Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba Reja: I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot. 1.1 «Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari. 1.2 «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati. II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba 2.1 2.2 Movarounnahrda olib borgan urushlari. Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi. 1 Mundarija Kirish ……………………………………………………………………..…3 I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot……..….7 1.1 Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot……….…..9 «Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari…………….14 1.2 «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati…………………………………………………………………...…….21 II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba....................................................................................................................23 2.1 Boburning siyosiy faoliyati……………………...……………………...23 2.2 Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi………..29 2 Kirish. Uzoq o’tmishda ijtimoiy hayotning ko’p sohalarida muhim rol o’ynagan yirik siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U o’z davrida iste’dodli lashkarboshi va davlat arbobi, talantli shoir va adib, san’at, adabiyot hamda fanning qadrini biladigan atoqli olim bo’lgan. Uning musiqa, harbiy ish haqida yozgan risolalari bizgacha yetib kelmagan bo’lsa ham, biroq uning bos hqa qator asarlari ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan g’arb tarixchilarini qizio’tirib kelgani kabi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixini tekshiruvchi sharo’shunos olimlar uchun ham ko’pdan buyon ilmiy tayanch manbalaridan biri bo’lib kelmoqda. Boburning lirik devonlari, «Boburnoma»si, aruzga doir risolasi, Hatti Boburiy, "Harb ishi", "Musiqiy ilmi" va boshqa asarlari o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi. «Boburnoma» oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524) va Hindiston (1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—1494) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni 3 bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat. Maqsad va vazifalari: «Boburnoma»da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90- yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiy tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, «Boburnoma»da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xoʻjaligi, daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. 4 Xususan 15—16-asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va boshqa turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. «Boburnoma» da Fargʻona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan. Mavzuning dolzarbligi: «Boburnoma»da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar,— hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas". «Boburnoma» 15-asr oʻzbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqolmatallari, iboralari, ibratli oʻgitlar, sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi. «Boburnoma» 16-asrdan boshlab hozirgigacha dunyoning koʻp tillari — ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir necha martalab tarjima qilindi, sharhizohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya kabi oʻnlab mamlakat olimlarining ilmiy tadkiqotlarida " Boburnoma "ning insoniyat yaratgan oʻlmas obidalar qatorida alohida oʻrinda turishi taʼkidlanadi. «Boburnoma»ningjahonga mashhur boʻlishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta boʻldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi toʻliq nashrini 5 (ingliz tilida) 1826-yilda J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2-marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij «Boburnoma»ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning oʻzida «Boburnoma» tarjimalari 9-marta nashr etildi. Keyingi yillarda «Boburnoma»ning professor V. Takston tomonidan AQShda (Kembrij shahri, Garvard universiteti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal soʻzlik, koʻrsatkich va sharhizohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995—96) ilmiytanqidiy matni nashr etildi. 6 I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot. Boburning lirik asarlari asosan uning devoniga jamlangan. Shoirning o’zbekcha devonining ikki qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bulardan biri Parijda, ikkinchisi Hindistonda saqlanadi. Boburning lirik merosini shu ikki qo’lyozma nusxa va «Boburnoma» dagi she’rlar tashkil etadi. Mana shular asosida Boburning bir necha bor nashr qilindi. Boburning she’rlarini 1910 yilda i ngliz Sharo’shunosi Denison Ross to’plab ingliz tiliga tarjima qilib, nashr etdi. Shoirning ba’zi she’rlari 1931 yil Istambulda chiqqan "Milliy tatabbu’lar" majmuasiga ham kiritilgan. Boburning she’rlari o’tmishda ingliz, frantsuz, va boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilingan edi. Keyin 60-70 yil ichida Bobur she’rlari qaytaqayta nashr qilindi, xrestomatiyalarga, turli to’plamlarga kiritildi va bir necha marta tanlangan asarlar tarzida bosilib chiqdi. Bobur devoni lirik turning har xil janrda yozilgan she’rlarni, jumladan, g’azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o’z ichiga oladi. Unda oddiy g’azallar bilan bir qatorda g’azali musajja’ (markaziy ruknlari qofiyadosh bo’lgan g’azal), qit’a g’azal (birinchi bayti qofiyasiz bo’lgan g’azal), g’azali husni matla’ (matla’dagi keyingi baytning har ikkala misrasi matla’ga qofiyadosh bo’lgan g’azal), qo’shaloq vaznli va qofiyali, ruboiy tarona (to’rtala misrasi qofiyadosh bo’lgan ruboiy), oddiy tuyuqdan tashqari, qo’shal oq tajnisli tuyuq, tajnisiz tuyuq hamda tajnisli qit’a, tajnislit fard, qofiyali fard va qofiyasiz fard shakllarini ham ko’ramiz. Fazal, ruboiy va tuyuq Bobur lirikasining eng xarakterli janrlaridir. Bobur aruzning hafif, ruboiy, rajaz, ramal, sare’, tavil, mutaqorib, mujtass, muzore’, munsareh va hazaj bahrlaridan hamda bu bahrlarning 25 turdagi ichki xillaridan foydalanadi. Bobur devoni asosan uning o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor. Bobur o’z ona tiliga bo’lgan muhabbatini bir she’rida shunday ifodalagan edi: Erur turk oshiq, kosh bilsam forsiy qoni, Desam holimni bilsa, forsiydan dilbarim oni. 7 Bobur fors-tojik adabiy tilini ham mukammal bilar edi. Bunga shoirning forstojik tilidagi she’rlari yaqqol misol bo’la oladi. Bobur Lutfiy, Alisher Navoiy, Umar Hayyom, Hofiz singari ustoz san’atkorlarning bir qator an’analarini davom ettirdi va rivojlantirdi, ularning g’azallariga nazira va muxammaslar bog’ladi. Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga harakat qiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlami qo’lga kiritadi. Kishilaming ma’naviy qiyofasi, din, tasavvuf, hokimiyat va marifat masalalari, yor va unga bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik, hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi. Murakkab va ziddiyatli hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan Boburning o’zi bu lirikaning markaziy qahramonidir. Bobur lirikasi til va uslubi jihatidan nihoyatda sodda va ravondir. U jo’sh qin va musiqiy misralarida hayotiy, original obrazlar yaratadi, xalq tili va uning og’zaki ijodi boyliklaridan unumli va o’rinli foydalanib, she’rlarining tilini boy va rangbarang qilishga erishadi. Bobur hayot, sevgi va shodlik kuychisidir. U odamlarni hayotni qadrlashga va sevishga, rostgo’y to’g’ri bo’lishga, o’z shaxsiy manfaati ketidangina quvmaslikka, halol, sof ko’ngil bo’lishga, umuman ruhiy boylikka ega bo’lishga, mazlum va muhtojlarni oyog’ osti qilmaslikka, maqsadga zo’r berib intilishga, qat’iyat bilan qanday bo’lmasin unga erishishga chaqiradi. Shoir bir she’rida shunday deydi: Davlatg’a yetib mehnat elin unutma, Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma...1 1. Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66. 8 1.1 Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot. U dunyoni, hayotni, hayot quvonchlarini, inson tirikligini, uning xursandchiligini, bahor va uning xursandchiligini, bahor va uning latofatini sevadi: Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kibi yozi, Xush ul kishikim aysh ila utgay qishu yozi. SHoir lirikasida bunga ko’plab xarakterli misollar keltirish mumkin, jumladan: Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati, SHe’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor, Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa bordur davlati. Ishq dardin chekib har kimki topsa vasli yor, Ul zamon bo’lg’ay unut, yuz yilki hijron shiddati. Shoir "yoz fasli" bilan bodaning kayfiyatini, "yor vasli" bilan "ishq dardi" ni, "do’stlarning suhbati" bilan "she’r bahsini" kuylaydi. U dilkash, bama’ni va xushchaqchaq majlislarni, do’stlar suhbatini istaydi va ta’rif qiladi. Boburdagi bu kayfiyat o’zining chuqur falsafiy asoslariga ega, zotan hayotni qattiq sevuvchi va shu bilan birga uning zavq - shavqini tark etishni istamaydigan, umrning insonga berilgan ne’mat ekanligini idrok etadigan uning mohiyatini anglagan inson albatta uning qadriga yetishga da’vat etgan: << Fofil o’lma, ey soqiy, gul chog’in g’animat tut, Vaqti aysh erur bog’iy, ol chog’ir, ketur, bot tut. Bu nasihatim angla, ne bilur kishi yongla, Ne bo’lur ekin tongla, sen bugun g’animat tut.>>2 Boburning bunday erkin fikrlari o’z davrida favqulodda ahamiyatga ega edi va ular Bobur adabiy merosi uchun katta ijtimoiy mohiyat, yorqinlik, mazmundorlik, joziba baxsh etadi. 2. Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66. 9 Bobur she’riyati ilm-ma’rifatni, axloq-odob kabi masalalarni ham qamrab oladi. Shoir ilmning o’z-o’zidan bunyod bo’lmasligini ta’kidlar ekan, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’lishi mumkin deydi: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O’rgangali ilm tolibi ilm kerak, Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q, Men borman ilm tolibi, ilm kerak. Yaxshi xulq - atvorga ega bo’lishi, kishilarga yaxshilik qilishi eng ezgu xislat va olijanob fazilatdir: Xalqingni rost etgil har sorig’aki borsang, "Ahsanta" deb bori el, gar yaxshi ot chiqarsang... Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo’q. Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’. Boburning ko’pgina she’rlarining mazmunini vatan ishtiyoqi, g’urbat hasratlari, sog’inch kayfiyati tashkil etadi. Bu bevosita shoirning murakkab hayoti va kurash yo’li, shodiyona alamli sarguzashtlari bilan bog’liq. Bobur temuriylar saltanatini saqlab qolish, Movarounnahrda yirik va mustahkam davlat qurishga intildi. Biroq bu orzulari amalga oshmadi3. U vatanini tashlab ketdi. Undan olisda ko’plab mashaqqatlarni boshidan kechirib yashadi. Bularning hammasi shoir qalbidan qog’ozga ko’chdi, she’rga aylandi: Ko’ngli tilagan murodga yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki muyassar o’lmasa olamda, Boshni olib bir sorig’a ketsa kishi,deydi shoir. Yana shunisi e’tiborliki, bunday kayfiyatdagi ba’zi she’rlar shoir biografiyasi haqida kam ma’lumot beradi, ya’ni biografik asosning shoir she’riyatidagi o’rnini ko’rsatib turadi. 3. Jamolov S. Bobumomaning badiiy qimmati haqida. o’z FAN, T.,1961. 10 Beqaydmenu xarobi sim ermasmen, Ham mol yiqishtirur laim ermasmen. Qobulda istiqomat qildi Bobur dersiz, Andog’ demangizlarki, muqim ermasmen. Boburning vataniga qaytish orzusi ushalmadi. U yurtidan uzoqda qolib ketdi, davlati va saltanati uni umr bo’yi chet elga bog’lab qo’ydi. Binobarin, u: Keldim bu sari o’z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo’o’tur, degan edi. Bobur she’rlari orasida o’zining vatanidan olisga ketib qolishini "xatolig’" deb baholagan pushaymonlig’ kayfiyati ham uchraydi: Tole’ yo’qki, jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishnikim ayladim, xatolig’ bo’ldi. o’z yerni qo’yib Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. Demak, Bobur o’z vatanini ishtiyoq bilan sevadi, g’urbatdan hasrat va nadomat chekadi, bu kayfiyatini, holatini o’z she’rlarida - g’azal va ruboiylarida mahorat bilan ifodalaydi. “Bobur lirikasidagi ishq mavzusi juda keng qamrovli. U oddiy insonning insonga bo’lgan muhabbatidan, insonning ilohga bo’lgan muhabbati darajasiga ko’tarilgan. Bu esa Bobur she’riyatidagi so’fiyona mayllarni namoyish qiladi. Bobur oshiqni zohidga, ishqni zuhdu - taqvoga qarama - qarshi qo’yar ekan, bir jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan zohidlar va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatib beradi”4: Zohido do’zax o’tidin meni ne qo’rqutasen, Hajr o’ti qoshinda ko’rmasmen ani uchqunga. 4. Jamolov S. Bobumomaning badiiy qimmati haqida. o’z FAN, T.,1961. 