Uploaded by BEKZOD KODIROV

MA'RUZALAR MATNI

advertisement
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG'ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“ARXITEKTURA VA QURILISH” fakulteti
«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA
KONSTRUKTSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH»
kafedrasi
“LOK-BO'YoQ MATERIALLARI TEXNOLOGIYaSI”
fanidan
MA’RUZALAR KURSI
(5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab
chiqarish,
5341800 – Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
yo'nalishlari bo'yicha taxsil olayotgan talabalar uchun)
Institutning uslubiy
kengashida tasdiqlangan
№ _____ majlis bayoni
______________2021y.
Farg’ona – 2022
Mazkur Ma'ruza matnlari 5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini
ishlab chiqarish, 5341800 – Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
yo'nalishlari bo'yicha taxsil olayotgan talabalar uchun yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan
talabalarga mo'ljallangan bo'lib, ularga lok-bo’oq materiallarining turlari, xossalari, ishlab
chiqarish texnologiyasi va qo'llanilishi bilan bog'liq bo'lgan bilimlarni beradi.
_________2022y. kafedra
yig'ilishida tasdiqlangan
(№________ majlis bayoni)
“Qurilish materiallari, buyumlari va
konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” fakulteti
uslubiy komissiyasi tomonidan tasdiqlashga
tavsiya etilgan (_______________2022y.
№______ majlis bayoni)
Tuzuvchilar: t.f.n.dots.Tojiyev R.R.
assis. Кodirov B.X.
Taqrizchi: t.f.n., dots. Ergashev M.M.
MUNDARIJA
Bet.
Kirish. “Lok-bo'yoq materiallari texnologiyasi” fanining ahamiyati, uning
boshqa fanlar bilan bog'liqligi
Lok-bo'yoqlar tarkibi, klassifikatsiyasi va asosiy xossalari
Lok-bo'yoqlar tarkibi
Boglovchi moddalar
Pigmentlar
To’ldiruvchilar
Moyli bo'yoqlar
Loklar va emalli bo'yoqlar
Moy-smolali loklar
Bitumli yoki asfaltli loklar
Suv-dispersiyali bo'yoqlar (latekslar)
Ohakli bo'yoqlar
Sementli bo'yoqlar
Silikatli bo'yoqlar
Yelimli bo'yoqlar
Kazeinli bo'yoqlar
Kukunli bo'yoqlar
Lok-bo'yoq ishlab chiqarishning turlari
Ishlab chiqarishning klassifikatsiyasi
Ish rejimi (tartibi) va ish vaqti fondlari
Asosiy va yordamchi ishchilarning me'yoriy soni
Qurilmalar va ishchi o'rinlarning hisobi (bo'yash sexi misolida)
Ishchi kuchga ehtiyoj hisobi
Lok-bo'yoq ishlab chiqarishni tashkil etishning usulllari
Lok-bo'yoq ishlab chiqarishda joylashtirish bo'yicha asosiy yechimlar
Bo'yash tsexlari va bo'limlariga qo'yiladigan texnik talablar
Bo'yash sexlarida texnologik qurilmalarni joylashtirish me'yorlari
Qoplamalar olishdagi qurilmalarga qo'yiladigan talablar
Xom ashyo materiallari sarfini me'yorlashtirish
Lok-bo'yoq materiallar va plyonka hosil qiluvchi moddalar sintezi uchun xom
ashyo va materiallari sarfini me'yorlashtirish
Qoplamalar olinishida lok-bo'yoqlarning sarfini me'yorlashtirish
Buyumlarga lok-bo'yoq materiallarining me'yoriy sarfini aniqlash
Lok-bo'yoq materiallari me'yoriy sarfini hisoblash uslubi
Elektroenergiya, siqilgan xavo, suv bug'i va suvlarning sarfini me'yorlashtirish
Ventilyatsiya
Ventilyatsiya tizimi hisobi
Sifat nazorati
Ishlab chiqarishni yong'in, portlash va yonib-portlash xavfsizligiga ko'ra toifalash
Binolarga yong'in xavfsizligi bo'yicha qo'yiladigan talablar
Moddiy va issiqlik balanslari tuzish va hisoblash metodikasi
Moddiy balanslarni tuzish tamoyillari
Issiqlik balanslarni tuzish tamoyillari
Hisob-kitoblarga doir misollar
1 – MA’RUZA
MAVZU: KIRISH.
