Uploaded by ZAFAR TOSHBADALOV

Pedagogika - Vikipediya

advertisement
Pedagogika
inson tarbiyasi haqidagi fan
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib,
„bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan.
Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr
qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola
yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb
qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va
amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv
yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb
yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan.
Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy
hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston
Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi
sifatida yondashiladi.
Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq
etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul
hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogning asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Shaxsni tarbiyalash Pedagogikanidagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning
barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya
yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash,
eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga
aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda
turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar
yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish
natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus
maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan
shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan
maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom
etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika,
madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot,
tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida
bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish
hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan
bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari
bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda
eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini
pedagogikaningning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani
tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati
pedagogikaning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. pedagogika hamisha
muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi.
Shuning uchun ham pedagogikanining qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining
yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari
ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika
hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil
chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga
nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish
metodikasi, chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish
metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy
didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana
oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv
predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni
konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.
P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy
xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib
ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga
egaligi hamda ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika,
surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi. Jahon
yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli
davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va
shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar ped.
tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy ped. fani P.ning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda
jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik
yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. P.ning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi
eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy
pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda hozircha qiyosiy
ped. alohida fan sifatida shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga
oshirilgan.
Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning
odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va
amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya
boshlagan vaqtdan, yaʼni P. paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir.
Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy
tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu P. udum, odat, anʼana
tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan.
Chunonchi, oʻzbek xalq P. siga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl
uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmay-di,
kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa
Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat
taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan P. ham inson faoliyatining
alohida sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular
darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar,
aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar
yozuvga koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mu-tafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi
fiqolari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish is-tagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy,
Hindiston va Oʻrta Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina
boʻlib kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo
boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega boʻlsada, ke-yinchalik P.ning
alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. P. insoniyatning axloqodobi va
maʼnaviyatigagina emas, balki akliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli uning
taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha mamlakatlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qolokligiga ham koʻpincha oʻsha mamlakatdagi
P.ning holati sabab boʻlgan. Xususan, Sharqxalklari oʻz vaq-tida eng qad. va ilgʻor pedagogik
qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq
tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq
holga tushib qoldilar.
Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham oʻzi oʻylab topgan
ijtimoiyiqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izoxlashga urinib keldi. Shundan kelib chiqib. P.ni
partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb qaraldi va turli sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq qiladi
hamda oʻzaro qaramaqarshi boʻladi, deb izoxladi. Shuning-dek, marksistik yondashuvga koʻra,
P. ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq boʻladi, yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan
oʻzgarib, oldingi pedagogik tizim toʻliq inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda
ay-tilgan besh formatsiyadan iborat emasligini koʻrsatdi. Binobarin, shunga moslab
chiqarilgan xulosalarning sunʼiy va noilmiy ekanligi ayon boʻldi.
Oʻzbek P.si juda qad. tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari Avestota, Urxun-Yenisey
bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu
amal haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik
qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy
P.ning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni
karim, Xdsisi sharif va tasavvuf taʼlimo-tining markazida axloq, komil inson maʼnaviyatini
shakllantirish turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni P. vositasida tarkib toptirilishi
mumkin edi. Forobiyning fozil odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsa-fiy qarashlaridan oʻrin olgan
yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan be-nuqson odamlar,
Abduxoliq Gʻijduvo-niy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Na-qshband, Alisher Navoiy, Bobur,
Mashrab orzulagan komil inson uzbek P.sining markazida turardi. 17-asrdan boshlab, milliy
P.da taʼlim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush
talablarini hisobga olmay, hayotiy za-mindan uzilish sodir boʻddi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti
susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. P.dagi biqiqlik, biryoklamalik
kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir
davlat xonliklarga boʻlinib ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik
hamda oʻzaro janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy
oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi.
Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida milliy P. kuchli tanazzul davrini boshdan kechirdi.
Toʻgʻri, ayni shu davrda u ilmning alohida sohasi sifatida tarkib topdi. Lekin shoʻro davridagi
oʻzbek P.si toʻligʻicha gʻarbiy asoslarga qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan boʻldi.
Unda millat maʼnaviy tajribasi, uning asrlar mobaynida shakllangan anʼanalari, ruhiy
toʻlgamlari hisobga olinmagandi. Shuning uchun ham toʻliq dahriylik asosiga qurilgan begona
P.koʻzlagan nati-jalarga erisha olmadi.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida millim ong boʻgʻuvdan, mafkuraviy
qolipdan, buyruqqa muvofiq fiqolash zugʻumidan qutuldi. Bu hol P.ning sogʻlom aql, milliy
ruhiyat va anʼanalarga moye tarzda yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi oʻzbek P.si
millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi
yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy oʻzbek P.sida barkamol insonni
shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu P. taʼlimtarbiya jarayonida
taʼlim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar
pedagogik jarayonning obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga
alohida eʼti-bor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya
oluvchilarning mustaqil fiqolashlarini taʼminlash, ularda tarbiyalanish va oʻqishga ehtiyoj
uygʻotishga yoʻnaltirilgan xrlda tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek P.si uchun muayyan bilimlar
yi-gʻindisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy P.da
faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni
shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda.
