Тошкент давлат транспорт университети Laboratorya mashg’uloti №3 Avtomatik payvandlash uskunasini MZ1250 ishlash prinsipini o‘rganish. Тoшкент - 2022 Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash Avtomatik payvandlash uchun uskunalar ishining prinsipi elektrod simni uzatish va payvandlash apparatini avtomatik ravishda siljitishdan iborat . Yarim avtomatik payvandlash uchun esa faqat elektrod simni uzatish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Avtomat traktor yoki o‘zi yurar avtomatik boshchasi, boshqaruv apparaturasi va o‘zgaruvchan yoki doimiy tok manbaidan tashkil topgan. Elektrod simni mexanizatsiyalashtirilgan uzatmasi traktorning bir uskunasi hisoblangan uzatuvchi mexanizm tomonidan amalga oshiriladi. Kassetadan simni aylantirib oluvchi va uni kontakt qism yordamida elektr yoy zonasiga uzatuvchi mexanizm roliklari, kamaytiruvchi reduktor orqali elektr dvigateldan aylantiriladi. Avtomatik payvandlash uskunasi Traktorning barcha uskunalari, ya’ni uzatuvchi mexanizmi, elektr simi bo‘lgan kassetasi, boshqaruv pulti va o‘lchov asboblari, to‘g‘rilash moslamalari va ximoya gaz baloni, o‘ziyurar aravachaga (koretkaga) joylashtirilgan. Aravachani harakatga keltirish, kamaytiruvchi reduktor orqali elektr dvigateldan amalga oshiriladi. Traktor bevosita payvandlovchi mahsulot yoki yo‘naltiruvchisi bo‘lgan qo‘shimcha moslama orqali harakatlanishi mumkin. 4.1-rasm Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash Bu usulda qalinligi 2-100 mm gacha bo‘lgan po‘latlar, Cu, Al, Ti va ularning qotishmalarini payvandlashda keng foydalaniladi. Bunda elektr yoy, suqlanayotgan metall flyus qatlami ostida bo‘lgani sababli metall vanna havo gazlari (N2, O2 va boshqalar)ning zararli ta’siridan saqlanadi hamda yoy barqaror yonadi. Metall vannadagi temit oksididan temir qaytarilib va legirlangan sifatli choklar hosil qilinadi. Aynqsa jarayonning uzluksiz katta tezlikda kechishi ish unumini keskin oshiradi. 4.2- rasmda metallarni flyus qatlami ostida metall elektrod simlar bilan yoy yordamida uchma-uch avtomatik payvandlab chok hosil qilish sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, elektr yoy va elektrod sim 1 bilan asosiy metall 7 orasida yonib, u ajratayotgan issiqlikda elektrod sim uchi hamda asosiy metall va flyusning bir qismi suyuqlanadi. Yoyning yonish joyida erigan flyus bilan payvandlash vannasi orasida metall, flyus bug‘i va gaz bilan to‘lgan zona qosil bo‘ladi. Yoy esa vertikal holatdan payvandlash yo‘nalishiga teskari tomonga bir oz og‘adi. Ajralayotgan suyuq shlak metalldan engilligi sababli uning sirtiga ko‘tariladi. Shlakning issiqlikni yomon o‘tkazishi, flyus qatlami ostida bulishi va chok metllining sekin sovishi natijasida metall vanna unda erigan gaz va metallmas qo‘shimchalardan deyarli tozalanadi. Payvandlashda chok sirtidagi suyuqlanmagan flyusning bir qismi esa pinevmatik qurilma yordamida bunkerga surila boradi. CHok payvandlab bo‘lingach, uning sirtidagi shlak qatlami osongina ajratiladi. (4.1-rasm). Payvandlashda elektrod simni yoyga uzatish va uni chok bo‘ylab yurg’izish uzatish mexanizmi bilan avtomatikaviy holda bajariladi. Elektr toki esa elektrod-simga tok uzatgich orqali yuboriladi. Metallarni avtomatikaviy payvandlash tubandagi ikki xil avtomatlarda olib boriladi. 1. Payvandlash kallaklari (golovkalari) bilan; 2. Payvandlash traktorlari bilan. Payvandlash kallaklari qo‘zg‘almas bo‘lib, payvandlashda payvandlanadigan buyum ilgarilama yoki aylanma harakatlantiriladi. 4.2-rasmda payvandlash traktorining umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Avtomatik payvandlashning dastaki usulda payvandlashdan quyidagi avzalliklari bor: 1. Tok kuchining ancha kattaligi (300-2000A) va prosessning uzluksiz olib borilishi sababli ish unumining ortiqligi (10-25 marta). 2. Qoplamasiz elektrod-simlar ishlatilishi. 3. Vannaning flyus qatlamida himoyalanishi, metallning intensiv qaytarilishi, suyuq shlag hisobiga legirlanishi va chokning sekin sovib borishi hisobiga sifatining ortishi. 4.2-rasm Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash Jarayon nimadan iborat? Elektr yoy flyus qatlami ostida yopiq bo’shliqda yonadi. Ustidan yoy erigan shlak qatlami bilan, tagidan payvand vanna bilan chegaralanadi.. 4.3-rasm Bu usulning afzalliklari nima? Flyus ostida payvandlash yuqorii unumli (4-5 marta dastakiga nisbatan yuqori), jarayon oson avtomatlashtiriladi, chok sifati juda yuqori bo’ladi. Payvand zona atrof muhitdan yohpiq bo’lgani uchun chok yaxshi ximoyalanadi, flyus suyuq metallni sachrab ketmasligini ta’minlaydi, chok sekin soviydi, ichki zo’riqishlar kam bo’ladi. 2. Flyus оstidа yoy bilаn eritib qоplаsh. Bаjаrilish usuligа ko‘rа аvtоmаtik yoki yarim аvtоmаtik, ishlаtilаdigаn simlаr sоnigа ko‘rа esа bir elеktrоdli vа ko‘p elеktrоdli bo‘lishi mumkin. Flyus оstidа eritib qоplаsh uchun ishlаtilаdigаn simlаr kоnstruksiyasi bo‘yichа yalаng vа kukun to‘ldirilgаn, shаkligа ko‘rа dоirаviy hamda tаsmаsimоn bo‘lаdi (4.4 - rаsm). 4.4-rаsm. Flyus оstidа yoy bilаn eritib qоplаsh: а – elеktrоd tаsmа; b – ko‘p elеktrоdli. Metallarni flyus qatlami ostida yarim avtomatikaviy usulda payvandlash Bu usuldan qisqa, uzlukli va istalgan shaklli sifatli choklar bostirishda foydalaniladi. Bu usulning yuqoridagi tanishilgan avtomatik payvandlash usulidan farqi shundaki, bunda payvandlash elektrod-simini payvandchi qo‘lida zaruriy erga suradi. Yarim avtomatik payvandlashda shlang tipidagi apparatlardan foydalaniladi. 4.5-rasmda bunday apparatning umumiy ko‘rinishi keltirilgan. ETIBORIZ UCHUN RAXMAT