Uploaded by ABDURAHMON MUHAMMADALIYEV

Mavzu Oilada bolalarni tarbiyalash usullari Reja Kirish. Oilad

advertisement
Mavzu: Oilada bolalarni tarbiyalash usullari
Reja:
Kirish.
1. Oilada bolaning shakllanishida ota-onalarning vazifalari .
2. Oilada bola ma`naviyatini shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar.
3. Oilada bola tarbiyasida ota-onaning roli.
4. Oilada farzand tarbiyasiga qo`yiladigan zarur talablar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi: Barkamol inson tarbiyasini tashkil etish azalazaldan
xalqimizning ezgu orzusi, ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy
maqsadi, millat ma`naviyatining uzviy bir qismi bo`lib kelgan. Bu g`oya nafaqat
alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni yuksak taraqqiyot sari boshlagan,
ularni ma`naviyat va ma`rifat sohasida ulkan yutuqlarga erishishga undagan.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish haqida
qayg`urmagan xalqning, millatning kelajagi yo`q. Shu bois, mamlakatimizda
ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora o`sib borayotganligi ma`naviy
barkamol avlodni tarbiyalashni muhim masala sifatida kun tartibiga qo`ymoqda.
“Shuni unutmaslik kerakki, - deydi Yurtboshimiz I.Karimov, - kelajagimiz
poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi
kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga
bog`liq”1. Zero ta`lim va tarbiyaning uyg`unligi yoshlarda bilim egallash bilan
birga vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik, demokratik va
umuminsoniylik kabi qadriyatlarni shakllanishiga yaqindan yordam beradi.
Axborot oqimi kuchaygan, globallashib borayotgan dunyoda voyaga etmagan
bolalarni tarbiyalash, ularni bolog`atga erishishida qulay muhitni yaratish, to`g`ri
yo`ldan adashmay katta hayotning oydin so`qmog`iga olib chiqishimiz dolzarb
masala hisoblanadi. Xalqimizda “bir bolaga etti mahalla ota-ona” degan naql bor.
Shu ma`noda bola asosiy vaqtini oilada va maktabda o`tkazsa-da, uning tarbiyasi
uchun faqat ota-ona va o`qituvchi mas`ul deyishimiz noto`g`ri. Farzandlarimizni
qadriyatlarimiz ruhida, ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash, yot
g`oya va mafkuralar, illatlar iskanjasiga tushib qolishdan asrash barchamizning
ertaga qoldirib bo`lmaydigan, loqaydlik qilinsa kelajak kechirmaydigan
vazifamizdir. Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora
murakkablashib borishi shaxs ongiga ko‘rsatayotgan ko‘rinmas ta’sirlarning
ko`chayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi,
kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada
tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik
sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayet ehtiyejga
aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi,
kamol toptiriladi. To‘g‘ri, bunda ijtimoiy tarbiyaning o‘rnini inkor etib bo‘lmaydi.
Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o‘zaro hamkorliklariga asoslansak,
barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya
pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi
shundaki, har bir oila o‘ziga xos ibtidoiy guruh bo‘lib, tarbiyada faqat mazkur
guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi. Ta’kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani
ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, yasli, bog‘chalarga bormay, faqat oilada o‘sgan va voyaga yetgan bolalar
maktabga borganlarida o‘z tengqurlari ichida ko‘p jihatlari bilan ajralib turadi.
Oilaning bolalarga moddiy va ma’naviy g‘amxo‘rligini, ko‘rsatayetgan tarbiyasini
yasli, bog‘cha tarbiyasi bilan yeki, aksincha, yasli bog‘cha tarbiyasini oilaviy
tarbiya bilan almashtirib bo‘lmaydi. Faqat o‘zaro hamkorlik masalani ijobiy hal
etish imkoniyatini beradi. Lekin o‘zining xususiyatlari va takrorlanmas ta’siri bilan
oila bola tarbiyasida muhim omilligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdek,
bolada ota-onasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindoshurug‘lariga bo‘lgan hissiyetlari shakllanadi. Bolaning otasiga bo‘lgan hurmati
onaning hurmatini joyiga qo‘yishda asos bo‘ladi. Onaga bo‘lgan mehr-muhabbat
oqibat natijada o‘z oilasiga, xotini, farzandlariga bo‘lgan munosabatlarda o‘z
aksini topadi. Ikkinchi tomondan bolalar ham o‘z ota-onalariga ta’sir ko‘rsatadilar.
Oilaviy aloqalarni oilaviy qiziqish, ma’naviy qoniqish hislatlarini takomillashiga
sabab bo‘ladilar. Ota-onalarning o‘ziga va bolalariga bo‘lgan talabchanligi, katta
va kichiklarning o‘zaro munosabatlari, do‘stona muhit, ishonch va o‘zaro birbirlarini tushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan
olib boriladigan muhim omillaridan biridir. Bunday birlikning ro‘yobga chiqishida,
eng avvalo, ota-onalarning siyosiy ongliligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki
otaonalarning faolligi oilaviy hayotda o‘z ifodasini topadi. Shu ma’noda bolalar
o‘z ota-onalarining siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab o‘z xulq-atvorlarini
tartibga soladilar, hurmatlarini joyiga qo‘yadilar. Bolalar ulg‘aya boshlashi bilanoq
o‘z ota-onalarining qayerda ishlashlari, jamiyatda tutgan o‘rinlari, ularning
bilimiga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun ham ota-onalarning nimalarga
qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar ertaroq
bilganlari ma’qul. Ota-ona qanday ishda bo‘lmasin uni jiddiy, el hurmatiga loyiq
bir ish deb biladigan bo‘lishi kerak. Bu borada oiladagi tarbiyaning maqsadga
muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ma’lum darajada maktabga
yuklanadi. Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini
ta’minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli
tashkil etilishiga dastlabki ta’sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya
samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu vazifalarning
muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida otaonalar o‘rtasida olib
boriladigan tarbiyaga oid targ‘ibotning roli benihoyadir. Chunki ota-onalarni
hozirgi zamon ruhiy-ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy
tarbiyani yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Ommaviytarbiyaviy targ‘ibotda eng yaxshi
oilalar namunasida ta’sir ko‘rsatish eng maqbul yo‘ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan
oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi
ham mana shundadir. Chunki, birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va
jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda muallimlardan
tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yeshlar, kasaba uyushmalari ishtirok
etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-urug‘lar turli mehnat jamoalarining
vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yoru do‘stlarining ma’naviy xayotlaridagi
omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, san’atga, oilaviy majburiyatlarga
bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa
oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat
joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o‘z ota-onalariga baho beradilar. To‘plangan
tajribalarni yasli, bog‘cha, maktabdagi o‘rtoqlari bilan muhokama qiladilar va
hokazo.
Kurs ishining maqsadi: Hozirgi davrda bolalarning oilalardagi
tarbiyasimasalalarini ochib berish.
Kurs ishining vazifalari: Ilmiy adabiyotlarni tahlil etish va oiladagi ota-onalar
burchlari va vazifalarini muammo ekanligini asoslab berish.
Kurs ishining ob`ekti: oilalardagi ota-onalarning bola tarbiyasi jarayoni.
Kurs ishining metodlari: oiladagi bolalar tarbiyasiga doir adabiyotlar tahlili,
so`rovnoma, ko`zatuv, anketa.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2-bob, hulosa va foydalangan adabiyotlar
ro`yhatidan iborat.
I-bob. Sog`lom bolaning shakllanishida ota-onalarning vazifalari .
I.1. Sog`lom bola ma`naviyatini shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar.
Mamlakatimizda barcha sohalarda bo`layotgan islohotlar, ijtimoiy
o`zgarishlar, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishlarda ham o`z aksini topmoqda.
