Uploaded by medianurlan539

O'rta osiya mezozoy burmalanishi viloyatlarning geologik tuzilishi, chegaralari, o’rinlari

advertisement
O'rta osiya mezozoy burmalanishi viloyatlarning geologik
tuzilishi, chegaralari, o’rinlari
Reja:
Kirish
1. Mezozoy burmalanishi davrlari
2. Geologik tuzilishi va yer yuzasining taraqqiyoti
3. viloyatlarning, chegaralari, o’rinlari
Xulosa
Poydalangan adabiyotlar
KIRISH.
Mavzu aktualigi: Umumiy regional tabiiy geografiyaning o’zaro aloqalari, bir-biri
bilan
bog’liqligi
va
tafovutlari.
Regional
tabiiy
geografiyaning
asosiy
vazifalari.Geografik qobiq rivojlanishning asosiy xususiyatlari va landshaftlarning
umumiy tabaqalanishi.
Materiklar, qit’alar, orollar, yarim orollar, okeanlar,
dengizlar, qo’ltiqlar va bo’g’ozlar haqida umumiy tushuncha. Geografik qobiqning
shaklllanishini va rivojlanishining zonal – regional xususiyatlari. Geografik
qobiqning rivojlanishida fazoviy – sayyoraviy omillarning ahamiyati (Yerning
og’irligi, Quyosh tizimida tutgan o’rni, Quyosh atrofida aylanishi, uning oqibatlari,
shakli , yoshi va Yer - Oy tizimi, Oyning geografik qobiqdagijarayonlarga
ta’siri).Geografik qobiqning tuzilishi, tarkibi va chegaralari. Landshaft hosil
qiluvchi qobiq va unda moddalar va energiyaning almashinuvi, aylanma harakatlari.
Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi to’g’risida umumiy tushuncha. Yer va
sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi taxminlar (gipotezalar). Litosfera plitalari va
ularning harakatlari. Rif zonalari. Yer yuzasidagi asosiy relyef shakllari:
geosturuktura, geoskulptura haqidagi tushuncha.
Yerda Quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi. Radiatsiya va issiqlik balansi. Iqlim
mintaqalari va ularning hosil bo’lishi . Yer yuzasining notekis isishi , past va yuqori
bosim oblastlarining hosil bo’lishi, asosiy havo massalari , atmosfera havosining
doimiy va mavsumiy harakatlari, past va yuqori bosim markazlari. Gidrotermik
sharoit va biomassa miqdori haqida tushuncha. Okeandagi geografik mintaqalar va
ularning
quruqlikdagi
geografik
mintaqalar
bilan
tafovutlari.Sektorlik va uning hosil bo’lishi. Okeanbo’yi
o’xshashligi
va
va ichki quruqlik
sektorlari. Tabiat zonalari va ularning kelib chiqishi quruqlkdagi geografik zonallik
namoyon bo’lishining umumsayyoraviy ko’rinishi (modeli).
1. Mezozoy burmalanishi davrlari
Mezozoy burmalanishi davrlari — mezozoy erasi davrida namoyon boʻlgan
tektonikmagmatik faollik, togʻ hosil boʻlish va granit intruzivli magmatizm davrlari.
Mezozoyda dastlabki va yirik burmalanish trias oxiri va yura boshida sodir boʻlgan
va Yevrosiyoning gʻarbida erta kimmeriy va sharqida hindchin (indosin) nomlari
bilan
maʼlum.
Erta
kimmeriy-hindchin
deformatsiyalari
katta
maydonni
(Hindixitoy, Eron togʻligining shim.-sharqi, Mangʻishloq va Taymir yarim orollari,
shim. Dobruja va Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarining ayrim qismlari) qamrab
olgan. Erta kimmeriydan keyin boshlangan kechki kimmeriy tektonik davri and,
nevada, kolima, arauka vab. nomlar bilan maʼlum. U yuraning oxiri — boʻr
boshlarida boʻlib oʻtgan va areali Tinch okean burmali halqasidan iborat. Mezozoy
burmalanishining uchinchi yirik davri boʻrning oʻrtalariga va, ayniqsa, oxiriga
toʻgʻri keladi. Uning namoyon boʻlishi butun Alp-Himolay mintaqasi boʻylab
maʼlum. Mezozoy granit hosil boʻlishi jarayoni Tinch okean halqasidan tashqari
rayonlarni, jumladan, Sharqiy Osiyoda ayrim hududlarni (Aldan qalqoni,
Baykalorti, Mongoliya va Xitoyning sharqi) ham qamrab olgan. Mezozoy
tektogenezi rangli metallar (mis, molibden, qalay, volfram va boshqalar),
shuningdek, oltin konlarining hosil boʻlishi bilan birga kechgan. Baʼzi tadqiqotlar
Mezozoy burmalanishi davrlarid.ni Alp burmalanishi davri bilan qoʻshib, bitta Alp
tektogenezi sikli shaklida qaraydilar.
