O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MUHAMMADOLIM MUHAMMADSIDDIQOV MUSULMON MAMLAKATLARI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR O‘QUV QO‘LLANMA O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan 5A121101- Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar magistratura mitaxassisligi bo‘yicha ta‘lim oluvchi talabalar uchun asosiy o‘quv-qo‘llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan. Toshkent–2019 УЎК 327 (5) КБК 66.4 (5) М - 96 Muhammadsiddiqov M.M. Musulmon mamlakatlari va zamonaviy xalqaro munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Qaqnus media, 2019. – 226 b. O‘quv qo‘llanmada musulmon mamlakatlarining xalqaro munosabatlardagi o‘rnini keng va atroflicha o‘rganadi. Shuningdek, O‘quv qo‘llanmada xalqaro munosabatlar tizimida mavjud muammolar, ularga nisbatan yangicha yondashuvlar yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilab berilgan talablar asosida tayyorlandi. O‘quv qo‘llanma xalqaro munosabatlar, jahon siyosati yo‘nalishlarida hamda xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar, bu borada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va umuman mazkur masala bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan. Taqrizchilar: Z.I. MUNAVVAROV, siyosiy fanlar doktori, professor N.O‘. TO‘LAGANOVA, siyosiy fanlar doktori, professor D.B. SAYFULLAYEV, tarix fanlari bo‘icha falsafa doktori, PhD Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2019-yil 2-noyabrdagi 1023-sonli buyrug‘iga asosan 5A121101- Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar magistratura mitaxassisligi bo‘yicha ta‘lim oluvchi talabalar uchun asosiy o‘quv-qo‘llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan. (Ro‘yxat raqami 1023-007) ISBN 978-9943-6125-4-9 © Muhammadsidiqov M.M., 2019. © O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2019. 2 ANNOTASIYA “Musulmon mamlakatlari va zamonaviy xalqaro munosabatlar” fani bo‘yicha tuzilgan mazkur o‘quv qo‘llanma magistratura bosqichi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda islom omilining hozirgi zamon jahon siyosatidagi o‘rni va ahamiyatini hamda zamonaviy musulmon jamiyatlarning hayoti va u yerdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yoritilgan. O‘quv qo‘llanma talaba magistrantlarga Afrika va Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘layotgan zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va diniy-siyosiy jarayonlarni to‘g‘ri tahlil etishga yordam beradi. АННОТАЦИЯ Данное учебное пособие по предмету “Мусульманские страны и современные международные отношения” предназначен для студентов-магистрантов и направлен на раскрытие роли и значения исламского фактора в мировой политике, его влияния на жизнь современных исламских обществ и социально-политические процессы этих стран. Учебное пособие поможет магистрантам правильно ориентироваться в современных социально-политических и религизно-политических процессах, происходящих в афроазиатском регионе современного мусульманского мира. ANNOTATION This tutorial textbook on the subject of "The Muslim countries and modern international relation" is prepared for master’s students and aims to disclose the role and importance of the Islamic factor in world politics and its impact on the lives of contemporary Islamic societies and sociopolitical processes in these countries. This textbook will help undergraduates to orient in the contemporary socio-political and religions and political processes taking place in the African and Asian regions of the modern Muslim world. 3 MUNDARIJA 1-BOB. 1.1. 1.2. 1.3. 2-BOB. 2.1. 2.2. 3-BOB. 3.1. 3.2. 3.3. 4-BOB. 4.1. 4.2. 4.3. 5-BOB. 5.1. 5.2. 6-BOB. 6.1. 6.1. KIRISH O‘QUV KURSINING PREDMET VA VAZIFALARI O‘quv kursiga kirish Xalqaro munosabatlar tushunchasi va mezonlari Musulmon mamlakatlarining siyosiy xaritasi YAQIN SHARQ MAMLAKATLARI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati Yaqin Sharqda kechayotgan siyosiy jarayonlarning mohiyati G’ARBIY OSIYO MUSULMON MAMLAKATLARINING ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLARDAGI O‘RNI Saudiya Arabistoni Podshohligi va zamonaviy xalqaro munosabatlar Eron Islom Respublikasi zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Turkiya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustivor yo‘nalishlari JANUBIY VA JANUBIY SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI JAHON SIYOSATIDA Afg’oniston tashqi siyosatining xususiyatlari va asosiy yo’nalishlari Pokiston zamonaviy xalqaro munosabatlarda Indoneziya zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida AFRIKA MUSULMON MAMLAKATLARIDA KECHAYOTGAN SIYOSIY JARAYONLARNING MOHIYATI Afrika qit’asining geostrategik o‘rni Afrika qit’asidagi mojarolarning genezisi va ular bilan bog’liq muammolar MUSULMON MAMLAKATLARINING XALQARO TASHKILOTLARDAGI O‘RNI Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ISESCO tashkilotining musulmon mamlakatlari madaniy aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rni GLOSSARIY 4 5 7 7 12 18 36 36 40 49 49 80 99 131 139 166 173 173 179 192 192 196 201 KIRISH Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi o‘ziga xos o‘tish davriga duch kelgan, shu bilan birga uning tizim sifatida tarkibi va ko‘lami kengayib bormoqda. Bir tomonda davlatlar o‘rtasidagi aloqalar, xalqaro geosiyosiy muvozanatning o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligi, yangi jahon tartibotining to‘liq shakllanmaganligi, bir vaqtda ikki muqobil globallashuv va integratsion jarayonlarning avj olishi bir qator muammolar va qurolli nizolarni yuzaga keltirsa, ikkinchi tomonda davlatlararo harbiy mustahkamlanish yuz berayotgan davrda hozirgi zamon xalqaro munosabatlarining asosiy vazifasi yuzaga kelgan davlatlar o‘rtasidagi nizolar, qurolli to‘qnashuvlar va boshqa global muammolarni hal etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib qoldi. Bu yo‘lda an’anaviy aktorlar o‘rtasidagi munosabatlarning qanday boshqarilishi, davlatlar va noan’anaviy sub’ektlar aloqalarini kuchaytirishga urinishlar kelgusi xalqaro munosabatlar tizimining qay shaklda rivojlanishi uchun juda muhim hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev takidlab o‘tganidek, “…biz mavjud rivojlanish suratlari bilan o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erisha olmaymiz. Bugun zamon o‘zgarmoqda, uning talabi, oldimizga qo‘yayotgan vazifalari tobora ortib bormoqda.”1 Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va uni ijobiy, yutuqli tomonlarini O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash muhim vazifalardan biri bo‘ladi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar arab mamlakatlarining doimiy diqqat-markazida bo‘lib kelmoqda. Respublikamizning ilmiy-texnika va intellektual salohiyatining yuqoriligi, mineral xom ashyo va mehnat resurslariga ega ekani, Yevropa va Osiyoni tutashtiruvchi “Buyuk ipak yo‘li”ning markaziy xalqasida joylashgani, ajdodlarimizning islom dini va jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalari arab mamlakatlarining siyosiy va ilmiy doiralari uchun katta qiziqish uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi musulmon davlatlari bilan o‘zaro munosabatlar tizimida yangi davrni boshlab berdi. Bu esa barcha musulmon davlatlari bilan ko‘p tomonlama 1 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017 yil 14 yanvar. -Toshkent.: O’zbekiston, 2017. 5 manfaatdorlik asosidagi aloqalarni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratdi. Musulmon mamlakatlari xalqaro munosabatlari tizimi o‘ziga xos o‘tish davriga duch kelgan, shu bilan birga uning tizim sifatida tarkibi va ko‘lami kengayib bormoqda. Bir tomondan davlatlar o‘rtasidagi aloqalar, xalqaro geosiyosiy muvozanatning o‘zgaruvchan xarakteriga ega ekanligi, yangi jahon tartibotining to‘liq shakllanmaganligi, bir vaqtda ikki muqobil globallashuv va mintaqaviy integratsiya jarayonining avj olishi bir qator muammolar va turli qurolli nizolarni yuzaga keltirsa, ikkinchi tomondan, davlatlararo harbiy mustahkamlanish yuz berayotgan davrda hozirgi zamon xalqaro munosabatlarning asosiy vazifasi yuzaga kelgan davlatlar o‘rtasidagi nizolar, qurolli to‘qnashuvlar va boshqa global muammolarni hal etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha ijtimoiy islohotlarning negizida asosiy bosh g‘oya qilib yurt tinchligi va xalq farovonligi maqsad qilib olingan ekan, shubhasiz xalqaro maydondagi tajribalarni o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarish orqali bu maqsadlarga osonroq va jadallik bilan erishish mumkin. “Musulmon mamlakatlari va zamonaviy xalqaro munosabatlar” kursida aynan musulmon mamlakatlarining zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni va mazkur davlatlarda yuz berayotgan ijtimoiysiyosiy jarayonlarni keng va atroflicha yoritishni maqsad qiladi. Ushbu o‘quv kursning maqsadlaridan yana biri talabalarda mazkur fanning oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy talablar asosida o‘qitish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Qo‘llanmada musulmon mamlakatlari tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda mazkur davlatlarda kechayotgan siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar borasidagi turli zamonaviy qarashlar e’tiborga olingan. Talabalar o‘quv kursi mavzulari bo‘yicha tahliliy materiallar bilan tanishtiriladi. Ular o‘qish jarayonida zamonaviy siyosiy jarayonlar tendentsiyalari va bugungi kundagi ijtimoiy muammolarni tahlil etishda ko‘nikmalar hosil qiladilar. Natijada talabalarda yuz berayotgan siyosiy hodisalarni muhokama etishda faollik va bashorat qilish mahorati oshib boradi. O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarning ketma ket ravishda olib borilishi shaklida amalga oshiriladi. 6 1-BOB. O‘QUV KURSINING PREDMETI VA VAZIFALARI Darsning o’quv maqsadi: talabalar musulmon mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish; talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish; talabalarga musulmon davlatlarining tashqi siyosati, ijtimoiysiyosiy jarayonlari borasidagi to‘la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini singdirish. Tayanch tushuncha va iboralar: tashqi siyosat, xalqaro nizolar, muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish vositasi. Xalqaro to‘qnashuv, doktrina, kontseptsiya, geoiqtisodiy manfaatlar, geosiyosat, Katta Yaqin Sharq tushunchasi, xalqaro xavfsizlik, milliy xavfsizlik strategiyasi. 1.1.O‘quv kursiga kirish Bir qarashda, “xalqaro munosabatlar” tushunchasining mazmuni aniq va ravshandek bo‘lib tuyulishi mumkin: bu – “davlatlar va davlatlar tizimlari o‘rtasidagi, jahon maydonida ish ko‘rayotgan asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar o‘rtasidagi, ya’ni so‘zning keng ma’nosidagi xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar yig‘indisi”. Xalqaro munosabatlar tushunchasini izchilroq, ya’ni “davlatlar va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi, turli davlatlarning partiyalari, kompaniyalari va fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar” sifatida ta’riflashga urinish ham masalaga kam oydinlik kiritadi. Mohiyat e’tibori bilan u ham xalqaro munosabatlar yig‘indisini mazkur munosabatlar ishtirokchilarining o‘zaro aloqalari bilan bog‘laydi. Bunday ta’riflarning eng katta kamchiligi shundaki, ular xalqaro munosabatlarning butun rang-barangligini oxiroqibat davlatlarning o‘zaro aloqasi bilan bog‘laydi. Xalqaro munosabatlarning “kishilik hamjamiyatini shakllantiruvchi integratsion aloqalar yig‘indisi” sifatidagi ta’rifida davlatlararo o‘zaro aloqalar doirasidan chetga chiqishga urinish kuzatiladi. Xalqaro munosabatlarning mazkur talqini ularning ishtirokchilari (yoki aktorlari) to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirish orqali ularni davlatlararo munosabatlar bilan bog‘lash illatini chetlab o‘tish imkonini beradi. Ushbu ta’rifning afzalligi yana shu bilan belgilanadiki, unda xalqaro munosabatlarning tadrijiy rivojlanish jarayonidagi asosiy tendentsiyalardan biri ifodalangan. Biroq, shunga qaramay, bu ta’rif haddan tashqari keng bo‘lib, ayni hol ichki ijtimoiy va xalqaro 7 munosabatlar o‘rtasidagi chegarani o‘chiradi. Xalqaro munosabatlarning ishtirokchilariga emas, balki ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqasiga urg‘u berish orqali u mohiyat e’tibori bilan mazkur ishtirokchilarni go‘yoki “nazardan qochiradi”. Holbuki, xalqaro munosabatlarning asosiy va ikkinchi darajali, qonuniy va tasodifiy ishtirokchilarini to‘g‘ri tushunmasdan, xuddi shuningdek ularning o‘rtasidagi ierarxiyani qayd etmasdan yoki, boshqacha qilib aytganda, asosiy va ikkinchi darajali ishtirokchilarni ajratmasdan xalqaro munosabatlarning xususiyatini aniqlash qiyin. Umuman olganda, ta’riflarga haddan tashqari katta e’tiroz bildirish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi: ta’riflanayotgan ob’ektning mazmunini to‘liq yoritishga biron-bir ta’rif qodir emas. Uning vazifasi faqat mazkur ob’ekt haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Shu bois xalqaro munosabatlarni tahlil qilayotganda tadqiqotchilar “mukammal” ta’rif berishga emas, balki ularning mohiyati va xususiyatini tushunish imkonini beruvchi asosiy mezonlarni qayd etishga harakat qiladi. Aksariyat tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar xususiyatining eng muhim elementlari sifatida ularning ishtirokchilarini qayd etadi. Masalan, taniqli frantsuz sotsiologi R.Aron fikriga ko‘ra, “xalqaro munosabatlar – bu siyosiy birliklar o‘rtasidagi munosabatlar, shu ma’nodaki, mazkur tushuncha yunon polislarini, Rim va Misr imperiyalarini, Yevropa monarxiyalari, burjua respublikalari yoki xalq demokratiyalarini o‘z ichiga oladi... Xalqaro munosabatlarning mazmuni asosan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan belgilanadi: chunonchi, davlatlararo shartnomalar xalqaro munosabatlarga shak-shubhasiz misol bo‘ladi”1. O‘z navbatida, davlatlararo munosabatlar ramziy personajlar – diplomat va askarning o‘ziga xos xatti-harakatlarida ifodalanadi. “Faqat ikki kishi o‘zi mansub bo‘lgan birlik a’zolari sifatidagina emas, balki uning vakillari sifatida ham ish ko‘radi: elchi o‘z vazifalarini bajarayotganda o‘zini vakil qilgan siyosiy birlik manfaatlarini ifoda etadi; askar jang maydonida o‘zini urushga solgan siyosiy birlik nomidan o‘ziga o‘xshashlarni o‘ldiradi”. Boshqacha qilib aytganda, xalqaro munosabatlar urush va tinchlikning muqobilini o‘zida ifodalaydi. Xalqaro munosabatlarning xususiyati shu bilan belgilanadiki, ular ham urush, ham tinchlik ehtimolini nazarda tutadi va shu bois xavf elementini o‘z ichiga oladi. Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarning xususiyati haqidagi o‘z tasavvuriga oydinlik kiritish maqsadida R.Aron ularni sport bilan 1 Aron R.. Paix et guerre entre les nations. – P., 1984. – Р. 17. 8 solishtiradi. “Futbol bilan taqqoslaganda, tashqi siyosat yanada nomuayyan tus oladi, – deb yozadi u. – Bu erda ish ko‘ruvchi shaxslarning maqsadi gol urishdek aniq va ravshan emas. Diplomatik o‘yin qoidalari mufassal belgilanmagan va istalgan o‘yinchi ularni bunda o‘zi uchun naf ko‘rgan paytda buzadi. Hakam yo‘q va hatto ishtirok etuvchi shaxslarning muayyan yig‘indisi (BMT) hakamlikka da’vogar bo‘lsa ham milliy ishtirok etuvchi shaxslar xolislik darajasi bahsli bo‘lgan mazkur kollektiv hakamning qarorlariga bo‘ysunmaydi. Agar millatlar raqobati amalda biron-bir sport turini eslatsa, u ko‘pincha qoidasiz kurash – ketch shaklshamoyilini kasb etadi...”1. Shu bois xalqaro munosabatlar – bu jamiyatning “ilk fuqarolik” yoki “tabiiy” (Gobbs ta’biri bilan aytganda, “hammaning hammaga qarshi urushi”) holatidir, degan xulosaga keladi R.Aron. Xalqaro munosabatlar sohasida “suverenitetlar plyuralizmi” hukm suradi, shu bois bu erda majburlash va zo‘rlik ishlatishga monopoliya yo‘q va xalqaro munosabatlarning har bir ishtirokchisi o‘z xatti-harakatlarida boshqa ishtirokchilarning taxmin qilish mushkul bo‘lgan xattiharakatlaridan kelib chiqishga majbur. Shunga o‘xshash fikrlarni boshqa ko‘pgina tadqiqotchilar ham ilgari suradi. Ular xalqaro munosabatlar ularning ishtirokchilari o‘rtasida murosai madora, yuridik yoki axloqiy me’yorlar bilan kafolatlanuvchi umume’tirof etilgan qoidalar yo‘qligi, markaziy hokimiyat mavjud emasligi, stixiyali jarayonlar va sub’ektiv omillar rolining kattaligi, tavakkalchilik va mavhumlik omilining kuchliligi bilan tavsiflanishini ta’kidlaydi. Ammo R.Aronning davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa xalqaro munosabatlarning asosiy mazmunini tashkil etadi, degan fikriga hamma ham qo‘shilavermaydi. Masalan, amerikalik tadqiqotchi D.Kaporazo fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda xalqaro munosabatlarning asosiy sub’ektlari davlatlar emas, balki sinflar, ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar va siyosiy kuchlardir. Xalqaro munosabatlar nazariyasi bixevioristik maktabining namoyandasi D.Singer xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilari (individdan tortib global hamjamiyatgacha) xulq-atvorini ularning jahon maydonidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash haqida o‘ylamasdan o‘rganishni taklif qiladi. Umuman olganda, keltirilgan nuqtai nazarlar rang-barangligida xalqaro munosabatlarni tadqiq etishda ikki mezondan birini ustun qo‘yish yoki ularning ikkalasini ham birlashtirishga urinishlar kuzatiladi. Bir holda bu ishtirokchilar xususiyati, boshqa holda esa – xalqaro munosabatlarning 1 Aron R. Paix et guerre entre les nations. – P., 1984. – Р. 22. 9 alohida tabiati. Ko‘rib turganimizdek, ularning har biri har xil xulosalarga olib kelishi mumkin. Har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Bir yondashuv doirasida xalqaro munosabatlarni oxir-oqibat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bilan yoki, aksincha, faqat nodavlat ishtirokchilarining faoliyati bilan bog‘lash imkoniyati mavjudki, bu ham, bizningcha, to‘g‘ri emas. Ikkinchi yondashuv ham qarama-qarshi xulosalarga kelish uchun imkoniyat yaratadi. Chunonchi, xalqaro munosabatlar tabiatini faqat “tabiiy”, “ilk fuqarolik” holati sifatida tushunish ularning ijtimoiylashuvi jarayonlarini inobatga olmaydi, mazkur holatdan chiqilayotgani va jahonda yangi tartib o‘rnatilayotganidan dalolat beruvchi omillarni e’tibordan yiroqlashtiradi. Boshqa tomondan, faqat mazkur tendentsiyadangina kelib chiqish jahonning yaxlitligi va o‘zaro aloqadorligi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda turli davlatlar va xalqlarning hamkorligi hamda xalqaro integratsiya jarayonlari kuchayib borayotganiga qaramay, xalqaro munosabatlar hali-hanuz qarama-qarshi manfaatlar, raqobat, hatto bir-biriga qarshi kurashish va kuch ishlatish sohasi bo‘lib qolayotganini inobatga olmaydigan yanglish xulosa chiqarilishiga olib kelishi mumkin. To‘g‘ri, bu “jungli”, “hammaning hammaga qarshi urushi” emas, lekin uni yagona qonunlarga va barcha a’zolari tomonidan e’tirof etiladigan qadriyatlar va me’yorlarga muvofiq yashovchi yagona hamjamiyat deb aytish ham mushkul. Bu jahon hamjamiyatining shakllanish jarayoni hali muqarrar tus olmagan, tartibga solish elementlari va “suverenitetlar plyuralizmi”, o‘zaro manfaatlar asosida hamkorlikni kengaytirish va kuch ishlatish vositalarini takomillashtirish yonma-yon mavjud bo‘lgan, dam bir-birini muvozanatga soladigan, dam yana to‘qnashadigan oraliq holat, desak, bizningcha, to‘g‘ri bo‘ladi. Bularning barchasi xalqaro munosabatlarning xususiyatini aniqlash uchun yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar nari borsa etarli emasligidan, ularni almashtirish yoki hech bo‘lmasa yana bir mezon bilan to‘ldirish zarurligidan darak beradi. Mazkur mezonni taklif qilgan frantsuz tadqiqotchisi M.Merl uni “lokallashtirish mezoni” deb nomlagan. Ushbu mezonga muvofiq, xalqaro munosabatlar xususiyati “chegarani kesib o‘tuvchi yoki chegarani kesib o‘tishni nazarda tutuvchi bitimlar yoki oqimlar yig‘indisi”1 sifatida tavsiflanadi. Jahon muayyan chegaraga ega bo‘lgan o‘z hududlari ustidan suverenitetni saqlab qoluvchi davlatlarga bo‘linishidan kelib chiqqanda, mazkur talqin ham xalqaro munosabatlarning rivojlanish jarayonidagi har bir bosqichning 1 Merle М. Sociologie des relations intemationales. – P., 1974. – Р. 137. 10 xususiyatlarini inobatga olish, ham ularni davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘lamaslik imkonini beradi. Xalqaro munosabatlarning turli tasniflari ham u bilan mos keladi. Bu xususda ilmiy adabiyotlarda ilgari surilgan fikrlarni umumlashtirib, xalqaro munosabatlarning turli tiplari, turlari, darajalari va holatlari to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Chunonchi, yaqin vaqtgacha sobiq Ittifoq va Sharqiy Yevropada nashr etilgan ilmiy adabiyotlarda xalqaro munosabatlar sinfiy mezonga muvofiq hukmronlik va tobelik munosabatlari, hamkorlik va o‘zaro yordam munosabatlari hamda oraliq munosabatlarga bo‘linar edi. Tegishli ravishda, birinchi turdagi munosabatlarga feodal va kapitalistik munosabatlar, ikkinchi turdagi munosabatlarga – sotsialistik mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar, uchinchi turdagi munosabatlarga esa – mustamlakachilik qaramligidan xalos bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar kiritilar edi. Amalda mavjud manzara mazkur sun’iy sxema bilan mos kelmagani bois, ayrim mualliflar sinfiy yondashuv chegarasidan chetga chiqmasdan sxemaning o‘zini murakkablashtirishga harakat qilgan. Masalan, polyak olimi Yu.Kukulka bir turdagi xalqaro munosabatlarning uch turini va oraliq xalqaro munosabatlarning uch turini ajratgan. Amalda xalqaro hayot mazkur tipologiya bilan mos kelmagan, zero u sotsialistik mamlakatlar o‘rtasida jiddiy ziddiyatlar va hatto qurolli mojarolar mavjudligini inobatga olmagan, ayni vaqtda kapitalistik davlatlar o‘rtasida haqiqiy (ammo ziddiyatlarni ham istisno etmaydigan) hamkorlik munosabatlari mavjudligini rad etgan. XX asr 90-yillarining boshida Sharqiy Yevropada yuz bergan, jahon sotsialistik tizimining yo‘qolishiga olib kelgan voqealar aksariyat mutaxassislarni xalqaro munosabatlarni tasniflashda sinfiy mezondan butunlay voz kechish va “umumtsivilizatsion” mezonga o‘tishga majbur etdi. Xususan, adabiyotlarda xalqaro munosabatlarning ikki tipini – kuchlar muvozanatiga asoslangan munosabatlar va manfaatlar muvozanatiga asoslangan munosabatlarni farqlash taklif qilindi. Ammo bir qator mualliflarning “yangi siyosiy tafakkur”ga bo‘lgan qiziqishini aks ettiruvchi bu yondashuv fanda biron-bir jiddiy iz qoldirmadi va u shak-shubhasiz rad etilganidan so‘ng qayta tiklanmadi. Xalqaro munosabatlarni turlarga ajratish yo ijtimoiy hayot sohalari nuqtai nazaridan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy munosabatlar), yo o‘zaro aloqa qiluvchi ishtirokchilar nuqtai nazaridan (davlatlararo munosabatlar) amalga oshiriladi. U yoki bu turdagi xalqaro munosabatlarning rivojlanish va faollik darajasiga qarab, ularning turli darajalari farqlanadi. Ammo xalqaro 11 munosabatlarning darajalarini geosiyosiy mezonga muvofiq aniqlash ayniqsa keng tarqalgan: shu nuqtai nazardan xalqaro munosabatlarning global, mintaqaviy va submintaqaviy darajalari farqlanadi. Nihoyat, keskinlik darajasi nuqtai nazaridan, xalqaro munosabatlarning turli holatlari to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin: masalan, barqarorlik va beqarorlik holatlari; o‘zaro ishonch va dushmanlik, hamkorlik va konflikt, urush va tinchlik holatlari va sh.k. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib xalqaro munosabatlarni jamiyat doirasidagi o‘zaro aloqalar va hududiy tuzilmalar chegarasidan chetga chiqadigan ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida ta’riflash mumkin. 1.2. “Xalqaro munosabatlar” tushunchasi va mezonlari “Xalqaro munosabatlar” atamasini ilk marotaba ingliz mutafakkiri Jeremi Bentam (1748-1832) kiritgan. Uzoq yillar davomida xalqaro munosabatlar deyilganda faqat davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tushunib kelindi. Tadqiqot ob’ektining kengayib borishi, bu fan to’g’risidagi tasavvurlarning o’zgarishi bilan xalqaro munosabatlarga beriladigan tariflar ham o’zgarib bordi. Chunki hozirgi paytda xalqaro munosabatlarni o’rganuvchi fanlar orasida: falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiyot nazariyasi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro munosabatlar nazariyasi, xalqaro munosabatlar tarixi, xalqaro huquq, geosiyosat va boshqalarni alohida ta’kidlash mumkin. Xalqaro munosabatlar deyilganda, davlatlar va davlatlar guruhi o’rtasidagi, jahon doirasida holat yurituvchi ijtimoiy sinflar, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy kuchlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar hamda tashkilotlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik, mafkuraviy, harbiy va boshqa o’zaro aloqalar tizimi tushuniladi. Xalqaro munosabatlarning soni ularga individual qo’shilish munosabati bilan kengayib boradi. Xalqaro munosabatlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarini – iqtisodiyot va maorifdan tortib, fan va madaniyatga qadar o’z ichiga qamrab oladi. Biroq, bu birinchi galda siyosiy munosabatlardan iborat, ya’ni bu – davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatlarini ro’yobga chiqarishi va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning xalqaro-siyosiy o’lchovlari demakdir. Xalqaro munosabatlarni o’rganishdagi yondoshuvlar xalqaro tizimlar tipologiyasida ham turlicha qarashlarni keltirib chiqaradi. Masalan, geografik-hududiy jihatdan umumplanetar va uning hududiy tarkibiykomponentlari ajratiladi (keyingisining tarkibiy elementlari sifatida subregional podsistemalar yuzaga chiqadi). 12 F.Brayar va M.Jalililar fikricha, planetar (global) xalqaro hayotda ham aks etadi va bu SSSR va AQSH o’rtasidagi qurolli poyga davrida yaqqol namoyon bo’lgan va yangi mustaqil xalqaro aktorlar (sobiq kolonial davlatlar) paydo bo’lishi bilan yangi qirralarni kasb etdi. Natijada 1990 yillargacha planetar xalqaro tizim ikkita asosiy konflikt chizig’i, bir tarafdan G’arb va SHarqni (mafkuraviy, siyosiy, harbiy, strategik qaramaqarshiliklar), ikkinchi tomondan esa SHimol va Janubni (iqtisodiy rivojlangan va iqtisodiy qoloq davlatlarga) ajratuvchi chegaralar mavjudligi bilan xarakterlanadi. O.YAng izidan borib, F.Brayer va F.M.Jaliliy ham xalqaro tizim bir butunligiga qaramay mummolardan xoli emasligi, qator xalqaro aloqalar ta’siri global miqyosda sezilmasligini izohlashadi. F.Brayer va Jaliliy planetar sistemaga taalluqli bo’lmagan holda Evropa, Panamerika, Osiyo kabi podsistemalarga xos bo’lgan hususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga harakat qilishadi. Mintaqaviy yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, unda u yoki bu mintaqani tadqiqot ob’ekti sifatida ajratish uchun aniq mezonlarning mavjud emasligidir. Bu kamchilik o’sha mintaqada sodir bo’layotgan xalqaro siyosiy jarayonlarni tushuntirishda salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Adabiyotlarda mustaqil funksional tizim sifatida ko’pincha xalqaro (davlatlararo) munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik va boshqa turlari o’rganiladi. Xalqaro munosabatlarni o’rganishda tizimli yondoshuvning o’ziga xosligi eng avvalo, tadqiqod ob’ektining hususiyatlaridan kelib chiqadi. Birinchi umumiy xususiyat. Xalqaro munosabatlar ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Shunday ekan, xalqaro tizim bu- ijtimoiy tizimdir. Shu sababli ham ular murakkab o’zgaruvchan tizim sifatida o’rganilishi kerak. Bundan tashqari ijtimoiy va xalqaro tizimlar o’zaro zaif bog’langan hisoblanadi. Boshqacha aytganda, “hamisha ham birbiridan farq qiladigan ikkita ob’ekt o’rtasidagi chegarani aniqlangani kabi, o’rganilayotgan kompleks va uning tashqi muhit chegarasini aniq chizib bo’lmaydi” Fizik yoki biologik tizimlardan farqli ravishda, xalqaro tizimlarning makon chegaralari eng avvlo, nisbiy xarakterga ega. Bu nisbiylikni absolyutlashtirib, xalqaro tizimlar “ko’p odamlar va ko’p munosabatlar mavjud joylarda bo’la olmaydi”, deb qarash yaramaydi yoki “hamisha kuzatuvchi tomonidan qalbakilashtiriladi” deb ta’riflash mumkin emas. Bunday fikrlar qismangina to’g’ri, xolos. Masalan, EES yoki OAE tizimlari bir-biridan muhit munosabatlariga ko’ra farqlanadi: 13 1) avtonom, chunki elementlari o’rtasidagi muhit bilan munosabatlarga ko’ra muhim rol o’ynaydi; 2) o’tkazuvchan hususiyatga ega, chunki uning uchun muhit bilan aloqalar elementlari o’rtasidagi munosabatlardan ko’ra muhimroqdir. Bu esa EES va OAE shunchaki reallikda mavjudgina emas, balki nisbiy bo’lsa ham, o’z chegaralariga ega. Qaysidir ma’noda bu boshqa regional tuzilmalarga ham taalluqlidir. Albatta, bu yondoshuvni davlatlararo hamkorlikka, (masalan, iqtisodiy, siyosiy hamkorlikka) yoki an’anaviy va yangi xalqaro aktorlar munosabatlari tizimiga tadbiq etib bo’lmaydi. Biroq, keyingi holatlarda ham xalqaro tizimlar faqatgina nazariy ob’ektlar emas, balkim real mavjud bo’lgan ijtimoiy jamoalarning o’zaro aloqalari yig’indisidir. Bu ijtimoiy jamoalar o’rtasidagi aloqalar tizimli yondoshuvning ma’lum bir hususiyatlarni ochishga yordam beradi. Bunday norasmiy tizimlar biror-bir moddiy tizim , masalan, biror biologik organizmdan farqli o’laroq , aniq farqlanadigan o’zaro bog’liqlikka ega bo’lmaydi. F.Braerning norasmiy xalqaro tizimlarni yagona bir butunlik sifatida “fenomenologik” jihatdan ham namoyon bo’ladi, faqtgina bu nisbiy xarakterga egaligini ta’kidlaydi va shuning uchun ham nazariy tadqiqod yo’li bilan aniqlash keraklini taklif qiladi. Ikkinchi umumiy o’ziga xoslik shundaki, xalqaro tizimlarning asosiy elementlari ijtimoiy guruhlar, jamoalarning va alohida individlardan tashkil topadi, demakki, xalqaro tizim bu- o’z hatti-harakatlarini erkin, ongli va maqsadli tarzda amalga oshiruvchi odamlarning o’zaro aloqalari tizimidir. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro tizimni belgilovchi omillar S.Fridlender va R.Koenlar ta’kidlaganidek, tanlash, asoslash va anglash fenomenlari (hodisalari) bilan bog’liqdir. Xalqaro munosabatlarning uchinchi o’ziga xosligi shuki, ular eng avvalo, markazda davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni tashkil qiluvchi siyosiy munosabatlar hisoblanadi. Shuning uchun ham global xalqaro tizimning yadrosi davlatlararo munosabatlar tizimi hisoblanadi. Endi xalqaro munosabatlarning xususiy o’ziga xosliklariga e’tiborni qaratsak, ularning eng asosiysi shundaki, ularda yuqori hokimiyat mavjud bo’lmaydi, “suverenitetlar plyuralizmi” mavjud bo’ladi., tashqi va ichki markazlashuv zaif bo’lishi bilan farqlanadi. Boshqacha aytganda xalqaro tizimlar – bu ijtimoiy tizimning elementlari o’rtasidagi o’zaro integratsiyaning zaifligi, shuningdek, bu elementlarning ancha avtanomligi bilan farqlanuvchi o’ziga xos turidir. Albatta, avtonomlik darajasiga absolyutlashtirib qarash yaramaydi: xalqaro munosabatlar nafaqat manfaatlar o’rtasidagi konfliktlar, aktorlarning bir-biriga bog’liqligi bilan 14 ham xarakterlanadi. Shu vaqtning ichida integratsiyalashgan jamiyat (jamiyat ichidagi munosabatlar) ba’zan unga xalqaro munosabatlarga xos bo’lgan anarxiya belgilarni beruvchi konfliktlardan ham xoli emas. Xalqaro munosabatlar spetsifikasi va xalqaro tizimning o’ziga xosliklari to’g’risidagi tushunchalar har-xildir. Shuning uchun tadqiqod yondoshuvlari ham farq qiladi. An’anaviy- tarixiy, tarixiy- ijtimoiy, evristik, aralash va empirik yondoshuvlar mavjud. Shuni aytib o’tish kerakki, bunday tasniflar faqatgina nisbiy xarakterga ega bo’lib, u yoki bu muallifning yondoshuv va tadqiqod usulini o’zida aks etdiradi. U yoki bu tarixiy davrga taalluqli davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosbatlarni ifodalashda an’anaviy-tarixiy yondoshuv “xalqaro tizim tushunchasi” ishlatiladi. masalan, XVI asrdagi Evropa tizimi (1648 yildagi Vestfaliya prinsiplariga asoslangan ); XIX asrda Evropa davlatlarining siyosiy muvozanat tizimi (“millatlarning Evropa konserti”); 1945-90 yillardagi davlarlararo global bipolyar tizim. Bunday “panoramali Yondoshuvning kamchiligi shundaki, ular xalqaro (to’g’rirog’i, davlatlararo ) tizimning faoliyat qonuniyatlarni izlashga emas, balki munosabatlarning bosh aktorlari – buyuk derjavalar o’rtasidagi aloqalarni tasvirlash bilangina chegaralandi. Tizimli yondoshuvda esa xalqaro tizim xarakteri va uning bosh elementlari –xalqaro aktorlar hatti-harakatlari o’rtasida qonuniy aloqalar mavjudligiga asosiy e’tiborni qaratadi. Yuqorida sanalgan barcha yondoshuvlar aynan shu yondoshuvga asoslanadi. Tarixiy-ijtimoiy yondoshuvning asoschilaridan biri R.Eron xalqaro munosabatlarni o’rganishda o’z tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi sifatida abstrakt modellarni yaratishdan qochib, tarixiy tajribani asos qilib oladi. Grek polislari, 17 asrdagi Evropa monarxiyalari, 19 asrdagi Evropa davlatlari va unga zamondosh sistemalarni o’rganar ekan Aron, ulardan bir-biriga o’xshash jihatlarni axtaradi va bu bilan umumiy qonuniyatlar yaratishga urinadi. “Xalqaro tizimni an’anaviy tarzda o’rganish, diplomatik hodisalarni oldindan ko’ra bilish yoki hukmdorlarga biror bir tizimga taalluqli harakatlar chizig’ini chizib bera olmasligini” tushunib R.Aron baribir tizimli yondoshuv xalqaro munosabatlarda mavjud ijtimoiy determinizm hodisasini ochishga ko’proq yordam beradi deb hisobladi. SHuning uchun ham olim xalqaro munosabatlarni tadqiq qilishda tizimli yondoshuvdan foydalanishda lozim deb bildi. Arondan farqli ravishda amerikalik tadqiqotchi M.Kaplan nazariy xulosalar uchun faqatgina tarixiy ma’lumotlarning o’zi etarli emas deb hisoblaydi. 15 Tizim va tizimli analizning umumiy nazariyalaridan kelib chiqib, u xalqaro reallikni yaxshiroq anglashga yordam beradigan abstrakt nazariy modellarni taklif etdi. M.Kaplanning fikricha, mavhum xalqaro tizimlarni tahlil qilish, shu tizimning o’zi mavjud bo’lishi yoki boshqa tizimga aylanishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganishni maqsad qilib qo’yadi. M.Kaplan u yoki bu tizim qanday gullab yashnaydi, faoliyat yuritadi va qaysi sabablarga ko’ra inqirozga yuz tutadi degan savollarni o’z oldiga qo’yadi. Natijada u har bir tizimga taalluqli bo’lgan beshta qonuniyatni ajratadi: tizimning umumiy qoidalari; tizimning shakllanish qoidalari; aktorlar tasniflanishi; qobiliyati va axborot almashinuvi qoidasi. Ulardan yuqoridagi uchtasini asosiy deb sanaydi. Umumiy qoidalar hattiharakatlari individual xohishlari va maqsadlarigagina emas, balki tizimning xarakteriga bog’liq bo’lgan faktorlar o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. “Shakllanish qoidasi” esa tizimning o’zgaruvchanlik qonuniyatini ifoda etadi. Tizimning umummiy nazariyasi uning gomeostatik xarakteriga, muhit o’zgarishiga moslashuvchanligiga, shu bilan birga o’zini saqlab qolish qobiliyatiga urg’u beradi. Har qanday tizim o’zining moslashuvchanlik va shakllanishida o’ziga xos qoidalariga ega. Aktorlarni tasniflash qoidasi ular o’rtasida mavjud bo’lgan va ularning hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsatadigan strukturaga, ya’ni ierarxiyani o’zida mujassam etadi. M.Kaplan xalqaro tizimni o’rganishdagi mavhum yondoshuvlari uchun juda ko’p tanqid ostiga olingan. Shunday bo’lsa ham, bu yondoshuv muhim metodologik xarakterga ega bo’lib, u J. Untengerga xalqaro munosabatlarni evristik jihatdan tasniflashga yordam berdi. Amerikalik olim R.Rouskrans tarixiy- sotsiologik va evristik yondoshuvlarning bog’liqlik jihatlarini o’rganishga harakat qilib ko’rdi. Aniq tarixiy vaziyatlar tadqiqotiga asoslanib u 9 ta izchil xalqaro tizimni davriy jihatdan ajratadi: - 1740-1789 yillar; - 1789-1814 yillar; - 1814-1822 yillar; - 1822-1848 yillar; - 1848-1871 yillar; - 1871-1888 yillar; - 1888-1918 yillar; - 1918-1945 yillar; - 1945-1960 yillar. 16 Keyin u bu sistemalarning har birini ularning barqarorligi yoki beqarorligiga ta’sir qiluvchi omil sifatida o’rganishga kirishdi. Shuningdek, J.Frinkel ham tizimlar xarakteristikasi va ularning strukturalari o’ziga xosligiga asoslanib, xalqaro munosabatlar tarixiy evolyusiyasini o’rganishga harakat qildi. Biroq u xalqaro tizimlarni izchil guruhlarga ajratmadi,chunki xalqaro munosabatlarni tizimli o’rganishning zamonaviy shart-sharoitlari bu tasnifni etarlicha aniq ko’rsata olmaydi deb hisoblaydi. Xuddi shunday, tadqiqotni ingliz olimi Eluard ham olib bordi va xalqaro tizimlarning ettita tarixiy guruhini ajratadi: Qadimgi Xitoy tizimi ; Qadimgi grek davlatlari tizimi; Evropa sulolalari davri ; Diniy hukmronlik davri ; Davlatlar suveriniteti rejimining paydo bo’lishi va gullab yashnashi davri; Milliylik davri; Mafkuralar hukmronligi davri; Bu tizimlarni tahlil qilishda Eluard xalqaro munosabatlar tizimi tomonidan foydalanilgan ideologiya, motivatsiya vositalari stratsifikatsiyasi, struktura, rollar va instrumentlardan foydalangan. B.Koranining fikricha, yuqorida tasvirlangan kompleks yondoshuvning bir qancha afzallliklari bor: u Kaplanning yondoshuviga qaraganda ancha aniq va ravshan; tarixchilar, siyosatchilar va sotsiologlar tomonidan to’plangan boy tajriba materiallarga asoslanadi; nihoyat xalqaro tizimni mustaqil o’rganishda va nazariy xulosalar chiqarishda qulayligi hamda oddiyligi bilan farqlanadi. B.Korani ta’kidlaganidek afzalliklar M. Kaplan rahbarlik qiladigan mutaxassislar maktabining ham e’tiboriga tushdi va ular ham o’z tadqiqotlarida bu yondoshuvdan foydalana boshladilar. Nihoyat real amalda mavjud bo’lgan ma’lum geografik hududlarni qamrab oluvchi xalqar munosabatlarning o’zaro aloqasini o’rganadigan empirik yondoshuvga to’xtalamiz. An’anaviy-tarixiy yondoshuvdan farqli tomoni shundaki, u biror bir hududdagi xalqaro siyosiy vaziyatni bu erdagi sistemalar o’rtasidagi bog’liqlikdan kelib chiqib baholaydi: umummintaqaviy kuchlar muvozanati, ijtimoiy-madaniy holat, mintaqaviy xalqaro tashkilotlar kabi omillarning aktorlar hatti-harakatiga ta’sir darajasini ochib beradi. Bu yondoshuv xalqaro aktorlarning hattiharakatlarini izohlovchi qonuniyatlar izlashdan iboratdir. 17 Har xil nazariy maktablar va yo’nalishlar vakillari o’rtasidagi kelishmovchiliklar boshqa o’zaro qarama-qarshiliklari kam bo’lgan yondoshuvlarni ishlab chiqish jarayonida kelib chiqadi. Bu yondoshuvlarning barchasi (an’anaviy-tarixiy yondoshuvdan tashqari) xalqaro tizim faoliyati qonuniyatlaridan kelib chiqadi (garchi tizimlarning xarakteri va ularning faoliyat qonuniyatlari har xil tushunilsa ham); Ko’pchilik davlatlarning hatti-harakatlari yirik davlatlar o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq tarzda nisbiy ekanligini tan oladi; barcha xalqaro tizimlar uchun umumiy belgi ularning oligopolistik xarakteridir (kuchli davlatlar va ular o’rtasidagi munosabatlar dominantligi); xalqaro tizimning har xil ko’rinishlari va tasniflash omillari mavjudligini e’tirof etishadi. 1.3. Musulmon mamlakatlarining siyosiy xaritasi Sharq mamlakatlari deganda ko’plab tadqiqotchilar turli yondashuvlarga tayangan holda har xil talqinlarni taqdim etishadi. Xususan, ba’zi tadqiqotchilar faqat Osiyo qit’asi mamlakatlarini Sharq mamlakatlari deya e’tirof etishsa, ba’zilari Osiyodan tashqari butunligicha Afrika qit’asi davlatlarini ham Sharq dunyosiga qo’shishadi. Hattoki, Rossiya davlatini ham Sharq mamlakati sifatida talqin etadigan tadqiqotchilar ham yo’q emas. Sharq dunyosi haqida gap ketar ekan, avvalo, unga qaysi mamlakat va xalqlar mansubligi masalasiga oydinlik kiritmoq lozim. Sharq mamlakatlari "Kunchiqar mamlakat" Yaponiya davlatidan boshlanib, Mag’rib ("kun botar") mamlakati Marokash (Marokko)da nihoyasiga yetadigan ulkan geografik maydonda joylashgan. Ta’kidlash o’rinliki, Osiyo qit’asidagi barcha mamlakatlar (Rossiya Federatsiyasi bundan mustasno), shuningdek, Afrika qit’asining shimolida joylashgan Misr, Liviya, Tunis, Jazoir hamda Marokash davlatlari Sharq mamlakatlari sifatida e’tirof etilgan. Sharq mamlakatlarining aksariyati Osiyo qit’asiga to’g’ri kelishini yuqorida zikr etgan edik. Osiyo - jahondagi eng yirik qit’a hisoblanib, uning maydoni 43,4 mln km2 (jahon quruqlik yuzasining 29,2 %)ni, aholisi soni esa 4,4 mlrd kishiga yaqin (jahon aholisining 60,5% ni tashkil etadi). Zamonaviy Osiyo siyosiy xaritasida 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga, 7 tasi federativ ma’muriy-hududiy tuzilishga ega. Qit’a hududi 5 ta subregionga – Janubig’arbiy, Janubiy, Sharqiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyoga ajratiladi. Mazkur subregionlarni madaniy-tarixiy mintaqalar sifatida ham 18 ko’rish mumkin. Ularni ajratishda tarixiy, etnik, diniy omillar bilan bir qatorda, tabiiy belgilarga ham e’tibor qaratilgan. Janubi-g’arbiy Osiyo subregioni. Aholi soniga ko’ra Turkiya, Eron, Afg’oniston, Iroq, Saudiya Arabistoni davlatlari yetakchilik qiladi. Umumiy aholining 60% qishloqlarda istiqomat qiladi. Subregionda, asosan, neft (Fors ko’rfazi davlatlari, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston) mashinasozlik (Turkiya, Eron, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston), metallurgiya (Turkiya, Eron, BAA) va kimyo sanoatlari (Eron, Turkiya, Ozarbayjon) rivojlanmoqda. Yengil va oziqovqat sanoati Janubi-g’arbiy Osiyoning barcha davlatlarida rivojlangan. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i dehqonchilik hisoblanadi. Asosan, sug’orma dehqonchilik rivojlangan, iste’mol uchun bug’doy, makajo’xori, arpa yetishtiriladi. O’rta dengizbo’yi davlatlarida sabza-votchilik, mevachilik, uzumchilik rivojlangan bo’lib, ular bilan bir qatorda zaytun yetishtirish katta o’rin egallaydi va aynan mazkur dehqonchilik turi bo’yicha mintaqa jahonda yetakchilik qiladi. Turkiyada paxtachilik, tamaki, sitrus meva, donchilik, Eronda xurmo, sitrus mevalari, qand lavlagi, paxta, Iroq, Suriya va Isroilda paxta, tamaki va xurmo yetishtirish rivojlangan. Chorvachilikda Turkiya angor echkilar boqishga, Arabiston yarimoroli davlatlari tuyachilikka, Eron va Afg’onistonda qorako’lchilikka ixtisoslashgan. Xizmat ko’rsatish sohalari orasida transport va turizm katta salmoqqa ega. Markaziy Osiyo subregioni. Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh respublika - Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekistonni birlashtiradi. Sanab o’tilgan davlatlar iqtisodiy-geografik o’rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo’q, ya’ni beshtasining barchasi ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog’iston Respublikasi dunyodagi jami 44 ta bunday geografik joylashuvga ega davlatlardan maydoni bo’yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o’rta qismida joylashgan O’zbekiston Respublikasi geografik o’rnining o’ziga xosligi esa, nafaqat o’zi, balki biror bir qo’shni mamlakati ham dengizga tutash emasligidir. Bunday geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida, respublikamizdan tashqari, faqatgina G’arbiy Yevropadagi “mitti” davlatlaridan biri – Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq 19 davlatlardan esa hech qaysi birida geografik joylashuvining bunday jihati mavjud emas. Qozog’iston bilan Turkmaniston Respublikalari Kaspiy dengiziga tutash bo’lib, bu holat ikkala davlatning iqtisodiy-geografik o’rni, transport-geografi k imkoniyatlari va tabiiy-resurs salohiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan farqli o’laroq, transport-geografik sharoiti ancha murakkab bo’lgan Tyanshan va Pomir baland tog’lari hududida joylashgan Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalarining iqtisodiy-geografik o’rni, subregiondagi boshqa davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha noqulay hisoblanadi. Markaziy Osiyo subregioni iqtisodiy-geografik o’rnining ijobiy tarafi uning tranzitligi, ya’ni Yevropa va Osiyo turli qismlarining quruqlik transporti tizimlarini bog’lay olish imkoniyatlarida o’z aksini topadi. Bu holat tarixda Buyuk Ipak yo’li hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududidan o’tganligida namoyon bo’lgan. Hozirgi davrda ham subregion mamlakatlarining iqtisodiy-geografik imkoniyatlari shu jihatdan yuqori baholanishi asosli. Markaziy Osiyoning geosiyosiy o’rni o’ziga xos bo’lib, Yevrosiyodagi asosiy geosiyosiy kuch markazlari – Xitoy, Rossiya, Eronga tutashligi va ushbu bevosita qo’shnilaridan tashqari, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Pokiston kabi geosiyosiy “o’yinchi”larning tashqi manfaatlari kesishgan hududda joylashganligi bilan tavsifl anadi. Shuningdek, harbiy mojarolar tugamayotgan Afg’oniston bilan chegaradoshligi hamda boshqa real va ehtimoliy harbiy-siyosiy ziddiyat zonalariga yaqin joylashganligi, Markaziy Osiyo geosiyosiy o’rnining salbiy tomonlarini belgilaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy maydoni 4 mln km2 ga, jami aholisi esa 2017-yil 1-yanvar holatiga 70,5 mln kishiga teng. Subregion davlatlari hududi kattaligi va aholisi soni jihatidan bir-biridan ancha farq qiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy va demografik salohiyati orasidagi tafovutlariga tabiiy sharoit va resurslarining xususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyo davlatlari Yevrosiyo va Hind-Avstraliya litosfera plitalarining chegarasi bo’ylab o’tgan Alp-Himolay burmali mintaqaga yaqin joylashgan. Shu bois, mintaqaning janubi-sharqiy va markaziy qismlari seysmik jihatdan xavfli hisoblanadi. Kuchli zilzilalar sodir bo’lishi, ayniqsa, Tojikiston va Qirg’iziston hududlari uchun xos holat. Mintaqaning g’arbiy va shimoliy qismlari asosan platformali tektonik tuzilishiga ega. Yer yuzasi tuzilishiga ko’ra, subregion janubisharqida joylashgan Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalari tog’li, Qozog’iston, O’zbekiston va Turkmaniston esa asosan, tekis lik keng 20 tarqalgan mamlakatlar hisoblanadi. Lekin, bu uchta davlat hududida ham baland tog’ tizmalari bo’lib, maydonlarining 10–20 foizini egallaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari ulkan mineral-resurs salohiyatiga ega. Neft zaxiralari bo’yicha Qozog’iston va Turkmaniston, tabiiy gaz zaxiralari jihatidan Turkmaniston, O’zbekiston va Qozog’iston alohida ajralib turadi, toshko’mirga Qozog’iston, qo’ng’ir ko’mirga esa O’zbekiston boy hisoblanadi. Neft-gaz zaxiralari, asosan, Kaspiy bo’yi pasttekisligi, Qoraqum va Qizilqum cho’llari, Ustyurt platosi hamda tog’ oralig’idagi botiqlarda, toshko’mirning eng katta zaxiralari esa Qozog’iston past tog’laridagi Qarag’anda va Ekibastuz ko’mir havzalarida joylashgan. Temir, marganes va xrom kabi qora metallarning rudalariga Qozog’iston boy. Turli rangli, jumladan qimmatbaho va nodir metallarning yirik konlari esa, Turkmanistondan tashqari, subregionning barcha davlatlarida mavjud. Jumladan, O’zbekiston oltin, uran, kadmiy, mis, molibden, Qozog’iston uran, volfram, molibden, qo’rg’oshin, rux, Qirg’iziston oltin, simob, surma, Tojikiston kumush, uran zaxiralari bo’yicha alohida ajralib turadi. Turli mineral tuzlarning ulkan zaxiralariga esa Turkmaniston, O’zbekiston va Qozog’iston ega. Markaziy Osiyo davlatlari iqlimining umumiy xususiyatlari mo’tadil va subtropik iqlim jihatlarining turkumlanishi, keskin kontinentalligi va qurg’oqchilligida o’z ifodasini topadi. Shu tufayli Markaziy Osiyo davlatlari hududi asosan cho’l, chalacho’l va dasht tabiat zonalaridan iborat. Markaziy Osiyo sharoitida qishloq xo’jaligi rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan omil – suv resurslari – subregion hududi bo’yicha juda notekis taqsimlangan. Subregiondagi barcha yirik daryolar – Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili, Irtish va boshqalar transchegaraviy (ikki va undan ortiq davlat hududidan oqadigan) bo’lib, Tyanshan, Jung’oriya Olotovi hamda Pomir tog’laridan, ya’ni Tojikiston, Qirg’iziston va Xitoy hududidan boshlanadi. Shuning uchun Tojikiston bilan Qirg’iziston suv va gidroenergetika resurslariga boy, Qozog’iston, O’zbekiston va, ayniqsa, Turkmanistonning ko’p hududlari esa ularga taqchildir. Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholisi suv va yer resurslari omillari (gidrografi k tarmoqlar va relyef)ga bog’liq holda notekis joylashib, asosan, sug’orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan daryo vodiy va deltalari, tog’ oralig’idagi botiqlarda mujassamlangan. Bunday yerlar eng ko’p O’zbekiston hududida bo’lganligi bois, respublikamiz aholi soni jihatidan subregionda yetakchi o’rin egallaydi. Aholi zichligi ko’rsatkichlari bo’yicha Markaziy Osiyoda, 1.01.2017-yil holatiga, 21 O’zbekiston (71,5 kishiG’km2) va Tojikiston (61,3 kishiG’km2) yetakchi, Qozog’iston (6,6 kishiG’km2) esa eng oxirgi o’rinda turadi. Jahon mamlakatlari orasida ham, Qozog’iston aholisi eng siyrak joylashgan davlatlar safiga kiradi (o’rtacha aholi zichligi bo’yicha dunyoda 184o’rin). Markaziy Osiyo davlatlari, BMT tomonidan qabul qilingan jahon mamlakatlarining tasnifi nuqtayi nazaridan, o’tish iqtisodiyotidagi davlatlar toifasiga mansub. Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy YIM hajmi 2016-yil yakunlari bo’yicha, Xalqaro valyuta fondi (XVF) ma’lumotlariga ko’ra, 800 mlrd AQSH dollariga teng. Beshta mamlakat ichida YIM hajmi bo’yicha birinchi o’rin Qozog’iston, ikkinchi O’zbekiston, uchinchi Turkmaniston, to’rtinchi Tojikiston va beshinchi o’rinda Qirg’iziston turadi. Subregion bo’yicha umumiy ishlab chiqarish hajmining 56,4 % Qozog’istonga, 25,8 % esa O’zbekistonga to’g’ri kelsa, Turkmaniston,Tojikiston va Qirg’iziston ulushlari, mos ravishda, 11,8, 3,3 va 2,7 % ga teng. Janubiy Osiyo subregioni. Janubiy Osiyo subregionining umumiy maydoni 4,5 mln km² ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mazkur subregion tarkibiga Hindiston yarimoroli, HindGang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv orollari kiradi. Uning hududida 7 ta davlat joylashgan. Mintaqa davlatlari orasida bitta monarxiya davlat tuzumiga ega bo’lgan Butan Qirolligi bilan 6 ta respublika mavjud. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko’ra esa Hindiston va Pokiston federativ, qolganlari unitar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o’rni quyidagicha: bu subregion Yer shari quruqlik maydoning 3,1 % ni egallaydi; dunyo aholisining 25,4 % ushbu mintaqa aholisidan tarkib topadi; dunyo bo’yicha YMM ning 9 % dan ortig’i shu subregion hissasiga to’g’ri keladi. Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasi qirg’oqbo’yi hududlarining markazida joylashganligi, uning hududida qadimiy tarixiy mar kazlarning mavjudligi, mintaqa geografi k o’rnining o’ziga xos jihatlari hisoblanadi. Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog’ tizmasi va Qoraqurum o’rab turadi. Shimoli-sharqda u o’rmonlar bilan qoplangan Assam-Birma tog’lari, shimoli-g’arbda esa Hindukush va Eron tog’liklari orqali chegaralanadi. Mintaqa shimoldan janubga qarab dunyodagi eng baland tog’ Himolaydan ekvatorda joylashgan Maldiv orollariga tomon pasayib boradi. 22 Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo’lib, yil davomida obhavoning keskin o’zgarishi bilan ajralib turadi. Bu yerda aniq ifodalangan ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi. Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida tabiiy resurslar, ayniqsa, mineral resurslar katta ahamiyatga ega. Bu yerda yoqilg’i-energetika resurslaridan boshlab (ko’mir, tabiiy gaz, tarkibida radioaktiv toriy mavjud bo’lgan monatsitli qumlar) qimmatbaho metall hamda toshlar mavjud (oltin, zumrad, olmos). Subregion jahonda qora metall rudalar (temir, marganes, xrom) zaxirasiga ko’ra ajralib turadi. So’nggi yillarda mintaqaning dengiz shelf zonasida neft va gaz qazib olish rivojlanmoqda. Suv resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Hind, Gang, Brahmaputra eng yirik daryolari hisoblanadi. Subregionda yuqori unumdorlikka ega bo’lgan allyuvial tuproqlar, qora tuproq xususiyatli gilli tuproq lar – regurlar keng tarqalgan. Janubiy Osiyoning barcha davlatlarida milliy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillari bilan bog’liq holda, aholining tabiiy o’sish sur’atlari yuqori. Janubiy Osiyoda 1 mln dan ortiq 33 ta etnos istiqomat qilib, mintaqa aholisining 98% ularning hissasiga to’g’ri keladi. Asosan, hinduizm (Hindiston, Nepal), islom (Pokiston, Bangladesh, Maldiv), buddizm (Butan, Shri-Lanka) dinlari tarqalgan. Ma’lumki, Janubiy Osiyo qadimiy sug’orma dehqonchilik markazlaridan biri sifatida jahonning aholisi eng zich joylashgan areallardan biridir. Bu yerda o’rtacha zichlik 355 kishiG’km2 dan ortiq bo’lib, o’rtacha jahon ko’rsatkichidan 6,7 marta ortiqdir. Tekislik hududlari, yirik daryo vodiylari (ayniqsa, Gang daryosi vodiysi) hamda dengizbo’yi hududlarida aholining yuqori zichlik ko’rsatkichlari qayd qilinadi. Janubiy Osiyo dunyoning eng kam urbanizatsiyalashgan mintaqalaridan biri hisoblanadi (46%). Bu holat mintaqa davlatlarining past ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti sabablidir. Shu bilan bir qatorda mintaqaning ko’plab davlatlarida soxta urbanizatsiya jarayoni ham tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Janubiy Osiyo iqtisodiyoida rivojlanish darajasiga ko’ra, Osiyoning boshqa subregionlariga nisbatan past ko’rsatkichlar qayd etadi. Butan va Nepal agrar, Maldiv agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hindiston hamda Shri-Lanka industrial-agrar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan konchilik (Hindiston, Nepal, Butan), qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka), kimyo (Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari (barcha davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligi 23 mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh), tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lanka), shakarqamish, paxta, yeryong’oq ham yetishtiriladi. Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni yetishtirib, uning eksporti bo’yicha yetakchi o’rinlarni egallaydi. Shuningdek, subregion turli xil ziravorlar yetishtirish bo’yicha ham jahonda peshqadamlik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qo’y va echkichilik, baliqchilik kabi tarmoqlari rivojlangan. Shu bilan birga, mintaqa davlatlarida xizmat ko’rsatish tarmoqlaridan turizm, tibbiyot, transport xizmatlar ko’rsatish katta o’rniga ega. Janubi-sharqiy Osiyo subregioni. Janubi-sharqiy Osiyo subregioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g’arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km2 bo’lib, umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholisi soni 630 mlnga yaqin. Ya’ni bu subregionda jahon aholisining 8,5% dan ko’prog’i istiqomat qiladi. Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol, Bruney, Indoneziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu yerda maydon kattaligi, aholi soni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik ichkarisida joylashgan davlat bo’lganligi sababli to’g’ridan to’g’ri dengizga chiqa olmaydi. Davlatlarning 4 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’muriyhududiy tuzilishiga ko’ra, Malayziya va Myanma davlatlari federativ davlatlar hisoblanadi. Hind va Tinch okeanlari oralig’ida joylashganligi; mintaqa davlatlari iqtisodiyoti rivojida ikki yirik sivilizatsiya – Xitoy va Hindiston ta’sirining kuchli ekanligi; buyuk geografik kashfiyotlar davrida rivojlanishni boshlagan xalqaro savdo va dengiz yo’llari ustida joylashganligi mintaqa geografik o’rnining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Subregion relyefi da tog’li va tekislik hududlar salmog’i deyarli teng. Mintaqada yirik tekislik hududlari mavjud emas. Asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan bo’lib, iqlim xususiyatlari bu yerda doimiy yashil tropik o’rmonlarning mavjud bo’lishiga sababchi bo’lgan. Mintaqaning 42% hududi o’rmonlar bilan qoplangan. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mekong, Iravadi, Chao-Praya, Xongxa daryolari eng asosiy chuchuk suv manbalari hisoblanadi. 24 Mintaqaning yirik daryolari, asosan, yarim orol davlatlar hududidan oqib o’tadi. Dunyo okeani biologik resurslari ham davlatlar iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega. Ular aholi tomonidan iste’molda keng foydalaniladi. Malay arxipelagining ba’zi orollarida tabiiy dur yetishtiriladi. Mintaqa tabiiy resurslari orasida mineral resurslar muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Myanma hududidan to Indoneziyagacha cho’zilgan qalay-volfram belbog’i o’tgani sabab barcha yarimorol davlatlari hamda Indoneziya hududidan katta miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi. Subregion qalayning umumiy zaxiralari bo’yicha jahonda birinchi o’rinni egallaydi. Surma zaxiralari bo’yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada birinchi, jahonda esa ikkinchi o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, ushbu hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, Bruney), toshko’mir (Vyetnam, Indoneziya), uran rudalari (Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma, Vyetnam, Filippin), volfram (Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya, Filippin, Malayziya) kabi mineral resurslar ham qazib olinadi. Janubi-sharqiy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida aholining tabiiy ko’payish darajasi yuqori. Bunga birinchi navbatda milliy, diniy omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Indoneziya, Filippin, Vyetnam mintaqaning aholi soni ko’p bo’lgan davlatlari hisoblanadi. Janubi-sharqiy Osiyo hududida 200 dan ortiq xalqlar yashaydi. Ular orasida malayliklar, laolar, tayliklar, vyetnamliklar, semanglar, birmaliklar, filippinliklar, yavaliklar, xitoylar katta salmoqa ega. Indoneziya, Malayziya, Bruneyda islom diniga e’tiqod qiluvchilar oldingi o’rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng tarqalgan. Ayrim davlatlarda katoliklarning salmog’i katta (Filippin, Sharqiy Timor). Subregionda o’rtacha zichlik 1 km-2ga 140 kishini tashkil etadi. Kichik hududli davlatlarda bu ko’rsatkich ancha yuqori (masalan, Singapurda o’rtacha zichlik 1 km2 ga 8000 kishidan oshadi). Urbanizatsiya darajasi 50% atrofida. Industrlashgan hududlarda bu ko’rsatkich yuqori (Singapurda 100%), qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida katta salmoqqa ega davlatlarda esa past (Sharqiy Timor 30% atrofi da). Jakarta, Bangkok, Manila mintaqaning eng yirik shaharlari bo’lib hisoblanadi. Mintaqa davlatlari tarixiy rivoj lanishida Xitoy va Hindistonning ta’siri katta bo’lsada, ushbu davlatlarning aksariyat qismi o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lini belgilashda yapon modeliga murojaat qilishgan. Natijada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari ichida Singapur, Tailand, Malayziya kabi yangi sanoatlashgan davlatlar (so’nggi 25 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarda ijobiy o’zgarishlar yuz berayotgan rivojlanayotgan davlatlar guruhi) soni ortib bormoqda. Bundan tashqari, bu yerda Bruney kabi neft eksport qiluvchi davlat, Sharqiy Timor, Laos kabi iqtisodiyoti past darajada rivojlangan davlatlar ham mavjud. Subregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida), yoqilg’i-energetika (Indoneziya, Malayziya, Bruney va b.), rangli metallurgiya (Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vyetnam va b.), mashinasozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-ovqat (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida) sanoatlari tarmoqlari rivojlangan. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik ustun soha bo’lib, sholi asosiy ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli ziravorlar, choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) kabilar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o’rin xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil transporti hisoblanadi. Shimoliy Afrika (Mag’rib) subregioni. Zamonaviy Mag’rib o’z ichiga 5 ta arab davlatlari – Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokashni o’z ichiga oladi. Shu bilan birga mintaqa dunyoning madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o ‘rinni egallaydi. Bu bilan Mag’rib qulay geografik o’ringa ega. Shimoliy Afrikada joylashgan arab mamlakatlari Atlantika okeani, O’rta dengiz va Qizil dengizga tutash, Yevropadan Osiyo va Avstraliyaga boradigan muhim dengiz yo’li yaqinida joylashgan. Bu mamlakatlar qadimdan O’rta dengiz orqali Yevropa bilan va JanubiG’arbiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari qilib kelgan, bu esa shaharlar dengiz sohilida paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib kelgan. Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlari Janubi-G’arbiy Osiyodagi arab mamlakatlariga bevosita yaqin turadi. Shimoliy Afrikada joylashgan mamlakatlar aholisi tabiiy o’sish hisobiga tez ko’payib bormoqda. Bunga tibbiy xizmatning yaxshilanishi, tug’ilish katta bo’lgani bilan bir qatorda o’limning kamaygani sabab bo’ldi. Bu esa aholining yosh tarkibiga ham ta ‘sir ko’rsatadi, keksalar esa juda kam. Shimoliy Afrika aholisi, aksari, arab tilida gaplashadi, arab tili somiy-xomiy tillar oilasiga kiradi va bu mamlakatlarda davlat tili hisoblanadi. 