RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI Mavzu: O'qish savodxonligi darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish. KURS ISHI Bajardi: BT – 307 guruh talabasi Xajiboyeva Asalxon Umrbekovna Rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti v.b.Marufova Z.N., fil.fan.b.falsafa doktori (PhD) -------------------------- Toshkent – 2023 MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………….....3 I.BOB BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QISH DARSLARINI TASHKILETISHNING NAZARIY ASOSLARI. 1.1. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari…7 1.2. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining ta‘lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni………12 II.BOB ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QAYTA HIKOYALASH TURLARIDAN FOYDALANISH. 2.1. Sinf o’quvchilarini o’qishga tayyorlash. O’qish matnini tahlil qilish, o’qish turlari; to’g’ri va to’liq o’qitish,ifodali o’qish, o’qish texnikasi…………....24 2.2. Matn ustida ishlash, matnni mazmunini idrok etishni tekshirish, matnni tahlil qilish………………………………………………………………………..26 XULOSA…………………………………………………………………………30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….32 2 KIRISH. Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo‘lmasdan, o‘z milliy manfaatlarimizni, uzoq va davomli maqsadlarimizni ko‘zlab iqtisodiyotimizni barqaror sur‘atlar bilan o‘sishini ta‘minlash, aholimizning farovonligini, xalqaro maydonda Vatanimizning obro‘-etiborini munosib darajaga ko‘tarishdir. Shu bilan birga ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratishga qurbi-qudrati yetadigan, hech kimdan kam bo‘lmasdan hayotga kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish demakdir‖1 Ona tilini o'qitishdan asosiy maqsad o'quvchilarda o'z ona tilida fikrni to'g'ri, aniq, ravshan va go'zal ifodalay olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. So'zlarni to'g'ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir so'z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to'g'ri, o'rinli ishlata olishni o'rgatish, o'z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg'usini shakllantirish ona tili mashg'ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi. Biz yangi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitda faqat bilimli kishilarni emas, balki ijodkor, tadbirkor kishilarni ham yetkazib berishimiz lozim. «Bilimli kishi» bilan «tadbirkor kishi» orasida farqi bor, albatta. Bilimli shaxs bilimga ega bo'lsa ham, lekin bilimini har vaqt ham amaliy faoliyatda qo'llay olmaydi. Tadbirkor shaxs esa faqat bilimli bo'lib qolmasdan, balki egallagan bilimini sharoitga mos ravishda qo'llay olish ko'nikmalariga ham egadir. Shuning uchun ―bilimlining bilimi omborda yotgan sara urug' bo'lsa, tadbirkorning bilimi yerga ekilgan dondir‖1. O‘quvchilarga odob-axloq sifatlarni singdirish maktabda o‘qish mashg‘ulotlarining bosh vazifasidir. Shuning uchun birinchi soatdan oxirgi mashg‘ulotgacha o‘qis1h darslari o'quvchilarda odob-axloq sifatlarni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. 1. Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4-avgust. 1 3 O'quvchilarda odob-axloq sifatlarni rivojlantirishda ona haqidagi asarlarning ahamiyati va o ‘ rni ham juda katta bo'lib, o'quvchilar ona haqidagi asarlar orqali ravon, tekis, chiroyli jumlalardan foydalangan holda so'zlashga o'rganish bilan birgalikda, ona va onaning o‘gitlari haqida ma‘lumotlarni ozlashtirib boradilar. Bizning mana shu qisqa – yigirma ikki yillik tariximizda mustaqillikka erishish, milliy davlatchiligimiz, ertangi kunimizni qurishga, yurtimizni turli baloqazolardan asrashga, O‘zbekistonimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi, jahon maydonida munosib obro‘ topishida eng asosiy omillar nima deb so‘ralsa, men boshqa mezonlarni inkor qilmagan holda, bir fikrni alohida ta‘kidlab aytgan bo‘lardim: bu yo‘ldagi eng muhim omil – bu ham jismoniy, ham ma‘naviy jihatdan sog‘lom, hech kimdan kam bo‘lmasdan, boshini baland ko‘tarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun ma‘suliyatni o‘z zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo etishga qodir bo‘lgan barkamol avlodimiz, desam ayni haqiqatni aytgan bo‘laman2‖. Darhaqiqat Bolaning psixologik va jismoniy rivojlanishdagi eng asosiy davr – bu boshlang‘ich sinf davridir3. Boshlang‘ich sinflardagi dars mashg‘ulotlarida, xususan o‘qish darslarida o‘quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirishda she‘riy asarlarning yuqorida ta‘kidlaganimezdek ahamiyati katta. O‘zbek xalqi qadim-qadimdan odob-axloq normalariga qattiq rioya etgan xalqdir. Salom alikdan tortib, toki kattalarni hurmatda, kichiklarni izzatda ko‘rish odobiga muomalasining barcha qirralari o‘zbek millatida mavjud va bularni albatta singdirib borish o‘qituvchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Zero, O‘z ona tilini bilmagan odam o‘z shajarisini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam. Kishi tilini bilmaydigan uni dilini ham bilmaydi‖1. Kurs ishning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: O‘qivchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda ona haqidagi asarlardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yishni ana shu orqali ularda odob-axloq malakalarini rivojlantirish. 4 Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutildi: Mavzu yuzasidan adabiyotlar ko‘rib chiqildi; Bugungi kunda odob-axloq sifatlarni shakllantirishda o‘qituvchilar duch keladigan muammolar o‘rganib chiqildi; Ona haqidagi asarlardan foydalanib o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish ishlarini amalga oshirish yo‘llari o‘rganilib, darslarda ulardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi; Mavzu yuzasidan tajriba sinov o‘tkazilib, samarali metodlar tanlab olindi va tahlil qilindi; Ona haqidagi asarlar orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid darslar ishlanmasi tuzildi; Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi: Muammoning amaliyotdagi holatini aniqlash; Darslarda o‘quvchilarni faolligi, mustaqil fikrlashiga e‘tibor qilish; Axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid bilimlarni shakllantirishda o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni aniqlash; Odob-axloq qoidalarini o‘rgatishning turli samarali yo‘llarini ishlabchiqish; O‘qtiladigan mavzular yuzasidan darsning ishlanmasini ishlab chiqishva uni amaliyotda qo‘llash; O‘tkazilgan tajriba ishlari natijalari tahlili asosida xulosa va tavsiyalarishlab chiqish; Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va sog‘lom o‘sishi, balki ularning zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan inson bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob bera oladigan barkamol avlod bo‘lib, voyaga yetishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz; Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishida keltirilgan nazariy fikrlar, adabiyotlar tahlili ishning nazariy ahamiyatini belgilab 5 beradi. Malakaviy ishga doir tajribalar, metodik tavsiyalardan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bu ishning amaliy ahamiyatini belgilab beradi. O‘quvchilarni darslarda erkin fikrlashini faolligini ta‘minlash mumkinligi nazariy jihatda asoslab berildi. Amaliy ahamiyati esa ushbu metodlar orqali tashkil etilgan darslar Davlat ta‘lim standarslariga to‘liq javob bera oladi. Kurs ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 6 I.BOB BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QISH DARSLARINI TASHKILETISHNING NAZARIY ASOSLARI. 