Uploaded by Muhammadali Shukurov

spss-dasturi-yordamida-talabalarda-shaxslilik-sifatlarini-tadqiq-qilishning-psixologik-xususiyatlari

advertisement
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:
1. www.lex.uz
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8
октябрдаги ПФ-5847-сон Фармони “Ўзбекистон Республикаси Олий таълим
тизимини 2030 йилгаша ривожлантириш” концепцияси
2. Олий тълим муассалаларининг ўқув жараёнида илҳор педагогик ва
замонавий ахборот-коммуникация технологияларининг жорий этилиши:амалиёт
ва истиқболлар мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент
2018 йил. 73-б.
3. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. –Т.: 2006.
SPSS DASTURI YORDAMIDA TALABALARDA
SHAXSLILIK SIFATLARINI TADQIQ QILISHNING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ashurov Ramzidin Ramazonovich
BUXPTI psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada SPSS dasturi yordamida talabalarda shaxslilik sifatlarini
tadqiq qilishning psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: SPSS dasturi, shaxs xususiyatlari,talabalarda shaxslilik sifatlari.
Aqliy va ijodiy mehnatini avtomatlashtirish va turli xil tadqiqotlarni o‘tkazishda
kompyuterlarning keng imkoniyatlaridan foydalanish boshqa sohalar kabi psixologiya
oldida turgan muammolardan biriga aylanganligiga bir necha o‘n yil bo‘ldi.
Psixodiagnostik, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarni qayta
ishlash, xulosa chiqarish boshqa tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun
kishilarning psixologiyasini, ularning turli xususiyatlarni o‘rganishda kompyuterlardan
foydalanish ham o‘ziga xos yo‘l, yo‘nalishga va talabga ega.
Psixodiagnostika sohasidagi taniqli olim A.Anastazi – «Kompyuterlar o‘zining
ma’lumotlarni yuqori tezlikda tahlil va qayta ishlash imkoniyatlari bilan test
o‘tkazishning aytarli barcha bosqichlarini, testni yaratishdan boshlab to uni qo‘llash,
birlamchi natijalarni qayd qilish, hisoblash va interpretatsiya qilishgacha o‘zgartirdi»deb ko‘rsatgan edi.
Ma’lumki, zamonaviy psixodiagnostikada kompyuterlar qo‘zg‘atuvchi materialni
(test, anketa, savolnoma va h.k.) ko‘rsatish (taqdim qilish), natijalarni yig‘ish, saqlash,
ularni matematik qayta ishlash, matematik va grafik usullarda tahlil qilish maqsadida
qo‘llaniladi.
Mamlakatimizdagi psixologlar tayѐrlovchi oliy o‘quv yurtlarida psixologik
ma’lumotlarni qayta ishlashda kompyuter dasturlaridan foydalanish bilan bog‘liq o‘quv
peredmetlarining o‘quv rejalariga kiritilishi bu borada katta qadam bo‘ldi. Bo‘lajak
mutaxassislar turli eksperimental natijalarni qayta ishlashda Microsoft Office tarkibiga
kiruvchi dasturlardan (masalan Excel) va maxsus dasturlardan foydalanish ko‘nikma v
malakalariga ega bo‘lishlari lozim. Shunday maxsus dasturlardan biri SPSS dasturidir.
- 15 -
Keyingi o‘n yilliklarda psixologik tadqiqotlarda kompyuterlarni keng qo‘llash
yanada rivojlandi. Psixologik eksperimentlarda kompyuterlarning qo‘llanilishi an’anaviy
usulga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega.