Zamonaviy oʻzbek P.si rivojida E. Qodirov, S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiyev, A. Zunnunov,
F. Musayev, J. Ikromov, K. Hoshimov, J. Yoʻldo-shev, Y. Abdullayev, N. Shodiyev, M. Quronov, L.
Moʻminova, B. Qodirov sin-gari olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari muqim
oʻrin tutadi.
Adabiyot
Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek
pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov
Sh., Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash
milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar
yoʻnalishi va muammolari, T., 1999;
Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi
[tuzuvchilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1-,
2-j.lar, T., 1995, 1999.
Qozoqboy Yoʻldoshev.[1]
Tarix
Frensis Bekon
Pedagogika haqida ilk fikrlar falsafa, diniy ilmlar tizimida, siyosatshunoslikda,
huquqshunoslikda adabiyotda rivojlandi. XII-asrning boshida alohida ilm boʻlim ajralib chiqdi.
F.Bekon va Ya.Komenskiylarning kitoblarida pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa
qoʻshilgan. Ularning izidan D.Lokk, Jan Jak Russo, I.Pestalotssi, I.Gerbard, A.Disterverglar oʻz
hissalarini qoʻshihadi. Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va tarbiyalash diniy markazlarning
qoʻlida boʻldi. Keyinchalik gil'deylik maktablar ochila boʻshalndi.
Maqsadi
Pedagogika fanining predmeti, oʻqitishning taʼlim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari,
mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan
boʻlganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiymaʼnaviy rivojida shaxs kamoloti uygʻunligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan
kelib chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim qonunida -taʼlim davlat ijtimoiy
taraqqiyotida ustuvor deb belgilab qoʻyilgan[2].
Taniqli pedagoglar (dunyo
miqyosidagi)
Platon, Rafael sureti
Konfutsiy (551 d.n.e — 479 d.n.e)
Kvintilian (35 n.e.- 96 n.e.)
Erazm Rotterdamskiy (1465 — 1536)
Yan Amos Komenskiy (1592 — 1670)
Djon Lokk (1632 — 1704)
Mixail VasilevichLomonosov (17111765)
Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827)
Fridrix Fryobel (1782 — 1852)
Adolf Disterveg (1790 — 1866)
Nikolay Ivanovich Pirogov (1810 —
1881)
Gerbert Spenser (1820 — 1903)
Konstantin Dmitrievich Ushinskiy
(1824-1871)
Lev Nikolaevich Tolstoy (1828 — 1910)
Georg Kershenshteyner (1854 — 1932)
Djon Dyui (1859 — 1952)
Mariya Montessori (1870-1952)
Stanislav Teofilovich Shatskiy (1878 —
1934)
Korchak Yanush (1878-1942)
Pavel Petrovich Blonskiy (1884 —
1941)
Anton Semyonovich Makarenko
(1888 — 1939)
Manbalar
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Uzedu.uz Taʼlim qonuni, 1997 y, 3-modda,
1-jumla (http://uzedu.uz/uzb/info/rasm/e
dulaws/qonun464/) (Wayback Machine
saytida 2013-07-23 sanasida arxivlangan
(https://web.archive.org/web/201307230
91536/http://uzedu.uz/uzb/info/rasm/ed
ulaws/qonun464/) )
Havolalar
http://www.ziyonet.uz (http://www.ziyo
net.uz/ru/library/fs/look/ds/desc/fv/u
zb/libid/70000)
Pedagogika. (Maʼruzalar matni. Prof.
N.Gaybullayev taxriri ostida). T.
„Universitet“. 1999.
Oʻzbekiston Respublikasining „Taʼlim
toʻgrisida“gi Qonuni. T, 1997.
Oʻzbekiston Respublikasi „Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997.
I. Karimov. „Barkamol avlod —
Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori“.
T. 1997.
I.Karimov. „Donishmand xalkimizning
mustaxkam irodasiga ishonaman“. T.
2000.
Oʻzbek pedagogikasi tarixi. (Koʻllanma.
professor A.Zunnunov taxriri ostida). T.
„Oʻkituvchi“. 1997.
Pedagogika. (Koʻllanma. A Munavvarov
taxriri ostida) T. „Oʻkituvchi“. 1996.
Pedagogika. (Koʻllanma. professor
A.Ilina taxriri ostida). M. 1984.
Ochilov M. Universitetlar tizimida
pedagog xodimlar tayyorlash
muammolari. „Taʼlim va tarbiya“ jurnali.
1997. 5-6 son.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi (20002005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Pedagogika&oldid=3810530"
dan olindi
Bu sahifa oxirgi marta 30-Iyul 2023, 07:10 da
tahrir qilingan. •
Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Download