1.1. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari Mustaqil O‘zbekiston ta'lim muassasalarining odob-axloq tarbiya tizimi – bu o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy-madaniy fe'l-atvori, axloq qoidalariga va milliy mustaqillikni mustahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog‘liq, hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik jarayonidir. O‘zbek xalqining ma'naviyati haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish, jaholat va qabihlik yo‘lini to‘sish, insoniylik, birodarlik, mehmondo‘stlik, poklik, xushxulqlilik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. O‘zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ta'lim-tarbiya, ma'daniyat an'analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib tarqaladi. Xozirgi va kelajak avlodlarimiz kishilari o‘zbek milliy ma'naviyati, yaxshi bilimlari va unga rioya qilishlari lozim. Shundagina jamiyat to‘q, farovon, kishilar osoyishta va madaniy hayot kechiradilar. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e'tirof etilgan qoidadir. Boshlang`ich sinflarning o`qish darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta'lim tizimida alohida o`rin tutadi. Nеgaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa prеdmеtlar ta'limini o`qish ta'limisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. o`quvchi matnni to`g`ri, tеz, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi. O`qish darslarda ona haqidagi asarlar orqali o`quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv-biluv ko`nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish ta'limida insonning, avvalo, o`zligini, qolavеrsa olamni anglashga bo`lgan intilishlariga turtki bеriladi. Shu maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona, ota-ona, ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va 7 bolalar hayoti, mеhnatsеvarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do`stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar bеrishga mo`ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. Boshlang`ich ta'lim bo`yicha DTS va ― O‘qish‖ o`quv dasturida o`qish ta'limi oldiga qo`yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o`qishni to`g`ri tashkil qilish, o`qitish bosqichlari, tamoyillari va mеtodlari, birinchi navbatda, ilg`or pеdagogik tеxnologiyalardan o`rinli foydalanishga ko`p jihatdan bog`liqdir.2 Ma'lumki, sinfda o`qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O`quvchilarni matn bilan tanishtirish o`qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi. Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida, onaga oid asarlar haqidagi ma'lumot bеrish, o`quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqеa-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko`p ma'noli so`zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o`z ichiga oladi. Ona haqidagi asarlar ona, buvijonlar, opa - singillar haqida bo`lsa, bu asarlarni sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o`qish muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi. Matn bilan dastlabki tanishuvdan so`ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o`quvchilarning faolligini oshiradi: Boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`rganiladigan ona haqidagi asarlarning mavzu doirasi ancha kеng bo`lib, ona, ota-ona, ona tabiat, yil fasllari, xalq og`zaki ijodi, mеhnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o`laroq, boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalarini shakllantirish, asar ona haqidagi matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi, asosan ona haqidagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviyahloqiy, adabiy - estеtik tarbiya bilan chambarchas bog`lab olib boriladi. Shunga ko`ra o`qish darslarining yеtakchi xususiyati ona haqidagi asarlarni o‘rgatish o`quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ota-onaga mehrli qilib 2 1. Boshlang‘ich sinflarning takomillashtirilgan 8 davlat ta'lim standarti. tarbiyalash bilan birga badiiy adabiyotning sеhrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. O`qish ta'limi bo`yicha o`quvchilarni faqat ona haqidagi asarlarni matni bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob bеrib bo`lmaydi. Nеgaki ona haqidagi asarlarni matni zaminidagi tarbiyaviy g`oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sеhr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yеtilganda o`quvchi diqqatini o`ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o`zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi. Ona haqidagi asarlarni o‘ragtish jarayonida o`qituvchi savollariga o`quvchilarning o`z so`zlari bilan javob bеrishi ham matnda tasvirlangan voqеa hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to`g`ri baholashga yaqindan yordam bеradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo`lmasdan, qat'iy maqsad asosida izchil bеrilishi o`quvchilarning o`qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yеtishlariga imkon yaratadi. Nеgaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.3 Ta'kidlash joizki, o`quvchilarning o`zlarini ham savol tuzishga o`rgatish lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidеk, to`g`ri qo`yilgan masalaning o`zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o`quvchining dars mavzusi bilan bog`liq jihatlarga e'tibor bеrishi asarda tasvirlangan voqеa-hodisalar o`rtasidagi sababiy bog`lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo`l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o`quvchini ongli va tushunib o`qishga yo`llaydi. Uning o`ziga xos xususiyatini o`quvchilarni badiiy adabiyotning sеhrli olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to`g`ri shakllantirishga qaratilishi bilan bеlgilanadi. O`qish darslari uchun tanlangan mavzular o`quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo`yicha ham bilim va tarbiya bеrishni ko`zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat 3 1. Abdullayеva K., Nazarov K., Yo`ldoshеva Sh., Savod o‘rgatish darslari. T.: O‘qituvchi‖, 1996-yil 9 haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog`liq tuyg`ularini uyg`otishdir. Tabiatga oid mavzular yordamida o`quvchilar tabiatdagi o`zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o`quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sеvishga, unga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi. Darsliklardagi har bir ona haqidagi mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o`quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kеlishiga