Загрузил Shalola Razzakova

6-maruza

реклама
7-8- maʼruza. Zamonaviy o’quv jarayonida pedagogik nazorat.
Reja:
1. O’quv jarayonida pedagogik nazoratning prinsip, funksiya, shakl va metodalari.
2. Nazoratni tashkil etishda ta’lim oluvchilar xususiyatlarini hisobga olish.
3. Baholash faoliyati ta’lim (tizimi), o’quv faoliyati o’zini o’zi boshqarishni faollashtirish va
o’zini o’zi nazorat va refleksiya qilish ko’nikmalarni rivojlanirishni rag’batlantirish
taksonomiyasi.
Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, o’quv rejasi, dastur, darslik, o'quv jarayoni,
loyiha, loyihalashtirish prinsipi, dars loyihasi, model, texnologik xarita, darsga qo‘yilgan
talablar;
Respublikamizda ta’lim mazmunini modernizasiyalash bugungi kun talablaridan biridir.
Ta’lim mazmunini modernizasiyalash o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish
tizimini ham modernizasiyalashni taqazo qiladi.
Bo’lajak o’qituvchilarning kasb tayyorgarligini kuchaytirish, mutaxassislik va
ixtisoslikka doir fanlarni chuqur o’rganish orqali bilim, ko’nikma va malakalarini baholash
mavzusini amaliyotda qo’llashga o’rgatish masalasiga e’tibor kuchaydi.
Hozirgi vaqtda hech bir mutaxassis yo’q-ki, u o’z ish faoliyati mobaynida o’lchashlarni
qo’llamasa. Uning oldida turgan muammo qanchalik murakkab bo’lsa, o’lchashlarning ahamiyati
shunchalik salmoqli bo’ladi.
Ma’lumotlarga ko’ra, hozirda inson faoliyatining 3000 dan ortiq [40.21] sohasi aynan
o’lchashlar bilan chambarchas bog’liq ekan.
Xatto-Quroni Karimda ham “Bu dunyoda hamma narsani aniq o’lchov bilan yaratdik”deb
aytib o’tilgan.
Mashxur rus olimi D.I. Mendelev o’lchash xaqida shunday degan edi”. Xar bir fan, eng
avvalo o’lchash bilan boshlanadi” -deb o’lchashlarni ahamiyatini yanada yuqoriga ko’dargan.
Shunday ekan Respublikamiz umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan
o’qituvchilar soni 450327 nafar bo’lib, ulardan 68,1% (306487) ayollardir. Kasb-hunar ta’limi
sohasida 82,8 ming pedagog va muhandis-pedagoglar, Oliy ta’limda esa to’la stavkada 20
mingdan
ortiq
professor-o’qituvchilar
dars
berishmoqda»[31.55].Bugungi
kunda
mamlakatimizning 76 ta oliy ta’lim muassasasida 850 ta yo’nalish va mutaxassislik bo’yicha 300
mingdan ziyod talaba bilim olmoqda [11].
Ular zimmasida uluksiz ta’lim tizimida har bir o’quvchi-talabani to’g’ri va obyektiv
baholash vazifasi turadi. Ta’lim sifati o’quv muassasasining muvaffaqiyatli faoliyatini muhim
ko’satkichi, o’quv muassasasini ichki boshqaruv vazifalarining tizim hosil qiluvchisi
hisoblanadi.
Ta’lim sifati ta’lim oluvchilarning o’zlarini, jamiyatni, ta’lim buyurtmachilari talablarini
qondirishga qodir bo’lgan ta’lim natijalarining muhim jihati va xususiyatlari majmuasidir.
Talab etilgan darajadagi ta’lim sifati natijalariga ma’lum ijtimoiy pedagogik tizim orqali
erishish mumkin. Bu tizim quyidagi qism tizimlaridan tashkil topadi: DTS; Bo’lajak
mutaxassislar me’yoriy modeli; Ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari hamda
monitoringini quyidagi jadval orqali keltirishimiz mumkin.
O’qituvchi dars jarayonida o’qitayotgan fan dasturi bo’yicha bilim berish bilan birga
yangi ilmiy bilimlarni ham berib, o’quv jarayoninini reja asosida, boshqarib borish bilan birga
dars maboynida o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib, nazorat qilib boradi
va o’qish davomidagi bilim va ko’nikmasini, fikrlash qobiliyatini, olgan bilimlarini amaliyotda
qo’llash malakasini shakllantiradi.
Hozirgi kunda o’quvchi va talabalarning bilim (kasbiy bilim) va ko’nikmalarini baholash
ta’lim-tarbiya jarayonining zarur qismlaridan biri bo’lib, ta’lim jarayonini qay darajada to’g’ri
tashkil qilinganligi bilan uzviy bog’liqdir. Chunki o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini
baholash orqali ularni ta’lim jarayonining har bir bosqichida o’quvchi (talabani bo’lajak
mutaxassis) sifatida tayyorlashda erishilayotgan yutuqlar hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklar,
pedagog o’qituvchilar jamoasining faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish imkoniyatini
beradi.
Masalan bo’lajak o’qituvchilarni kasb-hunar kolleji o’quvchilarining kasbiy bilim va
ko’nikmalarini baholash jarayonining qanday tashkil qilinganligi, ularning ta’lim va malakaviy
amaliyot jarayonlariga munosabatlari, o’qish mativasiyasi, bilishga qiziqish va bilish faolliligi
hamda faoliyat jarayonida intizomlilik va mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarning shakllanishi
bilan bog’liqdir. Bunda pedagogik baholashning ahamiyati o’quvchilardagi kasbiy bilim va
ko’nikmalarni baholayotgan pedagoglarning murakkab faoliyati bilan belgilanadi. O’quvchining
kasbiy bilim va ko’nikmalarini baholash o’qituvchilarning eng murakkab vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Ma’lumki kasb-hunar kolleji o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarining
shakllanish samaradorligi ta’lim jarayonida zamonaviy (modernizasiyalash orqali) axborot
texnologiyalaridan foydalanilishi, darsliklar, o’quv qo’llanmalar va metodik ishlanmalarning
sifati hamda ta’lim mazmuning o’quvchilarga tushunarligi bilan uzviy bog’liqdir. Chunki bilim,
ko’nikma va malakalarini ob’ektiv baholash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish hamda
samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni beradi.
