Uploaded by nosirbekyoldoshev

MEHNAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALAR

advertisement
MEHNAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALAR
I
Reja:
1.Mehnatni tashkil etish va uning mehat faoliyatidagi roli.
2.Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi.
3.Ish o’rinlarini tashkil etish, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish.
4.Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish.
5.Mehnat sharoitlari va mehnatni normalashning ahamiyati.
Tayanch iboralar:
mehnat faoliyati; tashkil etish; mehnatni tashkil etish; mehnat taqsimoti; umumiy xususiy va ayrim
mehnat taqsimoti; texnologik, funktsional, malakali, operatsiyalar bo’yicha, hamda kasbiy mehnat
taqsimoti; mehnat kooperatsiyasi; ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperatsiyasi;
ixtisoslashtirilgan uchastkalarning tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi; ish o’rinlari; qo’l ishi, mashinaqo’lda bajariladigan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan, apparaturali ish o’rinlari; ixtisoslashgan
va universal ish o’rinlari; ish o’rnini ta’minlash; ish o’rnini rejalashtirish; xizmat ko’rsatish tizimi; mehnat
intizomi; rag’batlantirish; mehnat sharoitlari; mehnatni normalash.
1 Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi roli.

Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab
chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil
etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat
faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil
qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy
hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi
o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat,
rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). Iqtisodiy
asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni,
shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi).

Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish
tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va
boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi,
tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil
etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori
darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har
ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini
tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning
tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.

Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga
ajratishga a’anaviy yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tasavvurlarga
to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taaaluqli
bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan
tashkilotchilik faoliyati haqida borishi mumkin.
2 Mehnat taqsimoti va koooperatsiyasi.

Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatni yengib chiqishning asosiy olimlardan biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy
sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona
foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida, ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan
ishlarning ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishicha, ya’i ularning malakasiga, tajribasiga, zukkoligiga yarasha ish bilan babbaravar ta’lim etilishiga bog’liqdir. Bu masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birichi navbatda, mehnatni ishchi ishlab
chiqarishda puxta o’ylab oqilona taqsimlashi lozim bo’ladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti, deb ataladi . Mehnat taqsimotining
asosiy ustunliklarida biri shundaki, bunda ishchi ishning ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilish texnikasini va
tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi.

Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi:

1.Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti
kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va
hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.

2.Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan sanoat
tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa
ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog’dorchilik, go’sht, sut, jun yetishtirish va shu kabilar)
bo’linadi.

3.Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: tsexlar,
uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuingdek, ularning kasb-malaka guruhlari o’rtasida
taqsimlanishini nazarda tutadi.
Download