Uploaded by Zarina Khaydarova

1-labor O'rnatilgan tizim

advertisement
OZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
Kafedra: Kompyuter tizimlari
Fan: O’rnatilgan tizimlar
Topshiriq №1
Mavzu: Arduiono kontroller to’plamining tarkibini va
imkoniyatlarini o’rnatish. Komyuterga Arduiono IDE ni
o’rnatish. Yorug’lik diode. Arduino yordamida yorug’lik diodini
o’chirib yoqish.
Guruh: 216-18
Bajardi:Khaydarova Z
Tekshirdi:Xoldorov Sh
Toshkent-2021
Topshiriq №1
Mavzu: Arduiono kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rnatish.
Komyuterga Arduiono IDE ni o’rnatish. Yorug’lik diode. Arduino yordamida
yorug’lik diodini o’chirib yoqish.
Ishdan maqsad: Arduiono kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini
haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Komyuterga Arduiono IDE ni
o’rnatishni o’rganish va svetofor ishlash mexanizminini tushunish.
Nazariy qism.
Arduino Uno - bu kontroller ATmega328 mikrokontrolleri asosida yaratilgan
bo'lib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish, (ulardan 6 tasi KIM (ШиротноИмпульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli
kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti, ICSP porti va qayta yuklash
tugmasidan iborat.
1-rasm. Arduino Uno ning tuzilishi
"Uno" so'zi italyanchada bir degan ma'noni anglatadi. Bu bejis emas, Arduino
Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino kontrollerlar oilasida yangi burilish
va yangi flagman yaratishga harakat qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi,
Arduino Uno Arduino kontrollerlar oilasidagi boshqalariga nisbatan ancha ixcham,
qulay, tez, oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi.
Arduino Uno haqida qisqacha:
Mikrokontroller
ATmega328
Ishlash kuchlanishi
5V
Kirish kuchlanishi(tavsiya
etilgani)
7-12 V
Kirish kuchlanishi(eng
yuqori)
6-20 V
Raqamli kirish/chiqish
14 ta(ulardan 6tasi KIM(Широтно-Импульсная
модуляция)
sifatida foydalanish mumkin)
Analog kirish
6 ta
Kirish/chiqish orqali
o'zgarmas tok
40 mA
3.3 V kiritish uchun
o'zgarmas tok
50 mA
Flesh xotira
32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi
sifatida foydalaniladi
Tezkor xotira
2 KB(ATmega328)
EEPROM
1 KB(ATmega328)
Chastota
16 MGs
Bundan tashqari, Arduino Uno qurilmasi unga ulangan USB yoki tashqi
manbadan kuchlanish olishi mumkin. Bunda, agar manba bir nechta bo'lsa, ulardan
biri avtomatik tanlanadi. Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328
mikrokontrolleridan tashkil topgan. Millionlab odamlar o’zlarining loyihalari
uchun Arduinodan foydalanadilar, masalan aqlli uy, mashina, maktab, bog’ yoki
ko’ngilochar narsalarda. Platforma robototexnika doiralarida mashq qilish uchun
juda mos keladi. Arduino platformasidan ro’yxatdan o’tish uchun
www.tinkerdcard.com saytiga tashrif buyuramiz :
2-rasm. Saytdan pochta manzilini tanlash orqali ro’yxatdan o’tish.
So’ng saytdan kerakli bo’limni tanlaymiz:
3-rasm.
4-rasm. Ish maydonining ko’rinishi.
Amaliy qism.
Svetoforning ishlash jarayonini ushbu platformada yaratish. Dastlab biz uchun
kerak bo’lgan qurilmalarni tanlab olamiz : Arduino uno kontrolleri, maket plata,
svetodiodlar, rezistorlar. So’ng qurilmalarni sozlab quyidagi ko’rinishda ulab
olamiz:
5-rasm.
