Загрузил Farhod Samiev

Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni o`rgatish

реклама
Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni o`rgatish.
Reja:
1.
Allomalarimiz o’yinlar haqida.
2.
Ajdodlarimiz merosida axloq odob tarbiyasi masalalari.
3.
O’zbek xalq o’yinlari va ularning darsda qo’llanilishi.
4.
Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni.
5.
Milliy sport o`yinlari bebaho qadriyat.
O’zbek halq o’yinlarining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi.
O’yinlar xalqning o’zi singari qadimiy
va boy tarixga ega. Xalq
o’yinlarining nomlanishi va ularning o’ynalishi tarkibi to’g’risida turkiy zabon
olim Maxmud Qoshqariy o’zini
“Devonu lug’otit turk”
asarida
qimmatli
ma’lumotlar keltiradi.
Qashqariy keltirgan ma’lumotlar o’yinlarning tarixiy zaminiga va asosga
ega ekanligini ko’rsatadi. Darhaqiqat o’yin nomlari va o’yinlarning uynalishi
tarkibi avloddan-avlodga o’tib kelgan.
SHunday savol tug’iladi qanday o’yinlari bo’lgan? O’zbek halqining shox
asari
hisoblangan.”Devonu
lug’atit
turk”
da
o’yinlar
to’g’risida
muhim ma’lumotlar keltiriladi.
Afsuski, qadimiy o’yin nomlari tadbiq etilmagan, o’yinlarning uynalishi
tartibi tiklanmagan.
Qashqariy lug’atida zikr etilgan o’yinlar nomini va uning tartibini tiklash va
tadbiq etish katta ahamiyatga ega. Zero, o’yinlar xalq madaniyatining ajralmas bir
bo’lagidir. “Devonu lug’atit turk” da anchagina o’yinlarning nomlari keltirilgan.
Ayrim o’yinlarning uynalish tartibi batafsil keltirilgan. Hozirgi kunda bolalar
sevib uynayotgan yong’oq, poylama singari o’yinlar.
X-XII asrlarda ham ommaviy bo’lgan. Bu hodisaning hozirgi nomi do’l
“Devonu
lug’atit turk”
da yong’oq o’yini
bilan bevosita bog’liq bo’lgan
anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan.
“CHavgon” haqidagi ma’lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar
asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning “SHoxnomasi” da esa chavgon
haqida voqea bayon qilinadi.
M.Qashqariy o’yin nomini chavgon
to’pini uradigan cho’p nomidan
olinganligini ta’kidlaydi.
CHavgon cho’pi shu nom bilan atalgan bo’lib fors-tojikcha so’zdir.
Uning ma’nosi “uchi egri, uzun tayoq” degani.
Qashqariy
lug’atidan o’rin olgan bolalarning sevimli o’yinlaridan biri
“Ko’chirma o’yini” ya’ni o’n to’rt degan o’yindir.
Erga qo’rg’onga o’xshatib to’rtta eshik qilinadi. SHu eshiklardan yumaloq
tosh yoki yong’oq tashlab uynaladi.
Bu
o’yinning uynalishi tartibi hozirda bolalar
o’ynaydigan mak-mak
ko’chmak o’yinlariga o’xshab ketadi.
O’tmishda kattalar va kichiklar sevib o’ynagan o’yinlardan biri koptok
o’yini bo’lgan.
Qashqariy lug’atida koptok nomi tabiq deb berilgan. Koptok
o’yinini
ko’proq turk qavliga mansub aholi o’ynagan
O’yin boshida kimki koptokni tayoq ayrisi bilan qattiq ursa o’yinni o’sha
boshlagan. Qadimda rezina koptoklar bo’lmagan. Albatta ijodkor xalqimiz yung
va ipak
matodan chiroyli koptoklar (bo’lmagan, albatta ijodkor xalqimiz)
uynashgan.
Sigir, tuya, ot junidan koptok yasash uchun eng yaxshi xom ashyo
hisoblangan. Koptok bilan uynaladigan uyinlarning turi xam ko’p bo’lgan.
Mungiz-mungiz degan bolalar o’yini qo’yidagicha uynaladi. Bolalar birorta
unga chuqur bo’lmagan chuqurga atrofida o’tirishadi.
