Загрузил Jasur Mametov

1

реклама
O ʼzbekistonning xalqaro reytinglardagi
koʼsatgichlarini koʼtarishning tarixiy va siyosiy
ahamiyati
MUSTAQIL ISH
Jamilov Jaxongir
REJA:
Tuzuvchi:
Jamilov Jaxongir
Qabul qiluvchi:
Latofat Samiyevna
1. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy vaziyat, kuchli
ijtimoiy siyosat tizimining yaratilishi.
2. O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari.
Aholini yuqori turmush darajasini ta'minlash chora-tadbirlarining ishlab
chiqilishi.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi Qonuni va uning mazmun-mohiyati.

Bugun Oʻzbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal surʼatlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro
ekspertlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa oʻz-oʻzdan boʻlmaydi. Iqtisodiyot va
ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi oʻzgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan koʻtarilgan keng
qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu eʼtiroflar,
dastlabki yutuqlar oʻzimizniki albatta. Lekin ularni yana-da yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy
maqsadlaridan biridir.

Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash
hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish
toʻgʻrisida”gi Farmoni ana shu saʼy-harakatlarni yangi pogʻonaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan
ahamiyatli.

Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni boʻlib
xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning oʻrni qanday boʻladi? Oliy
Majlis Qonunchilik palatasida 4-iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
oʻrnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli” mavzusida oʻtkazilgan
seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar
tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD
xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro
reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi.
Oʻtgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy
reytinglardagi oʻrni sezilarli darajada oʻsdi. Xususan “Fitch Ratings” va
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga koʻra
2019-yilda mamlakatning suveren kredit reytingi “BB–” barqaror darajada
saqlanib qolmoqda.
Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida (Doing
Business 2020) soʻnggi bir yilda Oʻzbekiston Respublikasi biznes
islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat
qatoriga kirishga imkon bergan toʻrtta islohotni amalga oshirgani
toʻgʻrisidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019-yilda Oʻzbekiston
ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-oʻrinni
egallab, 7 pogʻonaga koʻtarildi.
https://www.pexels.com/@mikebirdy

2019-yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018-yil uchun eʼlon qilgan
hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini maʼlum boʻldi. Xususan,
“Korrupsiyani nazorat qilish” indeksida 1 pogʻonaga, “Hukumat samaradorligi” indeksida 3 pogʻonaga,
“Normativ sifat” indeksida 7 pogʻonaga, “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pogʻonaga, “Soʻz erkinligi va
hisobdorlik” indeksida 5 pogʻonaga koʻtarildi.

Seminarda Prezidentimizning 2020-yil 2-iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
boʻyicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul qilib belgilangani alohida
qayd etib oʻtildi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar
bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni
muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa oʻz navbatida koʻzlangan natijaga erishishda ayni
muddao boʻlishi qayd etildi.

Tadbirda soʻnggi toʻrt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamgʻarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52
pogʻonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʻonaga, “Biznes yuritish” indeksida
18 pogʻonaga koʻtarilganligi eʼtirof etilib, ushbu yoʻnalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga moʻljallangan
2020-yil 1-oktyabrga qadar Internet tarmogʻida ishga tushirilishi belgilangan “Oʻzbekiston Respublikasi
xalqaro reytinglarda” yagona portali haqida maʼlumot berildi.

Bu borada mamlakatimizda reytinglar boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada
soʻnggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yoʻnalishning
ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yoʻnaltirilgan faoliyatini sezilarli darajada
takomillashtirish lozimligi qayd etildi.

Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, koʻrsatgichlar mezon boʻlib xizmat qiladi?
Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oʻrtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni
koʻtarish uchun qanday omillarga eʼtiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini
huquqiy jihatdan toʻliq taʼminlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga eʼtiborni oshirishi talab
etiladi? Seminarda tegishli masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan koʻtarilgan
shunday masalalarni atroflicha va toʻliq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament aʼzolari oʻzlarining qimmatli
takliflarini bildirish barobarida ushbu yoʻnalish uchun xos boʻlgan oʻta nozik jihatlarni, koʻnikmalarni
oʻrganganliklarini eʼtirof etdilar.
Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy
taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub
oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini
yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlashda parlamentning
nazorat va qonun ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish lozimligi
taʼkidlandi.
Seminarda deputatlar xalqaro reytinglar nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar,
balki muayyan mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar,
jumladan inson huquqlarini, siyosiy hayotda jamoatchilikning ishtirokini
taʼminlash sohasidagi amaliy ishlarga ham baho berishi haqida toʻxtalib,
bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat
dasturining 4-bandida belgilangan “qonun loyihalarining Oʻzbekistonning
xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha tavsiyalarga mosligini
oʻrganish amaliyotini yoʻlga qoʻyish” boʻyicha parlament tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldilar.
Seminar yakunida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi
oʻrnini yaxshilashda parlamentning rolini yana-da oshirishga qaratilgan
zarur vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Скачать