2. Geologik tuzilishi va yer yuzasining taraqqiyoti
Geologik xaritalar — Yer poʻsti yuqori qismining muayyan uchastkasi geologik
tuzilishini tasvirlovchi haritalar. Geologik syomka va geologik tadqiqotlardan
yigʻilgan maʼlumotlar asosida tuziladi. Geologik xaritalar qidiruv, razvedka
ishlarida asosiy hujjat hisoblanadi. Geologik xaritalardan Yer poʻstining tuzilishi va
togʻ jinslari bilan bogʻliq ruda konlari toʻgʻrisida tegishli maʼlumot olinadi.
Geologik xaritalar asli geologik, litologikfatsial, paleogeografik, muhandislikgeologik, gidrokimyoviy, foydali qazilmalar, bashoratli, tektonik, metallogenik,
magmatik formatsiyalar va b. haritalarga boʻlinadi. Asli Geologik xaritalarlarda togʻ
jinslarining yoshi, tarkibi, yotish sharoiti turli belgi va ranglarda ifodalanadi.
Tektonik harita — maʼlum joy va vohaning tektonik tuzilishini; metallogenik harita
— metallar va qazilma boyliklarning hosil bulishini hamda ularning tarqalishini;
magmatik formatsiyalar haritasida — magmatik togʻ jinslarining formatsiyalari
ifodalanadi. Bundan tashqari, maxsus haritalar (yer osti suvlari, geofizik haritalar va
b.) ham tuziladi.
Gidrokimyoviy xarita — suvlarning kimyoviy tarkibini, ulardagi tuzlarning
miqdorini, grunt, artezian, mineral suvlarning xususiyatlari va joylanishini aks
ettiradi. Gidrogeologik haritalarda yer osti suvlarining sifati (taʼmi, hidi,
chuchukligi, shoʻrligi va b.), yer yuzasidan pastda joylashgan birinchi suvli qatlam
(havza)ning suv berish xususiyati, yer osti suvlarining turi (grunt, artezian,
qatlamlararo, yer usti va karst suvlari) aks ettiriladi. G. x. turt xil masshtabda tuziladi
(qarang Geologik syomka). Yirik masshtabli va mufassal haritalarda stratigrafik
kolonka va geologik kesmalar ham beriladi.
Oʻzbekiston geologik xaritasi, Oʻzbekistan magmatik formatsiyalari xaritasi,
Fargʻona va Ustyurtning tektonik tuzilishi va neftgazga istiqbolli xaritasi,
Oʻzbekistonning paleozoy fundamentining tarkibi va tektonik tuzilishi xaritasi va.
tuzilgan.
Geologik xaritalash
Geologik xaritalash — geologik xaritalarni tuzishga oid boʻlgan geologik vazifalar
hamda tashkiliy chora-tadbirlar majmuasini koʻrib chiqadigan uslubiy fan
xisoblanadi Geologik xaritalashning asosiy maqsadlaridan biri bu tadqiqot ishlari
oʻtkazilayotgan hududning geologik tuzilishini, foydali qazilmalarini batafsil
oʽrganish va tanlangan miqyosdagi geologik xaritasini tuzish usullarini oʻrgatishdan
iborat.
Geologik xaritalashning vazifalariga quyidagilar kiradi
Geologik xaritalashning nazariy asoslarini oʽrganish;
Geologik xaritalar tuzishning asosiy usullarini oʽrganish;
Geologik xaritalarni, stratigrafik ustunni, geologik kesmani rasmiylashtirish
talablari va tuzilishi bilan tanishish;
Qatlamli choʽkindi, vulkanik yotqiziqlarni, intruziv tanalarni, kontakt zonalarni,
metamorfik seriyalar va metasomatik hosilalarni xaritalash xususiyatlarini batafsil
oʽrganish;
Uzilmali strukturalarni xaritalash;
Turli xil tipdagi foydali qazilma konlarini xaritalash;
Geologik xaritalashda GIS texnologiyalardan foydalanish.
