TOSHKENT SHAHRI KECHA VA BUGUN. • Toshkent Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 2) ni tashkil etadi. 01.01.2022 maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 860 511 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi. • Toshkent 2200-yildan ortiq tarixga ega. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch“ soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi“ toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan. Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch“ soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi“ toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan. SHAHARNING IQLIMI KONTINENTAL, JAZIRAMA, QURUQ YOZ KUNLARI HAMDA SOVUQ QISH IQLIMI BILAN SHAHAR BOSHQA DUNYO SHAHARLARIDAN AJRALIB TURADI. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati −25… −30 C° gacha boradi. Mustaqillik yillarida Toshkentdagi islom madaniyati obidalarining aksariyati, jumladan, Koʻkaldosh, Abulqosim, ayniqsa, Hazrati Imom mavzeida joylashgan Moʻyi Muborak, Baroqxon madrasalari qayta taʼmirlanib, ilgarigiday mahobatli manzara kashf etdi. Toshkentning eng gavjum qismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski joʻva, Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon (gʻalla) bozorlari joylashgan. TOSHKENT SHAHRI XARITASI