1. METROLOGIYA SOHASIDAGI ATAMALARNING TO‘G‘RILIGINI TEKSHIRISH Metrologiya sohasidagi atamalar Metrologiyaning inson faoliyatining barcha jabhalarini rivojlantirish uchun qanchalik muhimligi, metrologik me’yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatining qanchalik muhimligi hisobga olinadigan bo‘lsa, metrologik atamalarning yagona bo‘lishi va qabul qilingan tushunchalarga qat’iy amal qilish zarurligi birbirini o‘zaro tushunish va harakatlarni muvofiqlashtirishda qanchalik muhim omil bo‘lib hisoblanishi o‘zo‘zidan tushunarli bo‘lib qoladi. Shu sababli metrologik atamalar sohasidagi hujjatlar milliy darajada ham, xalqaro darajada ham ishlab chiqiladi. Hozirgi kunda mazkur sohada quyidagi xalqaro hujjatlar amal qiladi: Yettita yetakchi Xalqaro Tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan «Metrologiya sohasidagi umumiy va asosiy atamalar Xalqaro lug‘ati» (VIM) (1993): mazkur tashkilotlarning manfaatlar doirasi u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘lanadi. USHBU YETAKCHI XALQARO TASHKILOTLAR QUYIDAGILARDIR: 1. O‘lchovlar va tarozilarning Xalqaro byurosi – O‘OXB (rus.MBMV, ingl.BIPM); 2. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi – XEK (rus. MEK, ingl.IEC); 3. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (QIML) – (rus. MOZM, ingl. OIML); 4. Standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro Tashkilot – SXT (rus. ISO, ingl. ISO); 5. Sof va amaliy kimyo Xalqaro Uyushmasi – SAKXU (rus. IYUPAK, ingl. IUPAC); 6. Sof va amaliy fizika Xalqaro Uyushmasi – SAFXU (rus. IYUPAP, ingl. IUPAP); 7. Klinik kimyo Xalqaro Federatsiyasi – KKXF (rus. MFKX, ingl. IFCC). 8. «Qonunlashtiruvchi metrologiya atamalari Xalqaro lug‘ati» (ingl. VIML), 2000 yilda MQXT (MOZM) tomonidan ishlab chiqilgan. Metrologik faoliyatni amalga oshirishda qaysi asosiy tushunchalar qo‘llanadi? Metrologik faoliyatda qo‘llanadigan tushunchalar O‘zR “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 2 moddasi bilan belgilangan: •«metrologiya» -o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish xaqidagi fan; •«yagona o‘lchov birililigi» – o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birlikda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati; •«o‘lchov vositasi» – o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normallangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi; •«birlik etaloni» – fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi; •«davlat etaloni» – vakolat berilgan milliy organning arori bilan O‘zbekiston Respublikasi xududida o‘lchov birligi o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon; •«metrologik xizmati» – davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati; •«davlat metrologiya nazorati» – metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat; •«o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» -o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui; •«o‘lchov vositalarini kalibrlash» – metrologik jihatlarning xaqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui; •«o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish«– yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi; •«metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish» – o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi; •«o‘lchov vositalarini kalibrlash xuquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish« – yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi; •«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» – o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish; •«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti» – operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi. O‘zbekistonda metrologik atamalar va ularning ta’riflari O‘z DSt 8.010 (O‘z DSt 8.010.1:2002, O‘z DSt 8.010.2:2003, O'z DSt 8.010.3:2004, O‘z DSt 8.010.4:2002) seriyasidagi O‘zbekiston davlat standartlari bilan o‘rnatilgan. O‘zDst 8.010 Ushbu O‘zbekiston davlat standarti "O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar" umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan mantiqan tugallangan va tarkiban mustaqil to‘rt qismdan iborat: 1-qism. Asosiy va umumiy atamalar; 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari; 3-qism. Metrologik xizmat; 4-qism. Analitik tekshiruvni metrologik ta’minlash. Metrologiya va o‘lchash texnikasi sohasidagi milliy atamalarni unifikatsiyalash (birxillashtirish) va uyg‘unlashtirish, turli sohalarning ko‘rsatilgan yo‘nalishda ishlaydigan mutaxassislarining bir-birlarini o‘zaro tushunishlari va harakatlarini muvofiqlashtirishga ko‘maklashish, xorijiy sheriklar bilan iqtisodiy, ilmiy va texnik aloqalarni osonlashtirish maqsadida qabul qilingan. RMG 29-99 tavsiyalari Davlatlararo tavsiyalar va metrologiya sohasidagi xalqaro atamalar lug‘atlari bilan o‘rnatilgan atamalarga asoslanadi. Metrologiya sohasida atamalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar Ilmiy va texnik atamalarning mazmuni, ular zamirida turgan buyumlar, voqea hodisalar haqidagi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, yangi atamalar paydo bo‘ladi, ba’zi birlari esa yo‘qolib ketadi. Hatto bitta tilda gaplashuvchi mutaxassislar orasida ham atamalarning xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar o‘zaro muloqotlar paytida mavjud bo‘ladi, chunki atamalarda u yoki bu turdagi haqiqiylik voqea hodisalarga o‘ziga xos yondashuv yuzaga keladi. Bitta atamaning o‘zi turlicha qabul qilish va tajriba natijasida mutaxassislarda voqea - hodisa jarayoni to‘g‘risida o‘zining tasavvurini uyg‘otishi mumkin, bu esa ko‘pincha u yoki bu tushunchalarni turlicha talqin qilishga sabab bo‘ladi. Shu sababdan ham o‘zaro tushunmovchiliklarni bartaraf qilish maqsadida atamalarni tartibga solish va standartlashtirish amalga oshiriladi. Standartlashtirishning asosiy maqsadi - Davlat standarti tomonidan ilmiy texnik atamalarni standartlashtirish bo‘yicha zamonaviy qoidalarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, bir xil ma’noda tushunilishi lozim bo‘lgan va bir - biriga zid bo‘lmagan atamalarni me’yoriy hujjatlarda belgilab berishdan iborat. Metrologiya sohasida atamalarning asosini tashkil qiluvchi standart ГОСТ 16263-83. Davlat o‘lchovlar tizimi. Metrologiya ta’riflar va atamalarni o‘z ichiga oladi va quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi: Metrologiya, fizikaviy kattaliklar, fizikaviy kattaliklar birliklari, o‘lchovlar, o‘lchov vositalari turlari, o‘lchov vositalarining parametrlari va o‘ziga xos xususiyatlari, o‘lchash xatoliklari, o‘lchov vositalarining xatoliklari, etalonlar va namunaviy o‘lchov vositalari, metrologiya xizmatiga oid tushunchalar. Shuni ko‘rsatib o‘tish lozimki, ГОСТ 16263-83 metrologik ta’minot “o‘lchashlar sifati”, “avtomatik o‘lchov vositalari”, “o‘lchash - hisoblash majmuasi”, “o‘lchash - boshqarish tizimi” va boshqa shu kabi zamonaviy tushunchalarni o‘z ichiga olmaydi. “O‘lchash”, o‘lchov vositalari va boshqa shu kabi tushunchalar ham qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. “O‘lchashlar paytida kuzatish” kabi ba’zi bir atamalar eskirdi va ulardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Ushbu standart tavsiyanoma xarakterga ega bo‘lsada metrologiya faoliyatida ijobiy rol o‘ynadi. Bir qancha direktiv hujjatlar, shu jumladan metrologik xizmat bilan ta’minlash bo‘yicha Davlat Standartlari ГОСТ 16263-83 atamalaridan foydalanadi. Ushbu standart atamalaridan foydalanib o‘lchashning boshqa sohalarida ham ta’riflar va atamalarni belgilab beruvchi boshqa bir qator standartlar ham ishlab chiqilgan. Metrologik atamalarning to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida ekspert ГОСТ 16263-83 dan tashqari metrologik ta’minot va o‘lchash texnikasi sohasidagi tushunchalar va atamalarni tartibga soluvchi boshqa standartlardan ham foydalanishi zarur. Masalan: ГОСТ 8.362-79 “Davlat o‘lchashlar tizimi qoplamalar qalinligini o‘lchash. Ta’riflar va atamalar”, ГОСТ. 8.271–77 “Davlat o‘lchashlar tizimi. Bosimni o‘lchash vositalari. Ta’riflar va atamalar” va hokazo. Texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish paytida bitta tushuncha uchun ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) bo‘lgan turli ilmiy texnik atamalar qo‘llanilmasligiga, shuningdek, o‘zbek tilidagi turli xil ma’nodagi so‘zlar va atamalar mavjud bo‘lganda boshqa xorijiy so‘zlar va atamalarning qo‘llanilmasligiga, o‘zbek tili orfografiyasi va punktuatsiyasi, shuningdek, bunga muvofiq boshqa standartlarda belgilab qo‘yilganlardan tashqari so‘zlarning qisqartirilmasligiga e’tibor qaratish lozim. Texnik hujjatlarda standartlashtirilgan atamalarni standartlashtirilmagan atamalar bilan almashtirmaslik lozim. Atamalarni turlicha talqin qilish ulardan foydalanishda ularning turli xil ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi. Masalan “detektor” atamasida bir holatda “Nurlanishni qabul qiluvchi” tushunilsa, ikkinchi bir holatda “Yutilgan nurlanish quvvatini signal yo‘nalishiga qayta shakllantirish” tushuniladi, aslida esa optik - akustik qayta shakllantiruvchidir. “O‘lchash qurulmasi” atamasida o‘lchash paytida foydalaniladigan moslama ko‘zda tutiladi. ГОСТ 16263-83ga muvofiq esa o‘lchash qurilmasi deganda o‘lchash asbobi va qayta shakllantiruvchining jamlanmasi tushuniladi “Zararli, putir yetkazuvchi signal” atamasi o‘rniga “Xalaqit beruvchilar” atamasidan, “ko‘zdan kechirish” atamasi o‘rniga “vizual” atamasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Metrologik o‘lchashlarni tartibga soluvchi texnik hujjatlarda “O‘lchashlarni bajarish usuli” atamasi o‘rniga “Aniqlash usuli”, “Topish usuli”, “Tahlil qilish usuli” va boshqa shu kabi atamalardan foydalaniladi. 2.Fizikaviy kattaliklar va ular nomlarining, atama va ta’riflarining to‘g‘riligini tekshirish Fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish paytida kattalik nomlanishining obyektning shunga mos keluvchi xususiyatlarini turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘ymaydigan darajada to‘g‘ri ifodalanishini, kattaliklar nomlanishining me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilganlariga muvofiqligini belgilash zarur. O‘lchashlarni rejalashtirish chog‘ida va ularning natijalarini to‘g‘ri izohlash uchun o‘lchash obyektining qabul qilingan fizik modeli katta ahamiyatga ega. O‘lchanadigan kattalik sifatida modelining ushbu o‘lchov maqsadlariga ko‘proq mos keladigan va o‘lchanayotgan kattalikning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan parametri tanlab olinishi lozim. Agar o‘lchanadigan kattalikning nomlanishi bir qiymati bo‘lmasa, unda o‘lchanadigan kattalikni aniqlab olish zarur. Masalan: suyuqlik sarfini o‘lchash paytida uning qay yo‘sinda sarflanishi - og‘irlik bo‘yichami yoki hajm bo‘yicha sarfni o‘lchash lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Agar o‘lchanayotgan kattalik makonining alohida nuqtalarida har xil qiymatga ega bo‘lsa, u holda makonning aniq bir muayyan sohasi ko‘rsatiladi, masalan; havoning xonadagi temperaturasini o‘lchash. O‘lchanayotgan kattalikni qat’iy tartibda aniqlash obyektining real o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Masalan: valning diametrini o‘lchashda to‘g‘ri dumaloq silindr uning modeli hisoblanadi. Val uzinasiga ham ko‘ndalangiga ham ma’lum bir chetga og‘ishlarga ega bo‘ladi (yuzasi bo‘ylab). Bunday holatda valning o‘rtacha diametri yoki uning qirqma bo‘yicha val yuzasidagi nuqtalar orasidagi eng katta