Uploaded by Mahmudov Mirzomasrur

Диплом олди амалиёти хисоботи Идеал

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
XUZURIDAGI
QO’QON NOSHIRLIK VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI
“YENGIL SANOAT BUYUMLARI
KONSTRUKTSIYASI VA TEXNOLOGIYASI”
MUTAXASSISLIGI
“03-20” YeSBKT GURUHI O’QUVCHISI
______________________________ ning
______________________________________ da o’tkazgan
(korxona yoki tashkilotning to’liq nomi)
DIPLOM OLDI AMALIYOTIDAN
HISOBOTI
Amaliyot rahbarlari:
Korxonadan: ____________
__________
(lavozimi)
(imzo)
________________
(FISH)
M.O’.
Texnikumdan: ____________
__________
(lavozimi)
(imzo)
Qo’qon – 2021 yil
2
________________
(FISH)
Reja:
1. Kirish
2. Korxona texnika xafsizligi
3. Korxona strukturasi bilan tanishish
4. Ishlab chiqarish korhonasi, tayyorlov tsexlari va xom-ashyo
omborlari
5. Tikuv tsexi bo’limi bilan tanishish
6. Namlab-isitib ishlov berish tsexi bilan tanishish
7. Pardoszlash tsexi bilan tanishish
8. Xulosa
3
1. KIRISH.
Mustaqil mamlakatimiz xalqini o’sib borayotgan moddiy ehtiyojlarini har
tomonlama qondirish masalasini hal qilishda tikuv ishlab chiqarish korxonalari
zimmasiga ham muhim vazifalar yuklaydi. Bu vazifalarni bajarish uchun kiyimni
ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish, tikuv korxonalarini eng
yangi jihozlar bilan ta’minlash talab qilinadi.
Hozirgi vaqtda tikuv ishlab chiqarish juda keng tarqalgan tarmoq bo’lib,
unda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning ilg’or vositalaridan,
komp’yuter texnikasidan, fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanilmoqda.
Xususiy tikuvchilikka keng yo’l ochib berilishi natijasida kichik va o’rta
korxonalar, hususan, boshqa shaharlarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish
uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimiz respublikamizning turli viloyat va tumalariga tashrif
buyurib, yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan
tanishdi.
Engil
sanoat
milliy
iqtisodiyotimizning
jadal
rivojlanayotgan
tarmoqlaridan biriga aylandi. Ayni paytda yengil sanoat tizimida zamonaviy
texnologiyalar va uskunalar bilan jihozlangan 300 dan ortiq korxona faoliyat
ko’rsatmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash,
yuqori malakali kadrlar tayyorlash, chet el investitsiyasini jalb etishga asoslangan
rivojlanish strategiyasi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport
hajmini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
«O’zbekengilsanoat» aktsiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish bosh
boshqarmasi boshlig’i SH.Sultonovning ta’kidlashicha, tarmoq korxonalari bir
yilda 490 ming tonna kalava ip, 296 million kvadrat metr mato, 96 ming tonna
trikotaj polotnosi, 271 million dona tikuvchilik-trikotaj va 71 million juft paypoq
mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Joriy yilning dastlabki uch oyida
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur’ati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 18
foiz oshdi.
4
Joriy yilning yanvar’-mart oylarida tarmoq korxonalari tomonidan 18
turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o’zlashtirilib, 178 turdagi yengil sanoat
tovarlari – 3,1 million kvadrat metr mato, 24 modeldagi 5,8 million dona tayyor
tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining o’sishi eksport hajmining kengayishi
bilan bog’liq. Bugungi kunda «O’zbekengilsanoat» aktsiyadorlik jamiyati
korxonalari mahsulotlari Yevropa, Osiyo, SHimoliy va Janubiy Amerikadagi 55
mamlakatga yeksport qilinmoqda. Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga
ko’ra, yeksport qilingan mahsulotlar miqdori 206,1 million dollarga yetdi. Bu
2015 yilning shu davriga nisbatan 6,2 foiz ko’pdir. SHu yilning oxirigacha
tarmoqda yeksport hajmini yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar amalga oshiriladi.
Matbuot anjumanida mamlakatimiz yengil sanoati ishlab chiqarish
salohiyatini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyatlarga ega yekani
ta’kidlandi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturi bu borada muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat
instituti har yili «Avtomatlashtirish va boshqaruv», «To’qimachilik sanoati
texnologiyasi», «Paxta sanoati texnologiyasi», «Engil va matbaa sanoati
texnologiyasi» kabi yo’nalishlarda 1000 dan ortiq mutaxassis tayyorlamoqda.
