Uploaded by Jilo Anarboyeva

Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta osiyo allomalari

advertisement
Mavzu: Yuksak ma’naviyatli yoshlarni
tarbiyalashda O’rta Osiyo allomalari
ilmiy me’rosining o’rni.
Reja:
1. Abu ali Ibn Sino.
2.Abu Rayhon Beruniy.
Abu Ali ibn Sino

(toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā alBalkhī; arabcha: — )‫أبو علي الحسین بن عبدهللا بن سینا‬oʻrta
osiyolik buyuk qomusiy olim[5], boshqa manbalarda
esa, buxorolik fors[6] olim, tabib va faylasuf. 980-yilning 18iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan.
Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur. Davlat ishlari
bilan band boʻlishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va
qator asarlar yaratadi. „Tib qonunlari“ning 1-kitobini tugatib,
oʻzining mashhur falsafiy qomusi — „Kitob ash-shifo“ ni ham shu
yerda yozishga kirishadi. „Tib qonunlari“ ning qolgan qismini ham
Hamadonda yozib bitiradi.

Ibn Sino Hamadonda 1023-yil gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy
sabablarga koʻra, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan
14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan
mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa,
aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. „Kitob ashshifo“ ning qismlari, fors tilidagi „Donishnoma“ va 20 jildli „Insofadolat kitobi“ shular jumlasidan. Zamondoshlari Ibn Sinoni „Shayx
ar-Rais“ )„donishmandlar sardori, allomalar raisi“); „Sharaf al-mulk“
)„Oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al-haqq“
)„Rostlikka dalil“); „Hakim al-vazir“ )„Donishmand, tadbirkor vazir“)
deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan
olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi
bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan.

Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“
„Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u
ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima
qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat
vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat
almashriqiyn“ („Sharqchilar falsafasi“), „Kitob alishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning
ishoralari“), fors tilida yozilgan „Donishnoma“ („Bilim
kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda
hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn
Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli
badiiy qissalarda oʻz aksini topgan.
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (4sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13-dekabr, 1048, Gʻazna) —
Xorazmlik qomusiy olim.

Xorazmlik ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim
qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili
Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi.
Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq
Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U
sevgan fanlar —
astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi.

U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini
aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun
geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish
lozim.

Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga
qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan
ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“,
„Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“,
„Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini
quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga
doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta;
astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya,
adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan
tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi
30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy
yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan
oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan.
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT
Download