26 Marokash, Tunis, Liviya, Misr, Mavritaniya, Sudan, Jazoir, Jibuti, Somali arab mamlakatlaridir. Dini islom. Millioner shaharlar Qohira, Aleksandriya, Tunis, Al-Jazoir, Kasablanka. Ko’pincha dengiz sohillarida aholi zich yashaydi. Bu yerlarda yirik shaharlar, sanoat va hunarmandchilik korxonolari joylashgan. Daryo vodiylarida ham aholi zich yashaydi, chunki daryo vodiylarida qishloq xo’jaligi va transport uchun sharoit qulay. Nil vodiysida aholi eng zich yashaydi. SHarq mamlakatlarining siyosiy subregionlarga bo’linishi. Shimoliy Afrika (Mag’rib) subregioni - Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash. Janubi-g’arbiy Osiyo subregioni – Suriya, Iroq, Livan, Isroil, Iordaniya, Falastin muxtoriyati, SAP, Yaman, O’mon, BAA, Qatar, Baxrayn, Kuvayt. G’arbiy Osiyo subregioni – Turkiya, Afg’oniston, Eron. Kavkazorti subregioni – Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston. Janubiy Osiyo subregioni – Hindiston, Pokiston, Nepal, Butan, Bangladesh, Shri-Lanka, Maldiv orollari. Sharqiy Osiyo subregioni – Mo’g’iliston, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Tayvan. Janubi-sharqiy Osiyo subregioni – Myanma, Laos, Vetnam, Tailand, Malayziya, Kambodja, Bruney, Singapur, Indoneziya, Filippin. Markaziy Osiyo subregioni – O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojikiston. Arab dunyosi - o’zi mavjud bo’lgan qariyb bir yarim ming yil davomida bir necha marotaba o’zgarishlarga yuz tutgan tushuncha. Qachonlardir G’arbda Fransiya janubiga qadar, sharqda esa O’rta Osiyo va Sinszyan (Uyg’uriston)gacha yetib borgan holda o’zining hozirgi sarhadlaridan ancha yiroq-yiroqlargacha yastanib yotgan bir makon edi. Shunday bo’lsa-da, bugungi kunda ham arab mamlakatlari Atlantika okeanidan Hind okeaniga qadar yastangan holda ancha salmoqli hududni egallaydi (qariyb 15,0 million kvadrat kilometr). Arab davlatlari ligasi mavjud bo’lib (1945-yil martdan), ittifoq tarkibiga 19 arab mamlakatlari qatorida hozircha davlat maqomiga ega bo’lmagan Falastin muxtoriyati (avtonomiyasi), aholisi arab bo’lmagan, lekin davlat tili sifatida arab tilidan istifoda etuvchi Jibuti va Somali mamlakatlari ham kiradi. Hozir jahonda arab mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va madaniy roli kundan-kun tobora ortib bormoqda, bu narsa, tabiiyki, arab dunyosi, uning tarixi va madaniyati, hayoti va o’ziga xos xususiyatlariga doimiy va uzluksiz ravishda ortib borayotgan qiziqishni 27 ham oziqlantirib turadi. Ana shunday o’ziga xos xususiyatlardan biri Yer sharining mazkur qismi aholisining hamma vaqt milliy-etnik va diniy jihatdan rang-barang bo’lib kelganligidir. Ana shu narsa bu mintaqada yashab kelgan xalqlar tarixiy taraqqiyoti o’ta murakkabligi manbai bo’lgani holda, turli-tuman mojarolar va to’qnashuvlar sarchashmasi bo’lib keldi. Mazkur mojarolar va to’qnashuvlardan ko’pchiligi azal-azaldan butun madaniy dunyoni larzaga solib kelgan, turli kontinentlar chorrahasida joylashganligi o’ziyoq go’yoki O’rtayer dengizi va Hind okeani o’rtasida, Yevropa, Afrika va Osiyo o’rtasida vositachi roliga mahkum etilgan mintaqa sarhadidan chetga chiqib ketgandi. Aynan shu yerda, Yaqin Sharqda va Shimoliy Afrikada bashariyat tarixida eng qadimiy sivilizatsiya (tamaddun)lardan biri kurtak ochib tomir yoygandi. Aynan shu yerda ularning madaniyat va ma’naviy hayotning barcha yangidan-yangi shakllarini dunyoga keltiruvchi yuz-yuzma kelishi, sermahsul kontaktlari va o’zaro bir-biriga ta’siri an’anaviy maydoni joylashgan. Aynan ana shu mintaqada asosiy jahon dinlari, xususan, xristianlik (nasroniylik) va islom (musulmonlik) vujudga kelgani va keyinchalik esa ana shu yerdan keng tarqalgani ham tasodifiy bir hol emaski, bu narsa o’z-o’zidan ana shu dinlarning yuz millionlab ixlosmandlari va izdoshlarini ularning Falastinda, Arabistonda, Livan va Iroqda joylashgan markazlariga e’tiborini jalb etib turibdi. Ommaviy ziyoratchilik (hojilik), muqaddas osori atiqalar va «muqaddas qadamjolar» borasidagi mojarolar hali ilk o’rta asrlar davridayoq mazkur mintaqani porox to’la bir qaznoqqa aylantirib qo’ygan edi. Bu yerda ro’y bergan diniy, etnik va ijtimoiy-siyosiy qutqularning portlashi ko’p hollarda nainki Sharqda, qolaversa, balki uning sarhadlaridan yiroq-yiroqlarda ham keskin mojarolar va uzoqqa cho’zilgan urushlar uchun bahonalar shodasi bo’lib xizmat qilgan edi. Biz yashab turgan zamona mintaqadagi avvalgi ziddiyatlarga barham bermasdan (har holda keskin tarzda) ularga yangi-yangilarini qo’shib qo’ydi. Bu, eng avvalo, iqtisodiy xarakterdagi ziddiyatlardir. Birgina Yaqin Sharqning arab mamlakatlarida 1980-yillar boshlariga kelib isbotlab berilgan, ishlab chiqarishning rekord darajada kam xarajatlari bilan qazib olinadigan butun jahon neft zaxiralarining uchdan ikki qismi joylashgan. Arab nefti hisobidan G’arbiy Yevropa va Yaponiyaning suyuq yoqilg’iga bo’lgan ehtiyojlarini 60 %ga qondirilsa, Amerika Qo’shma Shtatlariga nisbatan bu ko’rsakich 25 %ni tashkil etadi. Ana shu hol muqaddam, mustamlakachilik davrida, neft konsessiyalariga monopol ega qilish ustida imperialist davlatlararo ayovsiz va keskin raqobatni keltirib chiqargan edi. 28 Neft qazib oluvchi davlatlarning mustaqil taraqqiyot davrida esa neft narxi o’sishi va neft ishlab chiqaruvchilarning suveren siyosati tufayli yangiyangi ziddiyatlar vujudga keldiki, jahon tarixida ilk marotaba 1973-1981yillarda taraqqiy etgan kapitalistik mamlakatlardan o’zlarining sobiq mustamlakalari — koloniyalariga pul mablag’lari oqimi neokolonistik ekspluatatsiyadan olinadigan foyda hajmidan ko’proq ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Shu narsa ravshanki, jahon xo’jaligining eng rivojlangan markazlari u yoki bu darajada ana shu neft rentasining bir qismini, shu jumladan, G’arb banklarida saqlanayotgan «neftdollar»ni Amerika Qo’shma Shtatlari va G’arbiy Yevropa iqtisodiyotlariga moliyalashtirish yo’li bilan o’zlariga qaytarib oldilar. Shunga qaramasdan, yangicha vaziyat vujudga kelib, unda G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari 1980-yillar boshlariga kelganda neft narxini muntazam ravishda pasaytirish (shu jumladan, neft iste’mol qilishni qisqartirish va energiya tejovchi tarmoqlarni rivojlantirishga mo’ljal olish bilan), rivojlanayotgan (shu jumladan, neft qazuvchi) mamlakatlar doimiy ortib borayotgan tashqi qarziga nisbatan talonchilarga xos foizlarni oshirib borish, ana shu mamlakatlarda iste’molda «import»ni rag’batlantirish va hokazo yo’llar bilan o’z foydasiga o’zgartirishga erishdi. Shunday bo’lsa-da, garchand birmuncha pasaygan bo’lsa hamki, jahon iqtisodiyotida umumiyligicha neft (va endilikda qazib olinishiga qo’shimcha e’tibor berilayotgan gaz) ahamiyati saqlanib qolmoqda. Shuningdek, ayni mahalda neft va gaz bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy, moliyaviy, texnologik va boshqacha ziddiyatlarning butun rang-barangligi ham saqlanib qolmoqda. Bu esa, masalan, arab mamlakatlaridagi, shu jumladan, neft va gaz qazib olmaydigan mamlakatlardagi ijtimoiy taraqqiyot va mehnat migratsiyasi xarakterini belgilovchi omillarga, ularning industrilizatsiya (sanoatlashuv) va urbanizatsiya (shaharlashuv)si sur’atlari va yo’nalishlariga, madaniyat va ta’limga xarajatlar taqsimlanishi darajasiga, bandlik va ijtimoiy ehtiyojlarga sarf-xarajatlar darajasiga jiddiy ta’sir etmasligining iloji ham yo’q. Ijtimoiy o’zgarishlar tezligi ham, pirovardida siyosiy o’zgarishlarni ham belgilab beruvchi ijtimoiy aloqalar va munosabatlar evolyusiyasi ham ana shularning hammasiga bog’liq bo’ladi. Garchand, albatta, atigi birgina Saudiya Arabistoni jahon neft zaxiralarining chorak qismiga bo’lsa-da, neft zaxiralar hajmi bo’yicha AQShdan 11 baravar ustun bo’lsa-da, har holda, faqat iqtisodiy omillargina arablarga qiziqishimizni belgilab bermaydi. Bashariyat, eng 29 avvalo, ilm-fan va madaniyat, adabiyot va san’at, musiqa va she’riyat, tibbiyot va me’morchilik, falsafa va tarixnavislik, dehqonchilik va pazandachilik, irrigatsiya va maishiy komfort sohasida erishilgan ajoyib va betakror yutuqlar uchun arablardan minnatdor bo’lmog’i lozim. Jahon sivilizatsiyani bu qadar boyitgan va boshqa xalqlar, shu jumdan, Yevropa xalqlari va (Markaziy Osiyo xalqlari) ma’naviy taraqqiyoti va madaniyatiga bunchalik kuchli ta’sir o’tkazgan boshqa bir xalq esa kamdan-kam uchraydi. Arab tili (yaqin-yaqinlargacha uni «Sharq lotini» deb ham atashgan) ilm-fan, din va yurispridensiya tili sifatida barcha musulmon mamlakatlarda, arab dunyosi sarhadidan yiroq-yiroqlarda, Somalidan Dog’istonga qadar, Senegaldan to Sharqiy Turkistonga qadar o’z ahamiyatini saqlab kelayotir. Arablar orasida vujudga kelgan islom dini tobora yangi tarafdorlarni o’ziga jalb etgan holda biz yashab turgan kunlarda ham o’z ta’sirini kengaytirib bormoqda. 1990-yillarda islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni 1 milliard 200 million kishini tashkil etgandi. Ulardan taxminan beshdan bir qismini (1994 yil ma’lumotlariga qaraganda, 240 million kishi) arab mamlakatlari aholisiga mansub bo’lib, ularning soni o’tgan yarim asr mobaynida taxminan uch baravar ortdi. Arab dunyosidagi etno-milliylik masalalari. Arab davlatlari ligasi a’zosi bo’lgan mamlakatlar aholisi orasida nafaqat arablar va musulmonlar yashaydi. Arab mamlakatlaridan deyarli har birida arab bo’lmaganlar va musulmon bo’lmaganlar soni salmoqlidir, bu narsa esa arab dunyosining yuqorida eslatib o’tilgan tarixan shakllangan etno-konfessial xilma-xilligi oqibatidir. Misrda, turli hisobkitoblarga qaraganda, taxminan 80 million aholidan 7-11 %ini xristian qibtlar, Suriya, Iordaniya va Falastinda turli konfessiyadagi xristianlar kamida 10-12 %ni, Livanda (turli ma’lumotlarga ko’ra) - 30 dan 44 %gachani, Sudanda qariyb 4 % xristian va 20 % animistlarni (janubida) tashkil etadi. Ayni mahalda Sudanda aholining 3G’1 qismi islomga e’tiqod qilmaydigan va turli nilot tillarida so’zlashuvchi negroidlar, Iroqda esa 20 %dan ko’proqini kurdlar va 5 %dan ko’proqini assiriyaliklar, armanlar, turklar, turkmanlar, Suriya va Livanda qariyb 10 %ini greklar, kurdlar, armanlar, cherkaslar, turklar va turkmanlar, Iordaniyada esa 3 %dan ziyodini cherkaslar, chechenlar, armanlar, turklar va boshqalar tashkil etadi. Al-Mag’rib (Mag’rib)da, ya’ni arab dunyosi G’arbida Marokash aholisining qariyb 40 %ini, Jazoirda esa 20 %dan ortig’i, Liviyada 2 %ini va Tunisda 1%ini tashkil etuvchi barbarlar asosiy arab bo’lmagan etnos sanaladi. 30 Arab dunyosidagi etno-milliy masala murakkab ekanligi ana shu raqamlar bilangina cheklanib qolmaydi. Aksariyat ko’pchilik hollarda arab bo’lmagan etnoslar (musulmon bo’lmagan konfessiyalar) vakillari arab tilida so’zlashadi, arab madaniyati bilan yaxshi tanish va ijtimoiy, ma’naviy va maishiy jihatdan ko’pincha arablarga yaqin turadi. Jazoir va Marokashning ko’plab barbarlar zullisonayn, ya’ni o’z ona tilida ham, arab tilida ham so’zlashadi. So’zlashuv tili arab va barbar dialektlarining ajoyib va g’aroyib aralashmasini o’zida ifoda etuvchi viloyatlar ham mavjud (Jazoirdagi Kichik yoki Baboriya Qobiliyasi). Arab davlatlari ligasiga kiruvchi va arab mamlakati hisoblanuvchi Mavritaniyada esa, masalan, garchand, aholisining 25 %dan ziyodini niger-kongolez tillarida so’zlashuvchi afrikaliklar, aholi asosini esa (75 %ini) mavrlar, ya’ni «hasaniyya» deb nomlangan alohida arab dialektida so’zlashuvchi, ammo kundalik turmushda barbar qabilalarining qadimgi turmush tarzidan juda ko’p narsalarni saqlab kelayotgan arab-barbarlar tashkil etadi. Arab dunyosi uchun xos bo’lgan siyosiylashtirish (politizatsiya) etno-konfessial sohada ham o’z asoratini qoldirmoqda. Natijada esa asrlar davomidav tinch-totuv yashab kelgan milliy va diniy jamoatlar keyingi 100-150 yil mobaynida ko’pincha yovlashib qolmoq, tez-tez urishib turmoqda yoki nihoyatdla tarang munosabatlarda bo’lib kelmoqda. Iroqdagi arab-kurd va sunniy-shi’a qarama-qarshiligi, Livandagi xristianmusulmon ziddiyatlari, Sudandagi adog’i ko’rinmas shimol va janub kurashi, ammo, asosiysi Falastindagi uzoqqa cho’zilib ketgan fojianing tabiati ana shunda. Buning oqibati esa Falastin arablari katta qismining jonajon zaminidan haydab yuborilishi, boshqa arab mamlakatlari hududidla yashab turishga (jumladan, maxsus lagerlarda) qochoqlarga aylantirilishi bo’lib, ona yurtdan tashqarida ular (ayniqsa, Livan va Iordaniyada) ko’pincha keskin ijtimoiy-siyosiy va harbiy to’qnashuvlar markaziga tushib qolmoqdalar. Bu hol (yovlashayotgan tomonlar tashqaridan ta’sir o’tkazish ham) umumiyligicha Yaqin Sharq mojarosini tinch yo’l bilan tartibga solishga, shu jumladan, bir necha marotaba mo’ljallangan, ammo alaloqibat barbod bo’layotgan Isroil va Falastin avtonomiyasi o’rtasidagi bitimga qattiq xalaqit bermoqda. Arab mamlakatlari aholisi tarkibiga shuningdek tabiiy ravishda ijtimoiy va siyosiy vaziyatga ta’sir o’tkazuvchi iqtisodiy migratsiya ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. XX-XXI asrlar chegarasida birgina Afrika arab mamlakatlaridan 12 milliondan ko’proq kishi o’z mamlakati sarhadidan tashqarida mehnat migrantlar sifatida mehnat qildi. Bunda ulardan qariyb 3 million kishi Yevropada, taxminan 5 million kishi Fors ko’rfazi 31 mamlakatlarida, 4 millionga yaqini esa AQSh va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda bo’lgan. Ko’p hollarda ishsizlik tufayli dunyoga kelgan migratsiya (1990-yillarda jo’shqin demografik o’sish sharoitida Misrda faol aholining 16-19 %ini, Marokashda 21-25 %ni va Jazoirda 26-30 %ni tashkil etgan) hayotning ko’plab jihatlariga ta’sir o’tkazdi. Misrlik migrantlarga bu narsa mamlakatning iqtisodiy holatini yaxshilashga salmoqli imkoniyatlar yaratib bergan 180-250 milliard AQSh dollari miqdorida valyuta rexervi tashkil etishga imkon berdi. Yevropada mehnat qilayotgan 600 ming tunislik (mamlakat aholisining 7 %i) o’z o’tkazmalari bilan (XX asr oxiriga kelib qariyb 900 million AQSh dollari) davlatning tashqi savdo balansi defisitini jiddiy kamaytirishga erishdilar. Boz ustiga, sir emaski, arab migrantlari Fransiya, Ispaniya va Italiyada mehnat qilish davrida ko’pincha oila tuzadilar. Bu narsa ular vatanga qaytib kelganidan keyin aralash nikohlardan tug’ilgan bolalar hisobigina ikki madaniyat sohibi bo’lgan, tug’ilganidanoq ikki tilli bo’lgan, ayniqsa, Arab Mag’ribi mamlakatida ko’p sonli bo’lgan shaxslar ulushi ortib borishiga maydon hozirlaydi. Turkiyadan (jumladan, kurdlar), Ekvotarial Afrika va Sharqiy Yevropadan (ayniqsa, Albaniya, Gresiya, O’rtaer dengizi orollarida) Liviyaga migrantlarning doimiy oqib kelishi ham ana shu yo’nalishda amal va xizmat qilmoqda. Arabiston neft qazuvchi mamlakatlari aholisi etno-konfessial jihatdan yanada rang-barangdir. Bu yerda, falastinliklar, suriyaliklar, iordaniyaliklar va boshqa arab davlatlariga mansub kishilardan tashqari, hamma joyda Hindiston, Eron, Pokiston, Indoneziya, Koreya, Yaponiya va Afrika mamlakatlaridan kelgan migrantlar ulushi nihoyatda yuqori darajadir. Kuvaytda muhojirlar aholining 60 %ini, Qatarda 70 %ini, Bahraynda 30 %ini, Ummonda esa 10 %ini tashkil etadi, Birlashgan Arab Amirliklarida 1,2 million aholidan 850 mingini, ya’ni 70 %ini, Saudiya Arabistonida 16 million aholidan qariyb 2 millionni, ya’ni 13 %ga yaqini muhojirlardir. Yaman bo’yicha aniq-raso ma’lumotlar yo’q, shunday bo’lsa-da, Fors ko’rfazi mamlakatlari va Malayziyada ana shu mamlakatdan migrantlar ulushi salmoq bo’lib, bu ham etno-milliy aralashib ketishga imkoniyat tug’diradi. Arab mamlakatlariga kelgindi mingrantlar orasida 22 millatga mansub shaxslar uchrashini aytib o’tish ham kifoya qiladi. Ayni mahalda arablar Amerika Qo’shma Shtatlari va G’arbiy Yevropaga ko’chib o’rnashgan musulmon muhojirlar orasida ham peshqadamlik qiladilar, bu mamlakatlarda ular tegishlicha 2,5 million va 15,0 millionni tashkil etadi. Bu — o’ziga xos xuusiyatlariga, 32 muammolariga, moslashish qiyinchiliklariga, o’zlari nafaqat tantanavor vitrinalar va peshtaxtalar orqali ko’rib G’arb dunyosini spesifik idrok etish tarziga ega bo’lgan ulkan diasporadir. Muhojir arablar go’yoki Sharq va G’arb avangardiga o’xshaydi. Aynan G’arb arablarning muammolari va umumiyligicha butun Sharqning muammolarini tushunishi va anglashiga ana shu avangard tinchlik elchisi yoki «beshinchi koloniya» vakili bo’lishi ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkda ro’y bergan fojiadan keyin asosan «islom terrorchiligi» va butunjahon sivilizatsiya markazlariga «Sharqdan bo’ladigan tahdid» to’g’risida so’z yuritish odat bo’lib qoldi. Buning uchun esa asoslar mavjud. Ammo har qanday mojaroda hamisha ikkala taraf mavjud bo’ladi. Ulardan har birining xulq-atvori juda ko’p hollarda raqibning yurish turishiga bog’liq bo’lishi ham ma’lum. G’arb va Sharqning, mazkur holda esa, Arab Sharqi va AmerikaEvropa g’arbi bir-biriga qarshi turishining oddiy bo’lmagan, afsuski, o’ta chigallashib ketgan masalalarini tushunib yetish uchun esa tarixga, arablar va g’arblik kishilar o’rtasida asrlar davomida nafrat va ishonmaslik urug’ini sochib kelgan harbiy-siyosiy qarshi turish va diniy murosasizlik an’analariga murojaat qilmoq kerak. Shuning barobarida o’zaro bir-biriga ta’lim berish va o’zaro bir-birini boyitish davrlari haqida, sividizatsiyalararo, millatlararo va shunchaki insoniy aloqalar xususida, g’arb ham, butun jahon haligacha arablardan qarzdor va minnatdor bo’ladigan hamma narsa to’g’risida bir eslab ko’rish va tarakkur qilmoq joiz. Arab davlatlari ligasi tashkiloti. 1945 yilda arab davlatlari siyosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtirish, ular mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy aloqa sohalarida hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan mintaqaviy tashkilot. Arab davlatlari uyushmasi u.ga Yaqin Sharq va Shim. Afrikaning mustaqil arab mamlakatlari uyushgan. Arab davlatlari uyushmasi u. tashkilotchilari — Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni va Yaman Respublikasidir. Keyinroq Arab davlatlari uyushmasiga Jazoir, Bahrayn, Jibuti, Kuvayt, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Qatar, Somali, Sudan, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman Xalq Demokratik Respublikasi, shuningdek Falastin Ozodlik Tashkiloti a’zo bo’ldi. Arab davlatlari uyushmasi u.ning rahbar organi — Kengash (Majlis) hisoblanadi, uning tarkibiga har a’zo mamlakatdan bitta vakil kiritiladi. Kengash o’z majlislarini bir yilda ikki marta o’tkazadi. Hamma a’zo-lar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovoz bilan qabul 33 qilinadi. Ko’pchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorlar bularni qo’llabquvvatlab ovoz bergan mamla-katlar uchungina majburiydir. Kengash huzurida bir necha doimiy ishchi qo’mita va qator ixtisoslashgan tashkilotlar tuzilgan, ular iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan shug’ullanadi, umumiy loyiha va dasturlar ustida ishlaydi. Arab davlatlari uyushmasi u. Kotibiyatini Bosh kotib boshqaradi. Arab davlatlari uyushmasi u- boshqaruv idorasi Qohira (Misr)da joylashgan. Arab davlatlari uyushmasi u. BMT huzuridagi kuzatuvchi tashkilot mavqeiga ega. 1960-70 yillarda Arab davlatlari uyushmasi u. a’zolarining soni ko’paydi, ular iqtisodiy qudrati mustahkamlanib, umumiqtisodiy va siyosiy manfaatlari kuchaydi. Shu tu-fayli Arab davlatlari uyushmasi u. doirasida arab davlatlari hamkorligi kengaydi. Uyushmaning umu-marab bozori, Arab Taraqqiyot banki, arablararo o’quv yurtlari, Narkotiklarga qarshi kurash olib boruvchi arab byurosi va "Arab press" axborot byurosini tuzish bo’yicha dasturlar ishlab chiqildi. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Jahon xaritasida musulmon mamlakatlarining siyosiy-geografik holatini tavsiflab bering. 2. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda musulmon mamlakatlarining rolini aytib bering. 3. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro munosabatlardagi holat qanday? 4. Nima sababdan etakchi davlatlar ko‘plab Sharq mamlakatlariga iqtisodiy yordam ko‘rsatadi? Mustaqil ish uchun topshiriqlar 1. Siyosiy xarita yordamida musulmon mamlakatlarini siyosiy, iqtisodiy – ijtimoiy va geografik holatini gapirib bering ? 2. Globalizatsiya jarayonining ijobiy va salbiy jihatlarini sanab o‘ting? 3. Musulmon mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish. 4. “Musulmon mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlar” mavzusida nutq tayyorlash. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar 1. Muxammadsidiqov M.M. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, Barkamol fayz media, 2017, - 292 b. 2. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlari. O’quv qo’llanma. – Toshkent, ToshDShI, 2017, - 240 b. 34 3. Mуҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларидаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Ўқув қўлланма. – Тошкент, ТошДШИ, 2013. – 160 б. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, ToshDSHI, 2013. – 176 b. 2. Каримова Н.Э. Международные отношения стран Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2017. – 204 с. 3. Каримова Н., Пьянова Е., Азимов К. Особенности развития стран Дальнего Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2009. – 234 с. 4. Шарапов А.А. Осиё-Тинч океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Монография. – Тошкент, 2014. – 216 б. 5. Fawcett Louise. International Relations of the Middle East, UK, Oxford University Press, 2016. 6. The Asia-Pacific Power Balance. London: Chatham House, 2015. 80 p. 7. Beeson M. Institutions of the Asia Pacific. London-New York: Routledge, 2009. 147 p. 35 2-BOB. YAQIN SHARQ MAMLAKATLARI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR I Darsning maqsadi: talabalarning Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi davlatlaridagi siyosiy jarayonlar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish; talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish; talabalarga Yaqin Sharq mintaqasi davlatlarining xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni borasidagi to‘la ma’lumotlarni yetkazish hamda ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlari bilan ularni tanishtirib borish. talabalarda davlatni har tomonlama rivojlantirish jarayonida o‘ta muhim, o‘ziga xos rol o‘ynovchi tashqi siyosat va uning maqsadlarini amalga oshirishda muhim omil hisoblangan xalqaro muzokaralar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy mahoratni shakllantirish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Fors ko‘rfazi, Yaqin Sharq, Xormuz bo‘g‘ozi, FKADHK, “jahoniy davlat”, “mintaqaviy davlat”, “odatdagi davlatlar”, “Qaynoq nuqta”, Arab-Isroil mojarosi. 2.1. Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati Bugungi kunda ko‘pchilik davlatlar tashqi siyosiy strategiyalarida energetik resurslar xavfsizligi, energetika infrastrukturasini rivojlantirish va umumiy energetika tizimini shakllantirish masalalari asosiy geosiyosiy omillar sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, Fors ko‘rfazi mintaqasi xavfsizligida energetik xavfsizlikka nisbatan yangicha yondashuvlarning yuzaga kelishi natijasida mintaqa davlatlari siyosatida an’anaviy ustuvorlikka ega bo‘lgan neft-gaz siyosatiga nisbatan munosabat yanada markazlashtirilmoqda. Yaqin Sharq - Osiyo, Afrika va Yevropaning kesishgan mintaqasida joylashgan. Bundan tashqari geosiyosiy ahamiyati jihatidan Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyo bilan birgalikda chegaradosh sifatida qaralib, geostrategik va geosiyosiy imperializmda, shu jumladan, AQSh gegemonlik loyihasida juda muhim o‘rin egallaydi. Yaqin Sharq mintaqasi jahonning muhim transport koridori hisoblanadi. Aynan shu yerda Atlantika va Hind okeanini bir biriga bog‘laydigan muhim geostrategik ahamiyatga ega bo‘lgan Suvaysh kanali joylashgan hamda shu mintaqa davlatlari qulay dengiz yo‘llariga chiqish 36 imkoniyatiga ega, bu xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi rolini oshirish va ishtirokini kengaytirishda zaruriy omillardan biridir. Yaqin Sharq dunyo aholisining deyarli yarmi e’tiqod qiladigan uch eng yirik jahon dinlari: Islom, Yahudiy va Xristian dinlarining kelib chiqish markazi hisoblanadi. Yaqin Sharq jahon neft zaxirasining 61,7 foiziga va tabiiy gaz zaxirasining 40,6 foiziga egalik qiladi. Mintaqadagi ikki davlatda esa dunyo neft zaxirasining 35 foizi jamlangan: Saudiya Arabistonida 26 foiz, Eronda 9 foiz. AQSh Energetika Departamenti tahliliga ko‘ra, jahonda energetika mahsulotiga bo‘lgan talab 1993- va 2015-yil oralig‘ida 50 foizga ortdi. Bu esa mintaqa davlatlarining jahon iqtisodiyotida va siyosatida ta’siri oshishiga olib kelmoqda. Xususan, bir qator manbalarga ko‘ra 2003 -yilgacha faqatgina Saudiya Arabistoni tomonidan AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan investisiya miqdori 4000 mlrd. dollar atrofida bo‘lgan. Lekin, shu bilan bir qatorda mazkur energetika zaxiralari mintaqaga nisbatan yirik davlatlarning qiziqishi va ta’sirini ortishiga va bevosita mintaqa davlatlari ichki ishlariga aralashishga sabab bo‘lmoqda. Bu mintaqadagi neft tarixi 1914-1918 yillar “Buyuk urush” nomi bilan mashhur bo‘lgan urush davomida Britaniya Harbiy dengiz floti tuzish bilan bog‘liq. Britaniya imperiyasi bu yerda harbiy kemalar uchun energiya zaxiralari qazib olishni maqsad qilgan. Shundan buyon Yaqin Sharqning katta energetika zahiralari doimo sobiq va hozirgi yetakchi davlatlarni: Fransiya, B.Britaniya, AQSh va Sobiq Sovet Ittifoqini jalb etib kelgan. Neft qazib olish boshlanishi sababli mintaqada diniy nizolar va boy resurslar hamda unumdor yerlar uchun kurash boshlandi. Bundan tashqari, Arab dunyosi jahon siyosiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi rolini yaqqol namoyish etadi. Arab dunyosi mamlakatlari yakdilligining dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy ahamiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u jahon neft bozoridagi vaziyatga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishga qodirdir. Birinchi marta bu 1973-1974 yillarda “energetik tanglik” davrida namoyish etildi. Oktabr urushi (1973) chog‘ida G‘arb mamlakatlari Isroilni qo‘llab-quvvatlaganiga javoban OPEK mamlakatlari jahon bozoriga neft yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ydilar. Bundan ko‘rinadiki, arab olamining siyosiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati hozirgi kunda bir qator yirik davlatlarning milliy manfaatlari ijrosidagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy davrda hech bir davlat mustaqil o‘z energetik ehtiyojlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydi. Ayniqsa, jahon siyosatida energiya taqchilligi va xavfsizligi masalalari 37 global muammo sifatida ko‘rilayotgan bir davrda mintaqalar va davlatlarning bir-biriga energetik bog‘liqlik darajasi yanada ortdi 1. Shu bois hozirgi vaqtda energetika siyosati bir qator davlatlarning, xususan, jahonning yirik davlatlari tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday fenomen bir qancha omillar bilan tushuntirilishi mumkin. Jumladan, jahon energetika bozori sub’ektlarining o‘z energetik xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoji, energetika sohasidagi samarali biznes manfaatlari, neft-gaz xom ashyosini qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish va boshqalar. Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy dunyoda energetika jahon iqtisodiyotining dinamik rivojidagi eng asosiy unsur bo‘lishi bilan birga, umumiy xalqaro munosabatlar tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi birlamchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqdi. Bundan tashqari, dunyo miqyosida energetik bog‘liqlik va energiyaning birlamchi manbalari iste’moli hajmi oshib borayotganligi mintaqada xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar ko‘lamining kengayishi xavfini tug‘diradi. Shuning uchun “Arabiston oltiligi” davlatlari oldida mintaqaviy energetik xavfsizlikni ta’minlash masalasi har qachongidanda dolzarbdir. Arabiston oltiligi davlatlarining ulkan energetik imkoniyatlari jahonning yirik davlatlari e’tiborini tortmasdan qolmaydi. Ayniqsa global energetik iste’mol darajasining kun sayin oshib borayotganligi, neft va gaz zahiralarining esa tobora kamayib borishi, bundan tashqari, muqobil energiya manbalarini yaratish harakatlari unchalik ham kutilgan natija bermayotganligi energetik raqobatning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ma’lumki, jahon energetik ehtiyojlarning asosiy qismi neft va gazga boy mintaqalar hisobiga qondirilib kelinmoqda. Bugungi kunda FKADHK davlatlarining siyosiy va iqtisodiy xavfsizligiga eng katta tahdid Eronning yadroviy dasturi borasidagi siyosatidir. Jahon hamjamiyatining Eronga nisbatan keskin siyosiy va iqtisodiy bosimlari Kengash davlatlarining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari Iroqdagi vaziyatning to‘liq izga solinmaganligi Kengash davlatlarining istiqbolli iqtisodiy loyihalari amaliyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, Iroqda jahon neft zahiralarining 11foiz joylashgan. Bu ko‘rsatkich mintaqaviy energetik loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tobora diniy nizolarning avj olayotganligi, sunniy va shia mazhabi o‘rtasidagi doimiy raqobat muhiti, natijada mintaqaga nisbatan butun bir 1 Гладкий Ю.Н, Чистобаев А.И.Регионоведение: - М.: Гардарики, 2003. – C. 56. 38 terrorizm o‘chog‘i sifatida qaralishi, islom dini va madaniyatiga nisbatan radikal qarashlarning kuchayishi neft va gaz sohasiga xorijiy investisiyalarning jalb qilinishi va istiqbolli bozorlarni egallashga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qudratli davlatlarning mintaqadagi siyosati bevosita neft va gaz resurslarini qo‘lga kiritish bilan bog‘liq ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi mulohazalari muhim ahamiyatga ega: “...kimda-kim neft va gaz zaxiralariga hukmronlik qilsa, dunyoga hukmron bo‘lishi mumkin degan qarashlar kuchayib bormoqda. Va aksincha – kimdaki shunday resurslar bo‘lmasa, neft-gaz, umuman, uglevodorod xom ashyosiga ega boshqa davlatlarga nisbatan turli harakatlar ham sodir bo‘layapti. Chunki qudratli davlatlar yaxshi biladiki, mana shunday boylik kimning qo‘lida bo‘lsa, u boshqalarni o‘z ta’siriga olishning kaliti, vositasi bo‘lib xizmat qiladi”. - Jahon miqyosida energetik iste’mol darajasining oshib borayotganligi, xususan, Osiyo segmenti ulushining ortishi mintaqada keskin siyosiy raqobat muhitini yanada keskinlashtirishi mumkin. Energoresurslar iste’moli dunyo miqyosida 2030 yilgacha 60 foiz ga oshishi bashorat qilinmoqda. Bu jarayon ham bevosita Eron bilan bog‘liq. Bugungi kunda Xitoy, Hindiston, Pokiston, Yaponiya kabi davlatlarning energetik ehtiyojlari kundan kunga ortib bormoqda. Bu davlatlar mintaqadagi energetik raqobatda ishtirok etishdan va manfaatli tashqi energetik siyosatdan manfaatdordir. Jumladan, Eron gazining Xitoygacha tortilishi, Eron-Pokiston-Hindiston quvuri borasidagi munozaralar Kengash davlatlari tashqi energetik siyosatida alohida e’tirofga sabab bo‘lmoqda. Chunki, Eron FKADHK davlatlarining asosiy energetik raqobatchisiga aylanishi mumkin. Fors ko‘rfazi xavfsizligi, FKADHK davlatlari energetik xavfsizligi masalalari Kengash davlatlari tashqi siyosatida asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Jahon miqyosida neft va gazga bo‘lgan talabning oshishi va ko‘pchilik davlatlarning taraqqiyoti ushbu resurslarga bog‘liq ekanligi jahon siyosatida va umuman zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida FKADHK davlatlari roli oshib borayotganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, 1970-yillarning boshida Misr prezidenti Anvar Sadatning neft va siyosatning bir xil ma’no kasb etishini ta’kidlaganligi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Neftdan siyosiy bosim sifatida foydalanish va energetik resurslarning siyosiylashtirilishi tendentsiyalari bugungi kunda ham kuzatilmoqda. 39 Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, Yaqin Sharq mintaqasi jahon hamjamiyatida o‘zining geografik joylashuvi, tabiiy resurslarga boyligi, qulay geoiqtisodiy sharoitlarga egaligi va uch yirik dinning kelib chiqish markazi ekanligi bilan muhim o‘rin egallab kelmoqda. Mazkur omillar bir tomondan mintaqa davlatlarining xalqaro maydonda iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rolining oshishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan mintaqaning dunyoda yirik davlatlar manfaatlari to‘qnashuv markaziga aylanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. 2.2. Yaqin Sharqda kechayotgan siyosiy jarayonlarning mohiyati Yaqin Sharqda strategik muvozanatning shakllanishida davlatlararo munosabatlar bir qator mutaxassislar tomonidan o’rganilgan. Xususan, Rossiyalik ekspert L.E.Popova tahlilicha, Yaqin Sharqda davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning murakkabligiga tarixiy, siyosiy, diniy, ijtimoiy, etnik, geografik va iqtisodiy xususiyatlarga ega omillar ta’sir o’tkazadi va vaziyatni murrakkablashtirmoqda: 1. Tarixiy omil bo’lib, bevosita Yaqin Sharqning mustamlakachilik tarixiga bog’liq. Buning natijasida Usmoniylar imperiyasi parachalanganidan keyin va mandat ostida bir qator davlatlarning mustqallikka erishishi natijasida bir qator jiddiy hududiy muammolar yuzaga keldi. Kurdlar masalasi, Falastin davlatini tashkil etish masalasi va boshqalar; 2. Mintaqa davlari o’rtasidagi mintaqaviy yetakchilik uchun kurash. Yaqin Sharqda bir qator davlatlar o’rtasida jiddiy ravishda yetakchlik uchun raqobat yuz bermoqda. Turli davrlarda turli davlatlar o’rtasida yuz berganligini kuzatish mumkin. Da’vogar diniy davlatlar (Saudiya Arabistoni, Eron), dunyoviy davlatlar (Suriya, Isroil, Misr, Turkiya); 3. Yetakchi davlatlarning geosiyosiy manfaatlari va ularning mintaqaviy jarayonlarga ta’siri. “Sovuq urush” davrida Yaqin Sharq ikki lagerga ajralib qolgandi, undan keyingi davrda AQShning mintaqadagi ustunligi kuzatildi, natijada mintaqada muvozanat buzilishiga, beqarorlikka, xalqaro terrorizmning kuchayishiga va boshqalarga olib keldi; 4. Yaqin Sharqda shia va sunniylar o’rtasidagi qarama-qarshilikning mavjudligi; 5. Mintaqada transchegaraviy daryolar va suv resurslarining taqsimoti yuzasidan murakkab vazaiyatning shakllanishi: Iordan daryosi bo’yicha Suriya va Isroil o’rtasida, Suriya va Turkiya o’rtasida Dajla va Furot daryolari bo’yicha; 40 6. Demografik vaziyat. Mintaqada bolalar o‘limi yuqori bo’lib, u aholining davlatlarga qarab 20-40 foizga tashkil etadi. Shuningdek, yoshlarning aholining katta qismini tashkil etishi turli tahdidlardan ularning himoyalanganlik muammosini vujudga keltiradi; 7. Mintaqaning turli davlatlarida terroristik tashkilotlarning faolligi va ularga nisbatan yordam ko’rsatilayotganligi. Bugungi kunda ular Yaman, Suriya, Iroq va Liviyada hukumatga qarshi jiddiy kurash olib borishmoqda. Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda bugungi kunda Yaqin Sharqda ro’y berayotgan siyosiy voqeliklar va kuchlar konfigurasiyasidagi tez-tez o’zgarishlar mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda va mintaqaning istiqbolini bashorat etish bir qadar murakkabliklarga sabab bo’lmoqda. Shu bois mintaqada geostrategik muvozanatning ta’minlanishida quyidagi asosiy tendensiyalarni hisobga olish zarur: - “Arab bahori”ning ta’siri mintqada to’liq bartaraf etilmaganligi: Sinay yarim orolidagi beqarorliklar, Yaman va Suriya inqirozi, turli radikal kuchlarning faoliyati saqlanib qolishi; ijtimoiy-iqtisodiy muammolar; - Yaqin Sharqda din omilining davlatlar ichki va tashqi siyosatiga ta’sirining kuchli ekanligi. Namoyon bo’lish shakllari – a) diniy va dunyoviy (sekulyar) boshqaruv o’rtasidagi kurash Misr, ma’lum ma’noda Suriya; b) islom dinidagi sunniy va shia oqimlari o’rtasidagi diniymafkuraviy raqobat o’rtasidagi kurash, Eron-Saudiya Arabistoni munosabati; s) diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning faollashuvi va ularni chetdan qo’llab quvvatlash – IShID, “Jabhat an-Nusra”, “Axror ash-Shom”, XAMAS, Xizbulloh va boshq. “Arab bahori”dan keyingi eng muhim amaliy natijalardan biri islom rolining va diniy harakatlarning avj olganligini kuzatishimiz mumkin. Bunda ikki holat ko’zga tashlanadi: birinchidan, Misrdagi singari diniy ekstremistik tashkilotlar va hukumat qo’shinlari o’rtasidagi kurash emas, aksincha diniy va dunyoviy boshqaruv tarafdorlari o’rtasida kurash yuz berdi. Bir qator G’arb va milliy ekspertlar tomonidan inqilobiy chiqishlarda diniy tashkilotlarning faol ishtiroki kutilgan bo’lsa-da, lekin asosiy qarshilik kuchlari sifatida yosh misrlik sekularlar chiqishdi. Chiqishlarning kulminatsion nuqtasi 2013 yil Tahrir maydonidagi mashhur juma namozi vaqtida sodir bo’lib, bunda duoni amalga oshirayotgan musulmonlarni politsiyadan qibtiy xristianlar himoya qilgan bo’lsa, xristianlarning yakshanba kunidagi duosini amalga oshirayotganlarida esa ularni musulmonlar himoya qilishgan. 2013 yil 3 41 iyulda M.Mursi prezidentlik lavozimidan chetlashtirilib, namoyishni bostirishda qurolli kuchlarni qo’llaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Natijada Misrning islomiy-boshqaruv shaklidagi hukumatiga qarshi millionlab norozilarning namoyishlari oqibatida ro’y bergan so’nggi harbiy davlat to’ntarishi dunyoviy (sekulyar) konstitusionalizmni saqlab qolish imkonini berdi. Ikkinchidan, islom dinining ikki oqimi sunniylar va shialar o’rtasida kurash kuchaydi, ya’ni Saudiya Arabistoni Podshohligi va Eron hamda ular tarafdorlari o’rtasidagi de-fakto kurash. 1979 yilgi Erondagi inqilobdan keyin Fors ko’rfazi davlatlariga nisbatan “shia ekspansiyasi” xavfi vujudga keldi. Tabiiyki, Saudiya Arabistoni tomnidan bunga muntazam to’sqinlik qilib kelinadi. Yaqin Sharqda shialar uchta davlat aholisining katta qismini tashkil etadi: Eron (80foiz), Iroq (60foiz) va Baxrayn (taxmanan 60foiz) shuningdek, Livan, Saudiya Arabistoni, Yaman, BAAda yirik shialar jamiyatlari mavjud. Shialar Yaqin Sharq davlatlaridan Eron, Iroq va Bahrayn aholisining ko’pchilik qismini tashkil etadi. Eronda (80foiz), Iroqda (60foiz) va Baxraynda (60foiz), bundan tashqari Livan, Yaman, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida ham shialar ko’pchilikni tashkil qiladi. Rossiyalik sharqshunos tadqiqotchi Boris Dolgov tahliliga ko’ra, Fors ko’rfazi arab monarxiyalari Liviya va Suriyada turli diniy radikal harakatlarni qo’llab-quvvatlamoqda. Taxminan Suriyada Saudiya Arabistoni 40 mingga yaqin muxolifat va radikal kuchlarni Pokiston lagerlari orqali tayyorlagani ayrim manbalarda keltiriladi. Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlardan biri “Iroq va Shom islom davlat” (IShID)dir. 2006 yil oktyabrda Iroqda Al-Qoida terroristik guruhining bo’linmalaridan hisoblangan "Islomiy davlat" nomli guruh vujudga keldi. "Islomiy davlat" guruhi bilan Suriyada "Jabhatun-Nusra" ekstremistik guruhi bilan qo’shilib, (IShID) terroristik guruhi tashkil etadi. Abu Bakr Bag’dodiy “xalifa” deb e’lon qilinadi. 2006 yil dekabrida Al-Qoida guruhining rahbari Ayman al-Zavohiriy tomonidan bu ikki guruhning birlashishlari bekor qilinishi haqida buyruq beriladi. Ammo Abu bakr Bag’dodiy ushbu jarayonni davom ettirib IShID guruhini, ya’ni Iroq va Shom islomiy davlatini tashkil etdi. Bu guruh tashkil etilgandan so’ng Suriya va Iroq mamlakatlarida terroristik amaliyotlarni amalga oshirishni, qon to’kish, qotilliklar, aholi yashaydigan uy-joylarni vayronalarga va xarobalarga aylantirishni o’z oldiga maqsad qilib oldi. Hozirda ushbu fojeali va qo’rqinchli amaliyotlarni vahshiylarcha amalga oshirishdi. 42 IShID qurollangan terroristik guruh bo’lib, bu guruh salafiylik jihodi, ya’ni ekstremistik g’oyalar va qarashlar bilan yo’g’rilgandir. IShID guruhi asoschilarining maqsadlari "Islomiy xalifalik va shariat ijrosi" nomini qaytadan tiklashdir. Ushbu maqsadlariga yetishlari uchun o’zlariga Iroq va Suriya yurtlarini tanlab olib, ushbu mamlakatni terroristik amaliyot o’tkazadigan maydonga aylantirishdi. Bugungi kunda ba’zilar ularning tahdidi tufayli, ayrimlar esa turli aldovlar sababidan ularning so’zlariga ishonib, ularning faoliyatlarini qo’llab-quvvatlamoqdalar. Xususan yoshlarimizni ularning g’arazli g’oyalaridan asramog’imiz va ularning kirdikorlarini fosh qilishimiz muhim ishlardan hisoblanadi. Hozirda IShID poytaxti Raqqa shahri hisoblangan davlat sifat tuzilmani tashkil etib, keng ko’lamli harbiy va mafkuraviy kurashni amalga oshirmoqda. Hozirda tashkilot 7-8 million aholi yashaydigan hudud ustidan nazorat o’rnatgan. - Qurolli nizolarning davom etayotganligi va qochoqlar muammosi– Yaman va Suriyadagi inqirozlar; Yamanda Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan xusiylar (“Ansor Alloh”) guruhi 2014-2015 yillarda asta sekin Yaman o’z ta’sir doiralarini kengaytirishga erishdilar. 2015 yil 21 mart kuni Xusiylarning Oliy inqilobiy kengashi Yamanda hukumat ag’darilganini e’lon qildi. Xusiylarning bunday harakatiga qarshi Saudiya Arabistoni chegara tomon o’z qo’shinlarini joylashtirdi. Xusiylar yetakchisi Muhammad al-Xuti Saudiya Arabistoni tomonidan amalga oshiriladigan har qarday agressiyaga javob qaytarish bilan ogohlantiridi. 2015 yil 25 mart kuni Yaman prezidenti Abd Rabbux Mansur Xodi Saudiya Arabistonidan mamlakatga qo’shin olib kirishini so’rab murojaat qildi. Jami o’nta davlatdan iborat koalisiya tashkil etildi. Saudiya Arabistoni 100 ta harbiy samolyot va 150 ming qo’shin ajratgan bo’lsa, Birlashgan Arab Amirliklari (30 ta ), Kuvayt (15 ta), Baxrayn (15 ta), Qatar (10 ta), Iordaniya (6 ta harbiy samalyot) ajratdi. Misr va Pokiston ham koalisiyaga jalb etildi. Shuningdek Marokash, Iordaniya, Sudan samolyotlari ham harbiy operasiyalarda ishtirok etgan. Harbiy operasiya “Decisive Storm” deb nomlandi. 2016 yil 11 apreldan boshlab, tinchlik sulxi amal qilinmoqda. - Mintaqada tashqi kuchlarning faollashuvi, an’anaviy aktor sifatida AQShning mavjudligi, Suriya masalasida Rossiyaning aralashuvi va Xitoyning ilk bora 2016 yil martdan Suriya bo’yicha maxsus vakilining joriy etilishi, Britaniya va Fransiyaning turli tashabbuslari (Liviya, Suriya bo’yicha). 43 AQShlik siyosatshunos G.Kissenjer e’tiroficha, tashqi kuchlar bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasi o’z strategiyalarini yoki “Sovuq urush” davridagidek, yoki undan keyingi davrdagidek aniq shakllantirib olishlari kerak. Sovuq urush davomida mintaqa yetakchi kuchlarning to’g’ridan-to’g’ri musobaqasi bo’ladigan yagona mintaqa emas edi. NATO-Varshava o’rtasidagi kelishmovchiliklar, Korea va Vetnam urushlari, ikkinchi alyans dunyo tinchligiga xavf tug’diruvchi markazlar edi. 1990 yillardan keyin Rossiya, Xitoy, Amerika Qo’shma Shtatlari va ko’plab Yevropa xalqlari Yaqin Sharqqa nisbatan zero-sum prinsipi asosida yondashishdi. Yaqin Sharq mintaqasi AQSh tashqi siyosati strategik ahamiyat kasb etuvchi mintaqalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda AQShning demokratlashtirish va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosatining aksariyat qismi mazkur mintaqada amalga oshirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Buning geografik va strategik jihatdan Yaqin Sharq chegarasini aniqlab olish dolzarb sanaladi. AQShning mintaqadagi manfaatlari shakllanishi Ikkinchi jahon urushidan so’ng faollasha boshlaydi va mintaqada bir qator geoiqtisodiy va geosiyosiy manfaatlar majmuasi mavjud bo’lib, ularni ta’minlash maqsadida bir qator strategiyalarni amalga oshirib kelayotganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, AQShning Yaqin Sharqning asosiy ta’sir zonasi sifatida baholashi bir tomondan Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy holati, uning geostrategik jihatlariga ham bog’liqdir. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so’ng AQShning Yaqin Sharqdagi siyosatining faollashganini, demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga intilishi sezilarli davrajada oshganligini kuzatish mumkin. Bu o’rinda AQSh tashqi siyosatida asosiy jihat sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Birinchidan, Yaqin Sharqdagi milliy manfaatlarni ta’minlashni yanada kuchaytirish; Ikkinchidan, arab-musulmon olamiga demokratiyani olib kirish, demokratik institutlarning shakllantirishga ko’maklashish; Uchinchidan, Isroil xavfsizligini ta’minlash, xavfsizlik tizimini qayta ko’rib chiqish. Asosan Eron va Iroq doirasida; To’rtinchidan, mintaqada ommaviy qirg’in qurollarining yoyilishiga yo’l qo’ymaslik va terrorizmga qarshi kurashish; Beshinchidan, Isroil-Falastin masalasini tinchlik muzokaralar yo’li bilan hal etishga urinish. 44 Bundan tashqari, taniqli siyosatshunos Genri Kissenjer fikriga ko’ra, butun Yaqin Sharqda Amerkacha mehanizm ta’siri quydagicha 3 ta asosda ko’riladi: 1) hududiy kuchlar muvozanatini tutib turish, 2) neftni muayyan tartibda yetkazib berishni ta’minlash, 3) amerikaga tahdid solayotgan musulmon guruhlarni tor - mor etish. AQSh Yaqin Sharqda bevosita eng yaqin Ittifoqdoshlari Buyuk Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. So’nggi tendensiyalar shuni ko’rsatadiki, bir qator masalalarda tomonlarning o’zaro qarashlari mos tushmoqda. Masalan, Yaman masalasi AQSh va Yevropadagi hamkorlari Saudiya Arabistonini qo’llab-quvvatlashdi. Shuningdek, IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalisiyaga 2014 yilda kuzda qo’shilgan bo’lsa, Fransiyaning qo’shilishi 2015 yil kuzga to’g’ri keladi. Bundan tashqari 2016 yil 13 aprelda Suriyada parlament saylovlari o’tkazildi va bu AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan haqiqiy emas deb topilib, saylovlar faqat Suriyaning yangi konstitusiyasi qabul qilingandan keyingina o’tkazilishi mumkin deb hisoblashmoqda. Bundan tashqari 2016 yil 29 fevralda NATO va Kuvayt o’rtasida amirlik hududidan tashkilotning qo’shinlari va texnikalarini tranzit qilish borasida shartnoma imzolandi. Mazkur Shartnoma arab monarxiyalari ichida birinchi hisoblanadi. 2016 yil 6 martda esa Fransiya va Misr O’rta Yer dengizida Ramzes-2016» harbiy o’quv mashg’ulotlarini boshlashdi. Yaqin Sharqning Rossiya tashqi siyosatidagi ahamiyati, mintaqadagi manfaatlari va olib borayotgan siyosatini umulashtirgan holda, AQSh Xeritej Jamg’armasi (The Heritage Foundation)ning taniqli eksperti A.Koen ta’kidlaganidek, Rossiyaning Yaqin Sharq siyosati borasi quydagicha xulosa qilish mumkin: Birinchidan, Yaqin Sharq monarxiyalari va Erondagi islom dini yetakchilarini qabul qilishi bilan Rossiyaning G’arbning xalqaro siyosiy vaziyatidan ajralishini ko’rsatadi. Shuningdek, G’arbning Yaqin Sharqdagi demokratiya va inson huquqlari borasidagi yondashuvlarini rad etdi; Ikkinchidan, Rossiyaning Yaqin Sharqda, avvalo, Britaniya va so’ngra AQSh mavjudligiga qarshilik qiluvchi Sobiq Ittifoq modelidan bormoqda; Uchinchidan, Rossiya rahbarlari mamlakatda musulmon diniga e’tiqod qiluvchi aholi orasida tug’ilish nisbatining ortishi va aksincha slavyan xristianlari soni kamayib borishidan havotirda. Ularning Yaqin Sharq davlatlari tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga yo’l qo’ymaslik Kremlning Yaqin Sharq siyosati kun tartibidan muhim o’rin olgan deyish mumkin; 45 To’rtinchidan, OPEKdan tashqari Rossiya eng yirik gaz va neft ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlat hisoblanadi. Jahon energiya bozorida narxlarning muvozanatini barqarorlashtirishda mintaqa davlatlari bilan OPEK doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Beshinchidan, Yaqin Sharq nizolarga boy hudud bo’lib, bu Rossiya uchun qurol bozori geografiyasini va eksport hajmini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin. Rossiya qurol va yadroviy reaktorlarini Germaniyaning XIX asrda temir yo’l qurishi loyihasi singari Yaqin Sharqdagi ta’sir etish vositalaridan biriga aylanishi tarofdoridir deb xulosa qilish mumkin. Aytish mumkinki, Yaqin Sharqda strategik muvozanatning shakllanishi mintaqaning geosiyosiy holati, mintaqa davlatlarining o’z xavfsizlik muhitlarini qay darajada anglay olishlari hamda mintaqa doirasidagi va tashqarisidagi yetakchi davlatlar bilan qanday siyosat olib borishlariga bog’liq. Agar mintaqa davlatlari orasida nizolarga qarshi birgalikda kurashish uchun mufoviqlashtirish markazlari mavjud bo’lmasa, mintaqada to’liq tinchlikni ta’minlab bo’lmaydi. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Jahon xaritasida Arab davlatlarining siyosiy-geografik holatini tavsiflab bering? 2. Arab davlatlari tashqi siyosat konsepsiyasi asosiy o’lchamlari tushunchasiga ta’rif bering? 3. Fors Ko’rfazi arab davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida aytib bering? 4. Saudiya Arabistoni Podshohligi AQSh va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari nimadan iborat? 5. Bugungi kunda AQShning Iroqdagi harbiy amaliyotlariga SAP va boshqa arab davlatlarining munosabatlari qanday? 6. FKADH davlatlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tavsif bering. 7. Fors Ko’rfazi Arab davlatlari hamkorlik kengashidan “Fors Ko’rfazi arab davlatlari Ittifoqi”ga aylanish istiqbollari haqida ma’lumot bering. 8. Saudiya Arabistonidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga umumiy tavsif bering. 9. Yamanning FKADHKga a’zoligi muammolari nimadan iborat? 10. “Hozirgi davrda SAP” mavzusida prezentatsiya tayyorlash. 46 11. “FKADHK davlatlarida islom omili” mavzusini muhokama etish. 12. Eron Islom Respublikasining FKADHK davlatlari bilan o’zaro munosabatlari haqida ma’lumot bering. 13. Fors ko’rfazi davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga tavsif bering. 14. BAAning jahon hamjamiyatidagi o’rniga baho bering. 15. Zamonaviy bosqichda Saudiya Arabistoni – Eron munosabatlari qanday? Mustaqil ish uchun topshiriqlar 1. Zamonaviy bosqichda Yaqin Sharq davlatlarida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering. 2. “FKADHK - Yevropa Ittifoqi davlatlari munosabatlari” mavzusida nutq tayyorlash. 3. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatida Yaqin Sharq davlatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash. 4. SAP tashqi siyosatida Yaqin Sharq muammosini yoritib bering. 5. Qatar tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari. 6. Quvaytning ADLdagi siyosati. 7. “Yaqin Sharq davlatlari va jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” mavzusida doklad tayyorlang. 8. Qirol Salmon bin Abdulaziz davrida SAPdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 9. XXI asrda Arab Davlatlari Ligasi: yutuq va muammolari mavzusida prezentatsiya tayyorlash. 10. AQSh tashqi siyosatida Yaqin Sharq davlatlari. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar 1. Kathy Pain. Changing Urban and Regional Relations in a Globalizing World. – USA, 2014. – 248p. 2.TimoBehr., JuhaJokela. Regionalism and global governance: the emerging agenda. –Notre Europe, 2011. – 67 p. 3.Rouben Azizian, Carleton Cramer. Regionalism, security and cooperation in Oceania. – USA: APCSS, 2015. – 172 p. 4. Каримов Ф. Яқин Шарқдаги этносиёсий муаммолар ва минтақавий хавфсизлик масалалари // Монография. – “Sharq” нашриёти; ТошДШИ, 2016. Qo‘shimcha adabiyotlar 47 1. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy Xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari (O’quv qo’llanma) - T: ToshDShI, 2013. – 182 b. 2. Муҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларида ижтимоий-сиёсий жараёнлар (Ўқув қўлланма) - Т: ТошДШИ, 2013. – 160 б. 3. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlari (O‘quv qo‘llanma) – T: ToshDSHI, 2017. – 240 b. 4. Muhammadsidiqov M.M. Xalqaro mintaqashunoslik (O‘quv qo‘llanma) – T.: Barkamol fayz media, 2017, 292 b. 48 3-BOB. G’ARBIY OSIYO MUSULMON MAMLAKATLARINING ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLARDAGI O‘RNI Darsning maqsadi: talabalar jahon mamlakatlaridagi xususan FKADHK davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish; talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish; talabalarga Yaqin Sharq, Fors ko‘rfazi davlatlarida ijtimoiysiyosiy jarayonlar borasidagi to‘la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib berish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Fors ko‘rfazi, Yaqin Sharq, Xormuz bo‘g‘ozi, FKADHK, Saudlar uyi, Fahd ibn Abdulaziz, Yo‘l xaritasi, Majlis ash-Sho‘ro, Ikki xaramu sharif xodimi, Ar-Riyod. 3.1. Saudiya Arabistoni Podshohligi va zamonaviy xalqaro munosabatlar So’nggi yillarda jahonda yuz berayotgan voqealar dunyoning geosiyosiy strukturasi va taraqqiyot yo’nalishini tubdan o’zgartirmoqdi, jahon siyosatiga asta-sekin yangi suveren davlatlar kirib kelishi natijasida davlatlararo munosabatlar, o’zaro siyosat va diplomatiya maydoni tubdan boshqa mohiyat va mazmun kasb etmoqda. Jahon mamlakatlarini ulkan va kichik davlatlarga ajratish bugungi kunda keng tarqalgan. Ko’pchilik hollarda ular “jahoniy davlat”, “mintaqaviy davlat” hamda “odatdagi davlatlar” deb ataladi. Harbiy-siyosiy ta’siri mintaqaviylik darajasi bilan o’lchanadigan mamlakatlar jumlasiga Saudiya Arabistoni Podshohligini ham kiritish mumkin. Chunki, SAPning siyosiy ta’siri mintaqaviylik bilan chegaralanib qolmay, balki Fors ko’rfazi, Qizil dengiz va Yaqin Sharq mintaqalaridagi hamda arab va musulmon dunyosidagi vaziyatlarga ham o’z ta’sirini o’tkaza olishi bilan ajralib turadi. Xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan keskin o’zgarishlar jahon siyosiy xaritasida muhim “qaynoq nuqta”lardan biri bo’lib hisoblangan ushbu mintaqada ko’plab sohalarda markaziy o’rinlardan birini egallab kelayotgan Saudiya Arabistoni Podshohligi jahon siyosati va iqtisodiyotida sodir bo’layotgan hozirgi sharoitda umumjahon tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, yalpi qirg’in keltiruvchi qurollarni ta’qiqlash va bartaraf etish, 49 atrof-muhitni muhofaza etish, xalqaro terrorizm va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashish kabi ko’plab global muammolarga nisbatan o’zining munosabatini belgilagan. Bu borada “Saudiya Arabistoni rahbariyati mazkur dolzarb muammolarga nisbatan jahon siyosiy qarashlari va jamoatchilikning fikrlarini inobatga olgan holda tahlil etib, Saudiya Arabistonining arab dunyosi va musulmon olamidagi mavqelariga mos keladigan va ularning ham manfaatlarini o’rganib chiqqan holda o’z munosabatini bildirmoqda, - deb yozadi arab tadqiqotchisi Z.M. al-Anziy. Hukumatning asosiy Qonunida SAPning suveren Arab Islom davlati ekanligi, davlat dini - islom, konstitutsiya esa - Qur’oni Karim va uning Rasuli Sunnati» ekanligi e’lon qilingan. Davlatning hozirgi atributlari bayroq va emblemasi hamda boshqaruvning monarxiya shakli saqlab qolingan. Mamlakatni Podshohlikning asoschisi Podshoh ibn Saudning o’g’illari va nabiralari boshqaradilar. Ularning “eng munosibi” muqaddas Qur’on aqidalari va payg’ambar vasiyatlariga muvofiq ravishda qasamyod qiladi. Voris shahzoda Qirol tomonidan saylanadi va mazkur vazifadan podshoh dekreti bilan ozod etiladi. U Podshoh topshiriqlarini bajaradi, uning o’limidan so’ng esa qasamyod qabul qilgunga qadar qirolning vazifalarini ado etadi. O’tgan asrning 90-yillarida Qirol Fahd G’arbning demokratik jamiyat qurish tazyiqini mamlakatda xalq jamoatchiligining siyosiy jarayonlarda ishtirok etishini ta’minlaydigan tashkilot tuzish haqida fikr yuritdi. U oshkora tarzda G’arb uslubidan voz kechdi. U demokratik parlament tuzumidan ham voz kechdi. U islomiy ta’limotga asoslangan Shura – sho’ra tuzdi. 1994 yilda tashkil topgan “Majlis ash-Sho’ro”ga ishbilarmonlar, texnik xodimlar, diplomatlar, jurnalistlar, islomiy olimlar, harbiylardan iborat 60 kishi a’zolikka saylandi. Majlis ash-Sho’ro mamlakatning ichki va tashqi siyosati borasida o’z taklif va mulohazalarini bera boshladi. Saudiya Arabistoni siyosiy jarayoni uch xil darajada olib boriladi: qirol oilasi siyosati, milliy siyosat, byurokratik siyosat. Ularning hammasi alohida biroq, bir biri bilan chambarchas bog’liqdir. Qirol oilasi siyosati – qirollikning rasmiy siyosiy hukumati siyosatidir. Bu siyosatsiz, uning qo’llab-quvvatlashisiz hech bir qirol hokimiyatni saqlab qololmaydi. Milliy siyosat – qirol siyosatidan tashqari vazirliklarning siyosatidir. Qirol vazirlarni tayinlaydi. Hozirda Qirol oilasining yosh avlodi yirik hukumat lavozimlarini egallay boshlagan. Ularning ko’pi G’arbda ta’lim olganligi sababli ularning siyosatida G’arbning ta’siri seziladi. 50 Qirol Abdul Aziz davridan buyon hukmron oila Saudiya Arabistoni jamiyatini institutlashtirilgan, byurokratlashtirilgan hukumatga aylantirdi. Saudiya Arabistonining tashqi va milliy xavfsizlik siyosati uch asosiy maqsadga suyanadi: mamlakatning ichki va tashqi hayoti jabhalarini islom dini ta’limoti asosida boshqarish; mamlakatning hududiy xavfsizligi va iqtisodiy boyligini himoya qilish; mamlakat hukmron tuzumini saqlash. Saudiya Arabistoni tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari bu boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, Podshohlik suverenitetini va hududlari yaxlitligini himoya etish, Podshohlikning Fors ko’rfazi, arab dunyosi va musulmon olamidagi mavqeini mustahkamlash, sanoati rivojlangan etakchi davlatlar bilan munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Saudiya Arabistoni tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: - boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashmaslik va Podshohlikning ichki siyosatiga boshqa davlatlarning aralashuviga yo’l qo’ymaslik; - SAPning jahon hamjamiyati orasidagi mavqeini oshirish; - davlatning iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishiga jiddiy ahamiyat berish, Saudlar uyi obro’si va rolini oshirish; - arab mamlakatlari va musulmon olami manfaatlarini ko’zlagan holda siyosat yuritish; - musulmon davlatlari bilan birdamlikni mustahkamlash; - islom tarixi davomidagi Podshohlikning o’rnini inobatga olgan holda uning musulmon olamidagi etakchilik rolini saqlab qolish; - mintaqada tinchlik va barqarorlik qaror topishi yo’lidagi faoliyatini rivojlantirish; - neft qazib oluvchi va uni iste’mol qiluvchi davlatlar manfaatlarini inobatga olib, odilona neft siyosatini olib borish; - Fors ko’rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi faoliyatini yanada kengaytirish va uning rivojlanishi yo’lida ish olib borish. Saudiylar boshqaruvi asosida “adolat, kengash va tenglik” yotadi. Yana asosiy Qonunda shunday deyiladi: “Mamlakatning er ostidagi, quruqlikdagi va milliy hududiy suvlaridagi barcha boyliklar qonunga ko’ra davlatga tegishlidir... Davlat xususiy mulkning erkinligi va daxlsizligini ta’minlaydi... Zakot yig’ilishi va mustahiqlarga sarf qilinishi lozim”. Xuddi shu Qonun rus olimi A. Vasilev tomonidan ham ta’riflanadi va qo’shimcha quyidagicha izohlanadi: “...Davlat islomni himoya qilish, shariatni hayotga joriy etishni o’z zimmasiga oladi va shariatga rioya qilgan holda inson huquqlarini shariatga muvofiq ta’minlaydi, arab millati 51 va musulmon ummasining birdamlikka va so’z birligiga bo’lgan umidlarining amalga oshishiga ko’mak beradi”. Musulmon bo’lmagan barcha mamlakatlar bilan munosabatlarini Saudiya Arabistoni ikki tomonlama manfaatlarni hisobga olgan holda o’rnatadi. Bu haqida Qirol Fahd: “…biz tanglik vaziyatlarini hal qilish bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha chuqur o’ylangan, vazmin siyosatni amalga oshiramiz”, - deb bayonot bergan edi. Saudiya Arabistonining sobiq Qiroli Fahd bin Abdulaziz SAPning tashqi va ichki siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab shunday ta’kidlagan edi: “Podshohlikning tashqi va ichki faoliyati birinchi navbatda davlatni to’la va kompleks ravishda rivojlantirishga qaratilgan. Baxtimizga tamoyillarimiz vaqtlar davomida o’zgarmas poydevorga asoslangandir. Podshohlik do’st mamlakatlarga doimo barcha yordamlarni ko’rsatishga harakat qiladi”. Fors ko’rfazida Eron, sobiq Sovet Ittifoqi va G’arb hukmron mavqeiga qarshi kurashda jumladan, Qirol Fahd shunday degan edi: “biz biror arab va musulmon davlatiga o’z ta’sirimizni o’tkazmoqchi emasmiz. Bizning musulmon dunyosiga yo’lboshchi bo’lish orzuimiz yo’q. Ammo, biz islom va musulmon dunyosining rivoji va barqarorligi yo’lida siyosat yuritamiz. Islom dinining markazi bo’lish Saudiya Arabistoni zimmasiga uni himoya qilish va rivojlantirish mas’uliyatini yuklaydi. Shuningdek, Qirol Fahd: “Saudiya Arabistoni arab va musulmon dunyosining huquqlarini himoya qiladi va ular bilan hamkorlikni qo’llaydi. O’zaro hamkorlik xalqlar orasidagi do’stlik va o’zaro aloqalarni mustahkamlab, islomni rivojlantiradi”– degan edi. Saudiya Arabistonining jahon iqtisodiy rivoji xususida marhum Qirol Fahd shunday deydi: “Saudiya Arabistoni jahon iqtisodiy tizimining rivojida muhim o’rin tutadi. U do’st davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor”. Islom dinining o’chog’i bo’lgan Saudiya Arabistoni arab va musulmon davlatlari manfaatlarini himoya qilishni o’zining burchi deb bildi. U hech qanday harbiy to’qnashuvda rasman ishtirok etmagan bo’lsada, u bu to’qnashuvning moddiy jihatlarini o’z bo’yniga oldi (EronIroq urushi, Afg’oniston, Livan). Saudiya Arabistonida siyosiy o’zgarishlar qilish uchun tazyiq doimo mavjud edi. Monarxiyadagi davlat boshqaruv uslubini o’zgartirish, reformalar o’tkazish 1962 yilda “ozod shahzodalar”, 1980-1990 yillarda islomiy radikallar tomonidan talab etildi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot natijalari asosida o’zining mavqeini tez saqlab qoldi. Siyosiy islohotlarga birinchi qadam Quvayt inqirozidan keyin 1992 yilda birinchi 52 marta Qirol Fahd tomonidan “Majlis ash-Sho’roning tashkil etish qarori edi. Bu kengash 1993 yil 29 dekabrda rasman e’lon qilinib, uning 60 a’zosi Podshoh tomonidan to’rt yil muddatga tayinlandi. 1992 yil avgustda Vazirlar Mahkamasining faoliyati xususida qaror chiqdi. Saudiya Arabistoni o’zining resurslari va obro’-e’tiborini Afg’onistondagi qurolli muxolifatchilarni moliyaviy, moddiy va siyosiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga sarf qildi, jamoatchilik fikri va islom davlatlari etakchilarini Qobuldagi sovetparast rejimga va sovet interventsiyasiga qarshi safarbar etdi. Ar-Riyod Janubiy Yamandagi muxolifatni hamda eritreyaliklarning Addis-Abebaga qarshi qurolli kurashini qo’llab-quvvatladi. Eron bilan raqobat qilayotgan ba’schilar boshchiligidagi Iroq ta’sirining o’sishi, Fors ko’rfazi mintaqasida gegemonlik uchun kurash Saudiya Arabistonining tashqi xavf-xatar tuyg’usini yanada kuchaytirdi. 1979 yilda Eron shohining taxtdan qulashi mintaqadagi ahvolni Efiopiya va Afg’onistondagi inqilobiy va avtoritar hukmdorlarning marksistik mashqlaridan ko’ra ko’proq beqarorlashtirib yubordi. Tehron va Qum tomonidan ko’tarib chiqilgan “chirigan amerikaparast rejimlarni ag’darib tashlash” haqidagi shiorlar va chaqiriqlar faqat shia jamoalari mavjud bo’lgan Fors ko’rfazining sharqiy mintaqalaridagina emas, balki Saudiya Arabistoni aholisining dinga berilgan, konservativ, G’arbga qarshi kayfiyatdagi keng qatlamlari orasida ham aks-sado berdi. 1980 yil sentyabr oyida Iroq va Eron o’rtasida urush boshlanganda Saudiya Arabistoni Bag’dodni qo’llab-quvvatladi. Ar-Riyod tashqi siyosatining kelajakdagi bir necha yilga mo’ljallangan asosiy vazifasi Iroqning g’alaba qilishiga va o’zining nizoga aralashib qolishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Umumarab maydonidagi o’z ta’sirini namoyish qilib, 1981 yilda SAP Livandagi tanglik vaqtida vositachilardan biri bo’ldi. Podshohlikning sa’y-harakatlari keyingi yillarda ham davom etdi. U Falastin muammosini va Arab-Isroil nizolarini hal etishga bo’lgan urinishlarini faollashtirdi. 1981 yil 7 avgustda sakkiz banddan iborat “Fahd rejasi” ilgari surildi. XX asrning 80-yillarida mintaqada yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilib, SAP rahbariyati mamlakatning asosiy ittifoqchisi AQSh bo’lib qolayotganligi haqidagi fikrga qat’iy ishonch hosil qildi. Ikki davlat siyosiy hukmron doiralari o’rtasidagi uchrashuvlarda AQShdan boshqa hech qaysi davlat Podshohlikka xavf solayotgan so’l radikal va tashqi fundamentalistik tahdidlarni bartaraf eta olmasligi ta’kidlandi va bu hol tajribada ham o’z isbotini topdi. SAP va Vashington o’rtasidagi sheriklik 53 mustahkamlandi. Harbiy soha, AQShdan qurol sotib olish ustuvor yo’nalish bo’lib qoldi. Ana shuni hisobga olganda Yaqin Sharqdagi "beshinchi urush" - 1982 yilda Isroil Livanga bostirib kirib, Bayrutni qamal qilgan chog’da Saudiya Arabistoni rahbariyatining, garchi u Isroilni qoralagan bo’lsa ham, lekin AQShga tazyiq o’tkazish va o’z navbatida u Isroilga ta’sir ko’rsatishi uchun amaliy choralar ko’rmaganligi o’z izohini topgandek bo’ladi. 1982 yil sentyabrida Fesda bo’lib o’tgan arablarning oliy darajadagi konferentsiyasida Podshoh Fahd Yaqin Sharq tangligini tinchlik yo’li bilan hal etish bo’yicha arablarning birlashtirilgan, amalda uning avvalgi loyihasiga asoslangan rejasini ishlab chiqishda ishtirok etdi. Saudiya Arabistonining iqtisodiy imkoniyatlari mintaqaviy yirik kuch rolini o’ynashiga imkoniyat yaratdi. Biroq, SAPning harbiy mudofaa masalasi doimo muammolar tug’dirgan. Kichik aholi, rivojlanmagan va nozik ichki siyosiy muvozanat Saudiya Arabistoni harbiy ojizligining asosiy sababchisidir. Bu ojizlik SAPning doimo tashqi siyosiy va harbiy kuchlar, mafkuralar ta’siriga nishon qildi. Sobiq Sovet Ittifoqi yirik planda, mintaqaviy kuchlar - Isroil, Nosir davrida Misr, Yaman, Iroq, inqilobiy Eron Saudiya Arabistoni uchun ochiq muammo edi. Bu ta’sirlar vaqt o’tishi bilan o’z kuchini yo’qotgan, yangilari paydo bo’lgan bo’lsada, SAPning ojiz mudofaa tizimi muammosi saqlanib qolaverdi. Bu ojizlikni yo’qotish Podshohlikning AQSh va G’arb davlatlari bilan mustahkam aloqalarida o’z echimini topdi. Mamlakat mudofaasi to’liq G’arb vositalari, texnologiyasi bilan ta’minlandi, G’arb mutaxassislari, maslahatchilari SAP harbiy strukturasini tashkil etilishida markaziy rolni o’ynadi. 1980 yillar boshidan AQSh Saudiya Arabistoniga tezkor harbiy kuch sifatida Fors ko’rfaziga o’rnashdi va 1983 yil yanvardan boshlab AQShning Fors ko’rfazi bosh qo’mondonligi joylashdi. Marokash, Misr, Turkiya, Keniya, Ummon va Bahrayndagi harbiy bazalar AQShning Fors ko’rfazi va Yaqin Sharqdagi mavjudligini ta’minladi. SAP ham o’z navbatida harbiy ojizligini asta-sekin bartaraf etish uchun eng zamonaviy qurol-aslahalar sotib olmoqda. Harbiy ojizlikda davom etsada, uning harbiy xarajatlari jahon miqyosida eng katta ko’rsatkichni tashkil etadi. Ikkinchi besh yillik reja (1975-1980)ga ko’ra mamlakat bu sohaga 78, 157 mln. Saudiya riali sarfladi. Biroq, sotib olinayotgan qurollardan foydalanish uchun Saudiya Arabistoni aholisi ozdir. Hozirgi kunda mamlakat AQSh va Buyuk Britaniyadan harbiy qurollar sotib olishda davom etmoqda. 54 FKADHKni tashkil topishida va uning faoliyatida SAP markaziy o’rin tutsada, u 1980-1990 yillardagi harbiy ziddiyatlar davrida kengashga a’zo davlatlarni himoya qilishga ojizligi ma’lum bo’ldi. Fors ko’rfazidagi vaziyatlar keskinlashgan sari SAPni harbiy xarajatlari miqdori ham oshib bordi. 4 besh yillik reja (1985-1990 yillar) ga ko’ra mamlakat 312, 500 mln. rial (umumiy davlat xarajati 1,000,000 mln. rial). 5-yillik reja (19901995) ko’ra 225, 500 mln. rial (umumiy 753, 000 mln. rial)ni tashkil etdi. SAP harbiy sanoatni rivojlanishi bo’yicha Eron va Iroqdan keyin 3 o’rinda turadi. Hozir Iroq sanoati yo’q qilindi. Biroq, SAP harbiy qudratining oshishiga doimo Isroil tomonidan qarshilik ko’rsatilgan. 1990-91 yillardagi Fors ko’rfazi muammosi SAP uchun qimmatga tushdi. SAP etkazib berilgan qurol aslahalarning pulini to’lashga ojizlik qilib qoldi. Natijada, Podshohlik tashqi qarz muammosini boshdan kechirdi. SAP AQSh mudofaa departamenti va Amerika mudofaa kompaniyalaridan milliardlab dollar qarz oldi. 1990 yilga qadar SAP o’zining Arab dunyosidagi mavqei sababli AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilmadi. Masalan, 1987-88 yil iyulida AQShning Fors ko’rfazidagi amaliyotlarida SAP hududidan foydalanishga ruxsat berilmadi. 