Загрузил nilufar_jalilova

2.Mavzu 5K

реклама
Mavzu: Didaktik prinsiplar. Ko‘rsatmalilik prinsipining mazmuni va mohiyati.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalar yordamida darslarni tashkil etish
Chizmachilik o‘qitish metodikasida umumilmiy tadqiqot bilan birgalikda
maxsus tadqiqotiar ham o‘tkaziladi. Ulaming qo‘llanilishi grafik ishlarni bajarish,
bajaruvchining qo‘1 harakatlarini aniqiash, zaruriyat va tasvirlashda oson hamda
yengil ko‘nikmatarni shakllantirish bilan belgilanadi.
Maxsus metodlarga siklografîya - harakat kinematikasini qayd qilish;
tenzometriya va pezometriya - zo‘riqishlar kattaligini qayd qilish; okulografiya
ko‘z harakatlarini qayd qilish; xronometrik - vaqtni qayd qilish;
multiplikatsiyalash - grafik tasvirlarni bajarish ketma-ketligini qayd qilish
kabilarkiradi.
Tadqiqot natijalari ma’ruza, maqola, kurs va malakaviy bitiruv ishlari,
tavsiyanomalar, o‘quv qo‘llanmatari, diafilm, jadval va b. ko‘rinishlarda taxt
qilinishi mumkin.
«Didaktika» iborasi grekcha didaktikos - ta’lim beruvchi va didasko ta’lim
oluvchi so‘zlaridan kelib chiqqan. Bu iborani pedagogikaga nemis pedagogi
V.Ratke (1571-1635) kiritgan deb hisoblanadi. Ta’lim nazariy asoslarining
tadqiqoti bilan shug‘ullanadigan ilmiy fanni u didaktika deb tushungan.
Y.A.Komenskiy birinchi bo‘lib didaktikaning fundamental ilmiy ishlanmalarini
yaratgan.
Shunday qilib didaktika ta'limini tashkil qilish masalalari bilan shug‘ullanadi
deb hisoblanadi.
Didaktika - pedagogikaning bir qismi bo‘lib, ta’lim va o‘qitishning nazariy asoslari
(maqsad, mazmun, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari)ni ishlab chiqarish hamda
ta’lim jarayonida tarbiyalash masalalari bilan shug‘ullanadi.
Maktabda tarbiya bilan chambarchas boglik ta`lim jarayonini tashkil etishga
asos buladigan etakchi qoidalar didaktik printsiplar xisoblanadi. Didaktik
printsiplarga ta`lim va tarbiyalning birligi, ilimiylik, nazariya bilan amaliyotning
boglikligi, izchillik va sistemalilik, kursatmalilik, onglilik va aktivlilik kabilar
kiradi. Didaktik printsiplar uz-aro boglikdir. Shu sababli xar bir konkret
mashgulotni utkazishda bir yula kator didaktik printsiplarning talablarini xisobga
olish va ularni kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan,
ta`limda ilimiylik printsipini ta`minlash bilan ukuvchilarning onglilik va
aktivligiga ason erishish mumkin va aksincha, agar ukuvchilar ta`limga nisbatan
ongli va aktiv munasabatta bulsalar, ta`limning ilimiylik saviyasini ta`minlash oson
buladi. Agar ta`limda kursatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning amaliyot bilan
boglikligi printsipi xam amalga oshadi. Va aksincha, agar nazariyani urganish
amaliyot bilan uzviy boglik olib borilsa, ta`limda kursatmalilikni ta`minlash uchun
sharoitlar yaratiladi. Xamma ukuv predmetlari uchun didaktik printsiplar
umumiydir, ammo xar bir konkret xolda ularni kullash uz xususiyatlariga ega.
Didaktika pedagogikaning ta`lim jarayoni umumiy konuniyatlarini urganadigan
kismidir.
Didaktika grekcha suz bulib, sabok buladigan degan suzdan kelib chikadi. Suzma
suz tajriba kilganda didaktika ta`lim nazariyasi demakdir.
