60310100 | 16701-Sonli bakalavriat bo‘yicha kadr tayyorlash uchun ikki tomonlama shartnoma Toshkent sh. 2023-06-24 19:38:50 “PERFECT UNIVERSITY” oliy ta’lim tashkiloti, keyingi o‘rinlarda “Universitet” deb ataluvchi nomidan buyruq asosida ish yurituvchi Universitetning rektori TURG'UNOV DONIYOR MANNAPJANOVICH bir tomondan, ANVARJON MELISOV AKBARJON O'G'LI keyingi o‘rinlarda “Talaba” deb ataluvchi ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar o‘rtasida mazkur shartnoma quyidagilar haqida tuzildi: I. Shartnoma predmeti 1.1. Mazkur shartnomaga muvofiq Universitet Talabani quyida ko'rsatilgan ta’lim yo‘nalishi va ta'lim shakli bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida o‘qitish majburiyatini oladi. Ta'lim yo'nalishi: 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Ta'lim shakli: : Sirtqi O'qish muddati: 5 YIL O'quv kursi: 1 kurs Talaba esa Universitet tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda ta’lim olish va ta’lim olganlik uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. 1.2. Universitetda shartnoma asosida o‘qitishning to‘lovi (keyingi o‘rinlarda – shartnoma to‘lovi) miqdori ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli kunduzgi, kechki va sirtqi, o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq fanlarning farqini o‘qitish hamda to‘plagan ballidan kelib chiqib, har bir o‘quv yili uchun alohida belgilanadi. II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari 2.1. Universitetning huquqlari: Talabadan shartnoma majburiyatlari bajarilishini, shu jumladan Universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishni, dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishni, shartnoma to‘lovini o‘z vaqtida to‘lashni talab qilish, Talaba shartnoma to‘lovini amalga oshirganidan so‘ng o‘qishga qabul qilish; Universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan yoki shartnoma to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmagan Talabani ogohlantirmasdan talabalar safidan chiqarish yoki tegishli kursda qoldirish; Talaba Universitetning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, xususan huquqbuzarlik sodir etgan hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish; Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganda, shartnoma to‘lovi miqdorini o‘zgartirish; Shartnoma to‘lovi muddatlarini uzaytirish. 2.2. Universitetning majburiyatlari: Talabani o‘qitish uchun texnika va yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratib berish; Talabaning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquq va manfaatlarini himoya qilish; Talabaga oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida yuqori darajada ta’lim berish; bakalavriat uchun mo‘ljallangan o‘quv reja va dasturlarda belgilangan fanlarni o‘zlashtirgan, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Universitetni tamomlagan Talabaga oliy ma’lumot to‘g‘risida hujjat (diplom) berish. 2.3. Talabaning huquqlari: Universitetdan shartnoma majburiyatlari bajarilishini talab qilish; oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ta’lim olish; Universitetning moddiy-texnik bazasidan, jumladan, laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar, axborotresurs markazi va Wi-Fi hududidan bepul foydalanish; Universitetning ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish. 2.4. Talabaning majburiyatlari: Shartnoma to‘lovini mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lash; Universitet ustavi va ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish; Dars mashg‘ulotlariga uzrli sabablarsiz muntazam qatnashish; Ta’lim olish jarayonida o‘z bilim darajasini muntazam oshirib borish; O‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan Universitetning ishchanlik obro‘si va manfaatlariga putur yetkazishdan tiyilish III. To‘lov miqdorlari va muddatlari 3.1 2023/2024 - o‘quv yili uchun Universitet bakalavriat bosqichining I - KURS shartnomaning 1.1-bandida ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli uchun Talaba tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan shartnoma to‘lovi miqdori: 15 000 000 (o'n besh million) 3.2. Talaba tomonidan mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan shartnoma to‘lovining kamida 50 foizi 2023-yil 15-sentabrga qadar to‘lanishi shart. Talaba 2023/2024- o‘quv yili uchun belgilangan shartnoma to‘lovining 100 foizini 2024-yil 1-aprelga qadar to‘lashi shart. Talaba tomonidan shartnoma to‘lovining 100 foizi shartnoma olingan muddatdan boshlab 2023-yil 31-avgustga qadar to‘langan taqdirda, jami shartnoma to‘lovining 10 % 1 500 000 so'm miqdorida chegirma taqdim etiladi va chegirma hisobga olingan holda shartnoma to‘lovi miqdori: 13 500 000 so'mni tashkil etadi 3.3. Talaba tomonidan shartnoma to‘lovini to‘lashda shartnomaning tartib raqami va sanasi, familiyasi, ismi va sharifi hamda o‘quv kursi to‘lov topshiriqnomasida to‘liq ko‘rsatiladi. . 3.4. Talaba tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga o‘tkazilgan taqdirda, keyingi semestr uchun shartnoma to‘lovi Talaba tomonidan akademik qarzdorlik topshirilgunga qadar amalga oshiriladi. 