Geologik xaritalashning rivojlanish tarixi
Geologik xaritalash ishlarining rivojlanishi foydali qazilma konlarini qidirish va
razvedka qilishning ilmiy asosda tashkil etish zarurati bilan belgilanadi.
geologiyaning bu tarmogʻi mustaqil yoʻnalish sifatida XVII-XVIII asrlarda
shakllana boshlangan. Bu borada Ch.K.Lits, M.P.Billings, L.U.de Sitter, E.Kloss,
M.V.Lomonosov va boshqa olimlarning ishlarini eʼtirof etish mumkin[2]. XIX asr
boshlarida Vilyam Smit, J.Kyuve, A.Bronyar va boshqalaring stratigrafik
tadqiqotlari tufayli tog‘ jinslarini yoshi boʻyicha ajratgan holda xaritalash imkoniyati
tugʻildi. Bu, tom maʼnoda, geologik xaritalashda tub burilish yasadi. 1875-yilda
Xalqaro geologiya kongressi (XGK) II sessiyasida umumiy stratigrafik
nomenklaturaning qabul qilishini geologik xaritalash ishlarini tartibga solishda
ahamiyati katta boʻldi. XIX asrda Rossiyada geologik xarita tuzish boʻyicha qilingan
eng muhim ishlar D.l.Sokolov, G.K.Gelmerson, R.I.Murchison, L.I.Lagutin,
A.P.Karpinskiy nomlari bilan bogʻlik. Bu ishlarga D.V.Nalivkin, A.L.Yanshin va
boshqa geologlar rahbarlik qilishgan. Shu vaqtda geologik xaritalash ishlari Moskva,
Sankt- Peterburg va jumhuriyat markazlari va boshqa koʻplab shaharlardagi
geologik tashkilotlar tomonidan olib borilgan. XX asrning 20-yillaridan boshlab oliy
oʻquv yurtlarida strukturaviy geologiya va geologik xaritalash boʻyicha
V.A.Obruchev, I.M.Gubkin, V.N.Veber uslubiy kurslar oʻqitila boshlangan. 1923yili V.N.Veber tomonidan geologik xaritalash boʻyicha ilk qoʻllanma boʻlmish
„Dala geologiyasi“ nashr qilinadi.
3.viloyatlarning, chegaralari, o’rinlari
O‘zbekiston hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar,
qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi rejimi ro‘yxatini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi
portaliga joylashtirildi
Qarorga ko‘ra, quyidagilar:
•
O‘zbekiston hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar,
posyolkalar, qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati;
•
Surxondaryo viloyati hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar,
shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va ma’muriy
hududiy bo‘linmalari ro‘yxati;
• Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida chegara zonasi o‘rnatilgan
tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning qo‘shimcha ro‘yxati tasdiqlanadi.
•
Tezkor xizmat faoliyatini tashkillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi
Surxondaryo viloyatining chegaradosh tumanlari hududida chegara zonasi
o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari,
tayyoragohlar va boshqa ma’muriy hududiy bo‘linmalarining ro‘yxatiga amal
qilinadi.
Chegara zonasida joylashgan aholi yashash maskanlarida chegara va pasport
rejimiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat tashkil etiladi.
Chegara va pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishda
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralari to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi 504˗son “O‘zbekiston Respublikasi
hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori
talablariga amal qilinadi.
Chegara zonasiga kirish (o‘tish), bu yerda bo‘lish (yashash), harakatlanish va
ishlarni amalga oshirish tartibi haqida ommaviy axborot vositalarida aholi
manzilgohlari va mehnat jamoalarida tushuntirish ishlari o‘tkazilishi tashkil etilib,
bunda Ichki ishlar idoralarining tajribali xodimlari va chegara qo‘shinlari harbiy
xizmatchilari jalb etiladi.
Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va
Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining 2000 yil 15-sentyabrdagi 196/164son (ro‘yxat raqami 972), 2001 yil 21-sentyabrdagi 262/230-son (ro‘yxat raqami
1072) qo‘shma buyruqlari va 2001 yil 9 noyabrdagi 5/1-son (ro‘yxat raqami 1084)
qo‘shma qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar,
qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati:
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Qorabuloq, Polvonak, Mullolo, Kurduptur,
Maydontol, Ispay, Qo‘shbuloq, Tepar, Takayong‘oq, Jaujurek, Urungach, Chakak,
Pskem aholi punktlari;
Shuningdek, Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi So‘x-Ush’yar, Sarikayda, Dimersat,
Yangiariq, Ravon, Shayxatalan, Malmut, Divayram, Limbur, Tul, Kalacha, Gaznou,
Kizilkiyak, Chashma, Farg‘ona tumanidagi Shohimardon, Iordan, Ak-kiya,
Kurgancha, Oqsu, Ko‘kko‘l, Sholang, Dashloq, Dutoba aholi punktlari kiritilmoqda.
Surxondaryo viloyati hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha,
qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va ma’muriy-hududiy
bo‘linmalar ro‘yxati:
Muzrobod tumani – Qorakamar, Boldir, Navbahor, Obodon, Sho‘rob, Beshqo‘tan,
Xalqobod, Muzrobod, Guliston qishloq kengashlari, Boldir temir yo‘l bekati
hududlari;
Sherobod tumani – Zarabog‘, Yangiturmush qishloq kengashlari hududlari;
Termiz tumani – Termiz shahri, Uchqizil shaharchasi, Termiz tayyoragohi,
Sherobod, Termiz, Uchqizil, Novshahar, G‘alaba, Amuzang temir yo‘l bekatlari,
Pattakesar, Paxtaobod, Yangiariq, Xotinrobot qishloq kengashlari hududlari;
Angor tumani – Angor shaharchasi, Do‘stlik, Navoiy, Kayram, Zang, Istiqlol,
Yangiobod, Tallimaron – qishloq kengashlari hududlari;
Sariosiyo tumani – Xufar, Sufiyon, Sariosiyo, O‘zbekiston, Toqchiyon, Dashnobod,
Bo‘ston, Navro‘z qishloq kengashlari hududlari;
Uzun tumani – Telpakchinor, Jonchekka, Oqostona, Fayzova, Bobotog‘, Xondiza,
Uzun qishloq kengashlari hududlari;
Denov tumani – Goszemzapas hududi;
Sho‘rchi tumani – Sohibkor qishloq kengashi hududi;
Qumqo‘rg‘on tumani – Oqqapchig‘ay qishloq kengashi hududi;
Jarqo‘rg‘on tumani – Jarqo‘rg‘on qishloq kengashi hududi.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida chegara zonasi o‘rnatilgan
tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovullarining qo‘shimcha ro‘yxati:
Tamsho‘sh, Tamarxut, Xamidarcha, Kishtut, Saripova, Angariqozi, Kunko‘rmas,
Mush, Shotrut, Xovat, Xurvatan, Zambog‘, Mizat, Suxtay qishloq o‘tkazish joyi,
Debolo vayronalari, Novida vayronalari, Bugrs vayronalari, Maydonqozi
vayronalari, yozgi Dahani-Duoba, Pitibarak, Guziak, Karsak, Nigobad vayronalari,
Ustoch, Zinchob, Zevar, Kundadjuvoz, Chosh, Pastikalon, Xo‘jaosmin, Maland,
Karsh, Vochax, Zog‘xona, Hardurin, Guliob, Tangiziroba, Boyqishloq, Sarimozor,
Gorniy, Zag‘nobod, Xamrau, Issiqchashma, Labiob, Bog‘i-Samarqand, Dorasoy
aholi punktlari.
Toshkent viloyatining tuman va shaharlari chegaralari o‘zgartiriladi
Deputatlar Toshkent viloyatining shahar va tumanlarini chegaralarini o‘zgartirish,
jumladan, viloyatning 17359,1 gektar maydonini bir xududdan boshqa xudud
tarkibiga o‘tkazishga oid masalani ko‘rib chiqdi. Bu anklav hududlarni tugatish va
mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada
soddalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
15 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar
Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarini o‘zgartirish
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga palata matbuot
xizmati ma’lum qildi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, bu anklav
hududlarni tugatish hamda mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud
boshqaruvini yanada soddalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Deputatlar hududlarga o‘zgartish kiritish viloyat shaharlari va tumanlari
chegarasidagi muammoli masalalarni yechish, aholi turmush darajasi sifatini
oshirish, ijtimoiy infratuzilmalar hamda yo‘l xo‘jaligini tubdan yaxshilash imkonini
beradi, degan fikrda.