masofa o‘lchanadigan kattalik hisoblanadi. O‘lchanadigan kattalik obyektining har xil holatida har xil qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Mashinasozlikda odatda detallarning chiziqli o‘lchamlarini o‘lchash 20°C temperaturada amalga oshiriladi. Agar o‘lchashlar boshqa temperaturada amalga oshirilsa, u holda natijalar formulalar yordamida 20°C temperaturaga keltirilib, qayta hisoblab chiqiladi. Fizikaviy kattalikning nomlanishi obyektning u aks ettirayotgan xususiyatlarining mohiyatini yoki voqea-hodisa va jarayonlarning parametrini aniq va bir qiymatda aks ettirilishi lozim. Har bir fizikaviy kattalik uchun bitta atama qo‘llaniladi. Fizikaviy kattaliklarning ГОСТ 8.417-81ga yoki fanlar akademiyasining ilmiy texnik atamalar qo‘mitasining tavsiyalariga va qabul qilingan atamalar bo‘yicha standartlarga kiritilgan nomlanishidan foydalanish tavsiya qilinadi. Kattaliklarning fizikaviy ma’nosi birliklarni tanlashga bog‘liq bo‘lib qolmasligi uchun kattaliklarning birliklarini eslatishga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Noto‘g‘ri To‘g‘ri Zichlik - hajm birligidagi og‘irlik bilan aniqlanadigan Zichlik modda og‘irligining u kattalikdir. egallab turgan hajmiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik. “Aylanishlar soni”, “Bir minutdagi aylanishlar soni”, “Bir sekunddagi aylanishlar soni” atamalarini qo‘llamaslik lozim. Vaqtda burchak o‘zgarishi tezligini ta’riflash uchun (agar foydalanish nuqtainazaridan jismning hamma holati vaqtda bir xil baholansa), “Burchak tezligi” atamasini qo‘llash lozim. Agar vaqtida aylanishlar sikli sonining tezligi o‘zgarishi nazarda tutilayotgan bo‘lsa (bunda uni bo‘laklarga ajratilmasa) “aylanishlar chastotasi” atamasi qo‘llaniladi. “Hajm” atamasi jism yoki modda tomonidan band qilinadigan kenglikni ta’riflash uchun qo‘llaniladi. Idish “hajmi” deganda kenglikning idish tashqi yuzasi bilan chegaralab olingan hajmi tushuniladi. “Sig‘diruvchanlik” atamasi apparat yoki idishning ichki kengligini tariflaydi. Apparat yoki idishlarning ichki kengligini tariflashda “sig‘im” atamasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalar bo‘lgan “zichlik” va “solishtirma og‘irlik” tushunchalariga bir xil nisbat berish mumkin emas. Solishtirma og‘irlik, og‘irlikning hajmga nisbati bilan, ya’ni tortish kuchining hajmga nisbati bilan aniqlanadi va shunga muvofiq erkin tushish tezlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Solishtirma og‘irlik zichlikning erkin tushish tezlanishiga hosilasi sifatida ifodalanishi mumkin. Har qanday zarracha uchun modda miqdori birligi sifatida molning kiritilishi moddaning og‘irligini belgilash uchun yangi atama - “molyar og‘irlik” atamasini kiritishga majbur qiladi. Bu tushuncha har qanday zarrachaga taalluqlidir, chunki molyar og‘irlik avvalgidek gramm - molga son qiymati bo‘yicha teng, lekin avvalgi kattalikdan o‘lchamligi bilan farqlanadi. Masalan: Na ON ning gramm moli 40gr ga teng bo‘lgan, endi esa og‘irligi 40 gramm (molga teng). Moddaning quyuqligi ko‘p yillar davomida og‘irlik hajm birligida (quyuqlikda) (gramm-mol/l, mg-ekvivalent/l va shu kabilar) ifodalanib keladi. SI xalqaro birliklar tizimi birliklariga o‘tish quyuqlik tushunchasi aniqroq talqin berish imkonini yaratdi. Modda quyuqligi - og‘irlikning yoki tizimdagi ushbu modda miqdorining shu tizim hajmiga nisbatidir. Shunday qilib, quyuqlik foizlarda ifodalanishi mumkin emas. Foizli ifodalashga, moddaning og‘irlik, molyar yoki hajmiy hissasi haqida gap ketganda, tizimda moddaning nisbiy tarkibini ko‘rib chiqish paytida ruxsat beriladi. Texnik hujjatlarda fizik kattaliklar (ramziy) belgilar bilan belgilanadi. Ammo ularni belgilashda yagona talablarni belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlarning o‘zi yo‘q. Bitta kattalikning o‘zi uchun turli