Ularga quyidagilar kiradi:
- barcha vazifalarni tekshiriluvchilarga bir xil berishi;
- tekshiriluvchining javoblarini xolis va aniq qayd qilishi;
- psixologni mashaqqatli, bajarilishi og‘ir ishlardan (vazifalarni taqdim qilish,
tekshiriluvchining javoblarining to‘g‘riligini tekshirish, eksperiment baѐnini olib borish,
test natijalarini qayta ishlash) ozod qilishi;
- eksperimental materiallarni randomizatsiya qilish (tasodifiy ketma-ketlikda
taqdim qilish);
- qisqa vaqt oralig‘ida keng masshtabli psixologik tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati;
- olingan natijalarni qayta ishlash va umumlashtirishda o‘ta kuchli matematik
apparatdan foydalana olish imkoniyati;
- juda ko‘p qo‘shimcha ma’lumotlarni (javob berishga ketgan vaqt, yo‘l qo‘yilgan
xatolar soni va toifasi, tekshiriluvchining ko‘rsatmaga murojati soni va boshq.) qayd
qilish imkoniyati;
- eksperiment o‘tkazishda yuqori malakali xodimlarning bo‘lishi talab qilinmasligi;
- diagnostik natijalarni tez olish, bu, ayniqsa, klinik holatlar va psixologik maslahat
berish uchun zarur;
- dinamik va ko‘p modalli qo‘zg‘atuvchilarni taqdim qilish. Zamonaviy
kompyuterlarning ekranida dinamik (o‘zgaruvchan, harakatdagi) obyektlarni aks
ettirish mumkin. Stimullar dinamik, real haѐtdagi obyektlarning modellari bo‘lishi
mumkin.
Shu jumladan, sotsiologik va psixologik natijalarni qayta ishlashda SPSS
dasturidan keng foydalanishga o‘tilgan. SPSS dasturi qulay interfeysga ega va nisbatan
oddiy bo‘lganligi uchun har bir kishi SPSS dasturidan foydalanib ma’lum statistik
amallarni bajarishi mumkin deb hisoblanadi. Shu bilan birga shuni ta’kidlash lozimki,
matematik statistikadan hech bo‘lmaganda boshlang`ich tushunchaga ega bo‘lmagan
kishi SPSS dasturidan foydalanib ham oddiy vazifalari mustaqil ravishda yechishi va
xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo`lmaydi.
Kompyuterni bilishga bo‘lgan talab esa oddiy. Ko‘pchilik soha mutaxassislari
SPSSda ishlash uchun komp`yuterni yoqish va o‘chirishni, klaviatura va sichqoncha
bilan ishlashni bilish yetarli deb hisoblaydilar. Dastur bilan ishlashga doir boshqa
amallarni o‘rganish mumkin. Kompyuterda esa SPSS for Windows dasturining imkon
qadar yangi versiyasi (mavjud versiyalarning oxirgilari SPSS for Windows 20 va SPSS
for Windows 21) o`rnatilgan bo‘lishi tavsiya qilinadi.
SPSS dasturining yuqorida ko`rsatilgan versiyalari rus tilida batafsil ma`lumotlar
tizimiga ega va oldingi variantlaridan farqli ravishda uning menyusi va ko`pchilik
amallari rus tiliga tarjima qilingan. SPSS dasturining oldingi versiyalari bilan ishlaganlar
uchun shuni ko‘rsatish lozimki, yangi versiyadagi ba’zi nomlar, amallar tarjimasi
oldingilardan farq qiladi. Ammo bunday farq dastur bilan ishlashda hech qanday
qo‘shimcha murakkablik keltirib chiqarmaydi.
- 16 -
Ma’lumotlarni kompyuter yordamida tahlil qilish o‘z ichiga bir necha bosqichlarni
oladi.
- Ma`lumotlarning tuzilishini (strukturasini) aniqlash.
- Ma`lumotlarni uning tuzilishi va dastur talabiga mos ravishda kompyuterga
kiritish.
- Tadqiqot vazifasidan kelib chiqqan holda m’lumotlarni qayta ishlashning
kompyuterdagi mavjud metodni tanlash.
- Ma`lumotlarni qayta ishlash natijalarini olish.
- Qayta ishlash natijalarini sharhlash.
Birinchi (tayyorgarlik) va beshinchi (yakuniy) bosqich (qadam)larni birorta
ham kompyuter dasturi amalga oshirishga qodir emas – ularni tadqiqotchining
o‘zi bajaradi. Kompyuterning yordami uzundan-uzoq va murakkab amallarni
kamaytirishdan iborat.
Ikkinchi bosqichda, kompyuterga kiritilgan ma’lumotlar aralash, anglanmagan va
sharhlash qiyin ma’lumotlardir.
Psixolog to‘rtinchi bosqichdan keyin oddiylashgan, kamaygan, anglash oson
ma`lumotlarga ega bo`ladi.
