Загрузил Oybek Yaxyoyev

Xaydarov ilhom salimjon o’G’lining kalendar ish-reja bo'yicha iy

Реклама
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG’ULOTLARI
METODIKASI YO'NALISHI YO‘NALISHI I BOSQICH MAGISTRANTI
XAYDAROV ILHOM SALIMJON O’G’LINING KALENDAR ISH-REJA
BO'YICHA IYUN OYIDA BAJARGAN ISHLAR YUZASIDAN
QILGAN
HISOBOTI
“Onlany” masofaviy shaklda ta’lim davom ettirildi. “Moodle”
ta’lim platformasida https://moodle.jspi.uz sayt manzili orqali professor
o’qituvchilar tomonidan berilib borayotgan topshiriqlarni bajarib
bordim. Shu bilan birgalikda magistrlik dissertatsiya mavzuyim ustida
ishladim.
Shaxsiy kalendar ish rejam bo’yicha ilmiy rahbarim nazorati va
maslahatlari bilan tanlagan tadqiqot mavzuyim bo’yicha ilmiy-tadqiqot,
so’rov ishlarini o’tkazdim. Konspekt, annotatsiya va taqrizlarni
birgalikda yozdik, tadqiqot uchun zarur bo’lgan usul va yo’nalishlar
ro’yxatini tuzdik. Tadqiqot usullarimni belgilab olgach, ulardan tadqiqot
o’tkazish uchun foydalandim. Ilmiy tadqiqot muammosini
shakllantirishda tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzib
chiqdik. Ilmiy tadqiqot ishimni dolzarbliligi va uni o’rganilganlik
darajasini aks ettiruvchi xulosalarni va ilmiy nazariy jihatdan yangilik
alomatlarini yozib bordim. Shulardan kelib chiqqan holatda ilmiy
tadqiqot ishimning
hajmi, uning mazmuni va olib boradigan
eksperiment ishlarning gipotezasini shakllantirdim.
Yurtimizda iyun oyi – yoshlar oyligi ekanligini inobatga olib 18
yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida “Kelajakni birga
quramiz!” online loyihasida ishtirok etdim.
Hafta mobaynida bizga o’tiladigan barcha fanlardan oraliq
nazorati ishlari masofaviy ta’lim platformasida olina boshlandi.
“Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi qo’yildi.
Barcha fanlardan oraliq nazoratlarga to’liq qatnashdim, menga
topshirilgan “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi kursining
predmeti va vazifalari” mavzusidagi kurs ishimga kerakli bo’lgan barcha
adabiyotlarni to’plab yozdim.
Ilmiy tadqiqot ishimning barcha boblarini nomlanishini va ularning
tarkibiy qismi bo’lgan rejalarni shakllantirdim.
Magistr:
I.XAYDAROV
Скачать