– Joriy yilda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida oliy o’quv
yurtimizda bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi o’tkazildi, – deydi Toshkent
to’qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori A.G’ulomov. – Unda
tarmoqning 50 ga yaqin korxonasi ishtirok yetdi. «Uztex» kompaniyalar guruhi,
«Rieter Uzbekistan» xorijiy korxonasi, «Alkim tekstil’», «Nonna tekstil’» kabi
korxonalar shular jumlasidandir.
Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi chog’ida viloyatda boshqa
sohalar qatori kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun keng
imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. Darhaqiqat, bugungi kunda
viloyatda yalpi hududiy mahsulotning 68,5 foizi kichik biznes sub’ektlari
hissasiga to’g’ri kelayotgani diqqatga sazovordir. Ular har tomonlama qo’llab5
quvvatlanayotgani tufayli mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi muttasil
o’sib bormoqda.
Namangan azaldan usta tadbirkorlar va mohir hunarmandlar shahri bo’lib
kelgan. Bu yerda ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, boshqa xalq
iste’moli mollari ko’hna SHarqning boshqa mintaqalarida ham dovruq qozongan.
Ammo yaqin o’tmishda olib borilgan noto’g’ri iqtisodiy siyosat tufayli
odamlardagi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik va izlanuvchanlik fazilatlari yuzaga
chiqishiga yo’l qo’yilmagan.
Bugungi kunda ko’plab fidoyi yurtdoshlarimiz qatori hamshaharlarimiz
orasidan ham o’z bilimi va kuch-g’ayratini sarflab, yangi korxonalar va ishlab
chiqarishlar tashkil etayotgan mulkdorlar safi kengayib bormoqda, — deydi uzoq
yillar bank sohasida faoliyat olib borgan mehnat faxriysi Tohirjon Xudoyberdiev.
— Ana shu sa’y-harakatlar natijasida shaharda boshqa tarmoqlar qatori yengil
sanoat ham yuqori sur’atlarda taraqqiy topmoqda. Ayniqsa, mazkur sohaning
kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi tarmog’i tez rivojlanmoqda.
Ayni paytda viloyat bo’yicha o’ttizdan ortiq kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlari tikuvchilik yo’nalishida ko’plab yangi texnika va
texnologiyaga asoslangan loyihalarni amalga oshirayotganliklari e’tiborga molik.
Ular orasida “Zamin Lyuks Tekstil’”, “Tekstil’ Libos”, “Lyuks Plyus servis”,
“Istiqlol dizayn markazi », “Mohinur liboslari”, “Faxr Tekstil’ Savdo”,
“Namangan kiyim sanoati”, “So’g’diyona fayz tekstil’” kabi korxonalar bor.
Mazkur ro’yxatning oldingi saflarida “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati
cheklangan jamiyati ham joy olgan.
6
2. KORXONA TEXNIKA XAFSIZLIGI
Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz
hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar
salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi
nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Tikuvchilik darslarida mashinalarni, dazmollar va qo'l asboblarini
Ishlatayotganda qoiga igna kirib ketishi, qoini nimadir kesib olishi,
mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o'rab ketishi,
dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yiizga tegishi
va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin.
Texnika xavfsizligi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga
qaratilgan chora-tadbirlar sistemasidan iborat. Sexlarda qo’lga igna kirib ketishi,
qo’lni nimadir kesib olishi, mashinalarning kiyim yoki sochni o’rab ketishi,
dazmol yoki presslarda biron joy ko’yib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib
yuzga tegishi natijasida ishlovchilar jarohatlanib qolishi mumkin. Texnika
xavfsizligi qoidalari noxushlik va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat
qiladi.
Qo’l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar quyidagi qoidalarga rioya
qilishlari lozim:
1.
Ish bajarayotganda ziyrak bo’lish kerak.
2.
Mashina asbob va moslamalarning ishga yaroqligini tekshirib turish
lozim.
3.
Simlarga ip, latta, simchalar osmaslik kerak.
4.
Tugma
qadash
mashinasida
ishlaganda
saqlash
ekranidan
foydalanish zarur.
5.
Elektr dvigatelni o’chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash,
mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi.
7
6.
O’z ish o’rnini toza tutish lozim. Asboblar sochilib yotmasligi,
qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’yilmasligi kerak;
7.
Ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’smaslik lozim.
8.
Elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyatsiyasini
tekshirish lozim.
9.
Dazmolning, rubilnikning, shtepsel rozetkasining, vilkaning tok
o’tkazuvchi qismlariga qo’l tekkizmaslik kerak.
10.
Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.
11.
Pressda ishlashda uning yaroqligini, to’siq borligini, korpusning
yerga ulanganligini, elektr qismida izolyatsiya borligini tekshirish kerak. Buzuq
pressda ishlash man etiladi.
12.
Qo’lni yostiqlari orasida qolishidan ehtiyot bo’lish lozim.
13.
Ishlayotgan pressni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
14.
Buyumni namlayotganda suvni apparatlarga va termorostlagichga
tushirmaslik kerak.
15.
Ish tugagach pressni to’xtatib, ish o’rnini yig’ishtirish kerak.
8
3. KORXONA STRUKTURASI BILAN TANISHISH
Korxona tarixi
9
4.
ISHLAB CHIQARISH KORHONASI, TAYYORLOV
TSEXLARI VA XOM-ASHYO OMBORLARI.
“Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda
Namangan viloyatidagi yetakchi tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalaridan biri
sanaladi. Korxona turkiya tizimi bo’yicha ishlab, o’zining sifatli maxsulotlarini
ichki va tashqi bozorda sotib kelmoqda. Korxona zamonaviy avtomatik loyihalash
qurilmalari, tikuv mashinalari, namlab isitib ishlov berish qurilmalari, bichuv
uskunalari bilan jihozlangan.
Korxona turkiya tizimi bo’yicha ishlab kelmoqda va quyidagi bo’limlardan
iborat:
1.
Boshqaruv bo’limi
2.
Savdo bo’limi
3.
Modelyer konstruktorlik bo’limi
4.
Bichuv bo’limi
5.
Tikuv tsexi
6.
Namlab isitib ishlov berish bo’limi
Tayyorlov bichuv tsexida ikki kishi ishlaydi, materiallarni o’rovidan ochish
ularni tikish, tashish uchun tayyorlash, bazi materiallarni dazmollash, ularni
nuqsonlarini aniqlash, ularni bartaraf etish yoki qaytarish bilan shug’ullanadilar,
materiallarni o’rovidan ochib namlab isitib ishlov berishga tayyorlash “MAS”
rusumli qurilmada bajariladi.
10
1-rasm. MAS rusumli materialni nuqsonini tekshirish uskunasi.
Bu uskunada material to’pi nuqsonlari tekshiriladi. Mazkur uskuna
materialni vallar orasidan o’tkazib taxlab boradi. Uskuna avtomatik tarzda
ishlamaydi. Ishchi materialni vallar orasidan o’tkazib, tortib qo’l yordamida
materialni vallar orasidan o’tkazadi. Uskuna har qanday qalinlikdagi gazlamalarni
o’tkazib taxlay oladi. Ishchilar qanday materillarni o’rovidan ochib taxlash ularni
bichuvga tayyorlashni buyurtmaga asosan bajarishadi. Buyurtmalar savdo bo’limi
orqali beriladi. Buyurtma qog’ozida buyurtmachining nomeri, buyurtma berilgan
muddat, mas’ul hodimlar imzosi, materiallar nomeri, furnituralar nomi, bajarilish
muddati , modellarning o’zgarishi kabi ma’lumotlar aks etadi. Ishchilar manashu
buyurtmaga asosan ishlarni bajarishadi. Buyurtmani muddatida bajarilish asosiy
masala hisoblanadi.
11
2- rasm. “MAS” rusumli qotirma va materialni dazmol uskunasi
(kirish qismi)
3-rasm. “MAS” rusumli qotirma va materialni dazmol uskunasi
(chiqish qismi)
12
4.1. XOM-ASHYO OMBORI
Korxona Turkiya va Xitoy davlatlaridan maeriallarni qabul qilib oladi.
Materiallar asosan pidjak, shim, kurtka, palto uchun sotib olinadi.
Korxona o’z maxsulotlarini sifatli ishlab chiqarishi uchun sifatli hom ashyo
furnituralar, qo’shimcha materiallar, zamonaviy asbob uskunalarni ishlatilishi
talab etiladi. “Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati turkiya va
xitoy davlatlari materilallari va furnituralarini shartnoma asosida ishlatib
kelmoqda. Korxona asosan pidjak va shimlarni ko’p miqdorda ishlab chiqaradi.
