Uploaded by nicknamen597

DIDAKTIK

advertisement
Angren shahar XTBga qarashli
15-umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Urmonova Nargizaning
“Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak” mavzusida
Mavzu: Uchburchak turlari
SANA: 18.11.2021
Maqsad:
1. Ta’limiy: Oquvchini diqqat — e’tiborini jamlash, mustaqil fikrlashga, topqirlikka,
hozirjavoblikka o’rgatish; uchburchak va uning turlari haqida bilim berish;
2. Tarbiyaviy: O’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishlaini orttirish; ularni
vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni matematika fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur qila
olish malakalarini o’stirish; mantiqiy fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: zamonaviy, interfaol.
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, testlar, kadaskop (klaster usuli, didaktik o’yinlar).
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: Salomlashish.
Matematika kerak
Harbir o’g’il va qizga
Aqlini va fikrini
Yaxshi soladi izga
Davomatni aniqlash, sinf xona va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
Shu oyda nishollanadigan myhim sanalar haqida savol –javob tarzida kichik suhbat o’tkaziladi:



Qanday sanalarni nishonladik? 8-dekabr qanday kun?
10-dekabrda qanday muhim sana nishonlandi?
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalari bilan tanishsiz?
O’quvchilar hozir darsimiz matematika .
Buyuk matematik olimlardan kimlarni bilasiz?
-Al xorazimiy, Abu Rayhon Beruniy Mirzo Ulyg’bek, Ibn Sino.
-Ularning hayot yo’llari haqida nimalarni bilasiz?
-O’quvchilar javob berdilar -4 o’quvchi.
-Endi sinf o’quvchilarini mana shu matematik olimlar nomlari bilan atab, 4 guruhga bo’lamiz.
1. O’tilgan mavzuni so’rash.
Aqliy hujum”
O’quvchilar bilan og’zaki savol-javob o’tkaziladi. Masalan: 3 ni 5 marta orttir, 3ni 6 karra orttir,
3 ni 8 karra orttir, 24 bilan 6 ning yig’indisi, 0 bilan 13 ning yig’indisi kabi tezkor savol javob
olib boriladi. O’quvchiga savol berib koptokcha otiladi, u javobni aytib koptokchani qaytarib
otadi.
Har bir guruhga bittadan test savoli beriladi:

Javobi 37ga teng bo’lgan misolni toping?
a)13+13+11;
1. b) 20+12+7;
2. d) 19+19+8;
2) Eng kichik ikki xonali sonni toping?
a) 15;
1. b) 10;
2. d) 99:
3) O’ylangan sondan 42 ayirilsa 32 hosil bo’ladi. Qanday son o’ylangan?
a) 74;
1. b) 76;
2. d) 82;
4) Ifodaning qiymatini toping? 100-7-33=
a) 50; b)60;
d)70
III. Yangi mavzu bayoni.
O’quvchilarga uchburchak va uning turlari haqida tushuncha berish;
Uchburchak bu-bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan uch nuqta va bu nuqtalarni ketma-ket
tutashtiruvchi kesmalardan tashkil topgan geometrik shakl.
Berilgan nuqtalar uchburchakning uchlari,uchlarini tutashtiruvchi kesmalar uchburchakning
tomonlari,tomonlari orasidagi uchta burchak uning burchaklari deyiladi.
Teng yonli
Turli tomonli
uchburchak
uchburchak
Teng tomonli
uchburchak
Uchala tomoni teng bo’lgan uchburchak teng tomonli uchburchak deyiladi .
Ikki tomoni teng bo’lgan uchburchak teng yonli uchburchak deyiladi.
Hamma tomonli turlicha bo’lgan uchburchak turli tomonli uchburchak deyiladi.
435-misol
38-20=18
43-23=20
34-17=17
64-28=36
26-14=12
50-26=24
47-28=19
75-17=58
436-masala O’quvchilar bilan maktab kutubxonasi haqida kichik suhbat o’tkaziladi va suhbat
masala sharti bilan bog’lanadi.Masalaning sharti o’quvchilardan biriga o’qitiladi va
nimalar ma’lum, nimalar noma’lum ekanligi so’raladi.Masalaning qisqa sharti.
