Загрузил zds_3303

Burhoniddin al-Marg’inoniy hayoti va ilmiy me’rosi

реклама
Burhoniddin al-Marg’inoniy hayoti va ilmiy me’rosi
Reja:
1. Burhoniddin Marg’inoniyning hayot haqida.
2. Burhoniddin Marg’inoniyning jodiy va asarlari.
3. Hidoya asari haqidai.
1
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy alMargʻinoniy 1123-yil 23-sentyabrda Marg’ilon shahrining Rishton tumanida
tugʻilgan. Ammo asosiy faoliyatini Samarqandda yuritib, 1197-yilda o’sha yerda
vafot
etgan. Shomiyning “Radd ul Muxtor ” ida
Samarqanddagi
400dan ortiq Muhammad ismli
yozilishicha ulug’ faqih
faqihlar
dafn etilgan
Muhammadiylar qabristoni – “Turbat -ul Muhammadiyyiyn” yonida (chorikor)
dafn etilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom
huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada
beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhonuddin va-l-milla va Burhonuddin
al-Margʻinoniy nomlari bilan mashhurdir. Taxallusi Burhoniddin so’zi lug’aviy
jihatdan “din asosi” ma’nosini bildiradi.1
Burhonuddin
al-Margʻinoniy
dastlabki
taʼlimni
Margʻilonda
olgan.
Avvalambor faqih ilmini o’z otasidan olgan. Undan keyin shayx Bahovuddin Ali
ibn
Muhammad
ibn
Ismoil
al_Asbijobiydan
o’rgandi.
Keyinchalik
Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandga
koʻchib borgan. Mavlono Burhonuddin al-Margʻinoniy yoshlik chogʻlaridanoq
Qurʼoni Karimni yod olib, hadislarni chuqur oʻrgangan.
U balogʻat yoshiga yetganida mukammal ilmga ega boʻlganiga qaramay
ustozlardan taʼlim olishni davom ettirdi. U ilm yo’lida
chanqoq
ediki shogirdi
shunchalar
shunhalar
Burhon ul-islom as-Zanjuriyning yozishicha unga
shunday maslahat aytgan: “hech qachon ilm o’rganish yo’lida uzilish ro’y
bermasligi kerak, negaki bu katta yo’qotishga olib keladi. Men ilm yo’lida
hech qachon
uzilishga yo’l qo’ymadim va barcha safdoshlarimdan o’zib
ketdim. ” 1149-yili Burhonuddin al-Margʻinoniy haj safariga bordi. “Kitob ulmashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u oʻzi taʼlim olgan 40 dan ortiq
shayx va allomani sanab oʻtgan. Bu roʻyxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad
an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Sayariy, Abu Isʼhoq anNavqadiy, Jaʼfar al-Hinduvoniylarning nomlari bor.
1
m.koreatimes.co.kr
2
Fiqh ilmining ahamiyatini chuqur tushungan Burhoniddin al-Marg’inoniy
o’z
farzandlarini ham ushbu
sohada tarbiyalab kamolga
yetkazdi. Uning
avlodlari va shogirdlaridan quyidagilar ma’lum.
1. O’g’li: Imoduddin ibn Burhoniddin
al-Marg’inoniy yetuk
faqih va
sheriy iste’dod egasi bo’lgan.
2. Umar
Nizomuddin
ibn
Burhoniddin
al-Farg’oniy.
“Islom
ensiklopediyasi” va “Kashfuz-zunun” da ko’rsatilishicha “Al-Favoyid”
“Javohir ul-Fiqh” nomli kitoblar unga tegishli. Ikkinchi kitobning bir
nusxasi
hozirda Abu
Rayhon
Beruniy nomidagi sharqshunoslik
institutining nodir qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda.
3. Muhammad Abulfath Jaloluddin al
Farg’oniy.
Al-Marg’inoniyning
nevarasi Abulfath Zaynuddin Abdurahim ibn Imomuddin al Farg’oniy
Samarqandda yashab ilmiy ishlar bilan shug’ullangan. Manbalarda
yozilishicha, u 1253-yilda Samarqand shahrida sud mahkamalariga doir
“Al Fusulu-l-imadiya” nomli asar yozgan.