Ustki kiyim materiallari assortimenti yuzdan ortiq, furnituralar esa 150 dan
ortiq xilda ishlatiladi. Bundan tashqari qo’shimcha detallar 50 dan ortiq turdagi
mayda detallar ishlatiladi. Mazkur materiallar qalinligi, rangi, fizik-mexanik
hususiyatlari bilan tubdan farq qiladi.
4-rasm. Materiallar assortimenti va ularni saqlash joyi
Korxonaga materialllar keltirilgandan so’ng ularni omborda saqlanadi.
Materiallar omborida palkalarga joylanadi. Har bir palkadagi materiallarning turi,
rangi, artikuli bo’yicha joylashtiriladi. Omborda materiallar, iplar, furnituralar,
qo’shimcha detallar va astarlik materiallar saqlanadi.
13
4.2. Korxonaga olib kelinayotgan materiallarni qabul qilib olish tartibi.
Ishlab chiqarish partiyalarini tuzish.
«Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati ikkita katta
alohida tsexlardan iborat. Asosiy tsexda pidjaklar, erkaklar shimi ishlab
chiqariladi. Ikkinchi tsexda esa erkaklar kurtkasi va erkaklar paltosi tikiladi.
Materiallar ikkinchi tsexdagi katta omborga keltiriladi. Mazkur omborning
sig’imi juda katta bo’lib, materiallar zaxirasi vazifasini ham bajaradi. Bunda
ishlab chiqarishning materiallar tanqisligi muammosi kelib chiqmaydi.
Materiallar va furnituralarni qabul qilish bilan bitta hodim shug’ullanadi. Bu
hodimning vazifalari materiallarni vaqtida tsexga yetkazib berish, furnituralarga
buyurtma berishdan iborat. Korxonaga material kelganda hodim hammasini
tekshirib oladi. Uning rangi, artikuli, metri, pasporti, buyurtmaga to’g’ri kelishi
va boshqalarni tekshirib so’ngra qabul qilinadi.
6-rasm. Qabul qilingan materiallarni tekshirish va saqlash ombori
14
7- rasm. Ustki kiyimlar uchun zarur yorliqlar va etiketkalar to’plami
8- rasm. Tikuv iplari va ignalarni saqlash joyi.
15
4.3. Materiallarni saqlash tartiblari
Korxonaga materiallar furnituralar va kiyimlar uchun zarur mayda detallar,
iplar va ignalar juda katta miqdorda keltiriladi. Keltirilgan materiallar katta
omborga kelib tushadi. Katta omborda materiallar faqat saqlash va zahira
vositasini bajaradi. Materiallarni belgilangan tartibda saqlash, ketma-ket rangi,
artikuli, metri, ruloni, donasi bo’yicha joylashtirish bilan bitta hodim
shug’ullnadi.
Materiallarning
fizik
mexanik hususiyatlari.
Rangi
tuzilishi
o’zgarmasligi uchun ombordagi havo harorati muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Katta ombordagi hona harorati ±5-20 ºC gradusda taminlangan. Ombordan olib
chiqilgan material to’plari tsexlarga faqat buyurtma kelgandagina olib chiqiladi.
Bunda omborchi buyurtma hajmiga qarab bitta assortiment uchun sortni hisoblab
materialga buyurtma beradi.
№
№
Furnitura nomi
Furnitura nomi
1.
Material
2.
Astar
3.
Dublirin
4.
Flezirin
5.
Bortovka
6.
Bayka
7.
Bayka oldi
8.
CHo’ntak xalta kost
9.
Qog’ozli kley
10.
Strobeli kley
11. Podushka
12.
Tugma halta
13. Tugma kichik
14.
Ip MING LONG
15. Ip OLTIN BOSHOQ 100 li
16.
Ip KONAKS 100 li
17. Ip LOSTOCHkaga
18.
Veshilka
19. CHexol
20.
Sumka
21. Emblem-etiketga
22.
Yevropa printer qog’ozi
22. Yevropa siyohli qog’ozi
24.
Nakaleyka qog’oz
25. Nakaleyka siyoh
26.
Rabotekstga qog’oz
27. Pocha kley
28.
Zimbaga uk
29. Zilka uk kichk
30.
Podvorotnik
31. Meto qog’oz
32.
Meto siyoh
16
33. Sovun karishma
34.
Bo’r
35. CHizmaga qog’oz osti
36.
CHizmaga qog’oz ustki
37. Astar shim
38.