Kitob-96 betli.
1-haftada-34 bet.
2-haftada-?, bet.
Qoldi-24 bet.
Yechish:
1-usul:96-(34+24)=96-58=38(bet)
2-usul:96-34-24=62-24=38(bet)
Javob:Mohira 2-haftada 38 bet kitob o’qigan.
Masalani yechib bo’lgan o’quvchilarga 437-topshiriqni bajarish topshiriladi.O’quvchilar ishlarini
taqdimot qiladilar.
Dam olish daqiqasi.
Ko’p yozib qo’llarimiz;
Ham charchab ko’zlarimiz;
Bir ikki uch;
To’plab oldik kuch.
Kim topqir o’yini: Har bir guruhga sheriy topshiriqlar beriladi:
1. Arig’imiz bo’yida;
60 terak o’sadi;
Qurilish qilib akam;
Qirqtasini kesadi.
Terak endi nechta kam?(40.)
2. Ko’mko’k archa ostida;
Quruq belanchak;
Belanchakda hayvonlar;
Uchmoqda lak-lak;
To’planishib turishar;
Navbatta bir-bir.
Sakkiz malla tulkiyu;
Beshta bo’richa;
Yetti ayiq bolasi;
Bir juft quyoncha;
Aytinglarchi bolalar;
Hammasi nechta? (22.)
3. O’rdak to’rtming bozorda;
Ming so’m arzon Eldorda;
Hisoblangchi bolalar
Eldorda turar qancha (3000.)

Olti tovuq don cho’qir;
Suv ichida uchtasi
Nechta tovuq bo’ladi
Qo’shilganda beshtasi?(14.)
O’quvchilar biz matematika fanidan uzunlik o’lchov birliklaridan foydalanamiz.
-Uzunlik, og’irlik, vaqt o’lchov birliklaridan. Hozir vaqt o’lchov birligiga ,,Klaster”usulida ta’rif
beramiz .
1-savol:Uchburchak deb nimaga aytiladi?
Darsni mustahkamlash.
2-savol:Qanday uchburchaklar bo’lar ekan?
Jim o’yini: Bolalar javoblarni raqamli kartochkalar bilan ko’rsatishadi.
1. Darsni yakunlash. Guruhlarning to’lagan ballarini hisoblab, g’olib guruh e’lon qilinadi.
O’quvchilar baholanadi, rag’batlantiriladi.
2. Uyga vazifa. _438-masala, _439-misol.
O’quvchilarga uy vazifasini qanday bajarilishi tushuntiriladi.
To’g’ri to’rtburchak.Kvadrat.
Mavzu:To’g’ri to’rtburchak.Kvadrat.(2-sinf)
Maqsad:Ko’pburchakning asosiy belgilarini ajratishga o’rgatish.
Vazifalar:
1. Kvadratning asosiy belgilarini ko’pburchakning bir ko’rinishi sifatida tanishtirish.
2. Logik fikrlashni rivojlantirish,taqqoslash va umumlashtirishga,guruhlash va tahlil
qilishga o’rgatish.
3. Fanga bo’lgan qiziqishni faollashtirish va tarbiyalash,matematika darsiga ijodiy
yondashishga tarbiyalash.
Dars tipi:aralash
Dars turi:sayohat darsi
Ish turlari:
1.Frontal
2.Jamoa
3.Juft-juft
4.Individual
Metod va turlari:
1. Og’zaki(suhbat,tushuntirish)
2. Amaliy(topshiriqlarni daftarga bajarish,to’g’ri burchaklar va kvadratlarni
o’lchash,geometric figuralar va vagonlar qurish,mustaqil ish)
3. Muammoli(kuzatish)
4. Ko’rgazmali(ko’rinishli)
5. AKT(ovozli,tovushli)
Asosiy tushunchalar:kvadrat,to’g’ri burchak,to’rtburchak,ko’pburchak,
burchak,tepalik,tomon.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
Partaga o’tirmasdan
Atrofingizga qarang
Kimda ish-qurollar soz
Unga bo’lar omad hamroh
2.Rivojlantiruvchi qism.