Didaktika xususiy metodikalar bilan boglangan xolda barcha ukuv fanlari uchun
umumiy konun va koydolarni belgilab beradi. Mexnat va kasib ta`limi ukitish
uslubieti fanidan bu tamoyilar mexnat darslari jaraenida kanday tadbik etilishin
kurib chikamiz.
1.Onglilik va aktivlik printsipi- ukuvchilar uz bilimlarini amalda kullay olsalargina
ta`limda onglilikga erishilgan deb xisoblash mumkin. Ukuvchi kilayotgan ishining
mazmunini yakkol tasavvur kilganda gina ishga ongli ravishda kirishadi.
Ta`limdagi onglilik ukuvchilarning aktivligi bilan uzviy boglikdir. Mexnat ta`limi
jarayonida ukuvchilar aktivligining rivojlanishi uchun aloxida yaxshi sharoit
yaratiladi. Bu sharoit avvalo mexnatning unumligi xarakteridan iborat buladi. Agar
ukuvchilar uz mexnatlarining natijasi biror ijtimoiy foydali maksadga
muljallanganligini bilsalar, zur kizikish xamda topshirikni sifatli va muddatida
bajarish ishtiyoki bilan ishlashi aniklangan. Shu sababli karxonaning, otalikdagi
bolalar bogchasining maktab ukuv kabinetlarining ukuvchilar bajara oladigan va
dastur mazmuniga javovan beradigan buyurtmalaridan mexnat ta`limi ukituvchisi
ukuvchilar aktivligini oshirishning muxim vositasi sifatida foydalanishi kerak. Bu
printsip ukuvchilarda materialistik dune karashni shakllantiradi.
2.Ilimiylik printsipi – Mexnat ta`limi jarayonida ukuvchilar xar xil materiallarga
ishlov berish, elektro montaj ishlarini bajarish, mexanizmlarni yigish va
boshkalarni urganadilar. Shu bilan birga ularda ma`lum malaka va kunikmalar
tarkib topib kolmay, urganilayotgan mexnat operatsiyalarining ilmiy asoslari
xakida tushincha xam xosil buladi.
Ilmiy asoslar ukuvchilarning umumiy rivojlanishini va fan asoslariga oid
bilimlarini xisobga olib tushunarli formada bayon kilinadi. Mexnat ta`limida
ilimiylik printsipini ta`limni eng yukori ilmiy-nazariy saviyada utkazish talabi
sifatida emas, ta`lim jarayonini metodologik asosda, xozirgi zamon ilmiy-texnik
ma`lumotlarga va ukuvchilarning fan asoslari buyicha bilimlariga tayangan xolda
tashkil etish talabi deb tushinish lozim. Agar ukuvchilar xali urganmagan tabiiy
ilmiy konuniyatlarga tayanadigan ma`lumotlarni bayon kilish zarur bulib kolsa,
mexnat ta`limining vazifalarini bajarishdan bosh tartmaslik va ularni xal kilish
yullarini izlash kerak. Xozirgi zamon texnologik ilgor ishlab chikarish
texnologiyasi bilan tanishadilar. Ilimiylik printsipi terminlarini tugri ishlatishga
urgatadi. (shtangen –tsirkul` tugri shtangan emas, kerno emas, kerner).
3.Sistemalilik va izchillik printsipi – Ukituvchi mexnat ta`limi jarayonida ukuv
materialini ixtiyoriy ravishda emas, ma`lum koidalarga asosan bayon kiladi. Ukuv
materialini bayon kilishda uchraydigan ishlab chikarish texnologiyasidan
birmuncha chetlanishlarning sababi soddadan murakkabga utishdek didaktik
koidani bajarish bulib xisoblanadi. Urta maktabdagi mexnat ta`limining
mazmunida ma`lum ketma-ketlik va sistemalilikni kayd etish mumkin.
Boshlangich maktab ukuvchilari ishlov berish nisbotan asonirok va turmishda teztez uchrab turadigan materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishadilar.
Sinfdan-sinfga utgan sayin ukuvchilar murakkabrok mexnat kurollari ishlatishini,
kup jismoniy kuch sarflash xamda psixik rivojlanishning yuksak darajada bulishini
talab kiladigan materiallardan detallar tayyorlash usullarini urgana boradi. Sekin
asta ular mashina mexnatiga, oldin sodda, keyinchalik murakkab mashinalarning
kurilishini urganishga jalb kilinadi. Ukuv materialini tugri taksimlash ya`ni
oddiydan murakkabka, oddiy operatsiyalardan kiyinirok operatsiyalarni bajarishga
utishni talab kiladi.
4.Nazariya bilan amalietning boglikligi – nazariyaning amaliet bilan bogliklik
printsipini amalga oshirish uchun ularning inson faoliyatining bir-biridan ajralmas
ikki tamoni ekanini, nazariyadan amaliyotda foydalanish, amaliyot esa kupincha
yangi nazariy kashfiyotlar uchun asos bulishi xakida koidani ukuvchilarga
tushintirish va ta`lim jarayonida doim eritib borish zarur. Mexnat ta`limi
jarayonida ayniksa nazariyani amaliyot bilan boglash uchun kulay sharoit
yaratiladi, chunki ma`lumotlarning kup kismi ukuvchilarga ular ishni bilgan xolda
topshirikni tugri bajara olishlari uchun beriladi. Mexnat ta`limi darslari odatda sof
amaliy va sof nazariy darslarga bulinmaydi. Nazariy materiallar ayrim
mashgulotlarga nazariy ma`lumotlarni urganishdan ukuvchilarning amaliy
faoliyatiga bevosita utish ta`minlanadigan kilib taksimlanadi. Ukuvchilar
nazariyaning amaliy faoliyat uchun axamiyatini va uzlashtirilgan amaliy tajriba
orkali yangi nazariy bilimlar uzlashtirilishini bilib oladilar. Nazariyaning va
amaliyotning xar xil formalari mavjuddir ( laborotoriya, ishlari, ekskursiya, praktik
ish) bu bilan biz ukuvchilardagi bilimni sifatini oshirishga erishamiz.
5.Ta`lim va tarbiyaning birligi- ta`lim jarayonida ukuvchilarni tarbiyalash sodir
buladi. Mexnat ta`limi ukuvchilarga mexnat tarbiyasi berish, ularni mexnatga
psixologik jixatdan tayorlash maxsadida maktab ukuv rejasiga majburiy predmet
sifatida kiritilgan. Mexnat tarbiyasi muxim ta`limiy masalalardan biri sifatida
karalishi kerak, bu masala ish ob`ektlarini tanlashda, mashgulotlarni tashkil kilish
va xakozalarda xisobga olinadi. Ukuvchilarning mexnat ta`limi jarayonida
faoliyatlarining xarakteri mexnat ta`limi uchun eng kulay sharoit yaratadi. Avvalo
ukuvchilarda mexnatga ijobiy munosabat tarkib topadi va bu ukuvchilar uz
topshiriklariini katta ma`suliyat va juda ishtiyok bilan bajarishlarida namayon
buladi. Ukuvchilar unumli mexnatga kushilib, jismoniy mexnat uzining ijtimoiy
axamiyati buyicha akliy mexnatdan kolishmasligini tushuna boshlaydalar.
Mashgulotlar tugri tashkil kilinsa, ukuvchilarda kollektiv bulib ishlash xissi
mustaxkamlanadi, chunki ular bir-birlari bilan ishlab chikarish munosabatlariga
kirishadilar.
Mexnat ta`limi jarayonida ukuvchilarga mexnat madaniyatining umumiy koidalari
(ish kiyimlariga karash, ish joylarini batartib tutish, sozlangan asbob bilan ishlash
va boshkalar), materiallarga nisbatan tejamkorlik munasabatida bulish singdiriladi.
Maktabda ukuvchi elgiz bilim kunikma va malakalarini egallab gina kolmaydi.
Balki xar jixatdan mukammal tarbiyalanadi. Akliy va jismoniy mexnat jarayonida
xarakter xususiyatlari va xatti xarakat, kunikma va odatlarni tarbiyalaydi. Ta`lim
jarayonida utilaetgan mavzu va mavzuchalarning mazmunidan kelib chikadigan
tarbiyaviy ta`monlarini tugri belgilash xam uni ta`lim bilan birga bir butunlikda
amalga oshirishni ta`minlash juda axamiyatga ega.