Burhonuddin al-Margʻinoniy islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy
mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganish bilan birga oʻzi ham fiqhga oid bir
qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan
“Kitobu tanosiq ul xos”
“Kitob fi-l-faroiz” (meros bo’yicha)
“At Tajnisu va-l- maziyd” (ikkita fatvo majmuasi)
“Bidoyat al-mubtadiy (“Boshlovchining boshlang’ich kitobi”),
“Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal taʼlim”),
“Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”),
“Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”),
“Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”),
“Majma ul-navozil” (“Nozil boʻlgan narsalar toʻplami”),
“Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar maʼlum.
3
Al-Margʻinoniyning butun islom olamida mashhur boʻlgan “Hidoya”
(To’g’ri yo’l)
asari 1178-yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-
Kafaviyning “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab anNuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar
haqidagi kitob”) nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Margʻinoniy
“Bidoyat al-muntahiy” asarining soʻzboshisida “Hidoya”ning yaratilishi xususida
shunday yozgan: “Abul-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga
bagʻishlangan hajmi uncha katta boʻlmagan, lekin mazmuni toʻliq boʻlgan bir
yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda “alMuxtasar al-Quduriy” (“Kuduriy qisqartmasi”)ni koʻrdim. U fiqh bobida ajoyib
asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha “Jomeʼ us-Sagʻir” (“Kichik toʻplam”)
dan foydalangan edi. Shunda fikhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur
masalalarni oldim va bu asarga “Bidoyat al-muntabiy” deb nom berdim.
Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”.
“Bidoyat al-muntabiy” asari muqaddimasida esa o’zi shunday deydi; “ yoshlik
chog’larimda fiqh ilmining barcha qoidalarini o’z ichiga olgan hajmi kichik
rejasi keng bir kitob bo’lsa deb o’ylab yurar edim. Ittifoqan yo’llarni bosib
o’tish chog’ida (safar) Al Kuduriyning Al-Muxtasar kitobini eng go’zal mo’jaz,
ajoyib kitob deb topdim. Yana zamonning barcha buyuk olimlari, kattakichiklari “Al-Jome us-Siyar ” kitoblarini
o’rganishga chog’langanliklarini
guvohi bo’ldim. O’shanda har ikkiala kitobni birlashtirishni o’z oldimga
maqsad
qilib
qo’yib, zarurat
sezilmagan
chog’da ular
chegarasidan
chiqmaslikka qaror qildim va uni “Bidoyat ul- mubtadiy” deb atadim. Bu asarni
sharxlashga
ulgursam
“Kifoyat
ul
muntahiy”
deb atagumdur.”
Lekin
Marginoniy bu bilan o’z maqsadiga erisha olms edi. Chunki bunday katta
kitobni ko’tarib yurish ilmu toliblar uchun og’irlik qilar edi. Shuning uchun uni
do’stlarining
maslahati
bilan
qaytadan
o’rtacha
andozada
sharhlashga
kirishadi.
Olim shayx Akmaluddinning yozishicha, rivoyatlarga ko’ra asar 13 yil
davomida yozilgan. Marg’inoniy
bu asarni yaratish uchun bor iste’dod va
4
kuchini ishga soldi. Bu asarni yaratish davomida manbalarga ko’ra u ro’za
tutdi ya’ni
shogirdlariga
13
yil. Unga
ovqat
olib
kelgan
hodimni
jo’natib
yedirib bo’sh idishni tashlab qo’yardi. Hodim ovqatni
ovqatni
ustoz
yebdi deb idishni olib ketar edi. Shu tahlid u 13 yil hech kimga bildirmay
ro’za tutdi. Chunki ro’za insonga ruhiy kuch beradi, fikrini jamlashga yordam
beradi.
Shunday ulkan olimning birgina kitobni yaratishga shuncha vaqt ketgani
bejiz
emasdi. U
yuqoridagi
kitoblardan qisqartirib olinib xalqning
amaliy
hayotiga bog’liq, davlat va jamiyat oldida ko’ndalang turib, oz yechimini
topmagan ko’plab muammo va masalalar bor edi. Uni o’z davridan kelib
chiqib, saralab o’rganib birinchi o’rindagi va ikkinchi o’rindagi masalalarga
bo’lib chiqdi. Ularning yechim yo’llarini belgilab berdi. Ularga huquqiy asos
topish esa juda ulkan ish edi. Bunda uning oldida turli asrlarda turli olimlar
tomonidan yaratilgan ko’p sonli fatvolar (huquqiy majmualar) tog’dek bo’lib
uyulib
turardi.