Shuni unutmaslik kerakki, asoslangan, pishiq xulosa olish uchun ma’lumotlarni
ko‘p marta, turli usullar bilan qayta ishlashga ham to`g`ri kelishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Айвазян С. А. Прикладная статистика. Классификация и снижение
размерности. М., 1989.
2. Анализ социологических данных с помощью пакета SPSS : учеб. пособие
для вузов / А. О. Крыштановский; Гос. ун-т — Высшая школа экономики. — М. :
Изд. дом ГУ ВШЭ, 2006. — 281с.
3. Анастази А. Психологическое тестирование. В 2-х книгах. Книга I. - М.:
Педагогика, 1982. - 340.
4. Анастази А., Урбина С. Психологическое тестирование. 7-е изд. - С-Пб.:
Питер, 2003. - 688 с.
5. Agresti, Alan (1996). An Introduction to Categorical Data Analysis. New York:
Wilely.
6. Arbuckle,J. L. Amos 7.0 user’s guide. Chicago, IL: SPSS, 2006. 583 p.
7. Bentler, P. M. EQ S 6 Structural Equations Program Manual. Encino, CA:
Multivariate Software, Inc., 2006. 418 p.
8. Xarakter aksentuatsiyasi tushunchasining ijtimoiy-psixologik tahlili EDUCATION
Scientic journal Mart 2022. 663 bet
9. Ashurov R. Комплексный подход к изучению ценностных установок 10.
выпуск 2022 г 48-50 стр.
11. 10.Yoshlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari
EDUCATION Scientic journal Mart 2022.663 bet
12. 11 Ashurov R.R.XARAKTER AKSENTUATSIYASINING O’QUVCHILAR
ORASIDAGI …
- 17 -
13. https://zenodo.org/record/5673781. Eurasian Journal of Academic Research,
1(8), 14–16.
12. Ashurov Ramzidin Ramazonovich, Abduraxmonova N. Quziyeva D. Maktab
davridagi o’quvchilarda zo’ravonlik holatlar(Profilaktika,diagnostika, korreksiya)
2021.09.10 Qo’llanma.
14. Ashurov R.R Влияние акцентуаций характера подростков на межличностны
отношения, 2021.XXI-asr psixologiyasi konferensiya materiallari. 1-tom.
15. Ashurov R.R XARAKTER AKSENTUATSIYASINING SHAXSLARARO
MUNOSABATGA TA’SIRI Dissertatsiya.2022
PSIXOLOGIYADA O‘QITISH METODLARIGA UMUMIY TAVSIF
Bafayev Muxiddin Muxammadovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Hojiyev Hojiakbar Abdurahmon o`gli,
Normurodov Maxmud Shavkatovich,
Raxmatullayeva Gulnoza Mamadali qizi
Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya
fakulteti 2-kurs talabalari
Annotatsiya: O‘qitish metodlari har qanday predmetning o‘quvchi yoki talaba
ongiga singib borishi pedagogning tanlagan metodiga bog‘liq. Qolaversa, darsning
yutug‘i ham metodning to‘g‘ri tanlanishiga bevosita bog`liq. Pedagogik jarayon
bevosita pedagog tomonidan tashkil etilganligi bois ham u qayerda va qanday pedagog
tomonidan tashkil etilmasin, bari-bir bitta tuzilishga ega bo‘ladi: ya’ni maqsadtamoyillar mazmuni-metodlari-vosita-shakli.
Tayanch iboralar: metod, o`qitish metodlari, bilish faoliyati, fikrlar faolligi,
o`zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash.
Аннотация: Методы обучения зависит от выбранного педагогом метода
поглощения любого предмета в сознание ученика или студента. Кроме того, от
правильного выбора метода напрямую зависит и достижение урока. Поскольку
педагогический процесс организован непосредственно педагогом, то он имеет
одно и то же построение, где и каким бы педагогом он не был организован: то
есть содержание-методика-инструмент целей-принципов.
Основные фразы: метод, методы обучения, познавательная деятельность,
активность мнений, укрепление освоенных знаний.
Abstract: Teaching methods depend on the teacher’s chosen method of absorbing
any subject into the mind of a student or student. In addition, the achievement of the
lesson directly depends on the correct choice of method. Since the pedagogical process
is organized directly by the teacher, it has the same construction, where and whatever
teacher it is organized: that is, the content-methodology-tool of the goals-principles.
- 18 -
Download