Belpoezd flizirin
39. Averlo kant 1 sm
40.
Averlo kant 2-6 sm
41. Zamok sbez
42.
CHo’ntak halta shim
43. Karsaj
44.
Tarlatan 1
45. Tarlatan 0.8
46.
Kryuchok
47. Qoplamaga ip
1-jadval. Bir dona kostyum shim uchun material furnitura, mayda detallar sarfi
miqdori (50- razmer erkaklar kostyum shimi uchun)
9-rasm. Materiallarni saqlash ombori
17
5.TIKUV TSEXI BO’LIMI BILAN TANISHISH
«Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati hozirgi kunda
eng zamonaviy modellashtirish jihozi va uskunalari bilan ta’minlangan. Bunda
korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlab bermoqda. Bichuv tikuv
jarayonlaridagi vaqat sarfi, chiqindi sarfi kabi ko’rsatkichlar pasayib bormoqda.
Konstruktorlik bo’limida Germaniyada ishlab chiqarilgan ASSYST
rusumli avtomatik loyihalash programmasi ishlatiladi. Mazkur dasturda ishlash
uchun kompyuterdan foydalanishni bilish talab etiladi.
Konstruktoirlik bo’limida ASSYST programmasi, Draving Board GTCO
Cal Comp /ASSYST/ ASTAS AS digitayzeri va Italiyaning ALGO TEX /Idea
Print/ plotterlaridan foydalaniladi. Yuqorida aytib o’tilgan uskuna dasturlar bilan
ishlash juda qulay, ishlab chiqarish samaradorligi yuqori va vaqt sarfini
kamaytiradi.
10-rasm. Draving Board ASSYST AS – digitayzer
18
11- rasm. Digitayzer ma’lumotlar yangilash oynasi
12. ALT da hamda konstruktor ishlash stoli
19
13-rasm. ASSYST dasturining andozalar bilan ishlash oynasi
14-rasm. ALGO TEX plotter
20
4.1. Bichuvchilarga topshiriq tuzish tartibi va usullari
Korxonaning tayyorlov bichuv tsexi alohida bo’lim hisoblanadi. Bichuv
tsexida bitta master nazorati ostida 20 dan ortiq ishchi hodim ishlaydi. Bichuv
stoli 5 donadan iborat bo’lib, bunda ustki kiyimlik materiallar alohida, astarlik
materiallar alohida, mayda detallar alohida kesiladi.
Kesish qiyin bo’lgan murakkab figurali mayda detallar lentali pichoq
mashinasida kesiladi.
Bichuvchilar buyurtmna qog’oziga qanday material, qandayt astarlik
materiallarini taxlashni ko’rib olishadi. Materiallarni rangi, modellarni razmeri,
nomeri, materiallarning nomeri buyurtma qog’ozida ko’rsatilgan bo’ladi.
To’shamaning qalinligi, qavati soni, materiallarni ustma-ust joylash plotterdan
chiqqan joylashma qogo’ziga qarab hisoblanadi.
15-rasm To’shama uchun joy tayyorlash jarayoni
21
16-rasm. Materiallarni taxlash jarayoni
17-rasm. Materiallarni kesish jarayoni
22
18-rasm. Kesilgan detallarni ajratish
19-rasm. Astarlik materiallarni kesish uchun tayyorlash
23
20-rasm Astarlik materiallarni kesish
4.2. Ishchi andozalarni tayyorlash usullari va qurilmalari
«Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyatida erkaklar ustki
kiyimlarini ishlab chiqarishda asosiy vazifasi muhim sanalgan jarayonlardan biri
bu kiyim andozalarini tayyolash va ularni ko’paytirish jararayoni hisoblandi.
Andozlar tsexning konstruktorlik bo’limida amalga oshiriladi. Andoza
tayyorlash qo’lda bajariladi. Andozaning qo’lda tayyorlanish sababi namuna
modelining birdaniga buyurtma bo’yicha aniq chiqmasligi va havflarni tez
bartaraf etishdir.
Qo’lda tayyorlangan andoza ASSYST digitayzeri yordamida nuqtalarni
belgilash
orqali
kompyuterga
yuklanadi.
Etalon
andoza
kompyuterga
yuklangandan so’ng nuqtalar aniqligi tekshirib chiqiladi. Andoza aniqligi
tekshirib bo’lgandan so’ng uni tikib ko’riladi, hatolari bartaraf etilib kompyuter
yoradmida ko’paytiriladi.