1990 yilda SAP G’arbning Fors ko’rfazi inqiroziga kirib kelishiga (aralashishiga) sababchi bo’ldi. SAP doimo G’arb davlatlari manfaatlarini e’tirof etgan. Saudiya Arabistoni uzoq yillar davomida Falastin kurashini moddiy va ma’naviy darajada qo’llab, uning manfaatlarini turli tashkilotlar doirasida himoya qilib keldi. Ammo, 2001 yil 11 sentyabrda AQShda va 2003 yil Ar-Riyod shahrida amalga oshirilgan terroristik harakatlardan keyin Podshohlikning Falastinga moddiy yordami miqdori keskin kamaydi. Siyosiy kuzatuvchilar bunga asosiy sabab yuqoridagi voqealardan keyin Saudiya Arabistoni hukumatining mamlakat xayriya tashkilotlari moliyaviy faoliyatini qattiq nazoratga olganligini ta’kidlab o’tdilar. Yuqoridagiga qaramasdan, Falastin muammosi Saudiya Arabistoni hukumati tashqi siyosatida muhim o’rin egallaganligini e’tiborga olgan holda, uning atrofida bo’lib o’tayotgan voqealarni doimo o’z diqqatmarkazida ushlab turadi. Ta’kidlash joizki, Saudiya Arabistoni Falastin muammosini o’zining mintaqadagi manfaatini himoya qilishdagi asosiy qurol deb tushunib, ushbu mojaroni Isroil foydasiga hal qilinishi Podshohlikning ichki barqarorligi va milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, deb hisoblaydi. 55 Saudiya Arabistonining sobiq podshohi Abdulloh ibn Abdulaziz tomonidan Falastin-Isroil muammosini hal etishga qaratilgan “Saudiya tashabbusi” deb nom olgan “yo’l xaritasi” tinchlik rejasi 2002 yilning fevral oyida e’lon qilingan bo’lib, uni mazkur yilning mart oyida Bayrutda bo’lib o’tgan sammitda umumarab mavqei darajasiga ko’tarilgan. Mazkur tinchlik loyihasiga binoan, Isroil 1967 yilning 4 iyuniga qadar bo’lgan hududlarga qaytgan holda arab davlatlari uni to’la e’tirof etishlari belgilab qo’yilgan. Umuman olganda, arab mamlakatlari Isroil-Falastin mojarosiga chek qo’yishga mo’ljallangan “yo’l xaritasi” loyihasini qo’llabquvvatlagan bo’lsalarda, siyosiy kuzatuvchilar ular o’rtasida ushbu masala bo’yicha hamjihatlik mavjud emasligi va ularning aksariyati mazkur loyihaning kelajagiga katta ishonchsizlik bilan qarab kelayotganliklarini ta’kidlab kelmoqdalar. Jumladan, arab mamlakatlaridan Misr, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Qatar davlatlari rasman ushbu loyihani qo’llab-quvvatlashlarini e’lon qilgan bo’lsalar, Suriya va Livan mazkur loyiha faqat Falastin muammosini hal qilishga yo’naltirilganligini va u Yaqin Sharq mojarosini to’laligicha bartaraf qila olmasligini ta’kidlab o’tdilar. Saudiya Arabistonining diniy kuch markazi sifatidagi yuksalishi XX asrning 70-yillariga to’g’ri keladi. O’tgan asrning 80-yillarining birinchi yarmida islom inqilobidan so’ng Eronning kuchayib ketgan faolligi va Eron-Iroq, Livan, afg’on mojarolarining keskinlashib borishi munosabati bilan kuchlar nisbatining o’zgarishi oqibatida Ar-Riyodning musulmon dunyosidagi ta’siri bir muncha zaiflashdi. Ar-Riyodning din umumiyligi asosida birdamlikka da’vat etishi kutilgan natijalarni keltirmadi. Yaqin Sharq mintaqasi va musulmon olamidagi siyosiy va mafkuraviy kelishmovchilik his-hayajonli da’vatlarning o’zi bilangina bartaraf etilishi mumkin emasligi ayon bo’lib qoldi. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi ko’rfaz neft monarxiyalari oldida turgan tahdidlar siyosiy jarayonlar davomida turli ko’rinishga kiradi. O’tgan asrning 70-yillarida bu tahdid Isroil davlatining Yaqin Sharqdagi ta’sirini kuchayishi bo’lsa, 80-yillarda Eron Islom inqilobi va bu inqilob g’oyalarining mintaqa davlatlariga tez tarqalishi xavfi edi. 1990 yillarda mazkur tahdidlarning o’rnini Isroilning reaktsion tashqi siyosati egalladi. XX asrning 80-yillarida Saudiya Arabistoni arab va musulmon dunyosining tashqi siyosatida muhim o’rin tutdi. U Fors ko’rfazi davlatlari, xususan neft monarxiyalarining tashqi siyosatida etakchi rol o’ynadi. Saudiya Arabistonining Arab-Isroil muammosidagi mavqei, umumiy Arab dunyosining mavqeiga ta’sir etar edi. Biroq, 1990-91 56 yillardagi Fors ko’rfazi hodisalari Saudiya Arabistonining Arab va islom himoyachisi mavqeini juda yuqori baholaydi. A.H. al-Suviyg’ Afg’oniston, Livan, Falastin, Qomar orollari, Jibuti va Quvaytdagi muammolar Saudiya Arabistoni tashqi siyosatida muhim o’rin egallashini ta’kidlaydi. Bundan tashqari Podshohlik Suriya-Livan, Jazoir-Marokash, Misr-Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari-Eron, Iroq-Quvayt, SuriyaIordaniya munosabatlarida ijobiy yutuqlarga erishishda ham muhim rolni o’ynaydi. Ko’plab siyosatshunoslar Saudiya Arabistonining Islom Konferentsiyasi Tashkiloti (Hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti)ni tuzishdagi rolini yuqori baholaydilar. Mazkur mamlakat ko’plab musulmon davlatlariga moddiy yordam ko’rsatgan Islom Robitasi Tashkilotining (Robita al-alam al-islamiya) asoschisi sifatida obro’ topgan. XX asrning 90-yillari boshidagi siyosiy voqealar davomida esa, Saudiya Arabistonining asosiy mafkurasi bo’lgan islom tamoyillari tarafdorlari mamlakat hududiga davlat suvereniteti va Fors ko’rfazi xavfsizligini ta’minlash uchun taklif etilgan amerika va ingliz harbiy kuchlarini kiritmaslikni qattiq talab qildi. Ana o’sha paytga kelib, diniy guruhlar nafaqat ushbu mamlakat, balki mintaqaning boshqa davlatlari siyosatida muhim o’rin egallaganligi ayon bo’ldi. Saudiya Arabistoni hozirda jahon siyosiy-iqtisodiy maydonida ancha katta ta’sirga egadir. Saudiya Arabistoni umumjahon neft zaxiralarining qariyb uchdan bir qismiga egalik qilib, jahon bo’yicha neftning eng yirik qazib oluvchisi va eksporteri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1999-2003 yillarda Saudiya Arabistonining yalpi ichki mahsulot hajmi 140,9 mlrd. AQSh dollaridan 210 mlrd. dollargacha oshdi. Mamlakatning asosiy daromad manbai neft bo’lib (95 foiz), uni qazib olish darajasi hozirda kuniga 10 mln. barreldan ortmoqda. Saudiya Arabistonining Qirol oilasi o’z mol-mulkining mutlaq hajmi bo’yicha AQSh, Yaponiya va Yevropaning eng boy moliyaviy magnatlaridan ham o’tib ketgan. “Sovuq urush” tamom bo’lgandan keyingi qurolli nizolardan biri Fors ko’rfazidagi urush - faqat Iroqning Quvaytni bosib olganligi uchungina emas, balki Saudiya Arabistonining hududlariga ham tahdid uyg’otganligi tufayli yuzaga kelgan edi. G’arb va Sharq tsivilizatsiyalari o’rtasidagi munosabatlarda murakkabliklarning ortib borishi, musulmon mamlakatlarida diniy hissiyotlarning kuchayishi ularda yuz berayotgan ko’plab ijtimoiy-siyosiy 57 nizolarga ham, elatlararo va davlatlar o’rtasidagi to’qnashuvlarga ham diniy tus berilmoqda. AQSh Kongressi diniy erkinliklarni tazyiq etuvchi davlatlarga qarshi AQSh Prezidentining vakolatini kuchaytirishi qarorini qabul qildi. Vashington hukumati diniy targ’ibotlar olib borgani uchun qamalgan xorijlik fuqarolarni ozod etishni Ar-Riyoddan talab qildi. Arab davlatlari bu borada AQShni qo’lladi. 1997 yilda Saudiya Arabistoni Bosh vazirining ikkinchi o’rinbosari Shayx Sulton bin Abdul Aziz Ol Saud Saudiya Arabistoni hukumati xorijiy diniy targ’ibotlarga qarshi emas degan edi. Vatikanga safari davomida Amnisti Interneshnal (Amnesty international) Saudiya Arabistonining diniy tazyiq bo’yicha ilk o’rinlarni egallashini ta’kidladi. Biroq, Saudiya Arabistonining islom dini beshigi bo’lgani uchun boshqa dinlar targ’ibotiga qarshiligi uning rasmiy siyosatidir. Siyosatshunos olimlar va Fors ko’rfazi mamlakatlarining siyosiy yo’lboshchilari “Arabiston oltiligi”ning tashqi siyosiy strategiyasini to’liq aniqlashga muvaffaq bo’lganlar. Biroq arab milliy jurnallarida bu to’g’ridagi bahslar hamon to’xtagani yo’q. Ular, birinchidan, dunyoda yuz bergan ulkan global o’zgarishlar tufayli, ikkinchidan, isroilliklar bilan falastinliklar o’rtasidagi qarama-qarshilikning murosasizligi, uning mintaqa davlatlari milliy xavfsizligiga ta’sirining kuchayib borishi bilan bog’liq. Ular "milliy xavfsizlik sohasidagi siyosat" va uning tashkil etuvchisi bo’lgan tashqi siyosat, iqtisodiy va harbiy siyosat doirasida tegishli tarzda qo’llaniladi. Bularning hammasini faqat arab, islom dunyosida emas, balki butun xalqaro maydonda alohida o’rin egallovchi Saudiya Arabistoni misolida kuzatish mumkin. AQShlik siyosatshunos Jeriko Anders Podshohlikni asosli ravishda arablarning muammolari hal etiladigan, ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bartaraf qilinadigan, yordam ko’rsatiladigan katta uy deb hisoblaydi. Saudiya Arabistoni Podshohligi (SAP) Uchinchi dunyo davlatlariga yordam ko’rsatuvchi mamlakatlar orasida birinchi o’rinni egallaydi. Umuman, boshqa mamlakatlarga yordam ko’rsatish bo’yicha u AQShdan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. SAPning mintaqaviy va dunyo geosiyosatiga ko’rsatadigan ulkan ta’siri ham ana shundan kelib chiqadi. Podshohlik milliy xavfsizlikni mustahkamlar ekan, u davlat tuzilmasini takomillashtirishga katta ahamiyat beradi. Chunki ichki barqarorlikni ta’minlamay turib, davlat xavfsizligini kafolatlash mumkin emas. Hozirda esa SAPda diniy 58 fundamentalizm va ekstremizm, terroristik xurujlar avj olib, mamlakat xavfsizligi, barqaror taraqqiyotiga xavf tug’dirmoqda. SAP ijtimoiy ta’minot tizimini qo’llab-quvvatlaydi va xayr-saxovatni rag’batlantiradi. U islom dinini va uning ikki muqaddas joyini, jamiyat va fuqaroni himoya qilish uchun Qurolli Kuchlarni yaratadi. Davlat o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning hamda mamlakat hududida yashovchi boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlash mamlakat ichki siyosatining ustuvor yo’nalishi qilib belgilagan. Saudiya Arabistonining tashqi siyosiy yo’nalishlari 80-90-yillarda ishlab chiqilgan tamoyillarga asoslangan siyosatning davom ettirilishidan, Podshohlikning faqat xavfsizligigagina emas, balki mavjud bo’lishiga xavf solgan tahdidlardan kelib chiqqan xulosalarga bo’lgan reaktsiyasidan iborat edi. Bu yo’nalish bir vaqtning o’zida bir nechta bir-biri bilan bog’liq bo’lgan mintaqaviy muammolar (Arabiston yarim oroli, Fors ko’rfazi, Qizil dengiz); Arab-Isroil nizolarida o’z roliga urg’u bergan holda umumarab darajasida; umumislom va dunyo miqyosidagi darajalarda olib borildi. Yaqin Sharq mojarosini hal etish yarim asrdan buyon xalqaro munosabatlarning asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Mazkur mojaro arab davlatlari va Isroil o’rtasidagi ziddiyatning eng murakkab va chigal nuqtalaridan biri. Bundan tashqari geosiyosiy omil ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, Yaqin Sharq mintaqasi jahon miqyosida o’zining energetika resurslarining ulkan zaxiralariga ega bo’lgan hamda yirik davlatlar strategik manfaatlari kesishgan hudud hisoblanadi. Ma’lumki, AQSh doimo Isroilni qo’llab kelmoqda. Vashington TelAvivni hamma jabhalarda, boringki BMT doirasida ham qo’llab keladi. Yevropa davlatlari va Rossiya arab davlatlarini qo’llab-quvvatlash orqali o’zlarini avvalgi mavqeini qayta tiklashga intilishmokda, hamda Isroil tomonidan bosib olingan erlar qaytarilib, mustaqil Falastin davlati tashkil etilishi natijasida Yaqin Sharq muammosi o’z echimini topishi tarafdori bo’lib kelmoqda. Uchinchi dunyoning ko’plab mamlakatlari, birinchi navbatda, arab va musulmon davlatlari, ular o’rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarga qaramasdan Falastin manfaatlarini qo’llab-quvvatlashda yakdildir. Ushbu fikr oxirgi yillar BMTda Falastin muammosi hamda Yaqin Sharqda siyosiy va harbiy inqiroz bo’yicha ovoz berish jarayonida o’z isbotini topdi. Masalan, BMTning ko’plab a’zo davlatlari Quddusda yangi yahudiy 59 turar joylarining qurilishini qoralash bilan birga Falastinning BMTdagi vakili maqomini yanada oshirish taklifini qo’llab-quvvatlashdi. Arab-Isroil mojarosi harbiy jihatdan qudratli davlatlarning (AQSh va NATO davlatlari hamda SSSR va Varshava shartnomasi davlatlari) aralashuvidan so’ng, mintaqaviylikdan xalqaro darajaga ko’tarildi. Bu mojarolarda keskinlik avjiga chiqqanda umumjahon xalqaro munosabatlarida bir necha bor global jahon urushi boshlanib ketish xavfi yuzaga keldi (1956y, 1967y). 70-yillarda bu mojaroni hal qilishda arab davlatlari NATO davlatlariga qarshi neft xom ashyosini siyosiy ta’sir kuchi sifatida ishlatib, ularga bosim o’tkazmoqchi bo’ldilar. Ayni paytda neftning yuqori bahosi tufayli arab dunyosida moliyaviy jihatdan o’zini tiklab olgan davlatlar bilan radikal rejimdagi davlatlar o’rtasida farq kattalashib bordi. 1979 yilda Kemp Devidda (AQSh) Misrning Isroil bilan sulh tuzishi Arab davlatlarining birligiga putur etkazdi. Asosiy Arab-Isroil mojarolari endi Misr va Isroil o’rtasida emas, balki Isroil va Livan hamda Suriya davlatlarida faoliyat ko’rsatuvchi turli ekstremistik va terroristik siyosiy-harbiy guruhlar o’rtasida davom etdi. Bu vaqt orasida Saudiya rahbariyati umumarab maydonida o’z ta’sirini namoyish qilishni davom ettirdi. 1981 yilda Saudiya Arabistoni Livandagi tanglik paytida vositachilardan biri bo’ldi. Ar-Riyod Falastin muammosi va Arab-Isroil nizosini hal etish borasidagi harakatlarini yanada faollashtirdi. 1981 yil 7 avgustda o’sha vaqtdagi valiahd shahzoda bo’lgan Fahdning sakkiz banddan iborat rejasi ilgari surildi. Unda birinchi marotaba Isroil davlatining mavjud bo’lish huquqi e’tirof etildi. Fahd rejasi ko’pchilik arablar tomonidan to’liq ma’qullanmadi, Isroil ushbu rejani rad qildi, ammo shunga qaramay bu reja ko’plab arab davlatlari uchun tashqi siyosatda vositachilik borasida tayyorlangan ilk hujjat bo’lib qoldi. Fors ko’rfazi mamlakatlari uchun Arab-Isroil mojarosini hal etish muammosi bir nechta miqyoslarga egadir. Isroilning hududiy jihatdan arablarga chegaradoshligi va u nazorat qilayotgan arab hududlaridagi yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlar mazkur guruh mamlakatlari uchun katta xavf tug’diradi, o’zining arab va islom dini markazi sifatidagi nufuzi sababidan qo’shni arab mamlakatlari tarafini olib Saudiya Arabistoni ham harbiy nizolarga bevosita aralashib qolishi ehtimolini rad etib bo’lmaydi. 1999 yilning 17 mayida Isroilda hukumat uchun saylovlar bo’lib o’tdi. Ko’plab arab davlatlari kabi Fors ko’rfazi mamlakatlari ham Isroil Bosh Vaziri Ya.Barakning (hozirda sobiq) hukumati Arab-Isroil nizolarida samarali natijalarga erishishiga ishonishgan edi. Biroq, Ya.Barakning 60 Yaqin Sharq mojarolari xususida to’xtalib, “Ierusalim yahudiylarga qarashli” degan fikri avvalo Eron, so’ng Fors ko’rfazi davlatlari tomonidan tanqid qilindi. 1999 yil 19 mayda Falastin Ozodlik Tashkiloti Falastin davlati mustaqilligini 1999 yil oxirigacha e’lon qilinishini ta’kidlagan edi. Fors ko’rfazi davlatlari Falastin muammosini tezroq hal etish borasida quyidagi talablarni ilgari surmoqdalar: Birinchidan, Falastin aholisining 20 foizdan ko’prog’i Fors ko’rfazi davlatlarida yashab, qochoqlikni boshidan kechirmoqda; Ikkinchidan, falastinliklarning neft konlari, aholisi, turar joylar, xorijiy davlatlar vakolatxonalariga, terroristik akt uyushtirishi xavfining mavjudligi; Uchinchidan, Fors ko’rfazi davlatlari Falastin muammosini hal etishda ishtirok etish orqali o’zlarining arab va musulmon dunyosi hamda xalqaro hamjamiyatdagi obro’larini oshirishga intilishlari. 2001 yilda Arab-Isroil munosabatlarining keskinlashuvi va ikki tomon o’rtasida qurolli to’qnashuvlarning kelib chiqishi Fors ko’rfazi mintaqasida va Arabiston yarim orolida ichki vaziyatni beqarorlashtirgani rost. Arab-Isroil ziddiyatlari va diniy ekstremizmning avj olishi Fors ko’rfazi davlatlarida xavf tug’dirishi tabiiy, shuning uchun, ular chora ko’rishga majbur. Yaqin Sharq muammosini hal etish Saudiya Arabistoni va Fors ko’rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo bo’lgan boshqa mamlakatlar birdamlikni mustahkamlashlari zarur. Buning ustiga Al-Aqso masjidi joylashgan Sharqiy Quddus hamda bosib olingan arab hududlarini qaytarib olish ham doimo diqqat markazda. Fors ko’rfazi mamlakatlarining Yaqin Sharq muammosini hal etishdagi qat’iy yo’li Arab Davlatlari Ligasining rasmiy hujjatlarida asoslab berilgan. Unda, Isroil qo’shinlarini 1967 yilda bosib olgan barcha hududlarni qaytarib berish, bu erlardan isroilliklarni chiqib ketishi, barcha dinlarga ularning muqaddas joylarini erkin ziyorat etish, Falastin xalqining o’zo’zini boshqarish va poytaxti Quddus bo’lgan o’z davlatini tuzish talablari turibdi. Fors ko’rfazi mamlakatlari urush holatidagi davlatlarga doim har tomonlama yordam ko’rsatib kelayapti. Ko’rfazdagi siyosiy mo’’tadilligi hamda Vashington ta’sirida arablar uchun Tel-Aviv bilan ikki tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yishda harakatlar qilish uchun shart-sharoitlar yaratdi. AQSh diplomatiyasi ham 61 qo’llab-quvvatladi. 1994 yil sentyabr oyida Fors ko’rfazi arab davlatlarining hamkorlik kengashi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Isroilga nisbatan e’lon qilingan bayonotida ta’qiqlashni ko’zda tutuvchi qator moddalarni bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Qirol Faysal 1962 yilda Saudiya Arabistoni tomonidan ta’sis etilgan Islom Olami Uyushmasi orqali va 1964 yilda Uyushmaning Somalida o’tkazilgan ikkinchi oliy uchrashuvlari doirasida hamda 1963-64 yillardagi haj mavsumlari davomida bir necha musulmon davlatlarining rahbarlarini butun jahon musulmonlarining muammolarini muhokama etish maqsadida oliy darajada islom anjumani o’tkazish taklifini bildirdi. Ammo, Saudiya Arabistonining ushbu taklifi arab olamida ikki qutbda bo’lgan munosabatlar turlicha bo’lganligi va ba’zi arab mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro nizolar va Yaman muammosi ham keskin holatni boshdan kechirayotgan bir paytga to’g’ri kelganligi natijasida musulmon mamlakatlaridan Eron va Somali islom uchrashuvi o’tkazilishini qo’llabquvvatlagan bo’lsalar, Iordaniya, Sudan, Pokiston, Marokash, Gana va Niger davlatlari islom birdamligi fikrini qo’llab-quvvatlashlarini, ammo oliy islom konferentsiyasi o’tkazish fikriga qo’shilmasliklarini ma’lum qildilar. Misr, Jazoir, Iroq va Suriya esa konferentsiya o’tkazilishiga qarshi ekanliklarini bildirdilar. 1967 yil iyun oyidagi Arab-Isroil urushi natijasida arablarning mag’lubiyati va 1969 yilda ba’zi yahudiy mutaassiblari tomonidan AlAqso masjidiga qilingan tajovuzdan so’ng qator musulmon mamlakatlarining arboblari, doimiy faoliyat yuritadigan tashkilot tuzish taklifi bilan chiqdilar. Ushbu taklif Saudiya Arabistoni tomonidan qo’llabquvvatlandi va qo’lidan kelgan barcha ishni qildi. 1969 yili Marokashda va Makkada umummusulmon Islom Konferentsiyasi Tashkiloti ta’sis etilganligi e’lon qilindi. Saudiya Arabistoni ushbu tashkilotni qo’llabquvvatlab unga moddiy yordam berishga qaror qildi. Podshoh Faysalning qayd etishicha islomning uch dushmani mavjud–kommunizm, sionizm va mustamlakachilik. Sharqiy Quddus va arab davlatlarining erlari, Isroil tomonidan bosib olinganligi, vaziyatni chigallashtirayapti. Bunday vaziyatni faqat islom birdamligini kuchaytirish bilangina to’g’rilash mumkin. Musulmonlar uchun og’ir bo’lgan vaqtda, Podshoh Faysal islom davlatlari rahbarlari-prezidentlari va Podshohlari o’zaro bir-birlarini tushunishi, birdamligi hamda kelishib ish ko’rishlik nazarda tutilayapdi. Shularni nazarga olib Podshoh Faysal qator islom davlatlariga rasmiy tashriflar qildi. Natijada ularning ko’pchiligi Saudiya Arabistoni Podshohligi taklifini to’liq qo’llab-quvvatladi. 62 1969 yildagi isroilliklarning Al-Aqsodagi yong’inidan keyin Saudiya Arabistonining majlis tuzish haqidagi harakati yana jonlandi. 14 ta islom mamlakatlari buni qo’llab-quvvatladilar. Shundan so’ng 1969 yili Qohirada ushbu mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Shunday qilib, 1969 yil 22-25 sentyabr kunlari Rabotda 25 musulmon mamlakatlari ishtirokida konferentsiya bo’lib, unda quyidagi hujjatlar qabul qilindi: birinchidan, “Islom Konferentsiyasi” tashkilotini tuzish, uning asosiy vazifasi va maqsadlarini aniqlash – unda muqaddas joylarni himoya qilish, islom birdamligini mustahkamlash, musulmonlarni o’z sha’ni, mustaqilligi, milliy huquqlarini himoya qilish, irqiy kamsitish va mustamlakachilikka barham, berishdan iborat. ikkinchidan, Islom konferentsiyasi tashkilotiga a’zo bo’lgan mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va milliy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Saudiya Arabistoni – dunyodagi islomiy harakatlarning bosh homiyasi hisoblanadi. Shuning uchun, nochor islom mamlakatlariga yordam berish va ularni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ko’maklashadi. Qator muassasalar borki ularda Saudiya Arabistoni Podshohligini ta’siri juda katta. Bunday tashkilotlarga, Saudiya rivojlanish Fondi, Islom Rivojlanish Banki, Arab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Fondi, Arab Moliya Fondi, (OPEK) xalqaro rivojlanish Fondi, Afrikada iqtisodiy rivojlanish Arab Fondi, Afrika rivojlanish Banki, Afrika rivojlanish Fondi, xalqaro qishloq xo’jaligi rivojlanish Fondi, Xalqaro moliya Fondi, Xalqaro qurilish Banki, Xalqaro rivojlanish Qo’mitasi, Xalqaro investitsiyalash Assotsiatsiyasi, Xalqaro ishlab chiqaruvchilar agentligi, Arab ishlab chiqaruvchilar agentligi, BMT qoshidagi rivojlanish qo’mitalariga yordam berish bo’yicha Arab ko’rfazi mamlakatlari dasturi, Arab va Afrika davlatlariga texnikaviy xamkorlik qilish Fondi, Afrika Kongressi Tashkiloti tarkibida markazlar fondlari, Afrikada traxomaga qarshi kurashish dasturi, Afrikada qurg’oqchilikka qarshi kurashish dasturi va boshqalar. Shunday bo’lishiga qaramasdan Arab-Isroil muammosi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Yaqin Sharqda Isroilning yadro quroliga qarshi ba’zi arab davlatlarida kimyoviy qurol ishlab chiqarishga harakat qildi. Ammo MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) tomoni arab davlatlarini bu yo’ldan qaytarishga urinmoqda. 1968 yili Isroil xalqaro qurollanishning oldini olish shartnomasini imzolashdan bosh tortdi. Lekin 1995 yil aprel 63 oyida shunday bitim Isroilning ishtirokisiz AQShning ta’qibi bilan arab davlatlari tomonidan imzolandi. Shunda ham AQSh Isroilning qurollanish strategik maqsadlarini davlat xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb hisobladi. Buning ustiga 1981 yil 31 noyabrida AQSh va Isroil o’rtasida “AQSh va Isroil o’rtasida strategik hamkorlik memorandumi” imzolangan. Shartnomaga binoan, AQSh Isroilning havo mudofaa tizimini mustahkamlovchi "raketa hujumlaridan himoya qilish" loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyihaga AQShning “Ballistik raketalaridan himoya qilish tashkiloti” tomonidan 2 mlrd. AQSh dollari sarflandi. Arab davlatlarining bir-biriga nisbatan harbiy va strategik majburiyati Arab Davlatlari Ligasining 1980 yilda imzolangan 2-Artikl Hamkorlikdagi Mudofaa Shartnomasida o’z aksini topgan. Shartnomada “biror arab davlatiga tajovuz boshqa barcha mamlakatlarga tahdid sifatida qaraladi. Shuning uchun boshqa arab davlatlariga qurolli tajovuzga uchragan davlat mudofaasini ta’minlashga yordam ko’rsatishi shart” deb belgilandi. Mazkur shartnoma barcha Arab davlatlari tomonidan imzolangan bo’lsada, amalda u o’z tasdig’ini topmadi. 90-yillarda Fors ko’rfazida yuz bergan siyosiy tanglik davrida Fors ko’rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi davlatlari AQShdan mudofaa yordamini so’rashga majbur bo’ldi. Fors ko’rfazidagi o’tgan asrning 90-yillaridagi harbiy operatsiyalarga qadar Saudiya Arabistoni hech bir harbiy to’qnashuvda bevosita ishtirok etmagan bo’lsa ham, biroq uning harbiy xarajatlari mutlaq holda yalpi ichki mahsulot miqdoriga nisbatan olganda Yaqin Sharq davlatlari ichida eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi. 1951, 1980, 1988 va 1990 yillarda AQSh va Saudiya Arabistoni Podshohligi o’rtasida o’zaro yordam va mudofaa haqidagi qator bitimlar imzolandi. AQSh Saudiya Arabistonining Dahron shahrida harbiy havo kuchlari bazasini tashkil etdi va undan turib Fors ko’rfazi mintaqasini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Vashington va Ar-Riyod o’rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik aloqalari Isroil davlati tomonidan qattiq tanqidga olindi. Ammo, sharqshunos olim Ch.Davisning fikricha, AQShning Yaqin Sharqdagi siyosatida u Isroilning himoyachisi bo’lib qolaveradi. Isroilning siyosiy doiralari AQShning Arab-Isroil muammolarida Falastin manfaatlari masalasida Ar-Riyodning ta’siri borligini qayd etmoqda. Shuning uchun Isroil AQSh - Saudiya Arabistoni aloqalariga sovuqlik solishga harakat qilmoqda. 64 XX asrning 80-yillarida sovuq urush siyosati Yaqin Sharq davlatlarida qurollanish poygasini avj oldirib yubordi. Xuddi shu davrda mintaqa davlatlarining harbiy xarajatlari 615 mlrd. AQSh dollariga etdi. Bundan tashqari Yaqin Sharq davlatlari bu borada ularni qo’llabquvvatlagan mamlakatlarga 2 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag’ sarfladi. Yaqin Sharq xavfsizligini ta’minlashda Arab-Isroil mojarolari nafaqat mintaqaviy muammoga balki umumjahon xavfsizligiga tahdid solmoqda. Falastin muammosi Arab-Isroil ziddiyatlarining asosini tashkil etib, mazkur majoro qariyb yarim asrdan buyon dunyoni tashvishga solib kelmoqda. Vashington Yaqin Sharq va Fors ko’rfazi mintaqasida har jihatdan muhim mavqega ega bo’lgan Saudiya Arabistoni bilan iliq munosabatlar olib borishga harakat qilayapti. Ushbu mamlakatlar o’rtasida turli sohalarda samarali hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Aloqalar orasida eng asosiysi – harbiy soha bo’lib, Ar-Riyod AQShdan zamonaviy qurollar sotib olish bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga ega. Shunga qaramasdan Yaqin Sharqda yuz bergan ziddiyatlar, qurolli to’qnashuvlarning to’xtamayotganligi Vashington va Ar-Riyod o’rasidagi munosabatlarda o’zini ta’sirini ko’rsatmoqda. Ikki mamlakat o’rtasidagi diplomatik munosabatlar yaxshi bo’lishiga qaramasdan AQShning Isroilga yordami Ar-Riyod hukmron doiralariga yoqmayapti. Saudiya Arabistoni bu borada ya’ni Isroil masalasida AQShga tazyiq o’tkazishga ojizlik qilayapti. Ammo AQShning Saudiya Arabistoni bilan hamkorligi joyida. Isroil davlati bundan norozi. AQSh Saudiya Arabistoni va Misr Arab Respublikasiga zamonaviy mudofaa qurollarini etkazib berishda davom etayapdi. Saudiya Arabistoni Falastin muammosini o’z tashqi siyosatining asosiy qaynoq nuqtasi deb hisoblab, uning atrofidagi voqealarga befarq qarab turaolmaydi. Shuning uchun, Saudiya Arabistoni Falastin mojarosiga o’zining hayot-mamot masalasi deb qaraydi. Agar ushbu mojaro Isroil foydasiga hal bo’lsa Podshohlikning milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi tabiiy. Chunki o’z foydasiga Isroil-Falastin muammosini hal qilganidan keyin AQShning ko’magida mintaqadagi eng asosiy dushmanlari - Saudiya Arabistoni va Eronga o’z hujumini boshlashi mumkin. Shu bilan bir qatorda, Saudiya Arabistoni rasman “yo’l xaritasi” deb nomlangan loyihani qo’llab-quvvatlagan bo’lsada, unda Falastin manfaatlari etarlicha inobatga olinmagan deb hisoblaydi va ushbu muammo bo’yicha 2002 yilda e’lon qilingan Saudiya Arabistoni 65 tashabbusini ilgari surayapdi. “Saudiya tashabbusi” deb nom olgan mazkur loyiha 2002 yilning fevral oyida Valiahd Abdulloh tomonidan e’lon qilingan bo’lib, uni 2002 yilning mart oyida Bayrutda bo’lib o’tgan sammitda umumarab mavqei darajasiga ko’tarildi. So’nggi yillarda Saudiya Arabistoni o’zining ichki va tashqi siyosatida muammolar bo’lishiga qaramasdan, arab davlatlari ichida Falastin muammosiga nisbatan qat’iy mavqei egallaganligi bilan ajralib turdi. Jumladan, 2003 yilning 2-3 iyun kunlari Misrda AQSh va arab davlatlari ishtirokida Falastin masalasi bo’yicha bo’lib o’tgan sammitda Vashington va Ar-Riyod o’rtasida jiddiy kelishmovchilik borligi ma’lum bo’lib qoldi. Falastin-Isroil mojarosini hal qilishni ko’zda tutgan “yo’l xaritasi” loyihasini tatbiq qilishga bag’ishlangan sammitda AQSh Yakuniy bayonotga “Arab davlatlari Isroil bilan o’z munosabatlarini darhol yaxshilashga harakat qiladilar”, degan bandni kiritishni talab qilgan. O’z navbatida, SAP Qiroli Abdulloh yakuniy bayonotga mazkur bandni kiritishga qarshi o’z noroziligini bildirgan holda, yig’ilishni tark etishini ma’lum qilgan. Faqat AQSh Prezidenti Bushning shaxsan aralashuvi va yuqorida zikr etilgan bandning yakuniy bayonotdan chiqarilib tashlanishi sammitni muqarrar inqirozdan saqlab qolgandi. Shunga qaramasdan, Vashington bilan Ar-Riyod ushbu masala bo’yicha bir to’xtamga kelolmayaptilar. “AQShning Arab-Isroil nizolaridagi vositachiligi Samara bermayapti, buning asosiy sababi Vashington doimo Isroilni harbiy jihatdan quvvatlab turishidir», deb yozadi tadqiqotchi Mark O Relli. AQSh Isroilga yiliga 3 mlrd. dollar miqdorida moddiy yordam ko’rsatib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni alohida qayd etish joizki Saudiya Arabistonining Falastin muammosi bo’yicha masalasi dolzarbligicha qolaveradi. Chunki Falastin Saudiya Arabistoniga qo’shni hududdir. Fors ko’rfazi arab davlatlari Hamkorlik Kengashi mamlakatlari jahon siyosati va iqtisodining ana shunday muhim bug’inlaridan biri hisoblanadi. Mazkur mintaqa – dunyoning rivojlangan mamlakatlari harbiy-siyosiy, tashqi iqtisodiy hamda moliyaviy faoliyatining eng asosiy markazlaridan biridir. Neft ishlab chiqaruvchi etakchi mamlakatlar (BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni) o’z ixtiyorida dunyo neft zahirasining 45 foiz ini jamlagan, hamda bu mahsulot bilan jahon bozorini 17foiz miqdorda ta’minlaydi. Fors ko’rfazi hududi, shuningdek, keyingi o’n yillikda jahon energetika tizimida ahamiyati keskin oshgan dunyodagi eng asosiy gaz manbalaridan biri hisoblanadi. 66 Ko’rfaz davlatlarining taraqqiyoti dunyoning strategik muhim mintaqasida joylashganligi bilan belgilangan. Ayni paytda, Yaqin va O’rta Sharqdagi beqarorlik, Iroq hamda neft tranziti amalga oshiriladigan asosiy transport kommunikatsiyalari atrofidagi vaziyat, ularni asosiy mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal qilish jarayonida faol ishtirok etishga majbur qiladi. Fors ko’rfazi arab davlatlari Hamkorlik Kengashi mamlakatlarining xavfsizlik muammolariga (mintaqaviy ziddiyatlar, beqarorlik, Yaqin Sharq mojarosi, yalpi qirg’in qurollarining tarqatilishi, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va hokazolarda) yondashuvi BMTning qoidalariga hamda ko’ptomonlamalik siyosatiga amal qilishga asoslanadi. Fors ko’rfazi arab davlatlari Hamkorlik Kengashi mamlakatlari Islom Hamkorlik Tashkilotining faol a’zolari sifatida uning boshqa mamlakatlariga iqtisodiy hamda texnik yordam ko’rsatish, shuningdek, islom dunyosidagi vaziyatning yaxshilanishida muhim rol o’ynaydi. Mazkur davlatlar rahbarlari nuqtai nazaridan quyidagilar, ya’ni: tabiat boyliklarining musulmon davlatlari o’rtasida notekis taqsimlanganligi, iqtisodning monokultura va monoxomashyoga tayanishi, ijtimoiy rivojlanish uchun mablag’larning etishmasligi; malakali ishchi kuchlarining va kasbga tayyorlash markazlarining etishmasligi; texnika fanlari va zamonaviy texnologiyalar sohasida orqada qolganlik, “aql sohiblarining” musulmon mamlakatlaridan ilmiy-texnik jihatdan yaxshiroq rivojlangan mamlakatlarga ketib qolishi; ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanmaslik, iqtisodni rejalashtirish masalalarida muvofiqlashtirishning hamda iqtisodiy, savdo va moliya siyosatida puxta strategik rivojlanish ishlanmalarining yo’qligi katta muammolar sarasiga kiradi. Arab davlatlarining umummusulmon va mintaqaviy tashkilotlarni (Islom Hamkorlik tashkiloti, Islom Olami uyushmasi, Arab Davlatlari Ligasi) moliyalashtiradigan muhim markazlar sifatidagi roli ham oshmoqda. Saudiya Arabistoni eng yirik xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, MBRR hamda Xalqaro Valyuta Fondiga to’lanadigan badal hajmi bo’yicha dunyoning birinchi yigirma davlati qatoriga kiradi. Bu unga xorijda faol investitsiya faoliyati olib borishga imkon beradi. Saudiya Arabistoni tashqi iqtisodiy yordam kanali arablarniki bo’lmagan mintaqaviy fondlari va tashkilotlari imkoniyatlaridan ham foydalanmoqda. Bunga Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va boshqalarni misol qilsa bo’ladi. Biroq bunda pragmatizm qoidalariga, ikki tomonlama siyosatning transparentligiga hamda iqtisodiy munosabatlarning mafkuradan xoli qilinishiga tayanish muhim. Qayd etish kerakki, Saudiya Arabistonining 67 ichki va tashqi siyosatida siyosiy mulohaza pragmatizmi tobora ko’proq namoyon bo’lmoqda. Bunda arab-musulmon dunyosidagi ma’lum kuchlarning islomni shior qilib olib qalloblik qilish xavfini anglab etish o’z rolini o’ynamoqda. Shu munosabat bilan arab davlatlarining o’z iqtisodiy va siyosiy-diplomatik imkoniyatlarini milliy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, o’z atrofida “qo’shni qardosh davlatlar” xalqasini yaratish, shuningdek, boshqa davlatlar bilan o’zaro foydali hamkorlikni shakllantirish uchun yo’llanishi zarurligini anglashlari kuchaydi. Saudiya Arabistoni tashqi siyosatining shakllanishida energetika sohasidagi barqarorlikning ahamiyati. Bugungi kunga kelib barcha davlatlarda energetika xavfsizligi masalasi paydo bo’lmoqda. Bu energetika resurslariga talabning oshib borishi, resurslarning esa tugab borayotganligi hammani tashvishga solmoqda. Shuning uchun ham energetik resurlarga boy davlatlar xalqaro maydonda muhim rol o’ynamoqda. Ular o’z energetik xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashqi siyosatda o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilmoqda. Bizga ma’lumki, Yaqin Sharq davlatlari juda ulkan tabiiy resurlarga boy hisoblanadi. Bu davlatlar asosan neft eksport qiluvchi davlatlar hisoblanadi. Bunday ulkan tabiiy zaxiralarga ega davlatlardan biri Saudiya Arabistoni bo’lib SAP yetakchi neft ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida katta o’rinni egallab kelmoqda. Saudiya Arabistoni resurslardan oqilona boshqarish orqali global iqtisodiyotning beqaror davrida ham global neft bozorini barqarorlashtirishdagi harakatlari bilan taminlashga muvaffaq bo’ldi. Xalqaro valyuta jamg’armasining Saudiya Arabistoniga tashrif byurishining so’ngi natijalariga ko’ra, iqtisodiy yordam tufayli uning import va ishchilarning oylik maoshi oshib borayotganligi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida ta’sir ko’rsatayotganligini e’tirof etdi. Saudiya Arabistonining iqtisodiy faoliyati kuchayib ijobiy tomonga rivojlanib bormoqda. Shunga qaramay mamlakatning o’sishi 2014-yilda 7.1 foiz ni tashkil qilgan bo’lsa, 2015-yilda 6foiz ga tushib qoldi. Davlat iqtisodining asosini neft sohasi tashkil qilishi hamda muhim geosiyosiy o’rni, kelajakda neft bozoridagi keskin vaziyatlar davlatni xavf ostiga qo’yadi. 2015 yil o’rtalariga kelib neft narxi ikki barobar pasayib ketgandan so’ng keragidan ortiqcha neft ishlab chiqarishni qisqartirishni ta’minlash maqsadida OPEKka a’zo bo’lmagan neft ishlab chiqaruvchilarni, xususan, Rossiyani a’zolikka undash masalasi ko’tarildi. Lekin bu davlatlar taklifni rad etdi va OPEK ularga neft yetkazib berishni kamaytirdi. Jazoir Bosh Vaziri Abdulmalik Sellal gaz eksport qiluvchi davlatlarning Tehrondagi 68 sammitidagi nutqida neft bozoridagi o’yinlarni nazorat qilishga chaqirdi. U yana agar neft bozori nazorat qilinmasa, narxlarni kuchli o’zgarishiga guvoh bo’lishimiz mumkin deya qo’shimcha qildi. Saudiya Arabistoni “neft asrining so’nishi” ga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bu haqida shaxzoda Muhammad bin Salmon 2016 yil 1-aprel kuni Bloomberg nashriga bergan interviyusida aytib o’tdi. Qirollik oilasi vakili mamlakat 2 trillion dollar qiymatga ega suveren jamg’arma tashkil etishni rejalashtirganini ma’lum qildi. Ushbu pullar neftga bo’lgan tobelikdan xalos bo’lishga sarflanadi. Saudi ARAMCO davlat neft kompaniyasi 2017- yilda birjaga chiqishi mumkin. Hukumat bozorda korxonaning besh foizigacha bo’lgan aksiyalarini tadbiq etishni rejalashtirgan. 1-aprel ma’lumotlariga ko’ra, Brent markasidagi neftning bir barreli uchun 39,65 dollarlik qiymatida savdo qilinmoqda. Ishlab chiqarishni barqarorlashtirish maqsadida neftchilar 2016-yil yanvariga doir neft qazib chiqarishni to’xtatib qo’yishni rejalashtirishmoqda. Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) doirasida neft qazib olish hajmlari tez sur’atlarda o’smoqda. Tashkilot hisobotida aytilishicha, o’sish asosan Saudiya Arabistoni hamda Iroqqa to’g’ri kelmoqda. Tashkilot doirasida neft qazib olishning umumiy hajmi kuniga 283 ming barrelga oshib, 31.38 million barrelni tashkil etmoqda. Tashkilotning neft qazib olishga kvotalari iyun yakunlari bo’yicha 30 million barrelga oshirilgan. Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmi 230.9 ming barrelga o’sib, kuniga 10.564 million barrelni tashkil etmoqda. Mamlakatning OPEK dagi ulushi 33 foiz dan 33.4 foiz ga oshdi. 2016-yil 14-mart kuni OPEK davlatlari Venadagi dekabr yig’ilishida Saudiya Arabistonini e’tiborsiz qoldirib, iqtisodiy zaif blok a’zolari Nigeriya va Venesuella kabi a’zolar neft narxini keskin pasayib ketishini qisqartirishga kelishishdi. Saudiya Arabistoni esa neftni hozirgi darajada ishlab chiqarishni davom ettirishni talab qildi. Ikki oy davomida Brend neft narxining bir barreli 40 dollardan 27 dollarga tushib ketdi. Shundan so’ng Saudiya Arabistoni neft narxini barqaror global narxda muzlatishga rozi bo’ldi. Ammo neft bozorini nazorat qilish harakatlari noto’g’ri hisoblashi natijasida neft narxi 30 dollarga tushib ketdi. Natijada bu neft taqchilligiga olib kelishi mumkin. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr interviyusida, “mintaqadagi neft narxining izdan chiqishi hamda iqtisodiy ittifoqchilar Yaman, Suriya, Misrdagi izchillik bilan davom etayotgan urushga befarq qarab turmaydi” – deb aytdi. “Bizning tashqi siyosat milliy xavfsizlik manfaatlariga asoslangan”, - al-Jubayr qirollikning poytaxti Ar-Riyod 69 shahrida Tashqi ishlar bosh qarorgohida ma’lum qildi. U yana Saudiya Arabistoni tashqi siyosatni neft narxiga qarab belgilamaydi. Mana shu o’n yillikda brent neft narxining eng past ko’rsatkichga erishdi. Saudiya Arabistoni byudjet kamomadi o’tgan yilda neft narxining keskin tushib ketgani sababli taxminan 98 mlrd. AQSh dollariga yetib, qirollik energetik subsidiyalar va qurilish loyihalarini qisqartirishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, uning ulkan davlat neft kompaniyalari obligatsiya va aksiyalarini sotishni muhokama qildi. Saudiya Arabistonining mintaqaviy raqibi Eronning jahon bozoriga qaytishi qo’shimcha global neft bilan ta’minlash uchun qo’shildi. Erondagi sanktsiyalar yadroviy shartnoma shartlariga rozilik bildirgandagina olib tashlanishi mumkin deb ta’kidladi al-Jubayr. Bundan tashqari u neft ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun bozorda yetarli joy borligini aytib o’tdi. Ikki OPEK a’zolari o’rtasidagi ziddiyatlar Suriyadagi urushni to’xtatish sa’y-harakatlarini yo’qqa chiqarmoqda. Bu yerda Saudiya Arabistoni Prezident Bashar al-Assad hukumatiga qarshi chiqqan asosan sunniy harbiy guruhlar harakatini qo’llab-quvvatlamoqda, Eron esa bunga qarshilik ko’rsatmoqda. Saudiya Arabistoni eng ko’p neft eksport qiladigan mamlakat sifatida neft narxi keskin pasayib ketgan holatida ham boshqa eksportyorlarga qaraganda ko’proq neft eksport qildi. Tarixan qaraydigan bo’lsak, neft import qiluvchi mamlakatlar Yaqin Sharqqa har doim ta’sir o’tkazib kelgan. AQShning Afg’oniston va Iroqdagi harakatlari davomida neft tushib ketgandi. 2007– 2008- yildagi iqtisodiy inqiroz ham neft narxining pasayib ketishiga olib keldi. Ammo hozirgi kundagi inqiroz neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o’rtasidagi bozor raqobatini kuchaytirmoqda. Bundan tashqari Yaqin Sharqdagi tartibsizliklar neft narxining pasayishiga sabab bo’lmoqda. 2014-yildagi neft narxining ko’rsatkichi tarixiy cho’qqisiga erishgandan 60 foizga tushib ketdi. 2016-yil yanvaridagi neftning bir oylik o’sishini ko’radigan bo’lsak, AQSh neft jamg’armasi 16 foizga, Conoco Phillips (COP) 11 foizga, Anadorka Petroleum (APC) 28 foizga, Pioner Natural Resources (PXD) 7 foizga tushib ketdi. Bu 2014-yildagi narx holatidan 50 foiz tushib ketganini ko’rsatadi. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi neft eksport qiluvchi davlatlar AQShning slantsli neft narxini belgilashda kelishmovchilik kelib chiqmoqda. AQSh slantsli neft ishlab chiquvchilarning bozordagi ulushining ortib borishi qirollikni tashvishlantirmoqda. Slants neft ishlab 70 chiqaruvchi davlatlar neft narxini belgilashda iqtisodiy tushkunlik kelib chiqmoqda, Saudiya Arabistoni ularni neft bozoridan butunlay tozalab tashlashga muvaffaq bo’lolmadi. Qirollik iqtisodi neftga bog’liq bo’lganligi sababli, AQSh slants neft ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarishga qurbi yetmaydi. Slantsli neft er yuzida keng tarqalgan bo’lib, Osiyo va Yevropa davlatlari neftga bo’lgan qaramlikni kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirmoqda. Slantsli neftni import qilishga nisbatan qazib olish qimmatroq bo’lsa ham, xom neftga nisbatan import uchun strategik afzalliklarga ega. Saudiya Arabistonida neft zaxiralarining taxminan 15.7 foizi borligi isbotlangan. Olib borilgan statistik tadqiqotlarga ko’ra Eron va Iroqda neft zaxiralari mos ravishda 9.3 foiz va 8.8 foizini ko’rsatadi. Saudiya Arabistoni bir barrel neftni qazib olish uchun 9.9 AQSh dollari sarflaydi. Bu kapital xarajatlar va operatsion xarajatlar uchun mos ravishda 4.5 va 5.4 AQSh dollarini tashkil etadi. Quvaytda bir barrel neft qazib olish uchun boshqa davlatlarga nisbatan eng past ko’rsatkich ya’ni 8.5 dollar sarflaydi. Quvayt Saudiya Arabistonining eng yaqin ittifoqchilaridan biri hisoblanadi. Boshqa tomondan, Eron bir barrel neft qazib olish uchun 12.6 dollar sarflasa, Rossiya esa 17.3 dollar sarflaydi. Bu Saudiya Arabistoni uchun Rossiya va Eronni raqib sifatida solishtirganda, neft narxining 30 dollarga tushib ketishi yuqori foyda beradi. Rossiyada dunyo neft zaxirasining 6.1 foizi joylashgan. Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarishni kamaytirgani haqida xabar bergani yo’q. Bu Saudiya Arabistoni neft narxi past bo’lganda ham neft bozorida ko’proq neft ishlab chiqarishni rejalashtirishga qaratgan. Bu qirollikka ikkita afzallikni beradi. Birinchisi, neftdan foyda olish bilan birga energetika sohasidagi ishlab chiqishdagi to’siqlarga yangi texnologiyalar ta’sir qilishi mumkin. Ikkinchi afzallik esa neft narxining pasayib ketishi uning yaqin raqiblari Rossiya va Eronning iqtisodiy barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin. Saudiya Arabistoni daromadining 85 foizdan ko’prog’i neft eksportidan keladi. AQShning o’zi xom neft importiyori sifatida neft eksport qiluvchilar uchun kichik ta’sir ko’rsatadi. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi OPEK davlatlari o’rtasidagi neft narxini belgilashdagi kurashi va AQShning slantsli neft ishlab chiqishi xalqaro neft narxiga ta’sir qiladi. Brent neftning narxi 2014-yil o’rtalarida 4 barobar tushib ketdi. Suriya va Yaman Yaqin Sharqning ichki nizolarining tayanch nuqtasiga aylanib qolgan. Eron va Rossiya boshqa tomondan, Saudiya 71 Arabistoni boshchiligidagi Arab ittifoqiga qarshi ikki tomon vakil sifatida turadi. Eronga nisbatan sanksiyalarning qo’llanilishi Saudiya Arabistonining dunyo neft bozoridagi ayniqsa, Yevropa va Osiyodagi ulushi ortib ketdi. Rossiya Saudiya Arabistonining Osiyo va Yevropadagi asosiy raqibi hisoblanadi. Arab dunyosi jahon energetika resurslarining 70 foizdan ko’prog’ini nazorat qiladi. Neftning asosiy eksportchilarini birlashtiruvchi OPEK tashkilotining asosini aynan arab davlatlari tashkil etadi. OPEK (Organization of the Petroleum Exporting Countries) – 1960 yil sentyabrda Bog’dod Konfrensiyasida neftga eksport kvotalari va narxlarini muvofiqlashtirish orqali jahon neft bozoridagi vaziyatni tartibga solish maqsadida tuzilgan. Hozir bu tashkilotga Jazoir, Indoneziya, Eron, Iroq, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA va Venesuela a’zo. Bu davlatlarda jahon neft zaxiralarining 2G’3 qismi joylashgan. 2004-yilda neft narxlarini oshib ketishi natijasida OPEKka a’zo mamlakatlarning umumiy daromadi 338 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Jahonda tekshirilgan neft zaxiralari 1250 mlrd. barrelni tashkil etadi. Shundan 565 mlrd barrel neft Fors ko’rfazi davlatlari hisobiga to’g’ri keladi. Bu dunyo neft zaxirasining 63 foizini tashkil etadi, Saudiya Arabistonining o’zida jahon neft zaxirasining to’rdan bir qismi ya’ni 263 mlrd. barrel neft mavjud. OPEK siyosatini asosan Saudiya Arabistoni belgilaydi. Energetika sohasiga ixtisoslashgan Oil Price internet nashrining yozishicha, Saudiya Arabistonining neft qazib olish darajasini muzlatish bo’yicha Dohada bo’lib o’tgan muzokaralarda o’zini g’alati tutishini izohlash mushkul. Ekspertlar OPEK mamalakatlari va Rossiya, neft qazib olishni muzlatish xususida biron bir jiddiy kelishuvga erishilishini shubha ostiga qo’ygan bo’lsalarda, muzokara qatnashchilari ramziy bo’lsada qandaydir bitimsiz tarqalishmaydi, deb hisoblashgandi. Saudiya Arabistonining Eronsiz, hech qanday bitimni imzolamaslikni ta’kidlaganini, quruq tahdiddan boshqa narsa emas, deb baholashgandi. Bundan tashqari maqolada neft narxining hozirgi darajada pasayib ketishiga yo’l qo’ygan OPEK tashkiloti o’ziga bo’lgan ishonchni yana bir marta suiiste’mol qilishga haqqi yo’q edi, ammo, bu hol yana bir karra yuz berganligi izohlangan. So’ngi lahzada Saudiya Arabistoni o’z fikrida qat’iy turib, Eronsiz hech qanday bitimni imzolamasligini ta’kidladi. Albatta, Tehronga nisbatan sanksiyalar yaqindagina bekor qilingan, shu bois mamlakat neft qazib olishni kuniga 4 million barrelga yetkazishni 72 maqsad qilganini tushinish mumkin. Shu jihatdan Saudiya Arabistoni siyosatini izohlab bo’lmaydi. “Saudiya Arabistonining kelishuvni chippakka chiqargani, Eron bilan ziddiyati, uning neft siyosatiga naqadar jiddiy ta’sir ko’rsatayotganining isbotidir”, deydi AQSh Kolumbiya Universiteti global energetika siyosati markazi direktori Jeyson Bordoff. Yana bir taxminga ko’ra, Dohada qanday siyosat maqbulligi borasida Saudiya Arabistoni rahbariyatining o’zida yakdil fikrning mavjud bo’lmaganligidir. Xususan, Eronsiz hech qanday kelishuvni imzolamaslik tarafdori ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va muzokaralar arafasida Ar-Riyodning bitimni imzolashini ta’kidlagan neft vaziri Ali al-Naimiy o’rtasida aniq xulosa bo’lmagan. So’ngi lahzalarda esa, Saudiya Arabistoni neft vaziri fikridan qaytishga majbur bo’ldi. 2015 yil 18 aprel kuni Doha muzokaralari omadsiz yakunlangach, jahon bozorida neft narxi keskin pasayib ketdi. OPEK a’zolari esa, kelgusi safar iyun oyida Venada uchrashadi. Agar ular kelishuvga erisha olishsa, unga tashkilotga a’zo bo’lmagan Rossiya kabi davlatlar ham qo’shilishi mumkin bo’ladi. Malumotlarga qaraganda, 2002-2006-yillarda Fors ko’rfazi arab davlatlari neft eksportidan 1.5 trln. AQSh dollari foyda ko’rishgan bo’lib, bu o’tgan oxirgi besh yillikka nisbatan ikki marta ko’p ko’rsatkich hisoblanadi. “Goldman Sachs” ekspertlari guruhining bashoratiga ko’ra neft eksportidan tushadigan daromad 2030-yilga borib 5.1 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. 2010-yilda neft eksportidan BAA 17 mlrd. AQSh dollari, Saudiya Arabistoni esa 51 mlrd. AQSh dollari foyda ko’rgan. Arab davlatlarining bunday ulkan energetik salohiyatga ega bo’lishi dunyoning yirik davlatlarini e’tiborini tortmasdan qo’ymaydi. Ayniqsa, global energetik resurslar iste’moliga kundalik ehtiyojning oshib borayotganligi, neft va gaz zaxiralarining tobora kamayib borishi, bundan tashqari, muqobil energiya manbalarini yaratish harakatlari kutilgan natijani bermayotganligi energetik raqobatning kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Ma’lumki, jahon energetik ehtiyojlarning asosiy qismi arab davlatlari hisobiga qondirilmoqda. Shuning uchun ham bu hudud yirik davlatlarning jahon neft-gaz sub’ektlarining asosiy kurash maydoni bo’lib qolmoqda. Shu bois bu mintaqada siyosiy tanglik, bir qancha tarixiy nizolarni hal etilishi va barqarorlikni ta’minlashning iloji bo’lmayapti. Fors ko’rfazi davlatlari Yaqin Sharqda nisbatan barqaror davlat hisoblansada, lekin umumiy xavfsizlikni taminlashda bir qancha muammolarga duch kelmoqda. Bu davlatlar o’rtasidagi siyosiy, diniy, 73 hududiy nizolar arab davlatlari iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiyotiga bir to’siq bo’lib xizmat qilmoqda. Bizga ma’lumki, energetika resurslari cheklangan bu esa har bir davlatning energetika xavfsizligiga bo’lgan talabni oshiradi. Energetik bog’liqlikning kuchayib borishi alohida bir davlatning o’z milliy energetik xavfsizligini mustaqil ta’minlash imkoniyati cheklanganligini anglatadi. Shu bois arab davlatlarining geoenergetik manfaatlari bevosita Eron va Iroq kabi davlatlarning mintaqada tutgan o’rniga ham bog’liq. Chunki, Eron Islom Respublikasining mintaqadagi siyosiy – mafkuraviy o’rni va yuqori energetik salohiyati mintaqa davlatlari tashqi siyosiy faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Fors ko’rfazi davlatlari energetik xavfsizligiga nisbatan zamonaviy tahdidlar sifatida ikki asosiy omilga e’tibor berish lozim. Birinchidan, Fors ko’rfazi davlatlari energetik xavfsizligiga nisbatan ichki tahdidlarning mavjudligi. Ikkinchidan bu mintaqaga nisbatan yirik davlatlarning geosiyosiy manfaatlari to’qnashuvi omili hisoblanadi. Bu omillar hozirgacha davom etib kelyapti va mintaqada beqarorlikni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda Fors ko’rfazi mintaqasi energetik xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi bir qancha ichki tahdidlar mavjud. Bulardan biri Eronning yadroviy dasturi hisoblanadi. Jahon hamjamiyatining Eronga nisbatan keskin siyosiy va iqtisodiy bosimlari arab davlatlarini jiddiy xavotirga solmoqda. Bundan tashqari Iroqdagi siyosiy vaziyatning beqarorligi va buni izga solinmaganligi Yaqin Sharq taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bizga ma’lumki Iroqda jahon neft zaxiralarining 11 foizi joylashgan. Bu ko’rsatkich mintaqaviy energetik lohiyalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu mintaqada diniy nizolarning avj olayotganligi, sunniy va shia mazhabi o’rasidagi doimiy raqobat, mintaqaga butun bir terrorizm o’chog’i sifatida qaralishi, islom dini va g’oyalariga radikal qarashlarning kuchayishi ham salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Bundan tashqari neft va gaz sohasiga xorijiy investitsiyalarning kiritilishi va ichki bozorlarga kirib borishi, iqtisodiy muhim nuqtalarning egallanishi salbiy holatdir. Bugungi kunda neft narxining keskin pasayib ketishi natijasida OPEK davlatlari katta ziyon ko’rmoqdalar. Shu boisdan mintaqa davlatlari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va eksport hajmini kamaytirish borasidagi yondashuvlaridagi ixtilof eng dolzarb masalaga aylanib qolmoqda. Neft narxining past qiymati Saudiya Arabistoni iqtisodiga katta zarar keltirdi. Qirollik hukumati budjet defitsitini qoplash uchun 24-27 74 mlrd. AQSh dollarilik davlat obligatsiyalarini sotuvga qo’ydi. Qirollik hukumati bunday holatning yuzaga kelishiga qisman o’zi ham aybdor. Saudiya Arabistoni neft narxini pasaytirib va neft qazib olish hajmini oshirib, AQShning slantsli neft inqilobiga zarba bermoqchi bo’lgan. Biroq neft “haddan ziyod” pastlab ketdi. Eronga nisbatan sanktsiyalarning bekor qilinishi esa neft bozoridagi og’ir vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Saudiya Arabistoni hukumati neftdan mamlakatning asosiy daromad manbai va energiyani ta’minlashning resursi sifatida voz kechmoqda. Saudiya Arabistoni o’z e’tiborini qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qaratmoqchi. Bu haqida Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Saudiya Arabistoni bir necha bor o’z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va neft eksportidan bog’liqlikni kamaytirish bo’yicha katta ko’lamli rejalarini e’lon qilgan. Fors ko’rfazi mintaqasi xavfsizligiga, xususan energetik xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar ham mavjud va bularga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, jahonda energetik resurslarning tugab borayotganligi va energetik ehtiyojlarning qondirilishi asosan Fors ko’rfazi davlatlari hisobiga to’g’ri kelayotganligi tahdidlar darajasini yanada oshirmoqda. Ushbu mintaqa ulkan tabiiy resurslarga boyligi sababli dunyoning qudratli davlatlari markazida turadi va hozirgi kunda ham nizolar, ichki kelishmovchiliklar hamda ziddiyatlar avj olgan siyosiy beqaror hudud hisoblanadi. Qudratli davlatlarning asosiy maqsadi mintaqadagi neft va gaz resurslarini egallash ekanligi hech kimga sir emas. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi mulohazalarini keltirish o’rinlidir. “…kimda kim neft va gaz zaxiralariga egalik qilsa, dunyoga hukmronlik qilishi mumkin degan qarashlar ko’payib bormoqda. Va aksincha – kimdaki shunday resurslar bo’lmasa, neft-gaz, uglevodorod xom ashyosiga ega boshqa davlatlarga nisbatan turli harakatlar ham sodir bo’lyapti. Chunki qudratli davlatlar yaxshi biladiki, mana shunday boylik kimning qo’lida bo’lsa, u boshqalarni o’z ta’siriga olishning kaliti, vositasi bo’lib xizmat qiladi”. Fors ko’rfazi davlatlari xavfsizligi xususan energetik xavfsizlik masalasi arab davlatlari tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lib qolmoqda. Dunyoda neft va gaz resurslarining kamayib borayotganligi va unga bo’lgan ehtiyojning oshishi Fors ko’rfazi davlatlarini ehtiyotkorona tashqi siyosat olib borishga va energetik resurslardan oqilona foydalanishga majbur qilmoqda. Bugungi kunda energetik resurslarga 75 bog’liqlik Fors ko’rfazi davlatlarini jahon siyosati va xalqaro munosabatlarda o’ziga xos o’ringa egaligini ko’rsatmoqda. Bu mintaqadagi uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan ichki kelishmovchiliklar, diniy nizolarning avj olishi, islom dini va madaniyatiga radikal qarashlarning mavjudligi va boshqa nizolar arab davlatlari taraqqiyoti va rivojiga jiddiy to’siq bo’lib kelmoqda. Neftdan siyosiy bosim sifatida foydalanish va energetik resurslarning siyosiylashtirilishi tendensiyalari hozirda ham mavjud. Saudiya Arabistoni tashqi siyosatida “yetakchi davlatlarning” o’rni. Saudiya Arabistoni yetakchi davlatlardan biri AQSh bilan faol tashqi siyosat olib boradi. Saudiya Arabistoni bilan AQSh munosabatlari barqaror bo’lib, kelajakdagi asosiy manfaatlarni davom ettirgan holda amalga oshiradi. Asosan, Saudiya Arabistoni yetakchiligi neft tranzitida, global neft narxining pasayishi, Saudiya byudjetining pasayishi, tajavuzkor terroristik harakatlar, oqilona tashqi siyosat, Saudiya – Eron ziddiyatlarini muhokama qilishda ko’zga tashlanadi. AQSh – Saudiya xavfsizlik hamkorligi va Saudiya Arabistonining global energiya bilan ta’minlashni davom ettirish uchun AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni amalga oshirgan holda, Eronning yadroviy dasturi, Suriya, Iroq va Yamandagi mojarolar, 2015 – 2016 yilning asosiy voqealari bilan bog’liq. Obama ma’muriyati rasmiylari muhim mintaqaviy sherik sifatida Saudiya hukumatiga murojaat qildi va AQSh qurol sotish va tegishli xavfsizlik hamkorlik dasturlari, Kongress nazorati bilan davom etmoqda. 2010- yil oktyabrdan boshlab, AQSh 100 milliard dollardan ortiq qiymatga ega bo’lgan qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar, harbiy kemalar, raketa mudofaa tizimlari, raketalar, bomba, zirhli transport vositalari va tegishli uskunalar va xizmatlar Saudiya Arabistoniga taklif qilgan edi. 2015 yil martdan boshlab, AQSh Saudiyaning Yamandagi harbiy harakatlarni amalga oshirish uchun AQSh qurol-yarog’ yetkazib berishi, logistik yordam berish va undan oqilona foydalangan. Kongressning ayrim a’zolari AQSh siyosatining ustuvor yo’nalishlari uchun ekstremizmga qanchalik qarshi kurashish uchun Saudiya rahbarlarining sadoqatiga shubha bildirdi. Shunday bo’lsada, Saudiya Arabistoni terrorizmga qarshi o’z munosabatini bildirib, Saudiya harbiy kuchlari 2014 yildan beri Suriyadagi Islomiy davlat harakatlariga qarshi ba’zi koalitsiya hujumlarida ishtirok etdi. Hozirgi AQSh siyosati, mintaqaviy masalalar bo’yicha Saudiya rahbarlari bilan muvofiqlashtirish va ularni ichki iqtisodiy va xavfsizlik muammolarga yordam berishga intiladi. Ayni vaqtda AQSh tashabbuskorlari Saudiya rahbarlarining qarorlari barqarorlikni ta’minlash 76 muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqda. AQSh – Saudiyaning birgalikda xavfsizlik muammolarini ta’minlash munosabatlarini belgilab beradi va Yaqin Sharq mintaqasidagi doimiy nizo va raqobatlar Saudiya Arabistoni ichki va tashqi siyosatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Eron bilan bog’liq keskin ziddiyatlar ta’siriga qarshi Saudiya rahbarlarining "Yaman, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Eronga nisbatan tahdidlar Saudiya Arabistoni xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin. AQSh - Saudiya o’rtasida davom etayotgan sheriklik, qurol sotish taklifi va xavfsizlik majburiyatlari doirasi hamda boshqa shartlarini ko’rib chiqishda AQSh Kongressi bu o’zgarishlarni ko’rib chiqishi mumkin. Amerika Qo’shma Shtatlari Saudiyaning barqarorligi va kelajakdagi rivoji bilan Saudiya Arabistoni o’rtasidagi hamkorlik Qirollik bilan Kongress o’rtasidagi manfaatlar doimiy sub’ektlaridir. Xususan, Saudiya Arabistoni rahbariyati global o’tish davrida neft narxining Saudiya Arabistoni byudjetiga bosim, agressiv terrorchilik, Saudiya-Eron ziddiyatlarini muhokamaga qo’yish Saudiya Arabistonining tashqi siyosatda yanada talabchan bo’lishini talab qiladi. Saudiyaning energiya etkazib berishdagi global mavjudligi, AQSh-Saudiya o’n yillar davomida rasmiy ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash davomida xavfsizlik va hamkorlik masalalari Suriya, Iroq, Eron, Eron yadroviy dasturi va mojarolar AQShni tashvishga solmoqda. Yamanda davom etayotgan harbiy harakatlar Amerika Qo’shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni jamoatchiligi e’tiborini qaratmoqda. Ikki davlat orasidagi ishonchsizlik kayfiyatining boshlanishining birinchi bosqichi 2001-yil 11-sentyabr voqealari bilan boshlangan. NyuYorkdagi Jahon Savdo markazi binolariga urilgan samolyotlar bortidagi terroristlarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni fuqarolari bo’lgani hamda Usama ben-Ladenning qirol oilasi bilan aloqalari, Saudiya Arabistonining islomiy radikalizmni moliyalashtiruvchi davlat ekanligi borasidagi gumonlarga asos borligini ko’rsatib berdi. Arab bahori davomida Saudiya Arabistonining ittifoqchisi bo’lmish Husni Muborakning AQSh tashabbusi bilan hukumatdan ag’darilishi ushbu ishonchsizlik kayfiyatini yangi bosqichga olib chiqqan. Keyinchalik esa Suriyadagi fuqarolar urushi davomida AQShning Rus diplomatiyasi qarshisida chekinishi va Suriyaga intervensiya uyushtirmagani Saudiyaliklar tomonidan xiyonat belgisi sifatida qarshi olindi. Hozirda Saudiya Arabistoni boshqa yadro kuchiga ega mamlakatlar bilan aloqalarni kuchaytirishga yoki har holda AQSHga ogohlantirish belgisi sifatida ular bilan yaqinlashishga harakat qilmoqda. Shunday harakatlaridan biri 201477 yil boshida Saudiya Arabistonining Livan armiyasini Fransuz qurolyarog’lari bilan zamonaviylashtirish uchun ajratgan 3 millard AQSh dollari miqdoridagi "beg’araz" yordamidir. AQSh va Saudiya Arabistoni o’rtasida yangidan umumiy manfaatdorlik Ukrainada siyosiy inqirozning boshlanishi bilan paydo bo’ldi. Rossiya Saudiya Arabistoni uchun Suriya masalasida halaqit berishdan tashqari, u Saudiya Arabistonining birinchi raqamli dushmani Eronning eng asosiy qo’llab quvvatlovchi sherigi hamdir. Hozirda G’arb mamlakatlari Qrimning Rossiyaga qo’shib olinganidan beri, Rossiyaga qarshi turli iqtisodiy va diplomatik sanksiyalarni qo’llash yo’llarini qidirishmoqda. Hozirgacha amalda qo’llanilgan sanksiyalar Rossiyaning o’z pozitsiyalaridan chekinishi uchun yetarli bo’lmadi. Aynan Ravdat-Xurayim vohasida bo’lib o’tgan uchrashuvidan ko’zlangan maqsad ham Rossiyaning energetik imkoniyatlarini cheklash uchun bir harakat bo’lishi mumkin. Agar AQSh Saudiya Arabistonini va boshqa Fors ko’rfazidagi Arab mamlakatlarini neft va gaz bahosini pasaytirishga hamda uni G’arb mamlakatlariga yetkazilishini ko’paytirishga ko’ndira olsa, bu Rossiyaning iqtisodiga katta putur yetkazishi mumkin. Lekin AQSh Saudiya Arabistonini bunga ko’ndirish uchun ko’p harakatlarni amalga oshirishi lozim bo’ladi, ayniqsa Suriya va Eron masalalarida. Rossiyaning tashqi siyosatini bayon qilish uchun eng yaxshi yo’l barqaror emas, u tashqi siyosatda Rossiyaning global yondashuvlardan kelib chiqib amalga oshiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, Rossiyaning xattiharakatlardan uning tashqi siyosati Fors ko’rfazi mintaqasiga mos kelmasligini ko’rishimiz mumkin. 2015- yil bahorida Abu Dabi shahrida Xalqaro Mudofa ko’rgazmasida (IDEX) Rossiya va Fors ko’rfazi davlatlari BAA harbiy va dengiz qurol- yarog’lari, samolyotlarga qarshi raketalar tizimini ortiqcha yetkazib berish kabi bir necha shartnomalar imzolandi. Rossiya, shuningdek, savdo, ta’lim va qurol tizimlarini texnik uzoq muddatli choralarni taklif qildi. 2015- yilda Rossiyaga Saudiya Arabistoni 10 milliard AQSh dollari hajmida investitsiya kiritgan edi. Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (SPIEF) iyun oyida so’nggi to’rt-besh yil ichida, bunday tinch atom elektr va energiya ishlab chiqarish kabi masalalar bo’yicha olti shartnomalar (Saudiya Arabistoni, Rossiya ko’magida 16 yadro reaktorlarini qurish rejalashtirmoqda) imzolamoqchi. Bundan tashqari, Rossiya prezidenti V.Putin salohiyati harbiy hamkorlikni muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoni o’rinbosari valiahd shahzoda va Mudofa vaziri Muhammad bin Salmon al Saud bilan uchrashdi. 78 Saudiya Arabistoni neft va mineral resurslar vaziri Ali bin Ibrohim al Naimi va Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak uchrashib, Saudiya Arabistoni Podshohligi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida neft hamkorlik shartnomasini amalga oshirish hamda barqarorlashtirish va bozorni takomillashtirish ikki xalqaro neft bozorida manfaati uchun ijro etuvchi dastur imzolandi. Fors ko’rfazi davlatlari bilan Rossiya iqtisodiy aloqalar rivojlanmay qolgandi. Biroq, yaqinda, Moskva va Fors ko’rfazi davlatlari, ham aniq ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni yanada yuksaltirish va rivojlantirishga qiziqish ko’rsatdi. Misol uchun, 2015- yil 25 – 30 -mayda, Rossiya Savdo palatasi, har ikki tomon yaxshi munosabatda ekanligini ko’rsatib, Jidda investitsiya ko’rgazmasida "Russian Road Show" tashkil etildi. 2015 yilda qirol Salmon o’rinbosari qirolning o’g’li Valiahd, qirollikning mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon boshchiligidagi yuqori darajali Saudiya Arabistoni delegatsiyasi, Sankt-Peterburg shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan va bir qator bitimlar va memorandumlar imzolandi, tinch yadroviy hamkorlik, infratuzilma rivojlanishi va investitsiyalar, shu jumladan. 2015- yilning 11avgust kuni bu shartnomalar Saudiya tashqi ishlar vaziri Adel AlJubeirning Rossiyaga tashrifi chog’ida tasdiqlagan. Ko’rfazi bilan iqtisodiy munosabatlarni past darajasi qisman yaqinga qadar Yaqin Sharq mintaqasi Rossiya ishbilarmon doiralari uchun kam qiziqtirgan odatda, deb aslida bilan izohlash mumkin. Ikkinchisi, asosmy e’tibor Yevropa va Sharqiy Osiyo bozorlari tomon qaratilgan edi. Bundan tashqari, Fors ko’rfazi hatto Yaqin Sharq davlatlari ichida rus tovarlari uchun ustuvor bozor sifatida ko’rilmagan edi. Binobarin, 2015 yilga kelib, Rossiya-Saudiya savdo aylanmasi 5,5 milliard dollar yoki Rus-turk savdo hajmi 31 milliard dollar, Fors ko’rfazi a’zolari o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etadi. Xitoy hozirgi kunda iqtisodi bo’yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Lekin, bu davlatda tabiiy resurslar tanqisligi bois bu mahsulotlarni Yaqin Sharq davlatlaridan oladi. Ayniqsa, Saudiya Arabistoni bilan iqtisodiy munosabatlari rivojlanib bormoqda. 1975 yilga kelib Saudiya Arabistoni bilan Xitoy o’rtasida ikki tomonlama munosabatlar o’rnatiladi, shuningdek, 1990-yilda bu mamlakat bilan rasmiy munosabatlar 1985 yildan buyon ish boshladi. 1949 yildan buyon. Saudiyaliklar Tayvan bilan diplomatik munosabatlari asosida ular Paul Mazoyer neft ta’minotining asosiy sababi hisoblanadi. Bu iqtisodiyot, savdo, sarmoya va texnologik mehnat uyushmasi hisoblanadi. 1992 va 79 1996 yilda ikki davlat o’rtasida Paul Mazoyer davlat granti investitsiya va himoya qilish shartnomasi imzolandi: Xitoy sovuq urushdan so’ng faol tashqi siyosati, Xitoy-Saudiya munosabatlar samarali hisoblanadi. 1997 yilda mamlakatlar o’rtasidagi axborot almashish, o’zaro do’stlik birlashmalari, axborot agentliklari, neft hamkorlik shartnomasi 1999 yilda imzolanadi. 2002- yilda madaniyat va bitimlar bilan bog’liq ta’lim imzolangan. Xitoy -Saudiya Arabistoni aloqalari ayniqsa neftga talab ortib borayotganligi bilan rivojlanib bormoqda. Ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmi 1990 yilda 290 million dollardan 2008-yilda 42 milliard dollarga ortib, tijorat aloqalari yanada rivojlandi. Xitoy Saudiya Arabistoniga kiyim, elektron mahsulotlar hamda boshqa mahsulotlar yetkazib beradi. 