O`zbekistonda odob-axloq ilmiga, ma`naviyat masalalariga katta e`tibor
berilmoqda, ayniqsa yoshlarning ma`naviy qiyofasini mustaqillik mafkurasi, uning
insoniy tamoyillari asosida shakllantirishga bosh vazifa sifatida qaralayotgani bejis
emas. Eng quvonarlisi shundaki, birinchi Prezdentimiz yoshlarning ma`naviy
tarbiyasiga, ularning bilim va kasb mahoratini oshirish masalalariga alohida e`tibor
berib kelmoqda. Chunki mustaqilligimizning uch tayanchi-mustaqil siyosat,
iqtisodiy qudrat va halq ma`naviyati bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib,
ularning uyg`un rivoji ta`minlansagina O`zbekiston buyuk yurt sifatida jahon
hamjamiyatida o`z munosib o`rnini topa oladi. O`zbekistonning buyuk kelajagini
bunyod etish asosan bugungi yosh avlodning zimmasida ekan, ularni bilimli,
madaniyatli, mehnatsevar, tashabbuskor, izlanuvchan etib shakllantirish hayot
tajribasiga ega, qiyinchiliklarda toblangan yoshi ulug`larimiz, faxriylarimizning,
shu bilan birga mazkur ishga da`vat etilgan tarbiyachilar, muallimlar, olimlarning
va umuman barchaning asosiy vazifasi bo`lib qoladi. Bu borada yoshlar tarbiyasi
davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Yoshlar muammolari
instituti, iste`dodlarni tanlash markazlarining tashkil etilishi yoshlarni ma`naviy va
jismoniy shakllantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, rag`batlantirish borasida
davlatimiz olib borayotgan siyosatning namunasidir. Yurtboshimiz
ta`kidlaganlaridek: “Har bir insonnning, ayniqsa endigina hayotga qadam qo`yib
kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o`rtaga
qo`yilgan maqsadlarga erishish o`zlariga bog`liq ekanligini, ya`ni bu narsa
ularning sobitqadam g`ayratshijoatiga, to`la-to`kis fidokorligiga va cheksiz
mehnatsevarligiga bog`liq ekanligini anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa
davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir”. Shu boisdan ham
kelajak borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturida yoshlar tarbiyasiga
alohida ahamiyat, e`tibor berish, ularni jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va
ma`naviy taraqqiyotida faol ishtirok etishlarini ta`minlash har bir fuqaroning burch
va vazifalari hisoblanadi. Mazkur holatda eng avvalo, yoshlarimiz ongida
ma`naviyat va ahloqiylik kabi yuksak fazilatlarni tarbiyalashimiz zarur bo`ladi,
ya`ni yoshlar tarbiyasi sohasidagi siyosatni keng jabhada olib borilishi jumladan,
oiladagi tarbiya poydevorini ta`lim maskanlarida ham uyg`un ravishda mustahkam
qo`yilishiga e`tibor qaratilish kerakdir. Yoshlar jamiyatda sodir bo`ladigan har
qanday voqeliklarga o`zgacha, ruhiy his-kechinmalar doirasida munosabat
bildiradilar, qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning
uchun bizning oldimizda turgan muhim masala – yoshlarni to`g`ri yo`lga boshlash,
bunda oiladagi tarbiya bilan birgalikda jamoatchilikning uzviy hamkorligini
ta`minlash taqozo etiladi. Biz psixolog olimlarimiz tomonidan tadqiq etilgan
yoshlarimizning ma`naviy tarbiyasida oilaning ta`sirini ular ongida aks etganlik
darajasini o`rganish maqsadida “Qanday oilalarda ma`naviy sog`lom farzandlar
tarbiyalanadilar?” degan savolnoma bilan tanishib chiqib olingan natijalarini
o`rganganib chiqdik va juda ham qiziq ma`lumotlarga duch keldik. Masalan,
oliygohda tahsil olayotgan talabalarga murojaat etilganda. Olingan natijalar shuni
ko`rsatgan. “Qanday oilalarda ma`naviy sog`lom farzandlar tarbiyalanadilar?” (%
da)Javoblar: % Mehnatkash va halol oilalarda50,7 Inoq va tinch oilalarda 38,9
Ma`naviy sog`lom oilalarda 37,8 Ziyoli oilalarda 21,3 Ko`p bolali oilalarda 3,9
Dindor oilalarda 3,3 Boshqa javob 1,0 Jadvalda kuzatiladigandek, aksariyat
yoshlarimiz mehnatkash, halol, inoq, tinch, ma`naviy sog`lom oilalarda ma`naviy
etuk farzandlarning voyaga etishi va tarbiyalanishini ma`qul deb olganlar. Biz
yoshlarning yaxshi oilaga nisbatan psixologik ustanovkalari yuqori ekanligini bilib
oldik. Shuningdek qaysi ijtimoiy ta`sir shaxsning ma`naviyatiga ta`siri qanday
bo`lishini ham qay darajada o`rganilganligi bilan qiziqqanimizda shunday
tadqiqotlarga duch keldik. Talabayoshlarga psixolog olimlarimiz tomonidan
“Sizning fikringizcha, bizning jamiyatda inson ma`naviyatiga nima eng ko`p
darajada ta`sir ko`rsatadi?” savolini berilgan. Unga ko`ra olingan javoblarda oila
barcha ijtimoiy maskanlar orasida eng yuqori darajada shaxs ma`naviyatiga ta`sir
etishi tan olingan. Shuning uchun oila maskani, uning ma`naviy muhiti, unda
voyaga etayotgan farzandning jismoniy sog`lom bo`lishi, ma`nan yuksak bo`lishi,
aqlan kamolga etishi masalalari doimo jamiyat miqyosida eng muhim masalalardan
biri ekanligini ham angladik. “Sizning fikringizcha, bizning jamiyatda inson
ma`naviyatiga nima eng ko`p darajada ta`sir ko`rsatadi?” (% da) Javoblar: %
Televidenie 28,1 Oila 77,1 Matbuot 7,2 Mahalla 43,2 Din 6,8 Ta`lim muassasasi
43,1 Adabiyot 3,4 Ijtimoiy muhit 36,9 Kino, teatr 2,2 Demak, shaxs ma`naviyatini
shaklllantiradigan omillar orasida oila va oilaviy tarbiya, mahalla, ta`lim-tarbiya
tizimi maskanlari hamda ijtimoiy muhit ta`siri yuqori ekan-da. O`zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti barkamol shaxsni shakllantirish ishining
hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Inson shaxsini, uning
yuksak ma`naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini
shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy
qadriyatlarimizga hurmat-e`tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida
tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalarni qo`ymoqda», deb alohida
ta`kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo`lmish
yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo`lib o`z yurti va halqiga
sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat
qilishga o`rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o`z Vatani
manfaatlariga g`oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni
boshqarishini taqozo etadi.
Hammamizga ma`lumki mustaqil Ona Vatanimiz - O`zbekistonning kelajagi
biz yoshlarning qo`lidadir. Shu sababdan ham biz talaba yoshlar bizga berilayotgan
har qanday imkoniyatlardan to`liq foydalanib, ilm olishga, o`z bilim, ko`nikma va
malakamizni yanada kuchaytirishimiz lozim. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov
ta`kidlaganlaridek, «Biz bugun yosh avlod tarbiyasiga har qachongidan ham katta
ahamiyat bermoqdamiz. Bizning eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz - bu
o`sib kelayotgan yosh va sog`lom avlodimizdir».
I.2. Sog`lom bola tarbiyasida ota-onaning roli. Odam paydo bo`lgandan boshlab
tirikchiligi, qorni to`q, egni but bo`lib yashashi uchun harakat qilgan. Astoydil
xarakati va unumli mehnati tufayli yashash turmush tarzi yaxshilanib, oilasi
mustahkamlanib borgan. Bu barcha uchun aniq va sinalgan haqiqat.Bu borada
ayniqsa jamiyatda oila mustahkamligiga erishish uchun nima qilish kerak?- degan
savolga javob berishimiz lozim. Borliqning erkasi hisoblanmish odamzotning
hayotdagi eng kata kashfiyotlardan biri oilaviy turmush desak, bu mubolag`a
bo`lmas. Insoniyat hayotini, turmushni, ayni vaqtda jamiyatni oilasiz tasavvur
qilish amrimahol. Tabiatning ulug` birliklaridan sanalgan oilada amlaydigan
tomonlardan biri mehrmuhabbat, o`zaro hurmat va sadoqatlilikdir. sir-sinoat mo`l.
Oilani mustahkamlash, asrab-avaylash hayotday zarurdir. Oilani mustahkOiladagi
er-xotin muhabbati, ular o`rtasidagi sadoqatda xislat katta, karomat mo`ldir.
«Agar,-deydi birinchi Prezdentimiz — oila sog`lom va mustahkam bo`lsa,
mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt
mustahkam bo`lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi». Bola
tug`iliboq o`z onasi va otasini ko`radi. U o`zining dastlabki muloqotini ota-onasi
bilan boshlaydi. Buning uchun oiladagi psixologik muhit, oila a`zolari o`rtasida
bir-birlariga hurmat bo`lishi bola tarbiyasiga katta ta`sir etadi. Donishmand
xalqimizda bu borada qator ibratli hikmatlar mavjud. Inson bolasi yoshligidan
yaxshi va yomon odatlarning qaysi biriga ko`nikib, o`rganib qolsa, bu ko`nikma
uni bir umr tark etmaydi. Xalqimiz bejizga "Qon bilan kirgan-jon bilan chiqadi,
«Yo`rgakda tekkan kafanda ketar», «Onasini ko`rib, qizini ol», "Qush uyasida
ko`rganini qiladi",«Dard ketar, odat qolar» deyilgan naqllarni aytmagan.
Mamlakatimizning jahon miqyosida tutgan o`rni, uning iqtisodiy va intellektual
salohiyati, fan va madaniyat taraqqiyotiga qo`shgan hissasi xalqimizning turmush
darajasi bilan belgilanadi. Turmush darajasining asosiy negizi esa oiladir. Jamiyat
ma`naviy va ahloqiy jihatdan sog`lom, mustahkam oila bo`lishidan manfaatdordir.
Shu sababli oilani mustahkamlash, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ularning turmush
sharoitini yaxshilash, davlat ahamiyati darajasida qaralmoqda. «Oila jamiyatning
asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish xuquqiga ega» deb belgilab qo`yilgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida. Ma`naviy boy,
ahloqan etuk, intellektual rivojlangan, chuqur bilimli, jismonan baquvvat, har
tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo sog`lom turmush tarzi qaror topgan
oilada shakllanadi. Oilada esa o`zbek xalqining ming yillar davomida
mustahkamlanib kelgan ma`naviy ildizlari mujassamlashgan bo`ladi. O`zbek xalqi
boy madaniyatiga ega bo`lgan qadimiy xalqlardan biridir. Uning bag`riga jo
bo`lgan ma`naviy xazinalarning qadr-qimmati bu yurtning so`lim tabiati, hosildor
tuprog`i, er osti va er ustki boyliklaridan kam emas. Sog`lom oila va sog`lom otaonadan sog`lom farzand tug`iladi va voyaga etadi. Bola dunyoga kelgandan so`ng,
ota-bobolarimizdan qolgan udum-uning qulog`iga bir mulla chaqirtirilib, a`zon
aytiladi. Buning bilan uning ismi ilk bor o`zining qulog`iga singdiriladi. Otaonalarning farzandlariga munosib ism qo`yishlari ham qarz, ham farz. To`g`ri ism
qo`yish ularning farzandlari oldidagi birinchi muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Shuningdek, bolaning qo`lini halollab, boshini ikkita qilish kerak ekanligini sizlar
ham ko`p maratoba eshtitgansizlar. Shuning uchun xalqimizda «Ota bo`lish osonOtalik qilish qiyin» degan naql bor. Otalar maslahati bilan tuzilgan ishlar pishiq va
mustahkamdir. Otalar «otaligi» uchun emas, balki komil farzand
tarbiyalaganliklari uchun ulug`lanadi. Bu omillar oilada bolaning ma`naviyahloqiy tarbiyalanishining mazmunini tashkil etadi va ular bir qator pedagogik
xususiyatlarni o`z ichiga oladi. Oilaviy tarbiyaning o`ziga xos xususiyatlarini ta`sir
qilish omillarini hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo`lga
qo`yish mumkin emas. Buning uchun, avvalo, ota-onalar va tarbiyachilarning
o`zlari tarbiyalangan bo`lishlari lozim.