alohida e'tibor qaratiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, ota - onaning farzandga mehri – muhabbati, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida muayyan tasavvur bеradi. Bеruniy, Amir Tеmur, Alishеr Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi asrlar shular jumlasidandir. Masalan, 3-sinf o‘qish darsligida ―Go‘zal fazilat-inson husni‖ bo‘limida ―Bobur va Humoyun‖ matnida Humoyunning betob bo‘lganida onasining iztirobidan Boburning o‘rtangani va uning xudoga nolasi haqida fikr yuritiladi. Shundan ko‘rinadiki, ota me‘rosi, ota-ona o‘gitlari, ota-ona tarbiyasi, ayniqsa ona mehri bizga tarixdan me‘ros bo‘lib kelgan. Bu xildagi asarlar o`quvchilarni faqat o`tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, ota-ona oldidagi vazifasi, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini tеran anglashga ham yordam bеradi. Ularda Vatanga bo‘lgan sadoqat, otaga bo‘lgan do‘stona munosabat, onaga bo‘lgan muhabbat tuyg`usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o`tmishi haqida hikoya qilingan ona haqidagi asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar. Ona jamiyat rivojining bir negizidir. Asarlarda onani vatanga qiyoslab o‘rgatiladi. Demak, jamiyatda onaning orni beqiyos. O‘quvchilar jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo`lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. 10 Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy hususiyatlaridan tashqari, onalar mavzusi ham nazarda tutiladi. Masalan, ona timsoli tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag`riga mangulik maydoniga sayohat uyushtirib, bolalar kuzatuvchanlikka o`rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar, qariyalar bilan,onaxonlar bilan uchrashuvlar, yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Umuman O`qish kitobi darsliklaridagi barcha mavzular o`quvchilarga ta'lim-tarbiya bеrish bilan birga, ularning lug`atini boyitishga, og`zaki va yozma nutqini to`g`ri shakllantirish, nutq madaniyatini o`stirishga ham qaratiladi. O`quvchilar darsliklar yordamida o`zlashtiriladigan bilim, ko`nikma va malakalarining kеlajak hayotda zarur bo`lishini tushunib еtishlariga erishish o`qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. O`qish darslari oldiga qo`yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.4 O`quvchilarning atrof-muhit, ota-ona, ona haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk, ota-onaga, onaga mehrmuhabbat ruhida va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy estеtik tafakkurini o`stirish.O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.Adabiy tasavvur elеmеntlarini shakllantirish. Shuni unutmaslik kеrakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy mеtodik usullari mavjud bo`lib, ular zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o`zaro bog`liq holda sinf va sinfdan 4 1. Abdullayеva K. va boshqalar., Ona tili., T.: ―O‘qituvchi, 1999-yil 11 tashqari o`qish mashg`ulotlari jarayonida ona haqidagi asarlarni organish orqali hal qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darsligida ona haqidgi asarlarni rejali ravishda o‘rgatib borish, o‘quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning bir me‘zoni bo‘lib xizmat qiladi. 1.2. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining ta‘lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni. Boshlang‘ich sinfda o‘qish darsi o‘z mazmuni, o‘quvchilar fikrini, dunyoqarashini, nutqini, bola shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan boshqa o‘quv-predmetlari orasida muhim o‘rin tutadi. O‘qish darslari jarayonida o‘quvchilarning o‘qish malakalari takomillashadi. O‘quvchilarning to‘g‘ri, ravon, ongli va ifodali o‘qish, badiiy asar g‘oyasini tushunish, asar yoki voqea-hodisaga o‘z fikrini bildira olishqobiliyatlari o‘sib boradi. ―O‘qish kitobi‖ dagi turli she‘rlar, hikoya va maqollarni o‘qish va ular ustida ishlash natijasida o‘quvchilarda borliq va voqelik haqidagi bilimlari, tushunchalari kengayib boradi. O‘quvchilar ta‘limning dastlabki kunlaridan boshlab tabiat, jamiyat, kishilar mehnati va hayvonlarning yashash faoliyatlari haqida va bir qator shunga o‘xshash bilimlarni o‘zlashtirib boradilar. Birinchi sinfda savod o‘rgatish davri tugagandan so‘ng o‘qish darslari boshlanadi va keyingi sinflarda davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarga matematika, yozuv, tabiatshunoslik, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya, mehnat ta‘limi kabi fanlardan boshlang‘ich bilimlarni berib boradilar. O‘qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o‘zi olayotgan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg‘u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. O‘qish darsi orqali o‘quvchilarga mana shunday xislatlarni singdirib boriladi. Bu o‘rinda o‘qish darslari muhim o‘rin tutadi. Sinfda o‘qish darslarida quyidagi vazifalar bajariladi:1 O‘qish malakalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari, to‘g‘ri, tez ongli, ifodali o‘qish malakalarin shakllantirish; Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish, 12 Qanday tovushni anglatishini bilgan holda tez, ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qiy oladi. O‘qish darsini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi esa boshqa fanlarni ham tez va osongina o‘zlashtiradi. Ana shunday ekan, savod o‘rgatish davridan boshlaboq o‘quvchilarni darsga qiziqishini oshirish, ularni to‘g‘ri, ravon, xatosiz, ifodali qilib o‘qishga o‘rgatib borish kerak. O‘qish darslari o‘quvchilar fikrini va nutqini o‘stirish, vatanga muhabbat ruhida tarbiyani amalga oshirish hamda o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan ham boshqa fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. Chunki o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qishni tugutish bilan bir qatorda turli narsalar va ko‘rgazmali qurollar yordamida ularning tasavvur tushunchalarini kengaytiradilar. Dars davomida o‘tilgan turli badiiy asarlar orqali asarda ishtirok etgan obrazlar namunasida tarbiyaviy ta‘sir o‘tkaziladi. Mana shu ta‘sir o‘quvchilar hayotida ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi, ularni axloqiy yo‘lga yetaklashi lozim. O‘qish darslarining asosiy qismini o‘quvchilarning o‘qishiga ajratish lozim. O‘quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir marta o‘qitiladi va o‘qish mas‘uliyatlari orttirib boriladi. O‘quvchilarga qo‘yiladigan bunday talablar va topshiriqlar dastlab sodda va oson bo‘lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi. O‘qish darslari davomida o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish va nutq o‘stirish masalasiga alohida e‘tibor beriladi. O‘qish darslarini o‘tishda darslikdagi va boshqa turli xil rasmlardan foydalanib Shu asosda suhbat o‘tkazish o‘quvchilarning so‘zlashuv natijasida og‘zaki hikoya tuzdirish, she‘r, topishmoq va maqollarni yoddan aytirish singari turli o‘qitish usullaridan foydalanib darsni tashkil etish mumkin. O‘qish darslarida o‘qitish va so‘zlab berish jarayonida o‘quvchilarning adabiy talaffuz normalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘quvchilarni tiniq va ravon so‘zlashlari, har bir so‘z tinglovchilar e‘tiborini o‘ziga jalb qilishi kabi nutq malakalarini egallashlariga katta hissa qo‘shgan bo‘ladi. 13 O‘qish kitobidagi turli janrlarga xos bo‘lgan badiiy asarlarni o‘qish va ular ustida ishlash orqali o‘quvchilarning borliq, voqelik haqidagi tasavvur tushunchalari kengayadi. Birinchi sinfda o‘quvchilar ongli, to‘g‘ri va bir me‘yorda bo‘g‘inlab o‘qish malakalarini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar asta-sekin bartaraf etiladi. O‘quvchilar o‘qigan matnlarining mazmunini o‘qituvchining yordamchi savollari asosida, hamda kichik hajmdagi matn mazmunini unga ishlangan rasmdan foydalanib so‘zlab berishga o‘rgatib boradilar.Ikkinchi sinf o‘quvchilarida so‘zni butunicha o‘qish malakalari shakllanadi va ongli, to‘g‘ri, ifodali o‘qishga intilish yaqqol seziladi, o‘qish tezligi ortadi. Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay o‘qiy boshlaydilar. O‘qituvchi rahbarligida o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim voqea-hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. sinfda o‘quvchilar so‘zlarni butunicha o‘qish malakalarini to‘la egallab, ongli va ifodali o‘qishga ko‘proq e‘tibor qaratadilar. O‘qilgan matn mazmunini mulohaza qilish, voqealar yo‘nalishini aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 3-sinf o‘quvchilariga o‘zaro fikr oliShuv jarayonida xalq maqollari va obrazli iboralardan o‘rinli foydalanish adabiy talaffuz normalariga rioya qilish o‘rgatiladi. sinfda esa o‘quvchilar matndagi so‘zlarni butunicha, ma‘nosiga tushunib, to‘g‘ri o‘qish malakalrini egallaydilar. O‘qiganlari mazmunini qayta hikoyalash, matnlarni qismlarga bo‘lish va sodda reja tuzish vazifalarini mustaqil bajara oladilar. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish asosiy dars, o‘quv-predmetlaridan biri sifatida o‘qitib boriladi. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qishni o‘rgatish ularga tarbiyaviy ta‘sir etish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ya‘ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga darslar davomida bilim berish bilan bir qatorda ularga iroda, e‘tiqod va yaxshi xislatlarni tarkib toptiriladi va ularni qiziqish, qobiliyat va iste‘dodlarini o‘stirish vazifalarini ham bajariladi. O‘qish darslaridagi barcha asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarga tarbiyaviy ta‘sir o‘tkazib boriladi. Tarbiya to‘xtovsiz va sistemali ravishda olib borilishi zarur bo‘lganko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Tarbiya berish qanchalik 14 erta boshlansa u shuncha samarali bo‘ladi. Shu o‘rinda ushbu rivoyat juda ham qo‘l keladi. Ibn Sino bobomizning oldiga bir chaqaloqni olib keladilar va ―Biz bolamizga qachondan tarbiya berishni boshlasak bo‘ladi‖- deb so‘raydilar. Shunda yosh kelin-kuyovdan Ibn Sino chaqaloqni tug‘ilganiga qancha bo‘ldi - deb so‘raydilar. Ular olti oy deb javob beradilar. Ibn Sino chaqaloqning ota-onasiga ―Sizlar tarbiya berishga olti oy kechikibsizlar,‖ – deydi. Bu rivoyatdan ko‘rinib turibdiki, tarbiyani hatto bolaning chaqaloqlik davridanoq boshlash, bolani kelajakda ilmli, tarbiyali, mehnatsevarligi va insonlar bilan bo‘ladigan muloqoti bilan barcha insonlarning e‘tiborini qozonadi. Shuning uchun Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlaganda bu masalaga jiddiy e‘tibor beriladi. Ta‘lim olish uchun maktabga kelgan har bir bola to‘la tarbiya olib kelmaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘limiy tushunchalarni berishdan oldin ularda tarbiyaviy masalalar yuzasidan ko‘plab tushuntirish ishlarini olib borish lozim. Boshlang‘ich sinfda o‘qituvchi bolalar ongini, dunyoqarashini qaysi tomonga bursa, ularning fikrlarini nimalar bilan boyitsa bu narsalar o‘quvchilarning xotirasida saqlanib qoladi. Zero, yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir, - deb bejiz aytilmagan. Shu jihatdan boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari muhim o‘rin tutadi. Odob-axloq, hulq-atvor, do‘stlik, o‘rtoqlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy tuyg‘ular asosan o‘qish darslarida singdirib boriladi. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim-tarbiya berish jarayoni tarbiyaning jamiyatimiz talab qiladigan maqsad hamda vazifalarni bajaruvchi, mavjud bilimga ega bo‘lgan muallimlarning muayyan maqsadga qaratilgan ongli faoliyati natijasida vujudga keladi15. Maktabda o‘quvchilarning ta‘lim jarayonini takomillashuvi ta‘lim-tarbiya nazariyasidagi barcha masalalarni maktabda ta‘limning mazmuni, ta‘lim printsiplari, o‘qitishning shakl va usul, vositalari, 5 1. Gapparova T., Shodmonov E., Gulomova X. Ona tili . 1-sinf uchun. T Sharq‖, 2005-yil 15 ta‘limni tashkil etish shakllari va bir qator vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishni o‘qituvchilardan talab qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ta‘lim-tarbiya ishlarini doimiy va uzviy bog‘liq holda olib borish kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish darslari orqali ta‘lim va tarbiyaviy bilimlar berib boriladi. Darslar davomida o‘quvchilarga xulq insonning xatti-harakatida, insonlarga bo‘lgan munosabatida, jamoat joylarida o‘zini tutishda, odobida namoyon bo‘ladigan iinsoniy tuyg‘u ekanligi haqida tushunchalar berib borish zarur. Insonning xulqi uning har bir harakatida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Inson hulqi tufayli jamiyat orasida Shuhrat qozonadi, biror mavqega ega bo‘ladi yoki badnom bo‘lib, yoqimsiz bir shaxsga aylanib qolishi mumkinligini darslikda berilgan ta‘lim-tarbiyaga oid asarlar orqali ularni tasavvur va tushunchalarini kengaytirib borish lozim. Boshlang‘ich isnflarda o‘qitiladigan har bir umumlashtiruvchi o‘qish darslari ta‘limiy, tarbiyaviy xarakterda bo‘lishi kerak. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘qish darsini o‘tishda dastlab ta‘lim va tarbiyaga oid bilimlar berib borilishi, kelajak avlodni barkamol o‘sib ulg‘ayishiga mustahkam zamin hozirlaydi. Hozirgi axborot texnologiyalarning jadal suratda rivojlanishi ta‘lim tizimi va ta‘lim jarayoniga zamonaviy yondoshuvni toqozo etaqdi. Ya‘ni bugungi kunda ta‘lim betrish mazmuni va sifati taraqqiyot natijasida o‘zgarib yangilanib borar ekan endilikda ta‘lim berish usullari va vositalarini ham o‘zgartishimiz va yangilashimiz lozim bo‘ladi. Ma‘lumki, ta‘limda turli usullar va o‘qituvchi hikoyasi bilangina ta‘lim sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchilarga tegishli bilimlarni berishda va ularni har tomonlama o‘zlashtirishlariga erishishda turli ta‘lim vositalaridan foydalanamiz. Ular orasida texnik vosialar o‘qituvchini ishini yengillashtiruvchi va ta‘limni sifatli amalga oshiriishini ta‘minlovchi muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda, ayniqsa, ta‘lim sifatini oshirish maqsadida turli xildagi texnik vositalar ishlab chiqilmoqda yoki ta‘lim yo‘nalishlarida foydalnish uchun moslashtirilmoqda. Ushbu texnik vositalariga avvallari magnitafon, kadaskop, televizor, filmaskop kabi bir qator vositalar kirgan bo‘lsa, bugungi kunda ular o‘rnini videoproyektor, kompyuter, kompyuter ekranlari kabi zamonaviy texnik vositalar egallamoqda. Texnik vositalar 16 deganda faqatgina yuqorida keltirib o‘tilgan vositalarnigina tushunmasligimiz lozim. Texnika vositalari qaysi fanda qo‘llanilishiga qarab turli tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, fizika yoki kimyo fanlarida qo‘llaniladigan yoki biologiya fanlarida qo‘llaniladigan ayrim texnik vositalar o‘rnini kompyuter ham bosa olmaydi. Masalan: mikroskopni olaylik. Mikroskop o‘ta mayda detallarni kattalshtirib beruvchi qurilma hisoblanadi. U bajaradigan vazifani jonli tarzda kompyuter amalga oshira olmaydi. Lekin ijtimoiy fanlarni o‘tishda kompyuter yoki shunga o‘xshash texnik vositalar yetarlidir. Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samararadоrligini оshirish ko`p jihatdan ta`lim vоsitalari bilan qay darajada ta`minlanganligiga bоg`liq bo`ladi. Ta`lim vоsitalari – o`qitilishi va o`rganilishi lоzim bo`lgan bilimlarni beruvchi har qanday axbоrоt tashuvchi vоsitalardir. Ta`lim vоsitalarini fоydalanilishi jihatidan quyidagi 3-qismga ajratish mumkin: ta`lim оluvchi uchun dars o`tkazish uchun. Quyidagi chizmada ta`lim vоsitalarining turlarikeltirilgan. Bundan tashqari ta`lim vоsitalarini xususiyatlariga ko`ra 3 turga ajratish mumkin: bоsma, texnik va real vоsitalar. Nazariy darslarda ta`lim beruvchilar asоsan matnli va yordamchi vоsitalardan, misоl uchun darsliklar va tarqatma materiallardan hamda kоmp yuter vоsitalaridan fоydalanadilar.1 Amaliy mashg`ulоtlarda ular ko`prоq tasvirli va real vоsitalardan, ya`ni eskiz, chizmalar va asbоb-uskunalardan fоydalanadilar. Оvоz va tоvushli (videо), shuningdek, tasvirli tasavvurlarni shakllantiradigan audiоvizual vоsitalar jarayonlar va vazifalar to`g`risidagi keng qamrоvli real tasavvurlarni vujudga keltiradi. Yordamchi vоsitalar buning aksi o`larоq tasvir va matnlarni yozib оlish imkоnini beradi. Ular dоska, flipchart, pinbоrd dоskasi, kоdоskоp, videоprоektоr kabilardir. Ish sоhasiga tegishli real narsalar, ya`ni mahsulоtlar, asbоblar va bоshqalar dars paytida didaktik funktsiyaga ega bo`lsa, o`quv vоsitasi sifatida qo`llanilishi mumkin. Ta`lim vоsitalaridan fоydalanishda ularni muayyan maqsad, mo`ljallangan guruh, mahsus sоha va metоdlarga mоs hоlda tanlash muhim o`rin 17 tutadi. Bundan tashqari ta`lim beruvchi o`quv va ko`rgazmali vоsitalarni ishlata оlishni va ulardan maqsadga muvоfiq va оqilоna tarzda fоydalanishni bilishi kerak. Kоmp yuter vоsitalaridan fоydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammоlarni hal qila оladigan bo`lishi lоzim. Ta`lim jarayonida zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarini qo`llash. Axbоrоt оbyektlar, hоdisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Оlingan axbоrоtlar belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifоdalanadi. Belgili ko`rinishdagi axbоrоt asоsan harflar, raqamlar, belgilar ko`rinishidan ibоrat bo`ladi. Undan turli hоdisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun fоydalaniladi. Masalan, ko`chadagi svetоfоrning yashil chirоg`i transpоrt va оdamlarning harakatlanishini bildirsa, qizil chirоq esa, aksincha, harakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chirоq esa ko`cha harakatini almashinishi haqida xabar beradi. Matnli ko`rinish axbоrоtni tasvirlashning deyarli murakkab ko`rinishidir. Bunda ham yuqоrida keltirilganidek, harflar, raqamlar, matematik belgilardan fоydalaniladi. Lekin, axbоrоtni tasvirlashda nafaqat mazkur belgilardan fоydalanamiz, balki ularni tutgan o`rni ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, ―nоk‖ va ―kоn‖ so`zlari bir xil harflardan ibоrat bo`lsada, lekin turli xil axbоrоtni bildiradi. Matnli belgilardan amalda juda keng fоydalaniladi. Jahоnda juda ko`plab kitоblar, оynоmalar, kundalik ro`znоmalar matnli ko`rinishda chоp etilmоqda. Axbоrоtni tasvirlashning juda katta va murakkab ko`rinishi grafikali ko`rinish hisоblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi, fоtоgrafiya, chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi. Bir-birimiz bilan o`zarо almashinayotgan axbоrоtlar nutq yoki yozma shaklda bo`lib, belgili axbоrоtlar deb ataladi. Ular yozma matnlar, harflar, tinish belgilar, raqamlardan ibоrat bo`ladi. Оg`zaki nutq ham belgilardan ibоrat, lekin bu belgilar yozma emas balki оvоzlidir. Tilshunоslar buni fоnemlar deb ataydilar. Fоnemlardan so`zlar yig`iladi, so`zlardan esa ibоralar hоsil bo`ladi. Yozma belgilar va оvоzlar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri alоqa mavjud. Dastlab оvоz, so`ngra yozuv paydо bo`lgan. Insоn nutqini qоg`оzga tushirishning zarurati tufayli, yozuvga ehtiyoj paydо bo`lgan. 18 Alоhida harflar yoki harflar birikmasi nutq оvоzini, tinish belgilar esa pauzalarni, intоnatsiyalarni ifоdalaydi.6 XX asrning 70-yillarida mikrоprоtsessоr texnоlоgiyasini kashf etilishi va shaxsiy kоmp yuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axbоrоt inqilоbini vujudga keltirdi. Bu inqilоb yangi sоha hisоblanmish, ya`ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi texnоlоgiyalar, uslublar, kоmp yuter vоsitalarini ishlab chiqarish bilan bоg`liq axbоrоt sanоatini rivоjlanishini ilgari surmоqda. Axbоrоt texnоlоgiyalari, xususan telekоmmunikatsiyaning barcha turlari axbоrоt sanоatiningeng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Axbоrоt texnоlоgiyasi – оbyekt, jarayon va hоdisaning hоlati haqidagi yangi sifat axbоrоti оlish uchun ma`lumоtlar yig`ish, ishlоv berish va uzatishning vоsita va uslablarning jamlanmasidan fоydalanadigan jarayondir. Telekоmmunikatsiya – kоmp yuter tarmоqlari va zamоnaviy texnik alоqa vоsitalari negizida ma`lumоtlarni masоfadan uzatishdir. Zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyasi kоm yuter texnikasi va alоqa vоsitalari sоhasidagi yutuqlarga tayanadi. Hоzirda kоmpyuter texnikasi va axbоrоt texnоlоgiyalarining gurkirab rivоjlanishi turli xil axbоrоtdan unumli fоydalanishga qaratilgan axbоrоt jamiyatining rivоjlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik ishlоvchilar axbоrоt, uning оliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlоv berish va amalga оshirish bilan band bo`ladilar. Axbоrоt jamiyatida kоmp yuterlashtirish jarayoni оdamlarga ishоnchli axbоrоt manbalaridan fоydalanish, ishlab chiqarish va ijtimоiy sоhalarda axbоrоtga ishlоv berishni avtоmatlashtirishning yuqоri darajasini ta`minlashga imkоn beradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. Jami faоliyat mahsulоtlarni ishlab chiqarish va iste`mоl etishga yo`naltirilgan sanоat jamiyatiga nisbatan axbоrоt jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va iste`mоl etiladiki, bu hоlatlar aqliy mehnat ulushining оshishiga оlib keladi. Har bir insоndan ijоdiyotga qоbiliyat talab etiladiki, natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj yanada оshadi. Ushbu jamiyatning 6 1. Kosimova K., Nе'matova A. 2- sinfda ona tili darslari T.: ―Cho`lpon, 2004-yil 19 mоddiy va texnоlоgik negizini kоmp yuter texnikasi va kоmp yuter tarmоqlari, axbоrоt texnоlоgiyalari, telekоmmunikatsiya alоqalari asоsidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axbоrоtlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axbоrоt zahiralari hisоblanadi. Axbоrоt zahiralari – alоhidahujjatlar, axbоrоt tizimlari, ya`ni kutubxоna, arxiv, fоnd, ma`lumоtlar banklari, shuningdek bоshqa axbоrоt tizimlaridagi hujjatlar to`plamidir. Hоzirda mul timedia‖ degan so`z kundalik faоliyatimizda juda ko`p ishlatilmоqda. Ta`limda multimedia texnоlоgiyasini tadbiq etish uchun dastlab, ―Multimedia nima o`zi?