11 Yoki: Tiyradur zuhd damidin ko’ngul, Ishq o’ti birla yorutmog’ kerak... ...Zuhd ketti, esa karam qildi, Ishq keldi-yu muhtaram qildi. Xullas, Bobur lirikasining mavzu doirasi rang-barang bo’lib, u o’zbek klassik she’riyatining ravnaq topishiga, ijtimoiy - falsafiy fikrlar taraqqiysiga katta hissa qo’shdi. Bobur - yetuk san’atkor shoir. U Lutfiy, Navoiy singari buyuk so’z san’atkorlaridan ta’lim olib, ularning an’analarini davom ettirib rivojlantirgan shoirdir. SHoir she’riyatning badiiy soddaligi uchun kurashdi. SHoir yaratgan timsollar samimiyligi va tabiiyligi bilan kitobxonni hayratga soladi. SHoir badiiy sodda, ravon, musiqiy, tili boy va rangdor she’rlar yaratdi. Uning she’rlarida o’y va fikr, his va tuyg’u, tasvir va tavsif, so’z va musiqiylik bir-biri bilan uzviy bog’lanib ketadi; Insonning xilma-xil ichki kechinmalari, shodligi va qayg’usi, orzu va armon, tolei va taqdiri o’ziga xos badiiy bo’yo qlar bilan tasvirlanadi, jonli obraz va portretlar yaratadi, tabiat manzaralari va turli lavhalarni rassom kabi chizib beradi. U har bir she’ridagi mazmunni, kayfiyatni e’tiborga olgan h olda unga muvofiq shakl vazn qo’llaydi, ichki qofiyalardagi, so’z o’yinlaridan, intonatsiya va ovush tovlanishlaridan ustalik bilan foydalanadi. Masalan, janrning: "Ko’nglumni chu ul pari olibtur, Devona bo’lurg’a ne qolibtur". Yoki: "Sabo ul gul haramig’a guzar qil, Mening holimdin ul gulga xabar qil" - kabi misralari nihoyatda sodda, ravon va musiqiydir. Bobur lirikasi shoirning yuragi, his tuyg’ulari, o’y va orzusi, sukuti va hayajonning kitobidir. Mohir shoir bularning barchasini lirik she’rlarida favqulodda sodda usul bilan nihoyatda ravon va ravshan, tabiiy va haroratli qilib tasvirlaydi. Lirik qahramon - Bobur timsolida biz maqlub va xomush, alamli va hasratli, umidsiz va istiqbolsiz shaxs bilan g’olib va mag’rur, shod va quvnoq, umidli va 12 istiqbolli Bobur timsolini ham ko’ramiz. Xuddi shu kabi ma’shuqa timsoli ham goh bevafo, sitamkor goh eng mehribon, vafodor, go’zal yor sifatida gavdalanadi. Lirik she’rlarida shoir faqat siyosiy faoliyati zaminida vujudga kelgan kayfiyatlari bilan emas, balki oshiq, ma’rifatparvar va murabbiy bir inson sifatidagi fikr - tuyg’ulari bilan ham mujassamlashadi. Boburning san’atkorlik mahorati badiiy san’at va tasvir vositalarini qo’llashda ham namoyon bo’ladi. U o’xshatish, tazod, laf va nashr, parallelizm, mubolag’a va boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni, obrazni, holat va histuyg’uni mukammalroq yoritishga erishadi. (Ushbu badiiy san’at va tasvir vositalariga o’qituvchi Bobur g’azallaridan misollar keltirgan holda tushuntiradi). Xullas, Bobur lirikasi rang-barang janrlardan tashkil topgan. Uning mavzu doirasi keng. Sharq she’riyati an’analarini davom ettirgan shoir mavjud she’riy san’atlar va tasvir vositalari deya mahorat bilan foydalanib, o’z san’atkorligini, o’zbek she’riyatida o’ziga xos hodisa ekanligini namoyish qildi. 5. Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma», Yulduzcha, 1990. 13 1.2 «Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari. Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va adabiy tilning yorqin namunasi bo’lgan «Boburnoma» asaridir. Asarning asli nomi "Boburiya" bo’lsa - da, uni "Voqeanoma", "Tuzuku Boburiy", "Voqeoti Boburiy" deb atadilar, keyinchalik asar «Boburnoma» degan nom bilan mashhur bo’lib ketdi. «Boburnoma» memuarlar (esdaliklar) to’plamidir. Bu tarixiy - badiiy asar 1494 -1529 yillardagi voqealarni, Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda ro’y bergan va ko’pida Boburning o’zi ishtirok etgan o’zaro feodal urushlarni o’z ichiga oladi. Aftidan, Bobur siyosiy faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab voqealrni xotira sifatida qayd etib borgan, keyinchalik bu qaydlar «Boburnoma» ning yaratilishiga asos bo’lgan. Boburning «Boburnoma» ni qachon yozishga kirishgani ma’lum emas. Biroq asarning ayrim o’rinlari uning ko’proq qismi Hindistonda yozilgani yoki qayta tahrir qilinganini ko’rsatadi. Masalan, adib 909 (1503-1504) yilgi Afg’oniston voqealarini bayon qilar ekan Ibrohim Lo’diy ustidan qozongan g’alabasini eslaydi. Bu esa Boburning 909 yil voqealarini Hindistonda yozganini yoki avvalgi yozganlarini tahrir qilganini ko’rsatadi. Bobur bu asarini umrining oxirlarida, 1529-1530 yillarda yozib tugatadi. Boburning o’z so’zi va uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" dagi ma’lumotlariga ko’ra, «Boburnoma» dastlab "Voqeanoma" deb atalgan. «Boburnoma» dagi bir ruboiysida shoir shunday degan edi: Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum, Har kim bu "Vaqoe" ni o’qur, bilgaykim, Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum. «Boburnoma» ni ko’chirgan bir kotib uni "Boburiya" deb nomlaydi. Demak, «Boburnoma» asari o’z davrida yuqorida aytib o’tganimizdek bir qancha nomlar 14 bilan atalgan ekan. «Boburnoma» ning o’ndan ziyod qo’lyozma nusxalari ma’lum. Asarning Boburning hayot davridayoq ko’chirilgan ikki nusxasi haqida ma’lumotlar bo’lsa da, ularning qaerda saqlanayotgani ma’lum emas. «Boburnoma» ning XVII XVIII asrlarda ko’chirilgan nusxalari Leningrad, Kalbkutta, Agra, Haydarobod, Manchestr, London, Edinburg va boshqa joylarda saqlanadi. «Boburnoma» 1857 yilda Qozonda turkshunos rus olimi N.Ilbminskiy tomonidan nashr etiladi. 1905 yil ingliz olimasi A.Beverij xonim «Boburnoma» ning Haydarobodda topilgan qo’lyozmasining faksimiliesini nashr ettiradi. Asar Turkiyada ham nashr ettirilgan. Asardan parchalar bir necha xrestomatiyalarda nashr ettirildi. 1948-49 yillarda ikki kitob holida, 1965-66 yillarda uch tomlik tarkibida, 1990 yilda alohida kitob holida chop etildi. «Boburnoma» asari bilan SHarq va G’arb olimlari alohida qiziqishgan. Uni eng kamyob va nodir asarlardan hisoblagan ko’pgina G’arb olimlari tadqiq etib o’rganganlar, tarjima qilganlar. Jumladan, G’arb tarixchi olimlardan Elfinston Boburning bu asari haqida shunday yozadi: "Bu memuarlarda buyuk turk podshosining hayoti batafsil tasvirlangan, uning shaxsiy his - tuyg’ulari har qanday mubolag’adan, pardadan holi. Uning uslubi oddiy va mardona, shuningdek, jonli va obrazli. o’z zamondoshlarining biografiyalarini, ularning qiyofalarini, urf-odatlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan u («Boburnoma») Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir..." «Boburnoma» bir necha tillarga tarjima qilingan. Akbarshoh davrida (1586). «Boburnoma» fors tiliga tarjima qilinib, unga miniatyuralar ishlangan. Bu tarjimaning nusxalari ko’p. Asar 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga tarjima qilinib, Amsterdamda bosiladi. Djon Leyden bilan V.Erskin «Boburnoma» ning o’zbekcha va forscha nusxalarini solishtirib, uni ingliz tiliga tarjima qilishga va 1926 yilda Londonda nashr ettirishgan. A.Keyzer «Boburnoma» ning inglizcha tarjimasi asosida uni qisqartirilgan holda nemis tiliga tarjima qilinadi va bu tarjima 1828 yilda Leyptsigda bosiladi. Frantsuz olimi Pave de Kurteyl ь tarjima qiladi. Bu tarjima 1871 yilda Parijda nashr etiladi. «Boburnoma» ni rus olimlaridan dastlab 15 N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, V.Vyatkinlar tarjima qilgan bo’lsalar, u keyinchalik M.Salbe tomonidan rus tiliga to’la tarjima qilindi va ikki marta nashr etildi. O’zbek adabiyotshunoslari tomonidan «Boburnoma» ning ko’p jihatlari tadqiq etilgan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar A.Fitrat, H.Yoqubov, Ya.Fulomov, V.Zohidov, I.Sulton, M.SHayxzoda, F.Sulaymonova, A.Qayumov, H.Hasanov, N.Mallaev, S.Hasanov, X.Nazarova, P.Qodirov, R.Nabiev, X.Qosimov, F.Salomov, S.Jamolov, N.Komilov, A.Abdug’ofurov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev, tarixchi