Afsuski, so’ngi yillarda, kasb-hunar kolleji o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini
baholash ancha subyektiv bo’lib, amalda o’quvchilarning yozma yoki og’zaki savollarga
beradigan javoblari bilan ularning amaliy vazifalarini bajarishlarida, ulardagi
shakllantirilayotgan kasbiy bilim va ko’nikmalarga nisbatan qo’yilayotgan talablarda, yo’l
qo’yilgan hatoliklarning ahamiyatini aniqlashda qator tafovutlar mavjud. Masalan, o’quvchining
bir savolga bergan javobi hamda bajargan amaliy ishi turli o’qituvchilar tomonidan turli
baholarga baholanish hollari ham kuzatilmoqda va xok.
Hozirgi kunda qo’llanilib kelayotgan balli baholash shkalasini soddalashtirilishi esa
o’quvchilarning bilish faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatib, ularda ta’lim olish va bilish jarayoniga
nisbatan nosog’lom munosabatni shakllantirishi, bilim olishga nisbatan mas’uliyatini pasayishiga
sabab bo’ladi.
Chunki rasmiy, mazmunsiz va qadrsiz baho o’quvchilarning ta’lim jarayonida erishgan
muvaffaqqiyatlarini tashxis qilishni talab qilmaydi, oqibatda pedagogik vositalardan yiroq
bo’lgan yo’llar bilan erishilgan va faqatgina tashqi ko’rinishidan muvaffaqiyatni «eslatuvchi»
natijaga erishiladi.
Biz kasb-hunar kollejlarida ta’lim samaradorligini tashhis qilishda miqdoriy va shkalali
baholashdan foydalanmaslik kerak demoqchi emasmiz.
Aksincha, o’quvchilar bilim va ko’nikmalarining miqdoriy va shkalali baholash
jarayoniga yanada differensial yondashish zarur, deb hisoblaymiz. Bunda baholash mazmunli
bo’lishi, abstrakt miqdorga emas, balki o’quvchi tomonidan bajarilgan ishning, uning izlanishlari
va faoliyati mahsulining sifati bilan belgilanishi kerak. Chunki kasbiy faoliyat jarayonida kichik
mutaxassislarning ishlab chiqarishdagi faoliyatlarining natijalari, maqsadga erishishdagi
intiluvchanlik, mehnatsevarlik, fidoyilik kabi fazilatlari qadrlanib, kollejdagi ta’lim jarayonida
olgan baholari deyarli «ishlamasligi» barchamizga ma’lum.
Ma’lumki, malakaviy amaliyotda, talabalar o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarining
shakllanishini nazorat qilish jarayonida, ularni kichik mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun zarur
bo’lgan, umumqabul qilingan va barchamizga tushunarli bo’lgan quyidagi yagona pedagogik
maqsadlar qo’yiladi:
’quvchilarning bilish faolligi va mantqiy tafakkurini shakllantirish;
’nikmalarni shakllantirish;
’quvchining o’z faolligini oshirish;
’quvchining o’zi bajarishi,o’zi mehnat qilishi,o’zi izlab topishi;
-birlaridan o’rganishga imkoniyat yaratish;
’qotish;
’z mulohazalarini bildirishiga imkoniyat yaratish;
’quvchini xato qilib qo’yishdan qo’rqmasligini (xato qilish va uni tuzatish xuquqiga
ega);
’zlari yechimini topishiga o’rgatish;
-birlari bilan hamkorlikda aloqa qilish;
’ulot davomida bola ustidan xukumronlik qilmaslik;
’quvchini majburlamaslik va qo’rqitmaslik, siquvga olmaslik;
’lmaslik, savol berish madaniyatiga rioya etish;
’zgalar fikrini hurmat qilish va o’zoro hurmat;
’rgatish;
’z vaqtida yordam ko’rsatish;
’quvchi guruhda javob berayotgan vaqtida uchraydigan ruxiy noxuщliklarning oldini
olish va xok.
Ammo, ko’p hollarda, ushbu maqsadlarga erishilganligini amaliyotda ko’rsatishlari
uchun o’quvchilar qanday vazifalar, topshiriqlar hamda mashqlarni bajara olishlari kerakligi
masalasi hozirga kunga qadar noaniqligicha qolmoqda.
Baholashning asoslanganligiga ta’sir qiluvchi boshqa omil-turli nazorat obyektlarining
mavjudligidadir. Amalda, agar ba’zi fan o’qituvchilari tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar xizmat
qilsa, boshqalari uchun o’quvchilarning nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish qobiliyatlari
hisobga olinadi va x.k. oqibatda kollejlarda o’quvchilar kasbiy tayyorgarligining turli tomonlari
baholanib, ularning kasbiy bilim va ko’nikmalarini nazorat qilish va baholashning xususiy
tizimlari yuzaga kelmoqda.
«O’quvchilarning bilimi va ko’nikmalarini baholashning nisbatan subyektivligi ushbu
tizimni nazorat qilish metodlarining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi oqibatidir. Ba’zi
hollarda kollej o’quvchilari bilim va ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini nazorat qilishda
o’zlashtirishga deyarli aloqasi bo’lmagan, alohida, ko’pincha o’zida ikkinchi darajali
ma’lumotlarni aks ettirgan elementlarni tekshirish orqali amalga oshirilishi ham mumkin.
Savollarning sifati, murakkabligi va ketma-ketligi ko’p hollarda o’qituvchi tomonidan intuitiv
holda belgilanadi. O’quvchilarni biron bir mavzuga oid bilim va ko’nikmalarini obyektiv
baholash uchun nechta nazorat savoli berish, qanday mashqlarni bajarishlarini nazorat qilish,
mashq va topshiriqlarni diagnostik vazniga asosan taqqoslash mumkinligi masalalari hanuzgacha
chuqur ishlab chiqilmagan» [39.89,91] deb ta’kidlaydi tadqiqotchilar N.G’ulomova,
D.Maxmudova va F. Quchqarovalar.
