Загрузил Muxiddin Tajibayev

Толлибоев Д. - ЖизПИ (01)

реклама
AYOL - YARATGANNING TENGSIZ MO‘‘JIZASI
Tolliboev Dilshod Muxammadievich
Jizzax politexnika instituti
O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy
fanlar kafedrasi assistenti
+99899 556-11-43
jizpiarm@mail.ru
Annotatsiya: Maqolada adabiyot-odobiyatning insonlar hayotidagi,
ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, undan inson
tafakkurining boyishi, axloqan ma’nan kamol topishi, iymon-e’tiqod sabog‘ini
olishi haqidagi ma’lumot bilan tanishasiz.
Kalit so‘zlar: Urf-odatlar,
bilim, ibrat, adabiyot, yosh avlod, milliy
qadriyatlar, iymon
Ayol zoti o‘zining nafosati va latofati, muhabbati va sadoqati, onalik
mehri bilan tom ma’noda YAratganning tengsiz mo‘‘jizasidir.
Vatanga muhabbat- bu balandparvoz so‘z emas! Aslida bu, baxt topgan
ostonangiz - oilangizga, sizni elu-yurtga qo‘shgan urf-odatlar, udumlar - milliy
qadriyatlarga, siz yugurib o‘sgan tuproq, otangiz ekkan va siz bilan birga
ulg‘aygan daraxt, onangiz tebratgan beshikka bo‘lgan muhabbatdir. Faqat buni
his qila bilish kerak, xolos. Aytaylik, ovqatga oila boshlig‘idan oldin qo‘l
uzatmaslik, tongda va ko‘chadan qaytganda kattalarga salom berish, yoshi
ulug‘larga hurmat, to‘y-ma’rakalarda ota-onalarning ulug‘lanishi-yu, mehroqibatning targ‘ib qilinishi- bularning bari milliy qadriyatlardir. Milliy
qadriyatlardan uzoqlashish- bu, eldan chiqish degani. Eldan chiqish esa,
iymondan voz kechish demakdir. Iymondan voz kechish esa, biz muddaoga
kelishdan oldin yuqorida ta’riflagan tuyg‘ular - go‘zallik, ezgulik, mehrmuhabbat, milliy g‘ururdan voz kechishdir.
Aslida insonni el bilan birlashtirib turadigan narsa nima? Albatta, ming
yillardan beri sayqallanib, shakllanib, ajdodlarimizdan etib kelayotgan,
qadriyatga
aylangan
milliy
urf-odatlar,
ko‘nikmalar,
to‘yu-ma’rakalar,
bayramlardir. Eldan ayrilgan odam mana shu qadriyatlardan ham ayriladi. El esa
o‘zi ardoqlab, avaylab, qadrlab qadriyat darajasiga olib kelgan boyliklaridan
hech qachon ayrilmaydi. Birgina Navro‘zni olib ko‘ring-a. Eskilik sarqiti
sifatida unga har qancha tahdidlar, tazyiqlar bo‘lishiga qaramasdan el uni asrab
qoldi. Bunday qadriyatlar millatning birligini ushlab turadi. Ayollarimizni
boshqa diniy oqimga jalb qilish niqobi ostida ular amal qiladigan milliy urfodatlar, qadriyatlaridan ayirish, ana shu birlikka - milliy birlikka bo‘lgan
tahdiddir.
Kitob - adabiyot muqaddas narsa. Adabiyot-odobiyat, insonlarning necha
ming yillik tajribalarini o‘z bag‘riga jo etgan ulug‘ mehrob. Undan inson
tafakkuri boyiydi, axloqan ma’nan kamol topadi, hayot darsini o‘qiydi, iymone’tiqod sabog‘ini oladi.
Adabiyotning oltin ko‘prigidan kitobxon qalbiga quyilib kiradigan
ma’naviy ziyoning cheksiz qudrati haqida gap ketar ekan, yaxshi asarlarning
asrlar osha inson bilan ezgu, oshno bo‘lib kelishining sababi ularning bir tirik
vujud kabi o‘z ruhi, jozibasi va tarovatiga ega ekanligida, degan xulosaga
kelamiz.