II-bob. Oilada farzand tarbiyasiga qo`yiladigan zarur talablar.
II.1. Ota-onaning va farzandlarining oiladagi forizi haqida.
Mamlakatimizda bolalar va onalar haqida g‘amxo‘rlik qilish chinakam
davlat ahamiyatiga molik ishdir. «Jamiki yaxshi narsalar – bolalarga» shiori
yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul
qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir.Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar
ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning
asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi
tabbiy holdir. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol
toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustahkam
bog‘lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
bolmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot
ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o‘quvchilarning
sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali
tashkilotchilariga aylantirish zarur. Oilalarning bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat
doiralari ancha keng bo‘lib, ko‘plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi
ta’minlangan. Ota-onaning ko‘pi eng kamida o‘rta ma’lumotli. Bunday holatlar
ota-onalarning pedagogika, psixologiya sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va
maktab bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi.
Ota-onalarning bilim saviyasi, umumiy tarbiyaga oid madaniyati, ijtimoiy
intilishlari va talablari, bolalar tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari,
shakllangan hayetiy tajribalari, tarbiya va ijtimoiy taraqqiyot natijasida hosil qilgan
ishonch va e’tiqodlari, oiladagi o‘ziga xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli ta’sir
ko‘rsatadi. Ko‘plab qishloq oilalarida ma’lum darajada bolalar tarbiyasi yuzasidan
jamoatchilik yerdami mavjudligiga qaramasdan tarbiyaviy kuchlarning bir
butunligiga erishilmagan, o‘zaro hamkorlikni qanday tashkil etish mumkinligi
haqida ma’lumot yetarli emas. O‘qituvchilar ham sinf ota-onalar majlisining
o‘tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta’minlaydi, deb o‘ylashadi. To‘g‘ri,
otaonalar majlisi ham hamkorlikni ta’minlashning eng muhim omillaridan
hisoblanadi, lekin oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi uchun, ularni birlashtirish
uchun maxsus tashkil etilgan markaz bo‘lishi lozim. Demak, maktab mukammal
tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim.
O‘z o‘qituvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga
yo‘naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina
tarbiyaviy yutuqlarni qo‘lga kirita oladi. Bunday maktablar esa o‘z atrofidagi
zavod, fabrika, jamoa va davlat xo‘jaliklari, otaliqqa olgan korxonalar bilan
aloqani mustahkamlab, o‘quvchilarning maktabdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etmoqdalar, qarovsiz, tarbiyasi og‘ir bolalarni o‘z nazoratlariga olmoqdalar.
Bunday xayrli ishlarda ko‘plab ota-onalar maktab bilan yaqindan aloqada bo‘lib
o‘quvchilar tarbiyasi yuzasidan o‘qituvchilar jamoasi bilan bamaslahat ish olib
borishmoqda. Lekin, ko‘plab ota-onalar bolalar tarbiyasiga tayyor emasliklari,
ularga ta’sir etuvchi turli omillardan bexabarliklari, bola kamolotining murakkab
tomonlarini bilmasliklari natijasida oilaviy tarbiyada ko‘plab ko‘ngilsiz voqealar
ham sodir bo‘lmoqda. Bunday salbiy omillar o‘g‘il yoki qizlarning maktabdagi
ta’limtarbiyasiga yomon ta’sir ko‘rsatmoqda. Voyaga yetmagan yeshlar orasida
qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, hali ham ayrim ota-onalar bolalar tarbiyasi va ularning kelajaklari
haqida zamon talabi darajasida tarbiyaviy mas’uliyatni his qilmayaptilar. Otaonalar bilan suhbatlashish natijasida shu narsa aniqlandiki, ular farzandlari 15-16
yoshga yetganidagina «O‘g‘lim yoki qizim yuqori sinfda o‘qimoqda. Kelajakda
qayerga yuborsam ekan, qayerga o‘qitsam ekan» degan fikrga boradilar. Imkoni
boricha, tanish-bilish orqali o‘zlari uchun ma’qul dargohga o‘qishga yoki ishga
joylashtirmoqchi bo‘ladilar. Ular bolalarining qobiliyatiga ham, qiziqishiga ham,
xohishiga ham e’tibor bermaydilar. Bunday holat ota-onalarning tarbiya
masalasida aniq maqsad va dasturlari yo‘qligi oqibatida sodir bo‘ladi. O‘qituvchi
ota-onalarning faol yordamisiz bolalarning barkamolligini ta’minlay olmaydi. Bu
o‘rinda tarbiyachining o‘zini tarbiyalash lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak.
O‘ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash va harakat qilish, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda
ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida ularga qat’iy talablar qo‘yish
uchun ma’naviy huquqqa ega bo‘ladi. Respublikamizda ayrim maktablarda otaonalarni ma’lum guruhlarga bo‘lib majlislarga chaqirish joriy etilmoqda. Masalan,
yosh va kam tajribali oilalarni alohida, noto‘liq oilalarni, ko‘p bolali oilalarni
alohida-alohida chaqirib, ular bilan ishlash yo‘llari belgilanmoqda. Ba’zan otaonalar bolalarining «uy vazifalariga yordam berish kerakmi» degan savolni
berishadi. Bunga «ha» yoki «yo‘q» deb javob berish ham noo‘rin. Gap shundaki,
uyga berilgen topshiriqlar bolalarning mustaqil ishlari bo‘lib, ularning fikrlash
faolligini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. O‘quvchilarning u yoki bu o‘quv
materiallari bilan amalda tanishishlari, tegishli xulosa chiqarishlari nazarda tutiladi.
Shu sababli uy vazifalarini bolalarining ishtirokisiz o‘zlari yechib bermasdan, balki
uni yechishda tarbiyaviy rahbarlik qilishlari, fikrlash uchun imkoniyat yaratishlari
lozim. Ba’zan shunday holatlar uchraydiki, ota-onalar bolalarini o‘qitayetgan
o‘qituvchilarni, tarbiyachilarni tanimaydilar, bilmaydilar. Bolalari bo‘sh vaqtlarini
qayerda, kim bilan o‘tkazishidan bexabar bo‘ladilar. Ba’zan esa, o‘qituvchilarning
talablari, iltimos-istaklariga ters javob beruvchi, teskarisini bajaruvchi ota-onalarni
ham uchratish mumkin. Maktabga tez-tez borib turuvchi ota-onalarning faoliyati
maqtovga sazovordir. Chunki o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlar, bolalari
yuzasidan bildirgan fikrlar o‘z navbatida ota-onalar uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Eng muhimi, ular bolalari qayerda, kim bilan yuradi, ularning do‘stlari kim
va qanday fanlarga qiziqishlarini bilib oladilar, nazorat qilish imkoniyati ortadi.
Maktabni oila bilan bog‘lovchi vosita - bu o‘quvchilardir. O‘quvchilar bilan
ishlash, ularning ilmiy duneqarashlarini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini
ta’minlash orqali ota-onalarga ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga
muvofiqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta’minlovchi ota-onalar majlislari,
bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo‘lib hal etish kabilarning rolini
inkor etib bo‘lmaydi. Jumladan, «Bolangizning qanday o‘qishini bilasizmi»,
«Bolalarimiz odobi haqida suhbatlashaylik», «Mustaqil hayot bo‘sag‘asida» kabi
mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarni o‘z bolalari haqida, ularning
kelajagi haqida qayg‘urishlariga sabab bo‘ldi.
Yuqoridagi mas’uliyatli vazifalarning bajarilishida sinf rahbarlarining
tarbiyaviy faoliyatlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, sinf
rahbarlarining har bir oilaga kirib borishi shu oilaga va ota-onalarga hurmat
sifatida baholanadi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy
choratadbirlarni
belgilashlari, sinf rahbarining o‘quvchilar ko‘z oldida ota-onalari bilan
suhbatlashishlari ularning tarbiyasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbarining
ota-onalar bilan suhbatidan keyin hquvchilar hayetida sezilarli o‘zgarishlar yuz
beradi, bu ularni xursand qiladi, yanada kuch-g‘ayrat sarflashga ilhomlantiradi.
O‘z navbatida, sinf rahbarlari ota-onalar tomonidan bildirilayetgan xabar.