24
4.3. Bichish usullari va jihozlari
21-rasm. “DAYaNS” rusumli pichoqli kesish masinasi
22-rasm. Lenta pichoqli kesish mashinasi
25
23-rasm. Mayda detallarni kesish jarayoni
Bichuvchilar har bir sto’lda alohida alohida ishlasada, bu ishning tezroq
bajarilishi, ketma ketliklarning tezroq bajarilishi va buyurtmaning tezroq
bajarilishiga yordam beradi. Bichuv uskunalari zamonaviy, eng so’ngi rusumdagi
uskunlardir.
4.4. Ishlab chiqarish partiyalarini jamlash tartibi
Korxonadagi eng asosiy jarayon, muhim ahamiyatga ega bo’lgan tsex bu
tayyorlov – bichuv tsexidir, bu sohada xatoga yo’l qo’yilsa butun bir modelning
operatsiyalariga ta’sir qiladi. SHuning uchun bichilgan detallarning sifatini
nazorat qilish va razmerlarini ajratish ularni keying operatsiyalarga tayyorlash bir
kishining zimmasiga yuklatilgan.
Partiyalarda
buyurtmalarning
adashib
ketmasligi
uchun
ularni
nomerlanadi. Bu nomerlar 5 ta raqamdan iborat bo’lib bunda uning rangi artikuli
aks etgan bo’ladi.
26
4.5. Bichilgan detallarni siifatini nazorat qilish usullari
Bichilgan detallarning sifatini nazorat qilish bir kishi zimmasiga
yuklatilgan, bundan tashqari bichuv tsexi masteri ham detallarni nazorat qilib
turadi, bichilgan detallardagi nuqsonlar, noto’g’ri kesilganligi, razmerlarida
adashmaslik uchun tsex masteri javobgar hisoblanadi. Bichilgan detallar
razmerlarining o’shish tartibidan joylashtirilib keying operatsiya uchun maxsus
palkalarga joylanadi. Bichilgan detallar sonidan qatiy nazar bitta bitta ko’chirib
chiqiladi.
24-rasm. Bichilgan detallarni joylash polkasi.
27
4.6. Bichishda hosil bo’ladigan chiqindilarni qayta ishlsh usullari
Bichishda hosil bo’ladigan chiqindilar turlariga quyidagilar kiradi. Bular:
1.
Materialning eni bo’yicha chiqindilar
2.
Materilaning uzunligi bo’yicha chiqndilar
3.
Ratsional qoldiqlar
Bichuv tsexida ratsional ya’ni mayda detallarga ishlatish mumkin bo’lgan
qoldiqlar ham kiradi. CHunki detallar jamlanmasi kompyuterda bajarilganligi
sababli chiqindilar sarfi kamayadi, korxonada chiqindilar qayta ishlanmaydi.
Qoldiqlar va qog’ozlar yig’ib olinadi va u ham eksport qilinadi.
«Istiqlol dizayn markazi” korxonasi 5 ta tikuv tsexidan iborat bo’lib,
bularda kostyum-shim, palto, kurtka tikiladi. Maxsus assortimentlar barchasi
erkaklar uchun mo’ljallangan ustki kiyimlardir.
Tikuv tsexlaridagi uskunalar tikuv mashinalrida naqsh, yozuv, tikuv
mashinalari hammasi zamonaviy kompyuterlashgan, unumdorligi yuqori bo’lgan
uskunalar bilan jihozlangan. Tikuv tsexidagi JUKI, BROTHER, DUPKOPP,
ELVA kabi tikuv mashinalari aylanish tezligi, elektr to’ki sarfini kamligi kabi
ko’rssatkichlari yuqori hisoblanadi. Tikuv tsexining vazifasi bichilgan detallarni
buyurtma bo’yicha hatolarsiz sifatli qilib tikib borishidir. Mazkur tsexga bitta
master mas’ul hisoblanadi. TSexdagi
barcha operatsiyalar konveyr usulida
tikiladi. Konveyr usuli modelning tez fursatda tikilishini taminlaydi.
28
25-rasm. Erkaklar shimimni tikish tsexi.
Erkaklar shimi tikish tsexida 4 ta patok joylashgan bo’lib ajralmas uzviy
holda ishlaydi. Bu tsexda bitta master barcha ishchilar ustidan nazorat qiladi.
Ishchilarning kelib ketishi tikuv jarayoninig buzilmasligi, tikishdagi sifat va
barcha jarayonlarga javobgar hisoblanadi.
