Marketing nima? Marketingning mohiyati AXMADOVA KAMOLA Reja: • Marketing nima? Uning mohiyati • Marketingning vazifalari • Marketingning maqsadi 1.Marketing nima? Uning mohiyati Marketing – bu bozorni o‘rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir. Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‘ljallashdan iborat. Marketingni vazifasi nafaqat talabni qondirishdan iborat va aksincha unga shunday ta’sir ko‘rsatish kerakki, u taklifga mos kelsin. Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o‘rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo‘q. Hozir ko‘pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o‘z ichiga olmog‘i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar Marketing korxona tomonidan qabul qilinadigan quyidagi qarorlarga asosiy ta’sir o‘tkazadi: • -korxona o‘z mijozlari sifatida kimlarni ko‘rishni hohlaydi; • -u mijozlarni qanday ehtiyojlarini qondirishni hohlaydi; • -o‘zini mijozlarini qanday mahsulotlarni va xizmatlarni taklif etmoqchi; • -o‘zining mahsulotlari va xizmatlariga qanday narxlarni belgilamoqchi; • -o‘zining mijozlariga qanday murojaatlarni yo‘llashni va ulardan qanday murojaatlarni olishni hohlaydi; • -shuningdek, ular bilan qanday hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishni hohlaydi. 2.Marketingning vazifalari Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir. Korxonaning vazifasi quyidagi rasmda: Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar. 2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar. 3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi. Marketingning maqsadi Piter Druker (menejment nazariyotchisi) shunday deb ta ’kidlaydi: “Marketingning maqsadi - sotiladigan xatti-harakatlarni rivojlantiradi. Uning maqsadi xaridomi shunchalik yaxshi bilish va tushunishdirki, natijada mahsulot yoki xizmat o'zini o ‘zi sotadi". Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to‘rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi: • mumkin boigan maksimal yuqori iste’molga erishish; • iste'molchilaming talabining maksimal qondirilishiga erishish; • iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish; • aholi tunmish darajasi sifatini oshirish. Mumkin boigan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko^pchilik rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o ‘sishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni rag'batlantirishda deb biladilar. Bu fikmi boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko‘p sotib olsa va qancha ko‘p isteinol qilishsa, shuncha baxtli boiadilar, degan ma’noni anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar masalasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir dcgan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin bo'lgan maksimal iste'molga erishishdangina iborat emas ekan. E’tiboringiz uchun rahmat!