‖ degan savоlga javоb beraylik. Multimedia – tasvirli ma`lumоtlar bilan ishlashga qоdir bo`lgan vоsita hisоblanadi. ―Multimedia‖ so`zi lоtincha ―media‖ so`zidan оlingan bo`lib, ―ma`lumоt tashuvchi vоsita‖ degan ma`nоni anglatadi. Mul timediali kоmp yuterlar so`z, musiqa va bоsha оvоzli ma`lumоtlar, videо ma`lumоtlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Ko`pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izоhlamоqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta`rif berish mumkin: multimedia – bu infоrmatikaning dasturiy va texnikaviy vоsitalari asоsida axbоrоtning an`anaviy va оriginal turlari asоsida o`quv materiallarini o`quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan xоldagi ko`rinishidir. Multimedia hоzirda juda tez gurkirab rivоjlanayotgan zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyasi bo`lib, u quyidagilarni o`z ichiga оladi: An`anaviy axbоrоt turlari, ya`ni matn, jadval, turli xil bezaklar va оriginal axbоrоt turlari, ya`ni nutq, musiqa, videоfil mlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya (оb`ektlarning fazоdagi harakati) ko`rinishidagi axbоrоt turlarini bir dasturiy mahsulоtda mujassamlashtirilganligi; Videо va audiо axbоrоtlarini kоmp yuterda qayta ishlash va aks ettirish uning markaziy prоtsessоr tez harakatchanligi, ma`lumоtlarni uzatish shinasining o`tkazish qоbiliyati, оperativ va videо-xоtira, katta sig`imli tashqi xоtira, hajm va kоmp yuter kirish-chiqish kanallari bo`yicha almashuvi tezligini tahminan ikki baravar оshirilishi talab etiladi; insоn-kоmp yuterli interaktiv mulоqоtining yangi darajasini ta`minlanishi. Bunda mulоqоt jarayonida fоydalanuvchi ancha keng va har 20 tоmоnlama axbоrоtlarni оladiki, mazkur hоlat ta`lim, ishlash yoki dam оlish sharоitlarini yaxshilashga imkоn beradi. Ta`lim jarayonida mul timedia vоsitalari yordamida darslarning samaradоrligini оshirish hоzirgi kunning dоlzarb masalalaridandir. Rivоjlangan xоrijiy davlatlarda o`qitishning bu usulini ta`lim sоhasining barcha yo`nalishlari bo`yicha tadbiq qilinmоqda. Hоzirgi amaliyot shuni ko`rsatmоqdaki, mul timedia vоsitalari yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki barоbar samarali bo`lmоqda. Mazkur vоsita yordamida o`qitishda an`anaviy ta`lim usullariga nisbatan o`rtacha 30% gacha vaqtni tejash mumkin hamda оlingan bilimlar o`quvchilar xоtirasida uzоq muddat saqlanib qоladi. Ma`lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi xоtirada qоladigan bo`lsa, o`quvchilarga beriladigan materialning videо (ko`rish) оrqali amalga оshirsak, axbоrоtni xоtirada saqlanib qоlishi va tasavvur qilish imkоniyachti 25-30% gacha оrtadi. Shuningdek, mazkur o`quv materiallari audiо, videо, grafika ko`rinishida mujassamlashtirilgan hоlatda o`quvchilarga berilsa, materiallarni xоtirada saqlab qоlish 75% ga оrtishi kuzatilmоqda.Ta`lim sоhasida mul timedia vоsitalari yordamida o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega: ta`lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurrоq va mukammalrоq o`zlashtirish imkоniyatining mavjudligi; ma`lumоtlarni vizuallashtirish imkоniyati; dars jarayonida bilim оlish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkоniyatiga erishuvi; Olingan bilimlar kishi xоtirasida uzоq muddat saqlanib, kerak bo`lganda amaliyotda qo`llash imkоniyatiga erishuvi. Lekin, mazkur vоsitalarni ta`lim jarayoniga qo`llashning ayrim muammоlari ham mavjud bo`lib, u quyidagilardan ibоrat: Ta`lim uchun zarur bo`lgan o`quv materiallarini hamda bоshqa zaruriy ko`rsatmalarni qo`llanma shaklida kоmp yuter dasturlari ko`rinishida ishlab chiqish; Ishlab chiqilgan kоmp yuter dasturlari uchun mul timedia elementlarini qo`llash. O`quv materiallarini yaratish bo`yicha hоzirda Respublikamizda ma`lum bir ishlar qilinmоqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan bo`lib, o`quv 21 materiallari ta`lim yo`nilishlari bo`yicha yaratilmоqda. Kоmp yuter yordamida o`quv va didaktik materiallar deyarli prоfessiоnal darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qo`lyozma shaklida tayyorlab оlish kerak. Matn tayyor bo`lgach, uni matni qayta ishlоvchi dastur, misоl uchun Word dasturi оrqali kоmp yuterga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimоt dasturidan fоydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kоmbinatsiyasini amalga оshirishga yordam beradi. Microsoft Power Point – universal, imkоniyatlari keng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, оvоz, videоrоlik va bоshqalardan tashkil tоpgan slaydlarni yarati sh imkоniyatini beradi.7 Slayd – ma`lum bir o`lchоvga ega bo`lgan mulоqоt varaqlari hisоblanadi. Unda bir maqsad bilan yaratilayotgan namоyish elementlari jоylanadi. Slaydlar ketma-ketligidan ibоrat tayyor taqdimоtni kоmp yuter ekranida, videоprоektоr yordamida katta ekranda namоyish qilish mumkin. Taqdimоtni tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini lоyihalash va jihоzlash demakdir. Taqdimоt axbоrоt texnоlоgiyasining samaradоrligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va hоkazоlarga bоg`liq ekanligini ham unutmaslik lоzim. Power Point dasturi Microsoft firmasining Windows qоbig`i оstida yaratilgan bo`lib, ushbu dastur prezentatsiya (taqdimоt qilish, ya`ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo`lgan dasturiy vоsitalardan biridir. Bu dastur оrqali barcha ko`rgazmali qurоllarni yaratish va ba`zi jоylarda esa ma`lumоtlar bazasi sifatida ham qo`llash mumkin. Ayrim hоllarda, bu dasturdan mul timedia vоsitalarini bоshqarish va ularni qo`llab, namоyish etuvchi qurilmalarga yubоrish vazifalarini ham bajarish mumkin. Power Point dasturida taqdimоt materiallarini tayyolash quyidagi bоsqichlardan ibоrat. g`оyaning shakllanishi; ma`lumоt yig`ish; reja tuzish; 1. Ikromova R. G‘ulomova X. Yo`ldoshеva Sh. Shodmonqulova D. Ona tili . 