29
26- rasm. SHimning yon choklarini dazmollash joyi
27-rasm. “JUKI” rusumli bir ipli tikuv mashinasi
28- rasm. “DURKOOP ADLER” rusumli cho’ntak tikish mashinasi
30
28- rasm. “ELKA 900” rusumli yon chok tikish mashinasi
31
6. NAMLAB-ISITIB ISHLOV BERISH TSEXI BILAN TANISHISH
6.1. Namlab isitib ishlov berish ( pardozlash ) tsexi
Erkaklar ustki kiyimini ishlab chiqarishda namlab isitib ishlov berish
muhim operatsiyalardan biri sanaladi. CHunki ust kiyimdagi eng muhim
ko’rsatkichlardan biri bu kiyim shaklidir. Uning shakl hosil qilish, shaklni
ekspulatatsiya davridagi shakl saqlay olishi, undagi qo’llaniladigan namlab isitib
ishlov berish usuliga rejimlariga ketma-ketliklari uzviy bog’liq hisoblanadi.
Korxonada preslarni, dazmollarni, bug’ preslarni to’g’ri ketma-ketlikda
yo’lga qo’yish juda muhimdir. Istiqlol dizayn markazi masuliyati cheklangan
jamiyatida press dazmollarnig eng songi, unumdorligi yuqori bo’lgan turlari
o’rnatilgan. Mazkur namlab isitib ishlov berish bo’limi kostyum tikish bo’liming
pastki qismida joylashgan bo’lib u yerda pidjak oldi, yelka qismlai, old gavda
qismiga, shimni dazmollash uskunlari joylshgan.
6.2. NIIB tsexining ish tartibi, qo’llaniladigan jihozlar
29-rasm. Pardozlash tsexi
32
30-rasm. NIIB tsexidan chiqqan yarim tayyor maxsulotlar
31- rasm. “BRISAY” rusumli NIIB uskunasi
33
32-rasm. Pidjakning yelka qismiga NIIB uskunasi.
33- rasm. Pidjakning orqa qismiga shakl berish
34
34- rasm. SHimni dazmollash uskunasi
35- rasm. Pidjakning yoqa qismiga shakl berish
35
36-rasm. Pidjakning yelka qismlariga ishlov berish
37- rasm. Pidjak yengiga tugma qadash jarayoni
36
7. 7. PARDOSZLASH TSEXI BILAN TANISHISH
7.1. Qadoqlash tsexi va vazifasi
Har bir tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasida oxirgi jarayonlardan biri
bu qadoqlash jarayonidir. Tayyor maxsulotni qadoqlashda ham bir necha
ahmiyatli joylarga etibor berish zarur. Maxsulotning turiga qarab uning
qadog’ining materiali, salafan yoki karopkada, uning rangi, istemolochining
e’tiborini tortishi
bilan tayyorlangan qadoq muhim eng oxirgi jarayondir.
Korxona istemolchilarga xizmat ko’rsatishini yuqori bo’lishini ta’minlagan holda
maxsus setkalar, g’iloflar, paketlar bilan taminlaydilar va sifatini alo darajada
bo’lishiga intiladilar.
7.2. Buyumlarni qadoqlash usullari va jihozlari
Tayyor assortimentlarni qadoqlash jarayoni eng so’ngi operatsiya
hisoblanadi. Masalan namlab isitib ishlov berishdan chiqqan pidjakka yorliqlar,
etiketkalar, maxsus uskunalar yordamida qadab chiqiladi. Pidjakni qadoqlash
uchun g’ilof katta paket kerak bo’ladi. Pidjak ilinib ustiga g’ilof kiydiriladi va
buyurtmachiga yetkaziladi. Korxona o’zini maxsulotini reklama qilish
istemolchilarni jalb qilish maqsadida o’zining maxsulotlari assortimentini qadoq
qog’ozlariga tushirishni yo’lga qo’ygan.
7.3. Korxonada mexnat xavfsizligi, atrof-muhit muxofazasi tadbiri
«Istiqlol dizayn markazi” MCHJ Namangan shaxari , 1 kichik tuman,
Sportchilar kuchasi, 15 «a» uy joylashgan. Korxona axoli jich joylashgan
hududdaligiga qaramay ekologik, shovqin-suronsiz, atrof muxitni muxofaza
qilgan xolda ishlab kelmoqda.