2010 yilda Xitoy bilan diplomatik aloqalar yilligi va 2015 yilda ikki tomonlama savdo aylanmasi 60 mlrd. AQSh dollarni tashkil etadi. Saudiya-Xitoy munosabatlari neft bilan bog’liq hamda bunga ko’proq urg’u beriladi. Saudiya Arabistoni Xitoyni eng ko’p neft bilan ta’minlaydigan va dunyodagi eng katta hamkori hisoblanadi. Saudiya Arabistoni, albatta, Xitoyning eng katta neft yetkazib beruvchisiga aylandi. Saudiya Arabistoni yaqin o’n yil ichida Xitoyning neft yetkazib beruvchisi sifatidagi o’rnini saqlab qoladi. Xitoyda so’nggi ikki yil davomida energetika bo’lgan talab keskin o’sdi uning iqtisodiyotida bu yaqqol ko’zga tashlandi. Xalqaro energiya agentligi hisob-kitoblariga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlarida slanets inqilobi sifatida 2035-yilda Yaqin Sharqdan Xitoyga import hajmi taxminan ikki barobarga oshadi. Saudiya importni kamaytirish uchun ichki ishlab chiqarish ko’paytirib olib, Osiyo bozorlariga eksportni yanada ko’paytiradi. AQSh Saudiya xomashyosi uchun muhim bozor bo’lishda davom etmoqda. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa Osiyo mamlakatlariga Saudiya xom neft eksporti qaryb 70 foizini tashkil etadi. 3.2. Eron Islom Respublikasi zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan jarayonlar jahonda jiddiy geosiyosiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. 2015-yil 14iyulda Venada “oltilik” xalqaro vositachi davlatlar (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya) va Eron tomoni bilan uzoq yillik muzokaralarning yakunlanishi va Eron yadro dasturi bo’yicha kelishuvga erishilgandan so’ng xalqaro maydonda yangi “eski o’yinchi” – Eron Islom Respublikasi paydo bo’lib, bu davlat istiqbolda jahonning ko’plab 80 rivojlangan davlatlarning jiddiy raqobatchisiga aylanib, mintaqaviy va xalqaro munosabatlar tizimiga sezilarli o’zgarishlar olib kirishi mumkin. Inqilobdan keyingi ilk yillarda Eron Islom Respublikasining asosiy tashqi siyosiy mo’ljaliga aylangan – “Na G’arb na Sharq”, “Amerikaga o’lim, Isroilga o’lim, Sovet ittifoqiga o’lim!”, “Islom inqilobi eksporti” kabi shiorlar shakllangan. Ta’kidlash joizki, bu shiorlar qanchalik xayoliy bo’lishiga qaramay, ular muayyan davr mobaynida Eron tashqi siyosiy yo’li shakllanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Ehtimol Eron bugungi kunda ham bu merosdan batamom qutulgani yo’q. Shu bilan birga, ma’lumki, bunday siyosat yuritishning salbiy oqibatlari tez orada namoyon bo’ldi. Shunday qilib “Islom inqilobi eksporti” g’oyasi Iroq bilan bo’lgan qonli urushda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, o’z kuchiga tayangan holda siyosatni amalga oshirishga urinish esa valyuta-moliyaviy inqirozga va ijtimoiy tanglikka olib keldi. Bu holat Eron hukumatini boshqa davlatlar bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni tiklash bo’yicha shoshilinch qarorlar qabul qilishga majbur etdi. Xuddi shu vaqtda muvaffaqiyasizlikka uchragan siyosatni faol yoyuvchisi hisoblangan Islom inqilobi posbonlari korpusi bugungi kunda Eron Islom Respublikasi zamonaviy qurolli kuchlarining ajralmas va imtiyozli qismi hisoblanadi, “Xizbulloh” harakati esa Eronning o’zida birmuncha o’z o’rnini yo’qotgan bo’lsa-da, bir qator musulmon davlatlarda, xususan, avvalo Livanda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan bo’lib, Eron rahbariyati tomonidan keng qo’llabquvvatlanadi. Shunday qilib, Islom inqilobi g’alabasining dastlabki yillarida jiddiy ta’sir ko’rsatishni boshlagan, muayyan bosqichda esa hatto Eron tashqi siyosati shakllanishida hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishni boshlagan norasmiy markaz Sharqning mayda tadbirkor va ishbilarmonlari manfaatlari shakllanishi muhiti bo’lgan “bozor” bo’lgan. 1979-yil dekabrida Eronda o’tkazilgan butunxalq referendumida yangi konstitutsiya ma’qullangan bo’lib, Xumayniy ta’biriga ko’ra u “yuz foiz Islomga mos kelishi lozim” edi. Darhaqiqat, konstitutsiyaning barcha bo’limlari orqali Eron Islom Respublikasi tashqi va ichki siyosatining barcha yo’nalishlari og’ishmay Islom aqidalariga muvofiq kelishi lozimligi to’g’risida fikr mavjud. Konstitutsiya 4-moddasi “Konstitutsiyaning boshqa moddalari hamda qonun va qarorlarga nisbatan ustuvor hisoblanuvchi” sifatida baholanib, unga ko’ra, “barcha fuqarolik, jinoiy, moliyaviy, ma’muriy, madaniy, harbiy, siyosiy va boshqa qonun va qarorlar Islom normalariga asoslanishi lozim”. Shuning uchun, Eron Islom Respublikasining asosiy tashqi siyosiy vazifasi sifatida “davlat tashqi siyosati Islom mezonlari asosida ishlab 81 chiqish, barcha musulmonlar bilan birodarona ittifoq o’rnatish va dunyoning barcha mazlumlariga beg’araz yordam ko’rsatish” belgilab qo’yilgan1. Eron Konstitutsiyasi matni shak-shubhasiz, uning qabul qilinishi davrida davlat ichki tuzilishi va jamiyat hayotining barcha jabhalarini islomlashtirish muammolari davlat diniy rahbariyatini tashqi siyosat muammolariga qaraganda ko’proq tashvishga solganligidan guvohlik beradi. Bu holatga hech bo’lmaganda yangi konstitutsiyaning 177 moddasidan faqat 4 ta modda (152-155-moddalar) tashqi siyosatga bag’ishlanganligi dalolat beradi. Shu bilan birga asosiy davlat hokimiyatining tarmoqlari va o’sha vaqt tuzilayotgan davlat institutlarining tashqi siyosiy vakolatlari noaniq belgilangan. Tabiiyki, mazkur holat keyinchalik ko’plab ta’sir markazlarining tashqi siyosatga faol aralashuviga hamda davlat oldida turgan tashqi siyosiy vazifalarni o’z nuqtai-nazaridan talqin etilishiga sabab bo’ldi. Bugungi kunda konstitutsiyaga ko’ra, davlat tashqi siyosatining ishlab chiqish va amalga oshirish vakolati Prezident, Parlament va Tashqi Ishlar Vazirligiga berilgan bo’lsa-da, bu jarayonda quyidagi sub’ektlar ham faol ishtirok etishadi: Maqsadga muvofiqlikni aniqlash kengashi, Milliy xavfsizlik oliy kengashi, Madaniy inqilob oliy kengashi, Islom fondlari, Islom inqilobi posbonlari korpusi bosh rahbariyati va boshqa ba’zi nohukumat tashkilotlar. Bu borada rossiyalik eronshunos olim N.Mamedovaning quyidagi fikriga qo’shilish mumkin: “…Respublika hokimiyat tuzilmalarining bizga namoyish etadigan Eron rasmiy siyosati, ayniqsa xorijiy davlatlar bilan o’zaro munosabatlarida, o’zining Islom tuzilmalari siymosida faoliyat ko’rsatuvchi Islom rejimining amalga oshirayotgan xatti-harakatlari bilan muvofiq kelmasligi mumkin. Bu ziddiyatga eng yorqin misol sifatida Eronning Islom tashkilotlariga bo’lgan, avvalo “Xizbulloh”ga munosabatida namoyon bo’ladi. Mazkur tashkilot bilan rasmiy aloqalar faqat siyosiy darajada amalga oshirilsa, harbiy-iqtisodiy aloqalarning mavjudligi to’g’risida esa faqat Islom tuzilmalari bilan bog’liq holda taxmin qilamiz”. Eron Islom Respublikasining siyosiy hayotida tashqi siyosiy masalalar bo’yicha shug’ullanuvchi hokimiyatning turli vakillari, jumladan boshqaruvchi ruhoniyat orasida ham ziddiyatli pozitsiyalar ochiq-oydin kuzatiladi. Zamonaviy eronshunoslikda Eron isteblishmentini EIR rahbari 1 3-modda, 16-band. Eron Islom Respublikasi Konstituttsiyasi. Fors tilidan Muhammadjon Qodirov tarjimasi. [Elektron manba]– Toshkent – 2010.– Kirish usuli:http://tashkenT.:icro.ir/uploads/228_156_alhoda2010.pdf; 82 S.A.Xomeyniy, sobiq prezidentlar M.Ahmadinajot, X.Rafsanjoniy va M.Xotamiylar bilan gavdalantiriluvchi konservatorlar, radikallar, pragmatiklar va islohotchilarga bo’lish barqaror o’rnashib qoldi. Haqiqatdan ham, bu eron liderlarining tashqi siyosiy bayonotlari birbiridan ahamiyatli ravishda farq qilib, ko’p hollarda bir-biriga zid ham kelgan. Shunday qilib, M.Ahmadinajotning tashqi siyosat borasidagi quruq dabdabali nutqlari M.Xotamiyning prezidentlik chog’larida ilgari surilgan tamaddunlar muloqoti konsepsiyasiga, X.Rafsanjoniyning AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish masalasini umumxalq referendumiga ko’tarib chiqishlar bilan ixtilofli jaranglar edi. Ammo bu o’zaro qaramaqarshiliklarni bo’rttirib yubormaslik, uning ustiga hozirgi rahbariyat orasida Islom rejimiga dissidentlarni izlamaslik lozim. Nazarimda, bu kelishmovchiliklarning mohiyati sunniylikdan farqli o’laroq, islom ta’limotini faol sharhlash imkoniyatini beruvchi shialik ta’limotidan kelib chiqadi, bundan tashqari, barcha shialarning obro’li odamlari esa “ijtihod” qilishga, ya’ni o’zgaruvchi voqelikka muvofiq ravishda Qur’on va barcha islom qonunlarini izohlash borasida rasmiy huquqqa ega. Shuning uchun Eronning o’zida diniy liderlarning bu kabi ixtilofli mulohaza va fikrlari bu mamlakatda mavjud urf-odatlar kontekstida qabul qilinadi va zinhor islom rejimining yemirilishidan guvohlik bermaydi. O’z vaqtida, inqilob yetakchisi oyatulloh R.Xumayniy mavjud muammo va uning rejimga xavfi borasida to’xtalib o’tib, quyidagilarni yozgan edi: “yetakchi musulmon dinshunoslarining kitoblarida davlat rejimi, madaniyat, siyosat, iqtisodiyot va din masalalari bo’yicha ko’plab ixtiloflar mavjud. Ular hattoki yagona fikr (ijmo) ga ega bo’lish lozim bo’lgan masalalar borasida ham mubohasa qilishlarini ko’ramiz, eshitamiz. Ilgari bu tortishuvlar nazariy izlanishlar doirasidan chiqmas edi…Islom inqilobi tufayli esa dinshunoslar va mo’’tabar din odamlarining mulohazalari tele va radioko’rsatuvlarda, gazeta sahifalarida hozirdir. Bir narsa mutlaqo aniqki, agar kimsalar yoki guruhlar orasida qarashlar borasida farq mavjud bo’lsa, bunga, zohiran ilohiyotga oid muammo ko’rinishida, asl zamirida esa yashiringan sof siyosiy sabablar mavjud bo’ladi”. Shunday qilib, Eron rahbariyati a’zolarining manfaatlari va pozitsiyalari bir-biriga to’qnash kelayotgandek qanchalik tuyulmasin, Eron yuqori hokimiyatida Islom rejimiga qandaydir muxolifatni izlash unumsiz ishdir. Shu bilan birga Eronda tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilishda shaxsning roliga ortiqcha baho berib yuborish juda qiyin. An’analarga ko’ra, Eronning oliy ruhoniyat vakillari “marja at-taqlid” nafaqat islom normalarini sharhlashga, balki dindorlar – mazkur mo’’tabar hokimiyatga 83 ergashuvchilar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan fatvolarni chiqarish huquqiga ham egadir. Islom respublikasida davlat boshqaruvining asosiy prinsipi sifatida Viloyat al-Faqih ( )والية الفقيهprinsipini kiritgan holda, oyatulloh Xumayniy markaziy hokimiyatni to’laligicha minba’d ko’rsatmalari barcha eronliklar tomonidan e’tirozsiz va muhokamasiz bajarilishi majburiy bo’lgan diniy hokimiyat qo’lida to’pladi. Ma’lumki, Islom inqilobining g’alabasidan so’ng, Eron tashqi siyosati jiddiy o’zgarishlarga yuz tutdi. Quyida zamonaviy bosqichda Eron tashqi siyosatining asosiy mazmuni keltirilgan: 1. Davlat mustaqilligining saqlanishini ta’minlash va jahonning “etakchi” davlatlariga tobelikni inkor etish; 2. Barcha musulmonlarning huquqlarini himoya qilish va butun jahondagi mazlum xalqlarga beg’araz yordam ko’rsatish; 3. Islom inqilobini eksport qilish printsipi; 4. Falastin xalqining kurashini qo’llab-quvvatlash; 5. Tinch o’zaro mavjud bo’lish va sulhparvarlik; Ushbu printsiplar Eron Islom Respublikasi Konstitutsiyasining ko’pgina qismlariga kiritilgan. Eron konstitutsiyasida turmushning turli jabhalarida – iqtisodiy, madaniy, siyosiy va harbiy hamda boshqa shu kabi sohalarda qaramlikni inkor etishga qattiq urg’u beriladi. Shunday qilib, Eronning asosiy qonuni rivojlangan davlatlar tomonidan Eron manfaatlari va resurslari ustidan ta’sir o’rnatilishiga olib keladigan har qanday usullarni qo’llashni taqiqlaydi. Misol tariqasida konstitutsiyaning 153moddasini keltirish mumkin bo’lib, unga ko’ra tabiiy va iqtisodiy resurslar, madaniyat, armiya va davlatning boshqa hayotiy jabhalari ustidan xorijiy hukmronlikning o’rnatilishiga olib keladigan har qanday shartnomaning tuzilishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, Eron tashqi siyosati konstitutsiyaning 154-moddasiga muvofiq boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik printsipini yoqlagan holda butun jahonda mazlum xalqlarning adolatli kurashini qo’llab-quvvatlaydi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, islom rejimining tashqi siyosiy kontseptsiyalari va Eronning amaliy tashqi siyosati so’nggi yillarda sifatli o’zgarishlarga uchramoqda. “G’arb ham emas, Sharq ham emas, faqat Islom”, “Islom inqilobining eksporti” kontseptsiyalari tashqi siyosatni yuritishda ochiqlik yo’lini tutishga almashdi. Eronning zamonaviy tashqi siyosiy doktrinasi mustaqil yo’l tutish va mamlakatni nafaqat mintaqaviy etakchi davlatga balki jahon siyosatining faol sub’ektiga aylantirishni nazarda tutadi. Yadro dasturi bo’yicha kelishuvning imzolanganligidan so’ng, Eron tashqi siyosatida Yevropa 84 davlatlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish asosiy yo’nalishlardan biriga aylanib, Shoh tuzumi davrida Eron tomoni mazkur taraf bilan faol savdoiqtisodiy hamkorlik olib borgan bo’lib, va, hatto kiritilgan sanktsiyalarga qaramay, bu aloqalar butunlay to’xtatilmagan edi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili F.Mogerini “Eron bilan kelishuv – Islom davlati uchun halokat” nomli maqolasida Yevropaliklar qadimdan Eron bilan madaniy va iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilish an’anasiga ega bo’lganligini, shuningdek, EIning manfaatlari faqat biznes bilan bog’liq bo’lmay, balki xavfsizlik sohasida siyosiy muloqot va hamkorlikni ham qamrab olishini qayd etadi. Yadro kelishuviga erishilgandan so’ng Eron tomonidan amalga oshirilgan birinchi qadamlardan biri Buyuk Britaniya bilan diplomatik munosabatlarning qayta tiklash bo’ldi. Bundan ilgari, Eron uchun Oyatulloh Ali Xomenei ifodalaganidek, Birlashgan Qirollik – “asosiy dushman va yovuzlik manbasi” tariqasidagi tasavvur odamlar ongida o’rnashgan edi. Ma’lumki, ko’plab eronliklar AQSh Buyuk Britaniyaning Eronga nisbatan yuritayotgan siyosatida vosita ekanligiga ishonadilar. Eron G’arb yo’nalishida tashqi siyosiy yo’lini hozirda Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan voqealar rivojini hisobga olgan holda amalga oshirmoqda. Birinchidan, Eron harbiylari ko’plab marotaba AQSh, Buyuk Britaniya va Isroilni terroristik tashkilot hisoblangan Islom davlatini yaratishda va uni qo’llab-quvvatlashda ayblab, ularni “guruhning homiylari” deb atagan. Eron rahbariyatining fikriga qaraganda, ularning maqsadi Iroq, Suriya, Liviya va keyinchalik Erondagi neft konlari ustidan boshqaruvni egallashdir. Bundan tashqari, AQShning IShIDga nisbatan xatti-harakatlari amerika elitasi tomonidan ilgari suriluvchi va AQShning manfaatlari yo’lida Yaqin Sharq mintaqasining turli kuchlari o’rtasida “kuchlar muvozanati” ni o’rnatish strategiyasi asosida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, so’nggi vaqtlarda Iroq Kurdistoni hukumati va AQSh o’rtasida aloqalarning faollashuvi kuzatilmoqda. Ehtimol kurdlar o’zlarining mustaqil davlatiga ega bo’lish borasidagi ko’p yillik orzusiga yetishda AQShning yordamiga samimiy ishonib unga tayanadilar. Shu vaqtning o’zida Eron, Turkiya, Suriya va Iroq davlatlari “kurd masalasi”ga bevosita daxldor davlatlar hisoblanib AQSh Prezidenti Ronald Reyganning “kurdlar Amerika istalgan vaqtda yondirishi mumkin bo’lgan gugurtdir” ta’birini va uning manfaatlarini yaxshi anglaydilar. Ehtimol aynan ushbu masala atrofidagi mushkul vaziyatni tushunib yetish Turkiya prezidenti Rajab Erdog’anning 2015-yil aprelda Eronga tashrif buyurishiga sabab bo’ldi. Turk prezidenti uchun mazkur tashrif oson emas edi, negaki u 85 bundan ilgariroq Eronni Yaqin Sharqda yetakchilik qilishga intilayotganlikda ayblab, Eron harbiy qismlarini Suriya, Iroq va Yamandan olib chiqib ketishini talab qilayotgan edi. Shunday bo’lsa ham umumiy “kurd muammosi”ni hal etish uchun birlashish zaruratini anglash turk tomonini Eronga tashrif buyurishiga, Eron tomonini esa Turkiya prezidentini rozilik bilan qabul qilishida muhim omil bo’ldi. Bundan tashqari, so’nggi paytlarda Eronning Rossiya bilan aloqalarining faollashuvi kuzatilib, o’zaro hamkorlikning kengayishidan har ikki tomon ham manfaatdordir. Bir tomondan, ular qo’shni davlatlar hisoblanib, ularning hamkorligi tegishli umumiy chegara hisoblangan Kaspiyni himoyalanishini ta’minlaydi. Boshqa tomondan esa, o’zaro madad ularga Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Kavkazda o’zlarining strategik pozitsiyalarini saqlashga imkon beradi. Buning isboti sifatida 2015-yil avgustida Moskvada Eron va Rossiyaning tashqi siyosiy muassasalari rahbarlarining uchrashuvi davomida bergan bayonotlari xizmat qilishi mumkin. Unda ikki davlatning Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirishga nisbatan yondashuvlarining yaqinligi e’tirof etilib, bu holat Iroq, Suriya va Yamandagi konfliktlarni hal qilishga ko’maklashish maqsadidagi tomonlarning urinishlarini muvofiqlashtirishga, hamda “Islom davlati”dan tarqalayotgan terroristik tahdid va boshqa ekstremistik guruhlarga qarshi birgalikdagi kurashni kuchaytirishga imkon berishi ta’kidlandi. Eron-Rossiya harbiy-texnik hamkorligi o’zaro munosabatlarda alohida ahamiyat kasb etib, so’nggi paytlarda faol rivojlanib bormoqda. Bu hamkorlikning istiqbollari tomonlarning faqat o’z munosabatlarini yangi sifatli darajaga ko’tarish bilan bog’liq ichki intilishlari bilan belgilanmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Moskva va Tehronni mustahkam harbiy-siyosiy aloqalarga ega bo’lishga va harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni rivojlantirishga undaydigan bir qator global va mintaqaviy omillar mavjud. Ukraina krizisi sababli Moskva Tehronga zamonaviy harbiy tizimlarni sotishda bundan buyon G’arbning va ba’zi Yaqin Sharq davlatlarining fikr-mulohazalarini kamroq hisobga oladigan bo’ldi. Kaspiyning ikki yirik davlati o’zaro o’xshash G’arbning bosimida qolganligi sababli, yuzaga kelgan holat ikki davlatni yevroatlantik blok tomonidan kelayotgan mazkur bosimni bartaraf qilish maqsadida birgalikda harakat qilishga majbur etmoqda. Eronning yana bir muhim hamkorlaridan biri Xitoydir. Bu ikki davlatning o’zaro munosabatlari pragmatizmga asoslangan. Xitoy AQShning Eronga nisbatan siyosatini amerikaliklarning o’z ustunligini 86 ta’minlash va Eronning boy uglevodorod resurslari ustidan boshqaruvni qo’lga kiritishga ochiq-oydin intilishidir deb hisoblaydi. Xitoyning neft importiga bog’liqligi 50 foizdan ortiq bo’lib, boz ustiga neftning 11 foiz dan 14 foizgacha qismi Erondan tashib keltiriladi. Xitoy tomoni yadro kelishuvi imzolanganligidan so’ng, Eron neft bozoridan Xitoy kompaniyalarini siqib chiqarishga qodir bo’lgan hamda Xitoyning energetika xavfsizligiga tahdid bo’lishi mumkin bo’lgan yangi jiddiy raqobatchilar paydo bo’lganligini anglagan holda Xitoy Eron bilan munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga qaror qildi. Xitoy rahbari Si Tszinpin 2016-yil yanvarda Tehronga tashrif buyurdi va uchrashuv davomida tomonlar o’rtasida turli sohalarni qamrab oluvchi 17 ta shartnoma imzolanib, keyingi 10 yil davomida o’zaro tovar aylanmasini 600 mlrd. AQSh dollarga yetkazish maqsadi qo’yildi. Bundan tashqari, Xitoy rahbari ikki davlat ham o’zaro manfaatli sohalarda, jumladan energetika sohasida bir-birini qo’llab-quvvatlashni davom ettirishlarini ta’kidladi. Shunday qilib, Eron rahbariyati Xitoyni o’zining tashqi siyosiy strategik hamkorlari qatorida hisoblab, bu davlat eronliklarni avvalo, nafaqat Eron iqtisodiyoti va mudofaa qobiliyatini mustahkamlanishiga ko’mak ko’rsatuvchi, balki xalqaro maydonda Eron manfaatlarini himoya qilishga qodir bo’lgan, o’zining Osiyodagi siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida jalb etadi. Eron - Fors ko’rfazi arab davlatlari. Umuman olganda Eron va “oltilik” davlatlar o’rtasida yadro kelishuvining imzolanishini Fors ko’rfazi davlatlari ijobiy qabul qilishdi deyish mumkin. Shu vaqtning o’zida Saudiya Arabistoni AQShning Eronga nisbatan siyosiy munosabatining o’zgarishidan tashvishlanishini namoyish etdi. 2015-yil sentyabrda Saudiya Arabistoni qiroli AQShga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida prezident B.Obama va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Suriya va Yamandagi vaziyat bo’yicha o’zaro fikr almashib, hamda Tehronning mintaqadagi beqarorlik faoliyatiga qarshi choralar ko’rishni muhokama etdilar. Siyosiy sharhlovchi, diplomatik va strategik tadqiqotlar bo’yicha Parij markazining muxbir-a’zosi A.Mextiyev: Saudiya Arabistoni qirolining Vashingtonga tashrifi rossiyalik mutaxassislarning Ar-Riyod G’arbning Eron bilan “yadro kelishuvi”ni Vashingtonning xoinligi sifatida qabul qilganligi taxminini voqelikka to’g’ri kelmasligini ko’rsatadi. Qirol Salmon va Barak Obamaning muhokamalari yakunlanishi bo’yicha xulosalovchi bayonotda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil al-Jubayr quyidagilarni qayd etib o’tdi: “Amerika tomoni bizni kelishuv shartlari Eronga yadro quroliga ega 87 bo’lishga imkon bermasligini va o’rnatilgan nazorat mexanizmlari samarali ekanligiga va’da berishdi. Shuningdek, kelishuv Eron shartlarni bajarishdan bosh tortgan holatda tez javob sanktsiyalar qo’llashni nazarda tutishi ham ma’lum etildi. Saudiya Arabistoni ikki oydan ortiq muddat davomida o’z ittifoqchilari bilan olib borgan maslahatlardan so’ng, bu va’dalardan qoniqqanligini e’lon qiladi”. Amerikalik mutaxassis, Jeymstaun fondining Vashington tahliliy markazining rahbari G.Hovard Vashington va Ar-Riyod o’rtasida Eron bo’yicha murosasiga quyidagicha baho berdi: “Saudiya Arabistoni Yamanga bomba yog’dirmoqda, va AQSh bunda Saudiya Arabistonining harbiy-havo kuchlariga homiylik qilmoqda. Aftidan, Vashington Yamanda bo’layotgan voqealarga ko’z yumish evaziga, saudiyaliklarning Eronning G’arb bilan kelishuvini so’zsiz qo’llab-quvvatlashiga erishadi”. Eronning O’mon, Qatar, Bahrayn bilan aloqalari ko’proq muvaffaqiyatliroq kechmoqda. Savdo aylanmasi oshmoqda, manfaatli savdo va iqtisodiy shartnomalar imzolanmoqda, turistlar qatnovi ortib bormoqda. Eron ishchilarining katta qismi shu davlatlarda joylashgan. Bu davlatlarning hukumatlari Eron bilan munosabatlarni kengaytirish va uni arab hamjamiyatiga qo’shishni yoqlaydilar. Shunga qaramay, yaqin davrgacha faol ravishda “eron inqilobi”ni arab davlatlarga eksport qilishni yoqlab kelgan Eronning tashqi siyosati borasida arablarda muayyan xavfsirash mavjud. Fors ko’rfazining aksar davlatlari Saudiya Arabistonining ta’siri ostida bo’lganligi sababli bu mintaqa davlatlarida Eron bilan begonalarcha munosabatlar saqlanib qolmoqda. Arab dunyosida Suriya va Livan davlatlari Eronning asosiy ittifoqdoshlari sifatida qolishda davom etmoqdalar. Suriya davlati butun Eron-Iroq urushi davomida Eronni qo’llab kelgan yagona davlat edi. Suriya uchun Eron ko’rsatayotgan moliyaviy yordam, va uning Livandagi pozitsiyalarini himoyalash bo’yicha iqtisodiy va harbiy yordami muhimdir. Eronning - Markaziy Osiyo va Kavkaz respublikalari bilan munosabatlari. Markaziy Osiyo mintaqasi Eron tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib qolishni davom etmoqda. Amalda bo’lgan sanksiyalarga qaramay, Eron so’nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini mustahkamlashga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, Eron va Qozog’iston ko’p marotaba do’stona va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdorligi va o’zlarining siyosiy intilishlarini tasdiqlagan edilar. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida birgalikda yaqindan harakat qilishadi. Ikki davlat o’rtasida har yili tovar aylanmasining o’sishi kuzatiladi (2012-yilda 88 678,9 mln. AQSh dollari, 2013-yilda 620,5 mln. AQSh dollari, 2014-yilda 987,1 mln. AQSh dollari). Shu vaqtning o’zida Qozog’iston bu munosabatlar o’zining Vashington, YEI va Turkiya bilan muloqotiga ta’sir etishini hisobga olgan holda Eronga nisbatan muvozanatli siyosat yuritadi. Aynan shuning uchun Ostona ShHTga a’zo bo’lish reglamentini o’zgartirishning tashabbuskori bo’lib chiqdi va uning natijasida xalqaro sanksiyalar ostida bo’lgan davlatlar tashkilot a’zoligiga kira olmasligi to’g’risida band kiritildi. Ko’pgina mutaxassislar bu taklifni Tehronni ShHTning to’liq a’zoligiga kirishi uchun yo’lini yopib turuvchi ko’tarma g’ovga aylanganligini ta’kidlashdi. Shu tariqa Qozog’iston G’arbning mintaqada “Eronni tiyib turish” siyosatini yoqlashini namoyish etib, ehtiyotkorlik va sabot bilan bu masalada AQSh va YEI manfaatlarining vositachisi bo’lib chiqmoqda. Eron va Tojikiston, shubhasiz, mushtarak tarixiy-madaniy qadriyatlar va savdo-iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni hisobga olgan holda o’zaro yaqinlashishdan manfaatdordirlar. Tehron Tojikistonni forszabon dunyoning bir qismi sifatida qabul qilganligi bois bu munosabatlarga alohida ahamiyat beradi. Eron Dushanbe bilan barcha sohalarda, jumladan, iqtisodiy sohada munosabatlarni kengaytirishga intiladi. Tojikistonda 150 dan ortiq Eron firmalari faoliyat ko’rsatadi, 2014-yil yakuniga ko’ra esa ikki davlat o’rtasida savdo aylanmasi 228 mln. AQSh dollarini tashkil etib, bu Tojikiston savdo aylanmasi umumiy hajmining 4,3 foizini tashkil etadi. Eron Tojikistonga fuqarolik urushidan so’ng davlatni tiklashda yordam ko’rsatdi. Bundan tashqari, Eron tomoni 2008-yilda Forszabon ittifoqining iqtisodiy kengashini tuzish to’g’risidagi imzolangan kelishuv asosida Eron-Tojikiston-Afg’oniston ittifoqini rivojlantirish bo’yicha ishlar olib bormoqda. Shu bilan birga Rossiya va AQShning avj olib borayotgan faoliyati va ta’siri sababli, ham Tojikiston ham Afg’oniston bu davlatlarga bog’liqlik asosida siyosat yuritadilar. Bu vaziyat “uchlar ittifoqi” faoliyatini faol bosqichga o’tishiga yo’l qo’ymaydigan omil hisoblanadi. Eron va Turkmaniston munosabatlarini haqli ravishda eng faol deb atash mumkin. Bu ko’p jihatdan ikki davlatni umumiy chegaralar birlashtirishi, ko’p asrli tarixiy va konfessional yaqinligi bilan bog’liq. Eron shimolida e’tiborli darajada turkman millatiga mansub ko’p aholisining joylashganligi mustahkam yaxshi qo’shnichilik poydevori sifatida xizmat qiladi. Ikki davlatning munosabatlari o’zaro manfaatlar asosida ham barpo etilgan. Tovar aylanmasi 1992-yildagi 52 ming dollardan 2014-yildagi 3,7 mlrd. AQSh dollariga yetdi. Turkmanistonda Eron ko’magida yuzlab sanoat ob’ektlari amalga oshirilgan yoki amalga 89 oshirish bosqichida bo’lib, ular milliy iqtisodiyot uchun muhim ustuvor ahamiyat kasb etadi. 2015-yil Qirg’iziston Respublikasi prezidenti O.Atambaevning shu yil sentabrda Eronga tashrifi, hamda Eron prezidenti H.Ruhoniyning 2016yil dekabrda Bishkekka uyushtirgan javob tashrifi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning do’stona ekanligini tasdiqladi. Bundan ilgariroq, dekabr oyining boshida Eron elchisi Ali Mujtob Ruzbahoniy Qirg’iziston sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish qo’mitasi raisi Duyshanbek Ziloliyev bilan uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlar yetarlicha rivojlanmaganligini va o’zaro savdo aylanmasi bor yo’g’i 30 mln. dollarni tashkil etishini ta’kidlab o’tdi. Qirg’iziston prezidentining Tehronga tashrifi davomida eronlik hamkasbi e’tiborli bayonot berdi: “Bugungi kunda Qirg’iziston mustaqil siyosat yuritish yo’lidan bormoqda. Biz sizlar amerikaliklarning Manasdagi aviabazasini yopganligingizni guvohi bo’ldik. Bu holat bugungi kunda xalqaro va mintaqaviy masalalarda pozitsiyalarimiz va g’oyalarimiz yaqinligidan dalolat beradi. Va bizlar bu jabhada o’z munosabatlarimizni rivojlantirishimiz mumkin. Shuningdek, bizlar zo’ravonlik va terrorizmga qarshi kurash sohalarida yaqindan hamkorlik qilishimiz lozim”. Bundan tashqari, tomonlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo’lidan borishda davom ettirishlarini izhor etdilar. Ma’lumki, O’zbekiston 1990-yillarda Eronga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini yoqlab chiqqan edi. Keyinchalik Muhammad Hotamiy prezidentlikka kelganidan so’ng munosabatlarda tiklanish kuzatildi. Oxirgi yillarda O’zbekiston va Eron o’rtasida iqtisodiy aloqalar ancha yaxshi rivojlanib bormoqda. Ushbu munosabatlar mahsuliga e’tibor qaratsak, u holda 2014-yil natijalariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash ko’rsatkichlari 374,9 mln. AQSh dollari, shu jumladan eksport – 317,8 mln. AQSh dollari, import – 57 mln. AQSh dollarini tashklil etganini ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston va Eron munosabatlarining shartnoma-huquqiy asosini 59 dan ortiq imzolangan hujjatlar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o’rtasida savdoiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo qo’shma komissiya tashkil etilgan bo’lib, 2015-yilning iyun oyida Toshkent shahrida uning 11-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Hozirgi kunda O’zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to’liq Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda. O’zbekiston va Eron munosabatlarida transport va transport 90 kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik muhim o’rin tutadi. Mamlakatimiz o’z mahsulotlarini Eronning Bandar-Abbos va Chobahor portlari orqali Hind okeaniga chiqaradi. Eron esa O’zbekiston hududi orqali Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlariga tovar yetkazib beradi. 2017-yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O’zbekiston-Eron vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo’lib o’tdi. Unda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Ibrohim Rahimpur rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Uchrashuvda iqtisodiyot, savdo, transport va tranzit kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O’zbekiston – Turkmaniston – Eron – O’mon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish o’zaro hamkorlik rivojida alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari Eron Janubiy Kavkaz davlatlari – Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya davlatlari bilan yaqin munosabatlarga ega. Bugungi kunda Eron-Ozarbayjon munosabatlari yuqori darajada sanaladi. Ikkala davlat ham xalqaro tashkilotlar doirasida chambarchas hamkorlik qiladi. Rasmiy darajada ikki davlatning munosabatlari “birodarona” deb ataladi. Eron yadro dasturi bo’yicha kelishuvga erishilgandan so’ng ozar tomoni Eron bilan munosabatlarni faollashtirib, neft-gaz sohasida bir qator takliflar bilan chiqdi. Gruziya bilan munosabatlarga Eron o’zining siyosiy rejalarini amalga oshirish, shuningdek, o’zining geostrategik va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish mumkin bo’lgan mamlakat sifatida jiddiy ahamiyat beradi. 2015-yil iyulida Eron Ozarbayjon va Gruziya fuqarolariga viza tartibini bekor qilgan bo’lib, bu Eronning mazkur davlatlar bilan ikkitomonlama yaqinlashuviga intilishidan guvohlik beradi. Eron va Armaniston o’rtasida munosabatlar deyarli ittifoqchilik darajasidadir. Doimiy ravishda oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilar, madaniy aloqalar rivojlanar va shu bilan birga ikki qo’shni mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning darajasi uncha katta emasdir. Shunday qilib, “oltilik” xalqaro vositachi davlatlarning Eron tomoni bilan yadro dasturi bo’yicha bitimga kelishi Eronga nafaqat mintaqada balki jahonda o’z mavqeini mustahkamlashga imkon bergan bo’lsa-da, ba’zi davlatlarning hanuz yetarlicha ishonchiga sazovor bo’lishga muvaffaq bo’lmadi. Bu ko’p jihatdan Eron to’g’risida shakllangan salbiy tasavvurlar bilan bog’liqdir. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, islom rejimining tashqi siyosiy konsepsiyalari va Eronning amaliy tashqi siyosati so’nggi yillarda sifatli o’zgarishlarga uchramoqda. “G’arb ham emas, 91 Sharq ham emas, balki Islom”, “Islom inqilobining eksporti” konsepsiyalari tashqi siyosatni yuritishda ochiqlik yo’lini tutishga almashmoqda. Hozirgi davrda Eronning Yaqin Sharq mintaqasidagi tashqi siyosatida Islom davlatining Yaqin Sharqdagi faoliyati va kurd omili muhim ahamiyat kasb etadi. Eron tomoni mazkur ikki omillarni AQSh va Buyuk Britaniya mintaqada o’zlarining manfaatlariga erishish maqsadida o’ziga nisbatan bosim o’tkazishda foydalanishi mumkin deb hisoblaydi. Yadro kelishuvi imzolanganidan so’ng, Yevropa davlatlari bilan aloqalarni yaxshilash va qo’shni mamlakatlar (Ozarbayjon, Afg’oniston, Iroq, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston) bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash Eron tashqi siyosatida muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Eron tashqi siyosiy yo’lida Xitoy va Rossiya alohida muhim ahamiyat kasb etib, bu davlatlar bilan munosabatlar borgan sari strategik xarakterni kasb etmoqda. Eron tomonining ba’zi Yaqin Sharq davlatlari (Falastin, Yaman, Suriya, Bahrayn), Markaziy Osiyo hamda Kavkaz davlatlariga nisbatan pozitsiyasi ilgarigidek, o’zgarishsiz qolishda davom etib, bu mintaqa davlatlarida o’z ta’sirini mustahkamlash maqsadida yaxshi va puxta rejalashtirilgan siyosiy muloqotdan vosita sifatida foydalanadi. Hozirgi davrda Eron – Turkiya munosabatlari. O’z mintaqasining yirik davlatlari sifatida Turkiya va Eron ko’pgina sohalarda samarali hamkorlik qilish uchun ulkan imkoniyatlarga egadir. Ammo, ichki siyosiy tuzum hamda tashqi siyosatda tutilgan yo’llardagi tafovutlar bilan bir qatorda, mintaqaviy ta’sirga ega bo’lish borasida o’zaro raqobat EronTurkiya munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga EronTurkiya munosabatlari rivojiga Suriyadagi holat hamda kurd masalasi jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda. 2002-yilda Turkiyada hokimiyatga “Adolat va taraqqiyot” partiyasining kelishi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga yangicha ma’no kasb etgan edi. Eronga Turkiyaning islomiy partiyasi ma’qul keladi, qolaversa ikki davlat uchun umumiy bo’lgan xavfsizlikka tahdid va xatarlarning yuzaga kelishi munosabatlarning yaxshilanishiga yordam berdi. 2003-yil yanvarida Vashingtonning Bag’dodga qarshi qaratilgan harbiy aksiyasiga tayyorgarlik avjiga chiqqan paytida Anqara mintaqada Iroq muammosini siyosiy vositalar bilan hal qilishga qaratilgan diplomatiyani faol amalga oshirishni boshlab yubordi. Bu diplomatiya muhitiga Suriya, Iordaniya, Misr, Saudiya Arabistoni, Iroq, hamda Eron kirar edi. Iroq muammosini birgalikda hal qilishga qaratilgan tashqi ishlar vazirlari darajasida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi. Vashington Iroq 92 qo’shinlarining bu formatdagi aloqalariga yetarli darajada ahamiyat bermadi, u yerda esa eng faol o’q Anqara-Tehron bo’lgan bo’lib, keyingi ikki yil davomida Anqara-Tehron-Damashq uchburchagiga aylandi. Eron va Turkiyaning xavfsizlik masalalari bo’yicha hamkorligi asta-sekin kuchayib borar edi. 2004-yil iyulda Turkiya Bosh vazirining Tehronga qilgan safarida ikki tomon hamkorlik to’g’risida kelishuvni imzolab, unda Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) ga terroristik tashkilot sifatida ta’rif beriladi. Shu davrdan boshlab ikki davlat chegaralarni himoyalash borasida hamkorlikni boshlashdi. Turkiya-Eron muloqoti garchi bir qator muammolarga ega bo’lgan bo’lsa ham, ammo o’sib borayotgan ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar va energetika sohasidagi hamkorligi bilan ham mustahkamlanib borar edi. 2007-yilda ikki davlat o’rtasida savdo hajmi 4,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 2007-yilda Eronda 40 dan ortiq turk firmalari faoliyat olib borgan bo’lib, shu bilan birga turk investorlari uchun Eron bozorining jozibadorligi oshib borishni davom etar edi. Eron Turkiyaga tabiiy gaz yetkazib berish bo’yicha Rossiyadan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Ikkitomonlama aloqalardagi keyingi qadam 2007-yilda Eron va turkman gazini Yevropaga Eron va Turkiya hududi orqali o’tkazish masalasiga bag’ishlangan “Maqsadlar to’g’risida memorandum” ning imzolanishi bo’ldi. Tomonlar tabiiy gazni tashish bo’yicha turk-eron korxonasini tuzishga kelishib olishdi. 2009-yil Eron-Turkiya munosabatlari uchun yanada sermazmum bo’lib, u ikki davlat munosabatlari chuqurlashuvi nuqtai-nazaridan muhim davrga aylandi. 2009-yil yanvarda Turkiya Bosh vaziri T.Erdog’an Bryusselda agar Eron “Nabukko” gaz quvuri loyihasida ishtirok etmasa u haqida gapirishning o’zi behuda deb fikr bildirdi. Eron Isroil yuritayotgan siyosatga qat’iy qarshi va hatto bu davlatning mavjudligi uni qoniqtirmaydi. Turkiya esa ham Falastin ham Isroil bilan munosabatlarni yuritib, xalqaro huquqqa muvofiq holda mo’’tadil siyosat olib borishga harakat qiladi. Turkiya va Eron davlatlarining Falastin muammosiga yondashuvidagi bo’linish bu ikki davlatning AQShga bo’lgan turlicha munosabati bilan izohlanadi. Erondan farqli ravishda, Turkiya AQSh bilan yaqin munosabatda bo’lib, tez-tez AQSh va mintaqa davlatlari, jumladan AQSh va Eron o’rtasidagi munosabatlarda rasmiy va norasmiy vositachi vazifasini bajaradi. Eron-Turkiya munosabatlari nafaqat G’arbda balki Yaqin Sharqda ham kuzatib boriladi va tahlil etiladi. Bunga misol sifatida 2010-yilda Misrning nufuzli haftalik “Al-Ahrom” jurnalining mulohazasini keltirish 93 mumkin. Unda jumladan bunday deyiladi: “Arab dunyosi Turkiyaning o’sib borayotgan mintaqaviy ta’siriga guvoh bo’lmoqda. U AQSh va Isroilning strategik hamkoridan nisbatan mustaqilroq siyosiy platformaga siljidi. Muvaffaqiyatli arab raqobatining yo’qligi tufayli Turkiya va Eron Yaqin Sharq kelajagiga tadrijiy va har tomonlama nazar solish asosida shakllantirish tashabbusini o’z zimmalariga oldilar. Ushbu kelajakni ko’rish ikki davlatning nuqtai-nazarlari tafovuti darajasida bir-biridan farq qiladi”. 2010-yilda Turkiya-Eron munosabatlarida Eron yadro dasturi muhim masala sifatida qolishni davom etib, bu borada Turkiya butun davr mobaynida o’zgarmas fikriga asosan yo’l tutishni davom etdi. Turk pozitsiyasi asosida kuch ishlatish imkoniyatini rad etgan holda oliy turk rahbariyati tomonidan doimo yoqlab kelingan muammoni diplomatik yo’l bilan hal etish printsipi yotar edi. 2010-yilda Tehronda Eron, Turkiya va Braziliya TIV rahbarlari tomonidan uch yoqlama shartnomaning imzolanishi Eron muammosini hal etishga qaratilgan muhim urinish bo’ldi. Shartnoma Turkiya hududida kam boyitilgan Eron uranini yuqori boyitilganiga almashtirishni nazarda tutar edi. Turkiyaga saqlash uchun 1200 kg kam boyitilgan (3,5 foizgacha) uranni topshirish va Eron tomonidan yiliga Tehron tadqiqotlar reaktori uchun zarur bo’lgan 120 kg. yuqori boyitilgan (20 foizgacha) uranni qabul qilishga kelishib olingan edi. Ammo haqiqiy voqealar rivoji Tehron uch yoqlama shartnomasi asosan muammoni hal etish borasida siljish yuz bermaganligini va faqat ikki natijaga olib kelganini namoyish etdi. Shartnoma Eronga yangi sanktsiyalarni qo’llash muhokama etilayotgan davrda paydo bo’lgani sababli Eron birmuncha vaqtdan yutdi, Turkiya esa keskin global muammoni hal etishda o’zining tinchlikparvar imidjini mustahkamlab oldi. Turkiya BMT XKda o’zining vaqtinchalik a’zoligidan foydalangan holda 2010-yil iyunda Eronga xalqaro sanksiyalarni kiritishga qarshi ovoz berdi. Garchi bu ovoz hech narsani hal qilmagan bo’lsa-da, u Tehron bilan munosabatlarni mustahkamlash yo’lida ijobiy rol o’ynadi. 2011-yilda boshlangan “arab bahori” voqealari Yaqin Sharq statuskvosida jiddiy o’zgarishlarga olib keldi hamda Turkiya va Eron o’rtasida raqobat ob’ektiga aylandi. Eron “arab bahori”ning dastlabki oylarida xalq ommasi chiqishlarini “islomiy uyg’onish” deb baholadi va yuz berayotgan voqealarni qo’llab-quvvatladi. Ammo g’alayonlar Suriyada boshlanganda, Eron rahbariyati butunlay qarama-qarshi pozitsiyani namoyish etdi, negaki Eronni qo’llab-quvvatlovchi Suriyadagi mavjud siyosiy rejimning o’zgarishi Tehron geosiyosiy manfaatlariga putur yetkazishi mumkin edi. Islom inqilobining ma’naviy lideri oyatulloh A.Xomenei “arab bahori 94 AQSh, Isroil va arab davlatlari tomonidan tashkil etilgan va ularning manfaatlariga xizmat qiladi, shuning uchun Eron Suriya tomonda bo’ladi” deb fikr bildirdi. O’zining strategik hamkorini saqlab qolish maqsadida Eron Suriyaga yordam ko’rsatishni boshladi. Turkiya esa Suriya rahbariyatini tanqid qilishdan boshlab, Damashqdagi rejimning o’zgarishiga umid bog’lagan holda hukumatga qarshi kuchlarni qo’llabquvvatladi. 2013-yil avgustda Eronda yangi prezident Hasan Ruhoniyning hokimiyatga kelishidan so’ng turk-eron munosabatlari va ikki tomonlama hamkorlikda ma’lum iliqlik yuz bergani kuzatildi. 2014-yanvarda Eronga Turkiya Bosh vaziri T.Erdog’anning tashrifini “turk-eron munosabatlarida so’nggi ikki yil davomida kuzatilgan keskinlikni yengib o’tish uchun qulay imkoniyat sifatida baholash mumkin”. Tashrif davomida 10 yildan ortiq davr mobaynida muzokaralari olib borilgan savdo hamkorligi to’g’risida turk-eron savdo shartnomasi imzolandi. Kelishuv Turkiyaga Erondan import qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlariga, va Eronga Turkiyadan import qilinadigan sanoat tovarlari savdosida imtiyozlar berib, bu sohada zarur bo’lgan tartibga solish mexanizmini nazarda tutadi. Erdog’an Eronni o’zining ikkinchi uyi deb atab 2015-yilga qadar davlatlar o’rtasida tovar aylanmasi 30 mlrd. AQSh dollariga yetishiga umid bog’lashini ma’lum qildi. 2014-yil iyunida prezident Ruhoniy katta delegatsiya bilan Anqaraga tashrif buyurdi va bu voqea Eron davlat rahbarining so’nggi 18 yil ichidagi birinchi tashrifga aylandi. Muzokaralar davlatlar aloqalarni rivojlantirishni mo’ljallayotganini namoyish etdi. Shu bilan bir qatorda ular mintaqada yuz berayotgan geosiyosiy jarayonlarga turlicha munosabatda edilar. Muzokaralar natijasida tomonlar strategik hamkorlikning oliy darajadagi mexanizmini yaratishga kelishib olishdi. Jami 10 ta shartnoma imzolanib asosan, iqtisodiyot, energetika, turizm va ekologiya sohalarini qamrab olar edi. Shunday qilib, o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, Turkiya va Eron iqtisod va energetika sohalarida hamkorlikning kengayishidan o’zaro manfaatdordirlar. Eron esa G’arb kiritgan sanktsiyalar ziyonini shu tariqa to’ldirishga intiladi. Ikkala davlat uchun ham separatizm va terrorizm dolzarb muammo hisoblanadi. Anqarada bu masalada hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvga erishildi va terrorizmning barcha shakllari bilan kurashda birgalikda harakat qilish zaruriyati qayd etilgan edi. Harvard universiteti olimi, Eron tashqi siyosati bo’yicha mutaxassisi va kelib chiqishiga ko’ra eron millatiga mansub doktor Majid Rafizoda Eron tashqi siyosatida Turkiyaning o’rnini quyidagicha baholaydi. “Mintaqada geosiyosat va 95 kuchlar muvozanati masalasi ko’tarilgan paytlarda Eron etakchilari Fors ko’rfazining arab davlatlarini ittifoqdosh emas, balki ko’proq o’zining raqibi deb bilishadi. Va bu holat Eron etakchilarini Turkiyani mintaqadagi asosiy va muhim strategik, geosiyosiy va iqtisodiy ittifoqchi sifatida qabul qilishga majbur etuvchi asosiy sabablardan biridir”. Amerikalik tadqiqotchi eronlik liderlar Turkiya bilan savdo qilish orqali AQSh va xalqaro sanksiyalarning ta’sirini kamaytirishga muvaffaq bo’lganini ham qayd etadi. 2015-yil 2-aprelda Lozannada Eronning yadro dasturi bo’yicha muzokaralar yakunlandi. “Milliyet” nomli turk gazetasi ilgari Eron o’zining yadroviy majburiyatlari haqida ochiq gapirishni xohlamaganligini qayd qiladi. Bu safar esa Erondagi barcha yadroviy qurilmalar qat’iy va doimiy xalqaro nazorat ostida bo’lishi haqida gap bormoqda. Ammo Eronga va imzolangan shartnomaga ishonchsizlik bildirishni davom etayotganlar ham bor. Birinchi navbatda, Isroil, Saudiya Arabistoni va Fors ko’rfazi davlatlari shartnomaga “sovuq” nazar tashlamoqdalar. Bu kabi ishonchsizlik va shubhalar AQSh kongressida ham mavjud. Eron yadro dasturi bo’yicha kelishuvga erishish Yamanda urush boshlanishining sabablaridan biri bo’ldi deb ta’kidlash mumkin. Venada 2015-yil iyulda Eron va “oltilik” o’rtasida yadro dasturi bo’yicha kelishuvning imzolanishi butun jahonda, jumladan Turkiyada ham mamnuniyat hissini yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Va birinchi navbatda, kelishuv Turkiyaning ishbilarmonlar doiralarida katta umid va rejalarni tug’dirdi. Turk-Eron savdo-sotiq kengashining raisi R.Eser sanktsiyalarni olib tashlash ikki yil ichida tovar aylanmasini 30 mlrd. AQSh dollarigacha ko’tarish imkonini berishini ma’lum qildi. Yaqin Sharq strategik tadqiqotlar markazi mutaxassisi A.Keskinning fikricha, “Turkiya va Eron Yaqin Sharqda qarama-qarshi geosiyosiy kurash holatidadir. Va bu kurash butun Yaqin Sharqni, jumladan, Suriya, Iroq va Yamanni ham o’z ichiga oladi. Eron Turkiyaning diplomatik va siyosiy tashabbuslarini o’ziga nisbatan qarshi qaratilgan faoliyat deb baholaydi va shu sababdan mintaqada turk ta’sirini va imkoniyatlarini cheklashga harakat qiladi. “Arab bahori” esa ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda keskin o’zgarish yasagan nuqta bo’lib, ularni bir-biriga zid qo’ydi. Anqara va Tehron Yaqin Sharqni yangidan shakllantirishda yetakchi rolni qo’lga kiritish maqsadida Suriyadagi vaziyatni hal etish borasida xalqaro tashabbuslarni ishlab chiqishda faol ishtirok eta boshladilar. Agar Turkiyada “Suriya do’stlari guruhi”ning qurultoylari bo’lib o’tgan bo’lsa, Eron 2013-yil mayida 40 dan ortiq davlat ishtirokida Suriya bo’yicha xalqaro konferensiyani o’tkazdi. Tehron konferensiyasiga Turkiya, 96 shuningdek, Prezident Bashar Asadning Yaqin Sharqdagi yana boshqa ikki dushmani - Saudiya Arabistoni va Qatar taklif etilmadi. Turkiya Damashq bilan urush olib borayotgan Erkin suriya armiyasiga o’z hududida bazalar tuzishga ruxsat etib, front ortida esa razvedka ma’lumotlarini yetkazish orqali ularga ko’maklashdi. O’sha vaqtning o’zida Eron qurolli kuchlarining otryadlari hukumat kuchlari tomonda Suriyadagi qurolli to’qnashuvlarda ishtirok etishar edi. Tehron Iroqdan tranzit hudud sifatida foydalanib Damashqqa qurol-yarog’ va texnika yetkazib berish bilan yordam ko’rsatdi. Shunday qilib, Eron va Turkiya Suriya muammosi bo’yicha o’z pozitsiyalarida umumiy bo’lgan jihatlarni topish va belgilashga urinib ko’rdilar va bu holat tomonlarning o’zaro mintaqaviy ziddiyatlarini “tamadduniy izda” saqlab qolishga va Suriyadagi krizis holatining Turkiya va Eron o’rtasidagi ikkitomonlama munosabatlariga salbiy ta’sir etishini oldini olishga intilishlaridan guvohlik beradi. Aytish mumkinki, Suriya krizisida Turkiya va Eron kurashayotgan boshqa-boshqa tomonlarni qo’llab-quvvatlashda davom etishlari shakshubhasiz bo’lib, ular muammoni hal etishda o’zlarining mintaqaviy manfaatlarini eng ko’p darajada amalga oshirishga imkon beruvchi natijaga intiladilar. Shu sababdan, Suriyadagi vaziyat Anqara va Tehronning Yaqin Sharqdagi mintaqaviy raqobati rivojining harakati va o’zgarishini belgilovchi omil sifatida eron-turk munosabatlarida o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Ma’lumki, Eronning yadro quroli uchun xomashyo hisoblangan uran qazib olish va uni boyitishni tiklashini ma’lum qilgani AQSh va Eron munosabatlarini yomonlashtirdi. Bundan tashqari, 2019 yilning may oyida Fors ko’rfazining BAA hududiy suvlarida turgan 4ta tanker noma’lum tomonning hujumiga uchradi. Bu voqealardan bir necha kun avval AQSh Eronning savdo kemalariga hujum qilishidan ogohlantirgandi. Bu voqealar AQSh Eron bilan yadro kelishuvidan chiqishi ortidan sodir bo’ldi. Iroqlik harbiylar 2019 yilning 19 may kuni ko’rfaz tomondan Iroq hududiga raketalar uchib kelganini ma’lum qilishdi. Raketalar Bag’doddagi AQSh elchixonasi yonidagi bo’sh erga borib tushgan. Bu raketalar nima maqsadda otilganini tushunish qiyin emas. Eron ayni damda juda qiyin iqtisodiy holatga tushib qolgan. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, bugun Eron 1980yillardagi Iroq bilan urushdagidan ham yomonroq holatda. 97 «Urush vaqtida bizda hozirgi kabi neftni sotish, eksport yoki import uchun muammo yo’q edi. Faqat qurol-yaroq sotib olishda qiynalganmiz, xolos», deydi Ruhoniy hozirgi holat yomonroq ekaniga ishora qilib. O’tgan yili Donald Tramp ikki mamlakat o’rtasidagi kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketganidan so’ng Eronga nisbatan sanktsiyalar ko’paydi. Sanktsiyalarning eng asosiysi Eron neftiga qaratilgan va bu xomashyo savdosi mamlakat iqtisodiyotining katta qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, AQShning yirik korxonalariga Eron bilan to’g’ridanto’g’ri aloqa qilish taqiqlangan. Dunyoning boshqa davlatlaridagi AQSh bilan aloqasi yaxshi bo’lgan yirik korxonalar ham o’z-o’zidan Eron bilan savdo aloqalaridan voz kechgan. Xalqaro valyuta fondi Eronning 2019 yilgi YaIMi 6 foizga tushishini prognoz qilgan. Biroq bu ko’rsatkich sanktsiyalar keskinlashishidan avval qayd etilgan va yangi ko’rsatkichlar ancha past bo’lishi taxmin qilinmoqda. Chunki, yaqinda sanktsiyalardagi istisnolar ham olib tashlandi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Turkiya kabi ishlab chiqarishi Eron neftiga bog’liq bo’lgan davlatlar sanktsiyalardagi «istisno» bandiga ko’ra Erondan neft olishi mumkin edi. Ammo Eron endi bu davlatlarga ham «qora oltin» sota olmaydi. AQShning yana ikki harakati Eron siyosatchilari, xususan oyatullohning «asabini qitiqladi». Davlat departamenti Eron islom inqilobi soqchilarini, ya’ni mamlakatning eng qudratli qo’shinlarini terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritdi. O’zining asosiy armiya qo’shinlariga nisbatan bu munosabatni Eron tomoni turgan gapki haqorat deb qabul qildi. Bundan tashqari, Eron AQShning Hurmuz bo’g’ozini yopib qo’yishga urinayotganidan darg’azab bo’lmoqda. Axir bu neft savdosi uchun mintaqadagi eng katta yo’lak hisoblanadi. Butun dunyodagi neft xomashyosining naq 20 foizi aynan mana shu bo’g’oz orqali o’tadi. AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Eronga qarshi urush qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yozdi. «Eron biz bilan urushmoqchi bo’lsa, bu ular uchun yakun bo’ladi. AQShga tahdid qilish yaxshilikka olib kelmaydi», dedi Tramp urush bo’lsa, AQSh Eronni kunpayakun qilajagiga ishora qilib. Bu ikki davlat bir-birini har xil chiqishlar orqali qo’rqitishni xush ko’rishadi. AQSh Eronning terrorizmga homiylik qilayotgani va bu davlatdagi yadro quroli insoniyat uchun xavfli ekanini aytib, turli sanktsiyalar qo’llab kelsa, forslar AQShning agressorligini iddao qilishadi. Boshqa frontlarda 98 davom etayotgan urush qurolli to’qnashuvga aylanishini kutish mumkinmi? Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Tramp Eronning yadro quroli ishlab chiqarishiga yo’l qo’ymasligini aytdi. Shu bilan birga, AQSh etakchisi Eron bilan urush holati yuzaga kelishi mumkinligini istisno qildi. «Men urush kovlaydiganlardan emasman. Urush bo’lishi xohlamayman, chunki u iqtisodga katta zarar keltiradi. Bundan tashqari, urushda odamlar o’ladi va bu eng yomoni», dedi Tramp Fox News kanaliga intervyu berar ekan. Ammo uning harakatlari vaziyatni yumshatishga xizmat qilmayotgani ham bor gap. Masalan, AQSh Fors ko’rfazidagi harbiy kemalar sonini oshirgani yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi aniq. Shu o’rinda Eron ham urushni xohlamaydi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri bu borada Eronning pozitsiyasini kiborlik bilan e’lon qilingan bayonotida ma’lum qildi: «Urush bo’lmaydi, chunki biz buni xohlamaymiz. Mintaqada biz bilan ziddiyatga borishga jazm qiladiganlar yo’q». Xullas, Eron va AQSh o’rtasidagi munosabatlar borgan sari taranglashmoqda. Bu esa shundog’am uzoq yillardan buyon siyosiy barqarorlikdan mosuvo bo’layotgan Yaqin Sharq uchun yaxshilik olib kelmasligi aniq... 3.3. Turkiya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustivor yo‘nalishlari Turkiya bugungi kunda jahon miqyosida ta’siri va obro’si ortib bormoqda, buni uning iqtisodiy salohiyati va faol tashqi siyosati bilan izohlash mumkin. SHu bilan birga Turkiya tashqi siyosati ikki asosiy oqim vakillarining qarashlari to’qnash kelganligini kuzatish mumkin: kamolchilar va yangi usmoniylar vakilllari. Har bir davlat tashqi siyosati muayyan g’oyalar va qarashlar ta’siri ostida bo’ladi. Mamlakat rahbariyati bu g’oyalarni tanlab oladi, “ulashadi”, yoyadi. So’ngi paytlargacha panturkchilik, kemalchilik, neosmanizm kabi g’oyalar kuchli doktrina bo’lib kelgan. Garchi zamonaviy tashqi siyosiy doktrina ularning hech biri bilan bog’liq bo’lmasada, o’sha g’oyalar milliy tashqi siyosatning shakllanishiga ma’lum bir ta’sirini o’takazadi. Keng ma’noda panturkchilik – bu shunday bir mafkura bo’lib, barcha turkiy davlatlarning birlashishini birinchi o’ringa qo’yadi va bu g’oyani turkiy davlatlar konfederatsiyani tuzilishi bilan amalga oshirishini nazarda tutadi. Panturkchilik bundan 100 yil oldin 99 Turkiyadan tashqarida panslavizm g’oyasiga qarshi turish maqsadida paydo bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan Turkiyaga kelib, bu yerda yangicha ko’rinish va ma’nosiga ega bo’ldi. A.B. Burashkinovaning takidlashicha “panturkchilik o’zligini saqlab qolish uchun bilashishga intilgan kichik turkiy etnik guruhlarning himoyaviy mafkurasidan qayta shakllanib borgan. Natijada Usmoniylar imperiyasini unitar bir millatli turkiy davlatga aylantirishga urinayotgan ko’p sonli millat va uning elitasining qo’lidagi g’oyaviy quroli bo’lib qoldi”1. Ilk marta panturkizm g’oyalari Yosh turklarning “Birlik va taraqqiyot” partiyasi dasturida o’z siyosiy ifodasini topgan. Hozirgi kunda panturkizm – neopanturkizmning Turkiyadagi namoyondasi ultra o’ng konservativ PND partiyasi va uning harbiy qanoti (“Kulrang bo’rilar”). Panturkchilik tarafdorlari doimo parlamentga kira olgan bo’lsa ham, ushbu g’oya Turkiya tashqi siyosatini belgilamagan. Neopanturkizm ko’p jihatdan neosmanizm bilan o’xshashdir. Neosmanizm – bu Turkiyaning sobiq mustamlaka mamlakatlariga o’z ta’sirini qayta tiklashini targ’ib etuvchi doktrina. Ular kelib chiqishi, geografiyasi, strategik maqsadlarida farqlanadi. Panturkchilik – neopanturkizm chetdan kirib kelgan bo’lsa, neousmoniylik chinakam turkiy g’oyadir. Neopanturkizm ko’proq mustamlaka hududlarini (Bolqon yarim oroli, Qrim, Kipr, Rodos, Kavkaz, Levant, Iroq, Eronning bir qismi, Jazoir, Liviya, Misr) qaytarib olish, hamma turkiy xalqlar davlatlarini (Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari (Tojikistondan boshqa), Rossiya tarkibidagi turkiy xalqlar, Xitoydagi Uyg’uriston) birlashtirishga yo’naltirilgan g’oyadir2. Panturkchilik Turkiyani etnik qarindosh davlat va xalqlarni birlashtiruvchisi bo’lishini, unga yangi geosiyosiy hududdagi mintaqaviy “yetakchi davlat” (derjava) unvoni berilishini ilgari suradi. Neusmoniylikning asosiy strategik maqsadi bu Turkiyani shunchaki mintaqaviy yetakchi davlatga aylantirish emas, balki millatlar va davlatlararo boshqaruv tizimining markazlaridan biri bo’lishiga erishishdir. Neousmoniylikda usmoniy va islomiy merosga e’tibor qaratiladi. Biroq bunda Yaqin Sharq va Bolqondagi turk mustamlakachiligini qayta tiklash, hamda islom huquq tizimini kiritish nazarda tutilmayapti. Neousmoniylik – o’z uyidagi antiklerikalizmning mo’’tadil shakli va 1 Бурашникова А.Б. Неопантюркизм и неоосманизм во внешней политике Турции // Известия Саратовского университета. Новые серии. Серия «История. Международные отношения». –2013. –№ 2. –С.66. 2 Добаев И.П. Исламский радикализм: генезис, эволюция, практика. –Ростов-на-Дону: СНК ВШ, 2003. –С. 143. 100 tashqi faoliyatda aktiv xatti-harakatlar demakdir. Bunda asosan, “yumshoq kuch” usuli bilan, ya’ni iqtisodiy, madaniy, diplomatik, siyosiy ta’sir qilish orqali faoliyat olib boriladi. Neousmoniylik doktrinasi kurdlar masalasini hal qilishda madaniyatlar xilma – xilligi musulmon birdamligi kabi omillardan foydalanadi. Turklar va kurdlar assimilyatsiya qilmoqchi bo’lgan Kamolchilardan farqli o’laroq ular birlashtiruvchi omil sifatida islomga urg’u beradi. Usmoniylar davrida bo’lgani kabi islom turklar va kurdlar umumiy bayroq sifatida qaraladi. Neousmoniylik doktrinasi Turkiya buyukligiga qaratilgan. Bu doktrina tarafdorlari nazarida Turkiya geografik, strategik va madaniy jihatdan Usmoniylar yoki Vizantiya kabi mintaqaviy yetakchi davlatdir. Komolchilik nuqtai nazaridan (Yangi) Neousmoniylikning da’vogarona tashqi siyosiy maqsadlari reallikdan uzoqdir. (Yangi) Neousmoniylikda Kurdlarga madaniy huquq berish va islomning siyosiy rolini kuchaytirish dunyoviy, respublikaviy me’yorlardan uzoqlashish bo’lib, xatarlidir. Kamolchilik uchun (Yangi)Neousmoniylik fikrlash tarzi Turkiya milliy manfaatlariga ziddir. U Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoga nisbatan panturkizm va islomning faollashuvini ma’qullamaydi. Zeroki, ular haqiqiy milliy tashqi siyosat tamoyillariga ziddir. Bundan kelib chiqadiki, kamolchilik uchun mavjud tashqi siyosat pozitsiyalarini saqlab qolish muhimroqdir, xususan, mintaqada separatistik kurdlar harakatini cheklash. Davlat hokimiyati “Adolat va taraqqiyot partiyasi”ga o’tgandan so’ng, panturkchilik, neousmoniylik, kamolchilik butunlay o’rnini globalizm doktrinasiga bo’shatib berdi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu dotrinani yangi usmoniylik bilan almashtirib yuboradilar, chunki ularning o’xshash jihatlari ko’p. Bugun Turkiya globalizmining yirik tarafdori sobiq Tashqi ishlar vaziri Axmad Dovutog’lu o’z asarlarida globalizm doktrinasini asoslab bergan: “Muqobil paradigmalar - 1993”, “Svilizatsion o’zgarish va musulmon dunyosi - 1994”, “Strategik qudrat - 2001 ”, “Global inqiroz 2002”1. Dovutog’luning eskicha geosiyosiy shakllangan tashqi siyosiy qarashlari XX 90 – yillari oxiri 2000 – yillar boshida jiddiy o’zgarishlarga duchor bo’ldi. U Turkiya o’zining tarixi va geografik joylashuvi uni global 1 Davuto lu A. Alternative Paradigms: The impact of Islamic and estern eltanschauungs on Political Theory. Lanham: University Press of America, 1994; Davuto lu A. Civilizational Trans formation and the Muslim orld. Kuala Lumpur: Mahir Publications, 1994; Davuto lu A. Stratejik Derinlik: T rkiye’nin Uluslararas Konumu. stanbul: K re Yay nlar , 2001; Davuto lu A. K resel Bunal m: 11 Eyl l Konu malar . stanbul: K re Yay nlar , 2002. 101 yetakchi davlatlardan biriga aylantiradigan ulkan strategik potensialga ega deb, ta’kidlaydi. A. Dovutog’luning fikricha, bo’lg’usi markaziy yetakchi davlat bo’ladigan Turkiya Bolqon va O’rta Sharqqa o’z ta’sirini o’tkazuvchi davlatga aylanishi bilan cheklanib qolmasligi kerak. U dunyoning bir necha mintaqalarida yetakchi davlatga aylanishi uchun intilishi shart. A. Dovutog’luning fikricha, Turkiya bu Bolqon, O’rta Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Kaspiy, O’rta Yer, Qora dengizlar va Fors Ko’rfazi mamlakatidir. U mintaqalarning barchasiga ta’sir o’tkazishi mumkin. Va shundan kelib chiqqan holda global aktor bo’lishga haqlidir. U Turkiyaning islom va G’arb o’rtasidagi ko’prik deb qaralishiga qarshi chiqadi, chunki bu uning global ahamiyatini kamaytiradi. Turkiya o’zining tarixiy va jug’rofiy o’rnidan kelib chiqib, o’ta faol tashqi siyosat olib borishi kerak. Bunga erishish uchun Turkiya “Soft power” siyosatidan foydalanishi kerak. Bunday kuchni unga mintaqalar bilan tarixiy –madaniy aloqalari, demokratik institutlar, gullab – yashnayotgan bozor iqtisodiyoti beradi. Turkiya o’zining jamiyat va siyosat ustidan harbiy hukmronlikning uzoq tarixi meros qilib qoldirgan militaristik imidjidan voz kechishi kerak. Buning o’rniga u nizolarni hal qilish va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik qilishga yo’nalishi kerak. A. Dovutog’luning fikricha, Turkiya o’zining global strategik maqsadlariga yetishish uchun ikki shartni amalga oshirishi kerak1: 1) uning ichki siyosati bilan; 2) uning qo’shnilari bilan munosabatlariga bog’liqdir. Turkiya ichki siyosati kurt masalasini hal etish kerak va Turkiya jamiyatining islomiy va dunyoviy elementlarning tobora o’sib borayotgan qarama-qarshiligini bartaraf etish kerak. A. Dovutog’lu bu nizolarni liberal prinsiplar asosida hal etishni taklif etadi. Turkiya kurt muammosini hal qilsa, jamiyatning turli qatlamlari o’rtasida kelishuvga erishsa (dunyoviy va diniy) o’z global imkoniyatlariga erishadi. 30 ming yildan beri davom etib kelayotgan va odamni boshiga yetgan kurd masalasi jamiyatni parokandalikka olib keldi va Turkiya byutjeti uchun og’ir yuk bo’lib, mamlakatning Sharqiy va Janubiy Sharqiy hududlari iqtisodiy rivojlanishiga to’sqinlik qildi. Tashqi siyosatda Dovutog’luning hisoblashicha, Turkiya o’zining qo’shnilari bilan mavjud bo’lgan muammolarini hal qilishi kerak. Turkiya yetakchi davlatga aylanishi uchun an’anaviy xavfsirashlardan forig’ bo’lishi kerak va o’zining barcha qo’shnilari bilan iliq munosabat o’rnatishi kerak. Dovud o’g’lu ta’kidlagan ediki Turkiya tinchlikni o’rnatish yo’nlishini rivojlantirib, mintaqaviy va 1 Davuto lu A. Stratejik Derinlik: T rkiye’nin Uluslararas Konumu. – stanbul: K re Yay nlar , 2001. –Р.34-37. 102 xalqaro muammolarni hal qilishda ko’maklashib, global aktor majburiyatlarini o’z zimmasiga oldi. Turkiya nizoli hududlarga harbiy yordam jo’natib qolmasdan, gumanitar yordam ham jo’natishi va shu orqali transmilliy boshqaruv tizimiga mamlakatlarni integratsiyasiga ko’maklashishi kerak. Turkiya ichki ishlar hisobiga ko’ra 2005-2006-yil ko’rsatilgan moliyaviy va gumanitar yordam 250 million dollardan oshib ketgan. Shu paytda Turkiya BMTga 12 million dollar ajratgan. Umumjahon Oziq-Ovqat tashkiloti Turkiyani G’arbiy Afrikada ocharchilik bilan kurashish bo’yicha eng katta donar deb topdi. Shu yilning aprelida 1,8 millon dollar berdi. Nigeriya 600 ming, Mali 300 ming, Mavritaniya 300 ming, Burkina-Faso 200 ming, Siyerra-Leone 200 ming va Gvineya 200 ming. 2006-2009-yillarda TIKA kanallari bo’yicha 700 million dollar halqaro yordam ajratilgan. Hozirgi Turkiya Tashqi siyosat doktrinasi yana bir tarkibiy qismi global tartibotdir. Dovutog’lu global tartibot tizimini ilgari surib, uning 3ta tayanchini takidlaydi1: Iqtisod, Siyosat, Madaniyat. Uning so’zlariga qaraganda, bugungi global muammolarni hal qilish uchun ikki tomonlama mexanizmlar yetishmaydi. Buning sababi shuki, asosiy e’tibor davlarga beriladi, global tartibotga emas. BMT tizimi zamonaviy xavf xatarlarni oldini olishga qodir emas. Dovutog’lu xalqaro moliyaviy iqtisod tizimni isloh etishni aytib o’tgan. Madaniy sohada Dovutog’lu S.Hantingtonning “Tamaddunlar to’qnashuvi” nazariyasidan voz kechish vaqti yetib keldi. Keng miqyosdagi madaniy qayta tiklanish insoniyat o’zaro hamkorligi va munosabatlarining yangi shakllari ulkan imkoniyatlar paydo bo’lishi deb qaraladi. O’zaro aloqalar madaniyatlar rivojlanishiga yangi turki bo’ladi. Va chinakam global madaniyat vujudga kelishiga ko’maklashadi. Bunga misol qilib Dovutog’lu 108 mamlakatni o’z ichiga oluvchi Turkiya va Ispaniya boshchilik qiladigan BMT Svilizatsiyalar Alyansini keltiradi2. A.Dovutog’lu Turkiya tashqi siyosatining oltita prinsipini aniqlab bergan: Birinchisi, erkinlik va xavfsizlik o’rtasidagi muvozanatni aniqlash (Arab bahori). Qolgan prinsiplar “Qo’shnilar bilan masalalar nol” nomli 1 Davuto lu A. Global Governance. –Ankara: Republic of Turkey Ministry of Foreign Affairs Center for Strategic Research, 2012. –P.11. 2 UN Alliance of Civilizations (UNAOC). The UN Alliance of Civilizations: Building Intercultural Dialogue through Shared Initiatives. New York: UNAOC, 2012; UN Alliance of Civilizations (UNAOC). Achieving the Goals of the UN Alliance of Civilizations Through Shared Initiatives. New York: UNAOC, 2012; Boulaich K., Dosenrode S. The Alliance of Civilizations: The Spanish Approach to Bridging the Divide Between Islam and the West // Clash or Cooperation of Civilizations?: Overlapping Integration and Identities / Ed. by W. Zank. –Farnham: Ashgate, 2009. –P. 65-82. 103 asarida keltirilgan. 5- 6 – xalqaro forumlardan samarali foydalanish va Turkiyaning yangi qiyofasini yaratish. Bularning barchasi Turkiya tashqi siyosati rivojlanishiga qaratilgan. Boshqacha qilib aytganda, Respublika o’zining mafkuraviy modelini ilgari suradi va u islomiylik va dunyoviylikni ratsional (oqilona) likka asoslanadi. Turkiya tashqi siyosatini belgilovchi asosiy hujjat “Yashirin Qizil Kitob” yoki maxfiy konstitutsiya hisoblanadi. Unda respublika asosiy dushman va tahdidlari yozib qo’yiladi. “Kitob”ning yangi varianti har besh yilda Turkiya Milliy Kengashi yig’ilishida qabul qilinadi. Turkiyaning sobiq prezidenti A.Gul so’zlariga qaraganda oldingilaridan farqli o’laroq mazkur versiyada muayyan bir fuqarolar guruhi milliy xavfsizlikka tahdid qilishi ko’rsatilgan. Ajablanarlisi shuki, Turkiya xavfsizligiga tahdid soluvchi Rossiya, Gretsiya, Eron, Iroq chiqarib tashlangan. Rasmiy Moskva yirik hamkor sifatida qaraladi. SHu bilan birga Turkiyaning mintaqaviy siyosatida Yaqin Sharq o’rni katta mavqega ega bo’lib, mintaqa nisbatan siyosati faollashib borayotganini kuzatish mumkin. Yaqin Sharq tomon Turkiyaning qisqa muddatli tashqi siyosat ustiga barpo etilgan uch geosiyosiy darajalari bor. Bu qatlamlarning har biri qo’llab-quvvatlovchi yoki zararli ham bo’lishi mumkin. Birinchidan, Kurd masalaning geosiyosat bu o’zgarishlar jarayonida Anqaraning muvaffaqiyati uchun katta ahamiyat kasb etadi. Buning o’rniga, Turkiya mintaqaviy darajada Kurd muammosida asosiy o’rinni egallagan. Erdoganning Diyarbakir yig’ilishda Kurdiston terminidan foydalanishi Turkiya siyosatida ta’qiq so’z hisoblanadi. Aniq bo’lishi uchun, Turkiyaning manfaatlari kurdlar bilan o’xshash jihatlari bor. Boshqacha qilib aytganda, mintaqadagi kurdlar demokratik va iqtisodiy imkoniyati Turkiya uchun foyda hisoblanadi. Bu, ehtimol, ikki guruh o’rtasida hamkorlikni olib keladi. Bu rivojlanish Iroq bilan aloqalarda sezilarli ta’sir qiladi. Bag’dod va Anqara o’rtasidagi yaqinlikning dastlabki signallari Ahmet Davut o’g’luning Iroq poytaxtiga va Karbalo muqaddas shahariga so’nggi tashrifi bilan bog’liq. Bu tashrif umuman Yaqin Sharqda, xususan, Iroqda sunniylar va Shia o’rtasida dushmanlik munosabatlarini yumshatish uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega edi. Ikkinchidan, Erdog’an hukumatining strategik moslashtirish siyosati to’rt mintaqaviy aktorlar -Turkiya, Eron, Misr va Saudiya Arabistonibirgalikda bir butun sifatida mintaqaning kelajak xavfsizligini shakllantirishi mumkin bo’lgan ijobiy muhitni yaratishdan iborat. 