xil belgilar qo‘llanilishi yoki bitta belgining o‘zi turli xil kattaliklarni belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin. Masalan, “R” belgisidan - og‘irlik va elektr quvvatini belgilashda foydalaniladi. Texnik hujjatlarda ko‘pgina kutilmagan, o‘zboshimchalik bilan ishlatilgan belgilar ko‘plab uchraydi, bu esa ularni tushunib olishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Hatto bitta tizim - Davlat o‘lchovlar tizimi (GSI) standartlarida ham o‘lchanadigan kattaliklarni belgilashda nomuvofiqliklar mavjud. Bitta hujjatning o‘zida o‘lchanadigan kattalikni turlicha talqin qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun fizikaviy kattaliklarni belgilashda bitta belgi qo‘llanilishi lozim. Fizikaviy kattaliklar birliklarining nomlanishi to‘g‘riligini tekshirish Fizik kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘ri qo‘llanilgani tekshirish chog‘ida ГОСТ 8.417-81. “O‘lchashlarning birligini ta’minlash davlat tizimi. Fizik kattaliklar birliklari” Davlat standartlariga asoslanish zarur. Bu standartda SI birliklari, shuningdek SI birliklari bilan bir qatorda qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladigan fizik kattaliklar birliklari qonunlashtirib qo‘yilgan. Fizika bo‘limlari bo‘yicha xalqaro tizim birliklarining mufassalroq ro‘yxati, shuningdek, ularni joriy qilish va qo‘llanilish tartibi ГОСТ 8.417-81. da keltirilgan. Ionlashtiruvchi nurlanishlar sohasida fizikaviy kattaliklar birliklarini hamjihatlikda joriy qilish va qo‘llash tartibini ГОСТ 8.417-81. kuch, bosim, va issiqlik - fizikaviy o‘lchashlarni amalga oshirish sohasida birliklarning xalqaro tizimiga o‘tish tartibini MI 221 -80 belgilab beradi. Metrologik ekspertiza o‘tkazish paytida ekspert - metrolog tarmoqda qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan. Fizik kattaliklar birliklari ro‘yxatini belgilovchi boshqa me’yoriy texnik hujjatlarga ham asoslanishi mumkin. Masalan, MU 6-30-18-81 “Uslubiy ko‘rsatmalar. Fizikaviy kattaliklar birliklarining kimyo sanoatida va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llanilishi”, SI 528 - 80 “Qurilishda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan fizikaviy kattaliklar birliklari ro‘yxati”. SI ning joriy qilinishi munosabati bilan fizikaviy kattaliklar qiymatlarini qayta hisoblashga bo‘lgan ehtiyoj yuzaga keladi. Qayta hisoblash koeffitsiyentini turlicha darajada yaxlitlash qayta hisoblash xatoligiga ta’sir qiladi. Qayta hisoblash koeffiytsiyentining qiymati talab qilinadigan aniqlikka bog‘lik ravishda optimal bo‘lishi lozim. Mm. suv ustuni birligida o‘lchanadigan bosim xatoligi ±0.5% deb taxmin qilamiz. Qayta hisoblash koeffitsiyenti 9.80605 ga teng (aniq). 9.8 qiymatgacha yaxlitlashni qo‘llash bilan xatolik 0.07%, 10.0 qiymatgacha yaxlitlashni qo‘llash bilan esa xatolik 1.97% ni tashkil qiladi. Bosim xatoligi ±0.5% bo‘lganligi sababli koeffitsiyenti 10.0 qiymatigacha yaxlitlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, koeffiytsenti 9.8 qiymatgacha yaxlitlashni bemalol qo‘llash mumkin - chunki bu yaxlitlashni qo‘llash hisobiga aniqlanadigan xatolik (0.07%) bosimni aniqlashdagi xatolikdan sezilarli darajada kamdir. Texnik hujjatlarda fizikaviy kattaliklar birliklarini qo‘llashda birliklarning nomlanishi va belgilanishini yozishda ma’lum qoidalarga asoslanish lozim. Maydon va hajm birliklarini nomlashda “kvadrat” va “kub” sifatdoshlari qo‘llaniladi. Masalan; kvadrat metr, kub millimetr. Bu sifatdoshlar maydon va hajm birligi boshqa kattalik birligining hosilasiga kirgan holatda ham qo‘llaniladi: sekundiga kub metr (hajmiy sarf birligi), kvadrat metrga kulon (elektr qo‘zg‘aluvchanlik birligi). Mahrajda joylashgan birliklar nomlanishi xuddi tezlanish birligi - sekundda metr kvadratda, kinematik qovushqoqlik - sekundda kvadrat metr, elektr