-Bolajonlar sayohatni yoqtirasizmi?Ha
-Kelinglar sizlar bilan “Ko’pburchaklar sayyorasi”ga sayohat qilamiz.Biz u yerda yangi shakllar
bilan tanishamiz.
Tanish shakllarni esa takrorlaymiz.Misol va masalalar yechamiz.Bunda bizga Bilag’on yordam
beradi.
(Bilag’on ko’rsatiladi)
3.Og’zaki hisob
3.1.Transportni tanlash
Sayohatga chiqish uchun transport tanlash kerak.Mana bu misolni yechib,
transportni bilib olamiz.
Doskada:(4+5)-(8-6)=
Mashina rasmlari teskari qo’yilgan va raqamlar yozilgan.
1.
2.
3.
4.
samolyot
poyezd
velosiped
kema
Misolning javobi necha ekan?
7
Kimda-kim shunday fikrga ega bo’lsa,qo’lini ko’tarib ma’qullasin.
Barakalla!(Bir o’quvchi chiqib 7 raqamli rasmni aylantiradi)
Poyezd,demak sayohatga poyezdda jo’naymiz.
3.2.Vagonlar qurish
Bizlar poyezdda ketmoqchimiz,lekin vagonlari yo’qku!Keling bolajonlar vagon yasaymiz.Vagon
yasash uchun har kimning stolida geometric shakllar bor.Sizning vazifangiz faqat vagon yasash
emas,balki shakllar orqasida yozilgan misollar javobini ham topish.Shundagina siz vagon
nomerini ham bilib olasiz.
O’quvchilar misollarni yechib,vagonlarni yelimlaydilar.Bundan oldin vagon nomerlari
aniqlanadi va vagonlarni lokomotivga o’sish tartibida joylashtiradilar.
12
13
14
15
16
17
Kimda-kim shunday fikrga ega bo’lsa,qo’lini ko’tarib ma’qullasin.
-Qani o’quvchilar sayohatga tayyormisiz?Unda yo’lga olg’a!
(Shu payt qo’shiq qo’yiladi,bolajonlar poyezdning ovozini chiqarib,qo’llari bilan poyezd
harakatini bajaradilar)
4.O’tilgan mavzuni so’rash
4.1.Ko’pburchaklar olami bilan tanishuv.
Ekranda “Ko’pburchaklar olami”xaritasi
Xarita
-Mana “Ko’pburchaklar olami”ga ham yetib keldik.Bu yerda juda ham ko’p shaharlar bor.Har
birining o’z nomi bor.Bularning hammasi burchakli geometric shakllar.Kelinglar ular bilan
tanishamiz.Men sizlarga shakl ko’rsataman,sizlar esa shahar va unda yashovchilar nomini
aytasiz.
(Shahar uchburchak,yashovchilar uchburchak)
Hamma shakllar shunday mustahkamlanadi.
O’quvchilar hamma shaharlardan o’lchami va kattaligi bilan to’g’ri to’rtburchak shahri ajralib
o’tiradi.
-Nima uchun shunday?
-Chunki bu shaharda boshqa shaharlardagidan ko’p shakllar yashaydi.
4.2.To’rtburchaklar sizlardan o’zining mamlakati uchun shaharcha qurishingizni
so’rayapti.
Ekranda Bilag’on turli xil burchaklarni ko’rsatyapti.
-Bu nima?
-Burchaklar
-Ularning nomini ham bilasizmi?Ha
-To’g’ri burchak,o’tkir burchak,o’tmas burchak
— Xaritada shu burchaklardan foydalanib shahar hosil qiling.
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib bajaradi.
Xarita
-Qaysi shahar eng katta?
To’g’ri to’rtburchak shahri.
Nima uchun to’g’ri to’rtburchak deb ataymiz?
Chunki uning to’rtta tomoni,to’rtta uchi va to’rtta to’g’ri burchagi bor.
4.3.Masala.
To’g’ri to’rtburchak shahrida 30 yashovchi,Romb shahrida esa 4ta kam.Ikkala shaharda qancha
yashovchi?