Sonlari orasida ho’l qum olib tuldiriladilar. So’ng qumni qo’llari bilan
uradilar. Ulardan biri (ona boshi) munguz-mungiz) deydi.Qolganlar na mungiz
deydilar. Ona
boshi
birin-ketin shoxli hayvonlar nomini aytadi, bolalar
takrorlaydilar.
Ona boshi shu nomlar orasiga tuya, ot va boshqa shoxi yo’q hayvonlar
nomini aytib chalg’itadi. Bolalarning birortasi uning ketidan shoxsiz hayvon
nomini aytib yuborsa, o’yin shartiga muvofiq uni chuqurga itarib yuborishadi.
Bobokalonlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida ham
bolalar ijodkorligi folklar o’yinlariga ta’luqli ma’lumotlar juda ko’p uchraydi.
2. Biz ko’p yllik tarixga egamiz. Bu tarix o’zzbek xalqining ilm-fandagi
g’oyalarinin pishiqligi, yaratiuvchanligi, qahramonlikka to’la hayoti va faoliyati
bilan ko’plab boshqa halqlarga o’rnak bo’lib hisoblangan. O’z zamonida endi esa
o’tmishda bobolarimiz yaratib ketgan manbalardan xam begonalasha boshladek.
Biz o’zga xalqlar tarixiy, madaniyatini va udumlarini o’rganib hurmatini
joyiga qo’yib keldigu, o’zimizning
tariximiz fani, madaniyati, urf-odatimizni
o’rganmadek. Unga hurmatsizlik qildek.
Natijada bugungi
ishlarga
ko’plab
millatchilikda ayblanib urf-odati va
an’analari
kunga
kelib tarbiyaviy
kamchiliklarimiz ko’rinib qoldi.
Xalqimiz ko’psohalarda
ta’qiqlab kelindi. Masalan: o’zbek milliy o’yinlarining uynalishiga yo’l
qo’yilmadi.
Ta’kidlaganimizdek, har bir halqning sevimli milliy o’yinlari bo’lgani kabi,
o’zbek xalqining ham o’yinlari bo’lgan.
Ularning yaratilishi tarixi uzoqlarda borib taqaladi. O’zbek xalqi milliy
o’yinlarining
yaratilishi halqning yashashi, mehnati, o’z-o’zini himoya qilish
ehtiyojidan kelib chiqadi.
Bu o’yinlar inson tarbiyasiga, sog’ligiga ijobiy ta’sir etib kelgan. O’z
zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda
davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, ishjoatli bir kishi ming kishidan
afzal”- deb aytgan edi.
Milliy o’yinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni
o’stiruvchanligi, chidamlilikka o’rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil
topganligi bilan boshqa xalqlar o’yinlaridan tubdan farq qiladi.
Halqimiz orasida har bir faslga mos o’yinlar mavjud bo’lib o’ynalib
kelingan.
O’zbek milliy o’yinlari hatiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun xam
katta-yu kichik va hatto xotin-qizlartomonidan sevib uynalgan. Ota-bobolarimiz
o’z farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qurqmaslik
ruxida
tarbiyalab uni yechishga o’rgatganlar.
Ko’p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib o’z farzandlariga badan
tarbiya va aqliy o’yinlardan foydalanish yo’l yo’riqlarini ko’rsatganlar Og’ir
mehnatdan
keyin kishilar bir joyga to’planishib turli milliy
mashg’ul bo’lganlar, dam olganlar .
o’yinlar bilan
Bu o’yinlar ular kayfiyatlarini ko’targan, tetiklashtirib kuch to’plaganlar.
Ayniqsa bahorgi va kuzgi fasllarga mos bo’lgan o’yinlarni butun-butun qishloqlar
uynashib, o’zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o’yinlar hosil bayramlarida.
Sayl va
to’ylarda tantanali ravishda o’tkazilgan. Eng kuchli qurqmas botir
chaqqon ishtirokchilar taqdirlangan va sovrinlar olgan. Bu esa o’zbek badantarbiya
o’yinlarining rivojlanishiga katta yo’l ochib bergan.
Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib,
Shunday degan edi; “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir”
Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning
odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda
mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy
madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini
o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim.
Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya
tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning
xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich maktab
o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:
1.
Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va
o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.
2.
Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali
jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar.
3.
Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona
zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.
4.
Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri
timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy
hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda,
ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab
etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil
bo’ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog
YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi.
Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi.
Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurishturish shakllarining to’g’riligini talab etadi.
Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini
muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta
bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi.
Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o’quvchilari sevib,
maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas,
balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni
rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir
bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni
tuShuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada
uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan
mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim.
Xalqning
sog’lig’ini
mustahkamlash
O’zbekistondagi
jismoniy
madaniyatning asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va
jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya
oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish;
yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha
turli-tuman
shakllaridan,
jumladan,
xalq
an’analaridan
keng
foydalani,
insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va
Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu
maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan
biridir. Shuning uchun xalq milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish
zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda.
Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq xalqlari madaniyatining juda ko’p
unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga
imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar
va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular
xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida
faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasmrusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin
olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz
o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi
xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning
qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.
Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni
himoya qiluvchi tarzida o’sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning
uchun o’quvchilar jismoniy madaniyat bilan chuqur Shug’ullanishlari, turli milliy
o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo’ladi. Bu esa yosh avlod
tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati
oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan
bog’liqdir.
Bolalarda maktabda o’qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga
muhabbat, ishchanlik, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini
shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunda jismoniy madaniyatning barcha zamonaviy
vositalari bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlari juda qo’l keladi, chunki bu
o’yinlar bolalarni jismoniy, ruhiy, ma’naviy jihatdan tarbiyalashning barcha
jihatlarini o’z ichiga ola biladi. Zero, millatning kelajagi bo’lgan yoshlarni
sog’lom, yetuk va komil inson qilib tayyorlash mustaqil O’zbekistonimiz
keljagining zamini mustahkam bo’lishiga xizmat etadi.
Milliy xalq o’yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida
jiddiy o’zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida o’zining
muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida to’xtalgan edik.ba’zi o’yinlarning nomi
va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana Shunday o’yinlardan foydalanishda
ularningbolalarga jismoniy ta’sirdan tashqari tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishini ham
nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo’llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak.
Masalan, “ Uloq” o’yini deganda odatda ot bilan o’ynaladigan,
chavandozlar haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy ko’pkari o’yini
tuShuniladi. Bolalarga mo’ljallangan “Uloq” o’yini otsiz o’tkaziladi, o’yinchilar
bir parcha echki terisi yopishtrilgan to’ldirma to’pni olish uchun kurashadilar.
O’yin qoidalarining ba’zi jihatlari kattalarnikiga o’xshab ketadi. Tezkorlik,
chaqqonlik va kuchlilikni tarbiyalovchi bu o’yin katt tarbiyaviy ahamiyatga ham
ega, bunda bir-birini hurmt qilish, samimiy munosabat, qo’pollik qilmaslikka katta
e’tibor briladi.
Xalq
milliy
harakatli
muhim
rivojlantirishda
rol
o’yinlari
o’ynaydi.
bolalarning
CHunki
jismoniy
o’yinlar
sifatlarini
o’quvchilarning
qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq
tiklanishini ta’minlaydi. O’yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni
diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.
Xalq milliy o’yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir
o’tkazadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi
sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni
rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, “Do’ppi kiyishda kim
g’olib?” milliy o’yinida faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki epchil, sezgir
bo’lishga ham da’vat etiladi.
Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va
yagona maqsadi-insonni to’g’ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang’ich sinf
o’quvchilari
xususiyatlarini
jismoniy
hisobga
tarbiyasining
olgan
holda
vazifalari
bolalarning
aniqlanadi,
lekin
yoshiga
bunda
xos
jismoniy
madaniyatning umumiy maqsadi ko’zdan qochirilmaydi.
Maktabda
boshlang’ich
sinf
o’quvchilari
jismoniy
tarbiyasida
sog’lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish
ko’zda tutiladi. Xalq milliy o’yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish
imkoniyatlari ko’proq ko’rinadi.