Hozirgi kunda kollej o’quvchilarining kasbiy bilim va ko’nikmalarni baholash hamda
nazorat qilishda ayrim o’qituvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan bir qator kamchiliklar, jumladan:
nazorat qilishda muayan tartibning yo’qligi;
nazorat shakl va metodlardan rasional foydalanmasligi;
nazoratning aksariyat hollarda didaktik maqsadga yo’naltirilmaganligi;
predmetni o’qitishda foydalanilayotgan materialning o’ziga xos xususiyatlari,
auditoriyada ishlash sharoitlari e’tibordan chetda qoldirilishi va xok.
Tajribali o’qituvchilarning fikricha, o’quvchilar kasbiy bilim va ko’nikmalarini
baholashning yangi texnologiyalarini qo’llash testlarning yangi modifikasiyalaridan, kompyuter
texnikasi va nazorat o’quv dasturlaridan foydalanish ta’lim jarayonini pedagogik monitoringini
samarali amalga oshirishni ta’minlaydi. Masalan, o’quvchilarning nazariy bilimlarini
aniqlashning mezonlari sifatida quyidagilarni olish mumkin:
’g’ri hal qilingan topshiriqlar soni;
’lash;
’lash;
ayonlarni o’zaro taqqoslash, umumlashtirish, ulardagi umumiy va xususiy
jihatlarni, o’xshashlik va tafovutlarni aniqlash;
’zaro bog’liqlik va qonuniyatlarni topish va tushuntira bilish.
Bundan tashqari, o’quvchilar kasbiy bilimini baholash mezonlari sifatida tizimlilik,
umumlashtirganlik, izchillik va mustahkamlik kabi tasniflarni ochish mumkin bo’lib, bular
asosida umumiy va maxsus ko’nikmalar kichik mutaxassislarning ishlab chiqarishdagi faoliyat
usullarini o’zlashtirishlarida kasbiy faoliyatlari sifatining texnik talablarga javob berishida,
mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarida namoyon bo’ladi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlarini to’g’ri
belgilash ta’lim jarayoni sifatini va shu yo’nalishda ularda ro’y bergan rivojlanishni o’zida
ifodalaydi hamda o’quvchilar o’zlashtirayotgan bilimlarning mazmunini, fanlararo bag’liqlikni
anglashlariga, shakllanayotgan kasbiy malaka va ko’nikmalarni mustahkamlanishiga, bu bilim va
ko’nikmalarning o’quvchilarni kelajakdagi kasbiy faoliyatlaridagi muvaffaqqiyatlari uchun
ahamiyatli ekanligini anglashlariga yordam beradi.
Baholash jarayonida, o’quvchilarni ta’lim jarayoniga faol yondoshishlarini ta’minlash
maqsadida, ular tomonidan bilim va ko’nikmalar sifatida o’zlashtirilayotgan ma’lumotlarning
ma’no hamda mazmuni orqali me’zonlarni belgilash mumkin. Ruxshunos B.G.Ananyev
amaliyotda o’quvchilar bilimini baholash mezonlarning ikki turi miqdor va sifat mezonlari
qo’llanilishini ma’lum qilib ularni shartli ravishda quyidagicha izohlaydi:
1. Miqdoriy mezonlar statistik metodlar yordamida tahlil qilish va hulosa chiqarishga
yordam beradigan intervalli shkalalar asosida qo’llaniladi. Mazkur mezonlar sifatida
o’zlashtirilgan o’quv materialining mustahkamlik koiffisiyenti olinishi mumkin.
2. Sifat mezonlari bevosita intervalli shkalada o’lchash mumkin bo’lmagan, lekin ushbu
shkala vositasida pedagogik hodisalar mazmunini tahlil qilishda qo’llaniladi. Sifat mezonlari
o’quvchining o’quv materialini bilish darajasi, o’quv materialini tushunish darajasi, o’quv
materialini hamda intellektual ko’nikmalarni egallaganlik darajalari asosida qo’llaniladi [12] deb
izohlaydi.
Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi, o’quvchilar olgan
(yoki olayotgan) kasbiy bilim va ko’nikmalar sifatini baholash mezonlarini ko’rib chiqishning
o’zi ta’limda ushbu muammoga umumiy yondoshuvning yetarli darajada ishlanmaganligidan
dalolat beradi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonining u yoki bu tarkibiy qismini o’lchash
(baholash) hisobiga uning samaradorligi ortishi mumkin. O’lchash esa, o’z vaqtida, mezonlar
mavjud bo’lgandagina amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashni maxsus
fanlarning o’quv materiallarini didaktik tahlil qilish orqali ham amalga oshirish mumkin. Buning
uchun o’quv materialini o’zlashtirish va o’rganishning muvofiq darajalari belgilanib, ular bir
tomondan o’quv materiali mazmunini va ikkinchi tomondan esa ta’lim jarayonida olinadigan
natijalarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Mana shunday yondashuv asosida bevosita
sinov jarayonida vazifa (yoki topshiriq) bajarilganida olinadigan natijalarga tayanib
o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari nisbatan obyektiv baholanadi.
O’quvchilar tomonidan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish sifati mutaxassislik bo’yicha
tayyorlanayotgan sohalariga oid vazifalarni bajarishlariga qarab baholanishi maqsadga muvofiq,
deb hisoblanadi. Bunda «vazifa» yoki «topshiriq» deganda ma’lum sharoitda, ma’lum kasbiy
faoliyat mahsuli, faoliyat natijasida maqsadga erishish tushuniladi. Masalaga bunday yondoshuv
natijasida o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini aniqlash faqatgina o’zlashtirishning muayan
bir darajasiga mos keladigan maxsus topshiriqlarni yechish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu
esa, o’z navbatida, o’quvchilarni baholashda foydalaniladigan didaktik testlarni tayyorlash jahon
andozalari talablariga mos ravishda amalga oshirilishini talab qiladi. Bunda testlar nafaqat
savollardan, balki turli mashq, vazifa va topshiriqlardan iborat bo’lishi, ularni bajarish
murakkabligi muayan baholarga mos kelishi talab qilinadi.
