Chirchiq davlat pedagogika instituti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) kafedrasi magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Mirzayeva Mavluda Akramovnaning magistrlik dissertatsiyani tayyorlash bo’yicha kalendar rejasida mo’ljallangan ishlar asosida amalga oshirgan ishlarining yillik hisoboti 1. O’quv metodik ishlar 2021-2022 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisligi o’quv rejasida belgilangan fanlar, Jumladan: umum metodologik fanlardan Amaliy xorijiy til, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi; mutaxassislik fanlaridan Kasbga yo’naltirilgan ingliz tili, Ilmiy seminar, Ilmiy pedagogik ish hamda Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash fanlarining ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarida muntazam qatnashdim va fanlarni ijobiy o’zlashtirdim. Yakuniy imtihonlarni yaxshi baholar bilan yakunladim. Yakuniy imtihonlarni yaxshi baholar bilan yakunladim. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlari O’quv yili mobaynida ilmiy rahbarim p.f.f.d (PhD) Yusupova Muxabat Anatolevna bilan birgalikda “O’quvchilarning chet tilini o’zlashtirish jarayonida hissiy va kognitiv komponentlari o’rtasidagi munosabatining psixologik mexanizimi“ (Boshlang’ich sinf o‘quvchilari misolida) nomli dissertatsiya mavzusiga doir ilmiy adabiyotlar (monografiya, maqola, tezis va ilmiy jurnallar) shuningdek, ilmiy ishlar (dissertatsiya va avtoreferatlar) bilan tanishib chiqdik. Tanlangan dissertatsiya mavzusi bo’yicha rahbarim Yusupova. M. dan muntazam topshiriqlarni oldim va bajardim. 3. Ilmiy-pedagogik ishlar Ilmiy raxbarim PhD. Yusupova Muxabat Anatolevna tavsiyalariga binoan metodik yordam olish maqsadida xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili) kafedrasi o’qituvchisi Ablakulova Orzigul Ulugbek Qizi “Amaliy grammatika 2” fanidan 21/1-guruhida hamda 21/1-guruhidagi darslarini,hamda 21/1-guruhidagi sanasida “Amaliy grammatika 1” fanining seminar darslarni kuzatdim, Yusupova Muxabbat Anatolevnani “Amaliy ingliz tili” fanidan 21/6-guruhidagi darslarini kuzatdim va uztozlarni mahorati va o`zini dars davomida tutishlari va mavzuni oddiy va sodda qilib tushuntirib berdilar va talabalar katta ishtiyoq bilan tingladilar va dars oxirida mavzu yuzasidan bahs munozara bilan yakunlandi. 4. Tadqiqot o’tkazishga tayyorgarlik O‘quv yili mobaynida Alisher Navoiy nomidagi kutubxona va Chirchiq davlat pedagogika instituti kutubxonalariga a’zo bo’ldim, ilmiy rahbarim p.f.f.d (PhD) Yusupova Muxabat Anatolevnaning kutubxonaga bordim va ilmiy tadqiqot ishimga taalluqli bo’lgan adabiyotlar, nomzodlik dissertatsiyalari, gazeta va ilmiy jurnallar hamda ilmiy to‘plamlar bilan ham tanishdim va adabiyotlar ro’yxatini shakllantirdim. Dissertatsiya ishining I va II bob qoralamasi to’liq yozib bo’lindi. O’quv yilining II yarim yilligida dissertatsiya mavzusiga bog’liq bo’lgan kurs ishi materiallarni ilmiy rahbarim boshchiligida yeg’dik, tahlil qildik. Kurs ishi strukturasi, mavzusining dolzarbligi, maqsad va obyektlari, amaliy ahamiyati va tadqiqiotni olib borish usullarini aniqlab oldik. Kurs ishini yuqorida keltirilgan tartibda yozdim va himoyadan o’tdim. 4. Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yig’ish va tahlil qilish “Bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarini klaster ta’lim sharoitida diskurs (og’zaki nutq) kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya mavzusi boʻyicha adabiyot va axborot resurslari, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishib chiqdim. Dissertatsiya mavzuimga kerakli ma’lumotlarni ham yeg’ib bordim. Fevral oyda “Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnalida “The relationship of emotional and cognitive components in the process of teaching foreign language in the primary grade” va “Central Asian Research Journal for Interdisciplinary studies” jurnalida “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xorijiy til o‘rgatish metodlari” mavzusidagi “Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy Tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil Qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar” xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman 2022 yil 28-29 aprel “O’quvchilarni chet tilini o’zlashtirish jarayonida hissiy va kognitiv komponentlar o’rtasidagi munosabatning psixologik mexanizmi” (boshlang’ich sinf o’quvchilari misolida) deb nomlangan ilmiy maqola va tezislarni chop etirdik. Ilmiy - tadqiqot ishlarini rejalashtirish “O’quvchilarning chet tilini o’zlashtirish jarayonida hissiy va kognitiv komponentlari o’rtasidagi munosabatining psixologik mexanizimi” magistrlik dissertatsiya mavzusi asosida shaxsiy kalendar rejada belgilangan bo’limlar tartibi bo’yicha amalga oshirildi hamda olingan ilmiy va amaliy ma’lumotlar haqida oyma-oy hisobotlar berib bordim. Magistrant: Mirzayeva M.A. Ilmiy rahbar: p.f.f.d (PhD) Yusupova M.A.