Korxonadan axoli uchun zararli bo’lgan moddalar, himikatlar, bug’lar yoki
boshqa zararli moddalar chiqmaydi. Hajmi va quvvati jixatdan katta bo’lgan
uskunalar shovqinsiz ishlaydi. Bundan tashqari korxonaning ish faoliyati
davomida texnika xavfsizligi ishchilarni jarohatlanishi va mexnat faoliyatiga
zarar yrtkazmasligi puxta o’ylab, eslatmalar ishlab chiqilgan.
TSexdagi mavjud muammo va kamchililar va ularni bartaraf etish yo’llari
37
Korxona bir necha yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda «Istiqlol
dizayn markazi”
masuliyati cheklangan jamiyati ko’p yillik tajribalarga
asoslangan holda ko’p kamchiliklarni bartaraf etgan korxona hisoblanadi.
Korxona turkiya tizimida ishlayotganligi sababli maxsulotlarni juda tez
fursatda tayyorlashni yo’lga qo’ygan. Bu tizimda albatta kichik kamnchiliklar
uchraydi. Buyurtma berilganda u darrov bichilib tikiladi.
Bu tizimning kamchiligi: 4 ta shim uchun ham bir hil bo’lgan vaqt
sarflanadi. Bunda ishchilarning vaqti va ishlik maoshiga ta’sir qiladi. Bu
tizimning yutug’i maxsulotning tez muddatda chiqishidir.
Korxonada yangi texnika va texnologiyalarini joriy etish yutuqlari.
«Istiqlol dizayn markazi” MCHJ Namangan viloyatida qolaversa
respublikadagi yetakchi erkaklar ust kiyimini ishlab chiqaruvchi korkxona
sanaladi. Hozirda korxona o’z maxsulotlarin Rossiya, Qozog’iston davlatlariga
eksport qilmoqda. Maxsulotni assosiy oluvchisi bulib «O’zbekiston xavo yullari»
DAK, maxalliy korxonalar xisoblanadi. Maxsulotni umumiy xajni ulgurji turda
savdo tashkilotlariga sotiladi.
38
XULOSA.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsa “Istiqlol dizayn markazi” MCHJ Namangan
viloyatida qolaversa respublikadagi etakchi erkaklar ust kiyimini ishlab
chiqaruvchi korxona sanaladi. Hozirda korxona o’z maxsulotlarini Rossiya,
Qozog’iston davlatlariga eksport qilmoqda. Korxonaning hamma bo’limlari
zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bu esa ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar
dunyo bozorida raqobatbardosh bo’lishini taminlaydi.
Korxona o’z mahsulotlarini sifatli ishlab chiqarishi uchun sifatli hom ashyo
furnituralar, qo’shimcha materiallar, zamonaviy asbob uskunalarni ishlatilishi
talab etiladi. «Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati Turkiya va
Xitoy davlatlari materilallari va furnituralarini shartnoma asosida ishlatib
kelmoqda. Korxona asosan pidjak va shimlarni ko’p miqdorda ishlab chiqaradi.
Korxonaning texnologik jarayoni bilan tanishib chiqish bilan birgalikda xar
bir tsexning ish jarayonini o’rgandim. Misol uchun bichuv tsexida to’shamaning
qavatini chiqarishni, tikuv tsexida har patokka ish kiritish va patoklardagi buyum
tikish ketma ketliklarini va vaqt sarfini xisoblashni, dazmollash tsexida bug’ va
havo bilan ishlashni, qadoqlash tsexida ish jarayonini to’g’ri tashkil qilishni
o’rgandim. Men bu korxonada oliy o’quv yurtida olgan barcha bilimlarimni
amaliyotda ko’rib mustahkamlab oldim va kelajakdagi ish faoliyatimda albatda
o’z samarasini beradi deb o’ylayman. Yurtimizda bunday komplektlashtirilgan
engil sanoat korxonalarini yanada yangilarini qurilishini istardim.
39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakatimizni
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Toshkent
2017-yil
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev yurtimizda
amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, to’qimachilik va yengil sanoat
korxonalarida olib borilayotgan loyixalar bilan tanishish.
3.
M.SH.Jabborova. “Tikuvchilik texnologiyasi” T., O’zbekiston, 1994 yil.
4.
X.X.Samarxodjaev . “Tikuv korxonalar uskunalari”. T., O’qituvchi, 2001
yil.
5.
A.Ya.Truxanova. “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” Toshkent.: 1998
yil.
6.
“Texnologik jarayonlarni loyihalash” fanidan kurs loyihasini bajarish
yuzasidan uslubiy ko’rsatma. Namangan-2017
40
Download