Tanqidiy fikrlarini vazminlik bilan tiklashlari, iuloyimlik bilan eshitishlari va
imkoniyat doirasida ijobiy his etishlari juda muhimdir. Bunday munosabatlarda
sinf rahbarlariga ota-onalarni o‘z tengqurlaridek do‘st tutishlari, «Keling birgalikda
o‘ylab ko‘raylik, O’zingiz nima deysiz» kabi do‘stona savol-javoblar orqali ish
tutishlari tavsiya etiladi. Oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir. Shuni
nazarda tutganda oilaning ikki sarkon — ota bilan onaning ma'naviy-ruhiy odobi,
o'zlarining namunali xulq-atvorlari, yaxshi tarbiya ko'r-ganliklari, bolalarga tarbiya
berishdagi tajriba va mahoratlari, qunt-sabotlari, sezgirlik va talabchanliklari
bolalarni yoshlikdanoq boadab bo'lib o'sishida aks ettiruvchi ko'zgudek muhim
o'rin tutadi. Bundaodamlarning: ,.Siz kimning farzandisiz?" deb so'rashlarida, u
inson qaiiclay tarbiya ko'rganligini bilish maqsadi yotadi. Xalqimizda „Qush
uyasida ko'rganini qiladi". „Bolani yoshdan, tuholni boshdan asra", „Erkalasa
onasi, taltayadi bolasi", „Bola aziz - odobi undan aziz" kabi naqllar borki, ularning
izini chaqadigan bo'lsak: farzandlarning qay tariqa tarbiya kirnh, o'sib, voyaga
yetishi, fe'l-atvorining qanday bo'lib shaklla-nislu, birinchi galda ota-onaning
farzandlarini qanday usul bilan larbiyalashiga, o'zlarini qanday tutishiga, ibrat
ko'rsatishiga, ijobiy yo salbiy ta'sir etishiga bevosita bog'liqdir, degan ma'nomaqsad kelib chiqadi. Ota-ona bolaga yoshligidan hayotda yashash nima ekanini.
Mashaqqat chekmay, bir burda non topib bo'lmasligini, biror kasb-hunar egasi
bo'lmasa, hayotda ko'p qiyinchiliklar ko'rishini uqtirmas ekan, bola voyaga yetgan
sari yurar yo'lini bilmay qoqila-di, garangsib, nima yumush qilishini bilmay, bekor
qoladi. bekorchilikdan esa bemazagarchiliklar kelib chiqadi, xunuk ishlarga qo'l
uradi, odobi, tarbiyasi buziladi. Shuning uchun ham ota-ona bolani kichikligidanoq
axloq-odobga o'rgatishi, ilm-hunarli qilishi, dastyorchilikda ko'zini pishitib borishi
ham qarz, ham farzdir. Har bir oilada bolaga tarbiya berishning o'ziga xos va mos
bir qator muhim qonun-qoidalari borki, unga qat'iy amal qilish tarbiya ishining
samarali bo'lishini ta'minlaydi. Shuni ham aytib o'tish lozimki, bu qonun-qoidalarni
nisbiy ravishda umumiy deyish mum-kin, chunki har bir bola — bir olam, ular har
birining o'ziga xos shaxsiyati, ahamiyati, ruhiyati va xulq-atvori bor, shu bois
shunga qarab muomala qilish darkor. Shuning uchun tarbiyada ota-onaning
mas'uliyati, mahorati, ziyrakligi, obro'-e'tibori muhimdir. Ota-ona qat'iy ravishda
bola tarbiyasini maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va jamoatchilik bilan
hamkorlikda olib borishi, hamma bolalarini teng ko'rishi, ularga nisbatan adolatli
munosabatda bo'lishi, bolaning yoshi, o'sish va rivojlanish xususiyatlarini hisobga
olishi va ayni paytda bola shaxsini hurmat qilishi, unga nisbatan talabchan bo'lishi
nuihimdirki, bu yo'1-yo'riqlar, qonun-qoidalar oilada tabiiy ravishda, muntazam
qo’llansa, juda yaxshi natijaiar beradi, albatta. Shuningdek, bolalarda chiroyli
xulq-atvor ko'nikmasini, malakalarini tarbiyalashning o'ziga xos ko'pgina usul va
vositalari borki, ota-ona kundalik hayotda ularni yaxshi bilishi, bevosita har
qaysisidan o'z o'rnida, me'yorida, maqsadga muvofiq foydalanishi g'oyat zarur.
Bular jumlasiga: ibrat — namuna usuli, yaxshi xulq-atvorga o'rgatish, yaxshilikka
odatlantirish, o'rni kelganda nasihat qilish, qat'iy tanbeh berish, bola bilan
vaqtincha gaplashmaslik, ularga nisbatan munosabatni o'zgartirish, ishon-tirish,
jamoatchilikning ta'siri, rag'bailantirish va qoralash kabi vositalar shunday uslublar
hisoblanadi. Har bir ota-ona bola tarbiyasining ijobiy yoki salbiy tomonga
o'zgarishiga e'tibor berib, bu kabi nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarni
o'zlashtirib, unga amal qilsa, ayni muddao bo'ladi. Negaki, oilada bola tarbiyasi
g'oyat nozik va murakkab masala bo'lib, bu ota-onadan katta odob bilimini, katta
tarbiyachilik mahoratini talab qiladi.
Maqsad aniqligi tarbiyaning asosidir, to'g'rirog'i, u tarbiya ishlarini maqsadga
muvofiq to'g'ri yo'naltirish imkonini beradi. Demak, oliy maqsad — yosh avlodni
milliy qadriyatlarimiz, yaxshi urf-odatlarimiz va oilaviy an'analar ruhida
tarbiyalash, jamiyat uchun oliyjanob fazilatli, bilimdon, madaniyatli, bir so'z bilan
aytganda, komil insonni yetishtirishdir. Xo'sh, komil inson tarbiyasida biz
nimalarga e'tibor berishimiz zarur.
Oilada bolalarni to'g'ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi
birlikdir. Bunda ota-ona, oiladagi katta-yu kichik, hamma biryoqadan bosh
chiqarishi, harakat qilishi kerak. Hamma narsada: bolalarga muomalada, ularni
rag'batlantirish va jazolashda, tarbiyaviy ta'sir o'tkazishning boshqa vositalarini
qo'llashda hammada yakdillik bo'lishi lozim. Odatda, ko'pincha bolaning onasi
yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo'yadi yoki otasi bergan jazoni
onasi rad etib buzadi, bolaning bir qilig'ini buvisi maqtasa, shu qilig'i uchun otasi
uni koyiydi va hokazo. Bunday telba-teskarilik, avvalo, bola tarbiyasini buzadi.
Bunday vaziyatda bola talabchan otasi bilan rahmdil onasi va ko'ngli bo'sh buvisi
o'rtasida yo'l topishga odatlanadi. Kattalar orasidagi beqarorlik va
kelishmovchilikni sezgan bola mug'ambirlik, aldamchilik, tilyog'la-malik,
xushomadgo'ylikka o'rganadi. Bolani aql (talabchanlik) bilan sevganda, lining
qiziqishlariga diqqat-e'tibor berganda, mazkur yoshidagi talab va ehtiyojlarni
bilganda, bu harakat ota-onaga ruhan va jisman barkamol insonni tarbiyalab
yetishtirish imkonini beradi. Bunday farzand o'z navba-tida ota-onasini mehr bilan
sevadi, ular to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.Bu ajablanarli hoi cmas. Chunki biz
bolalarni qay tarzda yaxshi ko'rsak, ulaming ruhiyati, ichki dunyosi, atrof-muhitga
muno-sabati ham shu tarzda tarkib topa boradi. Hayol tajribasi Shuni ko'rsatadiki,
ba'zi ota-onalar bolaning hamma talabehtiyojlariga haddan tashqari e'tiborli bo'lib,
barcha injiqlik va o'larliklarini ko'tarishga intiladilar. Bunday bola kelajakda
iiosluid bo'lib o'sishdan tashqari, katta bo'lganda to'g'ri-noto'g'ri flkrni oclamlarga
zo'rlab o'tkazadigan, yomon xulqli, jamiyatga zararli kishi bo'lib qoladi.
Ota-ona hamma bolalariga bir xilda munosabatda bo'lishi tarbiyaning muhim
shartidir. Bu omil oilada aka-ukalarning ahil, bir-biriga mehribon, oqibatli
bo'lishiga olib keladi. bola oldida ota-onaning obro'si, hurmatini oshiradi, o'z
tengqurlari va boshqa odamlarga yaxshi munosabatda bo'lishga, ular to'g'risida
g'amxo'rlik qilishgao'rgatadi.
Kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, ba'zida bir ota, bir onadan tug'ilib, bir oilada
katta bo'lgan bolalar ko'pincha fe'l-atvorjihatidan bir-birlariga hech o'xshamaydilar.
Biri mo'min-qobil, gapga quloq soladigan bo'lsa, boshqasi sho'x, yerga ursa
osmonga sapchiydigan bo'ladi. Bunday holatda kattalar ulaming har biriga, o'ziga
qarab muomala qilishlari, birini ikkinchisidan ortiq ko'rmasliklari lozim. Bilaks, bu
qarash har ikki bolaning tarbiyasiga, ruhiyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Buni
unutmaslik kerak. Bola tarbiyasi g'oyat nozik, bu narsa vaqtni qo'ldan boy bermay,
doimo, muntazam shug'ullanishni talab etadi. Bolaga munosabatda, birinchi
navbatda, uning yoshini hisobga olish kerak. Bolaning o'sish bosqichini uning
yoshiga nisbatan quyidagicha belgilash mumkin: uch yoshgacha; uchdan yetti
yoshgacha; yettidan o'n yoshgacha; o'ndan o'n to'rtgacha; on to'rtdan o'n sakkiz
yoshgacha. Uch yoshgacha bo'lgan bolada jismoniy-ruhiy belgilar rivojlanadi. Bu
davr bola hayotidajuda mas'uliyatli davrdir. Kichkina vujudning risoladagidek
o'sishi, ya'ni ovqat eyishga, yurish va gapirishga o'rganishi mana shu davrga to'g'ri
keladi. Shuning uchun ota-onalar bu davrda bolagajuda hushyorbo'lishlari kerak.