MA’RUZA rejasi:
1.1
“Lok-bo'yoq materiallari texnologiyasi” fanining ahamiyati, uning boshqa fanlar bilan
bog'liqligi
1.2
Lok-bo’yoq materiallari sanoatining tarixiy taraqqiyot bosqichlari.
1.3
Lok-bo’yoq materiallari va buyumlarining xalq xo'jaligidagi ahamiyati.
Sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o'sib borishi qurilish materiallariga, jumladan lokbo'yoq materiallariga bo'lgan extiyojni yanada oshirmokda. Bunday materiallar qurilish
materiallarining tashqi ta'sirlarga bardoshliligini, sifat ko'rsatkichlarini va tashqi ko'rinishini
yaxshilashga xizmat qiladi. Shuning uchun lok-bo'yoq materiallari hamda ularni ishlab chiqarish
texnologiyasi, ularning tarkibini bilish va o'rganish har bir arxitektura soxasidagi mutaxassis
uchun muhimdir. Shu bilan birga, mutaxassislar quyidagilarni yaxshi bilishi lozim:
a) lok-bo'yoq materiallari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyolar;
b) lok-bo'yoq materiallari ishlab chiqarish jarayoni;
v) lok-bo'yoq materiallarining xossalari;
g) tashish va saqlash usullari;
d) lok-bo'yoq materiallarini qurilishda, kerakli joylarda ishlatilishi;
e) lok-bo'yoq materiallarini tejash yo'llari;
j) lok-bo'yoq materiallarini sarf me'yorlari;
z) qisman bo'lsada ishlab chiqarish texnologiyalari to'g'risida
Zamonaviy lok-bo'yoq ishlab chiqarishni loyihalash tashkiliy-texnik masalalar majmuasini
hal yetishni o'z ichiga oladi.
Turli xil ishlab chiqarish binolarining joylashuvi va qurilish tuzilmalariga qo'yiladigan
maxsus talablar ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan alohida binolarning arxitektura va qurilish
yechimlariga va korxonaning bosh rejasi bo'yicha o'zaro joylashishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Loyihalashda asosan lok-bo'yoq materiallari ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy
samaradorligini belgilovchi ishlarni tashkil etishga katta e'tibor berish lozim. Lok-bo'yoq
materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish yoki bo'yoq ishlarini bajarish usulini tanlash,
bo'yashning alohida bosqichlarining texnologik ketma-ketligi, bo'yoq texnologiyasini buyumlar
sirtini tayyorlash va ularni tayyor mahsulotga yig'ish texnologiyasi bilan to'liq moslashtirish
faqat texnik muammolarni hal qilishdan oldin diqqat bilan o'ylanishi kerak. Lak-bo’yoq
mahsulotlari sifatiga qo'yiladigan talablar:
 mahsulotlar va yetkazib beruvchilarning lentasini yanada aniqroq qurish uchun
 bo'yoq va bo'yoq materiallari va bo'yash, rivojlanishni talab qildi
 va yangi materiallarni ishlab chiqarishga joriy etish, yuqori ishlash
 texnologik va transport uskunalari.
Mexanizatsiyalashgan binoni usullari, sun’iy quritishdan foydalanish, yuqori elektr
iste'moli, bug' va siqilgan havo bilan samarali avtomatlashtirilgan uskunalardan foydalanish
binonolarni yong'in xavfi oshdi va butunlay alohida olov-dalil binolar yoki alohida binolar,
ularni ajratish talab qildi.
Yuqori sifatli bo'yalgan mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqaradigan yirik korxonalarda
ko'pincha bo'yash ishlari bir necha hududiy izolyatsiya qilingan joylarga joylashtirilishi kerak.
Bunday sharoitda, u to'g'ri ishlab chiqarish umumiy texnologik oqimi va mahsulot binoni
texnologiyasi yagona kompleks Nuh bilan o'z ishini muvofiqlashtirish, kosmosda bo'yoq
maydonlarni joylashtirish uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Lok-bo'yoq materiallar — metallarni zanglashdan, yog'ochni chirishdan saqlash va
buyumlarni pardozlash uchun ularning sirtiga surkaladigan suyuq yoki pastasimon materiallar.
