BANKLARDA LIZING VA FAKTORING OPERATSIYALARI HISOBI MUXAMMADIYEV NIZOMIDDIN REJA: 1.Lizing operatsiyalari va ularning hisobi. 2.Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi. Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari shunday operatsiyalardanhisoblanib, ularning tarkibiga: •lizing •faktoring Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risi”da 620sonli Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). tasdiqlangan, Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: • lizing buyurtmasi; • lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma; • lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznesreja; • oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari. Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak: a. lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining b. mulki bo’lib o’tsa; lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa; v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi;g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa. Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi: Debet 19909–“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”Kredit –“Bankning vakillik hisobvarag’i” Lizing ob’ekti to’g’ridan-to’g’ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to’ldirib, quyidagi buxgalteriya amalini bajaradi: Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar” mos hisobvaraq)” Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra lizing oluvchiga lizinga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi. a). Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda: Debet16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)” Kredit19909 –“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar” b). Lizing ob’ekti lizing oluvchiga berilganda: Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”Kredit 16500-“Asosiy vositalar (mos hisobvaraq)” Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing ob’ektining qiymatiga qo’shiladi. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo’yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi: Debet 16323 – “Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar” Kredit 45100 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq)” 2.Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi.Tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchilarning debitor qarzlarini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar faktoring operatsiyalar hisoblanadi. Faktoring operatsiyalari banklar tomonidan va maxsus tashkil etilgan faktoring kompaniyalari tomonidan o’zaro tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faktoring operatsiyalarning maqsadi sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni faktoring kompaniyalari yoki bank mablag’lari hisobidan to’lash asosida muddati o’tgan to’lovlar va umidsiz qarzdorliklar miqdorini kamaytirishdan iboratdir. Faktoring operatsiyalari bank tomonidan amalga oshirilganda banklarda maxsus bo’lim tashkil etiladi. Bankda faktoring operatsiyalari moliyaviy manbasi bo’lib bankning o’z mablag’lari, jalb etilgan va kredit mablag’lar hisoblanadi. Bank sotilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov summasini zudlik bilan to’lab berish maqsadida sotuvchidan to’lov talabnoma yoki schetfakturada ko’rsatilgan summani diskont asosida sotib oladi va debitorga nisbatan barcha huquqni o’ziga o’tkazadi. Bank to’lov hujjatlarni sotib olishda asosiy e’tiborni sotib oluvchining moliyaviy barqarorligi, uning tovar yoki xizmatlarining sifati va bozordagi jozibadorligiga e’tibor qaratadi. Banklarda faktoring operatsiyalari ko’zda tutilmagan 90966-“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hamda balansli 11101-“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” va 11103-“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi. Masalan, bank faktoring shartnomasiga asosan sotuvchining 100,0 mln so’mlik to’lov talabnomasini 3,0 mln so’m diskont komission to’lov va 30 kundan keyin sotib oluvchidan to’lov sumasi tushishini nazarda tutib, sotib oldi va quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirdi (sotuvchi va sotib oluvchi shu bankning mijozi hisoblanadi). a). Balansli hisobvaraq bo’yicha: Debet 11101– “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” 97000000,0 Kredit 202XX– “Sotuvchining depozit hisobraqami” b). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha: Debet 90966–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” Kredit 97000000,096331–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i” otib oluvchi to’lovni amalga oshirdi. a). Balansli hisob varaq bo’yicha: Debet 202XX – “Sotib oluvchiningdepozit 100000000,0 hisobraqami” Kredit 11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – 97000000,0 Faktoring” Kredit 45217 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari v). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha: Debet bo’yicha daromadlar – Faktoring” 96331 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring Kredit 3000000,0 bo’yicha kontr 97000000,090966 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hisobvarag’i” Sotib oluvchi faktoring shartnomasida ko’zda tutilgan muddatda to’lovni to’lay olmadi. a). Faktoring sumasi muddati o’tgan faktoring hisobvarag’iga Debet 11103–“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari o’tkaziladi: – Faktoring” 97000000,0 Kredit 11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” b). Bank faktoring operatsiyasi hisobidan yo’qotishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash bo’yicha zaxira shakllantirdi. Zaxira Markaziy bankning aktivlarni tasniflash bo’yicha joriy etilgan tegishli yo’riqnomasi asosida shakllantiriladi: Debet 56814–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash” Kredit 11199–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi” b). Bank faktoring summasini zararlarni qoplash bo’yicha shakllantirilgan zaxira hisobidan qopladi: Debet 11199 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi” Kredit 11103 – “Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT