Uploaded by Sherzod Ibragimov

Qon ketish

advertisement
Tug'ruqda qindan qon ketishlar.
Bachadon yorilishi.Tashxislash. Xavf
guruhi. Oldini olish.
Tug‘ruq vaqtida ko‘pincha oraliq, vulva, qin va bachadon bo‘yni yirtiladi.
Oraliq yirtilishi quyidagi holatlarda kelib chiqadi:
1) yoshi kat taroq birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda to‘qimalar elastikligining
yo‘qolganligi, avvalgi tug‘ruqdan keyin chandiqlar qolganligi, ora liqning baland ekanligi;
2) homila boshining noqulay o‘lcham bi lan yorib chiqishi – homila boshi yozilib oldinda yotganda, ha
ddan tashqari katta bo‘lganda;
3) operatsiya qilib tug‘dirish – qisqich solish;
4) tor chanoq, ayniqsa yapaloq raxitik chanoq (boshning tez
yorib chiqishi) va infantil chanoq – qov burchagining torligi;
5) tug‘ruqni noto‘g‘ri boshqarish, homila boshining barvaqt yozi lishi va tez yorib chiqishi. Homila bo
shining tobora tazyiq ko‘rsatishi natijasida oraliq gumbazga o‘xshash do‘ppayib chiqadi, ko‘karadi va s
hishadi. Oraliq terisi keyinchalik oqaradi, yaltiraydi, mayda-mayda yoriladi.
Oraliq yiritilishi 3 darajaga bo‘linadi.
*Birinchi daraja yirtilish – orqa bitishma (oraliq bilan qin de vori o‘rtasidagi kichkina teri parchas
i) uziladi, oraliq muskullari
shikastlanmaydi
*Ikkinchi darajali yirtilish – oraliq terisi qin devori va oraliq muskullari uziladi, to‘g‘ri ichakning tas
hqi sfinkteri butun qoladi
*Uchinchi darajali yirtilish – yuqorida ko‘rsatilgan to‘qimalar va
to‘g‘ri ichakning tashqi sfinkteri, ba’zan devori ham yirtiladi. Bu to‘la yirtilish deyiladi. Kamdan ka
m hollarda chot markazidan yirtiladi. Oraliq to‘qimalarning yirtilishi infeksiya kirish
jihatidan xavfli. Oraliq uchinchi darajali yirtilganda gaz va axlat tu tib bo‘lmaydi. Oraliq yirtilishni
ng har biri choklanishi lozim.
Bachadon bo‘yni o‘z-o‘zidan va zo‘rlik bilan yirtilishi mumkin.
Bachadon bo‘ynining regidligi, bachadon bo‘yni teshigi chetlarining
haddan tashqari cho‘zilishi (homilaning yirikligi, boshining
yozilib oldinda yotishi), tez tug‘ish, tor chanoqda bachadon bo‘ynini
ng uzoq qisilib qolib, to‘qimalarning oziqlana olmasligi bachadon bo
‘ynining o‘z-o‘zidan yirtilishiga sharoit yaratadi. Ayolni operatsiya q
ilib tug‘dirishda (qisqich solish, homilani oyog‘iga burish va tortib o
lish, homilani yemirish operatsiyalarida) bachadon bo‘yni zo‘rlik bil
an yirtiladi. Bachadon bo‘yni yirtig‘i tikilmasa qon ketishi, o‘rnida y
ara, ektropion, chandiq hosil bo‘lishi mumkin.
Bu esa surunkali yallig‘lanish va eroziyalar paydo bo‘lishiga zamin
yaratadi. Bachadon bo‘yni yirtilganda davo qilish choklashdan ibor
at. Bachadon bo‘yni ko‘zdan kechirilib, yirtiq topilgach, darrov cho
klanadi.
Bachadon devorlarining shikastlanib yirtilishi bachadonning
yorilishi deb ataladi. Bachadonning hamma qavatlari (shilliq pardasi, muskul
qavati, seroz pardasi) shikastlansa, bachadon batamom yorilgan deb ataladi. B
atamom yorilganda uning bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘iga tutashib qoladi. Shilliq
parda bilan muskul qavati shikastlansa-yu, seroz pardasi butun qolsa, bachado
n chala yorilgan hisoblanadi. Bachadonning batamom yorilishi chala yorilishi
ga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Bachadon yorilishining turlari L.S.Persianinov t
asnifi (1964-yil) bo‘yicha quyidagicha:
Yorilish vaqti bo‘yicha: tug‘ruq vaqtida; homiladorlik vaqtida.
Etiologiya va patogenezi bo‘yicha: o‘z-o‘zidan yorilishi; zo‘rlik
bilan yorilishi; aralash yorilishi.
Joylashishi bo‘yicha: bachadon tubi yorilishi; bachadon tanasi
yorilishi; bachadon pastki segmentining yorilishi; bachadonning
qin gumbazlaridan uzilib ketishi.
Shikast xarakteri bo‘yicha: to‘liq yorilishi – bachadon hamma
qavatlari yoriladi; chala yorilishi – shilliq va mushak qavatlari yo riladi, seroz qavati b
utun qoladi.
Klinik kechishi bo‘yicha: bachadon yorilishi xavfi; bachadon ning yorilishi.
Homilaning tug‘ilishi mexanik to‘sqinlikka uchraganda bacha donning yorilish xavfi tahdid qilay
otgani quyidagi simptomlar bilan ta’riflanadi:
1. Dard va to‘lg‘oq juda qattiq, ba’zan ketma-ket tutadi.
2. Bachadonning pastki segmenti o‘ta cho‘zilib yupqa tortadi, palpatsiyada og‘riydi.
3. Kontraksion halqa yuqoriga ko‘tarilib, kindik ro‘parasigacha boradi, qiyshiq joylashadi. Bachad
on qum soati shakliga kiradi.
4. Bachadonning yumaloq boylamlari juda ham tarang bo‘lib, bezillab turadi.
5. Bachadon bo‘yni teshigining chetlari qisilib shishadi, bu shish qin va oraliqqa ham yoyiladi.
6. Qovuq va uretra homila boshi bilan chanoq suyaklari orasida qisilib qolganidan siydik chiqarish
qiyinlashadi.
7. Qindan qonli chiqindi keladi, bu esa to‘qimalarning shikast lana boshlaganini ko‘rsatadi.
8. Tug‘uvchi ayol betoqat bo‘lib, o‘zini qo‘ygani joy topolmay di, qattiq og‘riqdan noliydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan klinik belgilar paydo bo‘lganda yordam berilmasa bachadon muqarrar yorilib keta
di. Simptomlari:
1. Bachadon yorilayotgan paytda qorinda juda qattiq og‘riq pay do bo‘ladi.
2. Bachadon yorilgandan keyin dard va to‘lg‘oq tutishi to‘xtaydi.
3. Shok paydo bo‘lishi va tobora ko‘p qon yo‘qotishi sababli juda og‘ir holat yuz beradi. Teri va ko‘rini
b turgan shilliq pardalar oqaradi. Ayolning ko‘zi ich-ichiga tushib ketadi, burni puchayib qoladi. Tomiri t
ez-tez uradi va yaxshi to‘lishmaydi, qon bosimi pasayadi, ko‘ngli ayniydi va qusadi.
4. Bachadon yorilganda homila butunlay yoki qisman qorin
bo‘shlig‘iga chiqadi. Oldinda yotuvchi qismi ilgari qimirlamay tur gan bo‘lsa, endi yuqoriga surilib, ha
rakatchan bo‘lib qoladi. Ho mila yonida bachadonning qisqargan tanasi paypaslab topiladi. Homila yur
ak urishi eshitilmaydi.
5. Tashqariga ko‘p qon ketmaydi, ba’zan juda oz qon chiqadi. Bachadon yorilganda qon qorin bo‘shlig‘i
ga quyiladi.
Profilaktikasi. Bachadon yorilishining oldini olish tug‘ruqqa
yordam berishni to‘g‘ri tashkil qilishdan iborat. Hamma homilador larni xotin-qizlar m
aslahatxonasida o‘z vaqtida hisobga olish va ularni sinchiklab kuzatib turish hal qiluvch
i ahamiyatga ega. Tug‘ruq vaqtida bachadonning yorilishi ehtimol tug‘iladigan hamma
homiladorlar xotin-qizlar maslahatxonasida aniqlanib, maxsus hisobga olinadi. Chanog‘
i tor, homilasi noto‘g‘ri yotgan, homiladorligi o‘tib ketgan (homilasi yirik) ayollar, tug‘a
verib qorin devori va bachadoni bo‘shashgan ayollar akusherlik anamnezi og‘irpatologi
k tug‘ruq, yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollar kesar kesish va bachadonida boshqa
operatsiyalar qilingan ayollar shu guruhga kiritiladi. Bu homiladorlarning hammasi tug‘i
shga ikki-uch hafta qolganda tug‘ruq kompleksiga yuboriladi. Tug‘ruq vaqtida bachado
nning yorilish xavfi borligini ko‘rsatuvchi belgilarni o‘z
vaqtida payqab olishi uchun ayollar sinchiklab kuzatiladi.
Download