YUksak mahorat, sehrli joziba, betakror talant mahsuli bo‘lgan badiiy
yaratiqning ajib bir mehrigiyosi bo‘ladiki, bu yaratiq endi makon va zamon, elat
va millat kabi chegara va tushunchalarni tan olmaydi. Hamma zamonlarda ham,
hamma davrlarda ham bunday asarlarning o‘z o‘quvchisiga aytar so‘zi bo‘ladi.
Umuman, kitob mutolaasi davomida tilimiz, dinimiz, urf-odatlarimiz
yaqinligi uchun ham avar ayollari bilan o‘zbek ayollari orasi mushtarak
sifatlarning talayini kashf etib boraverasiz.
Kitobda g‘oyat mahzun, ta’sirchan, ayni paytda ibratli bir lavha bor. Bu til
masalasida.
SHuning uchun ham bugungi kunda yoshlarning qalbi va ongida axborot
immunitetini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday immunitetni
shakllantirishda oila, mahalla va maktab institutlarining ahamiyati beqiyos.
Bugungi globallashuv zamonida yoshlarning qalbi va ongini egallash
uchun misli ko‘rilmagan darajada kurash bormoqda. Bunday kurash hayotning
turli sohalarida namoyon bo‘lmoqda. Bunday xatarning ta’sirini avvalo axborot
sohasida kuzatish mumkin. CHunki bugungi kunda axborot oqimi kirib
bormagan biron-bir nuqta yoki manzilni topish qiyin.
Biz
ma’naviyat,
axloq-odob
deb
ko‘p
gapiramiz,
lekin
bu
tushunchalarning tub ma’nosini bilmasak, ularning hayotda naqadar zarurligini
tushunmasak, bu e’tiqod mavhumligicha qolib ketaveradi. Axloq insonning
dunyoqarashi, xulqini belgilovchi insoniy fazilatdir. SHu bois dunyoqarash
o‘zgarmaguncha inson ham o‘zgarmaydi.
Farzandlarimizda ma’naviy immunitet hosil qilish uchun esa ularga o‘z
xarakteri, irodasi, qarashlariga tanqidiy munosabatni, o‘z – o‘zini tarbiyalashni
o‘rgatishimiz kerak.
Bolaga insoniy munosabatda bo‘lish, uning ichki dunyosini o‘rganish,
qayg‘usiyu shodligiga sherik bo‘lish tarbiyaning to‘g‘ri bo‘lishiga xizmat qiladi.
Kishida bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning maqsadlari shunchalik
ahamiyatlidir, natijada inson bu bilimga erishishning to‘g‘ri yo‘llarini tezroq
anglaydi va dadilroq harakat qiladi.
To‘g‘ri tarbiya o‘z oldiga bolaning qobiliyatini yo‘q qilib tashlashni emas,
balki uni har tomonlama rivojlantirish, shakllanib kelayotgan inson irodasi,
xarakterini mustahkamlash vazifasini qo‘yadi. Buning uchun o‘ziga xos
pedagogik usullardan foydalanishimiz lozim. Bu mas’uliyatli, sharafli ishni oila,
maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim
ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy tizim miqdor samaradorligini aniqlashda maktab ma’muriyati,
sinf rahbarlari, maktab psixologlariga katta mas’uliyat yuklaydi.
Har bir tarbiyachi - o‘qituvchi uchun o‘quvchining yaxshi xulqini bilishi
uning keyingi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Tarbiyalanganlik
darajasini aniqlash esa o‘quvchilarning kamchilik tomonlarini tuzatishga
yordam beradi. O‘qituvchi-tarbiyachi bolaning hayot tajribasiga tayangan holda
ish tutib ularni sekin-asta yangi talablarga rioya qilishga o‘rgatadi. O‘quvchilar
o‘qituvchiga, uning so‘zi, xulq-atvori, bahosiga katta ishonch bilan qaraydi, hatti
– harakatlari va munosabatlarini diqqat bilan kuzatadi. Bu kuzatuvlar asosida
bolada to‘g‘rilik, adolat munosabatlar haqidagi tasavvurlar jonlanadi. U
o‘qituvchiga taqlid qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Vaqtli matbuotdagi ma’lumotlar
2. Ish faolitidagi tajribalar
Скачать