Uploaded by Umirbek Shukurullayev

pul va bank oraliq

advertisement
Reja:
Kirish
I BOB- Tijorat banklarining faoliyati asoslari va tamoillari, ularning
asosiy vazifalari.
1.1.- Tijorat banklari tushunchasi va ularni ochish va tugatish
shartlari
1.2. Tijorat banklari tamoyillari, asosiy vazifalari.
II BOB-
Bank operatsiyalari va ularning tasnifi.
2.1. Bank operatsiyalari tushunchasi, ularni o’rganishda xorij
tajribasi.
2.2.
III BOB-
Tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari.
Tijorat banklarining lizing operatsiyalari.
3.1.
Lizing operatsiyalari moxiyati va huquqiy asoslari
3.2.
Lizing operatsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish,
Xulosa va takliflar.
Adabyotlar:
4
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor munosabatlarining muhim
bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida
iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy
banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu
kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi
va banklar faoliyatiga ega bo‘lmasdan sog‘lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo‘lgan banklar
faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni
taqazo qiladi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning
iqtisodiy saloxiyati, rivojlanish darajasini baxolash, bank tizimini islox qilishda amaliy
va nazariy taklif va xulosalar berishdan iborat.
Kurs ishi mavzusining vazifalari. Belgilangan vazifalarga erishish uchun
quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi. Ya’ni:
- xorijiy, mahalliy olimlar va mutaxassislarning «bank» tushunchasiga bergan
ilmiy ta’riflarini o‘rganish;
- milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish sharoitida respublikamizda
banklarning tutgan o‘rnini baholash;
- tijorat banklari tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarni umumiy o’rganish;
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti sifatida O‘zbekiston
Respublikasi tijorat banklari tanlangan. Tijorat banklarining aktiv va passiv va lizing
operatsiyalarini o‘rganish tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov asarlari, mahalliy va xorijiy olimlar asarlari. Shunindek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qarorlari hamda Oliy Majlis va Vazirlar
Mahkamasining ushbu sohaga ta’luqli bo‘lgan me’yoriy hujjatlari mazkur tadqiqot
ishining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi.
Bank maxsus muassasa sifatida o‘ziga xos bo‘lga funksiya va operatsiyalarni
bajaradi. U bajaradigan bu funksiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa
bozor munosabat sub’ektlari faoliyatidan ajralib turshiga asos hisoblanadi..
Bank bozor munosabatlarining boshqa sub’ektlaridan farqli o‘laroq pul bilan
ishlovchi, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zida yig‘uvchi, uni pul zarur
bo‘lgan sub’ektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mablag‘larini
samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Odatda iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi. Banklar
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi organ hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil
qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini
ta’minlash, bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni pul zarur bo‘lgan sub’ektlar
o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa
sub’ektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag‘larga
tayanib ishlaydilar. Bu esa o‘z navbatida bank ishining risklilik darajasini oshiradi.
Chunki bank bir tomondan unga o‘z jamg‘armalarini ishonib topshirgan yuridik va
jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan bank o‘z
5
aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab banklar mablag‘larni doimo iqtisod
qilib ish olib boradilar. Banklar faoliyatidagi bunday ehtiyotkorlikni mashhur yozuvchi
Mark Tven "Bankir shunday odamki, u quyosh chiqib turganda sizga soyabonini berib
turadiyu, yomg‘ir yog‘ishi bilan uni sizdan tortib oladi" deb ta’riflagan edi.
Jahon amaliyotida banklar mijozlarga 300dan ortiq turli xil operatsiyalarni
tavsiya qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasida ham bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish
borayotgan shu bosqichda asosiy maqsad banklarimiz faoliyatini xalqaro bank
amaliyoti andozalariga yaqinlashtirishdan, banklarning kapitalini ko‘paytirgan holda,
ularni xususiylashtirish, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalar qo‘llash
va umuman banklar faoliyatining samaradorligi orqali iqtisodiyotning samaradorligi
va barqarorligiga erishishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishining tartibi kirish, 3 ta bob, ya’ni
I BOB- Tijorat banklarining faoliyati asoslari va tamoillari, ularning asosiy vazifalari.
II BOB-Bank operatsiyalari va ularning tasnifi.
III BOB- Tijorat banklarining lizing operatsiyalari, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
6
I BOB- TIJORAT BANKLARINING FAOLIYATI ASOSLARI
VA TAMOYILLARI, ULARNING ASOSIY VAZIFALARI.
1.1. Tijorat banklari tushunchasi va ularni ochish va tugatish shartlari.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu– tijorat muassasi bo’lib,
jismoniy va huquqiy shaxslardan bo’sh turgan pul mablag’larni jalb qilish va uni o’z
nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytarib berishlik shartlari asosida qarz berish va
boshqa operatsiyalarni bajaradi.
Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi bank tizimining ikkinchi pog’onasi
bo’lib, kredit resurslarining ancha qismi ana shu banklarda yig’iladi va ular huquqiy
va jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko’rsatadilar. Tijorat banklari faoliyatining
huquqiy asosi bo’lib, 1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati”
to’g’risidagi”, Prezident farmonlari va boshqa qonunlar xisoblanadi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko'rsatmoqda.
Salmoqli ustav fondi, kredit resurslar va mijozlarga ega bo'lgan katta banklar
O'zbekiston sanoat qurilish banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, Asakabank
va boshqalar keng faoliyat olib bormoqda. Tijorat banklarini tashkil qilishdagi ustav
kapitali miqdori 1 yanvar 2011 yildan 10 mln. evro ekvivalenti miqdoridagi
mablag'ga ega bo'lishi lozim.1
Tijorat banklarining belgilariga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
- davlat banki,
- aktsioner banklarga
- kooperativ,
- xususiy,
- mintaqaviy,
-aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo'linadi.
Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat qismi mulk
shakli bo'yicha aktsioner bank hisoblanadi.
Ba'zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu
turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo'lishi
mumkin.
Hususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag'lari hisobidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalaiga qarab tijorat banklar- universal
- mahsus banklarga bo'linadi.
Joylashgan belgisiga qarab tijorat banklar:
xalqaro,
respublika,
mintaqaviy,
viloyat banklariga bo'linishi mumkin.
1
2010 yil 6-aprel O’zbekiston respublikasi Prezidsntining “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish
va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora tadbirlari “ to’g’risidagi PQ-1317-sonli qarori
7
Tarmoqlarga xizmat ko'rsatishiga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo'jalik,
savdo va boshqa banklarga bo'linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning ahamiyati ularning iqtisodiyotga
ta'siri o'sib bormoqda.
Tijorat banklarining iqtisodiy ahamiyati uning faoliyat doirasining keng
bo'lishiga olib keladi.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar,
umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning
tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi
ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur
bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar, zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli
tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari "Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda ifodalangan1. Banklar respublika hududida o‘z
faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga
oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida",
"Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini himoya qilish to‘g‘risida"gi
qonunlar va boshqa qonunlari, hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar
asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 630 - sonli Nizom asosida olib boriladi.2
Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va
ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari
ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin.
1. Tayyorgarlik bosqichi.
2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi.
Bank ochish haqidagi ariza bilan o‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga
murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmog‘i kerak:

yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat.


muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan
hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar
jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi.


muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va
muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi.


bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va
ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash
haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tadiqlangan
ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi.
1
2
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonun 1996.25.04 № 216,1 2-bob. 7-19-m
11 fevral 1999 yilda qabul qilingan "Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida"gi 630 Nizom.
8
Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni
litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan
tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi.
Markaziy bank bank faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma
berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining
moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning
kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko‘rsatkichlariga, tashkil etilayotgan
bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanlangik darajasiga ham e’tibor qaratadi.
Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin
litsenziya olish hamda bankni davlat ruyxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy
- texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo‘lib,
muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari
va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim bo‘ladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga
litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida
vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs
tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi;


davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun berilgan
barcha talablarni bajarish;


barcha tashkiliy - texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar
va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish
maqsadida dasturiy - texnikaviy vositalarni tayyorlashlari, kassa uzelini
Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holda keltirishlari;


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan
eng kam miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda ustav kapitalini to‘lashlari va
ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari;
Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun
litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim
etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak.
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror
qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi:

bank biznes rejasining maqbulligi;

bank kapitalining adekvatligi;

daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;


ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori;


bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi
qonunchilikka muvofiqligi;


monopoliyaga qarshi choralar.
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat
iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini
9
o‘tkazuvchi amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankni tashkil
etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini
o‘tkazish xuquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank
tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay
faoliyat ko‘rsatsa bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi.
Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida davlat ro‘yxatidan
o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankni ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular
bank va uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston
Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi" qonunga asosan bank ustav
kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa
fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan
mablag‘lar foydalanish man etiladi.
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari
asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini
topgan bo‘lishi kerak:

bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta)
manzili;

bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati;


ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav
kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;


bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning
vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;


bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro
standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining
maqsadlari ko‘rsatmalari.
Bank tashkil etilguncha, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha qadar uning
nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi.
Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish "Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida"gi qonunda hamda Markaziy bankning 240 - sonli "Banklarni tugatish
tartibi to‘g‘risidagi nizom"da ko‘satib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi xollarda o‘z
faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank
litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda. O‘z faoliyatini to‘xtatgan
bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan
chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to‘xtatish
va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan.
Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga kiritilmaydi.
Litsenziyaning bekor qilinishi:

tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga
nisbatan qo‘llaniladigan qattiq xuquqiy sanksiya;


qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi
Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati;


bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi.
10
Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, ammo bank
operatsiyalarini amalga oshira olmaydi.
Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan
og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan
quyidagi hollardagina qo‘llaniladi:

bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib
ketganida;


litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning xaqiqiy
emasligi aniqlanganda;


bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini
o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;


hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib kursatilganda;


bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof
tarzda amalga oshirilganida;


litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank
operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida;


o‘zbekiston Respublikasida shu’ba bank ochgan harijiy bank
litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida.
Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning sudga murajaat
qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank
tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi.
11
1.2. Tijorat banklari tamoyillari, asosiy vazifalari.
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular
faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi: 1
1.
Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb
qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili;
2.
Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida
xizmat ko‘rsatish tamoyili;
3.
Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi tamoyili;
4.
Banklar faoliyatining tijorat tavsifi tamoyili;
5.
Mijozlar manfaatini himoya qilish tamoyili;
6.
Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi
tamoyili;
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarni tashkil
qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va
omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha
raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan
va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni
kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos yaratadi.
Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud
bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank
vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit
xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik
operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar
chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit
qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan
mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor,
passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar
bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni uzoq muddatli
ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtda
amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z
navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili
banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan
unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarni
likvidligini oshirishga yordam beradi.
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga
asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va
omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va
amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi,daromadlarni
mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi
mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy 1
SH.Abdullayeva. Bank ishi. Toshkent “IQTISOD MOLIYA”32- bet 2010-yil
12
me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy
jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin.
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining
tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada,
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga asoslangani
uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak.
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri
hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank faoliyatida risk
darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning daromadi ham
shuncha ko‘p bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili
shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi
mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas.
O‘isqacha qilib aytganda, bank faoliyati "hamma narsa mijoz uchun" degan tamoyilga
asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‘laligicha javob berish
zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi.
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi.
Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va roziliklariga
asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini
ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar
va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar foliyatining
turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar ularning faoliyati
yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib
keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga

aylantirish;

korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;

iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;

moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;


iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish va boshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish
funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi.
Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani
uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad
oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu
fond io‘tisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
13
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish
funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz
mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish
borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul
mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada
bo‘lishi mumkin,ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi
oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu
muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir - birovi
haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif
bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni
depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng
diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini
kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik
jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab
bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni
maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani
shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni
shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga
yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak.
Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati
yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera
olishi mumkin.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli
sub’ektlarni kredilash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy
vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan
mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan io‘tisodiyotning
muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va
ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir - birlarining mablag‘larini depozit, kredit
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun
mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun
Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan
mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul - kredit siyosatining bosh
yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi
lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy
etmagan boso‘ichlarida io‘tisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar
banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini
amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqtisodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat
14
banki orqali amalga oshirilgan, hisob - kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga
oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob
- kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk
darajasini ko‘paytirdi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar
iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va
rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni
kengaymoqda.
Undan tashqari tijorat banklar moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni
qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi,
mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida kelitirilgan funksiyalari asosida quyidagi
operatsiyalarni bajaradi:

passiv operatsiyalar;

aktiv operatsiyalar;

bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;


bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan
operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.
15
II BOB- BANK OPERATSIYALARI VA ULARNING TASNIFI.
2.1. Bank operatsiyalari tushunchasi, ularni o’rganishda
xorij tajribasi.
Bank operatsiyalari deganda banklarning pul mablag’larini jalb etish va qarz
berish, muomalaga pul chiqarish va uni muomaladan olish, xisob kitoblar va
to’lovlarni amalga oshirish va boshqalar tushiniladi.
Qisqacha aytganda, bank operatsiyalari deganda, banklar tomonidan amalga
oshiriladigan maxsus ishlar va xizmatlar tushiniladi.
Bank operatsiyalarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- xar bir bank operatsiyasi belgilangan bugalteriya xujjatlari orqali
rasmiylashtiriladi;
- mazkur xujjatlar belgilangan tartibda to’ldiriladi, imzolanadi va
muxrlanadi;
- xar bir bank operatsiyasi qayd etiladi va amalga oshiriladi;
Xozirgi kunda zamonaviy banklar operatsiyalarini quyidagicha tasniflash
mumkin:
zamonaviy banklar operatsiyalari
Kredit operatsiyalari
Depozit
Kassa
operatsiyalar
operatsiyalari
i
Trast
Valyuta
operatsiyala
ri
Lizng
operatsiyala
ri
Qimmatli
qog’ozlar
boyicha
zamonaviy
banklar
operatsiyalari
operatsiyalari
Hisob kitob
operatsiyalari
Boshqa
operatsiyalar
operatsiyasi
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag'larini dеpozit, krеdit
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o'z ustavlarida ko'rsatilgan boshqa o'zaro
opеratsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
16
Mijozlarga krеdit bеrish va o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish
uchun mablag' yеtishmay qolgan taqdirda tijorat banklari krеdit rеsurslari olish uchun
O'zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankkiga murojaat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari opеratsiyalari bo'yicha foiz stavkalari ularning o'zlari
tomonidan mustaqil bеlgilanadi.
Banklar bilan mijozlar o'rtasidagi munosabat shartnomaviy tavsifga ega
bo'ladi.
Mijozlar o'zlariga krеdit va kassa xizmatini ko'rsatadigan bankni mustaqil
tanlaydilar.
Tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bo'yicha opеratsiyalar olib boradilar.
Tijorat banklari fond bozorlarining kеlishuvlarida aktiv va bеvosita ishtirok
etavеrmaydilar. Masalan: AQShdagi tijorat banklariga qimmatli qog'ozlar bilan
bo'ladigan opеratsiyalarni o'tkazish, fond birjalariga a'zo bo'lish ta'qiqlanadi. 1933
yilda (Glass-Stigal qonuni) qabul qilingan qonunga muvofiq tijorat banklari sanoat
kompaniyalarining obligatsiyalari va aksiyalarni chiqarishni tashkil qilishda ishtirok
eta olmaydilar. Shunga qaramay, qonunda juda ko'p istisnolar mavjud bo'lib, ulardan
biri bankka pullarni opеrativ qo'yish.
Bank ustaviga bank faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq boshqa
qoidalar ham kiritilgan bo'lishi mumkin. Ustavga o'zgarishlar O'zbеkiston
Rеspublikasi qonunlaridagi o'zgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
Aktsionеr tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari
hisobidan yoki aktsiyalar chiqarish va sotish hisobidan vujudga kеltiriladi.
Maxalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining hamma bo'limlari va ularning
ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari
barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari (hissadorlari),
aktsionеrlari bo'lishlari mumkin.
Shuningdеk turli xalqaro tashkilotlar va fеdеral muassasalar chiqargan qarz
hujjatlar (majburiyatlari) bilan ishlash huquqini bеradi. Bulardan tashqari banklarga
o'zlarining mijozlari hisobiga sanoat kompaniyalarining aksiya va obligatsiyalarini
sotish va sotib olish kabi brokеrlik funksiyalarini bajarish ruxsat etilgan. Shu bilan
birga Amеrika tijorat banklari sanoat kompaniyalari va firmalarning aksiya pakеtlarini
haqiqiy egasi sifatida trast opеratsiyalarining (qimmatbaho qog'ozlar portfеllarini
boshqarish opеratsiyalari) katta hajmda amalga oshiradilar.
AQShda tijorat banklari brokеr firmalari va invеstitsion kompaniyalarning
asosiy krеditorlari hisoblanadi. AQShda yеttita yirik invеstitsion kompaniyalarining
40% dan 80% gacha aktivlari tijorat banklari krеditi hisobidan ta'minlanadi.
Yaponiyada tijorat banklarining fond birjalariga a'zo bo'lishi ta'qiqlangan.
Lеkin ular litsеnziya olgan holatda qimmatli qog'ozlarni hamma turini o'zlarining hisob
raqamlari bo'yicha yoki mijozlarning topshiriqlari bo'yicha sotish va sotib olish (brokеr
kompaniyalari va birjaga a'zo bo'lgan firmalar vositachiligida) huquqiga egadirlar.
Bulardan tashqari tijorat banklar davlatning qimmatbaho qog'ozlari bilan bo'lgan tеz
muddatli opеratsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Uzoq vaqt Yaponiya tijorat
banklarida yangi qimmatli qog'ozlarni vositachilik funktsiyalarini amalga oshirish
huquqlari bo'lmagan. Faqat 1981 yili ularga davlat obligatsiyasi va sanoat
kompaniyalar obligatsiyasini birja tashqarisida vositachilik qilishga ruxsat
17
etilgan. Shuningdеk, yapon tijorat banklariga mijozlarning qimmatli qog'ozlarini
boshqarish ma'n etilgan.
Bank muassasalarining qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan opеratsiyalariga
aktiv qatnashishga Gеrmaniya tajribasi yorqin misol bo'la oladi.
Bu davlatda qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan hamma opеratsiyalarda
faqatgina tijorat banklari qatnashish huquqiga ega. Aslida Gеrmaniya davlatida brokеr
kompaniyalar va firmalar yo'q. Tijorat bankning funktsiyalari univеrsalligi
mijozlarning talab va ehtiyojlariga yuqori darajada javob bеradi. GFR ning qimmatli
qog'ozlar bozorini bank muassasalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ularning bu bozorda
ahamiyati juda katta.
Banklar katta miqdorda obligatsiyalar chiqaradi, invеstitsion gruppalarning
egalari va yirik invеstorlik vazifasini bajaradi, ularga qimmatli qog'ozlar bilan
bo'ladigan opеratsiyalar hajmining eng katta qismi to'g'ri kеladi, bank sindikatlari
davlat qarz hujjatlarini chiqarish va tarqatishda katta jonbozlik ko'rsatadi.
Bank obligatsiyalarni chiqarish uchun 3 ta asosiy shartni bajarishi zarur:
moliyaviy ko'rsatkichlar proportsiyasini saqlash;
bankning moliyaviy ahvolining oshkoraligi;
jami kapitalning va bank rеzеrvlari 8 mln. marka da-rajasidan oshirish.
Obligatsiyalarni chiqarish to'g'risidagi ruxsat Moliya Vazirligi tomonidan
olinishi kеrak. U haqdagi xabar esa fеdеral yustitsiya vazirligi gazеtasida bosilib
chiqariladi. Odatda 3 yildan ortiq muddatga chiqarilgan obligatsiyalar GFR fond
birjalarida muomalada bo'ladi. Lеkin ularni sotish va sotib olish kеlishuvlarining ko'p
qismi birjadan tashqari oborotda amalga oshiriladi. Univеrsal tijorat banklari ko'pincha
yadro vazifasini bajarib, uning atrofidagi moliya-bank grugshalari bir nеcha nisbatan
mustaqil bo'linmalarni o'z ichiga olgan.
Bu mustaqil bo'linmalar, masalan invеstitsion fondlar va maslahat bеruvchi
firmalar bo'lishi mumkin. Bu mustaqil bo'linmalar daromad olshp markazlari
hisoblanadi. Aslida gruppaning yadrosini tashkil etgan bank, markaziy apparatdan,
mahalliy va chеt el filiallardan iborat.
Banklarning markaziy apparatlari odatda fond birjalari bo'lgan katta
shaxarlarda joylashgan. Rivojlangan mamlakatlarda asosiy daromad manbai krеdit
opеratsiyalari bo'lib, ikkinchi o'rinda qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq opеratsiyalar
turadi.
18
2.2. Tijorat banklarining aktiv va passiv operatsiyalari.
Passivlar va aktivlar bo‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim
vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Zaxiralarni jalb qilish yoki ularni joylashtirish operatsiyalarning har ikkalasi ham bank uchun muhim. Chunki bular o‘zaro bog‘liq.
o‘zaro shartlangan ikkita jarayondir. Ularni ratsional tashkil qilish yuqori natijalarga
erishish imkonini beradi.
Odatda, bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar
banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat
banklarining passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib
boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol
o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur
bo‘lgan kredit resurslarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud:
1.
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish
yo‘li bilan resurslar yig‘ish;
2.
Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar
summasini oshirish;
3.
Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish;
4.
Depozit operatsiyalarini amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilingan va
emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida
banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit
resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lariga - bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus
fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar va
taqsimlanmagan foydasi kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 20 foiziga yaqini
banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.
Bankning o‘z kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o‘tgan kapitalning bir qismi, ya’ni
ustav kapital, risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezerv fond, taqsimlanmagan
foyda kiradi. Banklarning o‘z kapitali bank kreditorlarining manfaatini himoya qilish,
bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish kabi
funksiyalarni bajaradi.
Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini
boshlashning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarni tashkil qilishning
shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. O‘zbekiston
Respubilkasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunning 9 - moddasida
"Bankni ustav fondi bank muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul mablag‘laridan
tashkil topadi" deb ko‘rsatilgan. Shundan kelib chiqqan holda agar bank aksiyadorlik
jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar
chiqarish va joylashtirish orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi
qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini ta’minlash
maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
19
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav kapitali
summasining oshirilishi bank aksiyadorlari umumiy majlisida hal qilinadi.
Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib
xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish
mumkin emas. Ustav kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul mablag‘larini jalb
qilish ham mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy
mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlang‘ich
bosqichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank harajatlari
(yer, bino, asbob - uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq
muddatli aktivlarga qo‘yilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi.
Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari bilan
chetdan jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi chegarani belgilab berishi mumkin.
Banklarning aksiyadorlik kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi
mumkin. Bular: a) o‘z aksiyadorlik kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar
chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan foyda hisobidan yuzaga keladi; b) har
xil ko‘zda tutilmagan harajatlarni va to‘lanmagan qarzlarni qoplash uchun tashkil
qilingan rezervlar; v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va
obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil
bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining tushishi
natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda - rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar to‘langanidan
so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.
Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bank ustav kapitali miqdorining o‘zgarishi ustav kapitali miqdorining oshirilishi
yoki kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Bank ustav kapitali
miqdorining oshirilishi qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalar nominal
qiymatini oshirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Aksiyalarning nominal
qiymatini oshirish yo‘li bilan bank ustav kapitalini oshirish quyidagi usullar bilan
amalga oshirilishi mumkin:

moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foydaning bir qismini
yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;


aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan
qismining to‘lanishi;


moliyaviy yil ya’kuni bo‘yicha ko‘rsatilgan bank foydasini
aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish va aksiyadorlar tomonidan
aksiyalar oshirilgan nominal qiymatining yetishmaydigan qismining to‘lanishi. 
Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini
tashkil etadi. Bular depozitlar, shuningdek, kontokorrent va korrespondent hisob
varag‘idagi mablag‘lardir.
Ularning asosiysi talab qilib olinadigan qo‘yilmalarga, muddatli hamda
jamg‘arma qo‘yilmalarga bo‘linuvchi depozitlardir.
20
Talab qilib olinadigan qo‘yilmalar, shuningdek, joriy hisobvarag‘idan mablag‘lar
omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy hisob varag‘ining egasi bankdan
chek daftarchasini oladi. Bunda u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari
bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalar hisob - kitob operatsiyalarini olib borishi
mumkin.
Muddatli omonatlar - mijoz tomonidan bankka ma’lum muddatga qo‘yiladigan
qo‘yilmalar bo‘lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to‘lanadi.
Bankda foiz stavkalari qo‘yilmaning muddati va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Muddatli qo‘yilmalarning turlaridan biri - mablag‘larni jalb qilishning aniq qayd
etilgan vaqtga mo‘ljallangan depozit sertifikatlari hisoblanadi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi. Ular
to‘liq summada yoki bo‘lib - bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank
o‘rtasidagi mablag‘ qo‘yish bilan bog‘liq munosabat omonat daftarchasini berish bilan
tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli qo‘yilmalarni, muddatli
yoki talab qilish hamda olish mumkin bo‘lgan jamg‘armalarni qabul qiladilar. Iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda bu qo‘yilmalar oddiy fuqarolar orasida keng qo‘llaniladi.
Ular bank uchun qimmatga tushsada, ularning kredit potensialini mustaxkamlash
manbasi hisoblanadi.
Banklar uchun muddatli qo‘yilmalar juda qulaydir.
Bank resurslarining muhim manbasi - banklararo kreditlardir, ya’ni boshqa
banklardan olinadigan ssudalar.
Agar mijozning hisob - kitob varag‘i yopilib, kontokorrent hisob varag‘i
ochiladigan bo‘lsa, uning o‘z mablag‘lari va chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobi
shu hisob varag‘ida olib boriladi.
Kontokorrent - bank va mijoz o‘rsatidagi hamma hisob - kitob va kredit
operatsiyalarini amalga oshiruvchi yagona hisob varag‘idir. Alohida davrlarda bu hisob
varag‘i passiv bo‘ladi, boshqa hollarda esa aktiv bo‘lishi mumkin. Mijozda mablag‘
bo‘lganida bu hisob varag‘i passiv bo‘ladi, bu mablag‘lar yo‘qligi tufayli mijoz bankka
to‘lov topshiriqnomasini ko‘rsatganda yoki chek yozib berganda u aktiv bo‘ladi. Ham
debet, ham kredit bo‘yicha kontokorrent hisob varaqlarida foiz hisoblanadi.
Kontekorrent hisob varag‘i bo‘yicha kredit tijorat veksellari ta’minoti bo‘yicha
yoki ta’minlanmagan ssuda shaklida berildai. Kontokorrenthisob varag‘i bo‘yicha
debetga foizlarni hisoblash faqatgina mijoz va bank orasidagi bitimda ko‘rsatilgan
kredit limiti chegarasida amalga oshishi mumkin. Ba’zi hollarda bankning chetdan jalb
qilingan mablag‘larning bir qismini bankning emitentlashgan mablag‘lari deb ham
yuritiladi.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini
bankga jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit
operatsiyalari yordamida tijorat boyliklarining 90 foizdan ortiq passivlari tashkil
qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o‘zlarining depozit
siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit
siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib,
banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga
21
qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining ob’ekt
va sub’ektini aniqlash lozim.
Depozit operatsiyalarning subektlari bo‘lib bir tomondan tijorat banklari
qatnashsa, ikkinchi tomondan:
davlat korxona va tashkilotlari;


moliya, sug‘urta, investitsion va trast kompaniyalar;
xususiy korxona va tashkilotlar;


aksioner kompaniyalar;

banklar va boshqa kredit muassasalari;

qo‘shma korxonalar, kooperativlar;

jamoa tashkilotlari va fondlar;


alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari
qatnashadilar.
Depozit operatsiyalarining obekti bo‘lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag‘lari
(qo‘yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo‘lib,
balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi.
Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali
ta’minlanadi, ya’ni:

depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda
daromad olishga sharoit yaratishi kerak;


bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit
siyosatini amalga oshirish kerak;


depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‘yilmalarga
e’tibor qaratish lozim;


depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan
bog‘liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish zarur va boshqalar.
Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga
bo‘linadi:

yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo‘yilmalari;

jismoniy shaxslar qo‘yilmalari.
Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:

muddatli depozit mablag‘lar;

talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;


aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.
O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib:
3 oy muddatgacha depozitlar;

3 oydan 6 oygacha depozitlar;

6 oydan 9 oygacha depozitlar;

9 oydan 12 oygacha depozitlar;

12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lariga tasniflanadi.
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita
bo‘lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo‘yilgan mablag‘larga daromad olish
mijozlarning qo‘yilma qo‘yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz
stavkalari darajasini har bir tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy

22
Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o‘zining depozit siyosatidan kelib chiqib,
mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida ko‘rinishlari bo‘yicha
daromad hajmi qo‘yilma muddati, summasi, hisobvarag‘ini amal qilish xususiyati,
xizmatlar hajmi va harakteri va, nihoyat, mijozning qo‘yilma shartnomasi shartlariga
amal qilishiga bog‘liq.
Talab qilingungacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqalari egalari
tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning
nomuntazamligi bilan harakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar guruhi
daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha
hisobvaraqalaridagi mablag‘lar qoldig‘i bo‘yicha foizlar umuman to‘lanmasligi
mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to‘lov
mablag‘larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag‘larni minimallashtirish va
ortiqcha summalarni qo‘yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga
undaydi.
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo‘yicha foizlar
deyarli majburiy tartibda o‘rnatiladi, ammo u bo‘yicha daromad hamisha muddatli
qo‘yilmalarga qaraganda pastroq bo‘ladi. Muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha foiz stavkasi
hajmini o‘rnatishdagi muhim omil bo‘lib, mablag‘lar joylashtirilgan muddat
hisoblanadi.
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi
hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan
jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib
turadi.
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning
rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real
depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni
taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o‘tkazish, shu bilan
birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati
mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (ya’ni mablag‘larning
bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda o‘tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb
nom olgan.
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida
depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib tijorat banklarining kredit salohiyatiga:

bankka jalb qilingan mablag‘larning umumiy miqdori;

Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira darajasi;


Joriy likvidlilikni saqlash maqsadida tashkil qilingan zahira va
undan foydalanish tartibi;

Kredit salohiyati manbalarining tarkibi va barqarorligi;