olimlardan S.Azimjonova va boshqalarni nomi bilan bog’liq. «Boburnoma» tarixiy manba sifatida alohida qimmatga ega. Unda XV asrning oxiridan XVI asrning 30 - yillariga qadar ro’y bergan tarixiy voqealar aks ettiriladi. Asar 1494 yil voqeasi tasviri bilan, Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning Farg’onaga hujumi, Umarshayx Mirzoning halok bo’lishi va 12 yoshga qadam qo’ygan Boburning taxtga chiqishi bilan boshlanadi. Asarda voqealar doirasi kengayib, chuqurlashib, murakkablashib boradi. Muallif Movarounnahrdagi, keyinroq Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda voqealarni bayon qiladi. Faktik materiallarning ko’pligi, boyligi, aniqligi va to’laligi, tarixiy voqealarning asosan ob’ektiv, beg’araz va rostgo’ylik bilan bayon etilishi, xronologik izchillik, ifodaning soddaligi va ravonligi «Boburnoma» ning tarixiy manba sifatidagi afzalliklarini tashkil etadi. SHu jihatdan qaraganda «Boburnoma» o’tmishning ko’pgina tarix kitoblari va memuarlaridan ustun t uradi. «Boburnoma» da tarixiy voqealar asosan ob’ektiv bayon etiladi. «Boburnoma» sodda uslub, ravon, shirali va boy til bilan yozilgan, jonli manzaralar, portret va xarakterlar, original badiiy til vositalari bilan badiiiylashtirilgan asardir. Aynan mana shu afzal jihatlari bilan «Boburnoma» uzoq zamonlardan buyon tarixchilarning va boshqa olimlarning diqqat - e’tiborini o’ziga jalb etib, yuksak baholanib kelmoqda. «Boburnoma» XV-XVI asr tarixiy hodisalari bilan tanishish va ularni umumlashtirish, SHarq feodal jamiyatining xususiyatlarini belgilash va yoritishda juda ko’p xarakterli faktlar, ma’lumotlar beradi. «Boburnoma» o’zbek adabiyoti tarixida badiiy prozaning eng birinchi yirik namunasi hisoblanadi. Bu asar adabiyotimizda prozaning rivojlanishiga uzoq vaqt 16 ijobiy ta’sir etib keldi. Dadil aytish mumkinki, bu asarda badiiy prozaning deyarli ma’lum darajada barcha elemaentlari bor. Muallif o’z asarining ko’p qismlarini xuddi ana shu planda yozadi, o’z boshidan kechirgan va ko’rganlarini, o’zining atrofidagi yoki tarixiy aloqador bo’lgan odamlarni, bu odamlar nima qilgan bo’lsalar - ularning barchasini tasvirlaydi. Mazkur asarda muallifning juda chuqur bilimi, badiiy salohiyati va mahorati namoyon bo’ladi. «Boburnoma» da qahramonlarning harakatlar bilan voqealik uzviy va chambarchas bog’lanib ketadi. Muhimi shundaki, bu voqealarning barchasida Boburning hayoti va faoliyati, uning harbiy yurishlari yetakchilik qiladi. Ular o’quvchiga shunday yetkazib beriladiki, asarning ba’zi joylari badiiy umumlashma darajasiga ko’tariladi. «Boburnoma» ning syujeti juda murakkabdir. Bobur syujetni rivojlantirishda Sharq adabiyotida keng tarqalgan bayon ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi. Mazkur usul turli mavzularni qamrab olishga, konfliktning kuchayishiga va asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat beradi. Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va voqealikni realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi. Bu jihatdan «Boburnoma» da bayon qilingan 1502- 1503 yil voqealarini o’z ichiga olgan bobning (ikkinchi yarmida yolg’iz qolgan Boburning dushmanlar ta’qib qilar ekan, u barcha xavfxatarni bilgani, tushungani holda uzoq vaqt katta masofani ajal bilan yonma-yon bosib o’tganligi) tasviri ajralib turadi. Muallif epizodik hodisalarni aks ettirganda ham shu usulni qo’llaydi. Voqealarni tasvirlagan adib ularning ko’pida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, voqealar Boburning o’z obrazi orqali bir-biri bilan ulanadi, o’ziga xos syujet chizig’ini yaratadi. SHuning uchun ham «Boburnoma» juda yengil o’g’iladi, kitobxonni o’ziga maftun etadi. Rus SHaro’shunos olimi, akademik V.V.Bartolbd «Boburnoma» ni "turkcha proza" ning eng yaxshi asarlaridan biri, deb baholagan edi. 6. Qudratullaev H. Boburnoma" ning tarixiy - adabiy va uslubiy tahlil. Avtoreferat. T., 1998. 17 Bobur biror tarixiy voqeani hikoya qilishga kirishar ekan, ko’pincha, avval voqeaning o’rnini batafsil tasvirlaydi, voqeada ishtirok etuvchi kishilarning aftbasharasidan tortib fe’l - atvori va hatti - harakatiga qadar ta’riflaydi, so’ng voqeaning bayoniga kirishadi. Ba’zan voqea davomida chekinish qilib, joy yoki manzarani tasvirlaydi. Kitobxonning ko’z o’ngida XV - XVI asrlardagi Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindiston o’lkalari, ulardagi shahar va qishloqlarning manzarasi, topografiyasi, ob-havosi, o’simliklar dunyosi, aholisi, urf-odatlari namoyon bo’ladi. Bobur peyzaj ustasidir. Mana bir misol. Bobur va uning odamlari o’z yo’llarida duch kelgan va ular kechib o’tishlari lozim bo’lgan daryoning kengligini, ulug’vorligini va sekin oqishini muallif quyidagiga qisqa va obrazli qilib ifodalaydi: "Farib ulug’ suv nazarga keldi. Ul yuzdagi dashtlar xud aslo ko’rinmaydur. Suv osmon bila payvast ko’rinadur, ul yuzdagi tog’lar va pushtalar netavrkim, Serobning ul yuzidagi tog’ va pushtalar muallaq ko’rinur..." «Boburnoma» muallifi bunday o’rinlarda iste’dodli adib va shoir sifatidagina emas, balki bilimdon va kuzatuvchan bir olim, geograf, tabiatshunos, etnograf, tilshunos, san’atshunos sifatida gavdalanadi. U ayrim kichik detallarga ham katta e’tibor beradi, realistik lavhalar yaratadi va hassos rassom sifatida tabiatning xilma-xil manzaralarini chizadi. Andijon, Marg’ilon, O’sh, Xo’jand, Qobul, Fazna, Hirot va boshqa shaharlar tasviri xuddi shunday manzaralardir. Joylar tasviri «Boburnoma» da tarixiy voqealarni, kishilarning sarguzashti, hayoti va faoliyatini bayon etishda bir ekspozitsiya vazifasini bajaradi. Masalan, 1494 yil voqealarni, Umarshayx Mirzoning halokati va o’zining taxtga chiqib amakisining qo’shinini chekinishga majbur etganini so’zlashdan avval Farg’ona viloyati va uning yetti shahrini tasvirlaydi. Bobur tabiat manzaralari bir-biridan farq qiluvchi va o’ziga xos bo’lgan viloyat va o’lkalarda bo’ldi. U turli joylarni tasvirlar ekan, mana shu tabiat manzaralariga ham katta e’tibor beradi, ularning nozik nuo’talarini topa oladi va xuddi bir rassomday jonli polotnolar, peyzajlar chizadi. «Boburnoma» ning tarixiy manba sifatida baholashga birinchi asos - tarixiy voqealar bayoni bo’lsa, ikkinchi 18 asos asarda tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlarining ifoda etilishidir. «Boburnoma» da bir necha yuz tarixiy shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Ular shohlar, viloyat hokimlari, amir - amaldorlar, askarlar, ilm - fan, san’at va adabiyot ahllari, dehqonlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalaridir. Adib ularni tasvirlayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi, ikkinchi birlari haqida qisqacha ma’lumot beradi, ba’zilarini biror munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl shamoyili, nasl - nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma - xil badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi. «Boburnoma» da ilm - fan, san’at va adabiyot ahllariga ham katta o’rin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, SHayxim Suhayliy, Yusuf Badeiy, Ahmad Hojibek Behzod, Sulton Ali, Xoja Abdullo Marvoriy, SHoh Muzaffar, Fulom SHodiy, Husayn Udiy kabi qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni mao’taydi, asarlardan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati va shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli faktlarni keltiradi. «Boburnoma» bu kishilarning hayoti va faoliyatini o’rganishda, ularning madaniy hayotdagi o’rnini belgilashda juda ahamiyatlidir. «Boburnoma»ning bosh qahramoni - Bobur. U juda murakkab shaxs - siyosiy arbob, lashkarboshi, olim, shoir va donishmand. Tabiiyki, barcha badiiy asarda inson, uning hayoti, turmush tarzi va xarakteri o’z ifodasini topadi. Mumtoz nasriy asarlar ham bundan xoli emas. Odamlar orasidagi munosabat eng avvalo hissiyot, hayajon, ruhiy o’zgarishlarsiz vujudga kelmaydi. Bu holatlar ning badiiy, tarixiy, sarguzasht, voqeaiy - ilmiy sarguzasht asarlarida g’ay darajada yoritilganini 19 o’rganish adib uslubi, bayon tarzini belgilashga yordam beradi. «Boburnoma» da muallifning psixologik holati tasviri alohida o’rin tutadi. Boburning birinchi marta may ichishga rag’bat etgani jiddiy ruhiy kechinmalar orqali o’tganligi bunga bir dalil. Vaqti kelib Bobur o’zida "chog’irga mayl paydo" bo’lganligini sezgan. Muallifning inkor qilib bo’lmas sabablar, xolis dalillar keltirib, may ichuvchilar davrasiga qo’shilishi uchun ruhan va ma’nan tayyorligini zikr etadi, o’zini tinchitadi. Biroq yana bir monelik sezadi: Boburni bilgan barcha kishilar uning azaldan ichkilik ichmasligidan boxabar bo’lganliklari tufayli uni qistamas edilar. Uning o’zi esa jur’at etib, ichishga mayli borligini ochiq bildira olmasligini shunchalik aniq, hayotiy tasvirilaganki, ehtimol bu holatni bundanda mazmunliroq yoritib bo’lmas: "... so’ngralar yigitlik havasidan va nafs taqozosidinkim, chog’irga mayl paydo bo’ldi, taklif qilur kishi yo’q erdi, balki chog’irga maylini bilur kishi yo’q erdi. Ko’nglum agarchi moyil edi, qilmag’on amrni o’zluk bila qilmoq mushkul edi". ____________________________________________________________ 7. Zohidov V. Zahiriddin Muhammad Bobur. "O’zbek adabiyoti tarixidan" kitobida, T., 1961. 20 1.3 «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati. Bugungi kunda mumtoz adabiyotimiz orqali yuksak ma’naviy jihatlarni yosh avlodga yetkazish borasida ko’p so’z yuritmoqchimiz. Boburning yuqoridagi andishasi temuriyzodalar axloqi, insoniy qadr - qiymatga ehtiromi, atrofdagilar fikr - mulohazasi bilan hisoblashish, jamiyatning qonun - qoidalari barcha uchun, hatto shoh Bobur uchun ham birdek amal qilishining yorqin dalili emasmiq! Bobur qanchalik ichishga mayli bo’lmasin, yoshi kattalar, davradoshlarning hohish - istagi bo’lmagan ekan, u o’zini tiyadi, o’z irodasini ishga soladi, ichmaydi. Xuddi shu xislat davrimiz yoshlari uchun, ularni may va boshqa sarxush etuvchi moddalarni iste’mol qilishdan bosh tortish uchun yuksak ibrat va ma’naviy sabo q vazifasini o’taydi. «Boburnoma» ning bosh qahramoni Bobur timsoli, uning faoliyati, ruhiy ma’naviy olami haqida o’rnak bo’ladigan darajadagi juda ko’plab ma’lumotlarni olish mumkin. «Boburnoma» qomusiy asardir. Unda tarixiy voqealar bilan birga, tabiiyot, geografiya, topografiya, adabiyotshunoslik, etnografiyaga va fanning boshqa sohalariga doir juda qimmatli fakt va ma’lumotlar berilgan. Bobur tog’ va daralar, ko’l va daryolar, xilma - xil o’simlik va hayvonlar, joylarning yer osti boyliklari, xalqlarning urf - odati, tili, san’ati va adabiyoti, ayrim so’zlarning etimologiyasi va boshqa masalalar bilan qiziqadi, bulaming barchasini erinmay kuzatadi, o’rganadi, turli kasbdagi kishilardan, keksalardan ma’lumot to’playdi. Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindiston faqat siyosiy tarixi bilangina emas, balki tabiati, ilm - fani, san’at - adabiyoti va boshqa jihatlari bilangina emas, balki tabiati, ilm fani, san’at - adabiyoti va boshqa jihatlari bilan «Boburnoma» da birmuncha to’la va mukammal tasvirlanadi. «Boburnoma» da shu darajada ko’p turli - tuman ma’lumotlar borki, fanning deyarli barcha sohalaridagi mutaxasisslar bu asardan bah ramand bo’la oladilar. Shular bilan bir qatorda «Boburnoma» o’zbek adabiy tilining juda muhim yodgorliklardan biridir. Bu asar orqali biz XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi o’zbek adabiy tili va hamda uning o’sha davrdagi asosiy shevalardagi bo’lagan Andijon 21 shevasi haqida keng va mukammal tasavvurga ega bo’lamiz. «Boburnoma» da nosir Boburning san’atkorlik mahorati ham sezilib turadi. Asarda romantik tuyg’u, yuksak badiiy vositalar - tashbeh, istiora, majoz, mubolag’a, badiiy san’atlari orqali voqea - hodisalarni tasvirlash uning jozibador va go’zal bo’lishini ta’minlaydi. Nasrda nazm qanchalik an’ana bo’lmasin, har bir adib bu masalaga o’z o’lchovi, uslubi, tasviri bilan yondashgan. Masalan, «Boburnoma» da muallif o’z fikrini nasrda bayon etadi, boshqacha aytganda, shoir Boburdan ko’ra nosir Bobur yaqqolroq ko’ringan. «Boburnoma» voqeaviy - ilmiy - saprguzasht asar bo’lganligi bois muallif o’zining yuksak romantik tuyg’ularini ifodalash uchun gohida shoirona tuyg’uga beriladi, realistik tasvirlariga ko’tarinkilik baxsh etish niyatida she’rga murojaat etadi. «Boburnoma» ning ana shu qismlari, ayniqsa, juda ravon o’g’iladi, o’quvchini muallif hikoya qilgan voqea - hodisalarga hamroh qiladi. Xullas, Bobur o’zining lirikasi bilan ham, «Boburnoma» asari bilan ham o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Boburning «Boburnoma» sidan ilhomlangan qizi Gulbadanbegim fors - tojik tilida "Humoyunnoma" asarini yaratdi. «Boburnoma» Navoiy nasriy asarlaridan so’ng turkiy tildagi nodir badiiy, ilmiy nasr xazinasi bo’lganligi bois bugungi kunda ham va hech qachon o’zining ilmiy - adabiy - ma’rifiy qimmatini yo’qotmaydi. 8. Qudratullaev O’. "Boburnoma" ning tarixiy – adabiy va uslubiy tahlili. Avtoreferat. T., 1998. 