Ularning tarkibini parda hosil qiluvchi moddalar (alkid, fenol-formalьdegid, epoksid, poliefir
smolalar, perxlorvinil smolalar, poliakrilatlar, sellyuloza nitratlari va b.) tashkil qiladi. Ba'zi
tabiiy materiallar — o'simlik yog'lari va kanifol hosilalari ham parda hosil qiluvchi modda
hisoblanadi. Ba'zi lok-bo'yoq materiallar tarkibida erituvchi moddalar, pigmentlar, har xil
qo'shimchalar ham bo'ladi. Lok-bo'yoq materiallar ning rangsiz va rangli, shaffor va noshaffof
(xira) xillari bor. Shaffof materiallar — alif, loklar, noshaffof materiallar — har xil bo’yoqlar,
xomaki surkov materiallari, sirtni tekislash massalari (gruntovkalar)dan iborat. Lok-bo'yoq
materiallar sirtni yaxshi asrashi, silliq va yaltiroq parda hosil qilishi, buyumga ko'rkamlik berishi
lozim.
Lok-bo'yoq materiallar bino va inshootlar qurilishida ularni bezash va atmosfera, agressiv
muhitlaridan himoyalash maqsadida ishlatiladi.
Respublikamiz hududida joylashgan arxitektura yodgorliklari qurilgan vaqtda ichki va
tashqi tomondan lok-bo'yoq tarkiblar bilan bezak berilgan. Ushbu bo'yoq tarkiblari asosan tabiiy
moylardan, pigmentlar va bo'yoq xossalarini yaxshilovchi komponentlardan tashkil topgan.
Tabiatda yog'lar juda keng tarqalgan. O'simliklarning asosan urug'larida ba'zi birlarining
esa mevasi yoki tana po'stlog'ida bo'lgan urug'lariga yog'li (yoki moyli) urug'lar deb aytiladi.
Bunday urug'lar yog'-moy sanoati uchun asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Bularga misol qilib
quyidagilarni misol keltirish mumkin.
Urug'lar
Tarkibidagi yog' miqdori %
Paxta chigiti
17-29
Kanakanop
58-70 (meva po'stlog'isiz)
Raps
36-40
Kunj ut (zig'ir)
35-58
Mevalar
Tarkibidagi yog' miqdori %
Palьma kakosi, Koprasi
65-72
Yong'og'i mag'zi
51-67
Zaytun mevasi mag'zi
23-49
Kungaboqar (urug'i mag'zi)
29-65
O'rmon yong'og'i
58-60
Kanop
30-38
O'simlik xom ashyosidan olinadigan yog'larga o'simlik moylari (ba'zi hollarda o'simlik
yog'lari) deb ataladi. Ular asosan yuqori molekulyar yog' kislotalarining glitseridlaridan iborat
bo'lib, neftni haydash natijasida olinadigan va uglevodorodlardan tashkil topgan mineral
moylardan aynan shu bilan farq qiladi. Efir moylari tarkibida ham yog' kislotalarining
glitseridlari bo'lmaydi. Ular asosan alьdegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar va kichik
molekulyar yog' kislotalarining efirlaridan tashkil topgan bo'ladi. O'simlik urug'larining
ko'pchiliklarida yog'lar odatda bir xil taqsimlanadi. Ammo donlarning asosan murtagida yog'lar
kontsentrlangan bo'ladi.
Tabiiy bog'lovchilar zig'ir, kanop, masqar va shu kabi o'simliklar moyini qaynatib, maxsus
ishlov berilib tayyorlangan va ularni qurishini tezlatish uchun maxsus eritmalardan
foydalanilgan.
Bo'yoqlar sifatini oshirish maqsadida tarkibiga turli organik yog'lar, sut zardobi, o'simliklar
qaynatmalari, quritilgan hashoratlar talqoni va boshqalar aralashtirilgan. Arxitektura obidalari
bezak qatlamining bir necha yuz yillar davomida sifatini yo'qotmasligi sababi aynan lokbo'yoqlar tarkibining tabiiyligidadir.
Butun dunyoda lok-bo'yoq materiallar turlarini ko'paytirish, ishlab chiqarish hajmini
oshirish, sifatini yaxshilash sohasida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, namlik va
haroratning o'zgarishi ta'siriga bardoshli, bino va inshootlarning fasadlarini bezashda
ishlatiladigan bo'yoq tarkiblarini yaratish asosiy muammolardan hisoblanadi. Bezak ishlarini olib
borishda bo'yoq tarkiblarining tannarxi 80% tashkil etadi. Fasad bo'yoqlariga odatda havoni to'la
yoki qisman o'tkazish, ob-havo sharoitiga va nurga chidamlilik talab qilinadi.