Qaror bilan viloyatning 17359,1 gektar maydonlari bir xududdan boshqa xudud
tarkibiga o‘tkazilmoqda, 40 mingdan ortiq yerdan foydalanuvchilar, 101 qishloq
xo‘jaligi korxonalari, 38400 turar joylar va 1600 noturar joylarning tasarruf etilish
xududlari o‘zgarmoqda, deyiladi xabarda.
Xududlarni o‘zgartirish sabablari:
Chirchiq shahriga Qibray hamda Bo‘stonliq tumanlaridan qo‘shib berilayotgan yer
maydonlarida joylashgan ko‘p qavatli, yakka tartibdagi uy-joylar, dala hovlilar
hamda noturar va ijtimoiy soha obyektlari Chirchiq shahar kommunal hamda
ijtimoiy xizmatlaridan foydalanib kelmoqda. Shu sababli, ushbu shahar tarkibiga
o‘tkazilmoqda;
Yana bir misol, Bekobod tumanida joylashgan Istiqbol mahallasida yashovchi aholi
farzandlari Bekobod shahar Yangi hayot mahallasida joylashgan maktabda ta’lim
olmoqda. Davolanish uchun shaharda joylashgan markaziy shifoxonadan
foydalanishadi, shuningdek, barcha kommunal yo‘nalishdagi xizmatlarni shahar
tashkilotlari ko‘rsatadi. Shu tufayli ham tumanning mazkur hududi shaharga qo‘shib
berilishi taklif etildi;
Angren shahrining «Nurobod» qo‘rg‘oni hududini esa Ohangaron tumaniga
o‘tkazish va shu yerning o‘zida hudud markazini tashkil etish belgilanyapti.
Qaror bilan hududlar tarkibiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar quyidagicha:
Bo‘ka tumanidan 8,2 gektar (shundan 6,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer
maydoni Oqqo‘rg‘on tumani tarkibiga;
Angren shahridan 143,6 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar (shundan
3036,5 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) Ohangaron tumani tarkibiga;
Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar (shundan 1819,7 gektar qishloq xo‘jaligi
yerlari) yer maydoni Angren shahri tarkibiga;
Angren shahridan 1094,0 gektar (shundan 260,0 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari),
Bo‘stonliq tumanidan 312,2 gektar (shundan 292,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari)
yer maydoni Parkent tumani tarkibiga;
Parkent tumanidan 493,3 gektar (shundan 433,4 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer
maydoni Bo‘stonliq tumani tarkibiga;
Bekobod tumanidan 588,6 gektar (shundan 464,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari)
yer maydoni Bekobod shahri tarkibiga;
Bo‘stonliq tumanidan 256,7 gektar yer maydoni Chirchiq shahri tarkibiga;
Zangiota tumanidan 8,9 gektar (shundan 5,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer
maydoni Yangiyo‘l tumani tarkibiga;
Yangiyo‘l tumanidan 286,9 gektar (shundan 16,75 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari)
yer maydoni Zangiota tumani tarkibiga va 388,0 gektar (shundan 44,0 gektar qishloq
xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Yangiyo‘l shahri tarkibiga;
Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar yer maydoni Qibray tumani tarkibiga;
Qibray tumanidan 1884,9 gektar (shundan 864,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari)
yer maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga, 62,0 gektar yer maydoni Bo‘stonliq
tumani tarkibiga, 1584,0 gektar yer maydoni (shundan 106,5 gektar qishloq xo‘jaligi
yerlari) Chirchiq shahri tarkibiga;
Piskent tumanidan 286,75 gektar (shundan 223,4 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer
maydoni Bo‘ka tumani tarkibiga, 3564,6 gektar (shundan
2407,3 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga;
Olmaliq shahridan 102,5 gektar (shundan 91,8 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer
maydoni Piskent tumani tarkibiga;
Ohangaron tumanidan 23,1 gektar (shundan 11,0 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer
maydoni Olmaliq shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda.