22 II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba. Uzoq o’tmishda ijtimoiy hayotning ko’p sohalarida muhim rol o’ynagan yirik siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U o’z davrida iste’dodli lashkarboshi va davlat arbobi, talantli shoir va adib, san’at, adabiyot hamda fanning qadrini biladigan atoqli olim bo’lgan. Uning musiqa, harbiy ish haqida yozgan risolalari bizgacha yetib kelmagan bo’lsa ham, biroq uning bos hqa qator asarlari ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan g’arb tarixchilarini qizio’tirib kelgani kabi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixini tekshiruvchi sharo’shunos olimlar uchun ham ko’pdan buyon ilmiy tayanch manbalaridan biri bo’lib kelmoqda. Boburning lirik devonlari, «Boburnoma»si, aruzga doir risolasi, Hatti Boburiy, "Harb ishi", "Musiqiy ilmi" va boshqa asarlari o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi. 2.1 Boburning siyosiy faoliyati Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Farg’ona viloyatining poytaxti Andijon shahrida tug’ildi. Uning otasi Umarshayx Mirzo temuriylardan bo’lib, Farg’ona ulusiga hukmronlik qilar edi. Bu davrda Movarounnahrda temuriylarning bir mahallar ma’lum darajada markazlashgan davlati parchalanib, mayda feodal davlatlarga bo’linib ketgan edi. Ular o’rtasidagi nizolar, taxt uchun olib borilayotgan to’xtovsiz kurashlar mamlakat xalqlarning io’tisodiy va madaniy imkoniyatlarini izdan chiqargan edi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo ana shunday - toj-taxt uchun kurash keskinlashgan davrda hokimlik qildi va bu kurashlarda faol ishtirok etdi. Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar qo’lida bilim oldi, tarbiyalandi. U juda tez orada xat-savodini chiqarib, ilm-fan, adabiyot va tarix bilan shug’ullana boshlaydi. SHuningdek, u ko’p vaqtini harbiy mashqlar va ov bilan shug’ullanishga sarf etdi. o’z qobiliyati bilan kattalarni hayratda qoldirar edi. 1494 yil Andijon hokimi, Boburning otasi Umarshayx mirzo tasodifan halok bo’ladi va uning o’rniga taxtning vorisi, 12 yoshlik o’g’li Zahiriddin Muhammad 23 Bobur taxtga chiqadi. Bu voqealar bayoni «Boburnoma» asarida batafsil bayon qilingan. Bobur mamlakatni avval shayx Mazidbek, uning vafotidan keyin Boboquli Bobo Alibek ("bek atka" lar) hamda tadbirli onasi Nigorxonimning rahbarligi va ko’magida boshqaradi. Ularning ko’magida qo’shinni qayta tuzib, shaharlar va qo’rg’onlarni mustaxkamlaydi, dushmanning hujumini mohirlik bilan qaytarib, uni chekinishga majbur qiladi. Otasi tirikligi davrida (1494 yilda) Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo (Umarshayx mirzoning o’z akasi) va Toshkent hokimi Mahmudxon (Umarshayxning qaynog’asi va Sulton Ahmadning kuyovi) boshlagan urushni bartaraf qilishga muvaffaq bo’ladi, dushmanni chekinishga majbur qiladi. Bu Boburning birinchi va eng katta g’alabasi edi. XV asrning oxirida Movarounnahr va Xurosonda feodal tarqoqlik hukm surar, har bir bek o’z ixtiyoriga ish tutishga harakat qilardi. SHayboniyxonning tarixchisi Muhammad Solihning ta’biricha, hamma bir-biridan qo’rqar, o’zicha shohlik talab qilib, mamlakatda ig’vo urug’ini sochardilar. Movarounnahr tuproqida ayj olgan o’zaro janglarda Bobur Mirzo ham qatnashishga majbur edi. Xalq ommasi og’ir ahvolda qolgan edi. Sulton Mahmud Mirzo vafotidan so’ng, 1495 yil yanvarb oyida uning ikkinchi o’g’li Boysung’ur Mirzoni Samarqand taxtiga o’tqizadilar. 1496 yil Boysung’ur Mirzoga qarshi Samarqandda tarxonlar isyoni boshlanadi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo ham Samarqand taxtiga da’vogar bo’lib, 17 iyunda o’z qo’shini bilan SHavdar tumaniga yetib kelib Samarqand qamaliga kirishadi. Ayni shu payt Sulton Mas’ud Mirzo Samarqandning ikkinchi tarafidan, Sulton Ali Mirzo esa uchinchi tarafdan qamal qiladilar. Qish yaqinlashib qolgani uchun mazkur shahzodalar Samarqandni qamaldan o’shatib, o’z yurtlariga qaytib ketadilar. Bobur Samarqandni 1498 yilda, 15 yoshida bir necha urinishlardan keyin qo’lga kiritadi. Biroq Samarqandning ichki vaziyati Bobur kutganicha bo’lib chiqmadi. O’zaro urushlar va soliqlar natijasida shahar qashshoq bir ahvolga kelib qolgan edi. Buning ustiga Andijonda Uzun Hasanning saltanatga qarshi isyon 24 ko’targan xabari keladi. Yuz bergan siyosiy va io’tisodiy tanglikni mushohada qilgan Bobur Mirzo, qanday bo’lmasin Andijonni saqlab qolish payiga tushadi. Mazkur sabablarga ko’ra, Bobur Mirzo Samarqandda 100 kun hukmronlik qilgach, uni taqdirning irodasiga havola qilib, tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. Bobur Mirzo Samarqanddan chiqib, Xo’jandga yetganda, Andijonning qo’ldan ketganligi haqida xabar oladi. Bu paytda Samarqandni esa Sulton Ali Mirzo egallagan edi. Bobur Mirzo ikki yil davomida Samarqand bilan Andijon orasida sargardon bo’lsada, biroq har ikki shahardan aqalli birortasini ham qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lolmadi. Ikki yil o’tgandan keyingina Bobur Andijonni qo’lga kiritdi, yangidan Samarqandni olish niyatida qo’shin tortib keldi. Bu paytda Movarounnahrning markaziy viloyatlarini qo’lga kiritish niyatida yurgan SHayboniyxon Samarqandga yaqinlashib qolgan edi. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoning roziligi bilan Samarqand SHayboniyxon qo’liga o’tadi. 1500 yilda Bobur Mirzo Samarqand shahriga to’satdan bostirib kirib, Shayboniyxonning asosiy kuchini qirib tashlaydi. Bu paytda SHayboniyxon Konigulda edi. Samarqandni esa uning amirlaridan biri boshqarayotgan edi. SHunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtiga ikkinchi marta chiqadi. Lekin bu safar ham Bobur Mirzo Samarqandda uzoq turolmaydi. CHunki shaharda vayronalik va ochlik hukmronlik hukm surardi. Ana shunday vaziyatda Bobur shaharni qamal qilgan Shayboniyxonning sulh tuzish haqidagi taklifini qabul qiladi. Bu voqea to’g’risida Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida bayon etilgan. Samarqanddan chiqib ketgan, viloyatidan, navkarlarning ko’pidan ajralgan Bobur Toshkentda ko’p alam - iztirob chekadi. Bobur tog’asi Mahmudxonning yordami bilan Andijonni yana qo’lga kiritmoqchi bo’ladi. Biroq bu ham huzuriga keladi va Shayboniyxonga qarshi birga kurashishga da’vat etadi natijasiz chiqadi. Mahmudxon yengilib, Shayboniyxonga asir tushadi. SHayboniyxon Toshkentni ham qo’lga oladi. Bobur Mo’g’ulistonning shimoli - SHarqiy tomoniga qarab qochadi. Birmuncha vaqtdan keyin Farg’ona vodiysiga qaytib keladi. Biroq 25 Movarounnahrda yirik va mustahkam hokimiyat vujudga keltirishga ko’zi yetmagach, 1504 yilda 300 dan ortiq yigiti bilan Afg’onistonga qarab yo’l oladi. Bobur Mirzo Qobul tomon yurib, 1504 yil sentyabrb oyida Qobulni Zunnun Arg’unning o’g’li Muhammad Muqimdan tortib oladi. SHunday qilib, Qobul va uning atrofi Bobur Mirzo tasarrufiga o’tadi. 1505 yilda Husayn Boyqaro barcha o’g’illari qatori Bobur Mirzoni ham Hirotga chaqirtiradi. Bu yig’ilishdan maqsad - SHayboniyxonga qarshi ittifoq tuzib, urushga tayyorgarlik ko’rish edi. Bobur Mirzo bu kengashga albatta borajagini aytib, Sayid Afzalni jo’natadi. 1506 yil 5 may kuni Sulton Husayn Boyqaro SHayboniyxon ustiga qo’shin tortib, Bobo Ilohiy mavze’iga yetganda vafot etadi. Bobur Mirzo fotiha zarurati bilan Hirotga boradi va Sulton Husayn Boyqaroning o’g’illari bilan uchrashib, ularning o’zaro ichki nizo va xusumatlarini sezadi hamda bu shahzodalar bilan ittifoq tuzib, SHayboniyxonga qarshi kurashib bo’lmasligiga aqli yetib, noumid bo’lib qaytib keladi. Qobulga yaqinlasharkan, amakivachchasi Mirzoxon Qobulda isyon ko’tarib, o’zini shoh deb e’lon qilgan i haqida xabar keladi. Bobur Mirzo ko’p qiyinchiliklardan so’ng Qobulni qo’lga oladi. 