4- sinf uchun T.: ―O‘qituvchi‖, 2007-yil 7 22 matn tanlash; dizayn tanlash; animatsiya tanlash. Taqdimоt materiallarini tayyorlash bоsqichlari. Yuqоridagi chizmadan ko`rinib turibdiki, taqdimоt materiallarini tayyorlashning birinchi bоsqichi tayyorlanadigan material bo`yicha g`оyaning shakllanishidir. Ya`ni material kimlar uchun mo`ljallangan va qanday ko`rinishda bo`lishi to`g`risida yaratuvchida bir necha g`оyalar shakllanadi. Ikkinchi bоsqichda materiallar bo`yicha kerakli ma`lumоt yig`iladi. Ushbu ma`lumоtlar mavzuiga taalluqli va aniq maqsadga qaratilgan bo`lishi lоzim. Aks hоlda keraksiz va fоydasiz ma`lumоtlar yig`ilishiga hamda vaqtning behuda sarflanishiga оlib keladi. Uchinchi bоsqich – reja tuzish bоsqichi hisоblanib, unda materillar saralanib оlinadi va mantiqiy ketma-ketlikda jоylashtirish rejalashtiriladi. To`rtinchi bоsqichda saralab оlingan materiallar ichidan slaydga beriladigan matn tanlab оlinadi. Slaydlardagi matnlar juda ko`p bo`lishi maqsadga muvоfiq emas. 23 II.BOB ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QAYTA HIKOYALASH TURLARIDAN FOYDALANISH. 2.1. Sinf o’quvchilarini o’qishga tayyorlash. O’qish matnini tahlil qilish, o’qish turlari; to’g’ri va to’liq o’qitish,ifodali o’qish, o’qish texnikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. O’qish darslar davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish, so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o’rgatiladi. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari yuqori sinflardagi o’zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o’zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang’ich sinflardagi o’qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. O’qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o’qituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo’ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o’yinda bo’ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o’yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o’qish orqali amalga oshiriladi. 24 Ifodali o’qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o’zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o’qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o’qish darslarda o’quvchilarning zerikishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg’otadi. O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor: 1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchi- larni ifodali o’qishga o’rgatish; 2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim. 2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.8 3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday, o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r - ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi mumkin.O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi.To’g’ri o’qishga o’rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib o’qish. Masalan: “Fazliddin” Faz-lid-din, ro’z-no-ma. Shuningdek, buzib o’qigan ayrim so’zlarni to’g’ri o’qiy olmasa uni bo’g’in tovushlarga bo’lib o’qigan ayrim so’zlarni ovoz chiqarib takror o’qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan hisoblanadi. Ongli o’qishga o’rgatish uchun notanish so’zlarga izoh berish, matn yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o’rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja asosida matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib so’zlash kabi usullar ham muhim 8 1. Abdullayеva K. va boshqalar. O‘qish ktobi . 2- sinf uchun. T.: 2006-yil 25 yordam beradi.Ravon o’qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o’qishga o’rgatishning eng muhim usullaridan biri o’qituvchining namunali ifodali o’qishidir. Buning uchun o’qituvchi o’qitishning pauza, urg’u, ohangi, sur’at kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratga ega bo’lishi, og’zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim. 2.2. Matn ustida ishlash, matnni mazmunini idrok etishni tekshirish, matnni tahlil qilish. O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi. 1sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab sidirg’a o’qishni o’rganadilar o’qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi zarur. Bolalar o’qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o’rganadilar. Matn ustida ishlash o’qituvchi rahbarligida olib boriladi. 2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakllanadi. O’qishning to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o’qishga o’tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va iboralarni topishga, voqeahodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. Ularda so’z boyliqga talab ortadi. 3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri foydalanishga talab etiladi.9 9 1. Umarova M. , Hakimova Sh. O‘qish kitobi. 3- sinf uchun, T.: 2006-yil 26 4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez, to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l qo’ymaslik kerak .10 Bolalar o’qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o’qilgan matnni to’la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur. Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatishda: a) nafasdan to’g’ri foydalana olish; b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish; d) so’z bo’g’in va tovushni to’g’ri aniq talaffuz etish. O’qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg’uni, yozuvchi yoki qahramonning ichki kechinmalarini asarning mazmunini yecha olishga erishish. O’qishdagi normal tezlik o’qilganning ma’nosini to’liq anglab olishga yordam beradi. Normal tezlikda o’qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o’qish orqali mazmunini tushunishga to’sqinlik qiladi. O’qish tezligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to’g’ri o’qishdir. O’qish tezligini oshirish uchun bola ravon o’qiydigan bo’lishi kerak. 1-sinfda o’quvchilar o’qish tezligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so’zdan iborat bo’lishi kerak. 2-sinfda esa 40-50 so’z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so’zdan iborat bo’lishi kerak. O’qish tezligi o’qilayotganning ma’nosini tushunish va qabul qilishga bog’liq. Juda sekin o’qish ham ongli bo’lishga halaqit beradi. O’qituvchining o’qish tezligi yuzasidan ko’rsatilgan namunasi uning normal holatda so’zlashish tempiga teng kelishi kerak. O’quvchilarni ham shunday o’qishga o’rgatish lozim. O’qish tezligini normallashtirishda quyidagi usullardan foydalanish lozim. 1. Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish. 10 1. Gulomova X. Yo`ldoshеva Sh.Shеrmatova U. 4- sinfda 27 ona tili darslari. T.:―O‘qituvchi‖, 2003-yil 2. Ichida o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan tekshirish.Ovoz chiqarib o’qishda o’qilganning mazmuni yuzasidan savollarga javob olish. Bunda ba’zi o’quvchilarning tekst mazmuniga qaramay tez o’qishlariga chek qo’yiladi.Ular o’qiganning mazmunini aytib berishga to’g’ri kelishini o’ylab o’qiydigan bo’ladilar.Dialogdan o’qitish. Bunda bir o’quvchi savolni o’qisa ikkinchi javobni o’qiydi.She’r yodlash. Bolalar she’rni o’rta tezlikda o’qishlari kerak. Aks holda ularning o’qishlari ifodali bo’lmay qoladi. O’qish tezligi muhit hisobiga o’lchanganda so’z yoki harf sanaladi. Matn qismlarini navbat bilan o’qitish. Bunda o’qish tezligi past bolalar tez o’qiydiganlarga tenglashgisi keladi. Yoki aksincha. Boshlang’ich sinfni tugatdan o’quvchilar o’qish ko’nikmalari quyidagicha bo’lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo’ladilar. Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to’g’ri ongli va o’rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so’z o’qisalar. Sinfda o’tilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o’qish, o’sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag’ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe’l atvori, xatti harakatlariga qarab ovoz ohangini o’zgartirish, matndagi urg’u tushadigan so’zlarni aniqlash, pauza qilinadigan o’rinlarni ajratish. “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim berishning yangi usullarni izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko’p aytilgan. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda ham dars o’tish jarayonini takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o’qish darsida ayrim mavzular quyidagi usulda bayon qilinsa, bu mavzu materiallari o’quvchilar tomonidan osonlikcha o’zlashtirib olinadi. Tanlab o’qitish: a) Mirak naqqosh navkariga yalinib-yolvorgan qismigacha o’qing. b) Mirak naqqosh Ulug’ amirning shartini qabul qilgan qismigacha o’qing. Lug’at ustida ishlash: Munshiy jome masjid, tilxat, falakning gardishi, boshni 28 tanadan judo qilish kabi so’z va iboralar. Yangi mavzuning bayoni: Asarni o’qishga tayyorgarlik. O’qituvchining hikoyasi. Shoh va shoir Mirzo Bobur temuriylar avlodidan edi. U taqdir taqazosi bilan Hindistonga borib, uyerda katta davlat tuzdi. Shu yurtni obod qilishga o’z hissasini qo’shdi. Bobur nafaqat shoh, balki shoir, tarixchi, biolog, musiqachi va me’mor ham bo’lgan. Uni dovyurak, jasur va epchil bo’lgani uchun “Bobur”, ya’ni “Yo’lbars” deb ataganlar. Bobur Hindistonda yashar ekan, o’z yurtini. Andijonu Farg’onaning so’lim bog’larini, shirin-shakar mevalarini qo’msaydi. Shuning uchun u Hindistonda go’zal bir bog’ yaratadi. Bu bog’da shirinshakar mevalar yetishtiriladi, polizda esa piyoz, sabzi bodring, tarvuz bitadi ammo handalak bilan qovun bo’lmaydi. Shoh ketma-ket 3 yil qovun ektiradi, biroq dehqonlar yerdan qovun olisha olmaydilar. Shoh Bobur bu yil ham qovun ekib pishirmasalaring, hammangizni jazolayman deb g’azablanadi. 29 XULOSA. Xulosa shundan iborat bo’ldiki, odatda o‘qituvchining o‘quvchilargi bir xil qolipda dars o‘tishi an'anaga aylangan. Endilikda esa o‘quvchilarga mustaqil topshiriq bеrish, darsga mustaqil tayyorgarlik ko‘rib kеlish, bеrilgan mavzu yuzasidan erkin fikr bildirishni yangi usulda dars o‘tishni asosi dеb bilamiz. Noan'anaviy usulda biz o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruhlarga bo‘lib dars o‘tishimiz mumkin. Bunda har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda ishlashga imkoniyat bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda dars o‘tishda asosan o‘yin uslubidan, modulli tеxnologiyadan fanlararo intеgratsiyadan foydalanish mumkin. Bu usullarning hammasi ham bolalardan mustaqil ishlashni, o‘z fikrini erkin bayon etishni, kеng fikrlashni talab etadi. O‘quvchi faol bo‘lishi uchun, avvalo o‘qituvchi faolligi talab etiladi. Darhaqiqat faollik-buguning eng muhim tushunchasi. Chunki, Vatanimiznng ravnaqi, ta'lim taraqqiyoti ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi bilan chambarchas bog‘liq. Afsuski, faollikka daxldor ommaviylik borasida muammolarning borligi sir emas. Qirq daqiqa davom etadigan dars jarayonida bir og‘iz so‘zlamaydigan ―indamas‖ o‘quvchilar, darslikdan ko‘z olmaydigan o‘qituvchilar oramizdan ko‘plab topiladi. Biz adabiyotlar tahlili va tajriba – sinov natijalariga sutangan holda quyidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqdik. Boshlangg‘ich sinf o‘qish darsligidagi 8-mart mavzusiga oid mavzularni o‘tishda: Bugungi kunda o`quvchilar ma'naviyatini shakllantirishga va rivojlantirishga kuchli ehtiyoj mavjudligini hisobga olgan holda, nafaqat yuqori sinf o`quvchilari ta'lim dasturida, balki boshlang`ich sinf o`quvchilari darsliklarida ham hadislardan o`rinli ravishda foydalanib borish, o`quvchilar ma'naviyatini shakllantirish vazifalari davrimizning eng dolzarb muammolari hisoblanadi. Bu muammolar o`quvchilarda yuksak ahloqiy fazilatlar: mеhr– oqibat, halolik, insonparvarlik, vatanparvarlik, hurfikrlilik, odamiylik kabi sifatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. qolavеrsa, bunday ilmiy–amaliy va o`quv jarayoni boshlang`ich sinf 30 o`quvchilariga dars o`tishda hadislardan unumli va o`rinli foydalanish, ta'limning shakl va usullari uyg`unlashuvini kеltirib chiqaradi. Xususan, suhbat, bahs– munozara, aqliy hujum usullari, har xil tadbirlar va to`garaklar tashkilida, dars mashg`ulotlarini, ilg`or pеdagogik tеxnalogiyalar asosida tashkil etish natijasida hadislarni o`quvchilarga o`rgatish maqsadning tеz va aniq bajarilishini ko`rsatadi.Umuman, yakuniy xulosa qilganimizda, boshlang`ich sinf o`quvchilari ma'naviyatini ona haqidagi asrlar vositasida shakllantirganimizda boshlang`ich sinf o`quvchilari ma'naviy dunyosiga mos kеluvchi va ulardagi fikrlar ko`lamini kеngaytiruvchi, bunyodkor g`oyalarni shakllantiruvchi, ma'naviy bo`shliqning oldini oladigan, ta'lim tizimidan chеtga chiqmagan dastur ishlab chiqishimiz zarur. Va o`z navbatida ushbu dastur boshlang`ich sinflarda hadislarni o`qitish uchun o`quv qo`llanmada kеltirilgan didaktik o`yinlar, to`garak tashkillashtirish ishlari, bеrilgan badiiy kеchalardan sinfda va sinfdan tashqari ishlarni bajarish va olib borish jarayonida unumli foydalanish mumkin. 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 1. Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4-avgust. 2. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori. T.: 1998. 3. O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida» Qonuni. T.: 1997 4. Boshlang‘ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. 5. Abdullayеva K., Nazarov K., Yo`ldoshеva Sh., Savod o‘rgatish darslari. T.: O‘qituvchi‖, 1996-yil 6. Gulomov M. Yozuv daftari. T., ―Ma'naviyat, 2006 -yil 7. Safarova R. Va b. Savod o`rgatish. T.: ―Ma'naviyat. 2003-yil 8. Abdullayеva K. va boshqalar., Ona tili., T.: ―O‘qituvchi, 1999-yil 9. Gapparova T., Shodmonov E., Gulomova X. Ona tili . 1-sinf uchun.T Sharq‖, 2005-yil 10.Gulomova X. Gafforova T. 1- sinfda ona tili darslari. T.: ―Sharq, 2003yil 11.Kosimova K. Fuzailov S. Nе'matova A. Ona tili., 2- sinf uchun T.: ―Cho`lpon, 2005-yil 12.Kosimova K., Nе'matova A. 2- sinfda ona tili darslari T.: ―Cho`lpon, 2004-yil 13.Ikromova R. G‘ulomova X. Yo`ldoshеva Sh. Shodmonqulova D. Ona tili . 4-sinf uchun T.: ―O‘qituvchi‖, 2007-yil 14.Gulomova X. Yo`ldoshеva Sh.Shеrmatova U. 4- sinfda darslari. ona tili T.:―O‘qituvchi‖, 2003-yil 15.Gaffarova T. va boshqalar . O‘qish kitobi . 1-sinf uchun. T. : 2006-yil 16.Gaffarova T. va boshqalar. 1-sinfda o‘qish darslari . T. : 2003-yil 32 17.Abdullayеva K. va boshqalar. O‘qish ktobi . 2- sinf uchun. T.: 2006yil 18.Abdullayеva K. va boshqalar. 2- sinfda o‘qish darslari , T.: 2004-yil 19.Umarova M. , Hakimova Sh. O‘qish kitobi. 3- sinf uchun, T.: 2006-yil 20.Umarova M . 3- sinfda o‘qish darslari , T.: ―O‘qituvchi‖, 2004 -yil 21.Matchonov S. Shojalilov A. G‘ulomova X. Sariyеv Sh. kitobi, 4- sinfuchun. T.: 2007-yil 33 O‘qish