1.Soglomlashtirish vazifalari. 7-8 yoshli ya’ni boshlang’ich sinf
o’quvchilari jismoniy tarbiyasining eng asosiy vazifasi bola hayotini muhofaza
qilish va uning sog’ligini mustahkamlash, uning organizmini chiniqtirish yo’li
bilan o’zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirish,
tashqi muhitning noqulay sharoitlariga bardosh berishga o’rgatishdan iborat.
Bulardan tashqari bolalarda har qanday ishga layoqatlilik xususiyatini
oshirish juda muhim ahmiyatga ega. Bola organizmining rivojlanishi o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lgani sababli, uning vazifalariancha aniqroq shaklda
ifodalanadi: bola suyagining behato va o’z vaqtida qotishiga, orqa umurtqadagi
egik joylarning shakllanishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay bo’g’in
aparatlarini pishitishga yordam ko’rsataliladi (o’yinlar); gavda qisimlarining o’zaro
to’g’ri rivojlanishiga imkon yaratiladi (o’yinlar); barcha mushak guruhlari
rivojlantiradi.
Shuningdek, yurak qon tomir tizimi faoliyatini takomillashtirishga imkon
yaratish lozim: qonning yurakka qarab oqishini kuchaytirish, yurakning bir
me’yorda ishlashini yaxshilash va uning kutilmaganda o’zgargan yuklamaga
moslashish layoqatini rivojlantirish; ko’krak qafasi harakatchanligini kuchaytirish,
chuqur-chuqur nafas olish va bu faoliyatining uzoq vaqt turg’un bo’lishini
ta’minlash, o’pkaning hayotiy sig’imini kegaytirish, burun bilan nafas olishni
yaxshilash, ichki a’zolarning to’g’ri ishlashini ta’minlash, markaziy asab tizimini
takomillashtirish; hayojonlanish va tormizlanish holatlarining harakatchanligini bir
me’yorda bo’lishini ta’minlash, Shuningdek, harakatlantiruvchi analizatorni va his
tuyg’u organlarni kamolotga yetkazish lozim.
2.Ta’lim berish vazifalari. 7-8 yoshli o’quvchilar bilan milliy xalq
o’yinlarini o’tkazish jarayonida ta’lim berish vazifalarini bajarish ham muhim
ahamiyatga ega. Bu vazifalar: harakat malakalari va layoqatlarini shakllantirish,
jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezlik, qayishqoqlik, muvozanatni saqlash,
epchillik, baquvvatlik, chidamlilik) ni rivojlantirish, gavdani to’g’ri tutishni,
jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirishdan iborat.
Asab tizimining qayishqoqligi tufayli bolalarda harakat malakalari
kattalarga nisbatan osonroq shakllanadi. Bu malakalarning ko’pchiligi (yurish,
yugurish, sakrash) dan bolalar kundalik hayotda harakatlanuvchi vositalar sifatida
foydalanadilar. Harakat malakalari bolaning atrof-muxit bilan muloqot qilishini
yengillashtiradi va uni idrok qilishiga ko’maklashadi.
Tanlab olingan xalq milliy o’yinlarini to’g’ri bajarish bola mushaklari,
paylari, bo’g’imlari, suyuk tizimining rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Puxta shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo’llash bilan, o’yinlarni
bajarish chog’ida bola kuchini tejashda va uning etiborini o’yin faoliyati paytida
tasodifan sodir bo’luvchi turli-tuman vazifalarni idrok qilishga imkon yaratadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga jismoniy madaniyat bilan bevosita bog’liq
bo’lgan bilimlar (o’yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg’ulotlarning
axamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq milliy o’yinlarning
qoidalari va boshqalar) xaqida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega.
O’quvchilar olgan bilim qancha chuqur bo’lsa, ular xalq o’yinlaridan
Shuncha oqilona foydalanishlari, o’yinlar bilan Shuncha samarali Shug’ullanishlari
hamda maktab va oila muhitida jismoniy madaniyat qurollarini mustaqil ishlata
bilishlari mumkin.
3.Tarbiya berish vazifalari. Jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanish
tanda, bolalarda joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari
bilan iloji bo’lsa xar kuni muntazam ravishda Shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish,
ularda maktab va uyda Shu o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini
rivojlantirish, ularni o’z tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida
o’yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim.