104 Uchinchidan, Turkiya mintaqadagi barcha aktorlarning tinch mavjudligini saqlab qolish uchun mintaqaviy konvertatsiya xavfsizligini birinchi o’ringa chiqardi. Shu maqsadda, Erdog’an hukumati tashqi siyosati metodologiyasi sifatida Turkiyaning strategik moslashuvchan yordamida mintaqaviy aktorlar orasida strategik nizolar bartaraf etishga e’tibor qaratiladi. Ankaradagi ma’lumotlarga qaraganda, bunday yondashuv faqat yuzma-yuz inqiroz barcha viloyat aktorlar manfaatlarini inobatga e’tiborga olishni talab etadi. Aytish mumkinki, Turkiyaning tashqi siyosat mafkurasining 10 yillik rivojlanishi mamlakatning tashqi ta’sirini kuchaytirishga urunish sifatida ko’riladi. Turkiya mafkurasining elementlari: adolatli dunyo tartibotini yaratish, panturkizmga murojaat qilish, mintaqalararo samarali diplomatiya olib borishni ustuvor deb, hisoblaydi. Turkiya tashqi siyosiy mafkurasi o’zining mavjud pozitsiyasini saqlab qolishga emas, balki xalqaro tizimni qayta qurishga qartilgan. O’zbekiston va Turkiya munosabatlariga to’xtaladigan bo’lsak, Turkiya Respublikasi, 1991 yil 16 dekabrda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan va Toshkent shahrida o’z elchixonasini ochgan ilk davlat hisoblanadi. O’zaro aloqalarning huquqiy asosini yaratish va yana ham mustahkamlash maqsadida 90 dan ziyod ikki tomonlama bitim, shartnoma va bayonnomalar imzolangan bo’lib, oliy darajada ko’p marotaba o’zaro tashriflar amalga oshirilgan1. 2014 yil iyulda Turkiya sobiq tashqi ishlar vaziri A.Dovuto’g’lu O’zbekistonga tashrif buyurdi. Turkiya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’ratasidagi o’zaro hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda, ikki tomonlama hamkorlikni katta salohiyatga istiqbolli har bir sohada yanada rivojlantirish ko’zlanmoqda. O’zbekiston, tarixiy va madaniy merosi, strategik joylashuvi, tabiiy boyliklari va Markaziy Osiyo aholisining yarmini tashkil etgan 30 milliondan ortiq aholisi bilan mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda juda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turkiya, Yevroosiyoning barqarorligi va farovonligi nuqtai nazaridan O’zbekiston bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini har sohada rivojlantirishga har doim katta ahamiyat bergan va bermoqda. 2013 yilda mamlakatlar o’rtasida tovar aylanmasi 1 milliard 347 million AQSH dollarini tashkil etdi va bu 2012 yilga nisbatan 10,5 foiz ko’pdir. O’zbekistonda Turkiya sarmoyasi ishtirokida 485 korxona faoliyat yuritmoqda. Turkiya tashqi ishlar mahkamasi rahbariga ko’ra, tomonlar 1 Туркия – Ўзбекистон: дўстлик, ҳамкорлик йўлидаги муносабатлар // http://sharh.uz/siyosat/item/332-turkiya-vauzbekiston-dustlik-hamkorlik-yulidagi-munosabatlar - 31 Октябрь 2013 105 hamkorlikning birinchi bosqichida o’zaro savdo aylanmasini 3,5 milliard dollarga, keyingi bosqichida esa 5 milliard dollarga yetkazishga kelishib olgan. O’zbekiston tomonining ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yili o’zaro savdo aylanmasi hajmi 40 foizga o’sib, 2 milliard 172 million AQSh dollarini tashkil etdi. Mamlakatga 75 mingga yaqin Turkiya fuqarolari tashrif buyurdi, bu esa o’tgan yilga qaraganda deyarli ikki baravar ko’pdir. Bu kabi ijobiy o’zgarish o’zaro munosabatlarning boshqa sohalarida ham kuzatilmoqda. Turizm sohasida o’ziga xos brendga aylangan mamlakatimizga tashrif buyurgan O’zbekistonlik sayyohlar sonining ham bunday o’sishlarga parallel ravishda jadal ortishi va ikki mamlakat orasidagi ko’p tomonlama aloqalarning rivojlanishi eng katta istagimizdir. O’zbekiston biznes safarlari hamda turizm maqsadidagi safarlar uchun ahamiyatli bir joziba markazi hisoblanadi. Mamlakatimizda O’zbekistonga bu jihatdan katta qiziqish bor. 2018 yilda Turkiya musulmon davlatlardan O’zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni bo’yicha etakchiga aylandi. 2018 yilda musulmon davlatlardan O’zbekistonga keluvchi sayyohlar soni oshganini kuzatmoqdamiz, jumladan Malayziyadan (66 foizga o’sgan) va Indoneziyadan (88 foiz). 2018 yilda musulmon davlatlardan O’zbekistonga kelgan sayyohlar soni bo’yicha Turkiya (41299), Pokiston (5568), Malayziya (2768), Eron (2658), Indoneziya (1589) va BAA (1580) etakchilik qilgan. Bu davlatlar fuqarolari O’zbekistonga turizmning boshqa turlari bilan bir qatorda ziyorat turizmi yo’nalishida tashrif buyurmoqdalar. Turk qurilish kompaniyalari O’zbekistonda 1991-2012 yillar mobaynida taxminan 2 milliard AQSH dollari miqdorida qurilish ishlarini amalga oshirdilar. Bugungi kunda “Çal k Enerji” firmasi 2009 yilda boshlangan Navoiy issiqlik elektr stansiyasidagi ishlarni tugallab, topshirish arafasida turibdi. “DAL Teknik Makine” firmasi esa yaqinda Jizzax sement zavodini qurish ishini o’z zimmasiga oldi. O’zbekistonda kiritilgan Turkiya investisiyalari jami miqdori 1 milliard AQSH dollaridan ortiq bo’lib, Turkiya sarmoyasi ishtirokida 579 korxona va 84 ta firma vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalar asosan yengil sanoat, oziq-ovqat, mehmonxona xo’jaligi, qurilish materiallari va plastik, farmasevtika hamda xizmat ko’rsatish sohalarida faoliyat olib bormoqda. Tekstil sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarimizning bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotiga yiliga 300 106 million AQSH dollari atrofida eksport ulushini qo’shganligi va 50 000 kishini ish bilan ta’minlagan. Bu ikki davlat munosabatlarining ijobiy tomonga o’zgarishi ko’rsatadi. 2018 yilning 30 aprel kuni Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’anning O’zbekistonga tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida o’zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash borasida 25 ta hujjat imzolandi. O’zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishdilar. Turkiya va Yaqin Sharq davlatlari. Turkiya Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan va harbiy salohiyatli davlat sanaladi. Shu bois Turkiya mintaqa davlatlari bilan o’zaro aloqalariga katta e’tibor qaratgan. 2011 yil boshlarida Tunis bilan boshlangan “Arab bahori” Turkiyaning yangi Yaqin Sharq siyosatida muhim ahamiyat kasb etdi. Bir tomondan, Turkiyaga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lgan Arab aholisi uzoq muddatli rejimlarning o’zgarishiga urinishardi. Boshqa tomondan, bu g’alayonlar Turkiya bilan yaxshi aloqalar o’rnatgan siyosiy rejimlarga putur yetkazdi. Shu jihatdan Turkiyaning oxirgi o’n yil ichida davom ettirgan Yaqin Sharqdagi siyosatining umumiy istiqboli Turkiyaning mintaqadagi to’rtta davlatlar bloklari oid munosabatlari belgilanadi1: 1. Isroil; 2. Eron; 3. Eronning ta’sir zonasi ichida bo’lgan mamlakatlar (Iroq, Suriya va Livan); 4. mintaqada Eron hukmronligini kuchayishiga qarshi turgan Arab davlatlari (Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayndan tashqari). Eron. Bugungi kunda Yaqin Sharqda nisbatan Turkiya va Eron mintaqaviy yetakchilikka intilishmoqda. Bu holatni ikki davlatning strategiyalarida o’z aksini topganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, Turkiyaning 2023 yilgacha mo’ljallangan rivojlanish strategiyasi, Eronning esa 2025 yilgacha mo’ljallangan rivojlanish strategiyasini olishimiz mumkin. Bunday strategiyalardan maqsad mintaqaviy manfaatlarni inobatga olishi yoki bo’lmasa jahon siyosati konyukturasida aniq rivojlanishga ega bo’lishi kerak. Bu esa Eron Turkiya tashqi siyosatida muhim o’ringa ega. 1 Taspinar Ö. Turkey’s Middle East Policies Between Neo-Ottomanism and Kemalism // Carnegie Middle East Center. –№ 10. –2008. –Р.14-15. 107 SHu bilan birga Eron-Turkiya munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham mavjud: Birinchidan, hozirgi kunda Turkiyaning mintaqaviy siyosatida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga Usmoniylarning ta’sir zonasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, Eron uchun nisbatan tashqi siyosatda Afg’on-Pokiston, shuningdek Fors ko’rfazi vektori muhim hisoblanadi. 1926 yil 22 aprelda Eron va Turkiya o’rtasida birinchi "do’stlik shartnomasi" Tehronda imzolangan. Asosiy tamoyillari, bir-biriga nisbatan do’stlik, betaraflikni va hujum qilmaslikdan iborat edi. Shartnoma, shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni buzishga u yoki bu hukumat tomonidan harakat sodir etilganda ikki mamlakat hududidaga guruhlarga birgalikda harakat qilishni o’z ichiga olardi. Bu siyosat bilvosita har ikki mamlakatning ham Kurdlar bilan mavjud bo’lgan ichki muammolariga qaratilgan edi. 1996 yildan boshlab, Turkiya Eronning Pars gaz kon, suv omborlari qurilishi va shimoliy bir neftni qayta ishlash zavodi bitimlari bo’yicha bir qator muhim memorandumlar imzoladi. Turkiyaning Eronga eksport salohiyati 2002-2009 yillar o’rtasida yetti barobarga o’sdi. Yaqin Sharqdan Turkiyaga kelgan sayyohlarning ko’pchiligi eronliklar edi. Ular musulmon jamiyati sifatida iqtisodiy olg’a siljishlarni amalga oshira boshlashdi. SHuningdek, Eron Turkiyaning eng yirik energiya ta’minotchisiga aylandi. Ular o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib bormoqda. 2011 yilda 15 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Eron Turkiyaning savdo sheriklari orasida o’ntalikka kiradi. Turkiya eksportida Eron 7-o’rinda turadi, Turkiya esa 5-o’rinni egallaydi. Ular orasidagi eng ko’p ayirboshlanadigan tovarlarga energetika resurslari kiradi. Eron Rossiyadan keyingi Turkiyaga tabiiy gaz eksport qilish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. Turkiya bugungi kunda 30 foiz neftini Erondan oladi. Turkiyaning neft importini taxminan 44 foizi va uning tabiiy gaz importini 19 foizi Eron hissasiga to’g’ri keladi. Eron Birinchi Vitsa prezidenti Muhammadrizo Raximiyning Eronga tashrifi davomida o’zaro savdo hajmini yiligi 30 mlrd. AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bosh vazir Erdog’an 2014 yil yanvar oyida Tehronga rasmiy tashrif buyurdi, bunga javoban Eron prezidenti Ruhoniyning 2014 yil iyunida Anqaraga tashrifi ikki mamlakat rahbarlari iqtisodiy aloqalarni rag’batlantirish va yangi ikki tomonlama iqtisodiy shartnomalarni 108 imzolashga qaratdi. 2015 yil 5 aprelda Turkiya Prezidenti T.R.Erdog’an Eronga tashrif buyurdi. Ikki davlat arab dunyosida manfaatlarini himoya qilishda bir-birlarini o’zaro tushunmaslik holati kuzatilmoqda. Birinchidan, Anqara va Tehron o’rtasidagi munosabatlardagi eng og’riqli nuqtasi bu Suriya masalasi hisoblanadi1. Eron uchun Suriyadagi shiyalardan tashkil topgan hukumat Isroilga qarshi chiqish uchun eng yaxshi hamkor hisoblanadi. Eron hisobicha, agarda Bashar Asad hukumatdan ketadigan bo’lsa davlatda yanada tartibsizlik, ya’ni konfessional va milliy konfliktlarning keltirib chiqishi natijasida Turkiya, Iroq va Eronning o’ziga ta’sir etishidan xavfsiraydi. Turk hukumati esa aksincha Suriyada tinchlikning ta’minlanishi Prezident Bashar Asadning ketishi bilan izohlashmoqda. Ikkinchidan, bu ikki davlat o’rtasidagi yana bir tafovut shundan iboratki, Turkiya tashqi siyosatida G’arb vektorining ustivor ekanligi. Turkiya NATOning a’zosi hisoblanib, Eron esa bu blokning kengayishiga, ayniqsa Kavkaz tomon kengayishiga qarshi hisoblanadi. 2011 yil sentyabrda NATO raketalarining Turkiya hududiga mudofaa maqsadlarida joylashtirilishi Eron bilan munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatgan2. Uchinchidan, Turkiyaning Eron tomonidan qo’llab quvvatlanayotgan xusiylarga qarshi Suadiya Arabistoni rahbarligidagi koalisiyaning yoqlab chiqishi3. Isroil. Isroil-Turkiya aloqalari Isroil va Turkiya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar bilan bog’liq. Isroil-Turkiya munosabatlari 1949 yil mart oyida o’rnatilgan. Turkiya Isroil davlatini tan olgan ko’pchilik musulmon mamlakatlari ichida birinchisi edi. 1952-yilda diplomatik munosabatlar o’rnatildi. 1952 yilda Turkiyaning bu harakatlari G’arb bilan yaqinlashishga va Yaqin Sharqda yahudiy jamoalari bilan yaxshi munosabatlarni yo’lga qo’yishi yangi Arab davlatlar bilan yomon munosabatlarni o’rnatishiga olib keldi. Isroil uchun Turkiya bilan yaxshi munosabatlar o’rnatish Arab yoki Arab bo’lmagan davlatlar, yashirin va ochiq bitimlarni amalga oshirish siyosatiga to’g’ri kelardi. Turkiya ushbu strategiyaning eng muhim va umumiy komponenti edi va Anqara Isroil eng muhim diplomatik missiyalaridan biri bo’lib qolmoqda. 1 Do an Ertu rul A Test for Turkey’s Foreign Policy: The Syria Crisis // www.tesev.org.tr Jones, Dorian. "Turkey And Iran: The End Of The Affair."// http://www.rferl.org/content/turkey_iran_end_of_the_affair/24364900.html - 19 October 2011 3 Sam Wilkin and Jonny Hogg Turkey's Erdogan to visit Iran, despite tensions over Saudi strikes in Yemen // http://www.haaretz.com/news/middle-east/1.650545 - Apr. 5, 2015 2 109 Munosabatlar 1990 oltin davrga ko’tarilib, buni bir necha holatda kuzatish mumkin: - Turkiya Oslo jarayonida Isroil va falastinliklar o’rtasidagi yechimni rag’batlantirish harakati sifatida ko’rindi; - Suriya bilan muammoli munosabatlarida Isroil bilan manfaatlar uyg’unligiga erisha oldi; - Turkiya Isroil qurollaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi; - Arman diasporasiga qarshi AQSHdagi saylovlarda yaxudiy lobbisi hokimiyatga yaqinlashdi va Turkiya tarafini olishdi. Isroil sayyohlari Turkiyaga dam olish joyi sifatida oqib keldi. Neft narxi ham Yaqin Sharqdagi o’sishda eng tub qismga yetdi. Turkiya 1992 yilda o’z diplomatik vakilini elchilar darajasiga ko’tardi. U 1996 yilda Isroil bilan Turkiyaning keng tog’li hududlaridan havo mashqlar uchun foydalanishda Isroilga ruxsat berishni nazarda tutuvchi harbiy hamkorlikni imzoladi. Ma’lumot almashish va aksilterror hamkorliklari o’sdi. Turkiya shuningdek, Amerika, YI, Isroilning Amerika M-60 tanklar va F-4 jangovar samolyotlar va uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlar bilan zamonaviylashtirilgan harbiy texnologiyasi bilan qiziqdi1. Ma’lumki, Turkiya-isroil o’rtasida birinchi harbiy sohada hamkorlik qilish bo’yicha shartnoma 1996 yil 23 fevraldan imzolangan. Tarixda birinchi marta turk-isroil tomonlarining harbiy sohada hamkorlik qilishi edi. Bu hamkorlik birgalikda harbiy mashg’ulotlarni tashkillashtirish, bundan tashqari quruqlikda, dengizda, havoda harbiy kuchlarini birgalikdagi mashg’ulotlarini o’tkazish, harbiy-strategik guruhlarini tashkil etib tadqiqot olib borish, turk harbiy samalyotlarini Isroil osmonida, Isroilniki esa Turkiya osmonlarida uchishi, ayniqsa, terrorchilik haraktlariga bo’lgan hujumlardan himoyalanish va oldini bo’yicha chora tadbirlarni ko’rish kabi masalalar nazarda tutilgan edi. Bundan tashqari bu hujjatga ko’ra, Isroil Turkiyaga uning Eron, Suriya va Iroq bilan bo’lgan chegaralarida kurd isiyochilarining kirib kelmasligi uchun Turkiya chegaralarini mustahkamlashga yordam berishi ko’zda tutilgan. Ikki tomonlama harbiy-strategik hamkorlikning eng ahamiyatli jihati shundan iborat bo’ldiki, turk-isroil tadqiqotchilari tahdidlarni o’rganish natijalarini umumlashtirgan holda “Tahdidlar konsepsiyasi – 2000” deb nomlanagan xujjat chop etishdi. Bunda asosiy e’tibor Yaqin Sharqdagi vaziyatlar haqida bo’lib, Suriya va Erondagi vaziyatlarni o’z ichiga olgan. Ushbu davlatlarga doir kuzatuv va ma’lumotlarini almashish bu tadqiqot 1 Inbar E. Israeli-Turkish Tensions and Beyond. / Begin-Sadat Centre for Strategic Studies. Turkish Policy Quarterly. – №6. –2009. –Р.45-47. 110 ishining eng cho’qqisi bo’ldi. Bundan tashqari ikki davlat o’rtasidagi tahliliy markazlarning hamkorligi juda yaxshi edi. Bu tahliliy markazlar asosan mintaqa, hudud havfsizligi, tashqi siyosat kabi masalalar bilan shug’ullanish bo’yicha yetakchi o’rinlarda turuvchi markazlar hisoblanadi. Ularni safiga Begin Sadat strategik Tadqiqot Markazini (The Begin – Sadat Center for Strategic Studies - BESA), AQShda joylashgan Milliy Xavfsizlik Muammolarini tadqiq etuvchi Yahudiy Instituti va Anqaradagi Yevroosiyo strategik tadqiqot institutlarini kiritishimiz mumkin. Ikki davlat harbiy sohalar yuzasidan hamkorlik aloqlarini o’rnatishi butun arab dunyosini havotirga solib qo’ydi. Biroq har bir arab davlatining havotiri Anqara va Tel-Aviv o’qining shakllanishi bilan bog’liq edi. Turkiya va Isroil o’rtasidagi imzolangan harbiy strategik shartnoma, birinchi bo’lib, Suriyaga qaratilgan edi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik natijasida 1998 yilgi Suriyadagi inqirozda yaqqol namoyon bo’ldi. O’sha paytda Suriya prezidenti Xofiz Asad ikki frontga qarshi bora olmasligini bilib, Turkiya talablarini bajarishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra, Xofiz Asad o’z qo’shinlarini chegaradan uzoqda ushlab turishi va kurdlar yetakchisi Abdulla Odjalonni tutib berish va uning tashkiloti (Kurdiston ishchilar partiyasi)ni yopish kerak edi1. Suriya Turkiya tomonidan qo’yilgan ushbu talablarni bajardi. Bu inqiroz shundan dalolat berdiki, Suriya harbiy qo’shinlari ikki tomondan, ya’ni Turkiya va Isroil tomonidan bo’lgan bosimlarga bardosh bera olmaydi, natijada Turk qo’shinlari keyinchalik ham shunday bo’ladi degan tushunchalar paydo bo’ldi. Turkiya Isroilning eng yaxshi 10 savdo hamkorlaridan biri sifatida, 2012 yildan keyin (taxminan uchun 3,9 milliard AQSh dollari) va birinchi marta 2013 yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, Isroil Turkiya tovarlari uchun muhim import bozori bo’lib qolmoqda. Savdo o’sishi 2014 yilning dastlabki olti oyida barqaror edi. Biroq, tijorat aloqalari davlatniki emas, xususiy sektorga tegishli edi. Eng muhimi, aloqalar 2008-2009 yil G’azo urushi2 tufayli yomonlashdi. Bosh Vazir Erdog’anning o’zi bir necha marta Isroilnning 2008 yil dekabrda G’azoga qilgan hujumidan so’ng Isroilning Falastinga nisbatan siyosatiga qarshi turdi. U 2009 yil yanvar oyida Isroil harakatlarini ayblab Bryusselga qisqa tashrif buyurdi, keyin, bir necha kun o’tgach, Davosda Jahon iqtisodiy Forumida, prezident Shimon Peresni qattiq tanqid qildi. 1 Makovsky A., Eisenstadt M. Turkish-Syrian Relations: A Crisis Delayed? // WINEP, Policywatch. –N.345. 14 October 1998 // www.whashingtoninstitute.org 2 Inbar E. Israeli-Turkish Tensions and Beyond. / Begin-Sadat Centre for Strategic Studies. Turkish Policy Quarterly. – №6. –2009. –Р.45-47. 111 2009 yil oktabr oyida, Kichik Osiyo Eagle harbiy mashqlarida Isroilni ishtirok etishini Turkiya tomonidan ta’qiqlanishi natijasida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu, Isroil va Suriya o’rtasida "Turkiya halol vositachi bo’lolmaydi" deb ta’kidlab, vositachi sifatida Turkiyaga e’tiroz bildirdi. Isroil Mudofaa vaziri Ehud Barak kelishmovchilik o’z vaqtida o’tib ketishini bashorat qildi. 2010 yil 31 mayda Turkiya va Isroil o’rtasida keng ko’lamdagi munosabatlarning buzilishi yuz berdi. Bunga sabab, gumanitar yordam Fondi faollari tomonidan “Erkinlik Flotiliyasi”ning tuzilishi bo’ldi. Bu guruh G’azo sektoriga qo’yilgan embargoga e’tibor qaramasdan, G’azo sektoriga gumanitar yordam olib borishdi. Bundan tashqari Isroil dengiz harbiylari gumanitar yordam ortilgan kemani nazoratga olish uchun operatsiyalarini amalga oshirdi. Isroil qurolli kuchlari Turkiyaning gumanitar yuk ortilgan “Moviy Marmar” kemasini qo’lga olish natijasida to’qqizta Turkiya fuqarosi halok bo’ldi va 31 tasi esa og’ir jarohatlandi. Bunday voqealardan so’ng xalqaro tekshiruv ishlarini olib borish tadbirini tashkil etish maqsadida Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat etdi. 2011 yil sentyabrida BMT Bosh Assambleyasida, AQSh prezidenti Barak Obama Isroil bilan inqirozni bartaraf etishni uchun Erdog’andan so’radi. SHu bilan birga Turkiya Isroildan ikki tomonlama munosabatlarning tiklanishi uchun quyidagi uchta talabni ilgari surdi1: 1. Turkiyadan oshkora tarzda kechirim so’rash; 2. Halok bo’lgan to’qqizta fuqaro oilasi uchun kompensatsiya to’lash; 3. G’azo sektoriga qo’yilgan embargoni olib tashlash. 2010 yil 30 sentabrda Turkiya milliy xavfsizlik Kengashi birinchi marta “Qizil ro’yxat” davlati nomini Isroilga nisbatan qo’llab, tashqi tarafdan katta xavf soluvchi kuch sifatida e’tirof etdi. Bu ro’yxatga tushish Isroil uchun Turkiya tarafidan o’tkaziladigan turli moliyaviy tenderlarda qatnashish imkoniyatini cheklaydi, shuningdek, harbiy sohadagi tenderlarda ham. Bundan tashqari hujjatda keltirilishicha, Isroil bu mintaqada “qurollanish poygasi” hatti-harakatini olib borayotganligini keltirib o’tilgan2. 2011 yil 1 sentabrda Isroil Turkiya tomonidan talab qilingan shartlarning qaysi birini bajarish yuzasidan qaror chiqdi. Unga ko’ra, uchta talabdan faqatgina bittasi ya’ni kompensatsiya to’lash sharti bajarilishini to’g’ri deb topishdi. 1 Şahin M. Turkey-Israel relations: The unwilling alliance collapsed. // http://www.todayszaman.com/news-257337turkey-israel-relations-the-unwilling-alliance-collapsed.html 2 Turkish document defines Israel as 'central threat'. / The Jerusalem Post. October 30, 2010. 112 Turkiya Isroilning “Moviy Marmara” yuzasidan qabul qilingan qaroriga nisbatan o’z noroziligini bildirdi va javob qaytaruvchi choralar ko’rishini bildirdi1: 1. Turk-Isroil munosabatlarida ikkinchi kotib darajasiga tushirdi. Hamma rasmiy, bu darajadan yuqori bo’lgan, ayniqsa elchilar chaqirib olish; 2. Isroil va Turkiya o’rtasida qanday harbiy kelishuvlar imzolangan bo’lsa hammasini to’xtatish; 3. Sharqiy O’rtayer Dengizi tomonidan navigatsiya va kemalar harakatini himoylanish yuzasidan ehtiyotkorlik choralarini ko’rish; 4. Isroil tomonidan G’azo sektoriga qo’yilgan embargoni olib tashlash bo’yicha talabini davom ettirdi; 5. Og’ir jarohatlangan turk fuqarolari uchun o’z huquqlarini talab qilgan holda Isroildan kompensatsiya va kechirim so’rashni talab qildi. 2013 yilning mart oyida, Isroil normal munosabatlar uchun yo’l ochib, reyd uchun uzr so’radi. Biroq, AQSh-vositachiligiga qaramay, 2013 yil davomida murosaga erishishda hech qanday o’sish kuzatilmadi. 2015 yilga kelib ikki tomonlama munosabatlarda barqarorlik holati mavjud bo’lsada, Isroilning Falastinliklarga nisbatan munosabati bois buzilish ehtimoliy mavjud. Saudiya Arabistoni. Saudiya Arabistoni va Turkiya munosabatlari haqida so’z borganda, ularning ko’p masala yuzasidan fikrlarining mos kelishini ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa bu boshqa davlatlarga nisbatan siyosatida namoyon bo’ladi. Masalan, ularning Falastin, mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm kabi masalalar kiradi. Ularning bu sohadagi ishlari Yaqin Sharqda va Arabiston yarim orolida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Turkiya va Saudiya Arabistoni o’zlarining yaqin qo’shnilari bilan yaqin aloqada bo’lishni istaydilar. Chunki mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlash, terrorchilik harakatlarini oldini olish ular uchun muhim hisoblanadi. Saudiya Arabistoni va Turkiya o’rtasida 2003 yil 1 oktyabrda ArRiyodda iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ikki davlat Ishchi Kengashi tuzildi. 2004 yilda faoliyatni boshladi. 2006 yilda Qirol Abdullohning tashrifi ko’p yillar ichida bir Saudiya Arabiston monarxi ichidan birinchisi bo’ldi. Muzokaralarda ikki tomon o’rtasidagi savdo munosabatlari keng muhokama qilindi2. 2015 yil 1 1 Şahin M. Turkey-Israel relations: The unwilling alliance collapsed. // http://www.todayszaman.com/news-257337turkey-israel-relations-the-unwilling-alliance-collapsed.html 2 King Abdullah Visits Turkey for Better Commercial Ties // http://www.todayszaman.com/economy_king-abdullahvisits-turkey-for-better-commercial-ties_31373.html - March 27, 2006 113 martda Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdog’an Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tomonlar Yaqin Sharqdagi bir qator masalarda (Liviya, Suriya, Iroq, Yaman) umumiy qarashga ega ekanliklarini ta’kidlashdi. SHuningdek, Turkiya 2013 yilgi Prezident Mursiyning hokimiyatdan chetlatilishini “davlat to’ntarishi” deya baholab, Misr bilan munosabatlari yomonlashgan edi. 2013 yil noyabrda ikki davlat bir birlari elchilariga persona-non-grata e’lon qilgan. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud shu masalada vositachilikni taklif etdi. Bundan tashqari Turkiya 2015 yil 16 mayda e’lon qilingan Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyga chiqarilgan o’lim hukmini bekor qilish uchun xalqaro huquq mexanizmlarini ishga soladi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Ibrohim Qalin bayonot berdi. Ibrohim Qalinning so’zlariga ko’ra, ayni paytda Turkiya Saudiya Arabistoni va Qatar bilan konsultatsiyalar o’tkazib, hukmni bekor qilishga intilmoqda. Yaqinda bu ishga jahon hamjamiyatining, birinchi navbatda, BMT inson huquqlari bo’yicha komissiyasining e’tiborini tortish rejalashtirilmoqda. Xulosa qilib, aytganda Turkiyaning Yaqin Sharq davlatlari bilan o’zaro munosabatlari quyidagi xususiyatga ega: Birinchidan, xavfsizlik, iqtisodiy va energetik manfaatlarini ta’minlash; Ikkinchidan, Eron borasida Yaqin Sharq arab davlatlari o’rtasida vositachilik vazifasini bajarish; Uchinchidan, Isroil bilan munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, bu Isroilning Turkiya manfaatlarini hisobga olish darajasidan kelib chiqib amalga oshiradi. Turkiyaning Yaqin Sharqdagi manfaatlari. Bugungi kunda Turkiya iqtisodiyoti va sanoat ishlab chiqarish hajmi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Ushba jarayon ayniqsa hoqimiyat tepasiga 2002 yilda “Adolat va Taraqqiyot partiyasi” kelganidan so’ng amalga oshirilgan islohotlar natijasi sanaladi. Turkiya o’zining iqtisodiy salohiyati bilan jahondagi yigirmatalik davlatlar qatoriga qo’shildi. Turkiya yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2002 yilda 232.3 mlrd. AQSH dollaridan 2010 yilda 735 mlrd. dollarga yetdi. 2014 yilda 861 mlrd.ga yetdi. Iqtisodiy salohiyatiga ko’ra jahonda 17 o’rinni egallaydi1. R.T.Erdog’on tomonidan e’lon qilingan mamlakat eksport strategiyasiga ko’ra Turkiya eksport xajmi 2023 yilda 500 milliard dollarni tashkil etadi. 1 "Gross Domestic Product 2013, Nominal. (Last revised on 22 September 2014.)" (PDF). The World Bank: World Development Indicators Database. Retrieved 2014-11-27. –Р.67-68. 114 Turkiya uchun, Yaqin Sharq Turkiya bozorlarini diversifikatsiya qilish nuqtai-nazaridan ahamiyati oshib borayotga mintaqalardan biri hisoblanadi. 2002-2010 yillar davomida, Turkiyaning jami eksport ko`rsatkichlarida Yaqin Sharq ulushi 6 foizdan 16 foizga oshdi hamda Yaqin Sharq bilan umumiy savdo hajmi 3.9 mlrd. dollardan 23.6 mlrd. dollarga yetdi. Turkiya Yaqin Sharq bilan jami savdoda savdo balansini saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi va bu davrda uning eksporti 2,2 milliard dollardan 18 milliard dollarga ko’tarildi. Turkiya iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyati Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, shu jumladan, SaudiyaArabistoni, Eron, Misr va Isroil umumiy ishlab chiqarish hajmining yarmiga teng1. “Adolat va taraqqiyot partiyasi” ma’muriyati davrida qo`shni mamlakatlar orasida ustunlikka erishishga imkon beruvchi eng muhim vosita sifatida iqtisodiy jihatdan o`zaro bog`liqlikni bartaraf etdi. Shuningdek, mamlakatning tashqi siyosati va strategik qarashlarini boshqarishda muhim rol o`ynovchi xususiy sektor firmalariga jiddiy e`tibor qaratdi. Shu bilan bir qatorda yanada keng erkin savdo maydonini yaratish harakatlari amalga oshirildi, bu esa konfliktdan ko`ra hamkorlikning yangi va ijobiy ko`rinishini kasb etdi. Yetakchi turk akademiklaridan biri ta`kidlaganidek, qo’shni davlatlar bilan sobiq tashqi ishlari vaziri A.Davutog’luning "nol muammolar" strategiyasi oddiygina qilib mamlakatning tashqi savdo siyosatini anglatadi. Turkiya mintaqada asosiy eksport yetakchi davlat bo`lishni xohlaydi va mintaqada tashqi savdoning barqaror o`sishini o`zining umumiy iqtisodiy ulushi nuqtai nazaridan qaraydi. “Adolat va taraqqiyot partiyasi” mintaqaviy savdoga doimiy va barqaror iqtisodiy rivojlanish, ayniqsa islom mamalakatlari bilan munosabatlarni kuchaytirishning asosiy omili sifatida baho beradi. Ba’zi iqtisodiy tashabbuslar “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukumatining mamlakat ichidagi tarafdorlarini taqdirlashni maqsad qilgan. Turkiyaning jami eksporti 1996-2009 yillarda to’rt barobar oshdi, 2009 yilga kelib Islom Hamkorlik Tashkilotining 57 ta a`zo mamlakatlariga eksporti yetti karra ortdi va umumiy eksport hajmining 28 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukumat tepasiga kelguniga qadar Yaqin Sharq va musulmon mamlakatlarini qo`llab-quvvatlovchi yo`nalish yaxshi tashkil etilgan edi. Oxiri o`n yillikda Turkiyaning Yevropadan ko`ra Yaqin Sharq mamlakatlari bilan savdo munosabatlari nisbatan tezlashdi va savdo 1 The orld Bank`s report on the “Middle East and Northern Africa Region 2008 Economoc Development and Prospects” showed total MENA gross domestic product in 2007 as $ 1,593 billion; Turkey`s the same year was about $ 800 billion. 115 ko`rsatkichi neft narxlarining ko`tarilishi va tushishi bilan o`zgarib turadi. 1988 yilda ushbu mintaqaga Turkiya eksportining hajmi 22 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1988 yilda neft narxlarining tushishi munosabati bilan Turkiyaning eksporti 10 foizga kamaydi, 2008 yilda esa 19 foizga qaytib ko’tarildi. Turkiya tashqi savdo siyosatida Yaqin Sharq serdaromad, foyda keltiruvchi yo`nalish hisoblanadi. 2009 yilda Turkiyaning dunyo bilan uning umumiy savdoda kamomadi bo`lgan holda, Yaqin Sharq bilan savdo aylanmasi 8 milliard AQSH dollarini tashkil etgan edi. Iroq Turkiyaning savdodagi eng yirik tarixiy hamkorlaridan biri bo’lib kelgan. U Quvayt istilosidan keyin falaj qiluvchi sanksiyalar tizimi barham topganidan so`ng 2003 va 2009 yillarda ikki mamlakat o`rtasidagi umumiy savdo hajmi 900 million dollardan 6 milliard dollarga yetdi. 2009 yil sentyabr holatiga ko`ra 500 ta turk kompaniyalari tomonidan Iroqqa investitsiya kiritildi va Turkiya xorijiy investorlarning o`ntaligidan joy oldi. Turk pudratchilari yo’llar, ko’priklar qurilishi va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishmoqda. Shimoliy roqdagi iste’mol tovarlari bozorida 80 foizdan ortiq turk kompaniyalari hukmron mavqega ega. Anqara mintaqani elektr energiyasi bilan ta`minlaydi va 2010 yilning mart oyiga qadar 48 ta savdo va rivojlanish protokollaridan iborat yangi kelishuvlar imzolangan. Suriya bilan 2011 yil fuqarolar urushi boshlangunga qadar savdo aloqalari yaxshi bo’lgan. Suriya bilan 1999 yildan beri rivojlanib kelayotgan iqtisodiy aloqalar yangi siyosiy do’stlik aloqalari bilan mustahkamlandi. Ikki tomon 2010 yil mart oyigacha savdo, ishlab chiqarish, taraqqiyot va madaniy aloqalar shuningdek, Hatay provinsiyasi hamda Dajla va Frot daryolari bilan bog`liq uzoq muddatli bahslarni hal qilish bo’yicha 51 ta protokol imzolangan edi. 2009 yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 1,7 milliard dollar bo`lib, Turkiyaning jami savdo hajmining 1 foizidan kamrog’ni tashkil etadi. O’sha davrda Turkiyaning Suriyaga eksporti to’rt barobarga oshdi va eksport hajmi 2009 yilda qariyb 30 foizga ko`paydi. Ba’zi Suriya rasmiylari to’lovlar balansining Turkiyaning foydasiga o`ynayotganligidan va shimoliy Suriyaning ayniqsa, Damashqqa erkin bog`langan infratuzilma, xizmatlar va hatto alohida shaxslarning Turkiya ta`siriga tushib qolishidan tashvishdaligi ta’kidlangandi. Al Jazira telekanali asosan Turkiya tarafida bo`lib, 2010 yilning fevral oyida Suriya savdogarlarining bir qismi bosim o`tkazilishi haqida ma`lum qilgan. Turkiya hamma narsa haqida –muammolarni hal 116 qilish, ko’p tomonlama iqtisodiy hamkorlik, o’zaro bog`liqlik g’oyasini Yaqin Sharqda ilgari suradi. Yagona muammo Arab davlatlarining asosiy manfaatdorligidir. Boisi Turkiya mintaqaning boshqa davlatlariga qaraganda sanoat va malakali ishchilarga ega. Turk rasmiylarining ta`kidlashicha, Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan bojxona ittifoqiga chegaralarni ochganida huddi shunday raqobatli chaqiriqqa duch kelgan edi, lekin bu narsa oqibatda mamlakatga ijobiy ta`sir qildi. Banklarining Damashqda joylashuvi bilan bog`liqlikda Turkiya nafaqat yangi qonunchilikni qo`llab-quvvatlayapti, balki o`n yillar oldin boshlangan iqtisodiyotning davlat nazoratidan liberallashtirilishi jarayonida Suriyaga yordam bermoqda. Damashqda bu narsa Suriya uchun ham ijobiy ahamiyatga ega, deb hisoblashadi. Chunki ular uchun yanada kuchliroq Yevropa to`g`onlaridan ko`ra Turkiya raqobatining ochilishi nisbatan afzalroq hisoblanadi. Suriya hukumatining iqtisodiy maslahatchilaridan birining ma`lum qilishicha, turk banklarining kirib kelishi natijasida Suriya investisiyalar kirib kelishi va texnologiyalarni jo`natish hisobidan foydan ko`radi. Va bu savdo kamomadining o`rnini qoplaydi. So`nggi paytda Turkiyaning Yaqin Sharqdagi savdosi nisbatan o`sgan bo`lishiga qaramay, umumiy manfaatlar bilan mutanosib ravishda munosabatlarni saqlab qolish uning uchun muhim ahamiyatga ega. Hatto Usmonli Turk Imperiyasi ham iqtisodiy jihatdan har doim Yaqin Sharqdan manfaatdor bo`lgan. Biroq, Turkiyaning Yaqin Sharqdagi iqtisodiy siyosatidagi muammolardan biri Yevropa ittifoqning iqtisodiy hamkor sifatida bugungi kunda ham saqlanib qolishidir. Yevropa Ittifoqi bilan savdo munosabatlari uzoq vaqtdan beri Turkiyaning umumiy savdo hajmining yarmini tashkil etib keladi. Bu Turkiyaning Rossiya va Eron bilan munosabatlarda ko`p jihatdan energiyaga bo`lgan qaramlikning oldini oldi. Eng muhimi, 2008 yilda Turkiyaga kirib kelgan xorijiy investitsiyalarning 9G’10 qismi Yevropa Ittifoqi hissasiga to`g`ri keladi. Modomiki Yaqin Sharqdagi 200.000 turk ishchilari va aholisini Yevropadagi 4 million turk aholisi bilan taqqoslab bo`lmaydi. 2009 yilda Yevropaga kelgan turklar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelganlar 27 million muxojirning bor yo`gi 1G’10 qismiga teng. Turkiyaning Yaqin Sharqdagi istiqodiy munosabatlarni kengaytirishdagi muhim yo’nalishlaridan biri viza rejimini yengillashtirish va transport infrastrukturasini rivojlantirish bo’ldi. Bu yo’lda Turkiyaning birinchi qadami xususiy sayohatni osonlashtirish bo`ldi: 117 - 2009 yilning oxirida, Suriya, Livan, Iordaniya va Liviyaga nisbatan viza tizimi olib tashlandi. Bu narsa Yaqin Sharq mamlakatlaridan (Isroildan tashqari) keluvchi sayyohlar oqimining 2008 yilda 16 foiz, 2009 yilda 22 foizga oshirdi. - 2010 yilning fevral oyida 70 million dollar investitsiya kiritilgach Turkiya, Suriya va Iroq o’rtasida temir yo’l liniyasi qayta ochildi. - Yaqin kelajakda Suriyaning shimoliy qismida joylashgan Xalaf shahri va Turkiyaning janubi-Sharqiy savdo markazi Gaziantep o’rtasida tezyurar poyezd yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu loyiha Suriya va Iordaniya tomonidan taklif qilingan hamda Iordaniya va Saudiya Arabistoni o’rtasida rejalashtirilgan - Usmonli turk imperiyasining eski Hijoz temir yo`l liniyasiga moslashtirildi. - 2009 yildan beri shimoliy Iroqni ta`minlagani kabi Suriyani ham elektrenergiyasi bilan ta`minlamoqda. Turkiyaning Frot-Dajla daryolaridagi to`g`on tizimi qo’shimcha sug’orish strategiyasiga imkon beradi. Turkiya taraqqiyot yordamini oluvchi mamlakatdan donor mamlakatga aylandi. Bu narsa kasalxonalar, qizlar maktabi, yo’l qurilishini o`z ichiga oluvchi Afg’onistonga nisbatan qilinayotgan amaliy yordamda yaqqol ko`zga tashlanadi. Shuningdek, 750 nafar Falastin politsiyasi xodimlari ta’lim olish uchun Turkiyaga olib kelindi. FalastinIsroil chegarasida mavjud nizolar sharoitida sanoat maydoniga asos solindi. Falastin-Isroil-Turkiya iqtisodiy hududi, kasalxona, maktab hamda G`arbiy Qirg`oqda Jenin yaqinida ikkala tomonga ham qulayliklar beruvchi “tinchlik lager”ini tashkil etish rejalashtirilgan. Turk kelishuvi uzoqqa cho`zilishi kutilyapti, chunki u ko`pqirralidir. Bu 2010 yildagi Iroq, Suriya, Iordaniya va Livan hukumat rahbarlarining yillik uchrashuvlaridan iborat "Oliy darajali strategik hamkorlik Kengashi" singari davlatlarning yuqori darajadagi hamkorligini o’z ichiga oladi. Turkiya huddi shunday kelishuvni Liviya bilan ham imzoladi. Bu mintaqaning siyosiy qarama-qarshilikdan uzoqlashib iqtisodiy hamkorlik tomon yaqinlashuvining bir qismi hisoblanadi. Iroq va Suriyadagi beqarorlik bois Turkiyaning Misr va Suriya bilan savdo xajmi 2014 yilga kelib qisqardi, Suriyadagi urush boshlanganidan buyon 69 foizga savdo hajmi tushib ketgan. 2013 yil Misrda hokimiyat almashunivi natijasida Turkiya Misr bilan 2014 yil aprel oyida muddati tugagan o’zaro savdo ayriboshlash to’g’risidagi shartnomani cho’zishni xoxlamadi. Ammo, Iroq turk tovarlari uchun Yaqin Sharqdagi ikkinchi 118 yirik bozorga aylandi. Eron birinchi o’rinda bo’lib, yillik savdo xajmi 2011 yilda 15 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Turkiya Yaqin Sharq davlatlarining neft va gaz eksporti uchun tranzit sifatida katta ahamiyatga ega edi. Turkiya iste’mol qilayotgan neftning 93 foizini va gazning 97 foizini tashqaridan import hisobiga ta’minlaydi1. Bugungi kunda Turkiyaning Yaqin Sharqdagi energetik siyosatida ikki davlat muhim o’rin tutadi: 1. Eron 2. Iroq (Iroq shimolida tashkil topgan bugungi kundagi Kurdiston mintaqaviy xukumati). Ta’kidlash joizki, hozirda Iroq hududi de fakto tarzda uch qismga ajralib qolgan. Markaziy Bag’dod, ISHID ishg’ol qilgan hududlar va Kurdiston (Kurdiston mintaqaviy hukumati). Turkiya 2013 yildan poytaxti Erbil bo’lgan Kurdiston mintaqaviy hukumatiga nisbatan o’z yondoshuvini energetika omili bois va ISHIDga qarshi kurash sababli o’zgartirdi. Bu rasmiy Bag’dodning keskin tanqidiga uchrab, davlat suverinitetining poypol qilish deya baholanmoqda2. 2012 yilda Turkiya Energiya vaziri Taner Yildiz boshchiligidagi katta turk delegatsiyasi ishtirokida Kurdiston mintaqaviy xukumati poytaxti Yerbil shahridagi energiya anjumani bo`lib o`tdi. Unda Turk hukumatining ishtiroki Bag’dod noroziliga sabab bo’lgan. 2013 yilning iyun oyida, Havrami Turkiyaga Kurdiston muxtoriyatidan neft quvuri o`tkazilishini hamda Turkiyaning Genel Energy kompaniyasi 2014 yildan ushbu quvur orqali neft eksport qilishni boshlashi haqida ma`lum qildi. Shu bilan birga turkiyaga gaz eksporti 2016 yildan boshlanadi. Bundan tashqari mazkur neft quviri Bog’dod nazoratidagi Fish Khaburga yetkazilib, Kirkuk-Jeyhan neft quvuriga ulanishi loyihalashtirilgan. Bu Iroq shimolida tashkil topgan Kurdiston muxtoriyati bilan aloqalarning neft omili sababli mustahkamlanishini bildiradi. 2013 yilning may oyida, bosh vazir Erdog’anning ta`kidlashicha, turk davlat kompaniyasi va Exxon Mobil shimoliy Iroqda Kurdiston muxtoriyati bilan neft burg’ulashda hamkorlik qiladi. 2013 iyun oyida Kurdiston muhtoriyati ma`lum qilingan Turkiya neft quvuri rejasini amalga oshirishni e`lon qilgan. Keyingi bir necha yil ichida ikkinchi neft quvuri konstruksiyasi va tabiiy gaz quvuri loyihalarini amalga oshirish 1 Belgin M. Energy and Turkey’s Foreign Policy: State Strategy, Regional Cooperation and Private Sector Involment // Turkish Policy Quarterly. –N2. –2011. –P.84 2 Turkey's Kurdish client state // http://www.al-monitor.com/pulse/originals/2014/11/turkey-krg-client-state.html - Dec. 2, 2013 119 muhokama qilindi. Iroq hukumati rahbari al-Malikiy hukumati konstitutsion masalalar va daromad bo’lishish bilan bog`liq bahslar mavjud sharoitda Turkiya-Kurdiston muxtoriyati o`zaro munosabatlari bilan Iroq suverenitetini poymol qilmoqda, deb ta`kidlamoqda. Turkiyaning Exxon Mobil va Shevron bilan shimoliy Iroq neftini o`zlashtirishdagi ishtiroki AQSHning Bag’doddagi say-harakatlarini murakkablashtirishi mumkin. Shuningdek, uning boshqaruvi, etnik yondashuvlarning yomonlashuvi, mazhablararo zo’ravonlik, Iroqning birligi, demokratiya va konstitutsiya bilan bog`liq savollarni keltirib chiqarishi mumkin. Turkiya 2013 yilda Iroqdagi Maliki hukumati bilan yuqori darajada siyosiy aloqalarni yangilab, barqarorlikni qo’llabquvvatlashga qaratilgan harakatlarga tayyorligini ma`lum qildi. Yangi Kurdiston muxtoriyati quvuri 2013 yil dekabr oyida Turkiyaning Seyhan portiga neft haydashni boshladi. OAVning xabarlariga ko`ra, 2014 yilning iyun oyida portdan bir qancha tankerlar jahon bozoriga chiqarildi. Shu bois bugungi kunda Turkiya Iroq hududida tashkil topgan Kurdiston mintaqaviy xukumati eng katta tashqi hamkori bo’lib, uning 85 foiz eksporti Anqara xissasiga to’g’ri keladi. 2013 yilgi ma’lumotlarga ko’ra o’zaro savdo xajmi 7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi1. Hozirda Iroqdagi vaziyat sababli kurd muxtoriyati Kirkuk atrofidagi yana ikki neft konlarini qo’lga kiritishga intilmoqda. Kelgusida markaziy Bag’dod bilan muammo daromadlar taqsimoti borasida kelib chiqishi mumkin 2. Eron-Turkiya energetik hamkorligiga to’xtaladigan bo’lsak, 2014 yil Eron Birinchi Visa prezidenti Muhammadrizo Raximiyning Eronga tashrifi davomida o’zaro savdo xajmini yiligi 30 mlrd. AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bu esa Suriya masalasida qarashlar mos kelmasada, Eron va Turkiya o’rtasida iqtisodiy munosabatlarda barqarorlikning saqlab qolinishini ko’rsatadi. Bugungi kunda Turkiyaning neft importini taxminan 44 foizi va uning tabiiy gaz importini 19 foizi Eron hissasiga to’g’ri keladi3. Bundan tashqari so’nggi vaqtlarda Turkiyaning ISHID jangarilari bilan hamkorlik qilayotganligi, ulardan noqonuniy tarzda Iroqdan neft mahsulotlari sotib olayotganligi va ularni Suriyadagi neftni qayta ishlovchi 1 Turkey's Kurdish client state // http://www.al-monitor.com/pulse/originals/2014/11/turkey-krg-client-state.html - Dec. 2, 2013 2 Ta pinar Ö., Tol G. Turkey and the Kurds: From Predicament to Opportunity // US – Europe Analysis Series. Number 54 January 22, 2014. –Р.38-40. 3 Турция: новая роль в современном мире. – М.: ЦСА РАН, 2012. – 80 с. 120 zavodlarga yetkazishda ko’maklashayotganligi to’g’risida ma’lumotlar uchrab turmoqda1. Bundan tashqari Turkiya Isroil energetika eksportida ham muhim o’ringa ega. Isroilning Levant tekisliklarida 450-480 mlrd.kub metr, Tamar gaz konida 254 mlrd.kub metr gaz zaxiralari aniqlangan. Isroil va Kipr 2010 yil dekabrda dengiz chegaralari orasidan gaz quvurlarini o’tkazishga kelishib olishdi. 2013 yil boshlarida Isroilning yirik Doran Energy Company kompaniyasining 25 foiz aksiyasiga ega bo’lgan Turkiyaning Zorlu Group kotserni Livant tekistliklaridagi gaz konlaridan Turkiyaning janubiy sohillari bo’ylab Kiprga quvur yo’llarini o’tkazilishini ta’minladi. U 600 km.ga teng bo’lib, Yevropaga yetgunicha 2 mlrd. AQSh dollari miqdordagi qurilish xarajati ketadi. Turkiyaning Yaqin Sharqda neft tranzit qiluvchi davlat sifatidagi o’rniga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar: Birinchidan, Turkiyaga tranzit koridoriga qarshi Xormuz bo’g’ozi va Fors ko’rfazining o’rni kattaligi; Ikkinchidan, Turkiya chegarasidagi beqarorlik holati, Suriya va Iroqdagi vaziyat; Uchinchidan, Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalarning mavjudligi, Rossiyadagi nisbatan gaz narxining yuqoriligi (1000 kub metr uchun Eron - 505 dollar, Rossiya- 400 dollar)2. To’rtinchidan Rossiya omilining o’rni kattaligi. Turkiyaga jami yetkazilayotgan gaz xajmining 58 foizi va neftning 12 foizi Rossiyaga to’g’ri keladi3. Bugungi kunda Rossiya va Turkiya o’rtasida “Turk yo’li” gaz quvuri 2017 yildan so’ng ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu Turkiyaning tranzit sifatidagi rolini oshirsa, ikkinchidan mamlakatdagi muqobil energiya manbasiga ega bo’ladi. Bu haqda Turkiyaning Moskvadagi elchisi Umit Yardimga asoslanib, "Interfaks" xabar qilgan. Elchining so’zlariga ko’ra, Turkiya va Rossiya hozircha loyihani boshlash arafasida turibdi. SHuning uchun ushbu loyiha 2016 yoki 2017 yildan qaysi birida ishga tushishini aniq aytib bo’lmaydi. Aytish mumkinki, Turkiyaning Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy va energetik qiziqishi yildan yilga o’sib bormoqda. Bu holatni bir necha omillar bilan izohlash mumkin: 1 US says working with Iraqi Kurdistan to stop ISIL oil smuggling // Today’s Zaman. –October 30, 2014. // http:// www.todayszaman.com/business_us-says-working-with-iraqi-kurdistan-to-stop-isil-oil-smuggling_363004.html 03.11.2014). 2 Y ld z: Iranian gas prices higher than int’l markets // Today’s Zaman. — March 12, 2014 // http://www.todayszaman. com/business_yildiz-iranian-gas-prices-higher-than-intl-markets_341897. html - 03.11.2014. 3 Okumu O. Turkey dependent on Russian gas via Ukraine.//http://www.alмonitor.com/pulse/originals/2014/03/turkey-still-needs-russian-gas-via-ukraine.html# - 03.11.2014 121 Birinchidan, “Adolat va tarqqiyot partiyasi” hokimiyatga kelishi va tashqi siyosatda Yaqin Sharqqa nisbatan kengroq siyosat olib borishga qaratilgan strategiyalarning ishlab chiqilganligi; Ikkinchidan, Turkiyaning iqtisodiy o’sishi va eksport xajmining so’nggi yillardan ortishi va Yaqin Sharqning qulay bozor sifatidagi o’rnining muhimligi; Uchinchidan, Yaqin Sharqdagi, xususan, Turkiyaga chegaradosh davlatlardagi inqirozlar va turk iste’mol mahsulotlariga nisbatan talabning oshishi; To’rtinchidan, Yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan o’sayotgan turk iqtisodiyoti uchun energetik ta’minotning muqobil manbasi sifatida qarashning shakllanishi. Yaqin Sharqda mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda Turkiyaning o’rni. Bugungi kunda Yaqin Sharq jahonnnig nizolarga boy hududlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda Turkiyaning mintaqaviy siyosatida manfaatlariga zid bo’lgan, mintaqaviy xavfsizligiga tahdid soladigan asosiy muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ISHID va unga qarshi kurash masalasi, Suriyagi fuqarolar inqirozini hal etish, mintaqadagi suv va gumanitar muammolar, diniy nizolar, Isroil-Falastin nizosi boshqalarni keltirish mumkin. Turkiyaning “Katta Yaqin Sharq”da tinchlik va barqarorlikka nisbatan yondoshuviga ham baho berish kerak. Yaqin Sharqdagi ahvol PSRning hokimiyatda bo`lgan davrda butunlay tahlikali bo`lib qolmoqda. Holat ayniqsa 2011-2012 yillarda “arab bahori” tufayli og`irlashdi. Turkiyaning “arab bahori” hodisalarida maqsadlarini quyidagicha tushunish mumkin 1: - Mojaroli hududda elitaning almashishi, hokimyat tepasiga islom tipidagi Turkiya nazorati ostidagi hamda xatto yangi elitaning chuqur islomlashuvi darajasigacha jarayonlarni boshqarish bo`yicha G`arbdan vakolatlar olish imkoniyatiga ega bo`lgan yangi subyektlarning kelishi; - Amerikaning eskirgan rejimlarni ularning boshqarilish darajasini saqlagan hamda oshirgan holda almashtirilishi bo`yicha loyihalari orqali “Katta Yaqin Sharq” xaritasining hududiy yaxlitligini saqlash va uni qayta shakllantirish, va ayni shu orqali ushbu kontekstda AQShning mustaqil o`ng qo`li rolini bajarish; - O`zining shunchaki mintaqaviy davalat sifatida emas, balki mintaqadan ustun turuvchi global xarakterdagi muammolarni hal etish imkoniyatiga ega bo`lgan kuchli davlat sifatidagi rolini oshirish; 1 Turkey and the Middle East: Ambitions and constraints /Crisis Group // Europe Report. –N°203. –7 April 2010. – P.23-25. 122 - AQShga real sodiqlikni va nisbiy suverenitet hamda hokimiyatdagi elitaning saqlab qolinishi yo`lida uning siosati doirasida harakat qilishga tayyorlikni namoyon etish; - Mavjud kuch shakllarining barcha turlarini, xususan ular ichida eng muhimi bo`lmish AQShda istiqomat qiluvchi F. Gyulen boshliq “Nur” nomli islom tariqatini aks ettiruvchi diniy – ma’naviy (mafkuraviy) kuchni qo`llay olish imkoniyatini oshirish; - Falastin davlatini tan olish jarayonida yetakchilik pozitsiyasini egallash uchun baza tayyorlash, shu bilan birga xalqaro munosabatlarning maydalashuvi sharoitlarida boshqariladigan bosh-boshdoqlik – anarxiyani kengaytirish; - Hududiy yaxlitlikni mustahkamlash hamda “bahor”ning o`z hududiga qadar kengayishining oldini olish; - O`z fuqarolari manfaatlarini himoya qilish; - Mojaroli hududlardan davlat mulkini olib chiqib ketish. AQSh “arab bahori” davrida Turkiyaga amalda Suriya rejimini tiyib turish va Isroilga bosim o`tkazish bo`yicha vakolat berdi. “Arab bahori” kontekstida Turkiya faoliyati manbalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - Turkiyaning Sharq va G`arbi, Shimol va Janubni va bir qator mikrohamda makro mintaqalarni birlashtirib turuvchi hududi; - Ta’lim darajasi tez o`sib borayotgan yosh va umidli aholisi, bu o`z navbatida mamlakatning xalqaro sahnada raqobatbardoshligini oshishiga olib keladi; - Yaxshi qurollangan, qattiq tashkil etilgan, son jihatdan NATOning ikkinchi eng yirik armiyasi; - AQSh bilan ittifoqchilik aloqalari; - YIga cho`zilib ketgan integratsiya jarayoni - O`z hududida energiya rishtalarining mavjudligi; - Kuchli analitik kadrlar, umuman olganda oqilona tashkil etilgan kadrlar siyosati; - Ayni vaqtda G`arb uchun ham, Sharq uchun ham jozibador bo`lgan o`z ichki va tashqi siyosatining mavjudligi; - Samarali iqtisodiy model. O`ziga ishonchning o`sishi bilan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi boshqaruvidagi Turkiya o`zini bir qancha mintaqaviy mojarolarda ko`makchi, o`rtakash va raqib tomonlarni yarashtiruvchi sifatida namoyon etmoqda. Ushbu rol G`arb poytaxtlarida, Turkiya ichidagi omma fikrida va mintaqaviy OAVda keng tan olindi hamda muhokama etildi. Yaqin Sharq 123 mintaqasini barqarorlashtirish bilan birga ushbu faollikdan asosiy sabab mintaqaviy farovonlik va shu orqali Turkiya savdosini o`stirishdir. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi ushbu faollikni Iroqq qarshi AQSh boshliq uyushtirilgan intervensiyadan so`ng ushbu mamlakat Sunniy musulmonlarining uchrashuvlarini uyushtirish hamda mintaqada AQShning yangi o`rtakashlik tartibiga boshqa mamlakatlarni ham birlashtirishga intilish orqali boshladi. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi yetakchilari shu bilan birga AQSh va Eron, Suriya va Iroq, Isroil va Falastin, HAMAS va Fath hamda Pokiston va Afg`onistondagi turli taraflar o`rtasidagi bosimni kamaytirishga ham intildi. Har bir holatda, Turkiyaning roli yanada sezilarli bo`lib bordi. Masalan Afg`oniston va Pokiston o`rtasidagi uch tomonlama uchrashuvlar Istanbulda to`rt raund darajasida tashkil etildi, avval ishonchni yaratish uchun yetakchilar o`rtasida uchrashuv, keyinroq iqtisodiyot vazirlari, keyinroq harbiy va xavfsizlik sohasidagi vazilar va nihoyat ushbu davlatlarning fundamental diniy maktablarini qanday qilib zamonaviy yo`lga qo`yish muammosini hal etish borasida uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Turkiya Yaqin Sharq mojarolarida barcha tomonlar bilan muzokara olib borishi mumkin bo`lgan yagona davlatdir. 2009 yilda Doha sammiti arafasida Livan tomoniga bosim o`tkaza olganini kuzatuvchilar yaxshi baholagan. Turkiya, xatto bu uchrashuv Suriya va Saudiya yetakchilarining xo`jako`rsinga amalga oshirgan tashrirfi bo`lishiga qaramay, Damashqni Ar-Riyod va Bayrut bilan yaqinlashtirishda o`z hissasi bor ekanligini iddao qiladi. Iroqda borbardimon seriyalaridan so`ng Suriya va Iroq o`rtasidagi tahlikali vaziyatni kamaytirish bo`yicha to`rt raundli uchrashuv hech bo`lmaganda ushbu davlatlarning pozitsiyasini aniqlash imkonini berdi. Liviya masalasida. Dastlab Turkiya Liviyada Kaddafiy ma’muriyatiga qarshi BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlarini bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi. Erdog’an ma’muriyati bu yerdagi rejimga qarshi har qanday NATO harbiy operatsiyani qo’llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Biroq, Turkiya bu siyosatda yakkalanib qoldi va Beng’ozi qo’zg’oloni davrida Liviya ma’muriyati Turkiyaga nisbatan o’z salbiy munosabatini bildirdi. Bu rasmiy Anqara pozisiyasining o’zgarishiga olib keldi. Erdog’an agarda turk qo’shinlarini to’g’ridan-to’g’ri harbiy amaliyotlarga jalb qilish so’ralmaganda Qaddafiyni pastroq tushishga va NATO operatsiyalarida ishtirok etish uchun kelishib olishga chaqirgan bo’lardi. Tripoli qulashi bilan rejim barbod bo’lganda Axmad Dovutog’lu o’tish davri Milliy Kengashiga 300 million AQSh dollari yordam berishga va’da berdi. 124 ISHIDga qarish kurash masalasida. 2013 yil aprel oyida Suriyada IShIDning paydo bo`lishi Suriya shimolida kuchli ta’sirga ega bo`lgan holda “Suriya urushi yo`nalishini o`zgartirib yubordi”. 2013 yil dekabr oyiga qadar ushbu guruh Suriyaning 4 ta chegaraoldi shaharlari – Atmeh, Al-Bob, Azoz va Jorablusni o’z nazoratiga oldi, bu orqali ular Turkiyaga kirish va chiqish ustidan ham nazoratga ega bo’ldilar. Ma’lumki, Iroq urushi davrida Al-Qoida shafeligida tashkil etilgan ushbu guruh 2004 yil boshida o’zini “Jamoat al-Tahvid al-Jihod” deb nomlangan, 2004 yil oktabr oyida esa uni Tanzim Qoidot al-Jihod fi Bilad al-Rafidayn (ikki dayo mamlakatida qo’nim topgan Tashkilot)ga o’zgartirdi, keyinroq u Iroqdagi Al-Qoida sifatida tanildi. 2006 yil yanvar oyida ushbu guruh bir qancha kichik guruhlar bilan birlashdi va “Mujohidin Sho’ro” deb atala boshladi. 2006 yil oktabr oyida u Davlat al-Iroq al-Islomi (Iroq Islom Davlati) nomini tanladi. 2013 yil aprel oyiga kelib ushbu guruh “Iroq va Shom Islom Davlati” nomini tanladi, bu esa o’z navbatida uning Suriya fuqarolar urushiga jalb etilganini bildiradi1. Iroq va Shom islom davlatining siyosiy qurilishi Afg’onistonda Tolibon hokimyaiti davrida o’rnatilgan siyosiy rejim bilan bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Shu yo’sinda, ushbu front o’zini Al Qoidaning Suriyadagi filiali sifatida ommaviy ravishda tan oldi. Ammo, ushbu davlatdga (Shom) Suriya, Livan, Iordaniya hamda Iroqning bir qismi kiradi va bu holat bir vaqtning o’zida AQSh, Turkiya, Isroil va Eron uchun to’g’ridan-to’g’ri tahdid hisoblanadi. 2015 yil may oyida ISHID tomonidan Suriyadagi Palmira va Iroqdagi Ramadi shaharlarining egallanishi Turkiya xavfsizligi uchun jiddiy tahdid sifatida namoyon bo’ldi. 2015 yil 23 mayda Turkiya qurolli kuchlari Suriya bilan chegaraga zirhli texnikasini joylashtirdi. CHunki chegarada vaziyat keskinlashib, Turkiyaga qochoqlar kelishi ancha ko’paydi. Turkiya ISHIDga qarshi bir qator strateiyalarni amalga oshirdi: Birinchidan, ISHIDga qarshi kurashishda G’arb koalisiyasining hamkori, biroq o’z hududidan AQSH xavo kuchlarining Iroq va Suriyadagi bazalariga zarba berishi uchun foydalanishiga ruxsat bermadi; Ikkinchidan, Turkiya Mudofaa vaziri Ismat Yilmaz Mosul shahriga Iroq harbiylari uchun ko’maklashishga jo’nalishini bildirgan. Ular inqiroz 1 Иррегулярные конфликты. Ближний Восток. Террористические группировки «Исламское государство Ирака и Леванта» и «Исламский фронт»: цели, задачи, формы и способы действий в Сирии и Ираке. — М.: АНО ЦСОиП, 2014. – С.23. 125 holatida Iroq aholisini himoya qiladi, biroq to’g’ridan-to’g’ri urushga kirmaydi1. Iroq-Turkiya munosabatlari. Turkiyaning Iroqqa eksporti 2003 yilda 829 million dollardan 2010 yilda 6 milliard dollarga o’sdi. Saddam hokimiyatining ag’darilishi Turkiyaga foydali edi. Anqara so’ngi oylarda turk rasmiylari tomonidan 2012 yil boshlarida Iroqning sobiq vitseprezidenti T.al-Xoshimiyga boshpana berganligi sababli Iroq hukumati Anqarani Iroqning ichki ishlariga aralashishda ayblaganidan so’ng Bag’dodda Nuri al-Maliki hukumati bilan munosabatlarda paydo bo’lgan bir qator o’tkir burchaklarni yo’q qilishning uddasidan chiqdi. O’z vatanida osish orqali o`limga hukm etilgan Al-Xoshimiy Iroq Kurdistoni orqali Turkiyaga qochgani e’tiborga sazovor. 2012 yil avgustida esa Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu Iroqni ogohlantirishni lozim topmay Iroq shimolidagi Kirkuk shahriga tashrif buyurgan edi. Bu Iroq ma’muriyati noroziligiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari Turkiyaning Iroq shimolidagi Kurdiston mintaqaviy hukumati bilan yaqin aloqalari ikki davlat munosabatlarining sovushiga olib kelmoqda. Kurdlar masalasi bo’yicha. Turkiya Respublikasida mavjud kurd aholisining soni bilan bog`liq ishonarli statistikani topish anchayin mushkul hisoblanadi. Bir qator xorijiy nashriyotlar taklif etayotgan raqamlar ixtiloflidir: bu ma’umotlar 14 million turk kurdlarining mavjudligini ko`rsatadi, bu raqam mamlakat aholisining 14 foizini tashkil etadi. 3 milliondan 5 milliongacha bo’lgan kurdlar mamlakatning markaziy qismlarida, 12 million nafar aholiga ega bo’lgan Istambul shahrida esa 2 million kurd yashaydi. 2009 yilda “Adolat va tarqqiyot” partiyasi hukumati “Kurdlar ochilishi” bo’yicha ommaviy debatni boshlab yubordi. Hukumat ushbu sarlavhani “Demokratik ochilish” bilan o’zgartirdi, keyinchalik u “Miliy birlashish va bag’rikenglik loyihasi”ga o’z o’rnini bo’shatib berdi. Ichki Ishlar Vaziri Beshir Otolayning islohotlar jarayoni siyosiy partiyalari jalb etish va o’zaro hamkorlikka undashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo’lsada, u hukumatga professional assotsiatsiyalar, NNTlar, universitetlar, OAV hamda ijtimoiy intellegensiya bilan muloqot olib borish imkoniyatini yaratdi. Shu orqali hukumat ushbu jarayonga hissa qo’shish niyatida bo’lgan barcha tomonlar fikrlarini o’rganib chiqishga intildi. Ushbu davr mobaynida Milliy Assambleya Kurd masalasi va uning yechimiga bag’ishlangan ilk sessiyasini o’tkazdi, ayni damda hukumat 1 Zvi Bar'el. Saudis trying to woo Turkey into joining anti-Iran axis // http://www.haaretz.com/news/middleeast/1.645777 - Mar. 8, 2015 126 Iroq Kurdistonining Kemp Mahmur nomli joyida o’rnashgan Kurd Ishchilar Partiyasi jangarilari vakillarining mamlakatga kirishi masalasini hal etish bilan shug’ullandi. Umumiy 34 jangarining yetib kelishi Habur chegara postida bayramning boshlanib ketishiga sabab bo’ldi, ammo mamlakat bo’ylab norozilik namoyishlari boshlandi. 2013 yil 23 fevralda Parvin Buldan va Altan Tandan iborat bo’lgan ikkinchi delegatsiya A.Ojallanni ziyorat etish uchun qamoqxonaga tahsrif buyurdi 1. SHu muammoni ijobiy hal etishga erishiga harakat qildi. 2015 yil 17-18 may kunlari Turkiyada kurdlarning Xalq-demokratlar partiyasi ofislari joylashgan binolarda portlashlar amalga oshirildi. Bu portlashlar Turkiya janubidagi Mersin hamda Adana shaharlarida sodir etilgan. Bu holat Turk hukumati va kurdlar masalasini yana chigallashtirib yuborish ehtimolini oshirdi. Isroil-Falastin nizosi masalasida. 2014 yil iyul Isroil-G’azo ixtilofi paytida, Erdog’an muntazam ravishda Isroilni tanqid qilgan va Turkiya ehtimol HAMAS nomidan xalqaro vositachilik sa’y-harakatlariga jalb etilgan edi. 2006 yilda Isroilning Livanga qarshi harbiy harakatlaridan so’ng Turkiya ham BMTning Livandagi vaqtinchalik qo’shinlarini qo’llabquvvatlashga yuklar va 1000 nafar xodim va muhandis jo’natishni boshladi. Eron yadrosi. 2010 yilning may oyida, Turkiya bosh vaziri Rejep Tayyip Erdog’an o’z mamlakatiga Eron uranini kirgizish maqsadida Eronga qo’shimcha sanktsiya oldini olish uchun Braziliya prezidenti Lula da Silva bilan kelishilgan holda Tehronga rejadan tashqari safar qildi. Shartnomadan so’ng, Erdog’anning Eronni qo’llab-quvvatlashi xalqaro hamjamiyat uchun masalaga aylandi. "Aslida, hozir Eronda yadroviy qurol yo’q, lekin bizning mintaqamizda joylashgan Isroil yadroviy qurol ega. Turkiya ularning ikkalasi bir xil masofada joylashgan. Natijada AQSH va Angliyaning Turkiyaga nisbatan bosimi ortishiga olib keldi2. Kipr masalasida. Bu jihatdan Dovutog’lu turk-grek munosabatlarining yangi paradigmasi asoslarini aniqlab berdi: 1. Kelajak yo’lida tarixni birgalikda tushunish: Turkiya va Gretsiyaning umumiy tarixiy merosi ushbu ikki mamlakat tarixining Sharq yoki G’arb dunyosiga mansub ekanligini inkor etadi. 1 Ensaro lu Y. Turkey’s Kurdish Question and the Peace Process // Insight Turkey –Vol.15 – No.2. –2013. –Р.7-17. Coming war against Iran: Increasing Anglo-American pressure on Turkey http://www.globalresearch.ca/index.php?context=va&aid=9407 - 21 June 2011 2 127 // 2. Konfessiyalararo muloqot namunasi: Turkiya va Gretsiya konfessiyalararo muloqot masalasida butun dunyoga o’rnak bo’lishi mumkin. 3. “Qo’shnichilik”ni yangicha tushunish: Turkiyaning tashqi siyosiy strategiyasidagi “qo’shnilar bilan nol muammolar” yo’nalishiga to’g’ri keluvchi hamkorlikning maksimal darajasiga erishish. 4. Egey dengizida hal etilmagan muammolarning yechimini topish. 5. Yevropa Ittifoqi, O’rta Yer dengizi Ittifoqi hamda Qora Dengiz iqtisodiy hamkorligi Tashkiloti doirasida 2000 yildan 2010 yilga qadar Turkiya va Gretsiya o’rtasidagi Tovar aylanmasi hajmi 870 mln. AQSh dollaridan 3 mlrd. AQSh dollariga qadar o’sdi. Xulosa qilib aytganda, Turkiya bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi vositalardan foydalanmoqda: - vositachilik; - yuzma-yuz muzokaralar; -ikki tomonlama munosabatlar; - ko’p tomonlama va xalqaro tashkilotlar orqali; - G’arb koalisiyasini qo’llab-quvvatlash. Biroq, Yaqin Sharqqa nisbatan tashqi yetakchi kuchlarning kuchli ta’siri, mintaqa davlatlari o’rtasidagi raqobat muhiti Turkiyaning Yaqin Sharqdagi barqarorlikni ta’minlashdagi siyosati samaradorligini va imkoniyatini cheklamoqda. Turkiya 2019 yil iyun oyi boshida Rossiyaning S-400 majmualari bo’yicha yakuniy qaror qabul qilishi lozim. Buni Anqaradan Vashington talab qilmoqda. Agar Turkiya S-400 o’rniga AQShning zenit-raketa majmualarini sotib olmasa, unga qarshi sanktsiyalar kiritilishi mumkin. Turkiya S-400 majmualarini sotib olishdan voz kechib, ular o’rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishi lozim. Aks holda Anqara 5avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqishi kerak, u buyurtirgan 100 ta shunday samolyotdan mahrum bo’ladi, AQSh tomonidan sanktsiyalar va NATO choralariga duch kelishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra, bu AQSh davlat departamentining Turkiya rahbariyatiga oxirgi taklifidir. “NATO davlatlari NATO tizimlariga mos keluvchi harbiy texnikani xarid qilishi lozim. Rossiya tizimi esa bu standartga mos kelmaydi. Biz Turkiya S-400’ni sotib olsa, real va juda salbiy oqibatlarga duch kelishini ta’kidlab o’tamiz”, deb aytgan noma’lum bo’lib qolishni istagan manba. Rossiya va Turkiya S-400’ning 4 ta divizionini etkazish bo’yicha kelishuvni 2017 yil oxirida imzolagan. NATO a’zosi bo’lgan Turkiyaning 128 S-400’ni sotib olishi AQShning keskin tanqidiga uchragan. Vashingtonda bu holat Anqara bilan harbiy-texnika sohasida hamkorlik qilish imkoniyatini tahdid ostiga qo’yishi ta’kidlab o’tilgan. Turkiya F-35 samolyotlarini ishlab chiqarish dasturida ishtirok etib, 100 ta shunday samolyot buyurtirgan. Birinchi F-35 Turkiyaga 2018 yil iyunda topshirilgan, biroq AQSh hududini tark etmagan. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Jahon xaritasida Yaqin Sharq davlatlarining siyosiy-geografik holatini tavsiflab bering ? 2. Yaqin Sharq davlatlari tashqi siyosat kontseptsiyasi asosiy o‘lchamlari tushunchasiga ta’rif bering ? 3. Fors Ko‘rfazi arab davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida aytib bering ? 4. Saudiya Arabistoni Podshohligi AQSh va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari nimadan iborat ? 5. Bugungi kunda AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlariga SAP va boshqa arab davlatlarining munosabatlari qanday? 6. Turkiyaning AQSh va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari nimadan iborat ?. 7. Fors Ko‘rfazi Arab davlatlari hamkorlik tashkilotidan “Fors Ko‘rfazi arab davlatlari Ittifoqi”ga aylanish istiqbollari haqida ma’lumot bering. 8. Eronning ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga umumiy tavsif bering. 9. Yamanning FKADHKga a’zoligi muammolari nimadan iborat? 10. “Hozirgi davrda SAP” mavzusida prezentatsiya tayyorlash. 11. “FKADHK davlatlarida islom omili” mavzusini muhokama etish. 12. Eron Islom Respublikasining FKADHK davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari haqida ma’lumot bering. 13. Fors ko‘rfazi davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga tavsif bering. 14. BAAning jahon hamjamiyatidagi o‘rniga baho bering. 15. Zamonaviy bosqichda Saudiya Arabistoni – Eron munosabatlari qanday? Mustaqil ish uchun topshiriqlar 1. Siyosiy xarita yordamida Arab davlatlarini siyosiy, iqtisodiy – ijtimoiy va geografik holatini gapirib bering? 129 2. Turkiyaning Yaqin Sharqdagi siyosatini xarita yordamida aytib bering? 3. Arab mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish. 4. Ummon Sultonligining xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yoritib bering. 5. Bahrayn tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tavsiflab bering. 6. Zamonaviy bosqichda Yaqin Sharq davlatlarida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering. 7. “FKADHK - Yevropa Ittifoqi davlatlari munosabatlari” mavzusida nutq tayyorlash. 8. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatida Yaqin Sharq davlatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash. 9. SAP tashqi siyosatida Yaqin Sharq muamosini yoritib bering. 10. Qatar tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari. 11. “Yaqin Sharq davlatlari va jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz” mavzusida doklad tayyorlang. 12. Qirol Salmon bin Abdulaziz davrida SAPdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar 1.Kathy Pain. Changing Urban and Regional Relations in a Globalizing World. – USA, 2014. – 248p. 2.TimoBehr., JuhaJokela. Regionalism and global governance: the emerging agenda. –Notre Europe, 2011. – 67 p. 3.Rouben Azizian, Carleton Cramer. Regionalism, security and cooperation in Oceania. – USA: APCSS, 2015. – 172 p. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy Xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari (O’quv qo’llanma) - T: ToshDShI, 2013. – 182 b. 2.Муҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларида ижтимоий-сиёсий жараёнлар (Ўқув қўлланма) - Т: ТошДШИ, 2013. – 160 б. 3. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlari (O‘quv qo‘llanma) – T: ToshDSHI, 2017. – 240 b. 4. Muhammadsidiqov M.M. Xalqaro mintaqashunoslik (O‘quv qo‘llanma) – T.: Barkamol fayz media, 2017. 292 b. 130 4-BOB. JANUBIY VA JANUBIY SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI JAHON SIYOSATIDA Darsning maqsadi: talabalarni Pokiston va Afg’oniston Islom Respublikalarining xalqaro munosabatlardagi o‘rni hamda ularning siyosiy jarayonlari borasida tasavvur hosil qilishlari uchun ko‘maklashish; talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish; talabalarga Pokiston va Afg’oniston tashqi siyosati hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlari borasidagi to‘la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini singdirish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Janubiy Osiyo, SAARK, SENTO (CENTO - The Central Treaty Organization), SEATO (SEATO South-East Asia Treaty Organization) tashkilotlari, “Tolibon” harakati, Pokiston Islom Respublikasi, Jammu, Kashmir, Muhammad Ali Jinna, “Dyurand chizig‘i”, Belujiston, Pushtuniston. 4.1 Afg’oniston tashqi siyosatining xususiyatlari va asosiy yo’nalishlari Bugungi kunda Afg’oniston islom dunyosi va G’arb bilan ko’ptomonlama hamkorlik ko’prigini qurib, dadil tashqi siyosatni olib o’tkazmoqda. Afg’oniston Islom Respublikasining tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari Afg’oniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasining 7 va 8 moddalarida belgilab qo’yilgan asosiy ishonch, qadriyatlar va maqsadlarga asoslangan bo’lib: Davlat o’z tashqi siyosatini mamlakatning Mustaqilligi, milliy manfaatlari, hududiy yaxlitligi, shuningdek, yaqin qo’shnichilik, o’zaro hurmat va huquqlar tengligi asoslarini saqlab qolgan holda olib boradi (8 modda). Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi, xalqaro kelishuvlar, shuningdek Afg’oniston imzolagan millatlararo shartnomalar va Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga amal qilishi lozim...(7 modda) Tarixining ushbu muhim onida Afg’oniston demokratlashuv va qayta tiklash jarayonini boshladi. Afg’oniston va xalqaro hamjamiyat o’rtasidagi parallel shakllanib kelayotgan sherikchilik oqibatida Afg’onistonning tashqi munosabatlari jiddiy o’zgarishlarga duch keldi. Toliblar hukumatining qulashidan so’ng afg’on hukumati faol siyosat olib borib, o’z munosabatlarini xalqaro hamajamiyat bilan mustahkamlashga kirishdi. Afg’oniston nafaqat Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Sub-qit’a mintaqalari o’rtasidagi ko’prik 131 bo’lib qolmasdan, balki islom dunyosi va plyuralistik demokrati oilasi bilan ham yaqin munosabatlarni o’rnatish qarorini belgilab qo’ydi. Biroq, Afgonistonning xalqaro sheriklari tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga avvalgidek aminmiz. Afg’onistonning qo’shnilari mintaqadagi davlatlarni, shuningdek bizning bevosita Afg’oniston uchun qo’shni bo’lgan eng muhim davlatlar qatorida ekanligini hisoblaymiz. Bir necha o’n yillar mobaynidagi urushlar va qon to’kilishlar oqibatida Afg’oniston qo’shnilari bilan o’zining an’anaviy va muvozanatlashgan munosabatlarini yo’qotdi. So’ngi og’ir yillarda Afg’oniston mustaqil va suveren xalq sifatida emas, balki subdavlat sub’ekt sifatida ko’rib kelingan. “Tolibon”larning qulashi paytidan boshlab hukumat bizning qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlar dinamikasini o’zgartirishga intildi. Afg’oniston qo’shnilari bilan aloqalarda quyidagi ikki g’oyani ilgari suradi. Birinchidan, Afg’oniston teng hamkor bo’lishi kerak; ikkinchidan, Afg’oniston mintaqaviy hamkorlikning katalizatori bo’lishi kerak. Mintaqaviy hamkorlik: Ushbu o’zaro bog’liq bo’lgan dunyoda Afg’oniston mintaqaviy hamkorlikni taranglikni yumshatish, nizolarni echish va global mintaqaning raqobatbardosh bozorida muvafaqqiyatga erishishni asosiy maqsad sifatida olg’a suradi. Alohida milliy davlat hamkorlikning mintaqaviy mexanizmlarida faqatgina integratsiyalashuv yo’li bilan gullab yashnashi mumkin. Yevropa Ittifoqi modeli ilhombahsh va umidvor hisoblanadi. Afg’on hukumatining fikricha, YeI tajribasining bizning mintaqada takrorlanishi lekin imkoni bo’lmagan katta vazifa hisoblanadi. Bunda oldindan ko’ra bilish hissiyoti muhimdir. Keyin esa biz ushbu hissiyotga erishish uchun jiddiy, doimiy tarafdorlik, rejalashtirish va mintaqadagi barcha davlatlar harakati ustida ish olib bormoqda. Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri “Markaziy Osiyo va Yaponiya o’rtasidagi muloqot”i vazirlarining ikkinchi uchrashuvida, Afg’oniston ushbu yo’nalish bo’yicha bir necha qadam qo’ydi. 2002 yil dekabrida “Yaqin qo’shnichilik munosabatlarining Qobul deklaratsiya”ni imzolandi. Unda Afg’oniston va uning qo’shnilari yana bir bor o’zining hududlararo yaxlitlik printsiplariga asoslangan ikkitomonlama kontruktiv i qo’llab quvvatlovchi munosabatlarga monandligini tasdiqladilar. Shuningdek, o’zaro hurmat, do’stona munosabatlar, hamkorlik va o’zaro ichki ishlarga aralashmaslikka kelishdilar. Undan tashqari, Afg’oniston SAARK va CICAtashkilotlariga a’zo bo’ldi. Islom dunyosi va Afg’oniston: Islom davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash Afg’oniston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlardan 132 biri hisoblanadi. Musulmon davlati sifatida, boshqa islom mamlakatlari bilan bo’lgan munosabatlarini yanada muhim ahamiyat qaratib kelmoqda. Afg’oniston Falastin ahlining o’z taqdirini o’zi belgilash uchun olib borayotgan sabrli va barqaror harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Falastinliklarning huquqlarini qo’llab-quvvatlagan holda, BMTning Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq, qabul qilingan “Yo’l xaritasi” Afg’onistonning rasmiy siyosatidan biri bo’lib qolmoqda. Afg’oniston shuningdek Iroqning “Milliy birlik” hukumatini shakllanishini ma’qullaydi. Ko’p yillardan buyon yo’qotishlardan so’ng Iroq xalqi to’liq qo’llab-quvvatlashga loyiq. Afg’oniston Iroq yangi hukumatining tinchlik, barqarorlik va milliy birdamligi uchun amalga oshirayotgan harakatlarini to’la qo’llab. Afg’oniston Islom hamkorlik tashkilotini tanglik, tadqiqot va ta’lim yo’nalishlarida, ichki va davlatlararo nizolarni hal etishda, fanatizm va islomofobiya kabi ko’pgina muammolarning yechimini topish uchun eng yaxshi tashkilotlardan biri deb biladi. Amerika Qo’shma Shtatlari va Afg’oniston: Afg’oniston urush va to’qnashuvlarni bartaraf etish, shuningdek, demokratik va farovon millatga aylantirishda muvafaqqiyatga erishish yo’lida Amerika Qo’shma Shtatlarini asosiy strategik hamkori deb biladi. “Qo’shma Shtatlar va Afg’oniston o’rtasidagi strategik sheriklik qo’shma deklaratsiyasi”ga muvofiq, Amerika Qo’shma Shtatlari bilan munosabatlari ko’p qirralidir. U o’zida xavfsizlik, taraqqiyot, fuqarolik jamiyati, ta’lim va mintaqaviy sohalarda hamkorlik, shuningdek mintaqaviy va xalqaro muammolarni o’z ichiga oladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Afg’on hukumati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgandan buyon xalqaro tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotga qo’shayotgan xissasini yuqori baholaydi. U BMTning global ishlarda, ayniqsa, rivojlanish, atrof-muhit va xalqaro adolat sohalarida yanada faol o’rin egallashi lozim deb hisoblaydi. Bunday rolni o’zida mujassam etish uchun, BMT a’zo-davlatlari bir qancha tuzilmaviy kamchiliklar, rivojlanayotgan mamlakatlarning BMTdagi ta’sirlik tuzilmalaridagi to’liq namoyon etilmasligi hamda BMTdagi byurokratik to’siqlarni bartaraf etish kerakligini lozim deb biladi. Shuningdek, BMTning Afg’onistondagi maqsad va missiyasini to’liq qo’llab quvvatlaydi. YeI va NATO: Afg’oniston shuningdek Yevropa Ittifoqi va NATO bilan munosabatlarga strategik ahamiyat qaratib, ularni eng sahiy va sodiq do’stlaridan biri sifatida ko’radi. YeIning Afg’onistonga qaratilgan ijobiy 133 rolini to’liq anglab etgan holda, xususan, transmilliy adolat tomon yo’naltirilgan say-harakatlarni ijobiy baholaydi. U NATOning Afg’onistondagi kengayotgan missiyasini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Chunki ular 2003 yil avgustida ISAF ustidan qo’mondonlikni o’z bo’yniga oldilar. Bugungi kunda Afg’oniston NATO bilan mustahkam hamkorlikni o’rnatishga intilmoqda. Terrorizmga qarshi kurash: Terrorizm Afg’onistonning asosiy muammosi hisoblanadi. Terrorizm ko’p qirrali hodisa bo’lib, atrof-muhit bilan uzviy bog’liq. Afg’onistondan umumiy terrorizmga qarshi kurashda o’z ittifoqchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda Afg’oniston to’liq xalqaro huquq va normalar tamoyillaridan kelib chiqib, terrorizmdan davlat boshqaruvi sifatida foydalanishni davom ettiruvchilarga qarshi kurash olib bormoqda. U Xalqaro hamjamiyatni terrorizm tabiati, belgilari, sabablari, manbalariga qarshi aniq va printsipial qarshi kurashish kampaniyani davom ettirishga chaqiradi. Giyohvandlikka qarshi kurash: Afg’onistonning giyohvandlik ustidan nazorat qilish bo’yicha Milliy strategiyasida, giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha afg’on konstitutsiyasi va Afg’on qonunchiligi bo’yicha, hukumat nomidan giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha siyosatni ishlab chiqish, nazorat qilish va baholash bo’yicha olib boriladigan say-harakatlarga giyohvandlikka qarshi kurashish vazirligi muvofiqlashtirishga boshchilik qiladi. Agar u giyohvandlikka qarshi ko’pqirrali kurashish strategiyasini amalga oshira olmasa, Afg’oniston uchun katta tahdid solib turgan Giyohvandlik muammosini to’liq tan olgan bo’ladi. Shuningdek, giyohvand moddalar “talabi” kuchayib borar ekan, uning giyohvand moddalar ustidan muvafaqqiyatga erishishi uchun xalqaro hamjamiyatning to’liq ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Afg’oniston uchun yana bir muhim masala bu “Shimol-Janub” munosabatlari hisoblanadi. Globallashuv sharoitida xavfsizlik va farovonlik bo’linmasdir. Global muammolarni bizning umumiy muammo va majburiyatlarimiz deb bilishga ehtiyoj mavjud. Bu esa o’z navbatida mavjud muammolarni echimini topish uchun “Shimol” va “Janub” o’rtasida hamkorlik o’rnatish, shuningdek mustamlaka siyosati merosini hal etishi lozim. Barqaror rivojlanish: Barqaror rivojlanish yo’llariga erishish yana bir muhim masalalardan biri hisoblanadi. Afg’oniston butun dunyo miqyosida va mamlakat ichidagi ijtimoiy adolatni o’rnatishda, atrof-muhit himoyasiga yetarli e’tibor berilmasa barqaror rivojlanishga erishib bo’lmaydi deb hisoblaydi. BMTning Ming yillik rivojlanish dasturi mavjudligi tufayli xalqaro hamjamiyat o’zining majburiyatlarini, shu 134 jumladan kelgusi avlodlar uchun, yo’llar va imkoniyatlar bilan ta’minlash mexanizmi mavjud. Ommaviy qirg’in qurollari: Zamonaviy urush tabiatini hisobga olgan holda, Afg’oniston ommaviy qirg’in qurollarining ko’p turlaridan foydalanish xalqaro normalarga zid deb hisoblaydi. Afg’oniston Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalarini yadro qurollaridan holi bo’lishini qo’llabquvvatlaydi. Afg’oniston tashqi siyosatida «Pushtun diplomatiyasi» Tarixan, Qobulda pokistonlik pushtunlar bilan muloqot uchun turli xil moyillar bo’lgan. 2014-yilda Afg’oniston milliy birlik hukumati tashkil etilgandan boshlab, Qobul Afg’on-Pokiston ikkitomonlama munosabatlarini qayta tiklash instrumenti sifatida “pushtun diplomatiyasi”dan foydalanib, rasmiy mo’’tadil muzokaralarni qaytadan boshlash uchun sharoitlar yaratdi. Afg’on hukumati shuningdek pokiston milliy va diniy partiyalari shaxslari va vositachilari tomonidan afg’on tinchlik jarayonini mustahkamlashni qo’llab-quvvatlaydi. Biroq “pushtun diplomatiyasi” mazkur hukumat uchun yagona emas. Kobul pushtun kartasini Pokiston tashkil yaratilishidan oldin beri o’ynab kelmoqda. XIX asrdagi Katta O’yin davomida pushtun diplomatiyasining yaqqol ko’ringan sababi ikkitomonlama aloqalarni yaxshilash bo’lmasdan, balki Britaniya imperiyasiga bosim o’tkazish uchun, Britaniya nazorati ostidagi qabila hududlarida pushtun inqiloblarini qo’llab-quvvatlab, yordam berilgan. Ushbu siyosat doirasida afg’on etakchilari Vazir, Maqsud, Sherani va ko’pgina qolgan pushtun qabilalari Afg’onistonda huquqiy mulk hujjatlari bilan ta’minlab boshpana berdi. Kobul tomonidan aksilbritan qo’zg’olonlarini qo’llab-quvvatlanishi pushtunlarning etnomillatchilik va “Pushtunvali” kontsepsiyasi asosida shakllantirildi. Qobuldagi Pushtun kartasi 1947 yilda Pokiston tashkil topgandan so’ng Qobul pokistonlik pushtunlarning mustaqilligi huquqini himoya qilib, Pokiston xavfsizlik organlari tomonidan buzilayotgan millatchi pushtunlarning huquq va erkinliklari buzilishi bilan bog’liq tashvishni bildirdi. Afg’oniston ayniqsa Ayyub Xon harbiy boshqaruvi davrida pushtunlarning huquqlari to’g’risida ochiq fikr bildirib, nozo’ravon pushtun etakchilari Xon Abdul G’affor Xon va Abdul Samad Xon Axakzaylar kabilarning Pokiston hukumati tomonidan aynan siyosiy qarashlari uchun muntazam hibsga olinishlarini: birinchi navbatda Pushtuniston mustaqilligiga da’vat etish, keyinchalik uning avtonomiyasi va suverenitetini tan olish. Qobulda Pushtun diplomatiyasiga erishish uchun ikki maqsad ishlab chiqildi: birinchidan, Afg’oniston va Pokiston 135 o’rtasidagi chegaraning Dyurand chizig’ini tan olmaslikni qo’llabquvvatlash; ikkinchidan, “pushtuniston xvoni” (pan-pushtunizmni) targ’ib etish. Birinchi maqsad avvalgidek Afg’oniston siyosati bo’lib qolib, ikkinchisi esa asosan sovuq urush davridan beri kelayotgan tashqi siyosiy doktrinasi bo’lib qolmoqda. Hozirda u afg’on siyosatida mavjud emas. “Sovuq urushi” davridagi ushbu siyosat doirasida afg’on hukumati millatchi-pushtunlarni qo’llab-quvvatladi (bir qancha Baluxlik millatchilar bilan bir qatorda, Navob Xayr Baxsh Marri kabilar). Qobul ular uchun boshpana, fuqarolik, mehroblar va hattoki kelinlar bilan ta’minladi (masalan, Djuma Xon So’fiy sobiq afg’on vaziri Pulito Suliman Laiq qiziga uylandi). Afg’onistonda panoh topganlarning eng mashhurlari: Abdul G’affor Xon, Fotix-ul-Mulk Nang Yusufzay, Adjmal Xattak, Djuma Xon Sufi va Ayyub Achakzaylar bo’lgan. Geostrategik manfaatlardan tashqari, Qobul pushtun millatchilariga yordam ko’rsatib, xorijda pushtun manfaatlari ilg’or bo’lishi kerak deb hisoblagan. Etnik jihatlari bilan bir qatorda pushtunistonizm Afg’oniston tashqi siyosatida axloqiy jihatga ega bo’lib, unga Pushtunvali rahbarlik qilgan. Hamid Karzay va pokistonlik pushtun millatchilari Posttolib davrda Dyurand chizig’i ikki tomonining ishonchsizligi va radikallashuvi tufayli Hamid Karzay Pokiston bilan pushtun diplomatiyasini qayta tiriltirdi. H.Karzay ikkala tomondagi pushtunlarni Loyya Jirg’a (katta majlis)ga yig’ilishga undashga harakat qildi va o’z kelajagi uchun bir qarorga kelishga chorladi. Chunki, ham Afg’onistondagi, ham Pokistondagi pushtunlar “terror bilan urush” va “jihod” kabi hodisalar ta’siridagi odamlar edi. Pokiston bilan birga o’tkazilgan bir necha uchrashuvlarda ko’pchilik kelishmovchiliklar va qiyinchiliklardan so’ng, Vashington bosimi va qo’llab-quvvatlashi tufayli, 2007 yil 9-12 avgustida Afg’oniston va Pokistonning 90 mingdan ziyod a’zolari Dunyo Loyi Jirg’asida qatnashdilar. 2008 yilda bo’lib o’tgan dunyo jirg’asi jirgagay (kichik djirga)da toliblar bilan tinchlik muzokaralarini olib borishga zamin yaratdi. 2007 yilgi Loyi Jirg’a 2009 yilda Afg’onistonda o’tkazilgan yana bir Loyi Jirg’a o’tkazishga imkon yaratdi va ushbu majlisda afg’on tinchlik jarayoni uchun Oliy kengash shakllantirish maslahati afg’on hukumatiga taqdim etildi. Karzay bir necha marotaba pushtun millatchilarini Qobulga tashrif buyurishni taklif etib, pushtun yerlaridagi ekstremizmni muhokama qilishga chorladi. Uning hukumati pushtun millatchilari to’g’risida ko’pgina milliy va xalqaro konferentsiyalar o’tkazib, ularda Xon Abdul G’affor, G’ani Xon va Adjmal Xattak kabilar qatnashdilar. Bundan tashqari, Qobul hukumati Afg’onistonga ko’pgina pushtun musiqachilari, dramaturglari, olimlari, 136 jurnalistlari, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa shaxslarni afg’on yumshoq kuchini oshirish va insonlar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirishga chorladi. Biroq, umuman olganda AQSh harbiy mavjudligi va afg’on toliblari bilan aloqalar tufayli pushtun diniy partiyalari Qobulga kelmadilar. Ammo, Pokiston hatti harakatlariga qaraganda javob tariqasida Pokiston prezidenti Doud Xonning faol siyosatiga Karzayning xulqi ta’sirli bo’ldi. Karzayning pushtun diplomatiyasi o’ylangan natijalarni bermadi, lekin pushtun millatchilari va partiyalari o’rtasida yumshoq kuchning mustahkamlanishi uchun foydali bo’ldi1. Ushbu ko’rsatkichlar keyinchalik Pokistonning afg’on siyosatiga qarshi bo’lib chiqishi mumkin edi. Biroq, boshqa tomondan, ushbu siyosat ikkitomonlama Qobul va Islomobod o’rtasidagi aloqalarni yaxshilamadi. Buning o’rniga u Pokistonni yanada havotirga solib qo’ydi. Ashraf G’anining Pushtun diplomatiyasi Ashraf G’ani, tarixchi va akademik sifatida, afg’on tarixining so’nggi ikki yuz yilligini tanqidiy o’rganib chiqdi2. Sovuq urushidan keyingi davr va afg’on fuqarolik urushlari paytida Bi-Bi-Si ning Pushto-Dariy intervyusida Afg’onistonda tinchlik o’rnatishda Pokiston boshqa davlatlarga nisbatan ko’proq ta’sir eta oladi deb ta’kidladi. Shuning uchun, G’ani prezident bo’lgandan so’ng, Pokistonnig eng kuchli hokimiyati – Pokiston armiyasi bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatishga harakat qildi. U afg’on diplomatik protokolini buzib, Ravolpindidagi Bosh shtabga (GHQ) tashrif buyurdi va Shuxad haykaliga gulchambar o’rnatib, fotiha tilovat qildi. Pokiston armiyasi ishonchini qozonish uchun va ijobiy aloqalar o’rnatish uchun u Hindistondagi og’ir zirxli qurollarni olib chiqib ketish masalasini to’xtatib turdi va afg’on kursantlarini Pokistonga tayyorlashga yubordi. Shu paytning o’zida (va hozirgacha ham) Pokiston uchun bo’lgan bunday tashviqot siyosiy suiqasd bo’lib, afg’on etakchilari uchun katta sarguzashtdir. G’ani bularning barchasini afg’on tinchlik jarayoniga Pokiston yordam berishiga ishontirish uchun qilib, “Tolibon” harakatiga ta’sir o’tkazib, Qobul bilan muzokaralar olib borishni boshlashga chaqirdi. Bundan tashqari, uning salafi kabi, G’ani pushtun millatchilari va Pokiston diniy partiyalarini Qobulga taklif qildi. Biroq, 2015 yil yanvarida Qobulga faqat millatchi partiya vakillari bo’lgan (Maxmud Xon Achakzay, Afrosiob Xattak va Oftob Axmad Xon Sherpao)lar tashrif buyuurishdi. U erda ular G’ani, Karzay, milliy xavfsizlik bo’yicha bosh maslahatchi Xonif 1 How Hamid Karzai Continues to Rule Afghanistan From Beyond the (Political) Grave http://thediplomat.com/2015/07/how-hamid-karzai-continues-to-rule-afghanistan-from-beyond-the-political-grave/ 2 Ashraf Ghani and Pashtun Dilemma, http://thediplomat.com/2015/01/ashraf-ghani-and-the-pashtun-dilemma/ 137 Atmar, bosh direktor Abdulla Abdulla va boshqalar bilan uchrashishdi. Yana bir bor, Pokiston diniy pushtun partiyalari Afg’onistonga kelishmadi. G’anining axborot-tashviqot ishlariga javoban Pokiston birlamchi “Tolibon”ni fevral oyi oxirida muzokaralar stoliga olib chiqadi deb va’da bergan edi. 2015 yil mart oyida esa bu va’dani oqlay olmadi. Bu o’z navbatida Qobul va Islomobod o’rtasida ishonchsizlik kuchayishiga olib keldi, shuningdek, Pokiston o’zining qo’shnisi bilan to’g’ri munosabatlarni o’rnatishning tarixiy imkoniyatidan yo’qotish arafasida bo’ldi 1. Ushbu muhitda 2015 yil noyabr oyida Qobulda o’tkazilgan xalqaro konferentsiyaga pushtun millatchilari etakchisi Afzal Xon Lali bilan birgalikda, afg’on hukumatining taklifiga binoan Pokistondan 10 kishilik delegatsiya taklif etildi. Afrosiob Xattak fikriga ko’ra, G’ani delegatsiyaga “mintaqaviy qism va ikkitomonlama munosabatlarni yaxshilash uchun o’z fikrlarini bildirishni” taklif qilib, “afg’on etakchilari fikriga ko’ra, pokiston pushtun etakchilari va qabila oqsoqollari fikri tinchlikni o’rnatishga yordam beradi” deb hisoblaydilar. Pushtun delegatsiyasi shuningdek Pokiston bosh vaziri Novoz Sharifning maxsus taklifnomasini sotib olib, 2015 yil dekabr oyida Parijdagi iqlim o’zgarishi bo’yicha konferentsiya yig’ilishida G’ani bilan birga uchrashishga chaqirdi. OAV ma’lumotlari va mish-mishlarga ko’ra G’ani Sharif bilan birga uchrashishni rad etdi. Pushtun millatchilar G’anini Pokiston bosh vaziri bilan Parijda uchrashishga ko’ndirdilar. Ushbu muzokaralarda G’ani va Sharif to’rt tomonlama muloqotni boshlashga kelishib, AQSh, Xitoy, Pokiston va Afg’onistondan iborat ushbu guruhda Afg’onistonda tinchlik jarayoniga amaliy ko’mak berish maqsadida chorladi. Ammo 2016 yilda to’rt tomonlama guruh (QCG) say-harakatlari zoya ketib, ko’zlangan maqsadlari bo’lmish G’ani va Qobul-Islomobod munosabatlarining yomonlashuviga olib keldi, shu bilan birga Tormax va Chaman chegaralari bo’ylab ziddiyatlargacha ham bordi. Bunga javoban afg’on hukumati hozirgi paytda pushtun diplomatiyasining ikki tomonli yondashuvini qo’llamoqda: ya’ni, faqatgina Qobul va Islomobod o’rtasidagi ziddiyatni kamaytirish emas, balki pushtun diniy guruhlarining toliblar ongiga afg’on hukumati bilan muzokaralarni olib borishni uqtirishga intildi. Afg’onistonning Pokistondagi elchisi Omar Zaxilval ikki marotaba Pokiston diniy etakchisi, “toliblar otasi” deb tanilgan Mavlono Sami-UlHaq bilan uchrashdi. Pokiston OAV tomonidan keltirilgan manbalarga ko’ra, ushbu uchrashuvda afg’on elchisi “asosan ikkita masalani 1 Pashtun Diplomacy' in Afghan Foreign Policy http://thediplomat.com/2017/03/pashtun-diplomacy-in-afghan-foreign-policy/ 138 muhokama etdi”. U Mavlononing Afg’oniston va Pokiston o’rtasidagi ziddiyatni qisqartirish va “Tolibonlar”ni muzokaralarga undashga o’z ta’sirini o’tkazishda katta o’rin egallashini istadi. Manbaaga ko’ra, “Mavlono Sami-Ul-Haq o’z vakilini siyosiy muzokaralarni qo’llabquvvatlash uchun o’z vakilini yubordi”. Keyinchalik Zaxilval G’ani va Sami-Ul-Haq bilan birgalikda 30 daqiqalik telefon muloqotini o’tkazishga erishdi. Afg’on prezidenti mavlononing afg’on tinchlik jarayonida muhim rol o’ynashni so’radi. Chunki uning nafaqat “Tolibonlar”, balki ko’pchilik afg’onlar ham “uni ustoz deb hisoblaydilar”. Bundan tashqari, 2016 yil dekabr oyi oxirida Zaxilval pushtun siyosatchilari, diniy etakchilari, shu bilan birga millatchilari bilan Islomobodda uchrashdilar. Ushbu uchrashuvning yaqqol maqsadlaridan biri shuki, pushtunlarni Pokiston va Afg’oniston o’rtasidagi uzulishni engib o’tishdagi rolni o’ynashga chorlash edi. Rejaga binoan, avval afg’on delegatsiyasi Pokistonga tashrif buyuradi; unga javoban asosan pushtunlardan tashkil topgan pokiston delegatsiyasi Qobulga tashrif buyurib, Qobul va Islomobod o’rtasidagi tanglikni kamaytirishga intiladi. G’ani millatchi va diniy pushtunlarni nafaqat “Tolibon” harakatiga ta’sir o’tkazishga jalb qila qolmay, shuningdek, ikkitomonlama aloqalarni tiklash chora tadbirlarini mustahkamlashga chorladi. Uning niyati Pokistonga bosim yoki zug’m o’tkazish emas, balki, munosabatlarni to’g’ri yo’lga solishdan iboratdir. 4.2. Pokiston zamonaviy xalqaro munosabatlarda Bugungi kunda Pokiston Islom Respublikasining siyosati murakkab balansli jarayonlar ta’siriga qaysidir ma’noda asoslangandir. Uning tarixiy, diniy, me’ros bilan bog’liq va geografik joylashuvi yuqorida aytib o’tgan murakkab muvozanatli tashqi siyosatning shakllanishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy ob’ekti sifatida Pokistonning hududiy birligi va xavfsizligini davlatning o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan davrdan e’tiboran ta’minlash bo’ldi. Pokiston tashqi siyosiy faoliyatidagi dastlabki va yangi davr 1947 yil uning mustaqillikni qo’lga kiritgan davrdan e’tiboran boshlandi. Janubiy Osiyoda joylashgan va SAARK tashkilotining etakchisi sanalgan Pokiston, bugungi mintaqaviy va xalqaro siyosiy jarayonlarga o’zining etarli darajadagi ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Agar geografik jihatdan mamlakatning joylashuv hududiga e’tibor beradigan bo’lsak, uning strategik muhim sanalgan mintaqada joylashganini ko’rishimiz mumkin. 139 Birinchidan, janubiy tomondan Arab Dengizi va Ummon ko’rfazi bilan tutashganligi nafaqat Pokistonning o’ziga, balki boshqa bir qancha shimolroqda joylashgan qo’shni mamlakatlarga ham dengizga chiqish imkonini beradi. Bu esa bugungi globalizatsiyalashuv jadallik bilan rivojlanayotgan davrda muhim strategik ahamiyatni kasb etadi; Ikkinchidan, ayni paytda jahondagi notinch va murakkab siyosiy kurash borayotgan hududlarga chegaradosh bo’lganligi, ko’pgina yirik va qudratli mamlakatlarning Pokiston bilan bo’lgan munosabatlarida o’ziga xoslikni namoyon qilmoqda. Bu holatni birgina AQSh misolida olib qaraydigan bo’lsak, Pokiston bir vaqtning o’zida AQShning Afg’oniston va Eron bilan bog’liq strategik siyosatida geografik omili jihatidan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning misoli sifatida 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so’ng dastlabki uch yil mobaynida AQSh hukumati tomonidan Pokiston harbiy holatini oshirish va yaxshilash uchun 4,2 mlrd. AQSh dollari miqdorida harbiy yordam ko’rsatdi. Uchinchidan, Pokistonning Janubiy Osiyoda harbiy jihatdan katta kuchga ega mamlakat sanalishi va uning yadroviy qurolga egaligi albatta nafaqat Janubiy Osiyo mamlakatlariga, balki boshqa mintaqa davlatlariga ham ushbu mamlakat bilan ehtiyotkorona siyosat olib borishlari kerakligini bildirib turadi. Pokistonning yadroviy qurolga ega mamlakat sanalishi Janubiy Osiyo mintaqasida uning Hindiston bilan birgalikda etakchi mamlakat bo’lishiga sabab hamdir. Yuqorida keltirib o’tilgan ayrim xususiyatlar Pokistonning jahon siyosiy maydonida nechog’lik muhim aktor ekanligini etarli darajada ko’rsatib turmoqda. Barchamizga ma’lumki, bugungi kun zamonaviy xalqaro munosabatlarida faol aktor sifatida ishtirok etayotgan har bir mamlakat ushbu jarayonlardagi tashqi siyosiy faoliyatini o’ziga xos tamoyillar asosida shakllantirishar ekan, birinchi navbatda ikki muhim omilni hamisha asosiy faktor sifatida e’tiborga olishadi. Ular: - mamlakat milliy-hududiy daxlsizligi; - milliy davlat manfaatidir. Ko’p mamlakatlardagi singari Pokiston tashqi siyosatida ham xavfsizlikni ta’minlash borasidagi harakat bosh masalalardan sanaladi. Buning eng asosiy sababi sifatida mamlakatning o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan yildan e’tiboran aynan qo’shni bo’lgan mamlakat, Hindiston bilan hududiy masalalar bo’yicha kelisha olmasliklari bo’ldi. 140 Janubiy Osiyoda joylashgan bu ikki mamlakatning konfliktga borishi, ularning Britaniya kolonnasidan ozod bo’lgan vaqtda Jammu va Kashmir hududlariga egalik qilish bo’yicha murosaga kela olmasliklari tufayli vujudga keldi. Aynan shu omil mintaqada beqaror va ziddiyatni xavfsizlik tabiatining shakllanishiga sabab bo’ldi va hozirgi kungacha bu nizo davom etib kelmoqda. Pokiston Islom Respublikasi1 tashqi siyosatining shakllanishi va nisbatan tartibga solinishi, professor Xasan-Askari Rizvining “Pokiston tashqi siyosati: 1947-2004 yillarga nazar” nomli o’quv qo’llanmasida keltirilishicha, ettita bosqichli davr mobaynida olib borildi. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin: - 1947-53 yillar: Barcha mamlakatlarni etarlicha o’rganish va ular bilan do’stona munosabatlarni shakllantirish; - 1953-62 yillar: G’arb mamlakatlari bilan hamkorlik; - 1962-71 yillar: Mamlakatni xalqaro maydonda iqtisodiy tranzit hudud sifatida shakllantirish; - 1972-79 yillar: Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va har xil muammo va harbiy harakatlarga qo’shilmaslik siyosati; - 1980-90 yillar: Afg’oniston muammosi va AQSh bilan hamkorlik; - 1990-2001 yillar: Sovuq urushdan keyingi davr va Pokistonning to’g’ri siyosiy pozitsiya tanlash holati; - 2001 yildan keyingi davr: Pokiston va terrorizmga qarshi kurash. Yuqorida keltirib o’tilgan Pokiston tashqi siyosiy faoliyatining shakllanish davriga qisqacha to’xtalib, ularga sharh bersak. Pokiston tashqi siyosiy faoliyati shakllanishining birinchi davrida, ya’ni 1947-53 yillarda, mamlakat o’z tashqi siyosatidagi birinchi navbatda qaratilgan yo’nalish, bu qo’shni va boshqa mintaqalarda joylashgan davlatlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’ldi. Pokiston davlatining asoschisi general Muhammad Ali Jinna AQSh va Avstraliya aholisiga radio orqali Pokiston haqidagi o’zining ikki muhim nutqini so’zladi. Shuningdek, 1947 yilning dekabr oyida Afg’oniston qiroli bilan bo’ladigan maxsus uchrashuv arafasida, ko’plab mamlakatlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatishga va rivojlantirishga kuchli istaklari borligini bildirgan edi. Bu harakatlarining dastlabki natijalari Birma (1948 yil, yanvar), Frantsiya (1948 yil, yanvar), AQSh (1948 yil, fevral), Turkiya (1948 yil, mart) va Afg’oniston (1948 yil, may) kabi davlatlar elchilarining o’z ishonch yorliqlarini Pokiston hukumatiga taqdim etib o’z faoliyatlarini boshlashlarida ko’rish mumkin edi. 1 Pokiston 1956 yilda yangi konstitutsiya ishlab chiqishi bilan birga “Islom Respublikasi” degan maqomni oldi. 141 Bundan tashqari Pokiston izchil ravishda xalqaro tashkilotlarga ham a’zo bo’lib ko’pgina xalqaro paktlarni imzoladi. Jumladan, mamlakatning G’arb mamlakatlari bilan yaqin munosabatlarini shakllantirishiga dastlabki muhim bo’lgan qadam, bu Bog’dod Paktiga a’zo bo’lishi, SENTO (CENTO - The Central Treaty Organization) va SEATO (SEATO - SouthEast Asia Treaty Organization) tashkilotlarining ham muhim a’zosi sifatida o’z faoliyatini boshlashida bo’ldi. Pokiston otasi sifatida tilga olinuvchi general Muhammad Jinna o’sha paytda Pokiston tashqi siyosati haqida gapirar ekan quyidagilarni bildirib o’tgan. ”Bizning tashqi siyosatimiz jahon millatlari bilan do’stona va yaxshi munosabatlar asosidagi faoliyatga asoslangan. Biz davlat va millatga qaratilgan har qanday agressiv munosabatlarni hurmat qilmaymiz. Shunga ishonamizki, har doim ham milliy va ham xalqaro munosabatlarda samimiylik va to’g’rilik printsiplari asosida o’z faoliyatimizni olib boramiz va jahon xalqlari orasida rivojlanish va tinchlikni ta’minlash yo’lida har qanday kontributsiyani ayamaymiz. Pokiston hech qachon jabr zulm ko’rgan va qiynalgan jahon halqlarini va BMT nizomi printsiplarini qo’llab-quvvatlashda hech bir kamchilikka yo’l qo’ymaydi”, - deya ta’kidlagan edi. Pokiston BMTning to’laqonli a’zosi sifatida 1947 yil 30 sentyabrda o’z tashqi siyosiy faoliyatini yanada rivojlantirdi. Uning ko’pgina tashkilotlar doirasida liderlik qilishi, ko’plab mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga sabab bo’ldi. Tashqi siyosiy faoliyat shakllanish davrining ikkinchi bosqichida (1953-62 yillar) Pokiston asosiy e’tiborini G’arb davlatlari bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratdi. Bu davrda Pokiston ayniqsa AQSh bilan o’z munosabatlarini xavfsizlik, harbiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamladi. Buning asosiy sababi sifatida, ushbu vaqtda Pokiston milliy xavfsizligi borasida va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida birinchi navbatda G’arb mamlakatlari ko’magiga etarlicha muhtoj edi. Chunki mamlakat bu paytda shimolda Afg’oniston, Janubiy Sharqda Hindiston bilan bog’liq muammolar ta’siri ostida edi. Yuqoridagi holatning amalga oshishiga yana bir sabab, o’tgan asrning 50-yillari boshida, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 1952 yilda jahon bozorida jut1 va paxta tolasi narxining keskin tushishi, Pokiston tashqi savdo tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Shuningdek 1952-1953 yillarda mamlakatda bug’doy etishmovchiligining ham bo’lishi yuqorida ta’kidlab o’tgan omillarning bo’lishiga sabab bo’ldi. Albatta bunday vaziyatlarda 1 Jut (en, jute) – Pokiston va Hindistonda etishtiriladigan kanop bo’lib, tolasidan mato to’qishda foydalaniladi. 142 birinchilardan bo’lib AQSh hukumatining Pokistonga katta miqdordagi beg’araz yordamini ko’rsatishi, mamlakat tashqi siyosatida G’arbga yo’naltirilgan vektorning shakllanishiga sabab bo’ldi. Ushbu davrga xos yana bir muhim xususiyatni aytib o’tadigan bo’lsak, bizga yaxshi ma’lumki, aynan 1950-1965 yillar Pokiston ichki va tashqi siyosatida eng asosiy qaratilgan e’tibor mamlakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, Jammu va Kashmir hududlari ustida Hindiston bilan bo’lgan urushlarda eng asosiysi mamlakat manfaatlarini harbiy yo’l bilan bo’lsada himoyalashga qaratilgan. Pokistonning harbiy jihatdan biroz Hindistondan orqada bo’lishi, uning kuchli tashqi siyosat yuritish orqali mamlakatni qo’llab-quvvatlovchi tarafdorlarni ko’proq topishga undadi. Bu davrga kelib asosan, AQSh va Xitoy davlatlari bilan harbiy sohada qilingan hamkorlik va ushbu mamlakatlarning Pokistonga qilgan kontributsiyalari, davlatning Hindiston bilan bo’lgan nizolarida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Birgina ushbu ko’makni AQSh misolda ko’rib o’tadigan bo’lsak, quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tishimiz mumkin. Pokiston AQSh hukumatidan deyarli 650 mln. AQSh dollari miqdorda harbiy holatning barqarorligini ta’minlash va harbiy sohani rivojlantirish uchun yordam olgan. Shuningdek, F-104, B-57, B-86 va C-130 harbiy va yuk tashuvchi samolyotlar, harbiy kema va jihozlar, radar va elektron asbob-uskunalar kabi bir qancha jihozlarni yordam sifatida oldi. Demak, yuqoridagi jumlalardan ko’rinib turibdiki, Pokiston tashqi siyosatida amalga oshirilgan aniq faoliyat, davlatga juda muhim vaziyatlarda yaqin xalqaro hamkor mamlakatlarning kerakli yordamini berishga va Pokiston xavfsizligini ma’lum darajada himoyalanishiga sabab bo’ldi. Pokiston tashqi siyosatida islom omili. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Pokistondagi vaziyat keskin o’zgardi. Hukumatning AQSh boshchiligidagi NATO alyansining Afg’onistonda faoliyat yuritishini qo’llab-quvvatlagandan so’ng, mamlakat shimoliy hududlaridagi terroristik guruhlar harakati ham keskin kuchayib ketdi. Pokiston hukumati tomonidan Sovuq urush davrida Afg’onistonda AQSh yordamida shakllantirilgan “Tolibon” harakatini ham o’z vaqtida qo’llabquvvatlagan. Mamlakatning Hindiston bilan Jammu va Kashmir masalalari borasida bir necha yillik mojarosi, hududda davlatga qarashli bo’lmagan Militant harakatini kuchayishiga sabab bo’ldi. 2001 yilgacha Pokiston hukumati bilan murosada bo’lgan Militant harakati vakillarining NATO tomonidan Afg’onistonda Tolibon hukumati va unga aloqador bo’lgan guruhlarni, shu o’rinda Pokiston shimoliy sarhadlarini ham jangarilardan 143 tozalashga qaratilgan faoliyatning boshlanishi bir tomondan Militiant harakati guruhlarining hukumat bilan kelishmovchilikga borishlariga sabab bo’ldi va oqibatda Pokiston keyingi vaqtlarda terroristik faoliyatlar kuchaygan mamlakatga aylandi. Qisqacha qilib Pokistonda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan terroristik tashkilotlar to’g’risida gapiradigan bo’lsak, 2008 yilning 16 yanvarida Xalqaro Tinchlik bo’yicha Karnegi Jamg’armasi tadqiqotchisi Eshli Tellis Pokistonda faoliyatda bo’lgan terroristik va ekstremistik guruhlarni quyidagi yo’nalishlarga bo’lgan: • Turli sektalarga aloqador guruhlar. (Sunni Sipoh – e- Shahaba va Shia Tehrik - e-Jafriya); • Anti-Hind guruhlar. Mazkur guruhlar doimiy ravishda Pokiston Ichki Razvedka Xizmati tomonidan qo’llab-quvvatlangan. (Lashkar -eToiba (LeT), Jish-e-Muhammad (JeM) va Harakat ul Mujohidin (HuM)) • Afg’on Tolibonlari. Haqiqiy Tolibon harakati va uning Qandahordagi rahbari Mulla Muhammad Umar Pokistonda faoliyat yuritishga katta umid bog’laganlar; • Al-Qoida va uning tarafdorlari; • Pokistonlik “Tolibonlar”. Baytulloh Maqsud boshchiligidagi Janubiy Vaziristondagi Maqsud guruhi, Mavlono Faqir Muhammad va Mavlono Qazi Fazluloh rahbarlik qilayotgan Tehrik-e-Nafaz-e-Shariat-eMuhammadi (TSNM) guruhi va Mangal Box Afridi rahbarligidagi Lashkar-e-Islomiya kabilarni aytish mumkin . Bu kabi terroristik va ekstremistik guruhlarning Pokistonda faoliyatda bo’lishi mamlakatning faqatgina ichki siyosiy muvozanatini buzibgina qolmay, balki uning tashqi siyosatidagi faoliyatiga hamma o’zining katta ta’sirini ko’rsatishi aniq. Shuning uchun ham Pokiston hukumati iloji boricha G’arb va Sharq allianslari sifatida xalqaro siyosatchilar tomonidan aytilayotgan NATO va ShHT doirasida teng pozitsion munosabatlarni olib borishga harakat qilmoqda. AQSh sobiq Davlat Bosh Kotibi Medlin Olbrayt ta’kidlaganidek: “O’zining Yadro quroliga egaligi, terrorizm, jamiyati, korruptsiya, juda sust iqtisodiy rivojlanishi, hukumat sohasidagi notinchligi, kritik xususiyatga ega geostrategik joylashuvi bilan Pokiston Obama hukumatining asosiy e’tiborida bo’lishi aniq”. 2008 yilning dekabr oyida NBS (NBC) muxbirlariga bergan intervyusida Amerika Qo’shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Barak Obama quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Biz Afg’onistondagi vaziyatni Pokistondagi notinchlikni hal qilmay turib, bartaraf eta olmaymiz”. 2008 144 yilning noyabrida Mumbayda bo’lgan portlash natijasida Hindiston hukumatining Pokiston militant harakatini bunda ayblashi va unga nisbatan harakatni boshlashi rasmiy Dehli va Islomobod o’rtasidagi munosabatlarning sovuqlashuviga sabab bo’lgan edi. Shuning uchun ham yangi AQSh hukumati iloji boricha Janubiy Osiyo mintaqasida ham tinchlikni o’rnatishga katta e’tiborini berishi aniq. Umuman olganda, Pokiston tashqi siyosati bir necha yillar mobaynida shakllana borib, mamlakat oldida turgan maqsadlarga erishish jarayonida goh diplomatik gohida esa harbiy strategiyalarining amalga oshirish bilan ta’minlashga harakat qilindi. Bunday yo’nalishda davlat siyosatining olib borilishi, professor Hasan Askari Rizvi ta’kidlaganidek:”…mintaqaviy va xalqaro vaziyat dinamikasiga qarab belgilandi”. Ayni paytda Pokiston milliy xavfsizligi, tinchligi va iqtisodiy rivojlanishini inobatga olgan holda xalqaro munosabatlarning muhim ishtirokchisi sanaladi. Ayniqsa diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ham. Shu sababli Pokiston tashqi siyosatini shakllantirishda va to’g’ri olib borishda yuqorida keltirilib o’tilgan omillarni inobatga olgan holda faoliyat yuritishni muhim deb hisoblaydi. Pokiston Islom Respublikasi siyosiy partiyalari faoliyatini tahlil qilar ekanmiz, ushbu siyosiy partiyalarning mamlakat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega siyosiy institutlar sifatida o’rniga katta baho bergan holda ularning Pokiston va dunyo hamjamiyati o’rtasidagi munosabatlarning bevosita yoki bilvosita ishtirokchilari ekanliklarini, mamlakatning nafaqat ichki siyosatini shakllantirilishida, balki davlatning tashqi siyosat borasidagi faoliyatida ham juda faol ishtirok etib, ushbu jarayonga o’z ta’sirini ko’rsata oladigan siyosiy kuch ekanligini ko’rishimiz mumkin. Zamonaviy bosqichda Hindiston-Pokiston munosabatlari. Janubiy Osiyo geosiyosiy tuzilma sifatida bir necha mamlakatni o’z ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari Hindiston va Pokiston hisoblanadi. Ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar ushbu mintaqaning xalqaro aloqalarini belgilab beruvchi omil sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Janubiy Osiyo mamlakatlari asosan qadimiy tarix va madaniyatga ega, garchi mintaqada bu davrda yarim mustaqil mamlakatlar bo’lgan bo’lsa ham, zamonaviy davlatchilik XX asr ikkinchi yarmidan boshlanadi. Mintaqada sodir bo’lgan katta siyosiy voqea bu Hindiston va Pokistonning mustaqillikka erishishidir. 145 1947 yilda Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi diniy dunyo qarashlarga ko’ra bo’lindi. Bo’linish zo’ravonlik, qurolli to’qnashuvlar va qochoqlarning ko’p sonligi bilan kechdi. Pokiston g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’linib qoldi. Kashmir mojarosi ham bo’linishning natijasi bo’lib, uni hanuzgacha hal qilib bo’lmadi. Janubiy Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi, ularning birbiri bilan bo’lgan aloqalarini yo’lga qo’yish va tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etish zarurligiga olib keldi. Ulardan biri chegaralarni hal qilish masalasi edi. Mintaqada hududining kattaligi bo’yicha etakchi bo’lgan va markazga joylashgan mamlakat Hindiston bo’ldi. Shuning uchun chegaralar muammosi asosan Hindiston va qo’shni davlatlar aloqalariga qaratildi. Har doim ham muammolarni tinch yo’l bilan hal etishga muvaffaq bo’linmadi. Misol uchun, Hindiston va Pokiston o’rtasida uch marotaba keng ko’lamli harbiy harakatlar bo’lib o’tdi. Oxirgi urush (1971 yil) Sharqiy Pokistonning ajralishi va mustaqil Bangladesh davlatining tashkil topishi bilan tugadi. Hindiston bilan Xitoyning chegara borasida hal etilmagan masalasi 1962 yil qurolli to’qnashuvga olib keldi. Ushbu vaziyatni hal qilishga qaratilgan harakatlar faqat 1980 yillar oxirlariga kelib boshlandi. Mustaqilligining birinchi kunlaridanoq Hindiston mintaqadagi boshqa mamlakatlar bilan tezroq aloqalarni yo’lga qo’yishga intildi. Tegishli shartnoma va bitimlar Butan (1949 yil), Nepal (1950 yil), ShriLanka (1954,1964 yillar), Hindistonga keyinroq qo’shib olingan Sikhim knyazligi (1949 yil) bilan imzolandi. Hindiston boshidanoq tinchlik, betaraflik va harbiy ittifoqlarga qo’shilmaslik tarafdori ekanligini e’lon qildi. Mustamlakachilikka qarshi kurash harakati Hindistonning tashqi siyosatida muhim omil bo’lib qoldi. Misol uchun, Hindiston mandat bilan idora qilinadigan hududlarni BMT vasiyligiga topshirish tashabbusi bilan chiqdi. Hindiston JARdagi irqiy ayrimachilikka barham berilgunicha Janubiy Afrikada irqchilik tuzumi dushmanlarini faol qo’llab-quvvatladi. Hindiston Qo’shilmaslik harakatining faol ishtirokchisiga aylandi. “Sovuq urush” davrida Hindiston SSSR bilan an’anaviy tarzda do’stona aloqalarini tutib turdi. Mintaqadagi uning dushmani Pokiston esa o’sha payt AQShdan qo’llab-quvvatlash va’dasini olishga harakat qildi. Pokistondan farqli o’laroq, Hindiston oldindan dunyoviy demokratik davlat sifatida chiqqan edi. 1950 yilda garchi Hindiston Britaniya millatlar ittifoqi tarkibida bo’lsa ham, Konstitutsiya parlament respublikasi haq146 huquqlarini mamlakatga biriktirib qo’ydi. Mamlakat ichidagi dinlararo va millatlararo qarama-qarshiliklar va Pokiston bilan qurolli to’qnashuvlarga qaramasdan, Hindiston o’zining asosiy printsip (nuqtai nazar)larini saqlab qolishga erishdi (1975-1977 yillarda favqulodda vaziyat kiritilgan paytdan tashqari). Pokiston boshidanoq diniy davlat sifatida tashkil topgan edi. M.A.Jinna Musulmonlar ligasi peshvosi sifatida ikki millat g’oyasini ishlab chiqib, uning asosida mustaqil musulmon “pok davlati”ni tuzishni talab qildi. Amalda bir madaniyatli Pokiston turli madaniyatli Hindistonning aksi sifatida namoyon bo’ldi. Pokiston armiyaning siyosiy hayotdagi muhim roli bilan farqlanadi. Pokistonning tashkil topishi va rivojlanish xususiyatlari, davlat institutlarining zaifligi, Hindiston bilan harbiy to’qnashuvlar va qurolyarog’ni orttirishning hayotiy zarurligi armiya rahbarlarining vaqti-vaqti bilan siyosiy jarayonlarga aralashishiga olib keldi. Misol uchun, 1956 yil Pokistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi, so’ng hukumat almashdi. 1958 yil esa harbiy to’ntarish natijasida hukumat tepasiga general M.Ayub-xon keldi. 1962 yil qabul qilingan Konstitutsiya Ayub-xonga 1965 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish va g’alaba qozonishga imkon berdi. 1969 yil navbatdagi harbiy to’ntarish natijasida hukumat tepasiga general A.M.Yahyo-xon keldi. 1971 yil Hindiston bilan urushdagi fojia Z.Bxutto boshchiligidagi hukumatning tashkil topishi va uchinchi Konstitutsiyaning qabul qilinishiga olib keldi. Biroq, 1977 yil yangi harbiy to’ntarish o’z o’tmishdoshini qatl qilgan armiyaning navbatdagi rahbari Ziyo ul-Haqni hokimiyat tepasiga olib keldi. Nihoyat, 1999 yil armiyaga boshchilik qilgan P.Musharraf N.Sharif o’rniga davlat boshqaruvini qo’lga oldi. Pokistonga yuklatilgan “demokratlashtirish” stsenariylarning takrorlanishiga olib keldi. Prezident P.Musharrafning Pokiston armiyasining bosh qo’mondonligidan bosh tortishi, prezidentlik va parlament saylovlarining terroristik guruhlarning faollashuvi va favqulodda holat sharoitida o’tkazilishi jarayonlarning keyingi rivojini oddiy ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) usuli bilan aytib berishga imkoniyat yaratadi. Hindiston va Pokiston o’rtasidagi ziddiyat demokratik parlament respublikasi va avtoritar (diktatura), harbiylashgan, beqaror hokimiyatning qarama-qarshi turishini o’z ichiga oladi. Ammo Hindiston va Pokiston 147 aloqalarida eng muhimi 60 yildan beri davom etib kelayotgan hududiy da’volar va ularning asosiylaridan biri bu – Kashmir muammosi bo’lib kelmoqda. “Sovuq urushning” tugashi bilan Hindiston va Pokiston o’rtasidagi aloqalarda ko’p narsa o’zgarmadi. Ammo bu ikkala mamlakatning tashqi siyosati vektorini boshqa bir shaklga o’tishiga olib keldi. Pokiston sezilarli darajada AQShning moddiy yordamidan mahrum bo’ldi va doimiyga aylanib ketadigan bo’hronga duch keldi. Vaziyat 1998 yil yadroviy qurol sinoviga javoban kiritilgan sanktsiyadan so’ng og’irlashdi. Pokiston Afg’onistondagi vaziyatning rivojiga bog’liq bo’lib qoldi. Ko’p yillik fuqarolar urushi va pokiston-afg’on chegaralarining yomon nazorat qilinishi, islom radikalizmi omili Pokiston uchun, xususan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni yaxshilashga jiddiy muammolar keltirib chiqardi. Shunda ham Pokiston yuzaga kelgan vaziyatni o’zining foydasi yo’lida foydalanishga harakat qildi. Afg’onistonda “Tolibon” harakatining o’rni ortib borgani sari Pokiston toliblarning yaqin ittifoqchisi bo’lib qolishda davom etib, vaziyat ustidagi nazoratini yo’qota boshladi. Pokiston manfaatlari ko’pincha “Tolibon” harakati olib borgan siyosat bilan qarama-qarshilikka uchrardi. Bu qarama-qarshiliklar Mozori-Sharifning bosib olinishi, Pokiston nuqtai nazarida “haddan tashqari” terroristlarni tayyorlash lagerlarini kengaytirish, “Tolibon” harakatining Pokiston va Afg’oniston o’rtasidagi mavjud bo’lgan chegaralarni tan olmasligi bilan bog’liq. Shunga qaramasdan, Pokiston “Tolibon” harakatini tan olgan uch davlatdan biri bo’lib qolaverdi va to AQSh o’z hududida keng ko’lamli, javobgarligi “AlQoida” zimmasiga yuklatilgan terror bilan to’qnash kelmagunicha toliblarga har tomonlama yordam berib turdi. “Tolibon” harakati o’z faoliyatining boshidanoq Hindiston tomoniga adovatda bo’ldi. Hindistonni nafaqat toliblarning radikalligi, balki bu masala bo’yicha Pokistonning o’rni, shuningdek, Kashmirdagi ekstremistik faoliyatlarga harakatning ehtimoliy aloqadorligi xavotirga soldi. Natijada Hindiston AQSh va uning ittifoqchilarining Afg’oniston hududida terrorizmga qarshi olib boradigan harbiy harakatlarini qat’iy qo’llab-quvvatlovchi o’rinni egalladi. Pokistonning terrorizmga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarni qo’llab-quvvatlashi bu mamlakatga nafaqat sanktsiyalarning olinishi va iqtisodiy yordam, balki AQShning NATOdan tashqari asosiy hamkori maqomini olib keldi. AQSh doimo Pokistonni qo’llab-quvvatlaydi va “Al148 Qoida” bilan kurashda uning ulkan hissasi va muvaffaqiyatini ta’kidlab o’tadi. Pokiston Afg’onistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashishiga o’z manfaatini bildirmoqda. Bunday vaziyat Pokistonga sobiq ittifoq maydoniga chiqishga va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, 3 mln.ga yaqin qochoqni qaytishiga imkoniyat yaratishi mumkin. Afg’onistondagi terrorizmga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlar Afg’oniston orqali Janubiy Osiyoga quvurlar qurish loyihalarining tiklanishiga olib keldi. Misol uchun, 2006 yil fevral oyida Turkmaniston, Afg’oniston va Pokiston quvur o’tkazish bo’yicha bayonotga imzo chekishdi. Bu loyihaga Hindiston ham o’z manfaatini bildirdi. 1990 yillarda Hindiston iqtisodiy islohotlarga kirishdi va bu bilan u eng dinamik (jo’shqin) rivojlanayotgan dunyo mamlakatlaridan biriga aylandi. Erishilgan yutuqlar bilan Hindiston mintaqada peshqadamga aylandi. Hozirgi vaqtda Hindiston yadroviy quroldan tashqari Pokistondan amaliy jihatdan ham barcha ko’rsatkichlar bo’yicha oshib ketmoqda. 1998 yil yadroviy qurol sinovi o’tkazilgandan so’ng Hindiston va Pokiston o’rtasida strategik tutib turish tartibi haqidagi masala ko’tarildi. Hindistonning mintaqadagi yana bir katta davlat Pokiston bilan aloqalari haqida to’xtalar ekanmiz. Bu ikki qo’shni davlat o’rtasidagi aloqalar juda yaxshi yo’lga qo’yilgan deya olmaymiz. Bu aloqalarning tarixi bir necha urush va ko’plab to’qnashuvlardan iborat bo’lib, ularning o’rtasida turuvchi eng katta muammo bu-Kashmir muammosidir. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, Pokiston davlatining har tomonlama rivojlanishiga uning qo’shni Hindiston bilan o’zaro munosabatlari salbiy ta’sir etib kelgan. Bu ikki davlatlarning vujudga kelishidan boshlab ularning munosabatlari keskin, ziddiyatli bo’lgan. Ularning o’rtasida doimiy “sovuq urush” davom etib, aslida, ular uzluksiz qurollanish poygasi olib borganlar, doimiy o’zaro tahdidlar va ularni kuch ishlatish harakatiga aylanishi, harbiy yadro dasturlarini rivojlantirish, juda katta harakatlar va mablag’lar evaziga o’z ommaviy qirg’in qurolini ishlab chiqarishga harakat qilgan. Ularning savdo-iqtisodiy va ilmiy madaniy aloqalari juda cheklangan va ko’pincha to’xtab qolgan. Shuni aytish kerakki, Hindiston va Pokiston o’rtasidagi ziddiyat, ularni jahon maydonida paydo bo’lishlari bilanoq boshlangan edi. Muhimi, bu ziddiyatning nafaqat davomiyligi, balki uni yumshatishning va ijobiy hal etishning mavjud emasligidir. Ziddiyat tashqi ta’sirda butunlay xoli bo’lib, hatto, ikki dunyoviy tizimlar qarama – qarshiligi tugallanib, “sovuq urush” 149 tugagan bo’lsada, Hindiston-Pokiston munosabatlariga bu hech qanday ta’sir etmadi. Pokiston mustaqillikka erishgandan keyin Hindiston bilan uch marta urushgan va mag’lubiyatga uchragan. Birinchi harbiy to’qnashuvlar fuqarolik urushi tarzida bo’lib o’tgan va unda Pokiston mag’lubiyatga uchragan va Kashmirning katta qismi Hindiston qo’lida qolgan. 1965 yilgi Kashmirni o’z nazorati ostiga olish uchun bo’lgan Pokiston harakati muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1971 yilda mart oyida sharqiy Pokistonda boshlangan tartibsizliklar tang ahvolni keskinlashtirdi. Ichki mojaro qurbonlar sonini yanada oshirdi. Qochoqlar Hindiston tomon yo’l olishdi, ularning izidan Pokiston qo’shinlari suqulib kirdilar. Hindiston armiyasi bilan to’qnashuv ikki davlat o’rtasidagi haqiqiy urushga olib keldi. Oldingi urushlardan farqli o’laroq uchinchi urushda harbiy harakatlar Hindiston va Pokistonning butun chegarasi bo’ylab, sharqda ham g’arbda ham olib borildi. Harbiy harakatlar 1971 yil 3 dekabrdan 17 dekabrgacha davom etdi. Natijada Hindiston yordami bilan Pokistonning sharqiy qismida Bangladesh davlati paydo bo’ldi. 1998 yilda Kashmirda musulmonlar qo’zg’alon boshlagan. Ularga yordam uchun Pokiston armiyasi kirgan va bu navbatdagi urush holatini keltirib chiqargan. Aytish mumkinki Hindiston va Pokiston aloqalari “sovuq urush” ta’siri ostida rivojlandi. “Sovuq urush”ning tugashi va 2001 yil 11 sentyabrdan keyin vaziyatning rivoji keltirib chiqargan geosiyosiy o’zgarishlarga qaramay Hindiston va Pokiston o’rtasidagi aloqalar keskinligicha qolmoqda, bu keskinlikning sababi Kashmir muammosidir. Hindistonni Janubiy va Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash dasturi Hindistonning tashqi siyosiy strategiyasida bugungi kunda asosiy mavzulardan hisoblanib, shu maqsadda Pokiston bilan o’zaro muammolarni hal qilish harakatlari ham faol olib borilmoqda. Shu maqsadda 2004 yilning yanvar oyida Islomobodda mintaqaviy hamkorlik bo’yicha Janubiy Osiyo Assotsiatsiyasi (SAARK) ning 12sammiti o’tkazilishi Hindiston Pokiston munosabatlarining ijobiy tarafga siljishi uchun muhim asos bo’ldi. Mazkur sammit doirasidagi kengashlarda ikki davlat o’rtasida Jammu hamda Kashmir muammosini hal qilish, o’zaro aloqalarni barqarorlashtirish kabi masalalar muhokama qilinib, Hindistonning Erondan olib kelayotgan gaz quvurlarini Pokiston hududi orqali olib o’tish masalalari kelishib olindi. 150 Shuningdek, Pokiston Hindiston hamkorligi doirasini kengaytirish maqsadida bir qator tashriflar amalga oshirilib, ikki davlat o’rtasida quyidagilarga kelishildi: - harbiy va yadro qurollari yuzasidan mutaxassislar darajasida muzokaralar olib borish va raketa sinovlari to’g’risida ogohlantirish haqida kelishuv loyihasini muhokama qilish; - Munnabao-Xohrapor yo’nalishida temir yo’l qatnovini yo’lga qo’yish bo’yicha ikki davlat temir yo’l idoralari o’rtasida muzokaralarni tashkil qilish; - Hindiston chegara xavfsizlik qo’mondonligi va Pokiston reynjerlari o’rtasida yilida ikki marta uchrashuv o’tkazish (birinchi uchrashuv 2004 yil oktyabr oyida bo’lib o’tdi); - Davlatlarning o’zaro savdo sohasidagi aloqalariga to’siq bo’luvchi muammolarni hal qilish yuzasidan mitaxassislar komissiyasini tuzish; - Sringar va Muzaffarobod viloyatlari o’rtasida avtobus qatnovini yo’lga qo’yish; - davlatlar o’rtasida turizm vizasi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida zarur chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish; - davlatlarning qator idoralari o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish va mutaxassislarning o’zaro tajriba almashishiga imkoniyatlar yaratish. Umuman olganda, 50 yildan ortiqroq vaqt mobaynida Hindistonning Pokiston yo’nalishidagi tashqi siyosati markazida Jammu va Kashmir muammosini hal qilishga qaratilgan harakatlar yotadi. Ammo, davlatlarning ushbu muammolar yuzasidan o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda ilgari surayotgan takliflarining birortasi ham qabul qilinmayapti. Pokiston hukumati mojarolarni hal qilishda qator takliflarni ilgari sursa, unga hind tomoni mazkur takliflar Hindiston manfaatlariga nafaqat hududiy, balki suv resurslari ustidan nazorat qilish masalalarida zid kelishini ta’kidlamoqda. Bulardan ko’rinadiki, tomonlar ma’lum to’xtamga kelisha olmasdan o’zaro qurollanish baxsiga kirishib, harbiy kuchlarini namoyish qilish, raketalarni sinovdan o’tkazish va yadro quroli quvvatini kuchaytirish holatlari bilan birga chegara hududlarida ziddiyatli jarayonlar va qo’poruvchilik harakatlari sodir bo’lmoqda. Hindistonning Osiyo mintaqasidagi tashqi siyosiy faoliyatlari majmuasida mintaqada va bevosita davlat xavfsizligini ta’minlash harakatlari ham jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, mamlakatning shimoliy chegarasidagi hududlarda xavfsizlikni ta’minlash va bu xususda Afg’oniston nobarqarorligini 151 bartaraf etish hamda mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tiklash ishlaridan manfaatdor bo’lib, mazkur jarayonda Hindiston faol harakat olib bormoqda. O’z xavfsizligi nuqtai nazardan, Hindiston Afg’oniston bilan olib borayotgan munosabatlari majmuasida ikkita omil ko’zga tashlandi. Jumladan: birinchidan, ikki davlatning ham o’zaro aloqalardan xavfsizlik omiliga katta e’tibor qaratishi. Ya’ni, hozirda Afg’oniston o’zining xavfsizligini ta’minlashda Hindiston bilan muzokaralar olib borishga manfaatdorligini bildirmoqda. Bu bo’yicha Afg’onistonning sobiq prezidenti H.Karzay hamda A.G’aniyning Hindistonga qilgan qator tashriflari davomida “tolibon” kuchlari qoldiqlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari to’g’risida muzokaralar olib borildi; ikkinchidan, hind-afg’on munosabatlarida ikki davlatning ham kommunikatsiyasi va savdo iqtisodiy sohadagi hamkorlikdan manfaatdorligining yuqoriligi. Xususan: Hindiston bevosita Eronning Chox-Baxor bandargohiga chiqishi uchun Afg’oniston hududidan foydalanishga bo’lgan harakati. Bu xususda Hindiston hukumati Eron bandargohiga chiquvchi 230 km.li “Zaranj-Dilorom” avtomobil yo’lagi qurilishi uchun 70 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratdi. Shuningdek, Afg’onistonda barqarorlikni ta’minlash jarayonida Hindiston Afg’onistonga 21,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi ajratgan mablag’idan ham ko’rinadiki, Hindistonning mintaqaviy faoliyatida Afg’oniston barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, Hindiston mintaqada Afg’oniston muammosini hal qilishdan va hind-afg’on munosabatidan manfaatdor bo’lib, quyidagilarga asoslanadi: birinchidan, o’zining shimoliy chegaralarida xavfsizlikni ta’minlash; ikkinchidan, Afg’oniston orqali Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bog’lanish imkoniyatga ega bo’lish; uchinchidan, o’zining mintaqadagi manfaatlari yo’lidagi faoliyatlariga qulayliklar yaratish. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytish mimkinki, Hindistonning Osiyo mintaqasida va umuman jahondagi faoliyatlari doirasida etakchi davlatlar, ya’ni Xitoy, Rossiya, AQSh kabilar bilan har tomonlama munosabatlarning mustahkamlanganligi va hamda ichki va xavfsizlik sohasidagi manfaatlar yuzasidan Eron, Pokiston, Afg’oniston davlatlari bilan olib borayotgan hamkorliklari uning tashqi siyosiy harakatlarida 152 qulayliklar yaratish bilan birga buyuk davlat maqomiga ega bo’lishida keng imkoniyatlarni beradi. Shu orqali uning Markaziy Osiyodagi faoliyatining uyg’unlashuviga ham olib keladi. Umuman, Hindiston strategiyasi nafaqat Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida, balki jahonda o’zining keng qamrovliligi bilan dunyo hamjamiyatining e’tiborini qaratmoqda. Shu bilan birga mamlakatdagi jarayonlar Markaziy Osiyoda ham sezilarli ta’sir qilib, xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni amalga oshirish kabi sohalarda sezilarli turtki bo’lmoqda. Hindiston tashqi siyosatini belgilab beruvchi ma’lum bir huquqiy normativ hujjat mavjud emas. Lekin tashqi siyosatning maqsad va tamoyillari mustaqillika erishilgan paytda Hindiston Milliy Kongressi tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda Javoharlal Neruning o’rni beqiyos bo’lganligini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. Hindiston ma’lum bir huquqiy hujjatda belgilanmagan tashqi siyosiy tamoyillari orqali bugungi kunda etakchi davlatlar qatoridan o’rin egallashga erishdi. Tarixdan ma’lumki Hindiston ikki yuz yil davomida Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lib kelgan. Shuning uchun u erda haligacha Angliya ta’siri sezilib turadi. Shu o’rinda tashqi siyosatda ham. Hindiston har doim o’zining siyosiy qarashlaridan milliy manfaatlarni ustun qo’yishni uddalay olgan mamlakat hisoblanadi. Balki shu tufaylidir Hindiston hozirgi kunda barcha sohalar singari tashqi siyosatda ham o’ziga xos o’ringa ega mamlakat hisoblanadi. Mintaqada sodir bo’lgan eng katta siyosiy voqea bu Hindiston va Pokistonning mustaqillikka erishishidir. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq Hindiston mintaqadagi boshqa mamlakatlar bilan tezroq aloqalarni yo’lga qo’yishga intildi. Tegishli bitim va shartnomalar Butan (1949 yil), Nepal (1950 yil), Shri-Lanka (1954, 1964 yillar), Hindistonga keyinchalik qo’shib olingan Sikhim knyazligi bilan imzolandi. Hindiston boshidanoq tinchlik, betaraflik va harbiy ittifoqlarga qo’shilmaslik tarafdori ekanligini e’lon qildi. Hindiston mintaqadagi davlatlar bilan chegaralar muammosini har doim ham tinch yo’l bilan hal etishga muvaffaq bo’lmadi. Misol uchun, Hindiston va Pokiston o’rtasida uch marotaba keng ko’lamli harbiy harakatlar bo’lib o’tdi. Oxirgi urush (1971 yil) Sharqiy Pokistonning ajralishi va mustaqil Bangladesh davlatining tashkil topishi bilan tugadi. Hozirgi davrda Pokiston-Afg’oniston munosabatlari. Pokiston va Afg’oniston bir-biriga qo’shni bo’lgan musulmon mamlakatlaridir. Pokiston mustaqil davlat bo’lgan vaqtdan boshlab ular o’rtasida murakkab o’zaro munosabatlar vujudga kelmoqda. Ikki davlat munosabatlaridagi 153 asosiy muammo “Buyuk Pushtuniston” va “Dyurand chizig’i” muammolaridir. Shuningdek, Pokiston Afg’onistondagi o’zaro ichki nizolarda “Toliblar harakati”ni qo’llab-quvvatlab ularga harbiy, siyosiy va iqtisodiy yordam berib kelmoqda. Xususan, Pokiston Islom Respublikasi hamda Afg’oniston Islom Respublikasi munosabatlarida Federal boshqaruvdagi qabilalar hududi (FBQH) bilan bog’liq bo’lgan muammolar saqlanib turibdi. Mazkur mamlakatlar tashqi siyosiy strategiyalarini ishlab chiqishda pushtunlar masalasi doim kun tartibida birinchi o’rinda turgan. Ta’kidlash kerakki, FBQH yashovchi 4 mln. aholining 90 foizni pushtunlar tashkil etadi. Pushtunlarning umumiy soni 38 mln. kishini tashkil etib, ulardan 12,5 mln. Afg’oniston hududida, 25 mln. Pokistonda istiqomat qilishadi. Ikki davlatda yashovchi pushtunlarni birlashtiruvchi yagona “Buyuk Pushtuniston” davlatini qurishga intilishlar FBQHni notinch joyligicha saqlanib qolishiga sabab bo’lmoqda. Barcha pushtunlar ya’ni, Afg’on va Pokiston pushtunlarining birlashishi, jangovor harakatlarni amalga oshirishga intilishi Pokiston Islom Respublikasining yaxlitligiga real tahdid yaratishi mumkin. XX asrning boshlarida Qobulda Pushtuniston davlatini tuzishga bo’lgan intilishlar yuzaga kelib, “Pushtun ayirmachilik harakati” paydo bo’lgan. Keyinchalik bu harakat Pokistonning Shimoliy-g’arbiy chegara viloyati hamda Belujistonga kirib borgan va mahalliy hokimiyatga muammolar tug’dira boshlagan. Afg’onistonning shimoliy-sharqiy viloyatlaridan Pokistonning Shimoliy-g’arbiy chegara viloyatiga qochoqlarning ommaviy chiqishi birinchidan, pushtun aholisining ko’payishiga, ikkinchidan, uning radikallashuviga yordam bermoqda. Bu esa mujohidlarning qurolli shakllanishiga va lagerlarda tayyorlanishiga hamda ular siyosiy faoliyatining faollashuviga olib kelmoqda. Bunday hatti - harakatlarning barchasi mahalliy pushtun aholisini asta-sekin o’ziga tortib ketmoqda. Rossiyalik siyosatshunos D.Vertoxurovning fikriga ko’ra, mintaqadagi beqarorlikdagi bosh muammo pushtunlar milliy davlatchiligi belgilanishining tugatilmaganligidir. Bu Buyuk Britaniya siyosatining natijasi bo’lib hisoblanadi. Bu muammoni echishning uchta usulini qo’llash mumkin. Birinchi usul Afg’onistonni to’liq pushtun davlatiga aylantirish; Ikkinchi usul “Dyurand chizig’i” yonida Afg’oniston-Pokiston konfederatsiyasini yaratishdan iborat; 154 Uchinchi usul esa Afg’oniston-Pokiston chegarasidagi “Erkin zona”da “Pushtuniston” rahbarlarini amalda sinab ko’rishdir. Muammoni echishning ushbu usullari Afg’oniston va Pokistonni yuqori darajada zaiflashtiradi va davlatlar hududining ma’lum bir qismining qo’ldan chiqishiga olib keladi. Ba’zi ekspertlar “Pushtun” muammosini echishning quyidagi ikki usulini ko’rsatib o’tadilar: Birinchisi, Afg’oniston va Pokiston hududida “Dyurand chizig’i”da ikki pushtun avtonomiyasini tuzish; Ikkinchisi, “Dyurand chizig’i”ni yo’qotish, pushtun xalqini birlashtirish va hozirgi afg’on-pokiston chegarasida yangi mustaqil Pushtuniston davlatini yaratish. Pokiston va Afg’oniston o’rtasidagi asosiy muammolardan biri “Dyurand chizig’i” muammosi bo’lib, ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilanishiga hamda mintaqa xavfsizligiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Xususan, Pokiston va Afg’oniston davlatlari o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashishi ikki davlatni ajratib turuvchi 1,5 ming km.lik chegara, ya’ni “Dyurand chizig’i”ning rasmiy Qobul tomonidan tan olinmasligi bilan boshlangan. Bu chegara to’g’risidagi shartnomani Qobulda Afg’onistonlik Abduraxmon va ingliz Hindistonining tashqi ishlar bo’yicha kotibi M.Dyurandlar 1893 yil 12 noyabrda imzolaganlar. Keyinchalik 1905, 1919, 1921 yillarda ingliz-afg’on shartnomasi bilan tasdiqlangan. Pokiston tomonining aytishicha, Pokiston va Afg’oniston o’rtasida hech qanday chegara muammosi yo’q. Chegara 1921 yildagi kelishuv bilan rasmiy ravishda tasdiqlangan. Pokiston hukumati Afg’oniston va Pokiston o’rtasidagi “Dyurand chizig’i”ni xalqaro tan olingan chegara deb hisoblaydi. Shuningdek, Pokiston prezidentining Nyu-Yorkda AQSh sobiq davlat kotibi K.Rays bilan uchrashuvida Afg’oniston bilan chegarasiga sim o’rnatishini aytib o’tdi. Afg’onistonning sobiq prezidenti H.Karzay esa uning bu taklifiga qarshi chiqib, to’siq o’rnatish muammoni hal qilmasligini, balki Pokiston hududida hukumatga qarshi chiqishlarning vujudga kelishiga sabab bo’lishini ta’kidlab o’tdi. Chegara hududlarida bir-biriga yaqin qabilalar yashaydi. Chegaraga to’siqning qo’yilishi nafaqat qabilalarni, balki oilalarni ajratib tashlaydi. 