1507 yilda Shayboniyxon Hirot bilan butun Xurosonni zabt etgach, Qandahorga yurishga jazm qiladi. Uni egallab olgach, ukasi Nosir Mirzoni hokim qilib tayinlaydi va o’zi Qobulga qaytib keladi. SHayboniyxon Bobur Mirzoni Qandahorda deb gumon qilib o’z qo’shini bilan kelib, shaharni qamal qiladi. Nosir Mirzo shaharda turolmay, Qobulga qochib keladi. Bu xabarni eshitgan Bobur Mirzo SHayboniyxon bilan uchrashishdan ko’ra, harholda ko’zdan nariroq turishga qaror qiladi. o’zining bek va amirlarini yig’ib, o’z fikrini izhor qiladi. Bobur Mirzoning fikricha, mavjud vaziyat taqozosiga ko’ra, SHayboniyxon ko’zidan yiroo’roq turish maqsadida Badaxshonga yoki Hindistonga yurmoqlik lozim edi. 1507 yil sentyabrda Bobur Hindiston safariga yo’l oladi. Ammo SHayboniyxon Qandahorni ololmay, sulh tuzib, orqaga qaytgani haqidagi xabarni eshitgach Qobulga qaytib keladi. 26 Nosir Mirzoga Fazna viloyatini va Abdurazzoq Mirzoga Nanginahor, Mindaravur, Darayi Nur Kiz va Nurgul hokimligini in’om qiladi. 1508 yil mart oyida Bobur Mirzoning katta o’g’li Humoyun Mirzo tug’iladi. SHu munosabat bilan Bobur Mirzo o’zini bundan buyon Bobur podshoh deb atashlarini buyuradi. 1510 yil Shayboniyxonning o’limidan so’ng, Bobur Eron shohi Ismoil Safaviy bilan harbiy bitim tuzib, Samarqandni qo’lga kiritadi va bitimga muvofiq shoh Ismoil nomiga xutba o’qittiradi. Bundan norozi bo’lgan xalq ommasi (Ismoil shia mazhabiga mansub edi) ruhoniylar ta’siri ostida Bobur podshohga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo’ladilar. SHunga qaramay, Bobur podshoh Samarqandga sakkiz oy hukmronlik qiladi. Bu asnoda Shayboniylardan Ubaydullaxon besh ming qo’shin bilan Buxoroga yurish boshlaydi. 1512 yil 28 aprelda Xayrobod va Qorako’l o’rtasidagi Qo’shmalik yonida hal qiluvchi jang bo’ladi. Bu jangda Ubaydullaxon qo’shini kutilmaganda Bobur podshoh qo’shinini tor-mor keltiradi. Bobur podshoh tezlik bilan Samarqandga qaytib keladi va o’z yaqinlari va askarlarini olib, Hisor orqali Qobulga ketadi. U endilikda Movarounnahrga hukmronlik qilish xayolini boshidan butunlay chiqarib tashlaydi va taqdirga tan berib, yana Hindiston tomon yurish masalasini kun tartibga qo’yadi. Bobur podshoh Qobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi yurishda, ya’ni 1526 yil 21 aprelda tarixda mashhur jang - Panipat jangi bo’ladi. Bu jang Dehli hukmdori Sulton Ibrohim ibn Sulton Iskandar ibn Baxlul Lo’diy bilan bo’lib o’tadi. Tarixchilarning ma’lumotlarga qaraganda, Sulton Ibrohim Lo’diyning yuz mingga yaqin askar va mingtaga yaqin jangari fillari bo’lgan. Bobur podshohning esa ja’mi o’n - o’n ikki ming askari bo’lgan. Gulbadanbegim "Humoyunnoma" asarida ushbu voqealarni ancha batafsil bayon qiladi. Ibrohim Lo’diy ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng 27 aprelda Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba o’g’iladi. Boburning bu g’alabasidan keyin ba’zi hind va afg’on feodallari ittifoq tuzib, Chitora hokimi Rano Sango rahbarligida Boburga qarshi bosh ko’tardilar. Bu dahshatli jang ham Bobur g’alabasi bilan yakunlandi. Bu 27 g’alaba bilan Bobur Hindistonda uzil - kesil o’z hokimiyatini o’rnatgan edi. U yirik bir davlat - imperiya vujudga keltirgan edi. Bu imperiyani yevropaliklar "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" deb nomlay boshladilar, chunki ular temuriylarni Chingizxon avlodlari deb hisoblar edilar. Bobur umrining oxirigacha Hindistonda qoldi. Uning ayrim beklari va askar boshliqlari Afg’onistonga qaytib ketgan edilar. Bobur vatanni qo’msaydi, yor - do’stlarini sog’inadi. U Afg’oniston va Movarounnahrdagi do’stlari, yor - birodarlari bilan muttasil aloqada bo’lib turadi, ularga o’zining yangi asarlarini va sovg’a - salomlarini yuboradi. Lekin u umrining oxiriga qadar vataniga qaytish orzusidan ayrila olmaydi. Bobur asos solgan davlat Hindistonning ijtimoiy - siyosiy va io’tisodiy madaniy taraqqiyotida g’oyat katta progressiv rolb o’ynadi. Katta va markazlashgan davlatning vujudga kelishi Hindistonning taraqqiyoti uchun ancha keng imkoniyat tug’dirdi. Bobur Hindistonning xo’jalik hayotiga, madaniyati va obodonchiligiga katta e’tibor berdi. U arig’ va kanallar ochtirdi, turli binolar qurdirdi. U Hindistondagi xilma-xil qabila va xalqlarning urf - odat va rasm qoidalariga qarab ish ko’ra boshladi. Atrofiga olim va fozil kishilarni to’pladi. O’ind olimlaridan SHayxorani o’ziga vazir va maslahatchi qilib tayinladi. Mashhur tarixchi Xondamir va boshqa ayrim shoirlar, fozillar Husayn Boyqaroning vafotidan keyin Boburning dargohiga bordilar. Uning saroyida ko’pgina shoirlar va olimlar to’plandi. Bobur atrofidagi beklar va fozil kishilar bilan kengashib ish ko’rar edi. o’g’illariga ham shuni maslahat berardi. Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada o’zi obod qilgan Zarafshon chorbog’ida vafot etdi. Boburning vasiyatiga muvofiq, chevarasi SHohjaxon uning xokini Qobulga qo’ydirib, maqbara qurdirdi. Bobur asos solgan davlat Hindistonning Angliya tomonidan bosib olinishiga qadar davom etdi. Boburning vorislari - boburiy podsholar Hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahkamlash, xo’jaligi va madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rolb o’ynadilar. Ular mahalliy xalqlar bilan tobora yaqinlashib, chatishib ketdilar. Hindistonning xo’jaligi va madaniyati ayniqsa mashhur podsho, Boburning 28 nabirasi Akbar davrida (1556-1605) tez o’sib rivojlandi. Bobur va boburiylar davrida Hindistonda turkiy tildagi adabiyot ham vujudga keladi, Bayramxon (XVI asr) kabi shoirlar yetishadi. Javoharlal Neru o’zining "Hindistonning kashf etilishi" nomli asarida Boburga baho berib, shunday yozadi: "Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davriga xos hukmdor, dovyurak, serg’ayrat va epchil inson, u hayot nafosatidan, lazzatidan lazzatlana bilgan... Bobur Hindistonga kelishi bilan u yerda yangi davr va yangi saltanat boshlandi. Mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining shuhrati butun Osiyo va Yevropa bo’ylab tarqaldi". 