O’quvchilarda xalq milliy o’yinlariga mehr bilan, Shu o’yin natijalariga
qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g’alabalariga havas bilan qarash tuyg’usini
tarbiyalash lozim.
Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va
mexnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi.
Xalq o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik,
intizomlik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik,
do’slik tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati,
topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, Shuningdek, irodaviy
xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan
yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va
imkoniyatlar vujudga keladi.
To’g’ri tashkil qilingan milliy halq o’yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga
qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa
barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko’rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo
bo’lishi, Shubhasiz.
Xalq
milliy
o’yinlarini
o’rgatish
jarayonida
o’quvchilar
xalqona
an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab
qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar)
ning, Shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish,
sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi.
Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish
layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga
bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi
ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan
samimiy va quvnoq munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz
bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish
nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali
ta’sir ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini
ta’minlashida ko’rinadi.
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani
amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida
estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik,
qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z atrofidagi barcha narsalarni tuShunish, to’g’ri
qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka
bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida
qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi.
Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga
oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari
shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi.
Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy
o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida
shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq
o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi. Bu
vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina
muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika
jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg’ulotlarni tashkil etishning
turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o’yinlarida, barcha vositalari
yaxlitligi (kompleksi) dan foydalanish talab etiladi.
Milliy sport o`yinlari bebaho qadriyat.
Mustaqilligimiz sharofati tufayli milliy qadriyatlarimizni tiklashga milliy
o`yinlarning o`rni juda katta.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 14 fevral 64-F
raqamli
farmoyishiga binoan “Milliy sport turlari va o`yinlarini rivojlantirish
muammolari”
mavzuidagi Respublika konferensiyasishu yili 29-30 oktyabr
kunlari o`tkazilishi munosabati bilan Samarqand viloyati “Mehnat rezervlari” ning
milliy sport turlari va o`yinlarini rivojlantirish muammolari haqida tezislar.
a) milliy sport o`yinlari bolalarni kichik yoshidan boshlab jismoniy, aqliy va
axloqiy qilib tarbiyalashning muhim vositasi sifati qaraladi.
Milliy sport o`yinlari bilan o`tmishda ota-bobolarimiz bolalarni 2-3 yoshdan
shug`ullantira boshlaganlar. Ulug` bobokalonimiz Amir Temur davrida o`g`il
bolalarga ot minish, chavandozlik bilan shug`ullanish 3 yoshdan o`rgatilganligi
ma`lum. 2-3 yoshdan suzish bilan shug`ullanib, suv hovuzi ustidan tortilgan
arqondan yurishga bo`lajak darvozlarni juda kichiklikdan o`rgatganlar.
O`g`il
bolalar o`z aka-ukalari, mahalladosh, o`rtoqlari bilan kurash
mashqlarini xuddi shunday kichik yoshlardan boshlaganlar. Qiz bolalar
esa
“Arg`imchoq” , “Tortishmachoq”, “Oq terakmi, ko`k terak”,“Bekinmachoq” , “otib
qochar” va shunga o`xshash otaliqqa, onalikka, mehnatga tayyorlovchi milliy
sport bilan juda kichiq yoshlaridan boshlab shug`ullanishga jalb qilganlar.
b)
Milliy sport va o`yinlar sog`liqni saqlash, kasb-korga bog`liq
kasalliklardan himoyalanishning sinalgan vositasi ekanligini hech kimga uqtirib
o`tirishning hojati bo`lmasa kerak.
CHidamlilik, zukkolik, ziyraklik, chaqqonlik va hakozo kabi yaxshi
fazilatlar sport orqali va xususan milliy o`yinlar orqali bolada rivojlanishi otabobolarimizga qadim-qadimdan ma`lum. Turon zaminida yashab kelgan avlod
ajdodlarimiz milliy o`yinlarini e`zozlashganlar va katta e`tibor berib kelishlari
hech kimga sir emas.
Jismoniy tarbiya va sport kishining hayotiy istiqbol yo`lini nurli qilishga
yordam beradi.
Sog`lom va kuchli bo`lish inson uchun bebaho boylik. Sog`lom odam hayot
yo`lini topadi, belgilangan orzu-umidlariga mehnati bilan erisha oladi.