155 Bundan tashqari Afg’oniston hukumati hamda BMT Pokistonni “Toliblar harakati”ni qo’llab-quvvatlayotganlikda hamda jangarilarning Afg’oniston hududiga kirishiga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Jumladan, Oxirgi vaqtda Islomobod va Qobul munosabatlari sezilarli darajada yomonlashdi. Asosiysi shundaki, Pokistonning Afg’oniston bilan chegaradosh bo’lgan qabilalar joylashgan hududida Toliblar tarkibiga kiruvchi turli xalqaro terroristik tuzilmalar faollashishda va o’z bazalariga ega bo’lishda davom etmoqdalar. Pokiston Afg’oniston munosabatlari 2006 yilning oxirgi bir necha oylarida keskinlashganini ko’rishimiz mumkin. Bu bevosita Afg’onPokiston chegaralariga “ko’chib kelgan qabila zona”laridagi beqaror vaziyat bilan bog’liqdir. “Toliblar harakati”, shuningdek bir qator boshqa terrorchilik yo’nalishidagi tashkilotlar kam nazoratdagi Islomobod hududida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatga ega bo’lmoqdalar. Qobul ma’muriyati Pokistonni ommaviy ayblash bilan chiqmoqda, ya’ni uning fikricha, Afg’oniston prezidenti H.Karzay pozitsiyasiga shubha uyg’otib, Afg’oniston bilan munosabatlarida qo’poruvchilik faoliyatlarini amalga oshirishga yo’l qo’yib bermoqda. Afg’oniston hukumati “ko’chib kelgan qabilalar zonasi”dagi Toliblarni qo’llabquvvatlash kayfiyatidagi kuchlarni bartaraf etish yo’nalishidagi Islomobod siyosatining natijalariga ochiqchasiga shubha bildirmoqda. Shuningdek, 2006 yil Vashingtonda uch tomonlama Afg’onPokiston-AQSh uchrashuvi o’tkazilib, Loyi Jirg’a bilan hamkorlikda chegara xavfsizligini ta’minlashga oid savollar bo’yicha kelishuvlar imzolandi. Lekin bu amalga oshmadi. Chunki Afg’oniston tomonining fikricha, buni amalga oshirish uchun nafaqat pushtun etakchilari, balki boshqa qabila etakchilari ham, chegaradagi etnik guruh vakillari ham ishtirok etishi zarur. BMTning yuqori martabali namoyondalari ham borgan sari ochiqchasiga Pokistonni afg’on hududiga o’tuvchi jangarilarga qarshi kurash olib bormaganlikda, Pokiston maxsus xizmatini esa ularga yo’l qo’yib berayotganlikda ayblamoqda. Shu bilan birgalikda ular Vaziriston kelishuvini ham tanqid ostiga olib, buni ekstremistlarga “ochiq yon bosish” deb atamoqda. Ekspertlarning fikrlariga ko’ra, Pokiston parlamentining beshdan bir qismini islom fundamentalistlari va mamlakat armiyasining yuqori mansabdorlari tashkil etadi. Aynan ular “Toliblar harakati”ni qo’llamoqdalar. Bundan tashqari, Pokiston aholisining ko’pchilik qismi 156 ham Toliblarga ko’mak bermoqda. Jamoatchilik fikri so’rovlari natijasiga ko’ra, AQShning terrorizmga qarshi jangga kirishini Pokistonliklarning 30 foizi qo’llab-quvvatlagan. AQSh, NATO va Afg’oniston vakillari esa “Toliblar harakati”ning qarorgohi Pokistonning Kvetta shahrida joylashgan deb hisoblamoqdalar. Pokiston prezidentining qayd etishicha, jangarilar chegarani kesib o’tib harakat qilmoqda, ularning bazasi Afg’onistonda joylashgan ammo, “Toliblar harakati” Pokistondan qo’llab-quvvatlanmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Pokistonning Shimoliy – g’arbiy chegara provintsiyasida 20 mingta madrasa (diniy maktab) mavjud bo’lib, ular Fors ko’rfazi musulmon mamlakatlari tomonidan moliyalashtirilmoqda. U erda pushtun yoshlari Afg’oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida ziddiyatlarni vujudga keltirish va unda ishtirok etish uchun mafkuraviy va harbiy jihatdan tayyorlanadi. 2007 yil 11 avgustda Qobulda prezident P.Musharraf Pokistonga “Toliblar harakati”ni qo’llab-quvvatlaganini tan oldi. Shu paytgacha Islomobod Toliblar harakatiga o’zining aloqadorligini qat’iy ravishda rad etib kelayotgan edi. Pokiston sobiq prezidenti P.Musharraf CNN telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, Afg’oniston maxsus xizmati Pokistonga qarshi maxfiy operatsiya o’tkazgan. Avval Pokiston tashqi ishlar vaziri rasmiy Qobulni Pokistonning Belujiston viloyatiga qurol yuborishda ayblagan edi. Afg’oniston esa Pokistonni qurol va terroristlarni tarqatayotganlikda ayblamoqda. O’z o’rnida Pokiston tomoni Toliblarning qurolli faolligini Afg’oniston Islom Respublikasining o’z mamlakatida tartib o’rnata olmasligida deb, ayblamoqda. Shu bilan birgalikda Dehlini ham ayblab, Hindiston va Afg’oniston o’z bosh elchixonalari orqali pushtun va beluj qabilalarini Pokiston hukumatiga qarshi qo’ymoqda va qurollantirmoqda. AQSh bir qancha vaqt Pokiston – Afg’oniston munosabatlarida faol vositachi, biroq betaraf davlat sifatida rol o’ynab keldi. So’nggi vaqtlarda esa AQSh ma’muriyati Afg’oniston hududiga kirib kelayotgan jangarilarga nisbatan tegishli choralar ko’rishni Pokistondan talab qilmoqda. Xususan, bu Pokistonga nisbatan nafaqat siyosiy diplomatik choralar, balki harbiy kuch xarakteridagi choralarni ko’rish to’g’risidagi ogohlantirishlarda o’z ifodasini topmoqda. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Pokistonning “afg’on siyosati” o’zgardi va Afg’onistondagi xalqaro antiterroristik operatsiyalarda ishtirok eta boshladi. Pokiston va AQSh maxsus xizmatlari 157 “Al-qoida” a’zolarini topish va “Toliblar” harakatini oldini olish borasida hamkorlik qila boshladilar. 2007 yil fevralda AQSh sobiq vitse prezidenti Dik Cheyni Islomobodga keldi va P.Musharrafni Pokistonning Shimoliy – g’arbiy chegara viloyatlaridagi ko’p sonli baza va lagerlarni yo’qotish hamda radikal islomiylarga qarshi kurashni faollashtirishga chaqirdi. Shundan so’ng 2007 yilning may oyida Pokistonning Shimoliy Vaziriston viloyatidagi jangarilar lageri ushbu davlat armiyasi tomonidan yo’q qilindi. Bundan tashqari, Pokiston va Afg’oniston o’rtasida o’zaro kelishuv hamda barqarorlikni ta’minlash masalalari ham ko’rib chiqilmoqda ammo hozirgi paytgacha biror natijaga erishilganicha yo’q. 2006 yil 7 sentyabrda Pokiston prezidenti P.Musharrafning Afg’onistonga tashrifi chog’ida aytishicha, mamlakatning Afg’oniston bilan chegaradosh mintaqalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun “Toliblar harakati” va “Al-Qoida” guruhlariga hamda terroristik tashkilotlarga qarshi kurashishda Pokiston tomoni choralarni yuqori darajada davom ettiradi. Bu Pokiston va Afg’oniston manfaatlariga javob beradi. 2007 yilning aprel oyida esa Anqarada prezidentlar P.Musharraf va H.Karzaylarning navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uning natijalariga ko’ra, Turkiya ishtirokida uch tomonlama ishchi guruhi Afg’oniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o’rtasida ishonchni mustahkamlash chora – tadbirlari bo’yicha kelishuvga erishildi va Anqara deklaratsiyasi qabul qilinib, unga ko’ra ikki tomon har qanday qo’poruvchilik va terroristik akt ko’rinishlarini yo’q qilish majburiyatini olish holati qayd etildi. 2007 yil 9 avgustda esa Pokiston va Afg’oniston hududining katta qismida yashovchi pushtun qabilalari Qobulda Oliy Kengash hisoblangan Jirg’ada o’z ishini boshladi. Yig’ilishda Afg’oniston Islom Respublikasi prezidenti Hamid Karzay va Pokiston bosh vaziri Shavkat Aziz, shuningdek, 600 ga yaqin pushtun millatiga mansub obro’li shaxslar ishtirok etdilar. Qabila boshlig’i va oqsaqollarni chaqirishdan maqsad yarashtirish yo’llarini topish edi. Bundan tashqari, Jirg’ada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog’liq masalalar ham ko’rib chiqildi. Ma’lumotlarga qaraganda, Jirg’a ishida xalqaro kuzatuvchilar ham ishtirok etgan. Ta’kidlash joizki, ko’pchilik ishtirokchilar va kuzatuvchilar Jirg’aning amaliy natija berishiga shubha bilan qarab, uning Pokiston – Afg’oniston munosabatidagi tinchlikni bartaraf qilishiga ko’zi etmasligini bildirishdi. 158 Bu so’z o’z navbatida, Islomobod va Qobul o’rtasida keskinlik saqlanib qolishini bildiradi. “BBC” ma’lumotlariga qaraganda, Pokiston etakchisi ikki mamlakat hukumatlari mintaqada ekstremizmga qarshi kurash olib borishi haqida o’z fikrlarini aytib o’tdi. Bunga shubha yo’q, chunki Pokiston prezidentining aytishicha, biz bu elementlar faoliyatini hududda yo’q qilishimiz kerak. Toliblar Afg’oniston xalqining bir qismidir Qobul ularni tinch hayotga qaytishga da’vat qilishi kerak. Afg’onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzayning qayd etishicha, Pokistonning “Toliblar harakati” va boshqa terroristik guruhlarga qarshi kurashga so’z berishi Afg’oniston uchun katta va yaxshi ish bo’ladi. Bu davlatlar o’zaro ishonchli munosabatlarni o’rnatishlari zarur. Buyuk Britaniya mudofaa vazirining sobiq o’rinbosari Kim Xauellsning ta’kidlashicha, qachonki Pokiston Tolibon jangarilarini qo’llab-quvvatlashdan o’zini tiysa va ularning lagerlarini o’z hududidan yo’qotsa, Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlik ta’minlanadi. Pokiston va Afg’oniston “Toliblar harakati” va “Al-Qoida”ga qarshi kurashsa, ikki davlat o’rtasida ishonchli qo’shnichilik munosabatlari faqat yaxshilanadi. Pokistonning Afg’oniston bilan munosabatlarida ham bir qator muammolar o’z echimini topmasdan kelmoqda. Bunday muammolarning birinchisi pushtun muammosi bo’lib, ikki davlatning chegara hududida “Buyuk Pushtuniston” davlatini tuzishga bo’lgan separatistik harakatlarni amalga oshirishga harakat qilmoqdalar. Ularning separatistik harakati mamlakatlarda ichki beqarorlikning vujudga kelishi va uning rivojlanishiga hamda millatlar o’rtasida konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, “Buyuk Pushtuniston” davlatining tuzilishi ikki davlatni ham iqtisodiy ham siyosiy jihatdan kuchsizlanishiga hamda Pokistonda boshqa millatlarning ham separatistik harakatlarining paydo bo’lishiga va uning kuchayishiga olib keladi. Hozirgi davrda Pokistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o’zaro munosabatlari. Bugungi kunda Pokistonning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan olib borayotgan tashqi siyosatining asosini iqtisodiy yo’nalishda energetika, elektrenergiya, transport-kommunikatsiya, bank sohasi hamda siyosiy yo’nalishda xavfsizlik va mudofaa sohasi tashkil etadi. So’ngi yillarda Pokiston Islom Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida xavfsizlik va mudofaa sohalarida siyosiy hamkorlik va kelishuvlar sekin-asta mustahkamlanib bormoqda. 159 Xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari afg’on muammosi, u bilan bog’liq tinchlik va barqarorlik masalalarida, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, qurol va giyohvand moddalarni noqonuniy tashib o’tish kabilarda Pokiston bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor. Bu masalalarda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O’zbekiston va Qozog’iston Pokiston bilan aloqalari ancha quyuq rivojlangan. O’zbekiston o’zining diniy ekstremistik guruhlar, birinchi navbatda, tolibonlar tor-mor qilinganidan so’ng, Pokistonning Vaziristonida pushtun qabilalari orasida yashirinib yurgan Amir Usmon boshchiligidagi Turkiston Islom Harakati (TIH) faoliyatidan tashvishda ekanligini bildirdi. Pokiston O’zbekiston bilan 2001 yilda O’zbekiston Islom Harakati a’zolarini tutish, qo’lga olish va berishda o’zbek hukumatiga yordam ko’rsatish majburiyatini olgan holda bitim imzoladi. Prezident P.Musharrafning 2005 yil 5-6 martdagi Toshkentga qilgan safarida “xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish to’g’risida”gi bitimni imzoladi hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildilar. Andijon voqealaridan so’ng Pokiston O’zbekiston pozitsiyasini qo’llab – quvvatladi. Pokistonning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlash borasidagi hamkorligining ustivorlik kasb etayotgan omillaridan biri bu iqtisodiy manfaatdorlik ekanligini ta’kidlash joiz. Bu so’nggi 5 yil davomidagi iqtisodiy o’sishining ildamligi, energiya resurslar iste’molining ortishi bilan bog’liq. Pokiston o’zining energetik xavfsizligini ta’minlash borasida energiya resurslar bilan muntazam ta’minlab turuvchi muqobil manbalarga muhtojdir. 2005 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, Pokistonda uglevodorod xom ashyosi zahirasi 27 mlrd. barr.ni, tabiiy gaz zahiralari 282 trln. kub m.ni tashkil etadi. 2005 – 2006 moliyaviy yilida neft xom ashyosi va neft mahsulotlari importi 3033,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilga qiyoslaganda 62foizga yuqoridir. Har yili energiya resurslar iste’moli 10 foizga o’smoqda. Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, o’z konlaridan qazib olingan qazilmalar hajmi Pokistonning energiya resurslarga bo’lgan talabini qondirishga etmaydi. Shu bois kelajakda energiya resurslarning katta qismini Pokiston chetdan olishga majbur bo’ladi. Bu holat Pokiston hukumati iqtisodiy siyosatining asosiy negizi energetika jabhasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish zarurligini ko’rsatadi. Turkmaniston, Afg’oniston hukumati hamda AQSh Yaponiya 160 kabi qator nufuzli xalqaro donorlar tomonidan siyosiy qo’llabquvvatlanayotgan “Transafg’on gaz quvuri” qurilishiga Pokiston qiziqish bilan qaramoqda. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun maqsadli grantni Osiyo Rivojlanish Banki ajratdi. Hozirga kelib ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tayyor hamda loyihadagi mamlakatlar o’rtasida bitim tuzilgan (2007 yil dekabr). Biroq salohiyatli sarmoyadorlar Afg’onistondagi notinchlik hamda Markaziy Osiyo va Kavkazdagi bir necha yirik eksport quvur o’tkazgichlarning bir vaqtda ishga tushishi bilan bog’liq geoiqtisodiy ahvol va yana mintaqadagi etakchi davlatlar bilan raqobatning kuchayishi kabi sabablarga ko’ra, loyihaning amalga oshishiga ishonchsizlik bilan qaramoqda. Bir vaqtning o’zida Pokiston unga do’stona munosabatda bo’lgan Xitoy hududi orqali Markaziy Osiyodagi energetika bozoriga yo’l qidirib shimoliy-sharqiy yo’nalishda o’z faolligini oshirmoqda. Bu borada Qoroqurum shossesi orqali transport aloqa o’rnatish Pokiston uchun istiqbolli bo’lib ko’rinmoqda. Bugungi kunda Pokiston Islom Respublikasining Markaziy Osiyo respublikalari bilan o’zaro hamkorlik munosabatlari rivojlanib bormoqda. Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko’ra, tomonlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda transport – kommunikatsiya sohasi, xususan, avtomobil yo’llarini qurish va ishga tushirish borasidagi aloqalar asosiy o’rinni egallaydi. Mazkur sohadagi hamkorlik munosabatlari 1995-2007 yillarda imzolangan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanadi: 1 «Qoroqurum shossesi orqali tranzit yuk tashish to’g’risida»gi to’rttomonlama Bitim (Xitoy, Pokiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida imzolangan); 2 «Xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida»gi Memorandum (Qozog’iston va Pokiston o’rtasida imzolangan); 3 «Transport–kommunikatsiya sohasida o’zaro kelishuv to’g’risida»gi Protokol (Tojikiston va Pokiston o’rtasida imzolangan); 4 «Karachi va Gvadar portlariga chiqish bo’yicha uch tomonlama kelishuv» (O’zbekiston, Pokiston va Afg’oniston o’rtasida imzolangan); 5 «Karachi–O’sh–Bishkek transport koridorini yaratish to’g’risida»gi kelishuv va boshqalar. 161 Hozirgi kunda Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarini o’zaro bog’lovchi bir qator muqobil avtomobil transport yo’laklarini barpo etishga oid loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qozog’iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko’ra, 2006 yilda Qoroqurum yo’nalishida “Pak Caspion Trade Link” (Pokiston) transport kompaniyasi bilan hamkorlikda “Islomobod-Qoshg’ar-Bishkek-Almati” avtomobil yo’li qurilib bitkazildi va mazkur yo’nalishda avtomobil transporti qatnovi amalga oshirilmoqda. Hozirda Pokiston va Tojikiston o’rtasida Vaxan darasi (Tojikiston) orqali o’tadigan avtomobil yo’li qurilishi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur yo’l “Dushanbe-Xorog-Ishkashim (Tojikiston) - Barogil dovoni (Afg’oniston) – Gupis – Gilgit (Hindiston) – Karachi (Pokiston)” yo’nalishida qurilishi rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ushbu transport koridorining birgina “Barogil-Gilgit” qismini barpo etish uchun 200 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, mazkur yo’lni Pokiston-Qirg’iziston hamkorligida “Dushanbe-O’sh-Bishkek” yo’nalishida davom ettirish bo’yicha ham loyihalar tayyorlanmoqda. Pokiston va Turkmaniston o’rtasida “KarachiKvetta (Pokiston)-Qandahor-Hirot (Afg’oniston) Kushka (Turkmaniston)” avtomagistralini qurish loyihasi yuzasidan tegishli choratadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston ham “Termiz-Hirot-Qandahor (Afg’oniston)-Karachi (Pokiston)” avtomobil yo’lini qayta qurishda ishtirok etmoqda. Mazkur avtomobil yo’li Markaziy Osiyo davlatlari tranzit yuklarining Pokiston portlariga olib chiqilishi uchun eng qisqa va istiqbolli yo’l bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda, Pokiston bilan Markaziy Osiyo davlatlarini o’zaro bog’lovchi transport–kommunikatsiya tizimini barpo etish, xususan, uning tarkibiy qismi bo’lgan avtomobil yo’llarini qurish hamda modernizatsiya qilish yuzasidan ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar asosida tegishli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad esa o’zaro tovar va xom ashyolarni eksport-import qilish va shu orqali Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlanishiga erishishdan iborat. Bundan tashqari, Pokistonning Xitoy orqali temir yo’l aloqasini o’rnatish rejasi mavjud. Qoroqurum shossesi bo’ylab Qoshg’ar temir yo’lini qurib bitkazgandan so’ng, Pokiston Markaziy Osiyo bilan aloqa qilishda ham avtomobil yo’li infratuzilmasidan ham Xitoy temir yo’lidan 162 foydalana oladi. Loyihaga to’sqinlik qiluvchi holat bu Pokiston va Xitoy o’rtasidagi iqtisodiy raqobat bo’lib hisoblanadi. Pokistonning bu hududdagi mamlakatlar bilan hamkorlik qilishining asosiy jihati bu – elektroenergiya sotib olishdir. Hozirda Pokistonning elektr energiyaga bo’lgan talabi 9 mlrd. kVtG’s.da baholanib, turli ma’lumotlarga ko’ra, u har yili 6foizga oshib bormoqda. Gidroresurslarga boy bo’lgan Tojikiston va Qirg’izistondan afg’on hududi orqali elektr quvvat olib kelinishi rejalashtirilmoqda. 2006 yil fevralda Tojikiston, Afg’oniston va Eronning energetika idoralari mavjud shartnomalar doirasida Afg’oniston orqali Tojikistondan Eron va Pokistonga boruvchi yuqori voltli elektr o’tkazgich liniyasi qurilishi haqida bitim tuzishdi. Tojikistondagi uchta GES (Rogun, Sangtudin GES-1 va 2) ishga tushgandan so’ng Afg’onistonga yiliga 300 mVtG’s. va Pokistonga 1000 mVtG’s. elektr quvvati uzatilishi kutilmoqda. 2006 yil 8 mayda Islomobodda Pokiston, Afg’oniston, Tojikiston va Qirg’iziston o’rtasida quvvati 1 ming mVt. va uzunligi 900 km. bo’lgan elektr o’tkazgich liniyasi qurilishi to’g’risida to’rttomonlama shartnoma tuzildi. Qobul va Jalolobod orqali o’tuvchi liniya qurilishining qiymati 700 mln. dollarni tashkil qiladi. Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi boshqa yo’nalishdagi iqtisodiy hamkorlik haqidagi ma’lumotlarga qaraganda, cheklangan savdo-sotiq aloqalarining ko’rsatkichlari ancha kichikligi seziladi. Jumladan, Pokiston tomonining ma’lumotlariga ko’ra, 2003-2004 yillarda Pokistonning Qozog’istonga qilgan eksporti 9 mln. dollarni, Qirg’izistonga 6,6 mln. dollarni, Tojikistonga 0,3 mln. dollarni, Turkmanistonga 1,3 mln. dollarni tashkil qiladi. Pokiston o’zbek paxtasining yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi. Avvallari o’zbek paxtasini Eron orqali sotib olar edi. 2005 yilning 29-30 dekabrida Toshkentda bo’lib o’tgan Pokiston-O’zbekiston hukumatlari komissiyasi yig’ilishining yakuniga ko’ra, tomonlar o’zbek paxtasini Pokiston tomonidan doimiy ravishda sotib olinishi haqidagi kelishuvga erishishdi. Bundan tashqari, Pokiston O’zbekiston uchun 5 mln. dollar qiymatida Pokistondan tekstil sanoati uchun uskunalar sotib olishi uchun kredit liniya ochishga rozi bo’ldi. Pokiston Markaziy Osiyoga mashina uskunalari, farmokologiya mahsulotlari, tibbiy jihozlar, sport trenajyorlari, tekstil, tayyor kiyim, charm buyumlar va mevalarni sotishni mo’ljallamoqda. Pokiston hukumati 163 mintaqadagi mamlakatlarga telekommunikatsiya, temir yo’l transporti sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashga yordam berishini bildirdi. Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida bank sohasida hamkorlik qilishga asos solinmoqda. Jumladan, 9 mlrd. AQSh dollardan ortiq faollarga ega bo’lgan Pokistondagi eng yirik tijorat banki – Pokiston Milliy Banki (PMB) Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va O’zbekistonda o’z filiallarini ochdi. MDH hududidagi bank strukturalari faoliyati Olmotadagi Pokiston Milliy Bankining mintaqaviy muassasasi tomonidan nazorat qilinadi. 2005 yilning 2 mayida Pokiston Milliy banki va O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o’rtasida memorandum imzolandi. Bu hujjat Pokiston va O’zbekiston o’rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda jahon moliya bozorida strategik sherikchilik va barqaror hamkorlikni davom ettirishni ta’minlashga yo’naltirilgan. Pokiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’lim sohasida va kadrlar tayyorlashda, xususan o’zining harbiy o’quv yurtlarida qurolli kuchlar ofitserlari tayyorlashda o’z yordamini taklif qildi. Markaziy Osiyo mintaqaviy siyosatiga Pokistonning qo’shilishida muhim rolni Shanxay Hamkorlik Tashkiloti o’ynadi. 2005 yil 5 iyulda Ostona shahrida ShHT sammitida Pokistonga Shanxay Hamkorlik Tashkilotining kuzatuvchisi maqomi berildi. Bu masalani prezident P.Musharraf 2005 yil 5-7 martda Toshkentda ko’targan edi. Barcha Markaziy Osiyo davlatlari ichida bu masalada Pokiston pozitsiyasini birgina O’zbekiston qo’llab – quvvatladi. 2006 yil aprel ma’lumotiga ko’ra, Pokistonning ShHT mamlakatlari bilan umumiy savdo – sotig’i 2 mlrd. AQSh dollarni tashkil qiladi. Markaziy Osiyo davlatlariga esa, bor – yo’g’i 26 mln. to’g’ri keladi. Pokiston fikricha, bu hamkorlikning real salohiyatiga mos tushmaydi. Pokistonning manfaatlari ushbu tashkilot (ShHT)ning kun tartibi hamda uning doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish tendentsiyalariga mos tushadi. ShHT a’zolari davlat hukumatlari boshliqlari kengashining 2006 yil 15 sentyabr Dushanbe shahridagi beshinchi yig’ilishi yakuniga ko’ra, qisqa muddatda energiya resurslarni ishlab chiqaruvchilar iste’molchilari va tranziterlarini birlashtiruvchi “ShHT energetika klubi”ni shakllantirish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bunda Pokiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqchi. ShHT doirasidagi transport – energetika loyihalarni kreditlashga Xitoyning tayyorligini hisobga olgan holda, Pokiston Gvadar porti bo’yicha transport – energetika loyihalariga ShHT loyihasi maqomi berilishiga intilmoqda. Bu masalani 164 Pokiston rahbariyati 2006 yil 15 iyunda Shanxaydagi ShHT sammitida hamda 2006 yil 17 iyunda Almati shahri yig’ilishi sammitida ko’tarib chiqdi. ShHT bilan o’zaro munosabatlar darajasi G’arb va AQSh bilan munosabatlarini kengaytirishga musulmon olamida Pokistonning nufuzi ortishiga olib keladi. Markaziy Osiyoning yangi davlatlarida savdo – sotiq o’sishi va sanoat rivojlanishi oqibatida dengizga chiqish talabi paydo bo’ladi, bunday imkoniyatni ularga Pokiston yaratib beradi. Yaqin portlar Pokiston qirg’og’ida joylashgan bo’lib, Karachigacha ming mil keladi. Belujistonda joylashgan Pasni va Gvadar ham shu masofada joylashgan. Pokistonning Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan faol siyosatini amalga oshirishga bir qator omillar sabab bo’lmoqda. Jumladan, moddiy-moliyaviy qiyinchilik, ichki siyosiy barqarorlikning yo’qligi, Hindiston bilan kelishmovchilikning davom etishi va Afg’oniston bilan konfliktning o’sishi bu mintaqaga nisbatan faol siyosat olib borishga halaqit bermoqda. Shuningdek, Afg’onistondagi hozirgi inqirozli holat Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida to’g’ridan – to’g’ri aloqalarni o’rnatishi yo’liga jiddiy to’siq bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, Pokistonning Markaziy Osiyo yo’nalishiga nisbatan tashqi siyosatini jahon hamjamiyati qo’llab-quvvatlamayapti. Bunday sharoitda Pokiston Islom Respublikasi mafkuraviy tashviqot ishlarini davom ettirishga harakat qilmoqda. Bu Pokiston uchun destruktiv omil bo’lib hisoblanmoqda. Pokiston Islom Respublikasining Markaziy Osiyoda tashqi siyosiy faolligining muhim elementi afg’on yo’nalishi bo’lib, antihind liniyasi va Toliblar harakatining roli bilan to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir. Pokiston geosiyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mintaqaga o’zining ta’sirini o’tkazishning asosiy va kelajakdagi instrumenti sifatida toliblardan foydalanishni davom ettiradi. Shuningdek, Pokistonda Toliblarni tayyorlaydigan bir qancha lagerlar mavjud bo’lib, Pokiston ularni qo’llab – quvvatlamoqda. Markaziy Osiyo davlatlarida islom – ekstremistik bosimining kuchayishi va uning saqlanib qolishi Pokistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan to’liq aloqalarning o’rnatilishiga to’sqinlik qilmoqda. Bugungi kunda Pokistonda islom radikalizmi juda kuchaygan bo’lib, bu Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga jiddiy xavf tug’dirishi mumkin. Umuman olganda Pokistonning Markaziy Osiyoga nisbatan tashqi siyosati ushbu mintaqadagi iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda 165 amalga oshirib kelinmoqda. Markaziy Osiyoda Pokiston tashqi siyosatining asosini iqtisodiy yo’nalishda energetika, transportkommunikatsiya va bank sohasi tashkil etadi. Siyosiy yo’nalishda xavfsizlikni ta’minlash hamda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish tashkil etadi. Harbiy yo’nalishda esa mudofaa sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Pokiston va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari munosabatlarining quyuq rivojlanishiga Afg’onistondagi beqarorlik, ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari xavfsizligiga tahdidi sabab bo’lmoqda. Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan muhim hamkorlarimizdan biri sanaluvchi Pokiston Islom Respublikasi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini birinchilar qatorida 1991 yilning 20 dekabridayoq tan oldi. Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalar esa 1992 yilning 10 mayida rasman o’rnatildi. Bugungi kunda O’zbekiston hukumati mintaqadagi qo’shni davlatlar bilan, xususan, Pokiston bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini izchil yo’lga qo’yib kelmoqda. 4.3. Indoneziya zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari alohida o’rin egallaydi. Ayniqsa mintaqaning yirik davlati hisoblangan Indoneziya Respublikasi bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik munosabatlari o’zaro ishonch va hurmatga asoslangan. Yangi XXI asrga Indoneziya XX asrning oxirida Janubi-Sharqiy Osiyoni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari bilan kirib keldi. Mamlakatni qamrab olgan iqtisodiy tanazzul o’z ortidan siyosiy inqirozni ham olib keldi. Mamlakatni qisqa muddat davomida Xabibi (1998-1999 yil oktyabr) va Abduraxmon Vohid (1999-2001 yil iyul) boshqardi, Megavati Sukarnopuri ularga nisbatan uzoqroq (2001-2004 yil oktyabr) mamlakatni idora etgan bo’lishiga qaramasdan, mamlakat oldida turgan murakkab muammolarni hal eta olmadi. XXI asrning boshlarida Indoneziya moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlarining bartaraf etilishi, tashqi siyosatdagi o’zgarishlar, davlatning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi yo’lidagi harakatlarning kuchayishi, iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarida faol qo’shilish ko’p jihatdan mamlakatni 2004-2014 yillarda boshqargan prezident Susilo Bambang Yudoyono nomi bilan bog’liqdir. U 2004 yilda Indoneziya tarixida birinchi marta umumxalq saylovi asosida o’tkazilgan prezidentlik 166 saylovlari natijasida ma’muriyat tepasiga keldi (prezidenti oliy qonunchilik organi – Xalq Konsultativ Kongressi tomonidan saylangan). Indoneziya tashqi siyosatining yangi kontseptsiyasi S.B. Yudoyono tomonidan 2005 yil may oyida e’lon qilindi va u «tashqi siyosatning konstruktiv strategiyasi» degan nom bilan mashhur bo’ldi. Unda tashqi siyosatni amalga oshirishning uchta asosiy yondoshuvi ilgari surildi: 1) murakkab xalqaro muammolarni hal qilishda pozitiv yondoshish; 2) oqilona xalqaro aloqalar; 3) ichki siyosiy va diplomatik muvaffaqiyatlarga asoslanuvchi Indoneziyaning xalqaro maydonda munosib o’ringa ega bo’lishi. Shunga muvofiq prezident Indoneziya tashqi siyosatiga doir ayrim muhim yo’nalishlarni ko’rsatib o’tdi, unga ko’ra zamonaviy o’zgaruvchan dunyoda uchta muqobil yo’l mavjud: o’zgarishlar ob’ekti bo’lish, o’zgarishlarni kuzatib borish yoki o’zgarishlarni boshqarish. Indoneziya nafaqat o’zgarishlarning oddiygina kuzatuvchisi bo’lib qolmasdan, ma’lum bir vaziyatlarda xalqaro maydonda etakchilik pozitsiyasini egallashi lozimligini ta’kidlagan S.B.Yudoyono o’z tashqi siyosatining asosiy tamoyillarsi sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tdi: – Indoneziyaning tashqi siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bo’lib kelayotgan «bebas dan aktif»–«mustaqil va faol» tashqi siyosat konstruktiv yondoshishga asoslanishni lozim. Tashqi siyosatda konstruktiv fikrlash raqibni do’stga, do’stni bo’lsa hamkorga aylantirishga yordam beradi. – «bebas dan aktif»–mustaqil va faol tashqi siyosat ayni vaqtda harbiy ittifoqlarga qo’shilmaslikni anglatadi. Indoneziya hech qachon boshqa davlatlar bilan harbiy paktga kirmaydi va o’z hududida chet el harbiy bazalarini joylashtirmaslik siyosatini davom ettiradi. – mustaqil va faol tashqi siyosatda Indoneziya o’zaro aloqalarni qo’llabquvvatlaydi. Indoneziya qo’shni, qudratli va yangi qudratga erishayotgan davlatlar, dunyo mintaqalari, xalqaro tashkilotlar va qator nodavlat xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli va hurmatga asoslangan aloqalarni rivojlantirish tarafdori bo’lib qolaveradi. –mustaqil va faol tashqi siyosat Indoneziya xalqaro obro’siga xizmat qilishi kerak. Aholi soni bo’yicha jahonda to’rtinchi, islomga e’tiqod qiluvchilar soni bo’yicha birinchi va demokratiyaning kattaligi bo’yicha uchinchi o’rinni egallovchi (Indoneziya tomoni mamlakatni Hindiston va AQShdan keyingi uchinchi yirik demokratik davlat deb hisoblaydi) davlatdir. Indoneziya demokratiya, islom va zamonaviylik hamohang ravishda rivojlanayotgan mamlakatlardan biridir. – mustaqil va faol tashqi siyosat Indoneziyaning o’z milliy brendini – oshkoralikni, mo’tadillikni, tolerantlikni, ishonchni aks ettirishi lozim. 167 Mazkur milliy brend Indoneziya baynalmilalligining ildizi bo’lishi kerak. Shu yo’l orqali Indoneziyaning mustaqil va faol siyosati Indoneziya milliy manfaatlarida va xalqaro maydonda muhim o’rin tutadi. XXI asr boshlaridan Indoneziya tashqi siyosatida 1945 yilda ishlab chiqilgan milliy mafkuraviy besh tamoyil - «Pancha shila» asosidagi tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari davom ettirildi. Rasmiy Jakarta uchun o’z kuchi bilan mustaqillikni ta’minlash birinchi navbatdagi bosh vazifa bo’lib qolaverdi. Ikkinchi tomondan biror bir davlat bilan juda yaqin hamkorlikka kirishish va unga bog’liq bo’lib qolmaslik taktikasi davom ettirilishi ilgari surildi. Shuning uchun bo’lsa kerak bu tashqi siyosat tamoyili S.B.Yudoyono «Millionta do’st va birorta dushman yo’q» (“million friends and zero enemy”) (yana bu «Mingta do’st – nolta dushman» (“Thousand friend – zero enemies”) nomi bilan ham mashhur) kontseptsiyasida ma’lum ma’noda o’z aksini topdi. XXI asrda ham Indoneziya tashqi siyosati aloqalarni ikki tomonlama, mintaviy ko’p tomonlama va xalqaro ko’p tomonlama munosabatlar asosida rivojlantirish tarafdori bo’lib qolaverdi. Ayniqsa rasmiy Jakarta tashqi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga faol harakat qilib kelmoqda. Xususan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) davlatlari, ASEAN+3 (Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya), Tinch okeani havzasida joylashgan qo’shni davlatlar, undan tashqari Rossiya, AQSh, Hindiston va Evropa Ittifoqi davlatlari mamlakatning eng asosiy hamkorlari sifatida qaralib kelmoqda. Shuningdek, jadallik bilan rivojlanayotgan Markaziy Osiyo, hususan O’zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada taraqqiy qildirish va yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha alohida harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda Indoneziya iqtisodiyotida o’sish kuzatilsada, ammo bu o’sish ko’p jihatdan chet el davlatlariga, birinchi navbatda AQShning pulkredit siyosatiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Bu esa iqtisodiy o’sish istalgan paytda tashqi omillar tufayli yo’qqa chiqarilishini anglatadi. Indoneziya ASEAN doirasidagi mintaqaviy hamkorlikka katta e’tibor qaratib keladi. ASEAN Indoneziya tashqi siyosatida oltita asosiy funktsiyani bajaradi: mamlakatning xalqaro obro’-e’tiborini saqlash; mintaqaviy rivojlanishni saqlash; milliy havfsizlik yuzasidan bufer zona vazifasini bajarish; nisbatan muxtor mintaqaviy tartiblarni ishlab chiqish; xalqaro muzokaralar vositasi va Jakartaning xalqaro nufuzini oshirish. 2011 yilda Indoneziya tashkilotga raislik qilish vakolatini bajardi. Indoneziyaning asosiy maqsadi XXI asrda ASEANni yangi pag’onaga ko’tarish hisoblanadi. Xususan 2010 yil Xanoyda bo’lib o’tgan 168 ASEANning 17 sammitida a’zo davlatlar 2015 yilga ASEAN Hamjamiyatini tuzish bo’yicha harakat dasturini ma’qullashdi. XXI asrdan Indoneziya iqtisodiy integratsiya bo’yicha xalqaro hamkorlikka ham katta e’tibor bermoqda. Ushbu jarayonda Indoneziya yangi nisbatan barqaror bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy tuzilma yaratishni ilgari suradi. «G-20»(«20 lar guruhi»)ning a’zosiga sifatida (1999 yil) Indoneziya ayniqsa 2010 yildan boshlab ushbu guruh mavqeini kuchaytirishga intilmoqda. Xususan rasmiy Jakarta byudjet taqchilligi mavjud davlatlarni ushbu guruhdan chiqarish va har bir mamlakatga zarur bo’ladigan bo’lsa yordam berish kerakligini haqidagi takliflarni ko’tarib chiqdi. 2004 yildagi siyosiy sohadagi islohotlardan so’ng Indoneziya butun mintaqada demokratik qadriyatlarni kengaytirish tashabbusini ilgari surishga kirishdi. 2008 yilda Indoneziya Bali Demokratik Forumi hukumatlararo tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Janubi-Sharqiy Osiyoda demokratik kontseptsiyalar va qadriyatlar, siyosiy taraqqiyoti dasturlarini ishlab chiqish mazkur Forumning asosiy vazifasi hisoblanadi. Har yili Indoneziyaning Bali orolida ushbu Forumning yig’ilishini o’tkazish an’anaga aylandi. XXI asrda ham Indoneziya xalqaro maydonda o’z o’rniga ega bo’lish uchun faol harakat qilib kelmoqda. Chunonchi mamlakat 2006-2008 yillarda BMT Havfsizlik Kengashining doimiy bo’lmagan a’zosi sifatida faoliyat olib bordi. Rasmiy Jakarta global muammolarning echimi borasida BMTning rolini kuchaytirish va bunga erishish uchun mazkur organda islohotlar o’tkazish tarafdorlaridan biri hisoblanadi. Indoneziya Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasining geostrategik jihatdan muhim qismida joylashgan. Shu boisdan bo’lsa kerak Indoneziya doimiy ravishda dunyoning etakchi davlatlari manfaatlari to’qnash keladigan makonlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa keyingi yillarda Xitoy va AQShning mintaqadagi ta’siri uchun kurashlari ko’pincha Indoneziyaning «yelkasiga» tushmoqdi. 2006 yil may oyidan boshlab Indoneziya Xitoy bilan mudofaa va havfsizlik borasida doimiy muloqotlarni yo’lga qo’ydi. Bunga ma’lum ma’noda AQShning o’zi ham sababchi. 1999 yilda Sharqiy Timordagi voqealar sabab AQSh Jakartaga qurol etkazib berishga embargo joriy qilgan edi. 2005 yilda embargo bekor qilindi. Mamlakat AQShdan qurol-yarog’ sotib olishda davom etmoqda. Garchi ham Xitoy, ham AQSh bilan mudofaa masalalarida hamkorlikni rivojlantirayotgan bo’lsada, ammo Indoneziya bunda tashqi siyosat tamoyiliga sodiq qolgan holda ikki 169 davlatdan biri bilan yoki uchinchi bir davlat bilan «alohida» sherikka aylanish siyosatidan o’zini uzoq tutish pozitsiyasida kelmoqda. Indoneziya tashqi siyosatiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu – islom diniga e’tiqod qiluvchilar mamlakat aholisining katta qismini (87%) tashkil qilishidir. Shunga ko’ra xalqaro miqyosda yoki mamlakat ichida islom diniga oid har qanday mazmundagi holatlar tezda mamlakat bo’ylab aks-sado berishi mumkin. Keyingi yillarda Indoneziyada radikal kayfiyatdagi islomiy kuchlar faollashib qoldi. Biroq davlat ularga qarshi keskin kurashib kelmoqda va xalqaro terrorizmga qarshi kurashni ham qo’llab-quvvatlaydi. 2007 yil 17 yanvarda Indoneziya ASEANning terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Konventsiyasini imzoladi. Mamlakat BMT HKning 1566-2004 rezolyutsiyasidagi barcha a’zo mamlakatlarni terrorizmga qarshi kurashga chaqirig’ini qo’llab-quvvatlashligini ma’lum qilgan. Shu bilan bir qatorda Indoneziya xalqaro miqyosda ayrim global muammolar borasida ham qat’iy yondoshuvlar asosida o’z pozitsiyasini saqlab kelmoqda. Misol uchun Indoneziya global miqyosda iqlim o’zgarishlarining oldini olishning tashabbuskorlaridan biridir (2007 yildan). 2009 yil 15 dekabrda Kopengagenda bo’lib o’tgan xalqaro iqlim o’zgarishlariga bag’ishlangan konferentsiyada ishtirok etdi va Kopengagen konferentsiyasi ishtirokchilari uchun Indoneziya tomonidan ishlab chiqilgan beshta taklif va qarashlarni havola etdi. Xalqaro munosabatlar tizimida Indoneziya XXI asrda ham ommaviy qurollanishga qarshi bo’lib kolmoqda. 2010 yil may oyida Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan Yadro qurolni tarqatmaslik haqidagi Shartnoma Konferentsiyasida Qo’shilmaslik Harakatidagi qurolsizlanish masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchisi sifatida ishtirok etdi. Indoneziyaning o’zi 2012 yilning fevralida «Barcha ko’rinishdagi yadro sinovlarini ta’qiqlash haqidagi shartnoma»ni ratifikatsiya qildi. 2014 yil oktyabrda Indoneziyada navbatdagi prezidentlik saylovlari natijasida mamlakat prezidentligiga Joko Vidodo keldi. Joko Vidodoning tashqi siyosat borasida siyosati haqida xulosa chiqarishga hali erta. Bir narsa aniqki, u o’z tashqi siyosatini mamlakat tarixida birinchi marta ayol kishi – Retno Marsudiga ishonib topshirdi. Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi diplomatik faoliyatining asosiy qismi Evropa davlatlari bilan bog’liq bo’lganligini balki mamlakatning bundan keyingi tashqi siyosati yo’nalishiga ham ta’sir qilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda XXI asrning boshlarida Indoneziya iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy inqirozlarni bartaraf etib, xalqaro munosabatlar tizimida 170 o’z o’rniga ega bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olishga erishdi. Bunda tashqi siyosat tamoyillariga sodiqlik va o’zgaruvchan xalqaro munosabatlar tizimiga tezda moslashuv hal qiluvchi rol o’ynadi. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Pokiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini gapirib bering? 2. Janubiy Osiyo davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida aytib bering ? 3. Janubiy Osiyo davlatlarining Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari qanday? 4. Bugungi kunda AQShning Afg‘onistondagi harbiy opperatsiyalariga mintaqa davlatlarining munosabatlari qanday? 5. Janubiy Osiyodagi Shri-Lanka, Bangladesh va Maldiv davlatlarining xalqaro munosabatlariga tavsif bering. 6. Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tavsif bering. 7. Janubiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi SAARK haqida ma’lumot bering. 8. Hozirgi davrda Hindiston – Pokiston munosabatlari qanday holatda? 9. Zamonaviy bosqichda Kashmir muammosi va uning Janubiy Osiyo xavfsizligiga ta’siri qanday ? 10. Hozirgi davrda Myanmadagi kofesssiyalararo ziddiyatlar haqidama’lumot bering. 11. Indoneziyaning musulmon dunyosida tutgan o‘rni qanday? 12. Indoneziya – Malayziya munosabatlari. Mustaqil ish uchun topshiriqlar 1. Janubiy Osiyo mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish. 2. Afg‘onistonning xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yoritib bering. 3. Pokiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini nimalardan iborat ? 4. Zamonaviy bosqichda Janubiy Osiyo davlatlarida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering. 5. “Janubiy Osiyo davlatlari - Xitoy munosabatlari” mavzusida ma’ruza tayyorlash. 6. Rossiya tashqi siyosatida Janubiy Osiyo davlatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash. 171 7. Pokiston tashqi siyosatida Afg‘oniston muammosini yoritib bering. 8. AQSh tashqi siyosatida Janubiy Osiyo davlatlari. 9. Zamonaviy bosqichda Janubiy Osiyo mamlakatlarida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering. 10. “Hindiston va Pokiston yadro qurollari muammosi” mavzusida nutq tayyorlash. 11. Jammu va Kashmir muammosi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash. 12. Hindiston va Pokiston tashqi siyosatida Afg‘on muamosini yoritib bering. Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar 1. Mуҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларидаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2013. – 160 б. 2. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2013. – 176 b. 3. Каримова Н.Э. Международные отношения стран Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2017. – 204 с. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Каримова Н., Пьянова Е., Азимов К. Особенности развития стран Дальнего Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2009. – 234 с. 2. Шарапов А.А. Осиё-Тинч океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Монография. – Тошкент, 2014. – 216 б. 3. Юлдашева Г.И. Халқаро муносабатларнинг методологик аспектлари. –Т.:Математика ва ахборот технологиялар институти босмахонаси, 2009. –215 б. 4. Fawcett Louise. International Relations of the Middle East, UK, Oxford University Press, 2016. 5. The Asia-Pacific Power Balance. London: Chatham House, 2015. 80 p. 6. Beeson M. Institutions of the Asia Pacific. London-New York: Routledge, 2009. 147 p. 7. Kouskouvelis I. “The Problem with Turkey’s ‘Zero Problems,’” Middle East Quarterly, Winter 2013, pp. 47-56. 8. Yilmaz E. Turkey’s Kurdish Question and the Peace Process // Insight Turkey Vol. 15 / No. 2 / 2013, pp. 7-17. 172 5-BOB. AFRIKA MUSULMON MAMLAKATLARIDA KECHAYOTGAN SIYOSIY JARAYONLARNING MOHIYATI Darsning maqsadi: Talabalarda Afrika mintaqasining xususiyatlari to‘g‘risida tushuncha shakllantirish; Talabalarda Afrika mintaqasidagi siyosiy vaziyat yuzasidan tushunchalarni shakllantirish; Yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish; talabalar Afrika davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko’maklashish; talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda amaliyotda ularni qo’llashni o’rgatish; talabalarga Afrika davlatlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlari borasidagi to’la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu jarayonlarning o’ziga xos jihatlarini singdirish; talabalarda davlatni har tomonlama rivojlantirish jarayonida o’ta muhim, o’ziga xos rol o’ynovchi tashqi siyosat va uning maqsadlarini amalga oshirishda muhim omil hisoblangan xalqaro muzokaralar bo’yicha nazariy bilim va amaliy mahoratni shakllantirish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Afrika Ittifoqi, Afrika Birligi Tashkiloti, xalqaro nizolar, hududiy mojarolar, NEPAD, Addis-Abeba, Gambiya, Zair,Kod-d’Iuar, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Durban. 5.1. Afrika qit’asining geostrategik o‘rni Hozirgi vaqtda, Afrika jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur “uyg‘onayotgan qit’a” oldida bir qator murakkab geosiyosiy muammolar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari uzoq, ko‘p asrli tarixga ega, masalan mustamlakachilik, ish savdosi va hakazo. Ayrimlari yaqinda paydo bo‘ldi yoki kuchayib ketdi va bu jarayon nisbatan kichik davrni o‘z ichiga oladi, chunki SSSRning parchalanib ketishi bilan jahon geosiyosiy kuchlarining muvozanati o‘zgardi, bu esa shak-shubhasiz, mazkur qit’adagi hayotning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarida namoyon bo‘ldi. Afrika xalqlari nisbatan kechroq siyosiy mustaqillikka erishishdi, biroq iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularning ko‘pchiligi hamon haqiqiy ijobiy o‘zgarishlarni his etishganlaricha yo‘q. Afrika mamlakatlari mustamlakachilik zulmidan xalos bo‘lgach, ularning ko‘pchiligida G‘arb, xususan AQShning ijtimoiy institutlari, 173 huquq etalonlari oriyentatsiyasi va vesternizatsiya (g‘arblashtirish) konsepsiyasi qo‘llab-quvvatlanmadi. Biroq, bir vaqtning o‘zida Afrikaning Yevroosiyoga, xususan Sovet Ittifoqiga bo‘lgan geosiyosiy moyillik g‘oyasi ham keng taraqqiy etmadi. Afrika - sayyoraning eng nizoli geosiyosiy nuqtasi degan nom ayniqsa XX asrning so‘nggi choragida tobora mustahkamlandi. So‘nggi o‘n yil mobaynida qit’ada 35 ta yirik qurolli nizolar sodir bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lib, ularda o‘n milliondan ortiq kishi vafot etgan, shulardan 90 foizini – shahar aholisi tashkil etadi. Jahondagi qochoqlar sonining qariyb yarmi, (turli baholarga ko‘ra – 7 mln. kishidan 10 mln. kishigacha) hamda ko‘chirilgan shaxslarning 60 foizi (qariyb 20 mln. kishi) aynan shu qit’ada yashaydi. Jahon miqyosida, bolalar o‘limi ko‘rsatkichi qit’ada eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi: yiliga 8 mln. kishi1. Bu turli konfliktogen, ya’ni ixtilofli omillar: etnik va qabilaviy qarama-qarshiliklar, konfessional kelishmovchiliklar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi ziddiyatlar va boshqalarning murakkab chigallashuvi bilan izohlanadi. Ayniqsa G‘arbda, ba’zida Afrikaning rivojlanishini siyqa chizmaga keltirgan va bu muammoni sezilarli darajada ko‘pgina ishlar soddalashtiradi. Bu haqda S.Xantington shunday yozadi: “Siyosatga massaning kirib kelishi keskinlikning yuzaga keltiradi, bu esa siyosiy beqarorlik natijasida rivojlanish uchun xavf-xatar tug‘dirishi mumkin”. Afrika geosiyosiy holatining tahlili mavjud bo‘lgan biror-bir chuqur izlanmalar (ishlar) SSSR, Rossiya, G‘arb mamlakatlari, Afrikaning o‘zidagi ilmiy adabiyotlarda deyarli mavjud emas. Geosiyosat va siyosatshunoslikning alohida yo‘nalishlarini anglab yetishga bo‘lgan intilishlar mavjud: XX asrning oxirlarida Afrika mamlakatlarining ijtimoiysiyosiy rivojlanish yo‘llarini tanlash muammolarini o‘rganish; qit’a hayotida diktatorlik tartibi va armiyaning roli; diniy omilning ma’naviy-siyosiy roli; madaniyat va jamiyat – an’anaviylik va zamonaviylik sintezi; XXI asrda Afrikaning geosiyosiy rivojlanish istiqbollari. XX asrning 90-yillari boshida Namibiyada “Afrika mustaqilligining 30 yilligi: yakunlar va istiqbollar” nomli konferensiya o‘tkazilib, unda umumlashtiruvchi xulosa sifatida 30 yillik mustaqillik qit’aga na demokratiya, na taraqqiyot keltirgani, balki iqtisodiy va siyosiy tanglikni 1 Российские стратегические исследования. – М., 2002. - С. 118 174 yanada chuqurlashtirib yuborgani, ya’ni mazkur “orol” geosiyosiy jihatdan G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShga bog‘lanib qolgani aytib o‘tildi. SSSR va sotsialistik lager mamlakatlari tugatilganidan so‘ng yuzaga kelgan yangi geosiyosiy holat, jahon kuchlar balansidagi (muvozanat) geosiyosiy bo‘linishga qo‘shimcha salbiy ta’sir qoldirdi. Hozirgi zamon Afrika mamlakatlari turli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy yo‘nalishga ega. Shu bilan birga ijtimoiy yo‘naltirilganlik va ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, asriy qoloqlikni tugatish, o‘zining ijtimoiy suvereniteti, iqtisodiy mustaqilligi, ijtimoiy jarayonlarini mustahkamlash, yer osti, inson va moliyaviy resurslariga egalik qilish uchun kurash Afrika mamlakatlarining umumiy xarakterli jihati hisoblanadi. Afrika yuzlab yillar mobaynida fuqarolik urushlari va harbiy nizolarga aylanib ketadigan etnik qarama-qarshiliklarni boshidan kechirib kelmoqda. Ulardan eng qirg‘inlisi 1994-yilda Ruandada boshlandi va qariyb ikki yil davom etdi. Hokimiyat qo‘l ostida bo‘lgan, radikal kayfiyatdagi xutu xalqi vakillaridan tashkil topgan hukumat tutsi “dushman” xalqining ommaviy yo‘q qilinishini tashkil etgan holda, milliy masalani butunlay “yopish”ga qaror qildi hamda 1 mln. dan ortiq kishini qirib tashladi 1. “Buni faqat irqchilarning fashistlar Germaniyasidagi yoki “qizil kxmerlar”ning Kambodjadagi xatti-harakatlari bilan taqqoslash mumkin” deydi Rossiyalik siyosatshunos Nartov2. 2003-yilning iyul oyi o‘rtalaridan boshlab, olmos, temir rudasi, kauchukka boy bo‘lgan G‘arbiy Afrika mamlakati hisoblangan Liberiyada har kuni yuzlab kishilarning hayotiga zomin bo‘lgan fuqarolar urushi boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar va prezident qo‘shinlari o‘rtasidagi qaramaqarshiliklar mamlakat poytaxti – Monroviyada yuz berdi. Biroq, mahalliy nizolar Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlari Angola, Efiopiya, Sudan, Kongo, Nigeriya, Zimbabve, Somali, Mozambik, Serra-Leone, Chadda hali-hanuz tinchiganicha yo‘q. Chad Respublikasidagi fuqarolar urushi, qo‘shni Sudandagi kabi, 1960-yillardan boshlab qisqa tanaffuslar bilan davom etib kelmoqda. Isyonchilar erkin ravishda bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib yurishmoqda. Ikkala mamlakatdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonchilarga qayerda urush qilishning farqi yo‘q. Ular uchun ushbu hudud avlod1 Муҳаммадсидиқов М.М. Африка – геостратегик аҳамиятига молик қитъа // Шарқшунослик (ТошДШИ). – 2007. – № 2. – Б. 109. 2 Нартов Н.А., Нартов В.Н. Геополитика. – М.: ЮНИТИ-ДАНА: Единство, 2007. – С. 527. 175 ajdodlarinikidir. Ularga pul, suv, oziq-ovqat, mollar uchun yaylov, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun yaroqli yer lozim. Bundan tashqari, Chadning janubiy tumanlari va Sudanda neft topildi. Mamlakatga keladigan valyuta tushumlarining ushbu yagona manbai so‘nggi vaqtda keskinlikning qo‘shimcha omiliga aylandi. Afrikada separatizmning asosiy o‘choqlari, aniqlangan neft zaxiralari mavjud hududlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur energiya tashuvchisiga boy bo‘lgan Eritreya Efiopiyadan ajralib chiqdi. Nigeriyada dengizga quyiladigan joyda mahalliy qabilalar neft platformalariga hujumlar uyushtirishmoqda va qora oltinni qazib olishdan olinadigan daromadning nazoratini talab qilishmoqda. Sanab o‘tilgan va boshqa ijtimoiy “yaralar” qurollanish va harbiy nizolar borasidagi poygani keskinlashtirdi. Masalan, qit’a mamlakatlariga yillik xorijiy yordam 11 milliard AQSh dollarini tashkil etsa, qurollanish va harbiylarni saqlash xarajatlari esa 12 milliard AQSh dollaridan oshib ketadi. Aslida, harbiy to‘qnashuvlar va hatto urushlar deyarli to‘xtamayotgan Efiopiya, Angola, Zair milliy halokat chegarasida turishibdi. Shunday qilib, Efiopiya va Eritreya bir-birlariga qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lsalar, UNITA harbiy guruhi Angolada suv va havo chegaralarini o‘z ichiga olgan holda, hududning sezilarli qismini nazorat qilmoqda. Harbiy to‘qnashuvlar Mozambik, Sudan, Somali va boshqa ba’zi mamlakatlarda sodir bo‘lmoqda. Milliy iqtisodiyotlarning zaifligi to‘qnashuvlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Zairlik professor Jorj Nzongola Ntalajaning so‘zlariga qaraganda, AQSh, Fransiya va Belgiya Zair iqtisodiyoti tanazzulining aybdorlari bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, mazkur qudratli mamlakatlar ushbu mamlakatda “xalq manfaatlariga qaraganda, faqat shaxsiy boyish to‘g‘risida ko‘proq g‘amxo‘rlik qilgan boshqaruvchi qo‘g‘irchoq to‘dalarning manfaatlari doirasida” harakat qilishgan1. G‘arb mamlakatlarining “tinchlik o‘rnatuvchi” kuchlari fuqarolar urushining avj olishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Masalan, Chadda “asosan qo‘zg‘olonlar bo‘yicha ogohlantiruvchi zarbalar beruvchi jangovor texnika, vertolyotlar, samolyotlarga ega xorijiy legiondagi 1,5 mingga yaqin fransuz soldatlari” joylashgan. Shu va boshqa sabablar tufayli, ko‘pgina amerikalik yetakchilar Fransiya sobiq ichki ishlar vaziri N.Sarkozining Senegal, Mali va boshqa mamlakatlarga bo‘lgan tashrifini xusumatli tarzda kutib olishdi. Parlament deputatlari Malida uni “toza suvning ig‘vogari” sifatida baholab, 1 Смиридонова С. Крепнущий голос Франкфонии // Ж. Азия и Африка сегодня. – 2003. – №5. – С. 31 176 “tashrifning bekor qilinishi”ni talab qilishdi. Senegalning sobiq prezidenti Abdulay Vad “Fransiyaning Afrika siyosati”ni qattiq tanqid ostiga oldi. Shimoliy-Sharqiy Afrika mintaqasining geostrategik mavqei uning xalqaro dengiz kommunikatsiyasini bog‘lab turgan Qizil dengiz sohillarida joylashganligi bilan belgilanadi. Qizil dengiz Shimoldan Suvaysh va Aqaba portlaridan Janubdagi Bab al-mandab bo‘g‘ozigacha cho‘ziladi1. Bab al-mandab bo‘g‘ozi Qizil dengizning janubiy darvozasi va bu bo‘g‘oz Qizil dengizning janubdagi eng tor nuqtasi hisoblanib, juda muhim strategik mavqega ega. Mazkur bo‘g‘oz janubdan Adan ko‘rfazi bilan so‘ngra Hind okeani bilan bog‘lanadi. Bab al-mandab – Qizil dengiz – Suvaysh yo‘li Arabiston yarim oroli va Fors ko‘rfazi neftini G‘arbiy Osiyo, G‘arbiy Yevropa va Amerika qit’asiga eksport qilish uchun xalqaro dengiz qatnovini amalga oshiruvchi asosiy yo‘l hisoblanadi. Ana shu vaziyat, mazkur mintaqaning strategik ahamiyatini belgilovchi omillardan sanaladi. Har kuni ushbu bo‘g‘ozdan o‘nlab neft tankerlari va o‘nlab savdo va harbiy kemalar qatnaydi. Shu bilan birga Qizil dengiz, Arab Mashrig‘i va Mag‘ribini bog‘lab turuvchi eng qulay va qisqa dengiz yo‘lidir. Bab almandab bo‘g‘oziga kirib-chiqayotgan barcha kemalar Yaman, Jibuti va Somali qirg‘oqlaridan albatta o‘tadi. Shuning uchun, bu mintaqaning xalqaro ahamiyati ham katta. Jahon mamlakatlarining ham kundalik faoliyatlarida, xalqaro savdosotiq, eksport-import ishlarini amalga oshiruvchi kemalari va harbiy dengiz kuchlarini Suvaysh-Qizil dengiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishida mazkur dengiz va kanaldan unumli foydalanadilar. Ushbu dengiz kommunikatsiya yo‘li Shimoliy-Sharqiy Afrika mintaqasidagi Sudan, Jibuti, Eritreya va Efiopiya kabi davlatlar uchun yagona dengiz yo‘li, shuningdek, MAR, Yaman Respublikasi va Isroil uchun muhim dengiz yo‘li bo‘lib xizmat qiladi. Albatta, ushbu mintaqalarda joylashgan orollar ham mazkur ikki mintaqaga egalik qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, Hozirgi vaqtda Isroil davlati Eritreya orqali Qizil dengiz mintaqasidagi muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xanish orollariga o‘z ta’sirini o‘tkazishga intilmoqda. Mintaqa xalqlari qadimdan savdo-sotiq bilan shug‘ullanganliklari sababli bu mintaqa Osiyo bilan Yevropani bog‘lab turuvchi dengiz transport yo‘liga aylandi. 1 The World Book Encyclopedia. Chicago, London, Sydney, Toronto. – United States of America, 1994. Vol. 16. – Р. 191. 177 XX asrning 50-yillaridan boshlab, Suvaysh kanali Fors ko‘rfazidan Yevropa va Shimoliy Amerikaga neft transportirovkasi amalga oshiriladigan dengiz kommunikatsiyasining asosiy qismlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, Hozirgi vaqtda mintaqa xavfsizligini ta’minlash, mintaqa davlatlari oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Ammo, buyuk davlatlar neftga bo‘lgan o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, mintaqa davlatlariga ta’sir ko‘rsatishning turli vositalaridan foydalanishga harakat qiladilar. Shu sababli, buyuk davlatlar manfaatlarining neft tankerlari harakatlanadigan hudud, ya’ni mintaqa xavfsizligiga bog‘liqligi natijasida uning ahamiyati yana ham ortishi mumkin. Masalan, ikkinchi Fors ko‘rfazi urushi paytida (1998-1999 yillar) neft eksport qiluvchi arab mamlakatlari o‘z neftini himoya qilish, uning xavfsizligini ta’minlash hamda importer davlatlarga yetkazib berishga qodir emasliklari namoyon bo‘ldi. O‘z navbatida G‘arb mamlakatlari, ya’ni neft iste’molchilari uni himoya etishga qodir ekanliklarini ko‘rsatdilar. Mintaqaning strategik ahamiyati ko‘p jihatdan neft omiliga bog‘liq bo‘lib, FKADHK mamlakatlarida ishlab chiqariladigan neftning ko‘p qismi Fors ko‘rfazidan Xormuz bo‘g‘ozi orqali Ummon ko‘rfaziga va undan Adan ko‘rfaziga, u yerdan Suvaysh kanali bilan O‘rta Yer dengizi va Yevropaga yetib boradi. Shuning uchun, Qizil dengiz yo‘l xarajatlarini arzon tushishi va vaqtdan yutish jihatidan juda muhim o‘rin tutadi. Suvaysh dengiz yo‘li harbiy-strategik jihatdan katta ahamiyatga egadir. 1990-1991-yillarda Quvaytni Iroq bosqinidan ozod etish operatsiyalari davomida va keyinchalik, Afg‘onistondagi xalqaro terrorizm bazalariga qarshi aksilterror kuchlarning mintaqaga olib kirilishi, hamda 2003-yilning boshida AQSh va Buyuk Britaniya boshchiligidagi ittifoqdosh kuchlarning Iroqdagi Saddam Xusayn tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida olib borgan harbiy operatsiyalari davomida AQSh, Yevropa va jahonning bir qancha mamlakatlaridan harbiy kuchlar, harbiy texnika va turli uskunalar asosan Atlantika okeani – O‘rta Yer dengizi – Suvaysh kanali orqali Hind okeani va Fors ko‘rfaziga olib o‘tildi. Harbiy kuchlarni Iroqqa safarbar qilishda, urushdan so‘ng vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlik o‘rnatish hamda Suvaysh yo‘nalishi bo‘ylab Fors ko‘rfazi sari Iroq xalqiga insonparvar yordam ko‘rsatish uchun zaruriy ashyolar ortilgan kemalar harakatlanishini ta’minlash maqsadida, Hozirgi vaqtda ham Qizil dengizdan keng foydalanilmoqda. Albatta kemalar qatnovidan Shimoliy-Sharqiy Afrikada joylashgan barcha davlatlar manfaatdordir. 178 Xulosa qilib aytganda, Afrika nizolari qit’ani beqaror vaziyatda ushlab turibdi. Nizolar kelib chiqish omillari turli xil bo‘lib, bizning fikrimizcha, asosiy dominant iqtisodiy-ijtimoiy qoloqlik ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Qit’a davlatlarining past suratlarda rivojlanish jarayoni uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Bu esa, qit’adagi vaziyatni yanada uzoqroqqa suradi. Muammolarni global darajadagi ta’siri oshmasligi uchun, nizolarni xalqaro miqyosda hal qilish lozim. Bu - dunyo yetakchi davlatlarining bir maqsad yo‘lida birlashtirishga ham bog‘liqdir. 5.2. Afrika qit’asidagi mojarolarning genezisi va ular bilan bog’liq muammolar Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi dunyoda tinchlikni, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, insoniyatga bo‘ladigan har qanday tahdid va chaqiriqlarga qarshi hamjihatlik asosida kurashishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Shu bois, Afrikadagi nizo va qarama-qarshiliklar nafaqat Afrika qit’asini, balki dunyo xavfsizligini ta’minlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi, butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Afrika nizolarining klassifikatsiyasini o‘rganish va tahlil qilish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki, bu qit’ada insoniyat oldida turgan barcha global muammolar o‘z ko‘rinishiga ega. Shuning uchun ularni tashqi va ichki nizolarga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Tashqi nizolarga qit’adagi davlatlarning bir-biri bilan nizolari, hududiy mojaro va bahslarini kiritishimiz mumkin. Afrika qit’asida, XX asrning oxiri XXI asr boshlarida yuz bergan voqealar va siyosiy jarayonlar nafaqat qit’adagi davlatlarni, balki butun dunyo jamoatchiligi diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Afrika qit’asi yer yuzi maydonining 6 foizini tashkil etib, Yevroosiyo qit’asidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Afrikaning umumiy maydoni 29,2 mln km² bo‘lib, yer yuzidagi quruqlikning 20,4 foizini tashkil etadi1. Afrika qit’asi aholisi soni 1 milliardga yaqin bo‘lib, qit’alar orasida yuqori o‘rinni egallaydi. Afrika qit’asida 55 ta davlat mavjud va ulardan 5 ta tan olinmagan davlatlar va 5 ta tobe hududlar (orollar) hisoblanadi. Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgan Afrika qit’asi turli ko‘rinishdagi bir necha asr tarixga ega geosiyosiy muammolardan 1 Мухаммадсидиков М.М. Африка-конфликтная геополитическая сфера планеты // Международный научный журнал. Наука. Образование. Техника. Кыргызско-Узбекский университет. Ош. Кыргызской Республика. – 2009. – № 2 (30). – С. 37-39. 179 masalan, mustamlakachilik, qulchilik va boshqalar mintaqadagi barqarorlikni yo‘lga qo‘yish uchun asosiy tahdid solgan omillardan biri sifatida namoyon bo‘lgan. SSSRning parchalanishi bilan dunyodagi geosiyosiy kuchlar balansi bir muncha o‘zgarib, Afrika qit’sida ijtimoyiqtisodiy, siyosiy va ma’daniy sohalar o‘zgarishlarga uchradi. Hozirgi vaqtda Afrika qit’asi olimlar tomonidan geosiyosiy nizolar maydoni sifatida ta’kidlanmoqda. Chunki, so‘nggi 400 yil ichida qit’dagi barqarorlik darajasi juda ham past ko‘rsatkichlarni namoyon etib, buni qit’adagi 10 mlnga yaqin tinch aholining qirilib ketishiga olib kelgan 35 ta katta harbiy nizolar bilan ta’kidlash mumkin. Dunyodagi qochoqlardan taxminan 7 – 10 millioni qit’adagi aholi soniga to‘g‘ri keladi va qit’a aholisining taxminan 60 foizini ko‘chib kelgan muhojirlar tashkil etadi. Afrika qit’asining AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan, transmilliy korporatsiyalar va xalqaro moliyaviy markazlardan siyosiy va iqtisodiy tobelik darajasining yuqoriligi, doimo global ijtimoiy muammolar: ochlik, qashshoqlik, savodsizlik, xalqlarning siyosiy va umumiy ma’daniyatining pastligi, kuchli siyosiy va iqtisodiy inqiroz, xalqlar va dinlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar kelib chiqishiga olib kelmoqda. Zamonaviy Afrika siyosiy planda asosan, avtoritar tuzumdagi davlatlardan tashkil topgan. Avtoritar tuzumdagi davlatlarning paydo bo‘lishiga asosiy sabab sifatida kapitalizm va sotsializm tizimlarining qit’adagi ta’sirini kuchaytirish uchun olib borgan harakatlari tushuniladi. O‘ttiz yil mobaynida bu ikki tizim uchun Afrika kurash maydoni bo‘lib keldi. Bu tizimlar Afrika qit’asi davlatlaridagi diktatorlarni o‘z manfaatlariga erishish yo‘lida moliyaviy tomondan ta’minlab kelgan. Avtoritar tuzumdagi xalqlar diktatorlarga bo‘ysunib siyosat va geosiyosatning subyekti emas balki, obyekti sifatida namoyon bo‘lganlar. Aynan mana shu sabablar 1960-yildan so‘ng Afrikadagi beqarorlikni yuzaga keltirdi va buning natijasida qit’ada 100 ga yaqin harbiy to‘ntarishlar bo‘lib o‘tdi. Afrika qit’asi geosiyosiy holatini o‘zgartiruvchi yana bir omil, bu turli xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Afrikaning etnik tarkibi – rang-barang xalqlar va qabilalar mozaikasiga o‘xshab ketadi. Qit’ada taxminan 50 ta millat va elatlar, ming xil tilda so‘zlashuvchi 3 mingga yaqin qabilalar istiqomat qiladilar. Afrika davlatlarining ko‘pchiligi tabiiy geografik chegaralarga bo‘linib, aniq demarkatsiya qilinmagan. Afrika qit’asi davlatlarining chegaralaridan 44 foizi meridian va parallel bo‘yicha chegaralangan, 30 180 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yoysimon shaklda belgilangan. Hududlarning bunday tarzda bo‘linishi xalqlar o‘rtasidagi nizolar va urushlar asosi hisoblanadi. Afrika qit’asidagi barqarorlikning ta’minlanishi bugun nafaqat qit’a davlatlari balki butun dunyo uchun asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. Xususan, Afrika qit’asidagi barqarorlikni ta’minlashda tahdid solayotgan bir necha omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: - Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar; - Fuqarolar urushi; - Xavfsizlik darajasining pastligi va jinoyatchilikning yuqoriligi; - Davlat chegarasidan yashirincha, boj to‘lamasdan mol o‘tkazish (kontrabanda bilan shug‘ullanish); - Ekologik jinoyatchilik; - Noqonuniy qurollar savdosi bilan shug‘ullanish; - Terrorizm; - Qaroqchilik va neftni bunkerlash; - Noqonuniy narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanish. Bu omillarning har biri qit’adagi davlatlarning o‘zaro nizolariga ham olib kelmoqda. Omillarni tahlil qiladigan bo‘lsak, masalan, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar asosan qabilalar orasidagi jangovor kuchlarga asoslanadi. Bunday holatlarda ko‘pgina hukumatlar qabilalardagi ko‘ngilli lashkarlarini proksi sifatida jo‘natadilar yoki hukumatlar qo‘zg‘alonchilarga qarshi kuchli operatsiyalar o‘tqazib, qo‘zg‘alonchilarning harakatlarini kuch bilan bosib, fuqarolik bazalarini hukumatlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydilar. Bunday holatlarga Darfurdagi Janjavid va 1998-yildagi Efiopiya va Eritreya o‘rtasidagi chegaraviy urushlar bilan misol qilishimiz mumkin. “Afrikadagi fuqarolar urushi o‘zining shavqatsizligi bilan mashhur. Shuningdek, ularning etnik, hududiy va diniy jihatlardan tashkiliy ko‘rinishlarining murakkabligi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Fuqarolar hukumatlar va nohukumatlardagi qo‘zg‘alonlar uchun qo‘llabquvvatlovchi kuch sifatida xizmat qiladi”1. Fuqarolar urushini olib borishida har ikki tomon maqsadlari biri-biriga qarama-qarshi bo‘ladi. Afrikadagi ko‘pgina fuqarolar urushining qo‘zg‘alonchilar uchun manfaatini ko‘radigan bo‘lsak, ular asosan, tuzumlar aldov yoki majburlash yo‘llari orqali erishgan boyliklar, mol-mulk va chorva mollarini qaytarish uchun tuzumga qarshi chiqadilar. Hukumatlar esa 1 Mark Duffield, Development, Security and Unending War: Governing the World of Peoples. – London: Polity Press, 2007. – Р. 67. 