O‘rta Osiyoning geografik o`rganilish tarixi
O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish juda qadim davrlardan boshlangan. Chunki O‘rta
Osiyo G‘arb va Sharq davlatlari o‘rtasidagi muhim xalqaro savdo yo‘lida
joylashgan.
O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Gerodot, Strabon, Arrian, Ptolemey
va boshqalarning asarlarida uchratish mumkin. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish tarixi
bir necha bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich — «Buyuk ipak yo‘li» mavjud bo‘lgan davr. Ipak yo‘li miloddan
avvalgi II asrdan milodning XVI asrigacha asosiy savdo yo‘li hisoblangan. Bu
davrda O‘rta Osiyo tabiati xitoy, arab va mahalliy olimlar tomonidan o‘rganildi.
Xitoy sayyohi Chjan-Syan 13 yil davomida (miloddan avvalgi 138-126- yillar)
Issiqko‘l atrofi, Farg‘ona va Xorazm tabiatini, aholisi va xo‘jaligini o‘rgandi.
Milodning VII asrida Syuan-Szan 16 yil davomida (629-645-yillar) Tyanshan,
Yettisuv, Chu vodiysi, Toshkent, Samarqand va Pomir tabiatini o‘rganib, muhim
geografik asar yozib qoldirgan.
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo tabiati arab olimlari tomonidan o‘rganilgan. Arab
sayyohlari va olimlari tomonidan O‘rta Osiyo tabiati va uning tabiiy geografik
o‘lkalari haqida juda ko‘p geografik ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Abul Hasan Ali
Ma’sudiy (X asr) O‘rta Osiyo va Kavkaz geografiyasi haqida asar yozgan, Abu
Is’hoq Istaxriy (X asr) «Iqlimlar kitobi», Yoqut ibn Abdulla (XII-XIII asrlar)
«Mamlakatlarning alifbo tartibida ro‘yxati» nomli asar yozgan.
O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga shu yerlik olimlar ham juda katta hissa qo‘shgan.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) O‘rta Osiyo geografiyasiga asos solgan,
uning «Yer tasviri» nomli asari o‘z zamonasida eng mukammal geografik asar
bo‘lgan. Bu asar 1878-yilda rus tiliga tarjima qilingan.
O‘rta Osiyo tabiati, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, xo‘jaligi, tarixi haqida
buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (X-XI asrlar) juda qimmatli ma’lumotlar yozib
qoldirgan. Uning dunyo xaritasida O‘rta Osiyodagi ko‘p joylar va ularning nomlari
berilgan.
Mahmud Koshg‘ariy (XI asr) ham O‘rta Osiyoni, uning tabiatini o‘rgangan bo‘lib,
o‘zining mashhur «Devon-u lug‘otit turk» asarida ko‘p joy nomlari va geografik
atamalar haqida yozib qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (XV—XVI asrlar) «Boburnoma» asarida O‘rta Osiyo
tabiati, ayniqsa, Farg‘ona vodiysidagi joylar haqida muhim ma’lumotlar keltirgan.
Ikkinchi bosqich — bu davr O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib
olinishi arafasidan to oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta
Osiyo bu bosqichda har tomonlama turli maqsadlarda, shu jumladan, harbiy
maqsadda o‘rganildi. O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguniga
qadar uning tabiati I.Xoxlov (1620), B.Pazuxin (1669-1673), Benevini (1718-1725),
F.Yefremov, G.S.Karelin va boshqalar tomonidan o‘rganildi. Ular, asosan, Xorazm,
Qoraqum, Qizilqum, Markaziy Qozog‘iston, Orol dengizi tabiatini o‘rgandilar.
O‘rta
Osiyo
Rossiyaning
mustamlakasiga
aylantirilgandan
keyin
tabiiy
boyliklaridan ko‘proq, to‘liqroq foydalanish maqsadida uning tabiatini o‘rganish
yana ham kengaydi. Bu davrda uning tabiati, xo‘jaligini P. P. SemyonovTyanshanskiy (1856-1897), N.A.Seversov (1864-1878), A.P.Fedchenko (18681871), I.V.Mushketov (1877-1880), V.A.Obruchev, L.S.Berg va boshqalar
o‘rgandilar. Natijada, O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari,
o‘simliklari, hayvonot dunyosi haqida muhim ilmiy ma’lumotlar olindi.