Hozirgi kunda bu muammoning ijobiy hal qilishini kasb-hunar kolleji o’quvchilarining
kasbiy bilim va ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini muntazam ravishda nazorat qilish
monitoringini olib borish hamda mehnat bozori talablari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda bu
jarayonga ayrim zarur bo’lgan tuzatishlarni kiritish imkonini beradi.
Amaldagi mehnat ta’limi mazmunining tahlili uni bozor munosabatlari talablari asosida
modernizasiyalash zaruratini qo’ymoqda. Mehnat ta’limini bozor munosabatlari talablari asosida
modernizasiyalash hozirgi kunda juda muhimdir. Shunday ekan ta’lim sifati natijalarini
modrenizasiyalash orqali bu muammolarni amaliy yechimini hal qilish mumkin.
Jamiyatning hamma jabhalaridagi “Modernizasiyalash” jarayoni ta’lim jarayoniga ham
ta’luqlidir. Ayniqsa o’quvchi-talabalarning bilimini baholashni hozirgi davr talablariga
mutanosib rivishda isloh qilish davr talabidir.
Magistrlik dissertasiya ishimizda «Modernizasiya» atamasi ishlatilgan. Modernizasiya
atamasi
manbalarda
quyidagicha
tavfsiflangan.
Masalan,
O’zbek
Milliy
ensiklopediyasida:“Modernizasiyalash (fransuzcha, moderne – eyen yangi, zamonaviy) – biror
narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish»
[34.43] -deb keltirilgan.
Yana “Modernizasiya” – so’zi keng ko’lamli tushuncha hisoblanib, manbalarda
modernizasiya tushunchasiga quyidagicha ta’riflar keltirilgan. Masalan: modernizasiya
(fransuzcha “moderniser” - zamonaviy) – ya’ni taraqqiyotning bosh omilidir [21.35].
Modernizasiya – (Fransuzcha modernizer -zamonaviy) – zamonaviylashtirish, hozirgi davr
talablariga mutanosib rivishda o’zgarishlarni amalga oshirish [7.100]. “Modernizasiya –
obyektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorga, texnik shartsharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish” [6.96] -deb tavsiflangan.
“Ta’lim jarayonida esa, modernizasiya – bu davr talablari asosida ta’lim mazmunini
tanlash, unga yangiliklar kiritish, qayta ishlash, aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish, uzviylik va
uzluksizlikni ta’minlash jarayonidir” [28.211] –deb ta’kidlaydi tadqiqotchi R.F.Safarova.
Ta’lim sifati deganda«Ta’lim jarayonining turli ishtirokchilari ta’lim muassasasi
tomonidan ko’rsatilayotgan ta’lim xizmatlaridan kutganlarining qanoatlantirilishi darajasi» yoki
“Ta’limda qo’yilgan maqsadga va vazifalarga erishish darajasi” [18.470] deb tavsiflaydi J.
Yo’ldoshev.
Ta’lim sifati natijasi deganda esa ta’lim jarayoning turli qatnashchilarini o’quv
muassasasi tomonidan ko’rsatilgan ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasi yoki ta’limda
qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi.
Sifat kategoriyasi insonning obyektiv reallikni bilishdagi ma’lum bosqichni ifodalaydi.
Bilish jarayonining dastlabki bosqichida obyekt subyekt oldida o’zining ayrim yoki bir necha
xossasi bilan namoyon bo’ladi. Bevosita hissiy idrokda sifat ko’plab xossalarning majmui tarzida
ko’rinish beradi.
Ta’lim sifati–ijtimoiy kategoriya hisoblanib,jamiyatda ta’lim jarayonining holati va
natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligini shakllanishi va
rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi. Ta’lim sifati ta’lim
muassasasining o’quv-tarbiyaviy faoliyatini turli qirralarini
Tavsiflovchi ko’rsatkichlar majmui orqali baholanadi.Ushbu ko’rsatkichlarga ta’lim
oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim mazmuni, o’qitish shakli va
uslublari, material-texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi.
Ta’lim sifati-inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda
foydalanish uchun zarur bo’ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir.
Bilim sifati – o’quv jarayonini tugatgandan so’ng olingan bilimlarning fundamentalligi,
yuqoriligi va ish jarayonida qanchalik kerakliligi bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sifati o’ta muhim, muammoli va dolzarb masala
hisoblanadi. Chunki, boshqa barcha ijtimoiy masalalar, siyosiy muammolar va iqtisodiy
ko’rsatkichlar aynan ta’lim sifati darajasiga bog’liq holda rivojlanadi. Qolaversa, ta’lim sifati
davlat va jamiyat taqdirini, butun insoniyat taqdirini belgilab beradi. Shu sabali ham ta’lim
sifatini -hayot sifati deb izohlash xato bo’lmaydi.
«Ta’lim sifati» atamasi quyidagi omillarga bog’liq holda turlicha ahamiyat kasb etadi:
oliy ta’lim ishtirokchilarining manfaatlari;
kirish ma’lumotlari, ta’lim-tarbiya jarayonlari, chiqish
ma’lumotlari, maqsad va vazifalar kabi tushunchalarning o’zaro nisbati;
baholanadigan akademik sohaning xususiyatlari yoki tavsifi;
oliy ta’limning tarixiy rivojlanish davri.
Shuningdek, ta’lim sifati atamasi quyidagi turli darajadagi aniqlanishlarga ham ega:
sifat – eng yuqori ko’rsatkich sifatida;
sifat – maqsadga to’liq erishilgan faoliyat shaklida;
sifat–yaxshilangan va takomillashtirilgan faoliyat shaklida.
Yuqorida keltirilgan «ta’lim sifati» to’g’risidagi aniqlanishlar ta’lim sohasidagi
islohotlarning tarixiy davriga bog’liq holda o’z afzalliklari va kamchiliklariga egadir.
