Загрузил Dilya Salohutdinovna

gafur gulom

реклама
G`AFUR G`ULOM
hayoti va ijodi
6-sinf, ADABIYOT
O’TILGAN
MAVZUNI
TAKRORLASH
«Insonni, uning ma’naviy olamini
kashf etadigan yana bir qudratli
vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z
san’ati,
badiiy
adabiyotdir.
Adabiyotning insonshunoslik deb,
shoir va yozuvchilarning esa inson
ruhining
muhandislari
deb
ta’riflanishi bejiz emas, albatta» ushbu fikrlar muallifi kim?.
«Insonni, uning ma’naviy olamini kashf
etadigan yana bir qudratli vosita borki, u
ham
bo‘lsa,
so‘z
san’ati,
badiiy
adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik
deb, shoir va yozuvchilarning esa inson
ruhining muhandislari deb ta’riflanishi
bejiz emas, albatta» - ushbu fikrlar
muallifi kim?
O’zbekiston
Respublikasining birinchi
prezidenti I.A.Karimov
Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch» asarida xalqimizdan
yetishib chiqqan, uning dunyoga ma’rifatli
millat sifatida tanilishiga ulkan hissa
qo‘shgan buyuk ijodkorlar xizmatiga yuksak
baho berib, bir ulug’ allomaga shunday
ta’rif beradi: “Agar bu ulug‘ zotni avliyo
desak,
u
avliyolarning
avliyosi,
mutafakkir desak, mutafakkir-larning
mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning
sultonidir”. Ushbu fikrlar kim haqda edi?
Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch» asarida xalqimizdan yetishib chiqqan,
uning dunyoga ma’rifatli millat sifatida
tanilishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
ijodkorlar xizmatiga yuksak baho berib, bir
ulug’ allomaga shunday ta’rif beradi: “Agar bu
ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning
avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning
sultonidir”. Ushbu fikrlar kim haqida edi?
Alisher Navoiy haqida
(1903-1966)
MEN O’ZBEK SHOIRIMAN –
O’Z XALQIMNING TILIMAN.
 G‘afur G‘ulom 1903-yilning 10-may
kuni Toshkentning Qo‘rg‘ontegi
mahallasida tug‘ildi.

U endigina 9 yoshga kirganda otasi
G‘ulom Mirza Orif o‘g‘li vafot etadi.

Oradan 6 yil o‘tar-o‘tmas bir etak
bola mehribon onadan ham
ayriladilar.
Mashaqqatli bolalik
U
oilani boqish uchun
kosiblik, mixkorlik,
aravakashlik qiladi,
bosmaxonalarda harf
teruvchi bo‘lib ishlaydi.
G‘afur G‘ulom she’rlar bilan
birga o‘nlab hikoyalar, «Netay»,
«Yodgor», «Tirilgan murda»
singari qissalar ham yozdi.
 Ikkinchi jahon urushi paytida esa
adibni dunyoga tanitgan mumtoz
she’riy asarlari — «Kuzatish»,
«Sen yetim emassan», «Vaqt»,
«Sog‘inish», «Onalar» singari
she’rlari yaratildi.

Ota-onasidan yosh yetim qolgan
G‘afurjonning boshiga juda ko‘p ko‘rgiliklar
tushadi. Garchi urush bizning yurtimizdan
juda uzoqda – olis Yevropada kechayotgan
bo‘lsa-da, uning sovuq nafasi butun
o‘lkamizni qamrab olgan edi. Shahar va
qishloqlar och-nahor odamlarga, tilanchi va
devonalarga to‘lib ketgandi. Urush tufayli
turmush tobora og‘irlashar, qimmatchilik va
qahatchilik
(oziq-ovqat
va
boshqa
mahsulotlarning yetishmasligi) xalqning
tinkasini quritar darajaga yetgandi.
Bunga qo‘shimcha, yurtimizni bosib olgan
chor Rossiyasi mustamlakachilari urush ortidagi
og‘ir qora ishlarni bajartirish uchun bizning
o‘lkamizdan ham erkaklarni – qo‘lidan ish
keladigan kishilarni majburan mardikorlikka olib
ketardi. Boquvchisidan ajragan xonadonlar, ayollar
va bolalar nihoyatda ayanchli ahvolda qolgan, shu
sharoitda og‘ir mehnat bilan yetishtiriladigan
aksariyat noz-ne’matlarni chor hukumati turli
bahonalar, aldovlar bilan yurtdan tashib ketardi.
Ko‘chalarda daydib yurgan to‘p-to‘p tilanchilar va
gadoylar safiga urush bo‘layotgan joylardan jon
saqlash uchun qochib kelgan yuz minglab och
odamlar ham qo‘shilgandi.
Bo‘lg‘usi adib mana shu musibatga to‘la
kunlarni o‘z boshidan o‘tkazar ekan, bolalik
tasavvurida bu ko‘rgiliklar uzoq muddatga
muhrlanib
qolmasligi,
qalbini
larzaga
solmasligi mumkin emas edi, albatta.
Keyinchalik – 1936-yilda yozuvchi bu o‘tmish
hodisalarini xayolida qayta jonlantiradi va
o‘zining mashhur «Shum bola» nomli qissasini
yaratadi. Bu qissa adib umrining oxiriga qadar
yanada sayqallanib, boyib boradi, o‘tgan
asrning 60-yillariga kelib hozirgi mukammal
holiga keltiriladi.
G‘afur G‘ulom «Shum bola» qissasini salkam yigirma
besh yil ishladi desa yanglish bo‘lmaydi. Qissaning
birinchi va ikkinchi qismlari 1936-yilda yozib tugatilgan.
Uchinchi qismi qirqinchi yillarning oxirida tugatilgan.
Oltmishinchi yillarning boshlarida qayta tahrir qilingan.
G‘afur aka hayotligida bosilib chiqqan oxirgi nashrini
o‘pib ko‘ziga surtgandi.
– Tamom, endi bo‘ldi, – dedi ko‘zlari yashnab.
– Nega? – dedim. – Bir qiziqib ketsangiz, buyog‘ini ham
yozvorasiz.
– Yo‘q. Buyog‘ini endi sizlar yozasizlar. Sen yozasan.
Shum bola endi akademik, laureat, deputat...»
(Said Ahmad xotira daftaridan)
Adib 1963-yilda
«O‘zbekiston xalq
shoiri» unvonini oldi.
Adib 1966-yilning
10-iyunida og‘ir xastalik
tufayli vafot etgan.
E’tirof
G‘afur G‘ulom O‘zbek adabiyoti,
fani va madaniyatining rivojiga
qo‘shgan ulkan hissasi uchun
1999-yilda O‘zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A.Karimov Farmoni bilan
bilan taqdirlandi.
Toshkent shahridagi eng katta
istirohat bog’laridan biriga shoir nomi
berilib, uning muhtasham haykali
o’rnatildi.
BAJARDI:
“Oriental Gimnaziya”
xususiy maktabi ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi:
Ismoilova Gulsara
Скачать