Bola tana a'zolarining to'g'ri rivojlanishi, aniq-ravon so'zlashga o'rganishi, yaxshiyomon narsalar haqida to'g'ri tushunchalar hosil qilishi, ota-onalarning e'tiboriga
bog'liq.
II.2. Oilada Vatanparvarlik sezimlarini tarbiyalash masalalari. Hozirgi zamon
oilalarning tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini bilish
nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki bir bolalarning bog‘cha va maktabda olayetgan
bilimlarini, aqliy qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi
samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz tarbiyaviy vazifalarimiz
xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka holda yendashish, aqliy,
axloqiy, mehnat tarbiya ehtiyejini shakllantirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish
malakasi, maishiy mehnat, ietimoiy mehnatga ma’naviy ruhiy tayyerlash kabi
mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz ijobiy maqsadga muvofiqdir.
Bunisiz tarbiya jarayenini ijobiy hal qila olmaymiz. Oiladagi tarbiyaviy
jabhalarning saviyasi uning tuzilishiga, ko‘p bolalik yeki kam bolalik, ikki yeki
uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onaning mavjudligi yeki ulardan
birortasining yo‘qligi, har ikki jinsdagi (o‘g‘il-qiz) bolalarining borligiga, ota-
onalarning ma’lumot saviyasiga, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoliga, bolalar
tarbiyasi bo‘yicha o‘z burchlarini his etishlari, er va xotinning tarbiyaviy
jabhalarga munosabati kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. Shuningdek, oilaviy
tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini anin`lashda oila tuzilishining milliy o‘ziga
xosligini aniqlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini va milliy an’analardan
foydalanish darajasini hisobga olish lozim. Bolalar tarbiyasi oilaning insonni
bunyod etuvchi tabiiy va ijtimoiy moxiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu
ma’noda tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday bir jarayenki, u tarbiyalanuvchining
biologik, ijtimoiy ehtiyej turlarini, o‘zining qadri, qiziqish va g‘oyalarini jamiyat
talablariga bo‘ysundirishda namoyet bo‘ladi. Bola oilada, maktabda, ota-onalar
bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta yeshdagilar, o‘rtoqlari bilan muloqotda
tajriba orttirib boradi. Oilalarda bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi,
ularning mehnat sevarligi, oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o‘g‘il
bolalarga nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, rahnamolik ishlari asosiy
o‘rinni egallaydi. Bu fikrlar oilalarda o‘tkazilgan anketa ma’lumotlari yordamida
aniqlandi. Anketa mazmunida quyidagi savollar bor edi.
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizni ismi, tug‘ilgan yilingiz, ma’lumotingiz,
kasbingiz va adresingiz.
2. Oilangizda necha farzandingiz bor.
3. Sizning sevgan mashg‘ulotingiz.
4. Bolangiz sevgan mashg‘ulotlarni sanab bering.
5. Oilangizda farzandlaringiz mashg‘uloti uchun qanday sharoitlar mavjud.
Maxsus xona, stol, stul, kitob shkaflari, radio va boshqalar.
6. Bolangizni tarbiyalashda qiynalyapsizmi. Ha yeki yo‘q.
7. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti. (Tarbiyaga oid bilimlarning
yetishmasligi, ota-onalarning bemaslahat ish olib borishi, bolalarni ish bilan band
etmaslik, yeshiga, qiziqishlariga qarab muomala qilmaslik, xo‘jalik ishlarining
bajarilishida ishtirok etmasligi va hokazo).
8. Siz tarbiya ishida uslublar zarur deb hisoblaysizmi. Ha yeki yo‘q. Bir kunda
necha soat bola tarbiyasi bilan shug‘ullanasiz.
9. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko‘proq shug‘ullanadi, bobosi, buvisi,
onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar.
10. Siz ko‘proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha
olmaysiz.
11. Siz va bolalaringizning kelajak haqidagi qarashlarida qarama-qarshilik
mavjudmi. Fikrlaringiz to‘g‘ri keladimi. Ha yeki yo‘q.
12. Bolangiz nima sababdan u yeki bu noo‘rin xatolarga yo‘l qo‘yishi hollariga
e’tibor berasizmi. Ha yeki yo‘q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi. Sababini
hisobga olasizmi.
13. Oilangizda o‘z-aro munosabatni qanday baholaysiz.
14. Qizingiz yoki o‘g‘lingiz haqida kimlardan ko‘proq ma’lumot olib turasiz.
Kishilardan, jamoatchilikdan, o‘qituvchilardan yeki boshqalardan.
15. Tarbiyaga oid adabiyotlarni, ro‘znoma va oynomalarni muntazam o‘qib
borasizmi. Tarbiya ishlari haqidagi qanday gazeta va jurnallarga obuna bo‘lgansiz.
16. Tarbiyaga oid oynai jahon ko‘rsatuvlarini tomosha qilasizmi. Eshittirishlarni
muntazam eshitasizmi.
17. Oilangizda bolalaringizga ertak, maqol, topishmoqlar aytib berasizmi.
18. Shu o‘quv yilida necha marta va nima sababdan maktabda bo‘ldingiz.
19. Necha marta va qanday maqsad bilan sinf rahbarlari uyingizda bo‘ldi. Har
oyda necha marta sinf rahbari siznikiga keladi.
20. Bolalarning o‘zlashtirishi va tarbiya sifatlarini yaxshilash uchun qanday
maslahat berasiz.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, kam bolali oilalarga nisbatan ko‘p bolali
oilalarda tarbiya imkoniyatlari ko‘r va rang-barangdir. Yoshlarni oilaviy hayotga,
nikohga tayyorlashda, oila mustahkamligini ta’minlashda nikohlanuvchilarning
ota-onalari saviyasiga, turmush tarziga, xarakter xususiyatlariga va nihoyat, kasb
faoliyatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Oila xo‘jaligida mehnat
taqsimoti eng qadimiy va madaniy ijtimoiy bir holdir. Hozirgi kunda esa, shahar va
qishloq oilalarida er va xotin o‘zaro mas’uliyatli ishlarni bo‘lishib olishning
ko‘plab turlarini vujudga keltirishdi. Aniqroq qilib aytganda, barcha oilaviy
ishlarni bajarishda teng huquqlilik yo‘nalishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa,
bu bolalar tarbiyasi vazifasining bajarilishida ko‘proq namoyen bo‘lmoqda. Bola
tarbiyasiga ko‘p vaqt sarf qilinadi. Lekin oilada tug‘ilgan yakka farzand
kattalarning jonli o‘yinchog‘i, seviklisi, kattalarning diqqat markazi, quvonchi va
erkatoyi sifatida voyaga yetadi. Uning biron narsadan noroziligi va yig‘isi ota-ona
dunesini qorong‘ilashtiradi. O‘zlari yemay-ichmay, yakka farzandlarini oq tarab,
kiyintirib, hatto turli-tuman sovg‘alar uyushtiradilar. Bu bilan bolasining kelgusi
taraqqiyetini buzayetganliklarini o‘yoashni ham yeqtirmaydilar. Bolaning to‘g‘ri
o‘sishi, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, ularning qayg‘ulariga
hamdardlik ko‘rsatish hissi tarkib topishi uchun oilada hech bo‘lmaganda o‘ziga
o‘xshash yana bir kishi ( qizmi, o‘g‘ilmi) bo‘lishi zarurdir. Oilada kamida ikkita
farzandning bo‘lishi faqat ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yaxshilabgina
qolmasdan, balki jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyejlariga ham mos keladi.
Ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan bolasizlik yeki kam bolalik oila
mustahkamligini ta’minlamaydi. Mamlakatimizdagi oilaviy ajralishlarning
aksariyati yeki bolasi yo‘q, yeki kam bolali oilalarga to‘g‘ri kelmoqda. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek ota-ona yakka farzandning tarbiyasiga nihoyatda ko‘p vaqt
ajratadi, lekin ko‘p hollarda salbiy natija ko‘rishadi. Oilada yakka farzand
tarbiyasidagi kamchilik natijalari bola o‘smirlik yeshiga yetganida birdan yuzaga
chiqadi, va, nihoyat, bu kamchilik o‘smir o‘sib, ulg‘ayib, o‘zi oila qurganda
yanada yaqqolroq namoyen bo‘ladi.
Oila tarbiyasida sharoit, ya’ni ularning qishloq yeki shaharda yashashlari
ham bolalar tarbiyasiga u yeki bu darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Odatda,
qishloq sharoitida yashovchi oila farzandlari yeshligidan boshlab kuchi yetadigan
ishlarga jalb etiladi, ya’ni ular uy yumushlarini bajarish, uy hayvonlarini
parvarishlash, ularga yem, suv berish, ota-onalariga dalalardagi hosilni, poliz
ekinlari, mevalarini yig‘ib-terib olishlarida yaqindan yerdam berishadi. Qizlar esa
uy yumushlarini, ya’ni tozalash, ovqat pishirish, xamir qorish, nrn yepish va
hokazo mashgulotlarni jon-dilidan bajaradilar. Shahar oilalaridagi sharoit ulardan
tubdan farq qiladi. Ozchilik bo‘lsa-da shahar oilalarining bolalari maktabning turli
jonli burchaklarida, tajriba ishlarida, daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok
etishadi. Lekin bu ishlarni ota-onalarining ishtirokisiz, har zamonda bajaradilar.
