Fan bo`yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari Talabalarning amaliy, tajriba mashgulotlari va mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarishi (tegishli tajriba ishlarini to`liq yozgan, bajargan va xisobotini tuzganligi, amaliy mashg’ulotda masalani to`g’ri echa olishi inobatga olinadi), shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan 5 ballik tizim asosida baholab boriladi va oraliq nazoratni baholashda inobatga olinadi. Oraliq nazorat o’quv semestri boshlangandan so’ng, 10 - xaftada yozma shaklda amalga oshiriladi. Yozma ishda ikkita nazariy va bitta masala beriladi va talaba 5 ballik tizim bo’yicha baholanadi. Ikkinchi oraliq nazorat fan tugashi xaftasida test ko’rinishida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida test shaklida o’tkaziladi. Test savollar soni 30 ta bo`lib 5 ballik tizimda baholanadi. Bunda 27 va undan ortiq to`g’ri javob 5 ball, 22 – 27 ta to`g’ri javob 4 ball, 18-21 ta to`g’ri javob 3 ball, 18 tadan kam javob berilsa 2 baxo bilan baholanadi. Baholashda quyidagi mezonlarga amal qilinadi: - Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushoxada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a`lo) baxo; - Talaba mustaqil mushoxada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda- 4 (yaxshi) baxo; -Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baxo; -Talaba fanning (mavzuning) moxiyatini tushunmaydi xamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (konikarsiz) baxo bilan baxolanadi.