Bank majburiyatlarining tarkibi va umumiy miqdori kabi omillar
ta’sir ko‘rsatadi.
Mobilizatsiyalashgan pul mablag'larini banklar mijozlarni krеditlash uchun va
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun foydalanadi.
Daromad olish maqsadida bank rеsurslarini joylashtirish bilan bog'liq bo'lgan
23
opеratsiyalar banklarning aktiv opеratsiyalari dеyiladi. Banklarning aktiv
opеratsiyalarida asosiy o'rinni ularning krеdit yoki ssuda opеratsiyalari egallaydi.
Banklarning mijozlarga bеradigan ssudalar yoki krеditlarining muddatidan
kеlib chiqib, ular muddatli va onkol (inglizchadan on call -- talab bo'yicha) krеditlarga
bo'linadi.
Ssudalar bеrilishining ta'minotidan kеlib chiqib, krеditlar moddiy boyliklar,
tovarlar, vеksеllar, fondlar (qimmatli qog'ozlar) va boshqalar bilan ta'minlangan
krеditlarga bo'linadi.
Banklar aktiv opеratsiyalarining muhim turi tovarlar bo'yicha ssudalar, ya'ni
tovarlarni garovga qo'yib ssuda olish hisoblanadi. hujjatlar, variantlar (tovarlarni
omborda saqlash javobgarligi bilan qabul qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma), tеmir
yo'l hujjatlari, konosamеntlar (yukni kеmaga qabul qilinganligi to'g'risidagi paroxod
jamiyatlari guvohnomasi), yuklarni tashish to'g'risidagi hujjatlar bo'yicha ssudalar
olish hisoblanadi.
Tijorat banklarining aktiv opеratsiyalarining yana bir turi fond
opеratsiyalaridir.
Turli qimmatli qog'ozlar uning ob'еkti bo'lib xizmat qiladi. Banklarning
qimmatli qog'ozlar bo'yicha opеratsiyalarining ikki turi ko'proq qo'llaniladi. Bular:
qimmatli qog'ozlarni krеditning ta'minlangani uchun qabul qilish yo'li bilan ssudalar
bеrish va ularni bank tomonidan o'z xisobiga sotib olish yo'li bilan opеratsiyalar
o'tkazish.
Qimmatli qog'ozlar ta'minoti bo'yicha ssudalar ularning to'liq bozor kursi
qiymati bo'yicha emas, balki ularning ma'lum bir qismi (60-80%) bo'yicha bеriladi.
Qimmatli qog'ozlar soxta kapitalni ifodalasada, ular bo'yicha olingan ssudalar
haqiqiy tovar ishlab chiqarish bilan bog'langan jarayonga xizmat qiladi.
Undan tashqari qimmatli qog'ozlardagi bank invеstitsiyalari ham mavjud
bo'lib, bu holda bank turli emitеntlardan qimmatli qog'ozlarni sotib oladi va bankning
qimmatli qog'ozlar portfеli vujudga kеltiradi. Bank tomonidan qimmatli qog'ozlarning
xarid qilinishidan maqsad - bu qimmatli qog'ozlarni kеyinchalik qayta sotish yoki
kapitalni uzoq muddatga qo'yish yo'li bilan foyda olishdan iborat.
Oxirgi yillarda rеspublikaning ko'pgina tijorat banklari yuqori foyda olish
maqsadida, davlatning xazina majburiyatlarini ko'p miqdorda sotib olishdi. Chunki
qimmatli qog'ozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad kеltiradi.
Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan bеrilayottan krеditlarning ta'minoti
sifatida ko'chmas mulk, boshqa bank yoki sug'urta tashkiloti sug'urta kafolati ham
qabul qilinishi mumkin.
Tijorat banklarining aktiv opеratsiyalar ichida krеditlash jarayoni asosiy
o'rinni egallab, u quyidagi asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi:
krеdit olish uchun bеrilgan mijoz ariza-talabnomasini ko'rib chiqish;
qarz oluvchining to'lovga va krеditga layoqatliligini bank tomonidan
o'rganib chiqish;
krеdit qo'mitasining qarori;
krеdit bitimini rasmiylashtirish;
krеdit bеrish;
ssuda va u bo'yicha foiz to'lashning bank tomonidan nazorat qilish.
24
Krеdit va uni to'lash jarayoni krеdit shartnomasida ko'rsatilgan bo'lib, krеditor
va qarz oluvchi o'rtasidagi majburiyatlar va huquqlarinibеlgilab bеradi. Unda
krеditning maqsadi va ob'ekti, krеdit miqdori, ssudani bеrishi va uni to'lash muddati,
krеdit ta'minotining turlari, krеdit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko'rsatiladi. Ssudani
to'lashni nazorat qilish bank krеdit portfеlining muntazam taxdil qilish asosida olib
boriladi va krеditlarning sifat darajasi aniqlanadi. Tijorat banklari tomonidan
bеriladigan barcha krеditlar uning krеdit portfеlida o'z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o'rni va
manziliga qarab tijorat banklarining krеdit portfеlini tasniflash mumkin. Tijorat
banklarini tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba'zi hollarda qayta
moliyalashtirish va o'z mablag'lari hisobidan bеriladigan krеditlar, masalan, Milliy
bank va shunga o'xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan krеditlar davlatning qarorlariga asosan
ustivor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada bеriladi. Qayta
moliyalashtirish va bankning o'z mablag'lari hisobidan bеriladigan krеditlar mijoz
krеditga layoqatli bo'lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasida bеrilshi
mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi, lеkin ularning
faoliyatiga ko'proq krеdit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi riski ta'sir qiladi. Tijorat
banklar faoliyatishshg asosiy qismi krеditlar bеrish va shu asosda foyda olishga
yo'naltirilgan bo'lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog'i ham yuqori
bo'ladi.
Tasniflangan krеditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tеz sotiladigan
aktivlar va yuqori likvid mablag'larning mavjudligi bilan bеlgilanadi.
O'zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki tomonidan 9 noyabr 1998 yilda
tasdiqlangan 242-Aktivlar sifatini tasniflash mumkin bo'lgan yo'qotishlar bo'yicha
tijorat banklari tomonidan bеriladigan krеditlar yuqorida kеltirilgan mеzonlar bo'yicha
yaxshi,
standart,
substandart,
shubhali,
umidsiz yoki ishonchsiz krеditlarga tasniflanadi.
Tijorat banklarining krеdit portfеlini bеrilgan ssudalarning ta'minlanganlik
darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
birinchi darajada ta'minlangan;
boshqa ta'minotga ega bo'lgan;
to'liq ta'minlanmagan;
ta'minlanmagan.
Birinchi darajada ta'minlangan krеditlar guruhiga to'liq ta'minlangan krеditlar
kiradi. Ular quyidagilar bilan ta'minlanadi:
O'zbеkiston Rеspublikasi hukumati kafolati;
O'zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki kafolati;
25
O'zbеkiston Respublikasi Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf
xorijiy banklari kafolati;
erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov;
O'zbеkiston Rеspublikasi davlat qimmatli qog'ozlari ko'rinipshdagi
garov;
standartlashtirilgan qimmatbaho mеtallar qo'yilmalari ko'rinishidagi
garov.
Boshqa ta'minotga ega bo'lgan ssudalar guruhiga quyidagilar bilan ta'minlangan
krеditlar kiradi:
mol-mulk garovi;
qimmatli qog'ozlar ko'rinshidagi garov;
boshqa xuquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar
kiradi.
Tijorat banklari tomonidan krеdit opеratsiyalarini to'la to'kis olib borish ular
tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganiga bog'liq.
Shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda MDHga kiruvchi davlatlar tijorat
banklarining krеdit siyosati mamlakat iqtisodini tеzroq rivojlantirishga yo'naltirilgan.
hozirgi vaqtda bu mustaqil davlatlarning banklari aksariyat hollarda ko'proq
vositachilik opеratsiyalarini o'tkazish uchun qisqa muddatli krеditlar bеrmoqdalar. Shu
bilan birga biz bilamizki, krеditni uzoq muddatga invеstitsiya qilish bankka va
jamiyatga katta foyda bеrishi mumkin.
Banklar komission-vositachilik opеratsiyalarni ham olib boradilar, ya'ni bunda
banklar mijozlarning xisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday
topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o'tkazish
bilan bog’liqdir.Bunda mijoz o'z bankiga uning hisobidagi ma'lum bir summani
ko'rsatilgan adrеs bo'yicha o'tkazishni yuklatadi.
Opеratsiya nixoyasiga yеtganidan so'ng bank mijoziga pul o'tkazilganligi
to'g'isidagi hujjatai yuboradi yoki bеradi. O'tkazilgan opеratsiya uchun bank
vositachilik haqini oladi.
Akkrеdеtiv opеratsiyasida bank o'z mijozidan uchinchi bir shaxs, ya'ni
akkrеditiv ochilgan shaxsga (bеnеfitslarga) to'lov summasini o'tkazish xaqida toshpiriq
oladi.
Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga
bеrishi kеrak bo'lgan summani avvaldan bankka qo’yish mumkin. Tеgishli tovarni yoki
unga tеgishli bo'lgan hujjatlarni olish sharti bilan tadbirkor o'z bankiga sotuvchiga pul
to'lashni yuklatishi mumkin.
Inkassa opеratsiyalari - bu bank tomonidan mijozlarga ularning o'z
topshiriqlari va o'z hisoblaridan turli hujjatlar bo'yicha pul olish jarayonini ta'minlaydi.
Inkassa opеratsiyalari chеklar, vеksеllar, tovar hujjatlari va qimmatbaho qog'ozlar
bo'yicha amalga oshiriladi.
Qimmatbaho qog'ozlarni inkassalashtirshda mijoz ularni bankka shu
qog'ozlarni chiqargan mamlakat bozorida sotish uchun bеradi.
Faktoring opеratsiyalari vositachilik opеratsiyalariga tеgishlidir. Bunda bank
mijozning qarzga oid talablarini, ularni yеtkazib bеrish qiymatining 80% shu zahoti
26
to'lash va qolgan qismini krеdit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib tashlab
to'lash sharti bilan sotib oladi.
Vositachilik opеratsiyalarining o'ziga xos turi - ishonch opеratsiyalari. Bunda
bank mijoz topshirig’i bo’yicha malum mulkni, pul yoli qimmabaxo qog'ozlar
ko'rinishida saqlash, o'tkazish va boshqarishni o'z zimmasiga oladi.
Bularga shuningdеk, savdo-vositachilik opеratsiyalari - mijoz topshiriqi
bo'yicha qimmatbaho mеtall va qimmatbaho toshlarning oldi-sotdisi, qimmatbaho
qog'ozlar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi.
Bankning trast opеratsiyalari vositachilik opеratsiyalarining turi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning kеng tarqalgan
shakli - bu aktsiya, obligatsiya va pul mablag'larini bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi
egalikka (shaxs nomiga) o'tkazilishi ham banklar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy vositalar miqdorining va moliyaviy aktivlar summasining ko'payishi
natijasida tijorat banklari trast (ishonchli) opеratsiyalarning ko'lami ham kеngayib
bormoqda. Rivojlangan davlatlarda banklarning trast dеpartamеntlari zamonaviy
transmilliy banklarining eng rivojlangan bo'linmalaridan biridir.
Komission (vositachilik) opеratsiyalarini amalga oshirishda banklar o'z
mablag'larini biror sohaga yoki faoliyat turiga qo'ymaydilar va mijozlarga ssuda
bеrmaydilar. Ular faqatgina o'z mijozlarining to'lov topshiriqnomasini bajaradilar,
shuning uchun komission opеratsiyalari bo'yicha bank daromadi foiz shaklida emas,
balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo'ladi.
Tijorat banklari o'z mijozlarining turli xil to'lov topshiriqnomalarini bajarishi
va o'zaro opеratsiyalarini amalga oshirish uchun bir-biri bilan korrеspondеntlik
aloqalarini o'rnatadilar.
Masalan, o'z filiallari yoki bo'linmalariga ega bo'lmagan joylarda bank
mijozlarning to'lov topshiriqnomalarini boshqa bank orqali, chеklar, akkrеditivlar va
boshqa shakllar bo'yicha mahsus korrеspotsdеntlik kеlshiuvini tuzib, amalga
oshiradilar. Bunda u korrеspondеnt banklar chеklar, akkrеdеtivlarni to'lashni o'z
zimmasiga oladi. Banklar o'rtasidagi talab va majburiyatlar mahsus korrеspondеnt
schyotlarida aks etadi.
27
III BOB. TIJORAT BANKLARINING LIZING OPERATSIYALARI
3.1 Lizing operatsiyalari moxiyati va huquqiy asoslari
«Boylik mulkka egalik qilishda emas,
balki undan samarali foydalanishdadir».
(Aristotel)
Yuqorida keltirilgan fikr orqali Aristotel birinchi bo’lib lizing g’oyasini
yaratgan. Lizingning rivojlanish bosqichi XIX asrning II yarmiva XX asrning
dastlabki yillaridan
boshlangan. Xozirgi kunda lizingga turlicha ta’riflar berilgan.
Jumladan: Yevropa Federatsiyasining lizing buyicha
milliy assotsiyatsiyasi
tomonidan lizingga quyidagicha ta’rif berilgan: «Lizing – bu ijarachilarning ishlab
chikarish maqsadida zavod, sanoat tovarlari, uskunalar va quzgalmas
mulklardan
foydalanish bo’yicha ijara shartnomasi bo’lib, bunda mazkur tovarlar ijara beruvchi
tomonidan sotib olinib, u mulkka bulgan egalik qilish huquqini beradi.»
Lizing bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir taraf (lizing oluvchi)ning
topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi)dan lizing shartnomasiga
muvofiq lizing ob’ekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib, uni lizing oluvchiga
haq evaziga lizing shartnomasida belgilangan shart bilan vaqtinchalik foydalanish,
egalik qilish uchun hamda shart tugagandan so’ng lizing ob’ektini sotib olish huquqi
bilan beradigan mulkiy munosabatlar majmuasidir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri iqtisodiyotida O'zbekistonda tadbirkorlik
faoliyatini tezkor sur’atlar bilan rivojlantirish , bir tomondan zamonviy uskuna va
texnologiyalarni qo’llashni , ikkinchi tomondan esa zarur bo’lgan moliyaviy
resurslarni izlab topishni talab etadi. Zamonaviy yangi texnika ,uskuna va
texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar ,moliyaviy resurslarga ega bo’lgan va bu
mablag’larni samarali ishlatish maksadlarida faoliyat yurituvchilar hamda tadbirkorlik
faoliyati soxiblari o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’yishida lizin juda ham
qo’l keladi.
Lizingning oddiy ijaradan farqi shundaki, lizingda ijaraga berilgan asbob
uskunalar shartnoma muddati tugagandan so’ng ularni qoldiq qiymat bo’yicha sotib
olish ko’zda tutiladi.
Lizing muomalalarining turlaribir necha bo’lib, amalda ularning ikki turi nisbatan
ko’proq qo’llanadi.Ular:

