Uploaded by Sherzodbek Muhammadiyev

menmen

advertisement
Menejment obyekti subyekti
Boshqarish maqsadi nima
Menejment ob’ekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt
so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. SHu ma’noda ob’ekt bu:- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud
bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;- kishi-faoliyati, diqqat-e’tibori
qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;- xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan
korxona, qurilish, ayrim uchastka va b.Demak, ob’ekt tushunchasi mikro
voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo,
jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o‘z
mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo‘ldan chiqib ketgan". Bu erda
boshqaruv ob’ekti bo‘lib mashina hisoblanadi.YOki, "U kishi o‘zini juda yaxshi
boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob’ekti bo‘lib kishi, shaxs hisoblanadi.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning
sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar bo‘lib
hisoblanadi
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun
ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini
ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni
aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz:bo‘lajak harakatlarimizni oldindan
aniqlab beradi;faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;faoliyatimizni aniq
sohaga, ishga yo‘naltiradi;u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab
beradi;pirovard natijamizning baxolash me’yorlarni belgilaydi va x.k.Maqsadning
ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir.
CHunki aynan shu maqsadga binoan:boshqarish funksiyalari;boshqarish
usullari;boshqarishning tuzulmaviy tarkibi;lavozimlarni belgilash va kadrlarni
tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy
talablar quyidagilardan iborat:1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak.Agar
qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni tanlashga ham hojat qolmaydi.
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak.- qaysi tomonga suzishni aniq
maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamrox bo‘la
olmaydi.3. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak.Miqdoran o‘lchovga,
me’yorga ega bo‘lmagan maqsad - bu sarob.4. Maqsad barcha bajaruvchilarga
tushunarli bo‘lmog‘i darkor.5. Maqsad bo‘limlar va ma’sullar bo‘yicha
detallashtirilgan bo‘lishi kerak.Maqsad, uni boshqarish prinsiplari, pirovard
natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo‘lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda
etkazilishi kerak.6. Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerakMaqsad har bir faoliyat turi,
har bir mas’ul shaxs bo‘yicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan
bo‘lishi lozim. Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga
bo‘linishini, "Maqsadlar shajarasi" ni tuzishni talab qiladi.
Menejment asosiy tamoyillari
Boshqaruv tamoyillari o‘zaro bog‘lik va birgalikda qo‘llanilishi lozim.
Asosiy tamoyillarga kuyidagilar kiradi:
Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. YAkkaboshchilik tamoyili
bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona raxbar
buyruklariga kat’iy buysunushini talab kiladi. Ilmiylik tamoyili. Boshqaruv
tamoyillari orasida valyutarizmni inkor kiluvchi xar bir raxbar iktisodiy konunlar,
jamiyat rivojlanishining ob’ektiv yunalishlari, bu soxada milliy va chet el
tajribasini kullashini takozo kiluvchi urin egallaydi.Rejalilik tamoyili. Bozor
iktisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshkarish - biznes va trategik
rejasini to‘zish - iktisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muxim shartidir. Bu
tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining o‘zok muddatga muljallangan
yunalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni
ifodalaydi.Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor
iktisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat
boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul kiladi
va butun ish uchun javobgar buladi. Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan
ko‘p jismoniy va huquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul kiladilar
va korxona yoki aksionerlar jamiyati faoliyati uchun javobgar buladilar. Davlat
boshqaruv shakli davlat yoki maxalliy mulk bo‘lgan korxonalarda amalga
oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun tulik javob beradi.Kadrlar tanlash
va joylashtirish tamoyili. Bozor iktisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va joyjiyiga kuyish tamoyili maxim axamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv
kadrlariga kat’iy talablar kuyadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish
oldida turgan masalalarni belgilaydi.Agentlar mustakillik va erkinligi tamoyili.
Bozorda agentlar faoliyati iktisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi
kerak.SHaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda
uchun xarakat kiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak.Javobgarlik va
tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o‘z faoliyati uchun javobgar bulishi, bunda
ma’lum tavakkalchilik xam xisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o‘z xukuk va
majburiyatlari bulishi kerak.