Yig'ma va monolit temirbeton binolar fasadlarini bezashda oq va rangli sementlar va
ohaktosh, granit, marmar, rangli shisha kukuni va shu kabi kukun to'ldirgichlar asosida
tayyorlangan bo'yoq tarkiblarini ishlatish samaralidir. Bo'yoq tarkiblarining asosga nisbatan
yuqori darajada yopishishi (adgeziyasi) bezak qatlamining uzoq muddat xizmat qilishiga kafolat
beradi.
Bo'yoq tarkiblari klassifikatsiyasi va asosiy xossalari
Bo'yoq tarkiblar asosan kimyoviy tarkibi, ishlatilish sohasiga ko'ra klassifikatsiyalanadi.
Ularning kimyoviy klassifikatsiyalanishida hosil bo'ladigan bo'yoq qatlamining tabiati, tarkibi
hamda belgilanishi asos qilib olingan. Belgilangan bosh harflar bo'yoq qatlami-plenkasi hosil
qilishi bo'yicha qaysi turga ta'luqligini bildiradi.
Masalan, alkid-arilli, gliftalli, kremniyorganik, mochevinali (karbamidli), perxlorvinilli,
poliakrilli, poliakrilli, poliamidli, polivinilatsetatli, silikatli, epoksidli va shu kabilar.
Lok-bo'yoq tarkiblarini markalashda bosh xarflar indeksi ishlatiladi: suv dispersiyali-VD,
organodispersiyali-OD, suvda aralashuvchan-V, poroshokli (kukunli)-P.
Muayyan bo'yoq tarkibini tavsiflash uchun misol keltiramiz:
Emal XV-16, ya'ni perxlorvinilli emal (XV), 1-atmosfera muhitiga chidamli, registratsiya
raqami-6.
Bo'yoq qoplamalarning ishlatilish belgilari bo'yicha ratsional sohalari 1-jadvalda berilgan.
1-jadval
Bo'yoq tarkiblari klassifikatsiyasi
Bo'yoq tarkibining ishlatilish
sohasiga ko'ra nomi
Ishlatilish
guruhi
Atmosfera muhitiga chidamli
1
Atmosfera muhitiga
chegaralangan darajada chidamli
Konservatsiyalovchi
2
Suv muhitiga chidamli
Maxsus
4
5
3
6
7
Ishlatilish sharoiti
Ochiq maydonda ishlatiladigan turli klimatik
ta'sirlarga chidamli qoplamalar
Isitilmaydigan xonalar va yopmalar ostida
ishlatiladigan qoplamalar
Bo'yaladigan yuzalarga vaqtinchalik ishlatilgan
qoplamalar
Suv va suv bug'i ta'siriga chidamli qoplamalar
Maxsus xossalarga ega bo'lgan qoplamalar:
rentgen nurlariga chidamli, nurlanadigan,
biologik muhitiga chidamli va boshq.
moy va benzin muhitiga chidamli
kimyoviy muhitga chidamli
8
termik (issiqlik) muhitga bardoshli
9
elektr izolyatsiyasi
Bo'yoq qoplamalarini markirovkalashda tashqi ko'rinishi sifati ham hisobga olinadi. GOST
bo'yicha bo'yoq qoplamalari defektlari turi va soni jixatidan tashqi ko'rinishi sifatiga nisbatan 7
sinflarga bo'linadi:
 I-hech qanday defekt bo'lishiga ruxsat etilmaydi;
 II-VII-defektlar uzunligi, eni, diametri va ular orasidagi masofalarga bog'liq ravishda
sonini hisobga olgan holda (dona/m2) ba'zi notekisliklar ruxsat etiladi;
 III-VII sinflarda to'lqinsimonlik ruxsat etiladi;
 V-VII sinflarda oqmalar;
 IV-VII sinflarda turli soyalar bo'lishi ruxsat etiladi.
Bo'yoq tarkiblari qoplama usuliga nisbatan mo'yqalamda suriladigan, pulverizatorda
sepiladigan, qurish sharoitiga ko'ra sovuq va issiq sharoitda qoplama qatlami hosil qiladigan
turlarda bo'ladi.
Bo'yoq tarkiblari konsistentsiyasiga (quyuqligi) ko'ra suyuq, qovushoq, pastasimon,
reologik xususiyatlarga nisbatan strukturalanuvchi tizimga ta'luqlidir. Ularning quyuqlik darajasi
sepish usuliga mutanosib ravishda tayyorlanishi kerak.
Download