-Masala nima haqida?(shahar)
-Nechta shahar?(ikkita:to’g’ri to’rtburchak va romb)
-To’g’ri to’rtburchak shaharida yashovchilar nechta ekan?(30 ta)
-Romb shaharidachi?(4 ta kam)
-Masalaning savoli qanday?
-Ikkala shaharda
-Biz masalaning javobini darrov topa olamizmi?
-Yo’q
-Nima uchun?
-Chunki Romb shahrida qancha yashovchi borligini bilmaymiz.
-Romb shahrida yashovchilarni topa olamizmi?Ha
Qanday?Ayirish yo’li bilan.
(Doskada bir o’quvchi bajaradi)
Yechish:1)30-4=26(nafar)
Endi qanday qilib ikkala shahardagilarni topamiz?
Qo’shish amali bilan.
2)30+26=56(nafar)
Javob:56 nafar yashovchi
Masalani yechgan o’quvchilar baholanadi.
5. Dam olish daqiqasi
(O’quvchilar o’rnidan turadi va har bir gapni harakati bilan bajaradi)
Qushlar bunday uchadi,
Baliq bunday suzadi.
Ayiq bunday yuradi,
Bizlar bunday yuramiz.
Astagina o’tiramiz.
6. Yangi mavzu bilan tanishtirish.
Shakllarni o’lchash.Buning uchun “Ortiqchasini top”metodidan foydalaniladi.
Hammaning partasi ustida geometric shakllar bor(kichkina sariq to’rtburchak,katta yashil
kvadrat,katta oq uchburchak,kichkina qizil kvadrat,katta ko’k to’g’ri to’rtburchak)
Shu shakllar orasidan ortiqcha shaklni toping.Nima uchun?
(Ortiqcha shakl uchburchak,chunki uning 3ta tomoni,3ta burchagi va 3 ta uchi bor)
Qolgan shakllar qanday nomlanadi?Nima uchun?
(To’g’ri to’rtburchaklar,chunki ularning hamma burchaklari to’g’ri burchak)
Qolgan shakllarning tomonlarini o’lchang va perimetrini hisoblang.
Guruhlaringiz bilan kelishing va Bilag’onning savoliga javob bering.
-To’g’ri to’rtburchak tomonlari haqida nima deyish mumkin?
-Yashil va qizil to’g’ri to’rtburchakning hamma tomonlari teng,ko’k va sariq to’g’ri
to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari teng.
Hamma tomoni teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak nima deyiladi?Kvadrat
Ko’pburchaklar sayyorasining xaritasidan kvadrat ko’rsatiladi.
Shakllarni yelimlash
Shakllarni daftaringizga chizing va tomonlarining uzunligini yozing.
Mustahkamlash
7.1”Shaharni top”metodi
“Ko’pburchaklar olami”dagilar sizlarni tekshirib ko’rmoqchi,ularda yashovchilarni belgilaridan
topib olishingizni.
Men bir shahar o’yladim,uning hamma burchaklari to’g’ri burchak.(to’g’ri to’rtburchak,kvadrat)
Bu shunday shaharki unda unda yashovchilarning hammasining tomoni teng.(kvadrat)
7.2 Test
O’quvchilar bir-birining bajargan testini tekshiradi.
Doskada baholash tartibi
«5» — 0 xato.
«4» — 1-2 xato.
«3» — 3-4 xato.
«2» — 5 yoki ko’p xato.
O’qituvchi to’g’ri javobni o’qiydi,o’quvchilar baholarini tekshiradi.
Kimlarda “5” baho
Kimlarda “4” baho
Kimlarda “3” baho
Barakalla
8.Uyga vazifa
9.Xulosa.
(Burchagi bor bo’lgan shakllar ko’pburchaklar deyiladi.Ular orasida 4,5,6,7,8-burchaklar
bor.Ko’pburchaklar orasida to’g’ri to’rtburchak bor,uning hamma burchaklari to’g’ri
burchak,yana kvadrat ham bor,uning hamma tomonlari teng.)
Barakalla.
Maktabga qaytamiz(Qo’shiq qo’yiladi,o’quvchilar poyezd harakatini qilishadi)
KVADRAT
Download