2.2 Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi. Zahiriddin Muhammad Bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo’lib qolmay, buyuk shoir, adib, tarixchi va olimdir. Boburning merosi xilma - xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bo’lgan, u musiqa ilmi, she’riy uslub hamda harbiy san’at haqida ilmiy risolalar yozgan. Ammo uning bu asarlari hozirgacha topilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Uning «Boburnoma» dan tashqari "She’rlar devoni" bo’lib, mazkur devon Boburning Lutfiy va Navoiydan qolishmaydigan darajada yetuk bir lirik shoir ekaniga dalildir. Bobur o’zining "Mubayyin" nomli asarida soliq solish tartiblari, ekin maydonlarini tayinlash, qanday yerlardan qaysi hajmda soliq olishni shariat mezoni bilan o’lchab, chiroyli nazmiy asar yaratgan. Bobur ushbu asarini o’g’li Humoyun Mirzoga atab yozgan, deb taxmin qilish mumkin. CHunki asarda u Humoyun, Komron Mirzolarning nomlarini tilga olib, ularga tilak bildiradi. Bundan tashqari, Bobur Xo’ja Ahrorni ng tasavvufga oid "Volidiya" nomli asarini nazmga solib, eski o’zbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, Bobur aruz ilmiga mansub bo’lgan "Muxtasar" nomli qimmatli asarning ham muallifidir. Bobur alifbe masalalari bilan ham shug’ullangan. U alohida xat tu ri "Hatti Boburiy" ning ixtirochisidir. Bobur ijodi nihoyatda serqirra. Garchi umri quvg’inlik va musofirlik tashvishlari bilan o’tgan bo’lsa - da, u tahorat, tayammum bilan o’zini pok tutib, musulmonlik farzu sunnatini ado etgan. Buning ustiga kelajak avlodlar uchun da’vatnoma deb aytish mumkin bo’lgan "Kitobu - s - salot" - "Namoz Kitobi" 29 ni yozib qoldirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur ismining lug’aviy ma’nosi - "Yo’lbars" dir. Uning jismi ismiga monand bo’lib, yo’lbarsdek kuchli, dovyurak, abjir va epch il bo’lgan. Boburning eng yirik va ajoyib asari, uni butun dunyoga tanitgan, Yevropa Sharo’shunoslari tomonidan Yuliy Tsezarning kommentariyalari bilan bir qatorga qo’yilgan kitobi "Bobumoma" dir. «Boburnoma» tarixiy - badiiy asardir. «Boburnoma» tarixiy manba bo’lishi bilan birga, o’zbek prozasining qimmatli yodgorligidir. Shu bilan birga, «Boburnoma» geografiya, etnografiya, tibbiyot, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar bo’yicha ma’lumot beruvchi asardir. U o’zbek adabiy tilining muhim yodgorligidir. Boburning faoliyati va adabiy merosini o’rganishda turli soha olimlari tarixchilar, filologlar, geograflar va boshqalar katta natijalarga erishdilar. Fanda boburshunoslik deb aytish mumkin bo’lgan maxsus soha vujudga keldi. Bobur faoliyatini o’rganish bo’yicha Yevropa sharo’shunoslaridan Vitsen, Djon Leyden, V.Erskin, R.M.Kalenot, Pave de Kurteyl, Denison Ross, A.Beverij xonim, Len Pulb, E.Xolden, V.X.Moremend va boshqalar, rus olimlaridan N.I.Ilbminskiy, V.V.Vyatkin, A.Samaylovich, V.Bartolbd hamda afg’on va hind olimlari olib borgan tadqiqotlarni alohida ta’kidlab o’tish mumkin. o’zbek olimlaridan H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, S.Aliev, A.Qayumov, S.Jamolov, H.Hasanov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev va boshqalar samarali xizmat qildilar. Bobur haqidagi tadqiqotlar chop etildi, Bobur asarlarining lug’atlari tuzildi, Bobur asarlarining qayta-qayta chop etilishga erishildi. 9. Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 9.Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996 . 30 Xulosa. Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga harakat qiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlami qo’lga kiritadi. Kishilaming ma’naviy qiyofasi, din, tasavvuf, hokimiyat va marifat masalalari, yor va unga bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik, hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi. Murakkab va ziddiyatli hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan Boburning o’zi bu lirikaning markaziy qahramonidir. Bobur lirikasidagi ishq mavzusi juda keng qamrovli. U oddiy insonning insonga bo’lgan muhabbatidan, insonning ilohga bo’lgan muhabbati darajasiga ko’tarilgan. Bu esa Bobur she’riyatidagi so’fiyona mayllarni namoyish qiladi. Bobur oshiqni zohidga, ishqni zuhdu - taqvoga qarama - qarshi qo’yar ekan, bir jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan zohidlar va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatib beradi. «Boburnoma» ning syujeti juda murakkabdir. Bobur syujetni rivojlantirishda Sharq adabiyotida keng tarqalgan bayon ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi. Mazkur usul turli mavzularni qamrab olishga, konfliktning kuchayishiga va asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat beradi. Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va voqealikni realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi. Bobur tabiat manzaralari bir-biridan farq qiluvchi va o’ziga xos bo’lgan viloyat va o’lkalarda bo’ldi. U turli joylarni tasvirlar ekan, mana shu tabiat manzaralariga ham katta e’tibor beradi, ularning nozik nuo’talarini topa oladi va xuddi bir rassomday jonli polotnolar, peyzajlar chizadi. «Boburnoma» ning tarixiy manba sifatida baholashga birinchi asos - tarixiy voqealar bayoni bo’lsa, ikkinchi asos asarda tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlarining ifoda etilishidir. «Boburnoma» da bir necha yuz tarixiy shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Ular shohlar, viloyat hokimlari, amir - amaldorlar, askarlar, ilm - fan, 31 san’at va adabiyot ahllari, dehqonlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalaridir. Adib ularni tasvirlayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi, ikkinchi birlari haqida qisqacha ma’lumot beradi, ba’zilarini biror munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl shamoyili, nasl - nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma - xil badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi. 32 Adabiyotlar: 10. "Bobumoma". O’z FAN, T., 1960. 11. Zahiriddin Muhammad Bobur. Asarlar, uch jildlik. 1965 - 66. 12. Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma», Yulduzcha, 1990. 13. Jamolov S. Bobumomaning badiiy qimmati haqida. o’z FAN, T.,1961. 14. Zohidov V. Zahiriddin Muhammad Bobur. "O’zbek adabiyoti tarixidan" kitobida, T., 1961. 15. Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitoBoburnoma T., 1976. 16. Qudratullaev H. Boburnoma" ning tarixiy - adabiy va uslubiy tahlil. Avtoreferat. T., 1998. 17. Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 18. Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996. 19. Bobur. Tanlangan asarlar. o’z FAN, 1958. 20. Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66. 21. Zahiriddin Muhammad Bobur. Mahrami asror topmadim. T., 1993. 22. Mallaev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob, 1976. 23. AzimjonovaS. Indiyskiy divan Babura. 1966. 24. Zohidov V. O’zbek adabiyoti tarixi. 1961. 25. Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. M., 1982. 26. Qayumov A. Bobur lirikasining g’oyaviy – badiiy xususiyatlari. "O’zbek tili va adabiyoti". 1958 №2. 27. Qudratullaev O’. "Boburnoma" ning tarixiy – adabiy va uslubiy tahlili. Avtoreferat. T., 1998. 28. Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 9.Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996. 33