Ilmiy menejment maktabi
"Ilmiy menejment" maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida
Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya’ni
"boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida
amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning
nazariyasi keyinchalik "Teylorizm" degan nom olgan. U yaratgan tizim esa
ishchilarning "siqib suvini olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan.F. Teylor
ta’limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda
g‘oyatda va maqbul usullarni izlashdir.Uning prinsiplariga binoan:
mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq puxta
ixtisoslashtirilishi shart;har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi
lozim; har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan
qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;
uqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy
talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini
to‘g‘ri taqsimlash shart.
Funksional tizimosti obyektlarini boshqarish
Boshqarish funksiyalarn - ko‘p qirrali tushunchadir. SHu sababli ularni
muhim belgilar buyicha turkumlarga ajratib o‘rganish zaruriyati tug‘iladi.
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o‘rganish
boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki
yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning
funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Boshqarishning asosiy, o‘ziga xos aniq
funksiyalariG‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish
funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning asosiy (umumiy) funksiyalariga
ustuvorlik beradi:rejalashtirish; ashkil qilish;tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat;rag‘batlantirish (motivlashtirish).Boshqarish rejalashtirishdan boshlanib,
faoliyatni tashkil qilish, uni rag‘batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan
tugaydi. Bu erda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida o‘z aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy
xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va
mutaxassislari faoliyatida mavjud bo‘ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning
hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish ham mumkin, chunki ular
boshqaruv tizimini ham bo‘yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab
oladi.
Axborot nima
Axborot bu ma’lumot va xabarlar to‘plami bo‘lib, mazmunan yangilik unsurlariga
ega bo‘ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o‘ta zarurdir. Ishonchli va
zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar boshqaruv
negizi hisoblanadi.
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalar axborot vositasida quyidagicha amalga oshiriladi (chizma):
Boshqarishning uziga xos aniq funksiyalari
Asosiy funksiyalar:1. RejalashtirishBoshqarishning asosiy va dastlabki
funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. Bu rejada
boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi,
vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi, xalq xo‘jaligi bo‘g‘inlarining
o‘zaro aloqalari o‘rnatiladi.Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki,
bunda har bir boshqaruv xodimi o‘zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, o‘z ish
joyidagi faoliyati ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini
nazorat qilishni uyushtiradi.2. Tashkil qilish. Bu funksiya boshqaruv ob’ekti
doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini
ta’minlaydi.3. Muvofiqlashtirish va tartibga solish;Rejalashtirish boshqarishning
strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal
qiladi. Muvofiqlashtirish mablag‘larni tejash maqsadida boshqaruvdagi
parallelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Tartibga
solish muvofiqlashtirishning davomi bo‘lib, u sodir bo‘lib turadigan og‘ishlarni
bartaraf qilish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad
qilib qo‘yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tug‘ilgan og‘ishlarning
oldi olinadi.4. Nazorat. Bu funksiyaning maqsadi "tutib olish", "aybini ochish",
"ilintirish" emas, balki boshqaruv ob’ektida sodir bo‘layotgan jarayonlarni hisobga
olish, tekshirish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini o‘z vaqtida
sozlab turishdir. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funksional
ishidir. Muntazam nazorat yo‘q joyda yuqori pirovard natijalarga erishib
bo‘lmaydi.Boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra, funksiyalar quyidagicha
bo‘ladi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari;
boshqarishning sotsial
funksiyalari;boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari.
Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga
solingan ko‘p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ular yaxlitlikka ega.
SHuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan
chetda qolmasligi kerak.
Boshqarish qarorlari
Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z
vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini
tanlash jarayonidir. Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar:1-ilmiy
asoslangan bolishi lozin; 2-bir-biri bilan aloqador yakdil bolishi kerak; 3-huquq va
javobgarlik doirasida bolishi lozim; 4-aniq va togri yonalishda ega bolishi kerak;
5-vaqt boyicha qisqa bolishi kerak; 6-vaqt boyicha aniq bolishi kerak; 7-tezkor
bolishi kerak; 8-samaralishi bolishi lozim
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib
boradi. Iqtisodchilarning fikricha, sex (bo‘lim)ning boshlig‘i qabul qiladigan bitta
qaror shu sex (bo‘lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan. Qabul
qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog‘liq.
Download