “Estrada ijrochiligi pedagoglar tayyorlash” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ibragimov Bobir tomonidan o‘tkazilgan ochiq darsda ishtirok etib, ochiq dars mashgʻulotini mazmunli deb baholadilar. Ochiq darsda “Musiqa psixologiyasining umumiy asoslari” mavzusida qiziqarli seminar tashkil qilinganligini alohida e’tirof etdilar. Bu darsda talabalar musiqa psixologiyasiga oid asosli tarixiy ma’lumotlarga ega boʻlganliklarini interaktiv, blits savollar orqali yanada mustahkamladilar. Ochiq dars mashgʻulotida ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar darslarda katta oʻqituvchi Ibragimov Bobir tomonidan qoʻllanilgan innovatsiyon ta’lim texnologiyalari yuqori baholandi. Xulosa va takliflar: Bunday ochiq darslarni tajribali hamkasblarimiz bilan o‘tkazilishi talabalar uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ochiq darsni kuzatuvchi professor – o‘qituvchilar: O‘zDK B.Zokirov nomidagi MESI “Estrada ijrochiligi pedagoglar tayyorlash” kafedrasi o‘qituvchilari Abduxalilov Jamshid, Dashkinova Iroda, Abdusattorova Sayyora, Ishaliyev Javohir Xidoyatullayeva Gulsara Qaror qilindi: Pofessor-o‘qituvchi – Ibragimov Bobirning dars oʻtish uslubini boshqa barcha guruhli fanlarda qoʻllanilishi yuzasidan takliflar berildi. Katta oʻqituvchi Ibragimov Bobir “Musiqa psixologiyasini umumiy asoslari” mavzusidagi o‘tkazgan ochiq darsi belgilangan maqsad asosida olib borilganligi va mazmunan belgilangan talablarga mos kelishi munosabati bilan qabul qilinsin. Kafedra mudiri: Abdusattorova S.A.