operativ

moliyaviy
Lizing iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni, uning muxim tarmoqlari
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan faol davom
ettirish,ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ichki istemol va
maxalliy ishlab chiqarishni rag’batlantirish, ekport qiluvchi korxonalarni, kichik
biznes va hususiy tadbirkorlik subektlarini xar tomonlama qo’llab quvvatlash hamda
zamonaviy taxnika taxnologiyalarni jalb etishning eng samarali usullaridan biri
hisoblanadi.
28
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, Evropaning rivojlangan davlatlarida
lizingning YaIM dagi ulushi sezilarli darajada bo’lib, bir yillik asosiy vositalarga
qilingan jami investitsiyalarning o’rtacha 12.5 foizi lizing hisobiga to’g’ri keladi.
AQSH, Yaponiya, EI mamlakatlarida lizing kech muomalaga kirib kelganiga
qaramasdan, jadal rivojlangan. Buning asosiy sabablari hukumat tomonidan berilgan
bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalari hisoblanadi.
Ushbu istiqbolli soxani rivojlantirish maqsadida respublikamiz xukumati
tomonidan muxim chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Jumladan , O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2002 yil avgust oyida chikarilgan «Lizing faoliyatini
rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora -tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni , lizing
sektorining rivojlanishini murakkablashtiradigan soliq to’siklarini bartaraf etdi. 2004
yil 26 aprelda «Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirsh chora-tadbirlari to'g'risida»
qarorning qabul qilinishi esa, lizing oluvchilarga soliqqa tortish maqsadlarida
jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash imkonini berdi.
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan lizing operatsiyalarining
huquqiy asoslari:
 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik
Kodeksining 587-599 – moddalari;

 O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi «Lizing
to‘g‘risida»gi qonuni;

 2001 yil 1 fevraldan kuchga kirgan «Xalkaro moliyaviy lizing
to'g'risida»gi Konvensiya;

 «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida
Tijorat
banklariga mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanishga ruxsat berilgan;

 Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan
moliyaviy lizingni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom va boshqalardir.
Respublikamizda qabul qilingan ushbu huquqiy asoslarda, lizing operatsiyalarini
amalga oshirishda bir qator imtiyoz va preferansiyalar berilganligini hisobga olsak,
lizing amaliyotiga jadaj o’sish kuzatilmoqda.
Biz quyida liizing xizmatlari xajmining o’sishini YaIM o’sishi bilan
taqqoslash imkoniga egamiz.
29
1-jadval1
Lizingga berilgan
YILLAR
2001
2002
2003
2005
2006
2007
2008
2009
2010
2011
mulkning qiymati, mlrd.
So’m
18,7
31,3
36,6
90,6
131,1
214,5
351,6
401,6
430,3
484,5
Lizingning YaIM dagi
ulushi, foizlarda
0.37
0.42
0.37
0.6
0.63
0.76
0.95
0.84
0.7
0.6
1- jadval ma’lumotlari lizingning YaIMdagi ulushi pastligicha qolayotganini
ko’rsatsada, u lizing qo’yilmalarining o’smaganligini bildirmaydi.
Lizing xizmatlarining xajmi 2011 –yilda 2005 ga nisbatan qariyb 8.5 marta,YaIM
5 martadan ortiq o’sganini inobatga olsak, lizing xajmi jiddiy kengayganini ko’rish
mumkin.Shuni xam aloxida ta’kidlash joizki lizing xizmatlari 2008 – yildan keskin
o’sa boshlagan.
1
Bozor, pul va kredit jurnali 04(179)2012 32- bet
30
3.2.
Lizing operatsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish,
O‘zbekistonda lizing operatsiyalari bundan buyon rivojlanishi uchun katta
imkoniyatlarga ega. Birinchi navbatda qishloq xo’jaligi texnikasi va qishloq xujaligi
mahsulotlarini qayta ishlash uskunalariga bulgan ehtiyoj katta. Yengil va oziq ovqat
sanoati uchun uskunalarga bulgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Savdo uskunalari
lizingi kam uzlashtirilgan bulib ,shu sababli juda istikbollidir. Mamlakatda lizingni
rivojlantirish uchun kulay bulgan konunchilik bazasi mavjudligi valyuta bozorini
erkinlashtiish jarayoni bilan birga mamlakatda lizing yanada rivojlanishi uchun barcha
shart-sharoishlarni yaratmokda. Bugungi kunda lizing kupgina mamlkatlarda
korxonalar uchun kulay moliyaviy manba hisoblanadi .
So’nggi yillarda lizing operatsiyalarining xajmi oshib bormoqda. Barcha taxlillar
lizingning quyidagi afzalliklarini e’tirof etmoqdalar:

lizing operatsiyalari va ular bilan bog’liq xizmatlar
ko’lamining
doimo’sib borishi:

berilgan mablag’ lizing obekti ko’rinishida real ta’minotga
egaligi:lizing vositasida ko’rsatilayotgan xizmat sifatini va xajmini
oshirish imkoniyati:
va boshqalar:
Lizing operatsiyalarining tijorat banklari uchun afzalliklari esa quyidagilar:
Lizing yordamida mijozlarga xizmat kursatish sifatini oshirish imkoni
tugiladi va bu bilan mijozlar doirasi kengayadi;
O‘zining ishlab chikarish fondini yangilashga muxtoj mijozlar bilan sifat
jixatdan yangicha sheriklik munosabatlari urnatiladi;
Lizing tulovlari orkali bank lizing oluvuchilarga kursatgan xizmati uchun
komission tulovlar olishi hisobiga uz daromadini oshirishning sifat jixatdan
yangi manbaiga ega buladi;
boshka bank operatsiyalariga nisbatan mazkur bank operatsiyasining
hisobi sodda va bunda mablaglar tejaladi, shuningdek ushbu operatsiyalar
buyicha risk darajasi yetarlicha buladi.
Lizing opеratsiyalarini o'tkazishning bank uchun foydali tomoni shundaki,
odatda ijara uchun to'lov huddi shu muddatga bеriladigan uzoq muddatli
krеditlar foiz stavkasiga nisbatan yuqori bo'ladi.
Respublikamizda birinchi lizing operatsiyasi 1993 yilda Tashki iktisodiy faoliyat
Milliy Banki tomonidan amalga oshirilgan. Bunda O'zbekiston xavo yullariga chel el
kompaniyalaridan samolyotlar kabul kilingan. 2003 yil fevral oyida esa O'zbekiston
respublikasi Tashki iktisodiy faoliyat Milliy Banki «O‘zbekiston
31
xavo yullari» aviakompaniyasi uchun ikkita Boing-767 avialaynerlarni olish buyicha
260 mln. AQSH dollarlik lizing operatsiyasini amalga oshirgan. Bugungi kunda esa,
mazkur bankning lizing operatsiyalari summasi 800 mln. AQSH dollaridan oshib
ketgan.
Tijorat banklari lizing operatsiyalarini takomillashtirish borasidagi takliflar:


Lizing tulovlarini hisoblash va amalga oshirishning umumiy koidalari
belgilangan me’yoriy hujjat ishlab chikish kerak.Shuningdek, lizing
munosabatlarini rasmiylashtiradigan shartnomalarning namunaviy nusxalarini

kiritish va lizing bitimlari bilan boglik boshka maslaxatlarni kiritish lozim.