Ta’lim sifati absolyut va nisbiy tushuncha sifatida qaralishi ham mumkin.
Ta’lim sifatining absolyut tushunchasida ta’lim muassasasining statusi, mavqyei va
ustunligini aks etishi nazarda tutiladi. Bunday ideal tushuncha ta’lim muassasasi imidjining
rivojlanishi va mustahkamlanishiga sharoit yaratadi va ta’lim sifati ko’rsatkichi bo’yicha eng
yuqori darajadagi ta’lim standartiga intilishini ifodalaydi.
Ta’lim sifati nisbiy tushuncha sifatida ham qaralishi mumkin. Bunda sifat ta’lim
xizmatning asosiy atributi (ajralmas qismi, asosiy xususiyati) deb hisoblanmaydi va ta’lim
jarayonini davlat ta’lim standartiga mos kelishi bilan baholanadi. Shu sababli ta’lim sifati nisbiy
tushuncha sifatida ikki xil ma’noda belgilanishi mumkin:
-ta’lim standartiga mosligi;
-ta’lim xizmati iste’molchilarining rasmiy talablariga mos kelishi.
Birinchi tushuncha ishlab chiqaruvchi (ta’lim muassasasi) nuqtai nazaridan sifatni
belgilasa, ikkinchisi esa iste’molchi, ya’ni ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sifatni
baholaydi.
Ta’lim sifatiga baho berishda ta’lim samaradorligi tushunchasini ham e’tiborga olish
talab etiladi. Ta’lim sifati va samaradorligi tushunchalarini aniqlovchi mezonlar bir-biridan
qanday farq qiladi?
Sifat – olingan natijaning maqsadga nisbati (yoki teskarisi), samaradorlik- olingan
natijaning xarajatlarga nisbati bilan baholanadi.
Ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini ko’rsatuvchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik ko’p
mablag’ sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik
yuqori bo’ladi. Ta’lim samaradorligini belgilashda eng optimal xarajatlar hisobida yuqori ta’lim
sifatiga erishish talab etiladi.
Ta’lim sifati, qolaversa o’quvchilar bilim sifatini aniqlash dolzarb pedagogic
masalalardan biridir. Bu haqda - I.A.Karimov “Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va
kompyuter texnologiyalari, Internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning
zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday
ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, lisey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila
hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz
lozim” [8], - deya ta’kidlagan.
Pedagogik tashhis bu o’quv jarayoni, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish,
shundan kelib chiqib, ma’lum o’zgarishlar kiritish vositasi sifatida qarash o’tgan asrning 80-90yillarida professor K.Zaripov, professor J.G’.Yo’ldoshevlar tomonidan ilgari surilgan. Jumladan,
J.Yo’ldoshev tahliliy tashxis ta’limdagi kamchiliklarni aniqlash va oldini olish, yordam
ko’rsatish tarzida xizmat qilishning amaliy tadbiqini ko’rsatgan bo’lsa, professor K.Zaripov
pedagogik tashxisga o’z mohiyatini ko’ra bilish jarayoni sifatida qarab, uning obyektlari ustida
tadqiqotlar olib borgan.
Tadqiqotchilar M.Axmedova maktabgacha yoshdagi bolalarning o’zlashtirish darajasini
aniqlash va tahlil qilish [36.204], S.Abdullayeva 6-7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga
tayyorgarlik darajasini aniqlashda test usulidan foydalanish, Begmatova N.X. Bog’cha
bolalarining bilimini baholashda multimediya texnologiyasidan foydalanishga [37.63,66] oid
tadqiqotlarni olib borgan.
O.V.Vorobeychikova esa “Bilimlarni nazorat qilishda testlarning o’rnini tadqiq qilgan”
[29], G.U.Matushanskiy “Bilim olganlikni nazorat qilish uchun pedagogik testlarni
loihalashtirishni [26]. o’rgangan”.
Yu.K.Babanskiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish jarayoni bosqichmabosqich amalga oshirilishi, har bosqichda ta’lim mazmuni va samaradorligini aniqlashda optimal
metodlardan foydalanish lozimligini ta’kidlaydi [14.216].
Ta’lim sifati natijalarini baholashni modernizasiya qilish orqali ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirishga, o’quvchi-yoshlarni kelajakda barkamol avlodlar sifatida bilimli,
yuksak intellektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslar sifatida tarbiyalashga erishamiz.
Oliy o’quv yurtlarida sifat menejmentini xalqaro mezonlar asosida standartlash bo’yicha
sezilarli o’zgarishlar yuz bermoqda ta’lim standartlarini yangi turlarini ishlab chiqib, ularni qabul
qilish va hayotga tadbiq etish hamda korxona va tashkilotlarda sifat menejmenti tizimini dolzarb
xolatida saqlab turish bu borada ko’zga ko’ringan ishlar deb bilsak bo’ladi.
Oliy o’quv yurtlarida ta’lim sifatini aniqlash jarayonida qo’llaniladigan baholash tizimi
ishlanmalarining tahlili Xalqaro standartlar tizimida qabul qilingan ISO 9000: 2000: “Sifat
talablariga qo’yilgan mansublik darajasi” mezonlari asosida amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq
bo’ladi.
ISO 9000 da ko’rsatib o’tilgan atamalar: Sifat-< amaliy ifoda >- talab va kutilgan
natijalarni qondirish;
Sifat -< texnik ifodasi >- talab va kutilayotgan natijalarga xos obyekt xususiyatlari albatta
nazardan chetda qolmasligi kerak.
Mavjud sifat menejmentini rivojlantirish va takomillashtirish, ta’lim jarayoning turli
tarkibiy qismlarini sifatini aniqlash bo’yicha yangi usul va algoritm ishlanmalarini yaratish,
shuningdek test sinovlari natijalarini va olingan ma’lumotlarni turli xilda bo’lishini hisobga
olgan holda, ekspert xulosalarini taxlil qilish kabi dolzarb masalalar bu sohada amalga
oshirilayotgan ishlar xajmini muhimligini belgilab beradi.