Natijada bekorchilik kuchayadi yeki sport maydonchalaridan beri kelishmaydi,
shahar bo‘ylab sang‘ib yurishadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi
Ziyoli va xizmatchilar oilasining qishloqda yeki shaharda yashashlariga
qarab bolalariga beriladigan tarbiyada ham birmuncha farqlar mavjud. Shaharlarda
yashovchi ko‘p bolali ziyeli yeki xizmatchi oilalaridan farqli o‘laroq qishloqlardagi
shu toifadagi oilalarda bolalar siyesiy, madaniy-oqartuv ishlaridan tashqari
otaonalari ham, bolalar ham xo‘jalik dalalarida, bog‘ va polizda mehnat qiladilar.
Qo‘lidan ish keladigan barcha yeshlar ota- onalari yenida muntazam mexnat qilish
bilan band bo‘ladilar, jismoniy mehnatga nisbatan tayyer bo‘lib voyaga yetadilar.
Tarbiyaning samaradorligi oiladagi bolalar mehnati, ularning uy xo‘jaligidagi faol
ishtiroki, shuningdek, oilaviy turmush sharoitlari bilan belgilanadi. Qishloq
oilalaridagi tarbiya o‘zining strukturasi va mazmuniga ko‘ra ishchi, xizmatchi va
ziyeli oilalardan tubdan farq qiladi. Ayrim holatlarni hisobga olmaganda qishloq
oilalari bolalari yilning deyarli barcha fasllarida ham mehnat faoliyatiga tortilgan
bo‘ladi. Ko‘p bolali dehqon oilalaridagi tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan
yana biri shuki, bunday oila bolalar jamoasining markazi, asosiy tarbiya vositasi
esa ota-onaning namunasi, ularning xulqi, odobi, bir-birlariga bo‘lgan iliq
muomalalari, oiladagi, ishlab chiqarishdagi aktiv jismoniy mehnatlaridir.
Bolalar nutqi shakllanishi, rivojlanishi asosida ularni kattalarga hurmat,
do‘stlik, insoniylik, halollik kabi odob qoidalariga o‘rgatib boriladi. Shu asosda
oilada kundalik ish davomida bolalarda xulq-atvor mezonlarini qaror toptirib
boradi. Xuddi ana shu xulqiy mezonlar asosida keyinchalik axloqning murakkab
shakllari – jamoatchilik, vatanparvarlik, hayetning ijtimoiy-siyesiy tomonlariga
qiziqishning dastlabki shakllanish jarayeni davom etadi. Oiladagi axloqiy tarbiya
faqat xulqni tarbiyalash bilan cheklanmasdan, balki barkamol inson axloqini to‘g‘ri
tasavvur qildiradi, uning tarkibi, ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Mana
shu asosda oila a’zolarida inson xarakteri, hayet bosqichlari qaror topadi. Oilaviy
hayetning o‘ziga xosligi ham mana shunda. Hozirgi zamon ko‘p bolali oilalarda
o‘sib kelayetgan yesh avlodni har tomonlama tarbiyalashning barcha vositalari,
shakl va uslublaridan amalda unumli foydalanilmoqda. Hozirgi kunda ota-onalar
hal qilishlari nihoyatda zarur bir qancha tarbiyaviy muammolar mavjud. Bunday
muammolar noto‘liq oilalarda nisbatan ko‘p bo‘lib, ular bolalarning ruhiy
kamolotida namoyen bo‘lmoqda. Ota-onalar esa har doim ham bu holatni bilib,
to‘g‘ri tushunavermaydilar. Ba’zan esa bolalar ham aqli yetadigan masalalar
bo‘yicha kattalarga murojaat etmasliklari, masalani ijobiy hal etmasliklari
natijasida onalari yeki katta yeshdagi kishilar hayetini, turmushini mushkul
ahvolga solib qo‘yadilar. Umuman olganda hamma oilalar tarbiyasi uchun yaroqli
umumiy formula topish mumkin emas, lekin bolalar tarbiyasi bo‘yicha to‘plangan
ilg‘or tajribalar asosida oilaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda
kutilish mumkin bo‘lgan tarbiya natijalarini hisobga olib, bir necha omillar haqida
maslahat berish mumkin. Masalan, bolalar tarbiyasida oilaviy muhit maxsus ta’sir
kuchiga ega. Muhit deyilganda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, bolalarga
ta’sir ko‘rsatish usullari, oilada mavjud bo‘lgan boshqa shakl va uslublar
yig‘indisiga aytiladi. Oila muhitining mazmuni ota-onalarning, katta yoshdagi
a’zolarining g‘oyaviy-siyesiy ongliliklarida namoyon bo‘ladi.
Sog‘lom turmush tarzi kishilarning hayot darajasi bilan, sihat-salomatligi,
kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik o‘zgarishlar bilan, bu o‘zgarishlar qay
darajada xalqimizning ehtiyojini qondirishi bilan, jamigyatning ijtimoiy-iqtisodiy
va ma’naviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi, yosh avlod tarbiyasinin yuksak
samaradorligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar bilan bog‘liqdir. SOG’LOM
turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sog‘ligi, maishiy xizmatga bo‘lgan
ehtiyojlarini to‘la qondirish demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, oila
a’zolarining ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatlari va ijtimoiy
mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi. Oilada turmush tarzi jismonan sog‘lom va
aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirish, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy
faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etadi. Sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri
taqsimlash, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik,
chekishni qat’iyan man etish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanish, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilish, ma’naviy
intellektual shaxs bo‘lishni talab etadi. Oilaning moddiy imkoniyatlarini yaratish,
100 ota-onalarning ongliligi, ma’naviyati darajasi farzandlarni jismonan sog‘lom,
ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. Atrof-muhitning ekologik
musaffoligini ta’minlash, ekologik ong va tafakkurni shakllantirish ham aynan
oilada amalga oshirilgandagina oilada sog‘lom turmush tarzini shakllanishida
o‘zining ijobiy samarasini beradi. Juda ko`p eshitamiz, anemiya, kamqonlik bilan
ona bo`lishmoqda degan gaplarni. Lekin xotin-qizlardagi ekstrogenetal va
surunkali kasalliklarning oldini olish, bemor onalarga tibbiy yordam kor`satish
borasida hukumatimiz tinimsiz chora-tadbirlar ko`rayotganligi ham ayon. Bugun
biz shu holatni ko‘z oldimizga keltirib, bo‘lg‘usi onaning taqdiri to`g‘risida
ko‘proq qayg‘urishimiz kerak. Tibbiyot xodimlari bilishadi, ko‘pinchalik onalar u
yoki bu infeksiyaning tashuvchilari sifatida ona bo‘lishadi, u xomiladan bolaga
o‘tadi, natijada, go`daklar o‘rtasida, kichik yoshli bolalar o‘rtasida turli kasalliklar
aniqlanmoqda. Shuning uchun ham, eng avvalo, 2003-yil avgust oyida qabul
qilingan Vazirlar Mahkamasining 365-qarorinnng mohiyatini maktablarning
yuqori sinf o‘quvchilari, kollej va litseylarning qizlariga tushuntirishimiz,
kasalliklarning oldini olib, qizlarni sog‘lom onalikka tayyorlashimiz kerak. Bu ham
yosh onalarga, bo`lg‘usi avlodga g‘amxo‘rligimiz bo‘ladi. Bugungi kunda
Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi xodimlarining ustuvor maqsadlaridan biri
ham mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari, xotin-qizlar qo`mitalari
faollari ishtirokida ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar va ularning yechimini
aniqlashdir. Zero, o‘tkazilgan tadqiqotlarimizga ko‘ra, 1,5 foiz texnik
yo`nalishdagi va 1,8 foiz gumanitar yo`nalishda ta’lim olayotgan talabalarda
reproduktiv madaniyat va huquqqa oid elementar tasavvur va bilimlar bor, xolos.
Buning oqibatida: a) onalikka tayyor bo`lmasa-da, yosh qizcha qo‘rqmay tug‘adi;
b) anemiya bo‘lishiga qaramay, tanasini qiynab turgan boshqa xastaligi bo`lsa-da,
tavakkal qilib, tug‘ish holatlari kuzatilmoqda; v) yosh ayol tug‘ish intervaliga rioya
etmasdan turmush o‘rtog‘i yoki qarindoshlar tazyiqi bilan ikkinchi, hattoki
uchinchi farzand ko‘ryapti. Talabalar 101 o‘rtasida o‘tkazilgan izlanishda ular
orasida ham bakalavriat o‘qishi davridayoq 2-3 ta farzandning onasi bo‘lgan talaba
qizlar uchraydi. Salomatligi tekshirilganda, deyarli nogiron bo‘lib qolgan onalar
borligi aniqlandi. Bu vaziyat qizlarimizning, ayniqsa, talaba qizlarimizning
reproduktiv huquqlari va ularni anglashlari borasida katta muammo borligini isbot
etmoqda. Ya’ni, ayolning, kelinchakning o’z salomatligi holatidan kelib chiqib,
ongli ravishda ona bo‘lishni rejalashtirishi, tug‘ilajak bolaning sog` tug‘ilishiga
shaxsiy mas’uliyatini anglatish, reproduktiv madaniyatning, renroduktiv
huquqlarini bilishning ajralmas bo‘lagi. Aks holda o‘zbekona andisha bilan
qizlarimiz hayotlarida ham qiz uchun, ham bolasi uchun tavakkal qilib, ona
bo’laveradilar, salbiy oqibati yana oilaga, jamiyatga ta’sir qilaveradi. Bu maqsadga
erishishda tibbiyotimiz taraqqiyoti va moddiy-texnik ta’minlanishi,
ayollarimizning tibbiy ma’rifati darajasi va aholi ma’naviyatining yuksalib borishi
muhim rol o‘ynaydi. Bu o‘rinda oila a’zolari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot
ishlarini kuchaytirish ijobiy natijalar garovidir. Ularda faqatgina sog‘lom otaonadan sog‘lom farzand tug‘ilishini, yoshlarning tug‘ilgandan boshlab, muntazam
o‘z salomatligiga ahamiyat berishlari lozimligi, jinsiy tarbiyani oilada, maktabda
to‘g‘ri tashkil qilish zarurligi, qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohning zararli
oqibatlari, 15-16 yoshli qizlarni turmushga chiqishi qonun yo‘li bilan ta’qiqlanishi,
sog‘lom onadan sog‘lom farzand tug‘ilishi oilaning balog‘at yoshidagi har bir
a’zosi, tug‘ish yoshidagi ayollar ongiga singdiriladi. Darhaqiqat, demografik
vaziyat murakkab bo‘lgan O‘zbekiston uchun oilani mustahkamlash, uni
rejalashtirish - bugungi kunda shunchaki oddiy bir masala emas, balki uning
yechimini to‘g‘ri topish - Respublika taraqqiyotini ta’minlashning omilidir.