3.5. Universitet ichki-tartib qoidalariga rioya qilmaganligi (bir semestr davomida 36 akademik soat dars qoldirganligi yoki ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasini Universitetga o‘z vaqtida taqdim etmaganligi) sababli talabalar safidan chiqarilgan Talaba tomonidan to‘langan shartnoma to‘lovi qaytarib berilmaydi. Boshqa oliy ta’lim tashkilotidan, jumladan xorijiy oliy ta’lim tashkilotidan o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilgan hamda Universitetga o‘qishga qabul qilingan Talabaning soxta hujjatlardan foydalanganligi yoki o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq hujjatlarida yolg‘on va haqqoniy bo‘lmagan ma’lumotlar mavjudligi aniqlansa, Talaba Universitet talabalari safidan chiqariladi, bunda Talaba tomonidan amalga oshirilgan shartnoma to‘lovi qaytarib berilmaydi. IV. Shartnomani bekor qilish 4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi: Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan; Universitetning tashabbusiga ko‘ra Talaba talabalar safidan chiqarilganda; Talaba tomonidan shartnoma to‘lovi mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorlarda amalga oshirilmasa; Talabaning tashabbusiga ko‘ra Talaba yozma murojaat qilganda; Qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda; 4.2. Talaba tomonidan shartnoma to‘lovi mazkur shartnomaning 3.2-bandi birinchi xatboshida belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, Universitet Talabani ogohlantirmasdan talabalar safidan chiqarishga yoki kursdankursga qoldirishga haqli. Boshqa hollarda Tomonlardan biri shartnoma shartlariga amal qilmaganda, ikkinchi Tomon shartnomani bekor qilish haqida kamida 5 kun oldin ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin V. Fors-major holatlari 5.1. Ushbu shartnomaga asosan majburiyatlarning bajarilmasligi holatlari yengib bo‘lmas kuchlar natijasida vujudga kelganda fors-major holatlari deb hisoblanadi, bunda Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar. 5.2. Fors-major holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (pandemiya, zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va hokazo) sababli yuzaga keladigan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi. 5.3. Tomonlardan qaysi biriga majburiyatlarni fors-major holatlari sababli bajarmaslik ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi Tomonga 10 kun ichida majburiyatni bajarmaslik sabablari haqida dalillar bilan xabar berishi lozim. 5.4. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro etish muddati fors-major holatlari davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar fors-major ta’siri 30 kundan ortiq vaqt davom etsa, Tomonlar o‘zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilishlari mumkin. VI. Nizolarni hal qilish tartibi 6.1. Tomonlar o‘rtasida ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar va kelishmovchiliklar ular o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal qilinadi. 6.2. Agar nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasa, taalluqlilik bo‘yicha Universitet joylashgan hududdagi sudga murojaat qilinadi. VII. Yakuniy qoidalar 7.1. Talaba shartnoma shartlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, Universitetga 2023-yil 10-sentabrgacha murojaat qilishi lozim, bunda mazkur sanaga qadar Universitet bilan shartnoma tuzmagan Talaba o‘qishga qabul qilinmaydi. 7.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganda, shartnoma to‘lovi miqdori Universitet ta’sischilari qaroriga muvofiq navbatdagi semestr boshidan oshiriladi. 7.3. Mazkur shartnoma Tomonlar imzolagan paytdan e’tiboran kuchga kiradi hamda 2024-yil 1-iyulga qadar amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugaganligi qarzdor Tomonni o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. 7.4. Тomonlar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. VIII. Tomonlarning rekvizitlari “PERFECT UNIVERSITY” oliy ta’lim tashkiloti Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Posira MFY, Bog'ishamol ko'chasi, 220-uy H/R: 2020 8000 0055 1905 4002 Bank: “KAPITALBANK” ATB Sirg’ali filiali Bank kodi (MFO): 01042 IFUT (OKED): 85420 STIR (INN): 309477784 Tel: +998 55 500-02-50 TALABA: ANVARJON MELISOV AKBARJON O'G'LI Pasport ma’lumotlari: AD1763263 Telefon raqam: +998 933058406 M.O‘. ANVARJON MELISOV AKBARJON O'G'LI Rektor_______________ Turg'unov D.M. Talaba:_________________ INVOYS RAQAMI: 16876156009957 KONTRAKT TO’LOV MIQDORI: 15 000 000 (o'n besh million) so’m To’lovni amalga oshirish usullari: Yuridik shaxslar va bank kassalari orqali. Bunda To’lov maqsadida - Invoys raqam. JSHSHIR. Talabaning IFSH tartibida yozilgan bo’lishi talab etiladi 16876156009957|. ANVARJON MELISOV AKBARJON O'G'LI To’lov maqsadi belgilangan tartibda to’ldirilmagan taqdirda to’lovni qabul qilishga doir muammolar kelib chiqishi mumkin. Shu sababli to’lov qilish jarayonida to’lov maqsadini belgilangan tartibda ko’rsatilishi shart! =============================================== To’lovlarni amalgi oshirish uchun Universitetning bank hisob ma’lumotlari: Qabul qiluvchi tashkilot nomi: Hisob raqami: Bank kodi (MFO): Bank nomi: STIR (INN): IFUT (OKED): “PERFECT UNIVERSITY” MCHJ 2020 8000 0055 1905 4002 01042 “KAPITALBANK” ATB Sirg’ali filiali 309477784 85420 Shartnoma to‘lovining 100 foizi shartnoma olingan muddatdan boshlab 2023-yil 31avgustga qadar to‘langan taqdirda, jami shartnoma to‘lovining 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi. Sana:2023-06-24 19:38:50 10 FOIZ CHEGIRMA BILAN TO’LOV UCHUN HISOB VARAQASI 2023-yil 31-avgustga qadar to‘langan taqdirda, jami Bir o'quv yili uchun shartnoma to‘lovining 10 % chegirma hisobga olingan holda 13 500 000 shartnoma to‘lovi miqdori: Jami: 13 500 000