Ta’lim sohasining o’qitish faoliyatida sifat ko’rsatkichlarini belgilab beruvchi turli
mezonlar mavjud. Ishlab chiqarish korxonalariga qaraganda ta’lim muassasalari sifatini
aniqlashda maxsus metodik xususiyatlar yorqin gavdalanadi. Oliy o’quv yurtlarida ko’pgina turli
xildagi jarayonlar (ilmiy tekshirish, o’quv, moliyaviy, ishlab chiqarish, xo’jalik) davom etadi.
Ammmo sanab o’tilgan barcha jarayonlar yagona funksiya, ya’ni OO’Yu faoliyatining integral
natijasi bo’lmish ta’lim sifatini ko’tarish funksiyasiga qaratilgan. Ta’lim muassasasining
faoliyati mazmuni, yo’lga qo’yilgan ishlarni bosqichi, sifatni baholashda prioritet (ustunlik)
tanlash natijasida yakuniy ko’rsatkichlar turlicha bo’lishi tabiiy[16.114].
Talabalarni o’qitishda sifat darajasini tahlil qilish quyidagi mezonlar asosida amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi:
Abituriyentlar sifati – Abituriyent tomonidan ta’lim yo’nalishini qiziqish va shaxs
xususiyatlariga qarab to’g’ri tanlash. Bu borada quyidagi sifat ko’rsatkichlari tizimidan
foydalansa bo’ladi:
Abituriyentning psixofizeologik holatini baholash (kasbiy yaroqlilik va psixologik
testlari)
Abituriyentning bilimlarini baholash (qabul komissiyasining ma’lumotlari asosida
mazkur ko’rsatkich ma’nosi va darajasi aniqlanadi)
Abituriyentning jismoniy xolatini aniqlash (tibbiy komissiya tomonidan mazkur
ko’rsatkich ma’nosi va darajasi aniqlanadi)
O’qituvchilar faoliyatini baholash – o’qituvchilar faoliyati sifatini aniqlab beruvchi
ko’rsatkichlar tizimi:
Kasbiy xususiyatlar ko’rsatkichlari;
O’quv fani mazmunining sifatini aniqlash.
Tayyorlangan mutaxassislar sifati: OO’Yu da tayyorlangan sifati quyidagi parametrlar
bo’yicha aniqlanadi:
Davlat ta’lim standartlariga moslik darajasi;
Korxona va tashkilotlar tomonidan qo’yilgan talablarga moslik darajasi;
Mutaxassisdan talab etiladigan psixologik va psixofizeologik xususiyatlarga ega
bo’lishi . [42.19,23]
Talabalarni o’qitishda ta’lim sifati ko’tarish masalasini yechishda universal algoritm va
baholash uslublarini o’z ichiga qamrab olgan axborot texnologiyalaridan foydalanish zarur.
Ta’lim jarayonining va ayniqsa jarayonning sifat ko’rsatkichlarini miqdorini baholab
bo’lmaydigan tarkibiy qismlarni holatlarini aniqlashda ekspert baholashini usulini qo’llash eng
to’liq manzaraga ega bo’lishni ta’minlaydi. Talabalarning ta’lim sifati natijalarini baholash Oliy
ta’lim muassasasi va ish bilan ta’minlov(beruvchi)chi tashkilotlar vakillari ekspertlar sifatida
haqqoniy baholaganligidan so’ng uni monitoring qilib bo’lajak (ishlayotgan) kadrning sifatini
aniqlash mumkin.
Talaba va o’quvchilarga ta’lim berib ulardan bir xil natijani talab qilish ta’limning eng
qiyin muammolaridan biridir. Chunki bir-biriga aynan o’xshaydigan odamlar uchramaganidek,
talaba va o’quvchilarning bilimga chanqoqligi, intiluvchanligi, qobiliyatlari ham bir-biriga
o’xshamaydi. Shu sababli ta’lim sifatini baholashda tabaqalashtirilgan yondoshgan holda
baholash va yondoshish ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchi va talabalar guruxidagi bilim
darajalarini egallaganlikni quyidagi guruhlarni keltirishimiz mumkin:
Iqtidorli o’quvchi va talabalar guruhi;
O’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchi va talabalar guruhi;
O’zlashtirishi past o’quvchi va talabalar guruhi;
O’zlashtira olmayotgan o’quvchi va talabalar guruhi.
Bu singari o’quvchi va talabalarni hisobga olgan holda o’qituvchilar quyidagi jihatlarga
alohida e’tibor barishlari lozim:
Shu guruhlarga mansub bo’lgan o’quvchi-talabalarni tezkorlik bilan aniqlash;
Har bir guruh uchun alohida topshiriqlarni tanlash;
Shu guruhlar uchun alohida baholash mezonlarini ishlab chiqish;
Alohida test variantlarini tuzish;
O’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga muvofiq savol variantlarini tanlash va berish;
O’zlashtira olmayotgan va o’zlashtirishi past va o’rtacha bo’lgan o’quvchilarni
sekinlik bilan a’lo o’zlashtiradigan o’quvchi-talaba safiga yetkazishga harakat qilish va xok.
Pedagogika va pedagogik texnologiya fanining muhim belgilaridan biri ta’limning
maqsadini real, aniq va diagnostik (tashxisli) belgilash hamda o’quvchi (talaba)ning bilim
o’zlashtirish sifatini obyektiv baholashdir.
Pedagogik testlar, test topshiriqlarining mazmuniga ko’ra, odatda, quyidagi shakllari
ko’proq qo’llaniladi: yopiq test, ochiq test, moslikka va izchillikka oid testlar. Pedagogik testlar
boshqa shakllari (matnli, vaziyatli, zanjirli kabi)da ham bo’lishi mumkin.