Albatta, oilani rejalashtirish haqida gap borar ekan, gap bu yerda tug‘ishni
cheklash haqida emas, balki tug`ish oralig‘ini uzaytirish hisobiga sog‘lom va
jismonan baquvvat bolani dunyoga keltirish, onaning salomatligini tiklash nazarda
tutiladi. Bu o‘z vaqtida oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlanishida 102 ham
muhim rol o‘ynaydi. Oilani rejalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, nazariy va
amaliy jihatlari haqida o‘smirga, butun aholiga berilayotgan axborotlar mazmunini
boyitish va takomillashtirish davr talabidir. Respublikamizdagi demografik
vaziyatni inobatga olib, oilani rejalashtirish, oila a’zolari salomatligining tibbiybiologik asoslarini ilmiy-amaliy tatbiq etish, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va
ularni amaliyotga keng tatbiq etish hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik
sharoitda mustahkam oilaning shakllanishi uchun zarurdir. Oila jamiyatdagi
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy munosabatlardan tashqari tabiiy-biologik
munosabatlarni ham ifodalaydi. Ya’ni, oilada avlod davom ettiriladi. Jamiyat erkak
va ayol o‘rtasidagi tabiiy munosabatlar madaniyatini tarbiyalash orqali ular
o‘rtasidagi ahillikni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Bu munosabatlar
madaniyatini shakllantirish oila hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bolalar
salomatligi, soni va tug‘ilish muddatlarini maqsadga muvofiqlashtirishni, oilaning
rivojlanish jarayonini ongli ravishda boshqarishni ta’minlaydi. Tabiiyki, jamiyat
tug‘ilish muammosiga befarq qaray olmaydi, bu holat uning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamiz aholisi tez sur’atlar bilan
o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning asosiy sabablarini quyidagi omillar
bilan izohlash mumkin: nikohlanish ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, barvaqt
nikohanish, migratsion harakatning pastligi, xalqimizning serfarzandligi va
bolajonligi kabi. Tug‘ish yoshidagi ayollarning salomatligini mustahkamlash,
tug‘ilajak farzandning hech qanday asoratsiz sog‘lom tug‘ilishni ta’minlash
maqsadida tug‘ilgan farzandlar oralig‘i 2 yoki 3 yil bo‘lishi tibbiy nuqtai nazardan
tavsiya etilmoqda. Bu esa kelajagi buyuk O‘zbekistonimizni taraqqiy etgan
davlatlar qatoridan o‘rin olishda o‘zining ma’naviy va jismoniy barkamolligi bilan
ulush qo‘shadigan farzandlar dunyoga kelishi, millatimiz genafondining saqlanishi
uchun zamin hisoblanadi. Qizlarning balog‘atga yetmasdan turmushga chiqishi
yoki juda kech turmushga chiqib ona bo‘lish holatlari ona va bola salomatligi
uchun zararli 103 oqibatlar keltirishi, shubhasiz. Buning oldini olishda xotin-qizlar
qo‘mitalari «Sog‘lom avlod uchun», «Bolalar», «Mahalla» jamg‘armalarining
faoliyati onalar va bolalarning salomatligini ta’minlashga, aholining tibbiy ongini
shakllantirishga qaratilgandir. Insoniyat tarixida oilaning paydo bo‘lishi,
shakllanishi va rivojlanishi tarixi, uning etnopedagogikasi va etnopsixologiyasi mohiyatini davr talabi nuqtai nazaridan chuqur o‘rganish, ilg‘or g‘oyalarni
amaliyotga tatbiq etish oila farovonligi va barqarorligini ta’minlash uchun
zamindir. Shuningdek, xalqaro hamkorlik asosida umumjahon ilg‘or tajribalardan
o‘zbek oilasi mentalitetiga mos foydalanish O‘zbekiston oilasini jahonga namoyon
etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada ma’naviy va jismoniy barkamol
avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, ularni zamonaviy
kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish bilan bir qatorda, xalqimizning asrlar
davomida shakllanib kelgan kasb-hunar, qadriyatlarga hurmat va e’zozni
shakllantirish oilaning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishda muhim
omil hisoblanadi. Jamiyatning asosiy tayanchi hisoblanmish oila barqarorligi,
farovonligi, tinch-totuvligi va mustakamligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni
hal etishda jamiyatning ushbu masalaga daxldor barcha institutlarining
hamkorligini ta’minlash oila manfaatlarini ta’minlashda ijobiy samaralar garovidir.
Oila - mahalla – bog‘cha - maktab - oliy va o‘rta maxsus ta’lim - jamoatchilik
tizimida amalga oshiriladigan barcha ta’limiy-tarbiyaviy, ma’rifiymadaniy
targ‘ibot va tashviqot ishlari sistemalilik, mustahkam hamkorlik, izchillik,
uzviylik, ketma-ketlik tamoyillari asosida tashkil etilgan taqdirdagina jamiyat
rivojida oila o‘zining ijtimoiy vazifalarini to‘la ado etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mustaqil Respublikamiz iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yuksalishining
muhim omillaridan biri oila, mahalla, maktabning hamkorlikda olib boradigan
tarbiyaviy jarayonning amalga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonunida oilaning jamiyat, davlat oldidagi
mas’uliyatini anglab yetadigan komil insonni tarbiyalashdagi roliga 104 alohida
e’tibor berildi. By borada «Oila- mahalla-maktab» dasturining yaratilishi
muhimdir. Oilada bola tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda mahallaning roli kattadir.
Qadimdan o‘zbek xalqi mahalla-jamoatchilik bilan hamjihatchilikda yashab,
oilaviy urf-odat va an’analarni ular ishtirokida, ular bilan bamaslahat o‘tkazganlar.
Mahalla kishilarni birlashtiradigan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifmy va
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoa vazifasini bajarib kelgan. Maktab
aholining, birinchi navbatda, ota-onalarning pedagogik uquvini amalga oshiradi,
har bir oilada o‘zaro hurmat, bir-biriga yordam, insoniy munosabatlar muhiti
yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarning
bolalariga moddiy yordam ko‘rsatish yo‘lida fuqaro mehr-shafqat dasturini amalga
oshirishda o‘zining tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib beradi. Oila esa, o‘z navbatida
o‘quv-tarbiya jarayonini qayta qurishda maktabga yaqindan yordam berib,
o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyaning barcha jabhalarini egallashlari uchun maktab
jamoasiga yaqindan ko‘maklashadi. Shuning uchun ham oila, maktab va mahalla
hamkorligi masalasi hozirgi davrning asosiy talabidir. Maktab tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatishning pedagogik jihatdan malakali, maqsadga muvofiq omillariga hamda
keng imkoniyatlariga ega. Maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar
pedagogik-psixologik qoidalarga amal qilinmagan, maktab, oila va
jamoatchilikning tarbiyaviy jarayondagi talabi bir xilda bo‘lmagan taqdirda oilada
ayrim hollarda tarbiyasi og‘ir bolalar paydo bo‘ladi, murakkab muammolar yuzaga
keladi. Bunday holatning oldini olishning muhim vositasi oila-mahalla va
maktabning hamkorlik dasturi asosida ta’limtarbiyaviy ish olib borishni
ta’minlashdan iboratdir. Bunday mushtarak tarbiya asosida avlodlar vorisligi
yotmog‘i lozim. Vorislikni ta’minlashning muhim omili oila qadriyatlariga
asoslanishdan iboratdir. Eng muhimi, yoshlar ongiga, shuuriga kattalarga hurmat,
ishda, o‘qishda odamlar bilan munosabatda ota-onadan o‘rnak olish, tarbiya,
mehnat, insonparvarlik, vatanparvarlik qadriyatlarini chuqurroq o‘rganish va
ularga amal 105 qilish, umrboqiyligini ta’minlashdek muhim ishni amalga oshirish
bugungi kunda ijtimoiy ehtiyojga aylanib qolmog‘iga erishish zarur. Yana bir
muhim masala – bu qizlarning, onalarning jismoniy salomatligi. Bu masala oilaviy
sportni rivojlantirish, uni ommalashtirish masalasi bilan bog’liq. Jismonan
chinniqqan qiz bola ertaga ona bo‘lganda, uncha-muncha infeksiyaga yoki
xastalikka bardoshli, uning bolasida ham immunitet kuchli bulishi fanda
isbotlangan. Hammaga ma’lumki, bugun yurtimizda sportga va, aynan, bolalar
sportini rivojlantirishga mamlakat rahbarining o`zi bosh-qosh bo‘lib turibdi.