maydon kuchlanganligi - metrda volt nomlanishlari kabi “da” qo‘shimchasi bilan yoziladi. Vaqtning birinchi darajasiga bog‘lik bo‘lgan, jarayonning sodir bo‘lish tezligini xarakterlovchi kattaliklar birliklari bundan mustasno. Bunday holatda maxrajda joylashgan vaqt birligining nomi xuddi tezlik birligi - sekundiga metr, burchak tezligi- sekundiga radian nomlanishlariga o‘xshash ravishda “ga” qo‘shimchasi bilan yoziladi. Hosila hosil qiluvchi birliklar nomlari xuddi nyuton - metr; amper - kvadrat metr nomlanishlariga o‘xshash ravishda yozish paytida chiziqcha (defis) bilan bog‘lanadi. Birlik hosilasi sifatida tarkib topgan, hosilaviy birliklarning nomlarini turlashda faqat oxirgi nomlanish va unga taalluqli bo‘lgan “kvadrat va kub” sifatdoshlari o‘zgaradi. Masalan; kuch momenti besh nyuton - metrga teng, magnit momenti uch amper - kvadrat metrga teng. Maxrajga ega bo‘lgan birliklar nomlarini turlashda faqat sifat o‘zgaradi. Masalan: tezlanish sekundiga besh metr kvadratga teng, solishtirma issiqlik sig‘diruvchanlik kilogramm kelvinda undan to‘rt joulga teng. Kattaliklar qiymatlarini yozish uchun birliklar belgilarini harflar yoki maxsus belgilar bilan qo‘llash nazarda tutilgan (...°,...’,..."). bunda harfli belgilashning ikki turi joriy qilingan: xalqaro va ruscha. Bosma nashrlarda yoki xalqaro, yoki ruscha belgilashlarga yo‘l qo‘yiladi. Bitta nashrning o‘zida bir paytda belgilashning har ikkala turidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Birliklar belgilari to‘g‘ri shriftda bosilishi lozim. Birliklar belgilari sonli qiymatdan keyin qo‘llaniladi va ular bilan bir qatorga yoziladi. Nuqta qisqarish belgisi sifatida belgilashda qo‘yilmaydi. Olimlar sharafiga atalgan belgilar bosma harflar bilan (sarlavhada bosh harflar bilan) yoziladi. Sonning oxirgi raqami bilan birlik belgisi orasida oraliq qolishi shart. Masalan: 100 kvt, 80%, 20°C kabi. Kattalikning sonli qiymatida unli kasr bo‘lganda birlik belgisi hamma sonlardan keyin joylashtiriladi. Noto‘g‘ri To‘g‘ri 423 m.06 423 m06 423.06 m 423.06m Kattalik qiymati yo‘l qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar bilan ko‘rsatilganda kattalik qiymati va yo‘l qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar qiymati qavs ichiga joylashtiriladi, birlik belgisi esa qavsdan keyin ko‘rsatiladi yoki birlik belgisi kattalikning sonli qiymatidan keyin ham, yo‘l qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar qiymatidan keyin ham ko‘rsatiladi. Masalan: (100,0 ±1) kg, 50g ±0.1 g kabi. Fizikaviy kattaliklar sonli qiymatlarining oralig‘i ko‘rsatilganda birlik belgisi faqat oxirgi raqamdan keyin ko‘rsatiladi. Masalan: 0,5 dan 2,0 mm gacha. Agar matnda fizikaviy kattalikning bitta birligi bilan belgilovchi sonli qiymatlar qatori (guruhi) keltirilsa, bu holatda birlik faqatgina oxirgi raqamdan keyin ko‘rsatiladi. Masalan: 5,9; 8,5; 10,0; 12,0 mm, 10x10x50mm, 20;50; 100kg. Birliklar nomlanishi va belgilanishiga fizikaviy kattaliklar yoki obyektga ko‘rsatma beruvchi harflar (so‘zlar) qo‘shilishi mumkin emas. Masalan: p.m. yoki pm (pogon metr), ekm (ekvivalent kvadrat metr), nm yoki Nm3 (normal kub metr), og‘irlik % i (og‘irlik foizi). Barcha bunday holatlarda aniqlovchi so‘zni kattalik nomlanishiga bog‘lash, birlikni esa standartga muvofiq ravishda belgilash lozim. Masalan: pogon uzunlik 5m, ekvivalent maydon 10m2, gaz holati (normal sharoitga keltirilgan) 100m3, og‘irlik hissasi 100% va h.k. Birlik belgilarini jadvallar grafalarining sarlavhalarida, shuningdek, formalarda kattaliklar belgilarini izohlashda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi, lekin birlik belgilarini formula bilan bir qatorga yozishga ruxsat berilmaydi. Noto‘g‘ri To‘g‘ri g=3-6///km/soat, bunda r=3.6/D bunda 1-yo‘l, m r-tezlik, km/soat t-vaqt, sek. 1-yo‘l, m t -vaqt,sek