Uchinchi
bosqich
—
oktabr
to‘ntarishidan
O‘zbekiston
mustaqillikka
erishgungacha bo‘lgan davr. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiiy boyliklari tez sur’atlar
bilan o‘zlashtirila boshlandi. Uning geologiyasi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari,
tuprog‘i, o‘simligi va hayvonot dunyosi, chuqur va har tomonlama o‘rganildi. Bu
davrda O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga N.L.Korjenevskiy, D.I.Sherbakov,
D.V.Nalivkin, H.M.Abdullayev, Q.Zokirov, T.Zohidov, V.L.Shuls, L.N.Babushkin,
N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.Hasanov, N.A.Kogay va boshqa olimlar katta hissa
qo‘shdilar.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin geografik tadqiqotlar tabiatdan,
uning boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, muhofaza qilish masalalarini o‘rganishga
yo‘naltirildi. Ayniqsa, suv boyligimiz va uni muhofaza qilish, atrof-muhitni toza
tutish, tabiiy geografik jarayonlarni, inson va tabiat munosabatlari masalalarini
o‘rganishga e’tibor berilmoqda.
Xulosa
Xalqimiz mustaqillik yillarida erishgan
barcha yutuq va muvaffaqiyatlar,
avvalambor, davlatimiz rahbari Islom Karimov
rahnamoligida mamlakatimiz
iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizasiya qilish, uning tarkibiy
tuzilishini diversifikasiya qilish borasida o’z vaqtida boshlangan, har tomonlama
puxta o’ylangan, uzoq istiqbolga mo’ljallangan oqilona siyosatning hayotiy
samaralaridir. Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan yutuqlar va marralardan har
qancha faxrlansak, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalik,
bunyodkorlik sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o’tgan asrning 90yillarida sobiq sho’ro saltanatidan qolgan ayanchli meros - biryoqlama rivojlangan,
faqat xom ashyo yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan
iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va
bedodlikdan xalqimizning sabr-kosasi to’lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash holatiga
yetib borganini aslo unutib bo’lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo’lining chekkasida
qolgan mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan
umidini
uzgan xalqni o’ta murakkab vaziyatdan izchil va barqaror rivojlanish yo’liga olib
chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta. Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda
yurtning boshiga, uzoq va yaqin tariximizda bo’lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz
bir rahbar kelib qolganida nimalar bo’lishi mumkinligini tasavvur qilishning o’zi
dahshatli. Unday holatda xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi?
Toley baland xalq ekanmizki, Yaratgan peshonamizga uzoqni ko’ra biladigan, mard
va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi! Mustaqil Vatanimiz
o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga boyligi bilan asrlarga
teng yangi tarixi davomida o’z vaqtida tanlangan, har tomonlama o’zini oqlagan,
to’g’riligini hayotning o’zi isbotlagan, jahonda taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb
e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan o’zining buyuk kelajagi sari qatiyat
bilan bormoqda. Bugun bu modelning o’ziga
xos va o’ziga mos jihatlarini,
berayotgan samaralari ko’plab mamlakatlarda o’rganilmoqda, xalqaro ekspertlar,
olimlar va siyosatchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar
ibrat va andoza olmoqda.
Poydalangan adabiyotlar
1. Мирходжаев И.М, Адилов Б.Ф. Региональная геология. Учебное пособие. Ташкент, ТГТУ, 2000.
2. Мирходжаев И.М. Геология Средней Азии (конспект лекций). Ташкент:
ТГТУ, 2000.
3. Dolimov T.N., Troitskiy V.I. - Evolutsion geologiya. Toshkent:―O‗qituvchi‖
2007.
4. Хайн B.E., Ломизе E.P. Геотектоника с основами геодинамики. – M.: МГУ,
1995.
5. Гаврилов. В.П. Геотектоника. - М: Издательство ―Нефть и газ‖. 2005.
6. Abdullayev R.N. Geotektonika. Ma‘ruzalar matni. –Т.: ToshDU. 2000.
7. Xolismatov М.Х., Zokirov. R.T. Tuzilmalar geologiyasi va geotektonik
izlanishlar. Oquv qo‗llanma. —T.: TDTU, 2004.
Download