181 fuqarolarga nisbatan “kollektiv jazolash” strategiyasini qo‘llash orqali qo‘zg‘alon yetakchilarini o‘z vaxshiyliklari uchun javobgarlikka tortishga urinadi. Fuqarolar urushining tashkil etilishida albatta tashqi kuchlarni ham hisobga olish lozim. Qit’aning resurslarga boy ekanligi tashqi kuchlarni albatta o‘ziga jalb etadi. Masalan, tashqi kuchlar u yoki bu davlat o‘rtasida nizolarni uyushtirish orqali faol ishtirokchilarni ta’sir darajasini pasaytirish yo‘li bilan resurslarga ega bo‘lgan holatlari ham kuzatiladi. Afrikada kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoyatchilikning bir necha ko‘rinishlari mavjud. BMTning narkotik moddalari va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (YuNODK)ning ma’lumotlariga ko‘ra, “Afrika davlatlari orasida Nigeriya, Gana va Marokash kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘ullanishda asosiy generatorlar vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu davlatlar odam savdosi va kontrabanda orqali yiliga taxminan 32 milliard AQSh dollari miqdorida foyda ko‘radilar. Bunday holda Sharqiy va Janubiy Afrika tranzit yo‘li vazifasini o‘tab, odam savdosi va kontrabanda opersiyalari Osiyoda o‘tqazilayotganligi kuzatilmoqda”1. Shuningdek, Adan Ko‘rfazi Somali va Yaman tranzit yo‘llari orqali yosh ayollar va erkaklar ya’ni ishchi migrantlar odam savdosi qurbonlari bo‘ladilar. BMTning qochoqlar ishi bilan shug‘ullanuvchi Yuqori komissariyat Boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, “ushbu yo‘nalish bo‘yicha bir oy mobaynida 100 ga yaqin odam noqonuniy migratsiya qilish orqali nobud bo‘ladi”2. Afrikaning ko‘pgina davlatlari uchun o‘g‘rilik asosiy muammo hisoblanadi. Boy fuqarolarga tajovuz qilish, ularning bolalarini o‘g‘irlash ko‘plab uyushgan jinoyatchi guruhlar uchun odatiy hol hisoblanadi. Janubiy Afrika, Nigeriya va Keniyada sindikatlar guruhi tashkil etilgan bo‘lib, ular o‘zlarini maxsus odam o‘g‘irlaydigan guruh sifatida namoyish etadi. Afrikadagi shunga o‘xshash guruhlardan Niger daryosi deltasidagi MYeND va Saxiliyadagi AKIM Malining shimoliy qismlarida odam o‘g‘irlash va odam savdosi bilan shug‘ullanadilar. Noqonuniy qurol savdosining ko‘payganligi Afrikada fuqarolar urushi va qabilalar o‘rtasidagi nizolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi. Afrikadagi noqonuniy qurol sotish va noqonuniy qurollar sonining ortishi, sovuq urush davrida AQSh va Sobiq 1 UNODC, Trafficking in Persons: Global Patterns. – Vienna: UNODC, 2006. – P. 85. Also see United States Department of State, Trafficking in Persons Report 2009 , Washington, DC, June 2009; and UNODC, Organized Crime and Irregular Migration from Africa to Europe (Vienna: UNODC, July 2006). 2 Қаранг: Peter Woodward. The horn of Africa: State politics and international relations. – London-New York: Tauris Academic Studies, 2007. 182 Sovet Ittifoqi tomonidan Afrikaga yo‘naltirilgan edi. Bu esa Hozirgi vaqtda xalqaro embargoning buzilishiga sababchi bo‘layapti. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, “dunyodagi noqonuniy qurollarning 100 millionga yaqini Afrikada tarqatilib, bu dunyoning umumiy ko‘rsatkichlaridan 20 foizini tashkil etadi”1. Noqonuniy qurollar savdosi uchinchi taraf tomonidan tashkil etilgan chegara hududlaridagi urushlarda Afrika davlatlari hukumatlari ko‘pgina hollarda yashirin tarzda qo‘zg‘alonchilar guruhlarini qurol bilan ta’minlaydi. Bunday hollarda, ko‘pgina Afrika davlatlarining harbiylari ikkinchi darajaga tushib qolishi holatlari ham kuzatilgan. “Hozirgi vaqtda noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullanuvchi Sharqiy Yevropalik Viktor But Afrikadagi har xil guruhlarni qurollar bilan ta’minlaydi”2. Qurollarning tarqalib ketishiga yana bir sabab bu Afrika hukumatlari omborlaridan qurollar va o‘q-dorilarning hududiy bozorlarga tarqalib ketishidir. Qurollar sonining ortib ketishi Afrika davlatlarida turli hil tajovuzkor guruhlar, terroristik aktlar sodir etilishiga olib kelmoqda. Afrika terrorizmga qarshi kurashishda qit’alar orasida faol harakat qilmoqda. Hozirgi vaqtda terroristik guruhlar orasidan “AlQoida”(EAAQ), AKIM, “Al-Shabab”, “Salafiy jihodchilar va targ‘ibotchilar guruhi” va boshqalar mavjud. Afrika musulmonlarining fikriga ko‘ra “Al-Qoida” terroristik guruhi Afrika qit’asidagi xalqaro kuchlarning musulmon davlatlari asosan, Somali va Sudandagi tinch holatni ta’minlashi uchun qilinayotgan faoliyatiga qarshi harakatlar qilish, neft qazib olinadigan ayniqsa, Nigeriyadagi neft qazib olinadigan hududlarda beqarorlikni vujudga keltirish, bu bilan jahon iqtisodiga ta’sir o‘tkazish va G‘arb bilan aloqalar o‘rnatayotgan hukumatlarga zarar yetkazish kabilardan manfaatdor hisoblanadi. “Al-Qoida” Afrikadagi bir necha islom jangovorlari guruhlari bilan aloqalari mavjud. Masalan, AKIM guruhining yangi tarkibi hisoblangan Jazoir va Malining shimolidagi harakatlar va Somalining janubiy qismidagi “Al-Shabab” harakati shular jumlasidandir. “Al-Qoida” harakati Janubiy Afrikada ko‘plab sayyohlar, hukumat vakillari va boshqalarni asirga olganlar. Ularning evaziga katta miqdorda pul yoki xorijdagi qamoqlardagi o‘zlarining odamlarini ozod qilishni talab qilganlar. Shuningdek, bu harakat o‘z guruhdoshlari orasidan bir nechasini o‘ldirishgan. Masalan, 1998 yil Nayrobidagi portlatishlarga aloqasi 1 African Union, "Small Arms and Light Weapons," available at <www.africaunion.org/root/au/AUC/Departments/PSC/Small_Arms.htm >. 2 Douglas Farah, Merchant of Death: Money, Guns, Planes and the Man Who Makes War Possible. – Hoboken, NJ: John Wiley, 2007. 183 bo‘lgan Axmad Xalfan Jiylanini Pokistonda qo‘lga olishib o‘ldirishgani yoki yana bir misol 2005 yil Londondagi portlatishlarga aloqasi bo‘lgan Xorun Rashid Asvatni ham qatl etganlari buning yaqqol misolidir. AQSh hukumatining ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Janubiy Afrikada ikkita katta oila mavjud bo‘lib, aynan ular “Al-Qoida”ni moliyaviy tomondan ta’minlab turadi degan taxminlar ham mavjud. Shuningdek, bu guruh Janubiy Afrikadagi JCh-2010 ga oshkoralikka ega bo‘lish maqsadida tajovuz qilgan degan gumonlar ham mavjud. Shimoliy va G‘arbiy Afrikada AKIM asosiy terroristik tahdid hisoblanadi. AKIM harakati 2007 yilda “Salafiy jihodchilar va targ‘ibotchilar guruhi” “Al-Qoida” terroristik guruhiga sodiqligi to‘g‘risida qasamyod qilganidan so‘ng tashkil etilgan bo‘lib, shu yilning dekabr oyida Jazoirdagi BMT bo‘limlardan birida portlash uyushtiriladi. AKIM ning asosiy maqsadi bu Mag‘rib va Saxiliyaning viloyatlarida transmilliy ko‘chib o‘tish faoliyatini amalga oshirishdir. Ya’ni, ushbu hududlarda dastlabki islom jangovorchilarini va jamoatchiligini joylashtirish hamda Liviya islom jangovor guruhi, Marokash islom jangovor guruhi, Tunis islom fronti, Mavritaniya targ‘ibotchi va jihodchilar guruhi ham shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda AKIM asosan o‘zining terroristik harakatlarini Saxiliya va Mavritaniyada olib bormoqda. AKIMning asosiy batal’onlari Muxtar Bilmuxtar va Abdul Xamid abu Zaid hisoblanadilar. G‘arbiy Afrikada AKIMning Nigeriyadagi “Boko Haram” jangovorchilar guruhiga qo‘shilishi mumkinligi to‘g‘risida xavfsirashlar mavjud. Afrikadagi hududiy mojarolarni tahlil qilgan holda shuni aytish mumkinki, mojarolar asosan xalqlar va qabilalar joylashuvining hududiy jihatdan noto‘g‘ri taqsimlanganidan kelib chiqmoqda. Gap shundaki, 1885 yil Berlin Konferensiyasida buyuk mustamlakachi davlatlar Afrika hududini bo‘lishib olgan edi. Natijada, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan mintaqa va xalqlar birlashtirilgan, tarixan shakllanib kelgan umumiy davlat va qirolliklar esa bir necha qismlarga bo‘lib tashlangan. XX asrning 60yillariga kelib, yosh mustaqil davlatlar oldida milliy birlikni tashkil qilish va yaxlit hududga ega bo‘lish muammolari kelib chiqa boshladi1. Hozirgi vaqtga kelib, bu hududiy mojarolar Afrikaning bir necha davlatlari o‘rtasida, jumladan, Kamerun va Nigeriya, Chad va Liviya, Efiopiya va Somali, Malaviy va Tanzaniya davlatlari o‘rtasida saqlanib qolmoqda. Shuningdek, Qomar orollari davlati Mayotta orolini Fransiyadan qaytarib olishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Afrika davlatlari o‘rtasida chegaralari demarkatsiya qilinmagan hududlar uchun 1 Актуальные проблемы межафриканских отношений. – М., 1983. – С. 178. 184 ham bahs va munozaralar mavjud. Ayniqsa, daryo bo‘ylab o‘tgan chegaralar umuman belgilanmagan. Masalan, Benin-Niger, Kot-D’IvuarZair davlatlari orasida ikki va o‘ndan ortiq hududiy maydonlar qaysi davlatga tegishliligi aniq belgilab qo‘yilmagan. Bu kabi hududiy mojaro va bahslar o‘z yechimini topmayotganligi qit’aning boshqa mojarolari bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Agar davlatlar o‘rtasidagi mojarolarni tashqi ziddiyatlarga kiritsak, ichki ziddiyat va qarama-qarshiliklarga bir davlat doirasidagi fuqarolar huquqini buzulishi, resurslar va hokimiyat uchun siyosiy lider va partiya, turli xil siyosiy kuchlar, shuningdek, milliy, etnik va diniy birlashma va guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni keltirish mumkin. Afrikaning 29 davlatida 1989 yilgacha bir partiyali tizim bo‘lgan bo‘lsa, 90-yillar boshida ko‘ppartiyali tizimga 45 davlat o‘tdi. Ko‘ppartiyali tizimga o‘tish Afrikadagi nizolarni barqarorlashtirmadi, chunki, partiyalar qabila va etnik mansublik asosida tashkil etilib, har bir partiya hokimiyat uchun shavqatsiz kurashadigan siyosiy liderlar qo‘l ostiga o‘tdi. Nigeriyalik professor A.Adededji Afrika mojarolarining kelib chiqish sabablarini o‘rganib “7 D’s” atamasini kiritadi. Unga ko‘ra yetti omil: qurg‘oqchilik, cho‘llanish, demografiya, qaramlik, muvozanatsizlik, beqarorlik va qarzdorlik1, mojarolarning sababidir. Darhaqiqat, oxirgi paytlarda nizolar tabiiy resurslar uchun bo‘lib, Afrikaning ko‘pgina davlatlarini xavf ostiga solmoqda. Ayniqsa, qurg‘oqchilik mintaqaviy muammolarni keltirib chiqarishiga olib kelishi mumkin. BMTning 1999-yil oxirlarida nashr qilingan rivojlanish dasturining ma’ruzasida, Afrikada yaqin 25 yilda nizolar “eng qimmatbaho tovar”- suv uchun bo‘lishini bosharot qilgan. Bu nizolar bir qancha davlatlar hududidan o‘tadigan daryo va ko‘llar mintaqasida vujudga kelishi mumkin. Ichimlik suvi yetishmasligi, har ikkinchi afrikalikni ichimlik suvisiz yashashiga olib keladi. Natijada, “qaynoq nuqtalar”ni Niger, Volta, Zambezi daryolari sari yetaklaydi. Shuningdek, Pol Kole ham Afrika nizolarini “resurslar uchun urush” deb nomlagan edi. Uning ta’kidlashicha, Afrikadagi deyarli barcha yuqori darajadagi urushlar 1965-yildan boshlanib, siyosiy kurashdan ko‘ra, iqtisodiy ochko‘zlikka asoslangan edi2. 1 2 Baynham S. Conflict in the 20 th centery. Afrika from 1945. – L.- NY-Toronto-Sydney, 1987. – Р. 45. Қаранг: Collier P. Doing Well out of War. – Wash. World Bank. 2002. 185 Afrika davlatlarining katta qismi dunyo xo‘jaligidan chekkada joylashganligi ham bu davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qilmoqda. XXI asr boshlariga kelib, Tropik Afrikaning 51 foiz aholisi qashshoq bo‘lib, dunyo kambag‘allarining 24,3foizini tashkil qildi1. Tropik Afrika davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tiklashga ta’sir o‘tkazayotgan yana bir omil, aholining demografik o‘sishidir. Olimlarning fikricha, Afrikada demografik o‘sish darajasi har yili 22,5foizni tashkil etadi. Bu holat rivojlangan davlatlarda (dunyo YaIM 75foiz beradigan) 0,3foizni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, Afrika aholisining o‘sish surati juda sezilarlidir. Iqtisodiyotga nomutanosib demografiyaning o‘sishi, mintaqada kambag‘al, och va bilimsiz aholini ko‘payishiga, shuningdek, Shimol va Janub o‘rtasidagi farqning oshishiga olib kelmoqda2. Bu holat qishloq aholisini shaharga migratsiyasini oshishi va natijada kelgindi guruhlar bilan shaharliklar o‘rtasida qaramaqarshiliklarni vujudga keltirishi mumkin. Boshqa mintaqalarga qaraganda Afrikada separatizm juda avjiga chiqqan bo‘lib, ular ma’lum etnikka mansub bo‘lgan guruhlar o‘rtasida resurslar uchun talashishga qaratilgan. Bu holat afrikalik liderlarning tushunishicha, davlatning hududiy yaxlitligini ta’minlashga ta’sir qilib, ayirmachilar tomonidan o‘z o‘lkalarida monopoliyaga erishish va resurslardan foydalanishda hukumat boshqaruvidan mustaqil bo‘lishga intilmoqdalar. Bu kabi holatlar Senegal davlatining asosiy guruch yetishtiradigan mintaqasi Kazamansda, Zairning mis moddasiga boy Shaba o‘lkasida, Angolaning neft va olmosga boy hududlarida sodir bo‘lmoqda. Shuningdek, 1967-yil Nigeriyaning neftga boy Biafroy mintaqasi davlatdan ajralib chiqishga urunishi natijasida, fuqarolar va markaziy hukumat qo‘shinlari o‘rtasida fojeali to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bu kabi nizolar Sudanning Darfur o‘lkasida ham ro‘y berib, neft uchun kurashga asoslanmoqda. Bundan tashqari, Afrikaning ba’zi davlatlarida etnik guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash ketmoqda. Masalan, Burundi va Ruanda davlatlarida ikki millat: xutu va tutsi millatlari o‘rtasida qaramaqarshiliklar mavjud bo‘lib, bir necha bor bu ikki millat o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar yuz bergan. 1 World Bank. World Development Report 2000. – Wash. 2001. – P.24. Абрамова И.А. Демографическая ситуация в странах Африки: новые тенденции. Конференция африканистов. Безопасность Африки: внутрений и внешний аспекты. – М.: 2005. – С. 68. 2 186 1962-yil Ruanda o‘z mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng, hukumat mamlakatning 85foiz aholisini tashkil qiladigan xutu millatidan tashkil topadi. Bundan norozi bo‘lgan tutsilar hukumatga qarshi chiqadi. Natijada, 1990-yil hukumat tutsilarga qarshi repressiyani boshlab yuboradi va 1994yilda bu ochiqchasiga genotsidga aylanib 700-800 minga yaqin tutsi o‘ldirib yuboriladi. Bu fuqarolar urushida Pol Kagamoy boshchiligidagi ruandalik vatanparvarlar g‘alaba qozonib, amalda hukumatga tutsi millati keladi. Burundi davlatida ham xutu aholisi ko‘p bo‘lsada, mustaqillikni e’lon qilganidan so‘ng, hukumat tutsilar qo‘liga o‘tadi. Bu holatdan endilikda xutu millati norozi bo‘ladi. Mamlakat Prezidenti Pera Buyoya harakati tufayli, 1993 yil xutu aholisidan qonunan saylangan Prezidentga hukumatni topshirishi bilan qurolli to‘qnashuv to‘xtatiladi. Ammo bu bilan etnik mojaro to‘xtab qolmadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, na tutsi va na xutu millatlari o‘zaro tuzilgan “etnik shartnoma” qonun-qoidalariga amal qilishga harakat qilmayapti. Chunki, tutsi aholisi ozchiligi evaziga demokratik saylovlar natijasida hukumatga xutularni kelishi yoki hukumatni bo‘linishidan qo‘rqayotgan bo‘lsa, xutular, bizning fikrimizcha, hukumat hozirgacha tutsilar qo‘lida qolayotganligidan va xutularni markazdan uzoqlashtirayotganligidan xavfsiramoqda. Nizolarning eng muhim omillaridan biri bu diniy qaramaqarshiliklardir. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Afrika aholisining 42foiz musulmonlar, 22foiz xristianlar, 36foiz mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilardir. Diniy qarama-qarshiliklarning kuchayishiga og‘ir iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lib, ko‘pgina davlatlarda hukumatga qarshi diniy tashkilotlar tuzila boshladi. Masalan, Sudanda “Sudan xalq ozodlik armiyasi” tuzilib, u davlatni shariat asosida boshqarishni talab qilib chiqadi. Mamlakat Prezidenti Nimeyri 1983-yil davlat mafkurasi va qonuni shariat asosida boshqarilishini e’lon qilishi ham vaziyatni o‘zgartirmadi. Hozirgi vaqtda ham Sudan ichki xavfsizligini ta’minlashda diniy qarama-qarshilik katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Chad va Efiopiyada fuqarolar urushi Sudan muammosiga o‘xshashdir. Misol uchun, Efiopiya musulmonlar istiqomat qiladigan Eritreya uchun 30 yil urush olib bordi. Lekin Eritreyaliklarning qat’iyatliligi evaziga 1993-yil Eritreya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Xristian va musulmon din vakillarining to‘qnashuvi ayniqsa, Nigeriyada avjiga chiqqan. 2000-yil fevral oyida Kadun viloyatida bu ikki din vakillari o‘rtasida qonli to‘qnashuv bo‘lib, har ikki tomondan 400 ga 187 yaqin kishi halok bo‘ldi. 2006-yilda esa bu to‘qnashuv yanada alanga olib, masjid-madrasalar va cherkovlarga o‘t qo‘yildi. Mamlakat Prezidenti O.Obasanjo vaziyatni yumshatish uchun shariat asosida boshqarilishini (ba’zi shtatlarda) ma’lum chegaralangan holda bo‘lishiga va’da berdi. Ammo vaziyat hozirgacha ijobiy holatga o‘tgani yo‘q. Umuman olganda, Nigeriyada nafaqat xristianlar va musulmonlar bir-biriga qarshi kurashgan, balki bu kabi dinlarning boshqa oqimlari ham o‘z dushmanlarini o‘zga din vakili sifatida ko‘rib, kurash olib borishgan. Bu kabi Afrikadagi muammolar qit’aning xavfsizligini ta’minlashga katta ta’sir qilib, bir davlatdagi mojaro boshqa davlatga o‘tib ketayotganligini ko‘rsatadi. Masalan, Nigeriyadagi mojaro qo‘shni hududlarga o‘tib ketgan. Shuningdek, Ruandadagi fuqarolar urushi natijasida xutu qabilasi vakillari Kongo Demokratik Respublikasiga qocha boshlaydi. Kongo davlatining hukumati bu qochoqlarga qarshi o‘z harbiylarini yuborish orqali ularni o‘z hududlariga kirishini ta’qiqlab qo‘yadi. Bundan tashqari, ba’zi Afrika davlatlarida ham ichki, ham tashqi muammolari mavjud. Masalan, Nigeriyada diniy qarama-qarshilik bo‘lsa, tashqi mojarosi Kamerun bilan hududiy nizosi mavjud. Ichki qaramaqarshilikning kuchayishi Kamerun davlatining ham xavfsizligiga tahdid bo‘lishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, Afrika nizolari qit’a bo‘ylab yoyilishi, nafaqat qit’ani balki, dunyo xavfsizligiga tahdiddir. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, Tropik Afrikaning ko‘pgina davlatlaridagi bunday tartibsizlik va qaloqlik, qashshoqlarning Shimoliy Afrikadagi davlatlarga ko‘chishi va u yerdagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, Janub-Shimol (ya’ni rivojlangan davlatlar) o‘rtasidagi nisbat keskin ortishi, Shimolning janubga o‘z ko‘magini berishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun, BMT va AI tashkilotlari bu nizolarni oldini olishga kirishmoqda. Albatta, bu tez bo‘ladigan jarayon emas, chunki, qit’adagi davlatlarning manfaatlarini birlashtirish va har bir davlatning o‘z ichki muammolarini xalqaro gumanitar yordamlar bilan hal etish lozim. 1. Qit’adagi mojarolarni bartaraf qilish masalasini bir yoki bir necha davlatlar kuchi bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bu masala jahon hamjamiyatining birlashgan kuchini talab qiladi. Davlat hokimiyatining kuchsizlanishi hamda etnik ozchilikka nisbatan tazyiq, diniy murosasizlik, resurslarni noto‘g‘ri taqsimlash va ijtimoiy adolatsizlik kabi mojarolarning tub sabablarini yo‘qotish bo‘yicha jahon hamjamiyatining faol harakatini 188 jalb qilish kerak. Jahon hamjamiyati mojarolarning oldini olishni samarali qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, mojarodan keyingi tiklanish jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim. 2. Afrikaning xavfsizlik sohasidagi keskin vaziyatdan chiqib keta olishi hamda buning natijasida siyosiy va ijtimoiy barqarorlikka erisha olishi, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida va globalizatsiya jarayonida teng huquqli ravishda ishtirok etishga ildam qadam qo‘ya olishi jahon hamjamiyatining izchil urinishlariga bog‘liq. 3. Mojarolarning oldini olish hamda ularni hal qilishda mintaqaviy tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy birlashmasi, Janubiy Afrika mamlakatlarining Afrika taraqqiyot birlashmasi, hukumatlararo taraqqiyot tashkiloti Afrikadagi mojarolarni hal qilishda faol ishtirok etadi, bular tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyalarga muhim qo‘shimcha hisoblanadi. Nazorat va topshiriq savollari: 1.Jahon xaritasida Afrika davlatlarining siyosiy-geografik holatini tavsiflab bering ? 2.Arab Mag’ribi davlatlari tashqi siyosat kontseptsiyasi asosiy o’lchamlari tushunchasiga ta’rif bering ? 3.Afrika Ittifoqi davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida aytib bering ? 4.Afrika davlatlarining AQSh va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari nimadan iborat deb o’ylaysiz ? 5.Bugungi kunda AQShning Afrikadagi siyosatiga Frantsiya va boshqa Yevropa davlatlarining munosabatlari qanday? 6.Shimoliy Afrika davlatlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tavsif bering. 7.Afrika Birligi tashkilotidan Afrika Ittifoqiga aylanish istiqbollari haqida ma’lumot bering. 8.Marokashdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga umumiy tavsif bering. 9.Marokashning Afrika Ittifoqiga a’zoligi muammolari nimadan iborat? 10.“Hozirgi davrda G’arbiy Saxro muammosi” mavzusida prezentatsiya tayyorlash. 11.“Arab Mag’ribi davlatlarida islom omili” mavzusini muhokama etish. 12.Yevropa Ittifoqining AMT davlatlari munosabatlari haqida ma’lumot bering. 13.Shimoli-sharqiy Afrika davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga tavsif bering. 14.Liviyaning jahon hamjamiyatidagi o’rniga baho bering. 15.Zamonaviy bosqichda Marokash – Jazoir munosabatlari qanday? 189 Mustaqil ish savollari: 1.Siyosiy xarita yordamida Afrika davlatlarini siyosiy, iqtisodiy – ijtimoiy va geografik holatini gapirib bering ? 2.Frantsiyaning Afrikadagi siyosatini xarita yordamida aytib bering ? 3.Afrika mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o’rganish. 4.Nigeriyaning xalqaro munosabatlardagi o’rnini yoritib bering. 5.JAR tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini tavsiflab bering. 6.Zamonaviy bosqichda Shimoliy Afrika davlatlarida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering. 7.“Afrika Ittifoqi - Yevropa munosabatlari” mavzusida ma’ruza tayyorlash. 8.Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatida Arab Mag’ribi davlatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash. 9.Misr tashqi siyosatida Yaqin Sharq muamosini yoritib bering. 10.Jazoir tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari. 11. “Afrika davlatlari va jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” mavzusida ma’ruza tayyorlang. 12.“Rangli inqiloblar”dan so’ng Shimoliy Afrika davlatlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 13.XXI asrda Afrika Ittifoqi: yutuq va muammolari mavzusida prezentatsiya tayyorlash. 14.AQSh tashqi siyosatida Afrika davlatlari. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar 1.Kathy Pain. Changing Urban and Regional Relations in a Globalizing World. – USA, 2014. – 248p. 2.TimoBehr., JuhaJokela. Regionalism and global governance: the emerging agenda. –Notre Europe, 2011. – 67 p. 3.Rouben Azizian, Carleton Cramer. Regionalism, security and cooperation in Oceania. – USA: APCSS, 2015. – 172 p. Qo‘shimcha adabiyotlar 1.Барыгин И. Н. Международное регионоведение. - СПб.: Питер,2016. – 384 c. 190 2.Муҳаммадсидиқов М.М. Замонавий Халқаро муносабатларнинг минтақавий жиҳатлари (Ўқув қўлланма) - Т: ТошДШИ, 2013. – 182 б. 3.Муҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларида ижтимоий-сиёсий жараёнлар (Ўқув қўлланма) - Т: ТошДШИ, 2013. – 160 б. 4. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlari (O‘quv qo‘llanma) – T: ToshDSHI, 2017. – 240 b. 191 6-BOB. MUSULMON MAMLAKATLARINING XALQARO TASHKILOTLARDAGI O‘RNI Darsning maqsadi: talabalar jahon mamlakatlaridagi xususan musulmon davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda madaniy aloqalar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish; talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish; talabalarga ISESCO tashkiloti, Islom Hamkorlik tashkiloti, arab davlatlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borasidagi to‘la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib berish. Tushunchalar va tayanch iboralar: ISESCO,UNESCO, xalqaro universitetlar ittifoqi, Yo‘l xaritasi, Islom konferensiyasi, Islom taraqqiyot banki, Arab davlatlar ligasi, Islom robitasi uyushmasi. 6.1. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) IHT 1969 yilning 25 sentyabrida (1389 h. 12-Rajab) Marokashning poytaxti Robotda o’tkazilgan Islom davlatlari rahbarlarining birinchi yig’ilishida tashkil etildi. Bunga 1969 yilning 21 avgustida Quddus shahridagi muborak Aqso masjidiga qilingan yong’in sabab bo’ldi. Islom davlatlarining rahbarlari birdamliklarining mustahkam ekanini bildirib, uchinchi harami sharifga qilingan bunday harakatga o’z vaqtida barham berish chorasini ko’rish uchun, Robot shahrida yig’ilish o’tkazishga imkon topdilar. Bu voqeadan olti oy keyin Saudiya Arabisitonida IHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining anjumani bo’lib o’tdi. Unda a’zo davlatlar rahbarlari tashkilot kotibiyatini saylashdi va qarorgohini Jidda shahri deb belgilashdi. 2016 yildan beri IHT bosh kotibi Doktor Yusif ibn Ahmad al-Usaymiyn. Tashkilot rasman ingliz, arab va frantsuz tillarida ish olib boradi. IHT dunyoda eng yirik Islom tashkiloti sanaladi. Dastlab IHTga Osiyo va Afrikaning yigirma beshta davlati a’zo edi. Endilikda ikki milliardga yaqin aholiga ega ellik etti davlat a’zodir. Mazkur tashkilotda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Rossiya, Bosniya va Gertsegovina, Markaziy Afrika Respublikasi kuzatuvchi maqomiga ega. 2011 yil 28 iyun kuni Ostona shahrida o’tkazilgan tashqi ishlar vazirlarining 38-sessiyasida Islom konferentsiyasi tashkiloti nomi Islom hamkorlik tashkilotiga o’zgartirildi. 192 Tashqi ishlar vazirlarining anjumani har yili muntazam o’tkaziladi. Favqulodda holatlarda navbatdan tashqari yig’ilishga chaqiriladi. Bosh kotibiyat IHTning ijrochi organi hisoblanadi. Kotibiyat rahbari tashqi ishlar vazirlari kengashi tomonidan to’rt yil muddatga saylanadi. Bosh kotib vakolati faqat bir muddatgagina cho’zdirilishi mumkin. IHT rahbarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar hamda axborot va ilm-fan bo’yicha to’rtta o’rinbosari bor. Ulardan tashqari kotibiyatning texnik ishini yurituvchi mahkama direktori ham mavjud. IHT huzurida bir qator tashkilotlar ish olib boradi. Islom taraqqiyot banki, Quddus jamg’armasi, Islom savdo-sotiq palatasi, Islom poytaxtlari tashkiloti, Islom birdamlik qo’mitasi, Ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha Islom tashkiloti shular jumlasidandir. Ularning faoliyatini bosh kotibiyat muvofiqlashtiradi. IHTning hozirgi nizomi 2008 yil 13-14 mart kunlari Dakarda o’tkazilgan yig’inda qabul qilingan. Unga muvofiq tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: - A’zo davlatlar o’rtasida do’stlik va birdamlik rishtalarini uyg’unlashtirish; - Islom olamida yuzaga kelgan muammolarni hal etish; - Davlatlar ichki qonunlariga hurmat bilan yondashish; - Inson huquqlarini himoya qilish; - A’zo davlatlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ko’maklashish; - Islom dini haqida turli nohaq va nojo’ya ma’lumotlarni bartaraf qilish; - Turli sohalarda mamlakatlardagi institutlar bilan ilmiy izlanishlarni tashkil qilish bilan shug’ullanadi. Islom hamkorlik tashkiloti xalqaro tusdagi musulmon mamlakatlari bosh tashkiloti hisoblanib, 2011- yilgacha Islom konferensiya tashkiloti deb nomlangan. Islom hamkorlik tashkiloti 1969-yil 25sentyabrda Robot shahrida Musulmon mamlakatlari boshchiligidagi konferentsiyada qabul qilingan bo’lib, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi musulmon mamlakatlarini ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada o’zaro birlashtirish hisoblanadi. Quyidagi davlatlar kuzatuvchi maqomiga ega: Bosniya va Gertsegovina, Markaziy Afrika respublikasi, Flippin va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlari kiradi. Tashkilotning shtab kvartirasi, ya’ni Bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan. 2011- yil 28- iyundagi Ostona shahrida bo’lib o’tgan 38xalqaro tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida Islom Konferentsiya Tashkiloti Islom hamkorlik tashkilotiga o’zgartirildi. 193 Islom hamkorlik tashkiloti rasmiy shakldagi xalqaro musulmon tashkiloti hisoblanib, ta’sir doirasi eng katta bo’lgan tashkilot hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu tashkilotga deyarli bir yarim mlrd. aholini o’z ichiga olgan 57 ta davlat a’zo hisoblanadi. Dastlab tashkil qilingan paytda 25 ta davlat a’zo xisoblangan. Tashkilotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 1) Musulmon mamlakatlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish; 2) Xalqaro maydonlardagi faoliyatini o’zaro hamkorlik asosida tashkil qilish; 3) Tashkilotga a’zo davlatlarni rivojlanadigan mamlakatlar qatoriga qo’shilishiga ko’maklashish. Tashkilotni boshqarib turuvchi organlar quyidagilar hisoblanadi: qirollik guruhlari; davlat boshliqlari; hukumat a’zolari; tashqi ishlar vazirlari; Qirolliklarning, davlat boshliqlarining hamda hukumat a’zolarining uchrashuvlari bu – musulmon davlatlarining umumiy siyosiy masalalarini belgilab beradi. Barcha muhim masalalarni o’z ichiga to’liq qamrab olgan uchrashuvlar uch yilda bir marta o’tkaziladi. Tashqi ishlar vazirlarining xalqaro konferentsiyasi har yili o’tkaziladi. Favqulotda muhim masalalar ko’rib chiqish uchun yig’ilishga ehtiyoj bo’lsa, navbatdan tashqari konferentsiyalar tashkil qilinadi. Bosh kotib Islom hamkorlik tashkiloti ning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Bosh kotib xalqaro tashqi ishlar vazirliklarining umumiy yig’ilishida tanlab olinadi. Bosh kotib 4 yil muddatga saylanadi. Bosh kotib vakolati bir marta uzaytirishi mumkin. Bosh kotibni 4 ta o’rinbosari bor: 1. Siyosiy masalalar bo’yicha; 2. Fan va texnologiyalar bo’yicha; 3. Iqtisodiy munosabatlar bo’yicha; 4. Ijtimoiy – madaniy va axborot masalalari bo’yicha. O’rinbosarlar tarkibida maxsus bo’lim tashkil kilingan bulib, unda kotiblarning hujjatlariga oid bo’lgan ishlar amalga oshiriladi. Bosh kotib tarkibida bir nechta bo’limlar mavjud bo’lib ular quyidagi sohalarga yunaltirilgan: 1. Ijtimoiy – iqtisodiy; 2. Fan va tehnika; 194 3. Osiyo davlatlariga taallukli masalalar; 4. Afrika davlatlariga tegishli masalalar; 5. Xalqaro tusdagi masalalar buyicha axborot berish; 6. Inson huquqlarini ximoya kilish; 7. Nodavlat tusdagi islomiy tashkilotlari masalalari. Hozirgi kunda ushbu tashkilot modernizatsiyalash bosqichini amalga oshirmoqda. Shunga bog’liq holda 2008- yil mart oyida Senegalning Dekar shahrida Islom hamkorlik tashkiloti- ning navbatdagi Sammiti bo’lib o’tdi. Va bu Sammitda tashkilotni yangi nizomi tasdiqlandi. Islom hamkorlik tashkiloti-ning 38 navbatdagi yig’ilishi Ostona shahrida 2011 yilning 28-29 iyul kunlari bo’lib o’tdi. Hamda ushbu Sammitda Islom Konferentsiya Tashkiloti Islom hamkorlik tashkilotiga o’zgartirildi. 38 – sessiya 1-kunida xalqaro ishlar bo’yicha vazir Erjan Qozixon quyidagicha so’zladi: «Tashkilotimizning yangi nomga o’zgarganligini, hamda uning qabul qilingan yangi belgisini e’lon qilaman». Ushbu sessiyaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, yig’ilishda ishtirok etgan davlatlar navbatdagi yig’ilishni amalga oshiradigan davlatlarni tanlab olishdi. Bu o’ringa Iroq va Jibuti davlatlari da’vogarlik qilishdi. Va natijada 39- Sammit navbatdagi yig’ilish Afrikada o’tadigan bo’ldi. Islom hamkorlik tashkiloti qoshida bir nechta tashkilotlar mustaqil faoliyat yuritadi. Bu tashkilotlar Bosh kotib tomonidan nazoratga olingan bo’lib, o’tkazilgan konferentsiyalarda qabul qilingan qarorlar asosida tashkil etilgan. Ular: 1.Islom taraqqiyot banki; 2. Islom xabarlar agentligi; 3.Islom radio eshittirish hamda televidenie xizmat ko’rsatish tashkiloti; 4. Iqtisodiy-madaniy savollar bo’yicha islom komissiyasi; 5. Proffesional ilg’or texnikaga oid o’qitish va izlanish bo’yicha islom markazi 6. Fan va texnika rivojlanishidagi islom fondi; 7. Islom san’at va madaniyatini o’rganish bo’yicha markaz; 8. Savdo sanoat palatasi; 9. Islom markazlari poytaxtlari tashkiloti; 10. Statistika, iqtisodiyot hamda ijtimoiy izlanishlar bo’yicha tashkilot; 11. Sahila hududida Afrika davlatlarining musulmonlar bilan o’zaro hamkorlik komiteti; 195 12. Evazsiz qarz berish islom assotsiatsiyasi; 13. Islom savdo rivojlanish markazi; 14. Islom rivojlanish fondi; 15. Islom fan texnika ta’lim bo’yicha tashkiloti Hozirgi kunda bu tashkilot tarkibida xalqaro islom adolat sudi tashkil kilindi. O’zbekiston ham 1996 yildan beri IHT a’zosidir. Respublikamiz Tashkilotning barcha anjumanlarida faol ishtirok ishtirok etib, o’zining munosib ulushini qo’shib kelmoqda. 6.2. ISESCO tashkilotining musulmon mamlakatlari madaniy aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rni Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti (ISESCO) – Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi mustaqil tashkilot. 1979 yilda ta’sis etilgan, uning Nizomi 1982 yil Fas shahri (Marokash) Ta’sis Konferentsiyasida qabul qilingan. Mazkur Nizom 22 moddadan iborat bo’lib, unga Bosh Konferentsiyaning maxsus (1986 yil, Rabot), to’rtinchi (1991 yil, Rabot), beshinchi (1994 yil, Damashq), oltinchi (1997 yil, ar-Riyod) hamda to’qqizinchi (2006 yil, ISESCOning doimiy shtabkvartirasi, Rabot) va Bokudagi (2015 yil 26 noyabr) sessiyalarida o’zgartirishlar kiritilgan. Hozirda Bosh qarorgohi Rabot (Marokash)da joylashgan. Tashkilot bosh direktori 1991 yildan beri Doktor Abdulaziz Usmon Atvayjiri (Saudiya Arabistoni). ISESCO faoliyati quyidagilarga qaratilgan: - ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida tashkilotga a’zo mamlakatlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash va kuchaytirish, mazkur sohalarni islom tsivilizatsiyasi yutuqlari va islom qadriyatlari doirasida rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; - insonlar o’rtasida o’zaro tushunmovchilikni bartaraf qilish, dunyoda tinchlik va barqarorlikka hissa qo’shish; - islom va islom madaniyati haqidagi to’g’ri tasavvurlarni shakllantirish, tsivilizatsiyalar, madaniyatlar va dinlararo muloqotni yo’lga qo’yish, shu bilan birga, islom tsivilizatsiyasi nuqtai nazariga mos ravishda inson huquqlari va erkinliklari bilan bog’liq adolat va tinchlik qadriyatlarini targ’ibot qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish; - tashkilotga a’zo davlatlarning ta’lim tizimlari o’rtasida aloqalarni tashkil etish ishlarini amalga oshirish va h.k. Tashkilotga 50 dan ziyod davlat a’zo bo’lgan. O’zbekiston 2018 yilda qo’shilgan va 2018 yil 3 aprelda uning Nizomini ratifikatsiya qilgan. 196 ISESCOning 2 ta mintaqaviy ofisi, 2 ta delegatsiyasi, 4 ta o’quv markazlari va 3 ta audiovizual va multimediya mashg’ulotlari uchun mintaqaviy ofislari mavjud. Tashilot qoshida Musulmon olami universitetlari federatsiyasi (Islom universitetlari jamiyati deb ham yuritiladi) faoliyat olib boradi. U ISESCO doirasida faoliyat yurituvchi va musulmon davlatlaridagi universitet va oliy talim muassasalari faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi tashkilot hisoblanadi. Markazi Marokash davlatining Rabot shahrida bo’lgan jamiyatga 1987 yil 1 dekabrda asos solingan. 2017 yilda Federatsiya 30 yilligi bo’lgan va Bosh kotibga tabrik xati ham yuborilgan. Doktor Abdulloh Jasbi Federatsiya ijroiya qo’mitasi raisi, Doktor Abdulaziz Atvayjiri esa Musulmon dunyosi universitetlari jamiyati bosh kotibi vazifasini bajaradi. Musulmon davlatlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni mustahkamlash, talimning turli sohalari bo’yicha oliy talim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va muvofiqlashtirish, barcha sohalarda ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, erishilgan ilmiy yutuqlarni o’zaro almashish va ularni Islom tsivilizatsiyasi va taraqqiyoti bilan bog’lash, Islom tsivilizatsiyasiga hissa qo’shgan allomalarning azo davlatlarda saqlanayotgan ilmiy-madaniy merosini o’rganish, ularni boshqa tillarga tarjima qilish va keng jamoatchilikka tanishtirish kabi vazifalar ushbu tashkilotning asosiy maqsadlaridandir. Federatsiyaga 322 ta universitet a’zo bo’lgan. O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham a’zo (2017 yil). Hozirda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida “Islom tsivilizatsiyasini o’rganish ISESCO” kafedrasi faoliyat yurtimoqda. Bunday kafedralar soni dunyo bo’yicha 18 tani tashkil qiladi. Tashkilot bosh direktori Abdulaziz at-Tuvayjriy 2017 yil 26 avgust kuni Toshkentda maxsus kafedra ochilishida ishtirok etdi. Tashrifi asnosida professor-o’qituvchi va talabalarga ma’ruza qildi va unda qadim Movarounnahr diyorining islom ilmlari rivoji yo’lida qo’shgan hissalarini yuqori baholadi. ISESCO 2007 yilda Toshkentni Osiyo mamlakatlari ichichda Islom madaniyati poytaxti, 2020 yilda esa Buxoroni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilgan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yilning 9-10 oktyabr kunlari Ostona shahrida (Qozog’iston) o’tkazilgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va 197 texnologiyalar bo’yicha birinchi sammitida ishtirok etib, ma’ruza qildilar va unda bir nechta takliflarni ilgari surdilar. Jumladan, IHTning Fan va texnologiyalar bo’yicha doimiy qo’mitaning sammitini har uch yilda tashkil qilish va ikkinchi sammitni 2020 yilda O’zbekistonda o’tkazish; Doimiy qo’mitaning a’zo davlatlar hududida tashkil etilayotgan Yuqori samarali kompyuter markazining bittasi O’zbekistonda tuzish; Musulmon olami yosh olimlari Markazini tuzish; Yosh olimlarni rag’batlantirish bo’yicha IHTning maxsus mukofotini ta’sis etish; Yosh matematiklar o’rtasida Al-Xorazmiy Xalqaro olimpiada o’tkazish. Hozirgi kunda ISESCO tashkiloti doirasida dunyo bo’yicha 18 ta ISESCO kafedrasi mavjud. Jumladan: ISESCOga a’zo bo’lmagan davlatlarda: - Rotterdam universiteti ISESCO kafedrasi – Niderlandiya qirolligi; - Islom haqida noto’g’ri fikr qilinayotganini asoslash va muloqot qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash ISESCO kafedrasi (Avitsenna gumanitar instituti, Lill, Frantsiya); - ISESCO kafedrasi G’ FUI (Rossiya islom universiteti, Qozon, Tatariston) - Arab tili va islom madaniyati ISESCO kafedrasi (Moskva Davlat pedagogika universiteti, Rossiya); - Karib bo’g’ozi va Lotin Amerikasida muloqot qilish bo’yicha ISESCO kafedrasi (Buenos-Ayres, Argentina); - Xalqaro birdamlik va madaniy xilma-xillik ISESCO kafedrasi (Granada universiteti, Ispaniya); A’zo davlatlarda: - Boku davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti ISESCO kafedrasi – Azarbayjon Respublikasi; - Qohira universiteti ISESCO kafedrasi – Misr Arab Respublikasi; - Umm al-Quro ISESCO kafedrasi, Makka – Saudiya Arabistoni Qirolligi; - Qur’on yozuvi bo’yicha ISESCO kafedrasi G’ FUI , Niger islom universiteti; - Madaniy xilma-xillik bo’yicha ISESCO kafedrasi – Uganda islom universiteti; - ISESCO kafedrasi G’ Afrika xalqaro universiteti, Sudan Respublikasi; - ISESCO G’ UNESCO kafedrasi Afrika mintaqasi olima-ayollar uchun (Fan va texnika Sudan universiteti, Sudan Respublikasi); 198 - ISESCOG’UNESCO kafedrasi Osiyo mintaqasi olima-ayollar uchun (Lahor universiteti, Pokiston) - Professor Abdulhodiy Butolib nomidagi islom tafakkuri ISESCO kafedrasi (Sidi Muhammad ibn Abdulloh nomli universitet, Fas, Marokash qirolligi); - Dunyo madaniyati va muloqoti bo’yicha ISESCO kafedrasi (Qohira universiteti, Misr Arab Respublikasi); - Fan va innovatsiyalar, ayollar mavqei bo’yicha ISESCO kafedrasi (Komor orollari universiteti, Komor orollari ittifoqi); - Madaniyatlar Alyansi bo’yicha ISESCO kafedrasi (Qatar universiteti, Qatar Davlati); - Toshkent islom universiteti “Islom tsivilizatsiyasini o’rganish ISESCO” kafedrasi. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. ISESCO tashkilotining faoliyat yo‘nalishlarini gapirib bering? 2. Islom Hamkorlik tashkiloti haqida aytib bering? 3. Musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar qanday? 4. Bugungi kunda musulmon mamlakatlarining o‘zaro munosabatlari qanday? 5. Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalarga tavsif bering. 6. Janubiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi SAARK haqida ma’lumot bering. 7. Hozirgi davrda Hindiston – Pokiston munosabatlari qanday holatda? 8. Zamonaviy bosqichda Kashmir muammosini hal etishda xalqaro tashkilotlarning ro‘li qanday ? 9. Hozirgi davrda Myanmadagi kofesssiyalararo ziddiyatlar haqidama’lumot bering. Mustaqil ish uchun topshiriqlar 1. Musulmon mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish. 2. Falastinning xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yoritib bering. 3. Albaniya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini nimalardan iborat ? 4. Zamonaviy bosqichda musulmondavlatlarida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering. 199 5. “Hindiston va Pokiston yadro qurollari muammosi” mavzusida nutq tayyorlash. 6. Jammu va Kashmir muammosi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash. 7. Afg‘on muamosini yoritib bering. Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar 1. Mуҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларидаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2013. – 160 б. 2. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2013. – 176 b. 3. Каримова Н.Э. Международные отношения стран Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2017. – 204 с. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Каримова Н., Пьянова Е., Азимов К. Особенности развития стран Дальнего Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2009. – 234 с. 2. Шарапов А.А. Осиё-Тинч океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Монография. – Тошкент, 2014. – 216 б. 3. Юлдашева Г.И. Халқаро муносабатларнинг методологик аспектлари. –Т.:Математика ва ахборот технологиялар институти босмахонаси, 2009. –215 б. 4. Fawcett Louise. International Relations of the Middle East, UK, Oxford University Press, 2016. 5. The Asia-Pacific Power Balance. London: Chatham House, 2015. 80 p. 6. Beeson M. Institutions of the Asia Pacific. London-New York: Routledge, 2009. 147 p. 200 GLOSSARIY O‘zbek tilida Rus tilida BMТ ООН Ingliz tilida UN управление management буддизм buddhism Davlat государство state davlat shakli форма form of state boshqaruv buddaviylik dini 201 Ta’rif Birlashgan Millatlar Tashkiloti. 1945 yilda tuzilgan. dunyodagi 200 dan ortiq davlatlar BMТ a’zosi. 1992 yil 2 martda O‘zbekiston ham unga a’zo bo‘lib kirdi turli tizimlar (biologik, ijtimoiy, texnologik) king funktsiyasi. u shu tizimlarning muayyan tuzilishini saqlab turadi, faoliyat, taribni ta’minlaydi, dasturlar, maqsadlarni amalga oshiradi dunyodagi eng ko‘p tarqalgan dinlardan bo‘lib, mil. avv. 6-5 asrlarda hindistonda paydo bo‘ldi butun xalqqa, kishilarning barcha ijtimoiy birliklari, partiyalar va harakatlar, ko‘ngilli uyushma va ittifoqlarga xizmat qilishi majburiy bo‘lgan organ murakkab ijtimoiy государства davlatlar o‘rtasidagi raqobat соперничество между государствами demografik resurslar демографические demographic ресурсы resources demokratik rejim демократический режим rivalry between states democratic regime 202 hodisa, u o‘zaro bog‘langan uch unso‘rni o‘z ichiga oladi: boshqaruv shakli, davlat qurilishi shakli va davlat rejim shakli bu obyektiv hodisa bo‘lib, u suveren davlatlarning barchasi uchun xarakterlidir. u munosabatlar va manfaatlar yig‘indisi sifatida muayyan vositalar orqali yuzaga keladi. hokimiyatning maxsus resurslaridir. bu resurs boshqa resurslarni ishlab chiqaruvchi universal, ko‘p funksiyali resursdir inson huquqlari va erkinliklari ta’minlangan, siyosiy erkinliklardan bemalol foydalana oladigan rejimdir demokratiya демократия dunyoqarash прогностическая hosil qilishфункция funksiyasi democracy predictive function ekzogen экзогенная exogenous elat нация nation elita элита elite 203 xalq hokimiyati. Bu xalq tomonidan idora etish bo‘lib, oliy hokimiyat xalq qo‘liga topshiriladi va xalq uni yo bevosita, yo erkin saylovlar yordamida o‘zi saylagan vakillari (vakillik demokratiyasi) orqali amalga oshiradi. siyosiy voqelik to‘g‘risida aniq tasavvurlarning shakllanishiga ko‘maklashadi. tashqi sabab, turtki natijasida vujudga kelgan ta'sirlar iqtisodiy aloqalarga, til, hudud, madaniyat mushtarakligiga, o‘z-o‘zini anglashga, mushtarak psihologiyaga ega bo‘lgan va mazkur belgilar millat bilan qiyoslaganda kamroq rivojlangan, barqaror, kamsonli birlik fransuzcha «elite» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u endogen эндогенный etnik guruh этническая группа etnografik guruh evolyuеsiya federativ davlat этнографическая группа эволюция федеративное государство eng yaxshi, tanlangan degan ma’noni bildiradi ichki sabablar endogenous natijasida vujudga, kelgan ta'sirlar ethnic group bir necha yuz yoki ming kishidan iborat bo‘lgan, birbiri bilan zaif bog‘langan birlik, birlashuv asosida etnik belgilar yotadi ethnographic millat yoki elatning alohida ajralib group qolgan, til, madaniyat, turmushda o‘ziga xosliklarni saqlagan qismi siyosiy jarayonlarni evolution asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat bo‘lib, siyosiy jarayonlarning eng asosiy va nisbatan keng tarqalgan shakli hisoblanadi. davlat tuzilishining federative yuridik jihatdan state belgilab qo‘yilgan siyosiy mustaqillikka ega bo‘lgan davlat birlashmalaridan tuzilgan, murakkab (ittifoq) davlatdan 204 feodalizmda avtokratiya G‘arb regionalizmi Amerika regionalizmi Sharq regionalizmi iborat shakli самодержавие в autocracy in avloddan-avlodga meros bo‘lib феодализме feodalism o‘tadigan yakka shaxsning hukmronligi G‘arb Западный Western regionalizmi. Har регионализм regionalism qanday jamiyatda shaxs manfaat va huquqlarining ustuvorligiga asoslangan Yevropa regionalizmi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Amerika Американский American regionalizmi. регионализм regionalism Amerika liberalizmi G‘arb liberal qadriyatlaridan foydalangan holda yuqori texnologiyalar jo‘g‘rofik periferiyasiga aylandi. Sharq Восточный Eastern regionalizmi Xitoy регионализм regionalism va boshqa Osiyo davlvtlvri Sharq regionalizmidan foydalanmoqda, avtoritar davlat hokimiyati bilan bosqichma-bosqich jahon bozoriga ochiq bo‘lishga asoslanadi. 205 hokimiyat власть huquqiy davlat правовое государства ijtimoiy mobillik социальная мобилизация ijtimoiy omil социальный фактор ijtimoiy qatlamlashuv социальная стратификация inson huquqlari права человека odamlarning ehtiroslarini jilovlashga va ularda fuqarolik fazilatlarini tarbiyalashga qodir bo‘lgan kuch judicial state siyosiy hokimiyatning o‘ziga xos belgilarini, funksiyalari va rivojlanish tamoyillarini ko‘zatib borishga, ularning salbiy oqibatlari va qirralarini bartaraf etishga majbur shaxs, guruh yoki social mobilization qatlam mavqeining o‘zgarishi bilan bog‘ligjarayonlar social factory fuqarolik jamiyati va plyuralizmning mavjudligi o‘zaro bog‘liq va social stratification pog‘onalashuv asosida tashkil topgan, qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi o‘z human rights shaxsga ihtiyoriga ko‘ra faoliyat ko‘rsatish (erkinliklar) yoki, muayyan imtnyozlarga ega government 206 bo‘lish (huquqlap) imkoniyatini beruvchi individ va davlat o‘rtasidagi munosabatlar tamoyillari, me'yorlaridir odamlarning o‘z inson jamoasi человеческое human ehtiyojlarini сообoщество commnity qondirishga bo‘lgan talablari natijasida vujudga kelgan siyosiy faoliyat institutlar институты institutes subyektlarining siyosiy faoliyat mexanizmlari bilan aloqadorlikda amalga oshuvchi tadbirlarni qo‘llabquvvatlovchi, turtki beruvchi, nazorat institutsionall институционализ institutionaliz rasmiylashgan, barcha e’tirof etgan ashuv ация ation qoidalar, qonunlar, an’ana va maro simlarga asoslangan ijtimoiy munosabatlarning barqaror na’munalarning shakllanishi bu boshqaruv iqtisodiy elita экономическая economic tizimida o‘z элита elite faoliyatini xususiy mulk asosida olib boruvchi, boshqarayotgan elitaning bir qismidir 207 iqtisodiy omil экономический фактор erkin bozor iqtisodiyotining mavjudligi ijtimoiy va xususiy iqtisodiy экономические economic ishlab chiqarish va resurslar ресурсы resources iste’mol qilish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, ularning umumiy ekvivalenti sifatida pullar, texnika, unumdor erlar, er osti qazilma boyliklari va hokazolar kiradi bu o‘zlarining jamiyat elitasi социальная элита social elite tug‘ma ruhiy (psixologik) xususiyatlari sababli, yuqori fazilatni yoki o‘z faoliyat sohalarida yuqori darajadagi qobiliyatni ko‘rsata oladigan ma’lum bir kishilar guruhi moddiy asosni jamiyatning политическая political siyosiy организация organization vujudga tashkiloti сообщества of community keltiradigan muayyan tashkilotlar va muassasalar majmui, siyosiy tizim butun binosining poydevori, uning muayyan vazifalarini amalga oshiradigan economic factory 208 jen kadrlar partiyalari kategoriya kompromiss жен партии персоналий категория компромисс konfederatsiya конфедерация ma’muriyboshqaruv tuzilmasi insonni sevish, jen insoniylik parties of xix asr o‘rtasida evolyusiya personnels jarayonida elektoral qo‘mitalar va parlament guruhlaridan paydo bo‘lgan. ular nisbatan kam sonli ekanliklari, a’zolikning erkinligi bilan ajralib turadi va, eng avvalo, professional siyosatchilarga hamda partiyani moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlashga qodir bo‘lgan moliya elitasiga suyanadi narsa va category hodisalarning eng muhim xususiyatlari va aloqalarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalar compromise o‘zaro yonbosishlar natijasida erishilgan bitim. konfederation bu to‘la mustaqil davlatlarning ko‘ngilli ittifoqidir, 209 konflikt конфликт konflikt участники qatnashchilari конфликтов konflikt subyektlari субъекты конфликтов konfliktlarning объекты obyekti конфликтов Konsensus (kelishuv) консенсус konservatizm консерватизм davlatlar ittifoqining shakli bo‘lib, unda a’zo davlatlar o‘z suverenitetini to‘liq saqlab qoladi u yoki bu conflict obyektning bir vaqtning o‘zida kamida ikki va undan ortiq subyektlarning maqsad va manfaatlarini to‘la qondirmasligi natijasida vujudga keladigan ijtimoiy vaziyatga aytiladi participants bizularni qisqacha tarzda tomonlar of conflicts deymiz subject of tomonlar tashkilotlar, conflicts partiyalar va hokazo shunga o‘xshash siyosiy tuzilmalardan iborat bo‘lishi mumkin object of mavjud qadriyatlar, moddiy dunyo, conflicts hudud va hokazolardan iboratdir qaror ovoz berish consensus yo‘li bilan emas, kelishuv yo‘li orqali qabo‘l qilinadi. conservatism davlat va jamiyat hayotining tarixan 210 kontrelita kuch ishlatuvchi resurslar контрэлита ресурсы принуждения latent bosqichi фаза латентного legal liberalizm легальный либерализм lider лидер vujudga kelgan shakllarini, uning oila, millat, din, mulkchilikda namoyon bo‘luvchi qadriyatlarini saqlab qolishga qaratilgan g‘oyaviy — siyosiy ta'limot va harakat hukmron bo‘lmagan contra elite elita qurol-yarog‘, resources of bu jismoniy forcing majburlovchi muassasalar va buning uchun maxsus tayyorlangan kishilardir phase of konfliktlar yashirin holatda bo‘lgan latent bosqich qonuniy legal shaxs erkinligi va liberalism boshqa fuqarolik va siyosiy huquqlarini e'tirof etuvchi va davlat faoliyati sohalarini cheklovchi ta'limot va ijtimoiy — siyosiy harakat. yo‘l ko‘rsatish leader xususiyatga ega inson boshqalarga ta’sir eta olish, muayyan maqsadlarga 211 liderlik madaniyaxborot resurslari лидерство leadership культурноculturalинформационные information ресурсы resources majburlovchi обязательный hokimiyat правительство compulsory government majburlovchi обязательные resurslar ресурсы compulsory resources 212 erishish uchun ularning birgalikda faoliyatini tashkil eta olish qobiliyatiga ega bu boshqaruvchanlik maqomi, qarorlar qabo‘l qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy pozitsiyadir bilim va axborot hamda ularni olish va tarqatish vositalari: fan va ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar tashkil etadi majburlovchi resurslarga tayanadigan va majburiy kuch ishlatishni qo‘llash yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilish yordamida kishilar ustidan nazorat qilishdir bu ma’muriy jazolash bilan bog‘liq bo‘lgan vositalardir. bu vositalardan, odatda, utilitar resurs ish bermay qolganda foydalaniladi manu qonunlari законы Ману marginal guruh маргиналная группа Mazdak ta’limoti учение Маздака me’yoriy resurslar нормативные ресурсы metodologik funksiya методологическа я функция mexanizmlar механизмы Manu’s laws insonning to‘g‘ri, imonli hayot kechirishini belgilab beruvchi diniy-falsafiy, siyosiy, axloqiy va huquqiy qoidalarning yig‘indisidan iborat bo‘lgan manba bir — birini istisno marginal qiluvchi qadriyatlar, group me'yorlar ta'siridagi, turli ijtimoiy guruhlar, tizimlar, madaniyatlar chegarasidagi odamlar guruhi barcha mazdak’s odamlarning teng doctrine huquqliligi to‘g‘risidagi ta’limot. insonning ichki regulatory dunyosi, qadriyatlar resources va xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar methodologic siyosatshunosliknin g asosiy xulosalari al function alohida olingan ijtiomiy hodisalarni o‘rganuvchi xususiy siyosiy nazariyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. urfmechanisms an’analar, odatlar, qoidalar, 213 millat нация nation Millatchilik национализм nationalism milliy guruh национальная группа national group milliy munosabatlar национальные отношение national relationship монархия monarchy Monarxiya 214 qonunlar siyosiy faoliyat subyektlariga ta’sir etish uslublari. hudud, iqtisodiy aloqalar, til, ruhiy o‘ziga xoslik, madaniyat va o‘z o‘zini anglashning umumiy jihatlariga ko‘ra ajralib turuvchi ijtimoiy guruh mafkura va siyosat bo‘lib, uning asosida milliy mustaqillik va ustunlik g‘oyasi, boshqa xalqlar vakillariga bepisandlik bilan qarash yotadi mazkur mamlakat (mintaqa)da tub aholi bo‘lmagan millat, xalq-elatning bir qismi milliy etnik rivojlanish subyektlari; millatlar — elatlar, etnik guruhlar va ularning davlat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlardir bu shunday boshqaruv shakliki, unda oliy hokimiyat Monoteistik mutlaq monarxiya монотеистик абсолютная монархия nazariy bilish функция funksiyasi теоретических знаний neokonservati неоконсерватизм zm nomzodlarni фаза номинации ilgari surish, ularni olish bosqichi obyekt объект parlament парламент yakka bir shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, odatda, meros bo‘lib o‘tadi xudolikka monotheistic yakka asoslangan diniy qarash boshqaruvning absolute shunday shakliki, monarchy unda oliy davlat hokimiyati qonun bo‘yicha to‘laligicha bitta shaxsga bo‘ysunadi siyosatshunoslik theoretical siyosat to‘g‘risida, knowledge uning jamiyatdagi funtion roli to‘g‘risida bilimlar hosil qiladi. neoconservati mumtoz konservatizm va sm liberalizm g‘oyalarini uyg‘unlashtiruvchi mafkura. turli tashkiliy, nomination siyosiy axborotphase yashviqiy tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi bosqich subyektning bilish object va boshqa faoliyati nimaga qaratilgan bo‘lsa, ana shuni anglatadi. qonun chiqaruvchi parliament organ. o‘zbekiston 215 parlamentar respublika парламентская республика politeistik политеистик pragmatizm прагматизм prezidentlik respublikasi президентская республика qadriyat значение qonun закон parlamenti ikki palata: qonunchilik palatasi va senatdan iborat parliamentar parlamentning roli katta. u prezidentni, y republic ya’ni davlat boshlig‘ini saylaydi. hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi ko‘p xudolikka polytheistic asoslangan diniy qarash pragmatism (yun. ish, faoliyat), faqat, amaliy foydali natijalarni beruvchi bilimnigina xaqiqiy, deb bilishga asoslangan yo‘nalish prezident parlament presidential yo‘li bilan emas, republic balki maxsus tartib, ya’ni xalq tomonidan saylanadi borliqdagi narsa, value hodisalarning jamiyat, guruh shaxs ehtiyojlariga muvofiq kelishi yoki kelmasligi nuqtai nazaridan ahamiyati. empirik va nazariy law jihatdan asoslangan 216 juda umumiy yoki universal qaydlar doirada quyi низкая степень low degree mahalliy olib darajadagi политической political elite faoliyat boruvchi elita элиты siyosatchilar tashkil qiladi (rahbarlar va mahalliy boshqaruv organlari deputatlari, regional doiradagi partiya a’zolari) liderlikni ratsionalрациональное rationalsaylashning tartibi, oshqora прозрачное transparent unga muayyan liderlik лидерство leadership hokimlik vakolatlarining oqilligi, qonuniyligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi hokimiyat tarkibini reformatorlar реформаторы reformers keng qamrovli islohotlar vositasida tubdan o‘zgartirishga intiladilar siyosiy bilimlarni regulyativ функция regulatory egallash kishining funksiya регулирования function siyosiy xattiharakatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. jamiyat hayotini revolyusiya революция revolution tubdan va keskin o‘zgartiradi va u davlat to‘ntarilishi sodir bo‘lishi bilan bog‘liq 217 shaxslar индивид individuals shovinizm шовинизм chauvinism sinflar классы classes siyosat политика politics 218 siyosiy faoliyat subyektlari o‘ta urishqoq millatchilik bo‘lib, bir millatning boshqasiga, odatda, kichik millatning katta millatga bo‘ysunishini bildiradi daromad miqdori, kasbinnig nufo‘zliligi, bilimi, hokimiyatga ta'siri darajasiga ko‘ra belgilanuvchi, ijtimoiy maqomi taxminan bir xil bo‘lgan odamlar guruhi an’anaviy ravishda davlat va jamoat ishlarini, odamlar, ijtimoiy guruhlar, xalqlar, millatlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq faoliyat sohasi. Sinflar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi hokimiyat va jamiyatni boshqarishga oid munosabatlar, faoliyat, xattiharakat va kommunikatsion aloqalarning ko‘p qirrali olami. siyosiy elita политическая элита siyosiy inqiroz политический кризис siyosiy konflikt политический конфликт bu hokimiyatga erishgan, jamiyat hayotining turli sohalarida buyruq beruvchi o‘rinlarni egallagan odamlar to‘dasi emas, balki barcha siyosiy tizimlarda bo‘ladigan, mukammal tashkil etilgan hamkorlik asosidagi ijtimoiy guruhlardir political crisis qarama-qarshilik, kelishmovchilik, to‘qnashuv va ziddiyatlar natijasida hokimiyat stukturasini nazorat qilishning yo‘qolishidir davlat, ijtimoiy va political etnik guruhlar, conflict siyosiy partiyalar va harakatlar, ma’lum shaxslarning siyosiy manfaatlari, political elite 219 политическая нация political nation siyosiy muloqot политический контакт siyosiy munosabatlar политические отношения political communicati on political relationships siyosiy omil политический фактор political factory siyosiy rejim политический режим political regime siyosiy millat 220 maqsadlari va qarashlarining to‘qnashuvidan iboratdir siyosiy tizimning rivojlanishi, ustivor qadriyatlar, me'yorlariga doir yakdil bo‘lgan fuqarolar birligi tegishli axborotning tarqalishini o‘z ichiga oladi siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritish va amalga oshirish bilan bog‘liq holda jamiyatda qaror topadigan munosabatlar fuqarolar siyosiy madaniyatining yuqori darajasi davlatning alohida shakli uchun xos bo‘lgan siyosiy munosabatlar, hokimiyat organlari tomonidan qo‘llanadigan usul va vositalar, davlat hokimiyati va jamiyatning qaror topgan munosabatlari, mafkuraning hukmron shakllari, ijtimoiy va sinfiy o‘zaro политическая система political system sotsial hokimiyat социальная правительство social government sotsial resurslar социальние ресурсы social resources sotsialreformizm социальный реформизм socialreformism режим regime siyosiy tizim tartibot 221 munosabatlar, siyosiy madaniyat va tafakkur turlarining majmui diktatura shakllaridan siyosiy hokimiyatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi vositalari bo‘lgan davlat, davlat tashkilotlari va munosabatlarning yig‘indisidir sotsial zinapoyadagi o‘rinlarni — maqomlar, lavozimlar, imtiyozlarni taqsimlash qobiliyatini anglatadi sotsial stratifikatsiyadagi sotsial maqom yoki rang, o‘rinning amalga oshirilishi yoki pasayishi qobiliyatidir evolyutsion rivojlanish, demokratik sotsializm va unga islohotlar orqali erishishga yo‘nlagan ijtimoiy — siyosiy ta'limot va harakat davlat tuzumi, tashqi siyosat внешняя политика tenglik teokratik monarxiyalar равенство теократическая монархия teokratiya теократия tiraniya тирания boshqaruv, usuli foreign policy siyosatning davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi turi tushuniladi. har bir saylovchi, u equality kim bo‘lishidan qat’iy nazar bir ovozga ekanligini bildiradi yakka hukmdor va theocratic kollegial davlat monarchy rahbariyatining mavjudligi; davlat rahbari va boshqa davlat hokimiyati oliy organlarining muayyan muddatga saylab qo‘yilishi; davlat hokimiyatining o‘z irodasiga ko‘ra emas, balki xalq xohishi bo‘yicha amalga oshirilishi; qonun bilan ko‘zda tutilgan hollarda davlat rahbarining yuridik javobgarlikka tortilishi ilohiy g‘oyaning va theocracy cherkov g‘oyasining individ va davlatdan ustun turishidir eng buyuk va eng tyranny 222 Tizim система totalitar rejim тоталитарный режим unitar davlat унитарианское государство veda bitiklari надписы веды xristianlik христианство shavfqatsiz qullikka asoslangan hokimiyat tizim ma’lum aloqa system tufayli birlashgan elementlar yig‘indisi siyosiy terror va totalitarian qo‘rquvdan nafaqat regime haqiqiy yoki tasavvur qilingan dushmanlarni qo‘rqitish va mahv etish, balki ommani boshqarishning kundalik odatiy vositasi sifatida foydalaniladi bu ma’muriyunitarian hududiy, qismlarga state bo‘lingan yaxlit, bir butun markazlashgan davlat shaklidir inscription of hindistonda siyosiy g‘oyalarning asosiy veda manbai bo‘lib xizmat qilgan manba. milodning christianity boshlarida iso payg‘ambar tomonidan asos solingan bo‘lib, unga ko‘ra, xudo yagonadir, ammo u muqaddas uchlik (troitsa)da namoyon bo‘ladi. 223 YEХHТ ОБСЕ модернизаци модернизация я хalqaro konsorsium Yaqin Sharq международный консорциум Ближний Восток Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti. O‘zbekiston 1992 yil fevral oyida bu tashkilotga a’zo bo‘ldi tizimi modernizatio jamiyat xususiyatlarining n o‘zgarishi jaryoni sifatida uning eng muhim sohalarining qayta qurilishini va murakkabrok, ammo moslashuvshan turmush tarzining shakllanishini nazardatutadi international mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni consortium mustahkamlash, birgalikdagi tadbirlar orqali iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, moddiytabiiy boyliklardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tuzilgan xalqaro birlashma Yaqin Sharq Middle East Osiyo, Afrika va Yevropaning kesishgan mintaqasida joylashgan. Bundan OSCE 224 tashqari geosiyosiy ahamiyati jihatidan Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyo bilan birgalikda chegaradosh sifatida qaralib, geostrategik va geosiyosiy imperializmda, shu jumladan AQSh gegomonlik loyihasida juda muhim o‘rin egallaydi. MUHAMMADOLIM MUHAMMADSIDDIQOV Siyosiy fanlar doktori, dotsent MUSULMON MAMLAKATLARI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR O‘quv qo‘llanma 225 226