Milliy o`yinlar orasida insonni ma`lum kasalliklardan himoya qilgan
(profilaktika)
yoki shunday kasallik alomatlari sezilganda
ulardan qutilishga
ko`maklashadiganlari ham ko`p.
Ma`lumki tikuvchilar, do`ppido`zlar, maxsi
muttasil ko`zlarini qadm ish bajaradilar. Ko`z
tikuvchilar ma`lum nuqtaga
mushaklari ish davrida
chegaralangan darajada harakat qiladi.
Xuddi shuningdek, muttasil o`qish, yozish bilan shug`ullanuvchilar ko`rish
imkoniyatini xavf ostida qoldiradilar. Halq donishmandligi bunday faoliyat bilan
bilan shug`ullantiruvchilar uchun “Besh to gimnastikasi” o`yinlarini yaratgan va
shug`ullanishga odatlantirgan.
Buhs ikki kishi o`rtasida bo`ladi. O`yin xontaxta
ustida yoki stolda
bajariladi.
O`yin ishtirokchilari qadlarini rostlab, stol yoki xontaxtaning ikki tomonida
o`tiradilar. O`yin uchun 5 ta o`rtacha danak kattaligidan tosh olinadi.
Toshlarni kaftga olib, bir yarim qarich balandlikka otiladi,
to tosh
tushguncha qadar qo`l kafti orqaga o`giriladi, keyin qo`l orasidagi toshlar yuqoriga
irg`itilib, kaft bilan ilib olinadi va hakazo.
O`pka faolitini yaxshilash, uning sig`imini oshirish maqsadida “zuv” o`yini
o`tmishda keng tarqalgan edi.
O`yinda uch kishi ishtirok etadi. O`yin uchun zarur asbob-bo`sh gugurt
qo`tichasi yoki kattaligi barmoqdek 2 yog`ochni plyus shaklidagi marra belgisi
“Zuv” o`ng qo`lini yelka balandligida ko`tarib tashlash belgi qiladi.
Har bir o`yinchi startda o`pkasini to`ldirib nafas oladi, lablarini qisib “Zuv”
degan ovoz chiqarib iloji boricha tezlik bilan oldinga qarab intiladi.
Bu o`yinlar bilan shug`ullanganlar iqlim keskin o`zgarganda shamollash
kasalligini bilmaganlar va hokazo.
g) milliy sport va o`yinlar bilan muntazam shug`ullanish
ishchanlik
muddatini uzaytiradi, qiyinchiliklarni chidam bilan yengishga va oilaviy ahillikni
mustahkamlaydi, oila boshiga tushgan qiyinchilik, g`am-g`ussani yengishga katta
ahamiyatga ega. Harakat va fikrlashdagi tezkorlik hayotning hamma holatida
faoliyatdan kuzatilgan unumdorlikni oshiradi va uning mahsuloti sifatli bo`lishini
ta`minlaydi.
d) is`tedodli bolalar kamolotida, o`z shaxsiy g`ururini anglab olishda, xilmaxil ijobiy sifatlarni to`la ro`yobga chiqarishda milliy sport va o`yinlarning tutgan
o`rni benihoyat kattadir.
Sharqona pedagogika bolalarning yoshiga moslangan tarbiyaning tajribada
ko`p martalab sinalgan ajoyib vositalarini ishalb chiqfqan amalga oshirgan.
Halqimiz orasida o`tmishda tarqalgan milliy o`yinlar va milliy sport turlari
iste`dodli bolalar kamolatida katta o`rin tutgan.
e) Milliy sport va o`yinlar tartib, insof sohiblarini va o`z ahdida vafoli bo`la
oladigan kishilarni tarbiyalaydi.
Milliy qadriyatni
tiklashda
katta ahamiyat berilayotgan hozirgi
davrda
milliy sport o`yinlarning ahloq-odobli insofli va ahdiga vafoli kishilarni
tarbiyalashda , sahiylik har doim boshqalarga ko`mak berish kabi sifatlarni
rivojlantiruvchi xillari ham ko`p. “Savob” o`yinlari yo`l, ko`prik masjid-madrasa,
irrigatsiya tarmoqlari va shunga o`xshash inshootlarni tuzatish va ta`mirlashda
xizmat qilgan.
j) milliy sport va o`yinlari aholi yashash joylari mahallalar va qishloq
joylarida keng yoyishda erishilgan ijobiy tajribalar Samarqand viloyatida juda
ko`p.