Birinchi darajali testlar «Tanib olish» xususiyatidagi testlardir;
Ikkinchi darajali testlar «O’rniga qo’yish, tuzish» xususiyatiga ega bo’lgan testlar;
Uchinchi darajali testlarda asosan «Malaka»ni o’zlashtirish darajasi aniqlaydigan
testlar;
To’rtinchi darajali testlarda «Ijodkorlik»ni aniqlaydigan testlardir
Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanida insonning bilimlarni o’zlashtirishi va
shunga binoan uning idrok etish harakatlari tartibini o’ziga tushunishni ko’zda tutadigan bir
qator nazariyalar mavjud.
O’qitishning assosiativ-reflektorli konsepsiyasi bosh miyaning shartli refleksiv faoliyati
tasavvurlariga asoslanadi, persepsiya va assosiasiyalar o’rtasidagi munosabatlarni ochib beradi.
Ma’nosi shundaki, inson miyasi sezgi organlari signallarini yodga olibgina va voqyealar
o’rtasidagi bog’liqliklarni (assosiasiyalar) aniqlab olish va qayta tiklash qobiliyatiga ham egadir.
O’qish davomida assosiasiyalar muntazam o’zgarib boradi, qayta tashkil bo’ladi va
ma’lum mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’ladi, ular quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
O’quv materialini o’zlashtirish.
Uni tushunib olish, ichki bog’liqliklari va qarama-qarshiliklarini tushunishga yetkazib
borish.
Eslab qolish va xotirada saqlab qolish.
o’zlashtirganlarini amaliy faoliyatida qo’llash.
Quyidagi shartlarga amal qilgan holda o’qishda yuqori natijalarga erishish mumkin:
A. O’quvchi tomonidan o’qishga faol munosabatlarni shakllantirganda.
B. O’quv materiallarini ma’lum ketma-ketlikda berilganida.
C. Aqliy va amaliy faoliyat uslublarini Mashqlarda namoyish etish va mustahkamlash.
D. Bilimlarini amalda qo’llash.
Bu konsepsiyaning muhim vakillari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, S.L. Rubin shteyn, Yu.A.
Samarin va boshqalar hisoblanadilar.
Assosiativ-reflektorli konsepsiyasi doirasida tushunchalar shakllantirish nazariyasi ishlab
chiqildi, uning mazmuni o’qitish jarayoni olayotgan bilimlarini umumlashtirish va ma’lum
tushunchalar tashkil etish sifatida tushuniladi.
Tushunchalarni yuzaga keltirishga bolalarni aqliy harakatlar usullariga o’rgatish yo’li
bilan erishiladi – taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish.
O’rgatish faoliyati nazariyasi asoslari A.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontyev,
P.Ya. Galperin, D.B. Elkonin va boshqalar asarlaridan boshlangan.
Faoliyat nazariyasi alohida yo’nalishlarining ishlab chiquvchilari o’quv faoliyatining turli
tarkibiy qismlariga e’tiborini qaratganlar.
Shuni ta’kidlash lozimki, pedagog oldida hamisha tanlash turadi: ta’limni reproduktiv
ramkalar bilan chegaralaydigan “qattiq”identifikasiyalanadigan maqsaddan foydalanish zarurmi
yoki ta’limni qidiruv usulidan foydalanishga imkon beradigan ta’limning noaniqroq maqsadlarini
ifodalash maqsadga muvofiqmi. M.V.Klarin ta’kidlaganidek, biz ijodiy xarakterdagi
maqsadlarga murojaat qilishimiz bilanoq, ularning belgi(aniq o’quv natija)larini bir ma’noda,
to’liq obyektiv bayon qilish imkoniyati bir muncha pasayadi. O’qituvchining bahosi ekspert
tarzida bo’lib u ko’p jihatdan intuitiv bo’lib qoladi va uning madaniy darajasiga, ijodiy tafakkur
qilish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Shu boisdan ham “O’quv maqsadlarning “qattiq” xarakteri
bir muncha yumshatilishi zarur va ijodiy xarakter tipidagi maqsadlarni bayon qilishda ma’lum
hissa noaniqlikni bo’lishiga ko’nikishimiz kerak”.
Anashunday xollarda B.Blumning taksonomiyasiga muvofiq umumiyroq ta’lim
maqsadlaridan foydalanish zarur. “Taksonomiya” tushunchasi obyektlarning o’zaro tabiiy
aloqasi asosida qurilgan va iyerarxik (ko’p bosqichli) prinsip bo’yicha joylashgan obyetlar
kategoriyasi bayonini o’z ichiga oluvchi obyektlar klassifikasiyasi va sistematikasini ifodalaydi.
B.Blumning o’quv maqsadlari taksonomiyasi qo’yidagi jadvalda keltirilgan.(2-jadval).
Mazkur o’quv maqsadlar taksonomiyasi dunyoda eng ko’p tarqalganlardan biri
hisoblanadi. U test topshiriqlarini ishlab chiquvchilarga o’quv materiali elementini mazkur
taksonomiyadagi o’quv maqsadlari kategoriyasini biri bilan bog’lanishini aniqlashga imkon
beradi. Bu esa test topshiriqlari mazmunini izlash sohasini sezilarli darajada toraytiradi va turli
variantlarni ishlab chiqish uchun imkoniyatlar yaratadi.
B.Blumning taksonomiyasini qo’llash (identifikasiyalanadigan o’quv maqsadlarni
ifodalashda qiyinchilik tug’ilganda) umumiy o’quv maqsadlarni shakllantirishga imkon beradi.
B.Blum taksonomiyasidan foydalanib pedagog faqatgina maqsadni ajratib va
aniqlashtirib qolmasdan, balki ularni tartibga keltiradi. Maqsadlarni iyerarxik klassifikasiyasi
pedagog amaliyotchi uchun quyidagi sabalarga ko’ra muhimdir:
- kuchni bosh masalaga to’plash;
- aniq o’quv maqsadlar pedagogga o’quvchilarning umumiy ishida ularga oriyentirlarni
tushuntirishga, ularni muhokama qilishga, tushunish uchun oydin qilishga imkon beradi.
Test topshiriqlarini ishlab chiqishda B.Blum taksonomiyasidan ketma-ketlikda
foydalanishning turli variantlari mavjud. Ulardan birini yuqorida eslagan edik.