6.Kursatmalilik printsipi- ustaxonadagi mashgulotlarda kursatmalilik, avvalo
texnik chizmaning xozirgi zamon ishlab chikarishidagi roli bilan boglik xolda
aloxida axamiyat kasb etadi. Chizmani ukish mexnat topshirigini bajarish
boshkichlaridan biri. Bundan tashkari chizmashilikka oid ayrim bilimlarsiz
ukuvchilarga konstruktsiyalash va texnologiya elementlarini urgatib bulmaydi.
Chizmashilik 7-sinfdan ukitilishi sababli mexnat ta`limi ukituvchisining uzi
chizmashilik buyicha ma`lumotlar berishiga tugri keladi. Ustaxonalardagi
mashgulotlarda ukuvchilar chizmashilikdan chizmani ukish, uncha murakkab
bulmagan detalni tekislikdagi tasviri buyicha fazodan tasavvur kila olish uchun
etarli bilimlarni olishi zarur. Ustaxonalardagi mashgulotlarda kursatmalilikning
keng tarkalgan xamma turlari-tarkatma material, plakatlar, modellar, diapozitivlar,
kinofil`mlar va boshkalardan foydalaniladi. Kursatmalilik ukuvchilarini kizikishini
orttiradi va kiziktiradi, utilaetgan darsni yaxshi esta saklab kolishga erdamlashadi.
7.Bilimlar, malakalar va kunikmalarni egallashning puxtaligi (Mustaxkam
pukta uzlashtirish)- xozirgi fan-texnika rivojlangan, yil sayin bilimlar xajmi goyat
jadal usib borayotgan sharoitda ukitish jarayonini shunday tashkil kilishga tugri
keladi, maktabni bitirib chikkanlar uz amaliy faoliyatlari jarayonida yangi bilimlar,
malakalar, kunikmalarni mustakil egallashlari uchun eng kulay sharoit yaratilsin.
Buning uchun bilim, malaka va kunikmalar puxtagina emas, moslashuvchan xam
bulishi, ukuvchilar ularni yangi ishlab chikarish sharoitlarida kullay olishlari kerak.
Bunga ukuvchilar fakatgina utilaetgan darsni uzlashtirib kolmay oldingi utilgan
darslar yuzasidan malaka va kunikmalarni takomillashtiradilar, kerak bulib
kolganda esa esga tushirib praktik ish mobaynida kullaydilar, politexnik ta`lim
tufayli erishiladi.Ukuvchilarda turli mexnat kurollari, texnologik protsesslarni
ularning samaradorligini aniklash maksadida analiz kilish, takkoslash malakalarini
shakllantirish xam yordam beradi. Mexnat ta`limi sharoitida bilimlar, malakalar va
kunikmalarni egallash puxtaliligiga avvalo yangi materialni samarali bayon kilish
xisobiga erishiladi. Bilimlar va malakalarning puxtaligini ta`minlashda mashklarni
yulga kuyish va ta`limning texnik vositalarini kullash, yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish katta axamiyatga ega.
8. Mehnatning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan
bo`lishi. (O`quvchilarni yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish) – Mehnat
ta`limi bo`yicha o`quv materialining mazmuni fan va texnika tarakkiyotining
xozirgi zamon darajasiga mos, o`quvchilarga tushinarli bulishi shart. Shuning
uchun kupincha o`quvchilarning o`quv
materialini uzlashtirishlarini
osonlashtiradigan va ularni ancha kiyin nazariy va amaliy masalalar bilan
tanishtiradigan har xil metodlarga murojat qilishiga tugri keladi. Mehnat ta`limi
o`quvchilarga tushinarli va bajara oladigan bo`lishi uchun nazariy ma`lumotlar
gina emas o`quvchilar organizmiga tushadigan jismoniy nagruzkalarni xam
nazarda tutish lozim.
Скачать