Joylarda(xech bulmaganda viloyat markazlarida) lizing xizmatlarining
moxiyati,afzalliklarini tadbirkorlar
ongiga yetib borishiga yunaltirilgan turli

kurgazmalar tashkil kilish;

lizing bozoriga xizmat
 kiladigan infratuzilmalar , konsalting firmalar
tarmoklarini kupaytirish;



lizing infratuzilmasida ishlaydigan tajribali xodimlarni kupaytirish;

kishlok xujaligi texnikasi va kishlok xujalik mahsulotlarini kayta ishlash
uskunalari
, yengil sanoat
 va ozik ovkat sanoati uskunalari, savdo uskunalarini
 lizingini rivojlantirish;

lizing
 beruvchi yangi-yangi investorlarni izlab topish va ularni mamlakatimizga
 jalb etish;

jismoniy shaxslarga (garchi mazkur jismoniy shaxs tadbirkor makomiga
ega bulmasada) turli transport vositalarini , masalan,mashina
, avtobus kabi

transport vositalarini lizingga olish imkonini yaratish.
32
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tijorat banklari faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldikki
O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy xujjatlariga asosan asosan amalga
oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga
oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin.
Xozirda jaxonda banklar mijozlarga 300 dan ortiq xizmatlar ko’rsatadilar.
Shulardan asosiylaridan biri bo’lgan lizing operatsiyalaridir. Shu o’rinda aytib
o’tish kerakki O’zbekiston Respublikasi Mrkaziy bankining tijorat banklarda lizing
operatsiyalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy meyorining o’rnatilgani tijorat
banklarida lizing xizmatlarining o’sishiga xizmat qiladi, bu esa banklarda lizing
bo’yicha xatarni kamaytirish bilan birga, bank bo’lmagan lizing beruvchilarga banklar
bilan raqobat qilish uchun sharoit yaratadi.
O’zbekiston Respublikasida lizing xizmatlari o’sish tendensiyaga ega bo’lsada,
foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun
quyidagilarni taklif qilamiz:
* lizing beruvchilarga kredit axbaroti tizimining aktiv ishtirokchilari
bo’lishlari, undan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish kredit xatarini
ancha kamaytirgan bo’lar edi:
* jixozlar xar xil maishiy texnika vositalri, avtotransport vositalarini,
ro’zg’orda foydalanildigan qishloq xo’jaligi taxnikalarini jismoniy shaxslarga xam
lizingga bersa jismoniy shaxslarda oldinga intilish, o’z ishlab chiqarishini amalga
oshirishga imkon tug’ilar edi:
Yuqorida keltirilgan fikrlar, faktlar lizingning rivojlanishi qolaversa
Respublikamiz iqtisodiyotining, bank tizimining barqarorligini ta’minlashda ishtirok
etadi. Lizingdan foydalanishning kengayishi, investitsiya muxitining yangilanishi,
samaradorligining oshishi, makroiqtisodiy barqarorliokning mustaxkamlanishiga olib
keladi. Natijada mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanadi va axoli turmush darajasi
yanada yaxshilanadi.
33
FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI
1. O’zbekistоn Respublikаsi Kоnstitutsiyasi, T.: “O’zbekistоn”, 2002.
2. O’zbekistоn Respublikаsining “O’zbekistоn Respublikаsi Mаrkаziy bаnki
to’g’risidа”gi qоnun, T.: “O’zbekistоn”, 1995.
3. O’zbekistоn Respublikаsining “Bаnklаr vа bаnk fаоliyati tug’risidа”gi qоnun,
T.: “O’zbekistоn”, 1996.
4. O’zbekistоn Respublikаsining «Qimmаtli qоg’оzlаr bоzоri to’g’risidа»gi
qоnuni. 27.06. 2008.
5. O’zbekistоn Respublikаsining “Vаlyutаni tаrtibgа sоlish tug’risidа”gi qоnuni,
11.12. 2003.
6. O’zbekistоn Respublikаsining «Fuqаrоlаrning bаnklаrdаgi оmоnаtlаrini
himоyalаsh kаfоlаtlаri to’g’risidа»gi qоnuni. 04.04. 2002.
7. O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2005 yil 15 аpreldаgi «Bаnk tizimini
yanаdа islох qilish vа erkinlаshtirish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа» gi qаrоri.
«Хаlq so’zi» 16.04.2005.
8. «Pul mаblаg’lаrini bаnkdаn tаshqаri muоmаlаsini yanаdа qisqаrtirish chоrаtаdbirlаri to’g’risidа»gi O’zbekistоn Respublikаsining Vаzirlаr
Mащkаmаsining qаrоri. 05.08.2002.
9. «Pul-kredit ko’rsаtkichlаrni tаrtibgа sоlish meхаnizmini tаkоmillаshtirish
chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа»gi O’zbekistоn Respublikаsining Vаzirlаr
Mаhkаmаsining qаrоri.04.02.2003.
10. Kаrimоv I.А. Jаhоn mоliyaviy –iqtisоdiy inqirоzi, O’zbekistоn shаrоitidа uni
bаrtаrаf etishning Yo’llаri vа chоrаlаri. -T.: O’zbekistоn, 2009. 56 b.
11. Kаrimоv.I.А. Bаnk tizimi, pul muоmаlаsi, kredit, investitsiya vа mоliyaviy
bаrqаrоrlik to’g’risidа.T.,O’zbekistоn.2005 y.
12. Z.D.Niyozov, SH.Q.Boboev. pul, kredit, va banklar o’quv qo’llanma Samarqand
13. Аlimоv I.I. Mоliya. –T.: TDIU. 2007
14. Rаshidоv О.YU.,Tоymuhаmedоv I.R., Tоjiev R.R., Kаrlibаevа R.Х. Pul
muоmаlаsi, kredit vа mоliya. O’quv qo’llаnmа. T.: TDIU, 2005.
15. Sh. Z. Abdullayeva BANK ISHI O‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari uchun
darslikTOSHKENT«IQTISOD-MOLIYA»2010
16. Finаnsi i kredit: Uchebnоe pоsоbie. / pоd red. prоf. Kоvаlevоy. А. M – M.:
Finаnsi i stаtistikа, 2006. - 512s.
17. Kоlpаkоvа G.M. Finаnsi. Denejnоe оbrащenie. Kredit: Uchebnik.pоs. - 2-e
izdаtel’stvо, pererаb. i dоp. - M.: Finаnsi i stаtistikа, 2005. - 496 s.
Internet sаytlаri
1. www.travel-library.com www.thebanker.com
2. http://www.bankofengland.co.uk/markets/forex/index.htm
3. http://www.bankofengland.co.uk/markets/money/index.htm
4. http://www.bankofengland.co.uk/coreuproses.htm
5. http://www.boj.or.jp./en/sirYo.htm
Download