Загрузил Temurbek Xoldarov

Tormoz va amartizator suyuqliklari

Реклама
Mavzu: Tormoz va amartizator
suyuqliklari.
Reja:
1. Tormoz suyuqliklari
2. Amartizator suyuqliklari
3. Avtomobillarning ko`tarish
mеxanizmlari uchun suyuqliklar
Temurbek Xoldarov
Yer usti transport tizimlari va ularning
ekspluatatsiyasi kafedrasi o’qituvchisi
Tormoz suyuqliklarining vazifasi qanday?
Yuk va yengil avtomobillarning tormoz tizimlarida asosan gidravlik
yuritmalardan foydalaniladi. Ularda ish suyuqligi sifatida gidrotormoz
suyuqliklari ishlatiladi. Ushbu suyuqliklar quvvatni uzatish, agregat va
mexanizmlarni harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari
ushbu
suyuqliklar
traktor
va
kombaynlarga
o’rnatilgan
gidroko’targichlarda ham ishlatiladi. Masalan, o’zi og’darar
avtomobillar, buldozerlar, kamazlar, ekskavatorlar gidravlik uzatmalar
bilan ta’minlangan.
Bu suyuqlikning vazifasi kuchlarni ravon, silkinishsiz (turtkisiz,
zarbsiz) uzatishdan iborat.
Tormoz tizimi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun
tormoz suyuqliklariga quyidagi ekspluatatsion talablar
qo’yiladi:
1. Tormoz suyuqligining qaynash harorati yetarlicha yuqori
bo’lishi kerak. Aks holda suyuqlik qaynab, tormoz pedali
polgacha tushib ketadi. Tormoz silindrlarining harorati 190200 0C gacha yetishi mumkin.
2. Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo’lishi, ya’ni -400C
va undan ham past haroratda uzoq vaqt ushlab turilganda ham
cho’kindi hosil qilmasligi kerak. Bundan tashqari, uning
qovushqoqligi
-400Cda
tormoz
pedalini
bosishni
qiyinlashtiradigan darajada bo’lmasligi kerak.
3. Tormoz suyuqligi rezina qismlarga shikast yetkazmasligi,
shishirib yubormasligi yoki kichraytirmasligi va tormoz tizimi
qismlarining korroziyasiga sabab bo’lmasligi kerak.
Tormoz suyuqliklarining qanday turlari
mavjud?
«Neva» suyuqligi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator
sintetik kimyoviy birikmalarning murakkab kompozitsiyasidan
iborat. Uni minus 500C dan 500C gacha bo`lgan harorat
oralig`ida ishlatish mumkin, 1900C da qaynaydi. Zaharli va
yong`in jihatdan xavfli. Issiq suvda eriydi. Och sariq rang
berilgan. Disk tormozli yengil avtomobillarda ishlatiladi.
Baraban tormozli yengil avtomobillarida; «Ural»; KrAZ-260
(ilashish muftasini ajratishning gidropnevmatik yuritmasi);
GAZ-53A yuk avtomoillarida; KAVZ, PAZ-672 avtobuslarida
ishlatish tavsiya etiladi.
You tube dagi video silkasi
<iframe width="650" height="391"
src="https://www.youtube.com/embed/hQh
vz4L1XOA" title="YouTube video player"
frameborder="0" allow="accelerometer;
autoplay; clipboard-write; encrypted-media;
gyroscope; picture-in-picture"
allowfullscreen></iframe>
BSK suyuqligi. Butil spirti bilan tozalangan kanakunjut
moyining aralashmasidan (1:1 nisbatda) iborat tormoz
suyuqligi yaxshi moylash hususiyatlariga ega. Minus 200C
haroratgacha ishga layoqatli. Ancha past haroratlarda ham
tormoz tizimlarining ishga layoqatligini saqlash uchun
suyuqlikka etil yoki butil spirti (1:1 nisbatda) qo`shiladi.
Qaynash harorati uncha yuqori (1150C) bo`lmaganligidan
BSK suyuqligi disk tormozli avtomobillarda ishlatib
bo`lmaydi. Suv qo`shganda qatlamlanadi. «Neva» va GTJ22 M tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong`in
jihatidan xavfli. Unga qizil rang berilgan (qo`shilgan). Bu
suyuqlik baraban tormozli barcha yengil avtomobillarda
Gaz-53A; «Ural» yuk avtomobillarida; KAvz va PAZ-672
avtobuslarida ishlatiladi.
GTJ-22 suyuqligi. Bu suyuqlik glikollar, suv va
antikorrozion qo`shilmalarning aralashmasidan iborat. GTJ22 suyuqligi yaxshi moylash hususiyatiga ega. Minus 500C
dan 500C gacha harorat oralig`ida ishga yaroqli. 1400C
haroratda qaynaydi, shuning uchun disk tormozli
avtomobillarda ishlatib bo`lmaydi. Suvda yaxshi eriydi.