Dastur kodi:
const int Qizil_chiroq = 4;
// port 4, Qizil chiroq
const int Sariq_chiroq = 3;
// port 3, Sariq chiroq
const int Yashil_chiroq = 2;
// port 2, Yashil chiroq
const int TIMEOUT_Qizil = 3000;
// Qizil chiroq yonish vaqti
const int TIMEOUT_Sariq = 2000;
// Sariq chiroq yonish vaqti
const int TIMEOUT_Yashil = 3000;
// Yashil chiroq yonish vaqti
const int TIMEOUT_FLASH_Yashil = 500;
vaqti
void setup()
{
// Barcha chiroq portlar o'rnatiladi, OUTPUT
pinMode(Qizil_chiroq, OUTPUT);
pinMode(Sariq_chiroq, OUTPUT);
pinMode(Yashil_chiroq, OUTPUT);
// Chiroqlarning dastlabki qiymatini o'rnatish
digitalWrite(Qizil_chiroq, LOW);
digitalWrite(Sariq_chiroq, LOW);
digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW);
}
// Yashil chiroqning o'chib yonish
void loop()
{
// Yashil chiroqni yoqamiz
digitalWrite(Yashil_chiroq, HIGH); // Yashilni yoqish
delay(TIMEOUT_Yashil);
// kutamiz
// Yashil chiroqni 3marta yonib o'chiramiz
for (int i=0; i<3; i++)
{
digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW);
delay(TIMEOUT_FLASH_Yashil);
digitalWrite(Yashil_chiroq, HIGH);
delay(TIMEOUT_FLASH_Yashil);
}
// Endi yashil chiroqni o'chiramiz va Sariq chiroqni yoqamiz
digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW);
digitalWrite(Sariq_chiroq, HIGH);
delay(TIMEOUT_Sariq);
// sariq chiroqni o'chiramiz
digitalWrite(Sariq_chiroq, LOW);
// Endi qizil chiroqni yoqamiz
digitalWrite(Qizil_chiroq, HIGH);
delay(TIMEOUT_Qizil);
// Qizil chiroqni o'chirmasdan turib sariq chiroqni yoqamiz
digitalWrite(Sariq_chiroq, HIGH);
delay(TIMEOUT_Sariq);
// Sariq va qizil chiroqlarni o'chiramiz
digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW);
digitalWrite(Qizil_chiroq, LOW);
}
Xulosa
Ushbu laboratoriya mashg’ulotida biz Arduiono kontroller to’plamining tarkibini
va imkoniyatlarini haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldik va komyuterga
Arduiono IDE ni o’rnatishni hamda svetofor ishlash mexanizminini o’rgandik.
Men ushbu laboratoriya mashg’ulotida Arduino Uno dan foydalandim. Chunki, u
ixcham , qulay va ko’plab funksiyalarni bajara olar ekan. Laboratoriya
mashg’ulotining amaliy qismida svetoforning ishlash jarayonini yaratdim, bunda
men platformada 3ta svetodiod, 3ta qarshilik, Arduino uno kontrolleri,maket plata
qurilmalarini tanlab olib sozlab, bir biriga uladim va har bir svetofor ishlash
mexanizmi ishlash jarayoni kodini yozib dasturni ishga tushirdim . Shunday qilib,
Arduino kichik hajmdagi proyektlarni yaratishda hamda robototexnikada
foydalanish uchun mo’ljallangan plata hisoblanar ekan. Uning bir qancha turlari
mavjud. Jumladan , Arduino Uno, Arduino Mega, Arduino Leonardo, Arduino
Ethernet , Arduino RS232, Arduino Diecimilia, Arduino Pro, Arduino Nano ,
Arduino Esplora, Arduino Due va hokazolar. Bular qo’llanilish imkoniyatlari bilan
bir-biridan farq qiladi . Masalan, Arduino Uno kichik proyektlar, ko’p bo’lmagan
modullarni bajara oladi, Arduino Mega esa Uno ga nisbatan ancha keng vazifalarni
boshqara olish imkoniyatiga ega.
Download