Bulardan, birinchi navbatda
O`zbekistonimiz
tanilgan
“Obi mashhid”
mahalasi yaqqol misol bo`lib xizmat qiladi.
Bu yerda yoshlarda sport bilan va shu jumladan, milliy sport va o`yinlari
bilan shug`ullanishda keng sharoit yaratib berilgan va bu mahallaning yoshlari
uchun sport borasida
qilingan
ishlar O`zbekistonimizda namuna
va tajriba
almashish uchun keng tarqalgan.
z) sog`lom avlod tarbiyasida Samarqand viloyati umumta`lim maktablari
milliy sport va o`yinlarini targ`ibot qilishda talaygina natijalarga erishmoqdalar.
Viloyatimizda yoshlar orasida
milliy sport va o`yinlarni keng targ`ibot
qilishla umumta`lim maktablarining o`rni beqiyosdir.
i) sog`lom avlod tarbiyasida oliy. O`quv va hunar texnika o`quv yurtlari
milliy sport va o`yinlarni keng targ`ib qilishda kkatta e`tibor berib kelmoqdalar.
k) sobiq davrida milliy qadriyatlarimiz va shu bilan bir qatorda milliy sport
va o`yinlarga katta e`tibor berilmoqda.
O`zbekiston Respublikamiz
mustaqilligiga
erishgandan beri milliy
qadriyatlarimizga milliy sport va o`yinlarga katta e`tibor berilmoqda.
XULOSA
Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o’yinlarda
ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa
ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa
shunday xulosalar kelib chiqadi.
1.
O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni
bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.
2.
Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini
takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga
oshadi.
Milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga
olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga
qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar.
Bizning fikrimizcha, milliy xarakatli o’yinlarni hamma fazilatlar,
qobilyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va xarakat ko’nikma
hamda malakalarining shakllanishida asosiy o’rinlarni egallaydi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining
quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o’yinlarining roli va o’rni
nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi:
1.
Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy
rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.
2.
O’quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar
berish, ularga gigiyenik bilim va ko’nikmalarni singdirish.
3. O’quvchilarda harakat malakalarini va ko’nikmalarini shakllantirish va
takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish.
4.
Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik,
epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.
5.
Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do’stlik hissini
madaniy hulq ko’nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash.
6.
Turganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini
shakllantirish.
7.
O’quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo’yicha muntazam
mashg’ulotlarga barqaror qiziqish va ko’nikmalarini tarbiyalash.
8.
O’quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi
jismoniy madaniyat faolini tayyorlash.
Milliy o’yinlar 7-8 yoshli bollarga mo’ljallangan jismoniy tarbiya
dasturidagi mashqlar bilan qo’shilib borilganda jismoniy sifatlar rivojlanishi
aniqlandi.
Tajriba xalq milliy o’yinlarni jismoniy tarbiya darslariga kiritish
uchun:
-ularni turkumlarga bo’lish;
-jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qarab tanlanishni;
-yilning fasllarida qo’llaniladigan o’yinlarni aniqlash zarurligini isbotladi;
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev
bir necha bor ta`kidlaganidek,
milliy
qadriyatlarimizni, sharqona pedagogikani tiklash hozirgi kunning o`ta dolzrab
vazifasidir.
Adabiyotlar:
1. Ayrapyans L.P. “Milliy sport turlari va o’yinlarning rivojlantirishning
muommolari. Toshkent-1998 yil
2. “1001 o’yin” T.Usmonxo’jayev Toshkent-1995 yil
3. YU. Portnex “Sport va harakatli o’yinlar”. Moskva-1997 yil.
4. Ayrapyans L.P. “Milliy sport turlari va o`yinlarning rivojlantirishning
muommolari. Toshkent-1998 yil
5. “1001 o`yin” T.Usmonxo`jayev Toshkent-1995 yil
6. YU. Portnex “Sport va harakatli o`yinlar”. Moskva-1997 yil.
7.WWW.PEDAGOG.UZ
8. www.ziyonet.uz
Скачать