«Neva» tormoz suyuqligi bilan aralashadi; Zaharli: yashil
rangga ega. Yuqori o`tuvchanlikdagi avtomobillarda ishlatish
uchun mo`ljallangan. Shimoliy hududlarda bu suyuqlikdan
BSK tormoz suyuqligi o`rnida foydalanish mumkin.
«Tom » tormoz suyuqligi. «Neva» tormoz suyuqligini
o`rnini bosish uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy
komponentlari to`yingan glikolli efir, poliefir, borat
kislotalari va korroziyaga qarshi qo`shilmalardan iborat.
Yengil
va
yuk
avtomobillari
tormoz
tizimlari
gidroyuritmalarida ishlatiladi. «Neva» tormoz suyuqligiga
nisbatan foydalanish hususiyatlari yaxshi, qaynash harorati
nisbatan yuqori. «Neva» tormoz suyuqligi bilan ixtiyoriy
nisbatda aralashtirish mumkin.
«Rosa»
tormoz
suyuqligi.
Yangi
turdagi
avtomobillar uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy
komponenti borli efir bo`lib, tarkibida korroziyaga
qarshi qo`shilmalar qo`shiladi. Tormoz suyuqligi
qaynash harorati 2600C ni tashkil etadi. Suyuqlikni bu
hususiyati ushbu suyuqlikdan og`ir ish sharoitlarida
ishonchli foydalanishni ta`minlaydi va suyuqlikning ish
muddatini uzaytirishga imkon beradi. «Rosa» tormoz
suyuqligi «Tom» va «Neva» suyuqliklarini almashtirishi
mumkin.
Tormoz suyuqliklarini bir-biridan farqlash qaynash
harorati va past haroratlardagi ko`rsatkichlarga asosan
belgilanadi. Qaynash harorati bo`yicha eng yaxshi tormoz
suyuqligi «Rosa», eng yomon ko`rsatkichga ega bo`lgan
suyuqlik esa BSK suyuqligidir. Foydalanish jarayonida glikol
asosidagi suyuqliklarning qaynash harorati pasayadi va ikki
yil mobaynida ishlatilgandan so`ng suyuqlikni qaynash
harorati quyidagicha bo`ladi: «Neva» - 135-1400C , «Tom » 150-1600C va «Rosa» - 160-1650C. BSK suyuqligini
qaynash harorati 1100S. Shuning uchun BSK suyuqligi
shoshilinch ravishda tormoz bosiladigan og`ir ish
sharoitlarida tormoz tizimini ishonchli ishlashini ta`minlay
olmaydi.
Tormoz tizimlarida bug` tiqinlari paydo bo`lishini oldini
olish maqsadida ish sharoitidan kelib chiqqan holda tormoz
suyuqliklarini almashtirish muddati quyidagicha taviya
etiladi: «Neva» - 1-2 yil; «Tom » va «Rosa» - 2 yil.
Transport vositalarini ishlatish tajribasini ko`rsatishicha yuk
avtomobillari tormoz tizimining gidroo`tkazgichlaridagi tormoz
suyuqligining harorati odatda 1000C dan ortmaydi. Tormozlanish
jadalliligi yuqori bo`lgan sharoitlarda esa, masalan tog` yo`llarida,
suyuqlik harorati 1200C ga yetishi va undan ham ortishi mumkin.
Diskli tormoz tizimli yengil avtomobillar magistral yo`llarda
harakatlanganda ishchi suyuqlik harorati 60-700C ga, shahar sharoitida
80-1000C ga, tog`li hududlardagi yo`llarda 100-1200C, yuqori tezlikda
harakatlanayotganda yuqori jadallik bilan tormozlanganda esa 1500C
ga yetishi mumkin. Ba`zi bir hollarda (maxsus mashinalar, sport
avtomobillari va boshqalar) ishchi suyuqlik harorati yuqorida
ko`rsatilgan miqdorlardan ham ortib ketishi mumkin.
Xo’sh Tormoz suyuqliklarining qanday
hususiyatlari mavjud?
Oquvchanlik
xususiyati.
Tormozlanish
jarayoni odatda bir necha sekund, shoshilinch
ravishda tormozlanishda esa sekundning ulushi
davomida amalga oshadi. Shuning uchun
haydovchi tomonidan tormoz pedaliga beriladigan
kuch ishchi suyuqliklar yordamida tormoz
mexanizmlariga tezlik bilan uzatilishi lozim. Bu
sharoit suyuqlikning oquvchanlik hususiyati bilan
ta`minlanadi va minus 400C dagi ruxsat etilgan
maksimal qovushoqlik chegarasi bilan aniqlanadi.
Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan suyuqliklar
uchun bu ko`rsatkich 1500 mm2/s gacha va og`ir
ish
sharoitlarida
ishlatishga
mo`ljallangan
suyuqliklar uchun 1800 mm2/s gacha bo`lishi
mumkin.
Korroziyaga qarshi hususiyati.
Tormoz tizimining gidrouzatmasi
turli xil metallardan tayyorlangan
detallar
birikmasidan
iborat.
Shuning uchun suyuqlik tarkibida
po`lat, cho`yan, alyuminiy, latun va
mis materiallarni korroziyadan
himoyalovchi ingibitorlar bo`lishi
lozim.
Amartizator suyuqliklari.
Avtomobillarning gidravlik amortizatorlarida
odatda amortizator suyuqliklaridan foydalaniladi.
Avtomobilning amortizatorlari keng ish harorat
oralig`ida ishga layoqatli bo`lishi uchun ularga
quyiladigan suyuqlik past haroratda (minus 400C
dan yuqori emas) qotadigan bo`lishi, qovushoqligi
yuqori bo`lmasligi (200C da 30-60 mm2/s; 500C
da 10-16 mm2/s; 1000C da 2,5-6 mm2/s), harorat
o`zgarishi bilan juda kam o`zgaradigan darajada
bo`lishi kerak.
Bundan
tashqari
amortizator
suyuqliklarining moylash va korroziyaga
qarshi hususiyatlari yaxshi bo`lishi lozim.
Shuningdek
amortizator
suyuqliklarini
qovushoqligi
yilning
sovuq
davrida
uchraydigan ixtiyoriy haroratlarida 2000
mm2/s dan ortmasligi lozim. Amortizatorlar
uchun
suyuqlik sifatida yo qovushoqligi
kichik bo`lgan neft moyidan (masalan, AUurchuq moyi) yoki ularning kremniy-organik
birikmalari hamda oksidlanishga va yeyilishga
qarshilik ko`rsatuvchi qo`shilmalar (masalan,
AJ-12T yoki MGP-10 suyuqligi) bilan
aralashmalari ishlatiladi.
AJ-12T suyuqligi - avtomobillarning
teleskopik tortqi-mushtchali amortizatorlarida
keng ishlatiladi. Qovushoqligi past mineral
moyga
kremniy-organik
birikmalar,
shuningdek yemirilishga va oksidlanishga
qarshi qo`shilmalar qo`shib tayyorlanadi. U
yuqori harorat va bosimda barqaror ishlaydi,
yaxshi issiqlik va mexanik turg`unlikka ega.
Bu suyuqlik zichlash detallari moy ta`siriga
chidamli rezinadan tayyorlangan tizimlarda
ishlatiladi. U -50 dan 600C gacha bo`lgan
harorat oralig`ida amortizatorlarni ishonchli
ishlashini ta`minlaydi.
MGP-10 moyi - avtomobillarning gidravlik
amortizatorlarida barcha mavsumlarda ishlatish
uchun mo`ljallangan bo`lib, transformator
moyi, silikon suyuqligi, hayvonot moylari,
oksidlanishga
va
ko`pirishga
qarshi
qo`shilmalar aralashmasidan iborat. MGP-10
moyi teleskopik amortizatorlarning yeyilishiga
qarshi turg`unligini ta`minlay olmaganligi
tufayli ularni o`rniga MGP-12 moyi ishlab
chiqarilmoqda. Amortizator suyuqligining
asosiy
hususiyatlari
pastdagi
jadvalda
keltirilgan.
Oynani yuvish uchun suyuqlik. Bunday
suyuqliklarga NIISS-4 va toza suv kiradi.
NIISS-4 suyuqligi. Bu izopropil spirti
(massasi bo`yicha 79 foiz) bilan tarkibida
0,1 foiz yuvuvchi modda–sulfanol bo`lgan
suvning aralashmasidir. Suyuqlik zaharli va
yong`in jihatdan xavfli. NIISS-4 suyuqligi
oyna
yuvgich
bakchasiga
manfiy
haroratlarda, albatta suv bilan aralashtirib,
quyiladi, chunki toza holatda avtomobilning
bo`yalgan sirtlariga zarar yetkazadi.
Ko`rsatkichlar
Amortizator suyuqliklari
MGP-10
AJ-12T
MGP-12
Zichligi 200C da, 930
920
kg/m3
Qovuqoqligi,
mm2/s:
6500 gacha
-400C da
1000 gacha
800 gacha
-200C da
10
12
12
500C da
3,6
3,6
3,9
1000C da
Qotish harorati, 0C
-40
-52
-43
O`t olish harorati,
0C (yopiq idishda)
145
165
140
Xo‘sh tormoz suyuqliklari bo’yicha
ma’lumotlarga ega bo’ldingizmi?
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT!
Скачать