Ularda
minglab
masalalar, ayrimm muayyan
muammolar
bo’yicha o’nlab mulohazalar, hatto bir biriga zid, qarama-qarshi nazariyalar
mavjud edi. Muallif nazarda tutga huquqiy masalalarni yoritishda birinchidan
shariat asosiy manbalari (Qur’on, hadislar, fatvolar) undan keyin Ahmad ibn
Hanbalning
asarlari, as-Shayboniyning “Zoxir ur-rivoya”
kitobini, Abu
Yusufning “Kitob ul -xiroj”, “Adab ul-qoziy ”, “Abu Hanifa va ibn Abi Laylo
orsidagi ixtiloflar”, “Avzoiy va Anas ibn Molikning ayrim huquqiy masalalar
bo’cha bildirgan fikrlariga raddiya” kitoblari, imom Zufar, Shayxulislom ibn
Taymiya, Ibn ul-Javziya asarlari, shuningdek ulardan keyin islom huquqi turli
sohalarida turli mazhablar bo’yicha juda o’p asarlar yozgan yirik fiqh ilmi
mutaxassis olimlari qoldirgan son sanoqsiz kitoblar va to’plamlarni o’qib
chiqib, ularda bildirilgan fikr mulohazalarni bir-biri bilan solishtirib, eng
to’g’ri, eng ma’qul va hayotga mos keladigan xulosalarni chiqarish kerak edi.
Uning o’zi “Hidoya” muqaddimasida bu haqda “… so’ngra Tangri tavfiqi
yordamida tanlangan rivoyatlar bilan kuchli aqliy dalillarni uyg’unlashtirib har
bir bobda ortiqcha so’zlarni tark etib, ko’p yozishdan o’zimni tiygan holda
5
“Hidoya
deb atalgan boshqa bir sharhni yozishga kirishdim” , - deb aytadi.
“Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining
bayoni va unga boshqa mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli
bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan
masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda
qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab
keltiriladi.
Muallif nihoyatda muhim munozarali masalalarni yoritmoqchi bo’lganda
sahobalar, mazhablar asoschilari, buyuk faqihlar ismlari, jug’rofiy va tarixiy
joylar, turli toifa va qabilalar nomlarini keltirib o’tgan. Abulhay Laknaviy o’z
muqaddimasida “Hidoya”ning birinchi qismida zikr etilgan sahobalar va tobeinlar
ismlari 50dan ko’proq, toifa urug’lar nomlari 12ta, jug’rofiy va tarixiy joylar
nomlari 55ta ekanligini ko’rsatib ularning har biri haqida qisqacha ma’lumot
berib o’tgan. “Hidoya” bir so’z bilan aytganda o’ziga xos qisqa sermazmun
so’zlar, istilohlar, va ixcham iboralardan foydalanib yozilganki uni har qaysi
davrda ham harfan, ham mazmunan bemalol tushuna olinishiga erishmoqchi
bo’lingan va uddalangan. Shuning uchun ham asar o’z davrida ham bugungi
kunda ijtimoiy muammolarga yechim
bo’la oladi va shuning uchun ham
mashhur va tengsizdir.
Marg’inoniyning odatlaridan biri shu ediki nazarida ma’qul ko’ringan
mazhab dalilini asar oxirida keltiradi. Asarning yana bir o’ziga xos hususiyati
shundan iborat ediki unda “Ilm ul-xilof ” orqali belgilab berilgan qoidalar keng
ko’lamda nazarda
tutilgan. Chunki Marg’inoniy ushbu fan sohasida ham
ulkan olim va mutaxassis edi. Marg’inoniy asarida huquqiy masalalarni
izohlash jarayonida ularning mashro’ (ravo, qonuniy) yoki nomashro’ (noravo,
g’ayriqonuniy)
ekanligini naqliy dalillardan keyin aqliy dalillar bilan yoritib
o’tadi.
“Hidoya” 4 jilddan iborat kitob bo’lib sunniylik oqimida
hanafiylik
mazhabi bo’yicha juda muhim, mukammal huquqiy manba sifatida 57 ta kitob,
yuzlab
bob-u
fasldan
tarkib
topgan.
6
Meros huquqidan tashqari boshqa
hayotning barcha sohasini
qamrab olgan. Meros huquqi haqida bu kitobda
yozmagaanligi salabi imomi Aza’m Abu Hanifa
meros muammolarini
alohida fan qilib ajratib al Faroiz deb atagan edi.
“Hidoya” toʻrt juzdan iborat:
Birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, roʻza,
zakot va haj kitoblaridir.
Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan
bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak
yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga
oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat,
daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish,
qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan
qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va
bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan.
Toʻrtinchi juzda esa shafoat, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida
shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish
haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, jinoyat turlari, tashlandiq yerlarni
oʻzlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish,
jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
“Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida,
jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma
hisoblanib, bu yerda 1917-yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat
qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi.
Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar
huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. U bugungi kunda ham misr
arab Respublikasidagi eng qadimiy dorilfunin “al-Azhar”, Afg’oniston islom
dorilfununi, Hindiston Aligarx universiteti, “Derband” universiteti va boshqa
islom mamlakatlarining o’quv dasturlarida eng asosiy qo’llanma bo’lib uni
o’qimagan tolib haqiqiy islom huquqshunosi bo’lmaydi.
7
“Hidoya” 1776- yilda Bengaliya mahkamasi uchun fors tiliga G’ulom
Yahyoxon tomonidan tarjima qilingan va bu tarjma 1807-yilda Kalkuttada
tarjima qilingan. Garchi islom dunyosi uchun asosiy islom huquqini mukammal
o’rgatuchi kitob sanalsada u ilk bor ingliz tilida Londonda Xamelton tarjimasi
asosida tarjima qilingan.
“Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893-
yilda Toshketda N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan.
Oʻzbekistonning
mustaqillikka
erishuvi
tufayli
islom
yodgorliklari,
jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni
nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Margʻinoniyning “Hidoya”
asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning
inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun moʻljallangan “Hidoya”ning 1kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A. X. Saidovning soʻzboshisi
va sharhi bilan qayta nashr etildi. Asar arab tilidan O’zbek tiliga taniqli olim
Salohiddin Muhitdinov rahbarligida bir guruh yosh olimlar tomonidan tarjima
birinchi jildi 2000-yilda “Adolat” nashriyotida bosmadan chiqdi.
qilinib
Kitobning
boshqa
jildlari
ham
hozirda
tarjima
qilinib
bosmaga
tayyorlanmoqda deb umid qilamiz.
Hulosa o’rnida aytish mumkinki, o’z sohasida tengsiz fiqhshunos
olimlardan biri Buroniddin Al-Marg’inoniy avlodlar uchun shunday asarlar
yaratdiki
qariyb
dasturilamal
bo’lib
sakkiz asrdan buyon butun islom dunyosida
kelmoqda.
U
nafaqat
islom
dunyosi
balki
asosiy
g’arb
mamlakatlari olimlari uchun ham islom huquqshunosligini o’rganish uchun
asosiy
tadqiqot
manbayi bo’lib hizmat qilmoqda. Bundan tashqari islom
dunyozining o’zida ham “Hidoya” asarining qisqartirilgan “Al-Voqiya” va
uning qisqartmasi “Muxtasar ul voqiya” ustidan yozilgan ko’p sonli sharhlarni
ham nazarda tutilsa asarga
yozilgan sharhlar soni 50dan ortadi. Uning
mukammalligini asoslovchi dalillardan biri shuki u bugungi
zamonaviy
hayotimizda ham bir qancha huquqiy masalarga yechim topib bera oladi. Shu
bois
yurtimizda Yuridik yo’nalishdagi
oliy ta’lim yurtlari uchun asosiy
manbalardan biri, o’quv darsligi qilib belgilansa maqsadga muvofiq bo’lar
8
edi. Uning boshqa asarlari ham merosga oid, qozilik ishlariga oid asarlari o’z
davri yetuk ilm sohiblarining asarlariga yozgan sharhlari ham nihoyatda
qimmatlidir.
Uning asarlari nafaqat islom huquqshunosligi balki tarixiy
o’lkashunoslik, tarixiy geografiya, umuman tarix fani uchun ham qimmatli
ma’lumotlar bera oladi.
Marg’inoniyning asarlari hanafiya mazhabining keng tarqalishi uchun
ham asrlar davomida sabab bo’lib
kelmoqda. Balki shuning uchun ham biz
hozirda shu mazhabdamiz va buning uchun undan avlodlar minnatdormiz. Shu
bois uning merosini chuqur o’rganish bizning oldimizdagi muhim vazifadir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Toshkent islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Buxoriy xalqaro
markazi O’zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati, Buyuk Yurt allomalari,
ikkinchi nashri, - Toshkent, 2018.
2. Internet malumotlari:
www.shosh.uz
m.koreatimes.co.kr
9
Скачать