Demak, jismoniy chiniqish va sport bilan shug‘ullanishning ma’naviy-ma’rifiy
imkoniyatlari cheksiz. Agar yigit va qizlarimiz ilk yoshlikda sport bilan
shug‘ullansa, uni o‘zining turmush tarzidagi muhim, ajralmas odat va ko‘nikma
tarzida ongiga singdira olsa, bu narsa uning inson sifatida shakllanishi, faoliyati
uchun muhim bo‘lgan boshqa mashg‘ulotlarni ham qiyinchiliklarsiz yenga olishga,
salomatligiga qadriyat sifatida qarashga o‘rgatadi. Masalan, bir xonadonda oila
boshlig‘i bo‘lgan ota bolasi ilk yoshligidan shug‘ullanishi uchun oddiy trenajyorni
o‘z qo‘li bilan yasab berdi va kuniga shug‘ullanish odatini farzandida shakllantirdi,
deylik. Bola katta bo‘lgan sari u endi bu mashg‘ulotni hovlida, bog‘chasida,
so‘ngra maktabida davom ettiradi. Shu kabi o‘zbek mentalitetimizga mos sport
turlarini qizlar orasida keng quloch yozdirish, millat onasining sog‘lom bo‘lishiga
yordam beradi. Demak, bugun sportni rivojlantirish, u orqali millatning ham qizi,
ham o‘g‘lini tarbiyalash masalasi o‘zbek oilasini mustahkamlash, jamiyatni
poklash, ma’naviyatni barqarorlashtirish kabi muhim ishlarning asoslari bilan
bog‘lanmoqda. Yoshlar orasida bu borada targ‘ibot – tashviqot qilganimizda uning
mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish, bola sport bilan faqat o‘zining jismoniy quvvatini
tiklash va bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish uchun emas, balki u orqali sog‘lom
turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy
ta’sirlar va zararli odatlardan xalos bo‘lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun
shug‘ullanish zarurligini uqtirishimiz kerak. Demak, ana shunday fazilatlarga ega
106 bo‘lgan qizlar bugun bizga, hammamizga kerak - ota-onaga ham,
ustozmurabbiyga ham, mahalla faollariga ham, ishlab chiqarishni tashkil etuvchi
mutasaddilarga ham. Eng muhimi – bu qadriyatlardan shaxsning o‘zi – bo‘lg‘usi
onalarning o‘zlari birinchi navbatda manfaatdor. Demak, ushbulardan mantiqan
jismoniy madaniyat va tibbiy-reproduktiv madaniyatni oshirishga umumxalq
tadbiri deb qarashimiz to‘g‘ri bo‘lishi fikri kelib chiqadi. Bu xulosa uchun yana
ikkita kuchli asos bor. Birinchisi - sportning, ayniqsa, qizlar sportining o‘zi
ommaviy tus olgandagina samarali bo‘lishini tushunishimiz lozim. Ya’ni, bu ishga
qizlarimiz yoshlikdan faqat tilda emas, balki dildan yaxshi ko‘radigan
mashg‘ulotga qaraganday munosabatda bo‘lgandagina ommaviy tus oladi. Bu
strategik maqsadimiz - milliy genofondni yaxshilash, barkamol va sog‘lom avlod
tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarimizni sifat pog‘onasiga ko‘taradi.
Olimlardan biri - F.Naytingeyl yozgan ekan: «Hozir hamshiralar bemorlarga
qaramoqdalar, lekin shunday vaqtlar keladiki, ularning qaramog‘idagilar sog‘lom
bo`lib, hamshiraning vazifasi faqat ularning betob bo‘lib qolmasliklari uchun
qayg‘urish bo‘lib qoladi». Bugun bolalar sportini rivojlantirishga qo‘shayotgan
hissamiz, onalar va qizlarning jismonan baquvvat va sog`lom bo‘lishlariga
qayg‘urayotganimiz kelajakda, albatta, bemor onalar kam bo‘lib, faqat o‘zlarini
chiniqtirish uchun ongli tarzda sog‘lom turmush tarzini shakllantira oladigan
insonlar jamiyatiga kelishimizga imkon beradi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytish joizki, ota-ona bolaga yoshligidan hayotda yashash nima
ekanini. mashaqqat chekmay, bir burda non topib bo'lmasligini, biror kasb-hunar
egasi bo'lmasa, hayotda ko'p qiyinchiliklar ko'rishini uqtirmas ekan, bola voyaga
yetgan sari yurar yo'lini bilmay qoqila-di, garangsib, nima yumush qilishini
bilmay, bekor qoladi. bekorchilikdan esa bemazagarchiliklar kelib chiqadi, xunuk
ishlarga qo'l uradi, odobi, tarbiyasi buziladi. Shuning uchun ham ota-ona bolani
kichikligidanoq axloq-odobga o'rgatishi, ilm-hunarli qilishi, dastyorchilikda ko'zini
pishitib borishi ham qarz, ham farzdir.
Har bir oilada bolaga tarbiya berishning o'ziga xos va mos bir qator muhim
qonun-qoidalari borki, unga qat'iy amal qilish tarbiya ishining samarali bo'lishini
ta'minlaydi. Shuni ham aytib o'tish lozimki, bu qonun-qoidalarni nisbiy ravishda
umumiy deyish mum-kin, chunki har bir bola — bir olam, ular har birining o'ziga
xos shaxsiyati, ahamiyati, ruhiyati va xulq-atvori bor, shu bois shunga qarab
muomala qilish darkor. Shuning uchun tarbiyada ota-onaning mas'uliyati,
mahorati, ziyrakligi, obro'-e'tibori muhimdir. Ota-ona qat'iy ravishda bola
tarbiyasini maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va jamoatchilik bilan
hamkorlikda olib borishi, hamma bolalarini teng ko'rishi, ularga nisbatan adolatli
munosabatda bo'lishi, bolaning yoshi, o'sish va rivojlanish xususiyatlarini hisobga
olishi va ayni paytda bola shaxsini hurmat qilishi, unga nisbatan talabchan bo'lishi
nuihimdirki, bu yo'1-yo'riqlar, qonun-qoidalar oilada tabiiy ravishda, miintazam
qo'Hansa, juda yaxshi natijaiar beradi, albatta. Shuningdek, bolalarda chiroyli
xulq-atvor ko'nikmasini, malakalarini tarbiyalashning o'ziga xos ko'pgina usul va
vositalari borki, ota-ona kundalik hayotda ularni yaxshi bilishi, bevosita har
qaysisidan o'z o'rnida, me'yorida, maqsadga muvofiq foydalanishi g'oyat zarur.
Bular jumlasiga: ibrat — namuna usuli, yaxshi xulq-atvorga o'rgatish, yaxshilikka
odatlantirish, o'rni kelganda nasihat qilish, qat'iy tanbeh berish, bola bilan
vaqtincha gaplashmaslik, ularga nisbatan munosabatni o'zgartirish, ishon-tirish,
jamoatchilikning ta'siri, rag'bailantirish va qoralash kabi vositalar shunday uslublar
hisoblanadi. Har bir ota-ona bola tarbiyasining ijobiy yoki salbiy tomonga
o'zgarishiga e'tibor berib, bu kabi nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarni
o'zlashtirib, unga amal qilsa, ayni muddao bo'ladi. Negaki, oilada bola tarbiyasi
g'oyat nozik va murakkab masala bo'lib, bu ota-onadan katta odob bilimini, katta
tarbiyachilik mahoratini talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.A.Karimov. O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.O’zbekiston 1992y
2. I.A.Karimov. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod – siyosat, mafkura T.
O’zbekiston 1993y
3. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida xafsizlikka taxdid barkarorlik
shartlari tarakkiyot kafolatlari T.O’zbekiston,1997y
4. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
«O’zbekiston Oliy majlis XI sessiyasida so’zlagan nutqi». T.«O’zbekiston»
1997y.
5. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch». Toshkent. 2008 yil
6. I.A.Karimov. «O`zbekiston buyuk kelajak sari». Toshkent. 2009
7. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», T., «O’zbekiston»1997y.
8. O’zbekiston Respublikasi «Ta`lim to’g`risida»gi qonuni. T.«O’zbekiston»
1997y.
9. «Sog’lom bola yili» Davlat dasturi T.2014
10.Azizxo`jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. TDPU-2003
11.M.Pirmuhamedova. Pedagogik mahorat asosolari. T.: 2001.
12.Munavvarov A.K. “Oila pedagogikasi”.T.: “O`qituvchi” nashriyoti. 1994.
13.S.G`ulomov v.b. Ta`lim tarbiya sifati va qirralari.T. 2000.
14.O. Musurmonova. “Ma`naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”. T. 1996.
15.Q.Qosnazarov, A.Pazilov, A.Tlegenov. Pedagogika. No`kis «Bilim»- 2009 j.
16. Sh.Shodmonova, M.Xoshimova, N.Fayzullaeva Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti, T.
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008
17. O.Xasanboeva Tarbiyaviy ishlar metodikasi T. 1996
18. R.Mavlanova, B.Normuradova, R.Raxmonkulova Tarbiyaviy ishlar metodikasi
T. «Fan» nashriyoti 2007
19.www.Ziyo.net
20.http: //www//uralrti/ru.
21.www. bankreferatov.ru
Download