Identifikasiyalanadigan o’quv maqsadlarini ifoda qilishda qiyinchilik tug’ilsa B.Blum
taksonomiyasi bo’yicha o’quv maqsadlar kategoriyasiga o’tish zarur. Ammo boshqa variant ham
bo’lishi mumkin - dastlab B.Blum taksonomiyasini identifikasiyalangan o’quv maqsadlarini
ishlab chiqishni osonlashtirish uchun qo’llash zarur. Bu holda “bilim”, “tushunish”, “qo’llash”,
“tahlil”, “sintez” va h.k. kategoriyalarda umumiyroq o’quv maqsad aniqlanadi, keyin esa
ta’limning ko’zatiladigan natijasiga eng ko’p mos keladigan. fe’llar tanlab olinadi. [1]
O’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini loyihalash. Zamonaviy psixologikpedagogik fanlar erishgan yutuqlarga binoan istalgan o’quv jarayoni uchta bir-biri bilan bog’liq
qism (komponent)dan iborat:
1. Motivlar (M)
2. O’quvchining o’qish (o’zlashtirish) faoliyati (O’F);
3. O’quvchining bilish faoliyatini boshqarish (B). Boshqarish vazifasini muallim
yoki texnik vositalar bajaradi.
Demak, didaktik (o’quv) jarayonni (DJ) qo’yidagi formula tarzida ifodalash mumkin: DJ
= M+O’F+ B
O’quv jarayoni qismlaridan har birida (M,O’F,B) qanday pedagogik maqsad nazarda
tutilganiga qarab ta’lim-tarbiya jarayonining turli metodika (texnologiya)lar xosil bo’ladi.
Bunday metodikalar soni juda ko’p bo’lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya vazifasini yechish qo’lay
bo’lishi uchun mavjud texnologiya (metodika) lardan qay birini tanlash ma’lum mezonlar
asosida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, ta’limning maqsadi va o’quv jarayonlari
o’zaro bir-biriga aynan mos bo’lishi kerak: har bir diagnostik maqsadga ma’lum bir ta’limtarbiya jarayonida erishish mumkin va xar bir o’quv jarayonda erishish mumkin bo’lgan maqsad
qo’yilishi zarur. Pedagogik texnologiyalarning bir qismlarini ishlayotganda tabiatga moslik
prinsipi va o’quv jarayonini jadallashtirish prinsiplariga rioya qilinadi. Tabiatga moslik prinsipi –
ta’lim-tarbiya jarayonini o’quvchining bilim o’zlashtirish qobiliyati va aqliy kuchlari o’sishiga
ko’prok mos kelishini nazarda tutadi. Bolaning o’qishga bo’lgan hohish va qiziqishi ta’lim va
tarbiyaning tabiatga uyg’unligining ko’rsatkichi xisoblanadi.
O’quv jarayonining jadallik prinsipi didaktik vazifani tezrok va yuqorirok darajada
ruyobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko’prok samara olishni nazarda tutadi.
O’quvchining bilim o’zlashtirish tezligi (s) jadallik prinsipining ko’rsatkichi xisoblanadi.
Bixeviorizm ta’limotiga ko’ra o’zlashtirishning umumiy formulasi tubandagicha: S–R–P
Bunda S - stimul xarakat qilishga undovchi sabab yoki xarakat qilish lozim bo’ladigan
vaziyati; masalaning shartlari, savol, signal kabilar stimul bo’lishi mumkin; R – reaksiya, ya’ni
stimulga javob xarakati, savolga javob berish, masalani yechish, jismoniy xarakat kabilar
reaksiya xisoblanadi;
P - tug’riligini tasdiqlash, ma’qullash; ish-xarakat to’g’ri bajarilganini dalillash, stimulga
javob to’g’riligini ma’qo’llash; bu oddiy yoki ma’naviy rag’batlantirish yo’li bilan bildiriladi;
masalan, xayvonlar buyurilgan xarakatni tug’ri bajarsa, shirinlik yoki boshqa biror ozuqa bilan
rag’batlantiriladi;
bixevioristlarning fikricha odamga ta’lim berayotganda og’zaki ma’qo’llash, bazho
qo’yish; bosh, qo’l, ko’z xarakati bilan tasdiqlash kabilar shunga kiradi.
Nazorat:
ta’lim oluvchilarni bilim, ko’nikma, malakalarini (BMK) aniqlash,o’lchash va
baholashni anglatadi;
ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan qaytar aloqasini, ular tomonidan o’quv
materialini o’zlashtirish darajasi to’g’risidagi haqqoniy ma’lumotni olish, shuningdek kamchilik
va oraliqlarni aniqlashni ta’minlaydi.
Bir qancha nazorat turlari bo’lgan test nazoratini ko’rib chiqamiz. Test topshiriqlarini
tuzish ta’lim natijalarini ifodalash bilan o’zaro bog’liqlikda olib boriladi.Test topshiriqlar soni
unga ajratilgan nazorat turi va vaqtga bog’liq bo’ladi.
Mazmun bo’yicha test topshiriqlari rejalashtirilayotgan o’quv materialini o’zlashtirish
darajasiga mos kelishi zarur. B.L. Farberman tomonidan tavsiya etilgan bir qator misollarda
tushuntiramiz.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini 2005 yil 21-feraldagi
34-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish nazorat qilish va
baholash tartibi to’g’risida Nizom”
Tavsiya etilgan o'qish ro'yxati
- Ананьев Б.Г. Психология педагогической оценки. - В кн.: Труды Института по
изучению мозга им. В.М. Бехтерева, IV. - Л., 1935.
- Зимняя И.А. Педагогическая психология. - М., 2000.
- Немов Р.С. Психология: В трех томах. - М., 1999.
- Педагогика: педагогические теории, системы, технологии. Учебное пособие/Под
ред. Смирнова С.А. - М., 1998.
- Талызина Н.ФЙ. Педагогическая психология - М., 1998.
- Шишов С.Е., Кальней В.А. Школа: мониторинг качества образования. - М., 2000.
Скачать